Uploaded by Alimardon Abduraxmonov

Iqtisod nazariyasi amal

advertisement
Iqtisod nazariyasi
1.b
6.d
11.d
16.b
2.c
7.b
12.d
17.c
3.d
8.d
13.d
18.d
4.b
9.a
14.d
19.d
5.a
10.a
15.c
20.b
1.Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlash usullari.
Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlash quyidagi asosiy usullar yordamida amalga oshiriladi:
1. Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli;
2. Jamg‘arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli.
Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usulida, birinchidan, ishlab chiqarish
umumiy hajmining miqdoriy ko‘rsatkichi sifatida sof milliy mahsulot (SMM), ikkinchidan esa,
iqtisodiyotda yalpi sarflar sifatida iste’mol hajmi va sof investitsiya sarflarining umumiy summasi
(S+In) olinadi. Mazkur modelda yalpi investitsiyalar o‘rniga sof investitsiyalar ko‘rsatkichidan
foydalanish ishlab chiqarish umumiy hajmini ifodalashda YaIM o‘rniga SMM ko‘rsatkichining
qo‘llanishi bilan izohlanadi. Iqtisodiy muvozanat darajasini tahlil qilish jarayonini soddalashtirish
maqsadida yalpi sarflar tarkibidagi davlat (G) hamda chet el omili (Xn) e’tiborga olinmaydi.
Iqtisodiyotning muvozanatli darajasi bu ishlab chiqarishning shunday hajmiki, u ishlab
chiqarish mazkur hajmini sotib olish uchun yetarli umumiy sarflarni ta’minlaydi. Boshqacha aytganda,
sof milliy mahsulot muvozanatli darajasida ishlab chiqarilgan tovarlarning umumiy miqdori (SMM)
xarid qilingan tovarlar umumiy miqdoriga (S+In) teng bo‘ladi, ya’ni SMM= S+In (11.8- rasm).
18-rasm. Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlashning yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini
taqqoslash usuli
Bu to‘g‘ri chiziqning har qanday nuqtasidan chiqarilgan yotiq va tik yo‘nalishdagi chiziqlar
teng miqdorlarni ko‘rsatadi. S chizig‘i esa iste’mol sarflari miqdorini aks ettirib, daromad (ya’ni SMM)
hajmi oshib borishi bilan uning darajasi ham o‘sib boradi. YAlpi sarflar (S+In) chizig‘ini hosil qilish
uchun iste’mol sarflarining (S) turli hajmiga mos tushuvchi sof investitsiyalar (In) miqdori qo‘shib
boriladi. Bu o‘rinda tadbirkorlar tomonidan amalga oshirish ko‘zda tutilayotgan investitsiyalar hajmi
daromad darajasiga bog‘liq emas, deb qabul qilinadi. Shu sababli yalpi sarflar chizig‘i iste’mol sarflari
chizig‘idan In miqdoriga teng uzoqlikda joylashadi. To‘la bandlik sharoitida yalpi sarflar SMM hajmi
bilan mos kelmasligi mumkin. Bu mos kelmaslik chizmada retsession yoki inflyatsion farq ko‘rinishida
ifodalangan. Yalpi sarflarning SMM hajmidan kam bo‘lgan miqdori retsession farq, yalpi
sarflarning SMM hajmidan ortiqcha bo‘lgan miqdori inflyatsion farq deyiladi.
Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlashning jamg‘arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli
ishlab chiqarilgan mahsulotning har qanday hajmi shunga mos daromad hajmini beradi degan fikrga
asoslanadi. Biroq, aholi bu daromadning bir qismini iste’mol qilmasdan jamg‘armaga qo‘yishi mumkin.
Jamg‘arma “sarflar — daromadlar” oqimidan potensial sarflarni olib qo‘yish hisoblanadi. Bunda
jamg‘armaga qo‘yilgan mablag‘ investitsiyalar bilan to‘liq qoplansa, yalpi sarflar ishlab chiqarish
hajmiga teng bo‘ladi (11.9-rasm). Investitsiyaviy sarflarning ko‘payishi ishlab chiqarish hajmi va
daromad darajasining o‘sishiga olib keladi. Bu o‘zaro natija multiplikator samarasi bilan izohlanadi.
11.9 –rasm. Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlashning jamg‘arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli
Multiplikator tushunchasi «ko‘paytiruvchi» degan ma’noni anglatadi. Multiplikator samarasining
mohiyati investitsiya hajmining o‘sishi jamiyat milliy daromadining unga nisbatan ko‘proq o‘sishiga
olib kelishi orqali ifodalanadi.
Multiplikator samarasi — bu sof milliy mahsulot (SMM) o‘zgarishining investitsiya
sarflaridagi (IS) o‘zgarishga nisbati:
Multiplikator samarasi = SMM o‘zgarishi / IS o‘zgarish
YOki multiplikator koeffitsiyentini (k) quyidagicha ifodalash ham mumkin:
k=
1
1
=
.
1 − MPC MPS
Bundan kelib chiqqan holda:
Real SMMdagi o‘zgaris = k x IS o‘zgarish
Investitsiyaviy
sarflardagi o‘zgarishdan tashqari iste’mol, davlat xaridi yoki eksportdagi
o‘zgarishlar ham multiplikator samarasiga ta’sir ko‘rsatadi.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, jamg‘arma va investitsiya darajasi ham o‘ziga xos chegaralarga
ega bo‘lib, bu borada klassik va keynscha qarashlar tafovutlanadi. Klassik nazariya qarashlariga ko‘ra,
jamg‘arma investitsiya manbai bo‘lib, jamg‘armaga nisbatan moyillikning yuqori darajasi muqarrar
ravishda iqtisodiyotning yuksalishiga olib keladi.
