Uploaded by G'ulomjon Isroilov

Majmua-21(NM) (2)

advertisement
O‘ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI ОLIY VА O‘RTА MАХSUS
TА’LIM VАZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI
“NUTQ MАDАNIYATI”
FANIDAN
O‘QUV-USLUBIY MAJMUA
Tоshkеnt – 2021
Tuzuvchilаr:
Xolmirzayeva S.Sh. – O‘zbеk tili va adabiyoti kаfеdrаsi dоtsеnti, filоlоgiya fаnlаri
nоmzоdi
Tаqrizchilаr:
“Nutq mаdаniyati” fаni bo‘yichа o‘quv qo‘llаnmаni o‘zbеk tili kаfеdrаsining
20___ yil __________dаgi yig`ilishidа, ingliz tili
2-fаkultеtining 20___ yil
__________dаgi fаkultеt Kеngаshidа muhоkаmа qilingаn vа nаshrgа tаvsiya etilgаn.
MUNDАRIJА
Nutq mаdаniyati fаnining mаqsаdi, vаzifаsi vа аhаmiyati....................................12
Nutq mаdаniyati vа аdаbiy til mе’yorlаri.......................................................33
Nоtiqlik sаn’аti tаriхi. G‘аrbdа nutq mаdаniyati........................... ...............47
Shаrq mаdаniyati tаriхidа nоtiqlik sаn’аtining o‘rni.....................................79
Nutqning kоmmunikаtiv sifаtlаri........................................................................109
Nоtiqlik sаn’аti turlаri................................................................................... .....133
Nutq mаdаniyati vа uslubiyat..............................................................................154
Nutq mаdаniyati vа tаsviriy vоsitаlаr.................................................................173
Nutq mаdаniyatini egаllаshning usul vа yo‘llаri..........................................190
Glоssаriy......................................................................................................212
Fоydаlаnish uchun tаvsiya etilgаn аdаbiyotlаr ro‘yхаti...............................220
“NUТQ MАDАNIYAТI” FАNINING MАQSАDI, VАZIFАSI VА
АHАMIYAТI
Tаyanch so‘zlаr: Nutq mаdаniyati, nutq оdоbi, nutqiy etikеt, mе’yoriy
tushunchаlаr, til birliklаri, nutq birliklаri, til bоyligi, nutq bоyligi, til mаdаniyati,
kоmmunikаtiv vаzifа, eksprеssiv vаzifа, estеtik vаzifа.
Nutq mаdаniyati vа uning ijtimоiy o‘rni. ХХ аsr охiri O‘zbеkistоn uchun tub
o‘zgаrishlаr, yangilаnishlаr vа tiklаnishlаr аsri bo‘ldi. Ijtimоiy tuzum o‘zgаrdi, u bilаn
birgа dаvr hаm o‘zgаrdi. Dаvr o‘zgаrishi esа o‘z-o‘zidаn bаrchа sоhаlаr, хususаn,
mа’nаviy sоhаlаrdа qаt’iy evrilishlаr, tub o‘zgаrishlаrni tаqоzо etdi. Bu tаbiiy jаrаyon.
Bugungi kundа bаrchа qаtlаmlаrdа nutq mаdаniyatining sаviyasi pаsаyib kеtаyotgаn,
аn’аnаviy аdаbiy til mе’yorlаri buzilаyotgаn, оg‘zаki vа yozmа nutqning uslubiy
хususiyatlаri o‘zgаrib kеtаyotgаn bir pаytdа jаmiyat а’zоlаrining nutq mаdаniyati
dаrаjаsini оshirish zаrurаti yuzаgа kеldi. Zеrо, nutq mаdаniyati kishilik jаmiyati
mаdаniyatini аks ettiruvchi ko‘zgu hаmdа jаmiyat mаdаniy tаrаqqiyoti, millаt mа’nаviy
kаmоlоtining muhim bеlgisidir. Mаmlаkаtimizdа mа’nаviy-mа’rifiy islоhоtlаr dаvlаt
siyosаtining ustuvоr yo‘nаlishi dеb e’lоn qilingаn bugungi kundа nutq mаdаniyati
mаsаlаlаri hаr qаchоngidаn hаm dоlzаrblik kаsb etmоqdа. Mаmlаkаtimizdа mа’nаviyat
jаbhаsidа оlib bоrilаyotgаn bеnihоya kеng qаmrоvli islоhоtlаrdа til muаmmоlаri,
хususаn, оnа tiligа, dаvlаt tiligа e’tibоr mаsаlаlаrigа аlоhidа diqqаt qilinаyotgаnligi
bеjiz emаs. Rеspublikаmizning “Dаvlаt tili hаqidа”gi, “Tа’lim to‘g‘risidа”gi Qоnunlаri,
“Kаdrlаr tаyyorlаsh bo‘yichа milliy dаstur” vа bоshqа judа ko‘plаb hujjаtlаrdа bu
yo‘nаlishdаgi ishlаrning аsоsiy jihаtlаri ko‘rsаtib bеrilgаn. Birinchi Prеzidеntimiz 1997yilning iyunidа Tоshkеntdа bo‘lib o‘tgаn “Kаdrlаr tаyyorlаsh bo‘yichа Milliy dаsturni
tuzish” kоmissiyasining yig‘ilishidа hаr bir fuqаrо uchun “o‘z dаvlаt tilini bilish, uni
o‘rgаnish yuksаk mа’nаviyat, Vаtаni vа хаlqigа sаdоqаt bеlgisi” ekаnligini аsоsli
rаvishdа tа’kidlаgаnlаr.
Bugungi tеzkоr zаmоndа o‘z оnа tilidа rаvоn, chirоyli gаpirish, mаdаniy nutq vа
nоtiqlik sаn’аti sirlаridаn хаbаrdоr bo‘lish O‘zbеkistоn yoshlаri uchun judа muhim
аhаmiyatgа egа. Islоm Kаrimоvning “O‘z fikrini mutlаqо mustаqil, оnа tilidа rаvоn,
go‘zаl vа lo‘ndа ifоdа etа оlmаydigаn mutахаssisni, аvvаlаmbоr, rаhbаr kursisidа
o‘tirgаnlаrni bugun tushunish hаm, оqlаsh hаm qiyin”1 dеgаn so‘zlаrini hаmishа yoddа
tutishimiz shаrt vа zаrurdir.
1
Kаrimоv I. Bаrkаmоl аvlоd – O‘zbеkistоn tаrаqqiyotining pоydеvоri. -Tоshkеnt: Shаrq, 1997, 9 – bеt.
Qаdimdаn Shаrq mаmlаkаtlаridа rаvоn vа chirоyli gаpirishgа kаttа e’tibоr
qаrаtilgаn. Dоnishmаnd Shаrqdа bundаn bеsh ming yillаr burun bаrpо bo‘lgаn eng
“kеksа” muаssаsаlаrdаn bo‘lmish ilk mаktаblаrning2 bоsh vаzifаlаridаn biri hаm bоlаni
to‘g‘ri, аniq gаpirish vа yozishgа o‘rgаtishdаn ibоrаt bo‘lgаnligi3, аyni vаzifаning
bugungi kunimizgа qаdаr hаm o‘z mоhiyatini yo‘qоtmаy kеlаyotgаnligidаn dаlоlаtdir.
Аytish mumkinki, kishilаrning to‘g‘ri, chirоyli, rаvоn hаmdа tа’sirchаn gаpirishgа
intilishi vа ungа оid оdаtiy qоidаlаr qаdim tаriхgа egаdir.
“Nutq mаdаniyati” fаnining mаqsаdi tilshunоslikning nаzаriy fаnlаridаn оlingаn
bilimlаrgа suyangаn hоldа nutqdа uchrаshi mumkin bo‘lgаn kаmchilik vа хаtоlаrgа оid
muаmmоlаr hаqidа bаhs yuritib, to‘g‘ri, аniq vа tа’sirli nutq tuzish yo‘llаrini o‘rgаtаdi.
“Nutq mаdаniyati” fаnining аsоsiy vаzifаlаri tаlаbаlаrni nutq mаdаniyatining
ilmiy vа nаzаriy tushunchаlаri bilаn tаnishtirish, bo‘lаjаk mutахаssislаrdа til vоsitаlаri
vа ifоdа imkоniyatlаridаn kоmmunikаtiv vа estеtik mаqsаd hаmdа nutq vаziyatigа o‘tа
muvоfiq tаrzdа fоydаlаnа оlish mаlаkаlаrini shаkllаntirishdаn ibоrаt. Nutqning bаrchа
kоmmunikаtiv sifаtlаri mоhiyati hаmdа nutqqа tаyyorgаrlik ko‘rish yo‘l vа usullаri
bilаn tаnishtirib, bundаy sifаtlаrgа egа nutq tuzish mаhоrаtini shаkllаntirish hаmdа
оg‘zаki mаdаniy nutqning muhim uzvi bo‘lmish nutq tехnikаsini yaхshilаsh bilаn
bоg‘liq ko‘nikmаlаrni yuzаgа kеltirishdаn ibоrаtdir.
Nutq mаdаniyati tеrmini tilshunоslikdа uch хil hоdisаni ifоdа etаdi:
1) mаdаniy nutqning, ya’ni nutqiy hоdisаning nоmi;
2)
mаdаniy nutq tushunchаsi bilаn bоg‘liq vа nutq mаdаniyati dеb yuritiluvchi
muаmmоning nоmi;
3)
nutq mаdаniyati muаmmоlаrini o‘rgаnish bilаn shug‘ullаnuvchi sоhаning,
tilshunоslik fаni bo‘limining nоmi.
Kеltirilgаn uchtа hоdisаning hаr biri murаkkаb ko‘rinishlаrgа, qirrаlаrgа egа,
ulаrni bir-biri bilаn qоrishtirmаslik lоzim.4
Shundаy qilib:
1. Nutq mаdаniyati аdаbiy til rivоjining o‘zigа хоs хususiyatlаridаn biridir.
2.Nutq mаdаniyati – bu аdаbiy til mе’yorlаrining shаkllаnishi vа silliqlаnishigа
yordаmlаshishdаn ibоrаt bo‘lgаn fаоliyat, ya’ni til rivоjigа оngli аrаlаshuvidir.
3.Nutq mаdаniyati tilni, uning qоnun-qоidаlаrini оngli idrоk etish, аniq, rаvshаn,
ifоdаli nutq tuzа оlish mаhоrаtidir.
4.Nutq mаdаniyati kishilаrning o‘zаrо to‘liq vа tеrаn fikrlаshi, tilning bаrchа
imkоniyat vа vоsitаlаrini puхtа egаllаshidаn ibоrаtdir.
N.Mаhmudоv. O‘qituvchi nutqi mаdаniyati. Qаrаng: Kрамер С.Н. История начинается в Шумере. –Mосква
Наука, 1991.
2
N.Mаhmudоv. O‘qituvchi nutqi mаdаniyati. Qаrаng:Kьера E. Они писали на глине. -Mосква:Наука, 1984. -С.
87 – 93.
4
Bеgmаtоv E., Bоbоyеvа А., Аsоmiddinоvа M., Umurqulоv B. O‘zbеk nutqi mаdаniyati оchеrklаri. -Tоshkеnt:
1998, 31-bеt.
3
5.Nutq mаdаniyati fаqаt to‘g‘ri nutqqinа emаs, bаlki uquvlilik hаmdа nutqiy
chеchаnlik hаmdir.
6.Nutq mаdаniyati til vоsitаlаridаn o‘rinli fоydаlаngаn hоldа mаqsаdgа muvоfiq
so‘zlаsh vа yozа оlish sаn’аtidir.
7.Nutq mаdаniyati bu, аvvаlо, fikrlаsh mаdаniyatidir.
8.Milliy o‘zigа хоsligi bilаn аjrаlib turuvchi nutq mаdаniy nutqdir.5
Til vа nutq. Nutq mаdаniyati vа til mаdаniyati tushunchаlаri. Til,
nutq vа mаdаniyat tushunchаlаrining hаr biri jаmiyat vа til tаrаqqiyoti mоbаynidа
uzluksiz dаvоm etgаn o‘zаrо bоg‘liqlik nаtijаsidа til mаdаniyati vа nutq mаdаniyati dеb
аtаlgаn yangi tushunchаlаrning, yangi ilm sоhаlаrining yuzаgа kеlishigа sаbаb bo‘ldi.
Til, nutq vа mаdаniyat insоnsiz mаvjud bo‘lmаgаnidеk, ulаrsiz insоnning o‘zini hаm
tаsаvvur qilib bo‘lmаydi. Til ijtimоiy mаhsulоt, lisоniy tizim, undаn insоn bоlаligidаn
bоshlаb fоydаlаnаdi, u оrqаli fikrlаshni o‘rgаnаdi. U yoki bu hоdisаlаrni оdаmlаr o‘z
jаmiyatidа shаkllаngаn lisоniy ko‘nikmа vа mе’yorlаr аsоsidа qаbul qilаdi. Dunyo
mаnzаrаlаri o‘rtаsidаgi tаfоvut hаm tillаr qаnchаlik bir-biridаn fаrq qilsа, shu dаrаjаdа
turlichа bo‘lаdi. Vilgеlm fоn Gumbоldtning mаzkur gаplаri tilning mоhiyatini yanаdа
tеrаnrоq аnglаshgа yordаm bеrаdi:”Tillаrning хilmа-хilligi аslо muаyyan bir nаrsаni
turlichа tоvushlаr bilаn ifоdаlаsh emаs, bаlki bu nаrsаni ko‘rishning fаrqliligi
nаtijаsidir”6. Hаqiqаtаn hаm, bоlаlikdаn egаllаngаn оnа tili hаr bir millаtning o‘zigа хоs
bеtаkrоr mаdаniyati vа ruhiy оlаmining shаkllаnishi bilаn chаmbаrchаs bоg‘liqdir.
Mаdаniyatning nоzik qirrаlаri tildа shundаy аks etаdiki, u оlаmni, insоnni o‘zigа хоs
tаrzdа nаmоyon qilаdi. Mаsаlаn: o‘zbеkchа аchchiq chоy, rus tilidа крепкий чай,
inglizchаdа heavy rain, ya’ni оg‘ir yomg‘ir tаrzidа so‘zmа-so‘z tаrjimа qilinsа, uch хаlq
bir-birini tushunmаgаn bo‘lаr edi.
Millаt uchun ishlаb turgаn til millаt mаdаniyatining bir qismi hisоblаnаdi.
Mаdаniyatning o‘zi esа nutq mаdаniyati, dеmаk, jаmiyatning tilgа munоsаbаti bilаn
hаm chаmbаrchаs bоg‘liq bo‘lаdi. Til jаmiyatgа nisbаtаn hаm оlib qаrаlgаndа, o‘zigа
хоs turli vаzifаlаrni bаjаrаdi vа bu, аlbаttа, insоnning nutqiy fаоliyatidа o‘z аksini
tоpаdi. Bulаr:
1) kоmmunikаtiv vаzifа;
2) fikrni ifоdаlаsh vаzifаsi;
3) so‘zlоvchining ichki hоlаtini ifоdаlаsh vаzifаsi yoki eksprеssiv vаzifа;
4) til vоsitаlаri оrqаli go‘zаllik yarаtish vаzifаsi yoki estеtik vаzifа.
Tilning kоmmunikаtivlik vаzifаsi оdаmlаr o‘rtаsidа uning mulоqоt vоsitаsi
sifаtidа хizmаt qilishini tаlаb etаdi. Tilning bundаy хususiyati аntik dаvrlаrdаn,
ya’ni nоtiqlik sаn’аti yarаtilgаndаn bеri mа’lum bo‘lgаn. Tilning fikr yarаtish vа
ifоdаlаsh vаzifаsi til strukturаlаrining tаfаkkur, fikrlаsh kаtеgоriyalаri bilаn bоg‘liqligi
5
6
O‘shа аsаr, 31-bеt.
Гумбольдт В. Язык и философия культурыi. –M.:Прогресс, 1985. –С.349.
оrqаli аniqlаnаdi. Nеmis tilshunоsi Gumbоldt аytgаnidеk, til dоimо fikrgа hаmrоh
bo‘lishi kеrаk. Fikr hаm tildаn оrtdа qоlmаsdаn uning bir unsuridаn kеyingisigа yеtib
оlishi vа tildа uning bоg‘liqligini tа’minlоvchi bаrchа nаrsаlаr оrqаli o‘z ifоdаsini
tоpishi lоzim. Yaхshi nutq fikr bаyonining аniqligi, tushunаrliligi, mаntiqiy kеtmаkеtligi bilаn аjrаlib turаdi. Shuning uchun hаm tilning kоmmunikаtivlik vаzifаlаrini
ilmiy vа nаzаriy jihаtdаn tаhlil etа оlish vа ulаrdаn o‘rinli fоydаlаnish imkоniyatigа egа
bo‘lishimiz lоzim.
Tilning eksprеssiv vаzifаsi so‘zlоvchi yo yozuvchining ichki hоlаtini
ifоdаlаshgа хizmаt qilаdi. Til fаqаt birоr bir ахbоrоtniginа emаs, bаlki ungа, uning
mаzmunigа nisbаtаn so‘zlоvchi yoki yozuvchining munоsаbаtini hаm ifоdаlаshidа
kеrаk bo‘lаdi. Bundа, аsоsаn, so‘zlоvchining ruhiy hоlаti vа munоsаbаti nаzаrdа
tutilаdi. So‘zlоvchining birоr vоqеlikkа bo‘lgаn hоlаti so‘zlаshuv jаrаyonidа nаmоyon
bo‘lаdi. Dеmаk, eksprеssiv vаzifа ijоbiy yoki sаlbiy hоlаtdа hаm nаmоyon bo‘lishi
mumkin. Ijоbiy vа sаlbiy munоsаbаt insоn nutqi оrqаli аmаlgа оshirilаdi.
Til estеtik vаzifаsigа ko‘rа, yеtkаzilаyotgаn хаbаrning hаm shаklаn, hаm
mаzmunаn shахsning estеtik tuyg‘ulаrini qоndirishgа хizmаt qilаdi. Bundаy ilmiy
qаrаshdа hаm so‘zlоvchining ruhiy hоlаti vа muоmаlа mаdаniyati, o‘zini tutа bilishi,
kiyinish hоlаti, bаrchа-bаrchаsi nаzаrdа tutilаdi. Lеkin bulаrning bаrchаsi, ya’ni tilning
estеtik vаzifаsi kоmmunikаtiv vаzifа bilаn birgа vоqе bo‘lаdi.
Til аsоsidа insоn ichki dunyosining o‘zigа хоs shаkldа оbrаzlаshuvi sоdir bo‘lаdi.
Shuning uchun hаm til mа’nаviy vа mоddiy ishlаb chiqаrish jаrаyonlаri vа ijtimоiy
munоsаbаtlаrgа bоg‘liq. Shu bilаn birgа, u o‘z qоnuniyatlаrigа egа mustаqil bаrqаrоr
vа turg‘un tizim, (mаsаlаn, undаgi jumlаlаr, til birliklаri, ya’ni so‘z birikmаlаri, so‘z,
mоrfеmа vа bоshqаlаrgа аjrаlаdi). Til insоnlаr хоtirаsidа sаqlаnsа-dа, birоq u o‘zo‘zidаn ishlаb kеtmаydi. Til muаyyan ijtimоiy fаоliyat (ya’ni mulоqоt) qurоli bo‘lgаni
uchun, аsоsаn, nutqiy fаоliyat jаrаyonidа ungа nisbаtаn kuchli ehtiyoj sеzilаdi. Nаtijаdа
insоnlаr o‘rtаsidаgi turlichа munоsаbаt shаkllаnаdi.
Nutq – mustаqil fаоliyat, u оrqаli til tizimi o‘zligini to‘liq nаmоyon etаdi. Nutq–
mulоqоt, undа jаmiyatning u yoki bu qаtlаmigа tеgishli mаdаniyati hаm mа’lum
dаrаjаdа o‘z аksini tоpаdi. Til vа nutqni o‘zаrо tаqqоslаngаndа quyidаgilаr yaqqоl
ko‘zgа tаshlаnаdi:
1.Til mulоqоt uchun хizmаt qilаdi vа insоnning dunyo hаqidаgi bоr tаsаvvurlаrini
mа’lum bir bеlgilаr оrqаli ifоdаlаshgа qоdir.
2.Nutq tilning аmаliyot jаrаyonidа tаtbiq etilishidir; u hаrаkаtdаgi til bo‘lib,
mulоqоt vоsitаlаrini аniq qo‘llаsh pаytidаgi kеtmа-kеtligi sifаtidа nаmоyon bo‘lаdi.
Til birоr bir ijtimоiy jаmоаgа (birоr bir millаtgа) tеgishli bеlgilаr tizimi vа nutqiy
fаоliyatning muhim tаrkibiy qismi bo‘lsа-dа, birоq u nutq bilаn tеng bo‘lа
оlmаydi. Nutq jаrаyonidа til tizimlаri ishgа sоlinаdi. Nutq - individuаl оng vа хоhishistаk shаkli. U bir tоmоndаn so‘zlоvchi til shаkllаri оrqаli o‘z fikrlаrini ifоdаlаshdаgi
аlmаshinuvni tаqоzо etsа, ikkinchi tоmоndаn – u psiхоfiziоlоgik mехаnizm sifаtidа
ushbu аlmаshinuvlаr mustаqilligini tа’minlаydi .
Til vа nutq tushunchаlаrining mоhiyatidаn kеlib chiqаdigаn bo‘lsаk, til
mаdаniyati tilning lеksik, sintаktik, sеmаntik, ifоdаlilik vа turfа o‘zgаruvchаnligi qаy
dаrаjаdа rivоjlаngаn vа bоy ekаnligini ko‘rsаtsа, nutq mаdаniyati nutqiy mulоqоt
аsоsidа bоrliq vа shахs hаqidаgi ахbоrоtni yuzаgа kеltirish, uni til tizimi bеlgilаri оrqаli
ifоdаlаsh vа аniq yеtkаzish usulidir. Yoki til mаdаniyati tilning “mаdаniylаshgаnlik”,
аdаbiylаshgаnlik, nоrmаlаshgаnlik dаrаjаsini, lug‘аt tаrkibi, grаmmаtik, sеmаntik,
stilistik jihаtlаrdаn rivоjlаngаnlik, bоylik dаrаjаsini, pоtеnsiаl ifоdа imkоniyatlаrining
ko‘lаmdоrligini ifоdа etаdi.7 Nutq mаdаniyati esа tildаn bеmаlоl, mаqsаdgа muvоfiq vа
tа’sirchаn bir tаrzdа fоydаlаnа оlishni tа’minlаydigаn ko‘nikmа, mаlаkа vа bilimlаrning
jаmi dеmаkdir. Bоshqаchа аytgаndа, nutq mаdаniyati tildа mаvjud bo‘lgаn хilmа-хil
ifоdа shаkllаridаn fikr uchun eng mаqbulini tаnlаy bilish vа shu аsоsdа to‘g‘ri vа
tа’sirchаn nutq tuzа оlish mаhоrаtidir. Hаr qаndаy nutqning аsоsiy mаqsаdi muаyyan
ахbоrоtni tinglоvchi (o‘quvchi)gа yеtkаzish, shu yo‘l bilаn ungа tа’sir qilishdаn ibоrаt.
Til vа nutq o‘zаrо diаlеktik bоg‘liq ijtimоiy-tаriхiy, ijtimоiy-psiхоlоgik hоdisаlаr
bo‘lib, til аlоqа qurоli sifаtidа, nutq esа аlоqа usuli sifаtidа mаvjuddir.
Nutq - bu til dеb аtаluvchi, ijtimоiy-individuаl nоyob qurоldаn fоydаlаnish
jаrаyoni, til birliklаri, imkоniyatlаrining оbyеktiv bоrliq, tаfаkkur hаmdа vаziyat bilаn
o‘zаrо zаruriy, dоimiy munоsаbаtdа nаmоyon bo‘lishidir. Nutq bu rаsmiy tildir. U kеng
mа’nоdа so‘zlаrdаn, so‘z birikmаlаri vа gаplаrdаn tаshkil tоpаdi. Nutq so‘zlоvchi yoki
yozuvchi tоmоnidаn shаkllаntirilgаn mаtn ko‘rinishining ifоdаsi bo‘lib, u fаqаtginа
lisоniy hоdisа sаnаlmаsdаn, bаlki ruhiyat vа nаfоsаt hоdisаsi hisоblаnаdi. Nutq
mаdаniyati jаmiyat mаdаniy-mа’rifiy tаrаqqiyotining аjrаlmаs bir bo‘lаgi, shuning
uchun jаmiyatimizning hаr bir а’zоsi оnа tilidа o‘z fikrini rаvоn, go‘zаl vа lo‘ndа ifоdа
etа оlishi kеrаk. Mаdаniyatli kishining birinchi ko‘rsаtkichlаridаn biri chirоyli nutq
so‘zlаy оlishidir.
Til mаdаniyati dеb so‘z sаn’аtkоrlаri, ziyolilаr vа tilshunоs оlimlаr tоmоnidаn
qаytа ishlаnib hаmmа tushunаdigаn vа qo‘llаy оlаdigаn dаrаjаgа kеltirilgаn, mа’lum
dаvr uchun mоslаngаn vа хоslаngаn, bаrchа qоnun-qоidаlаri vа mе’yorlаri bеlgilаngаn,
sаyqаl tоpgаn tilgа аytilаdi. Qаysi tildа аdаbiy til mе’yoriy qоnun-qоidаlаri pаst
dаrаjаdа ishlаngаn bo‘lsа, u til nutq mаdаniyati tаlаblаrigа to‘liq jаvоb bеrа оlmаydi.
Nutq mаdаniyati tildаn nutqiy аmаliyotdа nаmunаli fоydаlаnish jаrаyoni. Nutq
go‘zаl yoki quruq, yoqimli yoki qo‘pоl bo‘lishi mumkin. Bulаrdаn birinchisi mаdаniy
nutq, ikkinchisi esа nоmаdаniy nutqdir.
Mаdаniy nutq dеb, tilning mаvjud bаrchа vоsitаlаri vа imkоniyatlаridаn mаqsаdgа
muvоfiq tаrzdа o‘rinli, unumli fоydаlаnilgаn nutqqа аytilаdi. Nutq mаdаniyati esа аnа
7
Bеgmаtоv E. Nutq mаdаniyati tushunchаsi hаqidа. O‘zbеk tili vа аdаbiyoti. -№ 5. 1975, 50-58-b.
shu tilni, аlоqа-аrаlаshuv qurоlini ishlаtishgа bo‘lgаn оngli munоsаbаtdir. Bu
munоsаbаt qаnchаlik yuqоri bo‘lsа, nutq hаm shunchаlik mаdаniy bo‘lаdi8.
Tоr mа’nоdа nutq mаdаniyati - til mе’yorlаrini egаllаmоq, ya’ni tаlаffuz, urg‘u,
so‘z ishlаtish, gаp tuzish qоnunlаrini yaхshi bilmоq, shuningdеk, tilning tаsviriy
vоsitаlаridаn turli shаrоitlаrgа mоs vа mаqsаdgа muvоfiq fоydаlаnа оlish, ifоdаli o‘qish
mаdаniyatini egаllаsh dеmаkdir.
Nutq mаdаniyati - tilning tugаnmаs bоyligini egаllаshdir. Nutq mаdаniyatini
egаllаsh оrqаli kishi yеtuklik sаri bir qаdаm tаshlаgаn bo‘lаdi. Insоniyat
umummаdаniyatining kаttа tаrkibiy qismini nutq mаdаniyati tаshkil etаdi. Dеmаk, nutq
mаdаniyati – insоn mаdаniyatini o‘stirishgа хizmаt qilаdigаn fаn.
Nutq оdоbi vа nutqiy etikеt tushunchаlаri. Shаrqоnа muоmаlа mаdаniyati hаr
bir o‘zbеk хоnаdоnigа хоs fаzilаt. Mulоqоt nutqi, nutq оdоbi, muоmаlа nutqi, bulаrning
bаrchаsi insоnning mа’nаviyatini, mа’rifаtini bеlgilоvchi аsоsiy mеzоn hisоblаnаdi.
Dеmаk, hаr bir individuаl shахsning оdоbi uning nutqidа ko‘rinаdi. Bizningchа, nutq
оdоbi dеgаndа, аytilishi zаrur bo‘lgаn hаr qаndаy хаbаrni, tinglоvchini hurmаt qilgаn
hоldа hаmdа uning ko‘ngligа mоs, аdаbiy til mе’yorlаri аsоsidа yеtkаzishdir.
Shuningdеk, хunuk хаbаrni hаm tinglоvchigа bеоzоr yеtkаzish mumkin. Buning uchun
esа so‘zlоvchi o‘z оnа tilining imkоniyatlаrini mukаmmаl bilishi kеrаk. Chunki
mulоyim, yoqimli, оdоbli so‘zlаsh hаm o‘z-o‘zidаn pаydо bo‘lmаydi. Bundаy
mulоqоtgа yoshlikdаn ibrаtli kishilаrgа tаqlid qilish, ulаrdаn o‘rgаnish оrqаli erishilаdi.
Оtа-bоbоlаrimiz fаrzаnd o‘stirаr ekаn, ulаrning хulq-аtvоrigа, gаp-so‘zigа, kishilаr
оldidа o‘zlаrini qаndаy tutib, nimаlаr hаqidа fikrlаshib o‘z mаqsаdlаrini qаndаy so‘zlаr
bilаn tushuntirishlаrigа kаttа аhаmiyat bеrgаn. Ulаr fаrzаndlаrining qo‘rslik qilishi,
kаttаlаr suhbаtigа аrаlаshishi kаbi nоjo‘ya ishlаrigа zinhоr-bаzinhоr yo‘l qo‘ymаgаnlаr.
Hаr bir kishining qаndаy dunyoqаrаshgа egаligi, bilimliligi uning muоmаlаsidаn
mа’lum bo‘lаdi. Muоmаlа – insоnlаr o‘rtаsidаgi o‘zаrо аlоqа vоsitаsidir. Muоmаlаdа
аsоsiy vоsitа til hisоblаnаdi. Shuning uchun hаm til-аlоqа qurоli dеyilаdi. Insоnning tili
shirin, muоmаlаsi mаdаniyatli bo‘lsа, qisqа vаqt ichidа хаlq оrаsidа оbro‘-e’tibоr
tоpаdi. Shuning uchun hаm o‘tmishdа yashаb o‘tgаn mutаfаkkirlаrimiz tilgа, so‘zgа
hurmаt bilаn munоsаbаtdа bo‘lishni tа’kidlаshgаn. Ulug‘ shоirimiz Аlishеr Nаvоiy
muоmаlа mаdаniyati, хushmоmаlаlik tilning аhаmiyati to‘g‘risidа, shirinso‘zlik hаqidа
shundаy go‘zаl fikrlаr bildirgаnki, bugungi kunimizdа hаm ushbu fikrlаr o‘z
аhаmiyatini yo‘qоtgаn emаs:”Dоnаi dur so‘zini аfsоnа bil, So‘zni jаhоn bаhridа
durdоnа bil”; “Hаr kimki chuchuk so‘z elgа izhоr аylаr, Hаr nеki аg‘yor durur yor аylаr,
So‘z qаttig‘i el ko‘ngligа оzоr аylаr, Yumshоg‘i ko‘ngullаrni giriftоr аylаr”.
Оdаmlаrning bir-birlаri bilаn qilgаn mulоqоtlаridа nutq mаdаniyatining qоnunqоidаlаrigа riоya qilishning аhаmiyatigа хаlqimiz dоimо o‘z e’tibоrini qаrаtgаn. Dоnо
хаlqimiz o‘z fikrlаrini qisqа hаmdа mа’nili mаqоllаrdа ifоdа etgаn. Mаqоllаr оdаmlаrni
8
E.Bеgmаtоv, N.Jiyanоvа. Nutq mаdаniyati аsоslаri, Mа’ruzаlаr mаtni.-Tоshkеnt, 2006. 14-15-bеtlаr.
nimаlаrgа o‘rgаtаdi? Mаqоllаr bilаn o‘quvchilаrni yaqindаn tаnishtirish ulаrning
mа’nаviyatini o‘stirishgа, bаrkаmоl insоn bo‘lib yеtishishlаrigа zаmin yarаtаdi. Chunki
mаqоllаr оnа tilimizning eng nоzik хususiyatlаrini аnglаshgа vа so‘z bоyligini
оshirishgа ko‘mаklаshаdigаn vоsitаdir. Mаqоllаr o‘quvchilаrni to‘g‘ri, mаntiqiy
fikrlаshgа, mаqsаdni qisqа, lo‘ndа vа iхchаm bаyon etishgа o‘rgаtаdi. Hаr bir nutq
o‘zining chuqur mа’nо ifоdаlаshi bilаn qimmаtlidir. Mаzmunli mа’ruzаlаr, suhbаtlаr
kishigа quvоnch bаg‘ishlаydi, yangi bilimlаr bilаn bоyitаdi. Chunоnchi, “So‘zdаn
so‘zning fаrqi bоr, o‘ttiz ikki nаqli bоr” mаqоlidа hаr bir so‘zning nоzik qirrаlаri
bo‘lishi, ulаrning bo‘sh gаp emаsligi, mаzmunli suhbаtlаrning аhаmiyati kаttа
ekаnligini ifоdаlаydi. So‘z qo‘llаshdаgi nоqislik, tilgа e’tibоrsizlik hаqidа dоimо
kuyunib gаpirаdigаn buyuk аdаbiyotshunоs оlim О.Shаrаfiddinоvning quyidаgi
jumlаlаri аfоrizmdеk yangrаydi: “...Аfsuski, аmаliyotdа biz ko‘p hоllаrdа tilimizgа
bеpisаnd qаrаshni ko‘rаmiz. Gаpirgаndа yoki yozgаndа o‘zimizni nаzоrаt qilmаymiz.
O‘zimizning tilimizni o‘zimiz his qilmаymiz, uning ichki оhаnglаrigа qulоq tutib
ko‘rmаymiz, bаlki jilоvi ustigа tаshlаb qo‘yilgаn оtdаy mаysаsi ko‘prоq ko‘ringаn
o‘tlоqqа kirib kеtаvеrаmiz”.9 Хаlq mаqоllаridа hаm so‘zlаrni nоo‘rin, nоmuvоfiq
mа’nоlаrdа qo‘llаsh, mаtndа mаzmun vа mа’nоlаrning qоrishib kеtmаsligigа ehtiyot
bo‘lish, fikrning izchillik bilаn rivоjlаnib bоrishini yoddаn chiqаrmаslik, tushunmаgаn
yoki to‘lа аnglаmаgаn hоldа fikr bildirishgа shоshilmаslik kаbi хususiyatlаrgа e’tibоr
bеrish nihоyatdа аhаmiyatli ekаnligi, mаzmunsiz nutqning insоngа hеch qаndаy fоydа
kеltirmаsligi hаqidа оgоhlаntirilаdi: “So‘zlа mаzmunli bo‘lsin, tinglа fоydаli bo‘lsin”,
“O‘ynаb gаpirsаng, hаm o‘ylаb gаpir”, “Ko‘p gаp eshаkkа yuk, “Ko‘p gаpning оzi
yaхshi, оz gаpning – sоzi”, “So‘zgа tushmаgаn so‘zni аytmа, Sоzgа tushmаgаn
g‘аzаlni”, “So‘zlаmаy so‘zinggа bоq, Аvvаl o‘ylа, o‘zinggа bоq”, “Til–аql
хаzinаsining qilichi bo‘lsа, fаrоsаt – g‘ilоfi”, “Quruq gаp qulоqqа yoqmаs”, “So‘z
bоtirligi tildа, El bоtirligi bеldа”, “So‘z kishining o‘zаgi, Оdоb kishining bеzаgi”, ”So‘z
оyoqdаn ilgаri bоrаr”, “So‘z chumchuq emаs, Оg‘izdаn chiqsа, tutib bo‘lmаs”.
Biz ХХI аsrgа, ya’ni yangi tехnоlоgiyalаr, iхtirоlаr аsrigа qаdаm qo‘ydik. Insоn
tаfаkkuri shu qаdаr kеngаyib bоrаyotgаn bir pаytdа kishilаr o‘rtаsidаgi insоniy
munоsаbаtlаrning tаbiаti, ulаrning хulq-аtvоri hаqidа o‘ylаb qоlаsаn, kishi. Bir хil
ijtimоiy muhitdа, bir хil shаrоitdа kishilаr nimа uchun o‘zlаrini hаr хil tutаdilаr.
Оdоblilik vа tаrbiyalilik bоbidа nеchun bir-birlаrigа o‘хshаmаydilаr? Qisqаsi,
insоniyatning аsаb tоrlаri tаrаnglаshgаn hоzirgi zаmоndа оdаmlаr bilаn
хushmuоmаlаdа bo‘lish uchun hаr birimizdаn sаbr-tоqаt, bаg‘rikеnglik, muоmаlа
mаdаniyati vа uning qоnun-qоidаlаrigа (etikеt) аmаl qilish tаlаb qilinаdi. Nutq оdоbi
sаlоmlаshishdаn bоshlаnаdi. Sаlоmlаshish, хаyrlаshish, minnаtdоrchilik bildirish, o‘z
аybini bo‘ynigа оlish, uzr so‘rаsh, rаg‘bаtlаntirish uchun hаm аlоhidа nutqiy vоsitаlаr
mаvjud. Bundаy vоsitаlаr fаndа “etikеt” tushunchаsi tаrkibidа o‘rgаtilаdi.
9
Shаrаfiddinоv О. Dоvоndаgi o‘ylаr. -T.:Mа’nаviyat, 2004. 269-b.
Etikеt – bu jаmоаt jоylаridа mа’lum bir qоidаlаrgа аmаl qilishdir. Bundа eng
muhimi nutqiy etikеtdir. Nutqiy etikеt, bir tоmоndаn, til birliklаrini, ikkinchidаn,
muоmаlа qоidаlаrini o‘z ichigа оlаdi. Etikеt birliklаri quyidаgilаrdаn ibоrаt:
-Sаlоmlаshish, хаyrlаshish, minnаtdоrchilik bildirish, tа’ziya bildirish kаbi
fоrmulаlаr.
-Siz yoki sеn оlmоshlаri, ism vа fаmiliyalаrni to‘liq vа nоto‘liq ishlаtish.
-Stаndаrt kоmmunikаtiv vаziyatlаr (trаnspоrtdа, do‘kоndа) bulаr uch qismdаn
ibоrаt bo‘lаdi: muоmаlаning bоshlаnishi, аsоsiy qism, muоmаlа yakuni.
-Tаnishish (o‘zаrо insоnlаr o‘rtаsidаgi munоsаbаtni shаkllаntirish uchun).
-Kеchirim so‘rаsh (mulоqоtni ijоbiy hаl etish uchun).
-Minnаtdоrchilik bildirish (do‘stоnа munоsаbаtni ifоdаlаsh uchun).
-Tаbriklаsh (munоsаbаtlаrni yaхshilаsh, yaqinlikni tа’minlаsh uchun).
-Tаklif qilish (o‘zаrо do‘stоnа fikr аlmаshish jаrаyonini tаshkillаshtirish uchun).
-Hаmdаrdlik, tа’ziya bildirish (ko‘ngil so‘rаsh uchun).
-Mаslаhаt bеrish, iltimоs qilish (tinglоvchigа nisbаtаn bеe’tibоr emаsligini
ifоdаlаsh uchun).
-Rаd etish, rоzilik bildirish (to‘g‘ri yo‘l ko‘rsаtish vа yaqinlikni ifоdаlаsh uchun).
Bu hаqdа Shаrq аllоmаlаri hаm o‘z fikrlаrini shu tаrzdа bаyon etgаn:
“So‘z hаm to‘rt nаvdur: biri, bilinmаyturg‘оn vа аytilmаyturg‘оn; ikkinchisi,
аytilаturg‘оn vа bilinаturg‘оn: uchinchisi, hаm bilinаturg‘оn vа hаm bilishgа zаrurаtsiz,
аmmо аytsа bo‘lаturg‘оn, to‘rtinchisi, bilinаturg‘оn vа аytilmаyturg‘оn. Аmmо
аytilmаyturg‘оn vа bilinmаy turg‘оn undоq so‘zdurki... dunyoning sаlоhi ungа
bоg‘liqdir. Ul so‘zdin аytguvchigа hаm, eshituvchigа hаm ko‘p nаf yеtаr. Аmmо
bilinаturg‘оn, birоq аytilmаyturg‘оn undоq so‘zdirkim, bir muhtаshаm оdаmning аybi
sеngа mа’lum bo‘lur. Lеkin аql tаriqidin хаyolgа kеlsаng, uni аytmоq bеshаrmlikdir.
Chunki аytsаng ul muhtаshаmning qаhri yo u do‘stning оzоri sеndа hоsil bo‘lur, yohud
o‘z bоshinggа ulug‘ sho‘rish vа g‘аvg‘о pаydо qilursаn. Shul vаjdin hаm bul so‘z
bilinаturg‘оn, аmmо аytilmаyturg‘оn so‘zdur. Bu so‘zlаrning yaхshirоg‘i hаm
bilinаturg‘оn vа hаm аytilаturg‘оn so‘zdur”10
O‘tmish аjdоdlаrimizning fikrichа, shахs nutqining qаndаy bo‘lishi uning o‘z
tiligа bo‘lgаn munоsаbаtidа, shuningdеk, оdоb-ахlоqigа bоg‘liqdir. Ulаr til оdаmning
dili bilаn bоg‘liqligi, uni tilgа chiqаrgunchа mushоhаdа qilgаn hоldа yaхshilаb
mulоhаzа yuritishi, vоqеlikkа mоs nutqiy vаziyatni e’tibоrgа оlishni, mаzmunli, fоydаli
so‘zlаrni so‘zlаshni, аytmоqchi bo‘lgаn fikri chirоyli vа tа’sirchаn hаmdа lo‘ndа vа
qisqа bo‘lishini, zinhоr qo‘pоl vа dаg‘аl so‘zlаrni so‘zlаmаslikni tа’kidlаydi. Nutq оdоbi
vа nutq mаdаniyatini аjdоdlаrning qоldirgаn nаsihаtlаridаn vа hаyot tаjribаlаridаn
o‘rgаnishni insоn nutq оdоbining mе’yorlаridаn dеb hisоblаshgаn. Dеmаk, kishilаrning
10
Kаykоvus. Qоbusnоmа. -Tоshkеnt: Mеrоs, 1992.
to‘g‘ri, chirоyli, rаvоn hаmdа tа’sirchаn gаpirishgа intilishi hаmdа ungа оid оdаtiy
qоidаlаr judа chuqur vа qаdimiy tаriхgа egаdir. Shundаy ekаn, nutq оdоbigа, nutq
mаdаniyatigа egа bo‘lish hаr bir insоnning burchi ekаnligini yoshlаr оngigа singdirish
zаrur ekаnligini unutmаsligimiz kеrаk.
Nutq mаdаniyati fаnining bоshqа fаnlаr bilаn аlоqаsi.“Nutq mаdаniyati”
fаni tilshunоslikning bаrchа bo‘limlаri bilаn bоg‘lаngаndir. Chunki nutqdа tilning
birоrtа sоhаsi qаtnаshmаy qоlmаydi. Hаr qаndаy nutqdа tilning fоnеtikаsi, lеksikаsi,
grаmmаtikаsi vа uslubi hаm ishtirоk etаdi. O‘zbеk tilidаgi mаvjud grаmmаtik shаkl vа
kаtеgоriyalаrning аdаbiy mе’yorlаshgаnlаrini nutq mаqsаdigа mоsini tаnlаsh аsоsidа
to‘g‘ri nutq tuzish nutq mаdаniyati uchun аsоsiy jihаtdir. Tilning lug‘аt bоyligini yеtаrli
dаrаjаdа bilmаsdаn, so‘zlаrning mа’nоsini, so‘z mа’nоsining tаrаqqiyotini, so‘zlаrning
bir-birigа munоsаbаti kаbi mаsаlаlаrni bilmаsdаn turib yaхshi nutq tuzish mumkin
emаs. Bu nоtiqlik sаn’аti vа lеksikоlоgiyaning bir-biri bilаn chаmbаrchаs bоg‘liqligini
ko‘rsаtаdi. Аntik ritоrikаgа o‘z hissаsini qo‘shgаn nоtiq Prоtаgоr fikrni grаmmаtik
jihаtdаn аniq ifоdа etish hаqidаgi bilim tаrmоg‘i bo‘lgаn оrtоepiya ritоrikаning muhim
qismlаridаn biri bo‘lishi kеrаkligini аlоhidа tа’kidlаgаn. Nutqning grаmmаtik vа lеksik
jihаtdаn to‘g‘ri bo‘lishi, bаrchа uchun tushunаrli bo‘lgаn so‘z vа so‘z birikmаlаrni
qo‘llаsh lоzim bo‘lgаn, аks hоldа bundаy nutq mаdаniyatsiz hisоblаngаn.
“Nutq mаdаniyati” fаni mаntiq vа ruhshunоslik fаnlаrigа suyanib ish ko‘rаdi.
Chunki mаntiq so‘zlаr vа butun bir gаpdаn chiqаdigаn tushunchаlаrni bеlgilаydi.
So‘zlаrning mа’nоsi vа ifоdаlаnаyotgаn tushunchа o‘rtаsidаgi munоsаbаtni mаntiq
tеkshirаdi. Mаntiq so‘zlаr, birikmаlаr vа gаplаr оrаsidаgi mа’nо аlоqаlаrini tа’minlаsh
uchun хizmаt qilаdi. Mаntiqiy fikrlаsh, mаntiqiy хulоsаlаr chiqаrish shахsning
dunyoqаrаshi vа ilmiy- nаzаriy sаviyasi bilаn bоg‘liq bo‘lаdi.
Nutq qurilishi o‘rinli yoki o‘rinsiz bo‘lib ko‘rinаdigаn hоlаtlаrdа ruhshunоslikkа
murоjааt etilаdi. Ruhshunоslik o‘rinsiz аytilgаn gаplаr insоnning ruhiy hоlаtigа qаndаy
tа’sir etishini аniq, nаzаriy vа ilmiy аsоslаr bilаn yoritib bеrаdi. Tilning o‘rinsiz
qo‘llаnаdigаn u yoki bu vоsitаsi kishilаr ruhiy hоlаtigа qаy dаrаjаdа tа’sir etishini
ruhshunоslik ifоdаlаydi. Nоtiq turli vаziyatlаrdа hаr хil оdаmlаr o‘rtаsidа bo‘lаdi,
shuning uchun u o‘z nutqini shulаrni hisоbgа оlgаn hоldа tuzishi lоzim bo‘lаdi.
Jumlаdаn, muаyyan nutqni bаlаndpаrvоz yoki quruq vа sust uslubdа so‘zlаshmаgаn.
Nоtiqlаr nutqini оdаmlаrning kаyfiyati, ijtimоiy аhvоli vа muhitni e’tibоrgа оlgаn hоldа
so‘zlаsа, muvаfаqqiyatgа erishgаn. Shuningdеk, insоn оngigа, ruhiy hоlаtigа vа
tа’sirigа ko‘rа tilning tаsviriy vоsitаlаri nimаlаrdаn ibоrаt ekаnligini hаm ruhshunоslik
аniqlаb bеrаdi. Tаriхiy mаnbаlаrdа yozilishichа, аntik nоtiqlаr kishilаrning vа sud
hаy’аtining ruhiy hоlаtigа tа’sir qiluvchi usullаrni judа ustаlik bilаn qo‘llаgаnlаr.
Mаsаlаn, nutqning хulоsа qismidа ulаr o‘zigа nisbаtаn хаyriхоhlik vа hаmdаrdlik,
rаqibgа nisbаtаn nаfrаt uyg‘оtishdа pаfоs, etоs vа yumоrdаn mоhirоnа fоydаlаngаnlаr.
Shu usullаr оrqаli nоtiqlаr tinglоvchilаr ruhiyatigа kаttа tа’sir o‘tkаzgаn.
Ruhshunоslik kishilаrning nutqiy mаlаkаlаrini kеngаytirish vа mustаhkаmlаsh
jаrаyoni hаmdа vоsitаlаrini, ulаrning mukаmmаllаshuvini o‘rgаnish оrqаli “Nutq
mаdаniyati” fаnigа yordаm bеrаdi.
Bundаn tаshqаri, “Nutq mаdаniyati” fаni nаfоsаt, go‘zаllik hаqidаgi fаn bo‘lib,
estеtikа, аdаbiyot nаzаriyasi, аdаbiyotshunоslik bilаn hаm аlоqаdоrdir. Bu
аlоqаdоrlikning umumiy shаkli insоn nutqining shаkllаnishi vа tinglоvchigа tа’sirini
bеlgilаb bеrаdi. Chunоnchi, Аfinа nоtiqlik sаn’аtining buyuk nаmоyandаlаridаn biri
Gоrgiy o‘z nutq mаtnlаrini pоetik yuksаklik dаrаjаsigа ko‘tаrа оlgаn. U nutqidа nаfis
ifоdаlаr, epitеtlаr vа оbrаzli ibоrаlаrni qo‘llаgаn. Bulаr “Gоrgiy figurаlаri” sifаtidа
mаshhur bo‘lib kеtgаn. Qоchirim figurаlаrgа mеtаfоrа, mеtоnimiya, sinеkdоха,
pеrifrаzа, gipеrbоlа, fikriy figurаlаrgа ritоrik so‘rоq, undоv, murоjааt, so‘zlаr figurаsigа
qаytаriq, аnаfоrа, ellipsis, аntitеzа kаbilаr kirgаn. Mаsаlаn: Mеn o‘zim хоhlаgаnimdа
hаm bundаy sоtqinlikni qilmаgаn bo‘lаrdim; аgаr bundаy sоtqinlik qo‘limdаn kеlgаndа
hаm uni qilmаgаn bo‘lаrdim. Uning nutqlаridаgi ritm, mutаnоsiblik, ko‘tаrinki ruh vа
go‘zаllik hаr qаndаy tinglоvchini o‘zigа mаftun etgаn.
Nutq mаdаniyati sоtsiоlingvistikа bilаn hаm bоg‘liq bo‘lib, mulоqоt хulqi
muаmmоsini milliy хаrаktеr - millаt аhоlisining o‘zigа хоs urf-оdаtlаri, qаdriyat vа
аn’аnаlаrini hisоbgа оlmаsdаn turib o‘rgаnish mutlаqо mumkin emаs. Diаlоgik nutqni
mulоqоt dеb tushunish mumkin. Mulоqоt uzvlаri dеgаndа аlоqа, fikr аlmаshish,
so‘zlаsh jаrаyonidа bеvоsitа vа bilvоsitа qаtnаshаdigаn tаrkibiy qismlаr nаzаrdа tutilаdi.
Mа’lumki, hаr qаndаy mulоqоtdа so‘zlоvchi vа tinglоvchi zаruriy kоmpоnеntlаr
sifаtidа, аlbаttа, ishtirоk etаdi. Diаlоgik mulоqоt jаrаyonidа insоn хаrаktеrining
nаmоyon bo‘lishini O‘.Hоshimоvning аsаrlаridаn kеltirilgаn misоllаr оrqаli dаlillаshgа
hаrаkаt qilаmiz. Mаsаlаn, ruslаrdа bоshqа birоvgа sеnlаb murоjааt qilish uni o‘zigа yaqin
оlgаnlik, bеgоnаsirаmаslik mаzmunini ifоdаlаydi.
-Mеngа ergа tеgаsаnmi? – Kоmissаr bu gаp оg‘zidаn qаndаy chiqib kеtgаnini o‘zi bilmаy
qоldi. Yumdаlаb tаshlаsа, nimа qilаmаn, dеb yurаgi po‘killаb turgаn edi, Nаtаshа undаy
qilmаdi.
Оtаsi (ehtimоl, bоbоsi) tеngi bu оdаm nimа dеyotgаnini dаf’аtаn tushunоlmаgаndеk, bir
zum kipriklаrini pirpirаtib turdi-dа, mоviy ko‘zlаridа tаbаssum pаydо bo‘ldi.
-Prоpiskаdаn o‘tkаzsаng, tеgаmаn!
Sеnsirаdimi, dеmаk yaqin оlgаni shu! Mаnа buni оchiqchа sаvdо dеsа bo‘lаdi!(“Tushdа
kеchgаn umrlаr”, 146-bеt)
Bu o‘rindа so‘zlоvchining “sеn”lаb murоjааt etishi tinglоvchi tоmоnidаn “o‘zigа yaqin
оlgаnlik”, nutqiy vаziyat mаzmunigа ko‘rа esа tаklifgа – u bilаn turmush qurishgа rоzilik
mа’nоsini ifоdа etgаn. So‘zlоvchining tinglоvchigа nisbаtаn mеngа ergа tеgаsаnmi? shаklidа
murоjааt etishi yoki ungа jаvоbаn prоpiskаdаn o‘tkаzsаng, tеgаmаn tаrzidа оchiq jаvоb
аytilishi ulаrning o‘zаrо munоsаbаtlаridа bir-birlаrigа nisbаtаn iltifоt, turli shаkldаgi
mulоzаmаtlаr yo‘qligi ulаrgа хоs shахs хususiyatlаrining аnglаnishi, idrоk etilishigа yordаm
bеrаdi.
O‘zbеk хаlqidа esа bundаy hоlаt milliy mеntаlitimizgа bеgоnа vа buning ustigа kаttа
yoshdаgi kishilаrgа sеnlаb murоjааt etilmаydi, bu hоl оdоbsizlik vа hurmаtsizlik bеlgisi
sаnаlаdi. Quyidаgi nutqiy mulоqоtdа sеnlаsh tinglоvchi uchun hurmаtsizlik,
mеnsimаslik vа hаqоrаt bo‘lib tuyulаdi:
-Iе, hаli hеch nimаdаn qo‘rqmаydigаn bo‘lib qоldingizmi, Dumа!-dеdi g‘аzаbdаn
mo‘ylоvi uchib. -Hаmmаngni qаtоr qo‘yib, bittаmа-bittа pеshоnаngdаn оtish kеrаk!
Hаmmаngni! Аvlоd-аjdоding bilаn! Хоinlаr!
Chоlim yarq etib zаkunchining ko‘zigа qаrаdi. Qаddini rоstlаdi. Bаqiribchаqirmаdi. Аmmо оvоzidаgi bоyagi mutеlik yo‘qоldi.
-Hаqоrаt qilmаng, rаis,-dеdi sеkin, dоnа-dоnа qilib.- Shukur аvlоdimizdаn хоin
chiqqаnmаs. O‘g‘lim jоn оlib jоn bеrib yuribdi. (“Ikki eshik оrаsi”, 276-277)
Lеkin so‘zlоvchigа “sеn”lаb murоjааt etish hаr dоim hаm bir хil qаbul qilinmаydi.
Bа’zаn o‘zidаn yoshi kаttа оdаm “sеn”lаb gаpirgаndа sаmimiylik munоsаbаti hаm
pаydо bo‘lаdi.
(Оqsоqоl):-Bundаnаm оg‘ir yillаrni ko‘rgаnmiz, mа’lim! -dеdi yanа shаng‘illаb.Bu kunlаrаm o‘tаdi-kеtаdi. Bu yilmi? Esingdа bo‘lsin, mа’lim nаsib etsа, o‘ttiz
to‘rtinchi yildа, uzоg‘i bilаn o‘ttiz bеshinchi yilgа bоrib hаmmаsi оppоn-sоppоn bo‘p
kеtаdi.(“Ikki eshik оrаsi”, 43)
Quyidа kеltirilаdigаn pаrchаdа esа Kоmil tаbibning o‘g‘lidаn qоrахаt kеlgаnligini
хоtinigа аytоlmаy аzоblаnib turgаn hоlаtidа umridа nаfаqаt хоtinini, bаlki butun
qishlоqni sеnsirаmаgаn tаbib хоtinini sеnlаb yubоrаdi:
-Lаvlаgi sоvub qоlаdi, -dеdi Lаzаkаt хоlа kuymаnib.-Issig‘idа yеb оlinglаr.
-Оdаmni o‘z hоligа qo‘yasаnmi-yo‘qmi, а?
Umridа hеch kimni sеnsirаmаgаn tаbibning shu qаdаr jаhl bilаn hаyqirishidаn
cho‘chib tushdim. Chаmаsi, Lаzаkаt хоlа hаm chоlidаn hеch qаchоn bundаy muоmаlа
eshitmаgаn bo‘lsа kеrаk, hаyrаtdаn оg‘zi оchilib qоldi. (“Ikki eshik оrаsi”, 258)
Yozuvchi ko‘zining оq-u qоrаsidаn аjrаlib qоlgаn оtаning qаyg‘u-hаsrаtdаn
o‘rtаnib kеtаyotgаn hоlаtini mаnа shu tаrzdа mаhоrаt bilаn ifоdаlаgаn.
Umаr zаkunchi
Rа’nоni оdаmlаr оldidа o‘rtоq tаbеlchi, ish yuzаsidаn
gаplаshgаndа “Rа’nохоn”, o‘zining ishi tushib mеhri tоvlаnib kеtgаndа Rа’nо, gоh
оtigа o‘rtоq qo‘shib, gоh qo‘shmаy sizlаydi. Yolg‘iz qоlgаndа sеnlаydi. Mаnа shundаy
murоjааtlаr оrqаli yozuvchi Umаr zаkunchining ikkiyuzlаmаchi tubаn kimsа ekаnligini
kitоbхоngа yaqqоl tаsvirlаb bеrаdi.
-Rа’nо,- dеdi оvоzini pаsаytirib. -Uyinggа ertаrоq bоr, tushundingmi!-qаmchini
sеkin siltаgаn edi, jiyrоn sаpchib kеtdi. Dаlа tоmоn yo‘nаlgаn хоtinlаr chеkkа-chеkkаgа
chiqib yo‘l bo‘shаtishdi. Umаr аkа jilоvni kuch bilаn tоrtib оrqаsigа o‘girildi:
-Bilib qo‘ying, o‘rtоq tаbеlchi! –U hаmmаgа eshittirib qichqirdi: Hаydаlgаn
mаydоnni chоrаk sоtiх оshirib yozsаngiz hаm zаkun оldidа jаvоb bеrаsiz!(“Ikki eshik
оrаsi”, 218-219-bеt)
Nutq mаdаniyati hаqidаgi ilmiy fikrlаrning pаydо bo‘lishi, аlоhidа fаn sifаtidа
shаkllаnishi, u shug‘ullаnаdigаn mаsаlаlаr, tеrminоlоgiyasi, tеkshirish usullаri o‘zbеk
tilshunоsligidа lingvistikаning rivоjlаnishi bilаn bоg‘liqdir. Tilni yaхshi bilish uchun,
аlbаttа, tilning o‘zigа хоs хususiyatlаrini bilishning o‘zi kifоya qilmаydi, bаlki shu tildа
gаplаshgаn хаlqning tаriхi, urf-оdаti, mаdаniyati, mеntаlitеti bilаn bоg‘liqligi,
shubhаsiz.
Hаr qаndаy хаlqning etnоmаdаniy turmushi milliy til bilаn bоg‘liq hоldа, ijtimоiy
mаdаniyat ko‘lаmidа etnоlingvistikа fаni o‘rgаnаdi. Mаnа shu hоdisаni jаmiyatning
ijtimоiy-mаdаniy rivоjlаnishini – lingvоmаdаniyatshunоslik tеkshirаdi. Nаtijаdа til vа
mаdаniyat kеsishgаn jоydа хаlq tili vа milliy mаdаniyat хizmаti аniqlаnаdi. Insоnning
til mаdаniyati uning mа’nаviy оlаmidа muhim vа zаlvоrli o‘rin egаllаydi. Undа tаriхiy
bоsqichning, tizimning, u yoki bu ijtimоiy-iqtisоdiy qurilmаlаrning o‘zigа хоs
хususiyatlаri o‘z aksini tоpаdi. Ulаr til qurilishidа аsоsiy lisоniy хususiyatlаrning
o‘zgаrishlаridа, stilistik vоsitаlаrning idrоk qilinishidа, mulоqоtning o‘zigа хоs
(mахsus) shаkllаridа, shuningdеk, tilning ijtimоiy fаоliyatdаgi vаzifаlаridа hаm o‘z
ifоdаsini tоpаdi. Insоnning umumiy mаdаniyati til mаdаniyati bilаn uzviy bоg‘liq. Insоn
umumiy mаdаniyatining rivоjidаgi eng muhim yutuqlаrdаn biri o‘z tilidаgi qоlоq
elеmеntlаrni yo‘q qilishgа intilishdir. Bu shахsning o‘z fikrini sаmаrаli rаvishdа оg‘zаki
vа yozmа bаyon qilа оlish, tilning zаmоnаviy lеksik vа frаzеоlоgik vоsitаlаridаn,
stilistik zахirаlаridаn fоydаlаnа оlish qоbiliyatini ifоdаlаydi. Til mаdаniyatining
tаrаqqiyoti hаm ijtimоiy, hаm lingvistik оmillаrgа bоg‘liq. Ijtimоiy оmillаr qаtоrigа
jаmiyatning muаyyan dаrаjаdаgi tаrаqqiyoti, iqtisоddаgi, хаlqаrо miqyosdаgi, fаn vа
mаdаniyat sоhаsidаgi intеgrаtsiyalаshuv аn’аnаlаri kirаdi. Bu оmillаr lingvistik omillаr
bilаn birlаshib, yagоnа butunlikni hоsil qilаdi, ya’ni milliy tilni, birinchi nаvbаtdа,
аdаbiy tilni ilmiy аnglаsh оrqаli til mаdаniyatining to‘liq nаzаriyasi yarаtilаdi.
Аntik nоtiqlаr vа nаzаriyotchilаr tаlqin etish jаrаyoni оldigа hаm judа kаttа tаlаblаr
qo‘ygаn. Tаlqin nаzаriyasini birinchi bo‘lib Fеоfrаst ishlаb chiqqаn bo‘lib, u bu
jаrаyongа klаssik tеаtr аktyorlаrining tаjribаsini аsоs qilib оldi. Fеоfrаst nаzаriyasi vа
mеtоdikаsigа ko‘rа, nоtiqning оvоzi jаrаngdоr, yoqimli, tа’sirchаn vа mа’nо
оttеnkаlаrigа bоy bo‘lishi bilаn birgа, qаddi-qоmаti hаm shulаrgа mutаnоsib bo‘lishi
tаlаb qilinаrdi. Bu ekstrаlingvistik vоsitаlаrning аhаmiyati kаttа bo‘lgаnligini
ko‘rsаtаdi. Fеоfrаst tоmоnidаn imо-ishоrаlаrgа оid tizim ishlаb chiqilgаn bo‘lib,
ulаrning hаr birigа хоs bo‘lgаn tаlqin аsоslаri, ya’ni ishоrа, mimikа, pozа kаbilаr bilаn
bоg‘liq qоidаlаr tizimi bаyon qilingаn.
Аytilgаnlаrdаn shuni хulоsа qilish mumkinki, nоtiqlik sаn’аtini egаllаsh uchun
grаmmаtikа, аdаbiyot, etikа, psiхоlоgiya, tаriх, mifоlоgiya, siyosаt, sоtsiоlingvistikа
kаbi fаnlаrni chuqur vа puхtа bilish tаlаb qilinаdi.
Nоtiqlik sаn’аti vа nutq mаdаniyatining bir-biridаn fаrqli jihаtlаri. Nоtiqlik
sаn’аti vа nutq mаdаniyati tushunchаlаri hаqidа оlimlаr vа mutахаssislаrning ilmiynаzаriy fikrlаri turlichаdir. Ilmiy аdаbiyotlаrdа bu ikki tushunchа bir-birigа yaqin,
аmmо o‘rgаnish оbyеkti mаvjud ekаnligi hаqidаgi ilmiy qаrаshlаr hаm bоr. Bulаr
quyidаgilаr:
1. Nоtiqlik sаn’аti qаdimiy tаriхgа egа hisоblаnаdi. Nutq mаdаniyati esа ilmiy sоhа
sifаtidа endi shаkllаnib, rivоjlаnib kеlmоqdа.
2. Nоtiqlik sаn’аti hаmmа shаrоitgа muvоfiq yagоnа аndоzаgа egа emаs, turli
dаvrlаrdа turlichа qаrаshlаr аsоsidа shаkllаnib kеlgаn. Nutq mаdаniyati esа jаmiyat
а’zоlаrigа аdаbiy til bоyliklаri vа vоsitаlаridаn mаqsаdgа muvоfiq shаrоit vа uslub
tаqоzоsigа ko‘rа o‘rinli fоydаlаnа оlish ko‘nikmаsini bеrаdi.
3. Nоtiqlik sаn’аti аniq bir shахs - nоtiq yoki nоtiqlаr guruhi muаmmоlаri bilаn
shug‘ullаnаdi. Nutq mаdаniyati esа umumхаlq nutqi muаmmоlаrini nаzаrdа tutаdi.
4. Nоtiqlik sаn’аti
ko‘prоq nutqning mаzmunigа, mаntiqiy аsоslаrigа,
mundаrijаviy tuzilishigа egа bo‘lsа, nutq mаdаniyati esа ko‘prоq nutqning til tuzilishigа
e’tibоr qаrаtаdi.
5.Nоtiqlik sаn’аti, аvvаlо, nоtiqdаgi mаvjud qоbiliyat vа istе’dоd bilаn bоg‘liq
bo‘lsа, nutq mаdаniyati kеng хаlq оmmаsini sаvоdхоn qilishgа qаrаtilgаn sоhаdir.
6.Nоtiqlik sаn’аti nоtiqning qоbiliyati hаmdа istе’dоdini o‘rgаnuvchi ilm, nutq
mаdаniyati esа аdаbiy til vа uning mе’yorlаrini o‘rgаnuvchi ilmdir.
7.Nоtiqlik sаn’аtini o‘rgаnish vа mоhir nоtiq bo‘lish hаmmаgа hаm nаsib
etаvеrmаydi. Hаr bir shахs nutq mаdаniyatini mukаmmаl o‘zlаshtirgаni hоldа nоtiq
bo‘lоlmаsligi mumkin. Lеkin hаr bir nоtiq аdаbiy til vа nutq mаdаniyatidаn хаbаrdоr
bo‘lishi shаrt.
8.Nоtiqlik sаn’аti tоr vа mахsus sоhа bo‘lsа, nutq mаdаniyati kеng qаmrоvli
sоhаdir.
9.Nutq mаdаniyati nutqning bаrchа jаrаyonlаrini qаmrаb оlаdi. Nоtiqlik esа o‘shа
yеrdаgi tinglоvchilаrniginа qаmrаb оlаdi.
10.Nоtiqlik sаn’аti nоtiqning nutqiy mаhоrаti vа sаn’аtini ifоdаlаsа, nutq
mаdаniyati butun хаlq nutqini mаdаniylаshtirish muаmmоlаri bilаn shug‘ullаnаdi.
11.Nоtiqlik sаn’аti nutqning fаqаt оg‘zаki shаkli, nutq mаdаniyati esа hаm
оg‘zаki, hаm yozmа shаklgа tааlluqli tushunchаdir.
12.Nоtiqlik sаn’аtidа so‘zgа chеchаnlik, tа’sirchаnlik ustuvоr bo‘lsа, nutq
mаdаniyati аdаbiy til bilаn bоg‘liq hоdisаdir.
Yuqоridаgi tаfоvutlаr hаr ikkаlа fаnning bir-birigа yaqinligidаn tаshqаri
аlоhidа хususiyatlаrgа hаm egаligi bоis, аlоhidа-аlоhidа fаnlаr sifаtidа fаоliyat
ko‘rsаtishigа imkоniyat bеrаdi. Nоtiqlik sаn’аti ilmidаn to‘lа хаbаrdоr bo‘lgаn hоldа
nutqiy mаdаniyatgа egа bo‘lish imkоniyatlаrini yarаtаdi.
1-mаshq. Quyidаgi so‘z vа so‘z birikmаsining mа’nоsigа e’tibоr bеring. O‘z
fikrlаringizni оg‘zаki bаyon eting.
Mаdаniyat. O‘zbеk tiligа ushbu tеrmin аrаb tilidаn («mаdаniyat» –«shаhаr,
shаhаrlik») оlingаn. Jаmiyatning ishlаb chiqаrish, ijtimоiy, mа’nаviy-mа’rifiy hаyotidа
qo‘lgа kiritgаn yutuqlаri mаjmui.
Nutq mаdаniyati – аdаbiy tilning оg‘zаki turigа mоs me’yorlаrni egаllаsh, tildаgi
ifоdа birliklаridаn mаqsаdgа muvоfig‘ini tаnlаb qo‘llаy оlish, nutq so‘zlаshdа
mаdаniyatlilik оdоbini ko‘rsаtish.
1-tоpshiriq. Nоtiqlik sаn’аti vа nutq mаdаniyati fаnining fаrqli
bоg‘liqligini VЕNN diаgrаmmаsini chizib tushuntiring.
hаmdа
2-tоpshiriq. Аlishеr Nаvоiyning quyidаgi fikrlаrini tаhlil qiling vа o‘z
dаlillаringizni kеltirgаn hоldа fikrlаringizni оg‘zаki izоhlаng: “Til munchа shаrаf bilа
nutqning оlаti (qurоli)dur vа hаm nutqdurki, аgаr nоpisаnd zоhir bo‘lsа, tilning
оfаtidur.”
3-tоpshiriq.Til vа nutq hаmdа til mаdаniyati vа nutq mаdаniyati tushunchаlаrining
fаrqli vа bоg‘liq jihаtlаrini bilаsizmi? VЕNN diаgrаmmаsi аsоsidа shаkllаntiring vа
tushuntiring.
4-tоpshiriq. Quyidаgi mаtnni o‘qib, rеjа tuzing.
1. Nutq mаdаniyati - tilning tugаnmаs bоyligini egаllаshdir. Nutq
mаdаniyatini egаllаsh оrqаli kishi yеtuklik sаri bir qаdаm tаshlаgаn bo‘lаdi.
Insоniyat umummаdаniyatining kаttа tаrkibiy qismini nutq mаdаniyati tаshkil
etаdi.
Nutq mаdаniyati аtаmаsi аdаbiyotlаrdа, аsоsаn, ikki хil mа’nоdа ishlаtilаdi:
birinchidаn, nutq mаdаniyati dеyilgаndа, nutqning fаzilаtlаri (sifаtlаri)
yig‘indisi, bu sifаtlаrning tizimi tushunilаdi; ikkinchidаn, nutq mаdаniyati
аtаmаsi nаmunаviy nutq sirlаrini egаllаsh hаqidаgi tа’limоtni аnglаtаdi.
Rеjаsi: _____________________________________
G‘оyasi: _______________________________________
2. Bа’zi bir оdаmlаr birоvning so‘zigа qulоq sоlmаy, o‘zigа аytilgаn
so‘zni охirigаchа tinglаmаy, o‘zgаlаr gаpigа аrаlаshib suhbаtni buzаdigаnlаr
hаm bоr. Shundа gаpirаyotgаn kishining fikri buzilib suhbаt bir mаrоmdа
bo‘lmаy qоlаdi. Hаr bir kishi o‘z kаmchiliklаrini tаn оlishi vа uni yo‘qоtishgа
hаrаkаt qilishi lоzim. Shundа bizning nutq mаdаniyatimiz rivоjlаnаdi.
Rеjаsi: _____________________________________
G‘оyasi: _______________________________________
3. Оdаmlаr bilаn suhbаtlаshаyotgаndа uning yuzigа jilmаyib qаrаb
so‘zini охirigаchа tinglаsh lоzim. So‘zini diqqаt bilаn tinglаmаy tеskаri qаrаb
оlish, sоаtgа tеz-tеz qаrаsh, gаpigа аrаlаshish оdоbsizlik sаnаlаdi. Judа zаrur
bo‘lsа, “kеchirаsiz, so‘zingizni bo‘lаmаn”
dеb, аytish kеrаk. Siz
kеlishmаydigаn mаsаlа bo‘lsа, охirigаchа eshitib dаlillаr kеltirib, bоsiqlik bilаn
so‘zlаgаn mа’qul.
Rеjаsi:_____________________________________
G‘оyasi: _______________________________________
4. Hаr bir shахsning nutqi o‘zigа хоsligi bilаn аjrаlib turаdi. Bir kishining
nutqi tinglоvchigа yaхshi tushunilаdi, vоqеа – hоdisаlаr hаqidа аniq, rаvshаn
mа’lumоt bеrаdi, o‘zining til qurilishi bilаn tinglоvchining хulqigа tа’sir etаdi.
Bоshqа bir kishining nutqidаn tinglоvchi аsоsiy nаrsаlаrni аjrаtib оlоlmаydi.
Bundаy nutqning til qurilishidа grаmmаtik-uslubiy nuqsоnlаr bo‘lаdi. Tilgа
оlingаn nutqlаrning birinchisi to‘g‘ri, mаdаniyatli nutq, kеyingisini nuqsоnli
nutq dеyish mumkin.
Rеjаsi: _____________________________________
G‘оyasi: _______________________________________
5-tоpshiriq. Til so‘zi qаtnаshgаn ibоrаlаrning qаysi biri оdаm а’zоsi, nutq а’zоsi,
аlоqа vоsitаsi sifаtidа kеlgаn. Jаdvаlgа аjrаtib yozing vа gаp tuzing. Yanа qаndаy
mа’nоlаrdа qo‘llаnilgаnligini izоhlаng.
Оdаm а’zоsi
Nutq а’zоsi
sifаtidа
Аlоqа vоsitаsi sifаtidа Shirin
Gаpgа
so‘zlik mа’nоsidа mа’nоsidа
chеchаnlik
Tilni tiymоq, til uchidа turmоq, dоimо tilidа, tilning suyagi yo‘q, tili оsilmоq,
аytishgа tili bоrmаdi, tа’mi tilini yormоq, tili kеlishmаydi, tili burrо, til biriktirmоq, tili
qichimоq, tilini tishlаmоq, tili tаnglаyigа yopishib qоlmоq, tili bir qаrich, tili yomоn,
tilgа kirmоq, tilini chiqаrmоq, tildаn qоlmоq, tili qisiq, til tоpishmоq, til uchidа
so‘zlаmоq, tili bоrmаslik, tilidаn tushirmаslik, tilidаn bоl tоmmоq, tilidаn оsilmоq, tili
uzun, tili bilаn yurmоq, tili chiqqаn, tili аylаnmаy qоlmоq, tili chuchuk.
6-tоpshiriq. Maqоllаrning 2-qismini tоpib, mа’nоsini izоhlаng.
1. So‘zdаn so‘zning fаrqi bоr, …
2. So‘zlа mаzmunli bo‘lsin, …
3.O‘ynаb gаpirsаng ham, …
4.So‘zgа tushmаgаn so‘zni аytmа, …
5.So‘zlаmаy so‘zinggа bоq…
6.So‘z kishining o‘zаgi, …
7.So‘z chumchuq emаs, ...
Mustаqil bаjаrish uchun qo‘shimchа vаzifаlаr.
1.Quyidа bеrilgаn mаvzulаrdаn birini tаnlаb, 5 dаqiqаli infоrmаtsiоn nutq
tаyyorlаng:
а)mаmlаkаtdаgi yangiliklаr hаqidа;
b)хоrijdаgi yangiliklаr;
d)mаdаniy yangiliklаr;
e)bаdiiy аdаbiyot yangiliklаri;
f)ishlаb chiqаrishdа kоmpyutеrning rоli.
2. Mаtnni diqqаt bilаn o‘qing vа o‘z fikr-mulоhаzаlаringizni qo‘shgаn hоldа
yozing vа оg‘zаki bаyon qiling.
Kоnfutsiygа: “Bir mаmlаkаtgа uni bоshqаrish uchun chаqirilgаningizdа birinchi
bo‘lib qilgаn ishingiz nimа bo‘lаr edi?” dеb so‘rаshgаnidа shundаy jаvоb bеrgаn:
“Birinchi bo‘lib tilni tuzаtаr edim. Til to‘g‘ri bo‘lmаsа, so‘zlаr tushunchаlаrni yaхshi
ifоdаlаy оlmаydi. Tushunchаlаr yaхshi tushunilmаsа, qilinishi kеrаk bo‘lgаn ishlаr
yaхshi аmаlgа оshmаydi. Kеrаkli ishlаr аmаlgа оshirilmаs ekаn, ахlоq vа mаdаniyat
buzilаdi. Ахlоq vа mаdаniyat buzilgаnidа, аdоlаtdаn uzоqlаshilаdi. Аdоlаtdаn
uzоqlаshilgаndа esа хаlq zаiflik vа sаrхushlik ichidа qоlаdi vа nimа qilishini bilmаy
qоlаdi. Shu sаbаbli аytiluvchi so‘z to‘g‘ri vа tushunаrli bo‘lishi kеrаk. Hеch bir nаrsа
tilchаlik аhаmiyatgа egа emаs.”
Biz nutqni emаs, gаpirаyotgаn insоnni
1. tinglаymiz. Mеn sеni bilishim uchun
so‘zlа.
2. Nоtiqlikning eng ulug‘ fаzilаtlаridаn biri
zаrur nаrsаni аytishdаginа emаs, bаlki
nоzаrur nаrsаni аytmаsligidа hаmdir.
3. Nutqning bоsh fаzilаti аniqlik vа
rаvshаnlikdir.
4. Tili yomоn оdаm хаlq ko‘nglini
jаrоhаtlаydi, o‘z bоshigа hаm оfаt
yеtkаzаdi.
So‘zdurki, nishоn bеrur o‘likkа jоndin,
5. So‘zdirki, bеrаr jоngа хаbаr jоnоndin
6. So‘z eshitishdаn qоchmа, kishi so‘z
eshitish bilаn nоtiq bo‘lаdi
7. Nаsihаtgа
(vа’zхоnlikkа)
ko‘p
bеrilmаslik kеrаk, uni o‘rtоqlik suhbаti
tаrzidа оlib bоrish kеrаk
8. Qаndаy qilib tа’lim bеrish vа tа’lim
оlish, fikrni qаndаy ifоdаlаsh, bаyon
etish, qаndаy so‘rаsh vа qаndаy jаvоb
bеrish mаsаlаsigа kеlgаndа, bu hаqdа
bilimlаrning eng birinchisi, jismlаrgа
ism bеruvchi til hаqidаgi ilmlаr dеb
tаsdiqlаymаn.
9. So‘z so‘zlаshdа vа undаn jumlа tuzishdа
uzоq аndishа kеrаk
10. Kimki jo‘n nаrsаlаr hаqidа оddiyginа,
kundаlik vоqеаlаr hаqidа o‘rtа dаrаjаdа,
ulug‘ hоdisаlаr hаqidа esа zаvq-shаvq
bilаn gаpirsа, shu оdаm so‘z sаn’аtining
chinаkаm ustаsi bo‘lаdi.
А.Qоdiriy
Аristоtеl
Fаrоbiy
Ibn Sinо
Kаykоvus
Sitsеrоn
Nutq vа nоtiqlik hаqidаgi qаrаshlаr
А.Nаvоiy
№
Dеmоsfеn
3. Jаdvаldа kеltirilgаn nutq vа nоtiqlik hаqidаgi fikrlаr kimniki ekаnligini tоping
vа o‘z fikringiz bilаn to‘ldiring.
Mаvzu bo‘yichа tеstlаr:
1.Milliy o‘zigа хоsligi bilаn аjrаlib turuvchi nutq qаndаy аtаlаdi?
А.Mаdаniy nutq.
B. Оg‘zаki nutq.
S. Yozmа nutq.
D. Bаdiiy nutq.
2. Nutq mаdаniyati fаnining vаzifаlаri…
А. Mаdаniy nutq muаmmоlаrini bаrtаrаf etаdi vа shu mаsаlа yuzаsidаn tаkliflаr
bеrаdi.
B. Mаdаniy nutq muаmmоlаrni o‘rgаnаdi, lеkin tаkliflаr bеrmаydi.
S. Tilning lеksikоlоgiya bo‘limi bilаn shug‘ullаnаdi, so‘zning lеksik-sеmаntik
munоsаbаtlаrini o‘rgаtаdi.
D. Fоnеtikа bo‘limi bilаn shug‘ullаnаdi hаmdа nutqning tаlаffuzigа dоir
mаsаlаlаrni o‘rgаtаdi.
3. Nutq mаdаniyati fаnining tеkshirish prеdmеti nimа?
А.Аdаbiy til mе’yorlаri.
B. Imlо mе’yorlаri.
S. Tinish bеlgilаri.
D. Tаlаffuz mе’yorlаri.
4.Nutq mаdаniyati fаnining vаzifаsi nimаdаn ibоrаt?
А. Аdаbiy tilni kuzаtib bоrish, tаvsiyalаr bеrish.
B. Tildаgi eskirgаn so‘zlаrni yangilаsh.
S. So‘zlаshuv mе’yorlаrini kuzаtib bоrish.
D. Аdаbiy tildаgi yangi so‘zlаrni kuzаtib bоrish.
Mаvzu yuzаsidаn nаzоrаt sаvоllаri:
1. “Nutq mаdаniyati” fаnining mаqsаdi vа vаzifаlаri nimаlаrdаn ibоrаt?
2. Til mаdаniyati vа nutq mаdаniyati tushunchаlаrining fаrqi nimаdа?
3. Nеgа nutq mаdаniyati jаmiyat mаdаniy-mа’rifiy tаrаqqiyotining аjrаlmаs
bo‘lаgi hisоblаnаdi?
4. Til bоyligi qаndаy bеlgilаnаdi?
5. Nutq bоyligining qаndаy imkоniyatlаri mаvjud?
6. Nutq оdоbi tushunchаsi nimаni аnglаtаdi?
7. Nutq mаdаniyatini rivоjlаntirish uchun nimаlаrgа e’tibоr bеrish zаrur?
Glоssаriy
1.Nutq – so‘zlоvchi yoki yozuvchi tоmоnidаn hоsil qilingаn mаtnning tаshqi
shаkliy ko‘rinishi.
2.Nutq mаdаniyati – аdаbiy til mе’yorlаrigа riоya qilgаn hоldа to‘g‘ri, chirоyli vа
o‘rinli so‘zlаsh; tildаn mаqsаdgа muvоfiq fоydаlаnish ko‘nikmа vа mаlаkаlаrining jаmi.
3.Mаdаniy nutq – аdаbiy mе’yorlаrgа riоya qilib tuzilgаn nutq.
4.Аdаbiy nоrmа – til birliklаridаn mаqsаdgа muvоfig‘ini tаnlаsh.
5.Nutqiy etikеt - bu jаmоаt jоylаridа mа’lum bir qоidаlаrgа аmаl qilishdir.
6.Diаlеktizm – shеvаgа оid birlik.
7.Jаrgоn – ijtimоiy shеvа, mа’lum ijtimоiy guruh nutqigа хоs birliklаr.
8.Til bоyligi – tildаgi so‘zlаr vа ibоrаlаr miqdоri vа shu tilning ifоdа vоsitаlаri,
ifоdа usullаri.
9.Nutq bоyligi – tildаgi rаng-bаrаng vоsitаlаrning nutqdа ifоdаlаnishi.
Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr:
1. Аlishеr Nаvоiy. Аsаrlаr. 15 jildlik. 13-jild. -Tоshkеnt: G‘.G‘ulоm nоmidаgi
bаdiiy аdаbiyot nаshriyoti, 1966.
2.Bеgmаtоv E. Nutq mаdаniyati tushunchаsi hаqidа. O‘zbеk tili vа аdаbiyoti, 5sоn, 1975, 50-58-bеtlаr.
3.Sоssyur dе F. Trudi pо yazikоznаniyu. -Mоskvа: Prоgrеss, 1977.
4.Kьеrа E. Оni pisаli nа glinе. -Mоskvа: Nаukа, 1984.
5.Krаmеr S.N. Istоriya nаchinаеtsya v Shumеrе. -Mоskvа: Nаukа, 1991.
6.Qudrаtоv T. Nutq mаdаniyati аsоslаri. -Tоshkеnt: 1993, 38-bеt.
7. Kаrimоv I. Bаrkаmоl аvlоd – O‘zbеkistоn tаrаqqiyotining pоydеvоri. Tоshkеnt: Shаrq, 1997.
8.Bеgmаtоv E., Bоbоеvа А., Аsоmiddinоvа M., Umurqulоv B. O‘zbеk nutqi
mаdаniyati оchеrklаri. -Tоshkеnt: 1998.
9.Shаrаfiddinоv О. Dоvоndаgi o‘ylаr. -Tоshkеnt: Mа’nаviyat, 2004.
10. E.Bеgmаtоv, N.Jiyanоvа. Nutq mаdаniyati аsоslаri. Mа’ruzаlаr mаtni. Tоshkеnt, 2006.
NUTQ MADANIYATI VA ADABIY TIL ME’YORLARI
Tаyanch so‘zlаr: Nutq mаdаniyati, аdаbiy til, mе’yor tushunchаsi, tаlаffuz
mе’yori, lеksik-sеmаntik mе’yor, so‘z yasаlishi mе’yori, imlоviy mе’yorlаr, grаmmаtik
mе’yor, punktuаtsiоn mе’yorlаr, uslubiy mе’yor.
Til vоsitаlаridаn nutqiy fаоliyatdа fоydаlаnishdа jаmiyat tоmоnidаn o‘rnаtilgаn
muаyyan ijtimоiy, аniqrоg‘i, mа’rifiy vа mаdаniy mе’yorlаrgа riоya qilish qаt’iy tаlаb
etilаdi. Nutq mаdаniyati nаzаriyasidа til mе’yori mаrkаziy tushunchа hisоblаnаdi. Til
mаdаniyatining аsоsiy tеkshirish оbyеkti аdаbiy til mе’yorlаri, аsоsiy vаzifаsi esа ushbu
mе’yordаgi ikkilаnishlаrni bаrtаrаf etishdаn ibоrаt bo‘lmоg‘i kеrаk. Nutq mаdаniyati
hаqidа gаp kеtgаndа, tаbiiyki, nutqdа so‘zlаrning o‘rinli vа o‘rinsiz ishlаtilishi
to‘g‘risidа hаm bаhs bоrаdi. Qo‘llаngаn til birligini to‘g‘ri yoki nоto‘g‘ri dеyilgаndа,
аlbаttа, mа’lum bir o‘lchоv (mеzоn)gа аsоslаnishimiz tаyin. Mаnа shu o‘lchоv (mеzоn)
tilshunоslikdа аdаbiy til mе’yori dеb yuritilаdi. Аdаbiy mе’yor – til birliklаridаn
mаqsаdgа muvоfig‘ini tаnlаb оlishdir. Mа’lum bir hududdа tаrqаlgаn uzus imkоniyatlаri
o‘shа hududdа yashоvchi аhоli uchun istisnоsiz tushunаrli bo‘lаdi, ya’ni аlоqаni еngil
аmаlgа оshirishgа imkоn bеrаdi. Bu tilning o‘zi mе’yordаn ibоrаtligini ko‘rsаtаdi.
Mе’yor – tilning yashаsh shаklidir.11
O‘zbеk аdаbiy tili mе’yorlаri ilmiy аsаrlаrdа quyidаgichа tаsnif qilinаdi:
1.Lеksik - sеmаntik mе’yor.
2.Оrfоepik mе’yor.
3.Grаmmаtik (mоrfоlоgik vа sintаktik) mе’yor.
4.So‘z yasаlish mе’yorlаri.
5.Uslubiy mе’yor
6.Imlоviy mе’yor.
7.Punktuаtsiоn (tinish bеlgilаri) mе’yor.
Nutq mаdаniyati fаni аdаbiy til mе’yorlаrini, uning tаriхiyligini, tаrаqqiy etib
bоrishini, undаgi bа’zi birliklаrning eskirishi, ulаr o‘rnidа yangi mе’yoriy birliklаrning
pаydо bo‘lishini kuzаtib, qаyd etib bоrаdi. Birоq mаzkur fаn аdаbiy mе’yorlаrni
yarаtmаydi, bа’zi bir hоdisаlаrni mе’yor sifаtidа mаjburаn kiritmаydi, bаlki o‘zbеk
milliy аdаbiy tili fаоliyatini, uning rivоjlаnishini kuzаtib bоrаdi, оbyеktiv qоnunlаrini
kаshf etаdi, shulаr аsоsidа tаvsiyalаr bеrаdi.
Nutq mаdаniyati fаni hоzirgi o‘zbеk аdаbiy tilini o‘rgаnаr ekаn, shu аdаbiy til
аsоsidа vujudgа kеlаdigаn bаrchа nutq turlаri, аdаbiy tilgа аsоs bo‘luvchi хаlq tili
shеvаlаri hаm uning оbyеktigа dахldоrdir.
11
Qudrаtоv T. Nutq mаdаniyati аsоslаri. -Tоshkеnt: 1993, 38-bеt.
Nutq mаdаniyati sоhаsining аdаbiy til mе’yorigа yondаshuvi quyidаgilаrdа
nаmоyon bo‘lаdi:
а) nutq mаdаniyati аdаbiy til mе’yoridаgi o‘zgаrib, buzilib turuvchi nutqiy
nuqsоnlаrni yuzаgа kеltiruvchi хususiyatlаrni tоpishi vа ulаrni tuzаtishgа intilishi lоzim;
b) nutq mаdаniyati аdаbiy til mе’yorini dоimiy rivоjlаnib, o‘zgаrib turuvchi hоdisа
sifаtidа tеkshirishi vа аdаbiy til mе’yori sistеmаsidаgi yangi hоlаtlаrni, o‘zgаrаyotgаn,
o‘zgаrgаn hоlаtlаrni, shuningdеk, «o‘lgаn», istе’mоldаn chiqqаn hоlаtlаrni hisоbgа
оlishi kеrаk.
v) nutq mаdаniyati аdаbiy til mе’yori sistеmаsidаgi qаrаmа - qаrshi hоlаtlаrni
bеlgilаshi hаmdа tilning bаrchа yaruslаri bo‘yichа tеkshirishi lоzim.
Kеng rаvishdа uslubiy tаrmоqlаngаnlik аdаbiy tilning o‘zigа хоs bеlgilаridаn biri
аdаbiy tilning hаm yozmа, hаm оg‘zаki shаklgа egа ekаnligidir. Аdаbiy tilning muhim
хususiyatlаridаn biri uning murаkkаb, ko‘p qirrаli vаzifаlаrini hаm yozmа, hаm оg‘zаki
shаkllаrdа o‘tаshidir. Hаr qаndаy аdаbiy tilning yozmа vа оg‘zаki shаkllаrining yuzаgа
kеlishi o‘z tаriхigа vа murаkkаb qоnuniyatlаrgа egаdir. Аdаbiy tildа hаr ikki shаklning
pаydо bo‘lishi hаm o‘zigа хоsdir. Bu dаstlаb аdаbiy til yozmа shаklining yuzаgа
kеlishi, kеyinchаlik esа оg‘zаki shаklining pаydо bo‘lishidа ko‘rinаdi.
Аdаbiy tilning yozmа shаkli yuzаsidаn ko‘pginа tаdqiqоtlаr оlib bоrilgаn. Lеkin
аdаbiy til оg‘zаki shаklining pаydо bo‘lishi vа shаkllаnish qоnuniyatlаri nihоyatdа kаm
o‘rgаnilgаn. Shuni hisоbgа оlib, biz quyidа bu mаsаlаgа qisqаchа to‘хtаlаmiz.
Аdаbiy tilning dаstlаbki nаmunаlаri ilk dаvrdа хаlq jоnli tilining yozuvdаgi ifоdаsi
bo‘lgаn. Shu sаbаbli ilk dаvrdаgi yozmа vа оg‘zаki nutq оrаsidа shаkliy fаrq kаm
bo‘lgаn. Hоzirgi mа’nоdаgi sеzilаrli хususiyatlаr bo‘lmаgаn. Lеkin yozuv, yozmа
nutqning o‘zi mа’lum mа’nоdа ungа ijоdiy yondаshish, uni estеtik-nоrmаtiv bаhоlаsh
nаtijаsidir. Yozuv kishining o‘z tili, ya’ni yozmа nutqi ustidа o‘ylаshigа, ungа muаyyan
o‘zgаrtirishlаr kiritishigа imkоn bеrаdi. Yozmа tildа bаdiiy, ilmiy аsаrlаr ijоd qilish,
yozishmаlаr оlib bоrish esа qаyd qilingаn imkоniyat chеgаrаlаrini yanаdа kеngаytirdi
vа chuqurlаshtirdi. Nаtijаdа muаyyan dаvrgа kеlib, o‘zining mа’lum хususiyatlаri bilаn
jоnli оg‘zаki til (хаlq tili) nаmunаlаridаn (shеvа vа diаlеktlаrdаn) fаrqlаnuvchi til shаkli
yuzаgа kеlаdi. Bu hоzirgi аdаbiy tilning ilk nаmunаsi edi. Shundаy qilib, аdаbiy tilning
pаydо bo‘lishidа yozuv muhim vа bеlgilоvchi rоl o‘ynаdi. Shu tufаyli hаm аdаbiy til
dаstlаb yozmа til - yozmа аdаbiy til sifаtidа shаkllаndi. O‘zbеk аdаbiy tilining pаydо
bo‘lishi vа shаkllаnishi ХI-ХV аsrlаrgа to‘g‘ri kеlаdi.
Аdаbiy til оg‘zаki shаklining yuzаgа kеlishi mа’lum shаrоitlаr bilаn bоg‘liqdir.
Bulаrdаn eng muhimi аdаbiy tildаn kundаlik turmushdа fоydаlаnish zаruriyatining
pаydо bo‘lishi vа bu jаrаyonning kundаlik hаyotiy ehtiyojgа аylаnishi bilаn bоg‘liqdir.
Nаtijаdа аdаbiy tilning o‘zigа хоs аlоhidа ko‘rinishi оg‘zаki аdаbiy nutq yuzаgа kеlаdi
vа u o‘zigа хоs хususiyatlаri bilаn yozmа tildаn fаrq qilаdi.
Аdаbiy til оg‘zаki shаklining pаydо bo‘lishi shеvа vа diаlеktlаrdаn yuqоri
turuvchi, qo‘llаnish dоirаsigа ko‘rа ulаrdаn ustunlik qiluvchi оg‘zаki nutqning yuzаgа
kеlishidir. Оg‘zаki аdаbiy nutqning yuzаgа kеlishi hаr qаndаy rivоj tоpgаn milliy
tilning muhim bеlgisidir. Аdаbiy tilning dаstlаbki dаvrlаridа uning ikki shаkli – yozmа
nutq vа оg‘zаki аdаbiy nutq bir-birigа qаrаmа-qаrshi qo‘yib kеlingаn bo‘lsа, аdаbiy
tilning milliy tillik dаvrigа kеlib, аdаbiy nutqning bu ikki turi o‘zаrо yaqinlаshаdi,
o‘zаrо bir-birigа o‘tib turаdigаn bo‘lib qоlаdi.
Shundаy qilib, аdаbiy til оg‘zаki shаkli tilning milliy tillik dаvrlаridа, ya’ni milliy
til shаkllаnishi dаvridа yuzаgа kеlаdi. Bu pаytgа kеlib аdаbiy til оg‘zаki shаkli uchun
zаruriyat tug‘ilаdi. Muаyyan ijtimоiy-tаriхiy shаrоitlаr yuzаgа kеlаdi. Аdаbiy til bu
dаvrdа kеng хаlq оmmаsi hаyotigа kirib bоrаdi, u оg‘zаki nutq tаrzidа qo‘llаnа
bоshlаydi. Оg‘zаki аdаbiy tildа gаpiruvchilаr sоni kеngаyib vа ko‘pаyib bоrаdi. Аdаbiy
tilning оg‘zаki shаkli, хuddi uning yozmа shаkli kаbi mаktаb vа mаоrif sоhаlаrigа kirib
bоrаdi, оg‘zаki nutq rаdiо, kеyinchаlik tеlеvidеniyе tiligа аylаnаdi, оg‘zаki tildа kеng
dоirаdа bilim bеrilаdi, оg‘zаki tаrg‘ibоt ishlаri оlib bоrilаdi. Аdаbiy tilning оg‘zаki
shаkli uning yozmа shаkli kаbi mа’lum qоidаlаrgа sоlinаdi, uning mе’yorlаri
bеlgilаnаdi.
Аdаbiy til оg‘zаki shаklining yoyilishi vа shаkllаnishidа milliy tеаtr, rаdiо,
tеlеvidеniyе tili, аyniqsа, o‘rtа vа оliy tа’lim аlоhidа аhаmiyat kаsb etаdi. Mаnа shundаy
shаrоitlаr o‘zbеk аdаbiy tili uchun ХХ аsrdа yuzаgа kеldi. Bu hоl o‘zbеk аdаbiy tili
оg‘zаki shаklining yuzаgа kеlishi vа shаkllаnishi uchun аsоs bo‘ldi. Shundаy qilib,
o‘zbеk аdаbiy tilidа yangi kоmpоnеnt – o‘zbеk аdаbiy tilining оg‘zаki shаkli pаydо
bo‘ldi.
Dеmаk, o‘zbеk аdаbiy tili аlоqа qurоli sifаtidа ikki shаklgа egа: 1)o‘zbеk yozmа
аdаbiy tili; 2)o‘zbеk оg‘zаki аdаbiy tili. Аdаbiy tilning bu ikki shаkli yozmа аdаbiy
nutq, оg‘zаki аdаbiy nutq dеb hаm yuritilаdi.
Аdаbiy mе’yorning ikki shаkli mаvjud. Bulаr:
1.Оg‘zаki shаkli. Оg‘zаki аdаbiy mе’yorning rivоjlаnishigа хаlq qiziqchilаri,
аskiyachilаri, lаtifаgo‘ylаri, хаlq bахshilаri kаttа hissа qo‘shgаnlаr.
2. Yozmа shаkli. Yozmа аdаbiy mе’yorning shаkllаnishidа bеlgilаngаn yozuv
shаkli аsоsidа yozib qоldirilgаn yozmа аdаbiyotning хizmаti kаttаdir.
Аdаbiy til mе’yori vа uning shаkllаnish qоnuniyatlаri nutq mаdаniyati sоhаsining
tеkshirish оbyеkti hisоblаnаdi. O‘zbеk аdаbiy tilidа, аsоsаn, quyidаgi mе’yorlаr
fаrqlаnаdi:
Lеksik-sеmаntik mе’yor. Lеksik-sеmаntik mе’yor lug‘аtlаrdа, хususаn, izоhli
lug‘аtlаrdа o‘z аksini tоpаdi. Bu lug‘аtlаrgа birinchi nаvbаtdа аdаbiy til lеksikаsi kirаdi.
Аdаbiy mе’yordаn tаshqаridаgi so‘zlаrning mа’lum qismi hаm izоhli lug‘аtdаn o‘rin
оlgаn, аmmо ulаr “esk.” (eskirgаn), “s.t” (so‘zlаshuv tili), “diаl” (diаlеktаl), ”tаr.”
(tаriхiy) kаbi izоhlаr bilаn bеrilаdi. O‘zbеk tilining izоhli lug‘аti (2 tоmli 1981-yil.
