Mavzu:Alaliya va uning barcha turlarida nutqni shakllantirish metodlari Mundarija: Kirish…………………………………………………………………………… I bob.Alaliya nutq nuqsonini o’rganishda ilmiy-nazariy adabiyotlar tahlili……………………………………………………………………………. 1.1 Alaliyani tavsiflashda yetakchi bolgan tadqiqotchilarning muvaffaqiyatli faoliyatlariga tayangan holda o’rganib chiqish……………………………………………………………………….. 1.2 Alaliyaning kelib chiqish sabablari va belgilari…………………………….. II bob.Alaliyani bartaraf etishda olib boriladigan korreksion-logopedik ishda qo’llaniladigan metodlar va metodlarga zamonaviy yondoshuv……………............. 2.1 Motor alaliklarga xos belgilar va korreksion ta’sir etish tizimida applikatsiyalardan foydalanish………………………………………………............ 2.2 Sensor alaliyali bolalar nutq nuqsonlarini bartaraf etishda psixologik o’yinlardan foydalanish……………………………………………………………... Xulosa……………………………………………………………………………. Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………….. Kirish Jamiyat o’z farzandlarini har tomonlama yetuk, komil inson boʼlib voyaga yetishni, munosib fuqarolar boʼlib, davlat tarraqiyotiga, gullab yashnashiga oʼz ulushlarini qoʼshishlariga xarakat qiladi, umid bogʼlaydilar. O’zbekiston Respublikasi qonunchilik palatasining 637-qaroriga muvofiq “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilganligi hamda alalik bolalarni o`rganishda umum ta`lim maktablarda ishlash va ularga ta`lim – tarbiya berishga qaratilgan. Hozirgi kunda davlat tomonidan inklyuziv taʼlim haqidagi hujjatlar hali rasmiylashtirilmagan,hayotiy zaruriyatlardan kelib chiqqan holda turli nodavlat tashkilotlar chet ellarda bu ishlarning ahvolini bulsada oʼrganib chiqib inklyuziv taʼlimning ayrim turlarini joriy etmoqdalar. O’zbekistonda YUNESKONING taʼlim bo’yicha maslahatchisi yordamida Respublika taʼlim markazining maxsus taʼlim bo’limi aʼzolari ”Oila” Ilmiy pedagogik markazi,Nogiron farzandli ayollar jamiyatlari ,”Umr” markazi”,’’Улибкы детям ” xalqaro jamiyatning O’zbekistondagi guruhi(Lorans Mirelett direktori),”Umid”markazi(Maxmudova N.M.-direktor), “AL-FALAK” markazi (Yusupova G.S.Navoid) va boshqalar talaygina muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar. O’zbekistonda defektologlarning olib borayotgan ishlari xam diqqatga sazovor. Maxsus muassasalarda olib borilayotgan ishlarda inklyuziv taʼlim elementlari talaygina. Ko’p yillardan beri umumtaʼlim, maktabgacha tarbiya muassasalari, maktablarda maxsus guruh, sinflar tashkil etilgan va muvaffaqiyatli oʼz vazifalarini bajarib kelmoqdalar. Har bir hududdagi yordamchi maktab ommaviy maktablarda ulgurmovchi oʼquvchilar bilan yil davomida maʼlum ishlarni olib borishadi, ular uchun maxsus sinflar tashkil etiladi. Bola uyiga yaqin maktabga qatnaydi. Yordamchi tenglashtiruvchi sinflar, nutqiy guruh yoki sinflar faoliyati ham inklyuziv taʼlimga kiritilishi mumkin. Oʼzbekiston Salomon deklaratsiyasiga binoan yaratilgan (Taʼlim tizimi anomal bolalarni qabul etib, ularning taʼlim tarbiyai uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi lozimligi haqida)- “Hamma uchun taʼlim” daturini amalga oshirishga imzo chekkan ekan, barcha taʼlim xodimlari bu ishga oʼz xissalarini qoʼshib, inklyuziv taʼlimni takomillashtirishda qatnashishlari lozim. Xususan, Nutqiy nuqsoni bo’lgan bolalarning nuqsonini o’rganish,ularning nuqsonlarini bartaraf etishga qaratilgan barcha chora -tadbirlar nuqsonni anglashdan boshlanadi.Kurs ishining ham asosiy mazmuni shunga qaralgan bo’lib, aynan sistemali nutq buzlishlaridan bo’lgan -Alaliya nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalar nuqsonini aniqlash,o’rganish,oldini olish,ular bilan kompleks ravishda shugullanishga qaralgandir.Alalik bolalarda uchraydigan nutq kamchiligi o‘zo‘zidan barham topmaydi, balki vaqt o‘tgan sari yanada mustahkamlanib, zo‘rayib boradi. Nutq kamchiligiga ega kishilar logopedik yordamga muhtoj bo‘ladilar. Og‘ir nutq kamchiliklari bolaning nafaqat nutqiga, balki uning umumiy rivojlanishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kurs ishining ob`ekti: Maktabgacha yoshdagi alalik bola Kurs ishining maqsadi: Alaliya va uning barcha turlarida nutqni shakllantirish metodlardan foydalanishni o`rganish. Kurs ishining vazifalari: - Alaliya nutq nuqsonini o’rganishda adabiyotlar tahlili - Alaliya va uning barcha turlarini o`rganish - Applikatsiya ishlardan foydalanishda motor alalikdagi nutq nuqsonlarni bartarf etish - Sensor alaliyali bolalar nutq nuqsonlarini bartaraf etishda psixologik o’yinlardan foydalanish Kurs ishining metodi: ilmiy manbaalardan foydalanish, kuzatish,suhbat,applikatsiya, psixologik o`yin, test Alalik bolalarda uchraydigan nutq kamchiligi o‘z-o‘zidan barham topmaydi, balki vaqt o‘tgan sari yanada mustahkamlanib, zo‘rayib boradi. Nutq kamchiligiga ega kishilar logopedik yordamga muhtoj bo‘ladilar. Og‘ir nutq kamchiliklari bolaning nafaqat nutqiga, balki uning umumiy rivojlanishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Alaliya bosh miyaning chap yarim sharidagi nutqni idora etuvchi zonalarning homiladorlik davrida yoki bolaning ilk yoshida jarohatlanishi, kam taraqqiy etganligi natijasida vujudga keladi, analizatorlarning faoliyati sekinlashadi.Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, alalik bolalarning ba’zilarida jismoniy va aqliy rivojlanishi ham sekinlashadi. Bu hol ularni boshqa kamchiliklar bor bolalardan ajratib olishda qiyinchiliklarni tug‘diradi. Alalik bolalarda aqliy va boshqa kamchiliklar ikkilamchi hodisa sifatida vujudga keladi. Bordi-yu, alaliya barham topib, nutq tiklanadigan bo‘lsa, ulardagi ikkilamchi hodisalar kamayadi yoki batamom yo‘qolib ketadi. Maktabgacha yoshdagi alalik bolalarga maxsus nutq bog‘chalarida o‘z vaqtida to‘g‘ri yordam berib, tegishli choralar ko‘rilsa, ular ommaviy maktabning birinchi sinfidan boshlab dastur materiallarini o‘zlashtirishi va keyinchalik oliy o‘quv yurtlarida ham o‘qishini davom ettirishlari mumkin. Alaliya tibbiy-psixologik-pedagogik, ya’ni kompleks, bolaga har tomonlama ta’sir ko‘rsatish, uning nutqi va tafakkurini o‘stirishga qaratilgan korreksiya chora-tadbirlari orqali izchillik bilan, uzoq vaqt davomida bartaraf etiladi. I bob.Alaliya nutq nuqsonini o’rganishda ilmiy-nazariy adabiyotlar tahlili 1.1 Alaliyani tavsiflashda yetakchi bolgan tadqiqotchilarning muvaffaqiyatli faoliyatlariga tayangan holda o’rganib chiqish Alaliya — bolaning ona qornida yoki dastlabki rivojlanish bosqichida nutq shakllanishiga qadar bosh miya qobig'i nutq doirasining organik jarohatlanishi oqibatida uzluksiz rivojlanmay qolishdir. "Alaliya” atamasi (grekcha a — yo‘q, lotincha lalio — nutq) tarjimasi nutqning yo‘qligi, nutqsizlik holati — nutq buzilishlariga doir adabiyotlarda qadim zamonlardan beri kuzatiladi. Maxsus adabiyotlarda "alaliya” atamasidan tashqari, shu nutq nuqsonini anglatuvchi quyidagi atamalardan foydalanganlar: "Tug‘ma afaziya", "Ontogenetik afaziya", "Rivojlanish afaziyasi", "Disfaziya", "Nutqiy rivojlanishi sustlashuvi”, "Nutqning konstitutsional orqada qolishi", "Tilni egallashdagi kamchiliklar” va h.k. Alaliyaning tarqalganligi haqida ilmiy asoslangan ma’lumotlar yo‘q. Ma’lumotlarga ko‘ra, alaliya maktabgacha yoshdagi bolalarning bir foizi, maktab yoshidagi bolalarning 0,6 — 0,2% foizni tashkil etadi. O‘rtacha hisobda, alaliya aholining 0,1 foizida kuzatiladi. Mualliflarning ta’kidlashicha, alaliya o‘g‘il bolalarda qizlarga nisbatan 2 marta ko‘p uchraydi. A. Kussmaul ta’kidlashicha, oldingi asr va bizning asrimizning boshlarigacha yashab, faoliyat ko'rsatgan shifokorlarning aksariyati nutqning yo‘qligining barcha shakllarini alaliya deb nomlab, afoniyani ham bu atamani ichiga kiritganlar, lekin vaqt o'tishi bilan bu atamalar farqlana boshlandi. I. Frank birinchilardan bo‘lib, bu ikki atamani farqlashga urinadi. Uning fikricha, alaliya "kar-soqovlik" singari artikulatsiya harakatlarini umuman imkoniyatsizligi bo‘lib, I. Frank alaliyani artikulatsiyani qiyinlashuvi natijasida kelib chiquvchi talaffuz kamchiligi mogilaliya bilan taqqoslaydi. 1. Frank alaliya, hamda mogilaliyani dislaliya darajalaridan biri deb, artikulyator qiyinchiliklar bilan bogliq talaffuz kamchiligi deb ta’kidlaydi. R.Shultess alaliyani kar-soqovlik alohida nutq nuqsoni sifatida ajratib ko‘rsatadi, ammo I. Frank uni artikulatsiya buzilishlari bilan bog‘laydi. Artikulatsiya imkoniyatining butunlay yo’qligi sifatida alaliya dislaliyaga taqqoslandi va keyinchalik haqqoniy ravishda anartriya deb nomlana boshlandi. A. Kussmaul artikulatsiya kamchiliklarini (dizartriya va dislaliya, shuningdek, diksiyani buzilishi— disfaziya) umumiy nom bilan atash maqsadida "lalopatiya" atamasini kiritadi. Shunga qaramay, A. Kussmaul yuqoridagi mualliflar singari alaliyani artikulatsiya buzilishlari bilan bog'liq nutq kamchiliklari sirasiga kiritadi va bu atamaning teng m a’noli nomi deb anartria literlis (tovushlar artikulatsiyasining yo‘qligi) atamasini kiritadi. Bu holda A. Kussmaul aniq tovushlarni butunlay talaffuz qila olmaslik xarakterli hisoblangan buzilish holatlarini alaliyaga kiritgan: keyinchalik bunday holatni belgilash uchun "anartriya" terminidan foydalana boshlagan. Nomlari keltirilgan artikulyator buzilishlar bilan bir qatorda A. Kussmaul diksiya buzilishlari deb nomlagan kamchiliklarni ajratadi. Bularga u grammatik shakllar va sintaktik ifodalarning buzilishini kiritadi. Bunday buzilishlarni tadqiqotchi disfaziyalar deb nomladi. Trussoning fikriga ko`ra nutqning yo‘qotilishini Broka tomonidan kiritilgan "afemiya" atamasini "afaziya" atamasiga almashtirishni taklif etadi. "Afaziya" atamasi tibbiyotda o‘ziga xos o‘rin egalladi. Ayrim chet el mualliflari (Orton, Travis) "alaliya" va "afaziya" atamalarini birlashtirib umumiy atamalar "Bolalar afaziyasi" yoki "Rivojlanish afaziyasi" deb atashni taklif etadilar. Bunda muammolar bolalar nutq rivojlanmaganligining o‘ziga xosligini kattalarda nutqning yo‘qolish hollaridan farqlab ko‘rsatib beradilar. Foniatr R. Koen ishlarida "alaliya" termini artikulatsion kamchiliklar bilan shartlanmagan soqovlikning tavsifnomasi uchun qo‘llanilgan. U bu buzilishlarni kar-soqovlik o‘rniga eshituvchi-soqovlik yoki idiopatik alaliya (kelib chiqishi noaniq nutqsizlik) deb nomlaydi. Turli mualliflarni keyingi ishlarida "alaliya" va "afaziya" atamalari uzoq vaqtgacha noma’lum chegaralanishda kuzatiladi. Logopediyada "alaliya" va "afaziya" atamalari keskin