Keynscha nazariya esa klassik talqinga qarshi chiqib, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda
bu jarayon o‘zgacha kechishi ta’kidlanadi. Chunki, rivojlangan mamlakatlarda jamg‘armaga bo‘lgan
intilish investitsiyalashga bo‘lgan intilishdan jadalroq borib, u quyidagi sabablar bilan izohlanadi:
birinchidan, yuqori foyda keltiruvchi kapital qo‘yilmalarning muqobil imkoniyatlari qisqarib
boradi. Natijada kapital jamg‘arishning o‘sishi bilan uning amal qilishining keyingi qo‘shilgan
samaradorligi pasayib boradi;
ikkinchidan, rivojlangan mamlakatlarda daromadlarning o‘sishi bilan jamg‘armaning ulushi oshib
boradi. Shunga ko‘ra, jamg‘arma hajmi investitsiya sarflari hajmidan oshib ketsa, jamg‘arma egalari
muvaffaqiyatsizlikka duchor bo‘ladilar. Bu holatni iqtisodiy adabiyotlarda «tejamkorlik paradoksi»
tushunchasi orqali izohlanadi. Bu paradoksning mohiyati shundan iboratki, investitsiyalar nazariy
jihatdan avtonom va hosilaviy investitsiyalarga ajratilib, avtonom investitsiyalar milliy daromad hajmi
va uning o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmasa, hosilaviy investitsiyalar esa milliy daromadning o‘zgarishiga
bog‘liq bo‘ladi. Aynan avtonom investitsiyalarga qo‘shimcha ravishda o‘sib boruvchi hosilaviy
investitsiyalar iqtisodiy o‘sishni kuchaytirishi, uni jadallashtirishi natijasida akselyerator samarasi
ro‘y beradi (“akselyerator” tushunchasi “jadallashtiruvchi” degan ma’noni anglatadi).
2.Pul miqdorini aniqlashga turlicha yondashuvlar
Pul massasini miqdoriy o’lchashga nisbatan 2 xil yondashuv mavjud:
Transaksion yondashuv- bunda pullarning to’lov vositasi va muomala vositasi sifatida harakatlanishi
ko’zda tutiladi. Shu sababli transaksion yondashuvda pul massasining aktiv qismi e’tiborga olinadi.
1.
Likvidli yondashuv – bunda pullar eng yuqori likvidli aktiv sifatida tan olinadi.
Aktivlarning likvidliligi deganda tez pulga aylana olish qobiliyati tushuniladi. Likvidli yondashuvga
ko’ra nafaqat aktiv pullar balki passiv pullar ham pul massasining tarkibiga kiritiladi.
Pullarga bo’lgan talab nazariyalari ichida J.Keynsning likvidlikka ixlos qo’yish nazariyasi muhim
o’rin egallaydi. Ushbu nazariyaga ko’ra pullarga bo’lgan talabni 3 ta omil belgilaydi:
1. Transaksion omil-tovarlar xomashyo va materiallar sotib olish uchun, ish haqi to’lash uchun
kompaniyalarga pul kerak. Aholi ma’lum turdagi tovarlarni xarid qilish uchun, xizmatlar haqini
to’lash uchun pul kerak. Shu sababli ular daromadlarining ma’lum qismini pul shaklida saqlaydilar.
2. Extiyotkorlik omili-aholi ham kompaniyalar ham kelgusida yuz berishi mumkin bo’lgan, ko’zda
tutilmagan holatlardan himoyalanish maqsadida pul jamg’aradilar.
3. Spekulyativ (chayqovchilik) omili-aholi va kompaniyalar pul mablag’larini kelgusida daromad
olish maqsadida aktivlar sotib olish uchun saqlaydi.
Nobel mukofotining laureati amerikalik iqtisodchi olim M.Fridman aytadiki pullarga bo’lgan talab
o’zgarishi nominal daromadlarning o’zgarishi oqibatidir. Fozi stavkalri esa pullarga bo’l’lgan talabga
sezilarli ta’sir ko’rsatmaydi. Shuning uchun u % stavkalarning elastikligini 0.15 ga teng deb oladi.
Fridmenning fikriga mko’ra pullarga bo’lgan talab iqtisodiy konyukturaning o’zgarishlariga bog’liq
emas. Markaziy bank pul bazasi orqali pullarga bo’lgan talabga ta’sir ko’rsata oladi.
Ko’pchilik iqtisodchi olimlar pullarga bo’lagan talab va inflyatsiya o’rtasida bevosita aloqadorlik
mavjuligini e’tirof etishgan. Masalan: Samuelson, Blansher, Fisher.
So’nggi yilarda dunyoning qator mamlakatlarida davlat byudjeti defitsiti va davlat qarzi darajasini
o’sishi kuztilmoqda. Gretsiya, Ispqniya, Portugaliya va Irlandiyada davlat qarzi YaIM ga nisbatn 120150% gacha etdi. Aslida me’yoriy darajada 60%dan ortmasligi lozim.
2014 yil yanvar holatiga ko’ra O’zbekistonda 17% tashqi qarz, 0.6% ichki qarz (YaIMga nisbatan).
Davlat byudjeti defitsitining YaIMga nisbatan aniqlanadigan me’yoriy darajasi 3% qilib belgilangan,
3% dan oshmasa normal defitsit hisoblanadi.
Pul taklifi – bu naqd va naqdsiz ko’rinishdagi pul mablag’larining muomlada paydo bo’lishi bo’lib,
pulning to’lov vositasi va muomala funksiyalari bilan bog’liq.
