AYOL - YARATGANNING TENGSIZ MO‘‘JIZASI Tolliboev Dilshod Muxammadievich Jizzax politexnika instituti O‘zbekiston tarixi va ijtimoiy fanlar kafedrasi assistenti +99899 556-11-43 [email protected] Annotatsiya: Maqolada adabiyot-odobiyatning insonlar hayotidagi, ayniqsa o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashdagi ahamiyati, undan inson tafakkurining boyishi, axloqan ma’nan kamol topishi, iymon-e’tiqod sabog‘ini olishi haqidagi ma’lumot bilan tanishasiz. Kalit so‘zlar: Urf-odatlar, bilim, ibrat, adabiyot, yosh avlod, milliy qadriyatlar, iymon Ayol zoti o‘zining nafosati va latofati, muhabbati va sadoqati, onalik mehri bilan tom ma’noda YAratganning tengsiz mo‘‘jizasidir. Vatanga muhabbat- bu balandparvoz so‘z emas! Aslida bu, baxt topgan ostonangiz - oilangizga, sizni elu-yurtga qo‘shgan urf-odatlar, udumlar - milliy qadriyatlarga, siz yugurib o‘sgan tuproq, otangiz ekkan va siz bilan birga ulg‘aygan daraxt, onangiz tebratgan beshikka bo‘lgan muhabbatdir. Faqat buni his qila bilish kerak, xolos. Aytaylik, ovqatga oila boshlig‘idan oldin qo‘l uzatmaslik, tongda va ko‘chadan qaytganda kattalarga salom berish, yoshi ulug‘larga hurmat, to‘y-ma’rakalarda ota-onalarning ulug‘lanishi-yu, mehroqibatning targ‘ib qilinishi- bularning bari milliy qadriyatlardir. Milliy qadriyatlardan uzoqlashish- bu, eldan chiqish degani. Eldan chiqish esa, iymondan voz kechish demakdir. Iymondan voz kechish esa, biz muddaoga kelishdan oldin yuqorida ta’riflagan tuyg‘ular - go‘zallik, ezgulik, mehrmuhabbat, milliy g‘ururdan voz kechishdir. Aslida insonni el bilan birlashtirib turadigan narsa nima? Albatta, ming yillardan beri sayqallanib, shakllanib, ajdodlarimizdan etib kelayotgan, qadriyatga aylangan milliy urf-odatlar, ko‘nikmalar, to‘yu-ma’rakalar, bayramlardir. Eldan ayrilgan odam mana shu qadriyatlardan ham ayriladi. El esa o‘zi ardoqlab, avaylab, qadrlab qadriyat darajasiga olib kelgan boyliklaridan hech qachon ayrilmaydi. Birgina Navro‘zni olib ko‘ring-a. Eskilik sarqiti sifatida unga har qancha tahdidlar, tazyiqlar bo‘lishiga qaramasdan el uni asrab qoldi. Bunday qadriyatlar millatning birligini ushlab turadi. Ayollarimizni boshqa diniy oqimga jalb qilish niqobi ostida ular amal qiladigan milliy urfodatlar, qadriyatlaridan ayirish, ana shu birlikka - milliy birlikka bo‘lgan tahdiddir. Kitob - adabiyot muqaddas narsa. Adabiyot-odobiyat, insonlarning necha ming yillik tajribalarini o‘z bag‘riga jo etgan ulug‘ mehrob. Undan inson tafakkuri boyiydi, axloqan ma’nan kamol topadi, hayot darsini o‘qiydi, iymone’tiqod sabog‘ini oladi. Adabiyotning oltin ko‘prigidan kitobxon qalbiga quyilib kiradigan ma’naviy ziyoning cheksiz qudrati haqida gap ketar ekan, yaxshi asarlarning asrlar osha inson bilan ezgu, oshno bo‘lib kelishining sababi ularning bir tirik vujud kabi o‘z ruhi, jozibasi va tarovatiga ega ekanligida, degan xulosaga kelamiz. YUksak mahorat, sehrli joziba, betakror talant mahsuli bo‘lgan badiiy yaratiqning ajib bir mehrigiyosi bo‘ladiki, bu yaratiq endi makon va zamon, elat va millat kabi chegara va tushunchalarni tan olmaydi. Hamma zamonlarda