farqlandi: alaliya — nutqning rivojlanmay qolishi, afaziya — nutqning yo‘qolishi. Hozirgi vaqtda ko‘pchilik tadqiqotchilar tomonidan tan olingandir va terminologiya qanchalik serob bo‘lsa ham , ba’zida o‘z o'rniga ham egadir. Alaliyani o'rganishga katta hissa qo‘shgan olimlar, bular Gutsman, A. Libmann, M. V. Bogdanov-Berezovskiy , E. Freshels , keyinchalik esa M.Ye. Xvatsov, N. N. Traugott, V. K. Orfinskaya, R. Ye. Levina, L. V. Melexova, G. V. Matsievskaya, Ye. F. Sobotovich, V. A. Kovishkov, S.N. Shaxovskaya, V.K. Vorobeva va boshqalar. Turli mualliflar ishida turlicha mezonlarni qo‘llash asosida alaliyada nutq rivojlanishi va nuqson tuzilishi xususiyatlari ajratib ko‘rsatilgan: fiziologik, klinik, psixologik, lingvistik, psixolingvistik va boshqalar. Alaliyaning turli shakllari ta ’riflangan, nutq rivojlanmaganligining turli shakllarida logopedik ta ’sir metodikasi ishlab chiqilgan. So’nggi davrlarda alaliyani o’rganishdagi muvaffaqiyatlar tadqiqotchilarning o‘z faoliyatlarida "nuqson tahliliga har tomonlama sindromal yondashuv metodologiya"siga ko‘proq tayanganliklari sababli erishilgan. Bunda o‘rganishning psixolingvistik aspekti birinchilardan hisoblanadi va bu Ye.F.Sobotovich, V.A. Kovshikov, B.M. Grinshpun va boshqa tadqiqotchilar ishlarida ifodalangan. Ayni vaqtda alaliyani o'rganishning barcha masalalari hali to‘la ochib berilmagan. Biroq, V. K. Orfinskayaning so‘zlari bo'yicha, o’tgan davrlardan farqli ravishda, alaliya tadqiqotchilari orasida umumqabul qilingan qoidalarga qaraganda munozarali masalalar va ziddiyatlar ko‘proq bo‘lgan, tadqiqotchilar logopediya orasida alaliyaga rivojlanishining umumiy zamonaviy qarashlar bosqichlarida ko‘proq mavjud, kelishmovchiliklarga qaraganda umumiy nuqtayi nazarlar ko‘proq. Alaliyani o‘rganishda uzoq vaqt mobaynida uning kelib chiqish sabablarini turlicha ko‘rsatganlar. R. Koen, A. Gutsman, E. Freshels, M. Zeeman va boshqalarning fikricha, alaliya bolaning ona qornida yoki rivojlanish bosqichida shamollash yoki alimentar trofik moddalar almashinuvining patologik jarayoni natijasida kelib chiqadi. A. Treytel fikricha, alaliya diqqat va xotirani yetarli emasligining natijasidir. A. Libmann alaliyada nutqning to‘liq emasligini intellektual yetishmovchilik bilan boglaydi. A. Iving bolalarda nutqning to‘liq rivojlanmaganligi asosida so‘zning motor obrazi yo‘qligini miya buzilishlariga bog‘lab ko‘rsatadi. M. Zeeman ta ’kidlashicha, nutq bosh miya markazlarining buzilishining natijasida rivojlanmaydi. R. Luxzinger , M. Berri, M. B. Eydinova, V. A. Kovishkov va boshqalar alaliyani kelib chiqishida tug‘ma bosh miya travmalari va chaqaloqlar asfiksiyasining rolini belgiladilar. Tug‘ruq travmalari va asfiksiyalar bir qator hollarda homilalik patologiyasining oqibatidir. Bu surunkali kislorod yetishmovchiligini keltirib chiqaradi va nafas olish markazlari funksiyasining pasayishiga olib keladi. Miya to‘qimalari, birinchi navbatda filogenetik munosabatga nisbatan yosh, po‘stloqning uchinchi qatlami kislorod yetishmovchiligiga birmuncha sezgir hisoblanadi. Miya po‘stlog‘ining uchinchi qatlami assotsiativ aloqalarning murakkab tizimini boshlab beradi. Bu tizim insonning oliy po‘stloq funksiyalarining shakllanishini, birinchi navbatda nutq va psixikani ta’minlaydi. Etiologik omillar ichida yetakchi o‘rinda homilaning ensefalit, meningit bilan xastalanishi; rivojlanishi uchun nomaqbul sharoit; homilaning zaharlanishi; homila yoki ilk rivojlanish davrida bosh miya shikastlari; ilk bolalik davrida xastalanishlar natijasida bosh miyaning zararlanishi va boshqalar. Homiladorlik patologiyasi miya moddasining diffuz jarohatlanishiga olib keladi, tug'riq kalla-miya travmalari va chaqaloqlar asfiksiyasi nisbatan lokal buzilishlarni keltirib chiqaradi. Bosh miya po‘stlog‘idagi turli sohalarning jarohatlanishi, nutqiy va nutqiy bo‘lmagan funksional tizim rivojlanishidagi buzilishlarni keltirib chiqaradi. Ye.M. Mastyukova neyroontogenez nuqtayi nazaridan alaliyani xarakterlay turib shuni ko‘rsatib o‘tadi: har qanday zararli omilning tug'ruqgacha va tug'ruqdan so‘ng erta yoshlarda ta ’sir ko‘rsatishida, qachonki bosh miya po’stlog‘i hali shakllanish bosqichida bo'ladi, lokal nuqsonning mavjudligini aniq belgilash qiyin bo'ladi, chunki jarohatlanish ko'pincha tarqalgan xarakterga ega bo'ladi. S.S.Korsakova va N.I. Krasnogorskiy kuzatishlari natijasida ma’lum bo'ldiki, alaliya markaziy asab tizimini toliqishi, gipotrofiyani keltirib chiqaruvchi somatik kasalliklari oqibatidir. Yu.A. Florenskaya fikricha, alaliya patogenezida raxit, ilk bolalikda ovqatlanish va uyquning buzilishi, nafas yo'llarini tez-tez xastaligi alohida o'rin tutadi. Bu nuqtayi nazarni barcha mualliflar ham to 'g 'ri deb baholamaydi. Somatik kasalliklar yetakchi hisoblangan asab kasalliklarining patologik ta ’sirini kuchaytiradi. Ayrim mualliflar (R. Koen; M. Zeeman; R. Luxzinger, A. Saley va h .k .) alaliya etiologiyasida nasliy omil, oilaviy moyillik holatlarini alohida ajratib ko'rsatadilar. Biroq alaliyani kelib chiqishida nasliy omillarning ta’siri adabiyotlarda yoritilmagan. 1.2 Alaliyaning kelib chiqish sabablari va belgilari Alaliya — markaziy xarakterdagi organik nutq buzilishi. Alaliyada bosh miyaning ayrim po'stloq sohalarida nerv tolalarini shakllanishining orqada qolishi kuzatiladi. Asab tolalari yetishmagan bosqichda, ya’ni neyroblast o 'z rivojlanishini to’xtatadi. Bosh miyaning bunday shakllanmaganligi tug'ma yoki bolada nutq shakllangunga qadar yuzaga kelishi mumkin. Alaliyada bosh miyaning jarohatlanishi perenatal yoki ilk postnatal davrda yuzaga kelishi mumkin. Bola hayotining dastlabki uch yili shartli ravishda nutqgacha bo'lgan davr deb hisoblanadi. Bunda bosh miya po'stloq to'qimalarining jadal shakllanishi kechadi va bolaning nutqdan foydalanish tajribasi hali juda kam bo'ladi. Nutqiy funksiya uchun muhim hisoblangan miya tizimining rivojlanishi homilalik davrida tugamaydi va bola tug'ilganidan so'ng ham davom etadi. Miyaning rivojlanmaganligi yoki erta jarohatlanishi nerv to'qimalari qo’zg’aluvchanligining pasayishiga va asosiy nerv jarayonlari harakatchanligining o'zgarishiga olib keladi. Bu esa bosh miya po'stlog'i to'qimalarining ish qobiliyatini pasaytiradi. Alaliya asosida yotuvchi patofiziologik mexanizmlarni o'rganish, qo'zg'aluvchanlik va tormozlanganlik jarayonlarining inertligini, bosh miya po'stlog'i to'qimalarining yuqori darajada funksional zaiflashuvini ko'rsatdi (I.K.Samoylova). Tadqiqotchilar miya po'stlog'ida qo'zg'atuvchi va tormozlovchi jarayonlarning fazoviy konsentratsiyasining yetishmasligini aniqladilar. Alaliyali bolalarda miyaning elektr faolligini o'rganish jarayoni, ko'pincha chakka-tepa-ensa sohalarida, peshana-chakka va dominant yarimsharning chakka shoxlarida biopotensiallaming aniq lokal o‘zgarishlarini aniqlab berdi (L.A. Belogrud; A.L. Lindenbaum; Ye.M. Mastyukova). So‘nggi tekshirishlarning ko‘rsatishicha, alaliyada ikki yarimsharlar po‘stlog‘ida ko‘plab jarohatlar, ya’ni bilaterial jarohatlarning yaqqol namoyon bo'lmagan shakllari kuzatiladi. Bosh miyaning bir tomonlama zararlanishi natijasida nutq rivojlanish bosh miyaning sog‘lom tomonining kompensator imkoniyatlari sog'lom rivojlanayotgan yarim shakllar hisobiga amalga oshishi mumkin. Bosh miyaning bilaterial jarohatlanishida kompensatsiya imkoniyatlari mutlaqo yo‘qoladi yoki juda qiyinchilik bilan amalga oshiriladi. Bu holda, bosh miya nutq zonalari jarohatlanishining tor o'choqli xarakterga egaligi haqidagi ilgari mavjud bo‘lgan nuqtayi nazar tasdiqlanmaydi. Alaliya — nutqiy rivojlanishning vaqtinchalik funksional sustlashuvi emas. Bu nutq buzilishida nutqni rivojlantirishning barcha jarayoni markaziy asab tizimining patologik holati sharoitida kechadi. Alaliyaning ayrim ko‘rinishlari tashqaridan bolalarning normal rivojlanishining ilk bosqichlariga o ‘xshaydi. Biroq vaqt o‘tishi bilan bular o‘rtasidagi farq yaqqol ko‘zga tashlanadi, ya’ni nutqni normal rivojlanishi alaliyadan farqli ravishda nutq bosqichlarining o ‘rni boshqasi bilan uzviy va tez holda almashadi. M. Sovak va boshqa tadqiqotchilar "alaliya" tushunchasini kengaytirish maqsadida, uning kech shakllangan ko‘rinishlarini kiritadilar. Ular alaliyaning nutqni nevrologik yo‘qligi — mutizm, demensiya va shizofreniyada nutqning yo‘qolishi, eshitishining pasayishi va oligofreniyadan farqlab ko‘rsatadilar. M. Sovak va boshqa tadqiqotchilar "alaliya" tushunchasini kengaytira turib bu bilan nutq yo‘qligining barcha holatlarini qamrab oldilar. Ular demensiya va shizofreniyada nutq buzilishidan, eshituvning buzilishi va oligofreniyadan farq qiluvchi nutqning nevrologik yo‘qligi singari mutizm bilan bog‘liq bo‘lmagan nutqning sekin shakllanishini ham bu tushunchaga kiritdilar. K.P. Bekker va M. Sovak nutq rivojlanmaganligi sur’atida biologik, ijtimoiy sabablar yoki ular kombinatsiyasining ustunligi bilan bog'liq komponentlarini ajratdilar. Tadqiqotchilar flkri bo‘yicha ilgari nomlanuvchi eshituvchi-soqovlik, motor-kinestetik buzilishlar yoki noqulay ijtimoiy ta’sirlar bilan shartlangan, o‘ziga xos xarakterga ega. Nutq rivojlanishining kechikishida namoyon bo‘ladi. Nutq rivojlanishining oddiy kechikishidan farqli ravishda nutq rivojlanmaganligining murakkab shakllarini xarakterlay turib, M. Kritchli, oralfatsial diskoordinatsiyalarning, til va labning harakatli malakalarining nuqsonliligini, so‘zli belgilarni tushunish yoki noto'g'ri qo‘llashni mavjudligini ta’kidlab o‘tadi. M. Kritchlining ta ’kidlashicha, Xalqaro nevrologik federatsiyada (Italiya, Varenna,) nutq yetarli rivojlanmaganligi holatida "afaziya" terminidan butunlay voz kechish taklif qilingan. Bunday holatlar uchun tavsiya qilingan terminlar "tug‘ma alogiya", "disfaziya" keng ommaga tarqalmadi. Alaliyaning nutqiy va nutqiy bo‘lmagan belgilari kuzatiladi. Alaliyada buzilishlar belgilarida nutqiy buzilishlar yetakchi o‘rin egallaydi. Alaliya nutqning sistemali shakllanmaganligi bo‘lib, nutqning barcha tarkibiy qismlarining buzilishlari kuzatiladi: fonetik-fonematik, leksik-grammatik tomoni. Alaliyaning nutqiy bo‘lmagan kamchiliklari sirasiga motor, sensor, psixopatologik belgilar alohida ko‘rsatiladi. Hozirgi kunda alaliya mexanizmlari muammosi juda murakkab va bahsli muammodir. Ma’lum konsepsiyalarda alaliya mexanizmlari shartli ravishda sensomotor, psixologik va til bilan bogliq turlarga bo‘linadi. Sensomotor