3-mavzu: Kadrlar tayyorlash va ta’lim sohasini isloh qilish Reja: 1. Yangi jamiyat qurishda ta’lim va tarbiyaning o’rni va roli. 2. “Ta’lim to’g’risida’gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” ning kabul kilinishi, dasturning maqsad va vazifalari, amalga oshirish mexanizmi, bosqichlari. 3. Oliy ta’lim sohasida qabul qilingan Qonunlar, ularda belgilangan vazifalar. Tayanch so’zlar: ta’lim, maktabgacha ta’lim, kasb-xunar ta’limi, oliy ta’lim, innovatsion ta’lim, yoshlar siyosati 1. Yangi jamiyat qurishda ta’lim va tarbiyaning o’rni va roli. Mamlakatimizda 2016 yilda siyosiy-xuquqiy iqtisodiy, manaviy sohalar bilan bir qatorda, ijtimoiy sohada ham chuqur sifat ozgarishlari roy berdi. Istiqlol yillarida Respublikamizda ijtimoiy sohaga yonaltirilgan xarajatlar xajmi 5 barobar kopaytirildi. Xar yili davlat byudjetining qariyb 60 foizi sogliqni saqlash, talim, kommunal xojalik, aholini ijtimoiy himoya qilish sohalaridagi vazifalar ijrosiga yonaltirilmoqda. Jamiyat ijtimoiy sohasining eng muxim tarkibiy qismlaridan biri talimtarbiya sohasi bolib, uning rivoji siyosiy-xuquqiy, iqtisodiy va manaviy sohalarga bevosita tasir etadi hamda ijtimoiy sohalar me‟yoriy moxiyatini, kamolot darajasini belgilab beradi. Ta`lim va fan sohasini rivojlantirish davlat siyosati mano-mazmunidan va uning dolzarbligidan kelib chiqib, uni quyidagicha izoxlash mumkin: birinchidan, yangi ta`lim tizimi, barkamol avlod kadrlarini tayyorlashdagi ozgarishlar va yangicha yondashuvlar, zamonaviy kasb sohalarining paydo bolgani hamda uning mamlakatimiz sharoiti bilan bogliqligidir; ikkinchidan, ta`lim tushunchasi ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyot natijasida muayyan davrdan boshlab, inson faoliyatining aloxida mustaqil sohasiga aylanib, jamiyatning ijtimoiy tajribasini keyingi bosqichga uzatadi: uchinchidan, ta`lim inson shaxsining intellektualmanaviy qirralarini shakllantirish, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, siyosiy, madaniy, marifiy xayotida faol va muvaffaqiyatli ishtirokini taminlashga qaratilgan xarakatlar yigindisi bolib, marifat xamda bilim berishni anglatadi; to„rtinchidan, fan jamiyatning ijtimoiy institutlaridan biri bolib, tabiat va jamiyat xayotini aks ettiruvchi ijtimoiy ong shakli. U katta ilmiy saloxiyatni, ijodiy kuchquvvatni birlashtirib, manaviy barkamol insonni tarbiyalashga, mamlakatda qudratli ilmiy saloxiyatni yaratishga xizmat kiladi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boyicha Xarakatlar strategiyasi togrisida»gi Farmoni bilan Xarakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturining «Ijtimoiy sohani rivojlantirish» deb nomlangan tortinchi yonalishida maktabgacha ta`lim muassasalarining qulayligini taminlash, umumiy orta, o`rta maxsus va oliy ta`lim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlarida turadi. Uzluksiz ta`lim tizimining faoliyat olib borishi ta`lim dasturlarining izchilligi asosida taminlanadi va quyidagi ta`lim turlarini oz ichiga oladi: 1. Maktabgacha ta’lim. 2. Umumiy o’rta ta’lim. 3. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi. 4. Oliy ta’lim. 5. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim. 6. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash. 7. Maktabdan tashqari ta’lim. Shuni aloxida takidlash kerakki, rivojlangan mamlakatlarda ta`lim samaradorligi, taraqqiyotning 16 foizi - moddiy-texnik bazaga, 20 foizi axborot resurslariga, 64 foizi - inson omiliga bogliq. Bu uchala omil bir-biri bilan chambarchas bogliq bolib, talim-tarbiyaning moddiy-texnik bazasi, mavjud resurslaridan, imkoniyatlaridan oqilona foydalanish inson manfaatiga xizmat qiladi va uning ratsional rivojlanishini belgilab beradi. 