11-§. Buxoro xonligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot Xonlikda barcha yerlar davlat mulki edi. Bu mulk mamlakai podshoh yoki mamlakai sulton deb atalgan. Yemi tasarruf etish xonning ixtiyorida edi. Xon davlat yerlarini mulki xos, mulki xolis (mulki hur), mulk va vaqf yerlari shaklida taqsimlagan. Bevosita shaxsan xonning o‘ziga tegishli yerlar mulki xos deb atalgan. Bu yerdan olingan daromad xonning xarajatlariga hamda vaqflarga xayr-ehson uchun sarflangan. Mulki xolis davlatdan yer sotib olish orqali qaror topgan. Biroq bu oson emas edi. Chunki shartga ko‘ra, davlatdan yer sotib olgan kishi shu yeming 2/3 qismini davlat ixtiyorida qoldirgan 0‘ziga qolgan 1/3 qism yer uning mulki hisoblangan va davlatga soliq to‘lashdan ozod etilgan. Mulk yer esa suymg'ol va tanho shaklida belgilangan. Chunonchi, Muhammad Shayboniyxon temuriylarga, temuriylar davri amaldorlariga qarashli barcha yerlarni musodara qildi. Ularni faqat o‘z sulolasi vakillariga bo‘lib berdi. 1512-yilda shayboniylar Movarounnahrni ikkinchi marta egallagach, shayboniy sultonlar mamlakat viloyatlarini qayta taqsimlashni shayboniylarning eng nufuzli vakili Jonibek Sultonga topshirdilar. Uning ra’yiga ko‘ra, Samarqand Ko‘chkunchixonga, Toshkent viloyati Suyunchxo‘jaga, Buxoro va uning atroflari Ubaydulla Sultonga meros mulk qilib berildi. Miyonqol viloyati Jonibek Sultonning o'ziga tegdi. Shayboniylar davrida mulk egaligining ikkinchi shakli - tanho ham qaror topdi. Shayboniylargacha mavjud bo‘lgan yer egaligining iqto turi yangicha nom — tanho (tanaxo) nomi bilan saqlab qolindi. U davlat arboblariga, harbiylarga, shuningdek, kichik davlat amaldorlariga davlat oldidagi sodiq xizmatlari uchun berildi. Tanho yer olganlar tanhodorlar deb atalgan. Shayboniylar davrida vaqf yer-mulkining hajmi tobora ortib bordi. Muhammad Shayboniyxon xonlik iqtisodiyotini tartibga solish va savdoni rivojlantirish maqsadida 1507-yilda pul islohoti ham o‘tkazdi. Unga ko‘ra, to shu vaqtgacha muomalada bo’lgan turli o’lcham va og‘irlikdagi tangalar o‘rniga vazni bir xil - 5,2 gramm bo’lgan yangi kumush va mis tanga zarb qilindi. Temuriylar davrida bitta kumush tanganing og’irligi 4,8 gramm bo’lib, uning qiymati oltita mis tangaga teng edi. Islohotdan keyin 5,2 grammli kumush tanganing qiymati 24 ta mis tangaga teng bo’ldi Shayboniy Abdullaxon II o‘tkazgan pul islohoti ham Buxoro xonligi tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. U mazkur islohotni o‘tkazishda kumush narxining ko'tarilganini hisobga oldi. Islohotga ko‘ra, yangi kumush tanganing qiymati 30 ta, eskisi esa 27 ta mis tangaga tenglashtirildi. Abdullaxon II ning pul islohoti tufayli kumush tanga ko‘p miqdorda chiqarildi. Natijada, narxi ko‘tarilgan kumushning ko‘plab miqdorda boshqa davlatlarga chiqib ketishiga chek qo‘yildi. U oltin pul zarb etishni ham yo‘lga qo‘ydi va uning tarkibiga qiymati past bo‘lgan boshqa ma’danlar aralashtirilmasligini qattiq nazorat os- tiga oldi Sulola vakillari Sangzor, Chirchiq, Sirdaryo, Amudaryo, Vaxsh va Murg‘ob daryolari imkoniyatlaridan unumli foydalanish choralarini ko‘rdilar Masalan, 1556-1585-yillar oralig‘ida Zarafshon daryosida qator suv ayirg‘ichlari, ko‘plab suv omborlari bunyod etildi Nurota tumanidagi Oqchob yaqinida Beklarsoy darasida joylashgan qadimgi to‘g‘on qoldiqlari o’rnida ulkan to’g‘on - Abdullaxon bandi qurildi. Uning ravoqlarini to‘g‘on tepasida turib ochish yoki berkitish mumkin edi. Abdullaxon bandiga 1 million 200 ming kub metr suv to‘plangan. 1577-yilda Buxoroda yirik, usti berk bozortim qurildi. Bu inshoot Abdullaxon timi deb ataladigan bo‘ldi. Xonlikda asosiy soliq sug‘oriladigan yerdan olinadigan xiroj edi. U daromadning 30 foizdan 40 foizgachasini tashkil qilardi. Davlat muassasalari, qo‘shin va xon xonadoni xarajatlarini qoplash uchun to‘lanadigan soliq ixrojot deb atalardi. Aholi mol-mulkidan olinadigan soliq - zakot, hukmdor uchnn yig'iladigan maxsus soliq - zobitona, harbiy soliq - madadi lashkar deb nomlangan edi. Aholiga davlat oldida o‘tashi shart bo‘lgan yasoq deb ataluvchi mehnat majburiyati ham yuklatilgan. Og‘ir yillarda aholiga hatto jizya - jon boshi solig‘i solinardi