Загрузил Islam FF

LEKSIKOLOGIYA

реклама
Guliston Davlat Unversiteti
Filologiya fakulteti 5-13 guruh talabasi
Sadullayeva Lobarning
O’zbek tili fanidan
LEKSIKOLOGIYA bo’limi haqida
ma’lumot yuzasidan tayyorlagan
TAQDIMOTI
LEKSIKOLOGIYA. O‘ZBEK TILINING LUG‘AT BOYLIGI. SO‘Z. ATAMA.
IBORA.SO‘ZLARNING SHAKL VA MA’NO
MUNOSABATIGA
KO‘RA TURLARI. SINONIMLAR.
OMONIMLAR. ANTONIMLAR. PARONIMLAR.

Leksikologiya. Tilshunoslikning leksikologiya bo‘limi tilning lug‘at tarkibini
o‘rganuvchi soha hisoblanadi. Tilda mavjud bo‘lgan barcha so‘zlarning
yig‘indisi lug‘at tarkibini tashkil etadi. Lug‘at tarkibi shu tilda so‘zlashuvchi
xalqning ijtimoiy tarixi, moddiy va ma’naviy madaniyati tarixi bilan, qisqa
qilib aytganda, lug‘at tarkibi shu xalqning butun hayoti bilan to‘la
bog‘langan bo‘ladi.

So‘z. So‘z tushunchalarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Tushunchalar esa
so‘zlar orqaligina moddiy xususiyat kasb etadi. So‘z oddiy tushuncha nomini
ifodalashdan tashqari, kishining anglatayotgan narsa yoki hodisaga nisbatan
bo‘lgan ijobiy yoxud salbiy munosabatini ham ifodalaydi. Bir tushunchani
ifodalovchi bet, yuz, chehra, jamol, ruxsor, uzor, diydor, oraz, bashara,
turq, aft, angor so‘zlari o‘zining ijobiy yoki salbiy ma’no qirralari bilan birbiridan farqlanadi. Demak, so‘z tovush yoki tovushlardan tashkil topib,
biror ma’no bildiruvchi nutq birligidir.

O‘zbek tili ham dunyodagi lug‘at tarkibi boy tillar qatoriga
kiradi. O‘zbek tilining davlat tili huquqiga ega bo‘lishi bilan
uning ijtimoiy vazifasi yanada kengaydi. Bu esa o‘zbek
tilining rivojlanishiga, lug‘at tarkibining yanada boyishiga,
sayqal topishiga keng imkoniyat yaratadi.

O‘zbek xalqi o‘zining ko‘p asrlik tarixida boshqa xalqlar bilan
iqtisodiy, madaniy va siyosiy aloqada bo‘lganligi tufayli uning
lug‘at tarkibiga boshqa tillardan ko‘plab so‘zlar o‘zlashgan.
O‘zbek tili lug‘at tarkibidagi so‘zlarni uning o‘z leksik
qatlami va o‘zlashgan qatlamlarga bo‘lish mumkin. O‘zbek
tilining o‘z leksik qatlamiga umumturkiy so‘zlar va o‘zbek
tilining o‘zigagina tegishli bo‘lgan so‘zlar kiradi. Bu qatlam
lug‘at tarkibining oltmish foizdan ko‘prog‘ini tashkil etadi.

Fors-tojik, arab va rus tillari o‘zbek tiliga ko‘proq
ta’sir etgan tillar hisoblanadi. Umumiy olganda, bu
tillar va ular orqali boshqa tillardan o‘zlashgan
so‘zlar o‘zbek tili lug‘at tarkibining o‘ttiz-o‘ttiz
besh foizini tashkil etadi.

So‘zlar bir yoki birdan ortiq ma’nolarga ega bo‘lishi
mumkin. Masalan, yer so‘zi planeta, uning quruqlik
qismi, planeta qobig‘ining sirtqi qatlami, ekin
ekiladigan maydon, joy, biror mamlakatga tegishli
hudud, masofa, biror narsaning bo‘lagi, ish joyi
kabi
o‘ndan
ortiq
ma’nolarga
ega
bo‘lsa, chuvalchangyoki chumchuq so‘zlari bir
ma’nolidir.

