ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR [email protected] https://sites.google.com/view/imxu/ KIMYOVIY ELEMENTLARNING DASTLABKI TOIFALANISHI,TABIIY OILALARI,DAVRIY QONUN ,DAVRIY SISTEMASI MAVZUSINI MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYASI ASOSIDA O’QITISH METODIKASI REJA: I.BOB KIMYOVIY ELEMENTLARNING DASTLABKI TOIFALANISHI 1.Kimyoviy elementlarning dastlabki toifalanishi 2. Kimyoviy xossalari Ishqoriy metallar Galogenlarning birikmalari II.BOB KIMYOVIY ELEMENTLARNING DAVRIY QONUNI VA MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARI 3. Kimyoviy elementlarning davriy qonuni Elementlarni atom massalari Ftor metallmaslik xossasi 4. Muammoli ta'limning vujudga kelish tarixi. Muammoli ta'lim haqida tushuncha. Muammoli ta'lim jarayonida o'qituvchiga qo'yiladigan talablar. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KONFERENSIYA | 1 ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR [email protected] https://sites.google.com/view/imxu/ KIRISH Annotatsiya: Moddalarning xossalarini organish va bu sohada qilingan kashfiyotlar, moddalardan insoniyat ehtiyoji uchun foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, moddalarni va ularni tashkil etuvchi tarkibiy qismlar-elementlarni toifalash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Ushbu maqolada kimyoviy elementlarning dastlabki toifalanishi haqida fikrlar mulohazalar yuritiladi. Kalit sozlar: reaksiya, kimyoviy unsur, modda, element, metal, kislorod. Kimyo tabiat xaqidagi fan bo'lib, u boshqa tabiiyot fanlari (fizika, biologiya, mineralogiya) kabi moddiy jismlar tugrisida bizga atroflicha ma'lumot beradi, u jonli va jonsiz tabiatni tashkil etgan moddalarni, ularning xossalarini, tuzilishini, bir-biriga aylanishini, shular natijasida ruy beradigan uzgarishlarni va bu uzgarishlar orasidagi bog'lanishlarni tekshiradi. Qisqa qilib aytganda, kimyo-moddalar va ularda bo'ladigan uzgarishlar xaqidagi fandir. Kimyoviy uzgarishlarda (reaksiyalarda) dastlabki moddalardan, ya'ni xomashyodan boshqa tarkibga va boshqa xossalarga ega bo'lgan maxsulotlar olinadi. Kimyoviy prosesslarni borishi reaksiyada ishtirok etadigan moddalarning tarkibiga, ularni tashkil etuvchi zarrachalarning tuzilishiga bog'liq. Shuning uchun moddalarning tuzilishi bilan ularning reaksiyaga kirisha olish qobilyati orasidagi bog'lanishni urganish katta axamiyatga ega. Biz kimyoviy prosesslarni ma'lum maqsad bilan amalga oshiramiz va ularni uzimiz uchun kerakli tomonga yo'naltirib, istalgan fizikaviy, kimyoviy, biologik va xokazo xosalarga ega bo'lgan moddalar xosil qilishimiz mumkin. Kimyo alohida fan sifatida XVIII – XIX asrlarda shakllangan bo’lsada bu fanning asoslari eramizdan avval qadimgi KONFERENSIYA | 2 ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR [email protected] https://sites.google.com/view/imxu/ Yunonistonda yashab ijod etgan Levkipp, Demakrit, Epikur kabi tabiatshunos olimlar hamda VII – XI asrlarda yashab o’tgan buyuk ajdodlarimiz : Ahmad Al – Farg’oniy, Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo Ar – Roziy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino singari ensiklapedist olimlar tomonidan qo’yilgan. Bu borada ularning yozib qoldirgan ilmiy asarlarida keltirilgan ma’lumotlar muhim ahamiyatga egadir. Bu asarlarda dunyoning moddiy tuzilishi haqidagi fikrlar bilan birgalikda kimyo fani asoslarini tashkil etuvchi moddiy dunyo unsurlarini toifalash hamda amaliy kimyo uslublari haqida qimmatli ma’lumotlar bayon qilinganligi e’tiborga loyiqdir. Ar – Roziy moddiy unsurlarning eng kichik birligi – atomlar haqida, ularni yanada kichikroq zarralarga bo’linishi to’g’risida fikrlar bergan bo’lsa, Farobiy va Beruniy asarlarida moddiy dunyo tarkibiy qismlari, ma’dan va qimmatbaho toshlarni sinflash haqida ma’lumotlar keltirgan. Buyuk tabib Abu Ali ibn Sino o’sha davrda ma’lum bo’lgan barcha dorivor moddalarni xossalari asosida toifalarga bo’lib chiqqan. Dorivor moddalarni tarkibi va xossalariga ko’ra turli sinflarga toifalashsingari dastlabki ilmiy bilmlar keyinchalik kimyoviy elementlarning xossalari asosida sinflashga asos bo’lib xizmat qilganligi tabiiy. XVII – XVIII asrlarga kelib kimyo fani g’arb mamlakatlarida keng miqyosda rivojlana