Загрузил Azizbek Ziyadullayev

фармация маъруза 1 (1)

Реклама
IJTIMOIY SALOMATLIK, UMUMIY GIGIYENA VA EKOLOGIYA
KAFEDRASI
Farmatsevtika fakulteti 3 kurs talabalari uchun
“Farmatsevtika ishini tashkil etish” fanidan
MA'RUZA 1
Mavzu: Farmatsevtika bozorida va uni
tartibga solish bo’yicha xalqaro amaliy
tajriba. Asosiy iqtisodiy qonunlarning o‘ziga
xosligi va iste’molchilar fe’l-atvoriga ta’siri
Kafedra mudiri: PhD Zafar Zayirovich Aminov
Tayyorladi :Israilova Soxiba Buribaevna
Bozor – bozor iqtisodiyotining bir
kategoriyasidir. Yunon olimi
tomonidan kiritilgan
«Iqtisodiyot» so‘zi «uy
xo‘jaligini boshqarish
san’ati»ma’nosini anglatadi
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning besh
tamoyiligi
1.Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi.
2.Davlat-boshislohotchi.
3.Konstitutsiyavaqonunlarningustuvorligi.
4. Kuchli ijtimoiy siyosat yurgizish.
5.Bozoriqtisodiyotigabosqichmabosqicho‘tish.
O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 53-moddasiga
muvofiq,davlat«Iste’molchining
huquqiy ustunligini hisobga olib,
iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va
mehnat qilish erkinligini, barcha mulk
shakllarining teng huquqliligini hamda
huquqiy jihatdan barobar
muhofazaetilishini kafolatlaydi»
Farmatsevtik bozor tizimini tartibga
solishda va boshqarishdagi davlat siyosati
Dori vositalarining inson salomatligi uchun
muhim ahamiyatga ega ekanligini hisobga
olgan holda ularni chetdan sotib olish,ishlab
chiqarish,taqsimlash,sotish va ishlatilishini
boshqarishga har qanday davlat mas’ul
ekanligini Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti
hamisha ta’kidlab kelmoqda
Dori vositalari sohasidagi
siyosat,farmatsevtik sektordagi
barcha qatnashchilarning, ya’ni
davlat,xususiy, nodavlat, donor
tashkilotlar va boshqa
manfaatdor tomonlar faoliyatini
tizimli muvofiqlashtirish
imkoniyatini beradi
Farmatsevtika bozori tizimini yaratishda va boshqarishdagi
davlat siyosati
Tegishli
qonun va qonunosti hujjatlarini tayyorlash
Farmatsevtika
faoliyatini litsenziyalash
Dori
vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va
ekspertiza qilish
Dori
vositalari narxlarini belgilashni nazorat qilish va
monitoringini olib borish
Dori
vositalari reklamasini boshqarish
Asosiy
dori vositalarining ro‘yxatini tuzish
Dorixona iqtisodiyotining o‘ziga xos
xususiyatlari
1.Dorixona faqat savdo muassasasi bo‘lmasdan,avvalo,tibbiyot
muassasasidir
2.Dori vositalarining asosiy qismini shifokor ko‘rsatmasi, ya’ni
retseptga asosan sotilishiga bo‘lgan talabning mavjudligi
3.Shifokor retsepti bilan sotiladigan dori vositalarini xaridorlar
o‘ziga o‘zi xizmat qiladigan bo‘limlarda, avtomatlar orqali va
dorixona muassasalaridan tashqarida sotish taqiqlanishi
4.Retsept bilan sotiladigan dorilarni aholiga reklama qilish
Mumkinemasligi
5.Ayrim dori vositalarining mavsumiy xarakterga ega ekanligi
Dorixona iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlari
6.Ayrim dori vositalari,masalan,giyohvand vavaksina,zardoblarning
zarur zaxiralarini saqlash majburiyligi
7.Dorixonalarning keng miqdorda dori vositalari turlarini va
shakllarini saqlash siyosatini amalga oshirishga majburligi
8.Shifokorlarning to‘liq tanishishga yoki o‘z amaliyotiga kiritishga
ulgurmagan yangi dori vositalarining mavjudligi
9.Ehtiyojni noto‘g‘ri aniqlash natijasida ortiqcha miqdordagi dori
vositalarining dorixonalarda yig‘ilib qolishi
10.Iqtisodiy tahlilsiz ehtiyoji yo‘q bir qator dorixonalarning yonmayon ochilishi
11.Imtiyozli retseptlarga asosan,berilgan dori vositalari uchun
