Uploaded by Nurmuhammad Gaybilloyev

1-1 мавзу+

advertisement
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
HARBIY TA’LIM FAKULTETI
1/1-mavzu
Harbiy mutaxassislikka
kirish.
Buxoro 2020
O`quv savollari:
:
1.Harbiy ta’lim fakulteti tarixi va rivojlanishi, fakultetning
vazifasi va uni an`analari. Harbiy ta’lim fakultetida
beriladigan harbiy mutaxassislik. O’zR QK motoo’qchi
bo’linmalarining roli, o’rni va vazifalari. Zaxira va
rezervdagi ofitserlarni tayyorlash va unga qo’yilgan
talablar.
2.Harbiy ta’lim fakultetini tashkiliy tuzilishi. Kun tartibi.
Harbiy ta’lim fakultetidagi ichki tartib qoidalari. Harbiy
ta’lim fakultetida o’quv tarbiyaviy jarayonni tashkillash.
O’qitiladigan fanlarning turlari va vazifalari.
3.O’quv mashg’ulot turlari. Talabalar bilimlarini nazorat
qilish. OO’YU harbiy ta’lim fakulteti talabalarining xuquq
va majburiyatlari.
TAKTIK TAYYORGARLIK FANINING
O’QUV MAQSADI:
Zamonaviy umumqo’shin jangida bo’linmalarni
fundamental harbiy bilimalarini nazariy va amaliy
asosda qo’llashini, harbiy fan va texnika taraqqiyoti
yangiliklarini biladigan, mustaqil fikrga ega,
jangovar nizom nazariyasini ijodiy qo’llay olish,
guruhni jangda ishonchli va mahoratli boshqarishni
amalda qo’llashni, chet-el armiyasi bo’linmalarining
tuzulishi, qurollanishi, taktik harakatlarni biladigan
zamonaviy umumqo’shin jang asoslarini.
O’quv fanini o’zlashtirish natijasida
talabalar quyidagi tushunchalarga ega
bo’lishi kerak:
- zamonaviy umumqo’shin jangi asoslarini;
- qo’shin turlari va bo’linmalarni tashkiliy tuzilishi, imkoniyatlari va harakatlanish
taktikasini;
- guruh komandirini bo’linmalari to’liq jangovar shaylikda saqlash bo’yicha
majburiyatlarini;
- jangovar Nizom va qo’llanmalar asosida, jangovar harakatlarni turli sharoitlarda,
hududlarda tashkillash va olib borish asoslarini;
- hamkorlik va jangni har tomonlama taminotini tashkil etishning asosiy
savollarini;
- Quruqlikdagi qo’shinlar bo’linmalarini jangovar qo’llashning asosiy tamoyillarini,
ularni tashkiliy tuzilishi, qurol aslaxasi va jangovar texnikasini qo’llash tartibi va
jangovar vazifasini;
- ehtimoliy dushman bo’linmalarining tashkiliy tuzilishi, qurol-aslaxa va jangovar
texnikasi va harakatlanish taktikasini;
- NQT va kichik bo’linmalarning tuzilishi, qurollanishi va harakatlanish taktikasini;
O’quv fanini o’zlashtirish natijasida
talabalar quyidagilarhi bilishi kerak:
- motoo’qchi guruh va vzvodni turli jangovar harakatlarda harakatlanish
taktikasini;
- bo’linmalarni jangda boshqarish guruh va vzvod komandirini jangni
tashkillash bo’yicha ish tartibi va usulini;
- tashabbuskor va mustaqil fikrlay oladigan, mustahkam qo’mondonlik va
tashkilotchilik xislatlariga ega, amalda yangiliklarni qo’llay oladigan,
guruh bilan taktik-tayyorgarlik fanidan yangi pedagogika va informattsion
texnologiyalarni qo’llagan holda, mashg’ulotlarni to’g’ri tashkillashni
