Uploaded by Ural Jurayev

Oshirish instituti

advertisement
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
FARG‘ONA VILOYATI XALQ TA’LIMI
XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING
MALAKASINI
OSHIRISH INSTITUTI
Maktabgacha ta‘lim muassasasi jismoniy
tarbiya yo’riqchilariga fanni o’qitishda
pedagogik texnologiyalar moduli bo‘yicha
ma‘ruza matnlari
MAJMUASI
Farg‘ona- 2016
“MA’QULLAYMAN”
O‘quv-metodik ishlar bo‘yicha
prorektor:_____ O.Mamaziyayev
“TASDIQLAYMAN”
Farg‘ona VXTXQTMOI rektori:
_______
N.Abdulaxatov
Maktabgacha ta‘lim muassasasi jismoniy
tarbiya yo’riqchilariga fanni o’qitishda
pedagogik texnologiyalar moduli bo‘yicha
ma‘ruza matnlari
MAJMUASI
Ushbu ma‘ruza matni Farg‘ona viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta
tayyorlash va malakasini oshirish instituti “Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus
ta’lim” kafedrasining maktabgacha ta’lim jismoniy tarbiya yo’riqchilari malaka
oshirish kursi tinglovchilari uchun tayyorlangan bo’lib, Xalq ta’limi tizimi
maktabgacha ta’lim jismoniy tarbiya yo’riqchilari uchun mo‘ljallangan.
Tuzuvchilar:
O.Abobakirova-
maktabgacha, boshlang’ich va
maxsus ta’lim kafedrasi o’qituvchisi.
Taqrizchi:
F.Akbarova – maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim kafedrasi
o’qituvchisi.
.
Ushbu ma‘ruza matni Farg‘ona viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
instituti Ilmiy Kengashining
20 -yil
dagi
-sonli yig‘ilishida muhokama qilingan va o‘quv jarayonida
foydalanich uchun tavsiya etilgan.
1
2
3
4
3.3.Maktabgacha ta’limda pedagogik texnologiyalar
Ma’ruza seminar
Harakatli o’yinlarni tashkil etish
2
2
va o’tkazish metodikasi
Sog’lomlashtirish ва
2
2
chiniqtirish usullari
Pedagogik texnologiya
2
2
tushunchasi, uning ta’riflari va
metodikadan farqi.
2
Tа’limda innovаtsiya
Bolaga
5
yo’naltirilgan
Interfaol
5
strategiyalar.
Jami:
ta’lim.
6
Jami
4
4
4
2
4
4
12
18
M UN D A R I J A
Mavzular
№
1
2
Harakatli o’yinlarni
mеtoдикаsи
tashkil
Bet
etish
va
o’tkazish
Sog’lomlashtirish ва chiniqtirish usullari
3 Pedagogik texnologiya tushunchasi, uning ta’riflari va
metodikadan farqi.
4
Tа’limda innovаtsiya
5 Bolaga yo’naltirilgan ta’lim. Interfaol strategiyalar.
3.2.1 Mavzu:Harakatli o’yinlarni tashkil etish va otkazish metodikasi
(2 soat nazariy )
Reja:
1.
2.
3.
4.
Tarbiyachining o’yin jarayoniga rahbarlik qilish metodokasi
Tarbiyachining bolalarga o’yin harakatlarini tushuntirishi.
Harakatli o’yinlarni o’tkazishda bolalarda ijodni shakllantirish
Harakatli o’yinlarga rahbarlik qilish metodikasi
Mavzu:
Harakatli o’yinlarni tashkil etish va otkazish metodikasi
Tarbiyachining o’yin jarayoniga rahbarlik qilish metodokasini
egallagan bo’lishi o’yinlarni muvaffaqnyatli o’tkazishning
asosiy sharti hisoblanadi. Pedagog o’yin faoliyatiga rahbarlik
qilar ekan, bolalarni asta-sekin va «sezdirmasdan» qiziqarli
Maqsad,
o’yin vazifalarini bajarishda mustaqillik va topqirlikka, yuzaga
vazifalar:
kelgan o’yin vaziyatida chaqqon va intilib harakat qilishga,
o’rtoqlik yordami berishga, hamma uchun umumiy bo’lgan
maqsadga erishishga va bundan quvonishga o’rgatib boradi.
O‘quv
jarayon
mazmuni:
O‘quv
jarayondan
kutiladigan
natija:
O‘quv
jarayon turi:
1.Tarbiyachining o’yin jarayoniga rahbarlik qilish
metodokasi
2.Tarbiyachining
bolalarga
o’yin
harakatlarini
tushuntirishi.
3.Harakatli o’yinlarni o’tkazishda bolalarda ijodni
shakllantirish
4.Harakatli o’yinlarga rahbarlik qilish metodikasi
Harakatli o’yinlarni tanlash va rejalashtirish dasturga muvofiq
amalga oshiriladi. Bunda har bir yosh guruhning sharoiti
hisobga olinadi, chunonchi, bolalarning jismoniy va aqliy
rivojlanishining umumiy darajasi, harakat ko’nikmalarining
rivojlanishi, har bir bola sog’lig’ining ahvoli, individual
tipologik xususiyatlari, yil fasli, rejim, o’yinni o’tkazish o’rni,
shuningdek, bolalar qiziqishlarining o’ziga xos xususiyatlari.
Amaliy mashg‘ulot
Shakl: guruhlarda ishlash
Metod: guruhlarda ishlash metodi
O‘quv
Vosita: dars ishlanmasi namunalari, ko‘rgazma, tarkatma.
jarayonini
Usul:og‘zaki, yozma, ko‘rgazmali, taqdimot.
tashkil etish
Nazorat: Savollar va javoblar.
texnologiyasi:
Baholash: individual baholash, o‘z o‘zini baholash, guruh
ishini baholash.
O‘quv
I. Tashkiliy qism – 5 minut.
jarayon
II. Kichik ma’ruza metodidan foydalanish – 30 minut.
bosqichlari va III. “Jismoniy tarbiya ” mashg‘uloti dars ishlanmasini
taqsimoti:
o‘rganish va tahlil qilish - 40 minut.
Guruhlar taqdimoti – 30 daqiqa
IV. Gigiyena yo’nalishi “Klaster “va “Venn diagrammasi” - 30
daqiqa
V-bosqich: mashg‘ulotni mustahkamlash -20 minut.
IV. Darsga yakun yasash – 5 minut.
O‘qituvchi
Tinglovchi
Yangi nazariy bilimlar
Yangi nazariy bilimlar olishadi.
beradi.
Axborot izlash, to‘plash va
Dars jarayonini maqsadli foydalanish ko‘nikmalari
va oqilona boshqaradi.
shakllanadi.
Tinlovchilarga dars
Tinglovchilar dars maqsadi,
maqsadi, o‘qitishning
o‘qitishning kutilayotgan
kutilayotgan natijalari,
natijalari, darsni rejalashtirishda
darsni rejalashtirishda
tizimli yondashuv, o‘qitishning
tizimli yondashuv,
kutilayotgan natijalari tavsifi
o‘qitishning
haqida bilib oladilar.
kutilayotgan natijalari
Mustahkamlaydi va o‘z-o‘zini
tavsifi haqida
baholaydi hamda o‘zgalar
tushuntiradi.
faoliyatini tahlil qiladi.
Tingnlovchilarni kichik
Yakka tartibda va kichik guruhda
guruhlarga bo‘ladi va
ishlash ko‘nikmasi hosil bo‘ladi.
topshiriq bilan
Olingan bilimlarni tizimli bayon
Kutiladigan
tanishtiradi.
etadi.
natijalar:
Qisqa vaqt ichida ko‘p
Ular asosiy harakatlar (yurish,
ma’lumot to‘plashga
yugurish, sakrash, irg‘itish, ilib
yo‘naltiradi.
olish, emaklash, sirpanish); oyoq
Tinglovchilar samarali
va tana uchun
maqsad mezonlari
umumrivojlantiruvchi mashqlar
asosida tuzilgan
(turli buyumlar yordamida va
maqsadlarni tahlil
ularsiz) raqs mashqlari, saflanish
qilishni kichik
va qayta saflanish, harakatli
guruhlarda ishlash
o‘yinlar, turli sport o‘yinlarining
metodi orqali
muhim xususiyatlarini egallash,
bajarishadi.
sport mashqlari, rolikli kon’kida
Bolalar jismoniy
sayr qilish, velosipedda yurish,
tarbiyaning asosiy
suzish va boshqalar haqida
mazmunini muntazam
tushunchalar oladi.
ravishda bajarishlari
uchun turli usuldagi
mashqlar mavjudligi
tushuntiriladi.
