Uploaded by Saidbek Masharipov

Kompyuter tarmoqlari

advertisement
KOMPYUTER TARMOQLARI
Telekommunikatsiya texnologiyalari, 5 semestr
2- Ma'ruza
2.1.
2.1.
Kompyuter tarmoqlarining standart
texnologiyalari. Simli va simsiz tarmoq
texnologiyalari, IEEE 802 (IEEE 802.3,
802.11, 802.15, 802.16) standartlari
2.2.
Mobil
tarmoqlarining
zamonaviy
tarmoqni
dasturlari
standartlari,
loyihalash
Kompyuter tarmoqlarining standart texnologiyalari. Simli va simsiz
tarmoq texnologiyalari, IEEE 802 (IEEE 802.3, 802.11, 802.15, 802.16)
standartlari
Kompyuter (hisoblash) tarmog`i – bu aloqa kanallari orqali yagona tizimga
bog`langan kompyuter va terminallar majmuasidir.
Kompyuter tarmoqlarini ko’pgina belgilar, xususan xududiy ta`minlanishi
jixatidan tasniflash mumkin. Bunga ko’ra global, mintakaviy va lokal (maxalliy)
tarmoqlar farqlanadi.
Qo’llaniladigan dasturiy ta`minot nuqtai nazaridan tarmoq tuzilishining ikki xil
asosiy tamoyili joriy etilgan.
Birinchi tamoyilda
tarmoqning dasturlashtirilgan ta`minoti ko’pgina
foydalanuvchilarga xamma kirishi mumkin bo’lgan bosh komp`yuter resurslarini
taqdim etishga mo’ljallangan. U ‘fayl-server’ deb yuritiladi. Bosh komp`yuterning
asosiy resursi fayllar bo’lgani uchun u shu nomni olgan. Bu dasturli modullar yoki
ma`lumotlarga ega fayllar bo’lishi mumkin. Fayl-server - bu serverning eng umumiy
turi. Fayl -serverini disk xajmi odatdagi komp`yuterdagidan ko’p bo’lishi kerak,
chunki undan ko’pgina komp`yuterlarda foydalaniladi. Tarmoqda bir qancha fayl serverlar bo’lishi mumkin. Tarmoqdan foydalanuvchilarning birgalikda
foydalanishiga taqdim etiladigan fayl-serverning boshqa tur serverlarini sanab o’tish
mumkin. Masalan: printer, modem, faksimil aloqa uchun qurilma. Fayl-server
resurslarini boshqaruvchi va ko’pgina tarmoq foydalanuvchilari uchun ruxsat
beruvchi dasturiy ta`minoti tarmoqning operatsion tizimi deb ataladi. Uning asosiy
qismi fayl-serverda joylashadi; ishchi stantsiyada faqat resurs va fayl-server orasidan
murojaat qilinadigan dasturlar oralig’idagi interfeys rolini bajaruvchi uncha katta
bo’lmagan qobiq joylashtiriladi.
Ikkinchi tamoyil “klient-server” arxitektura deb ataladi. Uning dasturiy ta`minoti
resurslardan jamoa bo’lib foydalanishgagina mo’ljallanib qolmay, ularni qaytaishlash
va foydalanuvchi talabiga kura resurslarni joylashtirishga mo’ljallangan. “Klientserver” arxitekturalar dasturi tizimi ikkita bo’linmadan iborat: Serverning dasturiy
ta`minoti va foydalanuvchi - mijozning dasturiy ta`minoti. Bu tizimlar ishi
quyidagicha tashkil qilinadi: mijoz-dasturlar foydalanuvchining komp`yuterida
bajariladi va umumiy kirish komp`yuterida ishlaydigan dastur - serverga so’rov
jo’natiladi. Ma`lumotlarning asosiy kismini qayta ishlash kuchli server tomonidan
amalga oshiriladi, foydalanuvchi komp`yuteriga faqat bajarilgan so’rov natijalari
yuboriladi. Ma`lumotlar bazasi serverlari katta xajmdagi ma`lumotlar (bir necha 10
Gigabayt va undan ko’p) bilan ishlashga mo’ljallangan. Global tarmoqlari ilovalarida
klient-server arxitekturasi (ma`lum ma`noda) asosiy sanaladi. Katta matnli saxifalarni
saqlash va qayta ishlashni ta`minlovchi mashxur Web-serverlari, FTD-serverlari,
elektron pochta serverlari va boshqalar ma`lum. Sanab o’tilgan xizmat turlarining
mijoz dasturlari ushbu serverlar tomonidan xizmatni qabul qilib olish va ulardan javob
olish uchun so’rash imkonini beradi.