biladigan motoo’qchi qo’shin zaxira va pezervdagi ofitserlarini
tayyorlashdan iborat
- taktik tayyorgarlik fanida shaxsiy tarkibga mashg’ulot o’tish va uslubiy
tayyorgarlikni;
O’quv fanini o’zlashtirish natijasida talaba
quydagi ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak:
- motoo’qchi guruhlarini janglarini tashkillash va uni jangda boshqarishni;
- jangovar bo’linmalarining jangovar texnikalari va ularni jangovar
imkoniyatlaridan to’la va samarali foydalanishni;
- dushman tomonidan OQQ qo’llangan sharoitlarda bo’linma shaxsiy tarkibni
ximoyalashni taminlanishni;
- amalda shaxsiy va jamoaviy himoya vositalaridan, radiatsion va kimyoviy
razvedka olib borish uskunalaridan foydalana olishini;
- turli jang turlarida muxandislik taminotini tashkillashni;
- o’rnatilgan tartib va qoida bo’yicha vzvod komandiri tarmog’ida aloqa vositalari
bilan ishlashini;
- me`yoriy yig’indi va quyidagi dasturda ko’rsatilgan taktik tayyorgarlik fanidan
me`yorlar bajarishini;
- bo’linmalarni yuqori jangovar shayligini saqlash va uni taminlashni;
- bo’linmalarni jangovar qo’llanish bosqichida taktik tayyorgarlikning yangi
zamonaviy usullarini qo’llashni o’rganishni.
Taktik tayyorgarlik fanining 3, 4 semestrlar bo‘yicha o‘quv soati va
mashg‘ulot turlari
Mashg‘ulot jadvaliga
asosan o‘quv
Bosqich, semestr
mashg‘ulotining umumiy
vaqti
O‘quv mashg‘ulotlarning turlari
bo‘yicha soatlari
Ma’ruza Seminar
Amaliy
Yarim
guruh
2- BOSQICH
2 bosqich 3 semestr
98
24
20
24
30
2 bosqich 4 semestr
62
10
4
16
32
Jami: 2 bosqich
bo‘yicha
160
34
24
40
62
1 - O`quv savoli
Buxoro davlat pedagogika institutining Harbiy
fakulteti O`zbekiston SSRning (Sobiq Ittifoq Ministrlar
Sovetining) Ministrlar sovetining 1978 yil 25 avgustdagi
N727 qarori "Yoshlarni boshlangich harbiy ta`limni
takomillashtirish haqidagi qo`shimcha meyorlar" va
SSSR Mudofaa va Maorif vazirligi buyrug`i N267-172
1980 yil 20 iyul kungi hujjatlar asosida, Turkiston harbiy
okrugining shtab boshlig`ining 18 dekabr 1979 yilidagi
N155 buyrug`iga binoan 1980 yildan boshlab Buxoro
davlat pedagogika institutida Harbiy fakultet faoliyatini
yurita boshladi.
Uzbekiston SSR Oliy ta`lim vazirligi 22 yanvar 1980 yil
N19 buyrug`iga binoan Buxoro davlat pedagogika
instituti harbiy kafedrasiga 1979 - 1980 o`quv yiliga 100
ta "Boshlang`ich harbiy ta`lim va jismoniy tarbiya"
mutaxasisligi bo`yicha tinglovchilar (talaba) qabul
qilindi.
Harbiy fakultet birinchi jamoasi 1980 yil 2 iyundan
boshlab o`zlarining faoliyatlarini olib borganlar:
Harbiy fakultet boshlig`i podpolkovnik Roziqov Akram
Avezovich, o`quv bo`lim boshlig`i podpolkovnik Barbar
Nikolay Barisovich, harbiy fakultet o`qituvchisi kapitan
Kochniev Yevgeniy Vasilevich.
Harbiy fakultet – oliy ta`lim muasassani asosiy
o`quv bo`linmasi hisoblanib, zaxiradagi ofitserlarni
tayyorlashda o`quv, tarbiyaviy va ilmiy-uslubiy ishni
ta`minlaydi.