boshladi, fan va texnika taraqqiyoti yangi moddalar yaratish, kimyoviy elementlarni alohida ajratib olish imkoniyatlarini yaratdi. Kimyogarlar uchun ma’lum bir tartibga keltirilmagan katta hajmdagi yangi ma’lumotlar bilan ishlashda yangi olingan turli – tuman modalarning toifalarga bo’linmaganligi, sinflanmaganligi o’ziga xos qiyinchiliklarni kelririb chiqara boshladi. XVIII asrning oxirlariga kelib 30 taga yaqin, XIX asrning 60- yillariga kelib 63 ta KONFERENSIYA | 3 ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR [email protected] https://sites.google.com/view/imxu/ kimyoviy element ma’lum bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunda esa 109 ta kimyoviy element kashf etilgan. Mavjud barhca moddalar shu kimyoviy elemtlardan tashkil topgan bo’lib, ularning xossalari turlichadir. Moddalarning xossalarini o’rganish va bu sohada qilingan kashfiyotlar, moddalardan insoniyat ehtiyoji uchun foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, moddalarni va ularni tashkil etuvchi tarkibiy qismlar – elementlarni toifalash zarurtini keltirib chiqardi. Kimyogar olimlar sharq mutafakkirlari asarlarida keltirgan ma’lumotlar asosida kimyoviy unsurlar, moddalarni sinflash muommolarini hal etishga harakat qila boshladilar. Atrofimizda mavjud bo’lgan obyektlar, yuz berayotgan voqea – hodisalarni bir tizimda tartibga solgan holda qabul qilib o’rganish, biz uchun tanish holat. Masalan, inson ehtiyoji uchun turmush buyumlarini ma’lum bir tartibda sinflab, toifalab olganligimiz yoki o’simlik hamda hayvonlarni nav va turlarga sinflashimiz, ular haqidagi tushuncha va tasavvurlarimizning yagona tizmda shakllanishiga olib kelgan. Kimyoviy elementlar - yadrolarining musbat zaryadi hamda atom qobigʻidagi elektronlar sonining bir xilligi bilan tavsiflanadigan atomlarning alohida bir turi. Massa soni (atom yadrosini tashkil etadigan protonlar va neytronlar massalarining yigʻindisi) har xil boʻlgan Kimyoviy unsur izotoplar deb ataladi. Tabiatda koʻp kimyoviy unsur 2 yoki undan koʻp izotoplardan tashkil topgan. Yer poʻstida tarqalgan tabiiy Kimyoviy unsurning izotop tarkibi oʻzgarmasdir, shuning uchun ularning eng muhim hisoblangan tavsifi — atom massasi deyarli oʻzgarmas boʻladi. Tabiiy Kimyoviy unsur, asosan, noradioaktiv boʻlib, turlituman oddiy (kimyoviy jihatdan parchalanmaydigan) va murakkab (kimyoviy birikmalar) moddalarni tashkil etadi. a, r, u — nurlanuvchi Kimyoviy KONFERENSIYA | 4 ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR [email protected] https://sites.google.com/view/imxu/ unsur (uran, toriy, poloniy, radiy) radioaktiv elementlardir. Elementlar tabiatdagi butun mavjudotning eng oddiy tarkibiy qismlari, degan tushuncha miloddan bir necha asr ilgari vujudga kelgan. Aristotelning fikricha, boshlangʻich materiya 4 abstrakt "prinsip" (asos): issiqlik, sovuqlik, namlik va quruklikdan tashkil topgan. Ularning juftlarida qismlar miqdori maʼlum bir sonni tashkil etgach, 4 asosiy element — olov, suv, havo va tuproq hosil boʻlarmish. Keyinchalik alkimyogarlar Aristotelning "prinsip" va "element"lariga eruvchanlik (tuz), yonuvchanlik (oltingugurt) va metallsimonlik (simob) degan tushunchalarni kiritdilar. Kimyoviy elementlarni dastlabki toifalashda ularning ko‘zga tashlanadigan belgilari asos qilib olingan. Deyarli barcha metallar o‘ziga xos yaltiroq, elektr va issiqlikni o‘tkazadigan, bolg‘alanuvchan bo‘lib, metalmaslar esa bunday xossalarga ega emas. Barcha metallar (simobdan tashqari) qattiq, metalmaslar esa qattiq (oltingugurt, uglerod, kremniy, yod), suyuq (brom), gaz (kislorod, vodorod, xlor) holatda bo‘ladi. Metallar hamda metalmaslar kimyoviy xossalari bilan ham farqlanadi. Tipik metallarning gidroksidlari asos, metalmaslarning gidroksidlari esa kislota. Metallarning gidridlari qattiq moddalardir. Metalmaslarning gidridlari esa uchuvchan birikmalardir. Asos xossalarini ham, kislota xossalarini ham namoyon qiluvchi gidroksidlar amfoter gidroksidlar deyiladi. Amfoter gidroksidni hosil qiluvchi oksid ham amfoter xossasiga ega. Amfoter oksid, amfoter gidroksid hosil qiluvchi elementlar amfoter elementlardir. Ayrim kimyoviy elementlarning quyi valentli oksidlari asosli xossaga, yuqori valentli oksidlari kislotali, oraliq valentli