konsepsiya tarafdorlari alaliyada nutq shakllanmaganligini sensomotor funksiyalar patologiyasi eshituv agnozasi, apraksiyalar bilan bog'laydilar. Psixologik konsepsiyaga ko‘ra, alaliyada psixik faoliyatning ayrim ko‘rinishlarida patologiyalar ko‘rsatiladi. Til konsepsiyasi tarafdorlari nutqning shakllanmaganligini idrok va nutqiy bayonni yuzaga kelishi jarayonning til operatsiyasining shakllanmaganligi bilan bog’laydilar. Alaliya o‘z mexanizmlari, nutqiy rivojlanmaganlikning yuzaga kelishi va namoyon bo’lishiga ko‘ra turlichadir. Alaliya ko‘rinishidagi kuzatiluvchilarni o‘rganish va farqlashga tanlangan yondashuv asosida tadqiqotchilar buzilishning bir nechta turlarini nomladilar. Libmann alaliyaning quyidagi shakllarini ajratib ko‘rsatadi: motor eshitish soqovlik, sensor eshitish soqovlik va sensomotor eshitish soqovlik. R.Ye. Levina buzilishning psixologik tasnifini tasviya etadi. Bunda bolalar guruhlarga bo‘linadi: to’liqsiz eshituv idroki bilan (fonematik), ko‘ruv idroki buzilishi bilan (predmetli) va psixik faolligi buzilganligi bilan. V.K. Orfmskaya lingvistik tavsifnomani ishlab chiqib, til tizimining buzilishlarining yetakchi ko‘rinishlarini birlamchi va ikkilamchi buzilishlarga ko‘ra alaliyaning 10 shaklini ajratib ko‘rsatadi: 4 ta motor shakli, 4 ta sensor yetishm ovchilik shakllari va 2 ta nutq rivojlanmaganligining asosida harakat ko'ruv buzilishlari bilan bog‘liq shakli. V.A. Kovshikov ishlarida alaliyaning impressiv (sensor) va ekspressiv (motor) shakllari kuzatiladi. Ekspressiv (motor) alaliya deganda, til birliklarini egallash va ularni boshqarishning buzilishi bilan namoyon bo’luvchi til buzilishlari tushuniladi va bu hol artikulatsiya va ma’no operatsiyalari saqlangan holda grammatik, leksik va fonematik operatsiyalami bajarish imkonini cheklaydi. Ye.F. Sobotovich psixolingvistik tuzilish va nutqiy faoliyat mexanizmlarini inobatga olib buzilishni tahlil qildi va alaliyani farqladi: tilning paradigmatik yoki sintagmatik tizimini o‘zlashtirishdagi ko'pgina buzilishlar. Ye.F. Sobotovich fikricha, motor alaliyada tilning belgili shaklini o'zlashtirishda kamchiliklar kuzatiladi (nutqlardan vujudga kelishi jarayonida belgilardan foydalanish va birlashtirish qoidalari).Alaliyaning kelib chiqishi va rivojlanish dinamikasini ayrim mualliflar sxemali tarzda quyidagicha ta’rifladilar: u yoki bu sabab bosh miya po‘stlog‘ining butun sensomotor sohasining jarohatlanishini keltirib chiqaradi. Buning oqibatida total alaliya yuzaga keladi. So‘nggi yillarda miya moddasining rivojlanishi va kompensator omillarning ta’siri ostida jarohatlanishning asosiy o‘chog‘i po‘stloqning sensor yoki motor sohalari tomoniga suriladi. Shu sababli bola rivojlanishining erta davrlarida alaliyani sensor va motor shakllariga ajratish shartli kechadi, keyinchalik buzilishning yetakchi komponentini ajratish mumkin. II bob.Alaliyani bartaraf etishda olib boriladigan korreksion-logopedik ishda qo’llaniladigan metodlar va metodlarga zamonaviy yondoshuv 2.1 Motor alaliklarga xos belgilar va korreksion ta’sir etish tizimida applikatsiyalardan foydalanish Motor alaliya — bu markaziy xarakterdagi organik buzilishlar natijasi hisoblanib, nosog‘lom nevrologik ko‘rinish nutqning rivojlanish borasida jiddiy orqada qolishga olib keladi. Bu konsepsiya tarafdorlari nutqiy shakllanm aganlikni m otor yetishmovchiligi bilan tushuntiradilar (R. Koen, G. Gutsman, R.A. Belova-David, N.N. Traugott, V.K. Orfmskaya va boshqalar). Ko‘pchilik mualliflar alaliyani kinetik yoki kinestetik apraksiya bilan bog'laydilar hamda uning efferent va afferent shakllarini ajratib ko‘rsatadi. Afferent alaliyada nutq buzilishlarining mexanizmlari kinestetik apraksiyaga bog'liq bo‘lsa, efferent alaliyada esa — kinetik apraksiyaga bog‘liq (afaziya analoglariga ko'ra). Apraksiyani artikulatsiyaning turli buzilishlariga ko'ra tushuntirish mumkin tovushlar talaffuzi, so'zning tovush — bo‘g‘in tuzilishining buzilishlari. Biroq alaliyada yetakchi o'rinda turadigan nutq buzilishlari faqat motor yetishmovchiliklar natijasi emas. Shuningdek, motor yetishmovchilik alaliyali bolalarning faqat yarmidagina kuzatiladi. Psixologik konsepsiyaga ko‘ra, motor alaliya mexanizmini psixik jarayonlarining tafakkur, xotira, shuningdek, nutqiy faoliyatning ayrim bosqichlarining o'zaro munosabati tashkil etadi. l.T. Vlasenko, V.V. Yurtaykinning ta’kidlashicha, bunday bolalarning nutqiy faoliyatini tashkil qiluvchi strukturali tarkibiy qismlar orasida dissotsiatsiya aniqlangan: bir xillarda operatsion imkoniyatlarning saqlanganligi holatida maqsadli ko'rsatmalarning shakllanmaganligi mavjud; boshqalarda — yetarlicha turg'un motivatsiyaning mavjudligida faoliyatning operatsion qatorida yetishmovchilik mavjuddir. Bu m uam m oga zam onaviy psixolingvistik yondashish til konsepsiyasida aks ettirilgan Ye. F. Sobotovich, V. A. Kovshikov, V. M. Grinshpun, V.K. Vorobeva va h.k. M otor alaliya nutqiy va nutqiy bo‘lmagan belgilar majmuyini tashkil etuvchi murakkab sindrom hisoblanadi. Motor alaliyada nutqiy nuqson tarkibida nutqiy buzilishlar yetakchi o‘rin egallaydi. Nutqiy belgi. Motor alaliyada nutq buzilishlari sistemali xarakterda bo‘lib, uning barcha tarkibiy qismlari uchun xos: fonetik-fonematik va leksikgrammatik. Ustunlik qiluvchi belgilari bo'yicha bolalarni fonetiko-fonematik rivojlanmaganlik ustunlik qiluvchi guruhga (ular kamchilik) va leksikgrammatik rivojlanmaganlik ustun bo'luvchi guruhlarga bo'lish mumkin. Taxminlarga ko‘ra, birinchi guruh — dominant yarimshar po‘stlog‘ining m arkaziy motor sohalaridagi pastki bo‘limlarning dastlabki jarohatlanishlariga asoslanadi. Bu yerda artikulatsion harakatlarni bajarishda yoki umumiy muskulaturada (boshqa harakatlarni bajarishda) kelib chiquvchi mushaklar, paylardan guruh miya po‘stlog‘i motor sohasining oldingi bolimlari jarohatlanishiga asoslanadi. Alaliyali bolalarda talaffuz tizimi rivojlanishi sifat va miqdori jihatidan o‘ziga xosligi bilan xarakterlanadi. Bu barcha bolalarda u yoki bu darajada va nutqiy rivojlanishning har bir bosqichida namoyon bo‘ladi. Neyrofiziologik jihatdan yondashilgan ishlarda artikulatsion buzilishlari bosh miyaning ma’lum bir po‘stloq zonalarining shakllanmaganligi bilan bog‘lab ko‘rsatiladi (R. A. Belov — David, A.N. Traugatt).Alaliyada murakkab harakat differensiyarovkalari qiyinchilik bilan o‘zlashtiriladi, dinamik artikulatsion stereotik shakllanmaydi — tovushlarni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri takrorlaganda tovushlarning birikishi qiyinlashadi. A.R. Luriyaning ta’kidlashicha, alaliyada o'tgan artikulatsiya denervatsiyasida qiyinchiliklar va bir artikulatsiyadan ikkinchisiga silliq o‘tishda qiyinchiliklar aniqlangan. Bu tovush va bo‘g‘inlar o‘rini o‘zgarib qolishga, so‘z tuzilishining soddalashishi va buzilishiga olib keladi. Alaliyali bolalarda nutq apparatining nozik harakat koordinatsiyalari shakllanmaydi. Nutq harakat analizatorining anomitik-sintetik buzilishlari turli ko‘rinishlarga ega: oral apraksiya, ketma-ketlikning buzilishi va hokazo. Bunda kerakli artikulatsiya holatini izlash, ma’lum bir artikulatsiya harakatini bajara olmaslik, ketma-ketlikni egallashda qiyinchiliklar kuzatiladi. Bu hollarda nutqiy artikulatsiya buzilishlarini belgilovchi harakat buzilishlari yetakchi o‘rin egallaydi. Shuningdek, kinetik va kinestetik apraksiyalar oqibatida nutqning fonetik va fonematik tomonlarida kamchiliklar kuzatiladi. Nutq apparatidan bosh miya po‘stlog‘iga boruvchi kinestetik impulslar bilan bog‘liq artikulatsiya harakatlari normal sharoitda tovush tahlili va tavsifi jarayonida muhim o'rin egallab, so'zning tovush tarkibini aniqlash, kerakli tovush ketma- ketligini saqlashga yordam beradi. Alaliyada esa bola so'zning kerakli tovush ketma-ketligini aniqlashga qiynaladi, bir so'zni ikkinchi bir so'z bilan almashtira olmaydi. Bu esa parafaziyaning ko'payishiga, asosiy sabab jarayonlarining harakatchanligining buzilishlaridan dalolat beruvi kamchiliklar, ya’ni perseveratsiya va h.k. qo'zg'alish va tormozlanish o'chog'laridagi kamchiliklarga olib keladi. Buning natijasida esa, bolada eshitish va nutqni tushunish yetarligi saqlangan holda, nutqni mustaqil rivojlanishiga to'sqinlik qiluvchi artikulatsiya muskulaturasining parez va lab paralichlari kuzatilmaganda, nutq mustaqil ravishda rivojlanmaydi, uzoq vaqtgacha u ayrim tovushlar talaffuzi bilan cheklanadi. N.N. Traugott ma’lumotiga ko'ra, motor alaliyali 70% bolalar o‘ziga qaratilgan nutqni to‘la tushunadilar, 20% bolalarda tushunish biroz pasaygan va 10% bolalar yomon tushunadilar, biroq bunday hollarda bolalarning o‘z nutqi har doim tushunishiga qaraganda yomonroq bo'ladi. Alaliyada so‘z va bayonlarning fonematik amalga oshuvi buziladi, nutqni lingvistik bezash shakllanmaydi — tovush-bo‘g‘in va morfem qurilish. Nutqning ritmik kelib chiqishining buzilishi nutq oqimining sekinlashuvida, so‘zlarni bo‘g‘inlab talaffuz qilganda bo‘g‘in va so‘zlar orasidagi pauzalarda namoyon bo‘ladi. Nutq har bir misradagi urg‘uli bo'g‘inni aniq qilib she’r o'qish yoki fragmentar (har xil nutqiy bo‘laklarni turlicha uzunlikdagi intervallar bilan bo‘lish) xarakterda bo‘ladi. So‘z va iboralar ritmik strukturasining shakllanmaganligi nutq tempi, ritmi, musiqiyligi buzilishi bilan birgalikda kuzatiladi. Bolalar ritmni ilib ololmaydilar va taklif qilingan ritmik suratni chapak chalish, taqillatish bilan amalga oshirib berolmaydilar. So'zlarni aks ettirishda bola so‘z o‘rniga shunga yaqin keluvi noaniq tovushlar kompleksini ifodalaydi, bir so‘zning bir nechta buzilgan variantlarini qo‘llaydi: "fral", "viral”, "faral” — fevral. Lug‘at boyligining ko‘payishiga qarab, so‘z strukturasini egallashdagi qiyinchiliklar birmuncha sezilarli bo‘lib qoladi. Bunday buzilishlar miqdori birdaniga o‘sib ketadi. Nutqiy oqimda noto‘g‘ri aytilgan so'zlar ko‘p bo‘ladi. Motor alaliyali bolalarda lug‘at boyligi sekin, nutqiy amaliyotda noto‘g‘ri foydalanilgan holda rivojlanadi. Nutqiy bo'lmagan belgilar. Alaliyali bolalarda nutqiy faoliyatgina shakllanmay qolmasdan emas, balki motor va psixik faoliyatida ham kamchiliklar kuzatiladi. Alaliyada turli darajada namoyon bo'luvchi nevrologik belgilar ham kuzatiladi: bosh miya disfunksiyasining murakkab bo'lmagan ko'rinishi va markaziy asab tizimining birlamchi buzilish belgilaridan boshlab, to qo'pol asab buzilishlarigacha (ayniqsa, piramidali va ekspiramida