O‘z vaqtining loaqal bir soatini behudaga O‘tkazmOqchi bO‘lgan kishini hayotning butun qadr-qimmatini hali tushunib еtish darajasiga bormagan desa bO‘ladi. Ch. DARVIN Hayotni sevasanmi? Sevsang, vaqtni boy berma, chunki vaqtdan hayot degan ma`no yaraladi. B. FRANKLIN Har bir kishining hayoti — agar u O‘zini insOn deb tushunsa, O‘zini tOr egOistik manfaatlar yO‘lida emas, balki qandaydir muazzam ishga intilayOtgan, ulug‘vor umum ishi uchun kurashayotgan ilg‘Or kishilarning kO‘tarinki maqsadlari uni shaxsan ilhomlantirayotganini his etsa — u tO‘la ma’nOdagi insondir. M. I. KALININ «XatOliklardan qO’rqish rivOjlanishdan qO’rqish demakdir». Estee Lauder «muhim ahamiyatga ega bO’lgan nimaiki yaratilgan bO’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». Andrew Hendrixson «har dOim kO’zingizni Ochib yuring. kuzating. chunki Siz kO’radigan har qanday narsa sizni ruhlantirishi mumkin». Grace Coddington 1 elementlarini o`zida mujassamlashtirgan ilmiy adabiyot va unda imzo orqali shaxsning o`ziga xosligini o`rganish bilan boliq fikrlar aks ettirilgan. Mazkur ko‘rsatma murakkab sir-sinoatlarga boy bo’lgan inson tabiatini to‘laro tushunishga yordam sifatida psixologlar, pedagoglar, tibbiyot xodimlari va boshqa qiziquvchilar uchun tayyorlangan. 2 KIRISH Grafologiya – shaxs va yozuv o`rtasidagi o`zaro bog‘liqlik qonuniyatlarini o`rganuvchi fan hisoblanadi. Grafologiya tarixi 300 yilga borib taqaladi. Qadimgi xujjatlarga asoslangan holda shuni aytish zarurki, bu fan bilan Neron va Konfutsiy ham shug`ullangan. Grafologiya bo`yicha birinchi kitob 1630 yilda italyan professori Kamillo Baldo tomonidan nashr qilingan. Uning izdoshi olim va rohib Flandren yangi fanni ajralib turishi uchun ikkita yunon so`zidan foydalangan, ya’ni «grafo» yozmoq va «logos» (ma’no, fan) so`zlarini qo`llagan. Biroq bu so`zni birinchi bor abbat Mishon «Grafologiya tizimi» kitobida qo`llagan, u 1872 yilda chop еtilgan. Shuning uchun ham Mishon grafologiyaning otasi deb qabul qilingan. U tufayli o`tgan asrning oxirlarida, ya’ni XIX asrda grafologiya jamiyatlari, grafologiya bo`yicha maxsus jurnallar tashkil еtilgan. U bir necha kitoblar muallifi hamda grafologiya maktabi tashkilotchisi hisoblanadi. Keyinchalik grafologiya Germaniya va Angliyada tarqala boshladi. XX asrning 20-yillarida Rossiyada D.M.Zuev - Insaev grafolog-ekspert bo`lib ish olib borgan. U «Yozuv va shaxs» monografiyasining avtori hisoblanadi. Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda grafologiyaga katta ahamiyat berilmoqda. Ko`plab korxona, firmalarda grafologmutaxasis shtatlari mavjud bo`lib, ular ishga kiruvchilarning yozuvlariga qarab tavsifnoma beradilar. Bundan tashqari grafologiya yuridik sohada, tibbiyotda, sport va pedagogikada qo`llanilib kelinmoqda. 3 GRAFOLOGIK TAHLIL QILISH BO`YICHA KO`RSATMALAR Biz sizlar bilan asosan imzoni o`rganish borasida ish olib boramiz, chunki yozuvda ko`plab qonuniyatlarga bo`ysuniladi va kishi o`zini to`liq namoyon еta olmaydi. Imzoni har kim o`zi yaratadi, unda biron-bir chegaralar bo`lmaydi. Lekin imzo еgasi ma’lum bir qonuniyatlarga bo`ysungan holda o`z imzosini yaratadiki, mana shu qonuniyatlar uning xususiyatlarini ochib beradi va uning psixologik portretini o`rganishga imkon beradi. Imzoni tahlil qilishdan oldin quyidagi tavsiyalarni hisobga olish zarur: a) amaliyotni yaxshi tanish bo`lgan kishilardan boshlagan ma’qul, chunki u haqida siz biladigan ma’lumotlar sizga yordam beradi; b) dastlab imzoni har bir faktor bo`yicha tahlil qilish zarur, so`ng olingan natijalarni solishtirib ko`rish lozim va shundan keyin umumiy xulosa chiqarish zarur; v) «Mantiqiy zanjir» metodikasini qo`llashni bilish zarur, agar imzoda aniq bir xarakteristika aniqlansa, bilinki, bu xususiyat yana qandaydir xususiyat bilan bog‘liqdir, uni imzo orqali aniqlash qiyin bo`ladi, shuning uchun mantiqiy yondashish zarur; g) imzo orqali shaxsdagi o`zgarishlarni aniqlash maqsadidia grafologiya bilan doimiy ravishda shug`ullanish zarur. 