oksidlari esa amfoter xossaga ega bo‘ladi. Masalan, xrom (II)-oksid CrO – asosli, xrom (III)oksid Cr2O3 KONFERENSIYA | 5 ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR [email protected] https://sites.google.com/view/imxu/ – amfoter, xrom (VI)-oksid CrO3 – kislotali oksidlardir. Vodorod, kislorod va suvning xossalarini o‘rganish davomida bir xil xossalarni namoyon qiluvchi elementlar bilan tanishgan edik. Masalan, natriy va kaliy metallari: yumshoq, suvdan engil, kislorod va suv bilan odatdagi sharoitda shiddatli reaksiyaga kirishadi, natijada bir valentli birikmalarni hosil qiladi: 2Na + O2= Na2O2 2K + O2= K2O2 2Na + 2H2O = 2NaOH + H2 2K + 2H2O = 2KOH + H2 KONFERENSIYA | 6 ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR [email protected] https://sites.google.com/view/imxu/ Shuningdek, Li, Rb, Cs va Fr metallari ham o‘z xossalari jihatidan Na va K metallariga o‘xshash. Bu metallar bir oilani, ya’ni ishqoriy metallar oilasini tashkil qiladi Ishqoriy metallar quyidagi umumiy xossalarga ega: 1. Ishqoriy metallar barcha birikmalarida bir valentli. 2. Ishqoriy metallarning gidroksidlari ishqorlardir, ular suvda yaxshi eriydi. 3. Ishqoriy metallarning atom massalari ortib borishi bilan fizik va kimyoviy xossalari davriy ravishda o‘zgarib boradi. KONFERENSIYA | 7 ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR [email protected] https://sites.google.com/view/imxu/ Xlor Cl, ftor F, brom Br va yod I o‘xshash elementlar hisoblanib, galogenlar oilasini tashkil qiladi Xlor vodorod hamda metallar bilan reaksiyaga kirishib, bir valentli birikmalar hosil H2 qiladi. + Cl2 = 2HCl, 2Na + Cl2 = 2NaCl. Ftor, brom va yod ham xlor kabi xossalarga ega. KONFERENSIYA | 8 ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR [email protected] https://sites.google.com/view/imxu/ Galogenlarning vodorodli birikmalari uchuvchan gaz moddalari bo‘lib, suvda yaxshi eriydi. Suvdagi eritmalari esa kislotalardir. KONFERENSIYA | 9 ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR [email protected] https://sites.google.com/view/imxu/ Galogenlarning xossalari atom massalari ortib borishi bilan davriy ravishda o‘zgarib boradi. galogenlarning fizik xossalarini, atom massalari bilan bog‘liqlik tomonlarini tushuntirishga harakat qiling. Galogenlar quyidagi umumiy xossalarga ega: Vodorod bilan uchuvchan gidridlar hosil qiladi. Galogenlar gidridlarining suvdagi eritmasi kislotalardir. Galogenlar gidridlarda, metallar bilan hosil qilgan tuzlarda bir valentlidir. Galogenlarning atom massalari ortib borishi bilan fizik va kimyoviy xossalari davriy ravishda o‘zgarib boradi. KONFERENSIYA | 10 ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR [email protected] https://sites.google.com/view/imxu/ Mavjud kimyoviy elementlar ichida o‘xshash xossalarga ega bo‘lgan elementlar guruhlariga yana qator misollar keltirish mumkin. Inert gazlar (geliy He, neon Ne, argon Ar, kripton Kr, ksenon Xe) alohida tabiiy oilani tashkil etib, ular ham o‘xshash elementlardir. Inert gazlarning ayrimlari kislorodli, ftorli birikmalar hosil qiladi. Kimyoviy reaksiyaga deyarli kirishmaganligi uchun ular inert elementlar deb atalgan. D.I.Mendeleev davriy qonuni va davriy sistemasi tabiatining eng muhim qonuni bo’lishi bilan birga - kimyo fanini o’rganishning eng muhim metodik asosi hamdir. KONFERENSIYA | 11 ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR [email protected] https://sites.google.com/view/imxu/ Davriy qonunning kashf etilishi katta ilmiy jasorat bo’lishi bilan birga, qator eng muhim metodologik va metodik muammolarning yechimini beradi. Davriy qonun asosida kimyo fanining sistematik kursi tuzildi. Bu tizimda D.I.Mendeleevning "Kimyo asoslari" darsligida o’z ifodasini topdi. Hozirgi sharoitda barcha kimyo kursi darsliklari davriy qonun asosida tuzilgan. Umumta’lim maktabi anorganik kimyo kursining nazariy asosini D.I.Mendeleev davriy qonuni va davriy sistemasi tashkil qiladi. Shu sababli anorganik kimyo kursini o’rganishni uch bosqichga bo’lamiz. Birinchi bosqich - o’quvchilarni D.I.Mendeleev elementlar davriy qonuni va davriy sistemasini o’rganishga tayyorlash. Ikkinchi bosqich - D.I.Mendeleev elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi hamda atom tuzilishi