Uploaded by Nafosat Ernazarova

mustaqillik 22

advertisement
http//t.me/yetakchi_kundaligi
Chiroqchi tumani XTBga qarashli 84- umumiy o'rta ta'lim maktabida
o'tkazilgan tadbir haqida.O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30yilligi munosabati bilan
“Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida
o‘tkaziladigan tadbir
SSENARIYSI
Kirish
O‘quvchilar maktab formasida. Maktab foyesi yoki zali (tadbir o‘tkaziladigan joy)
bayramona milliy ramzlarimiz aks etgan holda bezalgan.
1-boshlovchi:
Assalom,ulug` xalq,o`zbegim,
Dili pok,qutlug` xalq,o`zbegim!
Assalom,hur taqdir,istiqlol,
Iqbolim,sharafim,o`zligim!
2-boshlovchi:
Tong bilan yayraydi madhiyam,
Porlaydi yuksakda quyoshim,
Yo`l ko`rkam,el ko`rkam,dil ko`rkam,
Karvoning boshlayver,yurtboshim!
Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi yangraydi.
Salom qismi:
1) Quyoshdek shu’la sochgan,
Bilimga keng yo‘l ochgan,
Bizni erkalab quchgan
Hamma: Sizgadir ushbu kalom
Muallimlar assalom!
2) Kunday yorug‘ darsxona
Biz farzandmiz, siz – ona
Bo‘lib bizga parvona
Hamma: Dilda ardoqli kalom
Ona maktab assalom!
3) Tanitib yurt, jahonga,
Erk bergan har insonga
Qaytdik dinu iymonga
Hamma: Dilda ardoqli kalom
http//t.me/yetakchi_kundaligi
Mustaqil yurt assalom!
1-boshlovchi:
(Dastlab tadbirga taklif etilgan mehmonlarni tanishtiradi). Azizlar bugungi
tadbirimizni ochib berish va Sizlarni bayram bilan qutlash uchun so‘zni
maktabimiz direktori Sh. Abdiraimovga beramiz. .Marhamat.
Maktab direktori:
Aziz mehmonlar, qadrli ustozlar, ota-onalar va hurmatli o`quvchilar!
O`zbekiston Respublikasi 1991-yil 1-sentabrdan buyon mustaqillik kunini
doimo tantanali tarzda nishonlab kelmoqda. Mustaqillik –xalqimiz uchun asriy
armon bo`lib kelayotgan edi. Uni qo`lga kiritish oson kechmadi.Mustaqillik uchun
minglab dono va oqil kishilarimizdan judo bo`ldik.Xalqimizning ko`pgina suyukli
farzandlari qatag`onlik qurbonlariga aylandi. O`zbekistonning mustaqillikka
erishishining tarixiy ahamiyati juda katta. O`zbekiston mustaqillik tufayli
qaramlikdan butunlay qutuldi.Erkin,ozod mamlakatga aylandi.O`zining yer osti va
yer usti boyliklariga o`zi egalik qilish huquqini qo`lga kiritdi. O`zbekiston
Respublikasi Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq o`z oldiga huquqiy
demokratik davlat tuzish masalasini ko`ndalang qilib qo`ydi.Davlatimiz
mustaqillik tufayli 30 yil davomida iqtisodiy,ijtimoiy,siyosiy sohalarda katta
yutuqlarga erishdi.Milliy an`analar,qadriyatlar,tarixiy yodgorliklarimiz qayta
tiklandi. Ta`lim sohasida ham ko`p o`zgarishlar yuz berdi. XXI asr, albatta,
o`zbeklar asri bo`ladi va Siz yoshlar O‘zbekistonni dunyoga tanitishda,
bayrog‘imizni jahon arenalarida baland ko‘tarishda asosiy kuch va tayanchimiz
bo‘siz
deb
ishonaman.
Barchalaringizga
ishlaringizda,o`qishlaringizda
muvaffaqiyat tilab qolaman. Barchangizga mustaqilligimizning 30 yillik ayyomi
muborak bo‘lsin!
2-boshlovchi: Rahmat,ustoz,doimo sog‘ bo‘ling. Samimiy tilaklar va ishonch
uchun Sizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
1 – boshlovchi: Istiqlol quyoshi nur sochgan zamonda bolalik gashtini surayotgan
biz baxtiyor avlodmiz.
2 – boshlovchi: – Ha biz mustaqil O‘zbekiston farzandlarimiz.
