Uploaded by Abdullah Abdusattarov

Allergiya

advertisement
OZIQ-OVQAT ALLERGIYASI
1. Tasniflash
2. Allergiya paydo bo‘lishi sabablari
3. Allergiya alomatlari
4. Allergiyani davolash
Oziq-ovqatdan allergiya – organizmning ba’zi mahsulotlar tarkibiga
kiruvchi komponentlarga immun reaksiyasi. Odatda bolalar, xususan
emizikli go‘daklar bu xastalikdan aziyat chekadi. Kattalarda ovqat
allergiyasi kamroq uchraydi. Allergiyaning xatarli tomoni allergenning
ozroq miqdori ham inson hayotiga xavf tug‘dirishi mumkinligida.
TASNIFLASH
MKB bo‘yicha ovqat allergiyasi quyidagi kodlardan biri bilan
belgilanadi:

L 20.8 – boshqa atopik dermatitlar (allergen sababli teri
yallig‘lanishi);

L 27.2 – ovqat tufayli kelib chiqan dermatit;

L 50 – eshakyemi;

T 78.1 – ovqatga reaksiya tufayli paydo bo‘ladigan patologik
reaksiyalar.
Oziq-ovqat allergiyasida boshqa kishilar uchun mutlaqo bezarar bo‘lgan
yangi mahsulotlar kimgadir salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Odatda
ular terida ko‘rinsa, kamroq holatlarda ovqat hazm qilish tizimida
namoyon bo‘ladi. Kuchli allergiyada bemorda anafilaktik shok yuz
berishi mumkin va bu hayot uchun nihoyatda xavfli hisoblanadi va
e’tiborli tomoni ovqat allergiyasida reaksiyaning mazkur turi kamroq
uchraydi.
Oziq-ovqat allergiyasiga immun hujayralarining anomal reaksiyasi,
oziq-ovqat mahsulotlariga qarshi jismlar hosil bo‘lishi (reaginlar yoki E
klassdagi immunoglobulinlar) va ularning birikmasi sabab bo‘lishi
mumkin. Shuning uchun oziq-ovqat allergiyasi tasnifiga:

Reaginlar hosil bo‘lishi natijasidagi reaksiyalar (eshakyemi, rinit,
kon’yunktivit, astma xuruji, ichaklar buzilishi, anafilaktik
reaksiyalar);

Aralash variantlar (dermatit, oshqozon-ichak tizimi buzilishi);

Hujayra patologiyasi ko‘rinishlari (ichaklar yallig‘lanishi yoki
shamollashi).
ALLERGIYA PAYDO BO‘LISHI SABABLARI
Oziq-ovqat allergiyasi kattalar va bolalarda mahsulotlar tarkibidagi
oqsillar, ba’zan oqisilsimon moddalar – gaptenlar ta’sirida vujudga
keladi. Bunday oqsil molekulalari tarkibida inson immunitet
o‘zgarishining genetik darajasidagi himoya reaksiyasini chaqiruvchi
qismlar mavjud. Shuningdek, oshqozon va ichaklar holati ham muhim
ahamiyatga ega: allargenlar kasallangan mahal immunokomponent
hujayralar yoki aksil jismlarga reaksiyasi ortib, ta’sirchanlik kuchayadi.
BOLALARDA OVQAT ALLERGIYASI
Aksariyat hollarda bolalardagi ovqat allergiyasiga onaning homiladorlik
mahali yoki emizikli davrida noto‘g‘ri ovqatlanishi sabab bo‘ladi. Misol
uchun, homiladorlik paytida ayolning haddan ziyod tuxum iste’mol
qilishi ma’lum muddatdan keyin bolada aynan mazkur mahsulotga
nisbatan allergiya paydo bo‘lish ehtimolini keltirib chiqaradi.
Ammo allergiyaning asl sababi – immunitetning genetik darajada
buzilishi hisoblanib, u nasl suradi yoki favqulodda paydo bo‘lishi
mumkin.
Odatda bolalarda ovqat allergiyasi quyidagi omillar sabab yuzaga keladi:

Bolaning ko‘krak suti bilan boqilmasligi, ularni turli sigir yoki echki
suti oqsillari saqlaydigan sun’iy aralashmalar bilan oziqlantirilishi;

Chala tug‘ilish;

Oshqozon-ichak tizimi kasalliklari, o‘t yo‘llari yoki jigar xastaligi.
Sigir suti oqsiliga allergiya 2-3% emizikli bolalarda uchraydi. 5 yoshga
kelib 80% ga bolalarda bu holat yo‘qoladi, 6 yoshga kelib esa 100 ta
bolaning 1 tasidagina sigir sutiga nisbatan allergiya uchrashi mumkin.
Bir yoshgacha bo‘lgan davrda bolalarning 17% da bir marta bo‘lsa ham
allergiya holati kuzatiladi.
KATTALARDA ALLERGIYA
Kattalar ham ba’zan allergiyadan aziyat chekadi va u turli sabablarga
ko‘ra yuzaga kelishi mumkin. Ularning bir qismi ham kattalar, ham
bolalarda bir xil bo‘ladi:

Immunitetning genetik darajada buzilishi;

Oshqozon-ichak tizimi jarayonlaridagi yallig‘lanish parchalanmagan
yegulikning ichaklar devori orqali so‘rilishiga olib keladi;

Oshqozonosti bezi faoliyatining buzilishi moddalar so‘rilishi
tezligini kamaytiradi shuningdek, o‘t chiqarish yoki ichak yo‘llari
diskineziyasi;

Noto‘g‘ri ovqatlanish tartibi oshqozon gastriti yoki boshqa
xastaliklarga sabab bo‘ladi (bu odatiy allergiya yoki soxta allergiya
paydo bo‘lishiga olib keladi).
Ba’zi kishilarda ovqat qo‘shimchalarining ayrim turlariga allergiya
bo‘lishi mumkin. Qo‘shimchalar oziq-ovqat mahsulotlari hidi, rangi va
ta’mini yaxshilash hamda saqlash muddatini uzaytirish uchun qo‘llanadi.
Allergiyasi bor kishilarda tartrazin – mahsulotga sariq-tillarang ko‘rinish
beradigan qo‘shimcha aksariyat hollarda muammo tug‘diradi.
Shuningdek “qora ro‘yxatga” go‘sht va kolabasa mahsulotlariga chiroyli
qizg‘ish-alvon tus beruvchi natriy nitratini ham kiritish mumkin.
Konservantlar orasida ko‘proq natriy glyutamat va salitsilatlarni ham
qayd etish lozim. Ovqat allergiyasidan aziyat chekadigan kishilarning 57%, sog‘lom kishilarning 1000 kishidan 1 tasi aynan oziq-ovqat
qo‘shimchalariga allergiya kuzatiladi.
ALLERGIK REAKSIYAGA SABAB BO‘LADIGAN
MAHSULOTLAR
E’tiborli jihati, oziq-ovqat mahsulotlari orasida faqat tuz va shakargina
allergen hisoblanmaydi. Qolgan har qanday yegulik yoki oziq-ovqat
mahsulotining u yoki bu ma’noda allergiyaga sabab bo‘lish ehtimoli bor.
Ayniqsa, allergiyaga moyilligi bor kishilar bu holatga alohida e’tibor
qaratishlari kerak. Shu o‘rinda ko‘proq tadqiq qilingan va kuchli
allergenlar ro‘yxatiga kiritilgan ayrim mahsulotlar haqida mulohaza
yuritsak.
Sigir suti
Keng tarqalgan allergenlardan biri. Sut tarkibida taxminan, 20 turdagi
oqsillar bo‘lib, ularning har biri qaysidir ma’noda allergiyaga sabab
bo‘lishi mumkin. Qaynatish jarayonida ularning bir qismi parchalanib
ketadi, biroq qolgan qismi yuqori haroratga bardoshli. Shu bilan birga,
sutga allergiyasi bor kishilar kishilar uchun mol go‘shti kamdan kam
holatlarda allergenlar sirasiga kirtiladi.
Tovuq tuxumi
Tuxum ham keng tarqalgan allergenlar jumlasidan. Tibbiyot amaliyotida
hatto bir dona tuxumning anafilaktik shok yoki boshqa jiddiy salbiy
oqibatlarga sabab bo‘lgani holatlari qayd etilgan. Gap shundaki, tuxum
tarkibidagi proteinlar ichak devorlari orqali o‘zgarmagan holatda qonga
so‘rilish xususiyatiga ega.
Tuxum oqi va sarig‘i turlicha antigen xususiyatga ega bo‘lib, ba’zi
kishilar tuxum oqini bemalol iste’mol qilishi barobarida, uning sarig‘ini
ko‘tara olmaydi yoki aksincha. Tuxum qaynatilgan yoki qovurilganda
tuxum oqining antigen xususiyati kamayadi.
Tovuq tuxumiga allergiyasi bor bemorlar o‘rdak yoki g‘oz tuxumini
iste’mol qilishlari vaziyatni o‘zgartirmaydi, chunki allergen xususiyat
har ikkala keyingi parranda tuxumida mavjud. Tuxumga allergiyasi bor
kishilarning aksariyatida tovuq katagi yoki parranda fermasi hidiga
allergiya holati kuzatiladi.
Yosh o‘tishi bilan, taxminan 10% bolalarda tuxumga allergiya
yo‘qoladi.
Baliq
Baliq kuchli antigen va gistamiliberlovchi xususiyatga ega. Mazkur
mahsulotga allergiyasi bor kishilarda nafaqat baliqni iste’mol qilish,
balki uni tayyorlash mahali baliq hidi ham hayot uchun xavf tug‘dirishi
mumkin ekan. Odatda, baliqqa allergiyasi bor kishilar organizmi har