2017-2018 yillar davomida yurtimizda 459 ta maktabgacha ta`lim muassasasi kapital tamirlandi va zamonaviy talablarga mos ravishda jixozlandi. Bugungi kunda talimni rivojlantirishga yonaltirilayotgan xorijiy texnik yordam xajmi tobora ortib bormoqda. Otgan davrda bu boradagi yordam 500 million dollardan ortib ketdi. Osiyo taraqqiyot bankining salkam 290 million dollar mablagi, Janubiy Koreya xukumatining 110 milliondan ortiq, 1 Jaxon bankining 33 million. OPYeK fondi, Saudiya fondi, Islom taraqqiyot bankining 42 million, Germaniya xukumatining «KfV» banki orqali yonaltirilgan qariyb 20 million va boshqa donorlarning 100 million dollardan ortiq yordamini qayd etish lozim. Bu esa talim jarayonining bevosita davlat nazoratida ekanining sozsiz isbotidir. Yani, davlat ertangi kun istiqbolini oylab, talim jarayonida ana shunday yirik islohotlarni amalga oshirmoqda. Talim-tarbiya va tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ijtimoiy infratuzilma ob‟ektlarini jadal rivojlantirish uchun 2015 va 2016 yillarda davlat byudjeti jami xarajatlarining qariyb 60 foizi yonaltirildi. Shu jumladan, talim va ilm-fanni rivojlantirishga 34.3 foiz mablag sarflandi. Bugungi kunda ta`lim davlat siyosatining eng ustuvor yonalishiga aylandi. Davlat byudjetidan talimga ajratilgan mablaglar byudjet xarajatlar qismining 33,7 foizi darajasida rejalashtirilib ta`lim sohasiga yonaltirilayotgan xarajatlar xajmi mamlakatimiz YaIM tarkibida 10-12 foizni tashkil etadi. Xolbuki, jaxon tajribasida bu korsatkich 3-5 foizdan oshmaydi. Qariyb 9,5 ming yoki mamlakatimizda faoliyat korsatayotgan maktablarning deyarli barchasida qurilish, capital rekonstruktsiya va tamirlash ishlari amalga oshirildi. Oquv maskanlarining zamonaviy oquv laboratoriya, mebel jixozlari bilan taminlangani ta`lim sifati va mazmuniga yuksak e‟tibor qaratilayotganligidan dalolat beradi. Yana shuni takidlash lozimki, Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boyicha Xarakatlar strategiyasida kam taminlangan oilalar va ularning bolalarini davlat tomonidan moddiy qollab-quvvatlashga aloxida e‟tibor qaratilgan. Xususan, bugungi kunda davlat tomonidan kam taminlangan oilalar va ularning bolalarini davlat tomonidan moddiy qollab-quvvatlashning quyidagi mexanizmlari mavjud: - ota-onalar tolovi joriy etilgan barcha ta`lim muassasalarida kam taminlangan oilalarning bolalarini badal tolovlaridan ozod qilish; - maktablarda kam taminlangan oilalarning bolalarini qishki kiyim-bosh toplami bilan tekin taminlash - umumta`lim muassasalarida kam taminlangan oilalarning bolalarini darsliklar toplami uchun ijara tolovlaridan ozod qilish va boshqalar. Kelgusida amalga oshiriladigan tadbirlar tufayli Xalq talimi vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat test markazi, OzNNTMA zimmasiga aholining ijtimoiy nochor qatlamlarining sifatli ta`lim olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida inklyuziv ta`lim tizimi samaradorligini oshirish boyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish topshirildi. Vazirlar Maxkamasining shu boradagi qarori loyixasida quyidagi amaliy natijalar nazarda tutilgan: 1) nogiron bolalarni zarur maxsus adabiyotlar va oquv qollanmalar bilan taminlashni qamrab oluvchi inklyuziv tizimni yanada rivojlantirish; 2) inklyuziv ta`lim tizimi oqituvchilariga imtiyozlar berish; 3) jismoniy imkoniyati cheklangan talabalarning oliy oquv yurtlarida talim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish; 4) nogiron bolalarni uyda oqitadigan pedagoglarning ishini ragbatlantirish. Bugungi kunda aksariyat maktabgacha ta`lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi zamon talablariga javob bermaydi. Bolalarni maktabgacha talimga qamrab olish korsatgichi hamon pastligicha qolmoqda(27 foiz). Shu boisdan ham 2017 yil davomi 2200 ta maktabgacha ta`lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustaxkamlash uchun jami 2,2 trillion som mablag ajratildi. Maktabgacha ta`lim muassasalari tarmogi 50 ta yangi qurilish hamda mavjud muassasalarning 1167 tasini rekonstruktsiya qilish va 983 tasini mukammal tamirlash orqali kengaytirildi. Shuningdek, mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi «2017-2021 yillarda maktabgacha