Tarmoqda axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob’yektlar
tarmoq ob’yektlari deyiladi. Tarmoq ob’yektlari alohida kompyuter, kompyuterlar
kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo`lishi mumkin. Axborotlarni
territorial joylashuviga ko`ra kompyuter tarmoqlarini uchta asosiy sinfga bo`lish
mumkin: global tarmoqlor, regional (mintaqaviy) tarmoqlar, lokal (mahalliy)
tarmoqlar.
Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlarda, turli qitalarda joylashgan
abonentlarni birlashtiradi.
Abonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon aloqa liniyalarda,
radioaloqa va sputnik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi.
Mintaqaviy kompyuter tarmoqlari bir-biridan ancha uzokda joylashgan biror
mintaqaga tegishli abonentlarni birlashtiradi. Masalan, biror shahar ichidagi yoki
iqtisodiy regionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan abonentlarni
birlashtiruvchi tarmoq.
Lokal (mahalliy) tarmoq kichik bir hududda joylashgan abonentlarni
birlashtiradi. Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog`langan bo`ladi. Masalan, biror
korxona yoki tashkilotga. Mahalliy tarmoqning uzunligini 2-3 km bilan cheklanishi
mumkin.
Global, mintaqaviy va mahalliy tarmoqlar birlashmasi ko`p tarmoqli ierarxiyani
tashkil etish imkonini beradi. Masalan, Internet kompyuter tarmog`i keng tarqalgan,
ommaviylashgan global kompyuter tarmog`idir. Uning tarkibiga erkin ravishda
birlashgan tarmoqlar kiradi. Uning nomining o`zi «tarmoqlar orasida» ma’nosini
bildiradi. Internet alohida tarmoqlarni birlashtirgan. Shuning uchun u katta
imkoniyatlarga ega. O`zining shaxsiy kompyuteri orqali Internetning ixtiyoriy
abonenti axborotni boshqa shaharga uzatishi, Vashington kongressi kutubxonasidagi
adabiyotlar katalogini ko`rib chiqish, Nyu-Yorkdagi metropoliten muzeyining eng
so`nggi ko`rgazmasining rasmlari bilan tanishib chiqish, tarmoqqa ulangan abonentlar
bilan konferensiyada yoki o`yinda ishtirok etishi mumkin. Internetning asosiy
tarkibini mahalliy kompyuter tarmoqlari tashkil etadi.
Bunday tamoyillar asosida kompyuter tarmoqlarining standart texnologiyalarini
tavsiflash mumkin (2.1.-rasm).
2.1.-rasm. Tarmoqlar texnologiyalari tavsifi
Global tarmoqlar
Avvaliga turli hududlarda, masalan boshqa shahar va davlatlarda joylashgan
kompyuterlarni birlashtiruvchi global tarmoqlar vujudga kelgan (Wide Area
Networks, WAN). Kompyuter tarmoqlari boshqa, ancha eski va keng tarqalgan
telefon tarmoqlaridan ko’p xususiyatlarga ega edi.
Katta masofalarga yuqori sifatli aloqa liniyasini yotqizish juda qimmatga
tushishi sababli birinchi global tarmoqlarda ko’pincha avval boshqa maqsadlar
uchun qurilgan aloqa kanallaridan foydalanilgan. Masalan, ko’p yillar davomida
global tarmoqlar vaqtning har momentida faqat bitta analog shakldagi
so’zlashuvchi uzatishga qodir bo’lgan tonal chastota kanallari asosida qurilgan.