Kelgusi
O‘quv jarayonni tahlil
O‘quv jarayonni yuzasidan berilgan
rejalar(tahlil, qiladi;
o‘zgarishlar): Mavzu bo‘yicha yangi
bilimlarga ega bo‘ladi;
Pedagogik mahoratini
oshirib boradi.
topshiriqlarni o‘z vaqtida
bajaradilar.
Harakatli o‘yin usullaridan
o‘rganib keladilar.
O‘quv jarayoni yuzasidan
qo‘shimcha takliflar bildiradi
1. I-bosqich: Tashkiliy qism – 10 daqiqa
2. A) Salomlashish.
3. B) Tinglovchilar bilan tanishish, davomatni aniqlash, tinglovchilarni mashg‘ulot
jarayoniga tayyorlash. Kichik guruhlarga bo‘lish, do‘stona kelishuv o‘rnatish.
4. II-bosqich: Tinglovchilarning mavzuga doir bilimlarini aniqlash- 15 minut.
5. Tinglovchilarning mavzuga doir dastlabki bilimlarini aniqlash. Mashg‘ulot mavzusi ,
maqsadi va kutilayotgan natijalarni bayon qilish
6. III-bosqich: Yangi mavzuga doir tinglovchilarning dastlabki bilimlarini aniqlash
uchun savollar:
Tarbiyachining o’yin jarayoniga rahbarlik qilish metodokasini egallagan bo’lishi
o’yinlarni muvaffaqnyatli o’tkazishning asosiy sharti hisoblanadi. Pedagog o’yin faoliyatiga
rahbarlik qilar ekan, bolalarni asta-sekin va «sezdirmasdan» qiziqarli o’yin vazifalarini
bajarishda mustaqillik va topqirlik ko’rsatish, yuzaga kelgan o’yin vaziyatida chaqqon va
intilib harakat qilish, o’rtoqlik yordami berish, hamma uchun umumiy bo’lgan maqsadga
erishishga va bundan quvonishga o’rgatib boradi.
Harakatli o’yinlarni tanlash va rejalashtirish dasturga muvofiq amalga oshiriladi.
Bunda har bir yosh guruhning sharoiti hisobga olinadi, chunonchi, bolalarning jismoniy va
aqliy rivojlanishining umumiy darajasi, harakat ko’nikmalarining rivojlanishi, har bir bola
sog’lig’ining ahvoli, individual tipologik xususiyatlari, yil fasli, rejim, o’yinni o’tkazish
o’rni, shuningdek, bolalar qiziqishlarining o’ziga xos xususiyatlari.
Harakatli o’yinlar dastur talablariga muvofiq asta-sekin murakkablashtirib boriladi,
bolalar ongining o’sishi, ular to’plagan harakat tajribasi, maktabga tayyorlash zaruriyatini
hisobga olgan holda o’zgartirib turiladi.
Bolalar bilan o’tkaziladigan barcha o’yinlar fazoda, o’yin vaziyatida mo’ljal
olishni tarbiyalaydi. O’rta guruhlarda endi oddiy musobaqa usulidagi o’yinlarni individual
(«O’yinchoqni kim oldin olib keladi») tarzda ham o’tkazish mumkin. Bir tomondan juda
tez harakat qilishga undovchi «Qim tezroq» topshirig’i o’yinga emotsional ruh bag’ishlaydi,
ikkknchi tomondan bolalarni kollektivda o’z harakati uchun mas’uliyatni his qilishga
o’rgatadi.
Katta guruh bolalari uchun harakatli o’yinlar o’z mazmuni, qoidalari, rollarining
miqdori, topshiriqni jamoa tarzda musobaqaga joriy etishga («Kimning qatori tezroq
saflanadi») ko’ra murakkablashtiriladi. Kichik guruhlar musobaqalarida bolalarning
jismoniy rivojlanish va individual xususiyatlari hisobga olinadi.
Maktabga tayyorlov guruhi bolalari birmuncha murakkab harakatli o’yinlar,
shuningdek, sport musobaqalaridan iborat komanda o’yinlarini, o’yin-estafetani, sport
o’yinlarini o’ynaydilar. Bularning hammasi chaqqonlik, tezkorlik, chidamlilikning
rivojlanishiga, harakat ko’nikmalarining takomillashuviga, axloqiy-irodaviy sifatlarni
tarbiyalashga yordam beradi, emotsional ko’tarinkilik uyg’otadi.
O’yinni tashkil etish. O’yin o’zining mazmuni, o’yin topshiriqlarining navbatma-
navbat bajarilishiga qarab barcha bolalar bilan bir vaqtda yoki kichik guruh (bu vaqtda
bolalarning qolgan qismi boshqa faoliyat bilan band bo’ladilar) bilan o’tkaziladi.
Harakatli o’yinlar ichida guruhning barcha bolalari bir vaqtda faol ishtirok etadigan
o’yinlar («Chumchuqlar va avtomobil», «Qimning zvenosi tezroq saflanadi», «Ayyor tulki»
va boshqalar) ham bor. Shu bilan birga harakatlarning navbatliligi asosiga qurilgan
(«Quvlashmachoqlar», «Kim lentani tezroq tortadi», «Xaltachalarni almashtirish» va
hakazo) foydali va qiziqarli o’yinlar mavjud. Bu o’yinlar irodani tarbiyalashga yordam
beradi, o’zini tuta bilishga o’rgatadi. Biroq bunday o’yinlarni noto’g’ri tashkil etilganda
bolalar o’yin topshiriqlarini bajarish uchun uzoq vaqt navbat kutib qoladi. Kutib qolish,
statik holatlarning bir xilligi, ayniqsa, kichik yoshdagi bolalarda qiziqishning, harakat
reaksiyasi tezligining susayishiga olib keladi; katta yoshdagi bolalar arzimagan bahona
bilan o’yindan chalg’iydilar, bu esa mazkur holning sabablarini hisobga olmagan
tarbiyachida norozilik uyg’otadi. Bunday paytda o’yinda kichik guruh ishtirok qiladi va u
uzoq davom etmaydi, bolalar aktiv bo’lib o’yin oxirigacha diqqat qiladilar.
Shunday qilib, faqat o’yinni to’g’ri tanlashgina emas, balki uni juda katta samara
beradigan darajada o’tkazish ham muhimdir. Amalda o’yinni tashkil etish usullarini doimo
o’zgartirib turish mumkin: tarbiyachi o’yinlarning strukturasi va harakatlarning xarakteriga
qarab o’yinlarni juda oqilona tashkil etishi va bunda umuman bolalarning butun faoliyatini
ko’zda tutishi lozim.
Bolalarni yangi o’yin bilan tanishtirish, uning mazmuni va qoidalarini tushuntirish
tarbiyachidan puxta tayyorgarlikni talab etadi. Ayrim o’yinlarning mazmunini oldindan
bo’ladigan suhbatlarda (o’yin o’tkaziladigan kun bo’lish shart emas) yoritish zarur,
masalan, «Maymunlar va ovchilar», «Bo’ri jarlikda», «Kosmonavtlar», «Sayohatchilar» va
hokazo o’yinlarda bo’lgani kabi, suhbatlar, rasmlarni ko’rib chiqish natijasida bolalarning
bilimlari oydinlashadi, ularning tasavvurlari aniqlashadi, o’yin obrazlariga nisbatan
munosabat tarkib topadi, ijodiy xayol o’sadi.
O’yinlarni tushuntirish ularning turlariga ko’ra har xil o’tishi mumkin, biroq bu tadbir
doimo emotsional jihatdan qiziqarli, bolalarni quvnoq o’yin faoliyatiga tayyorlaydigan,
o’yinni tezroq boshlash istagini tug’diradigan va o’yin topshiriqlarini ishtiyoq bilan
bajarishga undaydigan bo’lishi kerak.
Tarbiyachi o’yin harakati izchilligini tushuntiradi, bolalar va o’yin
atributlarining joylashish o’rnini (kichik va o’rga guruhlarda buyumlarnp mo’ljallab, katta
guruhlarda esa mo’ljalga olmay ko’rsatadi) fazo terminologiyasidan foydalangan holda
ko’rsatadi va qoidalarni aniqlashtiradi. Shundan so’ng pedagog bolalar tushuntirishlarni
qanday qabul qilganliklarini tekshirish maqsadida jiddiy yoki hazil ohangda bir necha
savollar beradi. Bolalar uchun mustaqil bajarilishi kerak bo’lgan o’yinning harakat va
qoidalari tushunarli bo’lsa, shundagina o’yin quvnoqlik va uyushqoqlik bilan o’tadi.