ta`lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida»gi qarori qabul qilindi va uning asosida dastur ishlab chiqildi. Mazkur qaror maktabgacha ta`lim tizimi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan taminlash, bolalarni maktab talimiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, talim-tarbiya jarayoniga zamonaviy dasturlar va texnologiyalarni tatbiq etish, farzandlarimizni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish kabi dolzarb masalalarni xal etishda muxim dasturulamaldir. Binobarin, mazkur xujjatga muvofiq, maktabgacha ta`lim tizimi yanada takomillashtirilib, yangi muassasalar quriladi, mavjudlari rekonstruktsiya qilinadi hamda mukammal tamirlanadi. Bolalarni maktab talimiga tayyorlash boyicha tashkil qilinadigan qisqa muddatli guruxlarda ogil-qizlarning kerakli bilimlarni egallashiga aloxida e‟tibor qaratiladi. Umumiy orta ta’lim sifatini oshirish, fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o’rganishga yangicha 2 yondashuv barkamol avlodni tarbiyalash garovi. Bugungi kunda millionlab bolalarimiz yangitdan barpo etilgan va rekonstruktsiya qilingan 10 mingga yaqin maktablarda, 1556 ta litsey va kollejda, 70 dan ziyod oliy oquv yurtlarida yangi ta`lim tizimi asosida bilim va tarbiya olib, zamonaviy kasb-hunarlarga ega bolib, xayotda oz munosib ornini topmoqda, mamlakatimiz ta`lim modelining samarasi va raqobatdoshligi xalqaro maydonlarda tan olinmoqda. Umuman, umumiy o`rta ta`lim tizimi isloxotlarini yanada demokratlashtirish tufayli chet tillar hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muxim va talab yuqori bolgan fanlarni chuqur organish yoshlarning bilim va saloxiyatini yanada oshirishga, mamlakatning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi. Tizimda raxbar va pedagog kadrlarning masofadan malaka oshirishi boyicha zamonaviy metodlar joriy etilgan. Birgina 2016 yilda 93 mingdan ortiq raxbar va pedagog kadrlar 140 ta malaka toifasi asosida oz maxoratini oshirdi. Xozirgi kunda yurtimizdagi umumta`lim maktablarida 389 ming 740 nafar pedagog faoliyat yuritmoqda. Jumladan, 2016 yilda oqituvchilar bilim darajasini organish boyicha sinovlar otkazildi. Jami 20 ming 119 nafar okituvchidan 17250 (89,5 foizi) nafari sinovdan muvaffaqiyatli otdi. Qolgan 2869 nafar oqituvchi navbatdan tashqari malaka oshirish kurslarida oz bilimini oshirib bormoqda. 2017 yil 14 yanvarda bolib otgan Vazirlar Maxkamasining kengaytirilgan majlisida davlatimiz raxbari talim-tarbiya tizimida oquv reja va dasturlarini tubdan qayta korib chiqish zarurligini qayd etdi. Ta`lim muassasalarida darslarni samarali tashkil etishda, yetuk kadrlar bilan bir qatorda talimga doir me‟yoriy xujjatlar, oquvuslubiy taminotning orni katta. Prezidentimiz tomonidan oqitishning zamonaviy metodologiyasini yaratish va amaliyotga joriy etish, oquvchilarning ongli ravishda kasb-xunar tanlash ishtiyoqini kuchaytirish, darsliklarni yaratishga butunlay yangicha yondashish kabi dolzarb vazifalar aynan shu maqsaddan kelib chiqqan xolda qoyilmoqda. Haqiqatan ham globallashuv jarayonning jadallashuvi oquv dasturlarini tubdan qayta korib chiqishni, keng bilimga ega bolgan, mantiqiy fikrlay oladigan yoshlarni voyaga yetkazishga xizmat qiladigan, takomillashgan me‟yoriy xujjatlar, oquv-metodik majmualarni yaratishni taqozo etmoqda. Metodik xizmatning oqituvchi extiyojiga asoslangan yangi shakllarini yaratish, ta`lim sifatini baxolash jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etish ham muxim vazifalardan xisoblanadi. Bu kabi ishlarning yolga qoyilishi ayni paytda aholining xaqli e‟tiroziga sabab bolayotgan bir qator muammolarni, jumladan, oquv muassasalarida talim-tarbiya jarayonidagi kamchiliklarning barham topishiga xizmat qiladi. Kasb-hunar kolleji talabalarini bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan mutaxassisliklar bo’yicha tayyorlash hamda ishga joylashtirishborasidagi ishlarni takomillashtirish. 