Global kompyuter tarmoqlari rivojlanishi ko’p jihatdan Telefon tarmoqlari
rivojlanishiga bog’liq bo’ldi. 60-yillar oxiridan telefon tarmoqlarida ovozni
raqamli ko’rinishda uzatish keyinchalik ATS va foydalanuvchilarni ulovchi, bir
vaqtda o’nlab va yuzlab so’zlashuvlarni uzata oluvchi yuqori tezlikli raqamli
kanallar paydo bo’lishiga olib kelgan. Birlamchi, ya’ni asos tarmoqlar uchun
plezixron raqamli ierarxiya (Plesiochrohous Digital Hierarchy, PDH), ishlab
chiqildi.
Avvaliga PDH texnologiyasi 140 Мbit/s tezlikda ishlagan. Lekin 80-yillarda
sinxron raqamli ierarxiya (Synchronous Digital Hierarchy, SDH) paydo bo’ldi va
raqamli kanallar tezligi diapazonini 10 Gbit/s tezlikkacha kengaytirdi, spectral
multiplekslash texnologiyasi (Dese Wave Division Multiplexing, DWDM) esa –
yuzlab gigabitdan xatto sekundiga bir necha terabitgacha.
Hozirda global tarmoqlar ko’rsatilayotgan servislar xilma-xilligi va sifati
bo’yicha ancha keyin yaralgan bo’lsada bu borada uzoq vaqt peshqadam bo’lgan
lokal tarmoqlar bilan raqobalasha oladilar.
Lokal tarmoqlar
Lokal tarmoqlar (Local Area Networks, LAN) – katta bo’lmagan hududda,
odatda 1-2 km radius atrofida, joylashgan kompyuterlar birlashmasidir. Umumiy
olganda lokal tarmoq bir tashkilotga tegishli bo’lgan kommunikatsiya tizimidir.
Hisoblash texnikasi foydalanuvchilarining ehtiyojlari ortib bordi. Ularni endi
o’z kompyuterlarida boshqalardan uzilgan holda ishlash qoniqtirmay qoldi, ular
boshqa bo’limdagi foydalanuvchilar bilan avtomat rejimda kompyuter
ma’lumotlarini almashishni istashardi. Shunday qilib tashkilotning ichki lokal
tarmoqlari vujudga keldi.
Avvaliga kompyuterlar bir-biri bilan standart bo’lmagan dasturiy-apparat
vositalari yordamida ulangan. Aloqa liniyasida o’z ma’lumotni taqdim etish usuli,
o’ziga xos kabeldan foydalaniluvchi turli xildagi ulash qurilmalari faqatgina qaysi
modeldagi kompyuterlar uchun ishlab chiqarilgan bo’lsa, shu turdagi
kompyuterlarni ulashi mumkin bo’lgan, masalan PDP-11 mini-kompyuterini IBM
360 meynfreymi bilan yoki "NAIRI" kompyuterlarini "DNEPR"kompyuterlari
bilan.
80-yillar o’rtalarida lokal tarmoqlardagi holat keskin o’zgara boshladi.
Kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirishning standart texnologiyalari tasdiqlandi Ethernet, Arcnet, Token Ring, Token Bus, biroz keyinroq esa - FDDI. Ularning
paydo bo’lishiga shaxsiy kompyuterlarning yaratilishi katta turtki bo’ldi. ShK lokal
tarmoqlarda nafaqat mijoz kompyuterlar sifatida, balki ma’lumotlarni saqlash va
qayta ishlash markazlari, ya’ni tarmoq serverlari sifatda avvalgi mini-kompyuterlar
va meynfreymlarni siqib chiqara boshladi.