Taraqqiy etgan mamlakatlarda naqdsiz pul aylanmasining rivojlanganligi naqd pullar taklifining
ko’payishiga to’sqinlik qiladi. O’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida esa naqd pullarga bo’lgan talabning
yuqori ekanligi naqd pullar taklifi oshishiga sabab bo’ladi. Taraqqiy etgan davlarda pullar taklifining
tartibga solinishi, takomillashgan instrumentlar yordamida qo’llaniladi. Masalan AQShda Markaziy
bank ochiq bozor operatsiyalari orqali bank tizimidagi rtiqcha pullarni olib qo’yadi.
M.Fridman 1-chi bo’lib pul massasini aniqrog’I M2 pul agregati o’sish sur’atini nazorat qilishini
taklif qilgan. Bu taklifning amaliyotga tadbiqi AQShda, Evropa malakatlarida pul massasining
barqaror o’sish sur’atini ta’minlash imkonini bergan. Urushlar, tabiiy ofatlar pullar taklifining keskin
osishiga sabab bo’ladi. Kapitallarning spekulyatib harakati pullar taklifida bevosita va kuchli ta’sir
ko’rsatadigan omil hisoblanadi.
Davlatning pul aylanishiga ko’plab omillar ta’sir ko’rsatadi. Pul aylanishi tuzilmasi turli belgilar
bo’yicha belgilanadi:
1) unda pullarning faoliyat yuritishi shakliga qarab. Ushbu belgiga qarab naqd pulsiz va naqd pullik
pul aylanishini ajratish mumkin, chunki barcha pul belgilari u yoki boshqa shaklga ega bo’ladi;
2) ushbu pul aylanishi xizmat ko’rsatadigan munosabatlar tusiga qarab. Bu erda pul-hisob-kitob
aylanishi, pul-kredit aylanishi, pul-moliya aylanishi ajratib ko’rsatiladi;
3) pul mablag’larining harakati yuz beradigan sub’ektlarga qarab. Ushbu tasnif bo’yicha quyidagilar
ajratib ko’rsatiladi: pul mablag’larining yuridik shaxslar o’rtasida banklararo, banklarda aylanishi,
yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasidagi aylanish va, nihoyat, pul mablag’larining faqat jismoniy
shaxslar o’rtasidagi aylanishi.
Shunga tegishlicha, iqtisodiyotda qo’llaniladigan pul aylanishi hajmiga ta’sir qiladigan omillarning
muayyan guruhini ham ajratish mumkin. Barcha omillarni siyosiy, iqtisodiy va texnik omillarga
ajratish mumkin. Tabiiyki, pul aylanishi tuzilmasini shakllantirishning iqtisodiy omillari asosiy
ahamiyatga va bevosita ta’sir kuchiga ega bo’ladi. Bunday omillarga iqtisodiyotda ishlatiladigan
pullar turlari, pul muomalasi tezligi, tovar aylanishi miqdori va shu kabilar kiradi. Binobarin, mavjud
pul aylanishi miqdorlarini vujudga keladigan ehtiyojlarga muvofiq o’zgartirishga yoki pul
aylanishining mavjud hajmlarini tovar aylanishining real ehtiyojlariga muvofiqlashtirishga faqat
iqtisodiy uslublar vositasida pul aylanishi hajmiga ta’sir ko’rsatadigan ushbu omillar orqali ta’sir
qilish mumkin.
Iqtisodiyotda faoliyat yuritadigan, faqat hukumatning ehtiyojlari bilan bog’liq bo’lgan va
iqtisodiyotning ehtiyojlaridan mustaqil pul mablag’lari miqdoridagi o’zgarishlar siyosiy omillar
hisoblanadi.
Texnik omillar pul aylanishi tuzilishi va hajmiga faqat bilvosita ta’sir ko’rsatadi, lekin shunga
qaramasdan, ularni hisobga olish zarur. Bunday omillarga u yoki boshqa hisob-kitobni o’tkazish
uchun talab etiladigan vaqtni kamaytirish yoki hisob-kitobning o’zini amalga oshirishga imkon
beradigan hisob-kitoblarning texnik vositalari kiradi. Masalan, bank plastik kartalariga xizmat
ko’rsatuvchi texnik vositalarning keng ommalashganligi aholi o’rtasida ushbu to’lov vositasining
ommalashuviga va, binobarin, naqd pulsiz pul mablag’larining qo’llanilishining oshishiga olib keladi.
Naqd pulsiz pul mablag’lari qo’llanilishi chastotasining ko’payishi pul muomalasining umumiy
tarkibida naqd pullarning kamayishiga va davlatning pul aylanishini tartibga solish asosiy
uslublarining o’zgarishiga olib keladi.
Pul muomalasi – bu pullarning mamlakatning ichki iqtisodiy aylanishi, tashqi iqtisodiy aloqalar
tizimidagi, tovarlar va xizmatlarning sotilishiga, shuningdek, uy xo’jaligidagi tovarsiz to’lovlarga
xizmat ko’rsatadigan naqd pullik va naqd pulsiz shakllardagi harakatidir. Tovar ishlab chiqarish pul
muomalasining ob’ektiv negizi bo’lib, undagi tovar olami tovarlarning ikki turiga: tovarlarning o’ziga
va tovar-pullarga bo’linadi. Naqd pullik va naqd pulsiz shakllardagi pullar yordamida tovarlar,
shuningdek, ssuda va fiktiv kapitallarning muomalasi jarayoni amalga oshiriladi.