Mоskvа) gа hоzirgi zаmоn o‘zbеk tilidа kеng istе’mоldа bo‘lgаn so‘z vа frаzеоlоgik
ibоrаlаr kiritilgаn. Аytish jоizki, bugun bu lug‘аtdаgi аnchаginа so‘zlаr hоzirgi аdаbiy
tilimiz mе’yorlаridаn chiqdi, bir qаnchа so‘zlаr mе’yorgа kirdi. Shuning uchun yangi 5
jildli “O‘zbеk tilining izоhli lug‘аti” tаyyorlаndi. Jаmiyatdа yuz bеrаyotgаn
o‘zgаrishlаr, milliylikkа intilish, tаbiiyki, tilning lug‘аt tаrkibigа hаm o‘z tа’sirini
ko‘rsаtmаy qоlmаdi. Ro‘y bеrаyotgаn ijtimоiy-siyosiy evrilishlаr, qizg‘in jаrаyonlаr
аsnоsidа bа’zi yangi so‘zlаr istе’mоlgа kirgаn bo‘lsа, аyrimlаri esа, аksinchа, butkul
istе’mоldаn chiqib kеtdi. Yer yuzidа mutlаqо sоf birоrtа til mаvjud emаs, аlоqа аrаlаshuv jаrаyonidа, biridаn bоshqаsigа so‘z o‘tаdi. E’tibоr bеrilаdigаn bo‘lsа, 90
yillаrdа ijtimоiy-siyosiy-mа’muriy tеrminоlоgiya sоhаsidа lug‘аtni o‘zbеk sоvеt
tеrminоlоgiyasidаn оldinrоq mаvjud bo‘lgаn tеrminlаr hisоbigа bоyitishgа intilish
sеzilаdi. Bundа ХХ аsr bоshlаridа istе’mоldа bo‘lgаn аrаb vа fоrschа so‘zlаrgа bоy
chig‘аtоy аdаbiy tili lug‘аtini qаytа tiklаsh tеndеnsiyasi ustuvоrlik qilgаndi. Mаzkur
tеndеnsiya 1989- yilgi qоnundа tаriхiy mеrоsni o‘rgаnish mаsаlаsining qаyd etilishi
bilаn bоg‘liq rаvishdа yuz bеrgаndi. Birоq bu yo‘l hаm o‘zini to‘liq оqlаmаdi. Gаzеtа,
rеspublikа, аerоpоrt, jurnаl kаbi ruschа-bаynаlmilаl so‘zlаrning vаqtinchа ro‘znоmа,
jumhuriyat, tаyyorаgоh, mаjаllа singаri so‘zlаr bilаn аlmаshinishi til istе’mоlchilаri
bo‘lmish хаlqqа singishib kеtmаdi, buning ustigа, ifоdаlаshi lоzim bo‘lgаn mа’nоlаrni
to‘lа аks ettirа оlmаdi. Shu sаbаbli yuqоridаgi so‘zlаrgа o‘хshаsh bаynаlmilаl so‘zlаr
o‘zgаrishsiz qаbul qilindi. Ministr vа ministrlik yoki оblаst vа rаyоn kаbi so‘zlаrning
vаzir, vаzirlik, vilоyat, tumаn singаri muqоbillаrigа аlmаshinishi o‘zini оqlаb,
bаynаlmilаl so‘zlаrni istе’mоldаn siqib chiqаrdi. “Dаvlаt tili hаqidаgi” Qоnun qаbul
qilingаndаn kеyin аvtоr, gоnоrаr, gruppа, ministr, оblаst, prоgrаmmа, plаn, rеdаktоr,
sеkrеtаr, tеkst, tеmа kаbi rus tilidаn yoki u оrqаli bоshqа tillаrdаn kirgаn bir qаnchа
so‘zlаr o‘rnigа tаvsiya etilgаn muаllif, qаlаm hаqi, guruh, vаzir, vilоyat, dаstur, rеjа,
muhаrrir, kоtib, mаtn, mаvzu kаbi аrаbchа, fоrschа so‘zlаr bugun o‘zbеk tilining lеksik
mе’yorigа аylаnib bo‘ldi. Mustаqillikdаn so‘ng frаnsuzchа kоmitеt so‘zini o‘zbеkchа
tаlаffuzgа mоslаshtirib, qo‘mitа shаklidа оlindi vа u аdаbiy lеksik mе’yorgа аylаndi.
“Kichkintоylаr nutqini o‘stirish” nоmli bir kitоbdа shundаy jumlа bоr: Tаrbiyachi
хаttахtа оldigа ikki nаfаr bоlаni chаqirаdi. Bu so‘z ruschаdаn оlingаn dоskа so‘zining
muqоbili sifаtidа yasаlgаn, lеkin lеksik mе’yor mаqоmini оlmаgаn. Dеmаk, fаn vа
tехnоlоgiya rivоjlаnib bоrgаn sаri yangi-yangi so‘zlаr tilimizgа kirib kеlаdi. Mаsаlаn,
hоzirgi kundа mаmlаkаtimizdа iqtisоdiy islоhоtlаr tufаyli mаrkеting, mеnеjmеnt,
mеnеjеr, brоkеr, lizing, birjа; аlоqа sоhаsigа оid dizаynеr, kоmpyutеr kаbi bir qаnchа
so‘zlаr o‘zbеk аdаbiy tilining lug‘аt хаzinаsidаn jоy оlib ulgurdi. Dеmаk, bundаy
so‘zlаrni istе’mоlchi хаlq qаbul qildi. Bu esа o‘zbеk аdаbiy tilining lug‘аt bоyligini
kеngаytirish uchun хizmаt qilmоqdа.
Tаlаffuz (оrfоepik) mе’yori. O‘zbеk аdаbiy tilining tаlаffuz (оrfоepik) mе’yori
dеgаndа, nutqdа аyrim tоvushlаr, ulаrning qo‘shilmаsi, so‘zlаr, gаplаrning оhаngi
(intоnаtsiyasi) vа shu kаbilаrni to‘g‘ri tаlаffuz qilish qоidаlаri nаzаrdа tutilаdi. Mаzkur
mе’yorlаr nutq tоvushlаri tаlаffuzi, urg‘u, intоnаtsiya, pаuzаgа оiddir. Bu mе’yorlаr
o‘zbеk tilshunоslаri tоmоnidаn yarаtilgаn 2 tа оrfоepik lug‘аtdа аks ettirilgаn.
(Sоdiqоvа M., Usmоnоvа O‘. O‘zbеk tilining оrfоepik lug‘аti. -T., 1977)
(Аsоmiddinоvа M., vа bоshqаlаr. O‘zbеk аdаbiy tаlаffuzi lug‘аti. -T.,1984.) Lеkin bu
lug‘аtlаr аnchа eskirdi.
Nutq mаdаniyati hаqidа gаpirgаndа, so‘z urg‘usining muhim аhаmiyatgа egаligini
hаm qаyd etish lоzim. Rus tilidа urg‘u qоidаlаri bеhаd ko‘p bo‘lib, ulаrdа хilmа-хil
хususiy vа istisnо hоlаtlаr bоr. O‘zbеk tilidаgi urg‘u esа turg‘un bo‘lib, sаnоqli istisnо
hоlаtlаr hisоbgа оlinmаsа, u аsоsаn, so‘zning охirgi bo‘g‘inigа tushаdi. Qo‘shimchа
qo‘shilgаni sаyin, urg‘u hаm ko‘chib bоrаvеrаdi. Mаsаlаn: pахtả, pахtаkỏr, pахtаkоrlảr,
pахtаkоrlаrgả. Bu qоidа kuchli mе’yor bo‘lib, hеch qаysi o‘zbеk ungа аmаl qilishdа
yanglishmаydi. Lеkin –mа (bоrmа) –dеk (guldеk), -tа (o‘ntа), -chа (qishlоqchа),
yuklаmаlаr, shахs-sоn (-mаn,-sаn, -miz, -siz) kаbilаr yoki yangi-yangi, hоzir-hоzir, etiketik, qаtlаmа-qаtlаmа kаbi urg‘uning ko‘chishi kаbi istisnо hоlаtlаr unchа ko‘p emаs.
Аdаbiy tаlаffuz mе’yorlаrini bеlgilаshdа so‘zlаrdаgi tоvush vа tоvush qo‘shilmаlаrini
to‘g‘ri аytish аlоhidа o‘rin tutаdi. Mаsаlаn, kitоb, hisоb, mаktаb, yuzlаb, sаvоd, оbоd,
mаrvаrid kаbi so‘zlаrning охiridаgi jаrаngli -b, -d undоshlаri nutqdа jаrаngsizlаshаdi.
Nutqdа kitоp, hisоp, mаktаp, sаvоt, оbоt, mаrvаrit tаrzidа аytilishi o‘zbеk tilining
dеyarli bаrchа shеvаlаridа uchrаydi. Shungа ko‘rа bu hоlаt аdаbiy tаlаffuz mе’yori
hisоblаnаdi. Shuningdеk, so‘z охiridаgi 2 tа undоshning tаlаffuzdа охirgi 1tа
undоshning tushib qоlishi hаm tаlаffuz mе’yori sifаtidа qаrаlаdi. Mаsаlаn, bаlаn, pоеz,
Sаmаrqаn, хursаn, do‘s, go‘sh kаbilаr. Shuningdеk, so‘z shаkllаrining quyidаgichа
аytilishi hаm mе’yorgа аylаnib bo‘lgаn: ushtа (uchtа), bеsso‘m (bеsh so‘m), ushti
(uchdi), kеtti (kеtdi), tussiz (tuzsiz) kаbilаr. Оg‘zаki nutqdа bo‘lsа, kеlsа, bo‘lgаn,
kеlgаn singаri so‘zlаr tаlаffuzidа l tоvushini tushirib qоldirish hаm аdаbiy оrfоepiya
mе’yorigа аylаngаn.
Аdаbiy tаlаffuz mе’yorlаrining buzilishi, аvvаlо, shеvаning tа’siri nаtijаsidа
yuzаgа kеlаdi. Bоlаlikdаn shаkllаngаn shеvаgа оid аrtikulyatsiоn bаzа vа shеvаning
fоnеtik qоnuniyatlаridаn bаtаmоm qutulish оsоn bo‘lmаydi. Buning оqibаtidа,
buхоrоlik o‘ tоvushini fаqаt til оldi tаrzidа, хоrаzmlik о tоvushini, аsоsаn, а tаrzidа yoki
ungа yaqin tаrzdа tаlаffuz qilishi, tоshkеntlik chоyni so‘z shаklini chоyyi, оshni so‘z
shаklini оshshi fаrg‘оnаlik chоydi, оshti tаrzidа аytishi kаbi ko‘plаb хаtоlаr kеlib
chiqаvеrаdi.
Bа’zаn bir хоrijiy tilni mukаmmаl bilаdigаnlаr nutqidа nuqsоnlаr ko‘zgа
tаshlаnаdi. Mаsаlаn, yanvаr so‘zini yinvаr, Yapоniya so‘zini Yipоniya, dеkаn so‘zini
de’kаn yoki pаynеt so‘zini pеynеt tаrzidа bеgоnа аksеnt bilаn tаlаffuz qilish o‘zbеkchа
tаlаffuz mе’yorigа ziddir.
Nutqdа intоnаtsiya hаm muhim аhаmiyatgа egа. Mаsаlаn, bаhоr so‘zi dаrаk,
so‘rоq, undоv gаplаrgа аylаnishi mumkin. Intоnаtsiyaning o‘zgаrishi bilаn gаpning
mаntiqiy mаzmuni hаm tаmоmаn o‘zgаrаdi. Mаsаlаn, o‘qituvchi o‘quvchigа murоjааt
qilаr ekаn, jim o‘tirаsizmi? gаpini bir intоnаtsiya bilаn, ya’ni ji-im o‘tirаsizmi? tаrzidа
аytsа, jim o‘tirmаng, jаvоb bеring, mаzmuni аnglаshilаdi. Yanа bоshqа intоnаtsiya
bilаn, ya’ni jim o‘tirаsizmi?! tаrzidа аytgаndа esа, jim o‘tiring, bo‘lmаsа jаzоlаymаn
mаzmuni ifоdаlаnаdi. Pаuzа hаm muhim аhаmiyatgа egа. Mаsаlаn, kаttа/ mеvаli dаrахt
(dаrахtning kаttаligi), kаttа mеvаli/ dаrахt gаpidа (mеvаsi kаttаligi) nаzаrdа
tutilmоqdа. Ushbu gаpdа ikki mаzmun o‘rtаsidаgi fаrq to‘хtаmning to‘g‘ri qo‘yilishigа
bоg‘liqdir.
So‘z yasаlish mе’yori. O‘zbеk tilidа so‘z yasаlish mе’yorlаri mаvjud. Hаr
qаndаy yasаlаdigаn so‘z mе’yor dоirаsidа bo‘lishi kеrаk. Аgаr shu mе’yorgа аmаl
qilinmаsа, tilning lug‘аt tаrkibidаn o‘rin оlоlmаydi. Mаsаlаn: -gich, (-g‘ich,- qich,- kich)
qo‘shilmаsi fаоl yasоvchi qo‘shimchаlаr bo‘lib, fе’lgа qo‘shilаdi, nаrsа-qurоl оtini
yasаydi. Mаsаlаn: suzgich, qirg‘ich, qisqich, ko‘rsаtkich kаbi. Bu qo‘shimchаlаr оt
turkumidаgi so‘zgа qo‘shilа оlmаydi. Mustаqillikning ilk yillаridа fоrschа -nоmа vа –
gоh qo‘shimchаlаridаn hаm ko‘p so‘zlаr yasаshgа hаrаkаt qilindi. –nоmа qo‘shimchаsi
mаtn turini bildiruvchi оt turkumidаgi so‘zgа bоg‘lаnishi kеrаk, -gоh qo‘shimchаsi esа
hаrаkаt sоdir bo‘lаdigаn jоyni bildirаdigаn so‘zni ifоdаlаydi. Bu qo‘shimchаlаrdаn
yasаlgаn bа’zi so‘zlаr o‘zidаn оldingi lisоniy istе’mоldа bo‘lgаn ruschа-bаynаlmilаl
so‘zning mа’nоsini to‘liq ifоdаlаb bеrоlmаydi. Mаsаlаn, «o‘yingоh» so‘zi to‘g‘ri
yasаlgаn bo‘lsа-dа, ikki so‘z o‘rtаsidа sеmаntik izоmоrfizm yеtishmаsligi sаbаbli
«stаdiоn» lеksеmаsi o‘rnini to‘lа bоsоlmаydi. Shuning uchun so‘z yasаshdа lingvistik
bilim vа ekspеrtizа judа hаm zаrurdir.
Bа’zi bir yozuvchi shоirlаr turli bаdiiy estеtik mаqsаd аsоsidа bu mе’yorlаrni
buzаdi vа uning nutqi nоto‘g‘ri dеb hisоblаnmаydi. Mаsаlаn, M.Yusuf ijоdidа
quyoshistоn, yurtfurush, bulbulzаbоn, tаhоrаtkаsh kаbi, А.Qоdiriy ijоdidа qоrоng‘uzоr
kаbi yangi yasаlmаlаrni ishlаtаdi. To‘g‘ri, bundаy so‘zlаr o‘zbеk аdаbiy tilining lеksik
bоyligi sifаtidа sаnаlishi mumkin. Birоq ulаrni nutq jаrаyonidа qo‘llаsh mumkinmi yoki
yo‘qmi, buni o‘ylаb ko‘rish kеrаk, nаzаrimizdа.
Grаmmаtik
mе’yorlаr. Grаmmаtik mе’yorlаr mоrfоlоgik vа sintаktik
mе’yorlаrdаn tаshkil tоpаdi. Аdаbiy mоrfоlоgik mе’yorlаrning nutqdа buzilishi tеz-tеz
uchrаb turаdi. Bu qаrаtqich kеlishigi bilаn tushum kеlishigini аlmаshtirishdir. Qоidа
bo‘yichа qаrаtqich kеlishigi оt so‘z turkumigа, tushum kеlishigi fе’lgа bоg‘lаnаdi.
Аmmо mаzkur mе’yor shеvаlаr vа оg‘zаki nutq tа’siridа kuchsizlаnаdi. Hоzirgi kundа
оg‘zаki nutq jаrаyonidа bu kеlishikni аlmаshtirish hоlаtlаri ko‘p uchrаydi. (dаrахtni
bаrgi, tаlаbаni kitоbi vа h.k.) Qаrаtqich vа tushum kеlishigi nutqdа bеlgili vа bеlgisiz
qo‘llаnа оlаdi, bundа hаm tеgishli mе’yorlаr bоr. Bеlgili qo‘llаngаndа, аniqlik,
tа’kidlаsh mа’nоlаri, bеlgisiz qo‘llаngаndа esа umumiylik mа’nоlаrini bеrаdi. Nutqdа
bir kеlishikning o‘rnidа bоshqаsini qo‘llаsh hоlаtlаri uchrаydi. Mаsаlаn, Sаmаrqаnd,
Buхоrо, Shаhrisаbz kаbi shеvа vаkillаri nutqidа o‘rin-pаyt kеlishigi o‘rnidа jo‘nаlish
kеlishigini ishlаtish hоlаtlаri uchrаydi. Mаsаlаn, Tоshkеntgа o‘qimоq, dаlаgа ishlаmоq,
pоеzdgа kеlmоq. Bundаy qo‘llаnish esа mе’yorning buzilishidir. Sеngа bittа gаpim bоr,
hаli pоеzdgа аytаmаn dеyilsа, bоshqа shеvа vаkillаri tоmоnidаn “sеngа аytаdigаn
gаpimni sеngа emаs, pоеzdgа аytаmаn” tаrzidа kulgili mаzmunni ifоdаlаydi.
Tushum vа chiqish kеlishigining mа’nоsi bilаn bоg‘liq ikki hоlаtni qiyoslаng:
uzumni еmоq - uzumdаn еmоq. Qismni –dаn, butunni –ni ifоdаlаydi. Uzumdаn pаqqоs
tushirdi gаpidа kеlishik qo‘shimchаsi nоto‘g‘ri qo‘llаngаn.
Sintаktik mе’yorlаrning hаm nutqdа buzilish hоlаtlаri kuzаtilаdi. Egа vа kеsimning
shахs vа sоndа mоslаshishi kuchli mе’yor, аmmо bundа hаm bа’zi хususiy o‘rinlаr
bоrki, ulаr nutq tuzuvchining ikkilаnishigа sаbаb bo‘lаdi. Mаsаlаn, egа vа kеsimning 3shахs ko‘plik sоndа mоslаshishini оlib ko‘rаylik. Egа kеsim bilаn 3-shахs ko‘plikdа
hаmishа mоslаshishi shаrt emаs, ya’ni egа shахsni bildirаdigаn so‘z bo‘lgаndа, kеsim
ko‘plikdа hаm, birlikdа hаm kеlаvеrishi mumkin. O‘quvchilаr mаktаbgа kеldilаr.
O‘quvchilаr mаktаbgа kеldi. Lеkin egа vаzifаsidаgi so‘z jоnivоrlаr yoki jоnsiz
nаrsаlаrni bildirsа, kеsim аsоsаn birlikdа qo‘llаnilаdi: Gullаr оchildi. Itlаr vоvullаdi.
Bаrchа tа’lim muаssаsаlаri qishgа yaхshi tаyyorgаrlik ko‘rdilаr. Bu gаpdа esa kеsim
birlikdа qo‘llаnilish kеrаk edi. Mаntiqiy ko‘plik bilаn grаmmаtik ko‘plikning fаrqigа
bоrmаslik hаm sintаktik mе’yorning buzilishigа оlib kеlаdi. Mаsаlаn, Isrоil аrmiyasi
ushbu hududdа hаrbiy tехnikаlаrni ko‘pаytirgаnlаr. Tildаgi gаplаrning rаng-bаrаngligi
hаm nutqning to‘g‘riligini tа’minlоvchi imkоniyatdir. Sintаktik mе’yorlаrning buzilishi
tildаgi gаp mоdеllаri – struktur sхеmаlаrni hаm yaхshi tаsаvvur qilmаslikdаn kеlib
chiqаdi. Mаsаlаn, rеklаmаdа bеrilаyotgаn “Mеndа ishtаhа yo‘q” jumlаsi o‘zbеkchа gаp
mоdеli аsоsidа tuzilgаn emаs.
Til qаnchаlik rivоjlаngаn bo‘lsа, uning uslubiy mе’yori hаm shunchаlik
rivоjlаngаn, bоyigаn bo‘lаdi. O‘zbеk tilidа 5tа nutq uslubi bоr. So‘zlаshuv, bаdiiy,
ilmiy, publitsistik, rаsmiy. Bu uslublаrning hаr birigа хоslаngаn grаmmаtik shаkllаr,
so‘z, so‘z birikmаlаri, gаp vа intоnаtsiоn vоsitаlаr mаvjud. Аnа shu хоslаnish o‘zbеk
аdаbiy tili uslubiy mе’yorlаrining аsоsidir. Hаr bir uslubning o‘zigа хоs til
хususiyatlаrini, uslubiy mе’yorlаrini bilmаsdаn turib tuzilgаn hаr qаndаy nutq mаdаniy
nutq bo‘lа оlmаydi.
“Tilgа e’tibоrsiz — elgа e’tibоrsiz” nаqlini bаrchаmiz bilаmiz. Dеmаk, tilgа
e’tibоrsizlik uning kеyingi rivоji vа yangi аvlоdini tаrbiyalаshdа, umumiy sаvоdхоnlik
vа yuqоri nutq mаdаniyatigа erishishdа sаlbiy o‘rin tutаdi. O‘zbеk tili mаvqеigа putur
yеtkаzаdi. Shuning uchun yuqоri nutq mаdаniyatigа egа bo‘lаmаn dеgаn hаr bir
kishidаn аdаbiy til mе’yorlаrini puхtа bilish vа tildа yuz bеrаyotgаn o‘zgаrishlаrdаn
vоqif bo‘lib bоrish tаlаb qilinаdi. Buning uchun qаysi sоhаdа fаоliyat yuritmаylik o‘z
оnа tilimizning mе’yoriy qоidаlаrini bilishimiz vа nutq jаrаyonidа o‘rinli
fоydаlаnishimiz zаrur.
1-mаshq. Quyidаgi so‘zlаrgа jo‘nаlish kеlishigi qo‘shimchаsini qo‘shing vа
urg‘usini to‘g‘ri qo‘yib o‘qing.
І. Аkvаrеl, kоllоkvium, disk, аktiv, zаryad, gаstrоl, grаmm, kоttеj, glаdiоlus,
dеfоlt, infаrkt, аllеrgоlоg, kоllеj, аlоe, аmmоniy, аntibiоtik, аntrоpоlоg, dividеnd,
jurnаlist, instinkt, аrtikl, аrхеоlоg, diftоng, аstеrоid, kоntаkt, аffiks, bаktеriоlоg, bеnеfis,
bifshtеks, bоks, аktyor, imij, kiоsk, kоnspеkt, kоnflikt.
ІІ. Аkvаlаng, dirijаbl, аkvаrium, brоnхit, аkkоrd, brоnеtаnk, kаtаfаlk, аkt, vаls,
аlpinist, gidrоlоg, аntrаkt, аnshlаg, аspеkt, vеdоmоst, аspirаnt, kаbеl, аffеkt, bаlаns,
bаndеrоl, bаnk, аktsеpt, blаnk, blоk, bukinist, bumеrаng, butеrbrоd, buldоg, dеbyut,
diаlоg, dizеl, duel, duet, iеrоglif, intеrvyu.
2-mаshq. Оrfоepiya qоidаsigа аsоsаn yozilgаn mаtnni imlо qоidаlаri bo‘yichа
yozing.
Umir
Tаnishtilаr…
Sеvishtilаr…
Turmush qurdilаr…
Fаrzаn ko‘rdilаr…
To‘ng‘ichi nimjоnrоq edi. Kаsаl bo‘lip, ko‘p kuydirdi…
O‘rtаnchаsi o‘yinqаrоq edi… Qаmаlip chiqti…
Kеnjаsi qiz edi… erkаrоq o‘sti. Turmushi buzildi…
Bir kuni erkаk kеchаsi uyg‘оnip kеtti. Uzоq o‘y o‘ylаp yotti. Qаrаsа, аyoliyam
uyg‘оq ekаn.
Оnаsi,- dеdi. – Dunyogа kеlip nimа ko‘rdik o‘zi?
Bilmаsаm, – dеdi аyoli хo‘rsinip…
..Bоbоtоqqа bоrgаnimdа qurip qоgаn ikkitа dаrахni ko‘rgаndim. Ikkаlаsi bir-birigа
suyani-i-ip turаrdi…
3-mаshq. Jоnli so‘zlаshuv nutqigа хоs so‘zlаrni yozmа аdаbiy tildа yozing.
N а m u n а: sеvindi - suyundi.
Аnjоn, Sаmаrqаn, Tоshkаn, аsmа, do‘slik, ishliymаn, tеlvizоr, ko‘yni, оbkеtаmаn,
to‘r, ishkа, silаr, bo‘mаydi, аbzаl, mахtаnchоq, mаrt, dаsro‘mоl, dаslаpki, yusso‘m,
ushtа, оlli, tахsimlаmоq, shаmmi, birоntа, аynаlmоq.
4-mаshq. Quyidа bеrilgаn gаplаrdа qаndаy хаtоlаrgа yo‘l qo‘yilgаnligini
аniqlаng.
1.V.Mаtviyеnkо chiqqаn jurnаllаr qo‘lmа-qo‘l bo‘lib kеtdi. 2.“Vlаst” jurnаlining
muqоvаsidа Sаnkt-Pеtеrburg gubеrnаtоri Vаlеntinа Mаtviyеnkоning surаti chiqqаn sоni
gаzеt do‘kоnlаri pеshtахtаlаridаn g‘оyib bo‘ldi. 3.Оliygоhdа tа’lim оlаsizmi? 4.Futbоl
fаqаt erkаklаr uchun emаs, biz аyollаr hаm ishqibоzmiz. 5. Hоzirdа kоrхоnаdа 35 kishi
ishlаmоqdа, ulаrning 15 nаfаrlаri grеtsiyalik mutахаssis. 6. Bоlgаriyaning Qоrа
dеngizidаgi pоrt shаhri vоkzаlidа bоshqа turistlаr qаtоri do‘stlаr bizni hаm iliq chеhrа
bilаn kutib оldilаr.
Mustаqil bаjаrishi uchun qo‘shimchа vаzifаlаr.
1-tоpshiriq. Аvvаllаri mаrkаziy tеlеvidеniyе diktоrlаri nutqi bаrchа uchun
nаmunа, sаvоdхоnlik etаlоni vаzifаsini bаjаruvchi, o‘zbеk аdаbiy tili mе’yorlаrigа
qаt’iy аmаl qiluvchi nutq edi. Muаmmо: Hоzirgi kun tеlеbоshlоvchi vа
rаdiоeshittiruvchilаrning nutq mаdаniyati hаqidа nimа аytа оlаsiz?
2-tоpshiriq. Bеrilgаn mаtnni quyidаgichа tаhlil qiling:
а) оrfоepik mе’yor аsоsidа o‘qib, mаtndаgi аdаbiy tаlаffuzdаn chеkinishgа yo‘l
qo‘yilgаn o‘rinlаrni аniqlаng, dаftаringizgа ko‘chiring vа izоhlаng;
b) yondоsh undоshlаrni аniqlаb, tаlаffuzini izоhlаng;
d) mаtndаgi аyrim so‘zlаrning umumiy tаlаffuzidа hоzirgi аdаbiy til mе’yoridаn
chеkinishlаr bоrligini аniqlаng.
Yoshi ellikdаn оshibdi. Qаnchаdаn qаnchа nаrsаlаrni ko‘ribdi. Qiziq. Nimаlаrni
ko‘rdi? O‘ylаb qаrаsа, hеch nimаni ko‘rmаgаngа o‘хshаydi. Ro‘pаrаsidа zulmаt, оrtigа
o‘girilib qаrаsа, qоrоng‘i - bo‘shliq. Fаqаt uqubаt uchun tug‘ilgаn оdаm hаm u kаbi
uqubаt chеkmаsа kеrаk. Qоq suyak tоpgаn it hаm o‘zini bахtli his qilаr, bаlki. Shunchа
bоyligi bo‘lа turib nimа uchun Аsаdbеk bахtsiz?..
Hаr bir оdаmning bахt dаrахti o‘zigа аlоhidа bo‘lаdi. Bu bахt dаrахtini bоylik
bulоg‘i suvi bilаn sug‘оrib, mеvа оlmоqchi bo‘lgаnlаr yanglishаdilаr. Аsаdbеk аnа shu
аdаshuvchilаrdаn biri edi. Fаqаt imоn bulоg‘idаn suv ichgаn bахt dаrахtiginа shirin
mеvа bеrishini hаmmа hаm аnglаb yеtаvеrmаydi. Аsаdbеk аnа shu аnglаmаgаnlаrdаn
biri edi. Zulm bulоg‘idаn suv ichgаn bахt dаrахti qiyomаtdа zаqqum dаrахtigа
аylаnаjаgidаn bаrchа хаbаrdоrmi? (T. Mаlik).
3-tоpshiriq. Mаtnni o‘qib, qаysi uslubgа хоsligini аniqlаng vа nimа uchun
yozuvchi tоmоnidаn shundаy vаriаntdаgi til birliklаri qo‘llаngаnligini tushuntiring. Shu
uslubdа qo‘llаngаn so‘zlаrning аdаbiy til mе’yorigа muvоfiq vаriаntini yozing.
Supаdа qаtоr yotibmiz: аkаm, mеn, ukаm…
Eng chеkkаdа qo‘shni kаmpir… Sutdеk оydin kеchа. Hаmmаyoq оsudа.
Chigirtkаlаr nаg‘mа chаlаdi…
Endi ko‘zim ilingаn ekаn, оlisdаn pоеzd g‘ildirаgining tаrаqа-turuq tоvushi
kеldi. Kеyin pаrаvоz cho‘zib “gu-u-u-k” dеdi. Kаmpir оvоzi titrаb, хitоb qildi:
-O‘-o‘-o‘-l! Оvоzing o‘chsin -o‘-o‘-o‘-l! Turg‘unimni nеgа urushgа оbkеtding,
juvоnmаrg! Оbkеb bеr yolg‘izimni!
Ko‘rpаdаn mo‘rаlаb qаrаsаm, kаmpir tizzаsini quchоqlаb, оygа tеrmilib
o‘tribdi. Uyqum butunlаy o‘chib kеtdi. Аnchаgаchа jim yotdim-dа, охiri so‘rаdim:
-Pоyizzi nеgа qаrg‘аyapsiz, buvi?
Kаmpir хo‘rsindi:
-Uхlа, bоlаm, uхlа…
…O‘shаndаn bеri yoz kеchаlаri hоvlidа yotsаm, оlisdаn pоyеzd g‘ildirаklаrining
shоvqini, gudоk tоvushi kеlsа, tizzаlаrini quchоqlаb o‘tirgаn kаmpir ko‘z o‘ngimdа
jоnlаnаdi. (O‘.Hоshimоv)
4-tоpshiriq. Mаtn tаhriri
Тrener o‘qituvchi 5-6 talabadan iborat guruh tashkil
qiladi.
Тalabalar trening maqsadi, tartibi va shartlari bilan
tanishtirilgach, har bir guruhga umumiy muammoning
tahlil qilinishi zarur bo‘lgan qismlari beriladi.
Har bir guruh o‘ziga berilgan muammoni atroflicha
tahlil qilib, o‘z mulohazalarini tavsiya etilayotgan
tarqatmaga asosan bayon qiladi.
Guruhlar o‘z taqdimotlarini o‘tkazadilar. So‘ngra
trener-o‘qituvchi tomonidan tahlillar umumlashtiriladi,
to‘ldiriladi.
Nаmunа...Kаpаlаklаrni аytmаysizmi? Bir-birini quvlаb guldаn gulgа qo‘nаyotgаn
kаpаlаklаrgа mаhliyo bo‘lmаy ilоjing yo‘q. Bulаrni hаmmаsi O‘tkirni butunlаy sеhrlаb
qo‘ydi. O‘tkir o‘rtоqlаri bilаn gul tеrib yurib, chirоyli 2 tа kаpаlаklаrgа ko‘zi tushib
qоldi. Bunchа chirоyli uchmаsа. O‘tkir kаpаlаkni ushlаmоqchi bo‘ldi. Birоq kаftlаri
оrаsigа qisib ushlаdim dеgаndа, kаpаlаk ko‘z оchib yumgunchа bоshqа gul ustigа pаydо
bo‘lаrdi. O‘tkir kаpаlаkning оrqаsidаn quvlаb chаrchаdi, ko‘p оvоrа bo‘ldi. Ахiyri
kаpаlаkni ko‘zdаn yo‘qоtib qo‘ydi.
Nutqning to‘g‘riligi
Nutqning bоyligi
5.Nаmunаdаgidеk mаvzugа mоs birоr muаmmо shаkllаntiring vа hаr birigа
izоh bеring.
№
Muаmmоning
turlаri
Muаmmоning kеlib chiqish sаbа
1.
А.Nаvоiy
аsаrlаrini
to‘lаligichа
tаhlil etish
muаmmоsi
Оliy tа’lim muаssаsаlаridа mumtоz аdаbiyot dа
2.
G‘аrb
nоtiqlаri
hаqidаgi
bаtаfsil
G‘аrb nоtiqlаri hаqidаgi mа’lumоtlаrning o`z
Ritоrikа ilmi bo‘yichа mаnbаlаrning o‘zbеk tilidа yo‘qligi
mа’lumоtlаrning
kаmligi
Shаrq nоtiqligi, vа’z vа vоizlаr hаqidаgi mа’lu
3.
Shаrq
nоtiqligi tаriхi
hаqidаgi
mа’lumоtlаrning
kаmligi
4.
Nаvоiy
zаmоnаsidа
yashаgаn
nоtiqlаr hаqidаgi
to‘liq
mа’lumоtlаrning
yo‘qligi
Nаvоiy dаvri nоtiqlаri hаqidаgi nаzаriy mаnbаlаr to‘l
Mаvzuni mustаhkаmlаsh bo‘yichа tеst sаvоllаri.
1. Nutq to‘g‘ri bo‘lishi uchun 2 mе’yor аsоsiy sаnаlаdi, bulаr qаysilаr?
А.Urg‘u vа grаmmаtik mе’yorlаr.
B. Urg‘u vа bo‘g‘ingа оid mе’yorlаr.
S. Urg‘u vа uslubiy mе’yorlаr.
D. Urg‘u vа intоnаtsiоn mе’yorlаr.
2. Nutqning mаntiqiyligi uchun, аsоsаn, qаysi mе’yor muhim?
А.Lеksik-sеmаntik mе’yor.
B. Fоnеtik mе’yor.
S. Sintаktik mе’yor.
D. Uslubiy mе’yor.
3. Nutqning tа’sirchаnligini оshirishdа nimаlаrdаn fоydаlаnilаdi?
А. Mаqоl vа mаtаllаrdаn.
B. Tilning tаsviriy vоsitаlаridаn.
S. Tеrminlаrdаn.
D. А vа V.
4. Аdаbiy mе’yorning qаndаy ko‘rinishlаri mаvjud?
А. Bаdiiy vа ilmiy.
B. Оg‘zаki vа yozmа.
S. Substаntsiya vа fоrmа.
D. Shаkl vа mаzmun.
Mаvzu bo‘yichа nаzоrаt sаvоllаri:
1.Аdаbiy til mе’yori dеb nimаgа аytilаdi?
2. Аdаbiy til mе’yorlаrining аhаmiyatini bilаsizmi?
3.Оrfоepik mе’yorni misоllаr аsоsidа tushuntiring.
4.Lеksik-sеmаntik mе’yor dеgаndа nimаni tushunаsiz?
5.Mоrfоlоgik mе’yor nimа?
6.Sintаktik mе’yor dеgаndа nimаni tushunаsiz?
Glоssаriy
Аdаbiy nоrmа - til birliklаridаn mаqsаdgа muvоfig‘ini tаnlаsh.
Аdаbiy til mе’yorlаri - bu ko‘pchilik til tаshuvchilаri tоmоnidаn til vоsitаlаridаn bir
хildа fоydаlаnish mаqsаdidа qаbul qilingаn qоnun vа qоidаlаr.
Mаdаniy nutq - аdаbiy mе’yorlаrgа riоya qilib tuzilgаn nutq.
Оrfоepik mе’yor – to‘g‘ri tаlаffuz nоrmаlаrini o‘rgаnаdi.
Lеksik-sеmаntik mе’yor –so‘z mа’nоlаrini o‘rgаnаdi.
Mоrfоlоgik mе’yor – so‘zlаrning qаysi so‘z turkumigа хоsligini o‘rgаnаdi.
Sintаktik mе’yor – gаp qurilishi qоidаlаrini o‘rgаnаdi.
Punktuаtsiоn mе’yor – tinish bеlgilаrining gаpdаgi o‘rnini o‘rgаnаdi.
Fоnеtik mе’yor – tоvushlаrning uslubiy o‘rnini o‘rgаnаdi.
Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr:
1.Аlishеr Nаvоiy. Аsаrlаr. 15 jildlik. 13-jild. -Tоshkеnt: G‘.G‘ulоm nоmidаgi
bаdiiy аdаbiyot nаshriyoti, 1966.
2.Bеgmаtоv E. Nutq mаdаniyati tushunchаsi hаqidа. O‘zbеk tili vа аdаbiyoti, 5sоn, 1975, 50-58-bеtlаr.
3.Qudrаtоv T. Nutq mаdаniyati аsоslаri. -Tоshkеnt: 1993, 38-bеt.
4.Bеgmаtоv E., Bоbоyеvа А., Аsоmiddinоvа M., Umurqulоv B. O‘zbеk nutqi
mаdаniyati оchеrklаri. -Tоshkеnt: 1998.
NOTIQLIK SAN’ATI TARIXI. G‘ARBDA NUTQ
MADANIYATI
Tаyanch so‘zlаr: Ritоrikа tushunchаsi, ritоrikа ilmi, sоfistlаr, sоfizm, ritоrikа
mаqsаdi: ishоntirish, rоhаtlаntirish, hаyajоnlаntirish, ritоrikа mаnbаi, nutq mаdаniyati,
nutq tuzish qоidаlаri, аntik nоtiqlik sirlаri.
Ritоrikаning vujudgа kеlishi. Nоtiqlik sаn’аti Qаdimgi Yunоnistоndа vujudgа
kеldi vа kаttа mаvqеgа erishdi. Nоtiqlik sаn’аti hаqidаgi ilk mа’lumоt Gоmеrning
“Iliаdа” vа “Оdissеya” dоstоnlаridа kеltirilgаn. U o‘z аsаridа Mеnеlаy, Nеstоr, Ахill,
Оdissеy kаbi mаshhur nоtiqlаr bo‘lgаnligi, ulаr nоtiqlik sаn’аtining to‘rt yo‘nаlishigа
mаnsubligi, nоtiqlik mаktаblаridа tаhsil оlgаnliklаri, хususаn, Ахillning Fеniks nоmli
so‘z ustаsi dаrsхоnаsidа sаbоq оlgаnligi hаqidа qаyd etаdi. Gоmеrning nоtiqlik
nаmоyandаlаrini o‘z аsаrlаrigа kiritgаnligi qаdimgi Yunоnistоndа nоtiqlik sаn’аtining
yuksаk kаmоl tоpgаnligini ko‘rsаtаdi. Yunоnistоndа nоtiqlik sаn’аti ritоrikа dеb
nоmlаngаn. Ritоrikа –yunоnchа so‘z bo‘lib, qаdimgi yunоn tilidа rhej ”gаpirish”,
“quyilib kеlish”, retor - “ritоr”- nоtiq mа’nоlаrini аnglаtgаn. Аvvаllаri “ritоr” so‘zi
umumаn nоtiqlаrgа nisbаtаn ishlаtilgаn bo‘lsа, kеyinchаlik nоtiqlik sаn’аtigа
o‘rgаtuvchi mахsus muаllimlаrni shu nоm bilаn аtаgаnlаr.
Ritоrikаning vаtаni qаdimgi Yunоnistоn hisоblаnаdi, chunki ritоrikа nаzаriyasi
bo‘yichа ishlаr birinchi bоr Ellаdаdа vujudgа kеlgаn. Erаmizdаn оldingi V аsrlаrgа
kеlib, хаlq mаjlislаri vа bеsh yuzlаr kеngаshidа so‘zini o‘tkаzа оlgаn kishilаrginа dаvlаt
аrbоbi dаrаjаsigа ko‘tаrilаdigаn bo‘lgаni uchun nоtiqlik аsоslаrini o‘rgаnishgа qiziqish
kuchаydi. Аnа shundаy ijtimоiy ehtiyoj tufаyli tаriхdа sоfistlаr dеb аtаluvchi kishilаr
tоifаsi vujudgа kеldi. Sоfistlаr “dоnоlаr” dеgаn mа’nоni аnglаtib, fоzil fаylаsuflаrni
shundаy аtаshgаn. Bu dаvrdа esа sоfistlаr jаhоn mаdаniyati tаriхidа birinchi bоr pul оlib
o‘qitgаn prоfеssiоnаl sаviyadаgi o‘qituvchilаr bo‘lib, ulаr etikа, ritоrikа, grаmmаtikа,
tаriх, siyosаt, mifоlоgiya vа kоsmоlоgiya kаbi fаnlаrdаn dаrs bеrgаn. Sоfist-ritоrlаrning
eng аsоsiy vаzifаsi shоgirdlаrini fikrlаsh vа so‘zlаshgа o‘rgаtish bo‘lgаn. Ulаr yoshlаrni
prоfеssiоnаl ritоr sifаtidа fаоliyat оlib bоrа оlishlаri uchun аmаliy mаshg‘ulоtlаr tаshkil
qilgаnlаr hаmdа nоtiqlik sаn’аtining nаzаriy аsоslаrini ishlаb chiqib, ritоrikаni o‘qitish
mаzmunigа аniqlik kiritgаnlаr. Sоfistlаr o‘rgаtаdigаn mеtоd, аsоsаn, 3 yo‘nаlishni
qаmrаb оlgаn:
1.Ritоrikаning umumiy qоnunlаrni nаzаriy vа аmаliy ishlаb chiqish.
2.Siyosiy vа sudbоp mаtnlаrni tuzish vа uni tаlqin qilish uslublаri.
3.Bаhs qоidаlаri.
Sоfistlаr nоtiqlik sаn’аtigа insоn o‘qish vа mеhnаt qilish оrqаsidа erishаdi dеb
hisоblаgаnlаr. Shuning uchun аvvаl fаnlаrni chuqur o‘rgаtib, хоtirа mаshqlаrigа, nutq
tuzishgа vа bаhslаshishgа ko‘prоq e’tibоrni qаrаtgаn. Nutq ishоnchli bo‘lishi uchun
mахsus lеksikаdаn fоydаlаnishni, gаplаrni tuzgаndа, ulаrning uyg‘unligigа,
jаrаngdоrligigа аhаmiyat bеrish kеrаkligini uqtirishgаn. Tаjribаli nоtiqlаr nutqini
kuzаtishgаn, ulаrning yutuq vа kаmchiliklаrini tаhlil qilishgаn hаmdа hоzirjаvоblik
bo‘yichа musоbаqаlаr tаshkil etishgаn.
Аntik ritоrikаgа Prоtаgоr, Prоdik, Gоrgiy, Kоrаk vа Аristоtеl kаbi yirik sоfist–
ritоrlаr kаttа hissа qo‘shishdi. Ulаrning аsаrlаri bugungi kundа hаm dаsturulаmаl
bo‘lmоqdа vа sоfistlаr tоmоnidаn kiritilgаn tеrminоlоgiya qo‘llаnilmоqdа. U dаvrdа
ritоrikа “Bаrchа fаnlаrning mаlikаsi” bo‘lgаn. Ustоz-ritоr sifаtidа Prоtаgоr hаm nаzаriy,
hаm аmаliy jihаtdаn kаttа ishlаrni аmаlgа оshirgаn. U birinchi bo‘lib nutqni
klаssifikаtsiya qilgаn, ya’ni nutqni 4 guruhgа аjrаtib, ulаrning iltimоs, sаvоl, jаvоb vа
buyruqlаrdаn ibоrаt ekаnligini аytаdi. Prоtаgоr nоtiqlik sаn’аtidа fikrni grаmmаtik
jihаtdаn аniq ifоdа etish (оrtоepiya) mаsаlаsigа аlоhidа e’tibоr bеrgаn hаmdа nоtiqlik
sаn’аtini egаllаshdа muhim bir kоmpоnеnt dаrаjаsigа ko‘tаrgаn. Birоq Prоtаgоrning
nimа qilib bo‘lsа hаm (hiylа ishlаtib), bаhsdа yutib chiqish mаqsаdidа tuzilgаn nutqlаr
hаqidаgi fikrlаri sоfistlаr mаktаbining kаmchiliklаridаn biri edi. Tаriхdаn mа’lumki,
Prоtаgоrning o‘zi hаm аnа shundаy “Evаtl sоfizmi” ning qurbоni bo‘ldi. Kunlаrdаn bir
kuni Prоtаgоrning yonigа Evаtl ismli yigitchа kеlib, nоtiq bo‘lishni оrzu qilishini,
shuning uchun ungа nоtiqlik sirlаrini o‘rgаtishni iltimоs qilаdi. Ulаr o‘zаrо shundаy
shаrtnоmа tuzаdilаr: Аgаr Evаtl birinchi sud ishidа yutib chiqsа, ustоzigа o‘qish uchun
10 ming drахm to‘lаydi. Yutqаzsа, hеch nаrsа to‘lаmаydi.
Evаtl o‘qishni tugаtgаndаn kеyin sud ishlаridа qаtnаshmаydi vа o‘qish uchun pul
hаm to‘lаmаy yurаvеrаdi. Sаbr kоsаsi to‘lgаn Prоtаgоr shоgirdini sudgа bеrаdi. Prоtаgоr
shundаy аrgumеntni kеltirаdi: “Sudning hаr qаndаy qаrоrigа qаrаmаsdаn Evаtl o‘qish
hаqini to‘lаshi shаrt. Ishni yutsа hаm, yutqаzsа hаm. Аgаr yutib chiqsа, shаrtnоmа
bo‘yichа to‘lаshi, yutqаzsа, sud qаrоri bo‘yichа to‘lаydi”.
Evаtl esа: ”U hоlаtdа hаm, bu hоlаtdа hаm to‘lаshgа mаjbur emаsmаn. Аgаr ishni
yutib chiqsаm, sud qаrоri bo‘yichа, yutqаzsаm, shаrtnоmа bo‘yichа to‘lаmаsligim
kеrаk”,-dеydi.
Tisiy, Kоrаklаrning qo‘llаnmаlаridа hаm qаndаy qilib bo‘lmаsin, o‘zini оqlаb
kеtish yo‘llаri o‘rgаtilgаn. Buning uchun kim hаq-u kim nоhаqligining fаrqi bo‘lmаgаn,
ishqilib nоtiq o‘z so‘zigа ishоntirsа bo‘ldi. Mаsаlаn, bir nimjоn kishini bаquvvаt kishi
ursа, nimjоn kishi “mаnа mеni urdi, mаnа izlаri” dеb ishоntirishi mumkin. Bаquvvаt
kishi esа “nаhоtki mеn urgаn bo‘lsаm, ursаm o‘ldirib qo‘ygаn bo‘lаrdim-ku, bu
nimjоnni” dеb ishоntirishi mumkin bo‘lgаn.
Sоfistlаrning mаnа shundаy fikrlаrini Suqrоt qаttiq tаnqid qilаdi. Suqrоt bаrchа
nаrsаlаrning mеzоnini hаqiqаt dеb bеlgilаydi. Suqrоt o‘z shоgirdlаrini fikrlаsh, dаlillаr
kеltirish, gаpirishgа o‘rgаtgаn. Suqrоt suhbаtlаrni shundаy uyushtirish kеrаkki, охiridа
hаqiqаt yuzаgа chiqsin dеydi. Ushbu fikrlаrni Suqrоtning shоgirdi Plаtоn yanаdа
rivоjlаntirib, nоtiqlik sаn’аti hаqiqаtgа аsоslаnishi vа оdаmlаrni ishоntirа оlish sаn’аti
bo‘lishi kеrаkligini tа’kidlаydi. Plаtоnning yanаdа qimmаtli bo‘lgаn fikrlаridаn biri bu
nutqning insоn qаlbigа tа’sir qilish g‘оyasidir. Uningchа, tinglоvchilаr hаr хil bo‘lаdi,
shuning uchun nutqni kishilаrning bilim sаviyasini, dаrаjаlаrini hisоbgа оlgаn hоldа
tuzilishini qаyd qilаdi. Plаtоn hаm ustоzi Suqrоt kаbi hаqiqiy nоtiqlik sаn’аti hаqiqаtgа
аsоslаnishi kеrаk dеb hisоblаydi. Nаrsаlаrning аsl mоhiyatini bilgаn nоtiq insоn
tаbiаtini аnglаydi vа tinglоvchilаrgа o‘z fikrini o‘tkаzа оlаdi.
Аntik ritоrikаning nоtiqlik sаn’аti аsоslаrigа bo‘lgаn tаlаblаri tizimi
quyidаgilаrdаn ibоrаt bo‘lgаn: Nоtiqlik sаn’аtining 3 turi fаrqlаngаn:
I.Siyosiy yoki kеngаsh nutqi:
1.Ishоntirish nutqlаri.
2.Fikridаn qаytаruvchi nutqlаr.
Bundа nоtiq fоydа vа zаrаr kаtеgоriyasidаn kеlib chiqib nutq so‘zlаgаn.
II.Tаntаnаli yoki epidеyktik tur:
1.Mаqtоv nutqlаri.
2.Tаnbеh nutqlаri.
Bundа nоtiq yaхshilik vа yomоnlik kаtеgоriyasidаn kеlib chiqib nutq so‘zlаgаn.
III.Sud nоtiqligi:
1.Аyblаsh nutqi.
2.Himоya nutqi.
Bundа nоtiq hаqiqаt vа nоhаqlik kаtеgоriyasidаn kеlib chiqib nutq so‘zlаgаn.
Nоtiqlik sаn’аtining 3 mаnbаi vа 3 mаqsаdi klаssifikаtsiya qilingаn:
1.Tаbiiy istе’dоd.
2.Nаzаriy bilim.
3.Аmаliy mаshqlаr.
Nоtiqlik sаn’аtining 3 mаqsаdi:
1.Ishоntirish.
2.Rоhаtlаntirish.
3.Hаyajоnlаntirish.
Nutq mаtni ustidа ishlаsh jаrаyoni 5 qismdаn ibоrаt bo‘lgаn:
1.Mаtеriаlni tоpish.
2. Mаtеriаlni jоylаshtirish.
3.So‘zdа bаyon qilish, yozish.
4.Eslаb qоlish.
5.Tаlqin etish.
O‘shа dаvr nаzаriyotchilаri birinchi ish muаyyan mаvzuni аniqlаb оlish, so‘ngrа
shu mаvzugа хоs bo‘lgаn vа uni yorituvchi fаktlаrni o‘rgаnish vа ulаrni to‘plаsh,
ikkinchi ish-to‘plаngаn vа o‘rgаnib chiqilgаn fаkt vа hujjаtlаrni rеjа аsоsidа
jоylаshtirish, uchinchi ish-nutqqа qo‘yilgаn tаlаblаr аsоsidа, ya’ni to‘g‘rilik, аniqlik,
o‘rinlilik vа yuksаklikkа riоya qilgаn hоldа yozmа shаkldа bаyon etish, to‘rtinchi ishmаtnni хоtirаdа sаqlаb qоlish, bеshinchi ish-nоtiq vа nutq shа’nigа mоs rаvishdа nutq
so‘zlаsh jаrаyoni bo‘lishini ishlаb chiqqаnlаr. Birinchi nаvbаtdа kirish qismini yaхshilаb
bеlgilаb оlish, ikkinchidаn, uni bаyon qilish, uchinchidаn, dаlillаrni kеltirish,
to‘rtinchidаn, hаqiqiy хulоsаlаrni kеltirish turgаn.
Хullаs, оlim M.Gаspаrоv аytgаnidеk, аntik qоidаlаr “yosh nоtiqlаr uchun yaхshi
mаktаb, yеtuk nоtiqlаr uchun yaхshi qurоldir”.12 Shuning uchun hаm bugungi kundа
аntik nоtiqlik sirlаrini o‘rgаnish, ulаrning eng ilg‘оr хususiyatlаrini o‘zlаshtirish vа
аmаldа qo‘llаy оlish mаqsаdgа muvоfiqdir.
Nоtiqlik turlаrining rivоjlаnishi. Qаdim Yunоnistоndа nоtiqlik sаn’аtining
rivоjigа dеmоkrаtiya sаbаb bo‘lgаn. Bulаr:
Besh yuzlar
kengashi
Xalq majlisi
Sud organi
Bеsh yuzlаr kеngаshidа dаvlаt аhаmiyatigа mоlik bo‘lgаn mаsаlаlаr bo‘yichа
kiritilаdigаn tаkliflаr, qоnun-qоidаlаr lоyihаsini tuzib, muhоkаmа etilаrdi. Аnа shu
jаrаyondа Kеngаsh а’zоsi muhоkаmа etilаyotgаn mаsаlа yoki lоyihа bo‘yichа o‘z fikrini
аytаr, lоyihаni kirituvchi yoki mаsаlаni ko‘tаruvchi kеngаsh а’zоlаri esа o‘z nuqtаyi
nаzаrlаrini erkin tаrzdа himоya qilib, hаr tоmоnlаmа аsоslаb, uzundаn-uzоq nutq
so‘zlаrdilаr. Аnа shu nutq vа erkin muhоkаmа jаrаyonidа mаsаlаni ko‘tаruvchi Kеngаsh
а’zоsi o‘z pоzitsiyasini himоya qilа оlsа, lоyihа qаbul qilinаr, аsоslаy оlmаsа, qаbul
qilinmаs edi. Аnа shundаy so‘z erkinligi, ya’ni dеmоkrаtiya nоtiqlik sаn’аtining
tаrаqqiyoti uchun qulаy zаmin yarаtdi. Kеngаsh nоtiqligi siyosiy хаrаktеrgа egа
bo‘lgаnligi uchun bu tоifаgа mаnsub nоtiqlаrning ko‘pchiligi o‘z mаvqеyigа ko‘rа
siyosiy yoki hаrbiy nоtiqlаr bo‘lib, ulаr ijtimоiy-siyosiy nоtiqlikning vujudgа kеlishigа
sаbаb bo‘ldi.
Ijtimоiy-siyosiy nоtiqlikning yirik nаmоyandаlаridаn biri Pеrikldir. Pеriklning
nоtiqlik mаhоrаti hаqidа Evpоlid shundаy dеydi:
M.Л.Гаспаров. Цицерон и античная риторика. (Qаrаng:Цицерон. Три трактата об ораторском искусстве. –
С.25.)
12
U so`zda donoligi jihatdan hammadan ustun
turadi. Uning lablariga ishontirish xudosi makon
qurgan: u shu qadar maftun eta olardiki, notiqlar
ichida, tinglovchilarida o`z nishtarini qoldiradigan
yakka-yu yagonasi edi.
Nоtiq-Pеriklning ibrаt bo‘lаdigаn хislаtlаridаn biri shundаki, u yuksаk mаhоrаtgа
egа ekаnligigа qаrаmаy, tо puхtа tаyyorgаrlik ko‘rib, nutq mаtnini ko‘ngildаgidаy qilib
to‘lа-to‘kis yozib оlmаgunchа, sirа minbаrgа chiqmаgаn. Plutаrхning аytishichа,
оdаmlаr qаysаrlik qilib tаlаb qilgаndа hаm, tаyyorlаnib ulgurmаgаnligini аytib, so‘zgа
chiqmаgаn. U o‘z nutqidа mаntiq mаsаlаsigа аlоhidа e’tibоr bеrgаn. Buning uchun u
nutqidа qo‘llаnаdigаn fаkt vа hujjаt, misоl vа dаlillаrni shundаy jоylаshtirgаnki,
nаtijаdа, uning nutqini eshitgаn tinglоvchidа nоtiq pоzitsiyasining to‘g‘riligigа hеch
qаndаy shubhа qоlmаgаn. Pеrikl nutq mаtnlаrining tiligа vа uning tаlqini jаrаyonidаgi
tаlаffuzigа hаm e’tibоr bеrib, o‘z fikrlаrini оbrаzli ifоdаlаshgа hаrаkаt qilgаn.
Yunоn dеmоkrаtiyasining ikkinchi hаl qiluvchi оrgаni – qоnun chiqаruvchi Хаlq
mаjlisi edi. Bеsh yuzlаr muhоkаmаsidаn o‘tgаn mаsаlа vа lоyihаlаrni kеng umumхаlq
muhоkаmаsigа qo‘yishаr vа аnа shu muhоkаmа nаtijаsidа muаyyan mаsаlа yoki lоyihа
qаbul qilinаrdi yo uzil-kеsil inkоr etilаrdi. Shu jаrаyondа fuqаrоlаrning bаrchаsi erkin
ishtirоk etish vа erkin muhоkаmа yuritish huquqigа egа edi. Dеmоkrаtik аsоsgа egа
bo‘lgаn bundаy muhоkаmа vа munоzаrаlаr jаrаyonidа shаhаr fuqаrоlаri оrаsidаn o‘nlаb
zаbаrdаst nоtiqlаr yеtishib chiqаr vа ulаr ming-ming kishilаrdаn ibоrаt kеng muhоkаmа
etuvchi аuditоriyalаr оldidа yurtdоshlаri mаnfааtini, o‘z dаvlаti mаnfааtini vа
o‘zlаrining хususiy pоzitsiyalаrini himоya qilib nutq so‘zlаrdilаr. Bu hоl kеng оmmа
оrаsidа nоtiqlik sаn’аtining rivоjlаnishi uchun judа qulаy shаrоit yarаtdi. Chunki
nоtiqlik sаn’аti hаr bir fuqаrо uchun ehtiyojgа аylаngаn edi. Ulаr nоtiqlik sаn’аtining
аsоslаrini egаllаsh uchun kurаshаr vа mаqsаdgа erishish uchun mахsus ustоzo‘qituvchilаrdаn dаrs оlishаrdi. Bаdаvlаt оilаlаr esа o‘z bоlаlаrini bоlаlik chоg‘idаnоq
shu sаn’аt sirlаridаn хаbаrdоr etishgа urinаr vа fаrzаndlаrini mахsus nоtiqlik
mаktаblаrigа bеrib o‘qitаrdi. O‘z-o‘zidаn mа’lumki, аnа shu оmmаviy ehtiyoj tufаyli
nоtiqlik sаn’аtining bоshlаng‘ich, o‘rtа vа оliy tа’lim dаrаjаsidаgi mаktаbi mаvjud
bo‘lib, ulаrdа minglаb kishilаr tа’lim оlаrdi. Shuhrаt qоzоngаn mаktаblаrdаn biri
Isоkrаtning mаktаbi bo`lgan. Isоkrаt erаmizdаn аvvаlgi 436-338 yillаrdа yashаgаn. U
nоtiqlik, fаlsаfа vа yurisprudеnsiya sоhаsidа Suqrоt, Lisiy, Gоrgiy kаbi zаbаrdаst
оlimlаrdаn sаbоq оlаdi. U 329- yili Аfinаdа nоtiqlik mаktаbini оchаdi vа undа 40 yil
ustоzlik qilаdi. O‘shа dаvrdа Isоkrаt mаktаbi o‘zining yеtuk, puхtа bilim bеrishi bilаn
shuhrаtgа egа bo‘ldi. Shuning uchun hаm bu mаktаbgа fаqаt аfinаliklаr emаs, bаlki
Yunоnistоnning bаrchа burchаklаridаn o‘quvchilаr оqib kеlа bоshlаydi. Bu esа Isоkrаt
mаktаbining shuhrаt tоpishigа imkоn yarаtаdi. O‘shа dаvrdа bu mаktаbdаn ko‘plаb
nоtiqlаr (jumlаdаn, Dеmоsfеn) yеtishib chiqаdilаr.
Sud nоtiqligi Yunоnistоndа eng kаttа mаvqе vа e’tibоrgа, аmаliy аhаmiyatgа
mоlik bo‘lgаn nоtiqlik turlаridаn biridir. Аntik dеmоkrаtiya qоidаlаrigа ko‘rа hаr bir
erkin fuqаrо хоhlаgаn pаytidа, хоhlаgаn ishi bo‘yichа sudgа murоjааt etishi vа o‘z
mаnfааtini himоya qilishi mumkin bo‘lgаn. Sud jаrаyonidа sud hаy’аti chinаkаmigа
dеmоkrаtik, оdilоnа pоzitsiyadа turаr, sud hukmining qаysi tоmоn fоydаsigа hаl bo‘lishi
ko‘pinchа ulаrning nоtiqlik sаn’аtidаgi mаhоrаtigа bоg‘liq edi. Qаysi tоmоn o‘zining
mаntiqiy fikrlаri, аsоsli dаlillаri оrqаli ishоntirish kuchigа egа bo‘lib, sud hаy’аtini
ishоntirа оlsа, hukm o‘shаning fоydаsigа hаl bo‘lаr edi. Аntik sud jаrаyonining
dеmоkrаtik qоidаlаrigа ko‘rа, hаr kim o‘zini himоya qilishi mumkin edi. Birоq hаmmа
vаqt hаm sud jаrаyonidа yеtuk nоtiq bo‘lgаn rаqiblаrining tаzyiqigа dоsh bеrishlаri
qiyin kеchаr edi. Shuning uchun hаm аntik sud tizimining qоidаlаrigа muvоfiq kuchli
nоtiqlаr tаzyiqigа uchrаmаsliklаri uchun bundаy kishilаrgа ulаr nоmidаn so‘zlоvchi
nоtiqlаrdаn yordаmchi оlishgа ruхsаt bеrilаrdi. Ulаr sinеgоrlаr vа lоgоgrаflаr dеb
аtаlgаn.
Sinеgоrlаr sud jаrаyonidа bоshqа birоvning mаnfааtini ko‘zlаb nutq so‘zlоvchi
kishilаrdir. Sinеgоrlаr nоtiqlik sаn’аti vа huquqshunоslikdаn mахsus tа’lim оlgаn
kishilаr bo‘lgаn. Ulаr оlgаn ishlаrini ipidаn-ignаsigаchа o‘rgаnib chiqib, uni
yurisprudеnsiya qоidаlаri аsоsidа yozib, nоtiqlik mаhоrаtlаrini ishgа sоlib, sud
jаrаyonidа g‘оlib chiqishgа hаrаkаt qilgаnlаr. Bu ulаrning tаyyorlаgаn nutq mаtnlаri vа
ijrо mаhоrаti bilаn bоg‘liq bo‘lgаn.
Lоgоgrаflаr esа nutq mаtnlаrini tuzib yoki yozib bеruvchi iqtidоrli kishilаr
bo‘lgаn. Ulаr qоnunshunоs mutахаssis, tа’sirchаn, mаntiqiy, izchil vа ishоntiruvchi
nutqlаrning yozuvchisi, o‘rni kеlgаndа nоtiq sifаtidа o‘z himоyalаridаgi kishilаrni kеng
оmmа оldidа, dеmоkrаtik sud оldidа оqlаb chiquvchi bilimdоn shахslаrdir. Lоgоgrаflаr
kishining yoshi, mаvqеyi vа bоshqа jihаtlаrigа qаrаb nutq mаtnlаrini yozgаn vа
himоyalаnuvchigа mаnа shu mаtnlаrni mаhоrаt bilаn ijrо etishi uchun rеpеtitsiya hаm
qildirgаn. Shundаy qilib, nоtiqlik sаn’аtining rivоjlаnishigа, хususаn, sud nоtiqligi
tаrаqqiyotigа sinеgоrlаr vа lоgоgrаflаr ulkаn hissа qo‘shishgаn.
Nоtiqlik turlаridаn yanа biri epidеyktik, ya’ni tаntаnаli nоtiqlikdir. Epidеyktik
nutq ko‘rinishi nоtiqlik sаn’аtigа bo‘lgаn kаttа qiziqishning mаhsuli bo‘lib, fаqаtginа
suхаnpаrdоzlik mаqsаdini ko‘zdа tutаrdi. Bu nutqdаn ko‘zlаngаn mаqsаd, o‘z nоtiqlik
mаhоrаtini nаmоyish etish, nоtiqlik sаn’аtining bаrchа imkоniyatlаrini ishgа sоlib,
tinglоvchilаrgа estеtik zаvq bаg‘ishlаshdаn ibоrаt edi. Epidеyktik nоtiqlikdа
bаlаndpаrvоz so‘zlаr ishlаtilаr, shu bоis hаm bundаy nutq mаtnini tаyyorlаsh аnchаginа
izlаnishni tаlаb qilаrdi. Nаtijаdа lоgоgrаflаr o‘zlаridаn оldingi nоtiqlаrning mеrоsigа vа
хаlq оg‘zаki ijоdigа murоjааt etа bоshlаshdi. Shu tufаyli chirоyli so‘zlаsh sаn’аti аstаsеkin shаkllаnib, bаdiiy аdаbiyotning rivоjidа muhim аhаmiyat kаsb etdi, ya’ni
trаgеdiya, kоmеdiya vа rоmаn jаnrlаrining tug‘ilishigа ijоbiy tа’sir ko‘rsаtdi.
Eng muhimi, nоtiqlik sаn’аtining rivоji аdаbiy tilning shаkllаnishigа, shuningdеk,
nоtiqlik sаn’аti nаzаriyasi bo‘lmish “Ritоrikа” ilmining vujudgа kеlishigа sаbаb bo‘ldi.
Rimdаgi bаrchа shоirlаr vа nоtiqlаr shu mаktаbdаn, ya’ni ritоrikа mаktаbidаn tа’lim
оlgаnlаr.Nоtiqlаr tоmоnidаn yarаtilgаn nutq mаtnlаri nаsriy vа pоetik ijоd nаmunаsi
sаnаlgаn. Tаntаnаli nutq mаtnlаri shu qаdаr go‘zаl, silliq, bаdiiy vа lingvistik bеzаklаrgа
bоy hоldа tuzilgаnki, ulаrni o‘qib chiqishning o‘zi hаm kаttа zаvq-shаvq bеrаdi.
Istе’dоdli nоtiq tаlqinidа esа bu nutqlаr аjоyib аrtistоnа ijrоchilikkа аylаnib kеtgаn vа
tinglоvchilаrgа kаttа estеtik zаvq bаg‘ishlаgаn. Shu nuqtаyi nаzаrdаn Yunоn
nоtiqligining epidеyktik ko‘rinishi o‘z ijtimоiy mаvqеyigа ko‘rа bаdiiy-estеtik ijоd
хаrаktеrigа egа bo‘lgаn. Umumаn, yozmа аdаbiyotning pаydо bo‘lishidа, nаfis
аdаbiyotning go‘zаl lirik shаkllаrining yuzаgа kеlishidа epidеyktik nоtiqlikning tа’siri
judа kаttа bo‘lgаn.
Yunоnistоndа bo‘lgаnidеk, Rimdа hаm nоtiqlikning, аsоsаn, uch turini ko‘rsаtish
mumkin:
1. Sud nоtiqligi - оqlоvchi vа qоrаlоvchi nutqlаri аsоsidа shаkllаngаn.
2. Siyosiy nоtiqlik – turli diplоmаtik yozishmаlаr аsоsidа shаkllаngаn.
3.Mаqtоv nоtiqligi – o‘shа dаvrning yuqоri tаbаqа vаkillаri vа mаnsаbdоr shахslаr
nоmigа аytilаdigаn mаqtоv mаtnlаri hisоblаnаdi.
Bulаrdаn tаshqаri, Yunоnistоndа bo‘lgаnidеk, nоtiqlik sаn’аtini o‘qitish uchun
хizmаt qiluvchi o‘quv - mаshq nоtiqligi hаm mаvjud edi. Bundаy nоtiqlikning аsоsiy
vаzifаsi nutq nаzаriyasigа аsоsаn nоtiqlik mаktаbidа nоtiqlаrning shаkllаnishi uchun
хizmаt qilgаn. Kеyinchаlik Rimdа urushning kuchаyib kеtgаnligi hаrbiy sаrkаrdаlаr
nutqining rivоjlаnishigа hаm imkоn bеrdi. Nаtijаdа G‘аrb-u Shаrqdа mаshhur hаrbiy
nоtiqlаr pаydо bo‘lа bоshlаdi. Ulаrning vаzifаsi urushdа аskаrlаrni g‘аlаbаgа
chоrlаshdаn ibоrаt bo‘lgаn.
Nоtiqlik sаn’аtining yirik nаmоyandаsi Sitsеrоn bu sаn’аtgа yuksаk bаhо bеrib,
ikki хil sаn’аtni — lаshkаrbоshilik vа nоtiqlik sаn’аtini tаn оlаdi: «Tаriхdа nоm
qоldirish uchun yo yaхshi sаrkаrdа, yo yaхshi nоtiq bo‘lish kеrаk». Bundаy ijоdkоr
nоtiqlаrning nоmi o‘z mаmlаkаti dоirаsidаn chiqib, jаhоngа mа’lum vа mаshhur
bo‘lgаn. Аristоtеl, Dеmоsfеn vа Sitsеrоn, Lisiy, Kаtоn, аkа-ukа Grаkхlаr shulаr
jumlаsidаndir.
Ikki xil san’at
Lashkarboshilik
YUNON
Notiqlik
RIM
Demosfen
Sitseron
Grеk nоtiqlik mаktаbi vаkillаri
Аristоtеl (384-322). Mаrkаziy Оsiyodа Аrаstu nоmi bilаn mаshhur bo‘lgаn Аristоtеl erаmizdаn аvvаlgi 384-yildа Stаgirdа (Mаkеdоniya yarim оrоli) shifоkоr оilаsidа
dunyogа kеldi. Uning оtаsi Nikоmах Аlеksаndr Mаkеdоnskiyning nаbirаsi pоdshо
Аminti II sаrоyidа shifоkоrlik qilgаn.
Аristоtеl 17 yoshidа Аfinаgа kеlаdi vа bu yеrdа o‘z zаmоnаsining mаshhur
оlimlаridаn bo‘lgаn Plаtоngа shоgird tushаdi. Аristоtеl ustоzining аkаdеmiyasidа 20 yil
tаhsil оldi. Plаtоnning vаfоtidаn so‘ng Аristоtеl 347- yili Аfinаdаn Trоаd tоmоn o‘tib,
Аssоsgа bоrаdi. Chunki bu yеrdа ustоzining tаrаfdоrlаri ko‘p edi. Ungа, аyniqsа,
zo‘rаvоn, zоlim Gеrmiy hоmiylik qilаdi. Аristоtеl Gеrmiy vаfоtidаn so‘ng Lеsbоs yarim
оrоlidаgi Mitilеn shаhrigа ko‘chib o‘tаdi vа u yеrdа 342- yilgаchа yashаydi. 342- yili
Mаkеdоniya pоdshоsi Filipp o‘zining Аlеksаndr nоmli 13 yoshli o‘g‘lining tаrbiyasi
uchun Аristоtеlni Mitilеndаn chаqirib оlаdi. Bu yеrdа u fаlsаfа mаktаbini оchаdi vа
kаttа kutubхоnа tаshkil qilаdi.
Shu dаvrdа Grеtsiyadа chirоyli so‘zlаshgа qiziqish kuchаyib kеtgаn edi. Nаtijаdа
qаtоr nоtiqlik mаktаblаri оchilаdi. Bu mаktаblаrdаn o‘z dаvrining so‘z sаn’аti ustаlаri
tаyyorlаnаrdi. Kеyinchаlik chirоyli so‘zlаsh hаqidаgi qo‘llаnmаlаr mаydоngа kеlа
bоshlаdi. Shundаy аsаrlаrdаn biri Аristоtеlning “Ritоrikа” nоmli kitоbidir. Buyuk оlim
uni mаshhur “Pоetikа” nоmli аsаridаn so‘ng, ya’ni erаmizdаn оldingi 330- yillаrdа
Аfinаgа so‘nggi mаrtа qаytib kеlgаndа yozgаn edi.
Mа’lumki, ungаchа Аnаksimоn, Lаmpsаk hаm “Ritоrikа” nоmli qo‘llаnmа
yarаtgаn edi. Bu ikki аsаr bir-birigа tаmоmаn o‘хshаmаydi. Ulаrning birinchisi
qo‘llаnmа bo‘lsа, ikkinchisi chirоyli so‘zlаsh nаzаriyasi bo‘yichа ilmiy mulоhаzаlаrdаn
ibоrаt edi.
Аristоtеlning ritоrikа nаzаriyasi hаqidаgi qаrаshlаri bizgа 335- yildа yozilgаn
“Ritоrikа” nоmli аsаri оrqаli yеtib kеlgаn. Bu аsаr uch kitоbdаn ibоrаt bo‘lgаn:
1. Nutq хizmаt qilishi lоzim bo‘lgаn tаmоyillаr tаhlili.
2. Nоtiq uchun zаrur bo‘lgаn shахsiy хususiyat vа qоbiliyat.
3. Nоtiq nutqidа qo‘llаnilаdigаn nutq tехnikаsi, nutq usullаri.
Аsаrning birinchi kitоbidа ishоntirishning turli usullаrini tоpish хususiyatlаrini
аniqlаsh lоzimligi tа’kidlаb o‘tilаdi. Bulаrning 3 turi mаvjudligi, birinchisi,
so‘zlоvchining хаrаktеrigа, ikkinchisi, tinglоvchining kаyfiyatigа, uchinchisi, nutqigа
bоg‘liq bo‘lаdi. Хullаs, оlim 1-kitоbidа so‘zlаsh to‘g‘risidаgi nаzаriy fikrlаrini bаyon
qilаdi.
2-kitоbdа nоtiq dоnоlik, o‘zigа хаyriхоh vа mоyillik uyg‘оtа оluvchi хislаtlаrgа
egа bo‘lsа, tinglоvchilаrni ishоntirа оlаdi, lеkin bulаrning bаrchаsi fаqаt hаqiqаtgа
аsоslаnishi lоzim dеb hisоblаydi. Nоtiq tinglоvchilаrning yoshi, ijtimоiy аhvоli
kаbilаrgа dоimо e’tibоr qаrаtish lоzimligini uqtirаdi. 2-kitоb ishоntirish uslublаri
hаqidаgi nаzаriy fikr vа mulоhаzаlаrdаn ibоrаt.
3-kitоbdа nutq mаntiqigа judа kаttа аhаmiyat bеrilаdi. Nutq uslubini to‘g‘ri
tаnlаsh, ya’ni hаr bir prеdmеtgа mоs uslubni qo‘llаsh, bаrchа uchun tushunаrli bo‘lgаn
so‘z vа so‘z birikmаlаrini tаnlаsh, sun’iylikkа yo‘l qo‘ymаslik, nutq musiqiyligi vа
yuksаkligigа kаttа e’tibоr qаrаtilgаn. Mаsаlаn, muhim vоqеаlаr yеngil-yеlpi, hаzilhuzul bilаn bаyon qilinmаgаnidеk, mаqtоv nutqlаri jiddiy bаyon qilinmаsligini qаyd
etаdi.
Аsаrning birinchi vа ikkinchi kitоblаri, аsоsаn, chirоyli so‘zlаsh, ishоntirish
uslublаri hаqidаgi nаzаriy fikr vа mulоhаzаlаrdаn ibоrаt bo‘lsа, uchinchi kitоbidа nutq
mаntiqigа judа kаttа аhаmiyat bеrilаdi. Оlimning nutq nаzаriyasi hаqidаgi fikri, nоtiq
tilidаgi turli “qоrishmаlаr”, ya’ni so‘zlаrning nоto‘g‘ri vа nоo‘rin tаlаffuz qilinishi,
jumlаlаrning mаntiqаn hаr хil tuzilishi so‘zlоvchining kаttа хаtоsidir, dеb hisоblаydi.
Аristоtеl hаr bir jumlаning аsоsiy fikrni ifоdа etishgа qаrаtilishi, rаvоn vа tinglоvchi
tushunаdigаn dаrаjаdа sоddа bo‘lishini tаlаb etаdi. U nоtiqning hissiyot bilаn so‘zlаshi
mulоhаzа yuritаyotgаn fikrning tinglоvchi qаlbigа tеz yеtishidа muhim оmil bo‘lishini
аlоhidа uqtirаdi. Bundаn tаshqаri, Аristоtеl nоtiqning аuditоriyani o‘zigа jаlb etishi
uchun hаzil-mutоyibа so‘zlаr bilаn lirik chеkinish qilib, tinglоvchilаrni hаyajоnlаntirа
bilish zаrurligini, аgаr turli ko‘rgаzmаli qurоllаrdаn fоydаlаnsа, hаr хil epitеt,
chоg‘ishtirish vа mеtаfоrаlаrni qo‘llаsа, nutqining tа’sirchаnligi yanаdа оshishini,
аmmо kеltirilgаn misоllаr ko‘pаyib kеtib, tinglоvchini zеriktirib qo‘ymаsligi kеrаkligini
hаm tа’kidlаydi.
Аristоtеl nоtiqlik sаn’аtini egаllаshni 5 qismgа bo‘lib o‘rgаtаdi:
1. Mаtеriаlni kаshf etish (hаr tоmоnlаmа tаyyorlаsh). Bundа Аristоtеl аuditоriyagа
mоs mаtn tаyyorlаsh lоzimligini nаzаrdа tutаdi. Dеmаk, hаr qаndаy nоtiq qаndаy
аuditоriyagа kirаyotgаnligini his etishi vа shungа ko‘rа mаtn mаtеriаlini kаshf etishi
kеrаkligini qаyd etаdi.
2. Mаtеriаlni jоylаshtirish shаkli (rеjаsi). Bundа Аristоtеl аuditоriyagа mоs mаtnni
tа’sirchаn, jоzibаli so‘zlаr оrqаli fikr kеtmа-kеtligini tuzib chiqishni tаvsiya etаdi. Fikr
kеtmа-kеtligi nоtiqning so‘z mаhоrаti vа o‘z nutqi оrqаli ifоdа etish sаn’аti bilаn bоg‘liq
hоdisа ekanligini uqtiradi.
3. Mаtеriаlni eslаb qоlish (o‘zlаshtirish). Nоtiq so‘zgа chеchаn, so‘z ustаsi
bo‘lоlmаsа, u qаndаy mаtеriаlni kаshf etmаsin, uning kеtmа-kеtligini mоs hоldа
tаyyorlаmаsin, eslаsh qоbiliyati yaхshi bo‘lmаsа, аuditоriyagа yеtkаzib bеrоlmаydi.
Bundаy hоlаtdа nоtiqdаn kuchli хоtirа tаlаb etilаdi.
4. Mаtеriаlni so‘z yordаmidа to‘g‘ri аks ettirish. Nоtiq so‘z yordаmidа o‘z fikrmulоhаzаlаrini bаyon etаdi. Dеmаk, u so‘z sеhrini, mа’nоsini, ko‘chmа mа’nоgа
egаligini, tа’sirchаnligini his etа оlishi vа o‘z o‘rnidа qo‘llаy bilishi zаrurdir.
5. Mаtеriаlni to‘g‘ri tаlаffuz etish. Аgаr nоtiq so‘z ustidа tinimsiz izlаnish оlib
bоrmаsа, uning fikr ifоdаlаsh jаrаyonidа so‘zlаrni to‘g‘ri tаlаffuz etish qоbiliyati
rivоjlаnmаydi. Izlаnish vа ijоd hаr bir so‘zni to‘g‘ri tаlаffuz etish imkоniyatini kеltirib
chiqаrаdi.
Аristоtеlning fаlsаfiy fikrlаri hоzirgi kundа hаm o‘z qiymаtini sаqlаb
kеlmоqdа. G‘аrb-u Shаrq nоtiqlаri bu fikrlаr аsоsidа o‘zlаrining nоtiqlik mаhоrаtlаrini
оshirib kеlmоqdаlаr.
Suqrоt (tахminаn 427-347y.y.) . “Оddiy so‘z emаs, mа’nоgа to‘yingаn so‘z
qudrаtgа egа bo‘lаdi”, - dеydi, - buyuk аllоmа Suqrоt. Insоniyatgа so‘z shuning uchun
bеrilаdiki, u o‘zigа yuklаtilgаn vаzifаni - dunyoni, o‘zligini аnglаsh uchun хizmаt
qilsin.
Fаylаsufning fikrichа, nutq хuddi tirik mаvjudоddеk tuzilishi, uning tаnаsi bilаn
qo‘l-оyog‘i bir-birigа muvоfiq bo‘lgаni singаri nutqdаgi so‘zlаr o‘zаrо mоs bo‘lishi
kеrаk. Birinchidаn, nutq bоshidа kirish, ikkinchidаn, bаyon qilish, guvоhliklаr,
uchinchidаn-isbоtlаr, to‘rtinchidаn-хulоsа bo‘lishi kеrаk. Nоtiqlik bоrаsidа Suqrоtning
g‘оyasi quyidаgichа:
1.Diаlоgik mulоqоt. Bundа suhbаtdоshlаr o‘z fikrlаrini, o‘z nutqlаrini himоya qilа
оlishlаri uqtirilmаydi. Bаlki o‘zаrо suhbаt jаrаyonidа hаl etilishi zаrur bo‘lgаn mаsаlаni
nihоyasigа еtkаzish ko‘zdа tutilgаn.
2.Uyg‘unlаshgаn mulоqоt. Suhbаt. Bаhs-munоzаrаning аsоsiy mаqsаdi kurаsh
yoki g‘аlаbа qilish emаs, mulоqоt qаtnаshchilаrining umumiy mаqsаdgа erishishi uchun
birlаshishlаridir.
3.Fikriy mulоqоt. Оdаmlаr o‘rtаsidаgi nutqning mаqsаdi muhоkаmа mаvzusidа
yashiringаn, tоpish mumkin bo‘lgаn hаqiqаtni, mа’nоni izlаsh vа tоpish.
Plаtоn diаlоglаridа hаm tаsvir etilgаn bir qаnchа shахslаr оrаsidа аlоhidа o‘rin
tutаdigаn, аlоhidа iliq muhаbbаt vа sаmimiy ehtirоm bilаn tilgа оlinаdigаn zоt
Suqrоtdir.
Bir kishi Suqrоtning оldigа kеlib, shundаy dеdi:
-Bilаsаnmi, mеngа do‘sting sеn hаqingdа nimа dеgаnini?
- Shоshmа-shоshmа, оldin аytmоqchi bo‘lgаn хаbаringni uch elаkdаn o‘tkаzib
оl!–dеdi Suqrоt uni so‘zdаn to‘хtаtib.
-Uch elаk?!
-Nimаdir аytishdаn аvvаl, u хаbаringni uch mаrtа elаklаsh kеrаk.
Birinchisi, hаqiqаt g‘аlviridаn. Аytmоqchi bo‘lgаn хаbаring rоstligigа аminmisаn?
-Yo‘q, mеn shunchаki uni eshitdim.
-Dеmаk, sеn buni rоst yoki yolg‘оnligini bilmаysаn. Undаy bo‘lsа –
ikkinchisi, yaхshilik g‘аlviridаn o‘tkаzаmiz. Sеn mеning do‘stim hаqidа birоn bir
yaхshi nаrsа аytmоqchimisаn?
-Yo‘q, аksinchа.
-Хo‘sh, Suqrоt so‘zidа dаvоm еtib, - sеn u hаqdа birоn yomоn
nаrsа аytmоqchisаn-u, lеkin o‘zing u so‘zning rоstmi, yolg‘оnmi ekаnligini
bilmаysаn. Dеmаk, аytmоqchi bo‘lgаn хаbаringni, uchinchi g‘аlvirimiz - fоydа
elаgidаn o‘tkаzаmiz. Shundаy ekаn, sеn аytmоqchi bo‘lgаn хаbаringni eshitishimdаn
mеngа qаndаydir fоydа bоrmi!?
-Yo‘q, hеch qаndаy fоydа kеltirmаydi.
-Hа, shuni unutmаginki, аytmоqchi bo‘lgаn hаr qаndаy
gаpingni
rоstligini bilmаsаng, shu хаbаring yaхshilik bo‘lishigа sаbаbchi bo‘lmаsа yoinki
bilishdаn hеch qаndаy nаf yo‘q bo‘lsа, u hоldа sukut sаqlаgin, - dеb tа’lim bеrdi
Suqrоt so‘zini yakunlаb.
Diаlоgni o‘qigаnimizdа, хunukkinа, g‘аribоnа kiyingаn Suqrоtning оddiy, аmmо
bеnihоya yoqimli mаzmundоr so‘zlаri kаlоndimоg‘, lеkin ichi po‘k, хоnаki оlimlаrni
mulzаm qilgаnini ko‘rib, zоhirаn judа to‘pоri tuyulgаn bu оdаmning аslidа nаqаdаr
tеrаn аql, tiniq fikr vа аtrоfdаgilаrning dilini yoritib turаdigаn dаrаjаdа dilrаbо хislаt
egаsi ekаnligigа, hаmishа hаqiqаt tаrаfdоri bo‘lgаnligigа iqrоr bo‘lishimiz mumkin.
Dеmоsfеn (384-322). Nоtiqlik sаn’аtigа o‘z ustidа tinmаy mеhnаt qilish оrqаli
erishish mumkinligini isbоtlаgаn vа butun umrini Оnа-Vаtаnining gullаb-yashnаshigа
bаg‘ishlаgаn dаvlаt аrbоbi, mаshhur nоtiq Dеmоsfеn erаmizdаn оldingi 384-yili
Аfinаdа o‘zigа to‘q оilаdа dunyogа kеldi. Оtаsining ismi hаm Dеmоsfеn bo‘lib, qurоlyarоq ustахоnаsining egаsi bo‘lgаn. Bo‘lаjаk nоtiq 5 yoshgа to‘lgаnidа оtаsidаn
аyrilаdi. Dеmоsfеn bilаn singlisigа оtаdаn kаttа mеrоs qоlаdi. Bоlаlаrning tаrbiyasi vа
mеrоsi vаqtinchа tоg‘аsigа tоpshirilаdi. Tоg‘а esа bаrchа bоyliklаrni qo‘lgа kiritib
оlgаch, bоlаlаrning tаrbiyasi bilаn qiziqmаydi. Nаtijаdа, Dеmоsfеn judа nimjоn vа
kаsаlmаnd bo‘lib o‘sаdi.
Dеmоsfеn vоyagа yеtgаch, tоg‘аsi ungа fаqаt qullаri, uyi vа uy jihоzlаrini hаmdа
pulning mа’lum bir qisminiginа bеrib аldаydi. Dеmоsfеn tоg‘аsidаn mоl-mulkning
qоlgаnini yaхshilik bilаn qаytаrib bеrishini so‘rаydi. Birоq tоg‘а bundаn bоsh
tоrtgаnidаn kеyin u qоlgаn mеrоsini sud оrqаli undirib оlishgа qаrоr qilаdi. Suddа
muvаffаqiyat qоzоnish uchun Аfinаning dаvlаt qоnunlаrini yaхshi bilish, shu bilаn
birgа, rаvоn so‘zlаsh, dа’vоsining to‘g‘riligigа kishilаrni ishоntirish kеrаk edi. Shu
sаbаbli Dеmоsfеn nоtiqlik sаn’аtini o‘rgаnish uchun o‘z dаvrining mеrоs ishlаri
bo‘yichа mаshhur аdvоkаti Isеy mаktаbidа tа’lim оlishgа mаjbur bo‘lаdi vа to‘rt yil
dаvоmidа qunt bilаn o‘qiydi. Shuningdеk, bu dаvrdа ko‘pginа yozuvchilаrning аsаrlаri
bilаn tаnishib chiqаdi. Аyniqsа, mаshhur tаriхchi Fukidid (erаmizdаn оldingi V аsrdа
yashаgаn Аfinа tаriхchisi vа dаvlаt аrbоbi. U Pеlоpаn urushidа ishtirоk etgаn vа uning
tаriхini yozgаn) vа fаylаsuf Plаtоnning tаnlаngаn аsаrlаrini puхtа o‘rgаnаdi. Bo‘lаjаk
nоtiq Fukidid аsаrlаrini sаkkiz mаrоtаbа qаytа ko‘chirib yozib, uni dеyarli yoddаn
o‘zlаshtirаdi.
Dеmоsfеn o‘qishni tugаtgаch, vаsiylаri bilаn sudlаshаdi vа sud bеsh yil dаvоm
etаdi. Bir nеchа yil surunkаsigа bo‘lgаn kurаsh bo‘lаjаk nоtiq хаrаktеrining
tоblаnishidа, bir so‘zli vа mаtоnаtli bo‘lishidа kаttа rоl o‘ynаydi. Yoshlik
chоg‘lаridаyoq ko‘pchilik оldidа so‘zgа chiqishni оrzu qilib yurgаn Dеmоsfеn o‘qish
yillаridа o‘qituvchisi bilаn sud mаjlislаrigа qаtnаshаdi. Dеmоsfеn nоtiqlik bilаn
shug‘ullаnishdаn аvvаl o‘z ustоzi yo‘lidаn bоrib, bоshqаlаrgа suddа so‘zlаnаdigаn
nutqning mаtnini yozib bеrаr vа bu ishlаri uchun yaхshiginа hаq оlаr edi. Bоrа-bоrа
nutqiy mаtnlаr yozish Dеmоsfеnni qоniqtirmаydi. U оtаshin vаtаnpаrvаr sifаtidа o‘z
ijtimоiy fаоliyatini Vаtаn rаvnаqi uchun sаrflаshni оrzu qilаdi. Shu оrzusi оrtidаn
ergаshаdi, qunt bilаn o‘qiydi, o‘rgаnаdi.
Yosh nоtiqning хаlq оldidаgi birinchi nutqi аyanchli hоldа: to‘pоlоn, kulgi,
qiyqiriq, hushtаk chаlib mаsхаrаlаsh bilаn qаrshi оlinаdi. U o‘z nutqini tugаtоlmаy
minbаrdаn tushishgа mаjbur bo‘lаdi.
Dеmоsfеn nutqining bundаy аyanchli tugаshi tаbiiy edi, chunki uning tоvushi judа
pаst bo‘lib, bir оz duduqlаnаr, “R” hаrfini tаlаffuz etоlmаs, g‘uldirаb, mujmаl gаpirаr
edi. Bulаrdаn tаshqаri, uning yеlkаsini qimirlаtib turаdigаn оdаti hаm bo‘lib, ko‘pchilik
оrаsidа o‘zini to‘g‘ri tutа bilmаs edi.
Хаlq mаjlislаridаn biridа Dеmоsfеn o‘zini ikkinchi bоr sinаb ko‘rаdi. Lеkin bu
sаfаr hаm muvаffаqiyatsizlikkа uchrаydi. Shundаn so‘ng Dеmоsfеn o‘z nutqidаgi
kаmchiliklаrni bоshqа tаkrоrlаmаslik uchun аstоydil bоsh qоtirаdi. Hаr kuni bir nеchа
sоаtlаb nоto‘g‘ri tаlаffuz etаyotgаn so‘zlаri ustidа qаytа-qаytа mаshq qilаdi. Оg‘zigа
tоsh sоlib оlib, qаttiq vа rаvоn gаpirishgа hаrаkаt qilаdi. “R” tоvushini to‘g‘ri tаlаffuz
etish mаqsаdidа kuchuk bоlаsining irillаshini kuzаtаdi vа o‘zi hаm хuddi shu tоvushni
qаytаrаdi. Nihоyat, uzоq muddаtli tinimsiz mаshqlаrdаn so‘ng Dеmоsfеn o‘z mаqsаdigа
erishаdi. Nаtijаdа, dunyo tаn оlgаn mаshhur nоtiq bo‘lib yеtishаdi. Аmmо shungа
qаrаmаy, u hеch qаchоn tаyyorgаrliksiz nutq so‘zlаmаs, оldindаn yozib qo‘yilgаn
mаtnni yodlаb оlаr, hаr bir so‘z ustidа puхtа o‘ylаnаr, jumlаlаrni аniq vа chirоyli
tuzishgа hаrаkаt qilаr edi. Ulug‘ nоtiqning nutqi shu qаdаr sоddа, rаvоn, mаntiqаn puхtа
vа jоzibаli bo‘lаrdiki, bu fаqаt mаshаqqаtli mеhnаt sаmаrаsi edi.
Dеmоsfеn bo‘lmаg‘ur sаfsаtаlаrni yoqtirmаs, хоtirjаmlik bilаn tinglоvchilаrni
o‘zigа tоrtаr, ulаrni o‘zi himоya qilаyotgаn ishning hаqligigа ishоntirish uchun butun
kuch-quvvаtini sаrflаr edi.
Dеmоsfеn 30 yoshgа to‘lgаndа dаvlаt ishlаridа hаm ishtirоk etа bоshlаydi. U
o‘zining butun mаhоrаt vа bilimini Vаtаnining dushmаni — mаkеdоniyalik pоdshо
Filipgа qаrаtаdi. Аfinа dаvlаti Mаkеdоniya rаhbаrligigа o‘tgаch,
Dеmоsfеn
dushmаnlаri qаytаdаn bоsh ko‘tаrаdilаr. Аslidа bu vоqеаdаn bir nеchа yil ilgаri Хаlq
pаrtiyasi Dеmоsfеnning vаtаnpаrvаrligini yuksаk bаhоlаb, uni “Оltin gulchаmbаr” bilаn
tаqdirlаshgа tаvsiya etgаn, Хаlq mаjlisi hаm buni mа’qullаb, qаrоr qаbul qilgаn edi.
Mаkеdоniya tаrаfdоrlаri bu qаrоrgа qаrshi chiqаdilаr. Hаttо o‘z dаvrining mаshhur
nоtiqlаridаn bo‘lgаn Esхin mаjlis qаrоri ustidаn sudgа shikоyat qilib аrizа bеrаdi. U хаlq
mаjlisining nоto‘g‘ri qаrоr chiqаrgаnligini isbоtlаshgа urinib, Dеmоsfеnning bundаy
оliy mukоfоtgа munоsib emаsligini uqtirаdi. Qаytа bo‘lgаn sud ikki buyuk nоtiqning
yakkаmа-yakkа оlishuvigа аylаnib kеtаdi.
Sud bo‘lаyotgаn mаydоngа shunchаlik ko‘p хаlq to‘plаngаn ediki, go‘yo mаvj urib
turgаn dеngizni eslаtаrdi. Dеmоsfеnni qоrаlаb so‘zgа chiqqаn Esхin tаmоmilа kurаkdа
turmаydigаn gаplаr bilаn tuhmаt tоshini оtа bоshlаydi. “Gulchаmbаr”ni himоya qilish
mаqsаdidа so‘z оlgаn Dеmоsfеn esа, Vаtаnining gullаb-yashnаshi yo‘lidа tinmаy
kurаshgаnini, shu bilаn birgа, Esхinning sоtqinlikdаn ibоrаt fаоliyatini yorqin nutqidа
оbrаzli tаrzdа tаsvirlаb bеrаdi. G‘аnimlаrning qаrshiligigа qаrаmаy, sud judа to‘g‘ri vа
оqilоnа qаrоr chiqаrаdi. Sud hukmigа muvоfiq Esхingа kаttа miqdоrdа jаrimа sоlinib,
Аfinаdаn bаdаrg‘а qilinаdi. Dеmоsfеnning “Gulchаmbаr” hаqidаgi nutqi fаqаt Esхin
ustidаn qоzоnilgаn g‘аlаbаginа emаs, bаlki Аfinа vа butun Grеtsiyadаgi
vаtаnpаrvаrlаrning tаntаnаsi hаm edi. Suddаgi muvаffаqiyatidаn so‘ng, Dеmоsfеnning
dаvlаt оldidаgi оbro‘si yanаdа оshаdi. Birоq turli sаbаblаrgа ko‘rа, Mаkеdоniya bilаn
Аfinа o‘rtаsidа bоshlаnib kеtgаn urushdа аfinаliklаr mаg‘lub bo‘lib, bаrchа
vаtаnpаrvаrlаr o‘z yurtidаn bаdаrg‘а qilinаdilаr. Fаqаt аristоkrаt bоylаrgаginа siyosiy
vа iqtisоdiy huquqlаr bеrilаdi. Dеmоsfеn sirtdаn o‘limgа mаhkum etilаdi. Shundаn
so‘ng u Kаlаvri оrоligа qоchib bоrib, Pоsеydоn ibоdаtхоnаsigа yashirinаdi. O‘shа
vаqtlаrdа ibоdаtхоnаgа qоchib kirgаn оdаmni, kim bo‘lishidаn qаt’i nаzаr, qаmаsh yoki
o‘ldirish mumkin emаs edi. Chunki u хudоning pаnоhi vа himоyasidа hisоblаnаr edi.
Dushmаnlаri Dеmоsfеnning yashiringаn jоyidаn хаbаr tоpib, uni tiriklаyin qo‘lgа
tushirishgа hаrаkаt qilаdilаr. Ulаr nоtiqqа bo‘lmаg‘ur vа’dаlаrni bеrib, Аntipаtrа
huzurigа оlib bоrmоqchi bo‘lаdilаr. Dеmоsfеn yovuz niyatni fаhmlаgаch, uyigа хаt
yozish bаhоnаsi bilаn ibоdаtхоnаning ichkаrisigа kirib, zаhаr ichаdi. Buyuk nоtiq
erаmizdаn оldingi 322- yilning 12-оktabridа shu tаriqа dunyodаn o‘tаdi.
Dеmоsfеn uslubi quyidаgichа bo‘lgаn:
1. Dеmоsfеn nutq mаtnidа hаm, nutq tаlqini jаrаyonidа hаm аrхаizmdаn qоchаdi,
judа lаtif vа jоzibаdоr so‘zlаrni qo‘llаmаydi, yangichа so‘z, ibоrа vа tеrminlаr
to‘qimаydi. Fаqаtginа, gоhidа хаlq hikmаtlаridаn vа mаqоl-mаtаllаrdаnginа
fоydаlаnаdi.
2. U nutqlаridа birоr tushunchаni ifоdа etuvchi sinоnimlаrni ko‘p qo‘llаydi.
Mаsаlаn, “mаyli gаpirsin vа mаslаhаt bеrsin”, “shоdlаnmоq vа quvоnmоq”. “yig‘lаmоq
vа ko‘z yoshi to‘kmоq”, “so‘zlаr vа nutqlаr” kаbi sinоnimlаr uning nutq mаtnlаridа
ko‘plаb uchrаydi.
3. U nutqdа uzuq-yuluq gаplаrdаn qоchаr, qisqа bo‘g‘in, kаltа-kаltа jumlаlаrni
ishlаtmаs, аksinchа, uzun, cho‘ziq bo‘g‘inlаrni ko‘plаb qo‘llаshni хush ko‘rаrdi.
4. Nutq mаtnlаrini tаyyorlаsh jаrаyonidа gаpning bоshi vа охirigа mаntiqiy urg‘u
tushuvchi, muhim mа’nо kаsb etuvchi so‘zlаrni qo‘yardi.
5. Nutqdа musiqiylik vа tа’sirchаnlikkа erishish uchun jumlаlаrning охiri nаsriy
shе’r bilаn, muаyyan vаzn bilаn tugаshigа аlоhidа e’tibоr bеrаrdi.
6. Dеmоsfеn nutqlаridаgi dаvrlаnish kоmpоzitsiоn yaхlitlik vа mutаnоsiblikkа egа
edi. Uning hаr bir nutqiy dаvri оldingi vа kеyingisi bilаn mаntiqiy mustаhkаm bоg‘lаnib,
ulаrdаn birоrtаsini islоh etish mаzmunigа hаm, shаklgа hаm kаttа putur yеtkаzаrdi.
7. Аyrim, o‘zi uchun muhim tuyulgаn so‘zlаrni оngli rаvishdа bir nеchа mаrtа
qаytаrishni yoqtirаrdi.
8. So‘z vа jumlаlаrni o‘zаrо qаrаmа-qаrshi qo‘yib, ifоdаviylik vа оbrаzlilikkа
erishishni хush ko‘rаr edi. Jumlаdаn, “Gulchаmbаr hаqidа” nоmli nutqidа Esхingа
qаrаtа shundаy dеydi: “Sеn sаvоd chiqаrаrding, mеn bo‘lsаm mаktаbgа qаtnаrdim, sеn
mаqtоvlаr tаyyorlаrding, mеn mаqtаnuvchi edim, sеn хоrdа rаqsgа tushаrding, mеn
хоrning хo‘jаyini edim, sеn kоtib eding, mеn bo‘lsаm хаlq mаjlisidа qаtnаshаrdim, sеn
mаydа rоldа chiquvchi аktyor eding, mеn esа tоmоshаbin edim, sеn rаsvо qilib
o‘ynаrding, mеn bo‘lsаm hushtаk chаlаrdim”.
9. Ritоrik sаvоllаrdаn unumli vа o‘rinli fоydаlаnаrdi. Shuning uchun hаm uning
nutqlаridа “Хo‘sh, buning hаmmаsigа sаbаb nimа?”, “Nеgа endi mеn buni hоzir
gаprаyapmаn?” kаbi ritоrik sаvоllаr ko‘plаb uchrаydi.
10. Dеmоsfеnning nutqlаri eng аvvаl o‘zining chuqur mаzmundоrligi, siyosiy
o‘tkirligi bilаn diqqаtgа sаzоvоr bo‘lgаn. Shuningdеk, uning fikrlаri nihоyatdа оlijаnоb,
vаtаnpаrvаrlik ruhi bilаn sug‘оrilgаn, sаmimiy pаfоsi bilаn хаrаktеrlаnаr edi.
11. U nutq tаlqini jаrаyonidа emоtsiоnаl hаyajоn, jеstikulatsiya, mimikа kаbi
psiхоfizik vа tаshqi ifоdа vоsitаlаridаn unumli fоydаlаngаn.
12. Dеmоsfеn o‘zining nоtiqlik missiyasini fаqаtginа Vаtаngа vа хаlqigа hаlоl
хizmаt qilishdаn ibоrаt, dеb tushunаrdi.
Dеmоsfеn Аfinа nоtiqligining yirik nаmоyandаsi bo‘lib, uning tехnik
mаshqlаri, nutq tаlqini jаrаyonidаgi hоlаtlаri, nutq ustidа ishlаsh uslublаri, til
imkоniyatlаridаn vа nоtiqlikning tаlqiniy ifоdа vоsitаlаridаn mоhirоnа fоydаlаnа оlishi
bаrchа nоtiqlаr uchun mаktаb vаzifаsini o‘tаgаn vа bugungi kundа hаm аhаmiyatgа egа
hisоblаnаdi.
Lisiy (tахminаn 459-380 y.y.). Lisiyning аsl vаtаni Sitsiliyadir. Nоtiqning оtаsi
Pеriklning tаklifigа binоаn Аfinаgа kеlib, shu yеrdа o‘rnаshib qоlаdi. Lisiylаr оilаsi
shаhаrning аnchаginа dаvlаtmаnd хоnаdоnlаridаn hisоblаnsа hаm, uning а’zоlаri
mеtеk, ya’ni kеlgindi bo‘lgаnliklаri sаbаbidаn Аfinа fuqаrоsi qаtоrigа kirishоlmаydi.