tizimi parezlari). N. N. Traugott keltirgan ma’lumotlarga ko'ra, oral apraksiyasi alaliyali bolalarning 10% foizida kuzatiladi. Ularda jismoniy yetishmovchilik, somatik zaifliklar ham kuzatiladi. Bolalarda umumiy motor qo'pollik, qovushimsizlik, harakatlar diskoordinatsiyasi, harakatlar sekinlashuvi yoki tormozlanganlik kuzatiladi. Motor faollikning pasayganligi, ritmiklikning yetishmasligi, dinamik va statik muvozanatning buzilishi aniqlanadi (bir oyoqda sakray olmaydilar va turolmaydilar, oyoq uchida va tovonda yura olmaydilar, koptokni otib ilolmaydilar va h.k.). Ayniqsa qo‘l barmoqlarining mayda motorikasi qiyinlashadi. Motor alaliyali bolalarda chapaqaylik va ambidekstriyaning ustunligi haqida ma’lumotlar mavjud. Bir xil bolalar qo‘zg‘aluvchan, impulsiv, faoliyatda tartibsiz, juda faol, boshqalar, aksincha, erinchoq, bo‘shashgan, tormozlangan, inert, aspontan bo‘ladilar. Bolalarda oliy psixik funksiyalarida xotira, diqqat, tafakkur va. h.k. yetishmovchiliklar kuzatiladi. Alaliyada xotira o‘ziga xos manzara kasb etadi: hajmi torayadi, hosil bo‘lgan izlarning tez so‘nishi, nutqiy qo‘zg‘atuvchilarni ushlab turishni cheklanganligi va h.k. Ayniqsa, verbal xotira zaiflashgan bo'ladi. Verbal xotira harakat, obrazli, emotsional xotira turalaridan farqli ravishda insonning o‘ziga xos xotira turi hisoblanadi.Ayrim hollarda bolalarda patologik shaxs xususiyatlari, nevrotik xarakter belgilari rivojlanadi. Bolalarda nutqiy nuqson bilan birgalikda negativizm, o‘z kuchiga ishonmaslik, zo‘riqish holati, tez asabiylashish, xafa bo‘lish, yig‘loqilik va odamovilik xislatlari kuzatiladi. Ayrim bolalar hishayajonli vaziyatlardagina nutqdan foydalanadilar. Xato qilib qo‘yish va masxara bo‘lishdan qo‘rqish shunga olib keladiki, bolalar nutqiy qiyinchilikdan aylanib o'tishga harakat qiladilar, nutqiy muloqotni rad etadilar, imo-ishoralardan ko‘proq foydalanadilar. Bolaning shaxs xususiyatlari m arkaziy asab tizim ining shakllanmaganligi bilan bog‘liq. Nutqiy nuqsoni tufayli bolalar jamoasidan ajralib qoladi va bu vaqt o'tishi bilan bolaning ruhiyatiga salbiy ta’sir qiladi. Shuningdek, gnozis, praksis, vaqt sintezi shakllanishida qiyinchiliklar, diqqatning shakllanmaganligi va hajmini torligi, idrok va boshqa psixik faoliyatlarning shakllanmaganligi kuzatiladi. Ko‘p hollarda alaliyada aqliy rivojlanmaganlik ikkilamchi nuqson bo‘lib keladi. Tadqiqotchilar bilimlar orasidagi ayrim uzilishlar haqida, bolalar fikrlarining aniqligi, qoloqligi haqida ham gapirib o'tganlar. Intellektual yetishmovchilik yuqori darajadagi toliquvchanlik, diqqatning pasayishi, xotiraning pasayishi, ish qobiliyatining buzilishi bilan murakkablashadi. Nutqiy rivojlanmaganlikni bartaraf etish jarayonida aqliy rivojlanishning kechikishi asta-sekin normaga yetadi. Alaliyali bolalar va aqli zaiflar differensial diagnostikasi juda murakkabdir, ayniqsa, erta yoshlarda bolalarni bir marotaba tekshiruvdan o‘tkazish hollarida. Alaliyali bolalarni amaliy kuzatish jarayoni ularda ma’lumotlar, tasavvurlar zaxirasining ko‘pligini, nutqdan tashqari vaziyatlarda mimika, imo-ishoralarni tushunishlarini, atrof-muhitda mo‘ljal ola bilish malakasining borligini ko'rsatdi; bolalar vaziyatdagi o‘zgarishlarni hisobga oladilar, o‘z nutqlariga tanqidchan, uning to'laqonli emasligidan aziyat chekadilar, aqli zaiflarga qaraganda ishda yaxshi yordam ko‘rsatadilar. N.I. Jinkin fikricha, alaliya va oligofreniya to‘qnashuvida nutq va tafakkur o‘rtasidagi nisbat haqida ko‘p asrlik muammo yotadi. Ma’lum somatik nuqsonlar mavjudligida ham, xarob holdagi nutqiy holat natijalarini aqliy zaiflikka kiritish mumkin emas, deb ta’kidlaydi N. I. Jinkin. Alaliya — tibbiy psixologik pedagogik muammo. Logopediya sohasiga, bola shaxsi va nutq rivojlanishiga yo‘naltirilgan korreksion ta’sir usullari va tamoyillarini aniqlash kiradi. Sistemali uzoq davom etuvchi logopedik ishlar qator hollarda bolalarning nutqiy muloqoti uchun yetarli vositalarni beradi, ayrim hollarda esa — elementlar nutqnigina. Nutqiy nuqsonni tabiatiga ko‘ra bu muammo motor va sensor alaliya ko‘rinishiga ko‘ra differensial hal etiladi. Alaliyada nutq shakllanishi har tom onlama yondashuv, nutqni rivojlanishiga yordam beruvchi va bilish faoliyatining yaxshilanishiga inikon beruvchi nutqning barcha funksiyalari rivojlanishiga e’tiborni qaratadi. Nutq va shaxsiyat ustidan bir butun har tomonlama tizimli ish olib boriladi. Bunda ontogenezda nutqiy funksiyalar rivojlanishi qonuniyatlari hisobga olinadi. Tizimli logopedik ish nutqiy rivojlanishdagi uzilishlarni to‘ldirishga va maxsus dastur bo‘yicha maktab ta’limiga tayyorlashga yo‘naltiri!adi yoki u maktab ta’limiga qo‘shimcha ravishda parallel olib boriladi. Nutqiy rivojlanmaganlikni bartaraf etishni shunday tashkil qilish kerakki, ish jarayonida maktab vazifalarini o‘zlashtirishga tayyorgarlik yuzaga kelsin. Samarali logopedik ish, agar u psixonevrolog (nevropatolog, psixiatr) tomonidan o‘tkaziladigan faol dori-darmon va fizioterapevtik muolajalar fonida har tomonlama o‘tkazilsagina amalga oshadi. Ish jarayonida turli metod, usullardan mujassamlashgan holda foydalaniladi. Bolaning nutqiy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ishning vazifa va mazmuni aniqlanadi. Olib boriladigan ishlar nutqiy faoliyat mexanizmlarini shakllantirishga qaratiladi: motiv, aloqa bog‘lash maqsadi, bayonning ichki dasturi, uning leksik-grammatik vositalarini tanlash grammatik tuzilishi shakllantiriladi. Nutqiy tajribani boyitish uchun bilimlardan ongli foydalanish uquvi rivojlantiriladi, nutqiy operatsiyalarni modellashtirishni egallash uquvi orttiriladi. L.S. Vigotskiy, A.N. Leontev, A.R. Luriya, A.V. Zaporojets, P.Ya. Galperin va boshqa tadqiqotchilar tomonidan faoliyatning kelib chiquvchi umumiy nazariyasi va uning genetik kelib chiquvchi shakli singari tashqi predmetli faoliyat haqidagi qoidalari ishlab chiqilgan. Shuningdek, tadqiqotchilar ishlarida tashqi jarayonlardan ichki aqliy harakatlarning kelib chiqishi haqida, tashqi qurilishning o‘zgarishi orqali psixik faoliyatni shakllantirishning faol boshqaruvchi jarayoni haqida fikrlar mavjud. Shundan kelib chiqib, ish jarayonida predmetli-amaliy faoliyatning korreksion imkoniyatlari qo‘llaniladi. Metodik usullarni standartlash mumkin emas: nutqiy va didaktik materiallarni tanlash, uning ketma-ketligini belgilash. Faqat nutqiy rivojlanmaganlik xossalari hisobga olinmasdan, balki har bir bola shaxsiyatining xususiyatlari ham , uning qiziqishlari, kompensator imkoniyatlari ham e’tiborga olinadi. Tarbiyaviy ta’sir bilan bola xarakteridagi nevrotik qatlam bartaraf etiladi, ongli maqsad sari yo‘nalgan shaxsiyatni tarbiyalash bo'yicha ish olib boriladi. Bolani travmalovchi atrof-muhitdagi ta’sirlar yo‘qotiladi, nutqiy rivojlanmaganlikka bolaning to‘g‘ri munosabati va uni bartaraf etish bo‘yicha olib boriladigan ishga to'g'ri munosabati ishlanadi. Faqat nutq rivojlanishi ko‘zda tutilmay, balki bolaning nutqiy bo'Imagan faoliyati ham shakllantiriladi. Nutq sensor rivojlanish va um um harakatli imkoniyatlar kompleksida mukammallashadi. Mashg'ulotlaming samaradorligi ko'rgazmali qurollarning mavjudligi va ulardan to'g'ri foydalanishga bog'liq. Olib borilayotgan ishning bosqichlaridan qat’i nazar, ta’sir butun nutq tizimiga qaratiladi: lug'atini aniqlash va boyitish, frazali va bog'langan nutqni shakllantirish, tovush talaffuzini korreksiyalash. Shuningdek, har bir bosqichning maxsus vazifalari va o'ziga xos ish mazmuni aniqlanadi. Birinchi bosqichda olib borilayotgan ishlar quyidagilar sanaladi: nutqiy faollikni tarbiyalash, passiv va faol lug'atni shakllantirish. Dialog, sodda, katta bo'Imagan hikoya ustida ish olib boriladi. Nutqiy faoliyatning psixofiziologik asoslari va vaziyatli muloqotning birlamchi ko'nikmalari shakllantiriladi. Ikkinchi bosqichda lug'at va jumla tuzilishini murakkablashtirish asosida frazali nutqi shakllantiriladi. Gaplardan foydalanish ularni grammatik jihozlash, dialog va hikoya ustida ish olib boriladi. Uchinchi bosqichda mustaqil nutqni shakllantirish ishlari olib boriladi. Barcha bosqichlarda nutqiy faoliyatning hamma tomonlari shakllantiriladi. Bolalar amaliy mashqlar yordamida so'zlarni gapda bog'liqligini tushunishga va ularni nutqida to'g'ri qo'llashga o'rganadilar. Nutqiy uquvlarni shakllantirishda — morfologik, gram m atik, fonem atik um um lashm alar va qarama-qarshiliklar — mexanik mashqlarni yaqinlashtirmasdan, aloqalar, mazmunni anglash uchun analizga katta e’tibor qaratish, kuzatishga o’rgatish, tahlil qilish va turli darajadagi nutq materialini umumlashtirish muhim. Mayda qo‘l motorikasi rivojlanishiga e’tibor qaratiladi: chiziq tortishga, bo'yashga, shtrixlashga o'rgatiladi, tugunchalar bog'lashga, mozaykalar va geometrik materiallardan naqshlar chizish o‘rgatiladi va h.k. Agar bolalar qo‘l barmoqlari harakati rivojlanishidan orqada qolsa, u holda nutq rivojlanishidan ham orqada qolishligi isbotlangan. Qo‘l harakatlarini mashq qildirish jarayonida nutq holati mukammallashadi. Motor alalik bolalarda qo’l harakatlarini rivojlantirar ekanmiz,bir necha metodikalardan kiritib o’tishimiz mumkin.Ulardan eng keng tarqalgani- Applikatsiyalar bilan ishlash ham maqbul metodikalardan hisoblanib,ancha yillardan beri samarodorlik jihatidan yuqori usul hisoblanadi. Applikatsiya — badiiy asarlarni yaratishning eng, sodda va oson usulidir, bunda tasvirning realistik asosi saqlanadi. Bu applikatsiyadan faqat bezash maqsadlardagina ko`rgazmali qurollar, turli o`yinlar uchun qo`llanmalar, o`yinchoqlar, bayroqlar, suvenirlar, devoriy gazetalar, stendlar, ko`rgazmalar va kostyumlarni tayyorlash emas, balki kartina, pano, naqshlarni va shu kabilarni yaratishda ham keng qo`llash imkonini beradi. O’tkaziladigan mashg’ulot jarayonidada applikatsiya mashg`ulotlarining, jumladan applikatsiya tayyorlashning noan’anaviy texnikalaridan foydalnishning ijobiy ahamiyati ilmiy isbotlangan. Pedagoglarning tajribalarini umumlashtirish natijasida applikatsiya bajarishning quyidagi ahamiyatlari aniqlangan: - Borliqni estetik idrok qilishning rivojlanishi, badiiy didning shakllanishi; - Badiiy grafik ko`nikma va malakalarning rivojlanishi; - Fantaziya, ijodiy tafakkur va tasavvur, fazoviy idrokning rivojlanishi; - Qo`lning aniq harakatlari va barmoqlarning nozik harakatqilishlarining rivojlanishi; - Badiiy ijodni tashkil qilishning ayrim ko`nikmalarini egallash; - Mahalliy va dunyo badiiy madaniyatlari haqidagi ma’lumotlarni egallash; - Tamosha qilish madaniyatini tarbiyalash; - Badiiy-tasviriy faoliyat kasbiga moyillikning ochilish imkoniyati. Bajarilish texnikasiga ko`ra applikatsiyaning eng oddiy turlaridan biri geometrik shaklli applikatsiyalardir. Alalik bolalar geometrik shaklli applikatsiyalarni bajarishda quyidagi bilimlarni egallaydilar: 1. Geometrik shakllar: kvadrat, to`g`ri burchak, uch, aylana qog`oz bo`lagidan va o`lchov asboblariyordamida hosil bo`lishi haqidagi mavjud bilimlarini mustahkamlaydilar. 