Oliy ta`lim muasassani harbiy kafedrasi O`zbekiston
Respublikasi Qurolli Kuchlariga talabalar hisobidan
zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash maqsadida tashkil
etiladi va u Mudofaa vazirligi harbiy ta`lim
muasassasiga tenglashtiriladi.
BDUning harbiy kafedrasida talabalarni o`qitish "BTR (BMP)da
motoo`qchi qismlar, bo`linmalari va birlashmalarining jangovar
qo`llanishi" ( XXM 021002 ) bo`yicha tashkil etilgan.
Kafedradagi harbiy tayyorgarlik Qurolli Kuchlar uchun ma`naviy yetuk,
hamda motoo`qchi qo`shini komandiri uchun kerak bo`ladigan bilim,
tajriba va ko`nikmalarni egallagan zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash
maqsad qilib qo`yilgan.
Talabalarni "Chaqiriqgacha boshlang`ich tayorgarlik" mutaxassisligi
bo`yicha maxsus tayyorlashning maqsadi o`rta ta`lim muassasalarining
o`quvchilarini chaqiriqgacha tayyorlash va ularni qurolli kuchlar safida
xizmat qilishga tayyorlash kabi vazifalarni bajarishda kerak bo`ladigan
harbiy pedagogik bilim, ko`nikma va tajribaga ega bo`lgan harbiy
rahbarlarni tayyorlashdan iborat.
2 - ўкув саволи
Quruqlikdagi qo`shinlar - Qurolli Kuchlarning eng
ko`p sonli turi hisoblanib, Davlat chegarasini himoya qilish,
turli operatsion (taktik) yo`nalishlardagi dushmanning
qo`shinlari to`zilmalari zarbalarini qaytarish va yakson qilish
uchun hamda u tomondan egallangan hududlarni (rayonlarni,
marralarni) ushlab qolish va uning qo`shinlari to`zilmalarini
butunlay yakson qilish maqsadida dushman egallab olgan
hududlarni
qo`lga
kiritish
hamda
qurollangan
to`qnashuvlarda dushmanning muntazam va nomuntazam
to`zilmalarini yo`q qilish bo`yicha jangovar va maxsus
qo`shin harakatlarini olib borish uchun mo`ljallangan.
Ular turli harbiy texnika, zamonaviy qurol-yarog` bilan qurollangan
bo`lib o`zining tarkibida motoo`qchi, tankchilar, tog`-o`qchi, havodesantchi, desantchi-shtrumchi va artilleriya havo-hujumiga qarshi
quruqlikdagi qo`shinlar havo hujumiga qarshi qo`shilmalari hamda
maxsus qo`shinlar (razvedka, muhandislik, kimyoviy, aloqa,
radioelektron urushga qarshi, topogeodezik), front orti va texnik
ta`minot qism va bo`linmalari o`z ichiga oladi. 27 yoshiga qadar,
sog`ligi tufayli harbiy xizmatga loyiq deb topilgan talabalar harbiy
tayyorgarlikka jalb qilinadi. Muddatli harbiy xizmatni o`tgan talabalar
ham zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash dasturi bo`yicha harbiy
tayyorgarlikni o`tashi mumkin.
3 - ўкув саволи
Kun tartibi:
1.
r
Tadbirlar nomlanishi
Ajratilgan vaqt
1
Talabalarning XK kelishi va ertalabki kurik.
8.00 – 8.15
2
Talabalarning sinfga kirishi va mashg`ulotning boshlanishi.
8.15 – 8.30
3
1-juftlik
8.30 – 09.50
4
2- juftlik
10.00 – 11.20
5
Tushlik vaqti (katta tanafus)
6
3 – juftlik
12.00 – 13.20
7
4 – juftlik
13.30 – 14.50
8
5 – juftlik
15.00 – 16.20
9
Mustaqil dars mashg`uloti
40 daqiqa
30. – 17.00
3 - ўкув саволи
Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:
Talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil
mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo`llay oladi, fanning
(mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi
hamda fan (mavzu) bo`yicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (a`lo)
baho;
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo`llay oladi,
fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib
beradi hamda fan (mavzu) bo`yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4
(yaxshi) baho;
talaba olgan bilimini amalda qo`llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni
tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo`yicha
tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho;
talaba fan dasturini o`zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini
tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo`yicha tasavvurga ega emas deb
topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
Talabalar bilimini baholash
Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.