Musobaqada mavjud o’yinlarni o’tkazishda tarbiyachi o’yinni tushuntirayotib qoidalarni,
o’yin usullarini, musobaqa shartlarini aniqlashtiradi. Bolalarni topshiriqlarni to’liq
bajarishga harakat qilishlari va yaxshi uddalashlariga ishonch bildirgan holda ularni
rag’batlantiradi. Bunday o’ynnlarda faqat tezkorlikka emas, balki harakatlarni sifatli
bajarishga oid topshiriqlar berish ham tavsiya etiladi. («Kimning komandasi to’g’riroq
yugura oladi», «Kimning komandasi to’pni tushirmaydi»). Harakatlarni maromida, to’g’ri
bajarish bolalarga katta qoniqish, quvonchli kechinmalar birligini, ishonch va harakatlarni
takomillashtirishga intilish hissini baxsh etadi. Tarbiyachi bolalarning jismoniy kamoloti va
individual tipologik xususiyatlarini hisobga olgan holda musobaqalashgan kuchlari teng
guruhlar — komandalarni birlashtiradi; o’ziga ishonchsiz, tortinchoq bolalarni
aktivlashtirish maqsadida ularni jasur, faol bolalar bilan qo’shib qo’yadi.
Tarbiyachi kichik guruhlarda o’yinchilar harakati va qoidalarni bevosita o’yinni
o’tkazish jarayonida tushuntirishi mumkin. Tarbiyachi bolalar bilan o’ynar ekan, ular
faoliyatini yo’naltiradi, o’yinda foydalaniladigan harakat signalini ajratib ko’rsatgan holda
o’yin vaziyatiga emotsional ruh beradi, masalan, «Endi esa men qochaman... kim meni
tezroq quvib etadi» («Quvib et» o’yini).
Syujetli o’yinlar boshqa usullarni talab etadi. Tarbiyachining vazifasi bolalar ko’zi
o’ngida o’yin vaziyatining ko’rgazmali manzarasini gavdalantirishdan, o’yin obrazlarini
yorqin tasvirlashdan, bolalar tasavvuri va emotsiyalariga ta’sir etishdan, ularning ijodiy
tashabbusini faollashtirishdan iboratdir.
Tanish o’yinlarni takrorlaganda kichik guruhlarda asosiy rollar (bolalar — qushlar,
tarbiyachi — toychoq bo’lganini) va joylar — bolalar uyalarini emotsional obrazli tarzda
eslatish; «Qushchalar kimdan qochib inlariga uchib ketadilar? Ular kimdan cho’chishi
mumkin?» kabi savollar berish mumkin. O’rta guruhda tanish o’yinni taklif etib, qoidalarni
eslatib o’tish bilan cheklanish kifoya. (Masalan, boshlovchi «To’xta» degach — qimirlash
mumkin emas). Boshqa bir holda bolalardan «Men bubenga urganimda nima qilish
kerakligini kim aytadi?» deb so’rash mumkin (Taxminny javob: «O’z o’yinchog’i yoniga
tez etib kelish kerak».) Katta guruhlarda o’yin mazmunini eslashni bolalarning o’zlariga
taklif etish maqsadga muvofiqdir. Ulardan biri fazo terminologiyasidan foydalangan holda
o’yinchilarning joylashish o’rnini belgilaydi, o’yin harakatlarining borishini bayon qiladi,
ikkinchisi qoidalarni sanab beradi. Bunday usul bolalarda onglilik va mustaqillikning
rivojlanishiga yordam beradi, asta- sekin pedagogning bevosita rahbarligisiz o’yin
o’ynashga olib keladi.
O’yinlarda rollarni bo’lish turlicha kechadi. Ba’zida tarbiyachi muayyan pedagogik
vazifalarga amal qilib (yangi kelgan bolani rag’batlantirish yoki aksincha, namunali bola
misolida botir bo’lish qanchalik muhim ekanligini isbotlash yoki bo’lmasa o’ziga ishongan
bola iltimosini rad etib, bu rolni qo’rqoq, tortinchoq bolaga topshirish) boshlovchi tayin
etishi yoki bolalarni xursand qilgan holda o’yinga o’zi kirishib, o’zi zimmasiga boshlovchi
yoki oddiy ishtirokchi rolini oladi. Bunda u bolalardan «Bugun qaysi sanoq o’yinini tanlab
olamiz?», «Kim sanashni xohlaydi?» deb so’raydi. Agar o’yinda boshlama bo’lsa, uni
bolalardan biriga hikoya qilishni taklif etadi. Bularning hammasi bolalar tomonidan
o’zlashtiriladi va mustaqil o’yin faoliyatida foydalaniladi. Shuningdek, tarbiyachi
boshlovchi saylashni bolalarning o’ziga havola etishi va ulardan bu rolni mazkur bolaga
nima uchun topshirilganligini tushuntirib berishlarini so’rashi mumkin.
Kichik guruhlarda boshlovchi rolini tarbiyachining o’zi bajaradi va uni emotsional,
jonli, obrazli tarzda bajaradi. Individual rol cheklangan fazo va uning muayyan yo’nalishi
sharoitida asta-sekin bolaning o’ziga topshirilishi mumkin (masalan, «Qushchalar va
avtomobil» o’yinida avtomobil xonaning belgilangan tomoniga, chumchuqlar turgan joyga
yaqinlashmasdan harakat qilishi mumkin).
O’yin jarayonida tarbiyachi bolalar harakati va o’zaro munosabatlari, ular tomonidan
qoidalarning bajarilishi, yuklamalarni taqsimlashni kuzatib boradi, qisqacha ko’rsatmalar
beradi, bolalarning emotsional — ijobiy holatini saqlab va boshqarib boradi. Qoidaning
ayrim bolalar tomonidan buzilishi haqida (agar ular o’yinning borishiga ta’sir qilmasa)
o’yinni qayta o’tkazishdan oldin gapiradi.
O’yin tugagan zahoti uning yakunini chiqarish kerak emas: bolalarning tez
harakatdan dam olishga asta-sekin o’tmasligi yurak faoliyati va butun organizmiga noxush
ta’sir etadi. Tarbiyachi o’yinni baholashda uning ijobiy tomonlarini ta’kidlaydi, o’z rollarini
muvaffaqiyatli bajargan, jasurlik, chidamlilik, o’zaro o’rtoqlik yordami ko’rsatgan bolalar
nomini ataydi va qoidalarning buzilishi hamda bolalarning shu bilan bog’liq harakatini
ko’rsatib o’tadi.
Tarbiyachi katta guruhlarda bolalarni harakatli o’yinlarni mustaqil tashkil etishga
tayyorlaydi, bunda o’yinlarning borishini va ayniqsa, qoidalarning bajarilishini hamda
bolalar o’rtasidagi munosabatlarni kuzatib boradi. U bolalarga harakatli o’yin variantlarini,
uning syujetini, qoidasini, o’yin harakatlarini o’zgartirgan holda o’ylab topish, keyinchalik
yangi, o’zi o’ylab o’yin topish kabi ijobiy topshiriqlar beradi.
Mustaqillikni rivojlantirish, tashkilotchilik malakasi va axloqiy hislarni tarbiyalash
maqsadida katta yoshli bolalarga kichik guruhlarning birida o’yin o’tkazish topshiriladi.
Dastlab ularga vazifalarni tarbiyachi taqsimlaydi, biriga (yoki ikkitasiga) kichkintoylarni
uyushtirishni, boshqasiga o’yinni, uning qoidalarini tushuntirishni, uchinchisiga individual
rol bajarishni («Quyonchalar va ayiq», «Chumchuqlar va avtomobil» va boshqalar)
topshiradi, shundan so’ng bolalar bu vazifalarni mustaqil bajaradilar. O’yin kichik guruh
tarbiyachisi kuzatuvi ostida o’tkaziladi.
Harakatli o’yinlarni o’tkazishda bolalarda ijodni shakllantirishning keng
imkoniyatlari yaratiladi, chunki o’yinlar hech qachon faqat avtomatlashtirilgan
harakatlardangina iborat bo’lmaydi. Ijodiy tashabbus bolalarda kichik maktabgacha yoshda:
dastlab ikki yoshda va rivojlangan darajasi uch yoshda namoyon bo’ladi.
Kichik yoshli bolalarga mo’ljallangan harakatli o’yinlar repertuarida syujetli o’yinlar
ustunlik qiladi: ular bolalarning atrof-muhit haqidagi tasavvurini aniqlashtiradi, ko’rgazmali
harakat va ko’rgazmali obraz tafakkurining faollashishiga xizmat qiladi, xayolning vujudga
kelishi va rivojlanishiga ta’sir etadi.
Syujetli o’yinlarning shartli real vaziyati bolaga o’ziga tanish hayotiy obrazning
qayta bajarishida yordam beradi. Bola harakatlarning o’zidan, qush va hayvonlarga taqlid
qilishdan quvonadi: qushchadek parvoz qiladi, quyonchadek sakraydi, toychoqdek chopadi.