90-yillar oxirida klassik Ethernet 10 Mbit/s, Fast Ethernet 100 Mbit/s va
Gigabit Ethernet 1000 Mbit/s ni o’z ichiga olgan Ethernet oilasi lokal
texnologiyalarining lideri ekani yaqqol namoyon bo’ldi.
Ma’lumotlar jo‘natish usullaridagi yaqinlashuv, optik-tola aloqa liniyalari
bo‘yicha ma’lumot jo‘natishning raqamli platformasida o‘tkaziladi. Raqamli
kanallarning yuqori sifati, global kompyuter tarmoqlari protokollariga bo‘lgan
talablarni o‘zgartirdi. Global tarmoqlarning frame relay va ATM kabi yangi
texnologiyalari paydo bo‘ldi. Bu tarmoqlarda bitlarning yedirilishi shunchalik
kamligi uchraydiki, hatto xato paketni yo‘qotish va uni yo‘qotish bilan bog‘liq
barcha muammolarni esa, frame relay va ATM tarmoqlari tarkibiga bevosita
kirmaydigan yuqori darajadagi dasturiy ta’minotga qayta topshirish samaraliroqligi
tahmin qilinyapti.
Lokal va global tarmoqlarning yaqinlashuviga, IP protokolining ustuvorligi
katta hissa qo‘shdi. Bu protokol bugungi kunda lokal va global tarmoqlar
texnologiyalaridan ustun bo’lib Ethernet, Token Ring, ATM, frame relay- turli
quyi tarmoqlardan bitta tarkibiy tarmoq yaratish uchun ishlatilib kelinmoqda.
Tezkor raqamli kanallar asosida ishlaydigan 90-yillar kompyuter global
tarmoqlari, o‘z xizmat to‘plamlarini kengaytirdi va bu borada lokal tarmoqlarga
yetib oldilar. Multimediya nomini olgan barcha ma’lumotlar – surat, videofilm,
ovoz va boshqalar kabi real vaqtda foydalanuvchiga katta hajmdagi ma’lumotlarni
yetkazib berish bilan bog‘liq ishlarni bajaruvchi xizmatlarni yaratish imkoni
tug‘ildi. Yaqqol misol - bu asosan Internetga ma’lumotlarni jo‘natuvchi bo‘lib
qolgan World Wide Web gipertekst ma’lumot xizmatidir.
Lokal va global tarmoqlar yaqinlashuvi ko‘rinishlaridan biri, lokal va global
tarmoqlar orasidagi oraliq holatni egallovchi katta shahar masshtabidagi
tarmoqlarning paydo bo‘lishi hisoblanadi. Shahar tarmoqlari yoki megapolislar
tarmog‘i (Metropolitan Area NetWorks, MAN) yirik shahar hududiga xizmat
ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. MAN turidagi zamonaviy tarmoqlar, o‘z
mijozlariga har xil turdagi kommunikatsiya vositalari, shu jumladan ofis ATSlarini
birlashtirish imkonini beruvchi xizmatlar xilma xilligi bilan ajralib turadi.
2.2-rasmda lokal hisoblash tarmoqlari (LAN), shahar (MAN) va global
tarmoqlar (WAN) uchun ishlatiladigan alternativ kirish texnologiyalari orasidagi
raqobatning asosiy qismlari ko‘rsatilgan.
2.2.-rasm. Simsiz va mobil texnologiyalari konvergensiyasi
Kabel tarmoqlari bo‘yicha Internetga kengpolosali kirish va Wi-Fi birikmasi,
hamda PSTN mis simlari bazasida DSLdan foydalanish, infratuzilmani- uyda,
ofisda, jamoat xotspotlari aeroport, vokzal, mehmonxona, restoran, kafe va boshqa
joylarda Internetga simsiz ulanish bilan ta’minladi.
3-avlod tarmoqlari (3G) Internetga xohlagan joydan ulanish uchun, Wide
Area Networks(WAN) tarmoqlarini yaratish imkonini beradi va an’anaviy ovoz
xizmatlari takliflarini kengaytiradi.