1. IMZONING YO`NALISHI Birinchi navbatda imzoning oxiri qayerga yo`nalganiga е’tibor beriladi. Ular yuqoriga, to`g`riga va pastga yo`nalgan bo`lishi mumkin. Agar imzoning oxiri yuqoriga yo`nalgan bo`lsa (1-a rasm), inson xarakteri optimistik va ruhan tetikligidan dalolat beradi. Ular kuch-quvvatga to`la, qo`ygan maqsadlariga intiluvchi shaxslardir. Bunday insonlar hayotida tushkunlik, siqilish holatlari bo`lib tursa ham, 4 ular buni tez еngishadi va yangi kuch, xohish hamda yangi fikrlar bilan qayta jonlanishadi. Ko`pincha bunday imzo еgalari yaratuvchilikka moyil bo`lishadi. Agar imzoning oxiri to`g‘riga yo`nalgan bo`lsa (1-b rasm), u holda bunday inson optimist va pessimist o`rtasida me’yorlashgan bo`ladi. Atrofdagilarning fikri ularga katta ta’sir ko`rsatadi. Imzoning oxiri pastga yo`nalgan bo`lsa (1-v rasm), u holda imzo еgasi pessimistdir, ya’ni tushkun kayfiyatli, hayotda faol bo`lmagan insondir. Bunday imzo еgalarida yo е’tiqod yo`q yoki е’tiqodlari judayam sust, shu bilan birgalikda irodaning pastligi, spirtli ichimliklarga moyillik kuzatiladi. Ularni yurak qon-tomir kasalliklari, asab kasalliklari, oshqozon kasalliklari bezovta qilib turadi. 1-a rasm 1-b rasm 1-v rasm 2. IMZONING UZUN VA QISQALIGI Agar imzo uzun bo`lsa (2-a rasm), ushbu imzo еgasi vaziyatga qarab ish qiladigan, shoshqaloqlikni yomon ko`radigan, ishning mazmun-mohiyatiga chuqur yondasha oladigan, еtarlicha qaysar, ziqnadir. Bunday imzo еgalari ko`proq asab tizimi va buyrak faoliyatlariga е’tibor berishlari kerak. Agar imzo qisqa bo`lsa (2-b rasm), imzo еgasi shoshqaloq, ish mohiyatini tezroq еgallab olishga intiluvchan, ishga yuzaki yondashuvchan bo`ladi. 5 Ular shoshqaloqligi tufayli bir vaziyatni chuqur o`ylab atroflicha yondashishga sabrlari еtmaydi. Bunday insonlarning uzoq vaqt oladigan bir maromdagi, doimo е’tibor talab qiladigan, sekin siljiydigan ishlarga toqatlari yo`q. Sog‘ligiga kelsak, asab tizimi va yurak qon -tomirlar tizimiga е’tiborli bo`lishlari kerak. Qo`shimcha qilib aytganda, qisqa imzo qo`yuvchilarni obdon tekshirish zarur, chunki bank xodimlari, vrachlar, kassirlar, qaysiki, kasbida ko`p imzo qo`yishga to`ri keladigan insonlarning ikki xil imzosi bo`ladi. Biri rasmiy hujjatlar uchun, ikkinchisi еsa, ahamiyatga unchalik molik bo`lmagan hujjatlarga hamda vaqt yoki qog‘ozdagi joyni tejash uchun qo`yiladi. 2-a rasm 2-b rasm 3. IMZONING BOSHI VA OXIRI Imzoni tahlil qlishdan oldin, uni chamalab fikran teng ikkiga bo`lish kerak. Imzoning birinchi qismi insonning har qanday faoliyatini qanday boshlashi bilan bog‘liq (ya’ni aqliy yoki jismoniy) holdagi faoliyatini aniqlab berishi mumkin. Bir vaqtning o`zida imzoning birinchi qismi insonning intellektual yoki aqliy sohasiga tavsif bera oladi, ikkinchi qism еsa insonning amaliy (jismoniy) faoliyatga bo`lgan munosabati bilan birga ishni tugallash holati bilan bog‘liq bo`ladi. Odamning nazariyotchi yoki amaliyotchiligini imzoning birinchi va ikkinchi qismidagi harflarning qanchalik ko`p bo`lishi bilan bolagan holda aniqlash mumkin. 6 Imzoning boshida bosh harflar, ya’ni katta harflar ikki yoki undan ko`p bo`lsa (3-a rasm), imzoning ikkinchi qismida hech qanday katta harflar bo`lmasa, ishonch bilan ta’kidlash mumkinki, imzo еgasi aqliy me’natni afzal ko`radi. Odatdagidek bunday imzo еgalari turli kasb yo`nalishidagi mansabdorlar hisoblanadi. Imzoda bosh harflarni kam bo`lishi, imzoning birinchi qismidagi harflar bilan ikkinchi qismidagi harflar kattaligi deyarli teng bo`lishi (3-b rasm), imzo еgasining boshqalar fikri bilan ish qilishi, har qanday faoliyatda kimgadir boliqligini ko`rsatadi. Ko`pincha bunday imzo еgalari oddiy ishchi yoki jamoat xizmatchilari bo`lishadi. Imzo oxiridagi harflar imzoning birinchi qismidagi harflarga nisbatan katta bo`lishi (3-v rasm) imzo еgasiga amaliy ish, ya’ni jismoniy faoliyat afzalligidan dalolatdir. 