Загрузил Muhriddin Tohirov

qirqbògimlarning ahamiyati 2

реклама
www.arxiv.uz
Reja:
1. Qirqbo`g`imlilarni o`ziga xos belgilari, ularning kelib chiqishi va
tarqalishi.
2. Bo`limning tasnifoti va ularning asosiy vakillari.
3. Ahamiyati.
www.arxiv.uz
1. Bu bo`lim vakillari poyasining to`g`ri tartib bilan bo`g`im va bo`g`im
oralig`iga bo`linishi bilan boshqa yuksak sporali o`simliklardan farq qiladi.
Ularning bo`g`imlarida mayda barglar xalqasimon yoki mutovqasimon bo`lib,
joylashgan. Bularda poyadan chiqqan shoxlar ham xuddi barglar kabi
mutovqasimon joylashib, ular ham o`z navbatida bo`g`imlarga bo`lingan. Poyani
tashqi tomoni serqirrali bo`lib, bu serqirralilik ichki tomonga ham ta`sir kiladi.
Yana xarakterli belgilaridan, bularning sporofillari butunlay vegetativ barg
vazifasini bajarishdan voz kechgan. Ular faqat spora hosil kilish bilan
chegaralanadi, bu jixatdan plaunsimonlarning sporofillaridan farq qiladi. Shuning
uchun xam bularni sporofillarini sporangiyaforlar deb ataladi. Bo`lim turlari
Poleozoy erasining Toshko`mir davrida keng tarqalgan va rivojlangan. Ularni
daraxt, buta shakildagilari yuqolib ketib, bizning davrimizgacha etib kelgan emas,
faqat keyinroq paydo bulgan, ko`p yillik o`to`simliklargina bizgacha etib kelgan.
QYrqbo`gimlilarni hozirgi davrda 30 ga yaqin turi ma`lum. Ular dunyoning
Avstraliya va Yangi Zellandiya orollaridan tashqari barcha erlarda uchraydi. O'rta
Osiyoda 6 turi uchraydi.
QYrqbug`imlilar kelib chiqishiga kura Riniofitlarga borib taqaladi. Chunki
ularda ham mayda barglilik kuzatiladi (Mikrofilliya). evalyutsion nuqtai nazardan
bu bo`lim ham tupik hisoblanadi.
2. Bu bo`lim 3 sinfga bo`linadi:
1. Gieniyasimonlar sinfi - Hyeniopsida
2. Ponabargsimonlar sinfi Sphenophylopsida;
3. QYrqbug`im simonlar sinfi – Egvisetopsida;
1.Gieniyasimonlar sinfi. Bu sinf vakillari to`lig`icha yuqolib ketgan, devon
davrida yashagan, bo`yi 70-90 smga etadigan buta o`simlaklar bo`lgan. Sinf ikkita
oilaga bo`linadi:
1. Gieniyadoshlar- Hyeniaceae
2. Kalomofitondoshlar – Calamophytaceae
Gieniyadoshlar oilasining vakillaridan biri Gieniya (Hyenia). Bu o`simlikning
shoxlari dixatomik ravishda shoxlangan. Barglari ham 2-3 karrali dixotomik
www.arxiv.uz
shoxlangan. Yuqori shoxdagi barglari xalqasimon, pastdagilari esa ketma-ket
joylashgan. Sporangiylari shoxlarning uchlarida 2-3 tadan birikib, ular egilgan
holatda bo`ladi.
2. Kalomofitondoshlar oilasiga Kalamafiton (Calamophyton) kiradi. Bu
o`simlik ham Gieniyaga o`xshash, undan farqi, tanasi aniq bo`g`imlarga
bo`linmaganligi va bargining bir qarrali dixotomik shoxlanganligi bilan farq qiladi.
Sporangiyalari faqat ikkitadan bo`lib joylashgan.
2.Panabargsimonlar sinfi. Bu sinf o`simliklari ham Poleozoy erasining Devon
davridan to Mezoydoy erasining trias davrigacha yashagan, hozirda qirilib yo`qolib
ketgan o`simliklardir. Ponabarglilar sinfining oilalaridan biri ponabargdoshlar
(Sphenophyllaceae).
Uning
muhim
turkumi
ponabarg
(Sphenophyllum)
hisoblanadi. Bu o`simlikni poyasi uzun, ingichka (nozik), bo`g`im va bo`g`im
oraliklarga bo`lingan. Bo`g`imlarida ponasimon barglar xalkasimon bo`lib
joylashgan. Poyasi ingichka bo`lganligidan boshqa daraxt o`simliklaridan tayanch
topgan. Poyasida kambiy xalqasi mavjud. Shuning uchun ikkilamchi tartibda
qalinlasha olgan. Sporalar yordamida ko`paygan. Sporalari spora hosil qiluvchi
boshoqchalarda vujudga kelgan.