Mobil va o‘tkazish tarmoqlari konvergensiyasi jarayoni, yuqori hisoblash
quvvati bo‘lgan va o‘rtacha narxda Internetga chiqish uchun simsiz texnologiyalar
to‘plamiga ega bo‘lgan mobil telefonlar va KPK, noutbuk kabi boshlang‘ich
iste’molchilar uchun portative vositalarni rivojlantirish bilan kuzatildi.
Internet orqali ovozli telefoniya (VoIP) an’anaviy telefoniya bilan
raqobatlasha boshladi.
Internetga kengpolosali ulanish, qayd etilgan an’anaviy telefon aloqasiga
raqobatchi xizmat hisoblanadi. Simsiz kengpolosali ulanish (WBA) texnologiyalari
mobil tarmoqlari bilan xususiy va jamoat binolarida, hamda, shahar tarmoqlari
darajasida raqobatlashadilar.
IEEE 802.х standartlari
1980 yilda IEEE 802 LAN standartlashtirish qo'mitasini tashkil etdi, natijada
IEEE 802.x standartlari oilasi qabul qilindi, bu esa LANning quyi pog’onalarini
loyihalash bo'yicha ko'rsatmalar beradi. Keyinchalik ushbu qo'mita faoliyati
natijalari ISO 8802-1 ... X xalqaro standartlari to'plamiga asos bo'ldi. Ushbu
standartlar Ethernet, ArcNet va Token Ring uchun juda keng tarqalgan vendorlar
standartlarga asoslangan edi.
IEEE dan tashqari LAN protokollarini standartlashtirish bo'yicha ishlarda
boshqa tashkilotlar ham qatnashdilar. Shu tariqa, optik tolada ishlaydigan
tarmoqlar uchun ANSI, Amerika Standartlashtirish Instituti 100 Mbit/s
ma'lumotlarni uzatish tezligini ta'minlaydigan FDDI standartini ishlab chiqdi.
IEEE 802.x oila standartlari yetti pog’onali OSI modelining atigi ikkita pastki
pog’onani qamrab oladi – fizikaviy va va kanal. Buning sababi shundaki, aynan
shu pog’onalar mahalliy tarmoqlarning o'ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi.
Tarmoqdan boshlab yuqori pog’onalar mahalliy va global tarmoqlar uchun asosan
umumiy xususiyatlarga ega. Mahalliy tarmoqlarning o'ziga xos xususiyati,
shuningdek, kanal pog’onasini ikkita qismga bo'linishida ham aks etadi, ular
ko'pincha sathlar deb ham ataladi: Logical Link Control (LLC) – mantiqiy kanalni
boshqarish; Media Access Control (MAC) - vositalarga kirishni boshqarish.
MAC sathi umumiy muhitni to'g'ri bo'lishishini ta'minlaydi, uni u yoki bu
tarmoq tuguni ixtiyorida ma'lum algoritmga muvofiq ravishda ta'minlaydi.
Zamonaviy mahalliy tarmoqlarda MAC ning bir nechta protokollari keng tarqalib,
umumiy uzatish vositaga kirish uchun turli algoritmlarni amalga oshirdi. Ushbu
protokollar Ethernet, Fast Ethernet, Gigabit-Ethernet, Token Ring, FDDI kabi
texnologiyalarning o'ziga xos xususiyatlarini to'liq aniqlaydi.
LLC sathi ma'lumotlar kadrlarini turli ishonchlilik darajalari bilan tugunlar
o'rtasida uzatish uchun javobgardir, shuningdek, qo'shni tarmoq pog’onasi bilan
interfeys funktsiyalarini bajaradi. Aynan LLC orqali tarmoq protokoli kanal
pog’onasidan kerakli transport bilan ishlashni talab qilinadigan sifat bilan talab
qiladi. LLC ushbu pog’onadagi kadrlarni tiklash protseduralari mavjudligida yoki
yo'qligida, ularning yo'qolishi yoki buzilishida farq qiladigan, ya'ni ushbu
darajadagi transport xizmatlarining sifati bilan farq qiladigan bir nechta ishlash
usullari mavjud.