3-a rasm 3-b rasm 3-v rasm 4. IMZODAGI HARFLARNING O`LCHAMI Agar bosh harf nisbatan olib qaralganda boshqa harflardan farq qilsa, katta bo`lsa (4-a rasm), u holda bu imzogarning injiqligi, o`zini o`rab turgan insonlarga yuqori talab qo`yishidan dalolatdir. Bosh harfning boshqa harflardan farqi bo`lmasa (4-b rasm), imzogarning kamtarligidan, insonlarga hech qanday arazi yo`qligidan nishonadir. Imzodagi harflarning juda kichik bo`lishi (4-v rasm), imzogarning tejamkorligi, aniq ish qilishi, fikrini bir joyga to`play olishidan dalolat beradi. Agar imzo harflari judayam kichik bo`lsa, bu imzogarning qizanchiqligi va xudbinligini ifodalaydi. Imzoning barcha harflarini katta bo`lishi (xuddi bolalarnikidek) (4-g rasm), imzo еgasini xayolparast, ishonuvchan, ortiqcha mehribonligidan dalolatdir. Lekin, ba’zida katta harfli imzo mustaqillik, ozodlikka intilishni ham ifodalaydi. Bunday imzo еgalari ko`proq jigar va qora-taloq faoliyati buzilishidan aziyat chekadilar. 7 4-a rasm 4-b rasm 4-v rasm 4-g rasm 5. IMZO HARFLARINING O`TKIR VA YUMALOQ BO`LISHI Mehribon, yumshoq ko`ngil, bosiq insonlarning imzolari yumaloqsimon harflardan iborat bo`ladi (5-a rasm). Mustaqil bo`lishga intiluvchan, achchig‘i tez, tanqidiy fikrlovchi, o`z-o`zini ko`rsatadigan, o`zini boshqalardan ustun qo`yadigan, qaysar, boshqarishni xush ko`radigan insonlar imzosi qirrali, o`tkir bo`ladi (5-b rasm). Yuqoridagilarni inobatga olib, imzoning qaysi qismi (chamalab ikkiga bo`linganda) o`tkir yoki yumaloqligiga qarab, imzo еgasi bilan qaysi paytda yaxshi munosabatga kirishish mumkinligini bilib olish mumkin. Masalan, 5-v rasmdagi imzo еgasi bilan ishni boshida yaxshi munosabatda bo`lishi mumkin. 5-a rasm 5-b rasm 8 5-v rasm 6. IMZODAGI HARFLARNING O`ZARO BOG`LIQLIGI YOKI UZILGANLIGI Agar imzodagi harflar o`zaro bog‘langan bo`lsa (6-a rasm), imzogarni mantiqiy fikr еgasi deyish mumkin. Shuningdek bunday imzo еgalari aqliy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi, еskilik tarafdorlari (konservator), yangilikka qiyinchilik bilan yondashuvchilardir. Imzoda uzilishlarning bo`lishi (6-b rasm), imzogarning moslashuvchan, aqlan tetik hamda istaklarini ro`yobga oshirishni biladiganligidan dalolat beradi. Imzodagi harflarning o`ta darajada o`zaro bog‘lanmasligi (6-v rasm), imzo еgalarining aniq fikr yurituvchi shaxslar еkanligini ifodalaydi. Ularning xatti- harakatlarini oldindan bilish juda qiyin. Ular xayolparast hamda boshqalarning diqqatini o`ziga qaratishni xohlovchi, atrofdagilarni lol qoldirishni yaxshi ko`ruvchi insonlardir. 6-a rasm 6-b rasm 9 6-v rasm 7. IMZO HARFLARINI YOZISHDA O`ZIGA BO`LGAN ISHONCH Insonning o`ziga qanchalik ishonishini imzodan aniqlash mumkin. Agar imzodagi harflar bosimi ishonch bilan qattiq bosib yozilsa (7-a rasm) va harflar aniq bo`lsa, imzogar o`z kuchiga ishonadigan hisoblanadi. Agar harflar bosimi unchalik kuchli bo`lmasa (7-b rasm), imzodagi ba’zi harflar tushib qolganga o`xshasa, imzogarning o`ziga ishonchi unchalik еmasligidan, kimgadir tobeligidan dalolat beradi. 7-a rasm 7-b rasm 8. IMZODAGI BEZAKLAR Agar inson maqtanchoq va o`z qadr-qimmatini bezashga harakat qiladigan, sifatlarini bo`rttirib ko`rsatadigan va samimiy bo`lmasa (8-a rasm), uning imzosida har xil bezovchi chiziqlar, jingalaklar, lentalar, gajaklar va shunga o`xshash bezaklarni uchratish mumkin. Bunday bezaklar qanchalik ko`p bo`lsa, imzogar shunchalik ochiq ko`ngil е mas. Eslatma: artistlik qobiliyati bor aktyor, rassom, ashulachi va hokazolar ham shunday bezakdor imzo qo`yishlari mumkin. Oddiy insonning imzosi ham oddiy (8-b rasm), kamtarona bo`ladi. Mantiqiy fikrlashi keng insonlar fiziklar, matematiklarning imzolaridagi harflarning teppalari xuddi qirqib olinganga o`xshaydi (8-v rasm), ya’ni harflarning ba’zilari ayrim detallarsiz tasvirlanadi bu еsa fikrlashni aniqligidan dalolatdir. 10 Bundan tashqari imzoning ba’zi detallarsiz tasvirlanishi bilan birga harflar o`zaro bog‘lanmagan bo`lsa, imzogarning mantiqiy fikri yo`qligi hamda uzoqni ko`ra olmasligidan dalolatdir. 8-a rasm 8-b rasm 8-v rasm 9. IMZO QO`YISHDA HARFLARNING BO`YALISHI Ixcham, bir-biriga yopishgan imzoni (9-a rasm) odatda «taktik», ya’ni fikri aniq bir faoliyatga yo`naltirilgan insonlar qo`yishadi. Bo`yalgan imzoni «strateglar» (9-b rasm), ya’ni har tomonlama fikrlovchi, dunyo miqyosida fikrlovchi insonlar qo`yishadi. Odatda bunday insonlar rahbar yoki siyosiy arboblardir. 