Siyosiy iqtisod matematik maktabining yirik vakili, Xalqaro iqtisodiy jamiyat asoschilaridan biri va
uning birinchi prezidenti (1931-1933) Irving Fisher (1867-1947) pullarning miqdoriy nazariyasini
zamonaviylashtirishga katta hissa qo’shdi. U «Pullarning xarid qilish kuchi. Uning belgilanishi va
kredit, foizlar va tanazzullarga munosabati» asarida (1911) pullar massasi bilan tovarlar narxlari
darajasi o’rtasidagi bog’liqlikni formallashtirishga harakat qilgan. Tovarlar uchun to’langan pullar
soni va sotilgan tovarlar narxlari summasi teng bo’lgani uchun buni I.Fisher tarozi bilan
o’xshatmoqchi bo’ladi.
Matematik shaklda ayirboshlash tenglamasini quyidagi formula shaklida tasavvur etish mumkin:
M V = PQ,
bunda:  – (Expenditure) – pul muomalasining umumiy hajmi, ya’ni mazkur jamiyatda shu yil
davomida tovarlarni sotib olish uchun sarflanadigan pullar summasi; M (Money) – ushbu jamiyatda
yil davomida muomalada yurgan pullarning o’rtacha miqdori;
(Velocity) – ne’matlarga ayirboshlashdagi pullar aylanishlarining o’rtacha soni; P – (Price) – ushbu
jamiyatda sotib olinadigan har qanday alohida tovarning o’rtacha sotish narxi; Q – (Quantity) –
tovarlarning jami xarid qilingan soni.
Fisher formulasi oltin tangali standart sharoitida to’g’ri bo’lmaydi, chunki u pullarning ichki
qiymatini hisobga olmaydi. Biroq oltinga almashtirilmaydigan qog’oz pullar muomala qiladigan
sharoitda u muayyan mazmun kasb etadii. Bunday sharoitda pul massasining o’zgarishi, garchi
I.Fisher tovarlar narxlarining mutloq elastikligini nazarda tutib, narx mexanizmini ma’lum ma’noda
ideallashtirsa-da, lekin tovarlar narxlari darajasiga ta’sir ko’rsatadi. Boshqa neoklassiklar kabi Fisher
ham mukammal raqobatchilikka asoslanadi va o’z xulosalarini monopoliyalar hukmronlik qiladigan
va narxlar oldingi elastikligini jiddiy yo’qotgan jamiyatga tegishli deb biladi.
3.Markaziy bank va uning vazifalari
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki — Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki.
Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan „Banklar va bank faoliyati
toʻgʻrisida“ qonuniga muvofiq, mamlakatning Davlat banki sifatida tashkil etilib, 1992-yil 2iyulda Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy bankiga aylantirildi. Markaziy bankning faoliyati
asoslari „Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida“gi qonunida (1995-yil 21dekabr) belgilab berilgan. Markaziy bank oʻz sarf-harajatlarini oʻzining daromadlari hisobidan
amalga oshiradigan, iqtisodiy jihatdan mustaqil yuridik shaxs boʻlib, davlatning mutlaq mulki
hisoblanadi.
Markaziy bankning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
narxlari barqarorligi;
bank tizimining barqarorligi va rivojlanishi;
to‘lov tizimining barqarorligi va rivojlanishi.
Belgilanishicha, foyda olish Markaziy bankning asosiy maqsadi emas.
Bundan tashqari, Markaziy bankning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
pul-kredit siyosati va valyuta siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilishni tashkil etish va amalga oshirish;
bank tizimining barqarorligini ta'minlash, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatiga
ko‘maklashish;
O‘zbekiston Respublikasida to‘lov tizimlarining faoliyatini muvofiqlashtirish va ta'minlash;
banklar, bank xoldinglari, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, valyuta birjasi va kredit
byurolari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish;
banklar, bank xoldinglari, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va kredit byurolarini nazorat
qilish;
bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini himoya qilishni ta'minlash, aholi va tadbirkorlik
sub'yektlarining moliyaviy savodxonligini oshirish;
bank, pul-kredit statistikasi shakllantirish va e'lon qilish;
tashqi sektor statistikasi, shu jumladan to‘lov balansi, xalqaro investitsiya pozitsiyasi,
O‘zbekiston Respublikasining tashqi qarzlari, zaxiraviy aktivlari va valyuta kurslarini
shakllantirish va e'lon qilish;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro zaxiralarini boshqarish, hisobga olish va saqlash.
Markaziy bank quyidagi huquqlarga ega emas:
moliyaviy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanish;
tijorat faoliyati bilan shug‘ullanish;
uchinchi shaxslarga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining majburiyatlari
bo‘yicha kafolatlar berish;
banklar va boshqa yuridik shaxslarning kapitalida ishtirok etish, bunda valyuta birjasi
kapitallaridagi ishtirok etish istisnodir.
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi prezidentiga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Senatiga hisobot beradi.
Oliy Majlis Senati:
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining taqdimnomasiga binoan Markaziy bank raisini
lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;
yillik hisobotni, shuningdek auditor xulosasini ko‘rib chiqadi.
Markaziy bank o‘z vakolatlari doirasida qarorlarni qabul qilishda mustaqildir.
Davlat Markaziy bankning va Markaziy bankning davlatning majburiyatlari bo‘yicha, agar
ular o‘zlari bunday majburiyatlarni o‘z zimmalariga olgan bo‘lmasa yoki qonun hujjatlarida
boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, javobgar emas.
Markaziy bankning auditi har yili mustaqil nazorat tashkilotlari tomonidan amalga
oshiriladi.
4.Iqtisodiy inqirozning mazmuni, sabablari va turlari.
Siklli rivojlanishning dastlabki va asosiy fazasi inqiroz hisoblanadi. Inqiroz bir siklni nihoyasiga
yetkazib, yana muqarrar ravishda inqiroz bilan tugaydigan yangisining boshlanishiga asos soladi;
inqiroz vaziyatida asosiy kapitalning ortiqcha jamg’arilishi uning hamma funksional shakllarida
namoyon bo’ladi.