nazariyasini o’rganish . Uchinchi bosqich - anorganik kimyo kursining sistematik kursini yoki elementlar va ular birikmalari xossalarini D.I.Mendeleev elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi hamda atom tuzilishi nuqtai - nazaridan o’rganish. Davriy qonun va davriy sistema mavzusidagi tushunchalar mohiyati mazmuni o’zaro bog’langan ma’lumotlar asosida ochib beriladi. Ular, kimyoviy elementlar va moddalar xossalarining davriy o’zgarishini, elementlar atom og’irligi ortishi, elementlar atom tuzulishi bilan bog’liqligi haqidagi ma’lumotlar. Ana shu blok haqidagi ma’lumotlarning bog’lanish sabab va KONFERENSIYA | 12 ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR [email protected] https://sites.google.com/view/imxu/ oqibatlarini ochib berish. Oldingi va keyingi blok ma’lumotlar mavzuning o’rganishning bosh ta’limy vazifasi bo’lib hisoblanadi. Umumta’lim maktabi kimyo dasturida mavzu mazmuni tarixiy - logik asosda tuzilgan. Avvalo D.I.Mendeleevning elementlar va ular xossalarining atom massasiga bog’liqligini ochib bergani bayon etilsa, keyin esa ularning sabablari elementlar atomlarining tuzilishi asosida tushuntirilgan. Bu usulda rag’barlantirsa yo’l tutish avvalo - o’quvchilarning tatqiqot faoliyatini ularni o’quv jarayonida faollashtirsa, ikkinchidan tarbiyaviy aspektni kuchaytirib, D.I.Mendeleevning ilmiy jasoratini yechib beradi. Mustahkam ko’nikmalar hosil qilish uchun o’quvchi mustaqil ish jarayonida mashqlar bajaradi. Mavzu mazmuni o’quvchilarni bashorat qilishga o’rgatadi. Davriy qonun va davriy sistema, atom tuzilishi va nazariyasi asosida elementlar va ular birikmalari xossalarini deduktiv metod orqali bashorat qilishi malakalariga ega bo’ladi. Mavzuning tarbiyaviy aspekti. D.I.Mendeleevning davriy qonun va kimyoviy elementlar davriy sistemasi mavzusini o’rganish orqali o’quvchilar fan va ishlab chiqarishning o’zgarishiga o’tishi, rivojlanishi, elementlar atomlari miqdor o’zgarishlarning sifat ichki tuzilishi, kimyoviy o’zgarishlarning ichki sabablarini tushinib yetadilar. Bu tushunchalarning mohiyati dialektik - materialistik dunyoqarash shakllanishiga olib keladi. D.I.Mendeleevning ijodiy faoliyatini o’rganish orqali KONFERENSIYA | 13 ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR [email protected] https://sites.google.com/view/imxu/ o’quvchilarda mehnat qilish, vatanparvarlik milliy g’ururi kabi hislatlari qaror topadi. Mavzuning rivojlantiruvchi funksiyasi: O’quvchilarda elementlar xossalarining o’ziga xosligini ajrata bilish. Oddiy va murakkab moddalarning kimyoviy xossalarini davriy qonun, atom tuzilishi, davriy sistemasi asosida xarakterlash va bashorat qilish, kimyoviy bog’lanishlar turi orqali ularni tavsiflash kabi ko’nikma malakalarni rivojlantirish, mavzuni o’rganishda tayanch bilimlarni tadbiq qilish orqali o’quvchilarda fikrlash, tafakkur qirralari rivojlanadi. Bu mavzu o’quvchilarda muammoli vaziyat vujudga keltirish, uning yechilishini mavzu mohiyati orqali ochib berishni rivojlantiradi. Mavzuni o’rganishning metod va manbalari. Davriy qonunni o’rganishda muammoli ta’lim, muammoli metod qo’llanadi. Mavzuning rivojlantiruvchi funksiyasini amalga oshirish uchun muammoli metod dominantlik vazifasini bajarish kerak. Birinchi davrda bunday sabab uchun elementlarni metall va nometallga ajratish asosiy manba bo’lib, xizmat qiladi. Muammoli vaziyatlarni keltirish uchun elementlar va ular birikmalari xossalarining davriy ravishda takrorlanishi ikkinchi manba bo’ladi. Davriy sistemada elementlar gruppalari ichida podgruppalar hosil bo’lishi uchinchi holatda muammolar yaratishga sabab bo’ladi. Muammoli vaziyatlar hosil qilishning to’rtinchi bosqichi davriylik nazariyasini rivojlanishi perespektivi orqali amalga oshadi. KONFERENSIYA | 14 ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR [email protected] https://sites.google.com/view/imxu/ Muammoli vaziyatlar atomlarning elektron tuzilishi va xossalari ularning o’zaro bog’liqligini aniqlashda o’quvchilarga beriladigan mustaqil ishlardan namoyon bo’ladi. Yana muammolarni har bir element haqida yozilgan ma’lumotli varaqalar, ularni joylashtirish sabablarini ochib berishi bo’yicha beriladigan topshiriqlar orqali amalga oshirish mumkin. Mavzuni