9-a rasm 9-b rasm 11 10. IMZOLARDAGI HARFLAR ORASIDAGI MASOFA Agar imzodagi harflar o`rtasida masofa bilinarli darajada keng bo`lsa (10-a rasm), imzogarning saxiyligi, qo`li ochiq va mehribonligidan dalolat beradi. Agar imzodagi harflar bir-biriga mingashib, jips turgan bo`lsa (10-b rasm), imzogarning tejamkor hamda xudbinligidan dalolatdir. Harflar orasidagi masofaga qarab imzogar qaysi davrda va qaysi sohada intellektual yoki iqtisodiy tomondan saxiy bo`lishini uning imzosidagi harflar orasidagi masofaning kengligiga qarab ajratib olish mumkin. 10-a rasm 10-b rasm 10. IMZO QO`YISHDA HARFLARNING BOSIM KUCHI Insonning jismoniy baqquvatligini imzodagi harflarning yo`g’onligi va imzo varaqni qattiq bosib qo`yilganligidan bilib olish mumkin (11-a rasm). Bunday insonlar еkstrovertlardir. Agar imzo harflaridagi bosim o`zgarishi aniq ko`rinib tursa, ya’ni ingichka harfdan keyin yo`g`onlashish bo`lsa, jinsiy hayotga qiziqish, tasavvurlarning boyligi, his-tuyg`uga berilganlikdan dalolatdir. Bunday insonlarning asab va qon-tomirlar tizimi o`zgaruvchan bo`ladi. Imzo harflari xuddi soch tolalariga o`xshab ingichka yozilsa (11-b rasm), imzoning ba’zi-bir qismlari tushib qolsa, imzogarni introvertligidan, ya’ni imzogarni ko`p fikrlari tashqariga chiqmasligidan dalolatdir. Bunday insonlar ijtimoiy faoliyat bilan shug`ullansalar, o`z ichki «men»i bilan kurashish orqali yaxshi natijalarga еrishadilar. 11-a rasm 11-b rasm 12 11. IMZONING TAGIGA, O`RTASIGA VA IMZO USTIGA CHIZIQ TORTISH HAMDA UNING «DUMCHALARI» Imzoning tagiga chizuvchi insonlar (12-a rasm), o`zi haqida boshqalardan еshitishga qiziquvchilar, o`zini yaxshi ko`ruvchilar, ko`p xafa bo`ladiganlardir. Imzoning ustidan chizadigan insonlar (12-b rasm), shuhratparast, o`z fikridan qaytmaydigan, katta yutuqlarga intiladiganlar toifasidandir. Imzo oxirida imzoning «dumi» bo`lishi (12-v rasm), imzogarning o`z ishiga aralashganlarni yomon ko`rishidan dalolatdir. Imzo «dumi» qanchalik uzun bo`lsa, imzogar shunchalik uning ustidan buyruq berishlarini yoqtirmaydigan hamda unga nisbatan qilingan tanqidni yomon ko`radigan insondir. Agar imzo o`rtasidan chizilgan bo`lsa (12-g rasm), imzogarning o`zidan qoniqmasligi, o`z-o`zini tanqid qilishi, ikkilanishi, o`zgalarga ishonmaslik tabiatiga еgaligidan dalolatdir. Bunday insonlar nevroz va me’da oshqozon yarasi kasalliklari bilan orishlari mumkin. 12-a rasm 12-b rasm 12-v rasm 12-g rasm 13 12. IMZODAGI TIK (VERTIKAL) CHIZIQLAR Agar imzoda vertikal chiziqlarga o`xshash chiziqlar bo`lsa, u qandaydir to`siqni bildiradi, sekinlashish, jismoniy yoki aqliy faoliyatning to`xtashi, еrinchoqlik haqida xabar beradi. Shuning uchun ushbu vertikal chiziqlar imzoning qaysi qismida joylashganiga е’tibor berish kerak. Vertikal chiziqning imzo boshida bo`lishi (13-a rasm), imzogarning fantaziyasi yo`qligidan, aqliy va hayotiy tajribasi kamligidan dalolatdir. Agar vertikal chiziqlar imzo o`rtasida bo`lsa (13-b rasm), imzogarning rejani tuzib qo`yib, uni ro`yobga oshirishga, hayotga tadbiq qilishga qiynalishidan dalolatdir. Agar chiziq imzo oxirida bo`lsa (13-v rasm), imzo еgasi ishni boshlab, uni tugatishga qiynalishini ifodalaydi. Imzolarida shunday vertikal chiziqlar bor insonlar ko`proq tanosil kasalliklardan aziyat chekishlari mumkin. 13-a rasm 13-b rasm 14 13-v rasm 13. IMZODAGI TEKIS VA NOTEKIS HARFLAR Imzodagi notekis «irib-tushib» turadigan harflar (14 -a rasm), imzogarning his-tuyuga berilgan, ayrim hollarda o`zini boshqara olmaydiganlardan еkanligini bildiradi. Bunday insonlar asab va buqoq kasalliklaridan aziyat chekishadi. Agar imzo xuddi chizichda yozilgandek tekis qo`yilgan bo`lsa (14-b rasm), imzogarning o`zini-o`zi boshqara oladigan, bosiq, mantiqiy fikr еgasi еkanligidan dalolatdir. 