Shuning uchun ham o’yin paytida kulgi, quvonchli xitoblar eshitilib turadi va o’yin jarayoni
asosida endi bolaning oddiy ijrochilik faolligi, o’yin obraziga kirishga dastlabki urinishlari
qaror topadi.
Bolalar o’yin faoliyatining barcha yosh guruhlari, ayniqsa kichik guruhlarda ijodiy
yo’nalganligi tarbiyachi rahbarligining o’ylangan emotsional obrazli metodikasi bilan
belgilanadi. Uning vazifasi bolalarda asta-sekin tashqi hayotni, raqobat va muayyan o’yin
vaziyatida ijodiy hamkorlik hissini aks ettiruvchi o’yin obrazlariga nisbatan ijobiy
emotsional munosabatni shakllantirishdan iboratdir. Harakatli o’yinni muvaffaqiyatli
o’tkazishda bolalarni o’yin mazmuni, personajlarning o’yin harakatlari va qoidalari bilan
tanishtirish katta ahamiyat kasb etadi.
Pedagog kichik yoshli bolalarning xususiyatlarini hisobga olgan holda
tarbiyalanuvchilarda o’yin mazmunini idrok qilishda emotsional ishtiyoq, sabrsizlik bilan
harakat qilish istagining yuzaga kelishiga yordam beruvchi muomala usullarini o’ylab
topadi. Tarbiyachi o’zining kutilmagan favquloddaligi bilan xarakterlanadigan, o’yin
faoliyatining boshlanishi va butun jarayoni uchun xos o’yin usullarini, o’yin syujetining
qisqacha emotsional obrazli syujetini bayon etadi.
Bu o’yin vaziyatini va o’yin personajlari xarakteristikasi hamda harakatini emotsional
obrazli aniqlashtiradi, takrorlashda foydalaniladigan o’yin variantlarini tuzadi. Pedagog
bu o’yinlarga ular syujetini saqlagan holda yangi personajlar, harakatlar kiritadi, vaziyatni
o’zgartiradi (masalan, «Chumchuqlar va mushuk» o’yini va uning variantlari:
«Chumchuqlar va avtomobil», «Chumchuqlar va toychoq» va h. k.). Aytib o’tilgan usullar
turli o’yin vaziyatlarida ijodiy fikrlashni, chamalay bilishni, birmuncha
murakkablashtirilgan harakatlarni idrok etishda ayrim yangiliklarni keltirib chiqarishi
tufayli bolalarda qiziqishining paydo bo’lishiga va saqlanishga yordam beradi.
Misollar keltiramiz:
«Sichqonlar» o’yini oldidan bolalar qanday o’ynashlarini eshitish uchun tayyorlanganlarida
eshik ortidan to’satdan miyovlash eshitiladi (bunda enaga tarbiyachiga yordam beradi).
«Tashqarida nimadir miyovlayapti, deydi tarbiyachi, — sizlar tinchgina o’tiringlar, men
nimaligini bilib kelaman». U eshikka yaqinlashadi va erkalab deydi: «Bu mushukvoy bizga
mehmon bo’lib kelibdi». U eshikdan o’yinchoqni olib kiradi va bolalarga: «Bolalar
qaranglar, qanday chiroyli mushukcha. U bilan salomlashinglar!» So’ng tarbiyachi
bolalarga mushukchani silab, uning chiroyli ko’zlarini, quloqlarnni, uzun mo’ylovlarini,
yumshoq, ipakdek yungini ko’rishga ruxsat beradi. «Mushukcha» siz bilan o’ynagani
kelibdi». Tarbiyachi o’yinchoq mushukchani tizzasiga o’tkazadi va bolalarga murojaat
etadi: Hozir men qanday o’ynashimizni tushuntiraman. Pishloq, yorma, no’xat, shirin
mevalar saqlanadigan katta omborda sichqonlar paydo bo’libdi. Ular o’z inlaridan chiqib,
barcha shirin narsalarni kemirib tashlabdilar. Shunda omborga mushukchani qo’yib
yuborishdi. Mushuk sichqonlarni tutishga harakat qiladi.
Tarbiyachi o’yinni syujetga muvofiq o’yin tafsilotini tushuntirgan, ohangni
o’zgartirgan holda olib boradi, bolalar faoliyatini yo’naltiradi. Pedagog dastlab boshlovchi
rolni bajaradi va ayni paytda bolalar bilan o’ynaydi. U xam mushuk, ham sichqon, ham
chumchuqcha, ham avtomobil bo’la oladi. Tajriba shuni ko’rsatadiki, bolalar bunday holni
sezmaydilar va berilib harakat qiladilar.
Bolani kichik guruh yoshidan boshlab o’yin qoidalariga bo’ysunishga o’rgatish zarur.
Buni qoida, rol va o’yin vaziyatiga asoslanadigan qilib amalga oshirish juda maqsadga
muvofiqdir. Buning uchun harakatli o’yknga atributlar kiritiladi: bola ular yordamida rolga
kiradi, rolda esa u, tabiiyki, qoidalarga bo’ysunadi.
Shunday qilib, tarbiyachining emotsional obrazli metodik rahbarligi bolalar ijodiy
faolligini rivojlantirishda katta rol o’ynaydi. Tarbiyachi bolalarning harakat tajribasini
kengaytirgan, obrazli so’z bilan tasavvuriga ta’sir etgan holda har bir bolaning o’yindagi
ijodiy ijrochilik faoliyatini rag’batlantiradi va yo’naltiradi.
Mavzu yuzasidan test savollari
1. Maktabgacha ta’limga qo’yilgan Davlat talablarida 4 ta yo’nalish yana nechta
bo’limlarga ajratib berilgan?
A. 1-yo’nalish4ta; 2-yo’nalish2ta; 3-yo’nalish 2ta; 4-yo’nalish z ta.
B.1-yo’nalish 4ta; 2-yo’nalish 4ta; 3-yo’nalish 4 ta; 4-yo’nalish 3ta.
C.1-yo’nalish4ta; 2-yo’nalish4ta; 3-yo’nalish 4ta; 4-yo’nalish zta.
D,1-yo’nalish2ta; 2-yo’nalish3ta; 3-yo’nalish 4ta; 4-yo’nalish zta.
2
Maktabgacha
ta’limga
qo’yilgan
indikator”,”impressiv,ekspressiv”,
“sensomotorika”
yo’nalishlarda uchraydi?
Davlat
talablarida
tushunchalari
qaysi
A.1,3-yo’nalishlarda hamda 2-yo’nalishda berilgan.
B.Indikator 4-yo’nalishda, ”impressiv,ekspressiv” 3-yo’nalishda,”sensomotorika” 1yo’nalishda
aniq berilgan.
C.Barcha yo’nalishda berilgan.
D. 1,4-yo’nalishlarda berilgan.
3. Maktabgacha ta’limga qo’yilgan Davlat talablarida bolalarning rivojlanish
ko’rsatkichlari qanday berilgan?
A. Talab, indikator, ta’limga yondoshuv va hayot havfsizligi
B.Talab, ta’limga yondoshuv va hayot havfsizligi
C. indikator, ta’limga yondoshuv va hayot havfsizligi
D. Talab, indikator, hayot havfsizligi
4. Yirik motorikani rivojlantirich bo’limi qaysi talablarni o’z ichiga oladi?
A. Bola o’z tanasini boshqara oladi.
B. Bola o’zining tana a’zolarini boshqara oladi.
C. Bola bir yo’nalishda maqsadli harakatlana oladi.
D. Yurish,yugurish,emaklash,tirmashib chiqish,dumalatish,irg’itish va ilib olish
5. 2 – 3 yoshli bola balandligi qanday bo’lgan taxtalar ustidan yurib o’tadi?
A. 10 – 15 sm
B. 15 – 20 sm
C. 20 – 25 sm
D. 5 – 10 sm
1
A
2
B
3
A
4
D
5
C
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI :
“Bolajon” dasturi. T., 2010 yil.
Usmonxujaev T. “Sog’lom bola – el boyligi”. T., “Yangi asr avlodi” nashriyoti-2005
1.
2.
yil.