o’rganishda nazariy umumlashtirishlar chiqarish, eksperiment diafilm D.I.Mendeleevning davriy qonuni degan kino filmlarni ko’rsatish orqali o’quvchilar bilimini oshiradi. D.I.Mendeelevning kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi hamda atomning tuzilishi mavzusi o’rta maktab noorganik kimyo kursining ilmiy asosini tashkil etadi. Bu mavzular darslarda o’quvchilar kimyoviy elementlar o’zaro davriy qonunda tasvirlanganidek, bog’liqligini, hamda elementlar xossalarining, ularning birikmalar xossalari atom tuzilishidan davriy sistemaga joylashgan o’rniga muvofiq ekanligini o’rganadilar. O’quvchilardan davriy qonun va atom tuzilishi nazariyasi asosida elementlar ularning birikmalari xossalarini oldindan ayta olishlik malakalari rivojlantiriladi. O’quvchilar davriy qonun va atomlar tuzilishi haqidagi bilimlar asosida keyingi o’rganiladigan kimyoviy elementlar guruhlari xossalarini, tuzilishlarini oldindan ayta biladilar va shu asosida elementlar hamda ularning birikmalari haqida umumiy xulosalar chiqara oladilar. D.I.Mendeleev elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi umumlashtiruvchi xarakterga ega. Uni o’rganishda quyidagi Tayanch bilimlarga katta e’tibor beriladi. KONFERENSIYA | 15 ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR [email protected] https://sites.google.com/view/imxu/ 1. Kimyoviy element haqida tushuncha. Kimyoviy elementning nisbiy atom massasi, uning valentligi. 2. Oddiy va murakkab modda haqida tushuncha. 3. Kimyoviy elementning kislorodli birikmalari va uning valentligi haqida tushuncha. 4. Kimyoviy elementning vodorodli birikmalari va uning valentligi haqida tushuncha. 5. Metallar va nometallar xossalari haqidagi bilimlarni umumlashtirish. 6. Oksidlar haqida tushuncha (Asosli va kislotali). 7. Gidroksidlar haqida tushuncha. 8. Metallar, asosli oksidlar, asoslar, nometallar, kislotali oksidlar, kislotalar orasidagi genetik bog’lanish haqida tushunchalar. Metallar - a). qattiq (simobdan tashqari); b). metal yaltirog’i bor; v). issiqlik va elektr tokini yaxshi o’tkazadi; g). bolg’alanadi. Metallmaslar - a). qattiq, (brom suyuq), gazsimon; b). metall yaltirog’i yo’q; v). izolyatorlar; g). mo’rt. Amfoter elementlar - (grekcha "amfoteros" - "ikkalasi" degan so’zidan ikki xil birikma namoyon qiladigan kimyoviy elementlar rux, berilliy, alyuminiy, xrom, qo’rg’oshin). Bu elementlar tarkibiga kirgan oksidlar, gidroksidlar ikki xil xossaga, ya’ni kislotali va asosli xossalarga ega. Amfoter oksid, gidroksidlarga muofiq keladigan kimyoviy elementlardir. Ularni xossalari jihatidan tipik metallarga ham tipik metalmaslarga ham kiritib bo’lmaydi. Davriy qonun - (D.I.Mendeleevning ta’rifi) - oddiy jismlarning xossalari, shuningdek elementlar birikmalarining shakl va xossalari elementlar atom KONFERENSIYA | 16 ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR [email protected] https://sites.google.com/view/imxu/ og’irliklarining qiymatiga davriy ravishda bog’liq bo’ladi. Hatto atom tuzilishi haqidagi kashfiyot asosida davriy qonun quyidagicha ta’riflanadi: Kimyoviy elementlarning va ular hosil qiladigan oddiy hamda murakkab moddalarning xossalari shu elementlar atom yadrolarining zaryadlari qiymati bilan davriy bog’lanishda bo’ladi. Davrlar - elementlarning xossalari asta - sekin o’zgarib boradigan gorizantal elementlar qatorlarini (masalan, letiydan neongacha) D.I.Mendeleev davrlar deb atagan . Davriylarda 1,2,3 - davrlar kichik davrlar. Keyingi davrlar katta davrlar 4 va 5 darvlarda o’n sakkiztadan, 6 - davrda o’ttiz ikkita element bor. 7 - davr (tuganlanmagan) davrdir. Hozirgi kunga qadar kimyoviy elementlarning 112 ta soni ma’lum Shuning uchun ham o’quvchilarga tavsif qilinishlar haqida ma’lumot berish foydalidir. O’quvchilarga kimyoviy elementlarni tavsif qilish zarurati, bu yo’ldagi dastlabki urinishlar dastlabki elemetlarni metallar va metallmaslarga bo’lishdagi xatoliklar haqidagi tushuncha berish shuningdek amfoter xossaga ega bo’lgan moddalar bilan tanishtirish ularda kimyo fani uning tarixi haqidagi tasavvurlarning boyishiga olib keladi. O’quvchilardagi tayanch bilimlar asosida metallar va metallmaslar xossalaridagi farqni payqash ularning birikmalari formulalarini yoza bilish malakalari