MAC va LLC protokollari o'zaro mustaqil - har bir MAC protokoli har
qanday LLC protokoli bilan ishlatilishi mumkin va aksincha.
IEEE 802 standartlari 1-rasmda ko'rsatilgan juda aniq tuzilishga ega:
Bugungi kunda 802 qo'mitasi quyidagi kichik qo'mitalarni o'z ichiga oladi:
802.1 - Internetworking – tarmoqlarni birlashtirish;
802.2 - Logical Link Control, LLC - ma'lumotlarni mantiqiy uzatishni
boshqarish;
802.3 - Ethernet CSMA / CD kirish usuli bilan;
802.4 - Token Bus LAN - Token Bus kirish usuli bilan lokal tarmoqlar;
802.5 - Token Ring LAN - Token Ring kirish usuli bilan mahalliy tarmoqlar;
802.6 - Metropolitan Area Network, MAN - Metropolitan Area Network;
802.7 - Broadband Technical Advisory Group - keng polosali uzatish
bo'yicha texnik maslahat guruhi;
802.8 - Fiber Optic Technical Advisory Group - optik tolali tarmoqlar uchun
texnik maslahat guruhi;
802.9 - Integrated Voice and data Networks - integrallashgan ovozli va
ma'lumotlar tarmoqlari;
802.10 - Network Security - tarmoq xavfsizligi;
802.11 - Wireless Networks - simsiz tarmoqlar;
802.12 - Demand Priority Access LAN, l00VG-AnyLAN - ustuvor talabli
kirish usuli bilan mahalliy tarmoqlar.
IEEE 802.3
Stаndаrt tаrmоqlаr o‘rtаsidа eng ko‘p tаrqаlgаn tаrmоq bu Ethernet
tаrmоg‘idir. U birinchi bo‘lib 1972 yildа Xerox firmаsi tоmоnidаn yarаtilib, ishlаb
chiqаrilа bоshlаndi. Tаrmоq lоyiхаsi аnchа muvоfаqiyatli bo‘lgаnligi uchun 1980
yili uni kаttа firmаlаrdаn DEC vа Intel qо‘llаdilаr (Ethernet tаrmоg‘ini birgаlikdа
qо‘llаgаn firmаlаrni bоsh hаriflаri bilаn DIX dеb yuritilа bоshlаndi). Bu uchtа
firmаning hаrаkаti vа qо‘llаshi nаtijаsidа 1985 yili Ethernet hаlqаrо stаndаrti
bo‘lib qоldi, uni kаttа hаlqаrо stаndаrtlаr tаshkilоtlаri stаndаrt sifаtidа qаbul
qilаdilаr: 802 IEEE qо‘mitаsi (Institute of Electrical and Electronic Engineers) vа
ECMA (European Computer Manufactures Association). Bu stаndаrt IEEE 802.3
nоmini оldi.
IEEE 802.03 stаndаrtining аsоsiy ko‘rsаtgichlаri quyidаgilаr:
Tоpоlоgyasi – shinа; uzаtish muхiti – kоаksiаl kаbеl; uzаtish tеzligi – 10
Mbit/s; mаksimаl uzunligi – 5 km; аbоnеntlаrning mаksimаl sоni – 1024 tаgаchаn;
tаrmоq qismining uzunligi – 500 m; tаrmоqning bir qismidаgi mаksimаl
аbоnеntlаr soni – 100 tаgаchа; tаrmоqgа egа bo‘lish usuli – CSMA/CD, uzаtish
mоdulyatsiyasiz (mоnоkаnаl).
Jiddiy qаrаlgаndа IEEE 802.3 vа Ethernet оrаsidа оz fаrq mаvjud, lеkin ulаr
hаqidа оdаtdа eslаnmаydi.