3. Maktabgacha ta’limga qo’yiladigan Davlat talablari T., 2013 yil.
4.D.Sharipova, M.Toirova, S.Muxamedova “Agar bolam sog’lom bo’lsin desangiz”
Toshkent “Ilm Ziyo” -2006 yil
5.K.Maxkamjonov “Farzanding sog’lom bo’lishini istasang ” T: O’zDAVJTI 1995 yil
3.3.1 Mavzu:Harakatli o’yinlarni tashkil etish va o’tkazish metodikasi
(4 amaliy soat)
Reja:
1. Harakatli o’yinlarning kompleks ta’lim-tarbiya jarayoni.
2.Harakatli o’yinlar nazariyasi va metodikasining yaratilishi
3. Bolalarning kuch va qobiliyatlarini o’stirishda milliy o’yinlar.
Mavzu:
Maqsad,
vazifalar:
O‘quv
jarayon
mazmuni:
O‘quv
jarayondan
kutiladigan
natija:
O‘quv
jarayon turi:
O‘quv
Harakatli o’yinlarni tashkil etish va otkazish metodikasi
Harakatli o’yinlar muhim ahamiyatga ega bo’lgan
kompleks ta’lim-tarbiya jarayonidir. Bu jarayonning asosini
tashkil etuvchi bolalarning harakat faoliyati jismoniy
rivojlanishga, harakat ko’nikmalari va jismoniy sifatlarning
shakllanishiga, organizmning funksional faoliyatini oshirgan
va emotsional quvnoqlik tuyg’ularini kuchaytirgan holda
salomatlikni mustahkamlashga ijobiy ta’sir etadi. Harakatli
o’yinlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari va metodlaridan
biri sifatida yuqorida sanab o’tilgan vazifalarni samarali hal
etishga yordam beradi.
1.Harakatli o’yinlarning kompleks ta’lim-tarbiya jarayoni.
2.Harakatli o’yinlar nazariyasi va metodikasining yaratilishi
3. Bolalarning kuch va qobiliyatlarini o’stirishda milliy
o’yinlar.
Harakatli
o’yinlarni
o’tkazishda
erishiladigan
sog’lomlashtirish samarasi bolalarning o’yin faoliyati
jarayonida yuzaga keladigan va bola psixikasiga yaxshi ta’sir
etadigan ijobiy emotsiyalar bilan uzviy bog’liqdir. Emotsional
ko’tarinkilik bolalarda barcha uchun umumiy bo’lgan
maqsadga erishishga intilish uyg’otadi va u vazifalarni aniq
tushunishda, harakatlarning o’zaro mosligida, fazoda va o’yin
sharoitlarida aniq mo’ljal olishda, topshiriqlarni tezlashtirilgan
sur’atda bajarilishida ifodalanadi. Bolalarning maqsadga
erishishga nisbatan kuchli ishtiyoqi va zavqli intilishi asnosida
turli to’siqlarni yengib o’tishga yordam beruvchi irodaning
roli oshadi.
Amaliy mashg‘ulot
Shakl: guruhlarda ishlash
jarayonini
Metod: guruhlarda ishlash metodi
tashkil etish Vosita: dars ishlanmasi namunalari, ko‘rgazma, tarkatma.
texnologiyasi: Usul:og‘zaki, yozma, ko‘rgazmali, taqdimot.
Nazorat: Savollar va javoblar.
Baholash: individual baholash, o‘z o‘zini baholash, guruh
ishini baholash.
I. Tashkiliy qism – 5 minut.
II. Kichik ma’ruza metodidan foydalanish – 30 minut.
III. “Jismoniy tarbiya ” mashg‘uloti dars ishlanmasini
O‘quv
o‘rganish va tahlil qilish - 40 minut.
jarayon
Guruhlar taqdimoti – 30 daqiqa
bosqichlari va
IV. Gigiyena yo’nalishi “Klaster va Venn diagrammasi” - 30
taqsimoti:
daqiqa
V-bosqich: mashg‘ulotni mustahkamlash -20 minut.
IV. Darsga yakun yasash – 5 minut.
O‘qituvchi
Tinglovchi
Yangi nazariy bilimlar
Yangi nazariy bilimlar olishadi.
beradi.
Axborot izlash, to‘plash va
Dars jarayonini maqsadli foydalanish ko‘nikmalari
va oqilona boshqaradi.
shakllanadi.
Tinlovchilarga dars
Tinglovchilar dars maqsadi,
maqsadi, o‘qitishning
o‘qitishning kutilayotgan natijalari,
kutilayotgan natijalari,
darsni rejalashtirishda tizimli
darsni rejalashtirishda
yondashuv, o‘qitishning
tizimli yondashuv,
kutilayotgan natijalari tavsifi
o‘qitishning kutilayotgan haqida bilib oladilar.
natijalari tavsifi haqida
Mustahkamlaydi va o‘z-o‘zini
tushuntiradi..
baholaydi hamda o‘zgalar
Tingnlovchilarni kichik
faoliyatini tahlil qiladi.
Kutiladigan guruhlarga bo‘ladi va
Yakka tartibda va kichik guruhda
natijalar:
topshiriq bilan
ishlash ko‘nikmasi hosil bo‘ladi.
tanishtiradi.
Olingan bilimlarni tizimli bayon
Qisqa vaqt ichida ko‘p
etadi.
ma’lumot to‘plashga
Ular asosiy harakatlar (yurish,
yo‘naltiradi.
yugurish, sakrash, irg‘itish, ilib
Tinglovchilarga samarali olish, emaklash, sirpanish); oyoq
maqsad mezonlari asosida va tana uchun
tuzilgan maqsadlarni
umumrivojlantiruvchi mashqlar
tahlil qilishni kichik
(turli buyumlar yordamida va
guruhlarda ishlash metodi ularsiz) raqs mashqlari, saflanish va
orqali bajarishadi.
qayta saflanish, harakatli o‘yinlar,
Bolalar jismoniy
turli sport o‘yinlarining muhim
tarbiyaning asosiy
xususiyatlarini egallash, sport
mazmunini muntazam
mashqlari, rolikli konkida sayr
ravishda bajarishlari
qilish, velosipedda yurish, suzish
uchun turli usuldagi
mashqlar mavjudligi
tushuntiriladi.
O‘quv jarayonini tahlil
qiladi;
Kelgusi
Mavzu bo‘yicha yangi
rejalar(tahlil, bilimlarga ega bo‘ladi;
o‘zgarishlar): Pedagogik mahoratini
oshirib boradi.
va boshqalardan tashkil etishi
haqida tushunchalar oladi.
O‘quv jarayoni yuzasidan berilgan
topshiriqlarni o‘z vaqtida
bajaradilar.
Harakatli o‘yin usullaridan
o‘rganib kelish;
O‘quv jarayoni yuzasidan
qo‘shimcha takliflar bildiradi
I-bosqich: Tashkiliy qism – 10 daqiqa
A) Salomlashish.
B) Tinglovchilar bilan tanishish, davomatni aniqlash, tinglovchilarni mashg‘ulot
jarayoniga tayyorlash. Kichik guruhlarga bo‘lish do‘stona kelishuv o‘rnatish.
II-bosqich: Mavzuga doir tinglovchilarning bilimini aniqlash- 15 minut.
Mavzuga doir tinglovchilarning dastlabki bilimlarini aniqlash. Mashg‘ulot mavzusi ,
maqsadi va kutilayotgan natijalarni bayon qilish
III-bosqich: Yangi mavzuga doir tinglovchilarning dastlabki bilimlarini aniqlash
uchun savollar:
Bola oddiygina narsalardan turli xil o’yinlar o’ylab topib, hammadan ko’ra
yaxshiroq o’ynaydi. Uning hayolida yog’och bo’lagi yoki choynakning singan
qopqog’i ertakdagi uy yoki mo’jazgina qo’lcha qiyofasida aks etishi mumkin.
Masaru Ibuka
Harakatli o’yinlar muhim ahamiyatga ega bo’lgan kompleks ta’lim-tarbiya
jarayonidir. Bu jarayonning asosini tashkil etuvchi bolalarning harakat faoliyati jismoniy
rivojlanishga, harakat ko’nikmalari va jismoniy sifatlarning shakllanishiga, organizmning
funksional faoliyatini oshirgan va emotsional quvnoqlik tuyg’ularini kuchaytirgan holda
salomatlikni mustahkamlashga ijobiy ta’sir etadi. Harakatli o’yinlar jismoniy tarbiyaning
asosiy vositalari va metodlaridan biri sifatida yuqorida sanab o’tilgan vazifalarni samarali
hal etishga yordam beradi.
Harakatli o’yinlarni o’tkazishda erishiladigan sog’lomlashtirish samarasi bolalarning
o’yin faoliyati jarayonida yuzaga keladigan va bola psixikasiga yaxshi ta’sir etadigan ijobiy
emotsiyalar bilan uzviy bog’liqdir. Emotsional ko’tarinkilik bolalarda barcha uchun
umumiy bo’lgan maqsadga erishishga intilish uyg’otada va u vazifalarni aniq tushunishda,
harakatlarning o’zaro mosligida, fazoda va o’yin sharoitlarida aniq mo’ljal olishda,
topshiriqlarni tezlashtirilgan sur’atda bajarilishida ifodalanadi. Bolalarning maqsadga
erishishga nisbatan kuchli ishtiyoqi va zavqli intilishi asnosida turli to’siqlarni yengib
o’tishga yordam beruvchi irodaning roli oshadi.