Inqiroz fazasida ishlab chiqarish va bandlik qisqaradi, ammo narxlar pasayish tamoyiliga berilmaydi.
Bu fazaning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlik o’zining eng past darajasiga tushib ketishi
orqali tavsiflanadi.
Iqtisodiy inqiroz deb, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish hajmining keskin tushib ketishiga aytiladi.
Inqirozning sababi shundan iboratki, jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlar massasi to’lovga qodir
talabga mos kelmay, ya’ni undan oshib ketadi yoki kam bo’lib qoladi. Natijada ishlab chiqarishning
bir qismi kam to’xtab qoladi, tovarlar ishlab chiqarish kamayadi, ishlab chiqarishning o’sish davri
uning tushgunligi bilan almashinadi. Iqtisodiyotning o’sishi inflyatsiya, ya’ni narx darajasining
asossiz ravishda keskin ko’tarilishi sababli orqaga ketadi. Ayrim hollarda narx darajasining
ko’tarilishi bilan birga ishsizlik ham keskin o’sadi. Qisqacha aytganda, inqirozlarning asosiy sababitakror ishlab chiqarishdagi beqarorlik va nomutanosibliklardir. Bu avvallo ishlab chiqarish va uning
natijalarini o’zlashtirish o’rtasidagi nomutanosiblik bo’lib, u turli ishlab chiqarish usullari va iqtisodiy
tizimning har xil nusxalarida turli shakllarda namoyon bo’ladi.
Xo’jalik tizimida muvozanatning buzilishi miqyosiga ko’ra inqirozlarni umumiy hamda ayrim
sohalarda yuz beradigan inqirozlarga bo’lish mumkin. Umumiy inqirozlar butun milliy xo’jalikni
qamrab olsa, ikkinchisi qisman, ya’ni ayrim sohalar yoki tarmoqlardagi tanglik sifatida ro’y beradi.
Ayrim sohalardagi inqirozlar orasida moliyaviy inqiroz muhim o’rin tutib, u o’z ichiga pul-kredit
sohasidagi inqiroz, valyuta inqirozi, birja inqirozi va boshqalarni oladi. Hozirgi vaqtda AQSH va
Yevropaning aksariyat mamlakatlarida ro’y berayotgan inqiroz ham dastlab moliya sohasida
boshlanib, keyinchalik ishlab chiqarish sohasiga ham tutashib ketdi.
Pul-kredit sohasidagi inqiroz. Mamlakatda pul-kredit tizimining tang ahvolga tushishi bo’lib, bunda
tijorat bank krediti qisqaradi. Aksiya va obligatsiyalarning kursi, bank foizi tushib ketishi natijasida
banklar sinib, yalpi holda bankrotlikka ucharaydilar.
Valyuta inqirozi. Bunda milliy valyutaning obro’si tushib ketadi. Bankda valyuta zaxirasi tugab,
milliy valyuta kursi tushib ketadi.
Birja inqirozi. Bu tanglik birjadagi qimmatli qog’ozlar kursining tezda tushib ketishi, ularni emissiya
qillishning qisqarishi fond birjalari faoliyatidagi chuqur tushkunlikda ifodalanadi.
Ekologik inqiroz. Atrof-muhitni, eng avvalo inson sog’ligini yo’qotish, umrini qisqartirishga olib
keladigan darajada vaziyatning vujudga kelishida ifodalanadi. U sanoatning shiddatli tarzda o’sishiga
yo’l qo’ymaydi.
Tarmoqlar inqirozi. Bu milliy xo’jalikning biron bir tarmog’ini qamrab, ishlab chiqarishning tarkibiy
o’zgarishi yoki normal xo’jalik aloqalarining buzilishi tufayli yuz beradi.
Tarkibiy inqirozlar. Iqtissodiyotdagi inqirozlardan bir ko’rinishi yoki uning bir turi tarkibiy
inqirozlardir. Bu inqirozlarni ishlab chiqarishning ayrim sohalari bilan tarmoqlar rivojlanishi
o’rtasidagi chuqur nomutanosibliklar keltirib chiqaradi. Tarkibiy inqirozlar bilan iqtisodiy tebranishlar
va shu jumladan iqtisodiy faollikning mavsumiy tebranishlari ham mavjud bo’ladi. Masalan,
bayramlar arafasidagi xarid qilish, asosan, chakana savdoda sezilarli har yillik tebranishlarga olib
keladi.
Agrar inqirozlar. Qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy inqirozlar agrar inqirozlar deb ataladi. Agrar
inqirozlar quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi:
1. Qishloq xo’jalik mahsulotlarining nisbiy ortiqcha ishlab chiqarilishi, uning sotilmay qolgan
juda zaxiralarining to’planishi;
2. Narxlarning pasayishi, daromadlar va foydalarning kamayishi;
3. Fermerlarning ommaviy tarzda xonavayron bo’lishi, ular qarzlarining ortishi;
4. Qishloq aholisi o’rtasida ishsizlarning ko’payishi;
5.Ishsizlikning tabiiy darajasi va uni aniqlash
To’la bandlik tushunchasi iqtisodiyotda ishsizlikning mutlaq mavjud bo’lmasligini bildirmaydi.