Ethernet hоzir dunyodа eng tаnilgаn tаrmоq vа shubhа yо‘q аlbаttа u yaqin
kеlаjаkdа hаm shundаy bo‘lib qоlаdi. Bundаy bo‘lishigа аsоsiy sаbаb, uning
yarаtilishidаn bоshlаb hаmmа ko‘rsаtgichlаri, tаrmоq prоtоkоli hаmmа uchun
оchiq bo‘lgаnligi, shundаy bo‘lgаnligi uchun dunyodаgi judа ko‘p ishlаb
chiqаruvchilаr Ethernet qurilmа vа uskunаlаrini ishlаb chiqаrа bоshlаdilаr. Ulаr
o‘zаrо bir-birigа to‘liq mоslаngаn rаvishdа ishlаb chiqilаdi аlbаttа.
Dаstlаbki Ethernet tаrmоqlаridа 50 Оmli ikki turdаgi (yug‘оn vа ingichkа)
kоаksiаl kаbеllаr ishlаtilаr edi. Lеkin kеyingi vаqtlаrdа (1990 yil bоshlаridаn)
Ethernet tаrmоg‘ining аlоqа kаnаli uchun o‘rаlgаn juftlik kаbеllаridаn
fоydаlаnilgаn vеrsiyalаri kеng tаrqаldi. Shuningdеk оptik tоlаli kаbеllаr
ishlаtilаdigаn stаndаrt hаm qаbul qilindi vа stаndаrtlаrgа tеgishli o‘zgаrtirishlаr
kiritildi. 1995 yili Ethernet tаrmоg‘ining tеz ishlоvchi vеrsiyasigа stаndаrt qаbul
qilindi, u 100 Mbit/s tеzlikdа ishlаydi (Fast Ethernet dеb nоm bеrildi, IEEE 802.03
u stаndаrti), аlоqа muхitidа fgаn juftlik yoki оptik tоlа ishlаtilаdi. 1000 Mbit/s
tеzlikdа ishlаydigаn vеrsiyasi hаm ishlаb chiqаrilа bоshlаndi (Gigabit Ethernet,
IEEE 802.03 z stаndаrti).
2.2.
Mobil tarmoqlarining standartlari, zamonaviy tarmoqni loyihalash
dasturlari
IEEE 802.11 Simsiz aloqa protokollari
IEEE 802.11 - IEEE 802 mahalliy tarmoq (LAN) protokollarining bir
qismidir va simsiz mahalliy tarmoq (WLAN) Wi-Fi kompyuter aloqasini amalga
oshirish uchun ommaviy axborot vositalariga kirishni boshqarish (MAC) va
fizikaviy pog’ona protokollari to'plamini belgilaydi. 2.4 GHz, 5 GHz, 6 GHz va 60
GHz diapazonlarni o'z ichiga olgan, ammo shu bilan cheklanmagan holda turli xil
chastotalarda ishlay oladi.
Bugun simsiz texnologiyalar kosmik tezlikda rivojlanmoqda, chunki simdan
qutilish imkoni paydo bo‘ldi – yangi, tezkor simsiz texnologiyalar.
Mavjud simsiz tarmoqlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1. Radioto‘lqinli texnologiyalar, shuningdek uyali aloqa texnologiyalari;
2. Infraqizil texnologiyalar;
3. Yerusti va kosmik mikroto‘lqin texnologiyalari.
Radioto‘lqinlar, infraqizil va mikroto‘lqinlar ko‘rinadigan yorug‘lik,
ultrabinafsha yorug‘lik, radioto‘lqin, infraqizil, rentgen nurlari, mikroto‘lqin va
gamma-nurlarni o‘z ichiga oladigan elektromagnitli spektrning bir qismidir.
Elektromagnitli radiatsiya yer atmosferasi va kosmos orqali is propagated.