Harakatli o’yinlar bolalar tomonidan avval egallangan harakat ko’nikmalarini
takomillashtirish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash metodi bo’lib xizmat qiladi. O’yin
jarayonida bola o’z e’tiborini harakatni bajarish usuliga emas, balki maqsadga erishishga
qaratadi. U o’yin shartlariga muvofiq harakat qiladi, bunda chaqqonlik ko’rsatadi va shu
asnoda harakatlarni takomillashtiradi. Shuning uchun, masalan, «Bo’ri jarlikda» o’yini
bolalar yugurib kelib uzunlikka sakrashni bilib olganlaridan keyin beriladi.
Harakat faoliyati sifatida harakatli o’yin muayyan maxsus xususiyatlarga ega: u
boladan signal va o’yinda to’satdan bo’ladigan o’zgarishlarga tezda javob berishni talab
qiladi. O’yinda yuz beradigan turli vaziyatlar, harakatlar muskul tarangligi darajasining
o’zgarishi zaruratini keltirib chiqaradi. Masalan «Tuzoq» o’yinida har bir bola boshlovchi
harakatini diqqat bilan kuzatib borishi lozim: boshlovchi unga yaqinlashganda qaramaqarshi tomonga shitob bilan qochib o’tadi; o’zini xavfsiz sezgach, sekin harakat qilib,
to’xtab turadi; boshlovchi yaqinlashganda yana harakatini tezlashtiradi.
Deyarli har bir harakatli o’yinda harakatlar va bolalar harakatiga oid signallar mavjud.
Bunday aktiv harakat faoliyati boladagi qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarini
takomillashtirgan va muvozanatlashtirgan holda nerv tizimini mashq qildiradi, shuningdek
kuzatuvchanlik, topqirlik, o’zgaruvchan atrof-muhitda mo’ljal olish qobiliyati, yuz bergan
mushkul holatdan qutilish yo’lini topish, tezda qaror qabul qilish va uni amalga oshirish,
botirlik, chaqqonlik, tashabbus ko’rsatish, maqsadga erishishning mustaqil usulini tanlashni
tarbiyalaydi.
Harakatli o’yinlar nazariyasi va metodikasining yaratilishi. Harakatli o’yinlarning
kelib chiqishi qadim xalq pedagogikasiga borib taqaladi. Ilk yoshli bolalar oilalarda
bolaning dastlabki harakati bilan bog’liq ovunmachoqlar, ermak o’yinlar yordamida
tarbiyalanganlar. Undan kattaroq yoshdagi bolalar hayotida rang-barang harakat
mazmuniga ega bo’lgan (o’z ichiga bolalarni rom qiluvchi o’yin boshlanmalari, xirgoyilari,
sanashmachoqlarni oluvchi) xalq o’yinlari katta o’rin olgan. Bularning hammasi hozirga
qadar badiiy jozibadorligini, tarbiyaviy ahamiyatini saqlab kelmoqda va qimmatli o’yin
folklorini tashkil etadi.
Bolalarning har tomonlama rivojlanishida o’yin asosiy faoliyat turi bo’lib
hisoblanadi. Bola yoshligida qanchalik ko’p o’ynasa, bu uning maktabda yaxshi o’qishiga
va keyinchalik mehnat faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. O’yin bu - bola faoliyatining
yorqin turi, o’yin jarayonida uning irodasi, hissiyoti, ehtiyoji, qiziqishlari, ta’sirchanligi,
ya’ni butun shaxsiyati shakllanadi.
O’yin – buyumli va ijtimoiy voqelikdagi harakat qilish va uni anglashga qaratilgan
jarayondir. Kichik yoshdagi bolalarga asosiy
buyumlar bilan bajariladigan qiziqarli
harakatlar bo’lsa, bola katta bo’lgan sari o’yindagi kattalar harakatlarini va munosabatlarini
qayta aks ettirishga
xizmat qiladi. Qadimdan o’zbek xalqi bolalariga turli xalq
o’yinlarni o’ynatib, o’rgatib kelganlar va o’yinlar orqali uddaburonlik, chaqqonlik,
topqirlik, mehr-shafqatlilik kabi fazilatlarni tarkib toptirib, mehnatga o’rgatib borganlar.
O’yin nazariyasi ijtimoiy faoliyat hisoblanib, mehnatning tarixiy rivojlanish
jarayonida paydo bo’ladi. O’yin doimo hayotni aks ettiradi, shuning uchun uning
mazmuni ijtimoiy voqelikda o’zgarib turadi. O’yin maqsadga qaratilgan, o’ylangan
ijodga yo’naltirilgan jarayondir. Shunga ko’ra ham ko’p o’ynagan bolalar keyingi
faoliyatlarga o’tishga va mehnatga tayyorlanib turadilar.
Harakatli o’yinlar mazmunida bola dunyoqarashini kengaytiruvchi va tasavvurini
aniqlashtiruvchi ko’plab bilish materiali mavjud. Syujetli o’yinlar tematikasini odamlar
hayoti, tabiat hodisalari, hayvonlar odatlariga oid ayrim epizodlar tashkil etadi. Bularning
hammasi bolalar tomonidan o’ziga xos shartli o’yin tarzida aks ettiriladi («Sayohatchilar»,
«Uchuvchilar», «G’ozlar-oqqushlar», «Lochin va tovuq» va boshqalar).
Biroq bola tashqi dunyoni to’g’ri idrok qilishi uchun (o’yinning barcha shartlariga
rioya qilgan holda) obrazning to’g’ri xarakteristikasi va haqqoniy o’yin vaziyati zarur. Bu
pedagog tomonidan o’yinni tushuntirishda emotsional tarzda bayon etiladi. Xalq o’yinlari
buning ajoyib namunasi hisoblanadi. Ulardagi o’yin vaziyati bolani qiziqtiradi va
tarbiyalaydi, ba’zi o’yinlarda uchraydigan dialoglar, personajlar va ular harakatlarini
bevosita xarakterlaydi («Lochin va kurk tovuq», «G’ozlar-oqqushlar» va boshqalar).
Syujetga ega bo’lmagan va faqat muayyan o’yin topshiriqlar shu tariqa tuzilgan o’yinlarda
ham bolaning sensor qobiliyatini, tafakkurini, mo’ljal olishini rivojlantirishga yordam
beruvchi ko’plab bilish materiallari mavjud («Kim o’zar», «To’p otish» va hokazo).
Qoidalar katta tarbiyaviy ahamiyatga molik. Ular o’yinning borishini belgilaydi,
bolalar harakat faoliyatini, ularning hatti-harakati, o’zaro munosabatlarini yo’lga soladi,
axloqiy-irodaviy sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Qoida o’yinda muayyan sharoit
yaratadi. Bunday o’yinda bola o’zida hosil qilingan sifatlarni namoyon qilmasdan
turolmaydi. Masalan, bolalar «Ayyor tulki» o’yinida faqat tulki: «Men shu erdaman,»deganidan so’nggina doiradan chiqib, turli tomonlarga qochishlari mumkin. Bu qoida
bolalarda diqqatni, o’zini tuta bilishni, chidamlilikni, berilgan signalga tezkor reaksiyani,
fazoda mo’ljal olish ko’nikmalarini hosil qiladi.
Qoidalarni og’ishmay bajarishni talab qilish maqsadga erishishdagi egoistik
emotsiyalar va kayfiyatni ko’tarishga yordam beradi. «Qoida bola xatti-harakatini
boshqaradigan va yo’naltiradigan birinchi talab hisoblanadi. O’yinlarda teran hissiyot,
o’rtoqlik va mehr-muhabbatning dastlabki nishonalari paydo bo’ladi».
Dastlab bolalar o’yin vazifalarini tezroq bajarish payida bo’lib, qoidalarni unutib
qo’yadilar, bundan tashqari yutuqqa eng oson yo’l bilan erishishga intilish ham qoidani
buzishga sabab bo’ladi. Bu o’z navbatida o’yinchilarda norozilik uyg’otadi, ziddiyat
tug’diradi va bolalar o’rtasidagi munosabatni yomonlashtiradi.
Har bir bolaning o’yin qoidasini anglashi va unga rioya qilishida kattalarning talabi
hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Asta-sekin tarbiyaviy ta’sir qilish tufayli bolalarning
o’yin jarayoniga munosabati o’zgara boshlaydi, o’yin harakatlari va qoidalarini birmuncha
aniq bajarishga qiziqish va intilish paydo bo’ladi. O’yin qoidalarini bajarmaslik sabablari
ham o’zgaradi. Endi bolalar ularni atayin emas, tasodifan buzadilar. Biroq shu zahoti yo’l
qo’yilgan xatoni tuzatishga harakat qiladigan bo’ladilar.