Iqtisodchilar friktsion va tarkibiy ishsizlikning bo’lishini tabiiy deb hisoblaydilar , shu sababli
to’la bandlik ishchi kuchining 100% dank am qismini tashkil qiluvchi miqdor sifatida
aniqlanadi. Aniqroq aytganda , to’la bandlik sharoitida ishsizlik darajasi friktsion va tarkibiy
ishsizlar soniga teng bo’ladi. Siklik ishsizlik nolga teng bo’lganda to’la bandlik sharoitidagi
ishsizlik darajasiga erishiladi. To’la bandlik sharoitidagi ishsizlik darajasi ishsizlikning tabiiy
darajasi deb ataladi. Ishsizlikning tabiiy darajasi bilan bog’liq bo’lgan milliy
ishlab chiqarishning real hajmi , iqtisodiyotning ishlab chiqarish salohiyatini ko’rsatadi.To’la
bandlik yoki ishsizlikning tabiiy darajasi ishchi kuchi bozori muvozanatga erishganda , ya’ni
ishlovchilar soni bo’sh ishchi o’rinlari soniga teng kelganda vujudga keladi. Ishsizlikning tabiiy
darajasi qandaydir darajada iqtisodiy jihatdan maqbul hisoblanadi . Chunki “friktsion”
ishsizlarga mos keluvchi ish o’rinlarini topish , “tarkibiy” ishsizlarga ham yangi kasbni
o’zlashtirish yoki yangi yashash joyida ish topish uchun ma’lum vaqt kerak bo’ladi .
“Ishsizlikning tabiiy darajasi” tushunchasi ma’lum bir aniqliklar kiritishni talab qiladi .
Birinchidan , bu tushuncha iqtisodiyot har doim ishsizlikni tabiiy darajada amal qilishi va shu
orqali o’zining ishlab chiqarish imkoniyatini po’yobga chiqarishini bildirmaydi . Chunki ,
ko’pincha ishsizlik darajasi tabiiy darajadan ortiq , ayrim hollarda , masalan , ish vaqtidan
ortiqcha ishlash va o’rindoshlik ishlarida band bo’lish natijasida tabiiy darajadan past ham
bo’lishi mumkin . Ikinchidan , ishsizlikning tabiiy darajasi o’z-o’zicha doimiy
miqdor hisoblanishi shart emas , u tarkibiy o’zgarishlar (qonunlar va jamiyat o’z urfodatlaridagi o’zgarishlar) oqibatida o’zgarib turishi mumkin. Masalan, AQSHda ishsizlikning
tabiiy darajasi dastlab XX asrning 60-yillari o’rtalarida 4.5% deb belgilangan bo’lsa , 70yillarning boshiga kelib 5.5% , 80-yillarning boshida esa 6% gacha o’sdi . ishsizlik darajasi
ishsizlar sonining ishchi kuchi tarkibidagi foizi sifatida hisoblanadi.
5. Ishsizlik vа uning dаrаjаsini аniqlаshdа bа’zi bir аdаbiyotlаrdа turli nоаniqliklаrni kеltirib
chiqаruvchi hоlаtlаr hаm uchrаydi. Jumlаdаn, V.I.Vidyapin umumiy tаhriri оstidаgi dаrslikdа
mеhnаt qilish yoshidаgi аhоli tаrkibi institutsiоnаl vа nоinstitutsiоnаl аhоligа аjrаtilаdi.
Institutsiоnаl аhоli – bu nоbоzоr tuzilmаlаr, ya’ni dаvlаtning аrmiya, pоlitsiya, dаvlаt аppаrаti
singаri institutlаrigа yo’nаltirilgаn аhоlidаn ibоrаt. Аhоlining qоlgаn mеhnаt qilish yoshidаgi
qismi nоinstitutsiоnаl аhоli hisоblаnаdi. Bаnd bo’lgаn аhоli tаrkibigа iqtisоdiyotning bоzоr
tuzilmаlаrigа yo’nаltirilgаn аhоli kiritilаdi.
6. SHuningdеk, bаndlik vа ishsizlik dаrаjаsini аniqlаshdа quyidаgi ko’rsаtkichlаrdаn
fоydаlаnilishi tа’kidlаnаdi:
7. - nоinstitutsiоnаl аhоli sоni (CHnn);
8. - ish bilаn bаndlаr sоni (CHz);
9. - ishsizlаr sоni (CHb);
10.- ishchi kuchi tаrkibigа kirmаydigаn shахslаr sоni (CHnrs).
11.Mаzkur ko’rsаtkichlаr o’rtаsidа quyidаgi bоg’liqlik mаvjud:
12.- ishchi kuchi sоni CHrs = CHz + CHb;
13.- nоinstitutsiоnаl аhоli sоni CHnn = CHz + CHb + CHnrs;
14.- аhоlining bаndlik dаrаjаsi Uz = CHz / CHnn;
15.- аhоlining ishsizlik dаrаjаsi Ub = CHb / (CHz + CHb);
16.- ishsizlik mе’yori Nb = [CHb / (CHz + CHb)] х 100%;
17.- аhоlining ishchi kuchi tаrkibigа jаlb etilgаnlik dаrаjаsi Uvrs = (CHz + CHb)/CHnn.
18.Yuqоridаgilаrdаn ko’rinаdiki, dаrslik muаlliflаri tоmоnidаn bir qаtоr chаlkаshliklаrgа yo’l
qo’yilgаn: birinchidаn, ishchi kuchi vа аhоli tushunchаlаri o’rtаsidаgi tаfоvutgа e’tibоr
qаrаtilmаgаn; ikkinchidаn, ishchi kuchi bаndlilik dаrаjаsini аniqlаshdа dаvlаt sеktоridа bаnd
bo’lgаnlаr hisоbgа оlinmаgаn; uchinchidаn, bаndlik dаrаjаsini аniqlаshdа ishchi kuchi tаrkibigа
kirmаydigаn shахslаr sоni аsоssiz rаvishdа qo’shilgаn.