2017-2021 yillarda amalga oshiriladigan tadbirlar tufayli mamlakatimizdagi 135 ta o`rta maxsus, kasb-hunar talimi muassasasining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi. Songgi yillarda kollej bitiruvchilari tomonidan oz biznesini tashkil etishga bolgan intilish kuchayib borayotganini yaqqol kuzatish mumkin. Bitiruvchilarning oz biznesini tashkil etish istagi oshib borishiga quyidagi omillar tasir korsatmoqda: 1. Kollejlarda talim-tarbiya ishi zamon talablari darajasida tashkil etilayotgani, oquv ustaxonalarining sohaga oid eng ilgor vositalar bilan jixozlangani natijasida bitiruvchilarda ozi tanlagan mutaxassislik boyicha yetarli bilim va kasbiy konikmalarni ozlashtirish imkoni kengayib bormoqda. 2. Kichik biznes va tadbirkorlik davlat tomonidan xar tomonlama qollabquvvatlamoqda. 3. Bitiruvchilarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish maqsadida xududlarda «Mikrokreditbank», Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda «Yosh tadbirkor - yurtga madadkor», «Mening biznes goyam» kabi mavzularda turli seminarlar va korik-tanlovlar tashkil etilmoqda. 4. Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanish istagini bildirgan bitiruvchilarga imtiyozli kreditlar berilmoqda. Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan taminlash masalasiga davlat raxbarining bevosita jon kuydirishi bejiz emas. Bu - mamlakat ertasining xal qiluvchi kuchi bolgan yoshlar xayoti, qolaversa, ularning ortida turgan odamlar, oilalar taqdiriga daxldor bolgan masaladir. Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining korxonalarni tanlashi quyidagi kor satkichlar asosida amalga oshirilmoqda: - bosh ish orinlarining mavjudligi; oquvchi va talabalar uchun ish orinlarini tashkil etish imkoniyatining 3 mavjudligi; - mehnat bozorida raqobatdosh, yuqori talabga ega mutaxassislikka orgatish imkoniyatining mavjudligi; - doimiy ish orniga qabul qilish imkoniyatining mavjudligi; - kasb-hunar oqitish, malaka oshirish sharoitlarining mavjudligi. 2. “Ta’lim to’g’risida’gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” ning kabul kilinishi, dasturning maqsad va vazifalari, amalga oshirish mexanizmi, bosqichlari. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim tug’risidagi qonun” nig yangi taxriri 2020-yil 23-avgustda qabul qilinib, unung asosiy maqsadi qonunning birinshi moddasida aniq qilib belgilangan. 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi ta`lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Mazkur qonun jami 75 moddadan iborat bo’lib, ta’lim tug’risidagi asosiy tushunchalar ushinshi moddada aniq qilib belgilab qo’yilgan. 3-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qollaniladi: davlat akkreditatsiyasi — davlat ta`lim muassasalari va tashkilotlari, shuningdek nodavlat ta`lim tashkilotlari (bundan buyon matnda ta`lim tashkilotlari deb yuritiladi) faoliyatining davlat ta`lim standartlari va davlat ta`lim talablariga hamda oquv dasturlariga muvofiqligining davlat tomonidan e‟tirof etilishi hamda ularning bitiruvchilariga malumot togrisidagi hujjatlarni topshirish huquqining taqdim etilishidan iborat jarayon; davlat ta`lim muassasasi — davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlat mulki bolgan mol-mulk negizida tashkil etilgan, davlat ta`lim standartlariga va davlat ta`lim talablariga muvofiq ta`lim beradigan muassasa; davlat ta`lim standartlari — davlat tomonidan talimning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui; davlat ta`lim talablari — talimning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga oshirish shartsharoitlariga, shuningdek ta`lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qoyiladigan majburiy talablar; malaka — shaxsning kasbiy faoliyatning muayyan turini bajarishga tayyorgarligini ifodalaydigan, malumot togrisidagi tegishli hujjat bilan tasdiqlanadigan bilim, qobiliyat, mahorat va konikmalar darajasi; mutaxassislik — malaka berish bilan yakunlanadigan muayyan kasbiy