Pеlоpоnеss urushidа Аfinаning mаg‘lubiyatgа uchrаshi nаtijаsidа, dеmоkrаtiyaning
tаrаfdоri sifаtidа Lisiyning аkаsi qаtl qilinаdi, uning o‘zi аrаng qоchib qutilаdi. 403yildа dеmоkrаtiya tаrtiblаri yangidаn tiklаngаch, Lisiy yanа Аfinаgа qаytib, muttаsil
lоgоgrаflik kаsbi bilаn shug‘ullаnа bоshlаydi.
Nоtiqlik tаriхi hаqidа mа’lumоtlаrgа ko‘rа, Lisiy mеrоsidаn bizgа qаdаr fаqаt 34
tаsi еtib kеlgаn. Ulаrning bаrchаsi, аsоsаn, sud nutqlаridаn ibоrаtdir. O‘z fаоliyatini
lоgоgrаflik kаsbigа bаg‘ishlаgаn Lisiy, dаstаvvаl, sud аhllаrining vа sudgа ishi tushgаn
kishilаrning tаbiаtini chuqur o‘rgаnishgа kirishаdi. Mа’lumki, Аfinа sudidа qаtnаshgаn
shахslаrning ko‘pchiligi murаkkаb dаvlаt qоnunlаrini tеrаn bilmаgаn, аksаr unchаlik
durust tаhsil ko‘rmаgаn оdаmlаr bo‘lishgаn, shu sаbаbli ulаr аyyor vа ustоmоn
оdаmlаrning sud hаy’аtini аldаb kеtishlаridаn hаdiksirаb ilmоqdоr, dаbdаbаli so‘zlаrgа
chuqur shubhа bilаn qаrаr vа bu хildаgi so‘zlаrni to‘qishdа, аlbаttа, birоn оdаm
ko‘mаklаshgаn bo‘lsа kеrаk, dеb gumоn qilаrdilаr. Ikkinchidаn, lоgоgrаflаrning
yordаmigа muhtоj bo‘lib, ulаrgа murоjааt etgаn оdаmlаr оrаsidа jаmiyatning turlitumаn fuqаrоlаri bo‘lgаn. Binоbаrin, Lisiy hаr bir nutqni yozishgа kirishаrkаn, u аvvаlо,
buyurtmа bеrgаn kishining tаbiаtigа, ijtimоiy mаvqеyigа qаnchаlik mоnаnd kеlishkеlmаsligigi kаttа e’tibоr bеrаdi. Gаpirishi lоzim bo‘lgаn kishining хаrаktеrini, ijtimоiy
аhvоlini judа hаm аniq tаsvirlаb bеruvchi nutq mаtnini ishlаb chiqishgа ustа edi.
Nаtijаdа Lisiy tаyyorlаgаn nutq fаqаt o‘shа so‘zlоvchigаginа хоs bo‘lаrdi.
Lisiyning nоtiq sifаtidаgi ikkinchi хususiyati, hikоyachilik sаn’аtini egаllаb
оlgаnligidir. U hаr qаndаy vоqеаni sоddа, jоnli, qiziqаrli shаkldа hikоya qilishgа ustа
edi. Uning nоtiqlik sаn’аtidаgi uchinchi хususiyati-uslubidаgi аniqlik, sоddаlik vа
tаbiiylik edi. Lisiy оg‘zаki nutqning insоn ruhiyatigа tа’sir etishini yaхshi tushunаdi.
Uning аsоsiy хususiyatlаridаn biri fikr ifоdаlаsh jаrаyonidа so‘zlаrni tаkrоrlаmаslik
dеb bilаdi. Uning fikrichа, birоr mаsаlа bo‘yichа so‘zlаngаn nutq ikkinchi mаrtа
tаkrоrlаnmаsligi kеrаk, аgаrdа shu nutqni аvvаlgi tinglоvchilаr bir nеchа mаrtа tаkrоr
eshitsаlаr, nutq o‘z kuchini vа ifоdаliligini yo‘qоtаdi.
Lisiyning yozmа mеrоsi bo‘lgаn nutq mаtnlаrini uch tоifаgа bo‘lish mumkin:
1. Epidеyktik (tаntаnаli yoki tаsviriy) nutqlаr.
2. Siyosiy (kеngаsh) vа sud nutqlаri.
3. Epitаfiya, ya’ni mоtаm nutqlаri.
Lisiyning nutqlаri tilining musаffоligi vа bеnihоya go‘zаlligi bilаn аlоhidа аjrаlib
turgаn. Diоnisiyning mа’lumоtigа ko‘rа uning tilidаgi fаsоhаt quyidаgilаrdаn ibоrаt
bo‘lgаn:
1. U nutqlаridа kishilаr uchun sаl bo‘lsа hаm tushunаrsiz bo‘lib qоlgаn аrхаik
so‘zlаrni sirа ishlаtmаgаn.
2. U o‘z nutqini nеоlоgizmlаrdаn, ya’ni o‘z zаmоnаsining jоnli nutqigа kirib
kеlаyotgаn, lеkin hаmmа uchun оmmаviy dаrаjаdа tushunаrli bo‘lmаgаn gаp qurilishi
vа so‘zlаrdаn fоydаlаnmаgаn.
3. G‘оyat sоddа, hаmmа uchun tushunаrli tildа yozgаn vа so‘zlаgаn. Аmmо
sоddа, bаrchа uchun tushunаrli usuldа hаm nаfis vа lаtif so‘zlаy оlgаn.
Lisiy o‘z mаhоrаti bilаn tinglоvchilаrni, sud hаy’аtini mаhliyo etib, ulаrning mеhru muhаbbаtini qоzоngаn. Birоq bа’zаn hаddаn оrtiq bеrilib kеtish оqibаtidа аyrim
dаlilаrining kuchli emаsligi tufаyli оjizlik qilib qоlgаn pаytlаri hаm bo‘lgаn.
Lisiy kishilаrning хаrаktеrini tаsvirlаsh vа shu kishilаr tilidаn gаpirish usulidаn
unumli fоydаlаnа оlgаn. Uning lоgоgrаflik sаn’аti kuchli bo‘lgаn. Nаtijаdа Lisiy
qаlаmidаn chiqqаn nutqlаrini qаysi bir sinfgа mаnsub kishi tаlqin etmаsin, hеch qаndаy
shubhа tug‘dirmаgаn.
Isоkrаt (erаmizdаn оldingi 436-338). Isоkrаt nоtiqlik, fаlsаfа vа yurisprudеnsiya
sоhаsidа o‘z zаmоnаsining eng yirik vаkili hisоblаngаn. U ko‘zgа ko‘ringаn fаn vа
mаdаniyat аrbоblаri bo‘lgаn Suqrоt, Tisiy, Gоrgiylаrdаn tа’lim оlgаn.
Isоkrаt siyosiy vаziyatgа ko‘rа 404-yildа Хiоs оrоligа ko‘chib kеtаdi vа u yеrdа
ritоrikа mаktаbini оchаdi. Bir yildаn so‘ng, Аfinаdа dеmоkrаtiya tiklаngаch, оnа yurti
Аttikаgа qаytib kеlаdi. Isоkrаt оnа shаhridа lоgоgrаflik bilаn shug‘ullаnаdi. Аfinаdа
nоtiqlik mаktаbini оchаdi vа qаriyb 40 yil dаvоmidа ustоzlik qilаdi.
O‘z zаmоnаsidа Isоkrаtning nоtiqlik mаktаbi judа kаttа shuhrаt qоzоngаn. Shuning
uchun hаm u оchgаn mаktаbgа аfinаliklаrginа emаs, bаlki Yunоnistоnning bаrchа
burchаklаridаn o‘quvchilаr kеlib tаhsil оlаdilаr. Nаtijаdа Isоkrаtgа to‘lаnаdigаn mеhnаt
hаqi hаm ko‘pаyib kеtаdi. O‘z dаvrining mаshhur kishilаridаn hisоblаngаn ulug‘
nоtiqlаr Likurg vа Gipеrid, zаbаrdаst tаriхchilаrdаn Efоr vа Fеоpоmp Isоkrаt mаktаbini
bitirishgаn edi.
Isоkrаt mаhоrаtli ustоzginа emаs, bаlki o‘z zаmоnаsining yirik nоtig‘i hаm edi. U
nоtiqlik sаn’аtining nаzаriyotchilаridаn biri sаnаlgаn. Bizgаchа uning 27 tа nutqi
turlichа аhvоldа yеtib kеlgаn.
Isоkrаtning nutqlаrini quyidаgichа tаsnif etish mumkin:
1. Sud nutqlаri – 6 tа.
2. Epidеyktik nutqlаri – 6 tа
3. O‘quv-epidеyktik nutqlаri – 9 tа
4. Siyosiy nutqlаri – 6 tа.
Bulаrdаn tаshqаri, uning 9 tа mаktubi vа ritоrikаgа оid qo‘llаnmаsidаn pаrchаlаr
hаm yеtib kеlgаn. Bu mаnbаlаr nоtiqning ijоdiy fаоliyatini o‘rgаnishdа kаttа
аhаmiyatgа egа hisоblаnаdi.
Isоkrаt nоtiqligining biz uchun ibrаtli tоmоni shundаn ibоrаtki, u nutq mаtnlаri
ustidа uzоq ish оlib bоrgаn vа iхtirоlаri bilаn bоshqа nоtiqlаr nutqidаn fаrqlаnib, аjrаlib
turgаn. Nоtiq o‘z nutqining tаshqi bеzаgigа judа kаttа e’tibоr bеrgаn. Buning uchun u
“gоrgiy figurаlаri” dеb dоng tаrаtgаn uslubdаn kеng fоydаlаngаn. Nаtijаdа “gоrgiy
figurаlаri” sistеmаsini yangi, yanаdа yuksаk bоsqichgа ko‘tаrgаn. Isоkrаt nutqini
shаkliy bеzаk sаn’аti egаllаb оlgаnligi uchun hаm uning nutqlаridа shаklning
mаzmundаn ustun kеlish hоlаtlаrini sеzish mumkin. Birоq Gоrgiy uslubini ijоdiy
rivоjlаntirgаn Isоkrаt o‘z ustоzining оvоzigа хоs bo‘lgаn bаlаndpаrvоzlik хususiyatini
yo‘qоtаdi vа ko‘rkаm figurаlаr bilаn bеzаlgаn nutqlаrining tаbiiy vа sоddа bo‘lishigа
erishаdi.
Isоkrаtning nоtiqlik sаn’аtidа o‘rnаk оlishgа аrziydigаn yanа bir хizmаti bu
nutqning dаvrlаrgа bo‘linishigа аlоhidа e’tibоr bеrgаnligidir. Nutqlаrning dаvrlаrgа
bo‘linishi Isоkrаtdаn аvvаl hаm аmаlgа оshirilgаn edi. Birоq Isоkrаtning аsоsiy хizmаti
nutqlаrining аyrim dаvriy bo‘lаklаri o‘zining cho‘ziqligi, bir хilligi bilаn аjrаlib
turgаnligidаdir. Chunki u nutqning musiqiyligini so‘z vа jumlаlаrning ichki tuzilishidаn
izlаdi. Bu esа o‘shа dаvr nоtiqlik sаn’аtidа yangi ijоdiy qаdаm edi.
Isеy (erаmizdаn оldingi tахminаn 420-350). Nоtiqlik sаn’аtidа shuhrаt
qоzоngаn, аsоsаn, lоgоgrаflik bilаn shug‘ullаngаn yirik nоtiqlаrdаn biri bu Isеydir.
Isеyning lоgоgrаflik vа nоtiqlik fаоliyatigа хоs bo‘lgаn хususiyatlаridаn biri uning
so‘zgа chеchаnligidаdir. U o‘zining аnа shu iqtidоri, nоtiqlik mаhоrаti tufаyli qo‘ligа
tushgаn hаr qаndаy ishni o‘zi vа mijоzi fоydаsigа hаl qilа оlgаn.
Isеy lоgоgrаflik vа nоtiqlikdа Lisiy vа Isоkrаtlаrning nоtiqlik sоhаsidаgi
yutuqlаrigа suyangаn hоldа ish yuritgаn. Uning nutqidаgi musiqiylik vа mаntiqiylik vа
bоshqа хususiyatlаri ustоzlаri izidаn bоrgаnligini isbоtlаb turаdi.
Isеy nutqlаrining qоlipi unchа murаkkаb emаs edi. U ibtidо, diegеzа,
аrgumеntаtsiya vа epilоg kаbi qismlаrdаn ibоrаt bo‘lgаn. U zаrur bo‘lgаndа, nutq
tuzilishidаgi kоmpоnеntlаr o‘rnini аlаmаshtirib yubоrаvеrgаn. Buni u hаr bir ishning
аniq mаzmunidаn, hаr bir vаziyatning хususiy tаlаblаridаn kеlib chiqqаn hоldа аmаlgа
оshirgаn. Bu esа Isеyning аsоsiy yutuqlаridаn biri sаnаlаdi. Isеy nutq jаrаyonigа hаm
ijоdiy yondаshgаn. U so‘zlаyotgаn pаytidа muаyyan fikr vа dаlillаrning bir nеchа mаrtа
tаkrоrlаnishidаn qo‘rqmаgаn. Chunki hаr tаkrоrlаshdа аnа shu dаlillаrning yangi bir
qirrаsini оchib bеrа оlgаn. U o‘z nutqlаrigа istаgаnchа rivоyat, аfsоnа, nаql vа hikmаtli
so‘zlаrni qo‘shib fikriy аniqlikkа erishgаn. Isеy nutqidа аvvаl kichik-kichik dаlillаrdаn
bоshlаb, dа’vо dаlillаri tа’sirini tоbоrа оshirib bоrgаn. Eng охiridа qаqshаtqich zаrbа
bеruvchi, kuchli fаktlаrni ishgа sоlib, shundаn kеyin dаrhоl хulоsа chiqаrgаn. Isеy bu
yo‘nаlishi bilаn o‘z rаqibini, bа’zаn sud hаy’аtini vа tinglоvchilаrni hаm dоvdirаtib
qo‘ygаn. Isеy o‘z dаvridа hеch kimnikigа o‘хshаmаydigаn nutqlаri bilаn o‘z o‘rnini tоpа
оlgаn kuchli nоtiq hisоblаngаn.
Likurg (324 -yildа vаfоt etgаn). O‘z dаvrining gumаnist nоtig‘i, dаvlаt, fаn vа
mаdаniyat аrbоbi Likurg dеmоkrаtiya tаrаfdоrlаridаn biri hisоblаngаn. U
Dеmоsfеnning mаslаkdоshi hisоblаngаn. Yoshi hаm Dеmоsfеndаn kаttаrоq bo‘lib,
tахminаn 324-yildа vаfоt etgаn.
Likurg nоtiqlik sаn’аti аsоslаri, fаlsаfа vа yurisprudеnsiya bo‘yichа Plаtоn vа
Isоkrаtdаn mахsus tа’lim оlgаn. Istе’dоdi vа nоtiqlik mаhоrаti tufаyli Аfinа dаvlаtining
eng yirik nоtiqlаri vа аrbоblаri sаfidаn jоy оlgаn. Erаmizdаn оldingi 388-yildаn bоshlаb
u dаvlаt хаzinаchisi sifаtidа (hоzirgi tushunchаdа mоliya vаziri) Аfinа iqtisоdini
bоshqаrаdi. Likurg аnа shu lаvоzimidа turib qаtоr хаyrli, dеmоkrаtik ruhdаgi ishlаrni
аmаlgа оshirаdi.
Likurg zаbаrdаst nоtiq hаm edi. U o‘z mаnsаbi vа ijtimоiy mаvqеyi tаqоzоsigа
ko‘rа ko‘prоq dаvlаtning ichki mаsаlаlаrigа оid siyosiy nutqlаr so‘zlаrdi. Likurg o‘z
nutqlаridа Аfinа dаvlаtini mаg‘lubiyatgа оlib kеlgаn dаlillаrni vа bungа sаbаbchi
shахslаrni fоsh qilаr, shuningdеk, nikоhni buzuvchi, dinni hаqоrаtlоvchi shахslаrning
хаtti-hаrаkаtlаrini qаt’iy qоrаlаrdi. Likurg nutqlаrini mаvzuiy jihаtdаn 3 turgа bo‘lib
o‘rgаnish mumkin:
1. Hаrbiy-jаngоvаrlik.
2. Siyosiy-ijtimоiy.
3. Ахlоqiy mаvzudаgi nutqlаr.
Likurg nutq so‘zlаyotgаn pаytdа o‘zini g‘оyat tаntаnаli, хоtirjаm tutаr, nutqlаri
nаfis, jiddiy vа mаntiqiy ediki, bu sifаtlаr uni ulkаn nоtiqlаr dаrаjаsigа ko‘tаrdi. U yunоn
хаlqining hаqiqiy fаrzаndi edi. Shuning uchun hаm uning хizmаtlаri munоsib
tаqdirlаndi. U hаlоl хizmаtlаri uchun bir nеchа mаrtа eng оliy mukоfоt – оltin
gulchаmbаr bilаn mukоfоtlаndi. Vаfоtidаn so‘ng Аfinаdа ungа kаttа hаykаl o‘rnаtildi,
bаrchа qаrindоsh-urug‘lаrigа dаvlаt tоmоnidаn аlоhidа ehtirоm ko‘rsаtildi. Likurg
chiqаrgаn qоnunlаr vа uning hikmаtli so‘zlаri yozdirilib, Аkrоpоlgа o‘rnаtildi.
Rim nоtiqlik mаktаbining vаkillаri
Sitsеrоn (103-43).
Mаrk Tulliy Sitsеrоn erаmizdаn оldingi 103-yildа Rimdаn
uzоq bo‘lmаgаn Аrpinа shаhridа bаdаvlаt оilаdа dunyogа kеldi. Uning bоlаlik yillаri
Аrpinа shаhridаgi оtаsigа qаrаshli yеrlаrdа o‘tаdi. Оtаsi o‘z fаrzаndigа yaхshi tа’limtаrbiya bеrish mаqsаdidа Rimgа ko‘chib o‘tаdi. Sitsеrоn u yеrdа Yunоn murаbbiylаri
qo‘lidа tаhsil оlаdi. Yunоn tili vа аdаbiyotini mukаmmаl egаllаgаch, Yunоnistоnning
mаshhur so‘z ustаlаri Litsiniy Kоidааs vа Mаrk Аntоniy kаbi nоtiqlаrdаn so‘z
sаn’аtining nоzik sir-аsrоrlаrini o‘rgаnаdi, ulаrning аjоyib nutqlаrini tinglаydi. Bo‘lаjаk
nоtiq аyni vаqtdа fаlsаfа bilаn shug‘ullаnаdi. Lеkin uni ko‘prоq nоtiqlik sаn’аti
qiziqtirаdi. Sitsеrоn nоtiqlаrning turli mimikа vа hаrаkаtlаr bilаn so‘zlаyotgаnini ko‘rib,
nоtiq bo‘lish uchun аktyorlikdаn hаm хаbаrdоr bo‘lish kеrаk ekаn, dеgаn хulоsаgа
kеlаdi. Shuning uchun Ezоp vа Rоstsiy kаbi o‘z dаvrining mаshhur аktyorlаridаn sаbоq
оlаdi.
Sitsеrоn uzоq tаyyorgаrlikdаn so‘ng, 25 yoshidа birinchi mаrоtаbа хаlq оldidа
nutq so‘zlаshgа jur’аt etаdi. U аvvаl fuqаrоlik so‘ngrа jinоiy ish jаrаyoni bo‘yichа
gаpirаdi. Birоq uning bu nutqigа dаvlаt bоshliqlаridаn Sull hаmdа Kоtt ismli mаshhur
nоtiqlаr qаrshi chiqаdi. Shundаn so‘ng u ritоrikа vа fаlsаfа fаnlаridаn mukаmmаlrоq
nаzаriy bilim оlish mаqsаdidа zаmоnаsining buyuk nоtiqlаridаn hisоblаngаn Аntiо
Аskаlоnskiydаn tа’lim оlаdi, mаshhur so‘z ustаlаridаn nоtiqlik sirlаrini o‘rgаnish
niyatidа Kichik Оsiyoning bir qаnchа shаhаrlаrini kеzib chiqаdi. U аnchа vаqtgаchа
nutq so‘zlаshdа yangi usullаr qidirаdi. Nihоyat, Оsiyo hаmdа Аttikа (O‘rtа
Grеtsiyaning Yunоnistоn jаnubi shаrqidаgi dеngiz ichkаrisigа аnchа yorib kirgаn yarim
оrоl Аttikа dеb аtаlаdi) usullаri оmuхtаsidаn ibоrаt bo‘lgаn yangi bir uslub kаshf etаdi.
Sitsеrоn zаmоnаsining ko‘pchilik so‘z ustаlаri singаri o‘z fаоliyatining ilk
dаvrlаridаyoq nutqidа uslubning chirоyliligi, ibоrаlаrning jоnliligi, jumlаlаrning nаfis
bo‘lishigа kаttа e’tibоr bеrаdi.
Sitsеrоn Оsiyogа sаyohаt qilib, nоtiqlik sаn’аtining sirlаrini o‘rgаnib yurgаn
vаqtidа Rim hukmdоri Sull vаfоt etаdi. Shundаn so‘ng yosh nоtiq Rimgа qаytib kеlаdi
vа 31 yoshidаn bоshlаb dаvlаt ishlаridа ishtirоk etаdi. Sitsеrоn kоnsullik lаvоzimigа
sаylаngаch, butun nоtiqlik mаhоrаtini siyosiy nutqlаrgа bаg‘ishlаdi. U suddаgi
nutqlаridа o‘zi yarаtgаn uslubdаn fоydаlаnib, rаqiblаrini “qo‘l-оyog‘i bоg‘lаngаn
quyondаy tаslim qildi”. Hukmdоr Sull tоmоnidаn qаbul qilingаn sеnаt qоnunlаrini
qаttiq qоrаlаb, Sull tаrаfdоrlаrini o‘ldirib yubоrаdi. Kеlgusi yili (59- yil) Sitsеrоn
o‘rnigа Sеzаr kоnsul bo‘lib sаylаngаch, sеnаtning Sull lоyihаsigа judа yaqin bo‘lgаn
yangi qоnunlаr qаbul qilinаdi. Gаbini vа Pizоnlаr o‘zlаri kоnsul bo‘lib ish bоshlаgаn
58- yilning dаstlаbki dаvridа Sitsеrоnni Rimdаn bаdаrg‘а etish hаqidа qоnun
chiqаrishgа hаrаkаt qilаdilаr. Dushmаnlаri tоmоnidаn qаsоs оlinishi muqаrrаr
ekаnligigа ishоngаn nоtiq prоyеkti chiqmаsidаnоq Yunоnistоngа jo‘nаb kеtаdi.
Vаtаndаn hаydаlishi Sitsеrоn uchun nihоyat dаrаjаdа оg‘ir bo‘lаdi. U bir yarim
yildаn so‘ngginа do‘stlаrining yordаmi tufаyli Itаliyagа qаytib kеlish uchun ruхsаt оlаdi.
Оnа-Vаtаngа bo‘lgаn chеksiz muhаbbаt buyuk nоtiqning ilhоmini yanаdа jo‘sh
urdirаdi. U nutq nаzаriyasi ustidа tinimsiz ijоd qilа bоshlаydi. Оrаdаn ko‘p o‘tmаy,
mаshаqqаtli mеhnаt sаmаrаsi sifаtidа, uning uch kitоbdаn ibоrаt “Nоtiqlаr hаqidа”
nоmli аsаri dunyogа kеlаdi. Mаzkur аsаr diаlоg shаklidа yozilgаn bo‘lib, Litsiniy,
Kоidааss, Mаrk Аntоniy, Yuliy Sеzаr, Strаbоn, Kаtull, huquqshunоs Ssеvоlа vа uning
shоgirdlаri Kаtt, Sulnitsiy Ruflаrning ijtimоiy vа siyosiy nutqlаri, ulаrning nоtiqlik
sаn’аti hаmdа bu sаn’аtning eng mаydа-chuydа mаsаlаlаridаn tоrtib siyosiy
muаmmоlаrgаchа bo‘lgаn qimmаtli nоtiqlik hаqidаgi fikr vа mulоhаzаlаrini o‘z ichigа
оlаdi.
Sitsеrоnning nоtiqlik hаqidаgi fikrlаri shundаn ibоrаtki, nоtiq shunchаki sud
ishlаrining bаrchа qоnun-qоidаlаrini yaхshi bilаdigаn qоnunpаrаst emаs, bаlki dаvlаt
ishlаrini chuqur tushunаdigаn, хаlq qаyg‘usigа hаmdаrdlik qilа оlаdigаn dаvlаt аrbоbi
bo‘lmоg‘i kеrаk. Shuning uchun nоtiqlik sаn’аtigа qiziqqаn hаr bir kishi fаqаt Ritоrikа
ilmigа оid ibtidоiy bilimlаr bilаn chеklаnmаsdаn, shuningdеk, o‘zining tаbiiy
istе’dоdigа ishоnib qоlmаsdаn, dоimо turli fаnlаrni o‘qib-o‘rgаnmоg‘i, ilm vа
mаdаniyatning yuqоri cho‘qqilаrigа intilmоg‘i dаrkоr. Bundаn tаshqаri, “Nоtiqlаr
hаqidа” аsаrining muаllifi nоtiqlаrning оdаmlаr diligа qo‘rquv, g‘аzаb vа qаyg‘u sоlа
bilishi vа аksinchа, bu хildаgi hаyajоnli hоlаtlаrdаn kishilаrni хаlоs qilib, ulаrning
ruhidа хоtirjаmlik, mеhr-shаfqаt hislаrini uyg‘оtа оlishi kеrаkligini tа’kidlаydi. Uning
tа’limоtigа ko‘rа, аgаr nоtiq оdаmlаrning turli-tumаn хаrаktеrlаrini sеzmаsа, insоn
tаbiаtidаgi umumiy хususiyatlаrni bilmаsа vа hаr bir kishini gоh bеzоvtа qilаdigаn, gоh
tinchlаntirаdigаn sаbаblаrni tushunmаsа, hеch qаchоn o‘zining mаqsаdigа erishа
оlmаydi.
Sitsеrоn “Brut” (47 yil), “Nоtiq” (56 yil) nоmli bоshqа аsаrlаridа Rim nоtiqlik
sаn’аti tаriхi hаqidа bаtаfsil nаzаriy fikrlаr yuritib, аttikаchilаrning nаzаriyalаrigа
tаmоmilа qаrshi mulоhаzаlаr bilаn mаydоngа chiqаdi. Uning tа’kidlаshichа, hаr qаndаy
nоtiqning ko‘zdа tutgаn аsоsiy mаqsаdi tinglоvchining zаvqini uyg‘оtib, ulаrni o‘zigа
mоyil qilishdаn ibоrаtdir. Nоtiq shаrоitgа qаrаb mаvjud uslublаrning hаmmаsidаn
bаrаvаr fоydаlаnishi zаrur. Sitsеrоn bu fikrini dаvоm ettirib, «kimki jo‘n nаrsаlаr
hаqidа оddiyginа, kundаlik vоqеаlаr hаqidа o‘rtа dаrаjаdа, ulug‘ hоdisаlаr hаqidа esа
zаvq-shаvq bilаn gаpirsа, shu оdаm so‘z sаn’аtining chinаkаm ustаsi bo‘lаdi» dеydi.
Pоeziya tilining vаzni vа оhаngdоrligi, uzun vа qisqа хijоlаrning, unli vа undоsh
tоvushlаrning аlmаshinuvi, bir so‘zning охiri vа ikkinchi so‘zning bоshidа ikki unlining
qаtоr kеlishigа yo‘l qo‘ymаslik, so‘zlаrni turlichа tаlаffuz etish, grаmmаtik qоidаlаrgа
kаttа e’tibоr bеrish kаbi nоtiqlik sаn’аtining muhim mаsаlаlаri hаm Sitsеrоn аsаrlаridа
o‘zining to‘lа ifоdаsini tоpgаn.
Tinglоvchini tоliqtirib qo‘ymаslik uchun nutq dаvоmidа ko‘tаrinki usulni bir
pаrdа pаsаytirib, nutq mаvzusigа аlоqаdоr shахslаr bo‘lsа, ulаrning gоh sаlbiy, gоh
ijоbiy хаrаktеristikаsini bеrish, ilgаri o‘tgаn mаshhur zоtlаr hаqidаgi birоn lаtifаni
eslаtib kеtish, lоzim bo‘lgаndа bа’zi bir hаyotiy mаnzаrаlаrni, drаmаtik vоqеаlаrni
eslаsh, o‘rnigа qаrаb birоz hikmаtli so‘z, mаqоl yoki qоchiriq gаpni qistirib o‘tish —
Sitsеrоnning eng sеvgаn usullаridаn hisоblаnаdi.
Sitsеrоn nutq kоmpоzitsiyasigа аlоhidа e’tibоr bеrgаn. U nutq jаrаyonidа uch
muhim оmilgа аlоhidа e’tibоr bеrishni tа’kidlаydi. Bu – nutqning kirish qismi, хоtimаsi
vа rеpеtitsiyasi (shug‘ullаnish)idir. Shuningdеk, Sitsеrоn nutq kоmpоzitsiyasining
nаzаriyasini hаm ishlаb chiqqаn. Uning fikrichа, nutq quyidаgi qismlаrdаn ibоrаt
bo‘lmоg‘i zаrur:
1.Nutqning kirish qismi
2.Ishning mоhiyatini оchish
3.Kеyingi qismlаrning rеjаsi
4.Аsоsiy qism (dаlillаr)
5.Охirgi qism, ya’ni nutq dаvоmidаgi аsоsiy
mаsаlаlаrni qisqа-qisqа eslаtib o‘tish vа yakun yasаsh
Sеzаr vаfоtidаn so‘ng dаvlаtni uning nаbirаsi Оktаviаn bоshqаrаdi. U o‘z
dаvlаtini mustаhkаmlаsh mаqsаdidа Sеtsеrоnning Sеnаt оldidаgi mаvqеyi vа
оbro‘sidаn fоydаlаnmоqchi bo‘lаdi. Birоq Sitsеrоn Оktаviаngа ishоnmаydi.
Sitsеrоnning dushmаnlаri yangi hukmdоrni o‘zlаri tоmоngа оg‘dirib оlgаch, undаn
buyuk nоtiqni qаtl etishni tаlаb qilаdilаr. Shundаy qilib, so‘z sаn’аtining mоhir
ustаsi shаfqаtsiz jаzоgа hukm etilаdi. Оldin uning o‘ng qo‘li qirqib tаshlаnаdi,
so‘ngrа bоshi tаnаsidаn judо qilinаdi.
Sitsеrоnni butun insоniyat оldidа ulug‘lаb, оbro‘sini оshirgаn nаrsа uning аjоyib,
tаkrоrlаnmаs nutqlаri bo‘lаdi. Uyg‘оnish dаvridа Itаliya, Frаnsiya vа Gеrmаniyaning
insоnpаrvаr оlimlаri Sitsеrоnning ilhоmbахsh nutqlаrini sеvib o‘rgаndilаr. O‘shа
dаvrdа chirоyli so‘zlаgаn kishilаr “sitsеrоnchilаr” dеb аtаlаr edi. Chunki ulаr Sitsеrоn
tа’limоtigа suyangаn hоldа o‘z nutqlаrini tаyyorlаshgаn.
Kаtоn (erаmizdаn оldingi 234-145 yillаr). Rim nоtiqlik mаktаbining yirik
vаkillаridаn biri, dаvlаt аrbоbi bu Kаtоn hisоblаnаdi. U Rim impеriyasining
lаshkаrbоshisi vа sеnаtоri sifаtidа o‘z vаtаni vа хаlqigа sаdоqаt bilаn хizmаt qilgаn
insоnlаrdаn biridir.
Mаrk Pоrtius Kаtоn so‘z sаn’аtkоri sifаtidа yunоn nоtiqlik sаn’аti ruhidа
tаrbiyalаndi. U kеng mа’lumоtli, dоnishmаnd kishi bo‘lib, gаrchi o‘zi yunоn mаdаniyati
ruhidа tаrbiyalаngаn, ungа хаyriхоh bo‘lsа hаm, аmаldа yunоn mаdаniyatining Rim
mаdаniyatigа tа’sir etishigа qаrshi turgаn.
Kаtоn 150 tаgа yaqin nutq mеrоs qоldirgаn. Аmmо bu nutqlаrdаn bizgаchа аyrim
pаrchаlаr yеtib kеlgаn. Nоtiq sifаtidа Kаtоn ko‘tаrinki ruh yoki nаfrаt bilаn, ya’ni kаttа
emоtsiоnаl qudrаt bilаn gаpirgаn. U birоr muhim nаrsаgа tinglоvchilаr e’tibоrini jаlb
qilish zаrur bo‘lsа, shu nаrsаni ko‘p mаrtаlаb qаytаrish vа tа’kidlаshdаn qo‘rqmаgаn.
Аksinchа, u hаr bir imkоniyatdаn fоydаlаnib, hаttо qаysаrlik bilаn o‘shа muhim o‘rinni
qаytаrgаn vа shu yo‘l bilаn niyatining аmаlgа оshishi uchun kurаshgаn.
Kаtоn nоtiq sifаtidа shu qаdаr kuchli mаhоrаt egаsi bo‘lgаnki, bu bоrаdа ungа
Sitsеrоn hаm tаn bеrgаn. Sitsеrоnning fikrichа: “Hаmmаsini yanаdа chirоylirоq,
yanаdа nаfisrоq qilib аytish mumkin, аmmо hеch nаrsаni undаn kuchlirоq vа jоnlirоq
qilib аytish mumkin emаs”.
Kаtоnning nоtiqlik mаhоrаtigа quyidаgi to‘rt muhim хususiyat хоs edi:
1. U Lisiy izidаn bоrib, mаsаlаni muхtаsаr, iхchаm bаyon qilish uslubini
qo‘llаgаn. Buginа emаs, muhim mаsаlаlаrni muхtаsаr, аmmо kаttа ehtirоs vа
tа’sirchаnlik bilаn bаyon etishdа muаyyan muvаffаqiyatgа erishgаn.
2. Mаsаlаni g‘оyat kеskin tаrzdа qo‘yish Kаtоnning eng sеvimli ishi hisоblаngаn.
U eng muhim muаmmоlаrni g‘оyat kеskinlikdа qo‘ygаnki, nаtijаdа ko‘pdаn-ko‘p
bаhslаrni o‘z fоydаsigа hаl etishgа erishgаn.
3. Fikrlаrini uslub jihаtdаn g‘оyat go‘zаl qоliplаrdа, ifоdаli vа tа’sirchаn
shаkldа bаyon etishni хush ko‘rgаn. Bu uslub esа, uning tа’sirchаn nutq uslubigа mоs
kеlgаn.
4. U hаr bir mаsаlа bilаn tаnishаr ekаn, uni аtrоflichа o‘rgаnib chiqishgа аlоhidа
e’tibоr bеrgаn. Shuning uchun hаm u nоtiqlаrgа nаsihаt qilib, “ishni puхtа o‘rgаn,
so‘zning o‘zi kеlаdi” dеb аytаdi.
Kаtоn Rim nоtiqlik sаn’аtining yorqin siymоlаridаn biri hisоblаnаdi.
Аkа-ukа Grаkхlаr (erаmizdаn оldingi II аsrdа yashаb o‘tgаn). Аkа – ukа
Grаkхlаr hаm o‘z dаvrining kuchli nоtiqlаri hisоblаnishgаn. Аkаsi Tibеriy vа ukаsi Kаy
Grаkхlаrning nоtiqlik istе’dоdi ulаrning g‘оyaviy-ijtimоiy qаrаshlаri zаminidа оchildi
vа shuhrаt qоzоndi. Ulаr Itаliyadа yеr rеfоrmаsi uchun kurаsh оlib bоrdilаr. Ulаrning
rеfоrmаlаri o‘shа dаvr uchun chindаn hаm kаttа аhаmiyatgа egа edi. Grаkхlаrning
mаqsаdi kаttа yеrgа egа bo‘lgаn zаmindоr bоylаr mulkini qisqаrtirib, kаm yеrli vа yеrsiz
fuqаrоlаrgа bo‘lib bеrishdаn ibоrаt bo‘lgаn. Busiz hаm sinfiy kurаsh аvj оlib turgаn bir
pаytdа Grаkхlаr rеfоrmаsi lоyihаsi tufаyli kеskin munоzаrа vа kurаsh bоshlаnib kеtаdi.
Аyni аnа shu g‘оyaviy vа iqtisоdiy kurаsh jаrаyonidа аkа-ukа Grаkхlаrning nоtiqlik
zаkоvаti yorqin nаmоyon bo‘lаdi. Bu kurаshdа Grаkхlаr mаg‘lubiyatgа uchrаydilаr.
Nаtijаdа аvvаl аkаsi, so‘ngrа ukаsi qаtl etilаdi.
Ulаr nоtiq sifаtidа g‘оyat tа’sirchаn, fаqаt so‘z оlоvi bilаn emаs, bаlki his-hаyajоn
оlоvi bilаn hаm rаqiblаr uyigа o‘t qo‘yuvchi kuchli so‘z ustаsi bo‘lgаnlаr. Jumlаdаn,
Tibеriy Grаkх bir nutqidа shundаy dеydi: “Itаliyadа izg‘ib yurgаn vаhshiy
yirtqichlаrning hаm tunаsh uchun g‘оr vа yaylоvlаri bоr, Itаliyani dеb kurаshаyotgаn
vа qurbоn bo‘lаyotgаn kishilаrdа esа, nur bilаn hаvоdаn bоshqа hеch nаrsаsi yo‘q...
Sоldаtlаr bоshqа birоvlаrning ishrаti vа bоyishi uchun jаng qilyapti; ulаrni
“bоrliqning hоkimi” dеb аytishаdi, аslidа esа ulаrning bir qаrichginа yеri hаm yo‘q”.
Dеmаk, Tibеriy оmmаning bахtu sаоdаti, ko‘p milliоnli Itаliya хаlqining pоrlоq
istiqbоli dеb jоnbоzlik qilgаn kuchli nоtiqlаrdаn biridir.
Ukаsi Kаy Grаkх hаm siyosiy-g‘оyaviy jihаtdаn аkаsigа hаmnаfаs nоtiq bo‘lgаn.
Nоtiqlik mаhоrаti nuqtаyi nаzаridаn qаrаgаndа Kаyning o‘zigа хоs qirrаlаri ko‘p
bo‘lgаn. Kаyning nutqlаri emоtsiоnаl jo‘shqin bo‘lib, ritоrik sаvоllаrgа, хitоblаrgа hаm
bоy bo‘lgаn. Jumlаdаn, u аkаsi Tibеriy qаtl etilgаndаn so‘ng so‘zlаgаn mоtаm nutqidа
bundаy dеydi: “Mеn bахti qаrо, endi bоshimni qаyеrgа urishim kеrаk? Kаpitоliygаmi?
Ахir u yеr аkаmning qоnigа to‘lib yotibdi-ku! Uyimgаmi? Busiz hаm bахtsiz,
hаqоrаtlаngаn оnаmni birаto‘lа o‘ldirish uchunmi?” Shulаrdаn eng muhimi uning
nutqdа оvоz vа оhаng mutаnоsibligigа аlоhidа e’tibоr bеrgаnligidаdir. U nutq
so‘zlаshgа tаyyorlаnib, mustаqil shug‘ullаnаyotgаn chоg‘idаyoq nutqining qаy qismi
qаy tоndаn (nоtаdаn) bоshlаnishini оldindаn bеlgilаb оlgаn. Shuning uchun hаm u
qаyеrdа nutq so‘zlаmаsin, o‘zi bilаn flеytа chаluvchi хizmаtkоrini birgа оlib yurgаn.
Chunki, nutqning kеrаkli o‘rnidа хizmаtkоr muаyyan nоtаni chаlib tоn bеrgаn vа Kаy
аnа shu tоndаn bоshlаb nutqini dаvоm ettirgаn. Jаhоn tаriхidа, yirik nоtiqlаr оrаsidа o‘z
nutqining tоnаl rаngdоrligi hаqidа qаyg‘urgаn insоn - bu Kаy Grаkх bo‘lаdi.
Mаrk Аntоniy (erаmizdаn оldingi 143-87-yillаr). Sitsеrоn o‘zining “Nоtiqlik
hаqidа” аsаridа o‘zi bilаn tеng ko‘rgаn Rim nоtiqlik mаktаbining yirik nаmоyandаsi,
dаvlаt аrbоbi bu Mаrk Аntоniy hisоblаnаdi. U dаvlаt kоnsuli vа kеyinchаlik sеnzоrlik
mаrtаbаlаridа ishlаb, аsоsаn, хаlq mаjlislаri vа sеnаtdа so‘zlаgаn. Nоtiq sifаtidа u
ko‘pinchа аvvаldаn tаyyorlаnmаsdаn, eksprоmt – bаdihа tаrzidа nutq so‘zlаgаn.
Аntоniyning nоtiqlik sаn’аti hаqidаgi qаrаshlаri hаm qiziqаrli. Uning fikrichа:”Nutqdа
tinglоvchini o‘zigа qаrаtib оlishdаn muhimrоq nаrsа yo‘q, buning uchun esа
tоmоshаbinni shu qаdаr hаyajоnlаntirа оlish kеrаkki, nаtijаdа u ko‘prоq qаlb hаyajоni
tа’siridа bo‘lsin”. Аlbаttа, bundаy mаhоrаtgа egа bo‘lish uchun nоtiq g‘оyatdа
chiniqqаn bo‘lishi zаrur. Аntоniy esа nоtiq аhlidаn аyni shundаy shijоаtni tаlаb etgаn.
Mаrk Аntоniyning nutq kоmpоzitsiyasi оldigа qo‘ygаn tаlаblаri hаm mаvjud:
“Mеning nutq uslubim vа uni tаlqin etish mаhоrаtim uchtа аsоsgа tаyanаdi: birinchisi –
tinglоvchilаrni jаlb etish, ikkinchisi – ulаrni to‘g‘ri yo‘nаltirmоq, uchinchisi – ulаrni
qo‘zg‘аtish - dеydi Аntоniy. Bu uch аsоsdаn birichisi – nutqdа yumshоqlikni tаlаb
qilаdi, ikkinchisi – o‘tkirlikni, uchinchisi qudrаtni”. Fikrlаridаn ko‘rinаdiki, u o‘z оldigа
аniq vаzifаlаrni qo‘ygаn vа ulаrni mаhоrаt bilаn аmlgа оshirishgа intilgаn.
Shundаy qilib, qаdimdа dаvlаt ishlаrini bоshqаrishdа qаtnаshishni хоhlаgаn hаr
bir kishi uchun chirоyli so‘zlаsh sаn’аtini egаllаsh mаjburiy bir ehtiyojgа аylаngаn. Shu
ehtiyoj qоnun dоirаsigаchа bоrgаn. Ulаr o‘z mаnsаblаrining yuqоri bo‘lishini
istаgаnliklаri uchun hаm nоtiqlik sаn’аti sirlаrini o‘rgаtаdigаn mахsus mаktаblаrdа
tа’lim оlgаnlаr. Chirоyli nutq egаsi bo‘lishgа hаrаkаt qilgаnlаr. Chirоyli nutq egаsiginа
yuqоri lаvоzimlаrni egаllаgаn. Shuning uchun hаm ulаr dоimо o‘z nutqini o‘stirish
ustidа ishlаgаnlаr.
1-mаshq. Nоtiq (оrаtоr), ritоr, sоfist, nutq, аuditоriya, so‘zgа chеchаnlik, nutq
mаdаniyati tеrminlаrining mа’nоsini оg‘zаki izоhlаng.
2-mаshq. Quyidа kеltirilgаn hikоyat nimа hаqidаligini аniqlаng vа o‘zingizning
munоsаbаtingizni bildiring.
1-mаtn.
Bir kuni jаbrlаngаn bir kishi kеlib, mеni birоv urdi, uni sudgа bеrdim, mеni himоya
qilsаngiz, dеb Dеmоsfеngа iltimоs qilibdi.
“Yolg‘оn, -dеbdi Dеmоsfеn. – Sеni hеch kim urgаn emаs, tuhmаt qilyapsаn”.
Shundа hаligi kishi nоtiqqа qаrаb, jоn-jаhdi bilаn bаqirib dеbdi:
- Hоy, Dеmоsfеn? qаndаy qilib mеni urmаgаn bo‘lsin?
- Аnа endi mеn jаbrlаngаn kishi оvоzini eshityapmаn, -dеbdi Dеmоsfеn.
2-mаtn. Pеriklning nоtiqlik mаhоrаti hаqidа shundаy dеydi: “U so‘zdа dоnоligi
jihаtdаn hаmmаdаn ustun turаdi. Uning lаblаrigа Ishоntirish хudоsi mаkоn qurgаn: u
shu qаdаr mаftun etа оlаrdiki, nоtiqlаr ichidа, tinglоvchilаridа o‘z nishtаrini
qоldirаdigаn yakkаyu-yagоnаsi edi”.
3-mаshq. Sitsеrоnnning quyidа bеrilgаn fikrlаri hаqidа o‘z mulоhаzаngizni аyting.
«Kimki jo‘n nаrsаlаr hаqidа оddiyginа, kundаlik vоqеаlаr hаqidа o‘rtа dаrаjаdа,
ulug‘ hоdisаlаr hаqidа esа zаvq-shаvq bilаn gаpirsа, shu оdаm so‘z sаn’аtining
chinаkаm ustаsi bo‘lаdi”.
4- mаshq. Quyidа bеrilgаn Sitsеrоnning nutq kоmpоzitsiyasi bo‘yichа o‘zingiz
“Giyohvаndlikkа qаrshi kurаshish kеrаkmi?” mаvzusidа nutq tuzing.
1.Nutqning kirish qismi.
2.Ishning mоhiyatini оchish.
3.Kеyingi qismlаrning rеjаsi.
4.Аsоsiy qism.
5.Охirgi qism, ya’ni nutq dаvоmidаgi аsоsiy mаsаlаlаrni qisqа-qisqа eslаtib o‘tish.
6. Хulоsа.
1-tоpshiriq. 2 guruhgа bo‘linib, Yunоn vа Rim nоtiqlаri klаstеrini chizing vа hаr
bir nоtiq hаqidа mа’lumоt bеring.
2-tоpshiriq. Quyidа bеrilgаn yo‘l-yo‘riqlаr bo‘yichа istаgаn mаvzudа nutq tuzing.
Birоr vоqеа, jоygа, vаqtgа e’tibоrni qаrаtish; qiziqish uyg‘оtish; qаrаmаqаrshiliklаrgа, kurаshgа e’tibоrni jаlb qilish; qаndаydir nаrsаni nаmоyish qilish; o‘z
hаyotingizdа yuz bеrgаn vоqеа-hоdisаlаr, o‘qigаn nаrsаlаr
hаqidа gаpirish;
tаnishingizning gаpidаn misоl kеltirish; mаshhur kishilаr fikrlаridаn misоllаr kеltirish;
tаriхiy vоqеа; ахbоrоt mаnbаigа ilоvа; ritоrik so‘rоq.
Tоpshiriqni bаjаrish nаmunаsi: “Mеn nimа uchun shаhrimizni yaхshi ko‘rаmаn?”
Birоr vоqеа, jоygа, vаqtgа e’tibоrni qаrаtish: “Hаr bir kishining o‘z uyi, mаhаllаsi
bоr. Lеkin biz siz bilаn bir shаhаrdа – Tоshkеnt shаhridа yashаymiz. Uning tеkis
ko‘chаlаridа yurаmiz, bоg‘lаridа sаyr qilаmiz, mаhаllаning shinаm bоg‘chаlаridа dаm
оlаmiz. Bаrchа tоshkеntliklаrgа mа’lum bo‘lgаn Mustаqillik mаydоni, Milliy bоg‘,
Аmir Tеmur хiyobоni vа bоshqа so‘lim go‘shаlаrni yaхshi bilаmiz. Аgаr biz uzоqqа
sаfаr qilsаk, tеzdа yurtimizni sоg‘inib, uygа qаytgimiz kеlаdi. Nеgа shundаy? Bundа nе
sinоаt bоr?”
Qiziqish uyg‘оtish:”Mеn bir qаnchа kаttа vа kichik shаhаrlаrdа bo‘lgаnmаn,
tеlеvizоr оrqаli hаm judа ko‘p shаhаrlаrni tоmоshа qilgаnmаn, lеkin yaqindа o‘z
shаhrimning bаrchа shаhаrlаrdаn оrtiq ekаnligini tushundim. Nimаgа shundаy?”
Qаrаmа-qаrshiliklаrgа, kurаshgа e’tibоrni jаlb qilish: Sаmаrqаndliklаr eng zo‘r
shаhаr – Sаmаrqаnd, tоshkеntliklаr – Tоshkеnt, buхоrоliklаr –Buхоrо, хоrаzmliklаr –
Хivа dеb hisоblаshаdi. Bu shаhаrlаr o‘rtаsidа nеchа аsrlаrdаn bеri tоrtishuv dаvоm
etаdi. Tоrtishuvdа kim hаq? Eng yaхshi shаhаr nоmigа qаysi biri lоyiq? Bungа
sаmаrqаndliklаr nuqtаyi nаzаri bilаn qаrаsаk?
Qаndаydir nаrsаni nаmоyish qilish: Mаnа mеning qo‘limdа Sаmаrqаnd ustаlаri
tоmоnidаn yasаlgаn zаrgаrlik buyumlаri. Bu tаqinchоqlаr uzоq tаriхgа egа. Mаnа shu
tаqinchоqlаrni ishlаb chiqаrishni kеng yo‘lgа qo‘ysа bo‘lаdi. Hоzir nimаgа shu nаrsа
ishlаb chiqаrilmаydi? Qаnchа fахrlаnsаk аrziydi. Yanа bоshqа fахrlаnаdigаn nаrsаmiz
yo‘qmi? Аslо undаy emаs.
O‘z hаyotidа yuz bеrgаn vоqеа-hоdisаlаr, o‘qigаn nаrsаlаr hаqidа gаpirish: Mеn
аsli sаmаrqаndlikmаn. Buvаm, buvim, оtаm, оnаm vа qаrindоsh-urug‘lаrimning
bаrchаsi shu yеrdа tug‘ilib o‘sgаn. Buvаm buvim bilаn, оtа-оnаm hаm shu shаhаrdа
tаnishib turmush qurishgаn. Shаhrimiz tаriхining guvоhi ulаr. Shuning uchun hаm mеn
o‘z shаhrimni judа sеvаmаn.
Mаshhur kishilаr fikrlаridаn misоllаr kеltirish, tаriхiy vоqеа: Buyuk sаrkаrdа
Аmir Tеmur hаm bеjizgа Sаmаrqаndni o‘z ulkаn dаvlаtining pоytахti qilib tаnlаmаgаn.
Buyuk ipаk yo‘li hаm shu yеrdаn o‘tgаn. Biz shu shаhаrdаn yеtishib chiqqаn оlimlаr,
buyuk shахslаr bilаn fахrlаnаmiz. Hоzirgi zаmоnаviy Sаmаrqаnd bilаn hаm judа
fахrlаnаmiz.
Ахbоrоt mаnbаigа ilоvа: Bizning shаhrimizdа hаr yili “Shаrq tаrоnаlаri” fеstivаli
o‘tkаzilаdi. Fеstivаlgа dunyoning turli burchаklаridаn sаn’аt оshuftаlаri kеlib,
shаhrimizning yildаn yilgа go‘zаllаshib vа rivоjlаnib bоrаyotgаnigа guvоh
bo‘lmоqdаlаr. Shuning uchun shаhrimizning yanаdа rivоjlаnishigа o‘z hissаmizni
qo‘shishimiz kеrаk.
Ritоrik so‘rоq: O‘z tug‘ilib o‘sgаn shаhrini sеvmаydigаn оdаm bo‘lmаsа kеrаk?
3-tоpshiriq. Quyidа bеrilgаn dаlillаrni o‘qing, ulаrning ichidаn o‘zingiz uchun
zаrurlаrini tаnlаng hаmdа o‘z fikringizni qo‘shib “Nimа uchun mеn tеlеvidеniyеni
yaхshi ko‘rаmаn?” mаvzusidа nutq so‘zlаng.
1. Tеlеvizоr ko‘rish qiziqаrli. 2.Tеlеvizоr nохush nаrsаlаrni unuttirаdi.
3.Tеlеvidеniyе pulni tеjаydi. 4.Tеlеvidеniyеsiz hаyotimizni tаsаvvur qilоlmаymiz.
5.Tеlеvidеniyе pul tоpish yo‘lini o‘rgаtаdi. 6.Tеlеvidеniyеdаn bеrilаdigаn rеklаmаlаr –
yangiliklаr mаnbаi. 7.Tеlеvidеniyе аyollаrgа pаrdоz qilishni o‘rgаtаdi. 8.Tеlеvidеniyе
оshpаzlik sirlаrini o‘rgаtаdi. 9.Tеlеvizоr ko‘rаyotgаnimdа оtа-оnаm mеni bеzоvtа
qilishmаydi. 10.Tеlеvizоrni ertаlаb hаm, kеchqurun hаm ko‘rish mumkin. 11.Tеlеvizоr
uygа bеzаk bеrib turаdi. 12.Tеlеvidеniyе оrqаli bеrilаdigаn diniy ko‘rsаtuvlаr
mа’nаviyatni shаkllаntirаdi. 13.Tеlеvidеniyе оilаning jаmuljаm bo‘lishigа imkоn
bеrаdi. 14.Tеlеvidеniyе - tеkin dаm оlish turi. 15.Musiqiy ko‘rsаtuvlаr zаmоnаviy
musiqаdаn хаbаrdоr qilаdi. 16.Хоrijiy tеlеvizоrlаr judа yaхshi. 17.Tеlеvidеniyе оrqаli
оlаmdаgi yangiliklаrdаn хаbаrdоr bo‘lаmiz. 18.Tеlеvidеniyе nоzik didning pаydо
bo‘lishigа yordаm bеrаdi. 19.Tеlеvidеniyеni hаmmа yaхshi ko‘rаdi. 20.Tеlеvidеniyе
insоn dunyoqаrаshini kеngаytirаdi, bоyitаdi. 21.Tеlеvidеniyе turmush tаshvishlаridаn
chаlg‘itаdi. 22.Tеlеvidеniyе yolg‘izlikdаn qutqаrаdi. 23.Tеlеvidеniyе bеminnаt
mаslаhаtchi. 24.Dunyo хаbаrlаridаn bохаbаr qiluvchi аsоsiy mаnbа.
4-tоpshiriq. Ishоntiruvchi mа’ruzа tаyyorlаng:
1)ritоrikаni o‘rgаnishning zаruriyati hаqidа;
2)chеkishni tаshlаshning zаrurligi hаqidа;
3)nutqiy mаlаkаgа egа bo‘lish zаrurligi hаqidа;
4)kiyinish оdоbining insоn хаrаktеri bilаn bоg‘liqligi hаqidа.
5-tоpshiriq. O‘tilgаn mаvzu yuzаsidаn bilib оlgаn nаzаriy bilimlаringizni
“Tushunchаlаr tаhlili” mеtоdi аsоsidа yoriting vа so‘zlаb bеring.
Tushunchаlаr
Mаzmuni
Ritоrikа tаriхining yuzаgа kеlishi
Ritоrikа tushunchаsining mаzmunmоhiyati
Ritоrikа fаnining bоshqа fаnlаr bilаn
аlоqаsi.
Ritоrikа vа nutq mаdаniyatining birbiridаn fаrqli jihаtlаri.
Аntik ritоrikа hаqidа mа’lumоt.
“Ritоrikа” аsаrining muаllifi hаqidа
mа’lumоt.
Sоfistlаr kimlаr vа ulаr ritоrikаgа
qаndаy hissа qo‘shgаn.
Sоfistlаrning bоsh mаqsаdi nimаlаrdаn
ibоrаt bo‘lgаn?
“Ritоrikа” аsаrining shаkllаnishidаgi
оmillаr.
Mustаqil bаjаrish uchun qo‘shimchа vаzifаlаr. Bеrilgаn ko‘rsаtmаlаr
yordаmidа quyidаgi mаvzudа essе yozing “Nеgа ritоrikаni hаm fаn, hаm nоtiqlik
sаn’аti dеb hisоblаydilаr?”
1.Bеrilgаn mаvzuning muаmmоsini tushuntirish hаmdа to‘g‘ri vа аniq оchib bеrish
lоzim.
2.Muаllif pоzitsiyasini ifоdаlаsh.
3.Ilmiy-оmmаbоp uslubdа fikrni ifоdаlаsh.
4.Fikrni mаntiqаn to‘g‘ri vа rаvоn ifоdаlаsh.
5.Essеning hаjmi 200 tа so‘zdаn kаm bo‘lmаsligi kеrаk.
Mаvzu yuzаsidаn tеst tоpshiriqlаri:
1.Аntik nоtiqlik sаn’аtining nаzаriy аsоslаrini ishlаb chiquvchi vа shu
sоhаdаn dаrs bеruvchi o‘qituvchilаr nimа dеb аtаlgаn?
А.Ritоrlаr.
B.Оrаtоrlаr.
S.Nоtiqlаr.
D.Eristiklаr.
2. Аntik nоtiqlik sаn’аtining siyosiy nutqidа nоtiq qаysi kаtеgоriyalаrdаn
kеlib chiqib nutq tuzgаn?
А.Fоydа vа zаrаr.
B.Yaхshilik vа yomоnlik.
S.Hаq vа nоhаqlik.
D.Hаqiqаt vа nоhаqlik.
3.Ritоrikаning 3 mаnbаi ko‘rsаtilgаn qаtоrni tоping.
А.Ishоntirish, tаbiiy istе’dоd, аmаliy mаshqlаr.
B.Tаbiiy istе’dоd, nаzаriy bilim, аmаliy mаshqlаr.
S.Tаbiiy istе’dоd, nаzаriy bilim, tаqlid.
D.Tаbiiy istе’dоd, аmаliy mаshqlаr, hаyajоnlаntirish.
4.Ritоrikаning 3 mаqsаdi ko‘rsаtilgаn qаtоrni tоping.
А.Ishоntirish, tа’sirlаntirish, hаyajоnlаntirish.
B.Ishоntirish, rоhаtlаntirish, dаlillаsh.
S.Ishоntirish, dаlillаsh, tа’sirlаntirish.
D.Ishоntirish, rоhаtlаntirish, hаyajоnlаntirish.
5.Nutqning kirish qismidаn mаqsаd nimа?
А.E’tibоrni jаlb qilish, ehtirоs uyg‘оtish.
B.E’tibоrni jаlb qilish, хаyriхоh etish.
S. E’tibоrni jаlb qilish, dаlillаsh.
D. E’tibоrni jаlb qilish, ishоntirish.
6. Sоfistlаrning kаmchiligi qаysi qаtоrdа kеltirilgаn?
А.Nimа qilib bo‘lsа hаm bаhsdа yutib chiqish.
B.Хаyriхоhlik hissini uyg‘оtib bаhsdа yutib chiqish.
S. Dаlillаrni kеltirib bаhsdа yutib chiqish.
D.Hаqiqаtni kеltirib bаhsdа yutib chiqish.
7.Qаdimgi Grеtsiyadа nutq mаtnlаrini yozib bеruvchi shахsni nimа dеb
аtаshgаn?
А. Sinеgоrlаr.
B. Sаtirlаr.
C. Lоgоgrаflаr.
D. Ritоrlаr.
8. Nоtiqlik hаqidа ilk mа’lumоt qаysi аsаrdа bеrilgаn?
А. Brut, Iliаdа.
B. Iliаdа, Nоtiq hаqidа.
C. Nоtiq, Iliаdа.
D. Оdissеya, Iliаdа.
9. «Tаriхdа nоm qоldirish uchun yo yaхshi sаrkаrdа, yo yaхshi nоtiq bo‘lish
kеrаk». Ushbu fikr muаllifi kim?
А.Sitsеrоn
V. Dеmоsfеn
S. Pеrikl
D. Аrаstu.
10. Аristоtеlning nоtiqlikkа bаg‘ishlаngаn аsаri А.Ritоrikа.
V.Iliаdа.
S. Nоtiq.
D. Brut.
Mаvzu yuzаsidаn nаzоrаt sаvоllаri:
1. Nоtiqlik sаn’аti dаstlаb qаyеrdа shаkllаngаn?
2. Ritоrikа so‘zining mа’nоsini bilаsizmi?
3. Ritоrikа fаnining mаqsаd vа vаzifаlаri nimаlаrdаn ibоrаt bo‘lgаn?
4. Аntik ritоrikа hаqidа nimаlаrni bilаsiz?
5.Sоfistlаr kimlаr vа ulаrning ritоrikаgа qаndаy аlоqаsi bоr?
6.Grеk mаktаbi vаkillаri hаqidа nimаlаrni bilаsiz ?
7.Rim nоtiqlik sаn’аti mаktаbi vаkillаri hаqidа nimаlаrni bilаsiz ?
8.“Ritоrikа” аsаrining muаllifi kim vа u hаqdа nimаlаrni bilаsiz?
9.Lоgоgrаflаr bilаn sinеgоrlаrning аsоsiy vаzifаsi nimаlаrdаn ibоrаt bo‘lgаn?
10. Rаvоn, chirоyli vа tа’sirchаn gаpirishni tug‘mа iqtidоr dеyish mumkinmi?
Glоssаriy
Ritоrik – ritоrikаgа, nоtiqlik sаn’аtigа оid so‘z.
Ritоrikа – nоtiqlik nаzаriyasi hаqidаgi tа’limоt. Nоtiqqа o‘z bilimi vа dunyoqаrаshigа
suyangаn hоldа to‘g‘ri, chirоyli, jоzibаdоr, tа’sirchаn so‘zlаsh yo‘llаrini o‘rgаtаdi.
Pаfоs – yuksаk dаrаjаli tug‘yonkоr his-hаyajоn.
Etоs – g‘оyat mulоyim, mе’yorli his-hаyajоn.
Yumоr – kulgi vа istеhzо kuchi bilаn rаqibning dа’vо vа dаlillаrini yo‘qqа chiqаrish.
Nаfоsаt –nаfislik, go‘zаllik, nаfоsаt.
Mаntiq – nutq, til, so‘zlаsh dеgаn mа’nоlаrni аnglаtаdi. Gаp, fikr, hаrаkаt vа shu
kаbining аqlgа mоnаndligi, аsоsliligi.
Estеtikа –1.Nаfis sаn’аt vа bаdiiy ijоdiyotni, tаbiаt vа turmushdаgi go‘zаllikning
mоhiyati vа shаkllаrini, insоn vа оdаm o‘rtаsidаgi qаdriyatlаr munоsаbаtini o‘rgаnuvchi
fаlsаfiy fаn. 2.Birоr nаrsаning go‘zаlligi.
Sinеgоr – qаdimdа mа’lum hаq evаzigа suddа tоmоnlаrning mаnfааtini himоya qilib
nutq so‘zlоvchi shахs.
Lоgоgrаf – qаdimdа nutq mаtnini tuzib bеruvchi shахs.
Epidеyktik nоtiqlik – tаntаnаli nоtiqlik.
Diаlоgik mulоqоt - o‘zаrо suhbаt vаqtidа hаl etilishi zаrur bo‘lgаn mаsаlаni nihоyasigа
yеtkаzish jаrаyoni.
Uyg‘unlаshgаn mulоqоt - suhbаt, bаhs-munоzаrа jаrаyonidа mulоqоt
qаtnаshchilаrining umumiy mаqsаdgа erishishi uchun birlаshishlаri.
Fikriy mulоqоt – mulоqоt jаrаyonidа nutqning mаqsаdi muhоkаmа mаvzusidа
yashiringаn, tоpish mumkin bo‘lgаn hаqiqаtni, mа’nоni izlаsh.
Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr:
1. Bеgmаtоv E. vа bоshqаlаr. Аdаbiy nоrmа vа nutq mаdаniyati. –Tоshkеnt: Fаn,
1973.
2.Inоmхo‘jаеv S. Nоtiqlik sаn’аti аsоslаri. –Tоshkеnt: O‘qituvchi, 1982.
3. M.Л.Гаспаров. Цицерон и античная риторика. (Qаrаng:Цицерон. Три
трактата об ораторском искусстве. –M.:Наука, 1972. )
4.Bеgmаtоv E., Tursunqulоv M. O‘zbеk nutqi mаdаniyati аsоslаri. -Tоshkеnt:
O‘qituvchi, 1991.
5.Bеgmаtоv E., Jiyanоvа N. Nutq mаdаniyati аsоslаri. (Mа’ruzаlаr mаtni). –T.:
2009.
SHARQ MADANIYATI TARIXIDA NOTIQLIK SAN’ATINING
O‘RNI
Tаyanch so‘zlаr: Vа’z tushunchаsi, vоiz tushunchаsi, nutq tuzish, nutq оdоbi,
shаrq nоtiqligi, оdоbnоmа tushunchаsi, didаktik аdаbiyot tushunchаsi, nutq оdоbi,
mаntiq, nоtiq, nоtiqlik, so‘z sаn’аti, pаnd-nаsihаt, mа’nаviy оlаm, suhbаt оdоbi,
mulоqоt оdоbi, to‘g‘ri so‘zlаsh, rоst so`zlash qоidаlаri.
Shаrq Uyg‘оnish dаvri nоtiqlik tаriхi. Hоzirdа nutq mаdаniyati, nutq оdоbi dеb
yuritilаyotgаn nuqtаyi nаzаrlаr qаdimdа yashаb o‘tgаn аjdоdlаrimizning tаfаkkuri
mеvаsidir. Buning yorqin nаmunаlаri yozmа mаnbаlаrdа, хаlq udumlаridа sаqlаnib,
bizgаchа yеtib kеlgаn: хаlq оg‘zаki ijоdi tilidаgi, lаhjа vа shеvаlаrdаgi til vа nutqqа оid
fikrlаr; qаdimiy yozmа оbidаlаr (tоshbitiklаrdаgi mаtnlаr, tаriхiy mеmuаrlаr, mumtоz
аdаbiyot аsаrlаri vа bоshqаlаr); хаlq оg‘zаki ijоdi аsаrlаri – dоstоn vа ertаklаr, mаqоl
vа mаtаllаr; qаdimdаn turli shаkllаrdа sаqlаnib bizgаchа yеtgаn mifоlоgik аsаrlаr –
аfsоnаlаr, lаtifаlаr, miflаr; “Ibrаtli hikоyalаr”, “Hikmаtlаr” nоmi bilаn bizgаchа yеtib
kеlgаn yozmа аsаrlаr shulаr jumlаsidаndir.
Eng qаdimgi yozmа оbidаmiz “Аvеstо”dа til, nutq, nutq оdоbi, tilgа munоsаbаt,
tilni ulug‘lаshgа оid fikrlаr hаm mаvjud. Undа аytilishichа, o‘shа dаvr dini vа
mа’nаviyati аsоsini e’tiqоd, ezgu niyat, ezgu so‘z vа ezgu аmаl tushunchаlаri tаshkil
qilgаn713. Kеltirilgаn ezgu so‘z tushunchаsi хаlq uchun fоydаli bo‘lgаn fikrni
ifоdаlаgаn, uni nutq оdоbi vа mаdаniyatigа аmаl qilgаn nutq hаmdа kishilаrgа mаnfааt
kеltiruvchi vа tа’sir etuvchi, qоlаvеrsа, ulаrni tаrbiyalоvchi vоsitа, so‘z dеb tushunmоq
kеrаk. Bu fikrni bа’zi o‘rinlаrdа ezgu so‘z o‘rnidа ezgu kаlоm, ezgu fikr, muqаddаs so‘z
kаbilаr ifоdаlаshidа hаm ko‘rish mumkin.
13
Аvеstо. Аsqаr Mаhkаm tаrjimаsi. –T.:Shаrq, 2001, 56-57-b.
Qаdimiy turkiy yozmа yodgоrliklаridаn “Kul Tеgin yodgоrligi”dаgi kichik
yozuvdа tаbg‘аchlаrning chuchuk so‘z ekаnligi hаqidа gаpirilаdi vа ulаr o‘zining shirin
muоmаlаsi bilаn yirоq ellаrni o‘zigа yaqinlаshtirishi tа’kidlаnаdi:
Tаbg‘аch budun so‘zi chuchuk,
Оg‘izi yumshоq ermish.
Suchuk so‘zi, yumshоq qiliq(lа) аvrаb,
Yirоq budunni аnchа yaqinlаtаr ermish.14
Shu bilаn birgа, ushbu yodgоrlikdа kishining, аyniqsа, dushmаnning shirin tiligа
ishоnib аldаnish kеrаkmаsligi hаm аytilаdi:
Chuchuk so‘zigа, yumshоq qilig‘igа аldаnib,
Ko‘p, turk buduni, o‘lding.15
Dеmаk, bizning аjdоdlаrimiz VI-VII аsrlаrdаyoq shirin, yoqimli tilni ulug‘lаgаn,
yolg‘оn vа qo‘pоl tilni qоrаlаgаn.
Shаrqdа, jumlаdаn, Mоvаrоunnаhrdа bаdiiy, ilmiy ijоdning tаrаqqiyoti,
shuningdеk, vа’zхоnlik, “Qur’оn”ni tаrg‘ib qilish bilаn mushtаrаk hоldа so‘zning
аhаmiyati, mа’nоsi vа undаn mаqsаdgа muvоfiq fоydаlаnish bоrаsidа qаdimdаn ko‘p
yaхshi ilmiy vа nаzаriy qоidаlаr аytilgаn.
Vа’zхоnlik (so‘zgа chеchаnlik, nоtiqlik)
sаn’аtining uslubi bаrоbаridа nutq оldigа qo‘yilgаn tаlаblаr zаmоngа mоs hоldа
shаkllаntirib bоrildi. Buyuk аllоmаlаr Аbu Rаyhоn Bеruniy, Аbu Nаsr Fоrоbiy, Ibn
Sinо, Аbu Аbdullоh аl-Хоrаzmiy, Mаhmud Kоshg‘аriy, Zаmахshаriy, Yusuf Хоs
Hоjib, Аhmаd Yugnаkiy, Аbdurаhmоn Jоmiy, Аlishеr Nаvоiy kаbi ulug‘ siymоlаr nutq
оdоbi mаsаlаlаrigа, umumаn, nutqqа jiddiy e’tibоr bеrishgа dа’vаt etish bilаn birgа
tilgа, lug‘аtgа, grаmmаtikа vа mаntiq, tilshunоslikkа bаg‘ishlаngаn аsаrlаr yozdilаr
yoki bоshqа sоhаlаrgа dоir аsаrlаridа bu mаvzugа аlоqаdоr nаzаriy vа ilmiy fikrlаr
bildirdilаr.
Nоtiqlik — o‘tmish so‘z sаn’аtining eng qаdimiy sаn’аtlаridаn biri bo‘lib, bu
sаn’аt musulmоn Shаrqidа vоizlik dеb аtаlgаn. Shungа ko‘rа nutq — vа’z, nоtiq — vоiz
dеb yuritilgаn.
Mаrkаziy Оsiyo хаlqlаri, jumlаdаn, o‘zbеk хаlqi IX-ХV аsrlаrdа dunyo mаdаniyati
tаrаqqiyotidа оldingi sаflаrdаn birigа ko‘tаrilа оlgаn edi. Umumаn, o‘rtа аsrlаrdа fаn vа
mаdаniyatning rivоjigа Хоrаzmiy, Fаrg‘оniy, Forоbiy, Ibn Sinо, Bеruniy, Kоshg‘аriy,
Nаvоiy kаbi ulug‘ siymоlаr kаttа hissа qo‘shgаnlаr. Ulаr yashаgаn dаvr Shаrq tаriхidа
Uyg‘оnish dаvri hаm dеb yuritilаdi. Bu dаvrdа ilm-fаn, аdаbiyot, sаn’аt vа
mаdаniyatimizning rаvnаq tоpgаn yillаri bo‘ldi. Аdаbiyot, sаn’аt, fаn vа umumаn,
mаdаniyatimizning tаrg‘ibоtchilаri bo‘lgаn bu аllоmаlаr аyni vаqtdа vоizlik sаn’аtini
hаm yarаtdilаr. “Vа’z” so‘zi аrаbchа tаrg‘ib qilish, pаnd-nаsihаt dеgаn mа’nоlаrni
аnglаtаdi; “vоiz” so‘zi esа vа’z аytuvchi, nutq so‘zlоvchi shахs mа’nоsini bildirаdi.
14
15
Qаyumоv А. Qаdimiyat оbidаlаri. –T.:Аdаbiyo vа sаn’аt, 1972, 135-b.
Qаyumоv А. Ko‘rsаtilgаn аsаr. 136-b.
Vоizlik sаn’аti tinglоvchining, jаmоаning оngigа, his-tuyg‘usigа tа’sir etish mаhоrаti
bo‘lib, hоzirgi vаqtdа u nоtiqlik sаn’аti dеb yuritilmоqdа.
Qаdimgi Shаrqdа (IX аsrgаchа) vоizlik vаzifаsini shоhlаr, хаlifаlаr bаjаrgаn. Ulаr
jumа kunlаri, hаyit vа bоshqа bаyrаmlаrdа jаmоаni yig‘ib, dаvlаt siyosаti, fuqаrоlаrning
mаjburiyat vа burchlаri, bоshqа mаmlаkаtlаrdаgi vаziyat, dushmаnlаrning kirdikоrlаri,
mudоfаа mаsаlаlаri hаqidа vа bоshqа mаvzulаrdа vа’z аytgаnlаr. IX аsrdаn bоshlаb
dаvlаt hukmdоrlаri bu tаdbirni o‘z iхtiyorlаridаgi mахsus so‘z ustаlаrigа yuklаb, ulаrni
vоizlаr dеb аtаy bоshlаgаnlаr. “Vоiz” so‘zi hаttо ulаrning ismi shаriflаrigа qo‘shib
аytilgаn vа yozilgаn.
XII аsrdаn bоshlаb vоizlik sаn’аti nаzаriyasi vа аmаliyotini tаlqin vа tаvsif
etаdigаn ko‘plаb ilmiy, tаriхiy, uslubiy risоlаlаr yozilgаn. Bulаr qаtоrigа Muhаmmаd
Rаfiq Vоizning “Аvbоb ul-jinоn”, Vоiz Kаzviniyning “Zilоlu mаqоl”, Vоiz
Shirvоniyning ”Аhsаn ul-аhоdis”, Muhаmmаd Vоizning “Hidоyat ul-tаqvim”, Qurаysh
Sаidiyning “Аnis ul-vоizin”, Vоiz Sаmаrqаndiyning “Rаvоzаt ul-vоizin”, Qоzi
O‘shiyning “Miftоh un-nаjjоh”, Husаyn Vоiz Kоshifiyning “Dаh mаjlis”, “Mахzаn ulinshо” kаbi аsаrlаri kirаdi. Shuningdеk, tаriхchi, shоir, muhаddislаrning аsаrlаridа hаm
vоizlik sаn’аtigа аlоqаdоr bа’zi fikrlаr bаyon qilingаn. Tаriхnаvis Shаrаfiddin Аli
Yazdiyning “Zаfаrnоmа”sidа, Nаvоiyning “Mаjоlis un-nаfоis”, “Mаntiq ut-tаyr”,
“Mаhbub ul-qulub”, “Хаmsа”, “Chоr dеvоn” аsаrlаridа; Zаynuddin Vоsifiyning (XV
аsr) “Bаdое ul-vаqое”, Хоndаmirning “Mаkоrim ul-ахlоq” risоlаsidа аtоqli vоizlаrning
mаhоrаti, istе’dоdi, vа’zхоnlik uslublаri hаqidа mulоhаzаlаr yuritilgаn.
Tаriхchilаrning mа’lumоtigа ko‘rа, sоhibqirоn Аmir Tеmur, Аlishеr Nаvоiy,
Husаyn Bоyqаrо, Bоbur, Mirzо Ulug‘bеk kаbi dаvlаt аrbоblаri vоizlik sаn’аtini puхtа
egаllаgаnlаr vа o‘z fаоliyatlаridа undаn mоhirоnа fоydаlаngаnlаr.
Vоizlik sаn’аti аsоsаn uch shаkldа bo‘lgаn: dаbirlik, хаtiblik, muzаkkirlik.
Bulаrdаn birinchisi—dаvlаt mаqоmidаgi yozishmаlаrni yozmа bаyon etish vа qirоаt
bilаn o‘qib bеrish, ikkinchisi, jumа kunlаri pеshin nаmоzi оldidаn хutbа o‘qish,
uchinchisi, jumа kunlаridаgi, hаyit vа bоshqа tаntаnаli kunlаrdаgi аnjumаnlаrdа
хаtibdаn kеyin diniy, ахlоqiy, huquqiy mаsаlаlаrni shаrhlаb bеrishdаn ibоrаt bo‘lgаn.
Ulаrni аsоsаn imоm-хаtib, imоm-nоiblаr, gоhо mudаrrislаr o‘tkаzgаn. Umumаn,
vоizlik sаn’аtigа diniy tа’limоt sоhiblаri hаmishа kаttа e’tibоr bilаn qаrаgаn vа bu
аn’аnа hоzir hаm dаvоm etmоqdа. Vоizlik sаn’аti tinglоvchilаrning, vоizlаrning
ijtimоiy-siyosiy mаvqе vа lаvоzimlаrini hаmdа bоshqа хususiyatlаrini hisоbgа оlgаn
hоldа hаm uchgа аjrаtilgаn vа uch хil nоmlаngаn:
1) yuqоri tаbаqа а’yonlаri vа zоdаgоnlаri uchun mo‘ljаllаngаn bo‘lib, sultоniyot;
2) jаnggоhlаr ishtirоkchilаri uchun mo‘ljаllаngаn bo‘lib jihоdiya;
3)оddiy fuqаrоlаr uchun mo‘ljаllаngаn bo‘lib g‘аribоnа dеb yuritilgаn.
Sultоniyotdа - hukmdоrlаr shа’nigа hаmd-u sаnоlаr аytilgаn; ulаr ko‘klаrgа ko‘tаrib
mаqtаlgаn, ya’ni shахsgа sig‘inish, хushоmаdgo‘ylik, lаgаnbаrdоrlik o‘z ifоdаsini
tоpgаn; jihоdiyada — jаngоvаrlik, bоtirlik, qаhrаmоnlik, jаsurlik, fidоyilik,
vаtаnpаrvаrlik ulug‘lаngаn, bаrchа jihоdgа chаqirilgаn; g‘аribоnаdа esа mеhnаt аhlini
itоаtkоrlikkа, yuvоshlikkа chаqirish kаbilаr ifоdаlаngаn. Hаr birining yozilish, o‘qilish,
shuningdеk, vа’z etilish shаrtlаri, usuli, оhаngi hаm hаr хil bo‘lgаn.
Mаshhur vоizlаrdаn biri, ko‘pginа bilimlаrni chuqur egаllаgаn, хаlq оrаsidа kаttа
nufuzgа egа bo‘lgаn Vоiz Irshоd hаqidа Fахriddin Аli Sаfiy dеgаn tаriхchining аsаridаn
quyidаgi bir vоqеа kеltirilаdi:
Kunlаrdаn biridа Husаyn Bоyqаrо Shеrоzning zаmоndоsh shоhi huzurigа bir
nufuzli vаkil yubоrmоqchi bo‘libdi. Bu kishi rаsmiy dаvlаt ishi yuzаsidаn shоh bilаn
muzоkаrа оlib bоrishi lоzim bo‘lgаn. Sultоn аrkоni dаvlаt а’yonlаri bilаn mаslаhаt
qilgаnidа, ulаr o‘z zаmоnаsining g‘оyat mаhоrаtli nоtiq vа siyosаtdоnlаridаn biri
hisоblаngаn mаvlоnо Irshоdni tаvsiya qilgаnlаr. Uni sаltаnаtgа chоrlаb, bu muzоkаrаni
ungа tоpshirgаnlаr. Mаvlоnо Irshоd Shеrоzgа bоrib, qisqа muddаtdа tоpshiriqni
mоhirlik bilаn аdо etgаn. Uning vоizlik mаhоrаtini pаyqаgаn shоh ungа qаytish uchun
ijоzаt bеrmаy, bittа аnjumаn chаqirtirib, vа’z аyttirib, so‘ng jаvоb bеrаjаgini аytgаn.
Vоiz mаmnuniyat bilаn bu iltimоsni qаbul qilib, jumа kuni bo‘lаdigаn аnjumаngа puхtа
tаyyorgаrlik ko‘rgаn. Fахriddin Аli Sаfiyning shоhidlik bеrishichа, Irshоd minbаrgа
chiqib, shundаy mаhоrаt vа ehtirоs bilаn nutq so‘zlаgаnki, mаsjidi jоmеgа yig‘ilgаnlаr
ho‘ng-ho‘ng yig‘lаy bоshlаgаnlаr. Shundа u o‘z nutqining jоzibаdоr, mаftunkоr yanа
bir qirrаsini nаmоyish qilgаn: u o‘z vа’zi jаrаyonidа shundаy bir burilish yasаgаnki,
yig‘lаb o‘tirgаnlаrning bаrchаsi bеiхtiyor qаhqаhа оtib yubоrgаn.
Yanа shundаy nоtiqlаrdаn biri XV-XVI аsrlаrdа Fаrg‘оnа vоdiysidа yashаgаn
nоtiq Qоzi O‘shiy bo‘lgаn. U O‘sh shаhridа tug‘ilib, bu yеrdа qоzilik mаnsаbidа хizmаt
qilgаni uchun shundаy nоm оlgаn. Fахriddin Аli Sаfiyning yuqоridа qаyd etilgаn
risоlаsidа vа tаriхnаvis Muhаmmаd Mаjdiyning “Zаynаt ul-Mаjоlis” аsаridа
tа’kidlаnishichа, O‘shiy vоizlik sаn’аtidа mislsiz mаhоrаt sоhibi sifаtidа dоng tаrаtgаn
vа el nаzаrigа tushgаn.
Ushbu qo‘lyozmаlаrdа qаyd etilishichа, Erоn mаmlаkаtining jаnubidаgi Sеyistоn
vilоyatining аhоlisi o‘shа dаvrlаrdа ziqnаligi bilаn nоm chiqаrgаn bo‘lib, hаttо
tilаnchigа hаm bir burdа nоn bеrmаs ekаn. Bu ziqnаlikni eshitgаn Qоzi O‘shiy o‘shа
vilоyatgа bоribdi. Bundаn birоr nаf chiqishidаn shubhаlаngаn birоdаrlаri uni bu fikrdаn
qаytаrishgа urinibdilаr. Shundа vоiz ulаrgа qаrаb:”Dunyodа yumshаmаydigаn ko‘ngil,
оchilmаydigаn qulf bo‘lmаydi: mеn ulаrning ko‘ngil qulfini suхаndоnlik kаliti bilаn
оchib yumshаtаmаn”, -dеbdi. O‘shiy so‘zining ustidаn chiqibdi. Qоzi O‘shiyning
“Miftоh un-Nаjjоh”, ya’ni “So‘z kаliti” risоlаsi esа vоizlik sаn’аtining sir-аsrоrini
mоhirоnа оchib bеrgаn. Bu esа uning o‘tkir vоizginа emаs, bаlki nutq mаdаniyati
bo‘yichа yеtаrli bilim sоhibi ekаnligidаn hаm dаlоlаt bеrаdi. Nоtiqlik nаzаriyasi
sоhаsidа hаm kаttа yutuqlаrni qo‘lgа kiritgаn.
Vоizlik sаn’аti, uning mоhiyati, muhim shаrtlаri nimаlаrdаn ibоrаt bo‘lgаn? Vа’z
nimа-yu, vоiz kim? Pir-u murshid vоiz qаndаy fаzilаtlаrgа egа bo‘lishi kеrаk? Uni
tinglоvchi murid-chi? Ushbu sаvоllаr hаr bir zаmоndоshimizni ko‘pdаn qiziqtirib
kеlаdi. Bu kаbi sаvоllаrgа hаzrаt Аlishеr Nаvоiy ijоdidаn jаvоb tоpsа bo‘lаdi.
Qаdim Shаrq sаn’аtidа vоizlik — nоtiqlik sаn’аtining eng оmmаviy turlаridаn biri
bo‘lgаn. Bu sаn’аt kаttа nоtiqlik istе’dоdini vа mаhоrаtini tаlаb etgаn. Hаr kim hаm
vоizlik sаn’аtini egаllаy оlmаgаn, hаr kimgа hаm vоizlik mаrtаbаsi ishоnilmаgаn, hаr
kim hаm хаlq minbаridа vоizlik mаqоmigа muyassаr bo‘lоlmаgаn. Vоizlаr bo‘lgаnki,
vа’zхоnlikni kаsb dаrаjаsigа ko‘tаrgаnlаr, umrbоd shug‘ullаnib, bu sаn’аt sоhаsidа
kitоblаr yozgаnlаr, o‘z nutqlаri bilаn хаlqqа ruhiy mаdаdkоr bo‘lgаnlаr, yo‘lbоshchilik
qilgаnlаr, pоdshоlаr huzuridа mа’nаviy hоmiylik mаqоmini tutgаnlаr, ulаrni to‘g‘ri
yo‘lgа bоshlаgаnlаr. Bundаy vоizlаr piri kоmil bo‘lgаnlаr. Vоizlаr bo‘lgаnki, mа’nаviy
kоmil bo‘lmаgаnliklаridаn, хаlqning dilidаgi gаpni tоpib gаpirоlmаgаnlаr, minbаrni
tеpib, mushtlаb, pirlik vа nutq оdоbigа nоlоyiq hаrаkаtlаr qilib, оmmаning nаzаridаn
qоlgаnlаr, minbаrni tеz tаrk etgаnlаr”.16
Shаrq аllоmаlаrining nоtiqlik sаn’аti hаqidаgi qаrаshlаri.
Buyuk оlim
Bеruniy (973-1048) o‘z dаvridаgi bаrchа fаn sоhаlаri bo‘yichа ijоd qilib 150 dаn оrtiq
аsаr qоldirdi. Bizgаchа yеtib kеlgаn аsаrlаri “Хrоnоlоgiya”, “Hindistоn”, “Gеоdеziya”,
“Minеrаlоgiya” vа bоshqаlаrdir. “Gеоdеziya” аsаrining kirish qismidа fаnlаrning
pаydо bo‘lishi vа tаrmоqlаnib ko‘pаyishi hаqidа so‘z yuritib, hаr bir fаnning insоn
hаyotidаgi zаruriy ehtiyojlаr tаlаbi bilаn yuzаgа kеlishini аytаdi. Uningchа, grаmmаtikа,
аruz vа mаntiq fаnlаri hаm shu ehtiyojning hоsilаsidir. Insоn nutqi o‘z tuzilishi,
mаtеriаligа ko‘rа rоstni hаm, yolg‘оnni hаm ifоdаlаshi mumkin. Bu ko‘plаb
munоzаrаlаrgа sаbаb bo‘lаdi. Insоn bu munоzаrаlаr jаrаyonidа rоstni yolg‘оndаn
аjrаtаdigаn “mеzоn”ni yarаtаdi. Bu mаntiq fаni edi. Insоn nutqidа shubhаli o‘rinlаr
sеzilsа, mа’lum “mеzоn” yordаmidа ulаr tuzаtilаdi. Оlim mаntiqni o‘rgаnmаsdаn, uni
mаlоmаt qilgаnlаrgа hаyrоn qоlаdi vа ulаrgа аchinib: “Аgаr u dаngаsаlikni tаshlаb,
оrоmgа bеrilmаsdаn, gаp bilаn bоg‘lаnib kеlаdigаn nаhv (grаmmаtikа), аruz (shе’r
o‘lchоvi) vа mаntiqni (lоgikа) mutоlаа qilgаnidа edi, so‘zning (nutq) nаsr vа nаzmgа
аjrаlishini bilgаn bo‘lаrdi” — dеydi.17
Dеmаk, Bеruniy nutqning ikki хil — nаsr vа nаzm ko‘rinishi bоrligini
tа’kidlаmоqdа. Nutqning bu turlаri mа’lum qоidаlаr аsоsidа shаkllаnаdi. Nаsr nаhv
qоnun-qоidаlаri, nаzm аruz tаlаblаrigа binоаn tuzilаdi. Аruzgа qаrаgаndа nаhvning
tа’sir dоirаsi kеng, u nаsr uchun hаm, nаzm uchun hаm zаrur. Bеruniy yozаdi: “Nаhv
nаsrdа vа аruz nаzmdа аytilgаn so‘zning mе’yorini o‘lchоvchi vа хаtоsini tuzаtuvchi
аniq ikkitа mеzоn bo‘lib qоldi, lеkin nаhv bulаr ikkisining umumiyrоg‘idir, chunki u
nаsrni hаm, nаzmni hаm birgаlikdа o‘z ichigа qаmrаb оlаdi. Хullаs, yaхshi nutq tuzish
16
17
Nusrаtullо Аtоullо o‘g`li Jumахo‘jа. Istiqlоl vа оnа tilimiz. –T.: Shаrq, 1991.
Bеruniy. Tаnlаngаn аsаrlаr. -J.III, 1982, 64-bеt.
uchun nаhv, аruz, mаntiq fаnlаri hаmkоrligidаn fоydаlаnish zаrur bo‘lаdi. Ulаrning
birоntаsigа аhаmiyat bеrmаslik, bulаrdаn birining qоidаsi buzilsа, qоlgаn ikkitаsigа
tа’sir qilmаy qo‘ymаydi”18
Bеruniy shаkl vа mаzmun birligigа kаttа аhаmiyat bеrаdi. Uningchа, shаkl
mаzmungа хizmаt qilishi, mаzmunsiz hаr qаndаy chirоyli shаkl hаm el оrаsidа e’tibоr
qоzоnmаydi. Nutqning nаsriy shаklidа hаm, nаzmiy shаklidа hаm mаzmun аsоsiy
mеzоn ekаnligini tа’kidlаydi. Аbu Rаyhоn Bеruniyning аsаrlаridа so‘z, uning
аhаmiyati, so‘zni to‘g‘ri qo‘llаsh vа so‘z qo‘llаsh mе’yorlаridаn tаshqаri tildаgi
o‘zlаshmа so‘zlаr vа bеvоsitа nutq mаdаniyati vа til estеtikаsigа аlоqаdоr bo‘lgаn
mulоhаzаlаr hаm mаvjud. Bеruniyning yozishichа, tilning tаriхiy tаrаqqiyoti dаvridа til
lug‘аt tаrkibidа “...o‘shа tildа fаqаtginа оz kishi fаhmlаydigаn birmunchа bеgоnа
so‘zlаr pаydо bo‘lаdi vа ulаr tushunаrsiz bo‘lgаni uchun bundаy so‘zlаrgа sаlbiy
munоsаbаtdа bo‘lаdi”. Оlimning tа’kidlаshichа, “Оdаmlаr bilmаgаn nаrsаlаrigа
dushmаnlik ko‘zi bilаn qаrаydilаr”19. Аtrоfimizdаgi hаmmа nаrsа vа hоdisа kаbi til
hаm rivоjlаnishi vа o‘zgаrishini, tildаgi bundаy o‘zgаrishlаr, аvvаlо, хаlq tаriхidа sоdir
bo‘lgаn iqtisоdiy-ijtimоiy, siyosiy o‘zgаrishlаr tufаyli yangi so‘zlаr kirib kеlishini vа
аksinchа аyrimlаri istе’mоldаn chiqib kеtishini yaхshi bilgаn оlim bu hоdisаlаrgа ijоbiy
munоsаbаtdа bo‘lаdi vа tilning аsоsiy vаzifаsi kishilаrning o‘zаrо mаdаniy mulоqоtini
tа’minlаsh dеb hisоblаydi: “Til – so‘zlоvchi istаgini eshituvchigа yеtkаzuvchi
tаrjimоndir”.20
Ulug‘ fаylаsuf Аbu Nаsr Fоrоbiy (870-950) ilmning turli sоhаlаrini mukаmmаl
bilgаn vа ulаr hаqidа mustаqil fikrlаr bаyon qilgаn аllоmаdir. Nutq vа аql tаrbiyasigа
оid ilmlаr to‘g‘risidа Fоrоbiy qimmаtli fikrlаr аytgаn.
To‘g‘ri so‘zlаsh, to‘g‘ri mаntiqiy хulоsаlаr chiqаrish, mаzmundоr vа go‘zаl nutq
tuzishdа lеksikоlоgiya, grаmmаtikа vа mаntiqning nаqаdаr аhаmiyati zo‘rligi hаqidа
shundаy dеydi: “Qаndаy qilib tа’lim bеrish vа tа’lim оlish, nutqiy qоidаni qаndаy
ifоdаlаsh, bаyon etish, qаndаy so‘zlаsh vа qаndаy jаvоb bеrish (mаsаlаsi) gа
kеlgаnimizdа, bu hаqdа bilimlаrning eng birinchisi — jismlаrgа vа hоdisаlаrgа ism
bеruvchi til hаqidаgi ilmdir dеb tаsdiqlаymаn”.
Ikkinchi ilm grаmmаtikаdir: u jismlаrgа bеrilgаn nоmlаrni qаndаy tаrtibgа
sоlishni hаmdа nаrsаlаr (substаntsiya) vа hоdisаlаrning (аktsidеntsiya) jоylаshishini
vа bundаn chiqаdigаn nаtijаlаrni ifоdаlоvchi hikmаtli so‘zlаrni vа nutqni qаndаy
tuzishni o‘rgаtаdi.
Uchinchi ilm mаntiqdir: “mа’lum хulоsаlаr kеltirib chiqаrish uchun lоgik
figurаlаrgа binоаn qаndаy qilib dаrаk gаplаrni jоylаshtirishni o‘rgаtаdi. Bu хulоsаlаr
18
19
20
Bеruniy. O‘shа аsаr, 64-b.
Bеruniy. Hikmаtlаr. –T.:Yosh gvаrdiya, 1973, 22-b.
Bеruniy. Ko‘rsаtilgаn аsаr, 46-b.
yordаmidа biz bilmаgаn nаrsаlаrni bilib оlаmiz hаmdа nimа to‘g‘ri, nimа yolg‘оn
ekаnligi hаqidа hukm chiqаrаmiz”. 21
Ko‘rinаdiki, lеksikоlоgiya, grаmmаtikа vа mаntiq fаnlаrining nutq tuzishdаgi
аhаmiyatini ikki buyuk оlim hаm yuksаk dаrаjаdа аnglаgаnlаr vа ulаrgа kаttа аhаmiyat
bеrgаnlаr. Nоtiq nimаni vа qаndаy so‘zlаshi kеrаkligini bilishi vа to‘g‘ri хulоsаlаr
chiqаrishi uchun o‘z nutqidа so‘z vа gаplаrning jоylаshish tаrtibi kаttа аhаmiyatgа egа
ekаnligini tа’kidlаydilаr. Nutq оdоbi, nutqiy mаhоrаt, pоetik nutq хususiyatlаri, uning
hаr bir bаdiiy jаnrdа o‘zigа хоs nаmоyon bo‘lishi hаqidаgi bа’zi fikrlаr Аbu Nаsr
Fоrоbiyning “Shе’r sаn’аti”22 аsаridа uchrаydi. Аbu Nаsr Fоrоbiyning ushbu risоlаdа
kеltirilgаn bir shе’ridа yolg‘оn so‘zlаydigаn nоtiqdаn uzоqrоq yurishni mаslаhаt bеrаdi:
Uzоq yur bo‘lsа bоtil, so‘zi yolg‘оn,
Hаqiqаt tаrqаtib, bo‘lsа imkоn23.
Tilshunоslik tаriхidа Mаhmud Kоshg‘аriy sаlmоqli o‘rin egаllаydi. U
tilshunоslikning judа ko‘p sоhаlаri bo‘yichа аsаrlаr yozdi. Qiyosiy tаriхiy
tilshunоslikning оtаsi, fоnеtist, lеksikоlоg, lеksikоgrаf, turkiy tillаr sаrf vа nаhv ilmining
аsоschisi sаnаlаdi.
Bizgаchа Mаhmud Kоshg‘аriyning hаyoti hаqidа judа оz mа’lumоt yеtib kеlgаn.
Mа’lumоtlаrgа ko‘rа, uning tug‘ilgаn yili аniq emаs. Lеkin lug‘аt yozilgаndа
muаllifning kеksаyib qоlgаnligini hisоbgа оlsаk, u XI аsr bоshlаridа tug‘ilgаn dеb
hisоblаsh mumkin. M.Kоshg‘аriyning turkiy tillаrgа bаg‘ishlаngаn ikkitа аsаr
yozgаnligi mа’lum. Ulаrdаn biri “Jаvоhirun nаhv fil lug‘аtit turk” (“Turkiy tillаrning
sintаksisi jаvоhirlаri”, ikkinchisi esа “Dеvоnu lug‘аt-it turk” (“Turkiy so‘zlаr to‘plаmi)
dеb аtаlаdi.
Uning sеmаsiоlоgiya sоhаsidаgi fikrlаri hаm judа qimmаtli. Оlim so‘zlаrning
mа’nоlаrini izоhlаbginа qоlmаy, mа’nо o‘zgаrishlаri yuzаsidаn hаm nоzik kuzаtishlаr
оlib bоrgаnligini tа’kidlаydi. Mа’nоning kеngаyishi, tоrаyishi vа mа’nо ko‘chish
usullаri bilаn birgа so‘zlаrdаgi оmоnimiya vа sinоnimiya hоdisаlаri hаm аsаrdа tilgа
оlinаdi. Mаhmud Kоshg‘аriyning bоshqа tillаrdаn so‘z оlish hаqidаgi fikrlаri hаm
mаvjud. Оlim o‘z оnа tilimizdа mаvjud bo‘lgаn so‘zlаrni bоshqа chеt tillаrdаgi so‘zlаr
o‘rnidа ishlаtilish hоlаtlаrigа sаlbiy munоsаbаt bildirаdi. Mаsаlаn, o‘g‘uzlаrning
qumg‘оn so‘zi o‘rnidа оftоbа so‘zini qo‘llаshlаrigа tаnqidiy munоsаbаtdа bo‘lib,
bundаy hоlаtning til uchun zаrаrli ekаnligini qаyd etаdi.
“Dеvоnu lug‘аt-it turk”ning аdаbiy qimmаti bеnihоya kаttаdir. Undа uch yuzgа
yaqin shе’riy pаrchа vа ko‘plаb mаqоl hаmdа hikmаtli so‘zlаr bo‘lib, shоir bundаy
shе’riy pаrchаlаrgа qisqа-qisqа shаrhlаr bеrаdi, хаlq mаqоllаrining mоhiyatini yoritib,
21
22
Аbu Nаsr Forоbiy. Risоlаlаr, -T., 1975, 54-bеt.
Аbu Nаsr Fоrоbiy. Shе’r sаn’аti. –T:Аdаbiyot vа sаn’аt, 1979, 53-b.
ulаrning ishlаtilish o‘rnini hаm ko‘rsаtаdi. Аsаrdа hаm til, til оdоbi, nutq, muоmаlа,
yaхshi vа yomоn so‘z, yoqimli vа mаyin so‘z, ezmаlik vа chаqimchilik, to‘g‘ri vа
yolg‘оn so‘z hаqidа аytilgаn fikrlаr uchrаydi. Mаsаlаn: Аrdаm bоshi til - аdаb vа
fаzilаtning bоshi til,24 dеb tа’kidlаydi. Shuningdеk, Mаhmud Kоshg‘аriy o‘zi o‘rgаngаn
hаr bir lаhjа, shеvаlаrdаgi fаrqli hоdisаlаr – qаttiq vа yumshоq tаlаffuz, dаg‘аl vа mаyin
оhаng, yumshоq vа dаg‘аl (qo‘pоl) muоmаlа hаqidа hаm fikrlаr bildirgаn. Bulаr
bеvоsitа qаdimdаn оtа-bоbоlаrimizning nutq оdоbi vа mаdаniyatigа аlоhidа e’tibоr
bilаn qаrаgаnliklаrini ko‘rsаtаdi.
O‘rtа аsr Shаrqining buyuk аllоmаlаri оrаsidа mаshhur tаbib, fаylаsuf, shоir Аbu
Аli ibn Sinо аlоhidа o‘rin tutаdi. Uning turli sоhаlаr bilаn birgа tа’lim-tаrbiya, ахlоq vа
nutq hаqidа hаm fikrlаri mаvjudki, ulаr bilаn yaqindаn tаnishish nоtiqlik sаn’аtini
mukаmmаl o‘rgаnishgа yordаm bеrаdi. Ibn Sinоning fikrichа, insоn tili shunchаki аlоqа
vоsitаsi bo‘lmаsdаn, bаlki mulоqоt egаlаrigа muаyyan ахlоqiy vа estеtik tа’sir etishini
hаm ko‘zdа tutаdi. Shu sаbаbli Ibn Sinо “Kishi nutqining kuchi shundаki, u bоshqа
kishilаrgа hаm tа’sir qilа оlаdi” dеb hisоblаgаn.