2. Badiiy didni o`stiradilar, rasm darslarida polosa, doira, kvadratda ornamentlar tuzish bo`yicha olingan bilimlarni chuqurlashtiradilar. 3. Ayrim predmetlarni detalma-detal tahlil qilib, geometrik shakllarni to`g`ri idrok etishni o`rganadilar. Masalan, archa bir-biriga kiygazilgan uchburchakka o`xshaydi yoki yuk mashinasi turli o`lchamdagi to`g`ri burchaklardan, g`ildiragi aylanadan tashkil topgan. Ko`pgina predmetlarni ana shunday razbor qilishva ularni geometrik shakllar yordamida qog`ozda tasvirlash mumkin. 4. Bolalarning «ko`p», «kam», «uzunasiga», «ko`ndalangiga», «qism» va «qatlam», «ikki qismga qirqish»,«to`rt qismga», «teng qismlarga» kabi tushunchalari mustahkamlanadi. 5. Bolalar ranglar uyg`unligini to`g`ri tanlashni o`rganadilar. Ularda estetik did tarbiyalanadi. Geometrik shaklli apilikatsiyalarni ham dekorativ-ornament, predmet, sujetli applikatsiyalarga ajratish mumkin. Bolalar bajaradigan birinchi ish — bu qog`oz bo`lagi, kvadrat, doira, to`g`ri burchak hamda,ovaldan turli geometrik shakllarni yasay olishdir. Bu ishni bajarish uchun o`quvchilar rangli varaqdan bo`lakni qirqib oladilar. Buning uchun ular varaqning har ikkala tomoniga bir xil masofada nuqtalar qo`yadilar va ularni chizg`ich bilan birlashtirib, qog`oz polosasini shu belgilangan chiziq bo`yicha qirqib oladilar. Qirqib olingan qog`oz chetlarini bukish bilan kvadratlar olinadi. Applikatsiya yopishtiriladigan qog`oz ikkiga buklanadi va buklangan joyini silab iz tushiriladi. Qog`ozni ochib, detallar iz bo`ylab yopishtiriladi. Avval kvadrat yopishtiriladi, so`ngra keyingi kvadratdan taxlash yo`li bilan 4 ta kvadrat olinadi va ular ham yopishtiriladi, keyingi kvadratdan uchburchaklar qirqib yopishtiriladi. Navbatdagi darsda o`quvchilar geometrik shakllardan ornament yasashlari mumkin.Bolalar har xil rangdagi 2 ta qog`ozdan 6 ta kvadrat qirqadilar. Ornament yelimlanadigan qog`ozni tayyorlab, o`rtasiga chiziq tushirib kvadratlarni shu chiziq bo`ylab joylashtiradilar. Ish ijodiy bo`lishi mumkin.Logoped doskada kvadratlardan yasalishi mumkin bo`lgan ornamentning bir necha variantlarini ko`rsatadi va o`z ornamentlarini topishni bolalarga havola qiladi. Alalik bolalar bilan applikatsiyalardan foydalanib ularning ichki nutqini to’g’ri konstruksiyalashga erishish mumkin.Ish bosiqchi soddadan murakkabga qarab ketgan bo’lishi lozim ya’ni avval geometrik shakllardan bir so’z bilan ta’riflanadigan narsalar yasalmog’i kerak.Bunda logoped bolaga mustaqillikni berishi kerak. Mashg’ulotlar davomida bolaga o’zi yoqtirgan narsalarni yasash bilan birga u yoqtirgan ranglardan foydalanish kerak. Asta sekinlik bilan bolalarga mavzulashtirilgan applikatsiyalar yasash,ular yasalgan rasmlarga nom berishi,matn tuzishlariga erishish mumkin. Bunda logoped bolaning qiynalgan holatlarida yordam berishi,bolaga tanish mavzularni tanlay olishi,lug’at boyligini oshirishda ijobiy samara beradigan,diqqatini torta oladigan,qiziqishini saqlab qoladigan,umuman ham motorikaga,ham bilish faoliyatining barcha jarayonlarini qamrab oladigan usul bo’lishi lozim. 2.2 Sensor alaliyali bolalar nutq nuqsonlarini bartaraf etishda psixologik o’yinlardan foydalanish Sensor alaliyaning asosiy belgisi bosh miyaning chap yarim yuqori doirasining jarohatlanishi bilan bog'liq, nutq-eshituv analizatori ishining natijasi bo'lgan nutqni tushunishidagi kamchiliklar hisoblanadi. Bu esa nutq qo'zg'atuvchilarni tahlil va tarkibiy buzilishga, predmet va tovushli obraz o'rtasidagi bogliqligining shakllanmasligiga olib keladi. Bola o'ziga qaratilgan nutqni eshitadi, ammo tushunmaydi. Jarangli so'z ta’siri ostida yuzaga keluvchi qo'zg'alish, miya to'qimalarining rivojlanmaganligi sababli boshqa analizatorlarga tarqalmaydi va barcha so'z bilan bog'liq murakkab dinamik strukturaga qo'zg'almaydi. Sensor alaliyada birlamchi nutqiy tovush tahlilini amalga oshiruvchi nutq eshituv analizatorining ildizi (Geyshel halqasi) faoliyatini og‘ir analitik-sintetik buzilishlari kuzatiladi. Bunday bolalarda fonematik idrok shakllanmaydi, fonemalar differensiallashmaydi va so‘z yaxlit idrok eshitilmaydi, akustik, gnostik jarayonlar rivojlanmaydi va nutqiy tovushlarni idrok etish qobiliyati pasaygan bo‘ladi. Sensor alaliya motor alaliyaga nisbatan kam o‘rganilgan. Bu holat ma’lum ma’noda sensor alaliyani amaliyotda juda kam o‘rganish bilan bog‘liq. Sensor alaliyani mustaqil nutq buzilishi sifatida ko‘rinishi haqida hozirgi kunda ham ayrim mualliflar aniq bir fikr ayta olmaydilar. Nutqiy tushunishning yetishmasligi yoki yo‘qligida, eng avvalo, odamning eshitish holati haqida savol tug'iladi. Bir necha marotaba o‘tkazilgan maxsus tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, ko‘pgina hollarda sensor alaliyali bolalarda tonal (jismoniy) eshituvning sezilarsiz pasayishi mavjud, biroq u nutqiy tushunishning rivojlanishini tormozlashi uchun unchalik jiddiy emas. N.N.Traugottning ma’lumotlariga ko‘ra, ma’lum bolalar 6 m uzoqlikda (bu normal eshitishda o‘rtacha balandlikda nutqni idrok etishning me’yoriy darajasi) o‘zlariga qaratilgan nutqni tushunadilar, lekin eshitganlarini ma’nosini tushunmaydilar, bu bolalarda aqliy zaiflik belgilari kuzatilmaydi. Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, sensor alaliyada nutq pasayishining kuzatilishi mumkin, lekin bu nutqiy rivojlanmaganlikda asosiy rol o‘ynamaydi. Yu.A.Florenskayaning ko‘rsatishicha sensor alaliyada (sensor-akustik sindromida) akustik ta’sirlanmaslikning alohida holati va eshituv funksiyasining toliqishi mavjud. Bu eshituv reaksiyalarining turg‘un emasligiga, eshituv differensatsiyalarining hosil bo‘lishidagi qiyinchiliklarga, eshituv analizi va sintezining sifatsizligiga olib keladi. Sensor alaliyada bolalarni eshitish qobiliyatini tekshirish juda murakkabdir. Maxsus elektro akustik apparatida tekshirilganida, eshituvning turg‘un emasligi aniqlangan: bir xil chastotali va balandlikdagi signallargoh idrok qilinadi, goh qilinmaydi. Sensor alaliyada eshituv diqqati va idrokining o‘ziga xos xususiyatlari, ularning sekinlashgani turg'un emasligi eshitish holatini to‘g‘ri baholashga to‘sqinlik qiladi. Ixtiyoriy eshituv diqqatida ham kamchiliklar kuzatiladi: bolalar eshitmaydilar, tez charchaydilar, chalg'iydilar, tovush ohangiga qiziqishni tez yo‘qotadilar va h.k. Audiometrik tekshiruv, qachonki uni bir necha marotaba o‘tkazilsa va bola vaziyatga ko'nikib, vazifalarni to‘g‘ri tushuna boshlasagina birmuncha asosli bo‘ladi. Bolaning eshitish qobiliyati haqida yakuniy xulosalar, faqatgina 8 — 10 tekshirishlardan olingan ma’lumotlar, audiogrammalarni taqqoslash natijasida keltiriladi. Eshituv analizatori tovush o‘tkazish funksiyasining saqlangan holatidabolalarda fazoda tovushni o‘rnini bilish qobiliyatining yo'qligi aniqlanadi, eshituv xotirasining buzilishi, tovush ta’sirlovchilariga loqaydlik kuzatiladi. Tushunish, qiziqish va javob olish uchun murojaat qilingan signal (kattalar nutqi) juda zaif bolib chiqadi. Diqqatning uyg'onmasligi va uning tez toliqishi — yetishmovchilik sur’atidagi o‘ziga xos ko'rinishlardir. N.N.Traugott, S.I. Kaydanova sensor alaliyali bolalarda yuqori chastotali ovozga eshituvning pasayishi va tonal (nutqiy boimagan) hamda nutqiy eshituv buzilishining o‘ziga xosligini ko'rsatadilar: bola uchun yetarli balandlikdagi tovush ta’sirlovchilariga shartli aloqalar hosil boiishi bolalarda qiyinlashgan. Normal rivojlanishida tushunish shundan boshlanadi: idrok qilinayotgan so'zlarni farqlash sodir boiadi, ularni tanish amalga oshadi, bunda nerv aloqalari ishlab chiqiladi. Buning sharofati bilan turli tovush birikmalari so'zda bog'lanadi. Tovushlar so'zda ma’lum tartibda talaffuz qilinadi va idrok qilinadi. Jaranglash va mazmun orasida aloqa o'matiladi, aloqalar tizimi ishlanadi. Ko'ruv, sezgi va boshqa his-tuyg'ular bilan tovushlar kompleksi assotsiatsiyasi asta-sekin yuzaga keladi va mustahkamlanadi. Sensor alaliyada predmet (harakat) va uni ta’riflovchi so'z o'rtasida bog'liqlik shakllanmaydi. Bu holatni tadqiqotchilar tutashuvi akupatiya deb nomlaydilar. Sensor alaliyada eshituvning sifatsizligini tadqiqotchilar bosh miya po'stlog'i to'qimalarining jarohatiangan yoki rivojlanmagan o'choqlarining kattaligi bilan, bola miyasida tor o'choqli xarakterdagi jarohatning yo'qligi bilan tushuntiradilar. Ayrim hollarda sensor alaliyalik bolalar asossiz ravishda kar va zaif eshituvchilar uchun mo'ljallangan maxsus muassasalarga yuboriladilar. N.N. Traugott maxsus maktablarda 200 ta kar o'quvchilarni tekshirib, ularning ichidan 8 ta noto'g'ri tasniflangan sensor alaliyali bolalarni ajratib ko'rsatadi. Sensor alaliyada nutqni tushunishdagi buzilishlar, eshitish pasayishi natijasida kelib chiqadigan kamchiliklardan farq qiladi. Kuzatishlarning ko'rsatishicha, odatda, zaif eshituvchilar idrokida turg'un va doimiy kamchilik kuzatiladi. Sensor buzilishlar esa idrokning turg'un boim agan buzilishlari bilan farqlanadi. Bolalar bir xil balandlikdagi nutqiy signallarni goh eshitadilar, goh eshitmaydilar. Bu bolaning qo'zg'aluvchanligi yoki tormozlanganligidan ruhiy faolligi, atrof-muhit ta’siri, tekshirish paytidagi sharoit, signallarni berish usuli va qator boshqa omillar bilan bog'liq. Miyaning rivojlanmaganligi yoki erta jarohatlanishi yetilmagan miya to'qimalari ish qobiliyatini pasaytiradi. Bunda oliy nerv jarayonlari normal kecholmaydi. Gohida bolalar atrofdagilar nutqini ertalab yaxshiroq idrok etadi — tungi uyqudan so'ng miya po'stlog'i ish funksiyasi yuqori, kechga borib toliquvchanlikning o'sishiga qarab nutqni tushunish yomonlashadi. Boshqa hollarda bolalar nutqni kechki payt yaxshi idrok etadilar, ko‘rinishidan, ertalab torrnozlanish tungi uyqudan so‘ng hali ham o‘z ta’sirini ko‘rsatayotgan bo'ladi, kechga borib esa, mashqlarga qarab idrok birmuncha yaxshilanadi, miya to‘qimalari misoli ishga kirishadi. Sensor