1-boshlovchi:
Mustaqil O`zbekiston! Qarang,bu so`z qanday yoqimli jaranglaydi. Ko`ngillarga
oroyish-tahsin bag`ishlaydi. Shu birgina so`z zamirida qanchadan-qancha ma`no
mujassam. Mustaqillik bizga osmondan sovg`a sifatida tushgani yo`q. Mustaqillik,
erk uchun kurashgan qo`rqmas, mard, jasur ko`plab ajdodlarimiz o`z jonlarini
vatan uchun fido qildilar. Ularning orzulari armonligicha qolib ketdi.Lekin
ularning ruhlari tirik. Eslaysizmi,ular kimlar edi?
http//t.me/yetakchi_kundaligi
(“Cho`li Iroq”kuyi chalinadi.Sahnaga birin-ketin To`maris, Shiroq, Muqanna,
Najmiddin Kubro, Mirzo Ulug`bek, Alisher Navoiy, Z.M.Bobur, Cho`lpon
timsolidagi o`quvchilar kirib kelishadi).
To`maris:
Men, To`maris, olis moziydan
Keldim sizning huzuringizga.
Ajdodlarim dildan istagan
Erkin, obod diyoringizga.
Sadqa qildim yolg`iz farzandim,
Ona xalqim va yurtim uchun.
Bosh ko`tarsa,agar g`animlar,
Zarb beraman yig`ib bor kuchim.
Shiroq:
Kimki Vatanimga ko`z olaytirsa,
Yomon niyat bilan gar bossa qadam.
Ko`zlari ko`r bo`lib,shal bo`lgusidir,
Toabad badnom bo`lib,xor bo`lgusidir.
Muqanna:
Xalqqa ayting,men also o`lganim yo`q,
Yov qo`lida taslim ham bo`lganim yo`q.
Men elimning yuragida yashayman,
Erk deganning tilagida yashayman.
Najmiddin Kubro:
U dunyo-bu dunyo Vatan bizga or,
Dunyolarga sotmadik nomusimizni.
Aziz vatandoshim,ayladik yodgor,
Erksevarlik,yurtsevarlik qomusimizni.
Amir Temur:
Men yarim dunyoni darbadar kezdim,
Bitta yurak bilan,bir qilich bilan.
Dushmanni yurtimdan badarg`a etdim,
Bitta oyoq bilan,bitta o`ch bilan.
Taajjub noo`rin,gumonlar xato,
Tavallo qilurman,amr qilurman.
http//t.me/yetakchi_kundaligi
Ostimda bir zamin,tepamda Xudo,
Yakka-yu yagona Amir Temurman.
Jaloliddin Manguberdi:
Nomus uchun nomni emas,ruhni o`stir,
Og`ir kunda yovdan qochgan yovga do`stdir.
Yurt chorlasa,suvlarni kech,o`tlarga kir,
Fidoyi bo`l,yurting uchun fidoyi bo`l.
Mirzo Ulug`bek:
Bag`rimda bo`y yetgan bo`z bolam,
Mergan bolam,lochin ko`z bolam ,
Bo`g`zimga tig` urgan o`z bolam,
Men dardimni kimga aytaman?
Cho`lpon:
G`ururi bo`g`ilib,erki yanchilgan,
Xalqim taqdirini o`ylagan edim.
Mustabid tuzimning tig`i sanchilgan,
Ozodlik va erkni kuylagan edim.
Ozod bo`larmikan o`zbegim,armon.
Haqsizlik qurboni bo`lganman,Cho`lpon.
Abdulla Qodiriy:
Moziyga guvohdir “O`tgan kunlarim”
Oromni bilmasdan oqshom,tunlarim.
Zamondoshim edi Munavvar Qori,
Zamonni titratdi Behbudiy zori.
Davr qurbonimiz bizda yo`q gunoh,
Otildik, bizlarga bo`lmadi guvoh.
(Asta-sekin timsollar sahna ortiga chekinishadi)
“Mendirman o‘sha” qo‘shig‘i (O.Nazarbekov)
1 – boshlovchi: – Bolalar, Vatan deganda nimani tushunasiz?
1 – o‘quvchi: – Vatan bu kindik qonimiz to‘kilgan tuproq
2 – o‘quvchi: – Vatan – bu beshigimiz, ko‘chamiz, uyimiz, turar joyimiz!
3 – o‘quvchi: – Vatan – bu muqaddas Ona tilimiz!
4 – o‘quvchi: – Vatan – bu buyuk millatimiz
http//t.me/yetakchi_kundaligi
5 – o‘quvchi – Vatan – bu maktabimiz!
6 – o‘quvchi: – Vatan – bu ona tabiat in’om etgan barcha boyliklar va nozu
ne’matlar!
2 – boshlovchi: – Mustaqillik deganda nimani tushunasiz?
7 – o‘quvchi: – Mustaqillik – o‘z erkiga ega bo‘lish, Vatan o‘zimizniki deganidir.
1 – boshlovchi: – Mustaqillik bizga nima berdi?
8 – o‘quvchi: – Mustaqillik tufayli ma’naviy qadriyatlarimiz tiklandi
9 – o‘quvchi: – Millatimizning o‘zligini, milliy g‘ururini himoya qilgan Fayzulla
Xo‘jayev, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, usmon Nosirlar xalqimizga qaytdi.