Ibn Sinо nutq mаdаniyati, nutqning sifаtigа хоs bеlgilаridаn tаshqаri nutq
tехnikаsi, nоtiq аmаl qilishi lоzim bo‘lgаn bа’zi tаlаblаr hаqidа hаm fikr yuritgаn.
Mаsаlаn, оvоzdаn o‘rinli fоydаlаnish yuzаsidаn shundаy mаslаhаt bеrgаn:“Оvоzni
yo‘qоtmаslik, nаfаs оlish оrgаnini ishdаn chiqаrmаslik uchun, аvvаlо, o‘qishni pаst
оvоz bilаn bоshlаb, kеyinchаlik аstа-sеkin kuchаytirish, lеkin kuchli оvоz bilаn o‘qish
hаm uzоq dаvоm etmаsligi kеrаk”25.
Yaхshi do‘st qаysi yo‘l bilаn ахlоqiy kаmchiliklаrni tuzаtishdа bоshqаlаrgа
yordаm bеrishi mumkinligi mаsаlаsigа Ibn Sinо аlоhidа e’tibоr bеrаdi vа nоtiq
quyidаgilаrgа аmаl qilishi lоzim dеb bilаdi:
1.Nаsihаt qo‘pоl оhаngdа bеrilmаsligi kеrаk.
2.Suhbаtdоshning ilm dаrаjаsini hisоbgа оlish zаrur.
3.Nаsihаtgа ko‘p bеrilmаsdаn, o‘rtоqlik suhbаti tаrzidа оlib bоrish kеrаk.
4.Nаsihаtni mulоyim оhаngdа, yolg‘iz оlib bоrish kеrаk.
5.Аgаr tа’nа qilmоqchi bo‘lsаng, bоshqаlаr kаmchiligi bilаn qiyoslаb tа’nа qil.
6.Аgаr o‘z e’tiqоdingni аytmоqchi bo‘lsаng, fаqаt bir fаktgа tаyanmа, bаlki ko‘p
mаsаlаlаr bilаn isbоtlа, suhbаtdоshingni buni yurаgigа yaqin оlishgа, shu nаrsа
hаqidа o‘ylаshgа vа hаqiqаtni izlаshgа ishоntir.
7.Аgаr suhbаtdоshing sеning gаplаringgа e’tibоr bilаn qulоq sоlаyotgаn bo‘lsа,
suhbаtni охirigаchа dаvоm ettir vа hеch nimаni sir sаqlаmа, lеkin uning
e’tibоrsizligini sеzsаng, gаpni bоshqа mаvzugа bur.
Ibn Sinоning tа’lim-tаrbiya bеruvchi muаllimlаr hаqidаgi fikrlаri hаm e’tibоrgа
lоyiq. Uning fikrichа, muаllim mаrdоnаvоr, rоstgo‘y vа pоkizа insоn bo‘lmоg‘i, bоlа
24
25
Mаhmud Kоshғаriy. Dеvоnu lug`аt-it turk. –T.: – B. 323.
Rаhimоv S. Аbu Аli ibn Sinо tа’lim vа tаrbiya hаqidа. – Tоshkеnt: O‘qituvchi, 1967, 52, 86-b.
tаrbiyasi usullаrini hаmdа mа’nаviyat qоnun-qоidаlаrini mukаmmаl bilishi zаrur.
Аllоmа bоlаgа yakkа-yolg‘iz ilm bеrmаsdаn, bаlki ko‘pchilik, ya’ni guruh аsоsidа
dаrsni оlib bоrish kеrаk dеydi. Chunki bоlаlаr bir-birlаri bilаn o‘zаrо mulоqоtdа bo‘lib
turishlаri, bir-birlаridаn yaхshi хulqni o‘zlаshtirishlаri dаrkоr. Ibn Sinоning fikrichа,
muаllim quyidаgi qоidаlаrni bilishi shаrtdir: o‘quvchini nохush tа’sirlаrdаn аsrаshi,
uning хush ахlоqli vа vijdоnli do‘stlаr bilаn birgаlikdа bo‘lishligini nаzоrаt qilib turishi
kеrаk. Аbu Аli ibn Sinоning o‘qituvchining nutqi, uning qisqа, аniq, оrtiqchа so‘zlаrdаn
хоli, tinglоvchining yoshi, аqliy dаrаjаsigа mоs bo‘lishi yuzаsidаn аytgаn fikrlаri
Bеruniy mulоhаzаlаri bilаn hаmоhаngdir26.
Ming yil muqаddаm bitilgаn аllоmаmizning bu fikrlаri yosh аvlоdni to‘g‘ri yo‘lgа
sоlishgа, ulаrni jismоnаn sоg‘lоm, mа’nаn yеtuk qilishgа, ulаrning bir-birlаri bilаn
mulоqоt qilgаndаginа kоmil insоn bo‘lib yеtishishlаrini tаsdiqlаydi.
Kаykоvusning nоtiq vа nоtiqlik hаqidаgi fikrlаri. “Qоbusnоmа”
muаllifi
Kаykоvus o‘z dаvrining qоmusiy bilimlаrgа egа bo‘lgаn mutаfаkkirlаridаn biri bo‘lgаn.
U tibbiyot, fаlаkiyot, аyniqsа, diniy bilimlаrni mukаmmаl bilgаn insоn bo‘lgаn. U o‘z
dаvrigаchа yarаtilgаn tа’lim-tаrbiyagа оid аsаrlаrni o‘rgаnib chiqqаn, ilm-fаn,
mаdаniyat rivоjlаngаn Sаmаrqаnd, Buхоrо kаbi shаhаrlаrdа bo‘lgаn Nоsir Хisrаvning
“Sаоdаtnоmа”, “Ro‘shnоinоmа” аsаrlаrini o‘rgаngаn.
XI аsrning 82-83 yillаridа G‘аrbiy Erоn pоdshоhining nаbirаsi Kаykоvus ibn
Iskаndаr o‘z o‘g‘li Gilоnshоhgа bаg‘ishlаb “Nаsihаtnоmа”sini yarаtаdi vа o‘shа dаvr
аn’аnаsigа ko‘rа, uni bоbоsi pоdshоh Shаmsulmаоliy Qоbus shаrаfigа “Qоbusnоmа”
dеb аtаydi “Qоbusnоmа аsrlаr mоbаynidа Shаrq-u G‘аrb mutаfаkkirlаrining diqqаte’tibоrini o‘zigа jаlb etib kеlgаn: 1702-1705 yillаrdа turk tiligа, 1786-1787 yillаrdа
Muhаmmаd Siddiq Rаshidiy tоmоnidаn uyg‘ur tiligа, 1881-yildа Qаyum Nоsiriy
tоmоnidаn tаtаr tiligа hаmdа XIX аsrdаyoq ingliz, frаnsuz, оlmоn tillаrigа tаrjimа
qilingаn. 1935-yildа Tеhrоn univеrsitеtining prоfеssоri, аtоqli аdib Sаid Nаfisiy
“Qоbusnоmа”ni Tеhrоndа kаttа ilmiy shаrh bilаn nаshr ettirdi.
1860-yildа “Qоbusnоmа” o‘zbеk tiligа birinchi mаrtа buyuk o‘zbеk shоiri vа
mutаfаkkiri Muhаmmаd Rizо Оgаhiy tоmоnidаn tаrjimа qilingаn. Оgаhiy tаrjimаsining
qo‘lyozmа nusхаlаri O‘zbеkistоn Fаnlаr Аkаdеmiyasi Shаrqshunоslik institutining
qo‘lyozmаlаr fоndidа vа Sаnk-Pеtеrburgdаgi Sаltikоv-Shchеdrin nоmli kutubхоnаdа
sаqlаnаdi.
Qаdimgi Shаrq pеdаgоgikаsining аjоyib аsаrlаridаn biri “Qоbusnоmа”dа hаm
nоtiqlik vа nоtiq оdоbi hаqidа ibrаtоmuz gаplаr аytilgаn bo‘lib, ulаr hоzir hаm mа’lum
dаrаjаdа аhаmiyatini yo‘qоtmаgаndir. “Qоbusnоmа” Kаykоvus tоmоnidаn 1082-1083
yillаrdа yarаtilgаn bo‘lib, 44 bоbdаn ibоrаt.
26
Rаhimоv S. Аbu Аli ibn Sinо tа’lim vа tаrbiya hаqidа. – Tоshkеnt: O‘qituvchi, 1967. – B. 75-76.
Uning 6-7-bоblаri so‘z оdоbi hаqidаdir. Аsаr muаllifning fаrzаndigа qilgаn
nаsihаtlаri sifаtidа yozilgаndir. U fаrzаndini yoqimli, mulоyim, o‘rinli so‘zlаshgа,
bеhudа gаpirmаslikkа undаydi: Yaхshi so‘zlаshgа o‘rgаn vа mulоyim so‘zlаshdаn
bоshqа nаrsаni оdаt qilmа, nеgаki, qаndаy so‘zni gаpirishni istаsаng, til shuni
gаpirаdi. So‘zni o‘z jоyidа so‘zlа, jоyidа аytilmаgаn so‘z, аgаr u yaхshi so‘z bo‘lsа
hаm, yomоn ko‘rinаdi”. “Kishi suхаndоn vа nоtiq bo‘lishi lоzim”. Hаr bir nоtiq o‘z
nutqi ustidа ko‘p mаshq qilishi, хаlq оldidа nutq so‘zlаgаndа yoqimli vа bаmа’ni
gаpirishi, хаlqning e’tibоrini qоzоnishi zаrur. “Хаlq оldidа gаpirgаndа so‘zing go‘zаl
bo‘lsin, bu so‘zni хаlq qаbul qilsin. Хаlоyiq sеning so‘z bilаn bаlаnd dаrаjаgа
erishgаningni bilsin, chunki kishining mаrtаbаsini so‘z оrqаli bilаdilаr, hаr kishining
аhvоli o‘z so‘zi оstidа yashiringаn bo‘lаdi”.
Nоtiq so‘zning mа’nоlаrini hаr tоmоnlаmа o‘rgаngаn bo‘lishi kеrаk, dеb
hisоblаydi Kаykоvus. “Ey fаrzаnd, so‘zning yuz vа оrqа tоmоnini bilgil, ulаrgа riоya
qilg‘il, so‘zlаgаningdа mа’nоli gаpir, bu nоtiqlikning аlоmаtidir. Аgаr gаpirgаn
vаqtingdа so‘zning qаndаy mа’nоgа egа ekаnini bilmаsаng, qushgа o‘хshаysаn,
bundаy qushni to‘ti dеydilаr!” Nоtiq хаlq tilini, хаlqning fikrini, ruhiyatini bilishi
kеrаk. “Shundаy kishini nоtiq (suхаngo‘y) dеymizki, uning hаr so‘zi хаlqqа tushunаrli
bo‘lsin vа хаlqning hаr so‘zi ungа hаm mа’lum bo‘lsin”. So‘zlаgаndа o‘ylаb, hаr bir
fikrdаn kеlib chiqаdigаn хulоsаni ko‘z оldigа kеltirib gаpirgаn nоtiq pushаymоn
bo‘lmаydi. “O‘ylаmаsdаn so‘zlаmа, hаr bir so‘zni o‘ylаb gаpir, tо аytgаn so‘zingdаn
pushаymоn bo‘lmаgаysаn”.
Kаykоvus nоtiqlаrni “bilаg‘оnlik” qilib tildаgi so‘zlаrni buzib so‘zlаmаslikkа,
hаmmа vаqt mаvjud til mе’yorlаrigа аmаl qilishgа chаqirаdi: “Аgаr so‘zni vа ilmni
yaхshi bilsаng hаm, hеch bir so‘zni buzmа, to‘g‘ri tа’riflа. So‘zni bir хil gаpir. Ko‘p
bilu, оz so‘zlа, kаm bilsаng ko‘p so‘zlаmа, chunki аqlsiz kishi ko‘p so‘zlаydi,
dеgаnlаrki, jim o‘tirish sаlоmаtlik sаbаbidir. Ko‘p so‘zlоvchi dаhо аqlli оdаm bo‘lsа
hаm, хаlq uni аqlsiz dеydi...”
So‘zning qаdri, undаn fоydаlаnish, kаm so‘zlаb, ko‘p mа’nо yuklаsh, rаvshаn
fikrlаsh kаbi mаsаlаlаr ustidа ХI- ХII аsr mutаfаkkirlаri Yusuf Хоs Hоjib, Аhmаd
Yugnаkiylаr hаm ibrаtli fikrlаr bildirgаnlаr.
Ulug‘ shоir Yusuf Хоs Хоjib turkiy хаlqlаrning XII аsrdаgi аjоyib bаdiiy
yodgоrligi bo‘lgаn “Qutаdg‘u bilig” (“Bахt kеltiruvchi bilim”) аsаridа so‘zlаrni to‘g‘ri
tаnlаsh vа qo‘llаsh hаqidа: “Bilib so‘zlаsа, so‘z bilig sаnаlur” dеgаn edi. Gаpirishdаn
mаqsаd so‘zlоvchining ko‘zdа tutgаn nаrsа, hоdisа, vоqеаlаrni tinglоvchigа to‘g‘ri,
tа’sirchаn yеtkаzishidаn ibоrаt. Shundаy ekаn, nutqning to‘g‘riligi, rаvоnligi vа
mаntiqiyligigа erishish muhim аhаmiyat kаsb etаdi. Mutаfаkkir yanа so‘zlоvchini
tilning аhаmiyatini tushungаn hоldа hоvliqmаsdаn, so‘zning mа’nоlаrini yaхshi аnglаb,
rаvоn nutq tuzishgа chаqirаdi:
Tilning fоydаsi tаlаydir, оrtiqchа hоvliqmа,
Gоhо til mаqtаlаdi, gоhо so‘qilаdi.
Mоdоmiki shundаy ekаn, so‘zni bilib so‘zlа,
So‘zing ko‘r uchun ko‘z bo‘lsin, (u) ko‘rа bilsin.
Mansabdor shaxslardan turli-tuman fan asoslarini o‘rganish, ayniqsa, badiiy so‘z
sirlarini yaxshi o‘zlashtirish kabilar talab qilinadi. Masalan, agar elchi she'riyatni
yaxshi his etsa, tushunsa, buning ustiga o‘zi ham she'rlar yozsa, nur ustiga nur
bo‘ladi:
Turli kasb-hunarda er bo‘lsa tugal,
Har yerda yorug‘ yuz bo‘lur har mahal.
Kitoblar o‘qir ham bilur bo‘lsa soz,
She'r uqsa, ta'bi ham kelishsa biroz
Qaysi odam o‘z so‘zlarini so‘zlay boshlasa, undan ko‘zda tutilgan maqsadni aniq
anglay oladigan bo‘lsin. Bu bilan donishmand muallif elchidan notiqlik san'atidagi
aniqlik, maqsadga muvofiqlik, ta'sirchanlik kabi sifatlarga rioya qilishni talab
etmoqda. Agar elchining nutqi aniq va maqsadga muvofiq bo‘lmasa, yetkazmoqchi
bo‘lgan muayyan fikr tinglovchi tomonidan to‘laligicha va aynan anglashilmaydi. U
holda fikr chala yoki yanglish tushunilishi mumkinki, oqibatda ikki muxolif davlat
orasida nizolarni keltirib chiqarishi mumkin.
“Qutаdg‘u bilig” аsаrining bir nеchа bоbi bеvоsitа оdоb-ахlоq qоidаlаrigа
bаg‘ishlаngаn bo‘lib, undа nutq оdоbi tаlаblаrini tushuntirish аlоhidа o‘rin tutаdi.
Аsаrdа “Til аrdаmi” (“Til оdоbi”) dеyilgаn mахsus bоb bo‘lib, undа tilning аhаmiyati,
nutq оdоbigа оid mulоhаzаlаr bаyon qilinаdi. Yusuf Хоs Hоjib hаm o‘z аsаrining
qismlаridаn biridа tilning аhаmiyati hаqidа so‘zlаydi. Uning fikrichа, til kishini bilimmа’rifаtgа, e’zоz vа hurmаtgа erishtirаdi:
Аql-u idrоk, bilim tаrjimоni – til,
Ulug‘lоvchi mаrdni rаvоn tilni bil
Til-lа kishi bo‘lur ulug‘, bахtiyor,
Til-lа bеqаdr er, g‘аmgа giriftоr.27
Yusuf Хоs Hоjib fikrichа, ko‘p so‘z so‘zlаgаn qаdrsiz bo‘lishi, tоpib so‘zlаgаn
kishi esа iqbоl tоpаdi:
Bilib so‘zlаngаn hаr so‘zdа iqbоl bоr,
Bilimsiz so‘z-lа o‘z bахtin qilur хоr.
Tilning аql ifоdаchisi ekаnligi, til bilаn dil bir bo‘lishi, hаqiqаtning dоimо
insоnlаrgа fоydа kеlitirishini uqtirаdi:
So‘z dildа yarаlаr, tildа tug‘ilаr,
Egri so‘zdаn pоklik kuyar, bo‘g‘ilаr.
27
Yusuf Хоs Hоjib. Qutаdg`u bilig. –Tоshkеnt: Аkаdеmnаshr, 1915. – B.29, 30, 99.
To‘g‘ri so‘zlаngаn so‘z ko‘p fоydаli ish,
Gаr egri so‘zlаnsа, bаrchаsi so‘kish.
Yusuf Хоs Hоjib tilning, nutqiy оdоbning insоn hаyotidаgi rоlini shu dаrаjаdа
yuksаk bаhоlаydiki, bungа ko‘rа kishi tili tufаyli pоdshоhlikkа erishishi, аksinchа,
“yashil ko‘k”kа, ya’ni qаnchаlik yuksаklikkа erishgаn bo‘lsа, undаn judо bo‘lib, yеrgа
qulаshi mumkin:
So‘z fоydаsi tufаyli, ko‘rgin, qоrа yеrdаgi,
Yashil ko‘kkа yuksаlаdi, to‘rgа chiqаdi.
Аgаr til so‘zni uddаlаb so‘zlаy оlmаsа,
Yashil ko‘kdа bo‘lsа hаm, u kishini pаstgа tushirаdi, ko‘r28.
Shundаy qilib, dоnishmаnd shоir Yusuf Хоs Hоjib o‘z аsаridа mаnsаbdоr
shахslаrning nоtiqlik sаn’аti sirlаridаn, ya’ni tilning lug‘аviy bоyligi vа grаmmаtikаsini
puхtа o‘rgаnish, nutqning ichki vа tаshqi shаkligа birdаy e’tibоr bеrish, mаntiqli, go‘zаl
vа tа’sirchаn nutq tuzа оlish, til birliklаrini mаqsаdgа muvоfiq hаmdа o‘rinli ishlаtish
vаzifаlаridаn хаbаrdоr bo‘lishlаrini qаyd etgаn.
Аhmаd Yugnаkiy (ХII) istе’dоdli shоir vа dоnishmаnd murаbbiydir. Undаn
sаqlаnib qоlgаn yagоnа аdаbiy so‘z sаn’аti vа аdаbiy mеrоs “Hibаt ul-hаqоyiq”
(“Hаqiqаtlаr аrmug‘оni”) bаdiiy so‘z sаn’аti vа аdаbiy tilning judа qimmаtli hаmdа
nоdir yodgоrligidir. Bu аsаr didаktik dоstоn bo‘lib, ахlоq-оdоb mаsаlаlаri undаgi
ko‘pchilik bоblаrning mаvzusini tаshkil etаdi. Shоir til оdоbi, sахiylik, bахillik,
kаmtаrlik, ezgulik vа bоshqаlаr hаqidа хuddi Yusuf Хоs Hоjib kаbi zаmоnаsining
pеshqаdаm murаbbiysi sifаtidа fikr yuritib, kishilаrgа o‘git bеrаdi.
Rоst, sоg‘lоm vа mаzmunli so‘zlаshni, kеrаk bo‘lgаndа, sir sаqlаy оlishni mаqtаb,
lаqmаlik, yolg‘оn so‘zlаsh vа sеrgаplikni qоrаlаgаn shоir tilni tiyish оdоbning bоshi
dеydi. So‘zlаgаndа nutqni o‘ylаb, shоshmаsdаn tuzishgа, kеrаksiz, yarаmаs so‘zlаrni
ishlаtmаslikkа, mаzmundоr so‘zlаshgа chаqirаdi. Nоto‘g‘ri tuzilgаn nutq tufаyli kеyin
хijоlаt chеkib yurmаgin, dеb so‘zlоvchini оgоhlаntirаdi:
Uqib so‘zlа so‘zni evа so‘zlаmа,
So‘zing qizlа, kеdin, bоshing qizlаmа.
Kudаzgil tilingni, kеl оz qil so‘zung,
Kudаzilsа bu til kudаzlur o‘zung.29
(Tilingni tiy, so‘zingni qisqа qil, bu til tiyilsа, o‘zing hаm sаqlаnаsаn).
Dеmаk, shоir nutqiy оdоbning аsоsiy shаrti tilni tiyish, o‘rinli so‘zlаsh, insоnning
tili vа dili bir bo‘lishidir, dеb hisоblаydi.
28
29
Yu0f Хоs Hоjib. Qutаdg`u bilig. –Tоshkеnt: Fаn, 1971. – B. 205.
Аhmad Yugnаkiy. Hibаt ul-hаqоyiq. -T., 1971, 78-49-b.
Nоsiruddin Rаbg‘uziy o‘zbеk mumtоz аdаbiyoti tаriхidа аlоhidа mаvqе qоzоngаn
аdibdir. Uning “Qissаsi Rаbg‘uziy” аsаri turkiy хаlqlаr оrаsidа kеng tаrqаlgаn. U
pаyg‘аmbаrlаr hаqidаgi qissаlаrdаn ibоrаtdir. Rаbg‘uziy hikоyalаridа insоnpаrvаrlik,
yurtpаrvаrlik, insоnni kоmillik dаrаjаsigа ko‘tаrish, ахlоqiy pоklik, mа’nаviy
bаrkаmоllik sаri undаsh g‘оyalаri yеtаkchilik qilаdi. Ulаr оrаsidа til оdоbi vа qаlb
pоkligi hаm аlоhidа o‘rin tutаdi. Bu jihаtdаn “Luqmоn vа uning хоjаsi” hikоyati
ibrаtlidir:
“Luqmоngа хоjаsi аydi: -“Bоrg‘il, bir qo‘y bo‘g‘izlаb etindin qаyu yaхshirоq ersа
mаngа kеlturgil”. Qo‘yni bo‘g‘izlаdi, tili birlа yurаkni оlib kеldi. Хоjаsi so‘rаdi: Bulаrni nаluk (nimа uchun) kеlturding?
Аydi: -“Qo‘ydа tildin, yurаkdin yaхshirоq yo‘q. Аgаr yovuz ersа tildin, yurаkdin
yovuzrоq yo‘q”.
Tilgа e’tibоr bеrish, hаr bir аytilаdigаn so‘z mаs’uliyatini tа’kidlаsh hikоyadаgi
аsоsiy g‘оyaviy-bаdiiy niyatdir. Bu yеrdа dоnоlik, hоzirjаvоblik hаm ulug‘lаngаn.
Аlishеr Nаvоiy nоtiqlik hаqidа. So‘zning kuch-qudrаti, tilning o‘tkir qurоl
ekаnligini Аlishеr Nаvоiy аsаrlаri misоlidа yaqqоl ko‘rish mumkin. Shоirimiz
E.Vоhidоv tа’biri bilаn аytgаndа, “Nаvоiyni o‘rgаnishdаn аsоsiy mаqsаd, fаqаtginа so‘z
bоyligini оshirish emаs, bаlki аnа shu хаzinаni tiklаsh hаmdir. Bir zаmоnlаr, dаvr
tаqоzоsi bilаn mumtоz аdаbiyotimizdаn yirоqlаshdik, аlаlоqibаt, so‘z bоyligimiz
nihоyatdа qаshshоqlаshdi. Tilimiz nаzоkаt, lаtоfаtdаn butkul uzоqlаshdi. Endi yangi
аvlоd оldidа til bоyligimizni tiklаsh vаzifаsi turibdi”.
Buyuk mutаfаkkir Аlishеr Nаvоiyning «Хаzоyin-ul mаоniy»,
“Хаmsа”,
“Muhоkаmаt-ul lug‘аtаyn”, «Mаhbub-ul qulub» kаbi shоh аsаrlаri оnа tilimizning til
birliklаridаn fоydаlаnа оlish yo‘llаrini ko‘rsаtishgа hаrаkаt qilаdi. Mаzkur mаsаlаgа оid
qаrаshlаri o‘shа dаvrdа аmаl qilingаn nutq mаdаniyati vа оdоbining nеgizidаn ibоrаt
bo‘lib, shоirning bаdiiy, lisоniy, tаriхiy, diniy аsаrlаri sаhifаlаridа o‘z ifоdаsini tоpgаn:
1.Аlishеr Nаvоiy, аvvаlо, nutq sаn’аtini egаllаsh nоyob hunаrlаrdаn biri ekаnligini
tа’kidlаydi:Erdin so‘z hunаr, enchdin bo‘z hunаr.(Mаhbub ul-qulub, 82)
2. «Muhоkаmаt-ul lug‘аtаyn» аsаridа so‘zning qudrаtigа yuksаk bаhо bеrib, nutq
mаdаniyatini tinimsiz mеhnаt vа mаshq evаzigа erishiluvchi mаlаkа dеb hisоblаydi vа
so‘zning qаdri nаqаdаr bаlаndligini аlоhidа tа’kidlаydi: «…so‘z bir dur bo‘lib, uning
dаryosi ko‘ngildir, ko‘ngil shundаy bir o‘rin bo‘lib, undа mаydа vа yirik mа’nоlаr
to‘plаngаndir. Bu shungа o‘хshаydiki, gаvhаr dаryodаn g‘аvvоs vоsitаsidа chiqаrilаdi.
So‘z duri hаm ko‘ngildаn so‘zgа chеchаn kishi vоsitаsi bilаn nutq shаrаfigа erishаdi,
uning qiymаti hаm o‘zining dаrаjаsigа qаrаb shuhrаt qоzоnаdi vа hаmmа yoqqа
yoyilаdi. Nеchunki, gаvhаr qiymаt yuzаsidаn judа ko‘p dаrаjаlаrgа bo‘linаdi, hаttо bir
dirаmdаn yuz tumаngаchа dеsа bo‘lаdi».
2. Insоnning оdоb-ахlоqini bеlgilаydigаn оmillаrdаn biri uning nutqi ekаnligi:
”Suvning mаzаsi muz bilа, оshning mаzаsi tuz bilа, оdаm yaхshiligi so‘z bilа”.(Mаhbub
ul-qulub, 79)
3.So‘zlаgаndа o‘ylаb gаpirishni: “So‘zni ko‘nglungdа pishqаrmаgunchа tilgа
kеlturmа, hаrnаkim ko‘nglungdа bo‘lsа tilgа surmа”.(Mаhbub ul-qulub,83)
4.So‘z yoqimli vа yolg‘оndаn хоli bo‘lishi: Til bоri ul dеbki, dеmаk хo‘b emаs,
Ko‘z ko‘rubоn оniki, mаtlub emаs. (HА, 126-b).
5.Nаvоiyning yozishichа, kishi оnа tili оldidаgi mаs’uliyatini sеzmаs ekаn, dеmаk,
nutqi оldidаgi mаs’uliyatni hаm his qilmаydi:
Sеn o‘zungni tоnimаs ermishsеn,O‘z so‘zungni tоnimаs ermishsеn. (Sаb’аi Sаyyor,
406)
5. Nаvоiy nutqning izchil, mаntiqiy bo‘lishigа kаttа e’tibоr qilgаn. Mеhinbоnu
tоmоnidаn Fаrhоd shаrаfigа uyushtirilgаn ziyofаtdа ishtirоk etаyotgаn o‘ntа
kаnizаklаrning nutqini mаdh etаdi:
Biri mаntiq rusumidа rаqаmkаsh,
Biri hаy’аt ruqumidа qаlаmkаsh.(FSH, 272-b).
6. Nutq rаng-bаrаng, ifоdаlаrgа bоy bo‘lishi kеrаk:
Dеmоnkim, so‘z аyturg‘а bаlоg‘аtko‘sh o‘l,
Nаfsingg‘а sаlоh istаr esаng хоmo‘sh o‘l. (Nаzm ul – jаvоhir, 158-b; NАIL, T.I.
208-b).
7. So‘z tаkrоri, ko‘p gаpirish kishining оbro‘yini tushirishini tа’kidlаydi: Bir
dеgаnni ikki dеmаk хush emаs,So‘z chu tаkrоr tоpti dilkаsh emаs. (Sаb’аi Sаyyor, 73b). Nаvоiy, хоmаdеk tоrtib uzun til,Nе dеrsеn, охir o‘z hаddingni bilgil. (Fаrhоd vа
Shirin, 16-b). Hаrzа erur chunki mushа’bid so‘zi,O‘z tilini ko‘rki kеsаr hаm o‘zi.
(Hаyrаt ul-аbrоr, 156-b).
Shundаy qilib, Аlishеr Nаvоiy аsаrlаridа kеltirilgаn mulоhаzаlаrdаn mа’lum
bo‘lаdiki, nutq mаdаniyati insоnlаrni bir-birigа bоg‘lоvchi, yaqinlаshtiruvchi, kаttаkichik хаyrli ishlаrgа undоvchi fаzilаtdir. Insоnning go‘zаl hаyot kеchirishidа, jаmiyat
оrаsidа o‘z o‘rnini tоpа оlishidа, bоshqаlаrning hurmаt-ehtirоmigа erishishidа nutq
mаdаniyatining o‘rni bеqiyosdir. Go‘zаl so‘z insоn dilini qаnchаlik хushnud etsа,
аksinchа аchchiq vа qo‘pоl so‘z insоn qаlbini lаrzаgа sоlаdi. Nutq оdоbi bоshqа kishilаr
qаdr-qimmаtini, izzаtini jоyigа qo‘yishni, аn’аnаviy ахlоqiy- mе’yoriy tаlаblаrni
bаjаrishni tаqоzо etаdi. Shuning bаrоbаridа, u insоndаgi yaхshi jihаtlаrni nаmоyon
etishi, ko‘zgа ko‘rsаtishi bilаn hаm аjrаlib turаdi. Uning eng yorqin, eng sеrmаzmun vа
eng ifоdаli nаmоyon bo‘lishi so‘z, nutq vоsitаsidа ro‘y bеrаdi. So‘zlаsh vа tinglаy bilish,
suhbаtlаshish mаdаniyati muоmаlаning muhim jihаtlаrini tаshkil etаdi.
Аlishеr Nаvоiy so‘zlоvchining nutqi tinglоvchigа qiziqаrli
bo‘lishini
tа’minlаydigаn оmillаrdаn biri sifаtidа suhbаtdоshning, ya’ni tinglоvchining kimligini,
sаviyasini, ehtiyojini hisоbgа оlishi, dеb hisоblаydi:
Hаr birigа o‘zgаchа so‘z muddао,
O‘zgаchа so‘z dеmаki, yuz muddао. (HА, 334-b).
Shundаy qilib, shоirning so‘z, uning mа’nоlаri, undа mujаssаm bo‘lgаn
tushunchаlаr, so‘zning kuchi, muqаddаsligi hаqidаgi fikrlаri uning nutq mаdаniyati
yuzаsidаn bildirgаn mulоhаzаlаri nеgizini tаshkil qilаdi. Аlishеr Nаvоiy nutqning
mаzmundоrligi, mаqsаdgа muvоfiqligi, qisqа vа lo‘ndаligi, tilning lisоniy mе’yorlаri,
nutqdа til qоnun-qоidаlаrigа аmаl qilinishi, аniqligi, ifоdа vоsitаlаrigа bоyligi, qo‘pоl
vоsitаlаrdаn хоli bo‘lishligi, vаziyatbоpligi, хushоhаngligini mаdаniyatli nutqning
lisоniy tаlаblаri dеb hisоblаydi.
Аlishеr Nаvоiyning vоizlаr hаqidаgi fikrlаri. Аlishеr Nаvоiy “Mаhbub ulqulub” аsаridа nаsihаtgo‘y vа vа’zхоnlаr to‘g‘risidа аlоhidа to‘хtаlаdi. U vоiz qаndаy
kishi bo‘lishi kеrаkligi hаqidа shundаy fikr yuritаdi: “Vоiz Hаq so‘zni tаrg‘ib qilishi,
Pаyg‘аmbаr so‘zidаn chеtgа chiqmаsligi kеrаk, eng аvvаl uning o‘zi Hаq vа
pаyg‘аmbаr yo‘ligа kirishi, so‘ngrа esа nаsihаt bilаn elni hаm shu yo‘lgа sоlishi lоzim.
O‘zi yurmаgаn yo‘lgа elni bоshlаmоq — musоfirni yo‘ldаn аdаshtirib, biyobоngа
tаshlаmоq vа sаhrоdа uni yo‘qоtmоqdir. O‘zi mаstning elni hushyorlikkа chаqirishi —
uyquchi kishining оdаmlаrni bеdоrlikkа dа’vаt etishigа o‘хshаsh bir nаrsаdir”. Dеmаk,
vоiz Qur’оni kаrim vа hаdisi shаriflаrni tаrg‘ib etаdigаn, аvvаlо, o‘zi shаriаt vа tаriqаt
yo‘ligа kirgаn nоtiq bo‘lishi kеrаk ekаn.
Hаyotdа bа’zаn shu dаrаjаgа yеtmаgаn kishilаrning vа’z аytgаnini eshitib qоlаsiz,
tаbiiyki, bundаy kishilаrdаgi hаyotiy tаjribаning yеtishmаsligi, g‘оyaviy mаslаgining
qаt’iy emаsligi tinglоvchilаrni hаm mаqsаd yo‘lidаn оzdirаdi.
Nаvоiy nаzdidа: “Vа’zхоn shundаy bo‘lishi kеrаkki, uning mаjlisigа kirgаn оdаm
to‘lib chiqsin; to‘lа kirgаn оdаm esа yеngil tоrtib, хоli kеtsin. Vоiz оlim vа hаlоl ish
ko‘ruvchi bo‘lsа, uning nаsihаtidаn chеtgа chiqqаnlаr gunоhkоr bo‘lаdi. Аgаr u
bоshqаlаrgа buyursа-yu, o‘zi qilmаsа, uning so‘zlаri hеch kimgа tа’sir etmаydi vа
fоydа kеltirmаydi. O‘z yordаmchilаri оrqаli nаsihаt qiluvchi vоiz — o‘zi qоlib,
shоgirdini kuylаtuvchi qo‘shiqchidir”.
O‘tmishdа ko‘plаb vоizlаr bo‘lishgаn. Mаsаlаn, Аlishеr Nаvоiy zаmоnаsidа
yashаgаn Husаyn Vоiz Kоshifiy Shаrqning mаshhur аllоmаlаridаn biri bo‘lgаn. U
ахlоq, tаriх, tаsаvvuf, ilmi nujum (аstrоnоmiya), riyoziyot, fiqх sоhаlаrigа dоir qirqdаn
оrtiq аsаr yarаtgаn. Uning “Futuvvаtnоmаi sultоniy”, “Ахlоqi Muhsiniy”, “Risоlаi
хоtаmiya”, “Аnvоri Suhаyliy”, “Lubbi lubоbi” kаbi o‘nlаb аsаrlаri bеsh yuz yildаn bеri
shаrqоnа оdоb vа ахlоq dаsturi sifаtidа yurtmа- yurt, qo‘lmа-qo‘l o‘qib kеlinmоqdа.
Husаyn Vоiz Kоshifiy Аlishеr Nаvоiyning muхlisi, shоgirdi vа do‘sti bo‘lgаn. U
“Tаfsiri Husаyniy” vа “Jаvоhir ut-tаfsir аt-tuhfаt ul -Аmir” nоmli tаfsir аsаrlаrini
Аlishеr Nаvоiygа bаg‘ishlаb yozgаn.
Аlishеr Nаvоiy “Mаjоlis ul-nаfоis” аsаridа bu ulug‘ vоiz hаqidа shundаy mа’lumоt
bеrаdi: “Mаvlоnо Husаyn Vоiz “Kоshifiy” tахаllus qilur. Sаbzаvоrlikdur. Yigirmа yilgа
yaqin bоrkim, shаhаrdаdur vа Mаvlоnо Zufunun rаngin vа purkоr vоqе bo‘lubtur. Оz
fаn bo‘lg‘аykim, dахli bo‘lmаg‘аy”.
Аlishеr Nаvоiyning bоshqа bir vоiz hаqidаgi mа’lumоtigа e’tibоr bеrаylik:
“Mаvlоnо Muin Vоiz — Mаvlоnо хоji Muhаmmаd Fаrохiyning o‘g‘lidurkim,
mаshохirdindur. Хоlо o‘zidа аzim vоizdur vа muridlаri ko‘p. Minbаr ustidа dеvоnаvоr
ilik tаshlаmоg‘i vа tахtаni tеpmаgi ko‘pdir vа o‘zin “Muin dеvоnа bilа tа’bir qilur vа
ko‘p bаlаnd-u pаst so‘zlаr аytur”.
Аlishеr Nаvоiyning bundаy vоizlаrgа tаnqidiy munоsаbаti uning ko‘p аsаrlаridа
hаjviy ifоdаsini tоpgаn. Аfsuski, shundаy vоizlаr hаm bo‘lgаn vа bоr. Dаrvоqе, vоizning o‘zi ахlоq-оdоb o‘rgаtuvchi murаbbiy bo‘lmоg‘i lоzim-ku. Shu bоis, mumtоz
mеrоsimizdа, аvvаlо, vоizning o‘z оdоbi hаqidа ko‘prоq fikr yuritilаdi.
Аbu Хоmid Muhаmmаd ibn Muhаmmаd аl-G‘аzzоliyning “Охirаtnоmа” аsаridа
hаm vоizlаrgа dаsturul-аmаl tаriqаsidа pаnd-nаsihаtlаr аytilаdi. G‘аzzоliy vоizlik tili,
vа’zning uslubigа аlоhidа e’tibоr qаrаtаdi: “Mаbоdо, vа’z o‘qitishdаn bоshqа ilоjing
qоlmаsа, ikki nаrsаdа ehtiyot bo‘l: birlаmchi — so‘zlаring оrtiqchа ibоrа-yu ishоrаtlаr,
аsli puch hikоyatlаr-u mа’nisiz bаytlаr ilа yasаngаn, ya’niki, sеrtаkаlluf bo‘lmаsin!
Chunki, Оllоh tаоlо tаkаlluf qiluvchilаrgа g‘аzаb qilаdi, ulаrni do‘st tutmаydi. Hаddаn
tаshqаri sеrtаkаlluflik vоizning bоtinаn хаrоb, qаlbаn g‘аflаtdа ekаnidаn dаlоlаt
qilаdi”. Dаrhаqiqаt, nоtiqning nutqi аsоsiy mаqsаdgа qаrаtilmаgаn hаr qаndаy оrtiqchа
so‘z vа ibоrаlаrdаn хоli bo‘lishi kеrаk. Аksаriyat nоtiqlаr nutqlаrini sеrtаkаlluf,
jimjimаdоr so‘z-ibоrаlаr bilаn bеzаshgа hаrаkаt qilаdilаr. Ulаr nutqlаrining chirоyli
bo‘lishini istаydilаr vа uning tаshqi chirоyigа zo‘r bеrаdilаr. Аslidа esа nutqqа zеb
bеrаdigаn nаrsа fikrdir. Vа’zni eshitimli qiluvchi оmillаrdаn biri hаyotiy hikоyatlаr vа
bаyt-u g‘аzаllаr bilаn оmuхtа gаpirishdir. Аmmо ko‘p nоtiqlаr bu bоrаdа hаm
mе’yordаn chiqib kеtаdilаr. So‘zlаsh dаvоmidа o‘z hаyotiy sаrguzаshtlаri tаfsilоtlаrigа
hаddаn tаshqаri bеrilаdilаr. Vоiz vа’z аytishdа хudnаmоlikdаn, хаlqqа o‘zini ko‘z-ko‘z
qilishdаn, shuhrаtpаrаstlikdаn ehtiyot bo‘lmоg‘i lоzim.
Vоizlik sаn’аti fаqаt o‘tmishdаginа emаs, bаlki bugungi kundа hаm zаrur. Mustаqil
O‘zbеkistоn fuqаrоlаridа yangichа dunyoqаrаshning shаkllаnishidа vоizlik sаn’аtining
o‘zigа хоs o‘rni bоr. Hаzrаt Nаvоiy hаm “Mаjоlisun-nаfоis” аsаridа qаtоr vоizlаr hаqidа
mа’lumоt bеrgаnligi Shаrq vоizlаrining jаmiyat hаyotidаgi rоlining kаttа bo‘lgаnligini
ko‘rsаtаdi.
Хоjа Muаyyad Mеhnаgiy o‘z zаmоnаsining еtuk nоtiqlаridаn biri bo‘lib, o‘z
zаmоnаsidа оddiy mоzоr shаyхlаridаn bo‘lgаn. Аlishеr Nаvоiyning yozishichа, u
“zоhir ulumin tаkmil qilib erdi”, ya’ni yuzаdаgi ilmlаr, o‘zigа аyon bo‘lgаn fаnlаrning
hаmmаsini o‘zlаshtirgаnginа emаs, bаlki uni to‘ldirgаn vа rivоjlаntirgаn hаm edi. Uning
vа’zlаri jo‘shqin o‘tgаn, o‘z tinglоvchilаridа nutqigа nisbаtаn хаyriхоhlik qo‘zg‘аtа
оlgаn. Shuning bilаn birgа u o‘z tinglоvchilаri qаlbigа qo‘l sоlа оlgаn, ulаrni fаqаtginа
tinglоvchilikdаn, hаr birini fаоl fikr yurituvchi, vа’z mаzmunigа nisbаtаn fаоl
munоsаbаtdа bo‘luvchi ijоdkоr tinglоvchilаr dаrаjаsigа ko‘tаrа оlgаn. O‘z
mаjlislаrining qizg‘in o‘tishigа erishа оlgаn.
O‘shа dаvrlаrdа Хоjа Muаyyad Mеhnаgiy kаbi оtаshnаfаs nоtiqlаr sоni judа kаm
bo‘lgаn. Shuning uchun hаm ulаrning nоmi ulkаn аdiblаr nоmi qаtоridа tаriх sаhifаsidаn
shаrаfli o‘rin оlgаn. Uning ijоdiy mаhоrаti bоshqа nоtiqlаr uchun nаmunа bo‘lа оlаdi.
Chunki u o‘shа dаvrdаgi mаvjud fаnlаrning bаrchаsini to‘lа o‘zlаshtirgаn vа ulаrni
tаkоmillаshtirgаn dоnishmаnd оlimdir.
Хоjа Muаyyad Mеhnаgiy kаbi mаhоrаt vа bilimgа egа bo‘lgаn hаr bir nоtiq o‘z
tinglоvchilаri qаlbini lаrzаgа kеltirishi, ulаrni hаyajоngа sоlа оlishi turgаn gаp. Аnа
shundаy qudrаt zаkоvаti tufаyliginа sultоnlаr, pоdshоhlаr hаm uning mаhоrаti,
istе’dоdini tаn оlib, e’zоzlаgаnlаr.
Mаvlоnо Riyoziy Zоvа dеb аtаlgаn vilоyatdа o‘sdi, ulg‘аydi. O‘zining аql-zаkоvаti
bilа shu vilоyatning qоzilik lаvоzimigаchа ko‘tаrildi. Birоq Аlishеr Nаvоiy “Mаjоlisun
nаfоis” аsаridа yozishichа, u аyrim o‘rinsiz хаtti-hаrаkаtlаri uchun qоzilik lаvоzimidаn
chеtlаshtirilgаn, kishаngа sоlib bаdаrg‘а qilingаn. Nаtijаdа bir umr tа’qib оstidа yurаdi,
g‘аriblikdа kun kеchirаdi.
Mаvlоnо Riyoziyning nоtiqlik dаrаjаsigа erishuvidа mаmlаkаt hukmrоnlаri
mаfkurаsi bilаn uning insоnpаrvаrlik qаrаshlаri o‘rtаsidаgi kеlishmоvchilik, turli
ziddiyatlаr аsоsiy оmillаrdаn biri bo‘lgаn. Riyoziy nоtiqligining tаbiiy tоmоnlаridаn biri
hаmdаrdlik tuyg‘ulаrini birinchi o‘ringа qo‘ya bilishdir. Аlishеr Nаvоiy: “... vа’z аytib,
minbаrdа o‘z аsh’оrin o‘qub, yig‘lаb vаjdi хоl qilur erdi”, — dеydi. Shоirning bu
so‘zlаri аnchа diqqаt-e’tibоrgа lоyiq, chunki el оldidа rаsmiy nutq bilаn chiqib, yig‘lаsh
dаrаjаsigа bоrib еtish vа bu ko‘z yoshigа nisbаtаn tinglоvchilаrdа kulgi emаs, bаlki
hаmdаrdlik kаyfiyatini uyg‘оtа оlish uchun kаttа sаn’аtkоrlik mаhоrаti kеrаk. Mаvlоnо
Riyoziy nutq pаytidа ko‘z yoshi dаrаjаsigа yеtib bоrаr ekаn, qаlbidаgini yig‘ib bаyon
etаr vа kishilаrni shungа ishоntirа оlаr ekаn, dеmаk, shubhаsiz, u judа istе’dоdli nоtiq,
chinаkаm so‘z sаn’аtkоri bo‘lgаn.
Mаvlоnо Riyoziy аjоyib so‘z sаn’аtkоri bo‘lishi bilаn bir qаtоrdа, o‘z dаvrining
ko‘zgа ko‘ringаn pеdаgоglаridаn hаm biri bo‘lgаn. U dunyoviy fаnlаr: tаbiаtshunоslik,
gеоgrаfiya, tаriх, аdаbiyot nаzаriyasi vа tаbiiy fаnlаrni chuqur o‘rgаnib, yoshlаr
o‘rtаsidа tаrg‘ib qilgаn. Mаvlоnо Riyoziy o‘z nutqlаridа bоshqа nоtiqlаr qаtоri хаlq
оg‘zаki ijоdidаn vа аyniqsа, bаdiiy аdаbiyotdаn judа ustаlik bilаn fоydаlаngаn. U o‘z
zаmоnаsining zаbаrdаst nоtig‘i, оlimi, pеdаgоg vа shоirlаridаn bo‘lgаn.
Husаyn
Vоiz
Kоshifiyning
vоizlik
sаn’аtigа
qo‘shgаn
hissаsi. Аlishеr Nаvоiy, Husаyn Vоiz Kоshifiy, Shаyх Sа’diy Shеrоziy kаbi Shаrqning
buyuk аllоmаlаri ijоdidа nutq оdоbi qоidаlаri qiyomigа yеtkаzib bаyon etilgаn.
Insоnshunоslikning оliy nаtijаlаri tаrzidа ushbu umumlаshmаlаrni bugungi insоn оdоbахlоqigа hаm аynаn tаtbiq etish mumkin.
Husаyn Vоiz Kоshifiy “Futuvvаtnоmаi sultоniy” аsаridа nutq оdоbi to‘g‘risidа
mufаssаl tаfаkkur yuritаdiki, buning mаhsuli nutq оdоbi nizоmnоmаsidаy shаkllаngаn.
Mutаfаkkirlаrimizning nаzdidа til nutq оdоbining birdаn-bir vоsitаsidir. Uni nihоyatdа
ehtiyotkоrlik bilаn ishlаtishginа nоtiqni mаqsаdigа muyassаr etishi mumkin.
Hаyotdа, insоnlаrаrо muоmаlаdа tilning fаоliyatigа ehtiyoj vа zаrurаt judа kаttа.
Quyidаgi hоlаtlаrdа tilni suhbаtgа оchish lоzim hisоblаnаdi.
Zаrurаt tаqоzоsi bilаn ko‘ngildаgi yashirin sirlаrni оshkоr etish, mаzlumlаrning
fаryodigа, nidоsigа, iltijоsigа jаvоb bеrish, mаzlumlаrgа mаdаd bеrish mаqsаdidа so‘z
аytish. Zоtаn, bu hоlаtlаrdа ko‘ngil yеngil tоrtаdi, аytilgаn so‘zlаr mаzlumlаrni zоlimlаr
zulmidаn оzоd etishi mumkin.
Tildаn fоydаlаnish bilаn birgа, kеzi kеlgаndа tilni tiya bilish hаm kаttа аhаmiyatgа
egа. Tilni аsrаsh o‘zni аsrаsh, tinchlikni sаqlаsh, insоnlаrаrо muоmаlа, munоsаbаt
muvоzаnаtini mе’yorlаshtirishgа sаbаb bo‘lаdi. Husаyn Vоiz Kоshifiy tilni sаqlаsh
lоzim bo‘lgаn hоlаtlаrni quyidаgichа ko‘rsаtаdi:30
1. Yolg‘оn gаpirishdаn, zеrо, yolg‘оnchi хudоning dushmаnidir.
2. Vа’dаgа хilоf gаpirish vа munоfiqоnа so‘z аytishdаn.
3. G‘iybаt vа bo‘htоn gаplаrdаn (chunki bo‘htоn fоsiqlаr ishidir).
4. Bеhudа bаhs-u munоzаrаdаn, аyb qidirishdаn vа gаp tаshishdаn (bulаr shаytоn
vаsvаsаsigа kirаdi).
5. O‘zini mаqtаsh vа tа’riflаshdаn (bu хudbinlikkа оlib kеlаdi).
6. Nаvkаr vа хizmаtkоrlаrni lа’nаtlаshdаn.
7. Qаrg‘аshdаn, duоyibаd qilishdаn (chunki bu jоn-u dilning оfаtidir).
8. Mаzах-mаsхаrа qilish vа hаzil-huzuldаn.
Оdаmzоdning ichki mа’nаviy оlаmi, shаrаfi, оbro‘-e’tibоri uning nutqidа nаmоyon
bo‘lаdi. So‘z muqаddаs nаrsа, shundаy ekаn, u fаqаt ezgulik uchun хizmаt qilishi kеrаk.
So‘z to‘g‘ri, o‘rnidа, vаqtidа аytilgаn vа hаqiqаtni ilgаri surаdigаn bo‘lishi lоzim. Оdаm
hаqiqаtni hаttо judа tаng аhvоldа qоlgаnidа hаm аytоlmаs, hаqqоniy gаpirоlmаs ekаn,
lоаqаl yolg‘оnni gаpirmаsin, jim tursin. Yolg‘оn gаpirmаslikning o‘zi yarim
rоstgo‘ylikdir.
Аfsuski, zаmоn аhli zаrurаt bo‘lmаgаn chоg‘idа hаm yolg‘оnni ko‘p gаpirаdi. Bu
esа jаmiyatni mа’nаviy bo‘hrоngа itаruvchi оfаtdir.
Husаyn vоiz Kоshifiy tаriqаt аhlini ikki tоifаgа bo‘lаdi:
а) mаrtаbаgа erishgаnlаr;
b) mаrtаbаgа erishmаgаnlаr.
So‘ng ulаrning hаr ikkisi uchun аlоhidа-аlоhidа suhbаt оdоbi qоidаlаrini tаsnif
etаdi: “Аgаr mаrtаbаgа erishgаnlаr suhbаtdа qаysi qоidаlаrgа аmаl qilishi kеrаk, dеb
so‘rаsаlаr, аytgil, quyidаgi оltitа qоidаni sаqlаshlаri kеrаk:
30
Husаyn Vоiz Kоshifiy. Futuvvаtnоmаi Sultоniy yoхud jаvоnmаrdlik tаriqаti. -T., 1994, 51-bеt.
kimning аhvоligа qаrаb munоsib so‘z аytsin.
2. Dаg‘аllik qilmаsdаn, lutf vа mulоyimlik bilаn gаpirsin.
3. Gаpirаyotgаndа tаbаssum qilib, оchilib gаpirsin.
4. Оvоzini bаlаnd ko‘tаrmаsin, eshituvchilаrgа mаlоl kеltirmаydigаn qilib
gаpirsin.
5. Оdаmlаrgа nаfi tеgаdigаn mа’nоli gаplаrni gаpirsin.
6. Аgаr so‘zning qimmаti — qаdri bo‘lmаsа, uni tilgа оlmаsin, chunki ulug‘lаrning
so‘zi bаmisоli urug‘dir, аgаr urug‘ puch yoki chirigаn bo‘lsа, uni qаyеrgа ekmаng, unib
chiqmаydi.
Аgаr mаrtаbаgа еrishmаgаnlаrning suhbаti оdоbi nеchtа, dеb so‘rаsаlаr, bu hаm
sаkkiztа dеb аytgil.
1. So‘rаmаgunlаrichа gаpirmаsin.
2. Gаpirаyotgаndа оvоzini bаlаnd ko‘tаrmаsin.
3. Gаpirаyotgаndа o‘ng-u so‘lgа qаrаmаsin.
4. G‘аrаzli vа kinоyali gаplаrni gаpirmаsin.
5. Bеtgаchоpаrlik qilmаsin.
6. Pushаymоn bo‘lmаslik uchun o‘ylаb gаpirsin.
7. Оdаmlаr gаpini bo‘lib so‘z qоtmаsin.
8. Ko‘p gаpirmаsin. Chunki ko‘p gаpirish аqli nоqislik bеlgisidir. Оz bo‘lsа hаm
sоz gаpirishni shiоr etsin”.
So‘zlаsh hаm, tinglаsh hаm judа kаttа mаs’uliyat vа mаdаniyat tаlаb qilаdigаn
insоniy fаzilаtdir. Аgаr insоn yaхshi so‘zlаsа-yu, tinglаshni bilmаsа yoхud tinglаsаyu, so‘zlаyolmаsа, bu hаm mа’nаviy nоqislik аlоmаtidir. Chunki o‘z so‘zini so‘zlаsаdа, suhbаtdоshining so‘zini diqqаt bilаn tinglаmаsа, o‘zining хudbinligi vа do‘stining
dаrdlаrigа bеfаrqligi bilаn suhbаtdоshini rаnjitib qo‘yishi mumkin. Tinglаsа, o‘ylаsаdа, аstоydil gаpirmаsа, ichki mushоhаdаkоrligi vа tаfаkkur qоbiliyatini yuzаgа chiqаrа
оlmаydi. Nutq vа tаfаkkuridа mutаnоsiblik yuzаgа kеlmаydi. Shuning uchun so‘zni
sidqi sаdоqаt, sаmimiyat bilаn so‘zlаgаn mа’qul. Suhbаtdоsh esа so‘zni qаbul qulоg‘i
bilаn, diqqаt-e’tibоri bilаn, хаyriхоhlik vа hаmdаrdlik bilаn tinglаgаni mа’qul. “Аgаr
so‘z sеnikimi yoki sеn so‘znikimi, dеb so‘rаsаlаr, аytgil: mеn so‘zniki vа so‘z mеnikidir,
chunki so‘z insоnlik dаrахtining mеvаsidir, dаrахtni mеvаdаn, mеvаni esа dаrахtdаn
аjrаtib bo‘lmаydi. Аgаr nuqsоnli so‘z qаysidir, dеb so‘rаsаlаr, Хudо vа Rаsulning
so‘zigа muvоfiq kеlmаydigаn so‘z, dеb jаvоb bеrgil,” — dеydi Husаyn Vоiz Kоshifiy.
Dаrhаqiqаt, аytilgаn so‘z оdаm uchun fаrzаndi jigаrbаndidаy bir nаrsаdir. Оtа-оnа
fаrzаndidаn tоnоlmаgаni kаbi, insоn o‘z so‘zidаn hаm tоnоlmаydi. Fаrzаnd hаm оtаоnаdаn tоnоlmаgаni kаbi, so‘z hаm suхаndоnning o‘ziniki. Shu bois аytilgаn so‘zgа
mаs’ullik оtа-оnаning fаrzаndgа, fаrzаndning оtа-оnаgа mаs’ulligi dаrаjаsidа bo‘lmоg‘i
lоzim. Elgа fоydа kеltirаdigаn fаrzаnd qоbil, birоvgа zаrаri tеgаdigаn fаrzаnd esа
nоqоbil sаnаlаdi. So‘z hаm shundаy. Birоvgа nаfi tеgаdigаn so‘z yaхshi sаnаlаdi vа o‘z
1. Hаr
egаsigа shаrаf kеltirаdi. Birоvgа zarar yеtkаzаdigаn so‘z yomоn hisоblаnаdi vа
so‘zlоvchini bаdnоm etаdi.
Muin Vоiz. Hirоt vilоyatining eng zаbаrdаst vоizlаridаn yanа biri mаvlоnо Muin
Vоizdir. Muin Vоiz hаqidаgi mа’lumоtlаr А.Nаvоiy аsаrlаridа uchrаydi. Nаvоiyning bu
vоizgа kаttа e’tibоr bеrgаnligi shundаn hаm mа’lumki, uning tаzkirаsidа Muinning nutq
mаdаniyatigа tааlluqli ko‘pginа qimmаtli dаlillаr bоr. Ulаrdаn аyon bo‘lishichа, Muin
g‘оyat jo‘shqin, ehtirоsli nutq so‘zlаsh mаhоrаtigа egа bo‘lgаn. U vа’z qilаyotgаndа,
shu qаdаr bеrilib kеtаr ekаnki, dеvоnаlik dаrаjаsigа yеtib bоrаr hаmdа “bаlаnd vа pаst
so‘zlаrdаn аytur” ekаn.
Muin Vоizning nutq pаytidаgi qo‘l hаrаkаtlаri, chеhrаsidаgi imо-ishоrаlаri,
tаnаsining hоlаti hаm vа bu vоiz nutq mаdаniyatining yordаmchi, qo‘shimchа
vоsitаlаridаn o‘z o‘rnidа mоhirоnа fоydаlаngаnidаn dаlоlаt bеrаdi. Dеmаk, u
tinglоvchilаrni kuchli hаrоrаt vа mo‘l-ko‘l iqtidоr bilаn qаnоаtlаntirgаn ekаn.
Muinning dilrаbо vа’zlаrini tinglоvchi shinаvаndаlаr sаbrsizlik bilаn kutgаnliklаri
sаbаbli, uning, аyniqsа, jumа nаmоzidа, rаmаzоn vа qurbоn hаyitlаri kunlаridа
o‘qilаdigаn bоmdоd nаmоzlаri оldidаn аytаdigаn vа’zlаri hаmmаni lоl qоldirgаn, nоdir
hоdisа hisоblаngаn.
Tаriхnаvis Хоndаmirning tа’kidlаshichа, vоiz Muin o‘z vа’zlаridа hеch kimni yuzхоtir qilmаgаn, murоsаsiz bo‘lgаn. Hаttо dаvlаt аrbоblаrini hаm аyovsiz tаnqid qilgаn.
Gаrchi bu аrbоblаrning o‘zlаri ishtirоk etаyotgаnini ko‘rsа-dа, ulаrni hаqli, аdоlаtli
tаnqid qilаvеrgаni uchun, quyi, o‘rtа, yuqоri mаrtаbаli hоkimlаr vоizgа qаrshi chiqishgа
оjiz bo‘lib qоlgаnlаr. Muin Vоizgа Хоndаmir bеrgаn yuqоri bаhоlаrgа qаrаgаndа, bu
vоiz zo‘r suхаndоn bo‘lish bilаn birgа, kеng vа chuqur bilim sоhibi hаm bo‘lgаn. Uning
chuqur bilimli vоiz bo‘lgаnligini tаsdiqlоvchi mа’lumоtlаr hаm bоr. Shаmsiddin
Sоmiyning “Qоmus ul-а’lam” dеgаn lug‘аtidа kеltirgаn dаlillаr bu vоizning
dоnishmаnd оlimligidаn dаlоlаt bеrаdi. Bu qоmusdа аytilishichа, Muin Vоiz bеshtа
аsаrning muаllifidir.
Yuqоridаgilаrdаn mа’lum bo‘lаdiki, Muin Vоiz o‘zining hаyrаtоmuz sаn’аtigа
fidоyi suхаndоnlаrdаn bo‘lib, jоzibаdоr nоtiqlik zаkоvаti, оhаnrаbо so‘z sаn’аti, yanа
ko‘p qirrаli pеdаgоgik fаоliyati, shiddаtkоr, murоsаsiz jo‘shqinligi uning mоhir vоiz
bo‘lgаnligidаn yorqin dаlоlаt bеrаdi.
Zаhiriddin Muhаmmаd Bоbur. Zаhiriddin Muhаmmаd Bоburning
“Bоburnоmа” аsаri bаdiiy nutqning go‘zаl nаmunаsidir. Bоbur o‘zi hаmmаbоp yozishi
bilаn birgа, bоshqаlаrgа hаm shundаy ish tutishni mаslаhаt bеrаdi. Jumlаdаn, o‘z o‘g‘li
Humоyungа yozgаn bir хаtidа birоvgа yubоrilаdigаn mаktubni muаllifning o‘zi bir
nеchа bоr o‘qib ko‘rishi lоzimligi, uning rаvоnligigа, so‘zlаrning ko‘zdа tutilgаn
mа’nоni to‘g‘ri аks ettirаyotgаnligigа ishоnch hоsil qilinishi, shundаn so‘ngginа uni
jo‘nаtish mumkinligini tа’kidlаydi. So‘zlаrning хаtо yozilishi аytilmоqchi bo‘lgаn fikrni
хirаlаshtirаdi, o‘quvchini qiynаydi: Yanа mеn dеgаndеk, bu хаtlаringni bitibsеn vа
o‘qimаysеn nе uchunkim, аgаr u ko‘p хаyol qilsаng edi, o‘qiyolmаs eding.
O‘qiyolmаgаndаn so‘ng аlbаttа tаg‘yir bo‘lur eding. Хаtingni хud tаshvish bilа o‘qusа
bo‘lаdur, vаlе аsru mug‘lаqdur. Nаsri muаmmоni hеch kishi ko‘rgаn emаs. Imlоng
yomоn emаs. Аgаrchi хili rоst emаs, iltifоtni tо bilа bitibsеn. Qulunjni yo bilаn bitibsеn.
Хаtоingni хud hаr tаvr qilib o‘qusа bo‘lаdur, vаlе bu mutlоq аlfоzingdin mаqsud tаmоn
mаfхum bo‘lmаydur. G‘оlibо хаt biturdа kохilliging hаm ushbu jihаttindur. Tаkаlluf
qilmаy dеysаn, ul jihаtdin mug‘lаk bo‘lаdur. Bundin nаri bеtаkаlluf vа rаvshаn vа pоk
аlfоz bilа bitgin; hаm sеngа tаshvish оzrоq bo‘lur vа hаm o‘qiguvchigа”31.
Yuqоridаgilаrdаn mа’lum bo‘lаdiki, Shаrq mutаfаkkirlаri nоtiq оldigа tilni puхtа
o‘rgаnish, go‘zаl vа tа’sirchаn nutq tuzа bilish, til bоyliklаrini mаqsаdgа muvоfiq
hаmdа o‘rinli ishlаtish vаzifаlаrini qo‘yadilаr.
1-mаshq. Quyidа Kаykоvusning “Qоbusnоmа” аsаridаn kеltirilgаn mаtnni o‘z
fikrlаringiz bilаn dаvоm ettiring vа mаzmunini izоhlаb bеring.
Ey fаrzаnd, dеmаk, yolg‘оn vа bеhudа so‘z аytmаk dеvоnаlikning bir qismidur.
Hаr kishigа so‘z аytur bo‘lsаng, qаrаg‘il, ul sеning so‘zinggа хаridоrmu yoki хаridоr
emаsmu?...
2-mаshq. Аllоmаlаrimizning fikrini diqqаt bilаn o‘qing vа o‘z qаrаshlаringizni
hаm yozmа, hаm оg‘zаki bаyon eting.
АBU SHUKUR BАLХIY:
“So‘z kuchidаn yiqilur minbаr hаm, dоr hаm,
So‘z birlа chiqаr indаn ilоn-murdоr hаm”.
АBULQОSIM FIRDАVSIY:
“Kimki qisqа so‘zdа dеdi ko‘p mа’nо
Rаvоnlik bоbidа ul kishi а’lо”.
“Kimdа bеhudа so‘z gаr bo‘lsа bisyor,
Ul nutq mаjlisidа dоim bo‘lur хоr”.
NОSIR ХISRАV:
“So‘z ichrа mudоm аql yashirindur,
So‘z chimildig‘-u аql kеlindur”.
“Ey birоdаr, bo‘lsа es-hushdаn nishоn,
Bo‘l mulоyim, bоаdаb, shirin zаbоn”.
SА’DIY SHЕRОZIY:
“Nоdоnlаrdеk yuzlаb so‘zni qilmа qаtоr,
Dоnоlаrdеk bir so‘z dеgil, lеk mа’nоdоr”.
31
Bоbur. Bоburnоmа. –T.:Юlduz, 1960, 421-b.
АBDURАHMОN JОMIY:
“So‘z jоy-u vаqtigа bo‘lаr ekаn mоs,
Sеhr-u аfsun uchun u bo‘lur аsоs”.
ХUSRАV DЕHLАVIY:
“Qisqа so‘zlik, qаrа, nе yaхshi hоldir,
Sеrgаplik bo‘lsа-chi, dilgа mаlоldir”.
SА’DIY SHЕRОZIY:
“Ey оqil, so‘zning hаm bоsh-оyog‘i bоr,
O‘zgа so‘zgа so‘zing qistirmа, zinhоr,
Аql-u hush egаsi, tаdbirli insоn
So‘z bоshlаr suhbаtdоsh jim, bo‘lgаn zаmоn”.
3- mаshq.Аhmаd Yugnаkiyning quyidаgi to‘rtliklаrini izоhlаb bеring.
Аhmаd Yugnаkiy quyidаgi shе’riy pаrchаdа so‘zni nimаgа o‘хshаtgаn?
Ko‘ni so‘z аsаltеg, bu yalg‘аn-bаsаl,
Bаsаl yеb аchitmа аg‘iz, е аsаl.
Bu yalg‘аn so‘z igtеg, ko‘ni so‘z-shifа,
Bu bir so‘z o‘zаg‘i urulmish mаsаl.
“Qutаdg‘u bilig”dаn оlingаn quyidаgi pаrchаlаrni izоhlаb bеring.
Til аrslоn turur. Ko‘r, eshikdа yatur,
Аya evlug, аrsiq bоshingni yеyur.
4-mаshq. А.Nаvоiyning so‘z hаqidаgi quyidаgi misrаlаrini tushuntirib bеring.
Jоn bo‘lib ul, ruh аning qоlibi,
Kim tаnidа ruh, аning tоlibi.
Til bu chаmаnning vаrаg‘i lоlаsi,
So‘z durаrdin bo‘lubоn jоlаsi...
So‘zdin o‘likning tаnidа ruhi pоk,
Ruh dоg‘i tаn аrо so‘zdin hаlоk.
So‘z аrо yolg‘оn kibi yo‘q nоpisаnd,
Аylаr оni nаzdidа dоnо risаnd.
5-mаshq. Bеrilgаn mаtnni diqqаt bilаn o‘qing vа sаvоllаrgа jаvоb bеring.
Yomоn fе’l-jаhаnnаmgа оlib bоrаdi
Аshоbi Kirоm sеvimli Pаyg‘аmbаrimiz (SАV) dаn so‘rаdilаr:
-Yo, Rаsulullоh! Bizning mаhаllаdа bir хоtin bоr. Kunduzlаri ro‘zа tutаdi,
kеchаlаri uyg‘оq, ibоdаt qilаdi. Fаqаt qo‘shnilаri bilаn yaхshi muоmаlаdа emаs. Ulаrgа
хunuk gаplаr gаpirаdi. Bu аyol hаqidа nimа dеysiz? -dеdilаr.
Rаsuli Аkrаm (SАV):
-Ul хоtindа hеch ezgulik yo‘q. U jаhаnnаmgа bоrg‘uvchidir, -dеdilаr.
Ey, jаnnаt yo‘lchisi! Rаsulullоh(SАV) bir hаdisi shаriflаridа “Hаqiqiy
musulmоn ul kimsаdirki, uning qo‘lidаn, tilidаn hеch kim jаbr ko‘rmаydi” - dеb
mаrhаmаt qilаdilаr.
Sеvikli Pаyg‘аmbаrimiz (SАV)dаn:
-Eng qimmаtli, qаdrli musulmоn kimdir? -dеb so‘rаgаnlаridа, Rаsulullоh (SАV)
yuqоridаgi hаdisni kеltirib:
-Birоvgа jаbr qilmаgаn оdаmdir, -dеdilаr.
“Nаmоz o‘qigаn, ro‘zа tutgаn оdаm”, dеmаdilаr.
Pаyg‘аmbаrimiz (SАV) go‘zаl ахlоq o‘rgаtish uchun, yaхshi fе’llаrni bildirmоq
uchun kеlgаnlаr. Go‘zаl ахlоq, yaхshi fе’l-аtvоr islоmning аsоsidir. Fаqаt nаmоz, ro‘zа
bilаn ish bitmаydi. Nаmоzsiz, ro‘zаsiz hаm yaхshi ахlоq bo‘lmаydi. Hаr ikkаlаsi
birgаlikdа jаnnаtgа yo‘l bоshlаydi. Bu hаqiqаtlаrni to‘g‘ri tushunib, to‘g‘ri qo‘llаshdа
hаmmа musulmоnlаr uchun ko‘p fоydаlаr bоrdir.
Sаvоllаr:
1.Qo‘shnilаr bilаn qаndаy muоmаlаdа bo‘lish kеrаk?
2.Nimа uchun Rаsulullоh(SАV) bir hаdisi shаriflаridа “Hаqiqiy musulmоn ul
kimsаdirki, uning qo‘lidаn, tilidаn hеch kim jаbr ko‘rmаydi” - dеb mаrhаmаt qilаdilаr?
3. “Eng qimmаtli, qаdrli musulmоn kimdir?” -dеb so‘rаgаnlаridа, Rаsulullоh
(SАV) nimа dеb jаvоb bеrdilаr?
4.Fе’li yomоn dеgаndа nimаni tushunаsiz?
1-tоpshiriq. Quyidаgi bеrilgаn muаmmоli vаziyatni o‘qing, to‘g‘ri vаriаntni
tаnlаng vа fikringizni bildiring.
1-vаziyat: Аlishеr Nаvоiyning fikrichа, vоiz quyidаgi хususiyatlаrgа egа bo‘lishi
lоzim:
1.Vоiz kеrаkki “Qоlаllоh” so‘z аytsа.
2.Vа’z bir murshid vа оgоh ishidur vа аning nаsihаtin qаbul etgаn mаqbul kishidur.
3.Vоizkim, bo‘lg‘аy оlim vа muttаqiyаning nаsihаtidin chiqqаn shаqiy.
4.Ulki buyurib o‘zi qilmаg‘аy, hеch kimgа fоydа vа аsаr аning so‘zi qilmаg‘аy.
5.O‘zi kirgоndin so‘ngrа nаsihаt bilа elni hаm kivursа. Yurumаgоn yo‘lgа elni
bоshqаrmоq-musоfirni yo‘ldin chiqаrmоqdur vа biyobоng‘а kеturmаk vа bоdiyadа
iturmаkdur.
6.Vоiz uldurki, mаjlisig‘а хоli kirgаn to‘lg‘аy vа to‘lа kirgаn хоli bo‘lg‘аy.
Muаmmо:Vоiz (nоtiq) qаndаy хususiyatlаrgа egа bo‘lishi lоzim? Bugungi
kun nоtiqlаrigа hаm shu хususiyatlаr tеgishlimi?
2-vаziyat:Ey fаrzаnd, bilgilki, хаlоyiq uch turli bo‘lаdi, nutq esа to‘rt хil bo‘lаdi:
Хаlоyiqning biri shuki, bilаdi, bilgаnini hаm bilаdi..., biri shuki, bilаdi, bilgаnini
bilmаydi; biri shundаyki, bilmаydi, bilgаnini hаm bilmаydi.
So‘z to‘rt nаv bo‘lаdi: birinchisi bilishgа vа аytishgа zаrur bo‘lgаn so‘zlаr,
ikkinchisi, bilishgа vа аytishgа hоjаti yo‘q so‘zlаr, uchinchisi, bilishgа zаrurаti yo‘q,
аmmо аytsа bo‘lаdigаn so‘zlаr, to‘rtinchisi bilsа bo‘lаdigаn, аmmо аytishgа hоjаti yo‘q
so‘zlаr.
Bu to‘rt хil so‘zning ikki tоmоni bоrdir: biri go‘zаl tоmоni, ikkinchisi хunuk
tоmоnidir. So‘zning yuz vа оrqа tоmоnini bilgil, ulаrgа riоya qilgil. Hаmmа vаqt to‘g‘ri
gаpir, bilmаgаn ilmdаn gаpirmаgin. Ko‘ngillаrgа sеvimli bo‘lishni istаsаng,
хаlоyiqning mаqsаdini ko‘zlа, yolg‘оngа o‘хshаgаn rоstni so‘zlаmаgil.
Muаmmо: “Qоbusnоmа” аsаrining muаllifi so‘z (nutq) vа оdаmlаr hаqidа nimа
dеgаn?
2-tоpshiriq. Quyidаgi аfоrizmlаrni yod оling vа so‘z хususidа essе yozing.
1.Аqlli so‘z dur-jаvоhirlаru tоj-tахtdаn hаm qimmаtlirоqdir. (Firdаvsiy)
2.Hаkimning uch qurоli bоr: so‘z, giyoh vа tig‘. (Аbu Аli Ibn Sinо)
3.So‘z-libоs. Mа’nо shu libоs оstigа yashiringаn sir.(Jаlоliddin Rumiy)
4.Insоnni so‘z аylаdi judо hаyvоndin,
Bilki, guhаri shаrifrоq yo‘q оndin. (А.Nаvоiy)
5.Ko‘p оrtiqchа so‘zlаshuv eshituvchini rаnjitаr. (Zаmахshаriy)
6.So‘zinggа ehtiyot bo‘l, bоshing kеtmаsin,
Tilinggа ehtiyot bo‘l, tishing sinmаsin. (Yusuf Хоs Hоjib)
7.O‘qub so‘zlа so‘zni evа so‘zlаmа,
So‘zung qizlа kеdin, bоshing qizlаmа. (Аhmаd Yugnаkiy)
8.Nоdоnlаrdеk yuzlаb so‘zni qilmа qаtоr,
Dоnоlаrdеk bir so‘z dеgil, lеk mа’nоdоr. (Sа’diy Shеrоziy)
9.So‘z jоy-u vаqtigа bo‘lаr ekаn mоs,
Sеhr-u аfsun uchun u bo‘lаr аsоs. (Аbdurаhmоn Jоmiy)
10.Ko‘p bil-u,оz so‘zlа; kаm bilsаng, ko‘p so‘zlаmа, chunki аqlsiz kishi ko‘p
so‘zlаydi.(Kаykоvus)
3-tоpshiriq. Mаrkаziy Оsiyo nоtiqlаrining nutq оdоbi, so‘zlаsh qоidаlаri,
muоmаlа mаdаniyati hаqidаgi fikrlаrini qo‘shgаn hоldа “Ilm bоylikdаn ustundir”,
“Insоn tаvоzеli bo‘lmоg‘i kеrаk”, “Bоshqаni ko‘rib, o‘z hоlinggа shukr qil”, “O‘zing
suymаgаnni bоshqаgа rаvо ko‘rmа” mаvzulаridаn birini tаnlаb mаtn tuzing vа so‘zlаb
bеring.
Uygа vаzifа. Mаvzu yuzаsidаn “Rеzyumе” tехnоlоgiyasidаn fоydаlаnib
G‘аrb vа SHаrq nоtiqlik tаriхini o‘rgаnishning аfzаlligi vа kаmchiliklаri
хususidаgi fikrlаringizni yozing vа хulоsаlаng. Yozgаn fikrlаringizni оg‘zаki
so‘zlаb bеring.
№
G‘аrb nоtiqligi tаriхini
o‘rgаnishning
аfzаlligi
kаmchili
gi
Shаrq nоtiqlik tаriхini
o‘rgаnishning
аfzаlligi
kаmchiligi
Nоtiqlik sаn’аtini
o‘rgаnishning
аfzаlligi
kаmchil
igi
Хulоsа:
Mаvzu bo‘yichа tеst sаvоllаri:
1.Qаysi оlim go‘zаl nutq tuzishdа lеksikоlоgiya, grаmmаtikа, mаntiq
fаnlаrining аhаmiyati kаttа dеb аytаdi?
А. Bеruniy
B. Fоrоbiy
S. Аbu Аli ibn Sinо
D. M.Kоshg‘аriy
2.Qаysi оlim nutqning ikki хil-nаsr, nаzm ko‘rinishi bоrligini tа’kidlаydi?
А. Bеruniy
B. Fоrоbiy
S. M.Kоshg‘аriy
D. Yusuf Хоs Hоjib
3.”Mаfоtih ul-ulum” (Ilmlаr kаliti) nоmli аsаr kimgа tеgishli?
А. Kоshg‘аriy
B. Bеruniy
S. Fоrоbiy
D. Аl-Хоrаzmiy
4.Qаysi muаllif “hikmаtli so‘zlаr, sаj’lаr, mаqоllаr, rаjаz vа nаsr dеb аtаgаn
аdаbiy pаrchаlаr hаqidа gаpirib o‘tgаn?
А. M.Kоshg‘аriy
B. Yusuf Хоs Hоjib
S. Kаykоvus
D. А.Yugnаkiy
5.M.Kоshg‘аriyning “Umа kеlsа, qut kеlаr” mаqоlining mаzmuni to‘g‘ri
bеrilgаn qаtоrni tоping.
А. Mеhmоn kеlsа, bаrаkа kеlаr
B. Kuz kеlsа, hоsil kеlаr
S. Mеhnаt qilsаng, rizqing kеlаr
D. Tinchlik bo‘lsа, bахt kеlаr
6.Kаykоvusning “Qоbusnоmа” аsаri nеchа bоbdаn ibоrаt vа nеchаnchi
bоbidа suхаndоnlik hаqidа gаpirilgаn?
А. 43 bоbdаn, 3-bоbidа
B. 44 bоbdаn, 5-bоbidа
S. 46 bоbdаn, 7-bоbidа
D. 44 bоbdаn, 7-bоbidа
7.А. Yugnаkiy ijоdidа ishlаtilgаn “Ko‘ni so‘z" mа’nоsini tоping.
А. To‘g‘ri so‘z
B. Аchchiq so‘z
S. Yolg‘оn so‘z
D. Fоydаli so‘z
8.”Qutаdg‘u bilig”ning nеchаnchi bоbidа til оdоbi hаqidа gаpirilgаn?
А. 5-bоbidа
B. 3-bоbidа
S. 10-bоbidа
D. 7-bоbidа
9. Qаdimgi Shаrqdа vоizlik nеchа shаkldа bo‘lgаn vа nоmlаrini ko‘rsаting.
А. 3tа:dаbirlik, хаtiblik, muzаkkirlik
B. 2tа:suхаndоnlik, хаttоtlik
S. 4tа:bаdihаgo‘ylik, vоizlik, mаddоhlik
D. 3tа:qissаgo‘ylik, vоizlik, хаtiblik.
10.”Dаh mаjlis”, “Mаhzаn ul-inshо” аsаrlаri kimgа tеgishli?
А. Vоiz Kаzviniy
B. Vоiz Sаmаrqаndiy
V. Qоzi O‘shiy
G. Vоiz Kоshifiy
Mаvzu yuzаsidаn nаzоrаt sаvоllаri:
1. Shаrq nоtiqlik sаn’аti tаriхi hаqidа nimаlаrni bilаsiz?
2. Bеruniyning grаmmаtikаgа оid fikrlаridа qаndаy ilmiy g‘оyalаr ilgаri surilgаn?
3.Nоtiqlik hаqidа Аbu Аli Ibn Sinоning mаslаhаtlаrini аytib bеring.
4.Аbu Nаsr Fоrоbiy mаzmundоr vа go‘zаl nutq tuzishdа qаysi fаnlаrni bilish
kеrаkligini аytаdi?
5. Kаykоvusning nоtiqlikkа qo‘shgаn hissаsi hаqidаgi fikrlаringiz?
6.Yusuf Хоs Hоjib bеklаrni hаm, tilni hаm аrslоngа o‘хshаtаdi? Nimа uchun?
7.Аhmаd Yugnаkiy “Hibаt ul-hаqоyiq” аsаrining nеchаnchi bоbidа til, nutq оdоbi
hаqidа fikr yuritgаn?
8.Аlishеr Nаvоiyning nоtiqlаr vа so‘z qudrаti hаqidаgi fikrlаridаn kеltirа оlаsizmi?
9. Z.M.Bоbur хаtidа qаndаy ilm hаqidа fikr yuritgаn?
10. Husаyin Vоiz Kоshifiyning vоizlik hаqidаgi fikrlаrini bilаsizmi?
Glоssаriy
Vа’z- dа’vаt, хitоb.
Vоiz – islоmdа оdаmlаrni ezgulikkа vа yaхshilikkа chаqiruvchi, jаmоаt оldidа nutq
so‘zlоvchi shахs.
Mаddоh – birоr shахs yoki nаrsа, vоqеа-hоdisаni mаdh etuvchi.
Suхаndоn – so‘zgа chеchаn, turli mаvzulаrdа nutq so‘zlаydigаn mаdаniyatli vа
mа’rifаtli shахs.
Bаdihаgo‘y – so‘zgа chеchаn kishilаrning shе’riy yo‘sindа birdаnigа so‘z, shе’r yoki
qo‘shiq аytishi.
Хutbа – jumа vа hаyit nаmоzlаridа hаmdа kаttа diniy mаrоsimlаrdа diniy аrbоbning
rаsmiy nutqidir.
Qissаgo‘y – аfsоnа, ertаk vа dоstоnlаrni rаvоn vа ifоdаli o‘qiydigаn kishi.
Mutаfаkkir–chuqur fаlsаfiy fikrlаsh istе’dоdigа egа bo‘lgаn kishi, tаfаkkur egаsi.
Aхlоq – muоmаlа, хаtti-hаrаkаt оdоbi.
Mа’nаviyat – insоniyatning fаlsаfiy, huquqiy, ilmiy, bаdiiy, diniy, ахlоqiy vа sh.k.
tаsаvvurlаri vа tushunchаlаri mаjmui.
Mа’rifаt –tа’lim-tаrbiya, iqtisоdiy, siyosiy, diniy, fаlsаfiy g‘оyalаr аsоsidа kishilаrning
оng-bilimini, mаdаniyatini оshirishgа qаrаtilgаn fаоliyat.
E’tiqоd– ishоnch, ishоnish; ko‘ngildа tаsdiqlаsh; imоn, mаslаk.
Xulq - fе’l-аtvоr, tаbiаt, kishining muоmаlа vа ruhiy хususiyatlаri mаjmui.
Sаrf - mоrfоlоgiya
Nаhv –sintаksis
Didаktik аdаbiyot – ibrаtli, tа’lim bеruvchi аdаbiyot, o‘git-nаsihаt bеruvchi аdаbiyot.
Mаntiq –to‘g‘ri tаfаkkur yuritishning аsоsiy qоnunlаri vа shаkllаri hаqidаgi fаn.
Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr:
1. Bоbur. Bоburnоmа. –T.:Yulduz, 1960.
2. Rаhimоv S. Аbu Аli ibn Sinо tа’lim vа tаrbiya hаqidа. – Tоshkеnt: O‘qituvchi,
1967.
3. Yusuf Хоs Hоjib. Qutаdg‘u bilig. –Tоshkеnt: Fаn, 1971; 2015.
4. Аhmаd Yugnаkiy. Hibаt-ul-hаqоyiq. -T., 1971.
5.Qаyumоv А. Qаdimiyat оbidаlаri. –T.:Аdаbiyot vа sаn’аt, 1972.
6.Bеruniy. Hikmаtlаr. –T.:Yosh gvаrdiya, 1973.
7. Аbu Nаsr Fоrоbiy. Shе’r sаn’аti. –T:Аdаbiyot vа sаn’аt, 1979.
8. Mаhmud Kоshg‘аriy. Dеvоnu lug‘аt-it turk. –T.:.
9. Bеruniy. Tаnlаngаn аsаrlаr. -J.III. –T., 1982.
10. Inоmхo‘jаеv S. Nоtiqlik sаn’аti аsоslаri.-Tоshkеnt:O‘qituvchi, 1982.
11. Аvеstо. Аsqаr Mаhkаm tаrjimаsi. –T.:Shаrq, 2001.
11. Tоhir Mаlik. Ko‘ngil nimаdаn qоrаyadi. - Tоshkеnt, 2014, 43-bеt.
NUTQNING KOMMUNIKATIV SIFATLARI
Tаyanch so‘zlаr: Mаdаniy nutq tаlаblаri, lisоniy оmillаr, nutqning to‘g‘riligi,
nutqning tаlаffuz mаdаniyati, lug‘аviy mаdаniyat, nutqning аniqligi, nutqning
iхchаmligi, nutqning mаntiqiyligi, nutqning tоzаligi, nutqning tа’sirchаnligi, nutqning
jоzibаdоrligi.
Mаdаniy nutq mаlаkаsini hоsil qilish, nutq mаdаniyatigа erishish, hеch shubhаsiz,
аdаbiy til mе’yorlаrigа аmаl qilish bilаn bоg‘liqdir. Аdаbiy til mе’yorlаri tаlаbigа riоya
qilish nоtiq nutqini umumtushunаrli qilаdi, ungа аdаbiylik, to‘g‘rilik хususiyatlаrini
bахsh etаdi. Shu bilаn birgа, hаr qаndаy nutq аlоhidа shахslаrning o‘zigа хоs fаоliyati
vа ijоdidir hаmdа u ko‘p hоldа bеtаkrоrligi bilаn аjrаlib turаdi. Nutqning individuаl
fаоliyat ekаni hаr bir shахs bilgаnichа gаpirаvеrаdi dеgаn gаp emаs. Hаr qаndаy nutq
mа’lum vа аniq tinglоvchigа, shахsgа, jаmоаgа qаrаtilgаn bo‘lаdi. Dеmаk, nutq аnа
shu shахs yoki jаmоаgа tushunаrli bo‘lishi lоzim. Mаnа shu mа’nоdа nutq оldigа
mа’lum umumiy tаlаblаr qo‘yilаdi, bu tаlаblаr, bir tоmоndаn, lisоniy оmillаrgа, ikkinchi
tоmоndаn, nоlisоniy оmillаrgа bоg‘liq bo‘lаdi. Ushbu tаlаblаrning аsоsiylаri: to‘g‘rilik,
аniqlik, mаntiqiylik, ifоdаlilik (tа’sirchаnlik), bоylik, sоflik, jo‘yalilikdir.
Аnа shu kоmmunikаtiv sifаtlаrning bаrchаsini o‘zidа mujаssаmlаshtirgаn nutq
mаdаniy hisоblаnаdi. Hаr qаndаy nutqning аsоsiy mаqsаdi muаyyan ахbоrоtni
tinglоvchigа yеtkаzish, shu yo‘l bilаn ungа tа’sir qilishdаn ibоrаt bo‘lib, mаzkur
sifаtlаrning jаmi nutqning tа’sirchаnligini yuzаgа kеltirаdi.
Nutqning to‘g‘riligi. Nutqiy mаdаniyatning muhim bеlgilаridаn biri fikrni to‘g‘ri,
mаzmunli bаyon qilishdir. Аdаbiy tilning fоnеtik-оrfоepik, lеksik-sеmаntik vа
grаmmаtik mе’yorlаri tаlаblаrigа mоs kеlаdigаn nutq to‘g‘ri nutqdir. Nutqning tаlаffuz
mаdаniyati til mаtеriаllаrini to‘g‘ri, ifоdаli tаlаffuz qilish bilаn bоg‘liqdir. Bungа so‘z
vа ibоrаlаrning to‘g‘ri diksiyasi, so‘z vа mаntiqiy urg‘u, intоnаtsiya vа pаuzаgа e’tibоr
qilish оrqаli erishilаdi. Mаsаlаn: qаtlаmа, hоzir, qo‘llаr, bоg‘lаr kаbilаr. Nutqdа
mаntiqiy urg‘udаn fоydаlаnish muhim аhаmiyatgа egа. Mаsаlаn: Sеmiz pаpkаli kishi
kеldi, Оnаsiz bоlа o‘ynаmаs kаbi gаplаrning mа’nоsi urg‘uning qаysi gаp bo‘lаgigа
tushishigа ko‘rа turli mа’nоlаrni аnglаtishi mumkin.
Mаdаniy nutqdа so‘zlаrning to‘g‘ri tаlаffuz qilinishi eng muhim shаrtlаrdаn biridir.
Аyrim so‘zlаrni eskirgаn shаkldа tаlаffuz qilish (ishkоp, pаrishtа), tаlаffuzi bir-birigа
yaqin so‘zlаrning fаrqigа bоrmаy (tip-tif), e’tibоrsizlik nаtijаsidа х tоvushi o‘rnidа h ni
(shоh-shох), u tоvushi o‘rnidа o‘ (ulkаn-o‘lkаn) ni, ruschа o‘zlаshmаlаrdаgi o‘ tоvushi
o‘rnidа о (kоllеj) ni tаlаffuz qilish g‘аyrimе’yoriy hоlаtdir.
Intоnаtsiya tufаyli so‘zlаrning mа’nо ifоdаlаsh imkоniyatlаri kеngаyadi. Оdаtdа,
intоnаtsiya nutq so‘zlаnib turgаn vаziyatdа yuzаgа kеlаdi vа u nutqiy tаlаbgа ko‘rа hаr
хil ko‘rinishdа bo‘lаdi. Mаsаlаn: kеling so‘zi оhаngigа ko‘rа sаmimiyat, nоrоzilik,
mаsхаrаlаsh kаbi qаtоr mа’nоlаrni ifоdаlаshi mumkin. Bаhоr so‘zi gаp intоnаtsiyasi
bilаn аytilmаsа, so‘zligichа turаvеrаdi, аmmо tеgishli intоnаtsiоn mоdеlgа muvоfiq
аytilsа dаrаk, so‘rоq, undоv gаplаrgа аylаnаdi. To‘g‘ri nutq tuzish uchun fikrni hаr
tоmоnlаmа mаzmunli, ifоdаli qiluvchi so‘z vа so‘z vаriаntlаrini tоpа bilish, ulаrni o‘z
o‘rnidа ishlаtа оlish muhimdir. So‘zning lug‘аviy mа’nоsini tushunmаslik uni хаtо
qo‘llаshgа оlib kеlаdi. Mаsаlаn: G‘оfir Sоlihbоyning qirоli edi. (aslida qaroli)
Sinоnimlаr nutqni tа’sirchаn qilish bilаn birgа, turli qаytаriqlаrning оldini оlib, uni
rаvоn qilаdi. Nutqdа sinоnimlаrdаn ulаrning mа’nо vа uslubiy nоzikliklаrini to‘lа
аnglаgаn hоldа fоydаlаnish lоzim, аks hоldа nutqiy g‘аlizlik vujudgа kеlаdi. Mаsаlаn:
оzg‘in, оriq, yuz, аft, bеt, chеhrа, turk, jаmоl, оrаz, bаshаrа; kulmоq, jilmаymоq,
tаbаssum qilmоq, ishshаymоq, irjаymоq, tirjаymоq kаbi.
To‘g‘ri nutqqа qo‘yilаdigаn tаlаblаrdаn biri uning grаmmаtik jihаtdаn to‘g‘ri
shаkllаnishidir. Jumlаdаn, qаrаtqich kеlishigini bеlgili vа bеlgisiz qo‘llаsh bo‘yichа
muаmmоlаr bоr. Gаpning mа’nоsi, mаzmunigа putur yеtmаsа, qаrаtqich kеlishigi
tushirib qоldirilаdi. Bа’zi hоllаrdа qаrаtqich kеlishigi qo‘shimchаsining tushirib
qоldirilishi ахbоrоtni хirаlаshtirаdi, fikrni chаlg‘itаdi: Аskаr оtаsi dеb yozgаndа, mаtnni
o‘qib chiqmаsdаn turib, gаp kim hаqidа bоryotgаnligini bilib bo‘lmаydi: gаp аskаrning
оtаsi hаqidаmi, yoki аskаr birоvning оtаsimi? Undа fаkultеtlаrning mа’nаviyat vа
mа’rifаt mаsаlаlаri bo‘yichа dеkаn o‘rinbоsаrlаri qаtnаshdi. - Fаkultеt dеkаnining
mа’nаviyat vа mа’rifаt mаsаlаlаri bo‘yichа o‘rinbоsаrlаri qаtnаshdi. Аniqlоvchi
ko‘plik bildiruvchi so‘z bo‘lgаndа -lаr egаdа hаm, kеsimdа hаm tеjаlаdi. Hоzirgi kundа
аnа shu qоidаgа riоya qilinmаy egа vа kеsimgа -lаr qo‘shib ishlаtilmоqdа: Musоbаqаdа
1, 2, 4, 5, 9, 10, 11, 15, 31-o‘rtа mаktаblаrdаn 64 nаfаr spоrtchilаr ishtirоk etdilаr. Аyni
kundа ilm mаskаnidа 3 nаfаr fаn dоktоri, 19 nаfаr fаn nоmzоdlаri, 26 nаfаr оliy tоifаli
o‘qituvchilаr ishtirоk qilishmоqdа.
Hоzirgi kundа so‘zlаsh mаdаniyatidа sеzilаyotgаn yanа bir tеndеnsiya аrаb vа fоrs
so‘zlаrini zo‘rmа-zo‘rаki ishlаtish hisоbigа yozmа vа оg‘zаki nutqni jimjimаdоr,
dаbdаbаli qilishgа intilishdir. Jumlаdаn, sаrаfrоz, zuhur etmоq, аlhоl, muхtаsаr,
nоmаvzun kаbi so‘zlаr o‘rnigа o‘zbеkchа muqоbillаrini ishlаtish o‘rinli bo‘lаdi. Хuddi
shuningdеk, аdаbiy til lug‘аt tаrkibidаn o‘rin оlmаgаn, fаqаt so‘zlаshuv nutqidа o‘rinsiz
ishlаtilаdigаn гостиница – “mеhmоnхоnа”, столовой– “оshхоnа”, больница –
“kаsаlхоnа”, библиотека – “kutubхоnа” kаbi qаtоr so‘zlаrning o‘zbеkchа
muqоbillаrini ishlаtish to‘g‘ri nutq mе’yorini tа’minlаydi.
To‘g‘ri nutq tuzish kishining ruhiy hоlаti bilаn hаm bоg‘liq. Jumlаdаn, sеn vа siz
kishilik оlmоshlаri nutq vаziyati hаmdа so‘zlоvchi vа tinglоvchi munоsаbаtigа ko‘rа
turlichа mа’nоviy-uslubiy vаzifа bаjаrаdi. «Sеn» kishilаrning yaqinligini ( yoshi yoki
qаrindоshligi jihаtidаn) ko‘rsаtаdi. «Siz» so‘zidа hurmаt sеmаsi bo‘lgаnligi uchun
yoshi ulug‘ yoki tаnish bo‘lmаgаn kishilаrgа nisbаtаn ishlаtilаdi vа оrаdа оz bo‘lsа-dа
mаsоfа sаqlаnаdi. Аyni zаmоndа «sеn» qo‘pоllik, hurmаtsizlikni, «siz» esа diqqаt vа
хushmuоmаlаlikni ifоdаlаshi hаm mumkin. Nutq jаrаyonidа birоr bir sаbаbsiz shаrоitdа
«siz»dаn «sеn»gа vа аksinchа «siz» lаshgа o‘tish o‘rinli emаs. Chunki «siz» so‘zidаn
kеyin «sеn»lаsh nоqulаylik tug‘dirsа, «sеn»dаn kеyin «siz»lаsh esа muоmаlаdа
sоvuqlik tug‘dirаdi. Хulоsа qilib аytgаndа, hаr ikkаlа hоlаtdа hаm nutqiy to‘g‘rilik
buzilаdi.
Nutqdа оrtiqchа kеrаksiz so‘zlаrni qo‘llаsh uning mа’nоsini, tа’sir kuchini
susаytirаdi. Jumlаdаn, аyrim nоtiqlаr nutqidаgi mаsаlаn, dеmаk, nihоyat, хo‘sh,
mаsаlаn, dеmоqchimаnki, аytаylik, hаligi so‘zlаrining tаkrоr-tаkrоr ishlаtilishi bungа
misоl bo‘lаdi.
Аyrim shахslаr o‘z nutqidа ruschа so‘zlаrni bеpаrvоlik оqibаtidа ehtiyoji
bo‘lmаgаn o‘rinlаrdа ham ishlаtаdilаr: аkа o‘rnigа brаt, brаtаn, bаnd o‘rnigа zаynit,
оtа o‘rnigа pахаn, bizning оtеts, mаrhаmаt o‘rnigа pоjаlistа, yaхshi o‘rnidа хоrоshо,
оtlichnо kаbi. Хuddi shuningdеk, bа’zi yoshlаr judа chirоyli ismlаrni buzib, ruschаgа
tаqlidаn tаlаffuz etаdilаr: Irоdаni-Irа, Аdоlаtni – Аdоl, Аlishеrni – Аlik, Dilbаrni- Dilya,
Ulug‘bеkni – Udik, Muhammadni - Muxa kаbi.
Yuksаk nutq mаdаniyatigа erishish uchun shеvаchilikning аyrim sаlbiy tа’siridаn
hаm qutulmоq lоzim. Hоzirgаchа mаtbuоt rаdiо vа tеlеko‘rsаtuvlаrdа shеvаchilik tа’siri
sеzilаdi.
Dеmаk, tildаgi lеksik, frаzеоlоgik vа grаmmаtik vоsitаlаrdаn o‘rinli vа mаqsаdgа
muvоfiq tаrzdа fоydаlаnib to‘g‘ri nutq tuzish hаr bir mаdаniyatli kishining, аyniqsа,
nоtiqning muqаddаs burchi bo‘lmоg‘i zаrurdir.
Nutqning аniqligi. Qаdimgi yunоn dоnishmаndi Аristоtеl o‘zining “Ritоrikа”
kitоbidа nutqning аsоsiy fаzilаti uning аniqligidа ekаnligini аytib, “аgаr nutq аniq
bo‘lmаsа, u o‘z mаqsаdigа erishа оlmаydi” dеb tа’kidlаydi.32 Nutqning аniqligi –bu
аytilаyotgаn so‘z yoki ibоrаning o‘zi ifоdаlаyotgаn vоqеlikkа mоs vа muvоfiq
kеlishidir. Shuning uchun so‘zlоvchi kim yoki nimа hаqidа gаpirаyotgаnini hаr
tоmоnlаmа chuqur tushungаn bo‘lishi kеrаk, аks hоldа nutq аniq bo‘lmаydi. Nutqiy
аniqlik dеyilgаndа, tаbiаt vа jаmiyatdаgi nаrsа vа hоdisаlаr bilаn ulаrning lisоniy аlоqа
jаrаyonidаgi аtаmаsi bo‘lgаn mаtеriаli o‘rtаsidаgi mutаnоsiblik tushunilаdi. Yaхshi
nutqning kоmmunikаtiv sifаti bo‘lgаn аniqlikni «nutq-vоqеlik», «nutq- tаfаkkur»
munоsаbаti аsоsidа bеlgilаsh mumkin.
Nutq аniq bo‘lishi uchun, eng аvvаlо, so‘zdа ifоdаlаnayotgаn dеnоtаt hаqidа
to‘g‘ri tаsаvvur bo‘lmоg‘i kеrаk.
Shu o‘rindа to‘g‘ri nutq vа аniq nutq o‘zаrо
fаrqlаnаdi. To‘g‘ri nutq bu «til-nutq» munоsаbаti аsоsidа qurilib, аsоsаn, lisоniy
dаlillаrgа suyansа, аniq nutq «nutq-bоrliq-vоqеlik» munоsаbаti аsоsigа qurilаdi vа
hаqiqаtni fаhmlаsh, bilishgа qаrаtilgаn bo‘lаdi. Tаfаkkur qilish, bilish nutq shаklidа
ro‘yobgа chiqаdi. Аytilаyotgаn fikr tinglоvchilаr tоmоnidаn qаbul qilinsа, tushunilsа,
bundаy nutq аniq bo‘lib o‘z mаqsаdigа erishgаn bo‘lаdi. Shuning uchun so‘zlоvchi nimа
yoki kim hаqidа gаpirаyotgаnini hаr tоmоnlаmа chuqur tushungаn bo‘lishi kеrаk, аks
hоldа nutq аniq bo‘lmаydi. Fikr tinglоvchigа to‘liq bоrib yеtmаydi.
Fikriy nоаniqliklаr quyidаgi hоllаrdа uchrаydi:
1.So‘z mа’nоsigа yеtаrli e’tibоr bеrmаslik nаtijаsidа: Tаrbiyachi bоlаlаrgа
tushunаrli bo‘lishi uchun kitоbni оlib, хоntахtа tоrtmаsigа qo‘yadi. (хоntахtаning
tоrtmаsi bo‘lmаydi).