Bolalarni qoidalarning ijtimoiy ahamiyatini anglashga chidam bilan tayyorlaydigan
tarbiyachi rahbarligida ular halollik, adolatlilik, do’stlik, botirlik, o’zini tuta bilish,
qat’iyatlilik, irodalilik kabi yaxshi sifatlarni shakllantirishning samarali vositasiga aylanadi.
«Bola tomonidan asta-sekin o’zlashtiriladigan bunday hayotiy, muhim axloqiy sifatlar bola
shaxsining ichki ma’naviy mulkiga aylanadi». Bularning hammasi qoidali, harakatli
o’yinlarni bolalarni axloqiy tarbiyalashning ta’sirchan vositalaridan biri sifatida belgilashga
asos bo’lib xizmat qiladi.
O’yin faoliyatida diqqatni, idrokni rivojlantirish, mavjud tafakkur, tushuncha va
mo’ljal olishni aniqlashtirish uchun qulay sharoit yaratiladi; o’yinlar ijodiy xayol, xotira,
topqirlik, fikr yuritish aktivligini rivojlantirishga yordam beradi. Shunday qilib, harakatli
o’yinlar bolaning aqliy rivojlanishiga yordam beradi.
Bolalarning psixik jarayonlarini takomillashtirishda obrazli, emotsional holatlar katta
ahamiyat kasb etadi, u bolalarda qiziqish uyg’otadi, xayolni jalb etadi, o’yin harakatlarini
ijodiy bajarishga undaydi.
O’yinda fazoni idrok etish o’zining asosiy formalarida namoyon bo’ladi: bevosita;
hissiy bilish — sensor (hissiy-obrazli) va bilvosita (mantiqiy tafakkur, tushuncha). Masalan,
bola tomonidan harakat yo’nalishini mustaqil tanlash va harakatni o’yin qoidasida qat’iy
belgilangan yo’nalishda bajarish bir tomondan o’yin vaziyatini (bevosita idrok qilinadigan)
va ko’rish-motor reaksiyasini (o’yin harakatlarini) darhol baholashni, ikkinchi tomondan
o’z harakatlarini fazo o’yin muhitida anglash va tasavvur qilish hamda o’sha ko’rish-motor
reaksiyasini namoyon etishni talab qiladi. Harakatli o’yinda bu ikki komponent o’zaro
harakatda bo’ladi. Pedagog tomonidan ishlab chiqilgan o’yin qoidalari bola harakati uchun
fazoda oldindan mo’ljal olishning zarur imkoniyatini yaratadi; ayni paytda o’yin
vaziyatidagi to’satdan bo’ladigan o’zgarishlar (boshlovchi harakati yoki signallar bilan
bog’liq ravishda) harakatlanishni buzadi va juda murakkab — bolalarning tezkor reaksiyasi
hamda fazoda mo’ljal olishini talab qiladi («Ikki ayoz», «Sehrli tayoqcha», «Jasur bolalar»,
«Maymunlar va ovchilar» va hokazo o’yinlar). Bunday reaksiya boladagi o’z faoliyati va
harakatlarini muayyan muhitga moslash qobiliyatining rivojlanganlik darajasi bilan
belgilanadi. Bunda bolaga tarbiyachi yordam berishi lozim. Bunda tarbiyachi bolani astasekin o’yin vaziyati va qo’yilgan vazifaga erishish zaruratini hisobga olgan holda
birmuncha muvaffaqiyatli harakat usulini topishga o’rgatadi. Masalan, aynan bir o’yinni
katta va cheklangan fazoda o’tkazganda bola boshlovchidan tez va uzoqqa qochish usulidan
foydalanadi yoki unga yaqin joyda turib chaqqonlik va abjirlik ko’rsatadi («Tuzoq»,
«Ayyor tulki» va hokazo).
Atrof-muhitda mo’ljal olishga o’yin vazifasini bajarish yo’lida atayin yaratilgan
to’siqlar ham yordam beradi («Chambarakdan o’tib bayroqcha tomon yugurish», «Bo’ri
jarlikda», «Jasur bolalar» va hokazo). Bu bolalarda ma’qul harakat usulini masofani
yetarlicha rivojlangan ko’z bilan baholash va harakatlarni bajarish vaqtini hisobga olishga
tayangan holda mustaqil tanlash qobiliyatini hosil qiladi.
Harakatli o’yinlar bolalarda oddiy vaqt mo’ljalini shakllantiradi.Ular quyidagilarda
ifodalanadi: o’yin harakatlarining izchilligini tushunib olishda — avval, so’ng, bundan
keyin, bundan oldin, barini bir vaqtda va hokazo kabi o’yin topshiriqlarini signalga ko’ra,
bolalar uchun belgilangan muddat doirasida tez bajarishda, masalan, «Men beshgacha
sanagunimcha siz bayroqchalardan birorta naqsh yasashingiz kerak», «Kim bubenga uch
marta urguncha saflana oladi?» va boshqalar. Bu o’yinlarda bola fazoda mo’ljal olishni,
harakatlar izchilligiga va ularga vaqt davomida amal qilishni mashq qiladi.
O’yinlar mazmunini, butun o’yin vaziyatini, uning qoidalarini, personajlar harakati
mustaqil tushuntirish; bolalarning joylashish o’rnini, o’yin atributlarini va harakat
yo’nalishlarini fazoviy terminlarni ishlatgan holda ko’rsatish; o’tkazilgan o’yinga baxo
berish bolalarning aqliy rivojlanishiga xizmat qiladi.
Musiqa bolaga juda katta estetik ta’sir ko’rsatadi: u bolalarni ruhlantiradi, ularni
umumiy bir kayfiyatga birlashtiradi, chiroyliroq harakat qilishga undaydi. Musiqani
harakatli o’yinlarda qo’llash, avvalo, uning estetik tarbiyaviy rolini oqlashi lozim. Bunda
bolalarning musiqa asarlari xarakteri va formasiga muvofiq harakat qilishlari muhimdir.
Shuni hisobga olib, musiqani o’yinning faqat ayrim qismlariga joriy etish lozim. Masalan,
«Quvlashmachoq» o’yinida barcha bolalar dastlab o’z harakatlarini musiqaga moslagan
holda osongina tarqab chopib ketishlari mumkin. Musiqa asarining oxiri va shu bilan
bog’liq ravishda uning tinishi quvlash harakatining boshlanishi uchun o’ziga xos signal
bo’lib xizmat qiladi (buni maqsadga muvofiq hol deb hisoblash kerak, chunki bolalar
ushlab olish vaqtida musiqani idrok qilmaydilar). Agar o’yin chog’ida «Ushla» degan
og’zaki signal berilsa, bunday paytda harakat musiqaning tinishiga aniq mos kelishi lozim.
Harakatli o’yinlarni o’tkazishda harakatlar go’zalligi va madaniyatini unutmaslik: diqqatni
harakatlari birmuncha ifodali bolalarga qaratish, obrazni muvaffaqiyatli bera olganlarni
rag’batlantirish kerak.
Shunday qilib, harakatli o’yinlarda mujassamlashgan emotsional sog’lomlashtirish, bilish
va tarbiyaviy komponentlarning butun kompleksidan foydalanish bolalarni har tomonlama
tarbiyalash vazifalarini amalga oshirishga yordam beradi.
Voqeaband
o’yinlar
Turli guruhlarda o’ynaladigan o’yinlar
Harakatli
QurishTeatrlashtirilgan Stol bosma Ta’limiy
o’yinlar
yasash
o’yinlar
o’yinlar
o’yinlar
o’yinlari
Ilk yosh guruhi
“O’rmondagi “Pufak”
yig’ilish”
“Sehrli
quticha”
“Uychada
yashaydi?”
kim “Sholg’om” “nima
yo’q
bo’ldi”
Kichik guruh
“Shifokor va “Chumchuqlar va
“Qo’g’irchoqlar
bemor”
avtomobil”
“Mashinalar
mehmonda”
uchun yo’l
quramiz„
O’rta guruh
“Ona echki
“Uchdi-uchdi” “Mashinalar “Multiklaster ”
va bolalari” “Ko’zboylag’ich„
uchun
garajlar
quramiz„
Katta guruh
“Mehmon va
“Oq terakmi,
“Qurilishda” “ Bu harakatlar
mezbon”
ko’k terak”
kimniki”
Maktabga tayyorlov guruhi
“Shifokor va “Tez ol, tez sol”
“Uy
“Eshit va bajar”
bemor”
quramiz”
“Mevalar
lotosi”
“Ajoyib
xaltacha”
“Domino”
“Ovozidan
top”
“Pazllar
yig’amiz”
“Joyiga
qo’y”
“Joy-joyiga “Bargidan
qo’y”
top”
Turli guruhda o’ynaladigan milliy o’yinlar
“Quvlashmachoq” “Kun va “Qirq tosh”
“Quvib yet” “Sapalak”
tun”
“Nishonga ol”
“To’p
uchun
kurash”
“Tortishmachoq”
“Besh
tosh”
“Lafta─lafta” “Ko’prik va
mushuk”
“Supursupur”
“Oq
terakmi,ko’k
terak”
“Xo’roz jangi”
“Kurash”
“G’ozlar─g’ozlar”
“Cho’loq
qarg’a”
“Bekinmachoq”
“Chir aylanma ”
”Arqon tortish”
“Yong’oq
o’yini”
“Kim oladi”
”Ko’z
boylash”
“Suv
to’kilmasin”
“Chillak”
“Oshkadi
momo”
“Yomg’ir “Danak yashirish”
yog’oloq”
”Qo’lingni “Boshdan
ber”
do’ppini olish”
Yosh avlodni har tomonlama kamol topgan, yetuk, jismoniy sog’lom, baquvvat qilib
tarbiyalash hozirgi davrimizning eng muhim vazifalaridan biridir. Shunday ekan,
kelajagimiz bo’lmish bolaning ilk yoshlik chog’idan boshlab ularning o’sishi va tarbiyasi
bilan jiddiy shug’unlanish ta’lim –tarbiya usuli va vositalaridan unumli foydalanish joizdir.