Atama. Ilm-fan, adabiyot, san’at, texnika, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarga oid
ma’lum tushunchani ifodalovchi so‘z yoki so‘z birikmasi atama deb yuritiladi.
Atamalar, asosan, bir tushuncha – bir ma’noni ifodalash uchun xizmat qiladi.
Chunki fanda bir atama bilan bir necha ma’nolarni ifodalash ijobiy hol
sanalmaydi. Ammo ma’lum bir soha uchun atama bo‘lgan so‘z o‘sha doiradan
tashqarida boshqa ma’nolarda ham qo‘llanaverishi mumkin. Masalan: ega,
kesim, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol, ot, sifat, son, fe’l, ravish va hokazo.

Ibora. Ikki va undan ortiq so‘zlardan tarkib topgan va umumiy bir ma’noni
anglatadigan til birligigaibora yoki frazeologizm deyiladi. Har bir tilning lug‘at
boyligini leksik birliklar – so‘zlar bilan bir qatorda, iboralar ham tashkil etadi.
Iboralar ham so‘zlar kabi yaxlit bir ma’no bildiradi. Biroq so‘z va ibora
anglatgan ma’nolar bir-biriga teng kelmaydi. Chunki iboralar ko‘chma
ma’noga asoslanganligi uchun ular anglatgan ma’noda bo‘yoqdorlik, obrazlilik,
his-hayajon ifodalash kuchliroqdir. Masalan: xursand – og‘zi qulog‘ida;
yo‘qotmoq – yer bilan yakson qilmoq; qo‘rqoq – chumchuq pir etsa, yuragi
shir etadigan... . Iboralar ham gapda so‘zlar kabi bitta gap bo‘lagi vazifasida
keladi hamda har doim so‘zlar kabi nutqqa tayyor holda kiritiladi.
Masalan: U qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan yigit.

Iboralarda ham xuddi so‘zlardagi kabi omonimlik, sinonimlik, antonimlik va
variantlilik hodisalari mavjud.

Lug‘at tarkibida shunday so‘zlar ham borki, ular shakl va
ma’no munosabatiga ko‘ra quyidagi guruhlarni hosil qiladi:
1. Shakldosh so‘zlar (omonimlar). 2. Ma’nodosh so‘zlar
(sinonimlar). 3. Zid ma’noli so‘zlar (antonimlar).
4.
Talaffuzida o‘xshash so‘zlar (paronimlar).

Omonimlar. Omonimlar talaffuz va yozilishiga ko‘ra bir xil,
ammo anglatgan ma’nosiga ko‘ra turli xil bo‘ladi. Omonim
so‘zi grekcha bo‘lib, bir xil demakdir. Omonimlar, asosan,
bir so‘zdagi ko‘p ma’nolilik, turli so‘zlardagi fonetik
o‘zgarishlar, boshqa tillardan so‘z o‘zlashtirish natijasida
hosil bo‘ladi. Masalan: sir – davlat siri, oynaning siri,
kostrulning siri; ot – ism, hayvon, atama, fe’l kabi.

Omonimlar badiiy adabiyotda, og‘zaki nutqda, ayniqsa,
askiyada so‘z o‘yini, qochiriq ma’nolarni ifodalash uchun
keng qo‘llaniladi. Shuningdek, o‘zbek adabiyotida omonim
so‘zlar qofiyasiga asoslangan tuyuq janri ham mavjud.

Sinonimlar. Sinonimlar yozilishi va talaffuzi jihatidan turlicha,
anglatadigan ma’nolari esa o‘zaro yaqin bo‘lgan so‘zlardir. Sinonimlar
tushuncha ifodalashda bir-biriga qanchalik yaqin bo‘lsalar ham, ma’no
nozikligini ifodalashda bir-biridan farq qiladi. Masalan: odam, inson,
kishi, kimsa, bashar, shaxs so‘zlarini har doim ham biri o‘rnida
ikkinchisini qo‘llab bo‘lmaydi. Osmon, ko‘k, havo, falak, samo,
gardun so‘zlari ham ma’no qirralari va qo‘llanish uslubi hamda doirasi
jihatidan o‘zaro farqlanadi. Sinonim so‘zlar majmuiga sinonimik qator
deyiladi. Sinonimik qatorni tuzishda ma’nosiga ko‘ra betaraf bo‘lgan so‘z
asos qilib olinadi.