alaliyada zaif eshituvchilardan farqli ravishda giperakuziyalar kuzatiladi (giperakuziya — atrofidagilar uchun befarq bo‘lgan tovushlarga sezgirlikning oshishi). Masalan, chakillab tomayotgan suv ovozi, eshik g‘irchillashi va h.k. Zaif eshituvchi bolalar bu signallarni idrok etmaydilar. Toliqish, ta ’sirlanish, psixik buzilish, yuqori nevrozik holatidan tashqari sog’lom odamlar bunday tovushlarni eshitadilar, biroq ularga beparvo qaraydilar, ularga ta’sirlanmaydilar. Sensor alaliyali bolalar bunday tovushlarni keskin idrok qiladi, ularga salbiy reaksiya ko‘rsatadilar:bezovtaladilar, yig'laydilar, quloq va bosh og‘rig‘idan shikoyat qiladilar va h.k.lar. Bu bolada eshituvning saqlanganligi ortiqcha guvoh bo‘ladi va odatlanmagan jaranglashlar gohida miya po’stlog‘ining yetilmagan to‘qimalari uchun haddan tashqari kuchli ta’sirlovchi bo‘lishining ko‘rsatkichidir. Gohida istalgan balandlikdagi notanish tovushlarga sensor alaliyali bolalar butunlay ta ’sirlanmaydilar. Sensor alaliyali bolalar alohida bo‘g‘inlarni, tovush birikmalarini, so‘z va qisqa iboralarni maxsus o‘rgatishsiz spontan takrorlashi mumkin, chunonchi ularni takrorlash turg‘un bo‘lmasa ham. Og‘ir darajadagi eshitishi buzilgan bolalar atrof muhitdan so‘z va iboralarni mustaqil oddiy ololmaydilar. Sensor alaliyada tovushlarga taqlid qilish doimiy emas va ko‘p holda vaziyatga bog‘liq boiadi. Sensor buzilish bolalarning predmet va uning nomi orasidagi aloqani hosil qilolmasligi, ular tomonidan eshitilgan va talaffuz etilgan so'zlarning predmetli nisbati shakllanmaganligi bilan xarakterlanadi. Bolaning passiv lug‘ati turg‘un emas va faol lug‘atdan sezilarli orqada qoladi. Ko'pincha bola istalgan vaziyatda predmetni nomlaydi va faqat tanlangan ma’lum sharoitlarda uning nomini bilib oladi. Eshituvi buzilgan bolalarda maxsus ta ’lim natijasida so‘z va predmet o'rtasidagi aloqa tez o'rnatiladi va bu aloqa turg'undir. Zaif eshituvchi va sensor alaliyali bolalarning ovozi turlichadir. Zaif eshituvchi bolalar ovozi jarangdor emas, ovoz balandligi va ohangi hissiy ma’no kasb etmaydi. Sensor alaliyada esa ovoz me’yorda bo‘lib, tovush va so'zlarni m e’yoriy ohang va modulatsiyaga ko'ra bayon etadilar. Zaif eshituvchi bolalar sensor alaliyali bolalarga nisbatan muloqotga tez kiradilar. Yuqorida keltirilgan va boshqa belgilar bolalardagi nutq buzilishlarni to'g'ri tasniflash imkonini beradi, to'g'ri tashxis esa korreksion tarbiyaviy ta ’sir tizimida samarali metodik vositalarni to 'g 'ri tanlash imkonini beradi. Sensor alaliya sof holda kam uchraydi. Amaliy otda ko'proq ma’lum nutqiy nuqson tarkibida, ikkilamchi nuqson sensor-akustik nutq rivojlanmagan bolalar kuzatiladi. Masalan, dislaliya, rinolaliya va dizartriyada tovushlar talaffuzidagi buzilishlar birlamchi nuqson bo'lib, birlamchi nuqson natijasida ekspressiv nutqda nutqn i tushunish cheklanmaganligi, akustik diqqat, idrokning pasayganligi kuzatiladi. Bu ish bilan bog'liq: motor nutqiy differensatsiyalar kerakli darajada normal yuzaga kelishiga to'sqinlik qiladi. I.P. Pavlov fikricha, bular ikkinchi signal tizim ining (nutqning) bazal kom ponenti hisoblanadi, chunki ular barcha anglanm agan harakatlarni anglanganlar hisobiga o'tkazishni ta’minlaydi. Bu dinamik artikulatsion stereotipni ishlanishiga, to'g'ri nutq malakasini ishlanishiga olib keladi. Motor alaliyada nutq yetishm asligi ikkilam chi xarakterga ega tushunishning pasayishiga olib keladi va shuning uchun ko'p hollarda alaiiyaning sof shakli uchramaydi, balki aralash-motor alaliya sensor kom ponent bilan yoki sensom otor alaliya uchraydi. Tushunishning pasayishi turli nutqiy buzilishlar strukturasida ikkilamchi ko'rinish bo'lishi mumkin. Sensor alaliya va sensor afaziyada birlamchi sensor yetishm ovchilik kuzatiladi, xususan nutq-harakat va nutq -eshituv analizatorlari faoliyatini deyarli chegaralash mumkin emas, shuninguchun buzilishning sof shakllari o'rniga kombinatsiyalashgan holatlar uchraydi. Bola nutqiy va nutqiy bo'lmagan faoliyat holati ustidan sinchiklab o'tkazilgan kuzatishlar va maxsus chuqurlashtirilgan tekshiruvlar nuqson tabiati va xarakterini aniqlashga, nuqson tuzilishida yetakchi kamchilikni aniqlashga (sensor yoki motor sohaning) va korreksion-tarbiyaviy ta’sirning to'g'ri yo'llarini belgilashga yordam beradi. Sensor alaliyada koreksion ta’sir tizimi Sensor alaliyada logopedik ta’sir nutq tarkibining ongli tahlilini tarbiyalash, fonematik idrokni rivojlantirishga, nutq tarkibini tushunishga qaratilgan boiadi. Sensor alaliyali bolalarni o‘qitishda, faoliyatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan, tovush va morfologik tahlilni va nutqning mazmun tomonini shakllantirishga yo‘naltirilgan maxsus usullar qo‘llaniladi. Bunda tushunishning, o‘z nutqining, bilish faoliyatining rivojlanm aganligi darajasi, bola shaxsiyatining umumiy xususiyatlari hisobga olinadi. Bola nutqiy faoliyatining barcha tom onlariga ketma-ket sistemali ta’siri korreksion ishning asosiy tamoyili hisoblanadi. Ish, faqat shifokor tomonidan, MNS faoliyatini normallashtiruvchi, bosh miya po‘stlog‘i to ‘qimalari yetilishini rag‘batlovchi maxsus muolajalar o‘tkazilgandagina samarali boiadi. Korreksion ishlarni boshlashdan avval bola hayotining sharoiti, uni o‘rab turgan muhit, yaqin odamlar, o'yinchoqlari bilan tanishish, qiziqish va imkoniyatlari doirasini aniqlash olib boriladigan ish dasturini va muloqotga kiritish yo‘llarini belgilash kerak. Oilada qo‘llaniluvchi bolaga qaratilgan murojaatlar hajmi va xarakteri aniqlanadi.O‘qituvchi va ota-onalar o‘zgarmaydigan ko'rinishda mashg'ulotda, ham bolaning uydagi kundalik-maishiy xarakterga ega aniq ifodalangan (standartlashgan) ko‘rsatma-istaklar ro'yxatini tuzadilar. Uning nutqsiz xarakterga ega tovushlarga bo‘lgan zehn darajasi, butunlay jimlik va shovqin sharoitlarida aniqlanadi. Dastlab nutqiy muloqot chegaralanadi, bolaning tartibsiz nutqi torm ozlanadi. Ish bolaning nutqiy tartibni tashkil etishdan boshlanadi. Bola uchun dam olish soatlari va kunlari joriy etiladi. Kundalik hayotida ovozli apparatlar olib tashlanadi (televizor, radio va h.k. ). Avaylovchi tovushli rejim yaratiladi, nutqiy va nutqsiz signallar kirishi chegaralanadi. Freshels bola atrofida faqat jimjitlik yaratilmay, balki ko‘ruv ochligi vaziyatini ham yaratishni tavsiya qilgan: rasmlarni, o‘yinchoqlarni ko‘rsatmaslik va h.k. Faqat shunday tinchlantirish asosida ishga kirishish mumkin, bu bolaning tovushlarga zehnliligini oshirishga yordam beradi. Asta-sekin diqqat, idrok holati aniqlanadi, so‘ng ularni rivojlantirish, kengaytirishga qaratilgan ishlar olib boriladi. Ishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: tevarak-atrofidagi tovushlarga, nutqiy tovushlarga nisbatan qiziqish uyg‘otish, ularga taqlid qilishga ehtiyoj, xohish va imkoniyatini rivojlantirish, nutqiy va nutqiy bo‘lmagan tovushlarni farqlash. Bolalarning diqqati va ish qobiliyatini rivojlantirish uchun turli qo‘llanmalardan foydalaniladi:kesma rasmlar, tayoqchalar (hisob tayoqchalaridan geometrik shakllarni yasash), predmetlarni rangi, shakli hajmiga ko‘ra tasniflash. Bolaning yetarlicha uyushganligida, diqqatini to‘play olishida, faoliyatning elementar ko‘rinishlari shakllanganida tovushlarni idrok qilish bo'yicha olib boriladigan ish mumkin hisoblanadi. Ko'ruv taqlidchanligi asosidagi faoliyatni rivojlantirishga diqqat qaratiladi, vazifalar murakkabligi asta-sekin o‘sib boradi. Vazifalarni nutqiy sharhlash olib tashlanadi, chunki rivojlanishning bu bosqichida bola o'ziga qaratilgan nutqni tushunmaydi. Faoliyatni tarbiyalash va uni nazorat qilish asosida, nutqiy faoliyatni yo'naltirilgan shakllanish bo'yicha ish olib boriladi: muloqot ehtiyojini rivojlantirish, uning motivatsion asoslarini rivojlantirish. Bolani nutqda diqqatni jamlashga o'rgatadilar, fonematik idrokni kengaytiradilar va aniqlaydilar. Ovoz chiqaruvchi o'yinchoq va asboblar signalidan foydalaniladi. Bolaning o'yinchoqni qo'lida ushlab turishi, jaranglashida vibratsiyani sezishi foydalidir. Avval u pedagog u yoki bu tovushni qanday keltirib chiqarayotganini kuzatadi, ularni o'zi keltirib chiqarishga urinadi. So'ng logoped imo-ishora bilan bolaga ko'zini yopishni yoki o'girilib turishni taklif qiladi (ovoz chiqaruvchi predmetlarni yashirma, ekran ortiga joylashtirishi mumkin) va bola faqat jarangi bo'yicha mos keluvchi predmetlarni-tovushlar manbasini farqlashi lozim. Ishda chapak chalishdan, oyoqni polga urib tapillatishdan, stolni taqillatishdan foydalanmaslik kerak, chunki bunday hollarda jaranglash idrok qilinmay, tebranish, suyak o'tkazuvchanligidan vibratsiya idrok qilinadi. Asta-sekin tovushlar, shovqinlar qatori murakkablashib boradi va turli xil bo'ladi. Unga yangi tovushlar, avval uzoq va bir-biriga o'xshamaydigan, so'ng nozik akustik ishni talab qiluvchi birm uncha yaqin tovushlar kiritiladi. Bolaning eshituv maydoni shunday kengaytiriladi va yaxshilanadi. Bu ishning muvaffaqiyatiga qarab shovqinli qatorga kuchli nutqiy tovushlar qo‘shiladi (a, r, u va h.k. ), bu predmet yoki hodisa bilan bog’lanadi. Agar bola tez toliqsa chalg‘uvchan, juda ta ’sirchan, notinch bo‘lib qoladi, esnashni boshlaydi, ish o‘zining samarasini yo‘qotadi. Bolaga dam berish yoki faoliyat ko‘rinishini o‘zgartirish lozim. Bunday mashqlar butun ish davomida o‘tkaziladi, biroq har bir mashg‘ulotda akustik yuklamaning qat’iy me’yorini o‘rnatish lozim. Bir mashg‘ulotda bunday mashqlarga bir necha marotaba qaytish maqsadga muvofiqdir, biroq bolaning toliqib qolishiga yo’l qo‘ymasdan bir marotaba juda chegaralangan miqdorda o‘tkazish lozim. Faol eshituv diqqatining hajmi sekin ko'payadi. Bu ish bilan parallel, bolaning faoliyati, ish qobiliyati, xulqini normallashtirishga yo‘naltirilgan tarbiyaviy ta’sir davom ettiriladi: uni to‘g‘ri o'tirishga, ko'rishga, nusxa olishga, nutqsiz ko'rsatmalarga bo'ysunishga, bajargan ishiga pedagogning reaksiyasini (ma’qulladi yoki ma’qullamadi) hisobga olishga, boshlangan ishni oxiriga yetkazishga va shu kabilarga o'rgatadilar. Akustik diqqat va idrok, xotirani, predmetli amaliy faoliyatni, quntlilikning rivojlanishiga qarab yaxshilanadi. Bola tomonidan o'zlashtirilayotgan, nutqiy bo‘lmagan tovushlardan ajratilayotgan, farqlanayotgan har bir tovush ma’lum aniq vaziyat, harakat, rasm , predmet bilan bog‘lanib, uning belgisiga aylanadi. Ishning boshlang‘ich bosqichlarida predmet va ovoz o‘rtasida