3. QYrqbo`g`imsimonlar sinfi. Bu sinf vakillari poyasining rosmana bo`g`im
va bo`g`im oraliqlariga bo`linganligi bilan xarakterlanadi. Bu sinf ikkita qabilaga
bo`linadi.
1.
Kalamitnamolar qabilasi – Calamitalis
2.
QYrqbo`g`imnamolar qabilasi - Eqvisetales
1. Kalamitnamolar qabilasiga mansub o`simliklar hozirgi davrida yo`qolib
ketgan, Poleozoy erasining Devon, toshko`mir davrlarida yashagan o`simliklar
hisoblanadi. Bularning bo`yi 30-40 metrga etadigan daraxtlar bo`lgan. Shoxlari
yirik va mayda bo`lib, mayda shoxlarida, barglar xalqasimon bo`lib joylashgan.
Poyasida kambiy ma`lum darajada rivojlangan.
2. QYrqbo`g`imnamolar qabilasiga hozirgi davrda yashayotgan ko`p yillik o`t
o`simliklar kiradi. Bu qabila bitta oila- qirqbo`g`imdoshlar (Eqvisetaceae), bitta
turkum qirqbo`g`im (Eqvisetum), turkum esa 30 ga yaqin turdan iborat. Ulardan
www.arxiv.uz
keng tarqalgani dala qirqbo`g`imi (Eqvisetum arvense). Bu o`simlik bizning
sharoitimizda cho`l mintaqasidan to tog`gacha bo`lgan erlarda, buloq, ariq, ko`l va
daryo bo`ylarida o`sadi. Bo`yi 20-35 (100 sm). Dala qirqbo`g`imi 2 xil novda hosil
qiladi. Bahorgi (generativ) novda– qo`ng`ir rangda va yozgi–o`suvchi (vegetativ)
novda–yashil rangda bo`ladi. Bahorgi novdadagi barglar reduktsiyaga uchragan.
Novdaning uchki qismida spora hosil qiluvchi boshoqlar hosil bo`ladi. Boshoqlar
sporangiyaforlardan tashkil topgan. Sporangiyaforlar 3 qismdan iborat: a) olti
qirrali qalqon, b) oyoqcha, v) 8-10ta sporangiylar. Sporangiylar ichida shakl
jihatdan teng bo`lgan elaterali sporalar hosil bo`ladi. Sporalar 3 qavatdan tuzilgan:
a) ichki (itina), b) o`rta (ekzina), v) tashqi (perina). Sporalar etilib tashqariga
sochilishdan oldin, tashqi perina qavatdan qoshiksimon ipcha-o`simta (elatera)
o`sib chiqadi. Uning vazifasi sporalarni sochilib turushiga yordam beradi. Sporasi
tashqi morfologiyasi bo`yicha bir xil bo`lsa ham, ichki fiziologiyasi va
bioximiyoviy tarkibi jihatdan har-xil. Shu sababdan yangi rivojlangan gametofit
ayrim jinsli bo`ladi.
3. Ahamiyati: Dala qirqbo`g`imi dorivor o`simlik sifatida xalq tabobatida
ko`p ishlatiladi. Uning poyasi tarkibida ekvizetonin, saponin, nikot alkaloidlar,
kislotalar, smola, oshlovchi va boshqa moddalar bor.
Xalq tabobatida qirqbo`g`im damlamasi qon to`xtatuvchi, dori sifatida, o`pka
sili, buyrak, yurak kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Bulardan tashkari er ustki
qismi idishlarni tozalashda ham ishlatiladi. Chunki uning poyasi har-xil zarracha
va qumlarni o`ziga singdirib olishi hususiyatiga ega.
www.arxiv.uz
Adabiyotlar:
1. Salobiddinov S. S. Gulli o`simliklar sistematikasi. T. «O`qituvchi» 1966
2. Hamdamov I va boshqalar. Botanika asoslari. T. «Mehnat». 1990
3. Xrjanovskiy V. Ch. Kurs obshey. Botanika. M. Vo`sshaya shkola. 1982
4. Kursanov L. I. va boshqalar. Botanika (O`simliklar sistematikasi). Toshkent.
«O`rta va Oliy maktab» 1963
5. Mustafoev S. M. Botanika. Toshkent. «O`zbekiston» 2002
6. Maxmedov A., Tog`aev I. U. Yuksak o`simliklar bo`yicha amaliy
mashg`ulotlar. Toshkent «Universitet». 1994y
7. Maxmedov A. M. Botanika fanidan ma`ruzalar. F. 2003
8. Shostakovskiy S. A. Sistematika vo`sshix rasteniy. M. Vo`sshaya shkola. 1971
9. Komarnitskiy V. A. va boshqalar. Botanika. Moskva «Prosvehenie» 1977. t. 2
10.Tog`aev I. U. va boshqalar. Botanikadan amaliy mashg`ulotlar. T.
«ToshDAU» 2002
11.Gordeeva T. N. i dr. Prakticheskiy kurs sistematiki rasteniy. Moskva
«Prosvehenie» 1986
12.www.ziyonet.uz
Скачать