19.Tanlangan mezonlarga muvofiq ishsizlikning aniqlanishi ishsizlik bilan bog'liq muammolarni
o'rganishda, shuningdek ishsizlarni ijtimoiy himoya qilish tizimini va ishsizlikni
minimallashtirish usullarini ishlab chiqishda muhimdir.
6. Turmush farovonligi va qashshoqlikning ko‘rsatkichlari
Aholining turmush darajasini o'rganish 1950-yillarning oxiridan boshlab har tomonlama
amalga oshirildi. 1970 yildan boshlab bu tadqiqotlar doimiy va ko'p qirrali xususiyatga
ega bo'ldi. Xalqaro statistikada aholi turmush darajasining turli ta’riflari mavjud.
So'zning tor va keng ma'nosida aholining turmush darajasi tushunchasini farqlash kerak:
Tor ma'noda, bu moddiy va ma'naviy ne'matlarga bo'lgan shaxsiy ehtiyojlarini qondirish;
Keng ma'noda - xalq hayotining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarining butun majmuasi.
So'zning keng ma'nosida turmush darajasi hayot sifati deb ataladi. Aholining hayot
sifatining to'rtta darajasi mavjud:
1. Kambag'allik - bu biologik mezonlarga ko'ra moddiy ne'matlar va xizmatlarning ruxsat
etilgan minimal to'plami bo'lib, ulardan foydalanish insonning hayotiyligini saqlab qolish
imkonini beradi.
2. Qashshoqlik - mehnat qobiliyati darajasida (mehnat takror ishlab chiqarishning eng
quyi chegarasi) tovar va xizmatlar iste'moli. Xalqaro statistika qashshoqlikning ikkita
ta’rifidan foydalanadi: mutlaq va nisbiy qashshoqlik. Birinchi holda, qashshoqlik
deganda uy xo'jaliklarining sog'lig'ini saqlash va o'rtacha faol mehnat hayotini olib
borish uchun mutlaqo zarur bo'lgan imtiyozlar yig'indisini ta'minlay olmaydigan holat
tushuniladi. Ikkinchi holda, qashshoqlik ma'lum bir me'yordan sezilarli darajada past
bo'lgan uy xo'jaliklarining past daromadlari sifatida tushuniladi.
3. Aholining normal turmush darajasi - bu insonning jismoniy va aqliy kuchini normal
tiklashni ta'minlaydigan oqilona, ilmiy asoslangan normalar bo'yicha moddiy ne'matlar
va xizmatlarni iste'mol qilishdir.
4. Boylik – tovar va xizmatlarni shaxsning har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydigan
darajada iste’mol qilish.
"Turmush darajasi" tushunchasi murakkab tuzilishga ega, chunki u iqtisodiy, ijtimoiy va
psixologik munosabatlar o'zaro bog'liq bo'lgan inson faoliyati sohasini tavsiflaydi.
Turmush darajasi nafaqat odamlarning jismoniy, ma'naviy va ijtimoiy ehtiyojlarini
qondirish darajasi, balki iste'mol qilinadigan tovarlarning mutlaq miqdori va sifatidir.
Aholi turmush darajasi ko'rsatkichlarini aniqlash, hatto milliy statistika doirasida ham,
davlatlar hududi va aholisi bo'yicha katta bo'lgan va shuning uchun turmush darajasi
bo'yicha juda xilma-xil bo'lgan hollarda ancha murakkablashadi.
Xalqaro statistikaga kelsak, aholi turmush darajasini solishtirish va solishtirishni yanada
qiyinlashtiradigan yangi omil va shartlar paydo bo‘lmoqda. Bu shartlarga quyidagilar
kiradi:
Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish darajasi va ularning salohiyati;
Moliya tizimining holati;
Tabiiy resurslar bilan ta'minlash;
Mamlakatlarning intellektual salohiyati darajasi;
Geografik omillar;
Milliy an’analar va xususiyatlar.
Yuqoridagilarga shuni qo'shimcha qilish kerakki, turmush darajasini ma'lum bir minimal
tovar va xizmatlar deb hisoblash mumkin.
1. Fiziologik minimum, bunda mablag'larning 80% dan ortig'i oziq-ovqatga sarflanadi.
Sanoat tovarlariga kelsak, bularsiz qilolmaydigan tovarlar (kiyim, poyabzal, bosh kiyim).
Xizmat xarajatlari ahamiyatsiz. Fiziologik minimum insonga faqat mehnat qobiliyatini
tiklamasdan yashashga imkon beradi.
2. Yashash minimumi insonning nafaqat mavjudligini, balki uning mehnat qobiliyatini
tiklashini ham ta'minlaydi.
3. Ijtimoiy daraja. Ushbu iste'mol darajasi oqilona byudjetga asoslanadi - past daromad
darajasi ™ deb ataladi.
Turmush darajasini butun aholiga nisbatan ham, aholining alohida guruhlariga nisbatan
ham o'lchash mumkin. Aholining turmush darajasi ko'rsatkichi ijtimoiy ishlab
chiqarishning ijtimoiy samaradorligi ko'rsatkichi sifatida qaraladi.
Aholining turmush darajasi toifasining aniq ta'rifi mavjud emasligi sababli, uning etarli
statistik tavsiflari uchun zarur bo'lgan ko'rsatkichlar ro'yxati haqidagi savollar
munozarali bo'lib qolmoqda.
Aholining turmush darajasini tavsiflash uchun ushbu soha mutaxassislari quyidagilarni
taklif qilishadi:
Tanlangan shaxsiy ko'rsatkichlar;
Bitta umumiy ko'rsatkich;
Baho kartasi.