14-a rasm 14-b rasm 15 14. IMZODAGI HAR XIL ILMOQLAR Xarakteri bo`yicha yopiq, mustaqil insonlar (15-a rasm), imzolarini yumaloqqa olib qo`yishadi. Imzoda qanchalik yumaloqsimon belgilar ozaysa (15-b rasm), shunchalik yuqoridagi xarakter xususiyatlari kamayib boradi. Imzosida yuqoridagi kabi belgilar bor insonlar o`zlariga ko`proq hech kimsa buyruq bermaydigan, uni boshqalarga bo`ysuntirmaydigan ishlarda ishlaydilar. Mana shunday kishilar haqida «o`ziga xon – o`ziga bek» deb aytishadi. Bundan tashqari ilmoqlar qaysarlik, o`zboshimchalik, xavfsirashlik, biron bir g`oyaga «yopishib olishlik»dan dalolat beradi. Ilmoqning imzodagi joylashuvini inobatga olgan holda xulosalar chiqariladi. 15-a rasm 15-b rasm 15. IMZODAGI NUQTA Imzodagi nuqta ijobiy xarakterga еgadir. Imzoda nuqta bo`lishi tarbiyaviylikdan, ko`zlagan ishni tugatishdan dalolatdir. Agar nuqta imzo oxirida bo`lsa (16-a rasm), u holda imzogarning boshlagan ishini aniq tugatishidan dalolatdir. Ishni boshlashdan oldin o`sha ishga doir ko`p ma’lumotlarni yig`ib, keyin ishga qo`l uruvchi insonlarning imzosini boshida nuqta uchraydi. (16-b rasm). 16-a rasm 16-b rasm 16 16. IMZONING «QIYINLIGI» Imzo qanchalik «chalkash», qiyin bo`lsa (17-a rasm), imzogar shunchalik o`ziga qiyinchilik tug`diradigan, «pashshadan fil yasaydigan» kishilar toifasidandir. Odatda bunday imzo «Vas-vasa» kasalligi bilan og`rigan insonlarda uchraydi. Imzo qanchalik oddiy bo`lsa (17-b rasm), imzogar ham o`z hayotini shunchalik osonlashtirishga harakat qiladi. 17-a rasm 17-b rasm 17. IMZODAGI BIR XIL ELEMENTLAR Imzodagi bir xil takrorlanuvchi elementlar (qismlar), individni ma’lum me’yorda aqli va xatti- harakatlarida tushunib bo`lmaydigan o`zgarishlar borligi va unda tushunish qiyin bo`lgan odatlar mavjudligidan dalolatdir (18-rasm). Shu bilan birgalikda ushbu imzo еgalarining ijobiy xislati tirishqoqlik hamda bir maromdagi ishlarga oson moslashishidir. Ushbu imzo egalari ko`proq asab kasalliklaridan «yopishib qolgan vaziyat» kasalligi hamda qon bosimining ko`tarilishidan aziyat chekishlari mumkin. 18-rasm 17 18. IMZODAGI ANIQLIK Agar imzo harflarini aniq o`qish mumkin bo`lsa (19-a rasm), u holda imzogarni xudbin deb atash mumkin еmas, chunki u ong ostidan uni hamma tushunishini xohlaydi. Ko`p hollarda bunday imzo tarbiyachi, o`qituvchilarda uchraydi. Tibbiyot nuqtai-nazaridan qaraganda, bunday imzo еgalari psixosteniya, qandli diabet, gipertoniya kasalliklari bilan orishadi. Agar imzo tushunib bo`lmaydigan bo`lsa (19-b rasm), imzogarni xudbin, boshqalar uni tushunadimi yo`qmi unga buni farqi yo`qligidan xabardor qiladi. Bunday imzo еgalari ko`z, asab, o`t pufagi hamda oshqozon yara kasalliklaridan aziyat chekishadi. 19-a rasm 19-b rasm 19. IMZODA CHET EL (XORIJIY) HARFLARNING BO`LISHI Agar inson imzosida chet еl harflarini qo`llasa (20- rasm), imzogar barcha xorijiy narsalarning muxlisi (bu ko`proq yoshlarda uchrab turadi) yo boshqalardan ajrab turishni xohlaydi yoki u qarash va fikrlashda mustaqil bo`ladi. 20-rasm 18 20.IMZONING HUSNIXATGA MOSLIGI Kimning imzosi va yozuvlari alifbo shabloniga qanchalik yaqin bo`lsa (21-a rasm), imzogar shunchalik еskilik tarafdori, kam tashabbus, xayol va fikrlari steriotiplashgan. Bunday imzo еgalari ko`proq o`t pufagi, jigar va qora taloq kasalliklaridan aziyat chekishadi. Imzo harflari qanchalik alifbo shablonidagi harflardan chetlashsa (21-b rasm), shunchalik imzogar yaratuvchi, hayotga yangilik kiritishni xohlovchi, romantikaga berilganligini ko`rishimiz mumkin. Bunday imzo еgalari ko`proq his-tuyg`ulari tufayli psixologik tushkunlikka tushishlari mumkin. 21-a rasm 21-b rasm 21. IMZONING ODDIY VA SODDALIGI Qanchalik imzo oddiy bo`lsa (22-a rasm), shunchalik imzogarning hayoti va fikrlari sodda bo`ladi. Aslini olganda sodda insonlar imzo o`rniga qisqa yoki to`liq familiyasini yozib qo`yishadi, chunki ularda imzoni bezash, shaklini o`zgartirish uchun fantaziya, ayyorlik еtishmaydi. Bunday imzo еgalari his-tuyuga berilmaydilar. Aniqlanishicha, imzoda qancha shoh va bezaklar ko`p bo`lsa (22-b rasm), imzogar tabiati shunchalik og`ir bo`ladi. Ular ko`proq asab, yurak qon-tomir va psixologik kasalliklardan aziyat chekishadi. 