ham, hamma davrlarda ham bunday asarlarning o‘z o‘quvchisiga aytar so‘zi bo‘ladi. Umuman, kitob mutolaasi davomida tilimiz, dinimiz, urf-odatlarimiz yaqinligi uchun ham avar ayollari bilan o‘zbek ayollari orasi mushtarak sifatlarning talayini kashf etib boraverasiz. Kitobda g‘oyat mahzun, ta’sirchan, ayni paytda ibratli bir lavha bor. Bu til masalasida. SHuning uchun ham bugungi kunda yoshlarning qalbi va ongida axborot immunitetini tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunday immunitetni shakllantirishda oila, mahalla va maktab institutlarining ahamiyati beqiyos. Bugungi globallashuv zamonida yoshlarning qalbi va ongini egallash uchun misli ko‘rilmagan darajada kurash bormoqda. Bunday kurash hayotning turli sohalarida namoyon bo‘lmoqda. Bunday xatarning ta’sirini avvalo axborot sohasida kuzatish mumkin. CHunki bugungi kunda axborot oqimi kirib bormagan biron-bir nuqta yoki manzilni topish qiyin. Biz ma’naviyat, axloq-odob deb ko‘p gapiramiz, lekin bu tushunchalarning tub ma’nosini bilmasak, ularning hayotda naqadar zarurligini tushunmasak, bu e’tiqod mavhumligicha qolib ketaveradi. Axloq insonning dunyoqarashi, xulqini belgilovchi insoniy fazilatdir. SHu bois dunyoqarash o‘zgarmaguncha inson ham o‘zgarmaydi. Farzandlarimizda ma’naviy immunitet hosil qilish uchun esa ularga o‘z xarakteri, irodasi, qarashlariga tanqidiy munosabatni, o‘z – o‘zini tarbiyalashni o‘rgatishimiz kerak. Bolaga insoniy munosabatda bo‘lish, uning ichki dunyosini o‘rganish, qayg‘usiyu shodligiga sherik bo‘lish tarbiyaning to‘g‘ri bo‘lishiga xizmat qiladi. Kishida bilimlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, ularning maqsadlari shunchalik ahamiyatlidir, natijada inson bu bilimga erishishning to‘g‘ri yo‘llarini tezroq anglaydi va dadilroq harakat qiladi. To‘g‘ri tarbiya o‘z oldiga bolaning qobiliyatini yo‘q qilib tashlashni emas, balki uni har tomonlama rivojlantirish, shakllanib kelayotgan inson irodasi, xarakterini mustahkamlash vazifasini qo‘yadi. Buning uchun o‘ziga xos pedagogik usullardan foydalanishimiz lozim. Bu mas’uliyatli, sharafli ishni oila, maktab, mahalla, keng jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borish muhim ahamiyatga egadir. Tarbiyaviy tizim miqdor samaradorligini aniqlashda maktab ma’muriyati, sinf rahbarlari, maktab psixologlariga katta mas’uliyat yuklaydi. Har bir tarbiyachi - o‘qituvchi uchun o‘quvchining yaxshi xulqini bilishi uning keyingi faoliyatini to‘g‘ri tashkil etishga yordam beradi. Tarbiyalanganlik darajasini aniqlash esa o‘quvchilarning kamchilik tomonlarini tuzatishga yordam beradi. O‘qituvchi-tarbiyachi bolaning hayot tajribasiga tayangan holda ish tutib ularni sekin-asta yangi talablarga rioya qilishga o‘rgatadi. O‘quvchilar o‘qituvchiga, uning so‘zi, xulq-atvori, bahosiga katta ishonch bilan qaraydi, hatti – harakatlari va munosabatlarini diqqat bilan kuzatadi. Bu kuzatuvlar asosida bolada to‘g‘rilik, adolat munosabatlar haqidagi tasavvurlar jonlanadi. U o‘qituvchiga taqlid qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Vaqtli matbuotdagi ma’lumotlar 2. Ish faolitidagi tajribalar