Uploaded by Eldor Anvarov

Gigroskopik namlik. LABORATORIYA ISHI (1)

advertisement
LABORATORIYA ISHI
NAMUNANING GIGROSKOPIK NAMLIGINI ANIQLASH.
Suv uch turli bo’ladi: mexanikaviy suv, gigroskopik suv va kimyoviy bog’liq
suv.
Gigroskopik suv deb, havodan yutib olingan va 100-1050C da quritganda
chiqib ketadigan suvga aytiladi. Namunadagi gigroskopik suvni aniqlash uchun
quyidagi ishlar qilinadi:
Berilgan namuna chinni yoki agat hovonchada maydalab olinadi, so’ngra
avvaldan o’zgarmas og’irlikka keltirib
quritib olingan byuks yoki chinni
tigelchalarni tortib olinadi. Ularga 2-3 g namuna solib idish bilan birgalikda tortib
olinadi. Tortish analitik yoki elektron tarozilarda olib boriladi. Tortib olingan
namuna 100-1050S da quritgichda 1-1,5 soat davomida quritiladi. So’ngra byuks
yoki chini tigelcha namuna bilan eksikatorda sovitilib, og’irligi tortib olinadi.
Gigroskopik namlikning miqdori quyidagi formula orqali aniqlanadi
%Н2О  (а-в) а . 100
Bu yerda: a – namunaning dastlabki og’irligi, g.
b – namunaning quritilgandan keyingi og’irligi, g.
Quruq silikat deb, gigroskopik suvi yo’qotilgan va o’zgarmas og’irlikgacha
100-1050C xaroratda quritilgan materiallarga aytiladi. Silikatlarning kimyoviy
taxlili natijalari quruq silikatga nisbatan olinadi. Shuning uchun quruq namunaning
og’irligini topish uchun quyidagi koeffitsientga ko’paytiriladi:
К  100-Н2О  100
Bu yerda: H2O – gigroskopik suvning % miqdori.
Laboratoriya ishini o’tkazish uchun kerak bo’ladigan
materiallar va jixozlar.
1.
Namuna;
2.
Chinni havoncha;
3.
1sm2da 10000 ta teshigi bo’lgan elak;
4.
Byuks va chinni tigelcha;
5.
Quritish shkafi;
6.
Analitik tarozi.
Download