tayyorgarlik turining nomi; nodavlat ta`lim tashkiloti — davlat ta`lim standartlari, davlat ta`lim talablari va oquv dasturlariga muvofiq ta`lim xizmatlari korsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziya asosida ta`lim xizmatlari korsatuvchi yuridik shaxs; tarbiya — aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, manaviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon; ta`lim — ta`lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy konikmalar berishga, shuningdek ularning umumta`lim va kasbiy bilim, malaka hamda konikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon; ta`lim kampusi — yagona hududda birlashtirilgan oquv binolarini, ilmiy-tadqiqot institutlarini (markazlarini), ishlab chiqarish majmualari va texnoparklarni, talim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining vaqtincha yashash joylarini, laboratoriyalarni, axborot-resurs markazlarini (kutubxonalarni), sport inshootlarini, umumiy ovqatlanish obyektlarini oz ichiga olgan binolar hamda inshootlar majmuidan iborat bolgan, oquv jarayoni, manaviy-axloqiy tarbiyaning yuqori samaradorligini taminlaydigan talim-tarbiya muhiti; talim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari — ta`lim oluvchilar, voyaga yetmagan ta`lim oluvchilarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari, pedagog xodimlar va ularning vakillari; ta`lim tashkilotlari attestatsiyasi — ta`lim tashkilotlarining faoliyatini baholash, davlat ta`lim standartlari, davlat ta`lim talablari hamda oquv dasturlariga muvofiq kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatini aniqlash boyicha davlat nazoratining asosiy shakli. «Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi»da belgilangan kadrlar tayyorlash milliy modeliing asosiy tarkibiy qismlaridan birinchisi «shahs» deb belgilangan. 4 Yani, shahs – «Kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub‟ekti va ob‟ekti, ta`lim sohasidagi hizmatlarning iste‟molchisi va ularni amalga oshiruvchi» dir.1 1 ¤zbekistonnning yangi £onunlari. –T, «Adolat», 1998 y. 13-bet, Shuning uchun mamlakatimizda, milliy qonunchiligimizda shahsning huquq va erkinliklari ustuvordir. Zero, mamlakatimizdagi hozirgi islohatlarimiz shahsning bugungi va ertangi kuniga hizmat qilmoІi uchundir. «Kadrlar tayyorash Milliy dasturi», «Ta`lim toІrisida»gi Ozbekiston Respublikasi qonunini bajarishda toІri yol korsatuvchi huquqiy hujjatdir. Dasturda talimning barcha turlari, ularning maqsadi, vazifalari belgilab berilgan. Shuningdek, Milliy dasturda kadrlar tayyorlash tizimida fanning tutgan orniga, uning vazifalariga alohida urІu berilgan. Unda shunday deyilgan: «mamlakatimiz ilm-fanining jahon ilm-faniga integratsiyasi sodir boladi, zamonaviy ilm-fan va tehnologiyalarning eng muhim muammolarni hal etish uchun ilmiy yutuqlar va kadrlarni halqaro miqyosda almashinuv amalga oshiriladi.»2 Yani «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» fanning ta`lim sohasida qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligiga alohida e‟tibor qaratib, uning rivojlanishi uchun huquqiy zamin yaratib berdi. Milliy dasturda kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yonalishlari belgilab berilgan. Unda quyidagilarga alohida e‟tibor qaratilgan: 1) talimning uzluksizligini taminlash; 2) pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash; qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; 3) ta`lim jarayonini mazmunan isloh qilish; 4) manaviy-ahloqiy tarbiya va marifiy ishlar; 5) iqtidorli bolalar va iste‟dodli yoshlar; 6) ta`lim tizimini boshqarish; 7) kasb-hunar talimi sifatini nazorat qilish tizimini shakllantirish; 8)ta`lim tizimini moliyalash; 9) moddiy-tehnika taminoti; 10) ta`lim tizimining yahlit ahborot makonini vujudga keltirish; 11) ta`lim hizmati korsatish bozorini rivojlantirish; 12) ta`lim sohasida ijtimoiy kafolatlarni taminlash hamda bu sohani davlat tomonidan qollabquvvatlash; 13) fan va ta`lim jarayoni aloqalarini rivojlantirish; 14) ishlab chiqarish va ta`lim tizimi integratsiyalashuvini rivojlantirish; 15) ta`lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi halqaro hamkorlik. Milliy dasturning yana bir ahamiyatli jihati, unda dasturni amalga oshirish bosqichlari, muddatlari aniq belgilanganligidadir. 