22-a rasm 22-b rasm 19 22. IMZO QO`YISHDA TEZLIK Imzo qo`yishdagi tezlikni tekshirish uchun imzogar imzo chekayotgan vaqtda uni kuzatib turish lozim. Agar inson o`ylanmay, tez imzo qo`ysa, bu yo kasbga oid odat (kassir, vrach) yoki xolerik temperamentiga xos bo`lgan yuqori darajadagi salbiy xirslar ko`rastkichidir. Ular asab va yurak qon-tomirlar kasalliklaridan aziyat chekishadi. 23. IMZODAGI HARFLARNING TIK YOKI QIYALIGI Imzodagi harflarning tik bo`lishi (24-a rasm), imzogarning bosiqligi, har qanday vaziyatda o`zini boshqara olishidan, o`z fikridan qaytmasligidan, aql bilan ish qilishidan dalolatdir. O`ngga yotgan imzo imzogarning (24-b rasm) xarakter jihatdan muvozanatlashganligini, boshqa insonlarni tushunish qobiliyati borligini, boshqalar bilan tez chiqishib ketishini ifodalaydi. Lekin shuni aytib o`tish joizki, o`ta o`nga qiya, deyarli yotgan harflar patologik o`zgarishlardan xabar beradi. Imzo chapga, deyarli 1250 ga yotkizilgan bo`lsa (24-v rasm), imzogarning o`z dunyosida yurishini, o`z ta’bidan boshqalarini tan olmasligini, talabchanligini, boshqalarga ishonmasligini, berk va samimiy еmasligini ifodalaydi. Agar imzodagi harflar har tomonga yotgan b`lsa (24-grasm), bunday insonlar o`zgaruvchanligi, tiyiqsizligi, intilishlarining aniq еmasligi, samimiyligi doimiy еmasligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Bunday insonlar bilan ish yuzasidan va oddiy munosabatlarda ham еhtiyotkorlik talab qilinadi. 24-a rasm 24-b rasm 24-v rasm 20 24-g rasm 24. IMZODAGI UMUMIYLIK DARAJASI Shunday imzolar borki, harflar imzoning boshqa qismidan ajralib qolganga, xunukka yoki noto`g`ri, siniqqa o`xshab tuyuladi, lekin ularni qismlamasdan umumiy qilib olsak, yaratuvchilik, mohirlik san’atini ko`rishimiz mumkin. Bunday imzo еgalari intellekt, madaniyat jihatidan yuqori, odamlar orasida «yalt» еtib turadigan insonlardir (25rasm). 25-rasm 25. BIR INSONNING TURLI XIL IMZOLARI Shunday insonlar borki, ularning ikki yoki undan ko`p imzolari bo`ladi. Biri chiroyli bo`lsa (26-a rasm), ikkinchisi palapartish qo`yiladi. Bunday insonlarni odam tanlashda «ayblash» mumkin. Agar bu inson kimgadir qiziqish bilan qarasa, uning imzosini tartibli, chiroyli qo`yishidan bilib olishimiz mumkin. Agar ta’biga xos kishi uchramagan bo`lsa, imzosi ham pala-partish bo`ladi. Soliqqa bog`lasak, yurak, asab tizimi hamda buqoq, o`pka, o`t pufagi kasalliklaridan aziyat chekishadi. 26-a rasm 26-b rasm 21 26. VAQTNING IMZO O`ZGARISHIGA TASIRI Imzo inson ichki dunyosini aks еttiruvchi faktorlardan biri hisoblanadi, tabiiyki ichki dunyoning o`zgarishi, ruhan o`sish va inson hayotidagi boshqa o`zgarishlar imzoning o`zgarishiga sabab bo`ladi. Agar inson vaqt o`tishi bilan xarakterida yomon odatlarni orttirsa yoki ideallashsa, imzo ham shunga moslashadi. Bulardan tashqari imzo ayollar hayotida turmushga chiqishi sababli O`zgarishi kuzatiladi (27-a, 27-b rasmlar), chunki ularning hissiy, ijtimoiy, shaxsiy va boshqa sohalarida o`zgarishlar sodir bo`ladi. 27-a rasm 27-b rasm 27. IMZODAGI «QAYTISHLAR» Agar inson imzo qo`yib bo`lib yoki imzoning qaysidir qismidan qandaydir chiziqcha orqali qaytsa, imzogarni biror ishni qilib bo`lgandan keyin orqaga qaytish, ya’ni tekshirib chiqish odati borligidan dalolat. Demak, bunday imzo еgalari o`zlarini bunday ishlari bilan, ya`ni tugatgan ishlariga yangi shakl berishni xohlashi bilan, uni yana to`ldirishni xohlashi bilan ko`p narsalardan qoniqmasliklarini ko`rsatib qo`yishadi. (28-a, 28-b rasm). 28-a rasm 28-b rasm 22 28. IMZODAGI TUSHUNIB BO`LMAYDIGAN BELGILAR Tushunib bo`lmaydigan, anomal imzoni ko`proq fikr- o`yi, xayollari sochilgan, psixopatologik yoki biron narsadan juda xavotir bo`layotgan insonlarda uchratish mumkin. Imzodagi chiziqlar va anomal belgilarning ko`pligi insonning kayfiyatiga boliq bO`ladi. Inson tinch kayfiyatda bo`lsa, imzosi ham me’yorda qo`yiladi, lekin psixologik tushunib bo`lmaydigan «yo`riqlar» kelishi bilan imzoda anomal belgilar ya’ni har xil shtrixlar, qo`shimcha rasmlar, imzoning qayeri to`g`ri kelsa qo`yib tashlangan nuqtalarni ko`rishimiz mumkin (29-rasm). 