Xususiy ko'rsatkichlar aholi turmush darajasining individual jihatlarini tavsiflaydi, bu
toifani har tomonlama tavsiflash uchun etarli emas. Aholining turmush darajasining
umumlashtirilgan ko'rsatkichini ishlab chiqish barcha xalqaro statistikaning eng muhim
vazifalaridan biridir. Umumlashtiruvchi ko'rsatkich sifatida quyidagilar taklif qilindi: real
ish haqi indeksi, yashash minimumi indeksi, yashash qiymati indeksi. Ushbu
ko'rsatkichlarning har biri qimmatlidir, ammo ular turmush darajasini to'liq o'lchashni
ta'minlamaydi.
Hozirgi vaqtda aholining turmush darajasini baholash uchun BMT Statistik komissiyasi
quyidagi ko'rsatkichlar guruhlarini ajratishni tavsiya qiladi:
Aholining demografik xususiyatlari (tug'ilish, o'lim, kasallanish, o'rtacha umr ko'rish);
Aholi daromadlari ko'rsatkichlari (real va nominal);
Xarajatlar va jamg'armalar ko'rsatkichlari;
Aholining moddiy ne'matlar va xizmatlarni iste'mol qilish ko'rsatkichlari;
Aholining uy-joy va uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar bilan ta'minlanganlik
ko'rsatkichlari;
Bandlik va ishsizlik darajasi;
Aholining mehnat sharoitlari ko'rsatkichlari;
Bo'sh vaqt ko'rsatkichlari;
Ta'lim, sog'liqni saqlash, madaniyat, jismoniy tarbiya va sport, turizm va rekreatsiya
ko'rsatkichlari.
Aholining turmush darajasi toifasining murakkabligi va ko'p qirraliligi uning
ko'rsatkichlar tizimiga asoslangan har tomonlama xarakteristikalari zarurligini oldindan
belgilab beradi. Turmush darajasining barcha elementlari ob'ektiv ravishda o'zaro
bog'langanligi sababli, statistik ko'rsatkichlar ham o'zaro bog'liq bo'lishi kerak.
Turmush darajasining ko'rsatkichlari. Turmush darajasini baholash uchun bir qator
ko'rsatkichlar qo'llaniladi: aholi jon boshiga (oila) asosiy mahsulotlarni iste'mol qilish;
iste'mol savati; iste'molchi byudjeti; yashash haqi. Aholi jon boshiga asosiy
mahsulotlarni iste'mol qilish - ulardan ehtiyojlarni qondirish uchun foydalanish. Iste'mol
har doim xilma-xildir, chunki inson ehtiyojlari xilma-xildir. “Iste’mol darajasi” degan
tushuncha mavjud. Bu ma'lum vaqt oralig'ida (masalan, yil, oy, kun) iste'mol qilinadigan
oziq-ovqatning o'rtacha miqdori. Normlar ikki xil: real (real) va ilmiy asoslangan
(ratsional)
Iste'mol savati - bu shaxs yoki oilaning oylik (yillik) iste'mol darajasi va tarkibini
tavsiflovchi hisob-kitoblar to'plami, tovarlar va xizmatlar to'plami. Bu oziq-ovqat va
nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlarini o'z ichiga oladi. Iste'mol savatining hajmi
erishilgan hayot darajasi va sifatiga bog'liq bo'lib, turli mamlakatlarda katta farq qiladi. V
rivojlangan mamlakatlar unda bir necha yuzlab tovarlar va xizmatlar mavjud. Shunday
qilib, Qo'shma Shtatlarda iste'mol savati 250 dan ortiq turli xil tovarlar va xizmatlarni o'z
ichiga oladi. Iqtisodiyotlari o‘tish davridagi mamlakatlarda bu ko‘rsatkichlar pastroq.
Rossiyada 19 ta asosiy oziq-ovqat mahsuloti to'plamining narxi mehnatga layoqatli
yoshdagi erkak uchun zarur bo'lgan yillik iste'mol stavkalari asosida hisoblanadi.
Qashshoqlik chegarasi - kambag'allik chegarasi belgilanadigan eng kam turmush
darajasi. Bunday minimumga ega bo'lmagan aholi kambag'allarga tegishli. Xalqaro
amaliyotda eng keng tarqalgani kambag'allik chegarasini aholining o'rtacha daromadiga
nisbatan foiz sifatida belgilashdir. Ba'zi mamlakatlarda "qashshoqlik chegarasi" kattalar
o'rtacha daromadining 40-6% ni tashkil qiladi.
Qashshoqlik bevosita daromad va mulkning notekis taqsimlanishi bilan bog'liq. Bu aniq
ta'rifga (shuningdek, baxt va farovonlikka) zid keladi. Qashshoqlikni o'lchash muammosi,
yakuniy tahlilda, qondirish ijtimoiy zarur deb e'tirof etilgan ehtiyojlar doirasiga
asoslanadi. Biroq, aholining turli guruhlari orasida qashshoqlik notekis. Bu shahar va
qishloq aholisi o'rtasida, turli hududiy va tabiiy iqlim mintaqalarida, aholining turli etnik
guruhlarida farqlanadi. Bir mamlakatda qashshoqlik deb hisoblangan narsa boshqasida
farovonlik hisoblanadi.
Aholi turmush darajasining eng muhim xususiyati aholi ehtiyojlarini qondirishdir ijtimoiy
xizmatlarda: uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish, sog'liqni saqlash, ta'lim, madaniyat va
san'at, dam olish va turizm va boshqalar Hozirgi vaqtda ijtimoiy soha iqtisodiyotning
bozor sharoitlariga moslashmoqda. Bepul ta’lim, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish, bepul
ijtimoiy xizmatlarning ayrim turlari bilan bir qatorda aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish
bozorlari ham faol rivojlanmoqda.
Download