tibbiy muassasalarning o‘z vaqtida va to‘liq mablag‘larni o‘tkazib
bermasliklari
Dorixonalar mulkchilik turidan qat’i nazar, bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko‘rsatish
Banklarda tegishli,ya’ni so‘mlik,erkin
muomaladagi valutali hisob raqamlariga ega
bo‘lish
Bank,inkassatsiya xizmatlari,chakana savdo
litsenziyasi, elektr energiyasi, gaz, suv,
chiqindilarni tashish, dorixonani qo‘riqlash
uchun tegishli shartnomalar tuzish va
boshqalar dorixonalar iqtisodiyotining asosiy
qismini tashkil etadi
Farmatsevtlarning huquq va vazifalari
Dorixona xodimlarining ichki mehnat tartib-qoidalari quyidagi bo‘limlarni
o‘z ichiga oladi:
1.xodimlarni ishga qabul qilish va bo‘shatish tartibi
2.xodimlarning asosiy vazifalari
3.ma’muriyatning asosiy vazifalari
4.ish vaqti va undan foydalanish
5.dam olish vaqti va uning turlari
6.ishdagi muvaffaqiyatlar uchun taqdirlash
7.mehnat intizomini buzganlik uchun ko‘riladigan chora- tadbirlar (jazolar)
Dorixona ma’muriyati bu ichki mehnat tartib-qoidalarini ko‘zga
tashlanadigan joyga osib qo‘yishlari lozim
Farmatsevtning axloq-odobkodeksi
Etika—bu qandaydir jamiyatning yoki
kasbiy guruh kishilarining axloqi
to‘g‘risidagi fan sifatida tushuniladi
Farmatsiya rivojlanishining barcha
bosqichlarida yuksak axloq normalari va
odob-axloq qoidalari dorixona
xodimlariga talablar qo‘yib kelmoqda
Farmatsevtning axloq-odob kodeksi
Dorixona xodimlari dorixonaga kelgan xaridorlarga diqqat- e’tiborli
bo‘lib, ularga dorilar yo‘q bo‘lgan holatda asossiz javobni
bermasligi va dorilarni vaqtida berish muddatlarini buzmasliklari
lozim. Xodimlar dorixonalarning ichki mehnat tartib-qoidalariga
qat’iy amal qilishlari hamda xaridorlar bilan har doim do‘stona
aloqa o‘rnatish yo‘lini topishlari kerak.
Dorixona xodimlari bemorlar bilan muloqotda bo‘lganda, ehtiyotkor
bo‘lishlari lozim,ularga kasalliklari haqida ma’lumotlar
bermasliklari kerak,aksholda,ularda kasallikdan sog‘ayib
ketishlariga bo‘lgan ishonch yo‘qolishi va ruhiy tushkunlikka
tushishlari mumkin. Har qanday yozilgan yoki rasmiylashtirilgan
retseptlar bo‘yicha tushunmovchiliklar faqat shifokor bilan hal
qilinadi.
Farmatsevtik deontologiyaning yo‘nalishlari
mavjud bo‘lib, o‘z ichiga quyidagi o‘zaro
munosabatlarni oladi
1.Farmatsevtning jamiyat bilan
2.Farmatsevtning shifokor bilan
3.Farmatsevtning bemor bilan
4.Farmatsevtning farmatsevt bilan
«Dori-darmon» aksiyadorlik kompaniyasining
vazifalar
O‘zbekiston Respublikasi aholisini sifatli
dori-darmon va tibbiyot buyumlari bilan
ta’minlash;
marketing tadqiqotlari o‘tkazish hamda
hayotiy muhim bo‘lgan asosiy dori-darmonlar
va tibbiyot buyumlariga, shu
jumladan,narkotik va hisobda turadigan
psixotrop preparatlarga buyurtmalarni
shakllantirish hamda tuziladigan
shartnomalar asosida respublika sog‘liqni
saqlash tizimi muassasalarining ularga
bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash
«Dori-darmon» aksiyadorlik kompaniyasining vazifalar
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan
Tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha davlat rezervining dori-darmonlar va
tibbiyot buyumlariga ehtiyojlarini qondirishni ta’minlash
«Dori-darmon»aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradigan
dorixona muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish, mavjud
Farmatsevtika mahsulotlari resurslari to‘g‘risidagi yagona respublika
axborotlar tizimini yaratish
dori-darmonlar va farmatsevtika preparatlari bilan ta’minlashni tashkil
etishga investitsiyalarni jalb qilish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish
E’TIBORINGIZ
UCHUN RAXMAT!
Скачать