Oraliq nazorat turini o`tkazish va mazkur nazorat turi bo`yicha talabaning bilimini
baholash tegishli fan bo`yicha o`quv mashg`ulotlarini olib borgan professoro`qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Yakuniy nazorat turini o`tkazish va mazkur nazorat turi bo`yicha talabaning
bilimini baholash o`quv mashg`ulotlarini olib bormagan professor-o`qituvchi
tomonidan amalga oshiriladi.
Tegishli fan bo`yicha o`quv mashg`ulotlarini olib borgan professor-o`qituvchi
yakuniy nazorat turini o`tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi.
Yakuniy nazorat
turini o`tkazishda kelishuv asosida boshqa oliy ta`lim muassasalarining tegishli
fan bo`yicha professor-o`qituvchilari jalb qilinishi mumkin.
Oliy ta`lim muassasasida nazorat turlarini o`tkazilishi tegishli oliy ta`lim
muassasasining ta`lim sifatini nazorat qilish bo`limi tomonidan doimiy ravishda
o`rganib boriladi. Bunda nazorat turlarini o`tkazilish tartibi bo`zilganligi aniqlangan
hollarda, o`tkazilgan nazorat turlarining natijalari bekor qilinishi hamda tegishli
nazorat turi qaytadan o`tkazilishi mumkin.
3 - ўкув саволи
•
•
•
•
•
Talaba tegishli fan bo`yicha yakuniy nazorat turi o`tkaziladigan muddatga qadar oraliq
nazorat turini topshirgan bo`lishlari shart.
Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo`yicha «2»
(qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.
Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi
bo`yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor
hisoblanadi.
Talaba uzrli sabablarga ko`ra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan
taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining
farmoyishi asosida ruxsat beriladi.
Bir kunda 1 tadan ortiq fan bo`yicha yakuniy nazorat turi o`tkazilishiga yo`l
qo`yilmaydi. Yakuniy nazorat turlarini o`tkazish kamida 2 kun oralig`ida belgilanishi
lozim. Bitiruvchi kurs bo`lmagan talabalar kuzgi semestr natijalari bo`yicha 3 tagacha
fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi bo`lgan hollarda talabaga bir oygacha,
bahorgi semestr natijalari bo`yicha 3 tagacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi
bo`lgan talabaga tegishli fan (fanlar) bo`yicha oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turlarini
yangi o`quv yili boshidan qayta topshirish uchun 1 oy muddat beriladi.
3 - ўкув саволи
•
•
•
•
•
Bitiruvchi kurs talabalariga bahorgi semestr natijalari bo`yicha o`zlashtirmagan fandan
(fanlardan) qayta topshirish uchun yakuniy davlat attestatsiyasi boshlangunga qadar
ruxsat beriladi.
Fanlardan akademik qarzdorligi 4 ta va undan ko`p bo`lgan talabalarga qayta
topshirishga ruxsat berilmaydi va ular oliy ta`lim muassasasi rektorining
(boshlig`ining, filial direktorining) buyrug`i bilan kursdan qoldiriladi.
Talabaga oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini qayta topshirish uchun berilgan
muddat davomida talaba tomonidan qayta topshirishlar soni 2 martadan ko`p
bo`lmasligi kerak.
Talaba oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini birinchi marta qayta topshirishdan o`ta
olmagan taqdirda, fakultet dekani tomonidan komissiya to`ziladi. Komissiya tarkibi
tegishli fan bo`yicha professor-o`qituvchi va soha mutaxassislari orasidan
shakllantiriladi.
Ikkinchi marta oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini o`tkazish va talabani baholash
mazkur komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Download