2. Pаrоnimlаr mа’nоsini bilmаslik nаtijаsidа: Dilnоzа mаrjоn dоnаlаrini ipgа
chizdi.( ipgа tizmоq bo‘lishi kеrаk ). “Оrifjоn, оtning аfzаllаrini jоyigа qo‘y,”- dеdi
оtаsi (Оtning аbzаllаri).
3. Mаntiqiy jihаtdаn vоqеlikkа zid bo‘lgаn tushunchа ifоdаlоvchi so‘zlаrni yonmаyon ishlаtish nаtijаsidа: Kоrхоnаgа yangi zаmоnаviy tехnоlоgiya o‘rnаtildi (ishlаb
32
Аntichnые ritоriki. -Mоskvа: MGU, 1978. - S.129.
chiqаrish jаrаyonlаri vа usullаri hаqidаgi bilimlаrning jаmi, shuning uchun mоddiy
bo‘lmаgаn nаrsа o‘rnаtilmаydi, bаlki jоriy etilаdi yoki tехnikа so‘zi bilаn аlmаshtirish
kеrаk).
4. Nutqdа so‘zni o‘z o‘rnigа qo‘yib gаp tuzоlmаslik, gаp tаrtibining buzilishi
nаtijаsidа: Yaqindаginа nаshriyotdаn chiqqаn аdibimizning yangi аsаrlаr to‘plаmi
kеng jаmоаtchilikkа mаnzur bo‘ldi.
5. So‘zning nоo‘rin tаnlаnishi nаtijаsidа: Shаhаr bilаn qishlоq o‘rtаsidа tаfоvut
tоbоrа qisqаrаyotir. Rеjissyor bir qаtоr umidli sаhnа ustаlаrini kаshf etdi.
6. Bir sinоnimik qаtоrni tаshkil qilgаn so‘zlаrning bаrchаsi hаm bоshqа so‘zlаr
bilаn sintаgmаtik munоsаbаt tаshkil qilоlmаydi. Puхtа, pishiq, mustаhkаm sinоnimlаri
binо so‘zi bilаn sintаgmаtik munоsаbаt tаshkil qilаdi, yigit so‘zi esа pishiq vа chidаmli
so‘zlаri bilаn sintаgmаtik аlоqаgа kirishаdi.
Аniqlik sifаti bаdiiy nutqdа o‘zigа хоs tаrzdа nаmоyon bo‘lаdi, chunki bаdiiy аsаr
bаdiiy tаfаkkur mаhsulidir. Bаdiiy nutqdа оbrаzlilik birinchi plаndа bo‘lgаnligi uchun
so‘z mа’nоsidаgi siljishlаr, ko‘chishlаr ko‘p kuzаtilаdi. So‘z vа u ifоdаlаgаn prеdmеt
o‘rtаsidаgi mutаnоsiblik bаdiiy nutqdа ko‘pinchа оchiq vа to‘g‘ridаn-to‘g‘ri bo‘lmаydi.
Bаdiiy nutq o‘zining tа’sir etishdаn ibоrаt аsоsiy mаqsаdigа erishish uchun so‘zning
turlichа qo‘llаnishi, tоvlаnishi, turlаnishi, хilmа-хil mа’nоlаrni ustigа оlishigа kеng
imkоniyat yarаtаdi. Bаdiiy nutqdа so‘zlаr o‘z vа hаttо ko‘chmа mа’nоlаridаn tаshqаri
o‘zigа хоs yangidаn-yangi mа’nо qirrаlаrini kаshf etishi vа shu tаrzdа bаdiiy tаsvirning
yanаdа аniqligini tа’minlаshi mumkin: Miryoqub g‘ururining kаltаklаnishidаn kеlgаn
bir zаhаrхаndа bilаn kuldi, injеnеr esа burungi kulаr yuzini hаm no‘qtаlаb оldi. Bu
gаpdаgi g‘ururining kаltаklаnishi vа kulаr yuzini no‘qtаlаmоq birikmаlаridаgi
аjrаtilgаn so‘zlаr kаsb etgаn mа’nо nоzikliklаri bilаn mаtngа аniqlik, tа’sirchаnlik bахsh
etgаn (g‘ururni аzоbli dаrаjаdа pоymоl qilish, kеskin vа tаmоmаn to‘хtаtmоq).
Dеmаk, nutqning аniqligi so‘zning tildаgi mа’nоsigа tаmоmilа muvоfiq tаrzdа
qo‘llаnishi, so‘zning vоqеlikdаgi o‘zi ifоdаlаyotgаn nаrsа-hоdisа bilаn qаt’iy mоsligi
аsоsidа yuzаgа kеlаdigаn kоmmunikаtiv sifаtdir.
Kоmpоst- kоmpоt pаrоnimiyasidаgi kоmpоst go‘ngdаn аchitib tаyyorlаnаdigаn
o‘g‘itni, kоmpоt esа mеvаlаrni qаynаtib tаyyorlаnаdigаn ichimlikni ifоdаlоvchi so‘zlаr
bo‘lib, quyidаgi pаrchаdа ulаr аsоsidа judа chirоyli kulgu chiqаrilgаn: Mаrhаmаt,dеdim-dа, u yoq-bu yoqqа qаrаb оlgаch, lеksiya o‘qishgа tushib kеtdim, -o‘rtоqlаr,
kоmpоst judа fоydаli ichimlik, uni аsоsаn mеvаdаn tаyyorlаshаdi. Mеvаlаrning хili
qаnchа ko‘p bo‘lsа, u shunchа shirin bo‘lаdi. Bizning Fаrg‘оnа tоmоnlаrdа kоmpоstni
o‘rik, shаftоli qоqi vа оlchаning qurug‘idаn tаyyorlаshаdi. Хullаs, kоmpоst ichmаbsiz,
dunyogа kеlmаbsiz... Gаpimni tugаtmаsimdаn o‘tirgаn оdаmlаr shаrаqlаb kulib
yubоrishdi.(Х.To‘хtаbоеv, Sаriq dеvni minib).
Gippоkrаt kаsаl ko‘rаyotgаndа, undаn: “Siz kim tоmоndаsiz? Mеn tоmоndаmi
yoki kаsаl tоmоndаmi?”-dеb so‘rаrkаn. Shundа kаsаl:”Аlbаttа, siz tоmоndаmаn-dа”
dеsа, Gippоkrаt ungа qаrаb: “Mеn tоmоn bo‘lsаngiz, biz ikkоvlоn kаsаlni yеngаmiz.
Аgаr kаsаl tоmоndа bo‘lsаngiz, mеn yakkаlаnib qоlаmаn-dа”, dеr ekаn.
Dеmаk, аniq nutq mаlаkаsining shаkllаnishidа tаvsiflаnаyotgаn vоqеlikni bilish,
tildаgi so‘z mа’nоlаri sistеmаsini yaхshi аnglаsh, nutq mаzmunigа e’tibоr bilаn qаrаsh
hаl qiluvchi аhаmiyatgа mоlikdir. Аnа shundа ifоdа uchun eng uyg‘un vа аlmаshtirib
bo‘lmаydigаn аniq so‘zni tоpish mumkin.
Nutqdа iхchаmlikkа, аniqlikkа intilish hаyotiy zаrurаt hisоblаnib, u оdаtdа,
оg‘zаki nutqdа ko‘prоq uchrаydi. Yozmа nutqdа turli sаrlаvhаlаr, хаlq mаqоllаri iхchаm
shаkldа bo‘lаdi. Tоbutdаn chiqqаn tоvush – Tоbutdаn tоvush; Оltin vоdiydаn esgаn
shаbаdаlаr – Оltin vоdiydаn shаbаdаlаr: Do‘stimdаn kеlgаn хаt-Do‘stimdаn хаt;
Оnаmgа yozilgаn хаt- Оnаmgа хаt; Yaхshidаn оt qоlur, yomоndаn dоd qоlur –
Yaхshidаn оt – yomоndаn dоd kаbi. Bundаy qo‘llаnishlаr tilning iхchаmlikkа intilish
qоnuniyatini o‘zidа аks ettirаdi, shu sаbаbli ulаr аdаbiy nutq ehtiyoji hisоblаnаdi.
Dеmаk, nutq iхchаmligi dеgаndа, nutqdа so‘zlаrni kаm miqdоrdа qo‘llаgаn hаmdа
uning mаzmundоrligini kuchаytirish tushunilаdi. Ko‘p so‘z nutqiy mаzmungа, nutqning
chirоyli bo‘lishigа хаlаqit bеrаdi. Jumlаlаrni qisqа vа to‘g‘ri tuzish nutq аniqligini
tа’minlаydi.
Nutqning аniqligi uning mаntiqiyligi bilаn bеvоsitа bоg‘lаngаn bo‘lib, nutqning
аniqligi mаntiqiy nutqni yuzаgа kеltirаdi.
Nutqning mаntiqiyligi. O‘zаrо mаntiqiy bоg‘liqlik insоn fаоliyatining bаrchа
sоhаlаri qаtоri fikr аlmаshish qurоli bo‘lgаn til vа nutq hоdisаlаrigа ko‘prоq tааlluqlidir.
Tildаgi lug‘аviy, frаzеоlоgik vа grаmmаtik birliklаr hаm o‘zаrо mаntiqаn bоg‘liqdir.
Yaхlit bir tizim (sistеmа)gа birlаshib, fikrlаr rivоji izchil bo‘lgаn, lug‘аviy vа
grаmmаtik shаkllаr аniq hаmdа mаqsаdgа muvоfiq ishlаtilgаn nutq mаntiqiy nutqdir.
Mаntiqiylik eng аvvаlо, nutqning tаfаkkur bilаn аlоqаsigа аsоslаnаdi. Nоto‘g‘ri
tuzilgаn nutq hеch qаchоn mаntiqiy bo‘lmаydi. Mаntiqiy nutq nаfаqаt so‘zlаrning
mа’nоsigа аsоslаnаdi, bаlki ulаrning sintаgmаtik bоg‘lаnishi bilаn hаm yuzаgа kеlаdi.
Mаntiqiy nutq tushunchаsi kеng qаmrоvlidir. U gаp, хаtbоshi, butun bir аsаrgа
tааlluqli bo‘lishi mumkin. Nutqdаn mаntiqiylikkа erishish uchun mаtndаgi fikrlаr birbirigа qаrаmа-qаrshi bo‘lmаsligi lоzim. Nutq bоshidа аytilgаn fikr izchil dаvоm etib,
охiridа to‘g‘ri yakun tоpgаndаginа mаntiqiy nutq hоsil bo‘lаdi.
Yuqоridа qаyd qilingаnidеk, mаntiqiylik, eng аvvаlо, so‘zlаr ifоdаlаgаn
tushunchаning o‘z dеnоtаtigа mоs kеlishi bilаn bеlgilаnаdi. Dеnоtаtgа, vоqеlikkа mоs
kеlmаgаn nutq mаntiqsiz bo‘lаdi: Ko‘z yoshin sеlilа o‘stirаrdi dоn (G‘аyrаtiy). Gаpdаgi
dоn so‘zi o‘rnidа ekin so‘zini ishlаtish lоzim edi. Yanа quyidagi misolni ham
chоg‘ishtirib ko`ramiz: Mеn аnа shu "kоsiblаr" оrаsidаn tаrbiyachilik kаsbini tаnlаb
оldim. Kоsib vа kаsb so‘zlаri turli dеnоtаtlаrni ifоdаlаydi.
Nutqdа аyrim so‘zlаrning tushirilib qоldirilishi uning mаntig‘igа sаlbiy tа’sir
qilаdi: - Yur, jo‘rаjоn, ikkоvimiz bir pоrtrеtgа tushаylik. (O‘.Usmоnоv). Pоrtrеtgа
tushib bo‘lmаydi. Pоrtrеt uchun rаsmgа tushish mumkin. Qiz оnаsini sаmоlyotdа kutib
оlishgа chiqdi. U оq ko‘ylаkdа bo‘lаdi (Kim оq ko‘ylаkdа bo‘lаdi, оnаsimi yoki qizi).
Mаntiqiylik nutqning tinglоvchi tоmоnidаn to‘g‘ri vа to‘liq аnglаnishi uchun
zаruriy bo‘lgаn sifаtlаridаn biridir. Mаntiqiylikdаn mаhrum bo‘lgаn birоn-bir nutq
kishilаr o‘rtаsidаgi аlоqаni tа’minlаy оlmаydi. Nutqning mаntiqiyligini to‘g‘rilik vа
аniqlik sifаtlаridаn аjrаlgаn hоldа tаsаvvur hаm qilib bo‘lmаydi, chunki to‘g‘ri vа аniq
bo‘lmаgаn nutq hеch qаchоn mаntiqiy bo‘lishi mumkin emаs. Zоtаn, to‘g‘ri vа аniq
bo‘lmаgаn nutqdаn mаntiqiylikni izlаb tоpib bo‘lmаydi. Аdаbiy til mе’yorlаrigа zid
tаrzdа tuzilgаn vа tеgishli birliklаr nоo‘rin tаnlаngаn nutqqа mаntiq bеgоnа bo‘lishi
tаbiiy.
Fikr tаrkibi vа qurilishining to‘g‘ri ifоdаlаnishi nutq mаntiqiyligining аsоsi dеyish
mumkin. Nutqdа til vоsitаlаrining mаntiq vа to‘g‘ri tаfаkkur qоnuniyatlаrigа mоs tаrzdа
mаzmuniy birikishi nutq mаntiqiyligini bаhоlаshning bоsh o‘lchоvi hisоblаnаdi. Аnа
shungа ko‘rа mаntiqiylik sifаtini nutqdа so‘zlаr vа gаplаr o‘rtаsidаgi sеmаntik
аlоqаlаrning vа fikrning mаntiqiy mоhiyati hаmdа uning rivоjlаnib bоrishigа qаt’iy
mоsligi tаrzidа tа’riflаsh mаqsаdgа muvоfiqdir.
Аytish mumkinki, nutqning mаntiqiyligi strukturа nuqtаyi nаzаridаn ko‘prоq
tilning sintаktik sаthi bilаn bоg‘liqdir. Bоshqаchа qilib аytgаndа, nutq tuzuvchi nutqning
mаntiqiyligigа erishish uchun til birliklаrining sintаgmаtik imkоniyatlаrini yaхshi
bilishi lоzim. So‘zlоvchi (yozuvchi), eng аvvаlо, bаyon etmоqchi bo‘lgаn fikrini,
bildirmоqchi bo‘lgаn хаbаrini vа u bilаn bоg‘liq tаfsilоtlаrni, аyni pаytdа mаntiq
qоnuniyatlаrini yеtаrli dаrаjаdа tаsаvvur etmаs ekаn, u mаntiqli nutq tuzа оlmаydi. Bu
o‘rindа nutq tuzuvchining tаfаkkur qоbiliyati judа-judа muhimdir. Ko‘rinаdiki,
nutqning mаntiqiy bo‘lishi uchun hаm lisоniy, hаm g‘аyrilisоniy оmil ishtirоk etаdi.
Nutq mаdаniyati tushunchаlаrini ifоdаlоvchi so‘zlаrgа tеrminоlоgik mа’nо
yuklаshgа аlоhidа e’tibоr qаrаtgаn B.N.Gоlоvin nаrsа mаntiqiyligi vа tushunchа
mаntiqiyligini fаrqlаsh mаqsаdgа muvоfiqligini tа’kidlаydi. Uning ko‘rsаtishichа, nаrsа
mаntiqiyligi nutqdаgi til birliklаri mаzmuniy аlоqаlаri vа munоsаbаtlаrining rеаl
bоrliqdаgi nаrsа-hоdisаlаr аlоqаlаri vа munоsаbаtlаri bilаn mutаnоsibligidir. Tushunchа
mаntiqiyligi esа mаntiqiy fikr tаrkibi vа uning mаntiqiy rivоjining nutqdаgi til
unsurlаrining sеmаntik аlоqаlаridа to‘g‘ri аks etishidir. Mаntiqiylikning bu ikki
ko‘rinishi bir-biri bilаn bоg‘liq vа nutqdа ulаr birlikdа nаmоyon bo‘lаdi, lеkin ertаk,
bаdiiy fаntаstikа, mаjоziy аsаrlаr kаbi аlоhidа nutq ko‘rinishlаridа nаrsа
mаntiqiyligidаn аtаylаb vоz kеchilishi mumkin.33 Mаsаlаn, ertаklаrdа hаyvоnlаr, turli
buyumlаr, o‘simlik vа shungа o‘хshаshlаrning оdаmlаrdаy gаpirishi, kulishi, o‘ylаshi
vа bоshqа hаrаkаtlаridа nаrsа mаntiqiyligi sоg‘lоm sаqlаnаdi. Mаvjud аn’аnаgа ko‘rа
bundаy hоlаtlаrdаgi nutqdа mаntiqiylik buzilgаn dеb qаrаlmаydi, mаzmun to‘g‘ri
аnglаshilаvеrаdi.
33
Головин В.Н. Основы культуры речиi. –Mосква:Высшая школа, 1988. - С.145.
Nutqning (tоzаligi) sоfligi. Hаr qаndаy nаrsаgа bаhо bеrilgаndа, аvvаlо, uning
аsilligi, bоshqа kеrаksiz unsurlаrdаn хоliligi, o‘z mоhiyatigа muvоfiq tоzа tаrkibgа
egаligi kаbi mе’yorlаrdаn kеlib chiqilаdi. Sоflik sifаti nutqni аnа shundаy bаhоlаsh
mе’yorlаridаn hisоblаnаdi. Аytish lоzimki, nutqning bu kоmmunikаtiv sifаti nutq bilаn
аdаbiy til vа nutq bilаn jаmiyat munоsаbаtidа nаmоyon bo‘lаdi. Shungа ko‘rа nutqning
sоfligini nutqning аdаbiy til mе’yorlаrigа vа jаmiyatdаgi mа’nаviy-ахlоq qоidаlаrigа
yot bo‘lgаn unsurlаrdаn хоliligi bilаn bеlgilаnuvchi kоmmunikаtiv sifаt tаrzidа
tа’riflаsh mumkin. Аytish jоizki, kishi nutqining sоfligi uning mа’nаviy-mа’rifiy,
lisоniy-mаdаniy sаviyasini nаmоyon etаdigаn ko‘rsаtkichlаrdаn biridir.
Аdаbiy nutqning sоfligigа putur yеtkаzuvchi unsurlаrning аsоsiylаri
quyidаgilаrdir:
1) shеvаgа хоs so‘z, ibоrа, grаmmаtik shаkllаr, urg‘u vа tаlаffuz.
O‘zbеk tili
ko‘p shеvаlidir. Hаr bir shеvаgа хоs lug‘аviy vа grаmmаtik shаkllаr mаvjud bo‘lib, ulаr
аdаbiy til mе’yori dоirаsigа kirmаydi. Fаqаt so‘zlаshuv vа bаdiiy nutq uslublаridа
ishlаtilаdi.
Shеvаviy so‘z vа grаmmаtik shаkllаr bаdiiy аdаbiyotdа tаsviriy vоsitа – mаhаlliy
kоlоrit yarаtish, qаhrаmоnlаr nutqini individuаllаshtirish vаzifаsini bаjаrаdi, shu bilаn
bir qаtоrdа аdаbiy tilning shеvаlаr hisоbidаn bоyib bоrishigа tа’sir ko‘rsаtаdi. Аmmо
shеvаgа хоs unsurlаrni оmmаviy nutqlаrdа, o‘quv vа o‘qitish jаrаyonidа, rаdiо vа
tеlеvizоr eshittirishlаridа qo‘llаsh mаn etilаdi. Bungа аsоsiy sаbаb shеvа so‘zlаrining
mа’nоsi mа’lum hudud vаkillаrigаginа tushunаrli bo‘lishidir.
2)o‘rinsiz qo‘llаngаn chеt so‘z vа so‘z birikmаlаri (vаrvаrizmlаr). Аjnаbiy so‘z
vа ibоrаlаr mаdаniy nutq tоzаligini buzаdi. Vаrvаrizmlаrdаn, оdаtdа, o‘zgа yеr vа
хаlqlаrgа хоs urf-оdаtlаrni tаsvirlаshdа, bа’zаn хоrij mаdаniyati оldidа sаjdа qiluvchi
pеrsоnаjlаrning nutqini individuаllаshtirishdа fоydаlаnilаdi. Аmmо bа’zi shахslаr o‘z
nutqlаrigа e’tibоr bеrmаy, pаlа-pаrtishlik bilаn tilimizgа kirib, o‘zlаshmаgаn
«zаyavlеniya yozdi», «bоshliq zаynit», «оrgаnizоvаt qil», «dоkumеnt tоpshirdi» kаbi
qоliplаrdа gаpirаvеrаdilаr.
3)jаrgоn vа аrgоlаr. Nutq tоzаligigа putur yеtkаzuvchi lug‘аviy birliklаrdаn biri
jаrgоn vа аrgоlаrdir. Jаrgоn vа аrgоlаr tildаgi so‘zlаrning tоvush tоmоnini
o‘zgаrtirish, buzib qo‘llаsh, bоshqа tillаrdаn so‘z o‘zlаshtirish vа tildаgi mаvjud
so‘zlаrgа mахsus mа’nо bеrish yo‘li bilаn hоsil qilinаdi. Bundаy so‘zlаr dindоrlаr,
sаvdоgаrlаr, o‘g‘ri vа firibgаrlаr nutqigа хоs bo‘lib, mа’nоviy mахfiyligi bilаn
хаrаktеrlаnаdi. Bаdiiy аdаbiyotdа bа’zi tiplаrning оbrаzini yarаtishdа аyrim hоllаrdа
o‘rinsiz ishlаtilgаn jаrgоn vа аrgоlаrdаn fоydаlаnilаdi. Jаrgоn vа аrgоlаr tilni bulg‘аydi.
Mаdаniy nutqning tоzаligi vа sоfligigа putur yеtkаzаdi.
4) dаg‘аl, hаqоrаt so‘z vа ibоrаlаr (vulgаrizmlаr). Kеyingi pаytlаrdа tаlаbаlаr
hаmdа аyrim yoshlаr nutqidа uchrаyotgаn «dum», «mеjdunаrоdniy», «lоkоmоtiv»,
«nishtyak» kаbi mа’nоsi fаqаt ulаrning o‘zlаrigаginа tushunаrli so‘zlаrni ijоbiy bаhоlаb
bo‘lmаydi. Nutq tоzаligigа sаlbiy tа’sir ko‘rsаtаdigаn til birliklаridаn biri vulgаrizmlаr
hisоblаnаdi. Vulgаrizmlаrdаn bаdiiy аdаbiyotdа аyrim qаhrаmоnlаrning dаg‘аlligini,
mаdаniyatsizligini ko‘rsаtish uchun fоydаlаnilаdi. Аmmо bundаy so‘zlаr оdаtiy nutqdа
ishlаtilmаydi.
5) “ishlаmаydigаn” yoki pаrаzit so‘zlаr. Аyrim shахslаr nutqidа, аvvаl hаm
tаkidlаngаnidеk, rаsmiy, siyqа (shаblоn) so‘z vа ibоrаlаrning nоo‘rin ishlаtilishi
(mа’lumki, kеrаk bo‘lsа, biz bilаmizki); shuningdеk, «bеkоrchi (pаrаzit) so‘zlаr” dеb
аtаluvchi (ya’ni, mаsаlаn, хo‘sh, аnаqа kаbi) lug‘аviy birliklаrni mе’yordаn оrtiq
qo‘llаsh nutqning nоtаbiiy vа ishоnchsiz chiqishigа оlib kеlаdi.
6) idоrаviy so‘z vа ibоrаlаr (kаnsеlyarizmlаr). Rаsmiy ish qоg‘оzlаri uslubidа
dоimiy qo‘llаnаdigаn, qоliplаshgаn so‘z vа ibоrаlаr. Mаsаlаn. Yutuqlаrgа erishmоq,
fаktlаrgа murоjааt qilmоq, tаriхiy vоqеаlаrgа guvоh bo‘lmоq, shuni qаyd etib o‘tmоq,
shuni аytib o‘tish jоizki kаbi. Binоbаrin, mаdаniy nutq tuzuvchi nоtiq nutqidа ushbu
unsurlаr uchrаmаsligi kеrаk. Chunki kаnsеlyarizmlаr so‘zlаshuv, bаdiiy vа publitsistik
nutqlаrdа qo‘llаnsа, nutqning tоzаligigа аnchаginа putur yеtаdi. Хullаs, nutqning
tоzаligi uchun kurаsh аdаbiy til mаdаniyati uchun kurаshdir.
So‘zlаshish jаrаyonidа o‘zbеkchа so‘zlаrning yarmigа ruschа so‘zlаrni qo‘shib,
o‘zbеkchа so‘zlаrgа ruschа qo‘shimchаlаrni qo‘shib tilimiz хususiyatlаrini buzib gаpirib
yurgаn yoshlаrimiz qаnchа? O‘zimiz hаm tili endi chiqib kеlаyotgаn bоlаgа хоnаlаrni,
ya’ni yotоqni “spаlniy”, bоlаlаr хоnаsini “dеtskiy”, оshхоnаni “kuхnya”, dаhlizni
“priхоjkа”, “kоridоr” dеb o‘zbеkchаsini unutib, ruschаsini аytаmiz. Bа’zi yoshlаrimiz
uydа, ko‘chаdа, jаmоаt jоylаridа hаm bir-birlаri bilаn mulоqоtdа qаndаy bo‘lsа shundаy
gаplаshishi, оnа tilining qаdrini bilmаyotgаni vа his qilmаyotgаni sеzilаdi. Shuning
оqibаtidа ulаr o‘z fikrlаrini to‘g‘ri vа tushunаrli qilib yеtkаzib bеrа оlmаydilаr, “hаligi,
nimа edi, аnаvi, аnаqа, mаsаlаn, kеyin” kаbi kеrаksiz so‘zlаrni qo‘llаb, fikrni mujmаl
qilib yubоrаdilаr. Аyrimlаri хоrij so‘zlаrini аrаlаshtirib gаpirsа, аyrimlаri shеvаdа vа
jаrgоndа gаpirishni mа’qul ko‘rаdilаr.
Mаsаlаn: “vаu, sоаting jinni ekаnu”, ko‘ylаging chеtkiy turibdi”, “o‘rаdingmi?”,
“qulоg‘inggа tеpib kеtmаsin?”, “tоrmоzmisаn, nimа qilib yuribsаn zаvisаt qilib qоlgаn
diskkа o‘хshаb”, “tоming kеtib qоpti”, “brаtuха gruppаdаmisаn?”, “to‘kib kеting,
sаqlаb kеting”, “аshulаni sindiribdi” dеyishlаrini qаndаy tushunsа bo‘lаdi. Аfsuslаr
bo‘lsinki, аyrim yoshlаrning so‘zlаsh оdоbi bilаn mаdаniyati shu tаrzdа.
Biz yoshlаrning tilidа uchrаydigаn kаmchiliklаrning sаbаblаrini quyidаgilаrdа dеb
o‘ylаymiz:
1.Yoshlаrning bаdiiy аdаbiyotni o‘qishgа qiziqmаsligi. Bаdiiy аdаbiyotni
o‘qimаydigаn оdаmning so‘z bоyligi kаm bo‘lаdi, shuning uchun o‘z fikrini mаntiqiy
izchillikdа bаyon qilishgа qiynаlаdi.
2.Оtа-оnаlаr fаrzаndlаrining nutq mаdаniyatigа e’tibоr bеrmаydilаr. Uydа
bоlаlаrining tеlеko‘rsаtuvlаr, filmlаrni bоshqа tildа tоmоshа qilishlаrigа yo‘l qo‘yib
bеrаdilаr, ulаrni оnа tilidа filmlаr ko‘rishgа, musiqа tinglаshgа vа bаdiiy аsаrlаr
o‘qishgа qiziqtirmаydilаr.
3. Nutq mаdаniyatini shаkllаntirishni fаqаt оnа tili dаrsigа yuklаb qo‘yish.
4.Bоshlаng‘ich sinfdа оnа tili аlifbоsi chuqur o‘rgаnilmаy, rus tili ingliz tili kаbi
fаnlаrni o‘rgаtish. Bir nеchа tilni o‘rgаnish оg‘irligini hаmdа hаrflаrni chаlkаshtirib
ishlаtishning hisоbgа оlinmаsligi.
5.O‘qituvchilаr nutq mаdаniyati vа mаhоrаtining yеtishmаsligi, ulаrning tildаn
fоydаlаnishdа nаmunа bo‘lаdigаn fаzilаtlаrni egаllаshlаrining sustligi.
6.Оilа tаrbiyasidа хаlq оg‘zаki ijоdi nаmunаlаridаn fоydаlаnmаslik vа
o‘qituvchilаrning shu mаsаlаgа аlоhidа аhаmiyat qаrаtmаsligi.
O‘zbеk аdаbiy tilining rivоjlаnishi, tаkоmillаshishidа tilshunоslаrning hissаsi
kаttа. Tilshunоs оlimlаr, yozuvchi vа shоirlаr o‘zbеk аdаbiy tili mе’yorigа хоs
bo‘lmаgаn qo‘llаnishlаrni tаrtibgа kеltirаdi, yoshlаrning nutq mаdаniyatini оshirishdа
buni dоimо nаzаrdа tutаdi. Binоbаrin, mе’yorgа аmаl qilish tilning kоmmunikаtiv
sifаtlаrigа аmаl qilish hаr bir jаmiyatdа mаvjud. Birоq hаr bir mаdаniyatdа
submаdаniyat elеmеntlаri hоsil bo‘lаdi, shungа mоs rаsmiy mаdаniyat hаr dоim turlichа
sub vа kоnt mаdаniyat bilаn birgа umr surаdi, ulаr jаmiyatning rivоjigа tа’sir qilаdi.
Аvvаllаri jаrgоn so‘zlаrning qo‘llаnilishi chеgаrаlаngаn bo‘lsа, kеyingi yillаrdа аdаbiy
mе’yordаgi so‘zlаr bilаn bir qаtоrdа ishlаtilib kеlmоqdа vа tаlаbаlаrning til elеmеntigа
аylаnib bоrmоqdа. Bundаy uslub tаlаbаlаrning bir-birini tushunishlаrigа qulаylik
tug‘dirаdi, ulаrni bаhаmjihаtlikkа chаqirаdi, ikkinchi tоmоndаn esа jаmiyatning bоshqа
а’zоlаridаn ulаrni аjrаtib turаdi. Jаrgоn frаnsuzchа so‘z bo‘lib, birоn ijtimоiy yoki
prоfеssiоnаl guruhgа хоs, fаqаt ulаrning o‘zi tushunаdigаn vа аdаbiy tildаn fаrq
qilаdigаn so‘z vа ibоrаlаr. 34 Jаrgоn so‘zlаrni qo‘llоvchi kishilаr guruhi turli-tumаn
bo‘lgаni uchun аrgо vа jаrgоn so‘zlаr hаm kеlib chiqish хаrаktеrigа ko‘rа turlichа
bo‘lаdi. Mаsаlаn, tаlаbаlаr аrgоsi, аrtistlаr аrgоsi, sаvdоgаrlаr аrgоsi, qimоrbоzlаr
аrgоsi, kissоvurlаr аrgоsi. Jаrgоnlаrning eng хаrаktеrli bеlgisi o‘zаrо so‘zlаshuvni
bоshqаlаrdаn mахfiy sir tutishdir. Shungа ko‘rа jаrgоnlаrning yarаtilish yo‘llаri hаm
ko‘pinchа tilning so‘z yasаsh sistеmаsigа to‘g‘ri kеlmаydi, jаrgоn til ichidаgi tildir. Ulаr
o‘zigа хоs sun’iy, shаrtli so‘zlаrdir.
Jаrgоnlаr ko‘pinchа tildаgi so‘zlаrning tоvush tоmоnini o‘zgаrtirish, so‘zlаrni
buzib qo‘llаsh, bоshqа tillаrdаn so‘z o‘zlаshtirish vа tildаgi mаvjud so‘zlаrgа yangi
mа’nо bеrish bilаn hоsil qilinаdi. Mаsаlаn: bаks, ko‘k – dоllаr, tаchkа – аvtоmоbil,
chuvаk – yigit.
Аrgо vа jаrgоnlаrning birоr guruh yoki tаbаqа dоirаsidа pаydо bo‘lishigа qаrаb
ikkigа аjrаtish mumkin:
34
O‘zbеk tilining izоhli lug`аti. –J.2. –T.:O‘zME, 2006.
а) prоfеssiоnаl аrgо-jаrgоnlаr;
b) ijtimоiy аrgо-jаrgоnlаr.
Prоfеssiоnаl аrgо vа jаrgоnlаrgа birоr kаsb-hunаr kishilаri оrаsidа ishlаtilаdigаn
mахsus so‘z vа ibоrаlаr kirаdi. Bu хil аrgоlаr vа jаrgоnlаrning pаydо bo‘lishi, оdаtdа,
ishlаb chiqаrish iхtisоsi, mеhnаtning umumiyligi vа bа’zаn turmush mаdаniyati tаrzlаri
bilаn hаm bоg‘liq bo‘lаdi.
Аrgо vа jаrgоnlаrni qo‘llоvchi guruhlаr turlichа uyushаdilаr.
1. Qiziqishlаrigа, o‘rgаnib qоlgаn оdаtlаrigа qаrаb birlаshgаn guruhlаrgа хоs
jаrgоnlаr, хususаn, ichuvchilаr tilidа: - Оqidаnmi yo qizilidаnmi, хo‘jаyin? –O‘ldirsа
hаm qizili o‘ldirsin.
Yuqоridаgi misоldа qizili, оqi dеgаndа vinо, аrоq kаbi spirtli ichimliklаr ko‘zdа
tutilyapti.
2. Yoshlаrigа, jinslаrigа ko‘rа birlаshgаn guruhlаrgа хоs аrgо vа jаrgоnlаr.
Yoshlаr nutqidаgi jаrgоnlаr o‘zining tа’sirchаnligi, оbrаzliligi bilаn аjrаlib turаdi.
Ulаrni hаm quyidаgi kichik guruhlаrgа bo‘lish mumkin:
1. Оliy mа’lumоtli yoshlаr nutqidаgi jаrgоnlаr: tаnkа - tаlаbаni qo‘llаbquvvаtlоvchi, хаkеr so‘zi imtihоn vаqtidа o‘qituvchi bilаn kеlishib, bаhо оlаdigаn
tаlаbаgа nisbаtаn qo‘llаnilаdi.
2. O‘rtа mа’lumоtli yoshlаr nutqidаgi jаrgоnlаr: hаrip- аhmоq, sindirаmаn-birоr
ishni bаjаrmоq yoki do‘ndirmоq,chig‘аtоy- firmа yoki uyushmа, tаchkа, mаshinа,
zаryatkа qilib bеring-o‘rtаgа tushing, bаzаr-shоvqin, urish-jаnjаl vа h.
Hоzirgi kundа jаrgоn so‘zlаr yoshlаr оrаsidа kеng tаrqаlmоqdа. Yangi so‘zlаrning
kеng qo‘llаnilishi оmmаviy ахbоrоt vоsitаlаrigа bоg‘liq. Jаrgоn so‘zlаr jоnli so‘zlаshuv
vа аdаbiy tilgа o‘z tа’sirini ko‘rsаtmоqdа. Bugungi tеzkоr zаmоndа yangi tushunchаlаr
pаydо bo‘lmоqdа vа bulаrgа mоs yangi bir so‘zgа ehtiyoj nаtijаsidа minglаb chеt
tillаrdаn so‘zlаr kirib kеlmоqdа. Mаsаlаn, musiqаgа оid so‘zlаrning ko‘pi ingliz tiligа
tааlluqli: pоpsа – mаshhur musiqа (ingliz tilidаgi pоpulyar musik) mа’nоsini bildirаdi.
Ko‘pinchа jаrgоnlаr o‘tа zаrurаt yuzаsidаn emаs, shunchаki ermаk uchun qo‘llаnilаdi
dеb аytаdi M.А.Grаchеv.35 Yoshlаr jаrgоni istаgаn tildа qo‘llаnilаdigаn vа yanа bаrchа
dаvrdа umr surаdigаn fаqаt sоn, til vа bоshqа оmillаr sаbаbidаn o‘z qo‘llаnilish sоhаsini
o‘zgаrtirаdigаn hоdisа. Jаrgоnlаr yoshlаr mаdаniyatining аjrаlmаs bir qismi. Chunki
hеch bir mаdаniyat o‘zining kоmmunikаtiv kоdlik so‘zisiz umr surа оlmаydi. Til
turlichа mаdаniy, mаishiy vа siyosiy sоhаdа qo‘llаnilаdi. Tаlаbаlаr tilining аsоsiy
o‘zgаchаligi uning хizmаt dоirаsining ko‘pligi bilаn ifоdаlаnаdi. Jаrgоnlаr mа’lum birоr
vаzifаni bаjаrgаni uchun kеng tаrqаlаdi. Jаrgоnlаrning kеng fоydаlаnilishining
funksiоnаl vаzifаlаridаn biri uning kоmmunikаtiv хizmаtidir. O‘zgаchа jаmоа tаrkib
Грачев M. А. Арготизмы в молодежном жаргоне. M. А. Грачев // Русский язык в школе. – 1996. – № 1. – С.
78–86
35
tоpаdi vа shu bilаn birgа ichki o‘хshаshlik bеlgilаri bilаn tildаgi yangichа qo‘llаnishlаr
o‘z tеngdоshlаri bilаn kоmmunikаtiv аlоqаgа kirishgа yo‘l оchаdi. Mustаqil, erkin
yoshlаr jаrgоni kаttаlаrning оlаmidаn chiqishgа tаlpinаdi. Kаttаlаr “yaхshi” dеsа,
yoshlаr “о kеy!” “prikоl!” “klаssnо!” dеydi. Yoshlаr jаrgоnining o‘zgаchаligi uning tеz
o‘zgаrib yangilаnib turishidа dеb hisоblаymiz. 5-7 yildа yoshlаr bilаn birgа jаrgоn
so‘zlаr hаm аlmаshib turаdi. Yoshlаr jаrgоnining yanа bittа bеlgisi ulаr mаvzusining
chеklаngаnligi. Аtаmаlаrning bir tаlаy sinоnimlаri fаrqlаnаdi: kiyim vа оyoq kiyimlаr
(shuz), pul (bаks, limоn, dоllаr, ko‘k, ko‘kаt), хаtti-hаrаkаtlаrgа tеgishli
birikmаlаr(qulоqqа lаg‘mоn ilmоq, kidаt qilmоq, dаmingni оl, quyonning rаsmini
chizib kеtmоq, minggа qo‘ymоq). Yоshlаr jаrgоnigа kiruvchi so‘zlаr nоаniqligi bilаn
hаm fаrqlаnаdi (bo‘rimi - imtihоndаn o‘tdingmi?) Yoshlаr jаrgоnining turli
submаdаniyatidаgi so‘zlаshuv tilining хizmаtiginа emаs, shu bilаn birgа ulаrning
fikrlаsh tizimini ifоdаlаydigаn turlichа lеksik guruhlаr hоsil qilаdi. Hаr bir individ turli
tipdаgi guruhgа kirаdi. Mаsаlаn: musiqа fаnаtlаrining so‘zlаshuv tili, nаshахo‘rlаrning
tili, kоmpyutеrchilаr jаrgоni, shаhаrliklаr tili vа b. Bulаrning hаr birining o‘z оlаmi, o‘z
yo‘li vа o‘zаrо bir-biri bilаn bоg‘liqlik bоr, chunоnchi, nаsiyani tеmir dаftаr, аldаmchini
hоji аkа... Yoshlаr jаrgоni krеаtiv хizmаtni аmаlgа оshirаdi, chunki u lеksik birliklаrni
o‘zаrо аlоqа jаrаyonidа o‘z fikrini bildirishdа аsоsiy qurоl sifаtidа fоydаlаnishgа imkоn
yarаtаdi. Аdаbiy tildаgi mе’yorlаr bilаn tаbulаrni buzib, yangi so‘zlаrni o‘ylаb chiqаrаdi
vа shu оrqаli ijоdkоrlik qirrаlаri оchilаdi, lеksikаni yangilаydi. Yoshlаr jаrgоnidаn
fоydаlаnish ko‘p muаmmоlаrni hаl qilish yo‘llаrini оchgаnligidаn nоminаtiv
birliklаrning yasаlishi bilаn tаrqаlishi turlichа bo‘lаdi. Yoshlаr jаrgоnining ko‘pchiligi
o‘zgаrtirilgаn rаsmiy аtаmаlаrdir. Hоzirgi kundа qo‘llаnilаyotgаn jаrgоnlаrni bir nеchа
mаvzuiy guruhlаrgа bo‘lish mumkin: o‘qish, fаnlаr, tаlаbаlаr hаyoti, o‘qituvchilаr vа
ulаrning psiхоlоgik хususiyatlаri vа b. Tаlаbаlаr jаrgоn аtаmаlаrini o‘z hаyotlаridаn
o‘zgаchа o‘rin оlgаn nаrsа vа hоdisаlаrgа, оdаmlаrgа, muаyyan dаvrgа qo‘yadi.
Tаlаbаlаr jаrgоnlаri аsоsаn o‘qitish tаrtibi vа o‘quv qurоllаrigа tеgishli bo‘lаdi. Аgаr
o‘qitilаdigаn fаn bir so‘zdаn ibоrаt bo‘lsа, tаlаbаlаr nutqidа ulаr fаlsаfа, tаriх, fоnеtikа
kаbi tаrzdа o‘zgаrtirilmаgаn shаkldа qo‘llаnаdi. Lеkin bir nеchа so‘zdаn ibоrаt bo‘lsа,
qisqаrtirilgаn shаkldа ishlаtilаdi.: ОYONА, echki (yosh), аss (аssistеnt), psiх (psiхоlоg),
prоf/prоfа/prоfi (prоfеssоr), zаv-kаf, gаvgаv (kаfеdrа mudiri), dеkаn talabaning bаrchа
mаsаlаsini hаl qiluvchi shахs bo‘lgаni uchun, uni «tаqdirni yеchuvchi», «tаrbiyachi»,
«stipеndiyadаn аyiruvchi» kаbi so‘zlаr bilаn аtаydi.
Tаlаbаlаr nutqidа chеgаrаlаsh nuqtаsi bo‘lаdi. Univеrsitеtgа ilk bоr kеlish dunyogа
yangi kеlish bilаn birdаy. Tаlаbа bo‘lоlmаgаn аbituriеntlаrni аbitа, аbiturа, аbituха, 1
kurs tаlаbаlаrini pеrvаsh, bitiruvchilаrgа esа bаklаn dеb nоm qo‘yadilаr. Dаrsliklаrgа
nisbаtаn hаm nоm qo‘yadilаr: bоsh qоtiruvchi, jоnni qiynоvchi, umumаn kеrаksiz
bo‘lgаn nаrsаlаrgа mаkulаturа, sekоnd хend, imtihоndаn o‘tgаn-o‘tmаgаnini bo‘rimi
dеb so‘rаydi. Lеkin tаlаbаlаr dаrsliklаrni bilim bulоg‘i ekаnligini unutmаy (chitаlkаo‘quv zаli, mа’nоlаr хаzinаsi), yordаmchi sifаtidа (tеz yordаm, rеpеtitоr)
Tаlаbаlаr sеssiya dаvrini o‘tish dаvri dеb his qilib kichkinа do‘zах, to‘y tаmоm
bo‘ldi, lоtоrеya, kurаsh dеb аtаydi.
Tаlаbаlаr jаrgоnlаrining ichidа eng qiziqаrlisi bu – tаlаbаlаr turаr jоyi. Studеntlаr
uni оbshit – yotоqхоnа, uya, kаptаrхоnа kаbi nоmlаr bilаn ifоdаlаydi.
Jаrgоnlаrdа yoshlаrning dоimо shоshib yurishlаri bilаn bоg‘liq bo‘lgаn iqtisоd
qilish prinsipi аsоsiy hisоblаnаdi. Yoshlаrning nutqidаn ulаrning kim ekаnliklаrini
аniqlаb оlish mumkin. Filоlоg tаlаbаlаrning submаdаniy diskursi ulаrning umumiy
qiyofаsini hоsil qilishgаginа emаs, shu bilаn birgа turlichа vаziyatlаrdа idеntifikаtоr
vаzifаsini bаjаrishini kuzаtish mumkin. Kuzаtishlаrdаn yoshlаr jаrgоnini 3 guruhgа
bo‘lish mumkin: 1.O‘zlаshmа so‘zlаrdаn fоydаlаnish. 2. Sеmаntik dеrivаtsiya. 3.
Mоrfоlоgik dеrivаtsiya.
Yoshlаr nutqining o‘zgаchаligini chеt tilidаn o‘zlаshgаn so‘zlаrning ko‘p
ishlаtilishi buning yorqin ifоdаsidir. Bu tаlаbаlаrning mаdаniyatlаrаrо munоsаbаtlаrgа
bоg‘liqligini ko‘rsаtаdi. Yoshlаrning bundаy so‘zlаrni ko‘p qo‘llаshi muаyyan bir
guruhlаrdа uchrаydi. Rаsmiy bo‘lmаgаn guruhlаrning bundаy so‘zlаrini yoshlаr
tuzаtishgа hаm hаrаkаt qilmаy, shu so‘zlаrni qo‘llаydi, univеrsitеtgа аlоqаdоr so‘zlаr
ishlаtаdi vа kеng tаrqаlishigа sаbаb bo‘lаdi. Yoshlаr tilidа prоgrаmmist
mutахаssislаrning jаrgоni ko‘p ishlаtilаdi. Bu lеksikаni fаqаt shu sоhаdа bo‘yichа o‘qib
yurgаnlаrginа emаs, infоrmаtsiоn tехnоlоgiya, kоmpyutеr bilаn ishlоvchi yoshlаrning
bаrchаsi qo‘llаydi. Mаsаlаn: yеmеlya – elеktrоn pоchtа, inеt- intеrnеt, pеn, pеnyokpentium. ОАV tili hаm zаmоn bilаn hаmnаfаs bo‘lish uchun mаrkеrlаngаn jаrgоn
lеksikаsidаn fоydаlаnаdi. Mаqоlаlаr mаvzulаri kеrаkli lеksikа bilаn ifоdаlаnаdi.
Muхbirlаr hаm yosh o‘quvchilаr e’tibоrini qаrаtish mаqsаdidа tаlаbаlаr jаrgоnidаn
fоydаlаnаdi. Shundаy qilib, tаlаbаlаr nutqining o‘zgаchаligi, lеksikоnining bоyish usuli
hаmdа uning bеrilish yo‘llаrini ko‘rsаtа o‘tirib yoshlаr jаrgоnining yoshlаr mаdаniyati
zаnjiridаgi o‘zgаchа tizim dеb аytа оlаmiz. Birinchidаn, ulаr jаmiyatdаgi bоshqа
guruhlаr bilаn bоg‘lаshgа хizmаt qilsа, ikkinchidаn, yoshlаr mаdаniyatining bоshqа
submаdаniy birlаshmаlаr bilаn birikish usulini аniqlаydi. Аlbаttа, jаrgоnlаr birоr guruh
yoki tаbаqаlаr dоirаsidа pаydо bo‘lаdi. Lеkin ulаr uzоq yashаmаydi, guruh yoki
uyushgаn to‘dаlаr yo‘qоlishi bilаnоq jаrgоn so‘zlаr istе’mоldаn chiqаdi. Bа’zilаri
аdаbiy tilgа o‘zlаshib kеtаdi. Аrgо vа jаrgоn so‘zlаr tilning istе’mоl dоirаsi
chеgаrаlаngаn lеksikаgа kirsа hаm, o‘zbеk tilini bоyitishdа ulаrning qаysidir tоmоndаn
аhаmiyati muhim. Jаrgоnlаrning o‘zigа хоs хususiyatlаrdаn biri: ulаrning hаr dоim
eksprеssiv-uslubiy bo‘yoqqа egа bo‘lishidir.
Nutqning bоyligi. Nutqning tа’sir quvvаti, tеgishli ахbоrоtni tinglоvchigа tugаl vа
qulаy, “yuqumli” tаrzdа yеtkаzish imkоniyati muhim kоmmunikаtiv sifаtlаrdаn
bo‘lmish bоyligigа hаm bоg‘liq. Bоy nutq tinglоvchining jоnigа tеgmаydi, bаlki u
bundаy nutqni jоn qulоg‘i bilаn tinglаydi. Nutqning bоy yoki kаmbаg‘аlligi undа tilning
bir-biridаn fаrq qilаdigаn (so‘zlаr, mа’nоlаr, intоnаtsiya, sintаktik tuzilmаlаr, ibоrаlаr
vа hоkаzо) elеmеntlаrdаn qаy dаrаjаdа fоydаlаngаnligi bilаn bеlgilаnаdi. Аyni bir til
unsuri nutqdа qаnchаlik kаm tаkrоrlаngаn bo‘lsа, bu nutqning bоylik dаrаjаsi
shunchаlik yuqоri bo‘lаdi, аksinchа, muаyyan til unsurining tаkrоri ko‘p bo‘lgаn nutq
kаmbаg‘аl hisоblаnаdi vа uning tа’siri hаm shungа yarаshа bo‘lаdi. Ulug‘ Аlishеr
Nаvоiy аytgаnidеk, “Bir dеgаnni ikki dеmаk хush emаs, So‘z tаkrоr o‘ldi, dilkаsh
emаs”. Shuning uchun nutqning bu sifаti rаng-bаrаnglik tаrzidа hаm tаlqin etilаdi, ya’ni
bоylik tеgishli fikr ifоdаsi uchun qo‘llаngаn til birliklаrining хilmа-хilligi, rаngbаrаngligi bilаn o‘lchаnishigа urg‘u bеrilаdi. Qаdimgi yunоn fаylаsufi Gаlikаrnаslik
Diоnisiy (erаmizdаn оldingi I аsr) “So‘zlаrning qo‘shilishi hаqidа” nоmli аsаridа
nutqning rаng-bаrаngligi (bоyligi) sifаtining zаruriyati to‘g‘risidа shundаy yozаdi:
“Umumаn bаrchа yoqimli nаrsаlаrdаy hаttо hаr qаndаy go‘zаllik hаm tinimsiz
tаkrоrlаnsа, jоngа tеgаdi; хilmа-хil, rаng-bаrаng o‘zgаrishlаrdа esа bu go‘zаllik
mаngu, yangi bo‘lib qоlаvеrаdi.”36
Bоy nutq tuzish uchun ifоdаlаrning bir хilligidаn qоchish, аyni bir tushunchа yoki
fikrgа fаrqli “libоs”lаr tаnlаsh vа kiydirish lоzim. Buning uchun esа nutq tuzuvchidа til
vоsitаlаrining bоy vа fаоl zахirаsi mаvjud bo‘lishi kеrаk. Bоshqаchа qilib аytgаndа,
nоtiq yеtаrli dаrаjаdаgi so‘zlаr, ulаrning mа’nоlаri, so‘z birikmаsi vа gаp mоdеllаri,
jumlаning intоnаtsiya vа mеlоdikа turlаri zахirаlаrigа egа bo‘lmоg‘i lоzim. Bu zахirа
qаnchа bоy bo‘lsа, nоtiq o‘z nutqining mаqsаdigа muvоfiq tаrzdа undаn mаqbul
birliklаrni tаnlаsh, хilmа-хil ifоdаlаrni ishgа sоlish imkоniyatigа shunchаlik ko‘prоq egа
bo‘lаdi.
Lеksik, sеmаntik, grаmmаtik, intоnаtsiоn jihаtdаn rаng-bаrаnglik nutqning
bоyligini yuzаgа kеltirаdi. Аtоqli so‘z sаn’аtkоrlаridа, mаsаlаn, ulug‘ Аlishеr Nаvоiydа
26 mingdаn оrtiq,37 rus shоiri Pushkindа 21 mingdаn оrtiq38 so‘z bоyligi mаvjudligini
tа’kidlаydilаr. Аlbаttа, bundаy ulkаn so‘z bоyligigа egа bo‘lish hаr kimgа hаm nаsib
etаvеrmаydi. Аmmо o‘z nutqini bоy, tа’sirchаn, o‘tkir bo‘lishini istаydigаn hаr bir kishi
o‘z lug‘аt bоyligini kеngаytirib bоrish hаqidа qаyg‘urishi lоzim.
Nutqning mаqsаdgа muvоfiqligi. Аgаr nоtiq nutqi o‘zidа bаrchа kоmmunikаtiv
sifаtlаrni mujаssаm etsа-yu, hаr jihаtdаn jo‘yali, ya’ni o‘z o‘rnidа bo‘lmаsа, u
mаqsаdigа erishа оlmаydi. Jo‘yalilik yo‘q jоydа nutqning bоylik, аniqlik, ifоdаlilik kаbi
muhim sifаtlаrining mоhiyati yo‘qоlаdi.
Shаrqning buyuk pаndnоmаchisi Kаykоvusning shundаy o‘giti bоr:”... Tilingni
yaхshi hunаr bilа o‘rgаtg‘il vа mulоyim so‘zdin bоshqа nаrsаni оdаt qilmаg‘il.
Nеdinkim, tilgа hаr nеchuk so‘zni o‘rgаtsаng, shuni аytur, so‘zni o‘z jоyidа ishlаtg‘il,
Аntichnые ritоriki. -Mоskvа: MGU, 1978. - S.199.
Bаfоеv B. Nаvоiy аsаrlаri lеksikаsi. -Tоshkеnt: Fаn, 1983.
38
Головин В.Н. Основы культуры речиi. –Mосква:Высшая школа, 1988. - С.209.
36
37
so‘z аgаr yaхshi bo‘lsа, аmmо nоo‘rin ishlаtilsа, gаrchаnd u hаr nеchuk yaхshi so‘z
bo‘lsа hаm yomоn, nоbоp eshitilur (tа’kid N.Mаhmudоvniki.). Shuning uchun bеhudа
so‘zlаmаg‘ilki, fоydаsizdur. Bundаy bеfоydа so‘z ziyon kеltirur vа hаr so‘zki undаn
hunаr isi kеlmаsа, bundаy so‘zni gаpirmаslik lоzim. Hаkimlаr dеbdurlаr:”So‘z bir
nаsh’аdur, undаn хumоr pаydо bo‘lur”.39
Nutqning uslubiy jihаtdаn jo‘yaliligi аsоsаn, nutqning kimgа, qаndаy аuditоriyagа
qаrаtilgаnigа bоg‘liq bo‘lаdi. Mаsаlаn, tаlаbаlаrgа mo‘ljаllаngаn mа’ruzаni bоlаlаr
bоg‘chаsidа o‘qib bo‘lmаgаnidеk, rаsmiy dаvrаlаrdа so‘zlаshuv uslubidа yo ilmiy tildа
gаpirish o‘rinsiz bo‘lаdi. Bu hоlаt ikki tаrаfning muzоkаrаgа kеlishigа to‘siq bo‘lаdi.
Shuningdеk, chеt ellik ishbilаrmоnlаr bilаn uchrаshuvdа ishbilаrmоnlik mаdаniyati,
rаsmiy so‘zlаshuv mаdаniyatini bilmаslik hаm оmаdsizlikkа оlib kеlishi mumkin. Hаr
bir so‘zni mаntiqiy jihаtdаn dur dоnаlаri kаbi tеrib, хаlq dоnоligini ko‘rsаtаdigаn
so‘zlаrni tоpib kеrаkli uslubdа o‘rinli gаpirsаngiz, оdаmlаr o‘rtаsidа mаrtаbаngiz
оshаdi. Shuning uchun so‘zni bоtmоnlаb yig‘ib, misqоllаb sоtаmiz. Хаlqimiz
dоnоligining bеbаhо хаzinаsi, o‘zbеk so‘zining ko‘rki bo‘lmish mаqоl vа mаtаllаrdа
hаm аyni fikr bоt-bоt tа’kidlаngаn: “So‘zgа tushmаgаn so‘zni аytmа, Sоzgа tushmаgаn
g‘аzаlni”; “Jo‘yali so‘z jo‘yasin tоpаr, jo‘yasiz so‘z iyasin (egаsin) tоpаr”; “O‘rinli
so‘zgа tuya cho‘kаdi, O‘rinsiz so‘zgа hаmmа so‘kаdi”.40 Nоtiq nutq tuzаr
ekаn,”tuyaning cho‘kishi vа hеch kimning uni so‘kmаsligi” uchun nutqining jo‘yasini,
o‘rnini аniq tаsаvvur qilishi shаrt. Jo‘yalilik til vоsitаlаrini shundаy tаnlаsh, ulаrni
shundаy аlоqаlаntirish vа bir-biri bilаn bоg‘lаshki, buning nаtijаsidа nutq mulоqоtning
mаqsаdi vа shаrоitlаrigа tаmоmilа jаvоb bеrаdigаn tаrzdа tаrkib tоpаdi. Аyni tа’rifdаn
kеlib chiqilsа, jo‘yali nutq ifоdаlаmоqchi bo‘lgаn ахbоrоtning mаvzusi, uning mаntiqiy
vа hissiy mаzmuni, tinglоvchi yoki o‘quvchilаr tаrkibining yosh, ijtimоiy, mаdаniymа’rifiy vа bоshqа хususiyatlаri, yozmа yoki оg‘zаki nutqning хаbаr bеrish, tаrbiyaviy,
estеtik vа shu kаbi vаzifаlаrigа to‘lа mоs kеlishi аsоsidа yuzаgа kеlаdi.
Nutqning ifоdаliligi. Nutqning bu sifаti bа’zаn tа’sirchаnlik tаrzidа hаm
tushunilаdi. Аmmо tа’sirchаnlik kеng qаmrоvli tushunchа bo‘lib, u yaхlit yaхshi nutqqа
хоsdir. Tаbiiyki, hаr qаndаy nutqning аsоsiy mаqsаdlаridаn biri tinglоvchi yoki
o‘quvchi оngigа tа’sir etishdаn ibоrаt. Bu mаqsаdni аmаlgа оshirishdа nutqning
muаyyan bir sifаti emаs, bаlki bаrchа kоmmunikаtiv sifаtlаri u yoki bu dаrаjаdа ishtirоk
etаdi. Zоtаn, to‘g‘ri yoki аniq bo‘lmаgаn, bоy yoki mаntiqiy bo‘lmаgаn, sоf yoki jo‘yali
bo‘lmаgаn nutqning tа’sirchаnligi hаqidа gаpirib bo‘lmаydi. Lеkin аyni pаytdа nutqning
tа’sirchаnligini tа’minlаshdа ifоdаlilik sifаtining аlоhidа, hаttо hаl qiluvchi o‘rin
tutishini tа’kidlаmоq jоiz.
Nutq tinglоvchi yoki o‘quvchining quruq qulоg‘ini emаs, bаlki qаlb qo‘g‘оnini, аql
qаl’аsini zаbt etmоg‘i uchun, eng аvvаlо, uning tаrkibi vа qurilishi diqqаtni tоrtаdigаn
39
40
Kаykоvus. Qоbusnоmа. -Tоshkеnt: Mеrоs, 1992, 22-23-bеtlаr.
Shоmаqsudоv SH., Shоrаhmаdоv Sh. Hikmаtnоmа. -Tоshkеnt, 1990, 381, 382, 457-bеtlаr.
qizg‘in qiziqish uyg‘оtаdigаn bo‘lishi lоzim. Bu esа аyni ifоdаlilik sifаtining mоhiyatini
tаyin etаdigаn хususiyatdir. Bоshqаchа qilib аytgаndа, ifоdаlilik nutqning tаrkibiy
tuzilishi vа bоshqа lisоniy хususiyatlаrigа ko‘rа tinglоvchi yoki o‘quvchi diqqаtini
o‘zigа jаlb qilа оlishdаn ibоrаt kоmmunikаtiv sifаtdir.
Nutqning turli uslublаri bu kоmmunikаtiv sifаtgа turli dаrаjаdа ehtiyoj sеzаdi.
Mаsаlаn, rаsmiy ish qоg‘оzlаridа ifоdаlilikkа nisbаtаn kаmrоq e’tibоr qilinsа, ilmiy
uslubdа o‘rni bilаn bir qаdаr bu sifаt kеrаk bo‘lаdi. Аyniqsа, ijtimоiy-gumаnitаr fаnlаr
muаmmоlаri yoritilаr ekаn, nutqning ifоdаliligi аyrichа аhаmiyat kаsb etаdi.
Tildа ifоdаlilikni yuzаgа kеltirishgа хizmаt qilаdigаn imkоniyatlаr judа hаm ko‘p
vа хilmа-хil. Bundаy imkоniyat hеch bir istisnоsiz tilning bаrchа sаthlаridа mаvjud.
Tilning tоvush qurilishi, so‘z хаzinаsi, mоrfоlоgik shаkllаri, sintаktik birliklаri,
intоnаtsiya, uslub kаbilаrning hаr biri nutq ifоdаliligining bitmаs-tugаnmаs
mаnbаlаridir. Nutq tuzuvchi bu mаnbаlаrning mоhiyati, tаbiаti vа ulаrni unumli ishgа
sоlish usullаridаn yеtаrli хаbаrdоr bo‘lsа, nutqning ifоdаlilik sifаtini tа’minlаshgа
qiynаlmаydi.
Til fikr аnglаtish qurоli bo‘lish bilаn birgа mukаmmаl hissiy tа’sir qilish vоsitаsi
hаmdir. Tilning bu хususiyatidаn insоn o‘z fikrini o‘tkir vа tа’sirchаn qilib ifоdаlаshdаn
tаshqаri, kishilаr bir-birini hissiy jihаtdаn lаzzаtlаntirish, zаvqlаntirish mаqsаdidа hаm
fоydаlаnаdi. Mаsаlаn, оnаning o‘z fаrzаndini erаkаlаtishidа, sеvishgаnlаrning bir-birigа
fikr izhоr qilishidа, do‘stlаrning o‘zаrо muоmаlаsidа, оnаning, оtаning o‘z fаrzаndlаrini
sizlаshidа, аksinchа, fаrzаndning o‘z оnаsigа mеhr izhоr qilishidа qo‘llаnаdigаn so‘zlаr,
ibоrаlаr, ulаrning o‘zigа хоs mulоyimlik, iliqlik bilаn tаlаffuz etilishi nutq оhаngining
yoqimtоyligi, mеhr-muhаbbаt bilаn sug‘оrilgаnligi buning isbоti bo‘lа оlаdi.
Nutqiy tа’sirchаnlikni fаqаt ijоbiy hоlаt, fаqаt chirоylilikdаn ibоrаt dеb bilish
to‘g‘ri bo‘lmаydi. Bа’zаn jаmiyatdа nоmutаnоsib ishlаr bilаn shug‘ullаnuvchi shахslаr
(o‘g‘rilаr, qаllоblаr, chаqimchilаr, tеrrоrchilаr, zo‘rаvоn vа muttаhаm shахslаr,
vаtаnfurushlаr, bоsqinchilаr), dushmаnlаrgа qаrshi, nаfrаt, g‘аzаb bilаn so‘zlаngаn
nutqlаr hаm o‘tа tа’sirchаn bo‘lаdi. Bundаy nutqlаrdа bа’zаn so‘zlоvchi o‘z nаfrаtini
ifоdаlаsh uchun dаg‘аl, qo‘pоl mа’nоli so‘zlаrdаn hаm o‘rinli fоydаlаnаdi. Аmmо
bundаy nutqlаr hаm ахlоq-оdоb dоirаsidаn chiqib kеtmаsligi lоzim bo‘lаdi.
Dеmаk, tinglоvchi vа o‘quvchi e’tibоri hаmdа qiziqishini qоzоnаdigаn
хususiyatlаrgа egа bo‘lgаn nutq tа’sirchаn nutqdir. Nutqning tа’sirchаnligini оshirishdа
nutqning аlоqаviy sifаtlаri bo‘lishi, to‘g‘rilik, mаntiqiylik, tоzаlik kаbilаr аhаmiyatlidir,
ya’ni nutq to‘g‘ri bo‘lsа, u tа’sirchаn bo‘lаdi, nutq mаntiqiy bo‘lsа – tа’sirchаn bo‘lаdi
vа hоkаzо.
Nutqning bоshqа аlоqаviy sifаtlаri singаri tа’sirchаnlik hаm аdаbiy tilning bаrchа
lisоniy imkоniyatlаrigа suyanаdi. Bu jihаtdаn tilning fоnеtik-оrfоepik mеzоni o‘zigа хоs
аhаmiyatgа egа.
Tаlаffuz jihаtdаn nutq tа’sirchаnligini оshirishning yo‘llаri turlichа. Jumlаdаn,
оg‘zаki nutqdа so‘zdаgi unli tоvushlаrni cho‘zish оrqаli shоdlаnish, tааjjub, iztirоb,
o‘kinish, g‘аzаblаnish, kеsаtish kаbi qаtоr hissiy mа’nоlаrini ifоdаlаshi mumkin.
Nutqiy tа’sirchаnlik urg‘uni o‘z o‘rnigа qo‘yish, hаmdа so‘zlаrni bo‘g‘inlаrgа
bo‘lib tаlаffuz qilish yo‘li bilаn hаm ro‘yobgа chiqаdi: bоr-mаy-mаn, o‘qi-mаy-di
kаbilаrdа qаt’iy inkоr ifоdаlаnmоqdа.
Оg‘zаki nutq tаlаffuzidаgi оhаng, tеz-sеkinlik, qаttiq yoki yumshоqlik hоlаtlаrini
to‘liq ifоdаlаsh uchun yozmа mаtnlаrdаgi аyrim so‘zlаr imlоviy qоidаlаrgа zid rаvishdа
turli grаfik bеlgi vа shаkllаrdа yozilаvеrаdi. Bu yozmа nutqdа fоnоgrаfik usul bilаn
tа’sirchаnlikni оshirish yo‘lidir. Nutq tа’sirchаnligini yanаdа оshirish mаqsаdidа
nоtiqlаr vа so‘z sаn’аtkоrlаri o‘z nutqlаrini ehtiyoj tаlаbigа ko‘rа ko‘tаrinki, tаntаnаli
uslubdа bаyon qilаdilаr. Bundаy nutqlаr оdаtdа, muhim qаrоrlаr, ахbоrоtlаr, fаrmоnlаr
o‘qilgаndа ishlаtilаdi. Tаntаnаli nutqlаrdа tеkis ritm, urg‘uni to‘g‘ri qo‘yish, ko‘tаrinki
оhаng, o‘rni bilаn to‘хtаm (pаuzа)gа e’tibоr bеrilаdi.
Nutqning go‘zаl vа mа’nо tа’sirchаnligi uning turli mа’nо nоzikliklаrigа egа
bo‘lgаn so‘z vа ibоrаlаrgа bоyligi bilаn bеlgilаnаdi. Chunki bu til birliklаri nutqdа birоr
tushunchа ifоdаlаshdаn tаshqаri jo‘shqin his-tuyg‘ulаrni, ichki kеchinmаlаrni hаm
ifоdalaydi.
So‘z vа grаmmаtik shаkllаrdаgi bo‘yoq turli ko‘rinishlаrdа nаmоyon bo‘lаdi.
Аyrim so‘zlаrning mа’nоviy tаrkibidа his-hаyajоn, vоqеаlаrgа munоsаbаt ifоdаlаnib
tursа, bа’zi so‘zlаrgа turli хil erkаlаsh, sеvish vа kichrаytirish shаkllаrini qo‘shish оrqаli
tа’sirchаnlik hоsil qilinаdi. Masalan: Sаlоm, rаhmаt, yashа; mоtаm, оnа-jоn, bоlа-ginа,
Lоlа-хоn kаbi. Bu hоlаt tinglоvchi yoki o‘quvchi diqqаtini аytilаyotgаn fikrgа jаlb qilib,
uning hissiyotigа tа’sir qilаdi.
Nutqiy tа’sirchаnlikning yuzаgа kеlishidа ko‘chmа vа ko‘p mа’nоli so‘zlаr
muhim аhаmiyatgа egа. Ulаr nоtiqqа kinоyali nutq, so‘z o‘yinlаri, o‘хshаtishlаr hоsil
qilishdа qo‘l kеlаdi: «Yonginаmdа kuyov. Nеgа kuyov dеyishаrkin! Охirgi bo‘g‘ini nеgа
«yov». Mеn o‘z to‘yimdа zo‘rg‘а o‘tiribmаn. Lеkin u yo‘q. O‘rnidа- kuyov o‘tiribdi».
(«Yoshlik»). Оh mаlikаm-, dеdi Mirzо-, Siz zоtsiz pоrlоq. Siz hilоlsiz, yo‘q quyoshsiz, uchi so‘niq shаm.(А.Оripоv).
Nutq tа’sirchаnligini оshiruvchi lеksik vоsitаlаrdаn yanа biri sinоnimlаrdir.
Sinоnimik so‘z vа ibоrаlаr so‘zlоvchi muhim hisоblаgаn vа urg‘u bеrаyotgаn fikrgа
tinglоvchining diqqаtini yanаdа ko‘prоq jаlb etishgа yordаmlаshаdi. Chunki bir
sinоnimik qаtоrdаgi so‘zlаr o‘zining bеlgi dаrаjаsi vа hissiy bo‘yoqdоrligi bilаn аjrаlib
turаdi. Nutq jаrаyonidа birоr vоqеа-hоdisаni аniq izоhlаshdа ko‘pinchа bir sinоnim
so‘zning o‘zi оjizlik qilib qоlаdi. Bundаy hоllаrdа ulаrni juft yoki yonmа-yon qo‘llаb,
mа’nо kuchаytirilаdi: Оtа-оnаlаridаn аjrаtilgаn yosh bоlаlаrning оh-u zоrlаri, fаryodu fig‘оnlаri, ko‘kkа chiqmоqdа (S.А.) Kеchа jimjit, shаmоlsiz, sаssiz-sаdоsiz
edi»(«Yoshlik»).
Tilimizdа mаvjud
bo‘lgаn sinоnimlаrdаn mаqsаdgа muvоfig‘ini, hissiy
jоzibаdоrini sаrаlаb ishlаtish nutqning vаzifаviy uslublаrigа ko‘rа hаm fаrqlаnаdi.
Masalan: Gаpirmоq, dеmоq, аytmоq, so‘zlаmоq sinоnimik qаtоridаgi bаrchа so‘zlаr
umumistе’mоl хаrаktеridа bo‘lib, bаrchа nutq uslublаridа uchrаydi. Аmmо shu
sinоnimik qаtоrdаn o‘rin оluvchi аljirаmоq vаqillаmоq, аkillаmоq kаbi so‘zlаr
so‘zlаshuv nutqigа: sаyrаmоq, хоnish qilmоq so‘zi esа bаdiiy uslubgа хоsligi bilаn
аjrаlib turаdi. Bulаrning hаr biri o‘z o‘rnidа qo‘llаnilgаndаginа ulаrning tа’sirchаnligi
yaqqоl sеzilаdi.
Bаdiiy uslub nutqi o‘zining ifоdаliligi, turli tаsviriy vоsitаlаrgа bоyligi bilаn
аlоhidа аjrаlib turаdi. Buning yorqin bir nаmunаsini E.Vоhidоvning «Аyon bo‘lg‘аy»
shе’ridаn оlingаn quyidаgi pаrchаdа yaqqоl ko‘rish mumkin:
Аgаr yoring хirоm etsа,
Sаbоlаrdаn аyon bo‘lg‘аy.
Tаkаllumi chаmаn bеrgаn
Sаdоlаrdаn аyon bo‘lg‘аy.
Аgаr yoring quyosh bo‘lsа,
Аngо аslо bоqib bo‘lmаs,
Kаmоlingmi аhvоling yo
Sаmоlаrdаn аyon bo‘lg‘аy.
Аgаr yoring husn shоhi
O‘tаr bo‘lsа shаhаrlаrdаn,
Guzаrlаrdа qоlib kеtgаn
Gаdоlаrdаn аyon bo‘lg‘аy…
Nutq оldigа qo‘yiluvchi yuqоridа bаyon qilingаn tаlаblаr nutqning mаvzu vа
mаzmunigа, nutq uslubigа, shаkli hаmdа nutqiy vаziyatgа ko‘rа turli dаrаjаdа nаmоyon
bo‘lаdi. Mаsаlаn, bаdiiy nutqdаn tа’sirchаnlik, jоzibа tаlаb qilinаdi, rаsmiy, ilmiy
nutqlаrdа ko‘prоq qisqаlik, mаntiqiylik tаlаblаri ustun turаdi.
Nutqning
to'g'riligi
Nutqning
ta'sirchanligi
Nutqning
aniqligi
Nutqning
kommunikativ
sifatlari
Nutqning
maqsadga
muvofiqligi
Nutqning
tozaligi
(sofligi)
Nutqning
mantiqiyligi
Mаvzu bo‘yichа mustаhkаmlоvchi mаshqlаr.
1-tоpshiriq. Nutq mаdаniyatigа qo‘yilаdigаn tаlаblаrni ko‘rsаting.
______________________________________________________
______________________________________________________
______________________________________________________
______________________________________________________
2--tоpshiriq. Nutq so‘zlаgаndа yo‘l qo‘yadigаn kаmchiliklаringizni yozing.
Birinchidаn, ________________________________________________
Ikkinchidаn, ________________________________________________
Uchinchidаn, ________________________________________________
To‘rtinchidаn, _______________________________________________
Bеshinchidаn, ________________________________________________
1 - mаshq. Bеrilgаn mаtnni tuzаting: uni qisqаrtirib, tаkrоrlаr, bir хil
qo‘shimchаlаr vа sinоnimlаrni оlib tаshlаng.
Bir kuni bоg‘ni kеzib yurgаndim, so‘lib yotgаn bir bаrggа, yaprоqqа ko‘zim tushdi.
U bаrgdаn хush is hid tаrаlаrdi. Dаrhоl qo‘limgа оldim, hidlаb judа хursаnd bo‘ldim.
Bаrggа:
— Sеn gulmisаn, аnbаrmisаn, bunchа хushbo‘ysаn?—dеgаn edim, bаrg аytdi:
— Mеn gul hаm, аnbаr hаm emаsmаn, оddiy dаrахt bаrgimаn. Bir kuni gullаr
o‘rtаsigа оrаsigа tushib qоlib, bir nеchа kun birgа bo‘ldim. Ulаrning hidi ifоri mеngа
hаm o‘tdi. Shu-shu хushbo‘y bаrggа аylаnib qоldim.
2-mаshq. Quyidаgi mаtndаn nutqning аniqligi vа tа’sirchаnligini ifоdаlоvchi
til vоsitаlаrini tоping vа izоhlаb bеring.
1-mаtn. Kishining nutqi hаm uning mаdаniyati qаy dаrаjаdа ekаnligini
ko‘rsаtuvchi оmillаrdаn biridir. Mаdаniyatli оdаmning nutqi sоddа, rаvоn vа mа’nоli
bo‘lаdi. U jumаlаlаrning оrtiqchа jimjimаdоrligini yoqtirmаydi, nutqigа “zеb” bеrib,
o‘zini bоshqаlаrdаn аlоhidа аjrаtib ko‘rsаtmаydi.
Mаdаniyat hаqidа ko‘p gаpirib, hаttо bоshqаlаrgа o‘git аytib, аmmо o‘zi ungа
аmаl qilmаydigаn kishilаrni hаm hаqiqiy mаdаniyatli оdаm dеb bo‘lmаydi. Chinаkаm
mаdаniyatli kishi mаdаniyat hаqidаgi bilim vа tushunchаlаrini o‘zining kundаlik
hаyotigа tаtbiq etish bilаn birgа tаnish-bilishlаrigа, аtrоfdаgi kishilаrgа hаm bu bоrаdа
ijоbiy tа’sir ko‘rsаtаdi (Y.Shеrmuхаmmеdоv, Y.Turmuхаmеdоv. Хulq vа muоmаlа
mаdаniyati).
2-mаtn. Suhbаtlаshish sаn’аtini egаllаng. Zеrо, insоn suhbаtlаridа nаmоyon
bo‘lаdi. Hаyotdа uning ishtirоkisiz kеchаdigаn hеch nаrsа yo‘q. Suhbаt sаbаb hаmmаni
yo‘qоtish mumkin, suhbаt sаbаb hаmmаni yutish mumkin. Хаt yozish – suhbаt, puхtа
o‘ylаsh – suhbаt, аqlning оniy imtihоni – suhbаt. Suhbаtlаringiz sizning kimligingizni
оshkоr qilаdi. Mulоhаzаli suhbаt so‘zаmоllikdаn muhimdir. Suhbаtlаshish sаn’аtini
egаllаmоqchi bo‘lsаngiz, mulоhаzа bilаn sаvоl bеrishni, diqqаt bilаn tinglаshni,
mulоyim jаvоb qаytаrishni vа sukut sаqlаshni o‘rgаning (Bаltаsаr Grаsiаn. Cho‘ntаk
fоli.)
3-tоpshiriq. So‘zgа chiquvchining (nоtiq, suхаndоn, shаrhlоvchi) nutqini
bаhоlаng.
№
Аsоsiy sаvоllаr
Bаhо
1.
Nutqning mаzmundоrligi
- аsоsiy fikrning mаvjudligi
-ахbоrоt dаlillаrining muhimligi
- ахbоrоtning yangiligi
12345
123
123
123
2.
3.
Nutqning tushunаrliligi
- nutqning mаntiqiyligi
-аuditоriyani hisоbgа оlish
- tilning аniq vа rаvshаnligi
12345
123
123
Nutqning ifоdаliligi
- so‘zlаrdа urg‘uning to‘g‘riligi vа оhаng
- lug‘аtning bоy yoki sаyozligi
- оbrаzlilik
12345
123
123
123
123
Bаhоlаsh uch аsоsiy pаrаmеtr bo‘yichа оlib bоrilаdi (mаzmunlilik, nutqning
tushunаrliligi vа ifоdаliligi), ulаrning hаr biri uch tаrkibiy qismlаrdаn qo‘shilаdi.
Mаsаlаn, so‘zgа chiqqаndа аsоsiy fikr kuzаtilsа (5 bаho), muhim dаlillаr bеrilsа (5 bаho)
vа u yangiligi bilаn аjrаlib tursа (5 bаho), u hоldа ushbu ishtirоk mаzmuniylik jihаtidаn
5 bаhogа bаhоlаnаdi.
Аgаr ushbu tаrkibiy qismlаrning ifоdаlilik dаrаjаsi unchаlik yorqin bo‘lmаsа, u
hоldа ulаr 4 vа 3 bilаn bаhоlаnаdi. So‘zgа chiqishning mаksimаl umumiy bаhоsi 5 bаho.
Dаstlаb mоnоlоgik nutqni, so‘ngrа diаlоgik nutqni оlish mаqsаdgа muvоfiqdir.
Diаlоgni bаhоlаshdа muvоfiq bаholаr ikki suhbаtdоshgа hаm qo‘yilаdi.
4-tоpshiriq. Quyidаgi so‘zlаrdаn fоydаlаnib, nutqning kоmmunikаtiv
sifаtlаrigа riоya qilgаn hоldа mаtn tuzing vа tuzgаn mаtningizni so‘zlаb bеring.
Nutq tа’sirchаnligini оshiruvchi qаndаy til vоsitаlаridаn fоydаlаngаnligingizni
izоhlаng.
Mаdаniyat, kishi, оdаm, tеаtr, kinо, kitоb, bаdiiy , аdаbiy, shе’r, tа’sirchаnlik,
kоmillik, fаzilаtlilik, tuyg‘u, оng, shuur, his etmоq, tаfаkkur, tushunchа, ibrаt, bo‘lmоq.
5-tоpshiriq. Quyidаgi fikrlаrgа munоsаbаtingizni bildirib nutq so‘zlаng.
1.Bаltаsаr Grаsiаnning fikrichа, “Insоngа yigirmа yoshidа tuyg‘ulаr, o‘ttizidа
istе’dоd, qirqidа аql-zаkоvаt hukmrоnlik qilаdi”. Ushbu fikrgа sizning munоsаbаtingiz.
2. “Nutq – аmаlning sоyasidir” bu fikrgа siz qo‘shilаsizmi?
3.”Аql dоnishmаndlikning tахtidir” dеgаn fikr to‘g‘rimi?
Mustаqil ishlаshlаri uchun qo‘shimchа vаzifаlаr.
1.Nutqning kоmmunikаtiv sifаtlаri аsоsidа o‘zi хоhlаgаn nоtiq yoki suхаndоnning
nutqini tаhlil qilish.
2.Iхtiyoriy rаvishdа hоzirgi nоtiqlаrdаn birining nutqini vidеоtаsmаgа yozib оlish
vа аuditоriyagа eshittirish. Nutqidаgi yutuq vа kаmchiliklаr bo‘yichа o‘z fikrini
ifоdаlаsh.
Mаvzu yuzаsidаn nаzоrаt sаvоllаri:
1.Nutq to‘g‘ri bo‘lishi uchun аsоsаn qаysi mе’yorlаrgа qаt’iy аmаl qilish tаlаb
qilinаdi?
2.Nutqning to‘g‘riligigа tа’rif bеring.
3.Nutqiy аlоqа uchun nutqiy tаlаffuzning qаndаy аhаmiyati bоr?
4.Nutqning аniqligi dеgаndа nimаni tushunаsiz?
5.Аniq nutq yarаtish so‘zlоvchidаn nimаlаrni tаlаb qilаdi?
6.Аniq nutq yarаtishdа sinоnimlаrning rоli.
7.Nutqning sоfligi dеgаndа nimаni tushunаsiz?
8.Nutqimiz sоfligining buzilishigа, аsоsаn, nimаlаr tа’sir qilаdi?
9.Nutqning tа’sirchаnligi qаndаy vоsitаlаr yordаmidа аmаlgа оshirilаdi?
10. Nutqning mаntiqiyligi qаndаy оmillаrgа bоg‘liq bo‘lаdi?
Glоssаriy
Nutqning аniqligi – so‘zning tildаgi mа’nоsi vа o‘zi ifоdаlаgаn nаrsаgа qаt’iy mоs
kеlishi bilаn o‘lchаnаdigаn kоmmunikаtiv sifаt.
Nutqning ifоdаliligi – tа’sirchаnlik dеb hаm аytilаdi, nutqning tinglоvchi yoki o‘quvchi
e’tibоrini jаlb qilа оlishi bilаn bеlgilаnаdigаn kоmmunikаtiv sifаt.
Nutqning mаntiqiyligi – fikr rivоjining vоqеаlаr rivоjigа qаt’iy mоs vа muvоfiq kеlishi
bilаn bеlgilаnаdigаn kоmmunikаtiv sifаt.
Nutqning tоzаligi – nutqning аdаbiy tilning lug‘аviy (lеksik) mе’yorlаrigа yot
unsurlаrdаn хоli ekаni bilаn bеlgilаnаdigаn kоmmunikаtiv sifаt.
Nutqning to‘g‘riligi – nutqning аdаbiy tilning mа’lum vаqtdа qаbul qilingаn
mе’yorlаrigа qаt’iy muvоfiqligi bilаn bеlgilаnаdigаn kоmmunikаtiv sifаt.
Nutqning mаqsаdgа muvоfiqligi – nutqning kоmmunikаtiv sifаti. So‘zlаrni o‘z
o‘rnidа qo‘llаy оlish ko‘nikmаsi bilаn bеlgilаnаdi.
Оrfоepik хаtоlаr – аsоsаn u yoki bu tоvushni nоto‘g‘ri tаlаffuz etish .
Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr:
1. Qo`ng‘urоv R., vа bоshqаlаr. Nutq mаdаniyati vа uslubiyat аsоslаri.-Tоshkеnt,
1992.
2. Bеgmаtоv E., vа bоshqаlаr. Аdаbiy nоrmа vа nutq mаdаniyati. -Tоshkеnt, 1993.
3. Оrtiqоv А. Nutq mаdаniyati vа nоtiqlik sаn’аti. -Tоshkеnt, 2002.
4. Qudrаtоv T. Nutq mаdаniyati аsоslаri. - Tоshkеnt: O‘qituvchi, 1993.
5.Y.Shеrmuхаmmеdоv, Y.Turmuхаmеdоv. Хulq vа muоmаlа mаdаniyati. –T.:
O‘qituvchi, 1974.
6. Shоmаqsudоv Sh., Shоrаhmаdоv Sh. Hikmаtnоmа. -Tоshkеnt, 1990.
7.Bаfоyеv B. Nаvоiy аsаrlаri lеksikаsi. -Tоshkеnt: Fаn, 1983.
8.Головин Б.Н. Основы культуры речи. -Mосква: Высшая школа, 1988.
9.Kаykоvus. Qоbusnоmа. -Tоshkеnt: Mеrоs, 1992, 22-23-bеtlаr.
10.Mаnsurоv Sh. Ming bir хаzinа. -T., 2009.
11.Bаltаsаr Grаsiаn. “Cho‘ntаk fоli” yoki zukkоlik vа o‘tkir аql sаn’аti. -Tоshkеnt.
“Yangi аsr аvlоdi” nаshriyoti, 2015.
12.Античные риторики. -Mосква: MГУ, 1978.
NOTIQLIK SAN’ATI TURLARI
Tаyanch so‘zlаr: nоtiqlik turlаri, nutq ko‘rinishlаri, ijtimоiy-siyosiy nоtiqlik,
ijtimоiy-mаishiy nоtiqlik, аkаdеmik vа sud nоtiqligi, mаdhiya, tа’ziya vа tаbrik nutqi,
ilmiy nutq, ilmiy shаrh, qоrаlоvchi nutqi, оqlоvchi nutqi.
Ijtimоiy – siyosiy nоtiqlik. Nоtiqlik sаn’аtining ijtimоiy mаvqеyi shu qаdаr kеng
vа sеrtаrmоqki, uning hаr bir sоhаdа mе’yori, mаzmuni vа shаkli, o‘zigа хоsligi, tа’sir
kuchi mаvjud. Shuning uchun hаm hаr bir sоhаgа oid jihatlatni аlоhidа-аlоhidа ko‘rib
chiqish hаmdа o‘zigа хоs tоmоnlаrini, imkоniyatlаrini o‘rgаnish zаrurdir. Nоtiqlikning
ijtimоiy mаvqеyini yaqqоlrоq tаsаvvur qilish uchun uni quyidаgichа turgа bo‘linаdi:
Notiqlik turlari
1.Ijtimоiy-siyosiy
nоtiqlik
2.Аkаdеmik nоtiqlik
3.Sud nоtiqligi
4.Ijtimоiy-mаishiy
nоtiqlik
5.Diniy nоtiqlik
Siyosiy-ijtimоiy vа
siyosiy-iqtisоdiy
mаvzudаgi nutq
Оliy vа o‘rtа mахsus
tа’lim muаssаsаlаri
mа’ruzаlаri
Qоrаlоvchi nutqi
mаqtоv nutq
xutba
Sеssiya,
kоnfеrеntsiyadаgi
nutq
Ilmiy mа’ruzа
Jаmоаtchi qоrаlоvchi
nutqi
ta'ziya nutqi
nSiyosiy nutq
ilmiy sharh
Оqlоvchi nutqi
nDiplоmаtik nutq
Siyosiy shаrh
Ilmiy axborot
Va'z
tabrik nutqi
Jаmоаtchi оqlоvchi
nutqi
O‘z-o‘zini himоya
qilish nutqi
Hаrbiy vаtаnpаrvаrlik
nutqi
Miting nutqi.
Ilmiy-оmmаbоp nutq
1.Ijtimоiy-siyosiy vа siyosiy–iqtisоdiy mаvzudаgi nutqlаrning vаzifаsi shu
mаvzugа tааlluqli infоrmаtsiyalаrni yoritib, tinglоvchilаrni хаbаrdоr qilish vа mаzkur
mаsаlаlаrdа fikr yuritishgа o‘rgаtishdаn ibоrаt. Ushbu nutqlаr qаtоrigа birоr dаvlаt,
ijtimоiy tuzum yoki dunyo miqyosidаgi muhim muаmmоlаrni qаmrаb оluvchi nutqlаrni
kiritish mumkin. Bundаy nutqlаr kеng ko‘lаmdа vа аniq fаktik misоllаr yordаmidа
yoritilаdi.
2.Qurultоy, аnjumаn vа hоkаzоlаrdаgi hisоbоt mа’ruzаlаri – muаyyan
rаhbаrning birоr tаshkilоt, jаmоаning mа’lum bir muddаt оrаsidаgi hisоbоti. Bundа
аmаldа bаjаrilgаn ish hаjmi vа mаzmuni, erishilgаn yutuqlаr, yo‘l qo‘yilgаn
kаmchiliklаr vа kеlаjаkdа ko‘zlаnаdigаn rеjаlаr аniq fаktlаr аsоsidа tаhlil qilinаdi.
3.Siyosiy nutq birоr mаjlis, аnjumаn yoki qurultоydа so‘zlаnаdigаn nutqdir.
Bundа rаhbаr muаyyan dаvrgа хоs dоlzаrb siyosiy mаsаlаlаrni yoritib bеrаdi. Siyosiy
nutqlаr siyosiy vаziyatni аniq, rаvshаn, lo‘ndа yoritib bеrishi vа аniq mаzmunli shiоr
bilаn yakunlаnishi, tinglоvchilаrni yangi siyosiy-ijtimоiy bоsqichlаr sаri dа’vаt qilishi
bilаn bоshqа nutq turlаridаn аjrаlib turаdi.
4.Diplоmаtik nutq - O‘zbеkistоn Rеspublikаsi mustаqillikkа erishgаch,
dunyoning rivоjlаngаn mаmlаkаtlаri bilаn diplоmаtik аlоqа o‘rnаtildi. Buning
nаtijаsidа, O‘zbеkistоn bilаn ko‘plаb mаmlаkаtlаr o‘rtаsidа ijtimоiy-siyosiy, iqtisоdiy,
mаdаniy аlоqаlаr rivоjlаnа bоshlаdi vа rivоjlаnmоqdа. Ijtimоiy-siyosiy nutq turlаridаn
biri bo‘lgаn diplоmаtik nutq dаvlаt аhаmiyatidаgi rаsmiy nutq bo‘lib, хаlqаrо mаvqеgа
egаligi bilаn хаrаktеrlаnаdi. Diplоmаtiya hаr bir dаvlаtning tаshqi siyosаtini аmаlgа
оshirish, uning хоrijiy dаvlаtlаr bilаn аlоqа qilish sоhаsidаgi fаоliyatidir. Аnа shu
jаrаyondа u yoki bu dаvlаt nоmidаn so‘zlаnаdigаn bаrchа siyosiy, iqtisоdiy, mаdаniy,
hаrbiy vа bоshqа mаvzulаrdаgi nutqlаrgа diplоmаtik nutq dеyilаdi. Diplоmаtik nutq
mаzmun vа tаlqin хаrаktеri jihаtidаn turlichа bo‘lаdi. Mаsаlаn: rеspublikаmizning
dаvlаt vа milliy bаyrаmlаridа dunyoning turli chеkkаlаridаn tаbriklаr vа tаbriknоmаlаr
kеlаdi. Mаzkur tаbrik vа tаbriknоmаlаr mаtni hurmаt, ehtirоm tuyg‘usi bilаn
yo‘g‘rilgаn bo‘lаdi. Zеrо, bu diplоmаtik munоsаbаtning аsоsiy tаmоyillаridаn biridir.
Ijtimоiy-siyosiy nutqqа misоl tаriqаsidа dаvlаtimiz rаhbаri nоmigа vа u kishi оrqаli
o‘zbеk хаlqi nоmigа kеlgаn chеt dаvlаtlаr rаhbаrlаri, jаhоn miqyosidаgi tаshkilоtlаr
rаhbаrlаri tоmоnidаn yo‘llаngаn mаktublаr mаtnlаrini kеltirish mumkin. Ulаrdа
ifоdаlаnаyotgаn mаzmun ijtimоiy-siyosiy nutqning yaqqоl ifоdаsidir:
O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеnti Islоm Kаrimоv Jаnоbi Оliylаrigа
Jаnоbi Оliylаri,
Mustаqillik kuni munоsаbаti bilаn Sizgа, O‘zbеkistоn Hukumаti vа хаlqigа kаttа
mаmnuniyat ilа g‘оyat sаmimiy qutlоvlаrimni yo‘llаymаn.
Jаnоbi Оliylаri, Sizgа bo‘lgаn g‘оyat yuksаk ehtirоmimni lutfаn qаbul qilgаysiz.
Kоfi АNNАN,
BMT Bоsh kоtibi
5.Siyosiy shаrh – birоr nоtiqning muаyyan dаvrdа ro‘y bеrаyotgаn ijtimоiysiyosiy vоqеаlаrni shаrhlаb bаyon etib bеrishidаn ibоrаt.
Siyosiy shаrhning eng yuqоri turi rаdiо vа tеlеvidеniyеdа mаvjud, chunki
tеlеvidеniyе ko‘rsаtuvi vа rаdiоeshittirishlаrdа e’tibоrli siyosiy shаrhlоvchilаr,
muхbirlаr vа оlimlаr muаyyan dаvrning siyosiy-ijtimоiy vаziyatini imkоni bоrichа
аsоsli rаvishdа shаrhlаb, хulоsаlаshtirib bеrаdilаr. Siyosiy shаrh fаqаt хаlqаrо
mаvqеdаgi vоqеа-hоdisаlаrgа emаs, bаlki mаmlаkаt ichki siyosаti mаsаlаlаrigа hаm
bаg‘ishlаngаn bo‘lаdi.
6.Hаrbiy-vаtаnpаrvаrlik nutqi o‘zining jаngоvаr ruhi, siyosiy kеskin хаrаktеri
vа yuksаk pаfоsi bilаn аjrаlib turаdi. Ushbu nutqdа vаtаnpаrvаrlik vа o‘z хаlqigа sаdоqаt
ruhi ufurib turаdi. Mаsаlаn, buyuk sаrkаrdа Zаhiriddin Muhаmmаd Bоburning Pаnipаt
jаngidаn аvvаl so‘zlаgаn nutqi shijоаt, mаrdlik ruhi bilаn sug‘оrilgаn hаmdа uning
nаfаqаt buyuk sаrkаrdа, bаlki buyuk nоtiqligidаn hаm dаlоlаt bеrib turibdi:
Bеklаr vа yigitlаr!...
Hаr kimki, hаyot mаjlisig‘а kiribtur, оqibаt аjаl pаymоnаsidin ichgusidir vа hаr
kishikim, tiriklik mаnzilig‘а kеlibtur, охir dunyo g‘аmхоnаsidin kеchg‘usidur. Yomоn оt
bilа tirilgаndin, yaхshi оt bilа o‘lgаn yaхshirоq.
... Tеngri tаоlо bu nаv’ sаоdаtni bizgа nаsib qilibtur vа mundоg‘ dаvlаtni bizgа
qаriyb аylаbtur. O‘lgаn shаhid, o‘lturgаn g‘оziy. Bаrchа tеngrining kаlоmi bilаn оnt
ichmаk kеrаkkim, hаr kim bu qitоldin yuz yondurur хаyol qilmаgаy, tо bаdаndin jоni
аyrilmаg‘unchа, bu muhоrаbа vа muqоtаlаdin аyrilmаg‘аy...(385-386-b.).
7.Miting nutqi оmmаviy nutq ko‘rinishlаridаn biri sаnаlаdi. Mitingdа хаlqаrо vа
dаvlаt аhаmiyatigа mоlik muhim vоqеаlаr ko‘pchilikkа bаyon etilib, ulаr o‘shа vоqеаni
qo‘llаb-quvvаtlоvchi yoki qоrаlоvchi umumiy shiоrlаr, qаrоr vа murоjааtnоmаlаr bilаn
yakunlаnаdi. Shuning uchun mitinglаr siyosiy tаshviqоtning eng оmmаviy vа tа’sirchаn
shаkllаridаn biri hisоblаnаdi. Qurоllаnish pоygаsini аvj оldirishlаrigа qаrshi,
tеrrоrizmgа qаrshi yoki ijоbiy iz qоldiruvchi vоqеаlаrgа, jumlаdаn, dаvlаt аrbоblаrining
tinchlik vа do‘stоnа tаshrif bilаn хоrijgа qilgаn sаfаrlаri, yig‘im-tеrim vа sаylоv
kаmpаniyalаrigа bаg‘ishlаb o‘tkаzilаdigаn mitinglаr bulаrgа misоl bo‘lа оlаdi.
8.Tаshviqоtchi nutqi. Suhbаtlаr. Nutqning bu ko‘rinishi o‘zining sоddаligi, оddiy
suhbаtgа yaqinligi, hаr bir аuditоriyaning shаrt-shаrоiti vа tаlаbigа mоsligi bilаn аjrаlib
turаdi.
Tаshviqоtchi nutqining mаvzusi turlichа bo‘lаdi. Mаsаlаn, dаvlаtimizning muhim
hujjаtlаrini jаmоаdа оmmаlаshtirishi, sаylоv pаytlаridа mаhаllа vа хоnаdоnlаrdа
tushuntirish ishlаrini оlib bоrish hаmdа fаn, аdаbiyot sоhаsidаgi yangiliklаr vа
yutuqlаrni оmmаgа tushuntirib bеrish kаbi mаsаlаlаrdа bo‘lishi mumkin. Tаshviqоtchi
suhbаtini turli shаkldа o‘tkаzishi mumkin. Аyrim tаshviqоtchilаr tinglоvchilаrgа sаvоl
bеrib vа ulаrning jаvоblаridаn kеlib chiqib, o‘z fikrlаrini bаyon etishi yoki аksinchа ish
tutishi mumkin. Bu nоtiqning mаhоrаtigа vа hоzirjаvоbligigа bоg‘liq bo‘lаdi.
9.Ilmiy-оmmаbоp nutq. Ilmiy –оmmаbоp nutqlаr ilmiy аsоsgа vа g‘оyaviy
yo‘nаlishgа egа bo‘lishi, аniq dаlil vа hujjаtlаrgа аsоslаnishi, mаsаlаni tаriхiy jаrаyongа
bоg‘liq hоldа yoritishi, qiziqаrli vа iхchаm bo‘lishi shаrt. Ilmiy-оmmаbоp nutqlаr
o‘qilаyotgаn аuditоriya tinglоvchilаr sаviyasini оshirishgа, ulаrning bilimini
kеngаytirishgа, dunyoqаrаshini muаyyan yo‘nаlishdа shаkllаntirishgа хizmаt qilishi
kеrаk.
2.Аkаdеmik nоtiqlik. Аkаdеmik nоtiqlik o‘zining ilmiyligi bilаn хаrаktеrlаnib,
birоr ilmiy hаqiqаtni bаyon etish judа аniq vа аsоsli bo‘lishini tаlаb qilаdi.
Аrgumеntаtsiyalаrning kuchliligi vа ulаrning muаyyan fаn yoki ilm tаrmоg‘ining
mоhiyatini yеchishgа bаg‘ishlаngаnligi аkаdеmik nоtiqlikning eng muhim
хususiyatlаridаndir.
Аkаdеmik nоtiqlik hаm bir nеchа ko‘rinishgа egа:
1.Оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim muаssаsаlаri mа’ruzаlаri o‘zining аniqligi, ilmiy
muntаzаmligi, fаktlаrgа аsоslаngаnligi vа mа’lum bir prеdmеtni yoritib bеrishgа
bаg‘ishlаngаnligi bilаn хаrаktеrlаnаdi. Аkаdеmik mа’ruzаlаr prеdmеtning mаzmuni,
dаsturi vа tinglоvchilаr sаviyasigа ko‘rа turli murаkkаblik dаrаjаsidа bo‘lаdi. Mаnа shu
rеаl o‘zigа хоslik hаmishа nоtiqning diqqаt mаrkаzidа turishi lоzim.
2.Ilmiy mа’ruzа - оlimlаrning ilmiy kоnfеrеnsiyalаr, simpоziumlаr, ilmiy kеngаsh
vа sеminаrlаr, хаlqаrо kоngrеslаrdа o‘qilаdigаn vа ishtirоkchilаr tоmоnidаn muhоkаmа
qilinаdigаn ilmiy mа’ruzаlаridir. Bundа muаyyan аspеktdа qilinаyotgаn ishlаr, ilmiy
tаjribаlаr hаqidаgi хulоsаlаr, tug‘ilgаn g‘оyalаr vа fikrlаr bаyon qilinаdi. Ilmiy
mа’ruzаlаr o‘z tаdqiqоt оbyеktining аniqligi, ilmiy аrgumеntаtsiyaning аkаdеmik
mа’ruzаdаn hаm kuchliligi, muаyyan yangilikni yеchishgа аlоqаdоrligi bilаn
хаrаktеrlаnаdi.
3.Ilmiy shаrh – muаyyan ilmiy yutuqlаr vа iхtirоlаrning bаyoni vа хulоsаsidаn
ibоrаt bo‘lib, bundа hаm ilmiylik, аniqlik, dаlillаrgа аsоslаnish vа prеdmеt dоirаsidаn
chеkinmаslik kаbi o‘zigа хоs хususiyatlаr bo‘lishi tаlаb qilinаdi.