Radioto‘lqinli texnologiyalar juda keng tarqalgan va tez ishlovchi simsiz tarmoq
sohasida taqdim etilgan. Radioto‘lqin texnologiyalari 802.11 simsiz tarmoq
standartlari va Bluetooth, HiperLAN kabi muqobil industry-endorsed approaches
WiMAX va HiperLAN simsiz mintaqaviy tarmoq texnologiyalarga misol bo‘la
oladi. Uyali aloqa texnologiyalari, jumladan 3G va 4G, ham radioto‘lqin
texnologiyalaridan foydalanadi.
Infraqizil texnologiyalar radio wave approaches dan farqli uncha mashhur
emas. Infraqizil texnologiya ofis ichidagi aloqalar kabi qisqa masofadagi
ulanishlarda foydalaniladi. Radioto‘lqinli ulanishlarda.
Radioto‘lqin texnologiyalari
Tarmoq signallari radioto‘lqin orqali uzatish mumkin, lekin tarmoq
dasturlari yuqori chastotalar bilan ishlaydi. Misol uchun, hududdagi AM
stansiyalar 1290 chastotalarda efirga uzatadi, bu esa 1290 kHz ma’noni beradi,
chunki AM to‘lqinlar 535-1605 kHz oraliqda joylashadi. FM to‘lqinlar esa 88-108
MHz oraliqda joylashadi.
Radio tarmoq orqali uzatishda signal bir yoki ko‘p yo‘nalishda uzatilishi
mumkin, bu esa ishlatilayotgan antenna turiga bevosita bog‘liq.
IEEE 802.11 protokoli asosidagi radioto‘lqinli tarmoqlar
Har xil turdagi radio to‘lqinlar ishlatiladi, lekin taklif etilgan.
Asosiy standart 802.11 edi (so‘ngidagi harflarsiz), lekin bugungi kunda keng
tarqalgan standartlar – 802.11a, 802.11b, 802.11g, va 802.11n. 802.11ac va
802.11ad.
Simsiz tarmoq tashkil etuvchilari
Simsiz ulanish uchta asosiy tashkil etuvchidan iborat:
1. Qabul qiluvchi va uzatuvchi plata.
2. Ulanish nuqtasi.
3. Antennalar.
Qabul qiluvchi plata simsiz tarmoq platasi (Wireless NIC – WNIC) deb
nomlanadi hamda OSI modelining Jismoniy va Ma’lumot uzatish pog‘onalarida
faoliyat ko‘rsatadi. WNIC ichki PCI (Peripheral Computer Interface) yoki
miniPCI, alohida CardBus yoki PCMCIA (Personal Computer Memory Card
International Association) kartasi yoki USB (Universal Serial Bus) ko‘rinishida
bo‘lishi mumkin.
Ko‘p WNIC Microsoft Network Driver Interface Specification – NDIS ga
mos keladi. NDIS tarmoq drayverlari spetsifikatsiyasi hamda ko‘pgina tarmoq
protokollari bilan ishlay oladigan tarmoq platalari drayverlarini yaratish va
foydalanish uchun zarur ilova dasturlash interfeysi (Application Programming
Interface – API)dir. API kabi NDIS tarmoq kommunikatsiyalarida ishlatiladigan
kichik programmachalar yoki qism-programmalar kutubxonasiga ega. Bu
programmalar kutubxonasi NDIS.SYS tizim fayli Simsiz tarmoqqa ulanish usullari
Ulanish tezliklari
802.11 protokolning himoya usullari
Xavfsizlik simsiz tarmoqlarda kabelli tarmoqlar kabi zarur. Simsiz tarmoq
ko‘payayotgan sababli uni buzish uchun uyushtirilayotgan hujumlar ham ortib
boradi.
Bir qator tarmoqlar 802.11 protokoliga muqobil bo‘lgan radio to‘lqinlaridan
foydalanadilar. Ular ichida eng mashhurlari Bluetooth va HiperLAN dir.
Bluetooth HiperLAN
Infraqizil texnologiyalar
Simsiz ulanish nuqtalari
Statsionar simsiz ulanish nuqtalari
Mobil simsiz ulanish nuqtalari
Uyali aloqa tarmoqlari
Mikroto‘lqin texnologiyalari
Download