Загрузил Nike Nike

baholash mezoni

Реклама
Fan bo`yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish mezonlari
Talabalarning amaliy, tajriba mashgulotlari va mustaqil ta`lim topshiriqlarini
bajarishi (tegishli tajriba ishlarini to`liq yozgan, bajargan va xisobotini tuzganligi,
amaliy mashg’ulotda masalani to`g’ri echa olishi inobatga olinadi), shuningdek uning
ushbu mashg’ulotlardagi faolligi fan o’qituvchisi tomonidan 5 ballik tizim asosida
baholab boriladi va oraliq nazoratni baholashda inobatga olinadi.
Oraliq nazorat o’quv semestri boshlangandan so’ng, 10 - xaftada yozma
shaklda amalga oshiriladi. Yozma ishda ikkita nazariy va bitta masala beriladi va
talaba 5 ballik tizim bo’yicha baholanadi. Ikkinchi oraliq nazorat fan tugashi xaftasida
test ko’rinishida o’tkaziladi.
Yakuniy nazorat turi semestr yakunida fan bo’yicha talabaning nazariy bilim
va amaliy ko’nikmalarini o’zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida test shaklida
o’tkaziladi. Test savollar soni 30 ta bo`lib 5 ballik tizimda baholanadi. Bunda 27 va
undan ortiq to`g’ri javob 5 ball, 22 – 27 ta to`g’ri javob 4 ball, 18-21 ta to`g’ri javob
3 ball, 18 tadan kam javob berilsa 2 baxo bilan baholanadi.
Baholashda quyidagi mezonlarga amal qilinadi:
- Talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil
mushoxada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning)
moxiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi xamda fan (mavzu) bo’yicha
tasavvurga ega deb topilganda - 5 (a`lo) baxo;
- Talaba mustaqil mushoxada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi,
fanning (mavzuning) moxiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi xamda
fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda- 4 (yaxshi) baxo;
-Talaba olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) moxiyatini
tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi xamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga
ega deb topilganda - 3 (qoniqarli) baxo;
-Talaba fanning (mavzuning) moxiyatini tushunmaydi xamda fan (mavzu)
bo’yicha tasavvurga ega emas deb topilganda - 2 (konikarsiz) baxo bilan baxolanadi.
Скачать