shartli boglanishni shakllantirish maqsadida ekvivalent so‘zlar, tovush majmuyi ishlab chiqiladi (r — samolyot ovozi, irilayotgan it, mo‘ — sigir va h.k. ). Ma’lum miqdordagi tovushlarning differensiatsiyasidan so‘ng, aniq predmet yoki harakat bilan bog‘liq bo‘g‘inlarni farqlashga o‘tiladi. Ikkita unli, unli va undosh tovushlarning birga kelishiga ko‘ra bo‘g‘inlar tanlanadi-ua, au,am, so, ochiq bo‘g‘inlar ma, pa, na, ta va h.k. Bola so‘zlarni farqlashga qaratilgan mashg‘ulotlarda avval bir-birida m a’nosi, aytilishi jarangdorligiga ko‘ra keskin farq qiladigan so‘zlar tanlanadi. Bola idrok etayotgan har bir so‘z harakat, ko'ruv , taktil ravishda mustahkamlanadi. Ko‘rish, oynali nazorat, yuzdan o‘qish keng qo'llaniladi. Bola idrok qiluvchi birinchi so'zlar o ‘zgarmas ohang bilan talaffuz qilinadi. Alohida ohang va unga tayanish bolaga muloqotda mo‘ljal ola bilishga yordam beradi, nutqga ohang berish bolaga qilingan murojaat mazmunini aniqlashda yetakchi tayanch hisoblanadi. Passiv lug‘atni to'plash ustida rejali ish olib boriladi, bir vaqtning o‘zida o‘z nutqi rivojlantiriladi. Nomi bo‘yicha bola rasmlarni ko‘rsatadi, harakatlarni bajarishni ko‘rsatib beradi. Harakatlar kompleksi o‘rganiladi. Bola asta-sekin avval pedagogning nutqiy nazorati ostida o‘rgangan tartibi bo'yicha bajaradi, so‘ng ayrim-ayrim, har yeriga odatlanadi: "qo‘lni ko‘tar, yonga,pastga” Hissiy-o‘yin jarayoni davomida tovushlarga qiziqish tarbiyalanadi. Bola bu jarayon davomida tovush tabiatini aniqlash, tovush kelayotgan joyni aniqlash, berkitilgan ovozli o‘yinchoqni topish, tovush signalini kuchi, davomiyligini aniqlashga, ma’lum tovushlarga nisbatan reaksiya ko‘rsatishga o'rganib boradi. Alalik bolalar bilan olib borilayotgan korreksion ishda bolalarning psixologik holatini o’rganish,ularga ta’sir ko’rsata olish,psixik tomonlarini ijobiylashtirish maqsadida turli psixologik o’yinlarni qo’llash muhim.Shulardan eng keng tarqalganlarini ko’rib chiqishimiz mumkin. -Bu psixologik o’yinlarning alalik bolalarning hissiy holatini aniqlash va baholashga, shuningdek, boshqa odamlarning hissiy holatiga munosib javob berishga o'rgatish; -"Kayfiyat" tushunchasini birlashtirish; -Bolalarni o'zlarining xatti-harakatlari va hissiy holatini ongli ravishda tartibga solishga o'rgatish, bolalarni holatini tuzatishning turli usullari bilan tanishtirish; -O'z-o'zidan dam olish, psixomuskulyar zo'riqishni olib tashlash texnikasini o'rgatish. -O'zining hissiy holatiga nisbatan o'zini boshqarish va o'zini tartibga solishni rivojlantirish; -Bolalarning o'zlarini o'rganishga bo'lgan qiziqishini rivojlantirish; -Aloqa ko'nikmalarini va tegishli baholash faoliyatini rivojlantirish; -Dam olish ko'nikmalarini rivojlantirish; -Interhemisferik shovqinni, ongni rivojlantirish. Bundan tashqari ta’limiy maqsadlarini ham qo’shib ketsak: -O'ziga va atrofdagi dunyoga ijobiy munosabatni rivojlantirish; -Ijtimoiy qobiliyatni oshirish; -Ijobiy hissiy munosabatni yaratish; -Bolalar jamoaning birligini targ'ib qilish. "Rangli kayfiyat" o'yini Maqsad: hissiy holatni, kayfiyatni kuzatish. Bir, ikki, uch, to'rt, besh - biz o'ynay boshlaymiz! O‘yinda bolalarning kayfiyatlari ko‘ratilish uchun ranglar bilan ishlash va ularni buyyashga o‘rgatiladi. Bolalar gurux bo‘lib ishlashadi va aylana, doira, barglar bilan ishlashda ularni rangini topishda qo‘l matorikasi rivojlantirladi. Berilgan predmetlarni biz ularni aylana shaklida joylashtiramiz. Natijada sakkiz rangli gul - kayfiyat tayyorlanadi. Har bir gulbarglarni buyaladi va buyalgan rangli kuyfiyatlar asosida musiqali ritmika asosida uyin o‘yinatila shu asosda bolalarning tabiatga bo‘lgan qiziqishlari rivojlantiriladi: qizil - quvnoq, faol kayfiyat - Men sakrashni, yugurishni, ochiq o'yin o'ynashni xohlayman; sariq - quvnoq kayfiyat - Men hamma narsadan zavqlanishni xohlayman; yashil rangda - ochiq kayfiyat - Boshqa bolalar bilan do'st bo'lishni xohlash, ular bilan suhbatlashish va o'ynash; ko'k - xotirjam kayfiyat -Men xotirjam o'ynashni, tinglashni xohlayman qiziqarli kitob, derazadan qarang; to'q qizil- Men kayfiyatimni tushunishim qiyin, va juda yaxshi emas va juda yomon emas; kulrang - zerikarli kayfiyat - Men nima qilishni bilmayman; jigarrang - g'azablangan kayfiyat - Men g'azablandim, xafa bo'ldim; qora - qayg'uli kayfiyat - Xafa bo'ldim, xafa bo'ldim. Biz to'pni aylana shaklida yuboramiz va har biringiz hozir uning kayfiyati qanday rangda ekanligini aytasiz. Men boshlayman va siz davom etasiz. "Quvnoq qo'shiq" o'yini Maqsad: ijobiy munosabat, birlik tuyg'usini rivojlantirish Mening qo'limda to'p bor. Endi men barmog'im bilan ipni bog'lab, to'pni o'ngdagi qo'shnimga, Dima beraman va uni ko'rganimdan xursand bo'lganim haqida qo'shiq kuylayman - "Dima guruhda ekanligidan juda xursandman ...". To'pni qabul qilgan har bir kishi ipni barmog'iga o'raydi va uni o'ng tomonda o'tirgan keyingi bolaga uzatadi va biz (qo'llarida ip bor har bir kishi) unga quvnoq qo'shiq aytamiz. Va shunday qilib, to'p menga qaytgunga qadar. Yaxshi! To'p menga qaytib keldi, u aylanada yugurdi va barchamizni bog'ladi. Do'stligimiz yanada mustahkamlanib, kayfiyatimiz yaxshilandi. “Raqs terapiyasi” Maqsad: hissiy holatni musiqiy vositalar yordamida o'zgartirish, hissiy yengillik, bolalarni yaqinlashtirish, e'tiborni rivojlantirish, interhemisferik o'zaro ta'sir. Musiqiy harakatlar kayfiyatni ko'taradi. Yuragimizni yo'qotadigan vaqtimiz yo'q - birga raqsga tushamiz. Xor chalinganda, biz bir doira ichida birga yuramiz va oyatning ohangini eshitganimizda, tezda o'zimizni bir juft topamiz va ikkalamiz bir-birimizni kaftlarimizga (ikkala qo'limiz bilan, o'ng va chap qo'limiz bilan navbatma-navbat) qarsak chalamiz. "Birgalikda birga yurish" qo'shig'i yangraydi (musiqasi V. Shainskiy, musiqasi M. Matusovskiy). Bolalar aylana hosil qilishadi, so'ngra o'z-o'zidan juftlashadi va musiqaga raqsga tushishadi. “ Yengillik mashqlari” Maqsad: o'zini o'zi tartibga solish, psixo-emotsional stressni engillashtirish usullarini o'rgatish. Yengillik quvnoq kayfiyatda yordam beradi. Qulay o'tir. Cho‘zilib dam oling. Ko'zlaringizni yuming, boshingizni silang va o'zingizga: "Men juda yaxshiman" yoki "Men juda yaxshiman" deb ayting. Ajoyib quyoshli tongni tasavvur qiling. Siz tinch, go'zal ko'l yaqinidasiz. Nafasingizni zo'rg'a eshitasiz. Inhale, nafas olish. Quyosh porlayapti va siz o'zingizni yaxshiroq va yaxshiroq his qilyapsiz. Siz quyosh nurlari sizni iliqligini his qilasiz. Siz mutlaqo xotirjamsiz. Quyosh porlayapti, havo toza va shaffof. Siz butun vujudingiz bilan quyoshning iliqligini his qilasiz. Siz tinch va harakatsizsiz. Siz o'zingizni xotirjam va baxtli his qilasiz. Siz tinchlik va quyosh nuridan zavqlanasiz. Siz dam olmoqdasiz ... Inhale, exhale. Endi ko'zingizni oching. Uzatildi, jilmayib, uyg'ondi. Siz yaxshi dam oldingiz, quvnoq va quvnoq kayfiyatdasiz va yoqimli his-tuyg'ular kun davomida sizni tark etmaydi. "Ajoyib yurt" art-terapiya mashg'uloti Maqsad: qo'shma vizual harakatlar, bolalar jamoasini birlashtirish orqali histuyg'ularni ifodalash. Endi birga yig'ilamiz Keling, ajoyib qirrani chizamiz. Bolalarga to'g'ridan-to'g'ri polga yoyilgan katta qog'oz varag'ida qo'shma rasm chizish tavsiya etiladi. Rasmning mavzusi "Ajoyib yer". Varaqda dastlabki tafsilotlar va kichik chiziqlar chizilgan. Bolalar tugallanmagan rasmlarni bo'yashni tugatadilar, ularni hech narsaga o'zgartiradilar. Birgalikda rasm chizish tabiat tovushlari bilan birga keladi. "Quruq dush" mashqi Maqsad: ijobiy munosabatni yaratish va saqlash. Biz bilan bo'lishish juda achinarli Ammo xayrlashish vaqti keldi. Ko'ngilni yo'qotmaslik uchun Quruq dush olish kerak. Bolalarga quruq dushdan o'tish tavsiya etiladi. Ko'p rangli oqimlar yuzingizga va qo'llaringizga tegayotganini his eting. Barcha qayg'u, xafagarchilik, zerikish va qayg'u ortda qoldi. Va sizga jonlilik, faollik, quvonch ayblangan. Ajoyib mamlakatda to'plangan yaxshi kayfiyat zaryadi sizda uzoq vaqt saqlanib qoladi. Taqdim etilgan o'yinlar va mashqlar turli xil jismoniy darajadagi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun qiziqarli va qulaydir.Shuning uchun ham hozirgi kunda alalik bolalar uchun qo’llanilib kelinayotgan psixologik-pedagogik korreksion metodlar aynan bolalar nutqiy nuqsoniga emas,balki barcha faoliyat jarayonlarini qamrab olgan holda joriy etilgan.Albatta bularni qo’llay bilish logopedning malaka va mahoratiga bog’liq. Xulosa Xulosa qilib aytganda, alalik bolalarning ba’zilarida jismoniy va aqliy rivojlanishi ham sekinlashadi. Bu hol ularni boshqa kamchiliklar bor bolalardan ajratib olishda qiyinchiliklami tug‘diradi. Alalik bolalarda aqliy va boshqa kamchiliklar ikkilamchi hodisa sifatida vujudga keladi. Bordi-yu, alaliya barxam topib, nutq tiklanadigan bo‘lsa, ulardagi ikkilamchi hodisalar kamayadi yoki batamom yo‘qolib ketadi. Maktabgacha yoshdagi alalik bolalarga maxsus nutq bog‘chalarida o'z vaqtida to'g'ri yordam berib, tegishli chorafar ko'rilsa, ular ommaviy maktabning birinchi sinfidan boshlab dastur materiallarini o‘zlashtirishi va keyinchalik oliyo'quv yurtlarida ham o'qishini davom ettirishlari mumkin. Gapira olmaslik serjaxillikka, odamlarga aralashmaslik, parishonxotirlikka, ruhan qiynalish va boshqa noxush fazilatlarning kelib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin. Alalik bola gapirishni istamaydi, bunga qiziqmaydi. O 'z istaklarini bildirishda imo-ishoralardan keng foydalanadi, 4-5 yashar bola 1-2 yashar bolaga o'xshab, so'zlami chala, o'zgacha, qisqartirib talaffuz etadi (ashsha, umma, bi-bi) undovlari keng ishlatiladi. Ayrim alalik bolalar bildirmaydi, tovush va tovush birikmalarini ongsiz suratda avtomatik ravishda talaffuz etadi, exilogiya (aks sado nutqi) kuzatiladi, ularning lug'ati nihoyatda kambag'al, agrammatik bo'ladi.. Alalik bolalarning butun nutq sistemasi, ya’ni barcha tomonlari:fonetik-fonematik, leksik va grammatik komponentlari rivojlanmagan bo'ladi. Logopediya fanidan alaliyaning turli hil klassifikatsiyalari mavjud A.Libman, R.YE.Levina V.K.Orifnskaya, V.A.Kovshikov va boshqalar). Shartli ravishda alaliyaning motor va sensor turga bo'linishi mumkin. Biroq alaliyaning sof holdagi bir turi amaliyotda kamdan-kani kuzatiladi. Motor - sensor yoki senso-motor turlari ko'proq uchrab turadi. Motor alaliyada nutq a’zolarini harakatga keltiruvchi analizator jarohatlanganligi tufayli bola o'zi