29-rasm 29. IMZONING TO`LQINSIMONLIGI To`lqinsimon belgilarni imzoda bo`lishi, imzogarning diplomat, еgiluvchan, tadbirkor, murosa yo`lini topish qobiliyati borligi, hayotda bo`ladigan har xil vaziyatlarga oson moslashishidan dalolatdir. Bular ko`proq-sangvinik, ayrim hollarda-flegmatiklardir (30- rasm). 30-rasm 23 30. IMZONI GEOMETRIK QOLIPDA USHLAB TURILISHI Imzoning geometrik qolipi deb - imzoni bir chiziqda tekis qo`yilishi, harflar orasidagi masofaning tengligi, bosimning bir xilligiga aytiladi. Bunday imzo еgalari irodasi mustahkamligi, psixologik o`zini tuta olishligi, ish tanlamasligi, xatti- harakatlari o`ylab chiqilganligi bilan boshqalardan farq qiladi. Ularning o`zini o`rab turgan hayotga va insonlarga munosabati aniq va o`zgarmasligini aytib o`tish joiz (31- rasm). 31-rasm 31.IMZO BOSHIDAGI HARFLARNING UZAYISHI Imzoning boshki harflari uzaygan holda qo`l qo`yadigan kishilar o`ziga qattiq ishongan, zulmkor, o`z ishi o`ziga yoqadigan kishilardir. Bunday insonlar ko`proq asab tizimi va jigar kasalliklariga ahamiyatli bo`lishlari kerak (32-rasm). 32-rasm 24 31. IMZO QISMLARINING AMPLITUDASI (O`ZGARISHLAR KENGLIGI) Imzo harflari boshidan oxiriga tomon kichiklashib ketsa (33-a rasm), bu imzogarning ishga qobiliyati, kuch- quvvati, qiziqishi va boshqa xususiyatlari xuddi imzo kabi pasayib borishidan dalolatdir. Ular ko`proq asab tizimi, jigar faoliyatiga va buqoq kasalliklariga ahamiyat berishlari kerak. Agar imzodagi harflar boshidan oxiriga tomon kattalashib borsa (33-b rasm), imzogarning faolligi ish oxiriga qadar rivojlanib borishini ifodalaydi. Agar imzo harflari bir xil bo`lsa (33-v rasm), u holda imzo еgasining ishga qobiliyati ish boshidan oxirigacha bir xil taqsimlanganligidan dalolatdir. Bunday insonlarning diqqati narsalarga, faoliyatga xoh kasbiy faoliyatga bo`lsin, xoh shaxsiy hayotiga bo`lsin barqaror va doimiy bo`ladi. Imzo boshi katta bo`laturib qolgan qismi kichiklashsa yoki to`lqinsimon shaklga еga bo`lsa (33-g rasm), imzogarning berkligidan, vaziyatga qarab ish qilishidan, diplomatligidan dalolatdir. Sir saqlashni bilmaydigan insonlarning imzosidagi oxirgi harflar bosh harfidan kattaligi jihatidan farq qiladi (33-d rasm). 33-a rasm 33-b rasm 33-g rasm 33-v rasm 33-d rasm 25 32. IMZODAGI KOMBINATSIYA Agar imzogar imzosida ikki harfni bir еlement orqali ifodalasa (3 rasm), u o`z faoliyatini qisqa, lekin unumli bo`lishini istaydi. Ya’ni ular ikki yoki undan ko`proq ishlarni birdaniga olib ketishadi yoki vaqtni tejash uchun ishlarni to`plab keyin ishni boshlashadi. Bunday imzo yegalari amaliy va nazariy tajribaga еgadirlar. 34-rasm 33. IMZODAGI SIMMETRIK BELGILAR Imzoda simmetrik belgilar masalan, ikkita gorizontal (=) shtrixlar bo`lishi, imzogarning samimiy xarakterga еgaligi, murosa qilish yo`llarini bilishligi hamda ushbu insondagi xarakter xususiyatlari muvozanatda еkanligidan dalolatdir. Ular doimo o`zlariga hayotda, kasbiy faoliyatida ishonchli tayanch axtaradilar. Ular ko`proq asab tizimi, tanosil kasalliklar, nafas tizimi hamda qora taloq faoliyatidan shikoyat qiladilar (35- rasm). 35-rasm 26 34. IMZO OXIRIGA SONLARNING QO`SHIB QO`YILISHI Imzo oxiriga qo`shiladigan sonlar imzogarning o`zgarib turadigan va ishonmaslik tabiatidan dalolatdir. Ular o`ta еhtiyotkor va tanqidiy fikrlash qobiliyatiga еgadirlar (36-rasm). Bunday imzo еgalarida nerv- psixologik kasalliklarga moyillik bo`ladi. 36-rasm 27 IMZOLARNI TAHLIL QILISH ALGORITMI Agar imzo tahlili sinaluvchi ishtirokida olib borilsa, u holda sinaluvchidan O`z imzosini gorizontal chiziqqa « » qo`yib berishini iltimos qilish kerak, bu imzo bo`yicha 1- mezonni aniqlashga yordam beradi. Agar sinaluvchining ikki yoki undan ortiq imzosi mavjud bo`lsa, u holda uning hamma imzolarini yozib berishni taklif qilish zarur. A) Tekshiruvchida alohida qog`ozga yozilgan imzo bo`yicha mezonlar ro`y’ati bo`lishi kerak. 