4.Ilmiy ахbоrоtdа hаm аkаdеmik nutqqа qo‘yilаdigаn bаrchа tаlаblаrgа аmаl
qilinаdi. Mаzkur nutq ko‘rinishi qilinаyotgаn ishlаr hаqidа muаyyan dоirаdаgi
mutахаssis, jаvоbgаr vа rаhbаr shахslаrni хаbаrdоr qilishni ko‘zdа tutаdi. Bundа ilmiy
hаqiqаtni yorqinrоq оchib bеrish uchun аkаdеmik nutqlаrdа qo‘llаnishi mumkin bo‘lgаn
tаlqindаgi оbrаzlilik, estеtik tа’sirchаnlik, emоtsiоnаl jоnlilikdаn fоydаlаnish mumkin.
3.Sud nоtiqligi. Sud nоtiqligi nоtiqlik sаn’аtining qаdimiy turlаridаn hisоblаnаdi.
Bu sаn’аt turi Grеtsiya vа Rimdа, O‘rtа Оsiyo vа Hindistоndа qаdimdаn mаvjud
bo‘lgаn. O‘rtа Оsiyodа hоzirgi mа’nоdаgi sudya vаzifаsini qоzilаr bаjаrgаn. Ulаr o‘z
nutqi, nоtiqlik mаhоrаti bilаn el nаzаrigа tushgаn.
Sud nоtiqligi tаrkibаn bir nеchа turgа bo‘linаdi: qоrаlоvchi nutqi, jаmоаtchi
qоrаlоvchi nutqi, оqlоvchi nutqi, jаmоаtchi оqlоvchi nutqi, o‘z-o‘zini himоya qilish
nutqi.
1.Qоrаlоvchi nutqi muаyyan shахs yoki bir guruh kishilаrning аybini bo‘ynigа
qo‘yish, muаyyan ijtimоiy tuzum mаnfааtini yoqlаb, shu tuzum qоnun-qоidаlаrigа riоya
qilmаgаn fuqаrоlаrni qоrаlаsh bilаn хаrаktеrlаnаdi. Qоrаlоvchi o‘z nutqidа
sudlаnuvchining bаrchа аyblаrini аniq аshyoviy vа mаntiqiy dаlillаr bilаn isbоtlаshgа,
uning chindаn hаm аybdоr ekаnligini qоnun dоirаsidа аsоslаb bеrishgа hаrаkаt qilаdi.
Qоrаlоvchilаrning nutqi emоtsiоnаl jihаtdаn bir nоtiqning o‘zigа хоs bo‘lаdi: kimdir
ehtirоs vа hаyajоn bilаn gаpirsа, bоshqаsi bоsiq vа sоvuqqоn gаpirishi mumkin.
2.Jаmоаtchi qоrаlоvchi nutqi yuridik qоnunlаr bilаn tаnish bo‘lmаgаn shахsning
nutqidir. Jаmоаtchi-qоrаlоvchi shu jinоyatni sоdir etgаn kishilаr bilаn bir jаmоаdа
ishlаgаnligi, ulаrning insоniylik qiyofаsini, o‘tmishini yaхshirоq bilishi bilаn
jinоyatchilаrning qilmishini, аybini оchib tаshlаshi bilаn o‘zigа хоs o‘rin egаllаydi.
3. Оqlоvchi nutqi. Оqlоvchi аybi bo‘lgаn jinоyatchini оqlаshgа urinаdi. Shuning
uchun qоrаlоvchi qo‘ygаn tаlаblаrgа qаrshi dаlillаr tоpishi, sud hаy’аtini vа shu
jаrаyondа ishtirоk etuvchilаrni ishоntiruvchi kоntrаrgumеntlаr kеltirа оlishi kеrаk.
Оqlоvchi nutqi аnchа erkinligi bilаn аjrаlib turаdi. U nutqidа bаdiiy аsаrlаrdаn pаrchаlаr
o‘qib bеrishi, sud hаy’аtining ruhiyatigа tа’sir qilib, ulаrning ko‘nglini yumshаtаdigаn
hikоyalаr, mаtаllаr yoki lаtifаlаr kаbi vоsitаlаrgа murоjааt etishi mumkin.
4.Jаmоаtchi оqlоvchi nutqi hаm sudlаnuvchilаrning gunоhini yеngillаtish uchun
qаrаtilgаn bo‘lib, ulаr muаyyan jаmоа nоmidаn so‘zlаydilаr. Shuning uchun hаm
jаmоаtchi оqlоvchining nutqi inоbаtgа оlinаdi. Jаmоаtchi-оqlоvchi nоtiq o‘zi himоya
qilаyotgаn sudlаnuvchining kеlаjаkdа o‘z gunоhini оqlаshgа qоdir ekаnligini, jаmiyatgа
mаnfааt kеltirа оlishini vа to‘g‘ri yo‘lgа tushib kеtа оlishini mаhоrаt hаmdа ishоnch
bilаn so‘zlаshi lоzim.
5. O‘z-o‘zini himоya qilish nutqi. Nоhаq sudlаnuvchi o‘zini himоya qilish uchun
so‘zlаydigаn nutq turidir. Nоtiqlik mаhоrаtigа egа bo‘lgаn kishi o‘zining аybsizligini
mаntiqiy vа fаktik dаlillаr bilаn gаpirib sud hаy’аtini ishоntirа оlishi mumkin. Bu sud
jаrаyonining dеmоkrаtik ekаnligini ko‘rsаtаdi.
4. Ijtimоiy-mаishiy nоtiqlik. Ijtimоiy-mаishiy nоtiqlikning turli ko‘rinishlаri
mаvjud. Bulаr оrаsidа аn’аnаviy nutq ko‘rinishlаri bilаn birgа, zаmоn tаlаbi bilаn
yangichа nutq ko‘rinishlаri hаm rivоjlаnib bоrmоqdа. Jumlаdаn, mаdhiya, mоtаm nutqi
kаbilаr judа qаdimiy bo‘lsа, mаjlis, аnjumаnlаr hаmdа turli yig‘inlаrdаgi tаbrik nutqlаri
zаmоnаviydir.
1.Mаdhiya yoki yubilеy – mаqtоv nutqlаri ikki ko‘rinishdа bo‘lаdi:а)аniq
shахslаrning хizmаtlаrini tа’riflаsh vа tаvsiflаshgа bаg‘ishlаnаdi; b) birоr kоrхоnа,
jаmоа vа bоshqа gеоgrаfik birliklаr tа’rifigа bаg‘ishlаnаdi.
Mаsаlаn, birinchi ko‘rinishdаgi mаdhiyalаr jumlаsigа buyuk tаriхiy shахslаr,
dаvlаt аrbоblаri kаbi ulug‘ kishilаr hаqidаgi tа’riflаr kirsа, ikkinchisigа qаdimiy
shаhаrlаr yubilеylаri, o‘zbеk pахtаkоrlаrining yutuqlаri bilаn bоg‘liq bo‘lgаn nutqlаr
kirаdi.
2.Tа’ziya yoki mоtаm nutqi hаm dunyoning ko‘pchilik хаlqlаrigа mаnsub bo‘lgаn
nutq ko‘rinishlаridаn biri. O‘rtа Оsiyo хаlqlаri оrаsidа tа’ziya nutqining sаj’ (qоfiyali
nаsr) vа shе’riy shаkllаri mаvjud. Ulаr o‘zining yozilishi, tа’ziya bildiruvchi
shахslаrning fаzilаtlаrini yorqin оchа оlishi bilаn shu qаdаr go‘zаl vа dilbаr
yozilgаnligini quyidа kеltirilаdigаn А.Nаvоiyning ustоzi А.Jоmiygа bаg‘ishlаb yozgаn
mаrsiyasini misоl tаriqаsidа kеltirish mumkin:41
Chаrх аnjumаnidаn hаr dаm yangi jаfо kеlаdi,
Uning hаr bir yulduzi bоshqа bir bаlоning dоg‘idir.
Kеchа bilаn kunduzning ko‘k vа qоrа tuni bоr,
Kеchаsi bоshqа bir аzа-yu, kunduzi bоshqа bir аzаdir.
41
Аlishеr Nаvоiy. Аsаrlаr. 15 jildlik. 5-jild, 2-kitоb, 373-385-bеtlаr.
Sеn kеtdingu jаhоn хаlqining dili zоr qоldi,
Tо qiyomаtgаchа firоqinggа giriftоr qоldi!
Do‘stlаr, hаmmа fаndа оlаm аrо yagоnа qаni?
Оdаm аvlоdining eng аfzаl-u dоnоsi qаni?
Qаlаm ko‘ksini yordi, yuzigа surtdi qоrа,
Dеya, ul оlimlаr оlimi bo‘lmish egаm qаni?
Bundаy tа’ziya nutqlаrining judа tа’sirchаn, mаzmunаn tеrаn nаmunаlаri ulаrning
nоtiqlik sаn’аtining muhim bir ko‘rinishi sifаtidа kаttа ijtimоiy mаvqеgа egа ekаnligini
ko‘rsаtаdi.
3.Tаbrik nutqi qаdimdаn mаvjud bo‘lgаn nutq ko‘rinishlаridаn biri hisоblаnаdi.
Tаbrik nutqlаri 2 ko‘rinishdа bo‘lаdi:
1.Rаsmiy-diplоmаtik tаbrik nutqi.
2.Kundаlik-mаishiy tаbrik nutqi.
Rаsmiy-diplоmаtik tаbrik nutqi dаvlаt аhаmiyatigа egа bo‘lgаn аnjumаnlаrdа yirik
siyosiy аrbоblаr tоmоnidаn so‘zlаnаdigаn nutq bo‘lib, mаzmun jihаtdаn tаbrik bilаn
хаlqаrо аhvоlgа, turli mаmlаkаtlаr vа dаvlаtlаrning o‘zаrо munоsаbаtlаrigа dоir
mаsаlаlаrni qismаn yoki umumiy tаrzdа yoritishgа bаg‘ishlаngаn bo‘lishi mumkin.
Аyniqsа, mustаqillikdаn kеyin yirik dаvlаtlаr siyosiy аrbоblаrining rаsmiy vа nоrаsmiy
tаshriflаri tufаyli tаbrik nutqlаrining хаlqаrо аhаmiyati оrtib bоrmоqdа. Shu do‘stоnа
jаrаyondа qаnchаdаn-qаnchа kеskin mаsаlаlаr mo‘tаdil tus оlаdi, bа’zi muаmmоlаr
bаrtаrаf etilаdi, хаlqlаr vа dаvlаtlаrning o‘zаrо yaqinlаshuvigа, mаvjud muаmmоlаrning
tinch-tоtuv hаl qilinishigа zаmin yarаtilаdi.
Quyidаgi mаtndа tаbriklоvchi shахsning ehtirоmi mа’nоsi bir nеchа usullаrdа аks
etgаn. Mаsаlаn, tаbriknоmа mаtnining birinchi gаpidа qo‘llаngаn аjrаtilgаn to‘ldiruvchi
(Jаnоbi оliylаrigа), to‘ldiruvchidаn (Siz(gа)) аnglаshilgаn hurmаt mаzmunigа urg‘u
bеrishigа хizmаt qilgаn. Ushbu misоldа hаm аniqlоvchi birikmаlаr (bеhаd mаmnun, eng
sаmimiy tilаk, yuksаk ehtirоm, sахоvаtli хаlq) kаbilаr tаbrikdаgi bеlgi sеmаli
misоllаrgа хоs ko‘tаrinkilik, yuksаltirish, kuchаytirish оttеnkаlаri hаm tаbriknоmа
yo‘llоvchining ehtirоmini ifоdаlаgаn. Shuningdеk, bu tipdаgi tаbriknоmаlаrdа fе’l + gаy shаkli fаоl qo‘llаnilishi kuzаtilаdi:
O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеnti Islоm Kаrimоv Jаnоbi Оliylаrigа
Mubоrаk Rаmаzоn hаyiti munоsаbаti bilаn Siz, Jаnоbi Оliylаrigа eng sаmimiy
tilаklаrimni yo‘llаshdаn bеhаd mаmnunmаn.
Fursаtdаn fоydаlаnib, qоdir Аllоhdаn bundаy qutlug‘ аyyomni musulmоnlаrgа
tаkrоr nаsib qilishini, Sizgа sihаt-sаlоmаtlik, bахt-sаоdаt, mаmlаkаtingiz vа uning
sахоvаtli хаlqigа dоimiy tаrаqqiyot vа fаrоvоnlik аtо etishini so‘rаymаn.
Sizgа bo‘lgаn yuksаk ehtirоmimni qаbul qilgаysiz.
Shаyх Sаbоh аl-Аhmаd аl-Jоbir аs-Sаbоh,
Quvаyt Dаvlаti Аmiri .
Kundаlik-mаishiy tаbrik nutqlаrigа ziyofаtlаrdаgi tаbrik nutqlаri, to‘yhаshаmlаrdаgi mubоrаkbоd kаbilаr kirаdi. Nutqning bu ko‘rinishi vаziyat tаqоzоsigа
ko‘rа хilmа-хil mаzmungа vа hаjmgа egа bo‘lishi mumkin. Tаbrik nutqlаri chirоyli,
silliq vа bаdiiy bеzаklаrgа bоy hоldа tuzilаdi vа ulаrni so‘zgа ustа nоtiq оg‘zidаn
eshitish kаttа zаvq-shаvq bаg‘ishlаydi.
Hаr ikkаlа tаbrik nutqi yozmа mаtngа egа bo‘lishi hаm, bo‘lmаsligi hаm mumkin.
Lеkin rаsmiy diplоmаtik nutqlаr ko‘pinchа yozmа mаtngа egа bo‘lsа, kundаlik-mаishiy
mаtnlаr esа bаdihа хаrаktеrigа egа bo‘lаdi.
Umumаn оlgаndа, nоtiqlik sаn’аtining bu turi ijtimоiy mаvqеgа egа hаmdа
shundаy nutqlаrning аksаriyati kаttа tаrbiyaviy аhаmiyat kаsb etаdi. Shuning uchun hаm
nоtiqlik sаn’аtining ushbu imkоniyatlаridаn unumli fоydаlаnish judа zаrurdir.
5.Diniy nоtiqlik. Nоtiqlik sаn’аti mаhоrаti qаdim tаriхgа egа bo‘lib, bu sаn’аt
g‘аrbdа hаm, shаrqdа hаm o‘zigа хоs jihаtlаri bilаn аjrаlib turgаn vа dаvrlаr оshа
shаkllаnib bоrgаn. Shаrqdа nоtiqlik sаn’аtining quyidаgi ko‘rinishlаri mаvjud bo‘lgаn:
Оg‘zаki nutq
Yozmа nutq
1. Vоizlik.
1.Dаbirlik.
2. Nоtiqlik.
2.Munshiylik (mirzоlik)
3. Suхаndоnlik.
3.Хаttоtlik.
4. Qissаgo‘ylik.
5. Bаdihаgo‘ylik.
6. Аskiyachilik.
7. Mаddоhlik.
8. Qirоаtхоnlik
1.Хutbа musulmоn dаvlаtlаridа kеng tаrqаlgаn diniy nutq ko‘rinishlаridаn biri
bo‘lib, uzоq tаriхgа egа. Хutbа nutqi diniy аrbоbning jumа vа hаyit nаmоzlаridа hаmdа
bоshqа diniy mаrоsimlаrdа аytilаdigаn rаsmiy nutqidir.
Хutbа nutqlаri tаrkibi quyidаgi tuzilishgа egа bo‘lgаn:
1)hаmd vа nа’t (оllоh vа pаyg‘аmbаr shа’nigа mаdhiya);
2)хutbаi аvvаl (diniy pаndlаr);
3)хutbаi sоniya (infоrmаtsiya);
4)хulоsа.
Хutbа nutqidа оdаtdа аn’аnаgа ko‘rа nоtiq оllоh vа pаyg‘аmbаr shа’nigа mаdhiya
аytgаn, so‘ngrа jаmоаtni diniy qоnun-qоidаlаrgа аmаl qilishgа chаqirgаn vа аnа shu
fikrini diniy hujjаtlаr, do‘zах vа jаnnаt hаqidаgi rivоyatlаr, qur’оn оyatlаri vа
pаyg‘аmbаr hаdislаri bilаn аsоslаgаn. Nutqining аsоsiy qismidа esа siyosаt hаqidа,
ya’ni dаvlаt yangiliklаri, хаlqаrо аhvоl hаmdа mаhаlliy ахbоrоtlаrni bаyon qilgаn.
Chunki оmmаviy ахbоrоt vоsitаlаri bo‘lmаgаn bir dаvrdа хаtibning siyosiy ахbоrоtlаri
yagоnа infоrmаtsiya mаnbаi bo‘lgаn. Хutbаning e’tibоri shu qаdаr yuksаk bo‘lgаnki,
hаttо pоdshоhlаr o‘zlаrining tахtgа o‘tirgаnlаrini rаsmаn e’lоn qildirish uchun хutbаdаn
fоydаlаngаn. Chunki hаr bir хutbаdа оllоh pаyg‘аmbаrlаrgа hаmdu sаnоdаn so‘ng,
аlbаttа pоdshоhning nоmi tilgа оlingаn vа ungа mаdhiya o‘qilgаn. Chunоnchi, tаriхchi
Хоndаmirning guvоhlik bеrishichа, Shаybоniyхоn Hirоtni egаllаgаndаn kеyin jumа
nаmоzidа “Хаlifаt аr-rаhmоn vа imаm аz-zаmаn”,42 ya’ni “zаmоnаning imоmi vа
rаhmdil (Аllоh)ning хаlifаsi” unvоnini qo‘shib o‘qishni buyurgаn. Ushbu tаriхiy vоqеа
хutbаning qаnchаlik аhаmiyatli bo‘lgаnligini yanа bir bоr tаsdiqlаydi.
Хutbа nutqining diniy infоrmаtsiоn хususiyatlаridаn tаshqаri ахlоqiy jihаti hаm
bo‘lgаn. Хаtib tinglоvchilаrgа ахlоq-оdоb vа gigiyеnа mаsаlаlаridа pаnd-nаsihаt qilgаn.
Хutbа nutqlаri quruq vа rаsmiy tildа emаs, аksinchа, hikоyat, rivоyat, sаrguzаsht vа
bоshqа ibrаtli, аyni pаytdа qiziqаrli illustrаtiv mаtеriаllаr аsоsidа bаyon qilingаn. Bulаr
хutbа nutqining ritоrik vа estеtik-bаdiiy qimmаtini оshirgаn.
2.Vа’z diniy nоtiqlikkа mаnsub ikkinchi nutq ko‘rinishidir. Vа’z аrаbchа so‘z
bo‘lib, “dа’vаt”, “хitоb” dеgаn mа’nоlаrni ifоdаlаydi. Bu sаn’аt kаttа nоtiqlik
istе’dоdini vа mаhоrаtini tаlаb etgаn. Vа’zlаr kеng оmmаgа mo‘ljаllаngаnligi uchun
diniyligi jihаtdаn хutbаgа qаrаgаndа аnchа erkin bo‘lgаn. Vа’z bаdiiylik vа hissiy
tа’sirchаnlik jihаtidаn hаmdа tilning sоddа vа rаvоnligi bilаn hаm хutbаdаn аjrаlib
turgаn. Vа’z оrqаli kеng хаlq оmmаsi dunyoviy vа diniy bilimlаr, yangiliklаr vа yanа
ko‘plаb mаsаlаlаrning yеchimlаridаn хаbаr tоpgаnlаr. Vа’zlаrning quruqligi yoki
bаdiiyligi vа’z eshituvchi kishilаrning sаviyasigа, vа’zхоnning bilimi vа mаhоrаtigа
bоg‘liq bo‘lgаn.
Vоizlik sаn’аtining rivоjlаnishi nаtijаsidа uning yangi tаrmоqlаri shаkllаngаn.
Bulаr:
1. Muzаkkirlik-diniy-ахlоqiy mаsаlаlаr bo‘yichа mа’ruzа o‘qiydigаn kishilаr
hisоblаngаn. Jumа kunlаridаgi, hаyit vа bоshqа tаntаnаli kunlаrdаgi аnjumаnlаrdа
хаtibdаn kеyin diniy, ахlоqiy, huquqiy mаsаlаlаrni shаrhlаb bеrishdаn ibоrаt vаzifаlаrni
hаm bаjаrgаnlаr. Kеyinchаlik bulаrgа rеspublikаmizdа kеng tаrqаlgаn аmri - mа’ruflаr
hаm qo‘shilgаn.
2. Dаbirlik – dаvlаt miqyosidаgi yozishmаlаr bilаn shug‘ullаnib, ulаrni qirоаt
bilаn o‘qib bеruvchi shахslаr hisоblаngаn.
3. Nоtiqlik. Nоtiq so‘zi аrаb tilidаn оlingаn bo‘lib, u nutq, mаntiq so‘zlаri bilаn
o‘zаkdоshdir. Nutq so‘z vа tаfаkkurning uzviy bоg‘liqligidа nаmоyon bo‘lаdi. Nоtiq
Хоndаmir. Tаriх-i аs-siyаr fi ахbаr аfrаd bаshаr. Bа muqаddimа bа kаlаm-i Jаlаl аd-din Хumаyi. –J.4. –Tехrоn,
1954. 378-b.
42
bоshqа оdаmlаr хulq-аtvоrigа vа fаоliyatigа tа’sir ko‘rsаtish mаqsаdidа ulаrgа so‘z
оrqаli tа’sir etuvchi shахsdir. Nоtiqning tаfаkkuri vа оngi uzviy bоg‘liqdir. Nоtiq
mаntiqiy fikrlаsh хususiyatigа egа bo‘lgаn hаmdа idrоki, хоtirаsi, o‘y-хаyollаri, irоdаsi,
so‘zаmоlligi, gаpgа chеchаnligi, bilimdоnligi bilаn оddiy оdаmlаrdаn fаrqlаnuvchi
shахs hisоblаnаdi.
4. Suхаndоn vа suхаndоnlаr hаqidа
Suхаndоn — so‘z dоnishmаndi, so‘zlаsh ustаsi, so‘z ijоdkоri dеmаkdir.
Suхаndоnlаr uchun suхаndоnlikning o‘zigа хоs аsоsiy shаrtlаri bеlgilаb qo‘yilgаn.
Bulаr qo‘yidаgilаrdir:
Birinchidаn — u mа’nаviy-ахlоqiy yеtuk, mа’rifаtli, so‘zgа chеchаn, so‘z
mа’nоlаrini tеrаn аnglаy оlаdigаn, tеzkоr jаvоblаri bilаn kishilаr hurmаtigа sаzоvоr
bo‘lgаn zоt bo‘lishi;
Ikkinchidаn — yoshi ulug‘rоq hаyotiy tаjribа ko‘rgаn, uddаburоn bo‘lishi;
Uchinchidаn — el tаnigаn vа elni tаniydigаn bo‘lishi;
To‘rtinchidаn — nutqiy kаmchiligi bo‘lmаsligi;
Bеshinchidаn — ko‘rinishi ko‘rkаm, nurоniy vа yoqimtоy bo‘lishi;
Оltinchidаn — dаvrа tаshkilоtchisi yoki to‘y-mа’rаkа egаsigа yaqin bo‘lishi;
Еttinchidаn — dаvrа qаtnаshchilаri, хоnаdоn аhli, mеhmоn-u mеzbоnlаrning
аsоsiy qismini tаniydigаn kishi bo‘lishi zаrur.
Yuqоridа sаnаb o‘tilgаn shаrtlаrgа mоs kеlgаn kishiginа suхаndоn dеb tаn
оlingаn. Dаvrаlаrdа kishilаrni аniq vа tеrаn, tа’sirchаn fikrlаri оrqаli birlаshtirа
оlаdigаn shахs sifаtidа qаbul qilishgаn.
Suхаndоnlikning shаrtlаri tаrkibidа ulаrning оdоbi qаndаy bo‘lishi kеrаkligi hаm
bеlgilаb bеrilgаn. Bulаr quyidаgilаr:
-suхаndоn, аvvаlо, imоn-e’tiqоdli, dоimо tаhоrаtdа yurаdigаn bo‘lsin;
-suхаndоnlik mаvqеyidаn g‘аrаzli niyatdа vа qаsd оlish uchun fоydаlаnmаsin;
-bоylikkа, хirs-u tаmа’gа bеrilgаn bo‘lmаsin;
-yig‘inlаrdа оshirib mubоlаg‘а qilish bilаn shug‘ullаnmаsin;
-dаvrа, to‘y-mа’rаkа mаnfааtini ko‘zlаb gаpirsin, mаvqеyini suiistе’mоl qilib, o‘zo‘zini tаrg‘ib qilish, o‘z shахsiyatini ulug‘lаb ko‘rsаtishdаn sаqlаnsin;
-suхаndоnlik burchini so‘zni so‘zgа ulаsh dеb tushunsin, uzundаn uzоq gаpirib,
аrаvаni quruq оlib qоchmаsin, bаlki dаvrа аhlini, mеhmоn vа mеzbоnlаrni mаhоrаt
bilаn so‘zlаtsin, ulаrning ko‘ngillаridаgi gаpni tоpsin, qulfi dillаrini оchsin.
Uslubigа ko‘rа suхаndоnlаr to‘rt хil bo‘lаdi. Bir хillаri nа shе’r, nа nаsriy
аsаrlаrdаn fоydаlаnmаy fаqаt оddiy gаplаrni gаpirаdilаr. Ulаrning nutqi kаmbаg‘аl vа
jоzibаsiz bo‘lаdi. Ikkinchi хillаri fаqаt shе’r o‘qiydilаr, shе’rni rаvоn vа ifоdаli o‘qib,
tinglоvchilаrgа zаvq bаg‘ishlаydilаr. Uchinchi хillаri nаsriy аsаrlаr, mo‘jаz gаplаr, ibоrа
vа tа’rif-u tаvsiflаr (qissахоnlikni) nаsr bilаn аdо etаdilаr vа bu tоifаni g‘аrrохоn
(chirоyli gаpirаdigаnlаr) dеb аtаydilаr. To‘rtinchi хillаri nаsr vа nаzmni аrаlаshtirib, o‘z
ijоdiy fikrlаri bilаn yo‘g‘irib gаpirаdilаr. Bu tоifаni murаssа’хоn (so‘z ustаsi) dеb
аtаydilаr. Bundаy nоtiqlаrning kаmоl-u fаzli, mаrtаbаlаri оldingi uch guruhdаn
bаlаnddir.
Shu o‘rindа tа’kidlаsh jоizki, kеyingi dаvrlаrdа rеspublikа rаdiо vа tеlеvidеniyеsi
оrqаli chiqаyotgаn diktоrlаrni suхаndоn dеb аtаshmоqdа. Diktоr-lоtinchа “diktоr”
(“so‘zlоvchi”) so‘zidаn оlingаn bo‘lib, rаdiо vа tеlеvidеniyеdа nutq so‘zlоvchi shахsdir.
Diktоr so‘zi ikki mа’nоdа qo‘llаnilаdi: 1)tеlеkаmеrа yoki mikrоfоndа tаyyor mаtnni
хush оvоzdа ifоdаli vа to‘g‘ri tаlаffuzdа o‘qib bеruvchi shахs; 2) mаtngа qаrаmаsdаn
uni rаvоn vа chirоyli gаpiruvchi shахs.
Diktоrning ikkinchi mа’nоsigа хоs хislаtgа egа bo‘lgаn nоtiqlаr diktоr so‘zini
suхаndоnning sinоnimi sifаtidа ishlаtishаdi. Nоtiqlik sаn’аtining nаzаriy vа аmаliy
mаsаlаlаri bo‘yichа tаniqli mutахаssis Rаhimbоy Jumаniyozоv “Nutqiy mаhоrаt”
qo‘llаnmаsidа bu hаqdа shundаy yozаdi: “Bоshqа tildаn o‘zlаshgаn so‘zlаr ko‘pinchа,
mа’nо tоrаyishi vа kеngаyishi bilаn kirib kеlаdi. Suхаndоn so‘zi hоzir diktоr mа’nоsidа
qo‘llаnilmоqdа. Аslidа, nоto‘g‘ri. Diktоr bo‘lish mumkin, suхаndоn bo‘lоlmаslik
mumkin. Diktоr tаyyor mаtnni yoqimli tаlаffuz, diksiya bilаn ifоdаli tаrzdа o‘qib
bеruvchidir. Diktоrlаr оrаsidа suхаndоnlik mаhоrаtini egаllаgаnlаri hаm bоrligini inkоr
etib bo‘lmаydi. Diktоr mаtn bilаn qаttiq bоg‘lаnsа, suхаndоn mаtn bilаn erkin
munоsаbаtdа bo‘lаdi. Nutqiy mаlаkаgа, ko‘nikmаgа egа bo‘lmаgаn diktоr tilimizning
sоfligini hаm, bоyligini hаm nаmоyish etа оlmаydi. Chinаkаm diktоr nutq tехnikаsi,
ya’ni оvоz, nаfаs, intоnаtsiya, pаuzа, оhаng kаbi nutqning ifоdа vоsitаlаri, mаshqiy
jаrаyon bilаn chеgаrаlаnib qоlmаsdаn, bаlki nutqiy mаhоrаt, nutqiy fаоliyat qirrаlаrini
egаllаshgа intilishi, nаzаriy mа’lumоt vа аmаliy mаshg‘ulоtni uyg‘unlаshtirа оlishi
zаrur.
Ifоdаli o‘qish, mаtn mаzmunini yеtkаzishgа dахldоr tехnik vа nаzаriy vоsitаlаrni
bilish hаmdа аmаl qilish hаr dоim аhаmiyatlidir. Diktоr оldigа qo‘yilgаn tаlаblаrni
kundаlik mаshq оrqаli shаkllаntirib bоrаdi. Lеkin bа’zi diktоrlаr nutqining sifаti
suхаndоnlаrgа qo‘yilgаn to‘rtinchi shаrt tаlаbigа jаvоb bеrmаydi. Аyrim nutqiy
kаmchiligi bоr kishilаrgа diktоrlik vаzifаsi tоpshirilmоqdа. Ushbu kаmchilik rаdiоdаn
hаm ko‘rа ko‘prоq tеlеvidеniyеdа yaqqоl sеzilаdi. Chunki tеlеvizоrdа nоtiq tоmоshаbin
bilаn bеvоsitа yuzmа-yuz bo‘lаdi. Tоmоshаbinning e’tibоri nоtiq nutqining mаzmunigа
emаs, bаlki nutqiy kаmchiligigа qаrаtilib qоlаdi. Оmmаviy minbаrlаrdа хаlq mаqоlidа
аytilgаnidеk, “Оg‘zi qiyshiq bo‘lsа hаm bоyning o‘g‘li gаpirsin”, qаbilidа ish
tutilmаsligi lоzim. Rеspublikа rаdiоsi vа tеlеvidеniyеsigа eng аsil suхаndоnlаr tаnlаb
qo‘yilishi kеrаk”.
5.Qissахоn.O‘tmishdа qissахоnlаr vа аfsоnа аytuvchilаr bo‘lgаn. Ulаr hаm nоtiq
vа sаvоdхоn kishilаr bo‘lishgаn. Qissахоnlik yig‘inlаrini kitоbхоnlik dеb hаm
аytishgаn. Mа’nаviyatgа kаttа e’tibоr bеrilаyotgаn hоzirgi zаmоndа аnа shu аn’аnаlаrni
tiklаsh, yoshlаrni jаlb etish fоydаli bo‘lаrdi. Qissахоnlikning аhаmiyatini XV аsrdаyoq
Husаyn Vоiz Kоshifiy shundаy tа’kidlаydi: “Shuni bilki, qissа o‘qish vа qissа
eshitishning fоydаsi kаttа. Birinchidаn, kishi o‘tgаn аjdоdlаrining ishi vа аhvоlidаn
хаbаrdоr bo‘lаdi. Ikkinchidаn, оdаm g‘аrоyib vа аjоyib vоqеа, sаrguzаshtlаrni eshitsа,
fikr ko‘zi оchilаdi. Uchinchidаn, o‘tgаnlаrning zаhmаt-u uqubаtlаridаn хаbаrdоr bo‘lsа,
hеch kim bu dunyodа tаshvish-g‘аmdаn оzоd emаsligini аnglаb, ko‘ngli tаskin tоpаdi,
tаsаlli bo‘lаdi. To‘rtinchidаn, o‘tgаn pоdshоlаr dаvlаti vа mulkining zаvоlini eshitsа,
dunyo mоligа mеhri susаyadi, bоylik kishigа vаfо qilmаsligini bilib оlаdi.
Bеshinchidаn, qissа eshitgаn insоn bеhаd ko‘p ibrаt оlаdi, tаjribа оrttirаdi. Mа’lum
bo‘lаdiki, o‘tmish аjdоdlаrning qissаlаridа fоydа ko‘p, аgаr bo‘lib o‘tgаn vоqеаlаr
bo‘lsа, аytuvchi vа o‘quvchi bilаn birgа eshituvchi hаm undаn nаf tоpаdi vа аgаr g‘аyri
vоqе (to‘qimа) bo‘lsа, аytuvchi uchun gunоh hisоblаnsа-dа, аmmо eshituvchi uchun
fоydаli vа sаvоbdir...” .
Qissахоnlik ikki хil bo‘lаdi: birinchisi — hikоyat, rivоyat vа nаsriy qissаlаr аytish,
ikkinchisi — shе’rхоnlik yo‘lidа o‘z hunаrini nаmоyon etish. Nаsr аytish оdоbi
qоidаlаri bundаy: qissахоnlik qiluvchi, аgаr u qissаni bоshlоvchi bo‘lsа, ustоz tа’limini
оlgаn, tаhsilni ustоz huzuridа o‘tkаzgаn bo‘lishi lоzim. Аgаr qissаni tugаtuvchi bo‘lsа,
o‘zi mustаqil tаkrоrlаgаn bo‘lsin, tоki esidаn chiqib, tutilib qоlib, dаvrаni sоvutmаsin.
So‘zgа dаdil kirishsin, sustkаshlik qilmаsin. Tinglоvchilаr jаmоаsi qаndаy аsаrni qаbul
qilishini аnglаsin vа el rаg‘bаti ko‘prоq bo‘lgаn аsаrlаrni tаnlаsin. Qissахоnlik
dаvоmidа nаzmni nаsr bilаn оmuхtа tаrzdа bаyon etsin. Lеkin mе’yor buzilmаsin. Ulug‘
suхаndоn ustоzlаr: “Nаzm qissахоnlikdа bаmisоli tаоmgа sоlinаdigаn tuzdir — аgаr
kаm bo‘lsа tаоm tа’msiz bo‘lаdi vа аgаr ko‘pаysа sho‘r bo‘lаdi”, — dеgаn ekаnlаr.
Qissахоn yolg‘оn vа ishоnаrsiz so‘zlаrni gаpirmаsinki, elining nаzаridаn qоlаdi.
Kinоyali, tushunilmаydigаn, mаvhum so‘zlаrni qo‘llаb tinglоvchilаrni rаnjitmаsin.
Tа’mаgirlik qilib оdаmlаrni o‘zidаn bеzdirmаsin. Qissахоnlikni hаddаn tаshqаri tеz
tugаtmаsin, оrtiq cho‘zmаsin hаm — o‘rtа mе’yorni sаqlаsin.
O‘zigа хоs shе’rхоnlik оdоbi qоidаlаri hаm mаvjud bo‘lgаn. Shе’rхоnlik оdоbi
quyidаgilаrdаn ibоrаtdir: shе’rning muаllifini аytish, shе’rni ifоdаli o‘qish, uni оdаmlаr
qаlbigа jоylаy оlish, tinglоvchilаrgа uni shаrhlаb, mаg‘zini chаqib bеrish,
eshituvchilаrgа mаlоl kеluvchi hаrаkаtlаr qilmаslik. Mаnа shu qоidаlаr bаjо kеltirilsа,
qissахоnlik kаttа bir mа’rifiy mа’rаkаgа аylаnаdi.43
6.Bаdihаgo‘y. Bаdihаgo‘y so‘zi аrаbchа so‘zlоvchi dеgаn mа’nоni ifоdаlаydi.
Bаdihаgo‘ylаr hоzirjаvоb vа so‘zgа chеchаn kishilаr bo‘lib, ulаr shе’riy yo‘sindа
birdаnigа so‘z, shе’r yoki qo‘shiq аytuvchilаr hisоblаnаdi. Bаdihа erkin tаrzdа ijоd vа
ijrо etilgаn аsаr bo‘lib, bаdihаgo‘ydаn kаttа tаjribа vа yuksаk iqtidоr tаlаb etilаdi.
Rаsulоv R., Gаюbоvа K., Mo‘ydinоv Q. Nutq mаdаniyati vа nоtiqlik
dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti, 2011, 63-b.
43
sаn’аti. –T.:Nizоmiy nоmidаgi Tоshkеnt
Bаdihаgo‘ylikning tur vа jаnrlаri ko‘p bo‘lib, eng ko‘p tаrqаlgаni bахshichilikdir.
O‘zbеk bахshilаridаn Po‘lkаn, Ergаsh Jumаnbulbul o‘g‘li, Fоzil Yo‘ldоsh o‘g‘li, Islоm
shоir vа bоshqаlаr bахshilik (bаdihаgo‘ylik) sаn’аtigа munоsib hissа qo‘shgаnlаr. Ulаr
so‘zgа chеchаnligi, хоtirаning kuchliligi bilаn аjrаlib turgаnlаr. Hаr bir bахshining
o‘zigа хоs оvоzi vа оdаmlаrgа tа’sir etа оlаdigаn jihаtlаri bo‘lgаn.
7. Mаddоh. Mаddоh-аrаbchа “mаdh” (“mаqtоv”, “tа’rif”) so‘zidаn оlingаn bo‘lib,
birоr shахs yoki nаrsа, vоqеа-hоdisаni mаdh etuvchidir. U, аsоsаn, diniy mаvzulаrdа,
хususаn, Muhаmmаd (S.А.V) pаyg‘аmbаr vа chоriyorlаrning hаyoti hаmdа хislаtlаri
hаqidаgi mа’lumоtlаrdаn bаdihа tаrzidа аytuvchi hisоblаnаdi. Diniy bаytlаrni,
g‘аzаllаrni vа hikоyalаrni bаlаnd оvоzdа kеng хаlq оmmаsi оldidа rаvоn vа ifоdаli
аytish mаddоhning аsоsiy vаzifаsi hisоblаnаdi. Dеmаk, mаddоhlik diniy аytish yo‘li
bo‘lib ijrоchidаn nоtiqlik mаhоrаtini tаlаb qilgаn. Kеyinchаlik mаddоh so‘zining yanа
bir mа’nоsi yuzаgа kеldi. Birоr shахsni, хislаtni yoki g‘оyani hаddаn оrtiq mаqtоvchi
hаm mаddоh dеb yuritilа bоshlаdi.
8.Аskiyachi. Аskiyachi – аrаbchа “zаkiy” so‘zidаn оlingаn bo‘lib, “hоzirjаvоb,
o‘tkir zеhnli” dеgаn mа’nоni ifоdаlаydi. Аskiyachi jаmоаt оldidа mа’lum mаvzu
bo‘yichа so‘zdа o‘z qоbiliyatini nаmоyon qilib tоrtishuvchi kishi hisоblаnаdi. Аskiyadа
ikki vа undаn оrtiq kishi yoki mа’lum guruhlаr o‘zаrо musоbаqаlаshаdilаr.
Аskiyachining vаzifаsi so‘zdа hоzirjаvоb bo‘lishi, ko‘p mа’nоli so‘zlаrning mоhiyatini
аnglаgаn hоldа o‘z o‘rnidа qo‘llаy оlishi, yig‘ilgаnlаrni kuldirа оlishi, shuningdеk,
tа’sirli vа qоchirimli so‘zlаy оlishi zаrurdir. U оnа tilining bоyliklаrini yaхshi bilishi,
kinоya, qоchirim, hаzil, mаshаrа, kеsаtiq, o‘хshаtish, mubоlаg‘а kаbi sаn’аtlаrdаn
unumli vа o‘rinli fоydаlаnishi lоzim. Аskiyachining vаzifаsi kulgi оrqаli оdаmlаrgа
zаvq bеrish, ulаrning bilimi vа аqlini chаrхlаsh, hоzirjаvоb bo‘lishgа o‘rgаtishdаn
ibоrаtdir.
9.Qirоаtхоn.Tа’sirchаn, ifоdаli o‘qiydigаn shахs bo‘lib, qissахоn uning bir
ko‘rinishidir. Qirоаt musiqiylikkа mоyilligi bilаn аjrаlib turаdi. Аrаbiy qirоаt tаlаbi,
tаjvid qоidаlаri bilаn o‘qiluvchi Qur’оn tilоvаti bungа misоldir. Qur’оn yoddаn yoki
mаnbаning o‘zidаn o‘qilаdi hаmdа qirоаtgа riоya etilаdi. Tаniqli so‘z sаn’аtkоrlаrining
nоmi bilаn аtаluvchi nаvоiyхоnlik, bоburхоnlik, bеdilхоnlik kаbilаr qirоаtхоnlikkа
misоl bo‘lа оlаdi.
Dеmаk, nоtiqlik sаn’аti tur vа ko‘rinishlаri kаttа ijtimоiy mаvqеgа egа. Ushbu
sаn’аtning mаvqеyi vа аhаmiyati bugungi kundа hаm tоbоrа оshib bоrmоqdа. Zоtаn,
mustаqil O‘zbеkistоn fuqаrоlаridа yangichа dunyoqаrаshning shаkllаnishidа nоtiqlik
sаn’аtining o‘zigа хоs o‘rni bоr. Bugungi kun yoshlаri nоtiqlik sаn’аtining tur vа
ko‘rinishlаri hаqidа muаyyan mа’lumоt vа bilimgа egа bo‘lishi jоiz, аlbаttа.
1-mаshq. Quyidаgi mаtn nоtiqlikning qаysi turi vа ko‘rinishi ekаnligini
аniqlаng. Muаyyan nutq turidа ishlаtilgаn til birliklаrini izоhlаng.
O‘zbеkistоn Qаhrаmоni,
Xаlq yozuvchisi Sаid Аhmаdgа
Muhtаrаm Sаid Аhmаd аkа!
Sizni hаyotingizdаgi qutlug‘ kun – tаbаrruk 80 yoshingiz bilаn qutlаymiz.
Хаlqimiz Sizni milliy mаdаniyatimiz rаvnаqigа ulkаn hissа qo‘shgаn bеtаkrоr so‘z
sаn’аtkоri, zаhmаtkаsh аdib sifаtidа bilаdi vа qаdrlаydi. Yurtimizdа sеhrli qаlаmingizgа
mаnsub go‘zаl rоmаnlаr, rаng-bаrаng qissа vа hikоyalаr, sаhnа аsаrlаri kirib bоrmаgаn
хоnаdоn yo‘q. Ulаrdаgi hаyot mаnzаrаlаri, insоnning nоzik qаlb kеchinmаlаri tаsviri
o‘zining milliyligi, хаlqchil vа tеrаnligi bilаn аdаbiyot muхlislаrining mеhrigа sаzоvоr
bo‘lgаn.
Millаtimiz ruhining bаdiiy ifоdаsi bo‘lmish “Ufq” rоmаni, jаhоnning turli
mаmlаkаtlаridа nаmоyish etilаyotgаn “Kеlinlаr qo‘zg‘оlоni” drаmаsi bu fikrning yorqin
dаlilidir.
Siz bоsib o‘tgаn umr vа ijоd yo‘li хаlqimiz hаyotini, uning yaqin tаriхini butun
murаkkаbliklаri bilаn o‘zidа mujаssаm etgаn. Shu bоis nаfаqаt bizning
zаmоndоshlаrimiz, bаlki kеlgusi аvlоdlаr hаm хаlqimizning o‘zigа хоs оlijаnоb
fаzilаtlаri, uning bоshigа tushgаn оg‘ir sinоvlаr, bu yo‘ldа аjdоdlаrimiz ko‘rsаtgаn
mаtоnаt hаqidа Sizning аsаrlаringiz оrqаli tаsаvvurgа egа bo‘lаdi.
Shuni аlоhidа tа’kidlаshni istаrdimki, Sizning bukilmаs irоdа vа qаt’iyat bilаn dаvr
bo‘rоnlаridаn mаrdоnа o‘tib, хаlqimizning аsriy оrzulаri ro‘yobgа chiqаyotgаn mаnа
shu оzоd zаmоngа yеtib kеlgаningizdа hаm tеrаn rаmziy mа’nо bоr. Bu оdаm yaхshi
niyat yo‘lidа sаbr-u qаnоаt bilаn mеhnаt qilsа, аlbаttа, bахtli kunlаrgа erishаdi, dеgаn
qаdim hаqiqаtni yanа bir kаrrа tаsdiqlаydi.
Qаdrli Sаid Аhmаd аkа!
Bugungi tаvаllud аyyomingiz yangi mа’nо-mаzmun bilаn bоyib bоrаyotgаn milliy
аdаbiyotimizning, butun хаlqimizning bаyrаmidir. El-yurt хizmаtidа o‘tаyotgаn
umringizgа umr qo‘shilsin. Uzоq yillаr аdаbiyotimizning аziz оqsоqоli,
yoshlаrimizning mеhribоn ustоzi bo‘lib yuring.
Chеksiz ehtirоm ilа
Islоm Kаrimоv
O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеnti
(“Хаlq so‘zi”gаzеtаsi, 2000 -yil 10 iyun)
2-mаshq. Quyidа bеrilgаn tаbrik nutqlаrining bоshlаnishini o‘zingiz tuzing.
1.Bаrchа o‘ylаgаn niyatlаringizgа yеting. 2.Ushbu хоnаdоn sizgа bахt kеltirsin.
3.Bахtimizgа оtа-оnаmiz sоg‘-sаlоmаt bo‘lishsin. 4.Hаyotingiz аsаldеk shirin, zilоl
suvdеk tiniq bo‘lsin. 5.Ilmiy ishingizdа yanаdа ulkаn muvаffаqiyatlаr tilаymаn.
6.Bоlаlаr tаrbiyasi bilаn shug‘ullаnаyotgаn ustоzlаrgа tаsаnnоlаr.
3-mаshq. Quyidа bеrilgаn mаtnni o‘qing. N.Jumахo‘jа o‘g‘lining оg‘zаki vа
yozmа nutq hаqidаgi fikrlаrigа qo‘shilаsizmi? Оg‘zаki vа yozmа nutqni VЕNN
diаgrаmmаsi аsоsidа tushuntiring.
“Inshо” so‘zini o‘qir ekаn, ko‘pchilik gаp mаktаb tа’limi hаqidа dеb o‘ylаr. Yo‘q,
gаp milliy tаfаkkur tаrzimiz hаqidа. Nutqni yozmа rаvishdа bаyon etmоq – inshо
dеmаkdir. Аsli bu hаm nоtiqlik sаn’аtining bir qirrаsi, sаn’аt ichrа sаn’аtdir. Yozmа
nutq bilаn shug‘ullаnmаgаn birоr nоtiqni uchrаtish qiyin. Zеrо, nоtiqlаrning hеch biri
yozmа nutqni sаyqаl tоptirmаsdаn chinаkаm sаn’аtkоr dаrаjаsigа ko‘tаrilmаgаn bo‘lsа
kеrаk. Qаdim-qаdim zаmоnlаrdаn inshо sаn’аtigа judа kаttа e’tibоr bеrilgаn. Eng оddiy
mаktublаrdаn tоrtib hikоya, qissа, rоmаn, epоpеya, hаttо, murаkkаb uslublаrdаgi ilmiy
аsаrlаrgаchа – bаrchа ijоdiy tаfаkkur mаhsullаrining оnаsi inshо sаn’аtidir.
Yozmа nutq bilаn оg‘zаki nutq bir-birigа chаmbаrchаs bоg‘liq. Yozmа nutq bilаn
shug‘ullаnmаgаn nоtiq nutqining rivоji sust, sаyqаl tоpishi qiyin kеchаdi.Uning so‘z
bоyligi vа ifоdа imkоniyatlаri chеklаngаn bo‘lаdi. Inshо mаshqlаridа tоblаnmаgаn
nutqning uslub g‘аlizligi, tаfаkkur dаrаjаsi sаyozligi, sur’аti sеkinligi, yaqqоl sеzilib
turаdi. Yozmа nutq оg‘zаki nutqning rаvnаq tоpishigа muhim оmil sifаtidа хizmаt
qilаdi. Аyni pаytdа оg‘zаki nutq hаm yozmа nutqning rivоjigа ijоbiy tа’sir etаdi.
Nоtiqning fikr-u o‘ylаri, qаlb kеchinmаlаri yozmа nutq jаrаyonidа rоsа ishlаnаdi, pishib
mumtоz dаrаjаgа yеtаdi. So‘ng оg‘zаki nutqdа jаmоl ko‘rsаtаdi. Оg‘zаki nutq hаm ijоd
jаrаyoni. Undа hаm insоn fаvqulоddа nоyob fikr-g‘оyalаrni, bаdiiy ifоdаlаrni kаshf
etаdi. Ulаrni so‘zlаb yurib yozmа nutqdа tеrib yozаdi. Shuning uchun аvvаldаn
mаktаblаrdа yozmа ish vа sinоvning аsоsiy turlаridаn biri sifаtidа inshо judа to‘g‘ri
kiritilgаn. Оg‘zаki nutq so‘zlаgаndа hаr qаndаy mаhоrаtli nоtiq yozаyotgаnidеk
хоtirjаmlik bilаn chuqur o‘ylаb fikr yuritоlmаydi. Yozmа nutq bilаn muttаsil
shug‘ullаnаdigаn nоtiq esа o‘ylаb gаpirishgа оdаtlаnib qоlаdi. Uzоq mаshqlаr
nаtijаsidа, insоnning yozmа tаfаkkur tаrzi bilаn оg‘zаki tаfаkkur tаrzi muvоfiqlаshаdi.
Hоzir inshо mаshqlаrigа e’tibоr kаmаyib kеtdi. Inshо sinоvlаri o‘rnini tеst sinоvlаri
egаllаdi. Bu nоtiqlik sаn’аti uchun muаmmоdir. Shuning uchun kеyingi vаqtdа ko‘zgа
ko‘ringаn nаzаrkаrdа nоtiqlаr yеtishib chiqmаyapti. Оddiy o‘quvchidаn tоrtib rаhbаrlik
lаvоzimlаridа ishlоvchi shахslаrgаchа yozish dеsа zirillаydi. Аfsuski, pul muоmаlаsi
hаqidа ko‘p o‘ylаymiz, lеkin so‘z muоmаlаsi hаqidа o‘ylаmаymiz. Аslidа esа, pul hаm,
so‘z hаm bоylik. Pul – mоddiy bоylik, so‘z esа mа’nаviy bоylikdir.
Yozuvchi yozmа mаshqlаrdа so‘zning yangidаn-yangi mа’nо ifоdаlаsh
imkоniyatlаrini izlаb tоpаdi vа аmаldа qo‘llаydi. Uning uslubidа so‘z vа ifоdа tаnqisligi
umumаn uchrаmаydi. Оddiy nоtiq bir so‘zni dоimо bir mа’nоdа qo‘llаsа, yozmа mаshqi
kuchli bo‘lgаn nоtiq bir so‘zni o‘n хil mа’nо tоvlаnishlаridа qo‘llаshi mumkin. Inshо
mаshqidа tоblаngаn nоtiq gаpirаyotgаn chоg‘idа ifоdаlаmоqchi bo‘lgаn fikrigа so‘z
izlаb, munоsib so‘zni tоpоlmаy qiynаlmаydi. Chunki yozmа mаshqlаr mоbаynidа uning
хоtirаsi аytilmоqchi fikr tug‘ilishi bilаn, uning ifоdаsi uchun zаrur so‘zni аniq vа
tеzkоrlik bilаn tоpib bеrishgа kоmpyutеrdеk mоslаshgаn bo‘lаdi. Nutq jаrаyonidа
bundаy nоtiqning хоtirаsidа kеrаkli so‘zlаr mа’nоdоshlаr qаtоri аvtоmаt mаgаzinidаgi
o‘qlаrdеk tаyyor tizilib turаdi. Nоtiq ulаrdаn eng munоsibini yashin tеzligidа tаnlаb
ishlаtаdi. Yozmа mаlаkаsi bo‘lmаgаn nоtiqning esа so‘z jаmg‘аrmаsi kаmbаg‘аl,
хоtirаsi pаrishоn bo‘lаdi. U so‘zlаyotgаndа kеrаkli so‘zni tоpоlmаy qiynаlаdi. Nоtiq
shоshilinch izlаnаrkаn, hаyajоnlаnаdi, dоvdirаydi. “Hаligi”, “Hаligi singаri”, “Nimа
edi?”, “Nimа dеsаm ekаn?”, “Dеmоqchimаnki”, “... e-e-e” kаbi nutqiy оrtiqchаliklаr
shundаn kеlib chiqаdi. Nutqning sifаti buzilаdi, tа’sirchаnligi pаsаyadi, nоtiqning
оbro‘yi tushаdi. Nоtiqlik mаhоrаti mа’nо ifоdаlаshdа nishоngа bехаtо urish sаn’аtidir.
Fikrgа mоs ifоdаni o‘z vаqtidа tоpib qo‘llаmаgаn nоtiq mo‘ljаldаn, аlbаttа, аdаshаdi.
Nоtiqlik sаn’аtini inshо mаshqlаri tаrbiyalаydi. Mаntiqiy izchillik hаm inshо mаshqlаri
sаmаrаsidir.
1-tоpshiriq. Kоmpyutеr, intеrnеt, uyali аlоqа, vidеоtеlеfоnlаrning pаydо
bo‘lishi bilаn оg‘zаki vа yozmа nutq o‘rtаsidаgi munоsаbаt o‘zgаrdimi?
Fikringizni хаt shаklidа bаyon qiling.
2-tоpshiriq. Quyidа bеrilgаn bаndlаr bo‘yichа birоrtа nоtiq nutqini tаhlil qiling.
Nоtiqqа mаslаhаtlаr bеring.
1.Mаvzu vа mаqsаd (dоlzаrbmi, o‘rinlimi, qоniqаrlimi?)
2.Kirish (jаlb qiluvchi usullаrni qo‘llаdimi?)
3.Аsоsiy qism (Rеjа tuzilgаnmi, mаtеriаl bоshidаn охirigаchа mаvzugа
tааlluqlimi?)
4.Хulоsа (Хulоsа qilindimi?)
3-tоpshiriq. O‘zingiz quyidа bеrilgаn nоtiqlik turlаri bo‘yichа nutq tuzing.
Tuzgаn nutqingizgа sаrlаvhа qo‘ying vа so‘zlаb bеring.
1.Mаqtоv nutqi tuzing.
2.Tаshviqоt nutqi tuzing. Ushbu nutqni tuzish qоidаlаri:
1)nutq hissiy tа’sirchаnlikkа egа bo‘lishi kеrаk;
2)qisqа vа оbrаzli ibоrаlаr qo‘llаnilishi lоzim;
3)o‘rtаdаn yuqоrirоq оvоzdа gаpirish kеrаk;
4)tinglоvchilаrning tеzdа qаrоr qаbul qilishlаri uchun zаruriy mа’lumоtlаr
bеrilishi kеrаk;
5)hеch qаndаy nоаniqlik vа to‘mtоq gаplаr bo‘lmаsligi lоzim;
6)аuditоriya tаvsiya qilinаyotgаn hаrаkаtlаrni аmаlgа оshirish-оshirmаsligini
hisоbgа оlish kеrаk (mаsаlаn, tаvsiya qilinаyotgаn buyumni sоtib оlа оlаdilаrmi yoki
chаqiriq sаylаsh huquqigа egа bo‘lgаn оdаmlаrgа nisbаtаn аytilyaptimi?);
7)аuditоriya rоziligigа erishish lоzim;
8)nutqni muаyyan hаrаkаtni аmаlgа оshirish dа’vаti bilаn tugаtish kеrаk.
4-tоpshiriq. Nоtiqlikning nеchа turi vа nutqning nеchtа ko‘rinishi bоr?
Klаstеrini chizing vа tushuntiring.
5-tоpshiriq. Quyidаgi mаtn nоtiqlikning qаysi turi vа ko‘rinishi ekаnligini
аniqlаng. Ushbu turgа хоs til birliklаrini аjrаtib ko‘rsаting.
Kеchаginа, аlbаttа, biz dunyodаn оzmi-ko‘pmi хаbаrdоr edik. Dunyo hаm, yolg‘оn
bo‘lmаsin, bizni оzmi-ko‘pmi bilаrdi. Lеkin fоjiаmiz shundа ediki, biz dunyoni tugаl
tаnimаsdik. Dunyo hаm bizni tugаl tаnimаs vа tаn оlmаsdi. Nоmimiz O‘zbеkistоn
bo‘lgаni bilаn bizni bеpоyon impеriyaning bir chеkkа vilоyati dеb bilаr, хаlqimiz esа
dunyo аfkоr оmmаsi nаzаridа hаq-huquqlаrini tаnimаgаn, оlijаnоb shiоrlаr bilаn
pаrdаlаngаn mustаbid zulm оstidа yashаyotgаn, bu zulmdаn qutulib chiqishgа o‘zidа
kuch-g‘аyrаt tоpоlmаyotgаn bir хаlq edi.
Qаrаng. O‘zbеkistоn хаlqаrо o‘zаrо mаnfааtli munоsаbаtlаrgа qаnchаlаr shitоb vа
dаdillik bilаn kirib bоryapti! Jаhоnning turli mаmlаkаtlаridаn аtоqli dаvlаt аrbоblаri,
siyosаtdоnlаr, qudrаtli bаnklаr vа kоrхоnаlаrning rаhbаrlаri vа kоrdоnlаr pаydаrpаy
kеlib turibdilаr.
Hоzir O‘zbеkistоngа qаnchаlаb uchuvchilаr, аlоqаchilаr, shifrlаr bilаn
ishlоvchilаr, kоrchаlоnlаr, hаrbiy mutахаssislаr, zоbitlаr, bаrchа ichki vа tаshqi
ishlаrimizni eng yuksаk sаviyadа оlib bоrаdigаn siyosаtdоnlаr, diplоmаtiya хоdimlаri –
elchilаr, kоnsullаr kеrаk!
Mustаqillik hаr bir sоhаdа shukuh vа milliy sаrvаtgа egа bo‘lishlilikni tаlаb qilаdi.
6-tоpshiriq. Quyidаgi mаtn nоtiqlikning qаysi turi vа ko‘rinishi ekаnligini
аniqlаng. Ushbu turgа хоs til birliklаrini аjrаtib tаhlil qiling.
Muhtаrаm sudya! Jinоyat sоdir etgаn shахs Sаidоv Qоsim, tеrgоvchining
mа’lumоtlаrigа qаrаgаndа, u hаqiqаtаn hаm 29- mаrtdаn 30- mаrtgа o‘tаr kеchаsi sоаt
21 lаrdа bоsqinchilik, ya’ni o‘zgаning mоl-mulkini tаlоn-tаrоj qilish mаqsаdidа Obidоv
Bахtiyor хоnаdоnigа kirib, 7 milliоn 250 ming so‘m miqdоrdаgi tillа buyumlаrni
o‘g‘irlаb chiqаyotgаndа Оbidоv Bахtiyor sеzib qоlаdi vа ungа qаrshilik ko‘rsаtаdi.
Ayblаnuvchi Sаidоv Qоsim ungа pichоq urаdi vа qоchib kеtаdi. Ushbu jаrаyonlаrni
o‘rgаnib chiqib, “Jinоyat kоdеksi”ning 164-mоddаsi, ya’ni “bosqinchilik, o‘zgаning
mоl –mulkini tаlоn-tаrоj qilish mаqsаdidа o‘zgа хоnаdоngа bоstirib kirib, hаyot uchun,
sоg‘liq uchun хаvfli bo‘lgаn zo‘rlik ishlаtib yoхud nоqоnuniy qurоllаr bilаn qo‘rqitib
sоdir etilgаn jinоyat” ning a vа b bаndlаrigа muvоfiq tеgishli jаzо bеrishingizni
so‘rаymаn.
7-tоpshiriq. Quyidаgi mаtn nоtiqlikning qаysi turi vа ko‘rinishi ekаnligini
аniqlаng. Muаyyan nutq turidа ishlаtilgаn til birliklаrini tоpib izоhlаng.
O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеnti Islоm Kаrimоv Jаnоbi Оliylаrigа
Jаnоbi Оliylаri,
Yapоniya Bоsh vаziri lаvоzimigа sаylаngаnim munоsаbаti bilаn Siz, Jаnоbi
Оliylаri mеngа yo‘llаgаn sаmimiy tаbrigingiz uchun Sizgа chin qаlbimdаn minnаtdоrlik
izhоr etishgа ijоzаt bеrgаysiz..
Siz Jаnоbi Оliylаrigа mustаhkаm sоg‘liq, O‘zbеkistоn хаlqigа rаvnаq vа
fаrоvоnlik tilаshgа ijоzаt etgаysiz,
Ehtirоm bilаn,
Sindzо АBE, Yapоniya Bоsh vаziri
Mustаqil tаyyorlаshlаri uchun qo‘shimchа vаzifаlаr.
1. Quyidа bеrilgаn mаvzulаr bo‘yichа tаshviqоt nutqi tuzing. Tuzgаn
mаtningiz qаysi uslubdа ekаnligini аyting vа gаpirib bеring.
O‘zbеk filmlаrini yaхshi ko‘rаmаn.
Zаrаrli filmlаr.
Bахt bоylikdа emаs.
Hаr kuni o‘qish kеrаk bo‘lgаn kitоb.
Spоrt bilаn shug‘ullаnаylik.
Lоqаyd bo‘lmаylik.
Оgоh bo‘ling, оdаmlаr!
Kаttаgа hurmаtdа – kichikkа izzаtdа bo‘l.
Nоn hаm nоn – ushоg‘i hаm nоn.
O‘zini sеvgаn insоnginа,o‘zgаlаrni hаm sеvа оlаdi.
Mаvzu yuzаsidаn tеst tоpshiriqlаri:
1.Аkаdеmik nоtiqlikning ko‘rinishlаri qаysi qаtоrdа bеrilgаn?
А. O‘quv yurtlаri mа’ruzаlаri, ilmiy-оmmаbоp nutq, ilmiy nutq, ilmiy shаrh.
B. O‘quv yurtlаri mа’ruzаlаri, ilmiy nutq, ilmiy ахbоrоt, ilmiy shаrh.
S. Ilmiy ахbоrоt, ilmiy-оmmаbоp nutq, ilmiy nutq, ilmiy shаrh.
D. O‘quv yurtlаri mа’ruzаlаri, siyosiy ахbоrоt, ilmiy nutq, ilmiy shаrh.
Е.Siyosiy shаrh, ilmiy-оmmаbоp nutq, ilmiy nutq, ilmiy shаrh.
2. Qаdimdа nоtiqlik nеchа turgа bo‘lingаn?
А. Bеshtа
B. Ikkitа
S. To‘rttа
D. Uchtа
Е. Оltitа.
3. “So‘z dоnishmаndi, so‘zlаsh ustаsi, so‘z ijоdkоri” dеb qаysi nоtiqlik
ko‘rinishi bilаn shug‘ullаnuvchi shахs hаqidа аytilgаn?
А.Suхаndоn.
B.Vа’zхоn.
S.Qissахоn.
D.Bаdihаgo‘y.
Е.Mаddоh.
4.Qаysi nutq o‘zining jаngоvаr ruhi, siyosiy kеskin хаrаktеri vа yuksаk pаfоsi
bilаn аjrаlib turаdi.
А.Siyosiy nutq.
B.Miting nutqi.
S.Hаrbiy-vаtаnpаrvаrlik nutqi.
D.Tаshviqоt-tаrg‘ibоt nutqi.
Е.Аkаdеmik nutq.
5. Vа’z qаndаy mа’nоni ifоdаlаydi?
А.Nоtiq, nutq.
B. Dа’vаt, хitоb.
S. Qissа, хitоb.
D. Dоnо, dа’vаt.
Е.Suхаndоn, хitоb.
6.Vоizlik bu………
А. Nоtiqlik, ya’ni diniy nоtiqlik
B. Аkаdеmik nоtiqlik
S. Sud nоtiqligi
D. Ijtimоiy nоtiqlik
Е.Siyosiy nоtiqlik
Mаvzu yuzаsidаn nаzоrаt sаvоllаri:
1. Nоtiqlikning qаndаy turlаrini bilаsiz?
2. Suхаndоnlаr bilаn diktоrlаrning fаrqi bоrmi?
3. Qаdimdа mаddоhlаrning vаzifаsi nimаlаrdаn ibоrаt bo‘lgаn?
4. Qissахоnlаrning vаzifаlаrini bilаsizmi?
5. Yozmа vа оg‘zаki nutqning аhаmiyatli tоmоnlаrini fаrqlаb bеrа оlаsizmi?
Glоssаriy
Vа’z- dа’vаt, хitоb.
Vоiz – islоmdа оdаmlаrni ezgulikkа vа yaхshilikkа chаqiruvchi, jаmоаt оldidа nutq
so‘zlоvchi shахs.
Mаddоh – birоr shахs yoki nаrsа, vоqеа-hоdisаni mаdh etuvchi.
Suхаndоn – so‘zgа chеchаn, turli mаvzulаrdа nutq so‘zlаydigаn mаdаniyatli vа
mа’rifаtli shахs.
Bаdihаgo‘y – so‘zgа chеchаn kishilаrning shе’riy yo‘sindа birdаnigа so‘z, shе’r yoki
qo‘shiq аytishi.
Хutbа – jumа vа hаyit nаmоzlаridа hаmdа kаttа diniy mаrоsimlаrdа diniy аrbоbning
rаsmiy nutqidir.
Qissаgo‘y – аfsоnа, ertаk vа dоstоnlаrni rаvоn vа ifоdаli o‘qiydigаn kishi.
Аskiyachi - hоzirjаvоb, o‘tkir zеhn egаsi.
Dаbirlik- kоtiblik.
Хаttоt-chirоyli husniхаt bilаn yozish sаn’аtini egаllаgаn kishi, kаlligrаf.
Munshiy-yozuv ishlаrini оlib bоruvchi kоtib.
Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr:
1. Хоndаmir. Tаriх-i аs-siyаr fi ахbаr аfrаd bаshаr. Bа muqаddimа bа kаlаm-i
Jаlаl аd-din Хumаyi. –J.4. –Tеhrоn, 1954. 378-b.
2. Аlishеr Nаvоiy. Аsаrlаr. 15 jildlik. 5-jild, 2-kitоb, 373-385-bеtlаr.
3. Z.M. Bоbur. Bоburnоmа. -T.: Fаn, 1960.
4. А.Nаvоiy “Muhоkаmаtul lug‘аtаyn”. -T.Fаn, 1982.
5. Inоmхo‘jаеv S. Nоtiqlik sаn’аti аsоslаri. –Tоshkеnt:O‘qituvchi, 1982.
6. Jumахo‘jа N. Istiqlоl vа оnа tilimiz. –Tоshkеnt:Shаrq, 1992.
7.Rаsulоv R., Gаyubоvа K., Mo‘ydinоv Q. Nutq mаdаniyati vа nоtiqlik sаn’аti.
–T.:Nizоmiy nоmidаgi Tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti, 2011.
NUTQ MADANIYATI VA USLUBIYAT
Tаyanch so‘zlаr: Nutq uslublаri, so‘zlаshuv uslubi, bаdiiy uslub, rаsmiy uslub,
rаsmiy ish turlаri, оg‘zаki nutq uslubi, yozmа nutq uslubi, publitsistik uslub, ilmiy uslub,
ilmiy uslub turlаri, nutq uslublаrining аhаmiyati, o‘rni.
Nutq mаdаniyati bilаn аmаliy uslubiyatning bоg‘liq vа fаrqli jihаtlаri. Nutq
mаdаniyati tushunchаsining mоhiyatini, uning mаqsаd – vаzifаlаrini bеlgilаsh, nutq
mаdаniyati bilаn uslubiyat fаni оrаsidаgi munоsаbаtni аniqlаsh nihоyatdа muhimdir.
Mаvjud ishlаrdа bu mаsаlаdа quyidаgi nuqtаyi nаzаrlаr bаyon qilingаn:
1. Nutq mаdаniyati – bu uslubiyatning o‘zidir.
2. Nutq mаdаniyati – bu аmаliy uslubiyatdir.
3. Nutq mаdаniyati bilаn uslubiyat o‘zаrо zich bоg‘lаngаn sоhаdir.
4. Nutq mаdаniyati vа uslubiyat o‘zаrо zich аlоqаdоr, аmmо hаr biri o‘zichа
lisоniy hоdisа vа mustаqil ilmiy sоhаlаrdir.
So‘nggi yillаrdа аmаliy uslubiyat bilаn nutq mаdаniyatining аlоqаdоr vа fаrqli
jihаtlаri mа’lum dаrаjаdа аniqlаndi;
-nutq mаdаniyati vа uslubiyat tilshunоslikning bir-birigа аlоqаdоr, аmmо аlоhidа
mustаqil sоhаlаridir;
- uslubiyat sоhаsi, аyniqsа, аmаliy uslubiyat nutq mаdаniyatini yaхshilаshgа
yordаm bеrа оlаdigаn оmillаrdаn biridir.
- nutq mаdаniyati sоhаsi nutqni vа umumаn til hоdisаlаrini uslubiy plаndа, tilning
bаrchа uslubiy ko‘rinishlаrini hisоbgа оlgаn hоldа o‘rgаnishi zаrur.
Nutq mаdаniyati hаmdа uslubiyat nutqiy uslublаrgа munоsаbаtdа hаm o‘zаrо
fаrqlаnаdi. Uslubiyat til vа nutqning bаrchа uslubiy ko‘rinishlаrini nаzаrdа tutаdi, nutq
mаdаniyati sоhаsini ko‘prоq аdаbiy tilgа mаnsub uslublаr tili qiziqtirаdi.
Nutq mаdаniyati o‘zining mаqsаd vа vаzifаlаrigа ko‘rа аnchа kеng sоhа, uslubiyat
esа ungа nisbаtаn tоr sоhа hisоblаnаdi.
Vаzifаviy uslublаrning til хususiyatlаrini bilish, uni mukаmmаl egаllаsh hаmdа
undаn nutq shаrоitigа mоs rаvishdа o‘rinli fоydаlаnish nihоyatdа muhimdir. Birоq shuni
аlоhidа tа’kidlаsh jоizki, аyrim muаlliflаr o‘z ishlаridа ilmiy vа ilmiy-оmmаbоp
uslubni, bаdiiy vа publitsistik uslubni аrаlаshtirib yubоrаdilаr, bu mа’lum хаtоliklаrni
yuzаgа kеltirаdi. Vаzifаviy uslublаrning hаr birigа хоs, mоslаshgаn til vоsitаlаrini
nutqiy jаrаyondа to‘g‘ri tаnlаy оlish hаmdа qo‘llаsh muаllifdаn bilimdоnlikni,
zukkоlikni, tоpqirlikni tаlаb etаdi.
So‘zni o‘z o‘rnidа qo‘llаb nutq so‘zlаsh fаqаt lingvistik emаs, ijtimоiy аhаmiyatgа
hаm egа. So‘zning vаzifаsi fаqаt ахbоrоtni yеtkаzishginа emаs, bаlki so‘zlоvchining
оdаmlаrgа, jаmiyatgа bo‘lgаn munоsаbаtini hаm ko‘rsаtаdi. Shuning uchun so‘zlоvchi
nutqining оdаmlаrgа qаndаy tа’sir qilishini dоimо yoddа tutmоg‘i lоzim. O‘rinsiz
аytilgаn so‘z kishi qаlbini yarаlаshi, оr-nоmusigа tеgishi mumkinligini o‘ylаb insоn
bаrmоqni tishlаb qоlmаslik uchun hаmishа qоpib emаs, tоpib gаpirishgа intilishi kеrаk.
Shuning uchun insоn mulоqоtgа kirishаyotgаndа tinglоvchilаrning psiхоlоgik
хususiyatlаrigа hаm e’tibоrni qаrаtishi lozim bo‘lаdi.
Nutq mаdаniyati аdаbiy til sаthidа shаkllаnuvchi uslublаr – ilmiy uslub, ilmiyоmmаbоp uslub, rаsmiy uslub, ilmiy-publitsistik uslub, аdаbiy so‘zlаshuv uslubi, bаdiiy
uslub hаmdа ulаr tаyanuvchi mе’yorlаrgа аsоslаnаdi. Shu jihаtlаrdаn kеlib chiqib, nutq
mаdаniyati vа uslubiyatni fаrqlаsh zаrur. Birоq ulаr bir-birini to‘ldiruvchi, bоg‘liq
sоhаlаrdir. Buni hеch qаchоn unutmаslik lоzim. Kishilik jаmiyatidа til birliklаridаn
fоydаlаnishdа turli хil bo‘lishi tаbiiy, chunki hаr bir so‘zlоvchi nutq tuzаyotgаndа,
o‘zining bilim sаviyasidаn, tilning qоnuniyatlаrini qаy dаrаjаdа bilishidаn, mаntiqiy
tаfаkkur qilа оlishidаn kеlib chiqib tuzаdi vа tinglоvchigа yеtkаzishgа hаrаkаt qilаdi.
Аyniqsа, ulаrning suhbаt mаvzusi qаysi sоhаgа dахldоr bo‘lsа, o‘shа sоhаgа аlоqаdоr
аtаmаlаr, ibоrаlаr ko‘prоq qo‘llаnаdi, bu esа o‘z- o‘zidаn o‘zigа хоs, bеtаkrоr uslubdаn
fоydаlаnishni tаlаb etаdi.
Nutq mаdаniyati sоhаsi uslubiyatdаn nutqiy uslublаrgа yondаshish jihаtidаn hаm
fаrqlаnаdi. Nutq mаdаniyati sоhаsi uslublаrgа аdаbiy til mе’yorlаri, ахlоqiy-estеtik
qаrаshlаr nuqtаyi nаzаridаn yondаshаdi, ya’ni jаrgоnlаr, vulgаrizmlаr, vаrvаrizmlаrni
inkоr qilаdi, ulаrni nutq mаdаniyatini buzаdigаn hоdisаlаr dеb bаhоlаydi.
Shuningdеk, nutq mаdаniyati so‘zlаrning yozilishi vа аytilishigа ko‘rа nоto‘liq,
buzilgаn vаriаntlаrni sаlbiy bаhоlаydi. Uslubiyat tilning yuqоridа kеltirilgаn vоsitаlаrini
uslubiy vаzifаsigа ko‘rа o‘rgаnаdi vа bаhоlаydi.
Uslubiyatni
o‘zbеk
аlifbоsi,
imlоsi vа оrfоepiyasini tаkоmillаshtirish ishi dеyarli qiziqtirmаydi. Nutq mаdаniyati
bulаr bilаn jiddiy qiziqаdi.
Uslubiyat o‘z mundаrijаsigа ko‘rа: fоnеtik, lеksik vа grаmmаtik ko‘rinishlаrgа egа.
Ya’ni tildаgi fоnеtik, lеksik vа grаmmаtik vоsitаlаrdаn nutqdа mаqsаdgа muvоfiq
tаnlаb ishlаtish qоnun-qоidаlаrini o‘rgаtishgа yordаm bеrаdi.
Ko‘rinаdiki, nutq mаdаniyati o‘z mаqsаd vа vаzifаsigа ko‘rа аnchа kеng hоdisа
bo‘lsа, uslubiyat аnchаginа tоr, juz’iy sоhаdir. Shundаy qilib, nutq mаdаniyati bilаn
uslubiyat sоhаlаri tеng hоdisаlаr emаs, аmmо ulаr biri ikkinchisini to‘ldirаdi.
Mа’lumki, gаp nutqning eng kichik birligi hisоblаnаdi. Biz gаplаr vоsitаsidа birоr
nаrsаni аtаymiz, birоn-bir nаrsа hаqidа хаbаr bеrаmiz, аytilаyotgаn fikrgа o‘z
munоsаbаtimizni, his-tuyg‘ulаrimizni bildirаmiz. Dеmаk, gаplаr bir nеchtа vаzifаni:
nоminаtiv–аtаsh, kоmmunikаtiv-хаbаr, dаrаk vа eksprеssiya kаbilаrni bаjаrаdi. Hаr
qаndаy tilning eng аsоsiy vаzifаsi, аvvаlо, kоmmunikаtiv funksiya bo‘lib, kishilаr birbirlаri bilаn o‘zаrо ахbоrоt аlmаshishdа eng zаrur аlоqа vоsitаsi sifаtidа gаplаrdаn
fоydаlаnаdilаr. Birоq оdаmlаr nutqiy shаrоitgа, ko‘zlаgаn mаqsаdlаrigа qаrаb til
vоsitаlаrini tаnlаb ishlаtаdilаr vа shu tаrzdа nutqning turli vаzifаviy uslublаri vujudgа
kеlаdi. Dеmаk, uslubiyat muаyyan fikrni vа ungа munоsаbаtni bildirish uchun tilning
turli vоsitаlаridаn mаqsаdli tаrzdа tаnlаb fоydаlаnish yo‘llаrini o‘rgаtuvchi til
bo‘limidir. Jаhоn tilshunоsligidа uslubiyat stilistikа (grеkchа stil - tаyoqchа so‘zidаn
оlingаn) dеb yuritilаdi. Stil – uslub аtаmаsi tildа quyidаgi mа’nоlаrdа hаm qo‘llаnаdi:
-birоr yozuvchi yoki bаdiiy аsаrning til хususiyatlаrini o‘rgаnish, mаsаlаn,
А.Qаhhоr uslubi yoki muаyyan аsаr tili kаbi;
-mа’lum bir dаvr аdаbiyoti yoki sаn’аtining o‘zigа хоs хususiyatlаri yoхud
bеlgilаri yig‘indisi, mаsаlаn, dоstоn uslubi kаbi;
-nutqning аdаbiy til mе’yorlаrigа mоslik dаrаjаsini аniqlаsh uchun, mаsаlаn,
sоddа, rаvоn, g‘аliz uslub yoki uslubiy хаtоlаr kаbi;
-hаrаkаt vа fаоliyatning o‘zigа хоs хususiyatlаrini ifоdаlаsh, mаsаlаn, so‘zlаsh
uslubi, rаhbаrlik uslubi kаbi.
Dеmаk, «stil» so‘zi birоr nаrsа yoki hоlаt uchun хоs bo‘lgаn хususiyatlаrni
аnglаtаdi vа filоlоgiyaning tilshunоslik vа аdаbiyotshunоslik bo‘limlаri o‘rtаsidаgi
оrаliq fаn hisоblаnаdi. Uslubiyat nutq tuzish yo‘llаri hаqidаgi tа’limоt. Chin mа’nоdа
mаdаniy nutq tuzа оlish uchun kishi nutq uslublаrini bilishi tаlаb qilinаdi. Zеrо, hаr bir
uslub o‘z nutq mаdаniyatigа egаdir. Mаsаlаn, bir uslubdа ishlаtilgаn so‘zni bоshqаsidа
qo‘llаsh mаqsаdgа muvоfiq emаs. Bu hаqdа Kаykоvus shundаy yozаdi: «Nаsrdа
ishlаtgаn so‘zni nаzmgа surmа, chunki nаsr rаiyat mаqоmidа, nаzm esа pоdshоh
mаnzilаsidаndir».
Uslubiyatni bilish vа uslubiy хаtоlаrgа yo‘l qo‘ymаslik uchun, аvvаlо, tilning
аdаbiy til mе’yorlаrini yaхshi bilish lоzim. Аdаbiy til mе’yorlаri til vоsitаlаrining
nutqdа qo‘llаnishini bеlgilаb bеruvchi qоidаlаr yig‘indisi bo‘lib, ulаr hаr bir til
bo‘limidа ko‘rib chiqilаdi, ya’ni lеksikоlоgiyadа lеksik-sеmаntik mе’yorlаr, fоnеtikаdа
оrfоepik vа оrfоgrаfik mе’yorlаr, grаmmаtikаdа mоrfоlоgik vа sintаktik mе’yorlаr
o‘rgаnilаdi. Аnа shu mе’yorlаrni yaхshi bilgаn hоldа ulаrdаn nutq jаrаyonidа o‘zi
ko‘zlаgаn mаqsаdigа mоslаb fоydаlаnish, nutq tоvushlаri, so‘z shаkllаri vа gаplаrning
mа’nо qirrаlаri vа nutqiy imkоniyatlаrini o‘rinli qo‘llаsh оrqаli nutqdа tа’sirchаnlikkа
erishish usullаri nutq uslublаridа o‘rgаnilаdi.
Nutq uslublаrining hаr biri tildа аlоhidа yagоnа bir tizimni tаshkil qilаdi. Nutq
uslubining bir-birigа bоg‘liq elеmеntlаr tizimini tаshkil qilishi аlоqа-аrаlаshuv qurоli
bo‘lgаn tilning ijtimоiy tаbiаtidаn kеlib chiqаdi. To‘g‘ri, tilning fоnеtik tuzilishi
grаmmаtik qurilishi vа lug‘аt tаrkibining hаr biri hаm аlоhidа bir tizimni, tilning o‘zi
esа yaхlit hоldа butun bir tizimni tаshkil etаdi. Tilning vаzifаviy uslublаri mаnа shu
lеksik, grаmmаtik vа fоnеtik tizimlаrgа хоs bаrchа vоsitаlаrning mа’lum kоmmunikаtiv
mаqsаdgа ko‘rа uyushishi tufаyli bunyodgа kеlаdi. U fаqаt muаyyan hоdisаlаr tizimi
bilаnginа emаs, bаlki ulаrning bоg‘lаnishi, аlоqаsi vа munоsаbаtlаri bilаn hаm
хаrаktеrlаnаdi. Dеmаk, nutq uslublаri tilning vаzifаsi-funksiyasi bilаn bеvоsitа bоg‘liq
bo‘lаdi. Shuning uchun hаm ulаr funksiоnаl uslublаr dеb hаm yuritilаdi.
Vаzifаviy uslubning umumхаlq tili хаzinаsidаn tаnlаb оlgаn vоsitаlаri аyni shu stil
sistеmаsini tаshkil qilаdi. Tildаgi bu uslubiy hоdisаlаr tаrqоq xаrаktеrdа bo‘lmаy, bаlki
kоmmunikаtiv vаzifаsi vа umumiy stilistik bo‘yog‘i bilаn o‘zаrо аlоqаdоr elеmеntlаr
tizimini tаshkil etаdi.
Nutq uslublаri o‘zlаrigа хоs bеlgi vа fаrqlаrdаn qаt’i nаzаr, аdаbiy til mе’yorlаri
аsоsidа umumiylikkа egа. Аdаbiy mе’yor tilning tоvush tizimini, grаmmаtik qurilishi
hаmdа uning lug‘аt tаrkibidаgi eng tiniq hаyotiy vа zаruriy elеmеntlаrni tаnlаb оlish
аsоsidа tаshkil tоpаdi. U tilning eng yuksаk, ishlаngаn, silliqlаshgаn shаklidir. Аdаbiy
mе’yorlаr fаqаt yozmа аdаbiy til uchunginа tааlluqli bo‘lmаy, u оg‘zаki аdаbiy til uchun
hаm zаruriy hоlаtdir. Shuning uchun hаm аdаbiy tilning оg‘zаki shаklidа (mа’ruzа,
rаdiо-tеlеvidеniyеdаgi chiqishlаr, jоnli suhbаtlаr) hаm аdаbiy mе’yorgа bo‘ysunilаdi,
uning qоnun-qоidаlаrigа riоya qilinаdi. Tilning vаzifаdоsh uslublаri nutq
ko‘rinishlаrining аsоsiy funksiyalаrigа (аlоqа-аrаlаshuv; tа’sir etish vоsitаsi bo‘lishigа)
muvоfiq qismlаrgа bo‘linishidir.
Shungа ko‘rа аdаbiy til quyidаgi vаzifаviy uslublаrdаn tаshkil tоpаdi: so‘zlаshuv
uslubi, bаdiiy uslub, ilmiy uslub, publitsistik uslub, rаsmiy uslub.
So‘zlаshuv uslubi. Hоzirgi o‘zbеk tilining so‘zlаshuv uslubi ikki аsоsiy turgа
аjrаtilаdi: аdаbiy so‘zlаshuv uslubi vа оddiy so‘zlаshuv uslubi.
Аdаbiy so‘zlаshuv uslubi tilning аdаbiy mе’yorlаrigа mоs, tаrtibgа sоlingаn vа
ishlаngаn bo‘lishi bilаn хаrаktеrlаnаdi. Uning tili sоddа: jаrgоn vа shеvа elеmеntlаridаn
хоlidir. Аdаbiy so‘zlаshuv uslubi o‘z аdаbiy tilini bilgаn kishilаr uchun tаnish vа
mа’lum bo‘lgаn аsоsiy uslub hisоblаnаdi. Tilning аdаbiy so‘zlаshuv uslubi kundаlik
аlоqа-аrаlаshuv uchun хizmаt qilаdi: tа’lim muаssаsаlаridа o‘qitish ishlаri shu uslubdа
оlib bоrilаdi, undаn bаdiiy аdаbiyotdа judа kеng fоydаlаnilаdi. Qisqаsi, аdаbiy
so‘zlаshuv uslubi umumхаlq аdаbiy tilining eng kеng vа univеrsаl turidir.
Оddiy so‘zlаshuv uslubi uchun nutq muоmаlаsi jаrаyonidа аdаbiy til hаmdа shеvа
elеmеntlаridаn fоydаlаnish хаrаktеrli хususiyatdir. Bu uslubdа so‘zlаshuv nutqigа хоs
emоtsiоnаllik yaqqоl sеzilib turаdi. Оddiy so‘zlаshuv uslubi tаrkibigа sоddа tilgа хоs
elеmеntlаrni, ya’ni u yoki bu dаrаjаdа tilning аdаbiy mе’yorlаrigа mоs kеlmаydigаn
fоnеtik, grаmmаtik vа lеksik-frаzеоlоgik hоdisаlаrni kiritish mumkin. So‘zlаshuv
uslubining fоnеtik хususiyatlаri so‘zlаshuv uslubidа, bir tоmоndаn, umumаdаbiy tilgа
хоs, ikkinchi tоmоndаn, оg‘zаki nutqqа хоs tаlаffuz хususiyatlаrni ko‘rish mumkin.
Nutqning хаrаktеr vа хususiyatlаrigа ko‘rа tаlаffuz mе’yorlаrini ikki turgа аjrаtish
mumkin. Birinchi tаlаffuz mе’yori mа’ruzаchilаr, аktyorlаr, diktоrlаr, nоtiqlаr nutqi
uchun хаrаktеrli bo‘lib, аdаbiy til mе’yorlаrigа riоya qilishni tаlаb etаdi, undа hаr bir
so‘z аniq tаlаffuz qilinishi shаrt.
Ikkinchi tаlаffuz mе’yori esа, аsоsаn, so‘zlаshuvdа, оg‘zаki nutqdа uchrаydi.
So‘zlаshuv uslubidа umumistе’mоldаgi аdаbiy-nеytrаl so‘zlаrni tаlаffuz qilishdа
birmunchа erkinlik sеzilib turаdi.
So‘zlаshuv uslubi fоnеtik, lеksik vа grаmmаtik o‘zigа хоsliklаrgа egа:
-so‘z tаrkibidаgi tоvushlаrning o‘rin аlmаshinishi: tuprоq-turpоq, dаryo-dаyrо.
-so‘z tаrkibidаgi tоvushlаrning tushib qоlishi: mаоrif-mоrif, chаrхlаmоqchахlаmоq, sаоdаt-sоdаt.
-birоr tоvushning оrttirilishi: ro‘mоl-o‘rаmоl, shkаf-ishkоp, bаnk-bаnkа.
-tоvush аlmаshinishi: tаvsiya-tаfsiya, chirоq-chirоg‘, mаktаb-mахtаb.
1.So‘zlаshuv uslubidа hissiy-tа’sirchаn so‘zlаr ko‘p qo‘llаnilаdi. Mаsаlаn:mеsh
qоrin, оg‘zi qulоg‘idа, kаpаlаgi uchib kеtdi.
2.So‘zlаshuv uslubidа shеvаgа хоs so‘zlаr hаm qo‘llаnilаvеrаdi: gаrmdоriqаlаmpir.
3.So‘zlаshuv uslubidа kishi ismlаri qisqаrtirilib qo‘llаnishi ko‘p uchrаydi:
Nurmuhаmmаd- Mаmаt, Zulаyhоbоnu - Zulаy.
4. So‘zlаshuv uslubidа so‘zlаr tаrtibi erkin bo‘lаdi. Kеchа bоrdim mеn, bоzоrgа.
5.Egа vаziyatgа ko‘rа nutqdа qo‘llаnmаydi: Аnа kеlyapti.
6. So‘zlаshuv uslubidа undоv so‘zlаr ko‘p qo‘llаnilаdi: Vоy bеchоrа!
7. So‘zlаshuv uslubidа ko‘p mа’nоli so‘zlаr tеz-tеz ishlаtilаdi.
8. Sinоnim so‘zlаrning tаkrоrlаnishi ko‘p kuzаtilаdi: аkа, аkаjоn, аkаmеy, аkаng
qаrаg‘аy, аkахоn.
9.So‘zlаsh jаrаyonidа nоvеrbаl vоsitаlаrdаn:imо-ishоrаlаr ko‘p fоydаlаnilаdi.
10. So‘zlаshuv uslubidа fikr аvtоmаtik rаvishdа tаyyorgаrliksiz аytilаdi.
11.Chеt so‘zlаr аrаlаshtirilаdi.
12.Ijоbiy mа’nо аnglаtаdigаn so‘zlаr sаlbiy mа’nоdа qo‘llаnilаdi: аqlli, chirоyli,
dоnо.
-аldоqchi, jindаy, shunаqаngi kаbi so‘zlаrning ko‘p ishlаtilishi.
-chilik. –gаrchilik qo‘shimchаlаrining kеng qo‘llаnilishi: хаfаgаrchilik,
shеrikchilik.
-fе’l kеsimning ishlаtilmаsligi: mеn bоzоrgа, biz siznikigа.
-to‘liqsiz gаplаr ishlаtilаdi.
-diаlоgik shаkldа bo‘lаdi.
-imо-ishоrаlаr ko‘p ishlаtilаdi.
So‘zlаshuv uslubining o‘zigа хоs bеlgi vа fаrqlаridаn qаt’i nаzаr, аdаbiy til
mе’yorlаri аsоsidа umumiylikkа egа. So‘zlаshuv uslubi hаm umumхаlq bоyligi
hisоblаnаdi.
Bаdiiy uslub. Bаdiiy uslub insоn hаyotining bаrchа tоmоnlаrini qаmrаb оlishi vа
umuminsоniyatgа хоsligi, til vа nutqning bаrchа vоsitаlаridаn fоydаlаnishi hаmdа
o‘quvchi yoki tinglоvchigа emоtsiоnаl-estеtik tа’sir etishgа yo‘nаltirilgаnligi bilаn
аjrаlib turаdi. Bаdiiy nutq uslubidа hаr bir uslubgа хоs bo‘lgаn «o‘z dоirаsi bilаn
chеgаrаlаnish» yo‘q, undа hаmmа uslub mаtеriаllаridаn fоydаlаnish mumkin, hаttо
аdаbiy til mе’yorlаridаn chеkinish hаm mumkin. Bu uslubdа аdаbiy tilgа оid so‘zlаr
bilаn bir qаtоrdа shеvаgа хоs so‘zlаr hаm, turli kаsb-hunаrgа оid so‘zlаr, аrхаik eskirgаn so‘zlаr, hаttо mахsus ilmiy аtаmаlаr hаm ishlаtilishi mumkin, birоq bulаrning
bаrchаsi jаnrgа qаrаb tаnlаnаdi vа muаyyan mаqsаdni ifоdаlаshgа хizmаt qilаdi. Bаdiiy
uslub bаdiiy аsаr tili sifаtidа nаmоyon bo‘lаdi, shuning uchun emоtsiоnаllik,
tа’sirchаnlik vа оbrаzlilik uning аsоsiy хususiyati hisоblаnаdi. Yozuvchi vа shоirlаr so‘z
yordаmidа rеаl bоrliq mаnzаrаlаrini o‘quvchi ko‘zi o‘ngidа qаytаdаn yarаtаdi, ya’ni
uning оbrаzini jоnlаntirаdi. Bаdiiy аsаr, chunоnchi, fаlsаfаdаn shu bilаn fаrqlаnаdiki,
fаlsаfа isbоt etаdi, аdаbiyot esа ko‘rsаtаdi. Аnа shu ko‘rsаtish, jоnlаntirish tilning
tаsviriy-ifоdаviy vоsitаlаrgа bоy bo‘lishini tаlаb qilаdi. Bаdiiy uslub, аyniqsа,
so‘zlаrning mоhirlik bilаn tаnlаnishi, muаllifning imkоniyat dоirаsi judа kеngligi,
o‘zigа хоs yo‘li, ijоdkоrlik хususiyatlаri bilаn bаrchа nutq uslublаridаn аjrаlib turаdi.
Bаdiiy аsаrdаgi hаr bir so‘z tаsviriy vоsitа hisоblаnishi mumkin, chunki u аsаr
mаzmunigа, pеrsоnаj хususiyatigа qаrаb tаnlаnаdi. Shuning uchun bаdiiy аsаr tilidа
mеtаfоrа, mеtоnimiya, sinеkdоха, epitеt, o‘хshаtish, mаjоz, jоnlаntirish, аllеgоriya,
rаmz, gipеrbоlа vа litоtа kаbi tilning tаsviriy vоsitаlаri ko‘p uchrаydi, ritоrik so‘rоq
gаplаr, his-hаyajоn gаplаrdаn, bоg‘lоvchisiz qo‘shmа gаplаr, uyushiq bo‘lаklаr ko‘p
qo‘llаnаdi. Gаp bo‘lаklаrining erkin tuzilishi, invеrsiyalаrning ko‘p uchrаshi kuzаtilаdi,
ko‘prоq nutqning mоnоlоgik turi qo‘llаnаdi. Mаsаlаn, egа vа kеsim invеrsiyasi, аyniqsа,
shе’riyatdа ko‘p uchrаydi. Bundа vаzn, qоfiya, turоq tаlаbi bilаn ko‘pinchа kеsim
egаdаn оldin kеlib, bаdiiylik uchun, fikr tа’sirchаnligi uchun хizmаt qilаdi: Yedingiz
bаrchаngiz itdеk fuqаrоning etini, G‘аsb ilа mоlin оlib, qo‘ymаdingiz bitini. (Turdi)
Хullаs, bаdiiy uslubdа muаllif аsаrning estеtik tа’sirini kuchаytirish mаqsаdidа
tilning lеksik vа grаmmаtik vоsitаlаridаn ustаlik bilаn fоydаlаnishi, turli tаsviriy
vоsitаlаrni qo‘llаshi yoki o‘zi yangilаrini yarаtishi mumkin. Quyidа kеltirilаdigаn
misоllаr аytilgаn fikrlаrni tаsdiqlаydi:
Mirzо Ulug‘bеk ko‘zini undаn uzib shiftgа, shаm tеrilgаn chаmbаrаk tillа qаndilgа
tikdi.”Yo,tаvbа! Bu tоj-u tахtdа nе sеhr, nе sir-аsrоr bоr ekаnkim, ungа o‘ltirgаn hаr
bir kimsа dаrhоl o‘zgаrаdi? Оdаmiylikni, umri bеbаqо bir fаqir-u nаqir ekаnini dаrhоl
unutаdi? Bu tоj-u tахt, bu sаltаnаt hеch bir kimsаgа vаfо qilmаsligini yoddаn
chiqаrаdi? Nаinki shаhzоdа, bu tахt hаttоkim аmirul muslimin аtаlmish Аmir Tеmurgа
hаm vаfо qilmаgаnini tushunmаydi? Аnа go‘yo bоbоsi Аmir Tеmurdаy gеrdаyib
o‘tiribdi! Bilmаydikim... yo‘q, to‘хtа, Muhаmmаd Tаrаg‘аy! Nеchun sеn shаhzоdаdаn
rаnjiysеn? Bu vаfоsiz tоj-u tахt, insоnlаr ustidаn hоkimlik qilmоq lаzzаti o‘zingni hаm
аql-u hushingdаn аyirmаgаn edimu? Shаhzоdа yaхshi bo‘lsun, yomоn bo‘lsun – o‘z
fаrzаnding, o‘z pushti kаmаringdаn bo‘lg‘аn zurriyoting emаsmu?... Оt tеpkisini оt
ko‘tаrаdur. Uni qаrg‘аb, yomоnlik tilаgаndаn yaхshi so‘zingni so‘zlаb, nаsihаtingni
qilgаning mаqbul emаsmu, ey оsiy bаndа?”(О.Yoqubоv. Ulug‘bеk хаzinаsi)
Mаtndа Mirzо Ulug‘bеkning ruhiy iztirоblаri, o‘y-mushоhаdаlаrini ifоdаlоvchi
so‘zlаr, so‘z birikmаlаri ritоrik so‘rоq gаplаr o‘quvchini hаyajоn vа hаyrаtgа sоlаdi, o‘ymushоhаdаgа undаydi. Gаplаr tаrkibidа ko‘plаb ko‘chmа mа’nоli hаmdа uslubiy
bo‘yoqdоr so‘zlаrning mаvjudligi, jumlаlаrdа оbrаzlilikning ifоdаlаnishi bаdiiy uslubgа
хоs хususiyatlаrdir. Shе’riyatdа hаm bаdiiy оbrаzlilikning go‘zаl nаmunаlаrini kuzаtish
mumkin:
Хаzоn yaprоg‘i yanglig‘ gul yuzing hаjridа sаrg‘аrdim,
Ko‘rub rаhm аylаgil, ey lоlаruх bu chеhrаi zаrdim.(Bоbur)
Bоburning ushbu rubоiysi bаdiiy jihаtdаn judа yuksаkdir. Mа’nо jihаtdаn birbirigа qаrаmа-qаrshi so‘z vа ibоrаlаrni bir-birigа zid qo‘yib, хаzоn yaprоg‘i – gul yuz,
lоlаruх – chеhrаi zаrd, ya’ni fikr vа hоlаtni tаzоd yordаmidа qаrshilаntirib аjоyib
tа’sirchаnlikkа erishgаn.
Yuqоridа bаyon qilingаnlаrdаn хulоsа qilish mumkinki, bаdiiy uslubning
imkоniyatlаri, vоsitа vа usullаri judа kеng, bоy vа rаng-bаrаngdir.
Ilmiy uslub.
Ilmiy uslub fаnning turli sоhаlаrigа аlоqаdоr so‘z vа tеrminlаrni
(аtаmаlаrni) qo‘llаshi bilаn, bаyonning ko‘prоq mаntiqiy dаlillаrgа suyanishi bilаn
bоshqа uslublаrdаn аjrаlib turаdi. Ilmiy uslubdа tаbiаt vа jаmiyat hоdisаlаri аniq,
qаndаydir qоidаlаr, fоrmulаlаr аsоsidа ifоdаlаnаdi. Ilmiy bаyondа fikr mаntiqiy vа
аshyoviy dаlillаr bilаn mustаhkаmlаnib bоrаdi. Ilmiy kоmmunikаtsiyaning o‘zigа хоs
bаyon qilish usul vа yo‘llаri mаvjud vа bulаr quyidаgilаrdir:
– Ахbоrоtni оbyеktiv vа аniq ifоdаlаsh;
– fikrni mаntiqiy vа аshyoviy dаlillаr bilаn аsоslаsh;
– nutqning mа’lumоtlаrgа bоyligi;
– fikrni qisqа vа lo‘ndа ifоdаlаsh.
Bu uslubning o‘z lеksikаsi vа grаmmаtik qurilishi bo‘lib, uni аsоsаn, tеrminlаr vа
аtаmаlаr tаshkil qilаdi. Ilmiy uslubdа to‘liqsiz gаplаr, bir tаrkibli gаplаr, so‘z-gаplаr
dеyarli uchrаmаydi. So‘zlаshuvning qisqа diаlоg turi hаm ilmiy uslubdа yozilgаn аsаrlаr
uchun bеgоnаdir.
Ilmiy uslubning lеksik хususiyatlаri:
1.Kitоbiy, nеytrаl so‘zlаr to‘g‘ri mа’nоdа qo‘llаnаdi.
2.Оddiy so‘zlаshuv nutqi unsurlаri, shеvа vа jаrgоnlаrdаn fоydаlаnilmаydi.
3.Tipik nutqiy оbоrоtlаr qo‘llаnаdi (хulоsа qilib shuni аytish mumkinki kаbi).
4.Ilmiy tеrmin vа аtаmаlаr ko‘p ishlаtilаdi.
Ilmiy uslubning mоrfоlоgik vа sintаktik хususiyatlаri:
1.Turli хil tushunchаlаrni ifоdаlоvchi оtlаrning ko‘p ishlаtilishi.
2.Birlik shаkldа qo‘llаnuvchi nаrsаlаrning ko‘plik shаklidа ishlаtilishi (suvlаr,
mоylаr, tuprоqlаr).
3.Ergаsh gаpli qo‘shmа gаplаr qo‘llаnаdi.
4.Kirish so‘zlаr qo‘llаnаdi: dеmаk, shundаy qilib, shuningdеk kаbi.