10 – o‘quvchi: – Dinimiz, milliy va ma’naviy boyliklarimiz, Navro‘z, Hayit
bayramlarimiz, urf-odat, an’analarimiz, udumlarimiz, qadriyatlarimiz yana
xalqimizga qaytdi.
“Humo qushim” qo‘shig‘i (boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ijrosida)
“O‘zbegim” she’ri I – II bandi
Tarixingdir ming asrlar
Ichra pinhon o‘zbegim.
Senga tengdosh Pomiru
Oqsoch Tyanshon, O‘zbegim
So‘ylasin Afrosiyobu
So‘ylasun O‘rxun xati.
Ko‘hna tarix shodasida
Bitta marjon, o‘zbegim
O‘zbekiston. Rasmiy nomi – O‘zbekiston Respublikasi. Poytaxti – Toshkent.
Hududi – 448,9 ming km2 . Aholisi – 34 milliondan ortiq.
Davlat tili – o‘zbek Pul birligi – so‘m
Geografik joylashuvi – Markaziy Osiyodagi davlat
Iqtisodi – asosan agrar davlat hisoblanadi. Sanoatning deyarli barcha tarmoqlari
mavjud.
O‘zbekistonga qo‘shni davlatlar: Shimolda Qozog‘iston, Janubda Turkmaniston
va Afg‘oniston, Sharqda Qirg‘iziston va Tojikiston. (Xaritadan ko‘rsatiladi)
SAHNA KO‘RINISHI
“Til qudrati’
Muallif: Qadim zamonda ikki olim bo‘lgan ekan. Ular ikkalasi ham bir go‘zal,
farishta qizga ko‘ngil qo‘yishibdi. Shunda qizning tog’asi ulardan:
– Sizlarning farzand tarbiyasi haqidagi fikrlaringizni bilmoqchiman, – debdi
Shunda birinchi olim:
– Men farzandimga riyoziyotdan, falakiyotdan saboq bermoqchiman. Unga ajnabiy
tillarni o‘rgataman, – debdi
http//t.me/yetakchi_kundaligi
Ikkinchi olim esa:
– Men farzandimga avloddan – avlodga meros qoladigan asosiy boylik – ona
tilimizni o‘rgataman. Ona tili uchun jon fido qilishni, tilga xiyonat qilmaslikni
uqtirmoqchiman. unga o‘z ona tilimizda ertak, doston, qo‘shiqlar aytib beraman, –
debdi
Qizning otasi oqil va dono ekan. Unga ikkinchi olimning gapi ma’qul tushibdi va
unga qarab:
– Men seni o‘zimga kuyov qilaman, chunki: “Farzandga bilim o‘rgatishdagi sening
fikring ma’qul”, – debdi
Ha, til katta qudratga ega.
“Ona tilim” she’ri
Buyuk Temur jahon bo‘ylab
O‘z dovrug‘in solgan tilim.
Mir Alisher bobomlardan
Meros bo‘lib qolgan tilim
Bobur Mirzo she’rlaridan
Rang va qiyos olgan tilim
Shunday tildan tonar bo‘lsam
Qiyma – qiyma bo‘lsin tilim
Alla bo‘lib jaranglagan
Ona tilim – jonu dilim
– Bolalar, sizlar asosiy sanalarimizni bilasizmi?
Bayroq, gerb, madhiya
Davlatimiz ramzidir
Mohiyatin anglamoq
O‘g‘il – qizning farzidir.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili – o‘zbek tilidir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 4 – moddasi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992 yil 8 – dekabrda qabul qilingan.
Unda fuqarolarning huquq, erkinlik va burchlari, O‘zbekiston Respublikasi
kelajagi o‘z aksini topgan
1991-yil 31-avgust – O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat deb e’lon qilindi.
1991-yil 1-sentabr – O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik kuni deb
hisoblanadi
1991-yil 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilindi
1992-yil 10-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilindi.
1992 -yil 2-iyul O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilindi
http//t.me/yetakchi_kundaligi
1989-yil 21-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Davlat tili – o‘zbek tili qabul
qilindi.
“Barkamol avlod” qo‘shig‘i (O.Nazarbekov)
1-boshlovchi:
-Mana aziz mehmonlar, o‘quvchilar shuning bilan bugungi “Yangi O‘zbekistonda
erkin va farovon yashaylik!” nomli tadbirimiz o‘z nihoyasiga yetdi. Barchangizni
yana bir bor mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan muborakbod etamiz.
2-boshlovchi:
– Biz o‘z tilak va istaklarimizni ushbu misralarda bayon etamiz:
Asragin Ollohim O‘zbekistonni
Kelajagi buyuk nurli bo‘stonni
Sodiq farzandlarinh duolar qilar
Tinchlik, osudalik hamrohing bo‘lar (M. Yusuf)
“O‘zbekistonim” qo‘shig‘i (G.Mamazoitova)
Download