qanday turdagi baliq va baliq mahsulotlarini nihoyatda salbiy qabul
qiladi. Ba’zan allergiya bir yoki bir necha tur baliqlarga taalluqli bo‘lishi
va allergenlar sirasiga kirmagan baliqni inson bexavotir iste’mol qilishi
ham umkin.
Qisqichbaqasimonlar (qisqichbaqa, krablar, krevetka, omar)
Qisqichbaqasimonlar uchun aralash antigenlik xarakterli bo‘lib: insonda
bir turdagi qisqichbaqasimonga allergiya kuzatilsa, taomnomasidan har
qanday turdagi qisqichbaqasimonlardan tayyorlanadigan mahsulotni
chiqarib tashlashi lozim. Bu ro‘yxatga chuchuk suvda yashovchi mayda
dafniya qisqichbaqasi ham kiradi. Ular odatda akvariumda boqiladigan
baliqlar uchun maxsus quruq ozuqaga qo‘shiladi. Dafniyaning nafasni
qisib qo‘yishgacha bo‘lgan reaksiyasini unutmaslik kerak.
Afsuski, dengiz mahsulotlari va baliqqa nisbatan allergiya bir umrga
qoladi va ular bilan qisqagina to‘qnashuv ham anafilaktik reaksiyalarga
sabab bo‘lish ehtimoli kuchli.
Bug‘doy va soya
Mazkur mahsulotlar ham ko‘p uchraydigan allergenlar sirasiga kiradi.
Go‘sht
Go‘sht tarkibida ko‘p miqdorda oqsil bo‘lib, mazkur mahsulot kamdan
kam holarda allergiyaga sabab bo‘ladi. Shu bilan birga ba’zi go‘sht
mahsulotlari, masalan, parranda go‘shti boshqalariga nisbatan ko‘proq
antigen xususiyatga ega. Kimdadir mol go‘shtiga allergiya bo‘lishi
barobarida, qo‘y, cho‘chqa yoki tovuq go‘shtini xavotirsiz iste’mol
qilishi mumkin.
Ziroat mahsulotlari
Ziroat mahsulotlari (bug‘doy, javdar, jo‘xori, guruch, arpa va boshq.)
yengil allergiyaga sabab bo‘lishi mumkin. Kamdan kam hollarda ularni
iste’mol qilish jiddiy asoratlarga sabab bo‘ladi. 5-6 yoshga kelib
bolalarning teng yarmida bunday reaksiyalar o‘z-o‘zidan yo‘qoladi.
Sabzavot, meva va reza mevalar
Mazkur oziq-ovqat mahsulotlari orasida allergiyaga sabab bo‘ladiganlari
bisyor. Kuchli allergiyaga ayniqsa, tsitrus mevalar (apelьsin, greypfrut,
limon), qulupnay va ertut sabab bo‘ladi. Allergiyasi bir mahsulotga
bo‘lgan kishilarda aynan shu oilaga tegishli barcha mevalarga birdek
reaksiya kuzatiladi.
Shu bilan birga, aralash reaksiyalar ham mavjud. Misol uchun,
qayinsimonlarning gul changi (pollinoz)ga allergiyasi bo‘lgan kishilar
aksariyat hollarda mutlaqo boshqa oilaga taalluqli olma va sabzi
iste’mol qila olmasligi mumkin. Meva va sabzavotlarning antigen
xususiyatini pishirish, qovurish yoki dimlash bir qadar kamaytiradi.
Yong‘oqlar
Ko‘pchilik yong‘oqqa ta’sirchan bo‘lib, mazkur mahsulotga reaksiya
odatda anchagina kuchli ko‘rinish beradi. Yong‘oqning bir turiga
reaksiyasi bo‘lganlar, boshqalarini bemalol iste’mol qilishi mumkin,
ammo ba’zan bir yong‘oqqa allergiyasi bo‘lgan kishi umuman barcha
yong‘oq turlaridan aziyat chekishi ehtimoldan xoli emas. Yong‘oqqa
allergiyasi bo‘lganlarning aksariyati daraxtining changiga ham
ta’sirchan bo‘ladi. Eryong‘oq kuchli allergen bo‘lib, ko‘p hollarda
anafilaktik reaksiyaga sabab bo‘ladi. Atigi 20% bolada yosh o‘tishi bilan
mazkur mahsulotga allergiya yo‘qolishi mumkin.
Shokolad
Shokoladni kuchli allergiya chaqiruvchi deb hisoblashsada, bu mahsulot
kuchsiz antigen xususiyatga ega. U kuchsiz reaksiya chaqiradi va bu
xususiyat kakaoga ham talluqli.
ALLERGIYA ALOMATLARI
Oziq-ovqat allergiyasi bolaning yoshi va immunteti holatiga bog‘iq.
Quyida allergiyaning asosiy alomatlari va uning ko‘rinishlari keltiriladi:

Terida toshma, qichish, shish yoki achishish;

Og‘iz bo‘shlig‘ida shilliq pardaning shishishi;

Allergik rinit (burun bitishi, aksa va burundan suv kelishi);

Yo‘tal (ba’zan balg‘amli);

Nafas qisishi (tomoq shishishi oqibatida);

Ko‘zlarning yoshlanishi va qizarishi;

Ko‘ngil aynishi va qayt qilish, qon aralash va shilliq ich ketishi;

Qorin sohasida og‘riq.
Allergiya mahali odatda, toshma – eshakyemi ko‘rinishida bo‘lib, uncha
ko‘p bo‘lmagan qattiq o‘zakli qizil tusli toshma, shish va qichishish
bilan kechadi.
Emizikli bolalarda ovqat allergiyasi atopik dermatit sabab qator
qo‘shimcha alomatlarga ega:

Teri qurishqoqligi;

Bola axlat chiqarish teshigi sohasida emizgandan keyin
kuchayadigan qizarish.
Maxsus ovqatlanish tartibiga amal qilinganida odatda, allergiya
reaksiyalari izsiz yo‘qoladi.
ALLERGIYANI DAVOLASH
Allergiya davosi avvalo, to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga amal qilishda.
Bemor butunlay allergen chaqiruvchi oziq-ovqat mahsulotlaridan voz
kechishi lozim. Parhez orqali sekin-asta, ammo ishonchli ravishda
allergiyani engish mumkin. Biroq maxsus ovaqtlanish tartibiga
holatingiz yaxshilanganidan keyin ham ma’lum muddat amal qilishingiz
foydalan xoli emas. Bolasini emizadigan ayollar ayniqsa mazkur tartibga
to‘liq rioya etishlari shart.
Umuman olganda, ovqat allergiyasida ikki turdagi parhezga amal
qilinadi:
1. Nospetsifik parhez (allergiyaga sabab barcha oziq-ovqat
mahsulotlaridan voz kechish). Mazkur parhezga allergiyaga nima
sabab bo‘lgani hali aniqlanmagan, dastlabki alomatlardanoq amal
qilish talab etiladi;
2. To‘liq parhez (reaksiyaga sabab o‘ladigan barcha mahsulotlardan,
hatto juda kam miqdordagisidan ham voz kechish).
Parhez allergiya profilaktikasining yagona yo‘li bo‘lib, bunga kattalar
ham, bolalar ham amal qilishi zarur. Bemor yoshiga ko‘ra kasallik bilan
kurash bir haftadan to‘rt haftagacha davom etadi.
Bolada sigir sutiga allergiya kuzatilsa, unga echki sutini berish ham
taqiqlanadi. Qo‘shimcha ozuqa sifatida oqsil va aminokislotalari yuqori
gidrolizlangan tayyor aralashmalardan foydalanish kerak. Sut
mahsulotlariga allergiyasi bo‘lgan 90% bolalarda mazkur aralashmalar
patologik reaksiyalarga sabab bo‘lmaydi.
Allergiya sezilar-sezilmas darajada, yengil shaklda yuz ko‘rsatganida
ham, mutaxassis shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi. Allergiya
alomatlarida quyidagi dori vositalari qabul qilish mu mumkin:

Sorbentlar, masalan, Filtrum (allergenlarni organizmdan chiqarishni
rag‘batlantiradi);

2-avlod antigistamin preparatlar (shish va yallig‘lanishlarni
kamaytiradi);

Anafilaksiya ro‘y berganida tez tibiy yordam brigadasi bemorga
epenifrin, prednizolon yuborib, uni kasalxonaga yotqizadi.
Kasallik qaytalanmasligi uchun allergolog mutaxassi ko‘rigidan o‘tish,
xavfli mahsulotlarni aniqlash va ularni iste’moldan chiqarish talab
etiladi. Dori preparatlarini doimiy ravishda ichish tavsiya etilmaydi.
Bexosdan allergen mahsulot iste’molidan keyin Filtrum qabul qilish
mumkin. Buning uchun 2-3 dona tabletka maydalanib, ko‘p miqdorda
suv bilan ichiladi. Bu preparatning shimib olish xususiyatini
kuchaytiradi va allergiya alomatlarining yuzaga chiqish xavfini
kamaytiradi. Mabodo kasalik alomatlari paydo bo‘lgan bo‘lsa, Filtrumni
3-5 kun davomida qaybl qilish tavsiya etiladi. Miqdori bemor yoshiga
bog‘liq va buni shifokor belgilaydi.
Download