Sinonimlarning fikrni aniq va maqsadga muvofiq qilib ifodalashda
ahamiyati kattadir. Shuning uchun ham o‘zbek yozuvchilari, shoirlar,
olimlari tilimizning omonim, sinonim so‘zlaridan mohirlik bilan
foydalanishib, mazmunan boy, til jihatdan rang-barang badiiy, ilmiy
asarlar yaratib kelmoqdalar.

Antonimlar. Bir-biriga zid, qarama-qarshi ma’nolarni ifodalovchi so‘zlar
antonimlardir. Antonimlar tabiatan biri ikkinchisini inkor etadigan so‘zlardir.
Antonimlar bir-birini inkor etish bilan bir qatorda, ularda yangi bir tushunchani
ifodalash yetakchi o‘rin tutadi. Masalan: yosh – yosh emas so‘zi bilan antonim
bo‘la olmaydi. Chunki yosh bo‘lmagan odam, qari bo‘lmasligi ham mumkin. Yosh –
qari esa bir-birini inkor etish bilan yangi bir ma’noni anglatadi.
Shuningdek, keldi-kelmadi, o‘tirdi-o‘tirmadi, oldi-olmadi kabi fe’lning tasdiqinkor shaklidagi so‘zlar ham o‘zaro antonim hisoblanmaydi. Chunki ular bir
o‘zakdan hosil bo‘lgan o‘zakdosh so‘zlardir. Keldi-ketdi, o‘tirdi-turdi, oldiberdi so‘zlari esa o‘zaro antonimlardir.

Antonimlarda bir-birini inkor etish darajasi ham bir xil bo‘lmaydi. Masalan: pastbaland, oq-qoraso‘zlarida qarama-qarshi ma’no ifodalash kuchli, er-xotin, akauka, chol-kampir, oqshom-nahorso‘zlarida esa kuchsizdir. Vaholanki, bu so‘zlar
ham biri ikkinchisining zidi hisoblanadi.

Tilda mavjud so‘zlarning barchasi ham o‘z antonimiga ega emas. Yoki aksincha,
bir so‘zning bir necha antonimi bo‘lishi ham mumkin. Masalan: qattiq-yumshoq;
qattiq-saxiy kabi.

Antonimlar belgi-xususiyat, miqdor, o‘rin, payt, harakat, holat ifodalaydigan
so‘zlarda ko‘proq bo‘lib, aniq narsalarni ifodalaydigan so‘zlarda kam uchraydi.
Antonimlar nutqda juft holda ham ko‘plab qo‘llanadi. Masalan: Hozir oq-qora
televizorlar juda kam ishlab chiqariladi. Antonimlar badiiy adabiyotda, og‘zaki
nutqda narsa va hodisalarni tavsiflash, uning sifatini aniq va obrazli qilib
ko‘rsatish uchun qo‘llanadi.

Paronimlar. Yozilishi va ma’nosi farqli bo‘lib, talaffuzidagina
o‘xshash bo‘lib qoladigan so‘zlarga paronimlar deyiladi.
Paronimlar so‘zlarni adabiy til me’yor-qoidalariga mos
talaffuz etmaslik, adabiy talaffuz me’yorlarini, so‘zning
fonetik tuzilishini bilmaslik natijasida sodir bo‘ladi.
Masalan: asr-asir, amr-amir, azm-azim, abzal-afzal, darsdarz, mard-mart, tuna-to‘na, olis-alis, siyla-sila, tus-to‘s,
zirak-ziyrak, fakt-pakt, oxir-oxur... .

Xulosa qilib aytganda, o‘zbek tilining lug‘at tarkibi juda boy.
Uning leksik qatlamlarida umumturkiy, o‘zbek tilining o‘ziga
xos, forscha-tojikcha, arabcha, ruscha va rus tili orqali boshqa
tillardan o‘zlashgan so‘zlar ham mavjud. O‘zlashgan so‘zlar
ham allaqachonlar o‘zbek tilining lug‘at boyligiga aylanib
ketgan. Biz o‘zbek tilining lug‘at boyligini qunt bilan
o‘rganishimiz, adabiy til me’yorlariga qat’iy rioya etishimiz
lozim.
Скачать