shakllantiriladi. KONFERENSIYA | 17 ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR [email protected] https://sites.google.com/view/imxu/ Darsning boshlanishida o’qituvchi diqqatini quyidagilarga qaratadi: a) dastlab D.I.Mendeleev shunday degan, (kimyodagi nazariy ma’lumotlarga qaraganda butun quruqlik elementlaridan tashkil topgan. Ularning asosiy o’xshash va farq qiluvchi xossalarini aniqlash lozim, keyin shu xossalar asosida ular hosil qilishi lozim bo’lgan moddalarning xossalarini ayta bilish mumkin. Davriy qonun rivodlanishini 3 etapga bo’lish mumkin. Birinchi etapda Elementlarning xossalarini aniqlovchi asosiy argument sifatida atom massasi tanlangan bo’lib, Mendelev davriy qonuni shu asosda quyidagicha ta‘riflanadi: «Oddiy moddalarning xossalari, shuningdek, elementlar birikmalarining shakl va xossalari, elementlar atom og’irliklarining ortib borishiga davriy muratda bog’liqdir». Ikkinchi etap atom nomeri – atom yadro zaryadini aniqlashi isbotlandi. Izotop va izobarlarning ochilishi element tabiatini aniqlovchihaqiqiy argement uning atom massasi emas, balki yadro zaryadi ekanligi ko’rsatildi. Haqiqatdan ham bir atom massasi izobarlar (40Ar, 40K, 40Ca) – har xil element atomlariga talluqli ekanligi va shu bilan birga yadro zaryadlari bir xil atomlar – izotoplar (160, 170, 180) atom massalari har xil bo’lishiga qaramay birgina elementga mansub ekanligi isbotlandi. Shu sababli davriy qonun yangicha ta‘riflandi: «Oddiy moddalarning, shuningdek, elementlarning shakl va xossalari ular atomlari yadrolarining zaryadiga davriy ravishda bog’liqdir». KONFERENSIYA | 18 ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR [email protected] https://sites.google.com/view/imxu/ Bu o’zgarish printsipial harakterga ega bo’lib, element tabiatini tushunishda yangi sifatiy darajasidan dalolat beradi, shunga qaramasdan davriylikning fizikaviy ma‘nosi ya‘ni nima uchun atom nomerining monoton ortib borishi bilan, elementning xossalari monoton (bir tekisda) o’zgarmasdan davriy o’zgarishining sababi noaniq ed Muammoli ta'limning vujudga kelish tarixi. Muammoli ta'lim haqida tushuncha. Respublikamizning hozirgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tamoyillari jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o'rin olish uchun ma'naviy salohiyatimizni va iqtisodiy qudratimizni yanada oshirish, ularni XXI asr ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan tarzda qayta qurishni talab qiladi. Buning uchun yoshlarimiz dunyoqarashini o'zgartirish, ularning bilim va ma'naviyatlarini jahon andozalari darajasiga ko'tarish zarur. Bugun jamiyat maktab oldiga: maxsus qobiliyatini ularning mustaqil bilishlarini maqsadga muvofiq ravishda rivojlantirishni vazifa qilib qo'ydi. Ana shu vazifalarni hal etishda muammoli ta'lim texnologiyasi etakchi o'rinni egallaydi. Muammoli ta'lim – bu mantiqiy fikrlash operatsiyasi (tahlil, umumlashtirish) va talabalarning izlanishli faoliyati qonuniyatlarini (muammoli vaziyat, bilishga qiziqish, ehtiyoj) hisobga olib tuzilgan ta'lim va o’qitishning ilgari ma'lum bo'lgan usullarini qo’llashi qoidalarining yangi tizimidir. Shuning uchun ham muammoli ta'lim ko'proq talaba fikrlash qobiliyatining rivojlanishini, KONFERENSIYA | 19 ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR [email protected] https://sites.google.com/view/imxu/ uning umumiy rivojlanish va e'tiqodining shakllanishini ta'minlaydi. Didaktikaning barcha yutuqlarini istisno qilmay, balki ulardan foydalangan holga muammoli ta'lim ilmiy bilim va tushunchalarni, dunyoqarashni shakllantirish, shaxs va uning intellektual faolligini har tomonlama rivojlantirish vositasi sifatida rivojlantiruvchi ta'lim bo'lib qoladi. Muammoli o’qitish amerikalik faylasuv, psixolog va pedagog Dj.Dionning nazariy qoidalariga asoslanadi va XX asrning 20-30 yillarida tarqala boshladi. Didaktikada muammoli o’qitish yangi yo'nalish sifatida XX asrning 70-80 yillarida yuzaga keldi. A.M. Matoshkin, T.V. Kudryashv, M.I.Maxmutov, I.Ya. Lernerlar muammoli o’qitish qonuniyatlarini chuquro'rgandilar. Muammoli o’qitishning tarixi Muammoli U 1894 yilda Chikago O’qish, hisoblash, yozish o’qitishning asosida shaxrida o’qitish asosini bo'yicha mashg’ulotlar amerikalik psixolog, o’quv