Загрузил Jonibek Butayev

3 MAVZU ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR VA MUHAMMAD SHAYBONIYXON MUNOSABATLARI

реклама
3-MAVZU: ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR VA
MUHAMMAD SHAYBONIYXON MUNOSABATLARI
Bobur Mirzo Sulton Abu Said Mirzoning nabirasi edi
U 1483-yilning 14-fevralida Andijon shahrida tug‘ildi.
Bolalik va yoshlik yillari
Andijon va Axsi shaharlarida o‘tdi
Otasi Umarshayx Mirzo (1455-1494) saroyida o‘z
davriga yarasha barcha zarur bilimlarni egalladi
Abu Said Mirzo o‘g‘li Umarshayx Mirzoni o‘z hukmronligi davrida, dastlab Kobul
viloyatiga, so‘ng Farg‘ona viloyatiga hokim etib tayinladi. Keyinchalik akasi Sulton Ahmad
hukmronligi davrida Toshkent va Sayram ham Umarshayx Mirzoga berildi. Biroq o‘zaro
ichki kurashlar natijasida Umarshayx Mirzo qo‘l ostida faqat Farg‘ona, Xo‘jand va
O‘ratepagina qoldi. Umarshayx Mirzo 1494-yilda baxtsiz hodisa tufayli halok bo‘lgach,
hokimiyat 12 yoshli o‘g‘li Bobur Mirzo qo‘liga o‘tdi
Bobur yosh bo‘lganligi uchun davlat ishlarini ishonchli beklardan Hojiqozi va o‘qimishli,
oqila onasi Qutlug’ Nigorxonim yordamida boshqarardi.
Shayboniyxonning asosiy
maqsadi Temular saltanatiga
butunlay barham berish edi
Movarounnahrning nufuzli davlat arboblari
shayxulislom Abulmakorim boshchiligida Bobur
Mirzoni Samarqand taxtini egallashga da’vat
etdilar. Sulolasi manfaatiga sadoqatli bo‘lgan
Bobur Mirzo 1500-yilning kuzida Samarqandga
yurish bosbladi va taxtni ikkinchi marta egalladi
Bobur Mirzo bu galgi urush hal qiluvchi urushligini bilib Andijon, Toshkent, Hisor, Hirot va boshqa
yerlarga yordam yuborishlarini so‘rab elchilar yubordi. Biroq amakisi - Xuroson hukmdori Sulton
Husayn Boyqaro va Qashqardagi tog‘asi Sulton Mahmudxondan yordam kuchi kelmadi.
1501-yilda olti oylik qamaldan so‘ng Shayboniyxon Bobur Mirzoga sulh taklif etdi
Bobur Mirzoning qizi Gulbadanbegim
(1523- 1603-yillarda yashagan) o‘zining
,,Humoyunnoma“ asarida bu haqda
quyidagilarni yozgan edi: „Xudoga tavakkal
qilib Badaxshonot va Kobulga yuzlandilar“.
1504-yilda Kobul viloyatida (Kobul hozirgi Afg'oniston davlatining poytaxti)
o‘z hokimiyatini o‘rnatdi
Kobuldagi Bolo Hisor qal’asini o‘zining
qarorgohiga aylantirdi.
1494-yil — Bobur Mirzo Andijon taxtiga o‘tqazildi
1500-yil — Shayboniyxon Samarqandni egalladi
1501-yil — Bobur Mirzo Shayboniyxondan yengildi
1504-yil — Bobur Mirzo Kobulda o‘z hokimiyatini o‘rnatdi
Скачать