Uploaded by Tolstoy Vladimir

HADISLARNING MAZMUNI

advertisement
HADISLARNING MAZMUNI VA
TARBIYAVIY AHAMIYATI
Pedagogika va psixologiya yo’nalishi
Turg'unova Robiyaxon 101-guruh
Hadis

“Hadis” so’zi lug’aviy
ma’nosiga ko’ra, “eski”,
“ko’hna” kabi so’zlarning
antonimi hisoblanadi.
Atama sifatidagi
ma’nosiga ko’ra,
payg’ambar a.s. ga
tegishli bo’lgan, mansub
bo’lgan biron bir so’z,
biron bir hatti-harakat,
faoliyat yoki biron bir
hislat, xususiyat, tabiatni
anglatadi.

“Sunnat” so’zi lug’aviy ma’nosiga ko’ra “yaxshi”yoki “yomon”
bo’lgan biron bir ma’naviy yo’lni ifodalaydi. Ushbu fikrni payg’ambar
a.s.ning quyidagi so’zlari yanada oydinlashtiradi: “Kimiki yaxshilik
(to’g’ri) yo’l (sunnat)ni tutsa, unga ushbu yo’l savobi, hamda
qiyomatgacha ushbu yo’lni tutgan kishilar savobi bo’lur va kimiki
yomonlik (egri) yo’l (sunnat)ini tanlasa, unga unga ushbu yo’l
gunohi, hamda qiyomatgacha ushbu yo’lni tutgan kishilar gunohi
yozilur”.

Atama sifatidagi ma’nosiga
ko’ra, “sunnat” bu payg’ambar
a.s.dan naql qilingan u zotga
tegishli biron bir so’z, biron bir
hatti-harakat, faoliyat, biron bir
ish-harakat yoki voqeahodisaga nisbatan rozilik holati
yoki biron bir hislat, xususiyat
yoki tabiatdir. Yuqorida berilgan
ta’riflardan “hadis”va
“sunnat”so’zlarining atama
sifatidagi ma’nolari bir xilligi
ko’rinib turibdi. Ba’zi
tadqiqotchilar “hadis”so’zi
payg’ambar a.s.ning barcha
so’z va faoliyatlarini bildiradi,
“sunnat” esa u kishining faqat
faoliyatlarini anglatadi, degan
fikrda bo’lsalarda, biroq
ko’pchilik tadqiqotchilar “hadis”
va “sunnat”ning atama
sifatidagi ma’nosi bir xil, degan
yakdil fikrdalar. Umumiy bir
fikrga ko’ra, ushbu ikki so’z
sinonim so’zlar bo’lib, ikkalasi
ham bir tushunchani anglatadi.

Hadislarning yozma holatga
keltirilmaganligiga yana bir
asosiy sabab, payg’ambar
a.s.ning Qur’on bilan
chalkashib ketmasligi
uchun ularni yozishdan
ta’qiqlaganliklari bo’ldi.
Lekin payg’ambar a.s. bir
guruh sahobalarga
hadislarni yozishga ruxsat
berganlar, shuningdek,
ba’zi bir shaharlarga
yuborgan maktublarida
ham hadislarning yozma
holatini uchratishimiz
mumkin.

Muhammad
‘alayhissalomning
hadislaridan birida: “Ey
ummatlarim! Men sizlar
uchun Qur’on-i karim
bilan o’zimning
sunnatim — yo’lyo’riqlarimni qoldirdim.
Sizlar shu ikkalasini
qattiq tutib, (ularga)
amal qilsalaringiz,
to’g`ri yo’ldan aslo
adashmaysizlar”,
deyiladi.
4. NAQSHBANDIYA
Bahovuddin Muhammad Burhoniddin Muhammad al- Buxoriy
Naqshband (1318-1389)- XIV asr Marzaziy Osiyo tasavvufining eng
yirik vakili edi. Naqshbandiya tariqatining ma’naviy asoschisi Xoja
Yusuf al-Hamadoniy (vafoti 1140) hisoblanadi.Naqshband Buxoro
yaqinida tug’ildi.U vafotidan keyin muqaddas shaxs hisoblanib,Xudo
oldida vositachi,karomat ko’rsatuvchi va Buxoroning homiysi
sifatlariga ega bo’ldi.Qabri ustiga o’rnatilgan maqbara ziyorat
qilinadigan joyga aylandi.
naqshband o’z ta’limotida tasavvufning ikki maktabi-Ahmad Yassaviy
va Abdulholiq al-G’ijduvoniy (vafoti 1180) qoidalarini bir-birlariga
qo’shdi.Naqshband ta’limoti Markaziy Osiyoning turkiy qabilalari
orasida islomning sunniy oqimini yoydi va mustahkamladi.
Naqshband haqiqiy solikni chalg’ituvchi zohiriy taqvodorlik va
marosimchilikni rad qildi: 40 kunlik ro’za tutish,daydilik,gadoylik,
ko’pchilik oldida musiqa, ashula va raqs ijro etishni, baland ovoz
bilan zikr aytishni ma’qullamadi.
Naqshbandiydan keyin , Alouddin Attor
(vafoti 1400) va Xoji Muhammad Porso (13451420) naqshbandiyaning tashkiliy tuzilishini
mustahkamladilar va uning ta’sirini ko’chmanchi
turk qabilalari orasida kengaytirdilar.
Naqshbandiya o’z ta’sirining cho’qqisiga xoji
Ubaydulloh Ahror (1404-1490) davrida erishdiki,
u zot savdo va yer egalari doiralarining qo’llabquvvatlashiga tayanib,temuriy o’zaro urushlarga
faol va uddaburonlik bilanaralashib, 40 yil
davomida butun mintaqaning amaldagi
hukmdori bo’ldi.
TASAVVUFNING
YIRIK
NAZARIYOTCHILARI
N
A
Z
A
R
I
Y
O
T
C
H
I
L
A
R
FARIDIDDIN ATTOR (VAFOTI 1230 )
JALOLIDDIN RUMIY (XIII ASR)
QODIRIYA TARIQATINIG ASOSCHISI ABDUL
QODIR AL- JILONIY YOKI GILONIY(1077-66)
KUBRAVIYA TARIQATINIG ASOSCHISI
NAJMIDDIN AL- KUBRO(145-1221)
IBN AL- ARABIY (VAFOTI 1260)
Download