3. Oliy ta’lim sohasida qabul qilingan Qonunlar, ularda belgilangan vazifalar. «2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasida oliy ta`lim tizimini tubdan takomillashtirish Dasturini ishlab chiqish» bilan bog’liq Prezident qarori loyihasi natijasida: 1) akademik soha, oquv dasturlari ishlab chiqilib, tasdiqlanadi, bunda: -oquv jarayonini tashkil etish; -pullik xizmatlar korsatish va moliyalashtirishning qoshimcha manbalarini izlashda oliy oquv yurtlari vakolatlarini kengaytirish yoli bilan ularning mustaqilligi bosqichma-bosqich rivojlantiriladi. 2) milliy kadrlarning raqobatdoshligiga va umumjaxon amaliyotiga asoslangan oliy talim milliy tizimining sifati oshishiga olib keladi. -Boloniya jarayoni ishtirokchi mamlakatlari diplomlarini ozaro tan olish; -oqituvchi va talabalar bilan almashuv dasturlarini amalga oshirishga komaklashuvchi 1999 yil 19 iyundagi Boloniya deklaratsiyasiga qoshilish masalasi korib chiqiladi. Ilm-fan taraqqiyotining yangi bosqichi: fan, ilmiy-tadqiqot, innovatsion yutuqlarni ragbatlantirish va ularni amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish hamda ixtisoslashgan laboratoriya, yuqori texnologiya markazlari va texnologiyalarni joriy etish. 2016 yil 30 dekabrda Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizning yetakchi ilmfan namoyandalari bilan uchrashuvida qayd etganidek, fan, ta`lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada 5 takomillashtirish muxim ahamiyatga ega. Bugun jaxonning yetakchi universitetlari, ilmiy markazlari va fanlar akademiyalari bilan ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlashni zamonning ozi talab qilmoqda. Mamlakatimiz va jamiyatimizning zamon talablari darajasida rivojlanishini ilmfansiz tasavvur qilish qiyin. Ilm-fan taraqqiyotida fundamental tadqiqotlar muxim ahamiyat kasb etadi. Aynan ular orqali yangi bilimlar ozlashtiriladi va nazariyalar shakllantiriladi. Kelgusi amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar uchun mustaxkam asos yaratiladi. Bugungi zamon barcha sohalar qatorida ilm-fanni ham yangi bosqichga kotarishni talab qilmoqda. Bu boradagi ishlar bugun izchil va tizimli davom etmoqda. Davlatimiz raxbari Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 17 fevralda qabul qilingan «Ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish va ragbatlantirish togrisida»gi farmonida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanning ornini yanada mustahkamlash, akademiklar faoliyatini xar tomonlama qollab quvvatlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirishni ragbatlantirish maqsadida bir qator muxim choratadbirlar belgilangan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan bolgan muloqotida kop masalalar muxokama qilinib, taklif va muloxazalar ortaga tashlandi, yani quyidagi dolzarb masalalar tilga olindi: 1.Mamlakatimizda yuqori saloxiyatga ega, jaxon miqyosida e‟tirof etilgan olimlar kopligi, ular oz maktablarini yaratishi, shogirdlar tarbiyalashi lozim. 2. Jaxonning yetakchi institutlari, ilmiy markazlari va Fanlar akademiyalari bilan ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish. Ozbek olimlari juda ham katta zaxira toplaganlar, uni rivojlantirish zarur. 3. Yuqori saloxiyatga ega kadrlar tayyorlash masalasini takomillashtirish, ilmiy kadrlar va yuqori malakali mutaxassislar, dunyo darajasidagi yangi olimlar avlodini tayyorlash darkor. 4. Ilm-fan taraqqiyotida fundamental tadqiqotlar muxim ahamiyatga ega. Aynan ular orqali yangi bilimlar ozlashtiriladi va nazariyalar shakllantiriladi, kelgusi amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion ishlanmalar uchun mustahkam asos yaratiladi. 