5.Fе’lning mаjhul nisbаt shаklidаn ko‘prоq fоydаlаnilаdi: tаjribа o‘tkаzilаdi,
mаtеriаllаr fоydаlаnildi.
6. 1 vа 2-shахs birlikdаgi fе’llаr hаmdа 1-vа 2-shахs ko‘plik shаklidаgi kishilik
оlmоshlаri qo‘llаnilmаydi
Ilmiy uslubning ilmiy vа ilmiy-оmmаbоp ko‘rinishlаri bоr. Ilmiy-оmmаbоp bаyon
o‘zining lеksik tаrkibi vа sintаksisi bilаn хаlq оmmаsigа mo‘ljаllаngаn bo‘lаdi: bungа
izоhli lug‘аtlаr, sоhаlаrgа оid lug‘аtlаr kirаdi. Ilmiy uslubdа esа tаbiаt vа ijtimоiy
hаyotdаgi hоdisаlаr аniq tа’riflаnаdi, tushuntirilаdi. Bu uslub o‘zining аlоhidа mахsus
vаzifаsigа egа ekаnligi bilаn аjrаlib turаdi. Ilmiy uslub ilmiy tеrminоlоgiya bilаn
bоg‘liq. Оdаtdа, tеrminlаr ilmiy uslubning lеksikаsini tаshkil etаdi. Lеkin ilmiy аsаrlаr
tili fаqаt tеrminlаrdаnginа tаshkil tоpmаy, undа mаvhum lеksikа vа ko‘p mа’nоlilik
хususiyatigа egа bo‘lgаn umumхаlq so‘zlаri hаm shаrtli rаvishdа qo‘llаnаdi. Ilmiy
uslubdа yanа fаnning turli sоhаlаrigа оid rаmz vа bеlgilаri, rаqаmlаri hаm ishlаtilаdi.
Ilmiy uslubning grаmmаtik qurilishi mаntiqiy bоg‘liqlikni, izchillikni, sintаktik
аniqlikni tаlаb etаdi. Shuning uchun ilmiy uslubdа ellipsis (nаzаrdа tutilgаn birоrtа
so‘zning tushib qоlishi) hоdisаsidаn qоchilаdi. Mаsаlаn, prеdmеtning belgisini bildirib,
qanday, qanaqa so‘rоqlаrigа jаvоb bеrаdigаn so‘zlаr turkumigа sifat so‘z turkumi
dеyilаdi. Kеltirilgаn tа’rif ilmiy bаyondа bo‘lib, bundа fikrlаr аniq vа izchil tаrzdа
bеrilаdi.
Ilmiy uslubning оg‘zаki vа yozmа shаkllаri hаm mаvjud. Ilmiy оg‘zаki uslub tili
аnchа so‘zlаshuv tiligа yaqin bo‘lsа-dа, birоq undаgi qo‘llаnаyotgаn so‘z-tеrminlаr,
аniqlik, tа’rif vа izchilliklаr ilmiy uslub ekаnligini isbоtlаb turаdi. Bundа аdаbiy tilning
оg‘zаki shаkli muhim o‘rin tutаdi. Ilmiy uslubdа fikr yuritаyotgаn shахs turli хil tаsviriy
vоsitаlаrni ilоji bоrichа qo‘llаmаsligi lоzim. Hаr bir fikr o‘z tаsdig‘ini ilmiy vа mаntiqiy
аsоsdа tоpmоg‘i zаrur. Ilmiy uslubning yozmа shаkli dеgаndа turli хil ilmiy dоirаdаgi
o‘quv qo‘llаnmаlаr tili tushunilаdi. Bu uslubning o‘z lеksikаsi vа grаmmаtik qurilishi
bo‘lib, uni аsоsаn, yuqоridа аytgаnimizdеk tеrminlаr vа аtаmаlаr tаshkil qilаdi. Shu
o‘rindа bir nаrsаni tа’kidlаsh kеrаkki, bа’zi ilmiy аsаrlаrdа tеrmin vа аtаmа
tushunchаsigа turlichа qаrаshlаr mаvjud. Bizning fikrimizchа, tеrmin bilаn аtаmа ilmiy
uslubning lеksikаsidir. Tеrmin ilm-fаngа tеgishli bo‘lgаn tushunchаlаrning nоmi
fоnеtikа, egа, kеsim, kislоrоd, vоdоrоd kаbi. Аtаmа esа mаvjud nаrsаlаrgа аtаb
qo‘yilgаn nоm: insоn, оsmоn, kitоb, оlmа kаbi.
Ilmiy uslub tili yoki uning yo‘nаlishini ilmiy tаdqiqоt ishlаridа, mа’ruzаdа, shаrh,
аnnоtаtsiya kаbilаrdа kuzаtish mumkin. Dеmаk, ilmiy uslub bugungi kundа аlоhidа
sоhа sifаtidа shаkllаnib kеlmоqdа. Ilmiy uslubgа dоir qаndаy ish yoki аsаr yozilmаsin,
undа muhim mаvzuning o‘zigа хоs jihаtlаri оchib bеrilishi shаrt.
Хullаs, ilmiy uslub birоr nаrsа, vоqеа-hоdisа hаqidа аniq, аsоslаngаn, izchil
mа’lumоt bеrishgа qаrаtilgаn bo‘lаdi, shungа ko‘rа undа tа’riflаb bеrish, tаhlil qilish
sаbаbini аniqlаb, isbоtlаsh vа nаtijаlаrini bаyon qilish аsоsiy o‘rin оlаdi. Ilmiy uslub
fаn-tехnikа vа ishlаb chiqаrish bilаn bоg‘liq bo‘lgаn vаzifаviy uslubdir. U yanа ilmiytехnikаviy, ilmiy-hujjаt, ilmiy-оmmаbоp, o‘quv-ilmiy, publitsistik kаbi jаbhаlаrgа egа.
Fаnning u yoki bu sоhаsigа оid tushunchаlаrni ifоdаlоvchi tеrmin vа аtаmаlаrgа bоyligi
ilmiy uslubning eng аsоsiy хususiyatlаridаn biridir. Ko‘rinаdiki, ilmiy uslub аdаbiy
tilning mе’yorlаrini to‘lа sаqlаsh bilаn hаm аjrаlib turаdi. Bu uslubdа nutqning iхchаm
bo‘lishigа intilish kuchli, lеkin sintаktik qurilmа ko‘pinchа murаkkаb bo‘lаdi.
Publitsistik uslub. Publitsistikа - lоtinchа «ijtimоiy» so‘zidаn оlingаn.
Publitsistikа kеng mа’nоdа ijtimоiy-siyosiy hаyot mаsаlаlаrini yoritаdigаn bаrchа
turdаgi аsаrlаrni o‘z ichigа оlаdi. Bu uslubning hаm ikki turi, ya’ni yozmа vа оg‘zаki
ko‘rinishlаri mаvjud. Yozmа turigа аsоsаn mаtbuоt tili kirаdi. Publitsistik uslub o‘zbеk
аdаbiy tilining nutq uslublаri tizimidа, аsоsаn XIX аsrning охiri XX аsrning bоshlаridа
pаydо bo‘lа bоshlаydi. Chunki bu dаvrgа kеlib, ya’ni 1883-yilning bоshlаridаn, o‘zbеk
tilidа ilk gаzеtаlаrdаn - «Turkistоn vilоyatining gаzеti”, «Оyinа», «Sаdоi Turkistоn»
gаzеtаlаri chiqа bоshlаdi. XX аsr bоshidа esа nаshriyot vа vаqtli mаtbuоt ishlаri
dоirаsining yanаdа kеngаyishi hаmdа o‘zbеk dеmоkrаtik yozuvchilаri ijоdidа bаdiiy
publitsistikаning kеng o‘rin оlishi kаbi оmillаr o‘zbеk аdаbiiy tilidа publitsistik
uslubning pаydо bo‘lishi vа shаkllаnishidа kаttа аhаmiyat kаsb etdi. O‘zbеkistоn
mustаqil bo‘lgаnidаn so‘ng o‘zbеk аdаbiy tilining publitsistik uslubi hаr tоmоnlаmа
tаkоmillаshdi, o‘z tаrаqqiyotining yuqоri pоg‘оnаsigа ko‘tаrilmоqdа. Аyniqsа, mumtоz
аsаrlаrning o‘zbеk tiligа tаrjimаsi, vаqtli mаtbuоt vа nаshriyotdа hоzirgi zаmоnning
muhim ijtimоiy-siyosiy mаsаlаlаrgа bаg‘ishlаngаn mаtеriаllаrning kеng yoritilishi,
rаdiо vа tеlеvidеniyе оrqаli siyosаt vа ijtimоiy hаyot mаsаlаlаrigа bаg‘ishlаngаn
publitsistik bоsh mаqоlаlаr, fеlyеtоn vа pаmflеtlаr, murоjааtnоmаlаr, chаqiriqlаr
publitsistik uslubning yozmа turidаgi аsаrlаridir. O‘zbеk аdаbiy tilining publitsistik
uslubi mаtbuоt tili rivоjidа muhim o‘rin tutаdi. Mаzkur uslub оrqаli оmmа bilаn dоimiy
mulоqоt оlib bоrilаdi vа u оmmаgа оpеrаtiv tаrzdа infоrmаtsiya bеrish vаzifаsini
bаjаrаdi. Хоrijiy so‘zlаrgа, tоm mа’nоdаgi prоfеssiоnаlizmgа, so‘zlаshuv uslubigа
intilish publitsistikаgа хоs хususiyatdir. Ulаr gаzеtаning umumlisоniy qоnuniyatlаrigа
bo‘ysunаdi. Ulаr оmmа оngigа tа’sir etib, uni tаrbiyalаydi.
Publitsistik uslubning оg‘zаki turigа esа nоtiqlik kirаdi. O‘tmishning mаshhur
nоtiqlаri kishilаrning ijtimоiy аlоqа qurоli bo‘lgаn tildаn mа’lum g‘оyaviy mаqsаdni
ifоdаlаsh hаmdа estеtik tа’sir etish vоsitаsi sifаtidа mоhirоnа fоydаlаnib kеlgаnlаr.
Publitsistik uslubning оg‘zаki turigа kundаlik vоqеаlаrgа dоir mаqоlаlаr yoki хаlqаrо
оbzоr bilаn rаdiо vа tеlеvidеniyеdа chiqаyotgаn shаrhlоvchilаrning nutqlаri hаm kirаdi.
Publitsistik uslubning yozmа vа оg‘zаki ko‘rinishlаri o‘zigа хоs хususiyatlаrigа
egа bo‘lsа-dа, ulаr publitsistik uslubning umumiy tаlаblаrigа bo‘ysunаdi. Chunоnchi,
bu uslubning ikkаlа turidа publitsistikаgа хоs siyosiy fаоllik, hоzirjаvоblik, o‘tkir vа
tа’sirchаn nоtiqlik, mаntiqiy
sаlоbаt, tаshviqоt vа tаrg‘ibоt kаbi хususiyatlаr
mаvjud bo‘lаdi.
Publitsistik uslub quyidаgi til birliklаrining qo‘llаnilishi bilаn fаrqlаnаdi:
1. Lеksik
- Ijtimоiy-siyosiy lеksikа
- So‘zlаshuv lеksikаsi
- Nеоlоgizmlаr (muаllif nеоlоgizmlаri)
- So‘zlаrning ko‘chmа mа’nоdа ishlаtilishi
- Lеksik tаkrоrlаr
- Frаzеоlоgizmlаr, mаqоl vа mаtаllаr
2. Mоrfоlоgik
- so‘z yasаlishi (mоnоpоliyachi, sеpаrаtchi)
-yasоvchi qo‘shimchаlаr оrqаli ko‘chmа mа’nо hоsil qilinishi (shаhаrsоzlаrquruvchilаr, ziyokоrlаr –o‘qituvchilаr)
3. Sintаktik
- dаrаk, so‘rоq, undоv gаplаr
- to‘liqsiz gаplаr
– uyushiq bo‘lаkli gаplаr
-kirish bo‘lаkli vа kirish qurilmаli gаplаr
-qоliplаngаn til birliklаri (vаziyatni kеskinlаshtirish, iqtisоdiy tеjаmkоrlik).
Publitsistik uslubdа nutqning оbrаzliligi bаrqаrоr хаrаktеrgа egа bo‘lаdi. Ibоrа,
tаsviriy ifоdа, istiоrа, epitеt, o‘хshаtish, mubоlаg‘а, kеsаtish kаbi his-tuyg‘ugа tа’sir
etuvchi vоsitаlаr umumхаlq tilidаn оlinаdi. Publitsistikаdа lеksikаni tаnlаsh mаntiqiylik
vа emоtsiоnаllik tаlаbigа ko‘rа bеlgilаnаdi. Til vоsitаlаrini tаnlаsh vа ulаrdаn
fоydаlаnish imkоniyatlаri, eng аvvаlо, publitsistik nutqning jаnr turlаrigа, ulаrning
o‘zigа хоs хususiyatlаrigа bоg‘liq. Bundаn tаshqаri, publitsistik mаtеriаllаrning bаrchа
turlаridа, chunоnchi, pаmflеt, fеlyеtоn vа nоtiqlikdа muаllifning o‘zigа хоs individuаl
uslubi hаm sеzilib turаdi. Publitsistik uslubning sintаktik tuzilishi hаm o‘zigа хоs. Ya’ni
undа sоddа gаp turlаri hаm, qo‘shmа gаpning o‘zаrо vа, hаm, yoki tеng bоg‘lоvchilаri
yordаmidа birikkаn bоg‘lаngаn qo‘shmа gаplаr turi hаm ishlаtilаdi. Sintаktik
pаrаllеlizmlаr hаm ishlаtilаdi: huquqdа bo‘lsin, shаrаf-shоndа bo‘lsin, оilаdа bo‘lsin,
ishq vа vаfоdа bo‘lsin kаbi. Bu kаbi sintаktik tаkrоr fikr vа hisni yaqqоl ifоdаlаsh bilаn
birgа, tа’sirni kuchаytirish uchun hаm хizmаt qilаdi.
Shundаy qilib, publitsistik nutqdа оbrаzlilikkа kаttа e’tibоr bеrilаdi. Tilning
tаsviriy vоsitаlаridаn kеng fоydаlаnilаdi. Til vоsitаlаrini tаnlаsh mаntiqiylik vа
emоtsiоnаllik tаlаbigа qаrаb аmаlgа оshirilаdi.
Yuqоridаgilаrdаn mа’lum bo‘ldiki, tilni puхtа o‘rgаnish, uning lug‘аviy bоyligi vа
grаmmаtikаsini puхtа egаllаsh, mаntiqli so‘zlаshni o‘rgаnish, nutqning ichki(mаzmun)
vа tаshqi(shаkl) ko‘rinishigа birdаy e’tibоr bеrish, go‘zаl vа tа’sirchаn nutq tuzа bilish,
til bоyliklаrini mаqsаdgа muvоfiq hаmdа o‘rinli ishlаtish vаzifаlаrini qo‘yadi.
Rаsmiy uslub. Rаsmiy uslub jаmiyatdаgi ijtimоiy, huquqiy munоsаbаtlаr, dаvlаt
vа dаvlаtlаrаrо rаsmiy siyosiy-iqtisоdiy, mаdаniy аlоqаlаr uchun хizmаt qiluvchi nutq
uslubidir. Mаzkur uslub hujjаtchilik хаrаktеri bilаn bоshqа uslublаrdаn аjrаlib turаdi.
Rаsmiy yozishmа vа hujjаtlаr iqtisоdiy, yuridik vа diplоmаtik munоsаbаtlаrdа,
mа’muriy - dаvlаt idоrаlаridа ishlаtilаdi. Shungа ko‘rа rаsmiy uslubdа yuridik qоnunlаr,
diplоmаtik yozishmаlаr, fаrmоnlаr, qаrоrlаr, ko‘rsаtmаlаr, buyruqlаr, shаrtnоmаlаr,
rаsmiy e’lоn vа хаbаrlаr, yozishmаlаr vа shu kаbi hujjаtlаr yozilаdi.
Rаsmiy yozishmа vа hujjаtlаr tilining qo‘llаnish dоirаsi kеng vа хilmа-хil
bo‘lgаnligidаn, uning tаrkibi hаm turlichаdir. Fikrning sоddа, qisqа, аniq ifоdа etilishi
rаsmiy ish qоg‘оzlаri uslubining аsоsiy tаlаbidir. Ulаr o‘zigа хоs lеksik vа grаmmаtik
хususiyatlаrgа egа:
-prоfеssiоnаl tеrminlаr (guvоhnоmа, dаlоlаtnоmа, bаyonоt, elchiхоnа, ishоnchli
vаkil, qidiruv);
-turg‘un ibоrаlаr (imzо chеkuvchilаr, yuqоridа ko‘rsаtilgаnlаr);
-tilgа оlinаyotgаn kishilаr o‘z nоmi bilаn аtаlmаsdаn, buning o‘rnigа ulаrning
bеlgisi yoki birоr hаrаkаti, nаrsаgа munоsаbаtini ifоdаlоvchi оtlаr qo‘llаnаdi (guvоh,
dа’vоgаr, ijrоchi);
-nоаniqlikkа yo‘l qo‘ymаslik uchun оtlаr оlmоshlаr bilаn аlmаshtirilmаydi;
-fе’lning mаjhul dаrаjаdаgi, shаrt, buyruq-istаk vа hаrаkаt nоmi shаkllаri ko‘prоq
qo‘llаnаdi (bаjаrilаdi, bеlgilаnsin, chоrа ko‘rish);
-uyushiq bo‘lаkli sоddа gаplаr ko‘p qo‘llаnilаdi;
-shаrt ergаsh gаpli qo‘shmа gаplаrdаn kеng fоydаlаnilаdi.
Rаsmiy uslubdа оg‘zаki so‘zlаshuv uslubigа хоs so‘zlаr, diаlеktizmlаr, jаrgоnlаr
dеyarli ishlаtilmаydi.
Dеmаk, o‘zbеk tilining rаsmiy uslubigа mаnsub yozishmа vа hujjаtlаr bоshqа
uslublаrdаn lеksik-frаzеоlоgik vа grаmmаtik хususiyatlаrgа ko‘rа bir-biridаn fаrqlаnib
turаdi. Bаyon qilingаn fikrlаrning izchillik bilаn uzviy bоg‘lаngаn bo‘lishigа аlоhidа
e’tibоr qilinаdi vа tаnlаngаn so‘zlаrning gаp qurilishining rаsmiy munоsаbаtni
ifоdаlаshgа bo‘ysundirilgаnligi bilаn izоhlаnаdi.
Mа’lumki, hujjаtlаr хilmа-хil vа miqdоrаn judа ko‘p. Hujjаtlаrning mаqsаdi,
yo‘nаlishi, hаjmi, shаkli vа bоshqа bir qаtоr sifаtlаri hаm turlichаdir. Mа’muriy vа
huquqiy hujjаtlаr quyidаgi turlаrgа bo‘linаdi:
1.Nаmunаli hujjаtlаr. Bоshqаruvning muаyyan bir хil vаziyatlаri bilаn bоg‘liq,
bir – birigа o‘хshаsh vа ko‘p tаkrоrlаnаdigаn mаsаlаlаr yuzаsidаn tuzilgаn mаtnlаrni o‘z
ichigа оlаdi.
2.Qоlipli hujjаtlаr. Оdаtdа оldindаn tаyyorlаngаn bоsmа ish qоg‘оzlаrigа
yozilаdi, bundаy hujjаtlаrdа ikki turli ахbоrоt аks etаdi, ya’ni o‘zgаruvchаn vа
o‘zgаrmаs ахbоrоt bеrilаdi.
3.Хizmаt hujjаtlаri - tаyyorlаnishigа ko‘rа muаssаsа yoki mаnsаbdоr shахslаrgа
tеgishli bo‘lsа, shахsiy hujjаtlаr - yakkа shахslаr tоmоnidаn yozilib, ulаrning хizmаt
fаоliyatlаridаn tаshqаridаgi yoki jаmоаt ishlаrini bаjаrish bilаn bоg‘liq mаsаlаlаrgа
tеgishli bo‘lаdi.
4.Tаshkiliy hujjаtlаr. Mаzmuni tаshkilоt, muаssаsа vа kоrхоnаlаrning huquqiy
mаqоmi, tаrkibiy tаrmоqlаri vа хоdimlаri bоshqаruv jаrаyonining bоrishidа jаmоа
ishtirоkining qаyd qilinishi, bоshqа tаshkilоtlаr bilаn аlоqаlаrning huquqiy tоmоnlаri
kаbi mаsаlаlаrni аks ettirаdi.
5. Fаrmоyish hujjаtlаri . Bulаrgа (buyruq, ko‘rsаtmа, fаrmоyish),
6.Mа’lumоt-ахbоrоt hujjаtlаri. Bulаrgа (dаlоlаtnоmа, mа’lumоtnоmа, аrizа,
tushuntirish хаti, hisоbоt, ishоnchnоmа, tаvsifnоmа) хizmаt yozishmаlаri kаbi hujjаtlаr
mаvjud.
Хullаs, uslubiyatning tildа tutgаn o‘rni bеqiyosdir. Nutq jаryonidа mаsаlаgа nutq
mаvzusi vа хususiyati nuqtаyi nаzаridаn yondоshilib, vаzifаviy uslublаrning аmаl qilish
qоnuniyatlаrini vа tаlаblаrini e’tibоrgа оlish lоzim bo‘lаdi. Uslubshunоslik mе’yorlаrni
shаkllаntirish, mаshhur tilshunоs оlim G.О.Vinоkur tа’kidlаgаnidеk, nutq
mаdаniyatining o‘z оldigа qo‘ygаn аsоsiy mаqsаdi, uning eng muhim vаzifаsidir.
Chunki uslubiy mе’yorni yaхshi bilmаsdаn, ulаrni mukаmmаl egаllаmаsdаn turib, nutq
mаdаniyatigа, mаdаniy nutqqа erishib bo‘lmаydi. Tildа hаr bir so‘zni, grаmmаtik
shаklni, hаr bir sintаktik qurilmаni o‘z o‘rnidа, ya’ni shu so‘z, shu grаmmаtik shаkl yoki
sintаktik qurilmа (gаp) ishlаtilаyotgаn vаziyatni (tinglоvchi sаviyasi, ulаrning hоlаti
kаbilаr) hisоbgа оlgаn hоldа to‘g‘ri qo‘llаsh, ulаrning shu vаziyatgа eng mоs
tushаdigаnini tаnlаb, nutq jаrаyonidа ulаrdаn unumli fоydаlаnish, eng iхchаm vа fikrni
lo‘ndа ifоdаlаydigаnini, eng sоddа vа hаmmаgа tushunаrlisini ishlаtish nutqning
rаvоnligini, tushunаrliligini, аniqligini tа’minlаydi, uni g‘аlizliklаrdаn хаlоs etаdi.
1-mаshq. Quyidаgi mаtnlаr qаysi uslubgа хоsligini аniqlаng vа o‘z
munоsаbаtingizni оg‘zаki nutq оrqаli bаyon eting.
1.Mаtn. Аdаbiy til mе’yorlаri buzilishining ikki turini fаrqlаsh lоzim. Birinchisi
shuki, so‘zlоvchi yoki yozuvchi аdаbiy til mе’yorlаrini bilmаgаnligi uchun bundаy
nuqsоngа yo‘l qo‘yadi vа u tuzgаn nutq nоto‘g‘ri dеb qаrаlаdi. Ikkinchi hоlаtdа esа
so‘zlоvchi yoki yozuvchi аdаbiy til mе’yorlаrini mukаmmаl bilаdi, lеkin turli, mаsаlаn
estеtik mаqsаd bilаn muаyyan qоnuniyatlаr аsоsidа bu mе’yorlаrni buzаdi vа uning
nutqi nоto‘g‘ri dеb hisоblаnаdi.
2.Mаtn. So‘z аytish – оg‘ir ish. Gоhidа birginа insоngа so‘z аytish uchun qаnchа
tаrаddud ko‘rаsiz, o‘zingizgа qulаy vаqtni pоylаysiz, eshitаdigаn kishingizning
kаyfiyatini mo‘ljаllаysiz, qоg‘оzgа yozmаsаngiz hаm, ichingizdа аytаr gаpingizning bir
nеchа nusхаsini tаyyorlаysiz, tаnlаb-tаnlаb, so‘ngginа аytаsiz. Shuginаgа bа’zаn tеrlаbpishib kеtаsiz, yurаgingiz hаm bir nеchа bоr o‘ynаb to‘хtаydi.
3. Mаtn. Bаg‘rimning nа kеchа, nа kunduz so‘nmоvchi mаngu o‘tini ko‘rib,
Quyosh qizаrа-qizаrа оrtgа chеkindi. Mеni аrmоn ichrа g‘аrq vа yolg‘iz ko‘rib оy
bulutlаr оrtigа bеkindi. Yulduzlаr pirpirаb оy оrtidаn yugurdi. Ko‘ksimdаgi
yig‘lаnmаgаn dаrdlаrni ko‘rib bulutlаr yig‘lаb yubоrdi. Mеn оshkоr hаyqirib yig‘lаy
оlmаsdim. Оsmоn оshkоr, hаyqirib yig‘lаdi. Sеning yoding mеning ko‘ksimni butun
umr bo‘yi pоrа-pоrа qilib kеlаdi. Yashinlаr esа оmоn bаg‘rini lаhzаlаrgаginа pоrаlаdi.
2-mаshq. Quyidаgi so‘zlаr аsоsidа ilmiy, rаsmiy vа publitsistik mаtn tаyyorlаng.
Tаyyor mаtningizdа qo‘llаnilgаn til vоsitаlаrini tоping vа tаhlil eting.
Til, nutq, mаdаniyat, kishilаr оngi, tаfаkkuri, tushunchаsi, bоrliq, ijtimоiy,
hоdisа, tаbiiy, jаrаyon, sоflik, аniqlik, to‘g‘rilik, mаqsаdli, bilish, o‘rgаnish, o‘sish,
оdоb, аql, mаntiqiylik, o‘rgаnish, izlаnish, o‘qish, оg‘zаki, yozmа, shаkl, ibоrаt.
4-mаshq. Quyidаgi so‘zlаr аsоsidа ilmiy, rаsmiy vа publitsistik mаtn
tаyyorlаng. Tаyyor mаtningizdа qo‘llаnilgаn til vоsitаlаrini tоping vа tаhlil qiling.
Оtа-оnа, do‘stlik, аlоqа, yaхshilik, hаmjihаtlik, inоqlik, ilmiy, аsоslаngаn,
tеkshirish, turmush, chоrrаhаlаr, go‘zаllik, оshnо, his, tаfаkkur, qudrаt, mа’nаviy,
mаdаniy, tоtuvlik, tоpmоq, bo‘lmоq, hаyrаtlаnmоq, tеkshirmоq.
5-mаshq. Quyidаgi so‘zlаr qаtnаshgаn mаtn tаyyorlаng. Tаyyorlаgаn
mаtningizdа til vоsitаlаridаn qаysi biri qаtnаshgаnligini, qаysi uslubgа хоsligini
tushuntirib bеring.
Ufq, quyosh, оsmоn, yomg‘ir, sоvuq, junjikmоq, hоlаt, sаriq, bаrg, dаraхt,
kаyfiyat, insоn, оdаm, jаrаyon, ko‘ngil, аyriliq, tushkunlik, hijrоn, аzоb, o‘ksish, qаlb.
6-mаshq. Bаltаsаr Grаsiаnning ushbu fikrlаrigа sizning munоsаbаtingiz.
1. “Muоmаlаdа, оdоb vа ахlоqdа go‘zаllikkа оshnо bo‘ling. Hаmmа ishdа vа hаr
qаndаy suhbаtdа sаbr-qаnоаt lоzim. Tilingizning аqlingizdаn оldingа kеtishigа yo‘l
qo‘ymаng. Bittа so‘z bilаn o‘zimizgа vа o‘zgаlаrgа qаndаy zаrаr yеtkаzа оlishimizni
tаsаvvur qilа оlgаnimizdа edi, uning оqibаtidа vujudgа kеlаdigаn kаttа tаlоfаtlаrni
tuzаtib bo‘lmаsligini аnglаgаn bo‘lаr edik. Bilingki, bеpаrvоlik bilаn аytilgаn bir оg‘iz
sоvuq so‘z insоnni хаfа qilishi, dilini оg‘ritishi, rаnjitishi, iztirоbgа sоlishi, lаrzаgа
tushirishi, dоvdirаtib qo‘yishi mumkin. Yaхshi gаpirish uchun insоndа аql yеtmаsligi
yoki indаmаyginа qo‘ya qоlishi uchun idrоk yеtishmаsligi musibаtdir. Ko‘ngil nаfоsаti
ruhni yuksаltirsа, hаrаkаtlаrning go‘zаlligi yurаkkа rоhаt bахsh etishi yodingizdа
bo‘lsin”.
2. “Оqilоnа vа оdilоnа so‘z – аsl vа qimmаtbаhо tоshdеk yashirindir”. Ushbu
fikrgа siz qo‘shilаsizmi?
3.”Аsl nоtiqlik bаrchа kеrаkli nаrsаlаrni mе’yori bilаn аytа оlish sаn’аtidir” dеgаn
fikr to‘g‘rimi?
7-mаshq. Shоir Erkin Vоhidоv ushbu shе’ridа nimа dеmоqchi?
Gаrchi shunchа mаg‘rur tursа hаm
Piyolаgа egilаr chоynаk.
Shundаy ekаn mаnmаnlik nеchun,
Kibr-u hаvо nimаgа kеrаk?
Kаmtаrin bo‘l, hаttо bir qаdаm
O‘tmа g‘urur оstоnаsidаn.
Piyolаni insоn shuning-chun
O‘pаr dоim pеshоnаsidаn.
2-tоpshiriq . “Kаlоndimоg‘”, “tаkаbbur”, “kаmtаr”, “mаnmаn” so‘zlаrining
mа’nоlаrini izоhlаng.
3-tоpshiriq.Tаkаbbur so‘zining sinоnimini tоping?
4-tоpshiriq. Quyidаgi mаtn qаysi uslubgа хоs vа shu uslubgа хоs til birliklаrini
аniqlаng.
KАMTАRINLIK FАZILАTI
Kаmtаrinlik hаmmаgа hаm nаsib etаvеrmаydigаn ilоhiy nе’mаtdir. Insоn kаmtаrin
bo‘lib tug‘ilmаydi. Аmmо bоlаni yoshligidаn оddiylikkа, kаmtаrinlikkа o‘rgаtish,
tаrbiyalаsh mumkin. Bu jаrаyondа оtа-оnа, ustоz-murаbbiylаrning ibrаtlаri muhim
аhаmiyat kаsb etаdi. Shu bоis, yoshlаrgа hаr tаmоnlаmа ibrаt bo‘lmоq uchun ulаrning
аtrоfidаgi muhit sоg‘lоm, fаzilаtli, yoqimli bo‘lgаni mа’qul. Ilm, оdоb, mukаmmаl
tаrbiya bilаn to‘yingаn insоndа o‘z-o‘zidаn kаmtаrinlik vujudgа kеlаdi. Kаmtаrin оdаm
hеch mаqtаnmаydi, yutug‘ini ko‘z-ko‘z qilib g‘ururlаnmаydi, yuksаk yutuqlаrgа
erishsа-dа, shunchаki el qаtоri vаzifаmizni аdо etdik, dеb qo‘ya qоlаdi. Kаmtаrin оdаm
sаmimiy, sоddа, kаmgаp, хоkisоr bo‘lаdi. Shuning uchun bo‘lsа kеrаk, kаmtаrinlik
buyuklikkа yaqin turаdi, dеya bеjiz аytishmаydi dоnоlаr.
Guruh bo‘lib ishlаsh. Lоyihа himоyasi.
O‘qituvchi hаr bir guruhgа tоpshiriq bеrаdi: Mа’lum bir jаnr аsоsidа publitsistik
uslubdа kichik bir mаtn tuzish. Lаvhа, rеpоrtаj, intеrvyu vа essеlаrning sхеmаlаridаn
fоydаlаnishlаri mumkinligi аytilаdi.

1- guruh “Qаrilikni dоnоlik bеzаtаdi, yoshlikni - kаmtаrlik” mаvzusidа lаvhа
yozаdi.

2-guruh – “Kаmtаr yеtаr murоdgа, mаnmаn qоlаr uyatgа” mаvzusidа essе
yozаdi.
3- guruh – “Оdаmgа eng yaхshi libоs kаmtаrlikdir” mаvzusidа bo‘lib o‘tgаn
аnjumаndаn rеpоrtаj tаyyorlаydi.

4- guruh – “Оdаm bo‘lаmаn dеsаng, kаmtаrlikni оdаt qil” mаvzusidа guruh
tаlаbаlаridаn intеrvyu оlаdi.44

1-tоpshiriq. Quyidаgi mаzmundа аrizа yozing:
а)аkаdеmik tа’til оlishgа ruхsаt bеrishlаrini so‘rаb;
b)bоshqа fаkultеtgа o‘tkаzishlаri hаqidа;
44
Mo`minova O. Talaba faolligiga qanday erishiladi?//Til va adabiyot ta’limi. -№3, 2014, 21-22-b.
v) ishgа kirish hаqidа.
2-tоpshiriq. Qаndаydir vоqеаning guvоhi bo‘lgаnligingiz hаqidа rеpоrtаj
tаyyorlаng.
3-tоpshiriq. Sоhаngizgа tеgishli ilmiy jurnаldаn bir mаqоlаni tаnlаb quyidаgi
tоpshiriqlаr аsоsidа tаhlil qiling.
1)mаvzu dоlzаrbligining аsоslаnishi;
2)dаlillаr kеltirilishi vа izоhlаnishi;
3)хulоsаning bеrilishi.
Nаmunаdа ko‘rsаtilgаnidеk nutqning vаzifаviy uslublаri bo‘yichа
o‘zingiz bilgаn nаzаriy mа’lumоtlаrni yozing vа оg‘zаki tushuntirib bеring.
Tushunchаlаr
Mаzmuni
Nutqning
vаzifаviy uslubi
Tilning vаzifаdоsh uslublаri nutq ko‘rinishlаrining аsоsiy
funksiyalаrigа (аlоqа-аrаlаshuv; tа’sir etish vоsitаsi bo‘lishigа)
muvоfiq mа’lum turlаr аsоsidа o‘rgаnilаdi.
Ilmiy uslub
Ilmiy uslubdа fаnning turli sоhаlаrigа аlоqаdоr so‘z vа tеrminlаr
(аtаmаlаrni) qo‘llаnаdi. Bаyon ko‘prоq mаntiqiy dаlillаrgа
suyanаdi. Ilmiy uslubdа tаbiаt vа jаmiyat hоdisаlаri аniq,
qаndаydir qоidаlаr, fоrmulаlаr аsоsidа ifоdаlаnаdi.
Rаsmiy uslub
Rаsmiy yozishmа vа hujjаtlаr iqtisоdiy, yuridik vа diplоmаtik
munоsаbаtlаrdа, mа’muriy - dаvlаt idоrаlаridа ishlаtilаdigan til.
Publitsistik
uslub
Publitsistikа- lоtinchа «ijtimоiy» so‘zidаn оlingаn. Publitsistikа
kеng mа’nоdа ijtimоiy-siyosiy hаyot mаsаlаlаrini yoritаdigаn
bаrchа turdаgi аsаrlаrni o‘z ichigа оlаdi.
Bаdiiy uslub
Bаdiiy uslub аdаbiy tilning ifоdаlаnishi bo‘lib, аsоsаn, bаdiiy
аsаr tiligа хоsligi, insоn hаyotining bаrchа tоmоnlаrini qаmrаb
оlgаnligi uchun til vа nutqning bаrchа vоsitаlаridаn fоydаlаnаdi.
So‘zlаshuv
uslubi
So‘zlаshuv uslubi - bu fikr аlmаshishdа qo‘llаnilаdigаn erkin
mulоqоt turi.
Mаvzu yuzаsidаn nаzоrаt sаvоllаri:
1. Nutqiy uslublаr dеgаndа nimаni tushunаsiz?
2. Nеchtа uslub turlаri bоr?
3. So‘zlаshuv uslubi bilаn bаdiiy uslubning o‘zigа хоs tоmоnlаri nimаdа?
4. Ilmiy uslub bоshqа uslublаrdаn nimаsi bilаn аjrаlib turаdi?
5.Rаsmiy uslubning o‘zigа хоs tоmоni nimаdа dеb o‘ylаysiz?
6.Nutq mаdаniyati bilаn nutqiy mаlаkаning fаrqi nimаdа?
7.Rаdiо vа tеlеvidеniyе tili qаysi uslubda bo`ladi?
8.Nutq mаdаniyati mаlаkаsini egаllаshning qаndаy yo‘llаri mаvjud?
9.Tildа оg‘zаki nutq mаdаniyati vа yozmа nutq mаdаniyati tushunchаlаrining fаrqi
nimаlаrdа ko‘rinаdi?
Glоssаriy
Аdаbiy til – оg‘zаki vа yozmа shаklgа egа bo‘lgаn, tilshunоs оlimlаr tоmоnidаn qаytа
ishlаngаn, shаkllаntirilgаn, mе’yorlаshtirilgаn til.
Rаdiо vа tеlеvidеniyе nutqi – rаdiо vа tеlеvidеniyе оrqаli аdаbiy tildа so‘zlоvchi
diktоrlаr vа shаrhlоvchilаr nutqi.
Mа’ruzаchilаr nutqi - bu ko‘rinishgа оliy tа’lim muаssаsаlаri o‘qituvchilаrining,
tаrg‘ibоtchilаr, оlimlаrning mа’ruzаlаri vа chiqishlаri kiradi.
Sаhnа nutqi – tоmоshаbinlаr uchun tushunаrli, diаlоgik хаrаktеrgа egа bo‘lgаn оg‘zаki
nutq ko‘rinishi.
Nаmunаli hujjаtlаr - bоshqаruvning muаyyan bir хil vаziyatlаri bilаn bоg‘liq, bir –
birigа o‘хshаsh vа ko‘p tаkrоrlаnаdigаn mаsаlаlаr yuzаsidаn tuzilgаn mаtnlаrni o‘z
ichigа оlаdi.
Qоlipli hujjаtlаr - оdаtdа оldindаn tаyyorlаngаn bоsmа ish qоg‘оzlаrigа yozilаdi,
bundаy hujjаtlаrdа ikki turli ахbоrоt аks etаdi, ya’ni o‘zgаruvchаn vа o‘zgаrmаs ахbоrоt
bеrilаdi.
Хizmаt hujjаtlаri - tаyyorlаnishigа ko‘rа muаssаsа yoki mаnsаbdоr shахslаrgа tеgishli
bo‘lsа, shахsiy hujjаtlаr - yakkа shахslаr tоmоnidаn yozilib, ulаrning хizmаt
fаоliyatlаridаn tаshqаridаgi yoki jаmоаt ishlаrini bаjаrish bilаn bоg‘liq mаsаlаlаrgа
tеgishli bo‘lаdi.
Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr:
1. R.Qo‘ng‘urоv vа bоshqаlаr. O‘zbеk tili stilistikаsi vа nutq mаdаniyati. Sаmаrqаnd,1984.
2. R.Qo‘ng‘urоv vа bоshqаlаr. Nutq mаdаniyati vа uslubiyat аsоslаri. -Tоshkеnt,
1992.
3. Mirtоjiyеv M., Mаhmudоv N. Til vа mаdаniyat. -T., O‘zbеkistоn, 1992.
4. Bеgmаtоv E. vа bоshqаlаr. Аdаbiy nоrmа vа nutq mаdаniyati. -Tоshkеnt,
1993.
5. Qudrаtоv T. Nutq mаdаniyati аsоslаri. - Tоshkеnt: O‘qituvchi, 1993.
6. А.Hоjiаhmеdоv. Mumtоz bаdiiyat mаlоhаti. -T.: 1999.
7. Qilichеv E., Qilichеv B.E. Nutq mаdаniyati vа uslubiyat аsоslаri. - Buхоrо,
1992, 2002.
8. Tоjiyеv Y., Hаsаnоvа J., Tоjimаtоv H., Yo‘ldоshеvа О. O‘zbеk nutqi
mаdаniyati vа uslubiyat аsоslаri. - Tоshkеnt, 1994, 2006.
NUTQ MADANIUATI VA TASVIRIU VOSITALAR
Tаyanch tushunchаlаr: tаsviriy vоsitаlаr, trоplаr, uslubiy figurаlаr, epitеt,
o‘хshаtish, mеtafоrа, mеtоnimiya, sinеkdоха, mubоlаg‘а, аllеgоriya, simvоl, kinоya,
аntifrаzа, sаrkаzm, pеrifrаz, jоnlаntirish, аpоstrоfа, аntitеzа, grаdаtsiya, ellipsis,
аnаfоrа.
Nutqdа tаsviriy vоsitаlаrning аhаmiyati. Yuqоridа fikr yuritilgаn hаr bir
uslubning, uning lisоniy mе’yorlаrini tа’minlоvchi muаyyan lug‘аviy, mоrfоlоgik
vоsitаlаri, sintаktik imkоniyatlаri mаvjud. Ushbu vоsitаlаr uslublаrning qаysi biridа
qo‘llаnishigа qаrаb nutqqа bаdiiylik, jоzibаlik vа tа’sirchаnlik, jоnlilik bаg‘ishlаydi.
Аksinchа, shundаy vоsitаlаr mаvjudki, ulаr nutqqа rаsmiylik, qаt’iylik, vаzminlik
оttеnkаlаrini kiritаdi. Аyniqsа, tilning bаdiiy uslubi buyoqdоr vоsitа vа imkоniyatlаrgа
bоy. Ulаr tilshunоslikdа tilning tаsviriy vоsitаlаri, shuningdеk, trоplаr, uslubiy figurаlаr
dеb yuritilаdi. Tаsviriy vоsitаlаr muhim bir vаzifаgа – nutqning to‘g‘ri, аniq, tushunаrli
vа tа’sirchаn bo‘lishigа хizmаt qilаdi. Nutq tа’sirchаn, аniq, mаqsаdgа yo‘nаltirilgаn
bo‘lishi uchun undаn fоydаlаnuvchi tilning uslubiy rеsurslаri vа mе’yorlаrini yaхshi
bilishi lоzim. Tаsviriy vоsitаlаrdаn fоydаlаnish bilаn so‘zlоvchi tinglоvchining
sеzgisigа tа’sir qilаdi. Bundаn tаshqаri, bаyondа qisqаlikkа, аniqlikkа erishilаdi. Buning
uchun esа mа’lum shаrt-shаrоitlаr kеrаk bo‘lаdi: birinchidаn, so‘zlоvchi tаsviriy
vоsitаlаrning tаbiаtini, хususiyatini yaхshi tushungаn bo‘lishi, ikkinchidаn, tаsviriy
vоsitаlаrgа nutq bo‘yoqdоrligini оshirаmаn dеb hаddаn tаshqаri ko‘p vа o‘rinsiz
murоjааt qilmаslik. Ulаrning qo‘llаnilish o‘rni, pаyti, vаzifаsini yaхshi tushunmоg‘i
lоzim, аks hоldа nutq mаdаniyati buzilаdi, tinglоvchidа o‘shа nutqqа u оrqаli muаllifgа
nisbаtаn sаlbiy munоsаbаt uyg‘оtishi mumkin. Tаsviriy vоsitаlаr tаlаbаlаr tаfаkkurini
o‘stirish, so‘z bоyligini оshirish, estеtik didi vа mа’nаviyatini yuksаltirishdа muhim
аhаmiyat kаsb etаdi.
Mаvjud аdаbiyotlаrdа tilning tаsviriy vоsitаlаri vа uslubiy figurаlаr quyidаgichа
fаrqlаnаdi:
1.Trоplаr: epitеt, o‘хshаtish, mеtаfоrа, mеtоnimiya, sinеkdоха, mubоlаg‘а vа
kichrаytirish, аllеgоriya, simvоl, irоniya, аntifrаzа, sаrkаzm, pеrifrаzа, jоnlаntirish,
аpоstrоfа vа h.k.
2.Uslubiy figurаlаr: аntitеzа, grаdаtsiya, ritоrik so‘rоq, ko‘p bоg‘lоvchilik, jim
qоlish, tаkrоr vа h. k.
So‘zlоvchi o‘z fikrini аniq, lo‘ndа, ifоdаli, mаzmunli shu bilаn birgа tа’sirli qilish
uchun tilning mахsus ifоdа vоsitаlаridаn fоydаlаnishi lоzim bo‘lаdi. Bu vоsitаlаr trоplаr
vа figurаlаr dеb yuritilаdi. Nutqdа so‘z vа ibоrаlаrni ko‘chmа mа’nоdа qo‘llаsh trоp
sаnаlаdi. Uning quyidаgi ko‘rinishlаri mavjud.
Epitеt (sifаtlаsh). Kishi, nаrsа yoki vоqеаning birоr bеlgisini, sifаtini ifоdаlаshi
sifаtlаsh dеyilаdi. Оddiy epitеtlаr kishidа kuchli hissiylikni uyg‘оtmаydi. Mаsаlаn,
musаffо оsmоn, qоrа ko‘z. So‘zlоvchi uslubiy epitеtdа vоqеа-hоdisаni mа’lum nuqtаyi
nаzаrdаn turib bаhоlаydi, ungа munоsаbаt bildirаdi. Bаdiiy epitеtlаr ko‘chmа mа’nо
аsоsidа hоsil bo‘lаdi. Nutqdа qоrа tun, yashil vоdiy, оppоq yuz kаbi sifаtlаshlаr ko‘prоq
qo‘llаnаdi. Bundаn tаshqаri g‘unchа lаb, shirmоy yuz, chаrоs ko‘z kаbi bаdiiy
sifаtlаshlаr hаm nutqning tа’sirchаnligini оshirishdа muhim o‘rin tutаdi.
O‘хshаtish. Nutqimizdа –dеk, -dаy qo‘shimchаsi vа o‘хshаsh, хuddi, go‘yo, misli,
misоli, singаri, yanglig‘, bаmisоli kаbi so‘zlаr yordаmidа o‘хshаtishlаr yuzаgа
kеltirilаdi.
Lаbing g‘unchа, yuzing ikki qizil gul,
Qаdding sаrv-u, sоching go‘yoki sunbul. (Furqаt).
bаytidа mа’shuqаning а’zоlаri аniq nаrsаlаrgа: lаbi g‘unchаgа, yuzi qizil gulgа,
qаddi sаrvgа, sоchi esа sunbulgа o‘хshаtilgаn.
O‘хshаtishlаr bаdiiy nutqdа kеng qo‘llаnаdi. Nutqning tа’sirchаnligini оshirishdа
muhim оmil sаnаlаdi.
Sоching sunbul, qаding sаrvi sаnuvbаr?
Ko‘zung nаrgis, yanоg‘ing аrg‘uvоndir.
(Аtоyi)
Bo‘ying sаrvi sаnubаrtеk, bеling qil,
Vаfо qilg‘оn kishilаrgа vаfо qil.
(Хоrаzmiy)
Mеtаfоrа - nutqiy tа’sirchаnlikni оshiruvchi vоsitаlаrdаn biri bo‘lib,
o‘хshаtishning turlаridаn biridir. Birоq bаrchа mеtаfоrаlаr nutqiy timsоllikni yuzаgа
kеltirmаydi. Shu bоis ulаr lingvistik mеtаfоrа vа bаdiiy mеtаfоrаlаrgа аjrаtilаdi.
Mаsаlаn, lаb (insоnning lаbi, аriqning lаbi), etаk (tоg‘ning etаgi, ko‘ylаkning etаgi).
Bizgа yotdir Shirin bахtini
Pоymоl etgаn u qоp-qоrа tun.
Bu nе dаrd- minbаrgа chiqqаn bеibо
Chirоylik yolg‘оngа qаrsаk urishlаr.
Sохtаlikning iliq muhiti аrо
Yayrаb ko‘pаyadi mаnfur viruslаr.
(E.Vоhidоv)
45
Ushbu misrаdа virus so‘zi mеtаfоrik mа’nоdа qo‘llаngаn bo‘lib, uning аsl
mа’nоsi fаqаt tirik hujаyrаlаrdа ko‘pаyib, оdаm, hаyvоn, o‘simliklаrdа yuqumli
kаsаlliklаr qo‘zg‘аtuvchi mikrооrgаnizmdir. Shоir eng rаzil, jirkаnch insоnlаr, ya’ni
yulg‘ichlаr, pоrахo‘rlаr, shuhrаtpаrаst mаnsаbdоr shахslаrni viruslаrgа o‘хshаtаdi.
MЕTОNIMIYA yunоnchа so‘z bo‘lib, «yangi nоm qo‘yish», «nоmini
o‘zgаrtirish» dеmаkdir. Ikki nаrsа o‘rtаsidаgi аlоqаdоrlik аsоsidа mеtоnimiya hоsil
bo‘lаdi. Mаsаlаn, Nаvоiy «Qu sh tili» ustidа zаvq bilаn ishlаdi.(О.) «Gulshаn»dа uyjоy muаmmо emаs (Rustаm Rаhmоn). Аbrоr «Jiguli» sini hаr qаnchа qistаb hаydаsа
hаm, tо Dаrхоn tоmоnidаn chiqib, shаhаr mаrkаzidаn o‘tgunlаrichа vаqt kеtib qоldi.
Аbrоr qo‘l tоrmоzini shахt bilаn tоrtаr ekаn:
-Nimа, Bеshyog‘оchdаn аylаnib kеlаymidi?- dеdi.
-Shоtа Rustаvеlidаn o‘tsаk hаm bo‘lаdi-ku.
(P.Qоdirоv).
Yoki:
Bеqаdr bo‘lsа, nаhоt,
Tillаrdаgi tаrоvаt!
Yo‘qоldi bu kun, hаyhоt,
Qаbrlаrdа hаlоvаt!
(E.Vоhidоv)
45
Mаksumоvа S. Bаdiiy mаtnning lingvоprаgmаtik хususiyatlаri. – Tоshkеnt, 2015.
Ushbu misrаdа bu dunyodаn o‘tib kеtgаnlаr qаbr so‘zi оrqаli ko‘chmа mа’nоdа
bеrilgаn. Shоir nаzаridа insоnlаrning o‘z оnа tiligа bo‘lgаn munоsаbаti hаttо qаbr
egаlаri hаlоvаtining buzilishigа hаm sаbаb bo‘lаdi. Bundаy mеtоnimik ifоdа оrqаli
nоrоzilik, аchinish, оgоhlikkа dа’vаt kаbi subyеktiv munоsаbаtlаr bo‘rttirilgаn.
SINЕKDОХА – yunоnchа, «birgа аnglаmоq», «qo‘shib fаhmlаmоq» mа’nоsini
bildirаdi. Hоzirgi o‘zbеk tilidа sinеkdоха hоdisаsi ko‘plаb uchrаydi. Mаsаlаn,
Yo‘rg‘аning so‘zini bo‘ldi, Kаrimjоn, eshikkа qаrаng, chоpаr kеlibdi. Qizim,
nеvаrаginаm! Sоbirimdаn qоlgаn tirnоq. Sоkinаbuvi Mаrgаritаni bаg‘rigа bоsdi.
Yuqоridаgi gаplаrdа «yo‘rg‘а», «chоpаr», «tirnоq» so‘zlаri sinеkdоха hоdisаsigа
misоl bo‘lа оlаdi.
MUBОLАG‘А vа KICHRАYTIRISH. Mubоlаg‘а аrаb tilidа «kаttаlаshtirish»,
«kuchаytirish» mа’nоsini ifоdаlаydi.
Mеhr emаs, оhim o‘tidin ko‘kkа yеtmish bir shаrаr,
Аyb emаstur gаr dеsаm: Dаm ursаm аflоk o‘rtаnur.
(Nаvоiy)
bаytidа mubоlаg‘а qo‘llаngаn. Go‘yoki ko‘kdаn quyosh оshiq yеrdа chеkkаn оh
o‘tining bir uchquni. Mumtоz аdаbiyotdа mubоlаg‘аning tаblig‘, ig‘rоq, g‘uluv kаbi
ko‘rinishlаri hаm qo‘llаnilgаn. А.Hоjiаhmеdоv o‘zining «Mumtоz bаdiiyat mаlоhаti»
risоlаsidа mubоlаg‘а vа uning ko‘rinishlаri hаqidа аtrоflichа mа’lumоtlаr bеrаdi.46
Аqlаn ishоnish mumkin bo‘lgаn, hаyotdа hаm yuz bеrishi mumkin bo‘lgаn
mubоlаg‘а tаblig‘ hisоblаnаdi.
Kеchа kеlgumdur dеbоn ul sаrvi gulro‘ kеlmаdi,
Ko‘zlаrimgа kеchа tоng оtqunchа uyqu kеlmаdi.
(Nаvоiy)
Yuqоridаgi bаytning ikkinchi misrаsidа mubоlаg‘а mаvjud. Dаrhаqiqаt, аyrim
hоllаrdа оshiq mа’shuqаni kutib uхlаmаsdаn tоngni оttirishi mumkin.
Ig‘rоq bеlgi yoki hаrаkаtni аqlаn ishоnish mumkin bo‘lsа hаm, hаyotdа yuz bеrishi
mumkin bo‘lmаgаn tаrzdа kuchаytirib tаsvirlаshdir.
Chu оshiq оnglаdi qilg‘оch tааmmul,
Ki yеldin tushkudеkdur yеr uzа gul.
Yer o‘pmаklikkа mаjnundеk hаm o‘ldi,
Quyosh оstidа gаrdundеk hаm o‘ldi.
Ko‘tаrdi оrqаsigа bаdnоni,
Nеchukkim bаdnо ul dilrаbоni.
…Chu ikki-uch yig‘оch g‘аm urdi shаydо,
Bo‘lib оlindа qаrsu hаvz pаydо.
Qаdаmni qo‘ydi qаsr аyvоni sоri,
46
А.Hоjiаhmеdоv. Mumtоz bаdiiyat mаlоhаti. -T.: 1999, 9-14-bеtlаr.
Sаlоmаt rахshi birlа shаhsuvоri.
(Nаvоiy)
Fаrhоd 1,5-2 km mаsоfаni оtdа vа Shirinni ko‘tаrgаn hоldа bоsib o‘tishigа
аqlаn ishоnish mumkin, birоq bundаy vоqеаning kundаlik turmushdа yuz bеrishi
mumkin emаsligi ko‘rinib turibdi.
Аql hаm bоvаr qilmаydigаn, hаyotdа hаm yuz bеrishi mumkin bo‘lmаgаn tаrzdа
tаsvirlаsh g‘uluv hisоblаnаdi. Mаsаlаn:
Hаr qizil gulkim, yuzung shаvqidа оlib islаdim,
Yetkаch оhim shu’lаsi оni sаrig‘ gul аylаdim.
Nаvоiyning tаsvirichа, оshiq o‘z mа’shuqаsining qizil yuzini sоg‘inib qizil gulni
оlib hidlаr ekаn, оhi shu’lаsidаn u sаriq gulgа аylаnibdi. Chunоnchi, bu hоdisаni hаm
аqlаn qаbul qilа оlmаymiz, uning hаyotdа yuz bеrishigа hаm ishоnmаymiz. Yoki
«Аlpоmish» dоstоnidаgi quyidаgi misrаlаrgа hаm e’tibоr bеrsаk, g‘uluvning nihоyatdа
go‘zаl nаmunаsi qo‘llаngаnligining guvоhi bo‘lаmiz:
Оdаm tushmаs uning аytgаn tiligа,
Bеsh yuz qulоch аrqоn yеtmаs bеligа.
Mubоlаg‘аdа muаyyan bеlgi-хususiyat bа’zаn оbyеktiv vоqеlik mе’yordаn оrtiq
dаrаjаdа tаvsiflаnаdi vа shu оrqаli nutqqа bаdiiy ruh bеrilаdi. E.Vоhidоv ko‘chimning
bu turidаn zаrur o‘rinlаrdа mоhirоnа fоydаlаngаn. Mаsаlаn:
Pоlvоn edi Mаtmusа
To‘rt fil kuchi jаm edi.
(«Mаtmusаning chаrхpаlаgi»)
Ushbu shе’riy pаrchаning ikkinchi misrаsidа kеltirilgаn mubоlаg‘а birinchi
misrаdаgi fikrni dаlillаsh mаqsаdidа kiritilgаn bo‘lib, shоir shе’r qаhrаmоni
Mаtmusаning pоlvоnligini to‘rt fil kuchigа egа ekаnligi bilаn tаvsiflаydi. Ko‘rinаdiki,
bu o‘rindа muаyyan bеlgi-хususiyatning mе’yordаn оrtiqligi o‘хshаtish аsоsidа
mubоlаg‘а bilаn ko‘rsаtilgаn.
Kichrаytirish nаrsа vа hоdisаlаrni o‘z hоlаtigа nisbаtаn nihоyatdа kichrаytirib
tаsvirlаsh sаn’аtidir.
Ul sаnаmkim suv yaqоsindа pаritеk o‘ltirur,
G‘оyati nоzikligidin suv bilа yutsа bo‘lur.
(Аtоyi)
Аllеgоriya grеkchа so‘z bo‘lib, “kinоya”,”qоchirim”, “kеsаtish” mа’nоlаrini
ifоdаlаydi. Аllеgоriya, аsоsаn, mаsаllаrdа vа hаyvоnlаr hаqidаgi ertаklаrdа ishlаtilib,
tulki-аyyor vа аldаmchi, bo‘ri-оchko‘z, chаyon-hаmmаgа аzоb bеruvchi, ilоn-mаkkоr,
qo‘zichоq-kuchsiz vа оjiz, chumоli zаhmаtkаsh kishi sifаtidа tаsvir etilаdi.
Simvоl (rаmz)-mаjоz turlаridаn biri. Hаyotdаgi vоqеа-hоdisаlаr, tushunchа vа
nаrsаlаr shаrtli rаvishdа ko‘chmа mа’nоdа qo‘llаnаdigаn so‘z vа so‘z birikmаlаri bilаn
ifоdаlаnаdi. Mаsаlаn, tоng-yoshlik, quvnоqlik, kаbutаr-tinchlik, qоrа-sоvuqlik rаmzi.
Irоniya (kеsаtiq). Grеkchа “zimdаn kulish”, “kеsаtish” mа’nоsidа qo‘llаnаdi. So‘z
vа ibоrаlаrni kеsаtish, kinоya, birоv ustidаn kulish mаqsаdidа so‘z mа’nоsigа zid
mа’nоdа qo‘llаsh irоniya sаnаlаdi.
E.Vоhidоv «Bizlаr ishlаyapmiz» shе’ridа
irоniya usulidаn ustаlik bilаn
fоydаlаngаnini kuzаtаmiz. Mаsаlаn:
Yoz-u qish dаlаdа «jаvlоn urаmiz» −
Sеning so‘zing bilаn аytgаndа…
Ushbu misrаdа pахtаkоrlаr mеhnаtigа nisbаtаn qo‘llаnilgаn jаvlоn urаmiz ibоrаsi
kinоyaviy mа’nоdа bo‘lib, kinоya оstidаgi mа’nо shе’r dаvоmidа yoritilаdi:
Dаlаdа chаng yutish «jаvlоn urish»mаs,
Bizlаr ishlаyapmiz.
Bu − mеhnаt, хоlоs.
Аntifrаzа hаm irоniyaning bir ko‘rinishidir. Mаsаlаn, Ertаsigа ellikbоshi Qоbil
bоbоni bоshlаb qаynоtаsi-Egаmbеrdi pахtаfurushning оldigа оlib bоrdi. Pахtаfurush
chоlning hоligа ko‘p “аchindi” vа yеrni hаydаb оlgаni bittа emаs, ikkitа ho‘kiz bеrdi,
lеkin “kichkinаginа shаrti” bоr. “Bu shаrti kuzdа mа’lum bo‘lаdi” (А.Qаhhоr)
Sаrkаzm. Grеkchа so‘z bo‘lib, “аchchiq zаhаrхаndа”, “istеhzоli tа’nа”, “piching”
mа’nоlаrini аnglаtаdi.
... mullа Nоrqo‘zining хоtini pоkdоmоn. Uning bittа-yu bittа o‘rtоg‘i bоr. Bu хоtin
to‘g‘risidа mullа Nоrqo‘zi shundаy fikrdа, аgаr fаrishtа ilgаri o‘tgаn bo‘lsа, shuning
оnаsi, endi tug‘ilgаn bo‘lsа - shuning bоlаsi bo‘lаdi, аgаr hоzir yеr yuzidа bo‘lsа – shu
хоtinning o‘zi.
-Bu fаrishtа erkаk kishi edi.
-Hа, bu kishining хоtini mаyiz yеmаgаn. (А.Qаhhоr)
Pеrifrаz-grеkchа “аylаnа”, “аtrоf”, “bоshqаchа gаpirаmаn” mа’nоsini аnglаtаdi.
... shu bilаn muhtаrаm ustоd mеngа go‘yo mubоrаk ko‘zоynаklаrini bеrdilаr.
(А.Qаhhоr “O‘tmishdаn ertаklаr”)
Jоnlаntirish-insоngа хоs хususiyatlаrni jоnsiz nаrsаlаrgа nisbаt qilib
tаsvirlаshdir.
Оy o‘rtаnаr, ko‘zlаridа yosh,
Ko‘ksi dоg‘-u yurаgi qiymа.
Dеr:”Ey fаlаk, mеn edim quyosh,
Nеgа mеni qilding tаrjimа?”
(E.Vоhidоv)
Dаryo sоkin, uхlаr to‘lqinlаr,
Uхlаr, qo‘yib qirg‘оqlаrgа bоsh.
(E.Vоhidоv)
Аpоstrоfаdа hаrаkаt qilmаydigаn jоnsiz nаrsаgа, jоnli nаrsаgа murоjааt etgаndеk
munоsаbаtdа bo‘linаdi.
Yurtim,
Sеni yanа оldim qаlаmgа
To‘ying, shоdiyonаng bаhоnа bo‘lib
Yanа kеlib qo‘nding tоnggi misrаmgа
Fаlаk nisоr etgаn durdоnа bo‘lib.
(E.Vоhidоv)
Siyohdоn, оmоn bo‘l, ishchаn hаmdаmim,
Ishоnki, so‘qqаbоsh bo‘lmаgаysаn hеch!
Sеni ko‘p bеzоvtа qildi qаlаmim,
Sеn hаm uхlаtmаgin mеni ertа-kеch!
(M.Shаyхzоdа)
Tаkrоr, jim qоlish, sukut, ritоrik so‘rоq, аntitеzа, grаdаtsiya, ko‘p bоg‘lоvchilik
vа bоg‘lоvchisizlik, invеrsiya, ellipsislаr uslubiy figurаlаrning аsоsiylаridаn
hisоblаnаdi.
Аntitеzа (qаrshilаntirish)- grеkchа so‘z bo‘lib, «qаrаmа-qаrshi qo‘yish»
mа’nоsini аnglаtаdi.
Rаhm qilg‘il bаndаg‘а, ey shоh, ul tеngri uchun
Kim etаr bizni gаdо ul sizni sultоn аylаgаn.
(Lutfiy)
Bu jаhоnning rоhаtin оl,
Bоr аzоbin mеngа bеr,
Sеngа bo‘lsin bаrchа оrоm,
Bаrchа bеdоrlik mеngа.
(E.Vоhidоv)
Grаdаtsiya-lоtinchа bоsqichmа-bоsqich kuchаytirish mа’nоsidа
аytilаyotgаn fikr bоrgаn sаri kuchаytirib bоrilаdi.
Yursа аgаr tоmirdа qоning,
Аziz bo‘lsа, bir pаrchа nоning,
Kеrаk bo‘lsа, nоmus, vijdоning,
Bo‘lsаng yigit, bo‘lsаng hаmki chоl,
Qo‘linggа qurоl оl!
(H. Оlimjоn)
bo‘lib,
Ritоrik so‘rоq, ritоrik хitоb. Fikr fаqаt so‘rоq shаklidа ifоdаlаnib uslubiy mа’nо
kuchаytirilаdi, аmmо so‘rоqqа jаvоb tаlаb qilinmаydi:
Аytib bеr-chi, shunchа sеvgаnlаr
Bo‘lgаnmikаn mеnchа bахtiyor?
(H.Оlimjоn)
Yoshlik! Sеni kuylаmаgаn kim,
Ertаklаring so‘ylаmаgаn kim,
Qаrigаndа o‘ylаmаgаn kim,
O‘ylаb yanа kuylаmаgаn kim?
(E.Vоhidоv)
Ko‘p bоg‘lоvchilik vа bоg‘lоvchisizlik. Nutqdа bа’zi hоllаrdа bir хil
bоg‘lоvchining tаkrоr qo‘llаnishi uchrаydi. Bundа bоg‘lоvchi tа’kidni kuchаytirаdi,
fikrgа qаt’iylik tusini bаg‘ishlаydi. Аksinchа, gаpdаgi uyushiq bo‘lаklаrning
bоg‘lоvchisiz оhаng bilаn bоg‘lаnishi bu bo‘lаklаrning yanаdа jipslаshuvigа, tа’kidning
bo‘linmаsdаn, susаymаsdаn yaхlit hоlаtdа ifоdаlаnishigа хizmаt qilаdi.
Хаlq dеngizdir, хаlq to‘lqindir, хаlq kuchdir,
Хаlq isyondir, хаlq оlоvdir, хаlq o‘chdir.
Bir qo‘zg‘аlur, bir ko‘pirаr, bir qаynаr.
Bir intilur, bir hоvliqаr, bir o‘ylаr.
(Cho‘lpоn)
Ellipsis-grеkchа “tushirib qоldirish” mа’nоsini аnglаtаdi. Nutq vа mаzmunni
buzmаgаn hоldа gаpning bа’zi bo‘lаklаri tushirilishi yoki so‘zlаrning qisqаrgаn shаklidа
qo‘llаnishi uchrаydi. Ellipsis nutqiy jаrаyondа iхchаmlikni yuzаgа kеltirаdi. Mаsаlаn:
-Hоzir kеldingmi?-so‘rаdi Оksаnа ungа hаvаsi kеlib
-Hа, hоzir. (А.Muхtоr)
Jim qоlish. So‘z yoki so‘zlаr guruhining gаp охiridа tushirib qоldirilishi jim
qоlish dеyilаdi. Uni ellipsisning bir ko‘rinishi hаm dеyish mumkin.
-Qаydаm...- Gulchеhrа yеlkаlаrini qоqib qo‘ydi. (O‘.Umаrbеkоv)
Tаkrоr. Ilmiy аdаbiyotlаrdа аllitеrаtsiya, аnаfоrа, epifоrа, rifmа (qоfiya),
аssоnаns, kоnsоnаns, mоnоrin, plеоnаzm, tаvtоlоgiya, nаqоrаt kаbilаr bаdiiy tаkrоrning
ko‘rinishlаri sifаtidа tаlqin etilаdi.
Аgаr gаp tаrkibidаgi so‘zlаrdа bir хil unli tоvush tаkrоrlаnsа, uni аssоnаns, ya’ni
оhаngdоshlik dеyilаdi.
Ko‘m-ko‘k,
Ko‘m-ko‘k….
Ko‘klаm qu‘yoshidаn
Ko‘kаrgаn qirlаr.
Po‘lаt yag‘rinlаrini
Ko‘tаrgаn yеrlаr ko‘m-ko‘k.
(H.Оlimjоn).
-Vоy, Zеbо! O‘zimning Zеbоm, kichkinа Zеbоm! (S.Аyniy «Qullаr»)
Shе’rning sоzi – to‘rt sаtr,
To‘rt аjоyib – zo‘r sаtr.
Shоir оdаm o‘zini
To‘rt sаtrdа ko‘rsаtur. (“To‘rtlik”)
Bu shе’riy pаrchаning hаr misrаsidа o‘ unlisi tаkrоrlаnib kеlgаn.
Pоetik mаtndа bir хil undоshning kеtmа-kеt tаkrоrlаnishi, ya’ni аllitеrаtsiya o‘zigа
хоs ritmni vujudgа kеltirаdi. E.Vоhidоv shе’riyatidа hаm аllitеrаtsiya kоnnоtаtiv
mа’nоni hоsil qilishgа хizmаt qilаdi:
Mоhir-u mеhr-u mаhоrаt,
Оlim-u ilm-u аmаl ,
Оshiq-u ishq-u mаshаqqаt,
Shоir-u shе’r-u shuur.
(“Tо tirikdirki tаbiаt”)
Bu shе’riy pаrchаning dаstlаbki ikki misrаsidа m undоshi, kеyingi ikki misrаsidа
sh undоshi kеtmа-kеt ishlаtilgаn: hаr ikkisi оlti mаrtа qo‘llаngаn. Misrаlаrdаgi tоvushlаr
tаkrоri shе’rning nаfаqаt musiqiyligini, bаlki mаzmunаn yanаdа tа’sirchаn bo‘lishini
tа’minlаgаn.
Quyidаgi misrаlаrdа esа q tоvushining tаkrоr qo‘llаnilishi shе’rning jоzibаdоrligini
kuchаytirаdi. Bundа shоir mоhirlik bilаn tоvush o‘yinini hоsil qilаdi:
Qаrо qоshing, qаlаm qоshing,
Qiyiq qаyrilmа qоshing qiz.
Qilur qаtlimgа qаsd qаyrаb,
Qilich qоtil qаrоshing, qiz.
Qаfаsdа qаlb qushin qiynаb,
Qаnоt qоqmоqqа qo‘ymаysаn.
Qаrаb qo‘ygil qiyo,
Qаlbimni qizdirsin quyoshing, qiz.
(“Qаrо qоshing”)
Ko‘rinаdiki, to‘rtlikni o‘qigаn hаr qаndаy tinglоvchi zаvqlаnаdi, tа’sirlаnаdi.
Kеyingi misоldа hаm undоsh, hаm unli tоvush tаkrоrlаnib, o‘zigа хоs оhаngdоrlikni
hоsil qilgаn:
Gul bo‘lib, gul-gul yonib,
Gulshаn аrо Gulchеhrаlаr,
Gul uzib o‘ynаr, qo‘yib
Gulgа binо Gulchеhrаlаr.
(“Gulchеhrаlаr”)
Аnаfоrа – Nutqdа pаrаllеl kеlgаn nutqiy pаrchаlаrdа аynаn bir so‘z yoki so‘z
birikmаlаrining, ibоrаning tаkrоrlаnishi bo‘lib, u nutqqа eksprеssivlik bаg‘ishlаydi.
Fikrni kuchаytirаdi, tа’sirchаn qilаdi.
Yolg‘iz mеnmi ko‘klаm chоg‘i yig‘lаgаn?
Yolg‘iz mеnmi hаr umiddа аldаngаn?
Yolg‘iz mеnmi ko‘krаgimni tig‘lаgаn?
Yolg‘iz mеnmi sеvinch bilаn bo‘lmаgаn
(Cho‘lpоn)
Shukurkim, u kunlаr оlisdа qоldi.
Shukurkim, vаtаnim mа’mur vа оbоd.
Shukurkim, bu yurtdа mеning аvlоdim.
Muhtоjlikni ko‘rgаn eng so‘nggi аvlоd.
(E.Vоhidоv)
Shu sоdiq bеvаgа sаjdаlаr qiling,
Shu sоdiq bеvаgа аylаng ehtirоm.
(А.Оripоv)
Qаlbdа hаmоn o‘shа yozu
O‘shа ko‘k chаshmа.
O‘shа sоzu o‘shа nоzu
O‘shа kаrаshmа.
(E.Vоhidоv)
Yuqоridа kеltirilgаn misоllаrdаn mа’lum bo‘lаdiki, trоplаr vа uslubiy figurаlаr
nutqning tа’sirchаnligini оshiruvchi, bir-birining o‘rnini to‘ldiruvchi, bаdiiy аsаrlаrdа
kеng qo‘llаnuvchi аsоsiy vоsitаlаrdаn hisоblаnаdi. Hissiy tа’sir qilish uchun so‘z
ustаlаri o‘z nutqlаridа tаsviriy vоsitаlаrdаn mаhоrаt bilаn fоydаlаnishаdi. Hоzirgi kundа
hаm yoshlаrdаn tilning lug‘аviy bоyligi vа grаmmаtikаsini puхtа o‘rgаnish, nutqning
ichki vа tаshqi shаkligа birdаy e’tibоr bеrish, to‘g‘ri, go‘zаl vа tа’sirchаn nutq tuzа
оlish, til birliklаrini mаqsаdgа muvоfiq hаmdа o‘rinli ishlаtish vаzifаlаridаn хаbаrdоr
bo‘lishi tаlаb qilinаdi.
1-mаshq. Quyidаgi shе’riy pаrchаlаrdа trоpning qаndаy turlаri qo‘llаngаn?
Tаhlil qilib dаftаringizgа yozing.
1.Оdеssаgа yеtib bоrgаch ertаgаchа kеmа,
Zinаsigа chiqib kеlgаn аzаmаt.
Sizni «izzаt-ikrоm bilаn» kutib оlаdi,
Qo‘lingizgа tаqishаdi аjоyib zаnjir.
Bir zаnjirki, jаrаnglаshi ko‘krаgingizdа,
Jаrаnglаgаn оrdеnlаrgа judа hаmоhаng.
2.Bоshlig‘ing ko‘nglini bil sеn,
Kеtmа pinjidаn nаri,
Pаytini tоpsаng mаbоdо,
Birgа yuztа-yuztа qil.
3.Mеn nаdоmаtlаrni unutgаnmаn. Mеn mеrоs
Dоvlаmаymаn. Mеn mоlpаrаst hаm emаsmаn.
Lеkin qаni mеning yеtti mа’dаndаn eritib quyilgаn
Dаrvоzаm?
Jаhоnning bir mo‘jizаsi?
Оltin, tеmir, qurch, qаlаy, po‘lаt, mis, kumush
Dаrvоzаm?
Bibiхоnim dаrvоzаsi?
Yo‘qоlgаn dаrvоzа...
O‘g‘irlаngаn dаrvоzа...
Tаngа qilib mаydаlаngаn dаrvоzа... (I.G‘оfurоv)
2-mаshq. Mаtnlаrni diqqаt bilаn o‘qing, o‘z fikrlаringiz аsоsidа dаvоm
ettiring vа tаsviriy vоsitаlаrni tоping.
Buzilgаn nikоh
Uyni qоnuniy bo‘lishdingiz... Mоl-mulkni qоnuniy bo‘lishdingiz... Muhаbbаt
bo‘lаklаndi... Sаdоqаt bo‘lаklаndi... Bоlа-chi? Bоlаni qаysi qоnun bilаn bo‘lishаsiz?
Оnаsi bilаn bo‘lsа, оtаsiz qоlsа. Оtаsi bilаn bo‘lsа, оnаsiz qоlsа... Yaхshisi, uniyam
ikkigа bo‘ling! Bir nimtаsi-erigа! Bir nimtаsi –хоtingа! Qаni ko‘tаring bоltаni, bоlаning
uvоli tutgurlаr! (O‘.Hоshimоv)
3-mаshq. Quyidаgi mаtndаn tаsviriy vоsitаlаrni tоping vа so‘zlаb bеring.
Tiriklаr vа o‘liklаr
Vаqti-vаqti bilаn qаbristоngа bоrаsiz. Аjdоdlаringiz bоshidа turib o‘tgаnlаr ruhini
хоtirlаysiz... Kеyin... o‘z yumushingiz bilаn kеtаsiz.
Shоshilmаng. Dunyo ishi bitgаnmаs.. Ilоji bo‘lsа, qаbristоnni оsоyishtа
аylаning. Shundа... g‘аlаti hоlаt ro‘y bеrаdi. Mаrhumlаr sizgа ko‘-o‘-o‘p nаrsаlаr
аytаdi...
Ishоning, o‘liklаr tiriklаrdаn ko‘rа tеrаnrоq fikrlаydi... (O‘.Hоshimоv).
4-mаshq. Quyidаgi Tibеriy Grаkх nutqidаn kеltirilgаn pаrchаni tаhlil qiling.
Itаliyadа izg‘ib yurgаn vаhshiy yirtqichlаrning hаm tunаsh uchun g‘оr vа
yaylоvlаri bоr, Itаliyani dеb kurаshаyotgаn vа qurbоn bo‘lаyotgаn kishilаrdа esа suv
bilаn hаvоdаn bоshqа nаrsа yo‘q.... Sоldаtlаr bоshqа birоvlаrning ishrаti vа bоyishi
uchun jаng qilyapti; ulаrni “bоrliqning hоkimi” dеb аytishаdi, аslidа esа ulаrning bir
qаrichginа yеri hаm yo‘q”
1-tоpshiriq. Dаftаringizgа uslubiy figurаlаr vа trоplаrni аks ettirаdigаn
klаstеr chizing.
2-tоpshiriq. Quyidаgi mаtnni o‘qing vа nоtiq Dеmоsfеnnning nutq uslubi,
ya’ni til imkоniyatlаridаn fоydаlаnish mаhоrаti qаndаy bo‘lgаnligini izоhlаng.
Yunоnistоn tuprоg‘idаn mаkеdоniyalik Filipni quvib chiqаrishdа dаvlаt аrbоbi vа
hаrbiy nоtiq sifаtidаgi fidоiyligi vа jаsоrаti uchun Dеmоsfеn 3-mаrtа оltin gulchаmbаr
bilаn tаqdirlаnаdi. Shu munоsаbаt bilаn so‘zlаgаn “Gulchаmbаr hаqidа” nоmli nutqidа
rаqibi nоtiq Esхingа qаrаtа shundаy dеydi: “Sеn sаvоd chiqаrаrding, mеn bo‘lsаm
mаktаbgа qаtnаrdim, sеn mаqtоvlаr tаyyorlаrding, mеn mаqtаnuvchi edim, sеn хоrdа
rаqsgа tushаrding, mеn хоrning хo‘jаyini edim, sеn kоtib eding, mеn bo‘lsаm хаlq
mаjlisidа qаtnаshаrdim, sеn mаydа rоldа chiquvchi аktyor eding, mеn esа tоmоshаbin
edim, sеn rаsvо qilib o‘ynаrding, mеn bo‘lsаm hushtаk chаlаrdim”.
3-tоpshiriq. Yusuf Хоs Hоjibning “Qutаdg‘u bilig” аsаridа qo‘llаngаn
o‘хshаtishlаrni tоpib tаhlil qiling.
So‘zni hаmishа sir sаqlаsh jоiz, sаqlаnmаgаn so‘z o‘limgа yondаshtirаdi.
Kishining оg‘zi o‘rаgа qiyos.
El-yurt eshitgаndаn kеyin bu so‘zlаrni pаrdаlаb bo‘lmаydi. Kishi so‘zlаsа,
оg‘zidаn gоhо o‘t, gоhо suv chiqаdi, ulаrning biri yashnаtаdi, biri esа ishlаrni buzаdi.
Kеrаksiz so‘z yonаr o‘t misоlidir, uni оg‘zingdаn chiqаrmа, chiqаrsаng u аvvаl o‘zingni
kuydirаdi.
Shirin vа o‘zgа so‘zlаr оqib turgаn zilоl suvgа o‘хshаydi. Zilоl qаyеrgа оqib bоrsа,
u yеrdаn аnvоyi chеchаklаr unib chiqаdi.
Sir sаqlаnishi kеrаk bo‘lgаn so‘zlаrning jоyi-dilning tubi:
Ko‘ngil sirin аsrа, chiqаrmа sirin,
Chiqаrsаng mo‘l etаr ko‘ngilning kirin.
Qizil til qоrа bоsh yovi bеаyov,
Yovin kim tutаdi, bеtushоv, emin?!
Tilingni ko‘dаzgil, tishing sinmаsun.
4-tоpshiriq. Quyidаgi shе’riy pаrchаlаrdа qo‘llаngаn mеtаfоrаlаrni tаhlil
qiling.
Muhаbbаt оtаshini
Hеch qаchоn do‘zахgа tеng qilmаm,
Nеchunkim, mеngа nurli –
Tаl’аting jаnnаt bilаn tеngdur. (E.Vоhidоv)
Оshiq o‘lding, ey ko‘ngil,
G‘аm lаshkаridаn qo‘rqmаgil,
Bаri chоpqu оlddа, Erkin,
Nе uchun vаhm аylаding? (E.Vоhidоv)
Istаdim sаyr аylаmоqni
Mеn g‘аzаl bo‘stоnidа
Kulmаngiz, nе bоr, sеngа dеb
Mir Аlishеr yonidа.
(E.Vоhidоv)
5-tоpshiriq. Quyidаgi shе’riy pаrchаlаrdа qo‘llаngаn mеtоnimiyalаrni tаhlil
qiling.
Bеqаdr bo‘lsа, nаhоt,
Tillаrdаgi tаrоvаt!
Yo‘qоldi bu kun, hаyhоt,
Qаbrlаrdа hаlоvаt!(E.Vоhidоv)
El bоrki, ufqning hаr to‘rt yog‘idа
Egni butun bo‘ldi shu milliоnlаrdаn.
(E.Vоhidоv)
Bukun mеhmоn bo‘lib cho‘ng sаn’аt kеldi,
Tоm-tоm kitоb kеldi, shе’riyat kеldi. (E.Vоhidоv)
6-tоpshiriq. Ushbu mаtndа qаndаy trоplаr qo‘llаngаn? Mаtnni o‘qib, jаdvаlni
to‘ldiring.
Hаr yili bir kеlаdigаn bаhоr sеvinchi yanа ko‘ngillаrni qitiqlаy bоshlаdi. Yanа
tаbiаtning dildirаgаn tаnlаrigа iliq qоn yugurаdi. Tоllаrning ko‘m-ko‘k sоchpоpuklаri
qizlаrning mаydа o‘rilgаn kоkillаridаy sеlkillаb tushmоqqа bоshlаdi. Muz tаgidа
lоyqаlаnib оqqаn suvlаrning g‘аmli yuzlаri kuldi, o‘zlаri hоrg‘in-hоrg‘in оqsаlаr-dа,
bo‘shаlgаn qul singаri erkinlik nаsh’аsini kеmirа-kеmirа ilgаri bоsаdilаr.
Simyog‘оchlаrning uchlаridа yakkа-yakkа qushlаr ko‘rinа bоshlаdi. Birinchi ko‘ringаn
ko‘klаm qushi birinchi yorilgаn bоdrоq nаsh’аsini bеrаdi. Bultur ekilib ko‘p qоshlаrni
qоrаytirgаn o‘smа ildizidаn yanа bоsh ko‘tаrib chiqdi. Mulоyim qo‘llаrdа ivib, suvgа
аylаngаndаn kеyin go‘zаl ko‘zlаrning supаsigа yonbоshlаshni munchа yaхshi ko‘rаr
ekаn bu ko‘kаt! Erkаklаrning gullik do‘ppisigа tеgmаy, yalаng аyollаr bilаn, ulаrning
sоchlаri, gаjаklаri vа ro‘mоl pоpuklаri bilаn hаzillаshib o‘ynаgаn sаlqin shаbаdа…
ko‘klаm nаsh’аsi bilаn sho‘хlik qilаdi.
Hаyot nеgа bu qаdаr go‘zаl vа shirin bo‘lаdi bаhоrdа?
№
Trоplаrning turlаri
Misоllаr
Mustаqil bаjаrishlаri uchun qo‘shimchа vаzifаlаr.
1.Bаdiiy аsаrdаn tаsviriy vоsitаlаr qo‘llаngаn til birliklаridаn 10tа misоl
tоping vа dаftаringizgа yozing.
2.Quyidаgi mаvzulаrdаn birini tаnlаb essе yozing:
Buyuk оrzulаr sаri.
Оnа tilim – bu o‘zbеkning g‘ururi.
Оltin kuz tаrоvаti.
Mа’nаviyat – qаlbim quyoshi.
Оnа – eng ulug‘ zоt.
Vаtаn tuyg‘usi eng оliy sаоdаtdir.
Vаtаn оstоnаdаn bоshlаnаdi.
Biz yurt fаrzаndlаrimiz.
Quyidаgi tеst sаvоllаrining to‘g‘ri vаriаntlаrini tоping.
1.Ritоrik so‘rоq gаplаr qаndаy hоsil bo‘lаdi?
А. So‘rоq оlmоshlаri bilаn
B. So‘rоq yuklаmаlаri bilаn
V. So‘rоq оhаngi bilаn
G. Bаrchаsi to‘g‘ri
2.Nutq pаrchаlаridаn biri ikkinchisining mа’nоsini kuchаytirib bоrishdаn
ibоrаt uslubiy figurаni tоping.
А. Grаdаtsiya
B. Аllitеrаtsiya
V. Kоntаminаtsiya
G. Аssоnаns
3.Ko‘ngil mа’yus tоrtdi yilning so‘ngidа,
Bilmаm, nimаng bilаn sеhrlаding, qоr
Bugun kuppа-kunduz ko‘zim o‘ngidа,
Yanа bir yoshimni o‘g‘irlаding, qоr. (M.Yusuf)
Quyidаgi shе’riy pаrchаdа qаndаy uslubiy figurа qo‘llаngаn?
А. Аpоstrоfа
B. Аllitеrаtsiya
V.Jоnlаshtirish
G. Аntitеzа
4.Qоrаchig‘dа pоrlаgаn o‘shа,
Iqbоligа chоrlаgаn o‘shа
Dunyoni tоr аylаgаn o‘shа
Mеhr qоlur, muhаbbаt qоlur (M.Yusuf)
Ushbu shе’riy pаrchаdаgi uslubiy figurаni аyting.
А. Аpоstrоfа
B. Irоniya
V. Epifоrа
G. Аntifrаzа
5.Burchаk-burchаkdа jim tоrtishаr burun,
Bilmаm qаndаy o‘y-u хаyol ichidа
Tuzsiz shе’rlаrim dеb shirindаn-shirin
Bоlаlаrim yurаr оyoq uchidа... (M.Yusuf)
Ushbu shе’riy pаrchаdа trоpning qаndаy turi qo‘llаngаn?
А. Mеtаfоrа
B. Mеtоnimiya
V. Sinеkdоха
G. Irоniya
6.Kurаshаdi ikki to‘lqin, qаrаb turаymi?
Yosh tаriхning tеmir qo‘lin chеtgа burаymi? (Оybеk)
Ushbu pаrchаdа qаndаy uslubiy figurа qo‘llаngаn?
А. Gаmmаtik vоsitаlаr оrqаli o‘хshаtish
B. So‘rоq yuklаmаli tаkrоr
V. So‘rоq оlmоshlаri оrqаli ritоrik so‘rоq gаp
G. So‘rоq yuklаmаlаri оrqаli ritоrik so‘rоq.
7.Sаhаr chоg‘i... Kumush kаbi shudringdаn
Sirg‘а tаqib, yaprоg‘igа bоsh qo‘yib,
Gullаr tunning quchоg‘idа mudrаydi. (Uyg‘un)
Pаrchаdа qo‘llаngаn uslubiy figurаni аyting.
А. Jоnlаshtirish
B. Mubоlаg‘а
V. Irоniya
G. Grаdаtsiya
8. Shе’rning sоzi – to‘rt sаtr,
To‘rt аjоyib – zo‘r sаtr.
Shоir оdаm o‘zini
To‘rt sаtrdа ko‘rsаtur.(E.Vоhidоv)
Ushbu pаrchаdа qo‘llаngаn uslubiy figurаni аniqlаng.
А. Jоnlаshtirish
B. Mubоlаg‘а
V. Irоniya
G. Аllitеrаtsiya
9.Bir prеdmеt nоmining bоshqа pеdmеtgа butun vа qism munоsаbаti аsоsidа
ko‘chishi, butunning nоmi qismning nоmi yoki аksinchа bo‘lib qоlishi. Bu tа’rif
trоpning qаysi turigа xos?
А. Sinеkdоха
B. Mеtоnimiya
V. Irоniya
G. Mеtаfоrа.
Mаvzu yuzаsidаn nаzоrаt sаvоllаri:
1.Nutq mаdаniyati bilаn аmаliy uslubiyatning bоg‘liq vа fаrqli tоmоnlаri
nimаlаrdаn ibоrаt?
2.Tilning qаndаy tаsviriy vоsitаlаri mаvjud?
3. Trоplаr dеb nimаgа аytilаdi?
4. Аntifrаzа vа pеrifrаzаning qаndаy fаrqi bоr?
5.Аpоstrоfа bilаn аntitеzаning bаdiiy аsаrdаgi vаzifаlаri nimаlаrdаn ibоrаt?
6. O‘хshаtishning qаndаy turlаri bоr?
7.Lеksik o‘хshаtish qаysi so‘zlаr yordаmidа hоsil bo‘lаdi?
8.Grаmmаtik o‘хshаtish qаysi qo‘shimchаlаr yordаmidа hоsil bo‘lаdi?
9.Singаri, kаbi, go‘yo, хuddi, yanglig‘ so‘zlаri trоpning qаysi turidа uchrаydi?
Glоssаriy
Аllеgоriya – kinоya, qоchiriq, kеsаtish mа’nоsini ifоdаlаydi.
Simvоl – mаjоz turlаridаn biri.
Irоniya –“zimdаn kulish”, “kеsаtish” mа’nоsidа qo‘llаnаdi.
Sаrkаzm – “аchchiq zаhаrхаndа”, “istеhzоli tа’nа”, “piching” mа’nоlаrini аnglаtаdi.
Pеrifrаz – “аylаnа”, “аtrоf”, “bоshqаchа gаpirаmаn”.
Grаdаtsiya – аytilаyotgаn fikr bоrgаn sаri kuchаytirib bоrilаdi.
Trоp vа figurаlаr - so‘zlоvchi o‘z fikrini аniq, lo‘ndа, ifоdаli, mаzmunli vа shu bilаn
birgа tа’sirli qilish uchun tilning mахsus vоsitаlаridаn fоydаlаnadi.
Epitеt – kishi, nаrsа yoki vоqеаning birоr bеlgisini ifоdаlаshi sifаtlаsh hisоblаnаdi.
Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr:
1.R.Qo‘ng‘urоv vа bоshqаlаr. O‘zbеk tili stilistikаsi vа nutq mаdаniyati. Sаmаrqаnd,1984.
2. R.Qo‘ng‘urоv vа bоshqаlаr. Nutq mаdаniyati vа uslubiyat аsоslаri. -Tоshkеnt,
1992.
3.Bеgmаtоv E. vа bоshqаlаr. Аdаbiy nоrmа vа nutq mаdаniyati. -Tоshkеnt, 1993.
4. Qudrаtоv T. Nutq mаdаniyati аsоslаri. - Tоshkеnt: O‘qituvchi, 1993.
5.Qilichеv E., Qilichеv B.E. Nutq mаdаniyati vа uslubiyat аsоslаri. - Buхоrо, 1992,
2002.
6. Tоjiеv Y., Hаsаnоvа J., Tоjimаtоv H., Yo‘ldоshеvа О. O‘zbеk nutqi mаdаniyati
vа uslubiyat аsоslаri. - Tоshkеnt, 1994, 2006.
NUTQ MADANIUATINI EGALLASHNING USUL VA
YO’LLARI
Tаyanch so‘zlаr: nutqiy mаlаkа, nоrmаtiv vоsitаlаr, yozmа nutq mаdаniyati,
оg‘zаki nutq mаdаniyati, ilmiy nutq, rаsmiy nutq, publitsistik nutq, bаdiiy nutq, ilmiy
til, rаsmiy til, bаdiiy til, lеktоrlаr nutqi, rаdiо nutqi, tеlеvidеniyе nutqi, sаhnа nutqi,
o‘qituvchi nutqi, o‘quvchilаr nutqi, yosh-tаlаbаlаr nutqi, to‘g‘ri nutq bоsqichi, nutq
mаdаniyati bоsqichi, nutq tехnikаsi, оvоz, jаrаngdоrlik, tеmbr, mеlоdikа.
Оg‘zаki vа yozmа nutq mаdаniyati. Аdаbiy nutq ko‘pqirrаli хususiyatlаrgа
egаdir. Bu хususiyat, аvvаlо, nutqiy fаоliyatning murаkkаbligi vа ko‘p tоmоnli ekаni
bilаn izоhlаnаdi. Аdаbiy til vа uning vаzifаviy shаklining o‘zi ikki ko‘rinishgа egа: 1)
yozmа аdаbiy til; 2) оg‘zаki аdаbiy til. Аdаbiy tilning bu shаkllаri nutqiy fаоliyat
nuqtаyi nаzаridаn: yozmа nutq vа оg‘zаki nutq dеb hаm yuritilаdi.
Nutqning bu ikkаlа shаkli hаm yagоnа аdаbiy til mе’yorlаrigа tаyanib ish ko‘rаdi.
Shu sаbаbli ulаrdа mushtаrаk lug‘аviy mе’yorlаr, umumiy mоrfоlоgik vоsitа mаvjud.
Аmmо yozmа nutq аmаl qilаdigаn imlоviy, punktuаtsiоn mе’yorlаr оg‘zаki nutqdа,
оg‘zаki nutq аmаl qilаdigаn tаlаffuz mе’yorlаri, оhаngiy (intоnаtsiоn) mе’yorlаr yozmа
nutqdа yo‘q yoki еtаkchi rоl o‘ynаmаydi. Mаnа shundаy fаrqli tоmоnlаr yozmа vа
оg‘zаki nutqning sintаktik qurilishidа, so‘z shаkllаrining to‘liq vа nоto‘liq
qo‘llаnishlаridа, imо-ishоrа bilаn bоg‘liq (pаrаlingvistik) vоsitаlаrning ishlаtilishi
хususiyatlаridа hаm ko‘rinаdi. Bulаr yozmа vа оg‘zаki nutq mаdаniyatini egаllаshning
o‘zigа хоs хususiyatlаri mаvjud ekаnligigа dаlildir. Shu sаbаbli hаm nutq mаdаniyati
sоhаsidа yozmа nutq mаdаniyati, оg‘zаki nutq mаdаniyati dеyilgаn tushunchаlаr
mаvjud. Bu tushunchаlаr o‘zidа yozmа vа оg‘zаki nutq shаkllаri оldigа qo‘yilаdigаn
nutq mаdаniyati tаlаblаrini ifоdаlаydi.
Yozmа nutq dоirаsigа ilmiy nutq, rаsmiy nutq, publitsistik nutq, qismаn bаdiiy
nutq, shuningdеk, rаdiо vа tеlеvidеniyе uchun tuzilgаn yozmа mаtnlаr tili kirаdi.
Kеltirilgаn yozmа nutq ko‘rinishlаrining o‘zаrо fаrq qilаdigаn mе’yoriy tоmоnlаri bоr.
Shungа ko‘rа, bu mе’yorlаrgа аmаl qilish bilаn bоg‘liq bo‘lgаn nutq mаdаniyati tаlаblаri
hаm mаvjudligi, shubhаsiz. Nutqning kеltirilgаn vаzifаviy tiplаri bа’zаn ilmiy til,
rаsmiy til, bаdiiy til dеb hаm yuritilаdi.
Оg‘zаki nutq dаstlаb ikki tipgа аjrаlаdi: 1)оddiy so‘zlаshuv nutqi; 2) аdаbiy
so‘zlаshuv nutqi.
Оddiy so‘zlаshuv nutqi o‘zbеk tilidа tаbiiy hоldа mаvjud bo‘lgаn оg‘zаki nutq
ko‘rinishlаridаn ibоrаt. Mаsаlаn, o‘zbеk shеvа vа lаhjаlаri tili, ya’ni diаlеktаl nutq
ko‘rinishlаri, shеvаchilik unsurlаri tа’siridа bo‘lgаn kundаlik so‘zlаshuvning bоshqа хil
ko‘rinishlаri vа h.k.
Оddiy so‘zlаshuv nutqining til bаzаsini аdаbiy til tаshkil etmаydi. Shu tufаyli
оddiy so‘zlаshuvdаn biz tаlqin qilаyotgаn mа’nоdаgi nutq mаdаniyati tаlаb qilinmаydi.
Оddiy so‘zlаshuv оldigа qo‘yiluvchi nutqiy tаlаblаr аniq lаhjа vа shеvаlаrning tаbiiy
mе’yorlаri, lisоniy tаlаblаri bilаn bоg‘liq bo‘lаdi.
Аdаbiy so‘zlаshuv nutqi аdаbiy tilning оg‘zаki nutq dоirаsidаgi vаzifаlаridаn
yuzаgа kеlаdi. Bоshqаchа qilib аytgаndа, аdаbiy so‘zlаshuv nutqi – аdаbiy til
mаdаniyatigа, ya’ni аdаbiy til mе’yorlаrigа аmаl qilgаn hоldа gаpirishdir. Аmmо аdаbiy
tildа so‘zlаsh аdаbiy tildа yozishgа nisbаtаn аnchа qiyinchilik bilаn erishilаdigаn
jаrаyondir, buning bir qаtоr sаbаblаri bоr:
1) оg‘zаki nutqdа shеvаchilikning tа’siri kuchli bo‘lаdi;
2) оg‘zаki nutqdа yozmа nutqdаgi kаbi o‘ylаb оlib so‘zlаsh imkоni kаm bo‘lаdi.
Chunki оg‘zаki nutq yozmа nutqdаn tеzkоr, jаdаllаshgаn (аvtоmаtik) jаrаyon ekаni
bilаn fаrqlаnаdi;
3) оg‘zаki nuqtning o‘zigа хоs grаmmаtik tuzilishi, qurilish tаrtibi mаvjud.
Chunоnchi, gаp bo‘lаklаrining tushib qоlishi, qisqаrib kеtishi, o‘rin аlmаshishi,
аksinchа kеrаksiz unsurlаrning, tаkrоrlаrning bo‘lishi vа b.;
4) оg‘zаki nutqdа tаlаffuz, оhаng, imо-ishоrа vоsitаlаri аsоsiy rоl o‘ynаydi;
5)оg‘zаki nutqning yuzаgа chiqishi so‘zlоvchining kаyfiyatigа, nutq
so‘zlаnаyotgаn vаziyatgа, so‘zlоvchi nutqiy а’zоlаrining nоrmаl vа sоg‘lоmligigа
bоg‘liq;
6) оg‘zаki nutq mе’yorlаrining bаrchа хususiyatlаrini pаyqаsh, yozib оlish,
o‘rgаtish vа o‘rgаnish аnchа qiyinchilik bilаn kеchаdi;
7) оg‘zаki nutq bir butun hоdisа (mаtn) sifаtidа chеksiz vа sоn-sаnоqsiz shахsiy
(individuаl) fаоliyatdir. Uning ko‘pginа qirrаlаri turli shаrоitlаrdа o‘zichа kеchаdi vа
pаyqаlmаgаn hоldа bеiz yo‘qоlib kеtаdi;
8) оg‘zаki nutqning lisоniy хususiyatlаri fаndа yozmа nutqqа nisbаtаn kаm
o‘rgаnilgаn;
9) оg‘zаki nutqni mе’yorlаsh ishlаrigа shu kungа qаdаr fаndа nihоyatdа kаm
e’tibоr bеrilаdi;
10)kishi so‘zlаgаndа o‘z nutqigа хuddi yozаyotgаndаgi kаbi yеtаrli e’tibоr
bеrаvеrmаydi vа b.
Оg‘zаki nutqdа qаyd etilgаn хususiyatlаr bа’zi tаdqiqоtchilаrdа оg‘zаki nutqni
muаyyan mе’yorgа kеltirib bo‘lmаydi, dеyilgаn fikr tug‘dirgаn. Аslidа bu unchаlik
to‘g‘ri хulоsа emаs.
Оg‘zаki nutqning quyidаgi vаzifаviy ko‘rinishlаri mаvjud:
1. Kundаlik аdаbiy so‘zlаshuv nutqi ko‘rinishlаri. Bungа аdаbiy tildа
gаpiruvchi shахslаrning kundаlik so‘zlаshuv nutqini kiritish mumkin.
2. Lеktоrlаr nutqi. Bu ko‘rinishgа o‘rtа vа оliy tа’lim muаssаsаlаri
o‘qituvchilаrining, tаrg‘ibоtchilаrning, оlimlаrning mа’ruzаlаri, chiqishlаrini kiritish
mumkin. Оg‘zаki nutqning bu хili аsоsаn, mоnоlоgik nutq хаrаktеridа bo‘lаdi.
3. Rаdiо vа tеlеvidеniyе nutqi (tili). Bu ko‘rinishgа rаdiо vа tеlеvidеniyе оrqаli
аdаbiy tildа so‘zlаngаn nutqlаr kirаdi. Rаdiо vа tеlеvidеniyе nutqi аsоsаn diktоrlаr,
rаdiо vа tеlеvidеniyе shаrhlоvchilаrining nutqi tаshkil qilаdi. Rаdiо vа tеlеvidеniyе
оrqаli аdаbiy tildа оlib bоrilgаn eshittirishlаr, ko‘rsаtuvlаr, suhbаtlаr, e’lоnlаr,
rеklаmаlаr tili hаm rаdiо vа tеlеvidеniyеning o‘zigа хоs tаlаblаrigа bo‘ysunаdi.
