«Pandemiya sharoitida jamoat xavfsizligini ta’minlashning dolzarb muammolari: xalqaro amaliyot va milliy tajriba» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning AXBOROT XATI Ilmiy-amaliy anjumanning tashkilotchisi va o‘tkazish joyi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti. Ilmiy-amaliy konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida o‘tkaziladi. Ilmiy-amaliy anjumanning o‘tkazish sanasi: 2022 yil 27 aprel, soat 15.00 (aloqa tekshiruvi soat 14:00dan) Ilmiy-amaliy anjumanning maqomi va ishtirokchilari: Anjumanda xalqaro va respublika oliy (harbiy) ta’lim muassasalarining professoro‘qituvchilari va ilmiy tadqiqotchilari ishtirok etishi rejalashtirilgan. Ishtirokchilar soni: Mahalliy ishtirokchilar uchun an’anaviy (oflayn), xalqaro ishtirokchilar uchun onlayn (Zoom platformasida). Zoom konferensiyasiga ulanish uchun https://us02web.zoom.us/j/88070861421?pwd=c2dvYTdvcDY3UFNGQ2cvWmlOeEV SZz09 ✅ Konferensiya identifikatori: 880 7086 1421 ✅ Kirish uchun: 805440 Anjumanning ishchi tillari: O‘zbek, rus va ingliz tillarida. Konferensiyaning maqsadi: Pandemiya sharoitida jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi dolzarb muammolarni ilmiy amaliy o‘rganish, tahlil qilish, xalqaro va xorijiy tajribalar yuzasidan o‘zaro fikr almashish, shuningdek milliy qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish maqsadida tashkil etilmoqda. Anjumanda qatnashish uchun ishtirokchilar bo‘yicha ma’lumot va ishtirokchining tezis va maqolalari 2022 yilning 20 aprel kuniga qadar tashkiliy qo‘mitaning quyidagi elektron pochta manziliga yuborilishi zarur: Mas’ullar: Muxayyo Jumanova tel. 998 (97) 747-49-17, Xurshid Beksariyev 998 (99) 854-35-18, el. xat manzili [email protected]. Maqola va tezislarga qo‘yilgan talablar: 1. Konferensiya materiallari to‘plami ekspertlar va tahririyat tekshiruvidan o‘tgandan so‘ng to‘plam sifatida bepul chop etiladi, ishtirokchilarga elektron (pdf) shaklida tarqatiladi. Maqolalar Times New Roman, 14 shrift, 1,5 intervalda terilgan bo‘lishi shart (barcha tomondan hoshiyalar 2 sm). 2. Birinchi qatorda, sahifaning o‘rtasida bosh va qalin harflar bilan maqolaning nomi, 2-qatorda muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi, 3-qatorda muallifning ish joyi, lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, telefon raqami, elektron pochtasi, 4-qatorda matn yoziladi (namunaga qarang). 3. Asosiy matn satrlar oralig‘i 1,5 sm intervalda, satr boshi – 1sm, satrlarni eniga to‘g‘irlash, so‘zlarni boshqa qatorga ko‘chirish – avtomatik tarzda bo‘lishi lozim. 4. Manba va adabiyotga iqtibos (sno‘ska)lar asosiy matn ichida [1] ko‘rinishda bo‘lishi lozim (namunaga qarang). 6. Taqdim etilayotgan maqolalar hajmi 3 betdan 7 betgacha bo‘lishi mumkin. 7. Konferensiya materiallari o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. 8. Matn ilmiy-uslubiy, tahrir qilingan hamda sho‘balarga mansubligi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. 9. Iqtidorli talaba va magistrantlarning ilmiy maqolalariga ilmiy rahbar (maslaxatchi) taqrizi talab etiladi. Konferensiyada ishtirok etishi rejalashtirilayotgan xalqaro ishtirokchilar ro‘yxati 1. Belarus Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi. 2. Belarus Respublikasi harbiy akademiyasi ta’lim muassasasining ichki qo‘shinlari fakulteti. 3. Rossiya Federatsiyasi Milliy gvardiyasi qo‘shinlari Perm harbiy universiteti. 4. Rossiya Federatsiyasi Milliy gvardiyasi qo‘shinlari Sank-Peterburg harbiy instituti. 5. Koreya Respublikasi Milliy politsiya universiteti. 6. Turkiya Respublikasi Jandarmeriya va sohil xavfsizligi akademiyasi. 7. Xitoy Xalq qurollangan politsiya akademiyasi. 8. Xitoy jamoat xavfsizligi vazirligining xalq universiteti. 9. Hindiston milliy mudofaa universiteti. 10. Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi. 11. Qozog‘iston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy akademiyasi. 12. Qozog‘iston Respublikasi Birinchi Prezidenti – Elboshi nomidagi mudofaa milliy universitetining milliy gvardiya fakulteti. Mahalliy tashkilotlar: 13. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi. 14. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi. 15. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi. 16. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi. 17. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi. 18. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Bojxona instituti. 19. Adliya vazirligi Toshkent davlat yuridik universiteti. 20. Adliya vazirligi Toshkent davlat yuridik universiteti ixtisoslashtirilgan filiali. 21. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyaning mintaqaviy o‘quv markazlari. 22. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi «Temurbeklar maktabi». Ommaviy axborot vositalari: 23. O‘zbekiston 24. 24. «Mening yurtim» kanali va boshqalar. Taqdim etilayotgan maqola va tezislarni rasmiylashtirish tartibi: NAMUNA MAQOLA NOMI Abdullayev Abror Axmedovich Ilmiy darajasi va unvoni, ish joyi, telefon raqami, elektron pochtasi Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn [1, adabiyotning qaysi betidan olinganligi, masalan: 11-b.]. Asosiy matn. Adabiyotlar Muallif. Maqola nomi. Nashr qilingan joyi, nashriyot nomi, nashr qilingan yili, umumiy beti.