gapira olmaydi, lekin atrofdagilar nutqini eshitadi va tushunadi. Sensor alaliyada esa nutqini idrok etish analizatorlarining faoliyati buzulganligi tufayli, bolaning nutq apparati yaxshi rivojlangan bo‘lsa harn, u gapirmaydi. Kar-soqov bolalarning fiziologik eshituv layoqati rivojlanmaganligi tufayli ular nutqdan boshqa tovushlarni ham eshitmaydilar, ularning ovozi yo‘q yoki nihoyatda past boladi. Alalik bolalarda esa ovoz kuchli bolib, ular imo-ishora qilganlarida ma’lum tovush yoki tovush birikmalarini jarangli ovoz bilan aytadilar. Kar-soqov bolalarning qulog‘idagi, jumladan quloq ichida joylashgan vestibulyator apparatidagi nuqsonlar ularning umumiy yurish-turishi, qadam tashlashiga ta’sir etsa, alalik bolalarda bunday kamchiliklar kuzatilmaydi.Qulog‘i og‘ir bolalar ovozlami umuman eshitmaydigan yoki kam eshitadigan bo'lsa, alalik bolalar nutqda tashqari tovushlarni yaxshi eshitadi. Alalikning ovoz jaranglangan, tiniq, qulog'i og'ir bolalarning ovozi esa jarangsiz, kuchsiz bo'ladi. Alalik ko'p hollarda umuman gapirmaydi, qulog'i og'ir bola esa o'z faoliyatida nutqdan foydalanadi. Albatta qulog'i og'ir bola nutqi o'zgacha grammatik qoidalarga to'g'ri kelmaydigan, ko'p xatoli bo'lsa ham, bola o'z fikrini nutq orqali bayon etishga harakat qiladi. Alalik bolalar oligofren bolalardan o'zining ongi, idrokligi bilan ajralib turadi. Ular o'zini atrof-muhitga muvofiqlashtirib, mos ravishda, ya’ni adekvat tutsalar, oligofren soqov bolalar nihoyatda og'ir, ongsiz bo'ladi. Alaliyani og'ir asabiy-ruhiy shikastlanishlar natijasida paydo bo‘lgan vaqtincha saqovlik - mutizimdan ham ajrata bilish kerak.Qattiq qo'rqish, hayajonlanish natijasida bola 3-4 kun gapirmasligi mumkin. Biroq bu hol vaqtincha bo'lib, keyinchalik bola yana gapirib ketadi. Ayrim karsoqov ota-onalarining kichik yoshdagi bolalarida kuzatiladigan soqovlik xam alaliyadan keskin farq qiladi. Ijtimoiy-psixologik sabablardan kelib chiqqan soqovlik isterik bolalarda nutq negativizm tufayli, ya’ni gapirishni hoxlamaslikka aloqador bo'ladi. Bunday bolalar o'ziga yoqqan kishilarga gapiradi, yoqmagan kishilarga esa mutlaqo gapirmaydi. Bularni ham alalik bolalardan ajrata olish kerak.Artikuliyatsion a’zolardagi qo’pol o‘zgarishlar ham, masalan til, lab falaji soqovlikka sabab bo'lishi mumkin. Yuqorida ko‘rsatilib o‘tilgan nuqsonlami iloji boricha barvaqt ajratib, bolalarni tegishli maxsus muassasalarda ta’lim — tarbiya olishini ta’minlash nihoyatda muhim. Afsuski, hozirgi kunda hali ham ayrim alalik bolalar maxsus nutq bog'chalari, maktablarga yuborilmasdan, balka aqli zaif bolalar uchun, qulog'i og‘ir, kar-soqov bolalar maktablari va bog'chalariga tushib qolmoqdalar. V.K.Orfinskaya, L.V.Melexovalarning fikricha, korreksion ishlarini bola 3-4 yoshga to‘lganda boshlash maqsadga muvofiqdir, chunki bu yoshda bolaning qiziqishi, aktivligi, ishlash uchun zarur bo'lgan onglilik, ish qobiliyati, o‘z kamchiliklarini seza olish kabi faziliyatlari rivojlangan bo'ladi. Izchillik bilan olib boriladigan kompleks korreksion ishlar alalik bolada nutqiy faoliyat mexanizmlarini tarkib topishi, nutqiy kommunikatsiya, ya’ni aloqa bog‘lash va fikr yuritish vositasi sifatida shakillantirib borishga qaratiladi. Logopedik ishlar alalikning lug‘at boyligini oshirish, nutqning grammatik tomonini shakllantirish, tovushlar talafuzidagi nuqsonlami bartaraf etish, so‘z va gaplarni tuzishga o'rgatish, fonematik o‘quvini rivojlantirish, yozma nutqni o‘zlashtirishga tayyorlashni ko‘zda tutadi. 3-4 yil mobaynida muntazam olib boriladigan kompleks korreksion ishlar, ko‘p hollarda bolaning umumiy, aqliy, nutqiy rivojlanishini bir qadar ta’minlash va alaliyani to‘liq bartaraf etib, bolaning ommaviy maktab dasturlarini o‘zlashtira olishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratish mumkin. Sensor alaliyani butunlay bartaraf etish imkoniyati tadqiqotchilarni ikkilantiradi. Kechishi yetarli aniqlanmagan, u bir qator omillarga bog'liq: eshituv sezgirligining holati, o'tkazilgan davolash vaqti va xarakteri, korreksion-tarbiyaviy ta ’sir, bolaning yoshi va aqliy rivojlanishi va h.k. Buzilishning ko'p turliligi kuzatiladi, xususan, ko'p hollarda tushunish va shaxsiy nutqning ilgari rivojlanishi kuzatilsa ham, kechishi haqida ishonch bilan gapirish qiyin. Ishning dastlabki bosqichlarida va birmuncha og'ir hollarda, bola bilan uzoq sistemali ish olib borish natijasida ishda muvaffaqiyatga erishiladi. Ish ko'pincha, yakka, ayrim hollarda bolalarga faol nutqiy amaliyotni tashkil qilish kerak bo'lganda kichik guruhlar tuzib olib boriladi. Maxsuslashtirilgan statsionar sharoitidagi korreksion ishda nuqsonning qisman kompensatsiyalanishi tezroq amalga oshadi. Bunday bolalar bilan ishlash murakkab, turli holatlarda turli natijalar beradi. A.G.Ippolitova fikricha, bolaning butunlay nutqsizligi va tushunmasligining eng og'ir hollarida, ishning dastlabki 3-4 oyida 8-10 ta so'zni tushunishga erishish mumkin, biroq 2-4 tagina so'z faol lug'atida paydo bo'ladi. Agar natija kam bo'lsa, ishlash maqsadga muvofiqmi degan savol tug'iladi. Biroq M.Ye.Xvatsev ish ahamiyatini ta’kidlay turib shunday deydi: "Tushunmaydigan va gapirmaydigan bola uchun 1—2 ta so'z, normal rivojlanuvchi bola uchun 1000 ta so'zdek ko'pdir". Sensor alaliyali bolalar alohida muassasalarida kam , ular bilan kontaktga kirishish qiyin, xulqi o'ziga xos, intellekti qoida bo'yicha pasaygan. Shunga bog'liq ish tempi sekinlashgan, pauzalar uzoq davomli, mashg'ulotlar muddati bola holatiga bog'liq ravishda turli xildir — 3-5 daqiqadan 20-30 daqiqagacha, kuniga 2-3 marta, maxsuslashgan statsionar va maxsus bolalar bog'chasida, keyinchalik ambulator ishda 20-30 daqiqa shug'ullanadi.Qo'shimcha har kungi mustahkamlovchi uy ishi bilan birga.Sensor alaliyali bolalarning ayrimlari og‘ir nutq nuqsonlariga bolalar uchun mo’ljallangan nutq maktablarida yoki yordamchi maktablarida (logoped bilan shug‘ullaniladi) o‘qitiladilar. Sensor alaliyani tashxis qilish murakkab bo’lib , ko‘p hollarda taxminiy tashxis qo‘yiladi. Sensor alaliyali bolalarni yanada o'rganish va ular bilan korreksion tarbiyaviy ishning yaxlit, bir butun tizimini yaratish -logopediya nazariyasi va amaliyotining dolzarb muammosidir. Har bir nutq nuqsonini bartaraf etish uchun kirishganlogoped eng avvalo bir narsani yoddan chiqarmasligi lozim.Albatta,siz natijaga erishasiz,faqatgina logopedning eng birinchi bo’lgan burchi-Bolalarni sevish.Alalik bolalar bilan ham qachonki do’stona aloqa o’rnata olsangiz,boladan siz vohlagandek natijaga erishishingiz mumkin.Biz keltirib o’tgan usullar mashg’ulotlar davomida qo’llash uchun kichik qo’llanma.Biroq, Logoped shaxsi o’z malakalaridan kelib chiqib korreksion-logopedik ishlarni rejalashtirsa,aytib o’tilgan vazifalarni e’tiborga olsa,pedagogik-psixologik mahoratga ega bo’lsa olib borilishi kerak bo’lgan mahg’ulotlar dabomida o’zining ilg’or g’oyalari asosida optimistik xususiyatga erishadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Oʼzbekiston XXI asr boʼsagʼasida (havfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyoti kafolotlari). Oʼzbekiston 3. Oʼzbekiston Respublikasining «Taʼlim toʼgʼrisida»gi qonuni. T., 2020 4. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 15 fevraldagi «Sogʼlom avlod» dasturi toʼgʼrisidagi 46 sonli qaroriga asosan Xalq taʼlimi vazirligining 2000-2005 yillarga moʼljallangan «Sogʼlom avlod» kompleks tadbirlari dasturi. Maʼrifat gazetasi 23 fevral 2000 yil 16 son. 5. N.Rajabov. Mutaxassislikka kirish. Oʼqituvchi, T. 6. A.Abduazimov, F.Abdullaeva, D.ASadullaeva, I.Tojiev, A.SHojalilov. Oʼqituvchilik ixtiSoSligiga kirish. Oʼqituvchi 7. Л.И.Рувинский, В.А.Канкалик, Д.М.Гришини др. Введение в Спетсиалност. Москва, Просвещение, 8. В.А.Лапшин, Б.П.Пузанов. Основы дефектологии. М. 9. Т.А.Власова, М.С.Певзнер. Камол топишда камчиликлари боʼлган болалар ҳақида.Т., Оʼқитувчи 10. Logopediya.M.Y. Ayupova; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta ’lim vazirligi. — Т.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 11. L.R.Muminova, M.T.Јaxramonova. Logopediya terminlarining ruscha- oʼzbekcha izohli lugʼati. T., Oʼqituvchi 12. V.S.Raxmanova. Defektologiya va logopediya asoslari. T. 13. Salamanskaya deklaratsiya. – Ispaniya 14. Inklyuziv taʼlim Tuve Djonson Mejrigeonalnaya programma po obucheniyu invalidov (Opereyshin Mersi)Vsemirnыy forum po obrozovaniyu Zaklyuchitelnыy doklad Nyuyork 15. Bola huquqlari toʼgʼrisida konventsiya. - Oʼzbekiston bolalar jamgʼarmasi. 16. T. A. Vlasova, M.S.Pevzner. Kamol topishda kamchiliklari boʼlgan bolalar haqida. T., "Oʼqituvchi" 16. Defektologicheskiy Slovar. APN SSSR, NIID, Pedagogika 17. G. N. Kobernik, V. N. Sinev. Vvedenie v Spetsialnost defektologiya. Kiev. Glavnoe izdatelstvo obʼedineniya Vыsshaya shkola 18. K.K.Mamedov, Ђ.B SHoumarov, V.P.Podobed Ruhiy rivojlanishi sustalashgan bolalar haqida T. 19. V.S.Raxmanova Defektologiya va logopediya asoslari. T. 20. Ђ.B.SHoumarov va boshqalar. 1001 Savolga psixologning 1001 javobi. T., “Mehnat” 21. Shilkova Ye.A. Applikatsiya. M.: Ripol Klassik. 22. Petrova I.M. Ob’yomnaya applikatsiya. S.-Pbg.: “Detstvo-press”. 23. 7. Shaxova N.V. Xudojestvennaya applikatsiya i uzorы iz bumagi. M.: Ripol klassik. 24. Mititello K. Applikatsiya. Texnika i iskusstvo. M.: Eksmo 25. Xomenko V., Nikityuk G. Applikatsiya, kartinы i panno iz prirodnыx materialov. Xarkov-Belgorod, izd-vo «Krug semeynogo dosuga» 26. Ro’ziyev E.I. Applikatsiya turlari va ulardan mehnat ta’limi hamda to`garak mashg`ulotlarida foydalanish metodikasi. “Pedagogik tadqiqotlar” 27. Ro`ziev E.I. Xudoyberganov A.N. Badiiy loyihalash (san’at gimnaziyalari, litseylari va o`rta maktablar uchun metodik qo`llanma). Urganch 28. Sokolnikova N.M. Izobrazitelnole iskusstvo i metodika yego prepodavaniya v nachalnoy shkole. M.: Izdatelskiy sentr “Akademiya”, 29. Logopediya: darslik/ M.Y. Ayupova; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. — T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti 30. Raxmanova V.S. Korreksion pedagogika va logopediya. Oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘llanma / O’bekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi. - T : « IQTISOD MOLIYA» 31.Mavzuga oid videoli mashg’ulotlar ko’rish uchun havola: https://www.youtube.com/watch?v=qPkOF8xpxDM https://www.youtube.com/watch?v=8_gkGMjXwE8 https://www.youtube.com/watch?v=rlI6MDa1U-o