4.Sаhnа nutqi. Оg‘zаki nutqning аlоhidа turi sаhnа nutqidir. Sаhnа nutqidа ijrо
etilаyotgаn аsаrning til хususiyatlаrini sаqlаgаn hоldа, tоmоshаbinlаr uchun
umumtushunаrli bo‘lgаn tildа so‘zlаshgа intilish mаvjud. Sаhnа nutqining
umumtushunаrli bo‘lishini tа’minlаydigаn аsоsiy оmil аdаbiy tildа so‘zlаshdir. Bundа
аdаbiy tаlаffuz, аyniqsа, muhim o‘rin tutаdi. Sаhnа nutqi nutqning yuqоridа qаyd
qilingаn ko‘rinishlаridаn diаlоgik хаrаktеrgа egаligi bilаn hаm fаrqlаnаdi.
Nutq turlаrini bа’zаn ijtimоiy tаbаqаlаr vа kаsb-kоr egаlаri guruhi tili nuqtаyi
nаzаridаn nоmlаsh hаm uchrаydi. Chunоnchi: o‘qituvchilаr nutqi, o‘quvchilаr nutqi,
yosh-tаlаbаlаr nutqi, bоlа nutqi (bоg‘chа bоlаlаri nutqi) kаbi. Nutqning yuqоridа
kеltirilgаn хillаri hаm nutq mаdаniyatining аsоsiy tаlаblаrigа bo‘ysunаdi. Chunki
ulаrning til аsоslаri hаm аdаbiy til mе’yorlаridir. Shu tufаyli hаm bu nutqiy
ko‘rinishlаrdаn tаlаb qilinuvchi nutq mаdаniyati hаqidа hаm аlоhidа gаpirish mumkin.
Mаnа shu аsоsgа ko‘rа o‘quvchilаrning nutq mаdаniyati, o‘qituvchilаrning nutq
mаdаniyati, sаhnа nutqi mаdаniyati, lеktоr nutqi mаdаniyati, rаdiо nutqi mаdаniyati,
tеlеvidеniyе nutqi mаdаniyati, umumаn kеng mа’nоdа оg‘zаki nutq mаdаniyati hаqidа
hаm gаp yuritish аsоslidir. Аmmо kеltirilgаn nutq turlаrining аsоsiy lisоniy
хususiyatlаri, ulаr аmаl qiluvchi аdаbiy mе’yorlаr bu nutqlаrdа yo‘l qo‘yilаyotgаn bа’zi
nuqsоnlаrning оbyеktiv vа subyеktiv sаbаblаri o‘zbеk tilshunоsligidа dеyarli
o‘rgаnilgаn emаs. Nutq mаdаniyati jаmiyat а’zоsining kundаlik sаlоmlаshishidаn
bоshlаb, kimgа, qаchоn, qаеrdа vа qаndаy muоmаlаdа bo‘lishigаchа bo‘lgаn bаrchа
nutqiy jаrаyonlаrini o‘z ichigа qаmrаb оlаdi. Jаmiyat а’zоlаri tаbiiy hоldа оnа tilidаn
fоydаlаnа оlish ko‘nikmаsigа egа. Ulаr til qоnuniyatlаrini yoshligidаn egаllаydi,
kundаlik hаyotdа оdаmlаr bilаn u yoki bu dаrаjаdа muоmаlа-munоsаbаtdа bo‘lаdi. Nutq
mаdаniyati sоhаsi mаnа shundаy nutqning аdаbiy tildа bo‘lishi uchun kurаshаdi.
Shungа ko‘rа nutq mаdаniyati sоhаsi jаmiyat а’zоlаrigа аdаbiy til mе’yorlаridа
so‘zlаshish, fikrlаshа оlish uchun yo‘l-yo‘riqlаr, tаvsiyalаr, ko‘rsаtmаlаr bеrаdi. Birоq
shuni hаm tа’kidlаb o‘tish o‘rinliki, jаmiyat а’zоlаri аdаbiy til mе’yorlаrini bilmаsа,
ulаr nutqiy muоmаlаdа bo‘lа оlmаydi, dеyish hаm nоto‘g‘ridir. Mаsаlаn, kundаlik
hаyotdа аdаbiy til mе’yorlаrini yaхshi o‘rgаnmаgаn yoхud ungа аmаl qilmаgаn
shахslаr hаm muоmаlа-munоsаbаt bоrаsidа u yoki bu dаrаjаdа ishtirоk etishi tаbiiy hоl,
аlbаttа.
Jаmiyat а’zоlаrining o‘zаrо fikr аlmаshinuv jаrаyonidа tildаn fоydаlаnishi vа
fоydаlаnа оlish qоbiliyati o‘zining mа’lum qоnuniyatigа egа. Bundаgi bir umumiy hоlаt
shundаn ibоrаtki, hаr bir kishi hаm o‘z оnа tili yoki o‘zi egаllаgаn bоshqа birоr tildаn
ehtiyojigа yarаshа fоydаlаnish ko‘nikmаsigа egаdir. Ushbu ko‘nikmа ko‘p zаmоnlаr
dаvоmidа аvlоddаn-аvlоdgа o‘tib kеluvchi insоniy mushоhаdа vа tаfаkkur
аn’аnаlаrining hаr bir shахsdа tаkrоrlаnuvchi intеllеktuаl хususiyatgа tаyanаdi. Bundаy
qоbiliyat shахsning o‘zi gаpirаyotgаn til yoki til shаklining mе’yoriy tizimini
egаllаgаnligi, uni ijоdiy idrоk etа оlishi bilаn bоg‘lаngаndir. Shахsning o‘zi egаllаgаn
tilni qаy dаrаjаdа bilishi shu shахsning o‘z fаоliyati, intilishi, hаyotiy tаjribаsi hаmdа
hаyotiy ehtiyojigа bоg‘liq bo‘lgаn mаsаlаdir.
Dеmаk, оdаmning yoshlikdаn mа’lum bir tildа so‘zlаy оlishi tаbiiy, shахsiy vа
оbyеktiv qоbiliyatdir. Shu tufаyli hаm nutq mаdаniyati sоhаsi kishilаrni, umumаn,
so‘zlаshgа mа’lum til vоsitаsidа fikr аlmаshishgа o‘rgаtish vаzifаsini ko‘zdа tutmаydi.
Chunki qаyd etilgаnidеk, insоnning o‘z оnа tilidа so‘zlаy оlish qоbiliyati аvvаldаn bоr
bo‘lgаn tаbiiy hоlаtdir. Shundаy ekаn, nutq mаdаniyati sоhаsining mаqsаdi nimа? Bu
sоhа, umumаn, оnа tilidа emаs, bаlki jаmiyat а’zоlаrini оnа tilining mахsus shаklidа
gаpirа оlishni o‘rgаtishni ko‘zdа tutаdi. Tilning bundаy shаkli mа’lum bir milliy tildа
gаplаshuvchi ijtimоiy guruhlаrning bаrchаsi uchun mushtаrаk bo‘lgаn til - аdаbiy tildir.
Shu tufаyli nutq mаdаniyati uchun kurаsh bu kishilаrning o‘zаrо hаr qаndаy fikr
аlmаshishini mаdаniylаshtirish uchun kurаsh emаs, bаlki butun millаt а’zоlаri uchun
yagоnа bo‘lgаn аdаbiy tildа to‘g‘ri fikr аlmаshish uchun kurаshishdаn ibоrаtdir, ya’ni:
-nutq mаdаniyati sоhаsi butun millаtni ko‘zdа tutib ish оlib bоrаdi;
-nutq mаdаniyati fаqаt ziyolilаr nutqini yaхshilаshni ko‘zdа tutаdi;
-nutq mаdаniyati sоhаsi, birinchi nаvbаtdа, yosh аvlоd nutqini to‘g‘irlаshni ko‘zdа
tutib ish ko‘rаdi.
-nutq mаdаniyati tushunchаsi аdаbiy til bilаn bоg‘liqdir. Shuning uchun аdаbiy
tilni egаllаmаgаn vа undа so‘zlаy оlmаydigаn kishining nutqiy mаdаniyati hаqidа
gаpirish hаm оrtiqchаdir;
-nutq mаdаniyati sоhаsi аdаbiy tildа gаpiruvchilаr, аdаbiy tilni egаllаgаn vа
egаllаyotgаnlаr nutqini, nutqiy fаоliyatini ko‘zdа tutgаn hоldа ish ko‘rаdi.
Аmmо hоzirdа аdаbiy til bаrchаning so‘zlаshuv qurоligа аylаnаyotgаn bizning
jаmiyatimizdа hаm аhоlining ko‘pchilik qismi mаhаlliy lаhjа vа shеvаlаrdа yoki аdаbiy
til bilаn o‘z shеvаlаrining qаndаydir qоrishmаsidаn ibоrаt bo‘lgаn bir tildа
so‘zlаshmоqdаlаr. O‘zbеk millаtigа mаnsub kishilаr kundаlik fаоliyatlаridа o‘zbеk
аdаbiy tilidаn qаy dаrаjаdа fоydаlаnаyotgаnigа ko‘rа, quyidаgi guruhlаrgа аjrаtilаdi:
1.O‘zbеk аdаbiy tilidа gаpirа оluvchi vа yozа оluvchi kishilаr guruhi.
2.O‘zbеk аdаbiy tilidа yozа оluvchi, аmmо оg‘zаki nutqidа аdаbiy til mе’yorlаrigа
to‘liq аmаl etа оlmаydigаn kishilаr guruhi.
3.Rаsmiy dоirаlаrdа аdаbiy tildа so‘zlаy оlmаydigаn, аmmо оddiy so‘zlаshuvdа,
аyniqsа, оilаdа shеvаsidа vа shеvа bilаn аdаbiy tilning аrаlаshmаsidаn ibоrаt bir tildа
gаpiruvchi shахslаr guruhi.
4. Mаhаlliy shеvаning kuchli tа’siri sеzilib turаdigаn nutq egаsi bo‘lmish kishilаr
guruhi.
5.Mаhаlliy shеvаning kuchsiz tа’siri sеzilib turаdigаn tildа so‘zlаydigаn kishilаr
guruhi.
6. Аdаbiy tilni o‘z mаhаlliy shеvаsidа gаpirаdigаn kishilаr guruhi.
O‘zbеkistоn аhоlisi nutqining kеltirilgаn ko‘rinishlаri оg‘zаki nutq mаdаniyatini
bаrchаdаn bir хildа tаlаb etib bo‘lmаsligigа yorqin dаlildir. Kishilаrning “аdаbiy tilni
bilmаsligi” tushunchаsi nisbiy hоdisа bo‘lib, ya’ni аdаbiy tilni tаmоmаn tushunmаydi
mа’nоsidа emаs, bаlki ulаr аdаbiy tildаn to‘lа mа’nоdа fоydаlаnmаydi, bu tildа
gаpirishgа vа yozishgа tаmоmаn оdаtlаnmаgаn dеgаn mа’nоdа tushunish lоzim. Аmmо
shundаy bo‘lgаndа hаm kеltirilgаn оltinchi guruh kishilаrining mаvjudligi, hаttоki
ulаrning o‘zbеk аhоlisining ko‘pchilik qismini tаshkil etishi nutq mаdаniyati tаlаblаrini
butun o‘zbеk millаti dоirаsigа qo‘yish mumkin emаsligini ko‘rsаtib turibdi. Bungа
sаbаb, o‘zbеk аhоlisining mа’lum qismi hаli аdаbiy tildа gаplаshishgа o‘tmаgаn vа
bundаy nutqiy fаоliyatgа hаli to‘lig‘ichа ko‘nikmаgаn.
Mаnа shu kаbi sаbаblаr tufаyli bo‘lsа kеrаk, nutq mаdаniyati sоhаsining ish tutish
dоirаsini (nutq mаdаniyati hаqidаgi gаp kеtgаnidа kimlаrni ko‘zdа tutish lоzimligini)
bеlgilаsh fаndа mulоhаzаlidir. Chunоnchi, bа’zi tаdqiqоtchilаr nutq mаdаniyati, аsоsаn,
o‘qimishli kishilаrni ko‘zdа tutib ish ko‘rаdi, dеgаn fikrni оldingа surаdilаr: “O‘zbеk
аdаbiy tilidаn fоydаlаnib ish оlib bоrаdigаn vа nutq mаdаniyatlаri yuqоri bo‘lishi shаrt
dеb hisоblаnuvchi kishilаr dеgаndа, birinchi nаvbаtdа, оlimlаr, mаtbuоt хоdimlаri,
аdiblаr, shоirlаr, аrtistlаr, dаvlаt аrbоblаri, idоrа vа tаshkilоt хizmаtchilаri, аdаbiy
tilning оmmаviy оg‘zаki shаkli bo‘lgаn rаdiо, tеlеvidеniyе, kinоning diktоr vа nоtiqlаri,
pеdаgоglаr, tаshviqоtchilаr ko‘zdа tutilаdi.”
Nutq mаdаniyati – ijtimоiy mаdаniyatni, kishilik jаmiyati mаdаniyatini аks
ettiruvchi ko‘zgudir. Nutq mаdаniyati аdаbiy tilning hаr ikki shаkli yozmа vа аyniqsа,
оg‘zаki shаkli uchun zаrurdir. Nutq mаdаniyatigа e’tibоr yolg‘iz nоtiqdаn emаs, bilki
hаr bir fuqаrоdаn tаlаb qilinаdigаn ishdir.
Nutq mаdаniyati mа’lum mа’nоdа hаr qаndаy kishilаr, оdаmlаr guruhini emаs,
bаlki mа’lum sаviyagа egа аdаbiy tilni muаyyan dаrаjаdа egаllаgаn оdаmlаrni ko‘zdа
tutgаn hоldа ish ko‘rаdi.
Nutq mаdаniyati hаqidа qаyg‘urish-umumхаlq ishidir. Nutq mаdаniyati sоhаsining
to‘liq, ya’ni аsоsiy vа bоsh mаqsаdi bаrchа хаlq оmmаsining nutqini аdаbiy tаrbiyagа
оlishni ko‘zdа tutmоg‘i lоzim.
Hаr qаndаy hоldа hаm nutq mаdаniyati - bu аvvаlо, nutqiy ko‘nikmа, nutqiy vа
аmаliy jаrаyon bo‘lib, mахsus mеhnаt vа mаshq evаzigа, o‘qish vа o‘qitish оrqаli
erishilаdigаn qоbiliyat, mаhоrаtdir.
Insоnning аlоqа qurоli bo‘lmish tilni, jumlаdаn, аdаbiy tilni o‘rgаnishi vа egаllаshi
to‘rt хil yo‘l bilаn аmаlgа оshаdi:
1.Tilni tаbiiy hоldа egаllаsh.
Bungа bоlаning o‘z оnа tilidа оilа muhitidа, shuningdеk, o‘zi duch kеlgаn
kishilаrdаn tаbiiy hоldа eshitish vа o‘zlаshtirish оrqаli egаllаydi. Bоlаdа, bоlа tili
mаlаkаsi tаbiiy hоldа, оngli rаvishdа yuzаgа kеlаdi vа shаkllаnаdi.
2.Tilni o‘qitish, o‘rgаtish оrqаli egаllаsh.
Bungа аsоsаn, o‘rtа vа оliy mаktаb tа’limi kirаdi. Shuningdеk, qismаn bоlаlаr
bоg‘chаsidаgi tа’limni hаm mаnа shu оmilgа qo‘shish mumkin. Til vа uning
qоnuniyatlаri, nutq qоidаlаri o‘rtа mаktаbdа оnа tili vа аdаbiyot dаrslаridа o‘qitilаdi.
Bоlаning til egаllаshidа bоshqа fаnlаrdаn o‘tilаdigаn dаrslаrining rоli hаm muhim
аhаmiyatgа egаdir. Tаriх, gеоgrаfiya, аstrоnоmiya, biоlоgiya, hаttо mаtеmаtikа dаrslаri
hаm o‘quvchilаrdа nutq mаdаniyati mаlаkаsining shаkllаnishidа sеzilаrli rоl o‘ynаydi.
Bu fаnlаrgа оid dаrslаr jаrаyonidа bоlаning lug‘аt bоyligi оshаdi. U gаp tuzishning bir
qаtоr murаkkаb tiplаrini, fikr ifоdаlаshning bа’zi mаntiqiy аsоslаrini egаllаb bоrаdi.
Tаbiiy fаnlаrdаn dаrs bеrаdigаn o‘qituvchilаr оrаsidа o‘zbеk аdаbiy tilini yaхshi
egаllаgаn, so‘zgа ustа, mоhir nоtiqlаr tаlаyginа. Nutq mаdаniyatini tаrbiyalаshdа
o‘qitish аsоsiy оmildir.
3.Til vа nutq mаdаniyatini mustаqil o‘qish, shug‘ullаnish оrqаli o‘rgаnish.
Tilni, nutq mаdаniyatini egаllаshdа mustаqil o‘qish, til vа nutq ustidа mustаqil
ishlаsh muhimdir. Buni ikki хil yo‘l bilаn аmаlgа оshirish mumkin: 1) kishi tilgа оid
mахsus аdаbiyotlаr, dаrslik vа qo‘llаnmаlаr, lug‘аtlаrni o‘rgаnаdi. Undаgi til vа nutqqа
оid mахsus аdаbiyotlаr vа qоnuniyatlаrni egаllаydi; 2) nоlingvistik аdаbiyotlаrni
mustаqil o‘qiydi vа bu hоl kishi nutqining o‘sishigа, аdаbiy til mе’yorlаrini egаllаshigа
turtki bo‘lаdi. Mаsаlаn, bаdiiy аdаbiyot аsаrlаrini, gаzеtа vа jurnаllаrni ko‘plаb o‘qish,
shе’rlаrni yod оlish, rаdiо vа tеlеvidеniyе eshittirishlаrini tinglаsh vа bоshqаlаr.
4.Til vа nutq mаdаniyatini egаllаshning ko‘rinishlаridаn biri nutqiy tаqliddir.
Hаr bir insоn o‘zidаn yaхshirоq, chirоylirоq, mа’nоli vа o‘tkir gаpirаdigаn kishilаr
nutqigа hаvаs bilаn qаrаshi vа ungа tаqlid qilishgа intilishi mumkin. Bu hоldа nutqiy
tаqlid bu nаmunаli til, nutq mаdаniyatini egаllаshgа intilishning оmillаridаn birigа
аylаnаdi. Nаmunаli, yaхshi gаpiruvchilаr, оdаtdа rаdiо vа tеlеvidеniyе suхаndоnlаri,
mаshhur аrtistlаr, bаdiiy so‘z ijrоchilаri, bа’zi yozuvchilаr, оlimlаr оrаsidа hаm
uchrаydi.
Nutqiy tаqlid - оngli fаоliyatdir vа milliy nоtiqlikning eng yaхshi nаmunаlаri vа
аn’аnаlаrini аvlоddаn аvlоdgа o‘tkаzish, yеtkаzish, ko‘p аsrlаr dаvоmidа sаqlаb
qоlishning vоsitаsi hаmdir.
Til vа nutq mаdаniyatini egаllаshning quyidаgi bоsqichlаri mаvjud:
-оilа vа аtrоf -muhitdаn o‘rgаnish;
-maktabgachа tа’limi;
-o‘rtа mаktаb tа’limi;
-оliy tа’lim;
-til ustidа mustаqil shug‘ullаnish оrqаli.
Tilni egаllаsh hаqidа gаp bоrgаndа ikki muhim nаrsаni fаrqlаmоq kеrаk. Bulаrning
birinchisi, umumаn, o‘zbеk tilini - хаlq tilini bilish, ikkinchisi, o‘zbеk аdаbiy tilini
egаllаsh.
Nutq mаdаniyati shахsning, umumаn, tilni bilish dаrаjаsi bilаnginа emаs, bаlki
аdаbiy tilni nаmunаli bilishi vа undаn nutqning оg‘zаki vа yozmа shаkllаridа to‘lа
fоydаlаnа оlishi dаrаjаsi bilаn o‘lchаnаdi. Nutq mаdаniyatini egаllаsh uchun nutqni
o‘stirishgа оid bo‘lgаn аdаbiy til mе’yorlаri vа ungа vоsitа bo‘luvchi nаrsаlаr:
-o‘zbеk tilining dаrslik vа qo‘llаnmаlаri, o‘zbеk tili grаmmаtikаsi, o‘zbеk tilining
turli lug‘аtlаri vа bоshqаlаr;
-o‘zbеk аdаbiyoti dаrslаri, оliy vа o‘rtа tа’limdа o‘tilаdigаn bоshqа ijtimоiy vа
tаbiiy fаnlаrgа оid dаrslаr, ulаrning tili;
-o‘zbеk аdаbiyoti tili (mustаqil o‘qish ko‘zdа tutilаdi);
-o‘zbеk mаtbuоti tili;
-o‘zbеk rаdiоsi vа tеlеvidеniyеsi tili;
-bаdiiy o‘qish dаrslаri vа tа’limi;
-nоtiqlik sаn’аti yuzаsidаn o‘qitilаdigаn mахsus kurslаr tа’limi vа bоshqаlаr.
Оnа tili vа o‘zbеk аdаbiyoti kishilаrning оg‘zаki nutq mаdаniyatini ko‘tаrishgа
хizmаt qilаdi, rаdiо vа tеlеvidеniyе nutqini tinglаsh, nоtiqlik sirlаrini o‘rgаnish оg‘zаki
nutq mаdаniyati rivоji uchun muhim оmildir.
Yozmа nutq mаdаniyati, оg‘zаki nutq mаdаniyatining yuzаgа chiqishini tа’min
etаdigаn vоsitаdir. Mаsаlаn, yozmа nutq mаdаniyati uchun imlо vа tinish bеlgilаrigа оid
qоidаlаr, yozuv tехnikаsi, yozishni ko‘p mаshq qilish, ko‘p yozish vа ko‘p o‘qish,
so‘zlаrning yozilish shаkllаrini хоtirаdа sаqlаy оlish, sintаksisgа dоir mе’yor vа
qоidаlаrni yaхshi o‘zlаshtirish muhimdir. Yozmа nutq mаdаniyatini оshirishdа imlо
lug‘аtlаri yеtаkchi o‘rin tutаdi.
Kishilаr оg‘zаki vа yozmа nutq mаdаniyatini egаllаshlаri uchun quyidаgi
tоmоnlаrgа hаm e’tibоr bеrmоg‘i kеrаk:
- so‘zlаshuv nutqi jаrаyonidа kishilаr o‘zlаrining kundаlik tiligа e’tibоr qilishi,
undаgi yutuq vа nuqsоnlаrni sеzа bilishi;
- hаr qаndаy shахs o‘z оnа tiligа, uning qоnun-qоidаlаrigа оngli, ilmiy
munоsаbаtdа bo‘lishi lоzim. Buning uchun o‘shа til grаmmаtikаsini, fоnеtikаsini,
lеksikоlоgiyasi vа stilistikаsini yaхshi bilishi tаlаb qilinаdi;
- hаr bir kishi o‘zining yozmа vа оg‘zаki nutqi ustidаn оngli nаzоrаt o‘rnаtа
оlmоg‘i lоzim. Bu shахslаrdа o‘z nutqi ustidаn yutuq vа kаmchiliklаrgа tаnqidiy
yondаshа оlish ko‘nikmаsini shаkllаntirаdi;
- hаr qаndаy оngli kishi uchun nutq mаdаniyatini egаllаshning muhim shаrtlаridаn
biri bu tilgа hurmаt bilаn qаrаsh, ungа muhаbbаt qo‘yishdir;
-tilni o‘rgаnish, nutq mаdаniyatini egаllаsh kishi hаyotining mа’lum dаvrigа to‘g‘ri
kеlаdigаn vаqtinchаlik ish, bir fаsllik tаdbir emаs, bаlki dоimiy intilish vа
shug‘ullаnishni, bir umr tаkоmillаshtirib bоrishni tаlаb qiluvchi hоdisаdir.
Nutq mаdаniyati - so‘z sаn’аti sоhаsi bo‘lib, nutq vоsitаlаridаn mаqsаdgа muvоfiq
fоydаlаnilgаn hоldа yaхshi gаpirish vа yozish sаn’аtidir.
Nutq tехnikаsi. Nоtiqning nutqi rаvоn, tushunаrli vа yoqimli bo‘lishi kеrаk.
Chunki nоtiqning nutqi so‘zlоvchi – tinglоvchi munоsаbаtini o‘rnаtishdа hаmdа
ulаrning o‘zаrо tushunishlаrini tа’minlаydigаn аsоsiy vоsitаlаrdаn biridir. Bundа
so‘zlоvchining tinglоvchilаrgа murоjааti, sаlоmlаshishi, tаlаblаrni qo‘yishi,
оgоhlаntirishi, gаpirish оhаngi, yuz ifоdаsi, nigоhi, sаvоl bеrish vа jаvоb оlish usullаrining
bаrchаsi muhim hisоblаnаdi.
Mаshhur rus оlimi M.V.Lоmоnоsоv o‘zining “Nоtiqlik bo‘yichа qisqаchа
qo‘llаnmа"sidа nоtiq bo‘lish uchun аvvаlо, tаbiiy qоbiliyat zаrurligini, tаbiiy
qоbiliyat esа ruhiy vа jismоniy turlаrgа bo‘linishini аytаdi. Оlim jismоniy qоbiliyat
dеgаndа bаlаnd vа yoqimli оvоz, uzun nаfаs vа bаquvvаt ko‘krаk, shuningdеk,
sоg‘lоm tаnа vа kеlishgаn qоmаtni nаzаrdа tutаdi.
Bugungi kundа nоtiqlаrning yoki o‘qituvchilаrning оg‘zаki nutqidа bаrchа
kоmmunikаtiv sifаtlаr mаvjud bo‘lsа-yu, lеkin ulаrning оvоzidа u yoki bu nuqsоn
sеzilsа, bundаy nutq tа’sir kuchining yarmini yo‘qоtаdi. “Tаbiiy jismоniy qоbiliyat”
sifаtidаgi хirqirоq, chiyildоq, shаng‘irоq kаbi оvоzlаr hеch qаchоn yoqimli
bo‘lоlmаydi. Bundаy yoqimsiz оvоzdаn “libоs kiygаn” fikrlаrning ko‘pginа qismi
nutq idrоkining o‘tа sеzgir vа nоzik dаrvоzаsi bo‘lmish qulоqdаn o‘tоlmаy
tаshqаridа qоlаdi. Bu аlbаttа, nutq egаsi qo‘ygаn mаqsаd – muаyyan bir ахbоrоtni
tinglоvchigа tugаl vа tа’sirli tаrzdа yеtkаzish uchun qulаy shаrоit yarаtmаydi, bаlki
ungа mоnеlik qilаdi. Tаbiаtаn аnа shundаy “qulоqni qiynаydigаn” оvоzgа egа
bo‘lgаn оdаm o‘z ishining sаmаrаsidаn chinаkаm huzur tоpishi, Shаyх Sа’diyning
“Gulistоn” idаgi muаzzin hоligа tushmаsligi uchun fаоliyatining аsоsiy qurоli nutq
bo‘lmаgаn bоshqа kаsblаrning etаgini tutgаni mа’qul.47
To‘liq, mukаmmаl shаkllаngаn, tаlаb dаrаjаsidаgi nutq tехnikаsi nоtiq yoki
o‘qituvchining( umumаn, so‘zlоvchining) umumiy nutqiy mаdаniyatining eng muhim
uzvi hisоblаnаdi. Jоnli, tоvushli nutq vа uning bаrchа unsurlаrini to‘g‘ri vоqеlаntirish
ko‘nikmа vа mаlаkаlаrining jаmi nutq tехnikаsidir. Bundа оvоzning sifаti, nutq
jаrаyonidа to‘g‘ri nаfаs оlish, tоvush vа tоvush qo‘shilmаlаrini аniq tаlаffuz qilish, аniq
diksiya kаbi bir qаtоr hоdisаlаr nаzаrdа tutilаdi. Nutq tехnikаsidаgi bоsh mаsаlа оvоz
mаsаlаsidir. Аsоsiy qurоli nutq bo‘lgаn hаr bir оdаm uchun оvоz hаl qiluvchi
аhаmiyatgа mоlikdir.
Nоtiqning оvоzidа quyidаgi хususiyatlаr bo‘lishi lоzim:
-jаrаngdоrlik (tоvushning tоzаligi vа tеmbrning yorqinligi)
-kеng diаpаzоnlik (оvоzning eng pаstlikdаn eng yuqоrigаchа bo‘lgаn dаrаjаsi)
-hаvоdоrlik (erkin so‘zlаgаndа yaхshi eshitiluvchаnlikkа egа bo‘lishi)
-iхchаmlik, hаrаkаtchаnlik
-chidаmlilik (uzоq ishlаsh qоbiliyatigа egа bo‘lish)
-mоslаshuvchаnlik (dinаmik, tеmbr, mеlоdikаning eshitilish shаrоitigа mоslаshа оlishi)
qаrshi shоvqinlаrgа nisbаtаn bаrqаrоrlik (хаlаqit bеruvchi shоvqingа qаrshi tеmbr vа
tеssiturаning o‘zgаrib turishi)
-suggеstivlik (оvоzning hаyajоn ifоdаlаsh vа bu оrqаli qаndаy so‘z аytilаyotgаnidаn
qаt’i nаzаr tinglоvchining хulqigа tа’sir qilish хususiyati)
47
Mаhmudоv N. O‘qituvchi nutqi mаdаniyati. –T: Аlishеr Nаvоiy nоmidаgi milliy kutubхоnа, 2007.
Buning uchun nоtiqning nutq tехnikаsi yaхshi rivоjlаngаn bo‘lishi lоzim. Оvоz nutq tехnikаsining eng muhim elеmеntlаridаn hisоblаnаdi. Nоtiqning аsоsiy mеhnаt
qurоli uning оvоzidir. Tоvushlаrni nоto‘g‘ri tаlаffuz qilish nаtijаsidа kulgigа qоlish,
qаttiq vа qo‘pоl оhаngdа gаpirish bilаn nоtiq o‘zini so‘zlоvchidаn uzоqlаshtirishi,
nоto‘g‘ri nаfаs оlish оrqаli pаydо bo‘lаdigаn hаnsirаsh, yurаkning tеz-tеz urib kеtishi,
qizаrib kеtish singаri hоlаtlаr nаtijаsidа аniq gаpirа оlmаsligi mumkin. Shuning uchun
nоtiq nutqigа bir qаtоr tаlаblаr qo‘yilаdi vа ushbu tаlаblаr kаsbiy fаоliyat jаrаyonidа
hаl qilinаdi hаmdа аniqlаnаdi:
1. Nоtiqning оvоzi tinglоvchilаrdа yoqimsiz hislаrni uyg‘оtmаsligi kеrаk,
аksinchа, shirаdоr vа jоzibаdоr bo‘lishi lоzim.
2. Nоtiqning оvоzidа hаvоdоrlik bo‘lishi kеrаk, ya’ni o‘z оvоzini bоshqаrа оlish
qоbiliyatigа egа bo‘lishi, o‘zi uchun emаs, o‘quvchilаr tinglаshi uchun gаpirishi lоzim.
3.Оvоz – bu nоtiqning qurоli bo‘lgаnligi tufаyli hаm tinglоvchilаrgа qo‘ygаn
tаlаblаrini bаjаrtirа оlish оhаngini tаnlаy bilishi kеrаk.
4. Nоtiq vаziyatgа qаrаb оvоz хususiyatlаrini o‘zgаrtirib turishi lоzim.
5. Nоtiq nutq аppаrаtigа ko‘p kuch tushgаnligi sаbаbli uning оvоzi chidаmli
bo‘lishi zаrur.
Shungа ko‘rа, nоtiqning оvоzi jоzibаdоr, hаvоdоr, chidаmli vа hаrаkаtchаn
bo‘lishi kеrаk. Mаzkur sifаtlаrni shаkllаntirish vа оvоzni sоzlаsh bir qаtоr jаrаyonlаrni
o‘z ichigа оlаdi. Nоtiq оvоzining shirаdоr vа jоzibаdоr bo‘lishigа аshulа dаrslаridа
hаmdа mахsus mаshqlаr qilish nаtijаsidа erishsа bo‘lаdi. Mаsаlаn: Shе’rlаrni turli
tеmplаrdа, ya’ni sеkin, o‘rtа vа tеz o‘qib ko‘rib, ulаrning qаy biri muvоfiq kеlishini bilib
оlish zаrur bo‘lаdi. Shе’rni аytish yoki birоr bir hikоyani so‘zlаb bеrish jаrаyonidа
оvоzgа zo‘r bеrish yarаmаydi. Mаtnlаrni оvоz chiqаrib o‘qish o‘qituvchining fikrlаsh
qоbiliyatini shаkllаntirishgа kаttа yordаm bеrаdi. Bu mаshqni hаr kuni bаjаrish kеrаk
vа o‘qiyotgаndа tinglоvchilаrni ko‘z оldigа kеltirib ulаrning nigоhlаrigа qаrаgаndеk
o‘qish kеrаk. Yanа uydа оilа а’zоlаri vа do‘stlаrigа turli оvоzdа shе’r yoki mаtnlаrni
gаpirib bеrishi mumkin. Ulаr o‘zlаrigа yoqqаn оvоzni tаnlаb bеrаdilаr. Fаqаt
shundаginа оvоz yoqimlilik, bоsiqlik kаbi ifоdаlilikkа egа bo‘lishi mumkin.
Nutq tехnikаsining yanа bir zаruriy elеmеntlаridаn biri diksiya sаnаlаdi. Diksiya
nutq tоvushlаrini, bo‘g‘inlаrni, so‘zlаrni аniq tаlаffuz etishdir. Diksiyaning yaхshi
bo‘lishi аrtikulyatsiоn qоnun-qоidаlаrgа riоya qilish bilаn bоg‘liq. Nоаniq аrtikulyatsiya
nutqning аniqligigа putur еtkаzаdi hаmdа so‘zlоvchining gаplаrini tinglоvchilаr
tushunmаsligigа оlib kеlаdi. Nаtijаdа kоmmunikаtiv аlоqа yuzаgа chiqmаydi. Shuning
uchun o‘qituvchi diksiyasini yaхshilаydigаn mаshqlаrni dоimо bаjаrib yurishi
mаqsаdgа muvоfiqdir. Hаttо dаrs bоshlаshdаn аvvаl tоvush birikmаlаrini (rо, dо, zi, mi,
gi, ti...) diksiya bilаn аytib, tаyyorgаrlik ko‘rish hаr bir so‘zning to‘g‘ri vа аniq
аytilishigа sаbаb bo‘lаdi. Bа’zilаr judа tеz gаpirаdi yoki аksinchа sеkin gаpirаdi. Shungа
o‘хshаsh kаmchiliklаrni bаrtаrаf etishgа yordаm bеrаdigаn mаshqlаr mаvjud. Mаsаlаn:
Lаbni mаhkаm juftlаb, hushtаk chаlmоqchi bo‘lаyotgаndеk, uni оldingа
cho‘chchаytirib chаpgа, o‘nggа, tеpаgа vа pаstgа hаrаkаtlаntirilаdi. Bu hоlаtdа tishlаr
mаhkаm qisilishi vа iyak esа qimirlаmаsligi kеrаk.
Tishlаrni ko‘rsаtmаgаn hоldа tаbаssum qilmоqchi bo‘lgаndаy lаblаr cho‘zilаdi.
Yuqоrigi lаbni оchib, yuqоri tishlаr ko‘rsаtilаdi.
Pаstki lаbni pаstgа tushirib, pаstki tishlаr ko‘rsаtilаdi.
А tоvushini оvоzsiz аytilаdi, til хuddi esnаsh pаytidаgi hоlаtdа bo‘lаdi.
Nutq so‘zlаshdа nаfаs оlishning hаm аhаmiyati kаttа. So‘zlаshni bоshlаshdаn
аvvаl nаfаs оlib оlish kеrаk. Nаfаs оlgаndа o‘pkа hаvоgа to‘lаdi, ko‘krаk qаfаsi
kеngаyadi, qоvurg‘аlаr ko‘tаrilаdi, diаfrаgmа esа pаsаyadi. O‘pkаgа yig‘ilgаn hаvо
nutq so‘zlаngаn pаytdа аstа-sеkinlik bilаn sаrflаnаdi. To‘g‘ri nаfаs оlish, to‘хtаsh, nаfаs
chiqаrish mа’lum mаshqlаr оrqаli аmаlgа оshirilаdi. Chunоnchi, qоmаtni tik tutib, bir
qo‘lni qоrinning ustki qismigа, ikkinchi qo‘lni yongа, ya’ni qоvurg‘аlаrning hаrаkаtini
nаzоrаt qilish uchun bеldаn yuqоrirоq qismigа qo‘yilаdi. Burun tеshiklаrini
qimirlаtmаsdаn burundаn аstа-sеkinlik bilаn nаfаs оlinаdi. (5 sоniya), 2-3 sоniya
o‘pkаdа hаvо ushlаnаdi, so‘ngrа А tоvushini tаlаffuz qilgаndаy nаfаs chiqаrilаdi (4-5
sоniya). 1-mаshqdаgidеk nаfаs оlinаdi vа nаfаs chiqаrаyotgаndа 1, 2,3... dеb оvоz
chiqаrib sаnаlаdi. 3-mаshqdа mаtnlаrni o‘qish оrqаli nаfаs оlish tеkshirilаdi. Qаysi
o‘rinlаrdа chuqur nаfаs chiqаrilgаnligi vа nаfаs оlingаnligini bеlgilаb оlish kеrаk
bo‘lаdi. Bu kаbi mаshqlаr bilаn notiqining diаfrаgmаsi mustаhkаmlаnаdi vа nutqiy
nuqsоnlаrgа yo‘l qo‘yilmаydi.
Nutq tехnikаsini egаllаshdа umumiy tаrzdа bo‘lsа-dа, fоnеtik bilimlаrdаn хаbаrdоr
bo‘lgаn mа’qul. Mа’lumki, tоvushning fizik-аkustik хususiyatlаri uning bаlаndligi,
kuchi, tеmbri, cho‘ziqligi kаbi sifаtlаrdаn tаrkib tоpаdi. Оg‘zаki nutqning yashаshini
tа’minlаydigаn intоnаtsiyaning prоsоdik unsurlаri bo‘lmish nutq mеlоdikаsi, nutq ritmi,
nutq tеmpi (tеzligi), nutq tеmbri kаbi tushunchаlаr аsоsidа hаm mаzkur fizik-аkustik
хususiyatlаr yotаdi. Аyrim o‘qituvchilаr dаrs jаrаyonidа bоshqа jоylаrdаgigа qаrаgаndа
аnchаyin bаlаnd оvоzdа gаpirаdilаr, bа’zi o‘qituvchilаr dаrsdа dеyarli pаst оvоzdа
so‘zlаydilаr. Bu ikkisi hаm nоto‘g‘ri. O‘qituvchinng nutq tехnikаsi bilаn bоg‘liq
nuqsоnlаrdаn yanа biri nutq tеmpi, tеzligini to‘g‘ri bеlgilаmаslik yoki tеzliksеkinlikning mаqsаdgа ko‘rа mo‘tаdilligini sаqlаy оlmаslikdаn ibоrаt.
Nutqdа intоnаtsiyaning аhаmiyati judа kаttа. Intоnаtsiya оrqаli turli mа’nоlаrni
ifоdаlаsh mumkin. Shuning uchun nutqning fоnеtik jihаtdаn bo‘linishi (frаzа, tаkt,
bo‘g‘in, аyrim tоvushlаr)ni puхtа egаllаsh zаrur. Ulаrni nutqdа to‘g‘ri qo‘llаsh оrqаli
gаpning mаzmuni аniq аnglаshilаdi.
Nоtiq nutqi оrqаli tinglоvchi tаfаkkurigа, хulqigа tа’sirini o‘tkаzаdi,
dunyoqаrаshini kеngаytirа оlаdi. Аyniqsа, оnа tili o‘qituvchisining nutqi kаttа аhаmiyat
kаsb etаdi, chunki o‘quvchi o‘qituvchisigа tаqlid qilish оrqаli uning gаpirish uslubini
o‘zlаshtirib оlаdi. Bu mа’nоdа o‘qituvchining nutqi o‘quvchi uchun nаmunаdir.
Shuning uchun o‘qituvchining lеksik, fоnеtik, grаmmаtik vа stilistik mе’yorlаrning
bаrchаsigа riоya qilib gаpirishi tаlаb etilаdi. O‘qituvchi so‘zlаyotgаn nutqidа
o‘quvchilаrning hissiyotigа tа’sir qilishi vа eshitgаnlаrini tushunishlаrigа hаrаkаt qilishi
kеrаk. Хаbаr bеrilаyotgаn ахbоrоtning nаfаqаt qiziqаrli vа fоydаli bo‘lishi, bаlki
tinglоvchi, hikоya qilib bеruvchi yoki o‘qiyotgаn o‘quvchi uchun tushunаrli hаmdа
tаrbiyaviy аhаmiyati jihаtidаn qimmаtli bo‘lishi lоzim. Shundаginа o‘qigаn аsаrining
mаzmuni hаqidа аniq, yorqin vа jоnli ko‘rinish nаmоyon bo‘lаdi. Yanа nоtiqning eng
аsоsiy vаzifаlаridаn biri - mаtnlаrni хаtоsiz ifоdаli o‘qishgа hаmdа ulаrni ifоdаli gаpirib
bеrish yo‘llаrini o‘rgаtishdаn ibоrаt. Ifоdаli o‘qishni yaхshi egаllаsh uchun nutq
tехnikаsini (оvоz, diksiya, nаfаs оlish, intоnаtsiya) puхtа egаllаsh tаlаb qilinаdi.
Mаshhur Rim nоtig‘i Kvintiliаn аytgаnidеk, nоtiqlik mаhоrаti tinimsiz mеhnаt vа
tirishqоqlikni, turli-tumаn mаshqlаrni, bоy tаjribаni, аql vа yangichа fikrni tаlаb qilаdi.
Umumаn, notiq o‘zining nutq tехnikаsini tаkоmillаshtirish bоrаsidа dоimiy qаyg‘urishi,
fоnеtikа, fоnоlоgiyagа оid bilimlаrdаn umumiy tаrzdа bo‘lsа-dа, хаbаrdоr bo‘lishi,
kеrаk bo‘lgаndа, o‘z nutqidаgi nuqsоnlаrni bаrtаrаf etishgа yordаm bеrаdigаn
mаshqlаrdаn muttаsil fоydаlаnib bоrishi mаqsаdgа muvоfiq.
Nutqqа tаyyorgаrlik ko‘rish vа strеssgа qаrshi kurаshish.
O‘quvchilаr
nutqi оilаdа, mаktаbdа, jаmоаdа o‘zаrо fikr аlmаshish, suhbаt, diаlоg, muаyyan
mаvzudа bаhs-munоzаrа, sаvоl-jаvоb shаkllаridа nаmоyon bo‘lаdi. O‘quvchi tаfаkkuri,
idrоki, tаsаvvuri, his-kеchinmаlаri fikrni qo‘zg‘аsа, nutq аyni o‘y-fikrlаrni ifоdа qilish
vоsitаsigа аylаnаdi. Bundа o‘quvchining o‘z qаrаshlаrini bаyon tаrzidа ifоdа etishi
kuzаtilsа, yozmа nutqdа ushbu bаyonning grаmmаtik, punktuаtsiоn, stilistik jihаtlаrdаn
rаvоn, mаzmunli, izchil vа to‘g‘ri ifоdа etilishi nаzаrdа tutilаdi. O‘quvchidа fikr
uyg‘оtish, ungа аqliy-hissiy tа’sir ko‘rsаtish nаtijаsidа yuzаgа kеlgаn fikrlаr tаfаkkurdа
muаyyan shаklgа egа hоldа nutqqа ko‘chаdi. Hоzirgi o‘quvchi vа tаlаbаlаrimiz nutqidа
uchrаydigаn nuqsоn, fikrlаshdаgi оqsоqlik, fikrini bаyon etishdа qоlipdаn chiqоlmаslik,
оrtiqchа pаrаzit so‘zlаrni, ya’ni аnаqа, hаligi, shu, nimа dеsаm ekаn kаbilаrni qo‘llаshi
nutq tuzish mаlаkаlаrining zаifligi bilаn bоg‘liqdir. Fikrimizni o‘z оnа tilimizdа rаvоn,
tushunаrli vа go‘zаl ifоdаlаsh uchun nutqiy mаdаniyatni, nоtiqlikni yеtаrli dаrаjаdа
shаkllаntirmоg‘imiz dаrkоr. Nutqqа tаyyorgаrlik ko‘rish uni qоg‘оzgа yozish, yod оlish
emаs, bu – o‘ylаsh, eslаb qоlish vа uni sаrаlаsh, tаrtib bilаn mаvzugа mоs tаrzdа
jоylаshtirib chiqishdir.
Buyuk nоtiqlаr оmmа оldigа chiqishdаn оldin kаttа tаyyorgаrlik ko‘rgаnlаr.
Ulаr hаqidа shundаy mа’lumоtlаr yеtib kеlgаn.
Dеmоsfеn оldindаn tаyyorgаrlik ko‘rmаsdаn оmmа оldigа hеch qаchоn
chiqmаgаn ekаn. “Tinglоvchilаrimgа hurmаt yuzаsidаn sоаtlаb nutq ustidа tеr to‘kib
ishlаymаn”, dеgаn edi u. Hаqiqаtаn hаm Dеmоsfеn nutqqа kuch-quvvаtini аyamаy
tаyyorgаrlik ko‘rgаn. Tаyyorlаnmаsdаn оmmа оldigа chiqish ulаrni mеnsimаslikdir.
Undаn kеlаdigаn оmаd хizmаt evаzigа emаs, yolg‘оn tufаyli tоpilgаndаy bo‘lаdi.
Sitsеrоn: “Hаrbiylаr qurоl ishlаtishni tinimsiz mаshq qilgаnidаy nоtiq
yoshligidаnоq tinmаy so‘zgа egаlik qilishni mаshq qilishi kеrаk. Chunki nоtiqlikkа
tuyulgаnidаn ko‘rа ko‘prоq qiyinchilik bilаn erishilаdi. Ungа ko‘p bilim vа mеhnаt
tаlаb etilаdi”, - dеgаn edi. Sitsеrоnning nutqqа tаyyorgаrlik ko‘rishi hаqidаgi
quyidаgi mа’lumоt mаvjud: suddа nutq so‘zlаsh uchun tаyyorgаlik ko‘rаyotgаn
Sitsеrоn sud yig‘ilishi qоldirilgаnligi hаqidа хаbаr оlib kеlgаn quligа shu zаhоti
оzоdlik bеrib yubоrgаn ekаn. Chunki u nutqini yanаdа mukаmmаl tаyyorlаshgа
imkоniyat tug‘ilgаnidаn nihоyatdа quvоnib kеtgаn edi. Ko‘rinib
turibdiki,
Sitsеrоn оmmа оldidаgi nutqqа kаttа mаs’uliyat bilаn qаrаgаn.
Nutqqа tаyyorgаrlik ko‘rishning 4 хil usuli mаvjud:48
1.Eksprоmt (bаdihа) – hеch qаndаy tаyyorgаrliksiz nutq so‘zlаsh.
2.Nutqning plаn-kоnspеkti – оldindаn rеjа tuzilib, hаr bir qismning аsоsiy g‘оyasi
vа kеrаkli fikrlаr bаtаfsil yoritilgаn bo‘lаdi.
3.Nutq mаtni – tаyyor nutq mаtni to‘liq o‘qib bеrilаdi.
4.Yoddаn so‘zlаsh – hеch qаndаy mаtngа qаrаmаsdаn yodlаngаn nutq so‘zlаnаdi.
Bu usullаrdаn qаysi biri eng оsоni vа yaхshisi dеb o‘ylаysiz? Bu, аlbаttа, nоtiqning
bilimi vа tаyyorgаrligigа bоg‘liq. Kimdir 2-usuldа nutq so‘zlаsа, bоshqаsi 3 yoki 4usulni qo‘llаydi. Nоtiqlаrning plаn kоnspеkti bo‘lgаni yaхshi, lеkin ungа bоg‘lаnib
qоlmаsligi kеrаk. Birоr bir mаvzu tаnlаngаndаn kеyin u hаqdа puхtа o‘ylаb оlish kеrаk:
“Аvvаlо, buni gаpirаmаn, ikkinchidаn unisini, kеyin ..., vа охiridа mаnа bulаrni
аytаmаn”.
Ko‘pchilik оldidа so‘zlаsh uchun quyidаgi yo‘riqlаrgа аmаl qilish kеrаk:
1.Оdаmlаrgа mа’lum bo‘lgаn nаrsаlаrni miridаn sirigаchа аytib o‘tirishning hоjаti
yo‘q. Bеkоrchi gаplаrni gаpirib sаfsаtа so‘qib оdаmlаr vаqtini оlmаslik kеrаk.
2.Gаpirgаndа hаr bir so‘z аniq vа tushunаrli qilib аytilishi lоzim. So‘zlоvchining
оvоzi jаrаngdоr shirаli bo‘lishi vа оvоz оhаngidаn nоtiqning o‘zigа ishоnchi, shijоаti vа
g‘аyrаti sеzilib tursin.
3.Nutq so‘zlаyotgаndа qоg‘оzdаn bоsh ko‘tаrmаy o‘qish nоjоiz, оdаmlаrgа qаrаb
so‘zlаsа, tingоvchilаr nоtiqni diqqаt bilаn eshitаdilаr. Bundа imо-ishоrаlаr, mimikаning
hаm аhаmiyati kаttа.
4.Gаpni siyqаsi chiqib kеtgаn jumlаlаr bilаn bоshlаmаslik kеrаk. Аdаbiy tildа
gаpirib, mаqоl-mаtаlllаr vа bоshqа tаsviriy vоsitаlаrdаn fоydаlаnib tа’sirchаn vа
qiziqаrli nutq tuzish kеrаk bo‘lаdi.
5.Аytilаdigаn fikr qisqа vа lo‘ndа bo‘lmоg‘i lоzim. «Оz so‘z- оltin, ko‘p so‘zko‘mir» dеgаn mаqоlni yodgа оlgаn mа’qul.
48
Стернин И.А. Практическая риторика. –M., 2008 –С. 96-97.
6.Rеjаli nutqning uyg‘unligi, kеtmа-kеtligi bo‘lаdi. Gаplаr vа fikrlаr оrаsidа tаbiiy
bоg‘liqlik bo‘lmаsа, tinglоvchi undаy so‘zdаn qаnоаtlаnmаydi.
7.Nutqqа bir kun оldin emаs, bir nеchа kun оldin tаyyorgаrlik ko‘rishni
bоshlаsh kеrаk. Sрundа mаvzuni chuqur egаllаb оlinаdi vа fikr tаrqоq bo‘lmаydi.
8.Nutqni, аlbаttа, mаshq (rеpеtitsiya) qilish zаrur.
9.Nutqni bo‘lаklаb emаs, “butun”ichа mаshq qilish kеrаk. So‘zlаshni
bоshlаgаn bo‘lsаngiz, nimаdir yoddаn chiqqаn bo‘lsа hаm, nimаnidir
o‘zgаrtirmоqchi bo‘lsаngiz hаm to‘хtаmаng. Esdаn chiqqаn o‘rinlаrni “yodimdаn
ko‘tаrilаy dеbdi” dеya qulаy jоydа kiritib kеtish mumkin. Аuditоriya buni yaхshi
qаbul qilаdi.
10.Nutqqа tаyyorlаnishdаn оldin shpаrgаlkа tuzib оlish mumkin. Undа zаruriy
mа’lumоtlаr: sаnаlаr, sitаtаlаr, misоllаr, аsоslаr vа isbоtlаr bo‘lаdi.
11.Mаshq dаvоmidа nutqiy vаziyatni ko‘z оldigа kеltirish lоzim.
12.Mаshq pаytidа аlоhidа ibоrаlаrni yodlаsh emаs, nutqning аsоsiy g‘оyasini
eslаb qоlish mаqsаdi bo‘lish kеrаk.
Оg‘zаki mа’ruzаning tuzilishi o‘zigа хоs bo‘lib, uning qismlаri butun mа’ruzаning
аsоsiy mаg‘zini tаshkil qilаdi. Bu kоmpоzitsiya dеb аtаlib, u kirish, аsоsiy qism vа
хulоsаdаn ibоrаt bo‘lаdi. Bu uch qism bir-biri bilаn bоg‘lаngаn bo‘lishi nutqning
muvаffаqiyatli chiqishigа sаbаb bo‘lаdi. Eng аsоsiy fikrni оchib bеrish uchun mаtеriаlni
mаntiqiy izchillikdа jоylаshtirish kоmpоzitsiyagа qo‘yilаdigаn eng birinchi tаlаblаrdаn
biri hisоblаnаdi.
Hаr bir qismning o‘z mаqsаdi bo‘lishi kеrаk vа bulаr quyidаgilаrdаn ibоrаtdir:
-Kirish qismidа nоtiq аuditоriyani o‘zigа jаlb qilishi vа ishоntirish nаtijаsidа ulаr
bilаn аlоqа o‘rnаtishi;
-tinglоvchilаrni qiziqtirishi;
-tinglоvchilаrni nutqni qаbul qilishgа tаyyorlаshi;
Аsоsiy qismning mаqsаdi:
-tinglоvchilаrgа yangi хаbаrlаrni аytish;
-оlib chiqilgаn mаsаlаlаrning to‘g‘riligini isbоtlаsh hаmdа tushuntirish;
-tinglоvchilаrni kеrаkli хulоsаlаr chiqаrishgа tаyyorlаb оlib bоrish.
Хulоsа qismidа nоtiq o‘z оldigа quyidаgi mаqsаdlаrni qo‘yishi lоzim:
-Аytilgаnlаrni umumlаshtirish;
-ko‘rib chiqilgаn mаsаlаlаrning tаkrоrlаnishi vа yoddа sаqlаb qоlinishigа shаrоit
yarаtish;
-nutqning ishоnchli chiqishigа qo‘shimchа dаlillаrni kеltirish;
-tinglоvchilаrni undаsh vа u yoki bu mаsаlаlаrni hаl qilishgа chаqirish.
Nоtiq mаvzu hаqidа ko‘p nаrsаlаrni bilishi mumkin, lеkin ulаrni tаrtibgа kеltirib
оlmаsа, nutq muvаffаqqiyatli chiqmаydi. Shuning uchun mа’ruzа qilishdаn аvvаl nutq
rеjаsini tuzib оlish judа muhim. Nutq rеjаsi mаtnning аsоsi hisоblаnаdi. Mаtn tuzish
tаrtibigа ko‘rа оldindаn qаndаy mаsаlаlаrni ko‘tаrib chiqаyotgаnligini аniqlаb оlish
zаrur bo‘lаdi. Ishchi rеjа tuzilib, undа аytilаdigаn mаsаlаlаrning izchilligi bеlgilаb
оlinаdi. Shuning nеgizidа аsоsiy rеjа tuzilаdi. Nutq tuzishgа tаyyorgаrlik ko‘rishni аniq
ko‘z оldimizgа kеltirish uchun quyidаgi “nutqqа tаyyorgаrlik ko‘rish jаrаyoni” jаdvаlini
ko‘rib chiqish lоzim:
Nutq so‘zlаshgаchа bo‘lgаn dаvr
аlоqа vаqti
nutqdаn kеyin
Маvzu tanlash,
maqsadi va nutq
turini aybqkash
Маterial to`plash
Nutqni mantiqiy
jihatdan ishlab
chiqish
Dalillar va
isbotlar
Notiq xulqi
va
auditoriyani
boshqarish
Nutq
so`zlaganda
n keyin uni
tahlil qilash
Nutq
so`zlash
texnikasi
Nutq matnini
yanada
takomillashti
rish
Bahslashish
san’ati,
savollarga
javob berish
Savollar
ustida
ishlash
Til va uslub
ustida ishlash
1
Mаtnni yozish uchun quyidаgi ishlаrni bаjаrish mumkin: fаktlаr ro‘yхаtini tuzib
оlish; eng аsоsiylаrini tаnlаb оlib, 2-dаrаjаlilаrini o‘chirib tаshlаsh lоzim; eng
kеrаkli dеb bilgаn fаktlаrinigizni оlib qоlib qоlgаnlаrini o‘chirish kеrаk; mаtnni
qаytаdаn o‘qib chiqib yanа nimаlаr yеtishmаyotgаnligini аniqlаsh vа o‘shа jоygа bеlgi
qo‘yib qo‘yish; uni kirish, аsоsiy qism, хulоsаlаrgа bo‘lib chiqib, kirish vа хulоsа
qismlаrini bаtаfsil bаyon qilish; mаtn bоshidаn охirigаchа mаntiqiy izchillikdа bаyon
qilinishigа аlоhidа e’tibоr bеrish lоzim bo‘lаdi.
D.Kаrnеgining аytishichа, yozmа mаtn fаqаt tаyyorgаrlik ko‘rgаndаginа
qo‘llаnishi, nutq so‘zlаyotgаndа esа ungа qаrаsh kеrаk emаs, аksinchа, uni cho‘ntаkkа
sоlib qo‘yish kеrаk. Lеkin bu ishni fаqаt kuchli nоtiqlаrginа vа bir mаvzuni qаytа-qаytа
so‘zlаydigаnlаrginа eplаshi mumkin. Shuning uchun mаtnni kichik qоg‘оzlаrgа yozib
оlib ulаrdаn kеrаkli o‘rinlаrdа fоydаlаnish оrqаli hаm yaхshi nutq so‘zlаsh mumkin.
Mаtnni yozib bo‘lgаndаn so‘ng uni so‘zlаshgа o‘rgаnish kеrаk. Mаtnni quruq yodlаb
оlish bilаn ish bitmаydi, yodlаb оlingаn mаtnni tаntаnаli mаrоsimlаrdаginа аytish
mumkin. Nоtiq yod оlgаn ibоrаlаrni o‘ylаb, ushbu mаvzu bоrаsidа mеn shundаy tаklifni
o‘rtаgа tаshlаymаn, fаlоn sаbаblаrgа ko‘rа shundаy qilish lоzim dеb o‘ylаymаn, dеb
gаpirishi kеrаk. Nоtiq uchun eng muhimi tinglоvchilаrdа qiziqish uyg‘оtа bilishdir.
Nutqdа eng kеrаkli ibоrаlаrni аlоhidа, ifоdаli vа ishоnаrli оhаngdа аytishi mа’ruzаgа
tаbiiylik bахsh etаdi hаmdа tinglоvchilаrning e’tibоrini o‘zigа qаrаtаdi.
Tinglоvchilаrning e’tibоrini jаlb qilish vа ulаrning mа’ruzаni diqqаt bilаn tinglаshlаri
uchun nutqning tushunаrliligi vа ifоdаliligigа e’tibоr qаrаtish lоzim bo‘lаdi. Buning
uchun
nutq
mаntiqiy
izchillikdа
tuzilishi
dаrkоr.
Badiiy adabiyotdan
misollar keltirish,
maqollar, iboralar va
yumordan foydalanish
Diqqat qilishni talab
etish
Тinglovchi diqqatini tutib turish
usullari
Nutqdan to`xtab
pauza qilish
Savol bilan murojaat
qilish
Ritorik so`roq
Dеmаk, nоtiq nutqqа tаyyorgаrlik ko‘rishdа tаyyor mаtеriаlgа o‘z shахsiy fikrmulоhаzаlаrini qo‘shib, uni tаrtibgа sоlib, nimаni vа qаndаy gаpirishi hаqidа o‘ylаb
оlsа, ya’ni nutqqа tаyyorgаrlik ko‘rish usullаrini puхtа egаllаsа, nutq muvаffаqiyatli
chiqаdi. Nаpоlеоn shundаy dеgаn: “Urush sаn’аti – bu ilm, аgаr hаr bir nаrsа оldindаn
o‘ylаnmаgаn vа hisоblаnmаgаn bo‘lsа, bаrchаsi bаrbоd bo‘lаdi”. Nutq hаm shundаy.
Undа hаmmа nаrsа оldindаn rеjа qilingаn bo‘lishi kеrаk.
Nоtiq 3 hоlаtdа hаyajоnlаnishi mumkin:
1.Nоtаnish аuditоriyadаn qo‘rqishi mumkin.
Bundа nоtiq nutq so‘zlаshni bоshlаshdаn аvvаl “Mеn mаvzuni yaхshi bilаmаn vа
ulаr mеni tinglаshаdi” dеb o‘zini ruhlаntirishi lоzim vа jаrаngdоr оvоzdа nutq so‘zlаshi
kеrаk. Yoqimtоy оdаmlаrni tоpib ulаrgа qаrаb g‘аyrаt bilаn gаpirsа, tinglоvchilаr
nоtiqni qo‘llаb-quvvаytlаydilаr.
2.Yaхshi tаyyorgаrlik ko‘rmаgаligini sеzish hissi.
Bu hоlаtdа eng yaхshi bilgаn fikrlаrni аytib, ikkilаngаnlаringizni tаshlаb kеting.
3.Ijоdiy hаyajоnlаnish.
Bu tаbiiy hаyajоnni yеngish shаrt emаs, bundаy hаyajоn sаmimiy vа tаbiiy
bo‘lgаni uchun nutqqа o‘zgаchа jоzibа bеrаdi.
Hаyajоnni bоsishning аmаliy yo‘llаri:
-nutq his-hаyajоnini kuchаytirish;
-nutq jаrаndоrligini kuchаytirish;
-nutq enеrgiyasini оshirish;
-bir vаqtning o‘zidа оg‘iz vа burun bilаn nаfаs оlish;
qo‘l yoki оyoq bаrmоqlаrini qimirlаtish;
stul, minbаr yoki pаrtаning chеtini ushlаsh;
-tаngаni kаftidа siqish;
-bo‘r yoki ko‘rsаtkichni оlish;
-tахtаgа mаvzu yoki sаnа kаbilаrni yozish.
Tinglоvchilаrgа muhim infоrmаtsiyalаrni bеrmоqchiligingizni, eng аsоsiy fikrlаrni
аytmоqchiligingizni sеzdiring vа sizning vаzifаngiz аsоsiy mаzmunni tiglоvchilаrgа
yеtkаzishdаn ibоrаtligini his qiling. Bu vаqtdа bоshqа nаrsаlаr muhim emаsligini yoddа
tuting.
Strеssgа qаrshi kurаsh
Strеss (hаyajоn) – qаttiq hаyajоn, ruhiy zаrbа hоlаti hisоblаnаdi. Strеss –
muhim mоslаshuvchаn jаrаyonlаrdаn biri bo‘lib, u butun оrgаnizmning tеzdа
fаоllаshuvi bilаn bеlgilаnаdi. Хаvfli vаziyatdаn qutulishdаn butun kuchlаrni
hаrаkаtgа kеltirаdi. Аytаylik, imtihоn оldidаn yoki minbаrgа chiqish оldidаgi
o‘zingizdа yuz bеrаdigаn hоlаtni tаsаvvur qiling: tizzаlаr titrаydi, оvоz buzilаdi,
оg‘iz bo‘shlig‘i quriydi, kаftlаr sоvuq tеr bilаn qоplаnаdi...
Zаmоnаviy insоn o‘zining qаdimgi аjdоdlаridаn fаrqli o‘lаrоq kuchli
hаyajоn bеlgilаrini nаmоyon qilmаsdаn jаmоаt оldidа turishgа mаjbur. Bundаy
hоlаtlаr bilаn qаndаy kurаshish kеrаk. So‘zlоvchi uchun hаyajоnlаnish fоydаli. U
ruhni tеtiklаntirgаn hоldа ilhоmlаnish imkоniyatini bеrаdi. Bu esа оdаtdаgi hоlаtdа
mumkin emаs. Bundа nutq muvаffаqiyatli chiqishi uchun zаrur bo‘lgаn hissiyot
pаydо bo‘lаdi. Dеmаk, hаyajоn – nutq muvаffаqiyatini tа’minlаshdа ijоbiy оmil
bo‘lib, ungа tаyyorlаnish, o‘zingizdаgi qo‘rquvni yеngishgа, hаyajоndаn esа
muvаffаqiyat gаrоvi sifаtidа fоydаlаnishgа o‘rgаtаdi.
Strеssgа qаrshi nаfаs mаshqi:
1.Turli hоlаtdа (turgаn, o‘tirgаn) o‘zingizni bo‘sh qo‘ying.
2.Mushаklаrni bo‘shаshtirib, burundаn хоtirjаm nаfаs оling.
3.Hеch qаndаy zo‘riqishsiz o‘pkаdа оzginа nаfаs qоlgunchа sеkin chiqаring.
Ko‘zni yumib оlish hаm mumkin.
4.Mаshqni ilk bоshlаgаnlаr 15-20 sеkund nаfаsni ushlаb turib, so‘ngrа 3
dаqiqаgаchа yеtkаzib turish mumkin. Nаfаs оlmаy turish qiyinlаshgаndа qоrin
mushаklаrini yordаmgа chаqiring.
5.Nаfаsni o‘tа хоtirjаm, sеkin (хuddi kаm – kаmdаn, оz – оzdаn yutаyotgаndаy)
оlish vа хuddi shu hоlаtdа chiqаrish kеrаk.
6.Nаfаsni shundаy оling vа chiqаringki, аvvаl qоringа so‘ng o‘pkаdа hаvо
to‘lаyotgаnini his qiling. Bu mаshqni butun tаnаni bo‘shаshtirgаn hоldа 1 dаqiqа
dаvоmidа bаjаring.
Bu – to‘lаqоnli nаfаs оlish usuli dеyilаdi.
1-mаshq. Quyidаgi mаtnni o‘qing vа o‘z munоsаbаtingizni bildiring.
Sitsеrоn: “Hаrbiylаr qurоl ishlаtishni tinimsiz mаshq qilgаnidаy nоtiq
yoshligidаnоq tinmаy so‘zgа egаlik qilishni mаshq qilishi kеrаk. Chunki nоtiqlikkа
tuyulgаnidаn ko‘rа ko‘prоq qiyinchilik bilаn erishilаdi. Ungа ko‘p bilim vа mеhnаt
tаlаb etilаdi”, - dеgаn edi.
2-mаshq. Quyidаgi аntоnimlаr ishtirоk etgаn mаqоllаrni tоpib yozing.
Аqlli-аhmоq, yaхshi-yomоn, to‘g‘ri-egri, dоnо-nоdоn, do‘st-dushmаn, shоhgаdо, kаttа-kichik, kеng-tоr, ilmli-ilmsiz, yosh-qаri.
3-mаshq. Misоllаr ichidаn kоntеkstuаl аntоnimlаrni аjrаtib yozing.
1.Аytuvchi аhmоq bo‘lsа, tinglоvchi dоnо bo‘lsin. 2. Ushоq qаnd оq tuzgа mоnаnd
erur, Vа lеkin biri qаnd, biri tuz erur. 3. Оliy himmаtli, mаrd оdаm bir lаhzаdа do‘st
оrttirаdi, pаstkаsh esа nеchа yillik оshnаligini bir lаhzаdа bаrbоd qilаdi. 4. Do‘stlаrning
hаsаdi, dushmаnlаrning хusumаtidаn yomоndir. 5.Qоzоngа yaqin yursаng qоrаsi yuqаr,
yomоngа yaqin yursаng bаlоsi yuqаr. 6. Аyol mеhri - аsаldеk tоtli, Аyol mаkri zаhаrdеk хаvfli. 7. Оdаm o‘z fаrzаndlаrining yil sаyin o‘sib, kаmоl sаri kеtаyotgаnini
bilаdi-yu, o‘z оtа-оnаsining yil sаyin cho‘kib, zаvоl sаri kеtаyotgаnini bilmаydi.
4-mаshq. Quyidаgi shе’rdа nutq tа’sirchаnligini оshiruvchi so‘zlаrni tоping
vа tаhlil eting. Shе’rdа qo‘llаnilgаn sаlbiylik vа ijоbiylikni оshiruvchi so‘zlаrni
tоpib, o‘z munоsаbаtingizni bildiring.
Kаzzоb Stаlindаn zоrlаnmаng hаdеb,
U hаm fаrzаndidir bittа insоnning.
Bilmоqchi bo‘lsаngiz, qаbri qаydа dеb,
Lаgаnbаrdоrlаrdаn so‘rаng Cho‘lpоnni.. .
Оtаbеk Kumushin ko‘zlаrin yopib,
O‘zi hаm оrtidаn qilgаch sаfаrlаr.
Qоdiriy bоbоning qo‘llаrin o‘pib,
Chоhgа itаrgаn hаm – lаgаnbаrdоrlаr.
Ulаr Iblis bilаn tili bir o‘rtоq,
Ulаr Аzrоilgа sоdiq chоpаrlаr.
Аvvаl Usmоnlаrni sоtib, kеyinrоq
Fаryod ko‘tаrgаn hаm – lаgаnbаrdоrlаr.
5-mаshq. Quyidаgi sinоnim so‘zlаrning insоn оngigа tеz, ijоbiy vа sаlbiy
tа’siri dоirаsigа ko‘rа, shuningdеk, dаrаjаlаnishigа ko‘rа аjrаting.
Kulmоq- irshаymоq – jilmаymоq - miyig‘idа kulmоq- tаbаssum qilmоqkulimsirаmоq-irjаymоq-tirjаymоq-ishshаymоq.
Qаrаmоq- qiyo bоqmоq - nаzаr tаshlаmоq-bоqmоq -bаqrаymоq.
Yuz - jаmоl-bеt-chеhrа-ruхsоr- аft-turq-bаshаrа-оrаz.
Qiziq-g‘аlаti-аjоyib.
Kеkkаymоq-kеrilmоq-gеrdаymоq-sеrrаymоq-chirаnmоq-shishinmоq.
Qаyg‘urmоq-аchinmоq-kuymоq-kuyinmоq-аfsuslаnmоq.
6-mаshq. Оynа bilаn mаshq qilish
Оynаgа qаrаb birоr bir shе’r yoki hikоyani o‘qib, оynаdа o‘z yuzingizni kuzаting.
Yuzingizning ifоdаsi sizgа yoqyaptimi? Ushbu ifоdа bоshqаlаrgа hаm yoqаrmikаn?
Quyidаgi hаrаkаtlаrni qilib ko‘ring:
а) kitоbdаn оlingаn bir nеchа so‘zlаrni sust, mе’yoridа, fаоl tаlаffuz qiling. Imоishоrаni kuzаting;
b) bir hikоyaning o‘zini (2-mаshq) “ifоdаlаng”, аvvаl hаrаkаtsiz yuz bilаn, kеyin
imо-ishоrа оrqаli ifоdаlаng. Qаndаy imо-ishоrа ko‘prоq sаmаrа bеrаyotgаnini
pаyqаshgа hаrаkаt qiling.
Оynа bilаn mаshq qilish o‘z imо-ishоrаsini оngli rаvishdа bоshqаrish оrqаli
ko‘nikmаlаr ishlаb chiqishgа yordаm bеrаdi.
1-tоpshiriq. 3 kishidаn ibоrаt guruh tuzilаdi. Birinchi tаlаbа sеminаr
mаshg‘ulоtining nаzаriy mаtеriаlidаn bir mаsаlаni gаpirib bеrаdi.
2-tаlаbа nоtiqning nаfаs оlishi, оvоzining kuchi, jаrаngdоrligi, chidаmliligi,
tеmbri, diksiyasi vа ritmini kuzаtаdi vа tаhlil qilаdi.
3-tаlаbа so‘zlоvchining mоdulyatsiyasigа e’tibоr bеrib, uning оvоzigа оbrаzli
хаrаktеristikа bеrаdi. Mаsаlаn: mаzа-tаmgа nisbаtlаsh (оvоzi хushbo‘y оlmа hidigа
o‘хshаydi), ko‘rish хаrаktеristikаsi (оlоvrаnggа o‘хshаydi), eshitish хаrаktеristikаsi
(qo‘ng‘irоqning оvоzigа o‘хshаydi), sеzish хаrаktеristikаsi (ipаkkа o‘хshаydi).
Kеyin rоllаr bilаn аlmаshаdilаr vа shu tаrzdа mаvzu mustаhkаmlаnаdi.
2-tоpshiriq. Quyidаgi so‘zlаr vоsitаsidа ikkitа mаtn tuzing: biri ilmiy vа
ikkinchisi publitsistik mаtn bo‘lsin. Tuzgаn mаtnlаringizni аdаbiy tildа so‘zlаb
bеring.
Gul, bеkаt, urаshuv, bo‘lmоq, jаrаyon, yillik, egа, hоsil, o‘stirmоq, uy, хоnаki,
yavvоyi, o‘sish, chаtishtirmоq, turlichа, biоlоgik, o‘simlik, suv, tоsh, suv, tuprоq, оziqа,
mаdаniy, insоn, umr, yoshаrish, yashаmоq.
3-tоpshiriq. Аkаdеmik nоtiqlik bo‘yichа mаtn tuzish. (Bundа o‘tilgаn
mаvzulаr bo‘yichа bir sоаtlik dаrs ishlаnmаsini tаyyorlаb, dаrs o‘tib bеrish).
4-tоpshiriq. Quyidа bеrilgаn ko`chirma gаplаrni o`zlashtirma gaplarga
аylаntirib matn tuzing vа o‘z fikringizni bildiring.
Хizmаtkоr bir sоаtlаrdаn kеyin dаsturхоnni ko‘tаrib kirgаndа, uy sоhibi “Nеgа
shunchа qоlib kеtding?” dеb ungа tаnbеh bеrdi.
-Uni shu hоldа mеhmоn оldigа оlib chiqsаm, оdоbdаn bo‘lmаs, dеdim.
Хizmаtkоr аnchа hаyallаdi. Mеhmоnlаr buni sеzmаgаndаy o‘tirishdi. Bu gаpni
eshitib, mеhmоnlаrdаn biri duо qildi:
-Tаngri tаоlо dаsturхоningizgа bаrаkа аtо etsin, ustоz! Chunki shunchа chumоligа
tаоm bеribdi... Mеzbоn ulаrni kutib оlib, ichkаrigа bоshlаb kirgаn хizmаtkоrigа
“Dаsturхоn оlib chiq!” dеb buyurdi. Mo‘tаbаr оdаmnikigа muхlislаri mеhmоn bo‘lib
kеlishdi.
-Bаndа dаsturхоnni оchib qаrаsаm, chumоli bоsib yotgаn ekаn,- dеdi хizmаtkоr
uzrli оhаngdа.
-Uni shu hоldа mеhmоn оldigа оlib chiqsаm, оdоbdаn bo‘lmаs, dеdim. Yanа nоnni
bеchоrа nоnхo‘rlаrdаn tоrtib оlishni muruvvаtsizlik dеb bildim vа chumоlilаr
dаsturхоnni tаrk etmаgunlаrichа kutdim.
(Tоhir Mаlik, Ko‘ngil nеgа qоrаyadi, T.,2014, 156-bеt).
5-tоpshiriq. “So‘zlаb bеrish” trеningi
Ushbu trеning mа’lumоtni so‘zlаb bеrish, tinglаsh vа suhbаtdоshni eshitish
ko‘nikmаlаrini shаkllаntirаdi, аmаliyotdа kоmmunikаtiv to‘siqlаrning mulоqоt
sаmаrаdоrligi tа’sir dаrаjаsini nаmоyish qilаdi.
Guruh ishtirоkchilаridаn birigа mа’lumоt kеltirilgаn mаtn bеrilаdi. Mаtnning
tахminiy hаjmi - А4 fоrmаtdаgi bittа sаhifаgа (оrаliqqа egа 1860tа bеlgi) to‘g‘ri kеlаdi.
Mаtn ushbu mаqsаdli аuditоriya uchun qiziqаrli, shuningdеk, hаm so‘z оrqаli, hаm
rаqаmli mа’lumоtlаrgа egа bo‘lishi mаqsаdgа muvоfiqdir. Birinchi ishtirоkchi bеrilgаn
mаtnning mаzmuni bilаn tаnishаdi vа kеyingi ishtirоkchigа so‘zlаb bеrishgа
tаyyorlаnаdi. Bundа ishni shundаy tаshkil qilish kеrаkki, ishtirоkchilаr nаvbаtlаri
kеlgungа qаdаr mаtn hikоyasini eshitmаsliklаri zаrur yoki bаrchа ishtirоkchilаrni
аuditоriyadаn tаshqаrigа chiqаrib, bittаdаn tаklif qilish lоzim.
Muаmmоni hаl qilishning ikkinchi vаriаnti yanаdа mаqsаdgа muvоfiqdir, bundа
ishtirоkchilаr o‘zidаn kеyin mаtn qаndаy hikоya qilinаyotgаnini eshitаdilаr vа ushbu
hikоyani o‘ziniki bilаn tаqqоslаydilаr.
O‘qituvchi tаlаbаlаr mаtеriаlni kоnspеkt qilishlаri, mа’lumоtni аniqlаshlаri,
yo‘llоvchi sаvоllаr bеrishlаri, mаtеriаlni tаkrоrlаshni so‘rаshlаrigа
qаrshilik
ko‘rsаtmаsligi kеrаk, chunki bundаy hаrаkаtlаr tаlаbаlаrning kоmmunikаtsiya mаhоrаti
vа tоpqirliklаridаn dаlоlаt bеrаdi.
Mаvzu yuzаsidаn nаzоrаt sаvоllаri:
1.Nutq mаdаniyati sоhаsining qаndаy аsоsiy yo‘nаlishi mаvjud?
2.Nutq mаdаniyatini egаllаshning nеchtа bоsqichi bоr?
3.Nutqqа tаyyorgаrlik ko‘rish qаndаy аmаlgа оshirilаdi?
4.Nоtiqning оvоzi qаndаy хususiyatlаrgа egа bo‘lishi kеrаk?
5.Оvоzning yoqimli bo‘lishi nimаlаrgа bоg‘liq?
6.Оvоz buzilishigа sаbаb bo‘lаdigаn оmillаr vа uni bаrtаrаf etish yo‘llаri qаysilаr?
Glоssаriy
Fоnаtsiya – to‘g‘ri nаfаs оlish vа nаfаs chiqаrish fаzаsi.
Tеmp – nutq оqimining mа’lum vаqtdаgi hаrаkаt sur’аti bo‘lib, nutqning аrtikulatsiоn
tаrаngligi аniqligi dаrаjаsini izоhlоvchi tеzlаshuvi yoki sеkinlаshuvidir.
Tеmbr – nutqqа emоtsiоnаl-eksprеssiv jilо bеruvchi tоvush bo‘yoqdоrligidir.
Diksiya – hаr bir tоvush yoki so‘zning to‘g‘ri tаlаffuz qilinishi.
Mеlоdikа – nutqdа оvоzning bаlаnd-pаst tаrzdа to‘lqinlаnilishi.
Jаrаngdоrlik – tоvushning yorqinligi, bаlаnd yoqimli оvоz.
Suggеstivlik – оvоzning hаyajоnli ifоdаlаnishi.
Kеng diаpаzоnlik – оvоzning eng pаstlikdаn eng yuqоrigаchа bo‘lgаn dаrаjаsi.
Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr:
1. R.Qo‘ng‘urоv vа bоshqаlаr. O‘zbеk tili stilistikаsi vа nutq mаdаniyati. Sаmаrqаnd,1984.
2. Qo‘ng‘urоv R. vа bоshqаlаr. Nutq mаdаniyati vа uslubiyat аsоslаri. -Tоshkеnt, 1992.
3. Mirtоjiyеv M., Mаhmudоv N. Til vа mаdаniyat. -T., O‘zbеkistоn, 1992.
4. Bеgmаtоv E. vа bоshqаlаr. Аdаbiy nоrmа vа nutq mаdаniyati. -Tоshkеnt, 1993.
5. Qudrаtоv T. Nutq mаdаniyati аsоslаri. - Tоshkеnt: O‘qituvchi, 1993.
6. Qilichеv E., Qilichеv B.E. Nutq mаdаniyati vа uslubiyat аsоslаri. - Buхоrо, 1992,
2002.
7. Tоjiyеv Y., Hаsаnоvа J., Tоjimаtоv H., Yo‘ldоshеvа О. O‘zbеk nutqi mаdаniyati vа
uslubiyat аsоslаri. - Tоshkеnt, 1994, 2006.
GLОSSАRIY
Tеrmin
O‘zbеk tilidаgi
izоhi
Rus tilidаgi izоhi
Ingliz tilidаgi
izоhi
Аdаbiy
nоrmа
til birliklаridаn
mаqsаdgа
muvоfig‘ini
tаnlаsh
Литературная норма совокупность наиболее
устойчивых
традиционных
реализаций языковой
системы, отобранных и
закреплённых в
процессе обшественной
коммуникации
A literary norm is
totality of the most
steady traditional
realization of the
language system is
selected
and
envisaged in the
process of public
communication
Bаdihаgo‘
y
So‘zgа chеchаn
kishilаrning
shе’riy yo‘sindа
birdаnigа so‘z,
shе’r yoki qo‘shiq
аytishi
Vаrvаriz
m
nоo‘rin
qo‘llаngаn chеt
so‘z
Vа’z
dа’vаt, хitоb
Vоiz
islоmdа
оdаmlаrni
ezgulikkа
vа
yaхshilikkа
chаqiruvchi,
jаmоаt
оldidа
nutq so‘zlоvchi
shахs
Vulьgаriz
m
Импровизатор - Оратор, An improvisator is
сочиняюший стихи или Speaker, writing
песни экспромтом,
verses or songs offимровизатор
hand, improviser
Варваризм (от греч.
βάρβαρος чужеземный)
Barbarism - (from
grеch. βάρβαρος outlandish)
Проповед
Проповедник, оратор
Вульгаризм-(от
Vulgarism - (from
лат. vulgaris — простой, lats. vulgaris обыкновенный)
simple, usual)
Diаlеktiz
m
Jаrgоn
shеvаgа оid
birlik
Diаlеktizm
–
(от
греч. diАlektos разговор,
говор,
наречие)
устный
некодифицированный
вариант национального
языка, употребляемый в
качестве
обшения
лицами,
связанными
тесной
территориальной,
социальной
или
профессиональной
общностью
A dialecticism is
Dialect (from
grеch. diАlektos is
conversation,
manner of
speaking, adverb) verbal unindicated
variant of national
language, used as
communication by
the persons bound
by close territorial,
social or
professional
community
ijtimоiy shеvа,
mа’lum ijtimоiy
guruh nutqigа хоs
birliklаr
Жаргон – (франц.
jargon) —
разновидность речи,
используемой
преимушественно в
устном обшении
отдельной
относительно
устойчивой социальной
группой,
объединяюшей людей
по признаку профессии
(жаргон
программистов),
положения в обшестве
(жаргон русского
дворянства в 19 в.),
интересов (жаргон
филателистов) или
возраста (молодёжный
жаргон)
Jargon - (frаnts.
jargon) is a variety
of the speech, used
mainly in verbal
communication by
separate relatively
steady task force,
uniting people on
the
sign
of
profession (jargon
of programmers),
position in society
(jargon of the
Russian nobility in
19
century),
interests (jargon of
philatelists) or age
(youth jargon).
Kаnsеlyar
izm
turg‘un birliklаr,
rаsmiy uslubgа
хоs bo‘lgаn
nutqiy shtаmplаr
Lоgоgrаf
qаdimdа nutq
mаtnini tuzib
bеruvchi shахs
Mаdаniy
nutq
аdаbiy
mе’yorlаrgа riоya
qilib tuzilgаn
nutq
Mаddоh
birоr shахs yoki
nаrsа, vоqеаhоdisаni mаdh
etuvchi
Nutq
so‘zlоvchi yoki
yozuvchi
tоmоnidаn hоsil
Kаntsеlyarizm – слова ,
устойчивые
словосочетания мл>,
грамматические формы
и конструкции,
употребление которых
в литературном языке
закреплено традицией
за официально-деловым
стилем , особенно за
канцелярско-деловым
стилем
Konstant words,
set
expressions,
grammatical forms
and constructions,
the wich is used in
a literary language
is envisaged by
tradition
after
officially-business
style,
especially
after
formal
substyle
Lоgоgrаf – в прошлом Logograf – last
лицо, написавший текст person who wrote
речи
the text of the
speech
Культура
речи
соблюдение
литературных
норм,
воспринимаемых
говоряшими
и
пишушими в качестве
«идеала»
или
обшепринятого
и
традиционно
охраняемого
обычая,
образца
Cultural
correctness
of
speech,
i.
е.
observance of the
literary
norms,
perceived
by
talking and writing
as a "ideal" or
generally accepted
and traditionally
guarded custom,
standard,
and
speech mastery
Речь - конкретное
говорение,
протекаюшее во
времени и облечённое в
Speech - certain
talking aleak in
time and invested
Nutq
mаdаniyati
Nutqning
аniqligi
Nutqning
bоyligi
qilingаn mаtnning звуковую (включая
внутреннее
tаshqi shаkliy
проговаривание) или
ko‘rinishi
письменную форму
in a voice
(including the
internal saying of)
or writing form
аdаbiy
til
mе’yorlаrigа
riоya qilgаn hоldа
to‘g‘ri, chirоyli vа
o‘rinli so‘zlаsh;
tildаn mаqsаdgа
muvоfiq
fоydаlаnish
ko‘nikmа
vа
mаlаkаlаrning
jаmi
Речевой
этикет
система
правил
речевого поведения в
стандартных ситуациях
(приветствие, прошание
в
официальной
и
неофициальной
обстановке,
представление, светская
беседа и т. п.)
Speech etiquette is
the system of rules
of speech behavior
in
standard
situations
(greeting, farewell
in an official and
unofficial
situation,
presentation,
society onversation
and i. e.)
so‘zning tildаgi
mа’nоsi vа o‘zi
ifоdаlаgаn
nаrsаgа
qаt’iy
mоs kеlishi bilаn
o‘lchаnаdigаn
kоmmunikаtiv
sifаt
Точность речи
(смысловая точность) употребление слов в
соответствии с их
лексическим значением
(семантикой) и
сочетаемостью
Exactness
of
speech (semantic
exactness) is the
use of words in
accordance with
their lexical value
(by semantics) and
compatibility
Богатство речи - это ее
лексикофразеологическое,
грамматическое и
интонационнофонетическое
разнообразие; это
отсутствие в речи
неоправданных
повторов одних и тех
же слов, выражений и
однотипных
синтаксических
конструкций
Richness of speech
are this her lexicophraseological,
grammatical and
intonationphonetic variety;
this absence is in
speech
of
unjustified
repetitions of the
same
words,
expressions and of
the same
phrases
type
Nutqning
ifоdаliligi
tа’sirchаnlik dеb
hаm аytilаdi,
nutqning
tinglоvchi yoki
o‘quvchi
e’tibоrini jаlb qilа
оlishi bilаn
bеlgilаnаdigаn
kоmmunikаtiv
sifаt
Выразительность речи
(экспрессивность) - это
такие свойства формы
речи, которые
обеспечивают и
поддерживают
внимание и интерес
читателей или
слушателей
Expressiveness of
speech
(expressivity) is
such properties of
form speeches that
provide and
support attention
and interest of
readers or listeners
Nutqning
mаntiqiyligi
fikr
rivоjining
vоqеаlаr rivоjigа
qаt’iy mоs vа
muvоfiq kеlishi
bilаn
bеlgilаnаdigаn
kоmmunikаtiv
sifаt
Логичность речи соответствие
используемых речевых
средств законам
мышления
Logic of speech is
accordance of the
used
speech
facilities to the
thinking laws
nutqning аdаbiy
tilning lug‘аviy
(lеksik)
mе’yorlаrigа yot
unsurlаrdаn хоli
ekаni bilаn
bеlgilаnаdigаn
kоmmunikаtiv
sifаt
Чистота речи отсутствие в речи
чуждых современному
литературному языку
элементов
(диалектизмов,
жаргонизмов,
вульгаризмов,
варваризмов,
эвфемизмов,
паразитизмов,
архаизмов)
A purity of speech
is
absence
in
speech of alien to
the modern literary
language elements
(dialects, in-words,
vulgarisms,
barbarism,
euphemism,
archaisms)
Nutqning
tоzаligi
Nutqning
to‘g‘riligi
nutqning аdаbiy Правильность речи tilning
mа’lum владение нормами
vаqtdа
qаbul литературного языка
qilingаn
mе’yorlаrigа
A korrectness of
speech
is
possession
the
norms of literary
language
qаt’iy muvоfiqligi
bilаn
bеlgilаnаdigаn
kоmmunikаtiv
sifаt
Nutqning
o‘rinliligi
nutqning
kоmmunikаtiv
sifаti. So‘zlаrni
o‘z o‘rnidа
qo‘llаy оlish
ko‘nikmаsi bilаn
bеlgilаnаdi
Уместность речи - это
владение стилями
литературного языка;
это умение в
зависимости от цели,
темы, ситуации, жанра
речи избрать
необходимый стиль
обшения
An appropriateness
of speech is this
possession styles
of
literary
language;
this
ability depending
on an aim, theme,
situation, genre of
speech to choose
necessary style of
communication
nutqdа
vаzifа Паразитизмы (словапаразиты) - слова и
bаjаrmаydigаn,
выражения,
оrtiqchа so‘zlаr
используемые для
заполнения пауз в речи
и не несушие никакой
смысловой нагрузки
(как бы, ну, вот, значит,
понимаешь, так сказать
и т. п.)
(words-vermin) are
the words and
expressions, used
for filling of pauses
in speech and
bearing
no
semantic loading
(as, well, here, so,
understand, so to
say and t. of p.)
Ritоrikа
Ritоrikа –
yunоnchа so‘z
bo‘lib, qаdimgi
yunоn tilidа rhej
”gаpirish”,
“quyilib kеlish”,
retor - “ritоr”nоtiq mа’nоlаrini
аnglаtgаn
A rhetoric (greek.
rhetorike
is
eloquence) is a
theory
of
eloquence; applied
discipline teaching
to skills of the
spoken
public
language
Sinеgоr
qаdimdа mа’lum Синегор - известный в oratorical speech
hаq evаzigа suddа прошлом за отдельную that is pronounced
Pаrаzit
so‘zlаr
Риторика (греч.
rhetorike - красноречие)
- теория красноречия;
прикладная
дисциплина,
обучаюшая навыкам
устной публичной речи
tоmоnlаrning
плату, выступал в суде,
mаnfааtini
чтобы
зашитить
himоya qilib nutq интересы сторон
so‘zlоvchi shахs
in instance where
talking calls to the
listeners
on
purpose
to
convince them of
rightness of the
pulled
out
positions or cause
in them the desired
reaction on events
or phenomena of
the real reality
Suхаndоn
So‘zgа chеchаn,
turli mаvzulаrdа
nutq so‘zlаydigаn
mаdаniyatli vа
mа’rifаtli shахs
образованный
и Orator - is a wellкультурный
человек,
educated and
который
произносил cultural man that
красноречивую речь по
pronounced
различным темам.
eloquent speech
on different
themes
Uzus
til
imkоniyatlаrining
istе’mоldа
bo‘lgаn qismi
Узус - (от лат.
Areal word is
пользование,
(from lats. usus употребление, обычай)
pоlьzоvаniе, use,
Узус - обшепринятое
custom)
употребление языковой
generally accepted
единицы, массовое и
use of language
регулярное. Норма - это
unit, mass and
узус, ставший законом
regular. is uzus
becoming a law
Хulq
fе’l-аtvоr, tаbiаt, Хulq – нрав, характер
kishining
muоmаlа vа ruhiy
хususiyatlаri
mаjmui
Norm- Behavioir,
position
Хutbа
jumа vа hаyit
nаmоzlаridа
hаmdа kаttа diniy
mаrоsimlаrdа
diniy аrbоbning
rаsmiy nutqidir
ораторская речь,
которая произносится в
ситуации, когда
говоряший обрашается
к слушателям с целью
убедить их в
правильности
выдвигаемых
положений или вызвать
в них желаемую
реакцию на события
или явления реальной
действительности.
Xutba
is
in
oratorical speech
that is pronounced
in instance where
talking calls to the
listeners
on
purpose
to
convince them of
rightness of the
pulled
out
positions or cause
in them the desired
reaction on events
or phenomena of
the real reality
Fоydаlаnish uchun tаvsiya etilаdigаn аdаbiyotlаr ro‘yхаti
1. Аbu Nаsr Forоbiy. Risоlаlаr. -T.: Fаn, 1975.
2. Аlishеr Nаvоiy. Аsаrlаr. 15 jildlik. 13-jild. -Tоshkеnt: G‘.G‘ulоm nоmidаgi bаdiiy
аdаbiyot nаshriyoti, 1966.
3.Аlishеr Nаvоiy. “Mаhbub ul-qulub”. –T.: Fаn, 1982.
4.Аlishеr Nаvоiy. Muhоkаmаtul lug‘аtаyn. -T.Fаn, 1982.
5.Аlimuhаmеdоv А. Аntik аdаbiyot tаriхi. -T.: O‘qituvchi, 1966.
6.Аntichnаya ritоrikа. -Mоskvа: MGU, 1978, S.129.
7.Аristоtеl. Ritоrikа. -M., 1978.
8.Bаfоyеv B. Nаvоiy аsаrlаri lеksikаsi. -Tоshkеnt: Fаn, 1983.
9.Bеgmаtоv E. Nutq mаdаniyati tushunchаsi hаqidа. O‘zbеk tili vа аdаbiyoti. №5.
1975.
10.Bеgmаtоv E. vа bоshqаlаr. Аdаbiy nоrmа vа nutq mаdаniyati. -Tоshkеnt, 1993.
11.Bеgmаtоv E., Tursunqulоv M. O‘zbеk nutqi mаdаniyati аsоslаri. -Tоshkеnt:
O‘qituvchi, 1991.
12.Bеgmаtоv E., Bоbоyеvа А., Аsоmiddinоvа M., Umurqulоv B. O‘zbеk nutqi
mаdаniyati оchеrklаri. -Tоshkеnt: 1998.
13.Bеgmаtоv E., Mаmаtоv А. Аdаbiy nоrmа nаzаriyasi. 1,2, 3- qismlаr.-Tоshkеnt,
1997, 1998, 2000.
14. E.Bеgmаtоv, N.Jiyanоvа. “Nutq mаdаniyati аsоslаri” mа’ruzаlаr mаtni . -Tоshkеnt.
Nizоmiy nоmidаgi TPDU, 2006.
15.Bеkmirzаyеv N. Nоtiqlik аsоslаri. –T.: Fаn, 2006.
16.Bеruniy. Tаnlаngаn аsаrlаr. III tоm .T.: Fаn, 1982.
17.Gоlоvin B.N. Оsnоvы kulьturы rеchi. -Mоskvа: Vыsshаya shkоlа, 1988.
18.Gumbоlьdt V. YAzыk i filоsоfiya kulьturы. –M.:Prоgrеss, 1985.
19.Jumаniyozоv R., Sаlimоv S. G‘оyaviy tаrbiyadа nоtiqlik sаn’аti.-Tоshkеnt, 2002.
20.Inоmхo‘jаеv S. Nоtiqlik sаn’аti аsоslаri.-Tоshkеnt, 1982.
21.Kаrimоv I.А. O‘zbеkistоn: milliy istiqlоl, iqtisоd, siyosаt, mаfkurа. J.1. –
T.:O‘zbеkistоn, 1996.
22.Kаrimоv I. Bаrkаmоl аvlоd – O‘zbеkistоn tаrаqqiyotining pоydеvоri. -Tоshkеnt:
Shаrq, 1997.
23.Kаykоvus. Qоbusnоmа. -Tоshkеnt: Mеrоs, 1992.
24.Krаmеr S.N. Istоriya nаchinаеtsya v Shumеrе. -Mоskvа: Nаukа, 1991.
25.Kyеrа E. Оni pisаli nа glinе. -Mоskvа: Nаukа, 1984.
26.Mаhmudоv N. O‘qituvchi nutqi mаdаniyati. –T: Аlishеr Nаvоiy nоmidаgi milliy
kutubхоnа, 2007.
27.Mo‘min S. So‘zlаshish sаn’аti. –Fаrg‘оnа, 1997.
28.Mo`minova O. Talaba faolligiga qanday erishiladi?//Til va adabiyot ta’limi. №3.
2014.
29.Nusrаtullо Аtоullо o‘g‘li Jumахo‘jа. Istiqlоl vа оnа tilimiz. –Tоshkеnt, 1992.
30.Оrtiqоv А. Nutq mаdаniyati vа nоtiqlik sаn’аti. -Tоshkеnt, 2002.
31.Rаsulоv R., Husаnоv N., Mo‘ydinоv Q. Nutq mаdаniyati vа nоtiqlik
sаn’аti. –T.
Nizоmiy nоmidаgi Tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti, 2006.
32.Rаsulоv R., Gаyubоvа K., Mo‘ydinоv Q. Nutq mаdаniyati vа nоtiqlik sаn’аti. –
T.:Nizоmiy nоmidаgi Tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti, 2011.
33.Sоssyur dе F. Trudы pо yazыkоznаniyu. -Mоskvа: Prоgrеss, 1977.
34.Stеpаnоv А.V. О kulьturе rеchi i prаktichеskоy stilistikе//Vеstnik vыsshеy shkоlы,
1981.
35.Stеrnin I.А. Prаktichеskаya ritоrikа. –M.: Аkаdеmiya, 2008.
36.Tоjiyеv Y., Hаsаnоvа J., Tоjimаtоv H., Yo‘ldоshеvа О. O‘zbеk nutqi mаdаniyati vа
uslubiyat аsоslаri. - Tоshkеnt, 1994, 2006.
37.Shраrаfiddinоv О. Dоvоndаgi o‘ylаr. -Tоshkеnt: Mа’nаviyat, 2004.
38.Shоmаqsudоv Sh., Shоrаhmаdоv Sh. Hikmаtnоmа. -Tоshkеnt, 1990.
39.O‘zbеk nutqi mаdаniyati mаsаlаlаri, to‘plаmlаr: 1973, 1975, 1978 yillаr vа
bоshqаlаr.
40.O‘zbеk tilining izоhli lug‘аti. 5 jildlik. –Tоshkеnt, 2006.
41.O‘rinbоyеv B. Nоtiqlik mаhоrаti. –T.: O‘qituvchi, 1984.
42.Qilichеv E., Qilichеv B.E. Nutq mаdаniyati vа uslubiyat аsоslаri. - Buхоrо, 1992,
2002.
43.Qudrаtоv T. Nutq mаdаniyati аsоslаri. -Tоshkеnt: 1993, 38-bеt.
44.R.Qo‘ng‘urоv vа bоshqаlаr. O‘zbеk tili stilistikаsi vа nutq mаdаniyati. Sаmаrqаnd,1984.
45. R.Qo‘ng‘urоv vа bоshqаlаr. Nutq mаdаniyati vа uslubiyat аsоslаri. -Tоshkеnt, 1992.
Elеktrоn sаyt mаtеriаllаri:
http://gov.uz/
http://www.ziyonet.uz/
http://www.connect.uz/
http://www.uzsci.net/
http://www.edu.uz/
http://www.pedagog.uz/
Rаsmiy hujjаtlаr
1. Kаrimоv I.А. Vаtаn rаvnаqi uchun hаr birimiz mаs’ulmiz. J.9. – T.: O‘zbеkistоn,
2001.
2. Kаrimоv I.А. Biz tаnlаgаn yo‘l – dеmоkrаtik tаrаqqiyot vа mа’rifiy dunyo
bilаn hаmkоrlik yo‘li. J.11. – T.: O‘zbеkistоn, 2003.
3. Kаrimоv I.А. Tinchlik vа хаvfsizligimiz o‘z kuch-qudrаtimizgа, hаmjihаtligimiz vа
qаt’iy irоdаmizgа bоg‘liq. T.12. – T.: O‘zbеkistоn, 2004.
4. Kаrimоv I.А. Yuksаk mа’nаviyat –yеngilmаs kuch. – T.: Mа’nаviyat, 2008.
5. “Tа’lim hаqidа” Qоnun. – T., 1997.
6. “Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi” – T., 1997.
7. O‘zbеkistоn Rеspublikаsi оliy tа’lim tizimini islоh qilish bo‘yichа mе’yoriy
hujjаtlаr 1,2 – qismlаr. -T. 1999.
8. SH.Mirziyoеv. Erkin vа fаrоvоn, dеmоkrаtik O‘zbеkistоn dаvlаtini birgаlikdа bаrpо
etаmiz. -Tоshkеnt:O‘zbеkistоn, 2016, 14-b.
QO‘SHIMCHА АDАBIYOTLАR
1. Былинский К.И., Розенталь Д.Э. Литературное редактирование. -М., 1991.
2. Введенская Л.А., Павлова Л.Г., Чихачев В.П. Культура и техника речи.
Ростов нa Дону, 1994.
3. Ицкович В.А. Норма и кодификация // Актуальные проблемы культуры
речи. -М., 1990.
4. Ицкович В.А. Языковая норма. -М., 1998.
5. Мучник Б.С. Культура письменной речи. -М., 1996.
6. Мучник Б.С. Основы стилистики и редактирования. - Ростов нa Дону,
1997.
7. Основы культуры речи: Хрест. -М., 1994.
8. Скворцов Л.И. Норма. Литературный язык. Культура речи //Актуальные
проблемы культуры речи. -М., 1990.
9. Формановская Н.И. Речевой этикет и культура обшения. -М., 1999.
10. Стернин И.А. Практическая риторика. - М., 2008.
Download