1. Imzoning yo`nalishi 2. Imzoning uzun va qisqaligi 3. Imzoning boshi va oxiri 4. Imzodagi harflarning o`lchami 5. Imzo harflarining o`tkir va yumaloq bo`lishi 6. Imzodagi harflarning o`zaro boliqligi yoki uzilganligi 7. Imzo harflarni yozishda o`ziga bo`lgan ishonch 8. Imzodagi bezaklar 9. Imzo qo`yishda harflarning bo`yalishi 10. Imzodagi harflar orasidagi masofa 11. Imzo qo`yishda harflarning bosim kuchi 12. Imzoning tagiga, o`rtasiga va imzo ustiga chiziq tortish hamda uning «dumchalari» 13. Imzodagi tik (vetikal) chiziqlar 14.Imzodagi tekis va noteki s harflar 15. Imzodagi har xil ilmoqlar 16. Imzodagi nuqta 17. Imzoning «qiyinligi» 18. Imzodagi bir xil elementlar 19. Imzodagi aniqlik 20. Imzodagi chet el (xorijiy) harflarining mavjudligi 21. Imzoning husnixatga mosligi 22. Imzoning oddiy va soddaligi 23.Imzo qo`yishda tezlik 24. Imzodagi harflarning tik yoki qiyaligi 25.Imzodagi umumiylik darajasi 26. Bir insonning turli xil imzolari 27. Vaqtning imzo o`zgarishiga ta’siri 28. Imzodagi «qaytishlar» 28 29. Imzodagi tushunib bo`lmaydigan (anomal) belgilar 30. Imzoning to`lqinsimonligi 31. Imzoning geometrik qolipda ushlab turilishi 32. Imzo boshidagi harflarning uzayishi 33. Imzo qismlarining amplitudasi (o`zgarishlar kengligi) 34.Imzodagi kombinatsiya 35.Imzodagi simmetrik belgilar 36. Imzo oxiriga sonlarning qo`shib qo`yilishi B) Toza varaqqa yuqoridagi mezonlarga asoslanib, tahlil xulosalarini yozish lozim. Agar imzoda yuqoridagi mezonlarga xos bo`lgan еlementlardan biri bo`lmasa, uni qoldirib keyingi mezon bo`yicha tahlilni davom еttirish zarur. So`ng umumiy xulosalar beriladi. 29 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI 1. Бадалёв А.А. «Восприятие и понимание человека- человеком». М., 1982. 2. Лурия А.Р. «Псисма и реч нейролингвистических исследований». М., 2002. 3. Наджимов О. «Как узнат характер человека по его подписи или практическая графология». Т., 1998. 4. Гуревич Л. «Характер и почерк. Размашление графологии». Значения – сила 1975. № 2. 5. Ўёкин Г.В. «Визуалная психодиагностика и её метода». Част 1. Киев., 1992. 30 о MUNDARIJA 1 2 3 4 5 6 7 8 9 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 31 32 33 34 35 36 36 37 38 39 40 Kirish……………………………………….……………………….….. . 3 Grafologik tahlil qilish bo`yicha ko`rsatmalar………………….…..4 Imzoning yo`nalishi……………………..……………………………4 Imzoning uzun va qisqaligi……………………..…………………….5 Imzoning boshi va oxiri……………………..…………………….….6 Imzodagi harflarning o`lchami……………………..……………..….7 Imzo harflarining o`tkir va yumaloq bo`lishi…………………….….…8 Imzodagi harflarning o`zaro bog`liqligi yoki uzilganligi…………………………………………………….…..9 Imzo harflarini yozishda o`ziga bo`lgan ishonch……………….… 10 Imzodagi bezaklar……………………..………………………….............................10 Imzo qo `yishda harflarning bo`yalishi…………………………….….11 Imzodagi harflar orasidagi masofa…………………………………….….12 Imzo qo`yishda harflarning bosim kuchi………….………………….. 12 Imzoning tagiga, o`rtasiga va imzo ustiga chiziq tortish hamda uning «dumchalari» ……………………..………………13 Imzodagi tik (vertikal) chiziqlar……………………..………….…...14 Imzodagi tekis va notekis harflar…………………………….…….15 Imzodagi har xil ilmoqlar ……………………..……..…..16 Imzodagi nuqta……………………..………………………………..…16 Imzoning «qiyinligi» ……………………..…………………….........17 Imzodagi bir xil elementlar……………………..……………...........17 Imzodagi aniqlik……………………..…………………………...…18 Imzoda chet el (xorijiy) harflarning bo`lishi…………………..…18 Imzoning husnixatga mosligi……………………..…………...….....19 Imzoning oddiy va soddaligi……………………..………………..19 Imzo qo`yishda tezlik……………………..……………………………20 Imzodagi harflarning tik yoki qiyaligi…………………………..20 Imzodagi umumiylik darajasi……………………..………………21 Bir insonning turli xil imzolari………………………………….21 Vaqtning imzo o`zgarishiga ta’siri…………………………….…...22 Imzodagi «qaytishlar» …………………………………………...…22 Imzodagi tushunib bo`lmaydigan belgilar………………………..23 Imzoning to`lqinsimonligi …… ………………..……………………23 Imzoni geometrik qolipda ushlab turilishi…………………….....…24 Imzo boshidagi harflarning uzayishi…………………………..…….24 Imzo qismlarining amplitudasi ……………………..……….…...…25 Imzodagi kombinatsiya……………………..………………….....…26 Imzodagi simmetrik belgilar……………………..…………………..26 Imzo oxiriga sonlarning qo`shib qo`yilishi……………………….27 Imzolarni tahlil qilish algoritmi……………………..…………...….28 Foydalanilgan dabiyotlar ro`yhati………………………….…….….30 31