5. Ilm-fan iqtisodiyotning barcha tarmogi taraqqiyotida katta orin tutadi, davlat esa bu yolda avvalo olimlarga suyanadi. Chunki, ilm-fan va ishlab chiqarish ortasida integratsiya bolishi dolzarb masala. Ozbek xalqining tarixiy-madaniy va intellektual merosini koz qorachigidek asrab-avaylash hamda kopaytirish, shuningdek, yosh avlodni umuminsoniy va milliy an‟analar hamda qadriyatlar ruxida tarbiyalashga aloxida e‟tibor qaratish zarur. Takidlash kerakki, mazkur masala davlat siyosatining ustuvor yonalishlaridan biri xisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga moljallangan iqtisodiy dasturining eng muxim ustuvor yonalishlariga bagishlangan Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 14 yanvardagi kengaytirilgan majlisidagi maruzasida, Fanlar akademiyasi azolari bilan otkazgan uchrashuv va muloqoti davomida bu borada asosan ikkita asosiy vazifani xal etish lozimligini bayon etdi: 1. Ilmiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini ilgor xorijiy markazlar darajasida va olimlarning talablariga muvofiq, sezilarli ravishda mustahkamlash kerak. Bunda, albatta, davlatning extiyojlari va uning maqsadli vazifalari inobatga olinishi shart. 2. Akademiklarni xar taraflama qollab-quvvatlash, jumladan, moddiy ragbatlantirish boyicha aniq, chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish lozim. 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab akademiklarga eng kam oylik ish xaqining 10 barobari miqdorida jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliqlardan ozod etilgan oylik ganorar belgilanadi. Bundan tashqari, ular uchun sanatoriy muassasalarida xar yili bepul soglomlashtirish kursidan foydalanish xuquqi nazarda tutildi. Akademiklar ilmiy, talim va ishlab chiqarish jarayonlariga keng jalb etilib, ularga yuqori malakali kadrlar tayyorlashda faol ishtirok etishlari uchun zarur imkoniyatlar yaratilmoqda. Umuman, xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida mamlakatimizda uzluksiz ta`lim tizimi jaxon talablari darajasida, yuksak ma`naviyat zaminida qurilib, davlat ta`lim standartlari va tegishli ta`lim dasturlari bilan ta`minlandi. Uzluksiz ta`lim tizimi umumdavlat dasturlari, maktabgacha tarbiya, boshlangich, umumiy va maktabdan tashqari ta`lim asosida amalga oshirilmoqda. Endilikda uzluksiz ta`lim tizimini yanada takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlash siyosatini rivojlantirish hamda uning moddiy-texnik bazasini mustaxkamlash borasida qilinayotgan ishlar muxim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta`lim sifatini yuksaltirish, umumiy o`rta ta`lim sifatini 6 oshirish, fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o`rganishga yangicha yondashuv yuksak taraqqiyot garovi xisoblanadi. Kasb-hunar kolleji talabalarini bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan mutaxassisliklar boyicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish davlatimiz va jamiyatimiz, maxalliy xokimiyatlarning e‟tibor markazida turibdi. Shuningdek, ta`lim va oqitish sifatini baxolashning xalqaro stan- dartlariga otishda oliy ta`lim muassasalari faoliyati va samaradorligini oshirish taqozo etilmoqda. Ilm-fan taraqqiyotining yangi bosqichi, yangi fan, ilmiy tadqiqot, innovatsion yutuqlarni ragbatlantirish va ularni amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlari yaratilmoqda. NAZORAT SAVOLLARI: 1.O`zbekistonda 2017-2021 yillarda axoli bandligi va real daromadlarini izchil oshirish yo`nalishlarini sanab bering. 2.Erkin iqtisodiy zonalarning yangi ish orinlarini tashkil etishdagi axamiyatini tushuntirib bering. 3.Bugungi kunda Davlat byudjetining necha foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yonaltirilmoqda ? 4.Ijtimoiy himoya deganda nimani tushunasiz? 5.Yurtimizda kasb-xunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan ta`minlashga qanday e`tibor qaratilmoqda? 6.Oliy ta`lim tizimining mamlakatimizni modernizatsiya qilishdagi o`rni qanday? 7