rejasi emas, balki bolalarning fiziologik faylasuf va pedagog o'yinlar va mehnat baloqatiga qarab o'z- o'zidan Dj. Dyui (1859-1952) faoliyati tashkil etgan paydo bo'lgan ehtiyojlariga g’oyalari yotadi. tajriba maktabini muvofiq o'tkazilgan. tashkil qilgan. KONFERENSIYA | 20 ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR [email protected] https://sites.google.com/view/imxu/ Bugungi kunda, muammoli o’qitish deganda mashg’ulotlarda pedagog tomonidan yaratiladigan muammoli vaziyatlar va ularni echishga qaratilgan talabalarning faol mustaqil faoliyati tushuniladi. Buning natijasida talabalar kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'ladilar hamda fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi. Muammoli ta'lim o’qitishning eng samarali usulidir. Pedagog muammoli vaziyat yaratadi, talabani uni echishga yo'naltiradi, yechimni izlashni tashkil etadi. Muammoli o’qitishni boshqarish, pedagogik mahoratni talab etadi, chunki muammoli vaziyatning paydo bo'lishi-individual holat bo'lib, tabaqalashtirilgan va individuallashtirilgan yondashuvni talab etadi. Muammoli ta'lim nazariyasi talaba intellektual kuchining rivojlantiruvchi ta'limni tashkil qilishning psixologik-pedagogik yo'llari va usullarini tushuntirad. Muammoning murakkabligi, talabalarning bilim saviyasi va malakasi, ularning ijodiy faoliyati ko'nikmalari, didaktik maqsadga yo'nalganligiga qarab muammoli o’qitishda talaba va o’qituvchi o'zaro munosabatlarining turli variantlari bo'lishi mumkin, ya'ni muammolilikning turli sathlari amalda bo'lishi mumkin. Pedagogikaga oid adabiyotlarda asosan muammolilikning uch sathi haqida fikr yuritiladi: Birinchi sathda o’qituvchi o'zi muammoni qo'yadi, uni shakllantiradi va talabalarni mustaqil ravishda uning echilish yo'lini qidirishga yo'naltiradi. KONFERENSIYA | 21 ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR [email protected] https://sites.google.com/view/imxu/ Ikkinchi sathda o’qituvchi faqat muammoli vaziyatni vujudga keltiradi, talabalar esa muammoni mustaqil shakllantiradilar va echadilar. Uchinchi sath — oliy sath bo'lib, unda o’qituvchi shunday qoidani ko'zda tutadi: muayyan muammoni ko'rsatib bermaydi, balki unga talabalarni «ro'baro'» qiladi hamda ularni mustaqil ijodiy faoliyatga yo'naltiradi, ularni boshqaradi va natijani baholaydi. Talabalar esa muammoni mustaqil anglaydilar, uni shakllantiradilar, uning echilish usullarini tadqiq qiladilar. O’quv muammosining qo'yilish jarayonini osonlashtirish uchun muayyan tartibga rioya qilish lozim bo'ladi. echilish lozim bo'lgan hamda yangi tushunchalar bilan bevosita bog’liq bo'lgan awalgi o'zlashtirilgan bilimlar doirasini faollashtirmasdan turib, muammoni qo'yib bo'lmaydi. Muammoli vazifalarni tashkil qilishdan oldin talabalarning sabab-oqibataloqalarini o'mata olish usullarini egallaganligiga ishonch hosil qilish, talabalarning muammoli vaziyatni tahlil qila olish darajasini otrganish shartdir. Shuningdek, o’qituvchi talabalar e'tiboriga faqat ular uchun qulay bo'lgan muammolarni qo'ymasligi ham mumkin. Shu bilan birgalikda muammoning echilishi uni to’g’ri g’o'ya bilishga ko'p jihatdan bog’liq ekanligini unutmaslik zarur. Bu qoidalarni amalga oshirish, awalo o’quv materialining mazmun xususiyati bilan bog’liqdir. Uning tarkibi va tuzilmasiga qator talablarni qo’yish mumkin. O’quv materiali quyidagi mazmunni qamrab oladi: yangilik unsurlari (yangi tushunchalar, yangi belgilar, xususiyatlar, noma'lum tushunchalarning jihatlari, yangi aloqalar, harakatlanishning yangi usullari) faktlar, bilish KONFERENSIYA | 22 ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR [email protected] https://sites.google.com/view/imxu/ vazifalari va masalalari, ziddiyatlari ko'rinishidagi materiallarni qamrab olgan ma 'lum va yangi bilim o'rtasidagi ziddiyat; umumpedagogik va didaktik tamoyillarni hisobga olgan pedagogik nazariyaning metodologik asoslari materialini mantiqqa muvofiq bayon qilish. KONFERENSIYA | 23 ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR [email protected] https://sites.google.com/view/imxu/ XULOSA Shunday qilib, muammoli ta'lim deyilganda, o’qituvchi (pedagog) rag’barligida muammoli vaziyat yuzaga keltirilib, mazkur muammo talabalarning faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, ko'nikma va malakalarni ijodiy o'zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta'lim jarayonini tashkil etish nazarda tutiladi. Shuningdek, muammoli o’qitishning mohiyatini o’qituvchi (pedagog) tomonidan talabalarning o’quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o’quv vazifalarini, muammolarini va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni o'zlashtirish bo'yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish tashkil etadi. Bu esa bilimlarni o'zlashtirishning ilmiytadqiqot usulini yuzaga keltiradi. Muammoli ta'limning muvaffaqiyati quyidagi omillarga bog’liq: 1. O’quv materialini muammolashtirish; 2. Talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish; 3. Ta'lim jarayonini o'yin, mehnat faoliyati bilan uyg’unlashtirish; 4. O’qituvchi (pedagog) tomonidan muammoli metodlardan o'z o'rnida samarali foydalanish ko'nikmasiga ega bo'lish; 5. Muammoli vaziyatni hal etish yuzasidan muammoli savollar zanjirini tuzish va mantiqiy ketma-ketlikda talabalarga bayon etish. Muammoli ta'lim – bu talabalar ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning asosiy usuli bo'lib, insonning bilish va amaliy faoliyatini boshqaruvchi muayyan shaxsiy sub'ektiv yo'llanma sifatida tushuniladi. KONFERENSIYA | 24 ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR [email protected] https://sites.google.com/view/imxu/ Dunyoqarashni shakllantirish – bu birinchi navbatda shaxsning intellektual – faolligini shakllantirishdir. Ilmiy dunyoqarashni samarali shakllantirishning ikkita muhim sharti mavjud: talabalarning tushunchalar tizimini o'zlashtirishga oid faol intellektual fikrlash faoliyati. Insonning his-tuyg’usi va emotsiyasiga ta'sir etish, uning bilimini e'tiqodga aylantirish. Muammoli vaziyat muayyan pedagogik vositalarda maqsadga muvofiq tashkil etiladigan o'ziga xos o’qitish sharoitida yuzaga keladi. Shuningdek, o'rganilgan mavzular xususiyatlaridan kelib chiqib, bunday vaziyatlarni yaratishning maxsus usullarini ishlab chiqish zarur. Shunday qilib, o’qitishda muammoli vaziyat shunchaki «fikr yo'lidagi kutilmagan to'siq» bilan bog’langan aqliy mashaqqat holati emas. Muammoli vaziyat har qanday fikrlash mashaqqatlaridan farqi qilib, unda talaba mashaqqat talab qilgan ob’ekt (tushuncha, fakt)ning unga amal va ayni vaqtda muhim bo'lgan vazifa, masala bo'yicha ichki, yashirin aloqalarini anglab etadi. Muammoli vaziyatning mohiyati shuki, u talaba tanish bo'lgan ma'lumotlar va yangi faktlar, hodisalar (qaysiki, ularni tushunish va tushuntirish uchun avvalgi bilimlar kamlik qiladi) o'rtasidagi ziddiyatdir. Bu ziddiyat bilimlarni ijodiy o'zlashtirish uchun harakatlantiruvchi kuchdir. KONFERENSIYA | 25 ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR [email protected] https://sites.google.com/view/imxu/ FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. А.А.Петров, А.Т.Трощенко, Х.В.Бальян. Органическая химия. Москва. 2. “Высшая школа» 1987 г. Для студентов хим. технологических специальностей. 3. А.И.Артеменко Органическая химия М. «Высшая школа». 2002 г. 4. I.R.Asкarov, Yu.T.Isaеv, A.Г.Maxsumov, Sh.Qirg’izov. Organik kimyo. G’ofur G’ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi. Toshkеnt 2012. 5. N.G.Raxmatullaev, X.T.Omonov, SH.M.Mirkomilov “Kimyo o’qitish metodikasi” T., “O’qituvchi” 2013 yil. 6. R.SH.Berdiqulov, F.A.Alimova, kompьyuternыxtexnologiy pri SH.M.Mirkomilov izuchenii osnov Vozmojnosti texnologicheskix protsessov ximicheskogo proizvodstva. Voprosы gumanitarnыx nauk. Nauchnыy jurnal №2(46), Moskva, 2010 7. O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g’risida”gi Qonuni. Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. - T.: “Sharq”, 1998. 8. O'zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g’risida”gi Qonuni. Barkamol avlod –O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: “Sharq”, 1998. 9. Karimov I.A. O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida.-T.: «O'zbekiston», 2011. 10. Azizxo‘jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. -T.: TDPU. 2006 y. KONFERENSIYA | 26 ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR [email protected] https://sites.google.com/view/imxu/ KONFERENSIYA | 27