Tarbiya vositalari haqida gapirar ekanmiz, bolalar uchun eng sevimli va quvonchli
vosita bo’lgan o’yinning o’rni beqiyosdir.
Milliy o’yinlar bolalarning kuch va qobiliyatlarini o’stiradi, ularni hayotga
tayyorlaydi. Xalq og’zaki ijodining boshqa janrlari kabi milliy harakatli o’yinlar ham uzoq
tarix osha bizgacha yetib kelgan. Milliy o’yinlar orqali bolaning nutqi o’sadi, aqliy
qobiliyati rivojlanadi, jismonan epchil va baquvvat bo’lib o’sishi ta’minladi. O’zbek milliy
o’yinlari bolalarni iymonli, e’tiqodli, aqliy barkamol, sog’lom qilib tarbiyalashda yordam
beradi.
Xalq o’yinlari bolalarning estetik didini oshiradi, odobli, ahloqli qilib tarbiyalaydi.
Ularning til boyligini, eslash qobiliyatini, ongini rivojlantiradi. Bolalar chek tanlash, sanash,
qo’shiq, she’r aytish orqali chaqqon va ziyrak bo’lib o’sadi. O’zbekistonda tiklangan azaliy
o’yinlar nafaqat mamlakat, balki boshqa davlatdan kelgan mutaxassislarni ham o’ziga
maftun qilgan. 1996-yil Tayland poytaxti Bonkokda bo’lib o’tgan butun dunyo xalq
o’yinlari festivalida O’zbekiston delegatsiyasining qatnashishi, o’zbek xalq o’yinlarining
“Jahon milliy o’yinlari” guldastasida o’zining munosib o’rin olishida imkon yaratdi.
O’zbek xalqi hayotida “Kurash”, “Uloq” kabi xalqaro darajaga chiqadigan o’yinlar
kam emas. Ularni chuqurroq o’rganishimiz va kichkintoylar orasida targ’ib qilishimiz zurur.
Bu borada xalq o’yinlarini (ko’plab turlariga bag’ishlangan olimpiyada, festival, bayramlar)
o’tkazish bilan bir qatorda
maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga milliy
qadriyatlarimizni o’rgatib borishimiz lozim.
Xalq o’yinlarini sport amaliyotida qo’llash imkoniyatlari. Ma’lumki, yosh
bolalarning sport bilan muntazam shug’unlantirishga jalb qilish tanlov asosida olib boriladi.
Tanlov dasturining talablari bolaning bo’yi, og’irligi, gavdasini tuzilishi – qomati kabi
belgilarni aniqlash va ularga baho berishdan iborat. Bundan tashqari tanlov psixologik va
jismoniy qobliyatlarni sinash vositalari yordamida qilinadi. Mazkur sport natijalari u yoki
bu sport turiga mos kelsa, bolani shu sport to’garagiga qabul qilish maqsadga muvofiq deb
topiladi. Bu masalaga to’g’ri yondashish demakdir.
Milliy harakatli o’yinlarni mashg’ulotlar davomida qo’llash bolalarda katta qiziqish
uyg’otadi, ularni kayfiyati va boshqa ruhiy sifatlariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Milliy o’yinlarning mazmuni, mohiyati va maqsadga oid tasnifi. Tarixmizdan meros bo’lib
qolgan o’zbek xalq milliy o’yinlari hayotga tadbiq etishga kengroq yo’l ochib berilishi, uni
ommaviy tus oldirlishi, oilada, maktabgacha ta’lim muassasalarida, maktablarda, dam olish
joylarida, har xil marosim va bayramlarda uni tashkillashtirish o’sib kelayotgan yoshlar
tarbiyasiga ijobiy ta’sir etish muqarrardir. Milliy xalq o’yinlari qadim-qadim zamonlardan
boshlab xalq marosimlarida, urf-odatlarda, mustaqil bir soha sifatida musobaqalarda,
baxslarda keng qo’llangan bo’lib,ming yillar davomida rivojlanib, takomillashib kelgan.
Milliy xalq o’yinlari ming yillar davomida bizgacha yetib kelgan. O’zbek milliy xalq
o’yinlari “Otda chopish”, “Qiz quvlash”, “Uloq”, “Kamonda otish”, “Xo’roz jangi”, “Besh
tosh”, “Sapalak”, “Jambalak xola”, “Kurash”, “Kim tez o’raydi”, “Chillak” kabi va boshqa
o’yinlar orqali botirlik, epchillik, muvozanatni saqlash sifatlarini rivojlantirishda, hamda
qaddi qomatni shakllantirish, ahloq-odob, ong, xotira, diqqat kabi xislatlarni sayqal
toptirishda va albatta, sog’liqni mustahkamlashda eng samarali vosita bo’lib kelgan.
Xalq milliy o’yinlari, jumladan, o’zbek milliy o’yinlari barcha xalq elatlari
kashfiyotlari kabi (musiqa, kulolchilik, gilam to’qish asboblari, ashula va raqs va
boshqalar) insoniyat tarixining turli ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlarida taraqqiy etgan o’ziga
xos etno va filoontogenetik xususiyatlari asosida ixtiro qilingan va shakllanib kelgan.
O’zbek xalq o’yinlari o’ziga xos urf-odatlardan, turmush sharaotlaridan, yashash
iqlimi, tarixiy obidalar, atrof-muhit sharoitidan kelib chiqqan bo’lib, shularga yarasha
jinsiga, yoshiga, salomatligiga ko’ra qo’llangan, lekin shu vaqtgacha aksariyat
mutaxassislar o’zbek xalq o’yinlariga alohida tasnif (klassifikatsiya) va tavsif
(xarakteristika) berishni ko’zda tutmaganlar yoki yetarli darajada ahamiyat bermaganlar.
Ta’kidlash joizki, agar shunday tasnif va tavsif berilsa, o’zbek xalq o’yinlari va
umuman xarakatli o’yinlar ancha yutiqqa ega bo’lgan bo’lar edi. Chunki har bir o’yinni
tasnifini va tavsifini bilgan holdagina undan foydalanish zaruriyati ham, joyi ham to’g’ri
belgilanadi.
Ma’lumki, o’zbek xalq o’yinlari o’z ichiga harakat jihatidan har xil jismoniy sifatlarni
rivojlantirishga yo’naltirilgan o’yinlarni qamrab olgan. Shu bois ularni yo’nallishlari
bo’yicha ajrata bilish zarur deb topiladi. Demak, ularni tasniflash (klassifikasiyalash) katta
ahamiyatga ega.
O’zbek xalq o’yinlari klassifikatsiyasi.
Hayotiy zarur harakat malakalarini shakllantiruvchi o’yinlar: osilish va osilib
chiqish: “Maymunchalar”, “Oq ayiqlar”; yurish, yugirish: “Quvlashmachoq”, “Mokki”;
“O’tirish-turish”, “Baqa”, “Tovuq va tulkilar”, “To’xtash-sakrash”, “Qarmoqcha”.
Jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi o’yinlar: kuch:“Tortishmachoq”; tezkorlik: “Kun
va tun”; epchillik: “To’p uchun kurash”, “Lapta”, “Qirq tosh”, “Besh tosh”; chidamkorlik:
“Quvib yet”; egiluvchanlik: “Ko’prik va mushuk”, “Kurash”, “Sapalak”, “Xo’roz jangi”.
Aqliy–ruhiy qobiliyatlari rivojlantiruvchi o’yinlar: diqqat: “Ta’qiqlangan harakat”;
xotira “Daqiqa”; hissiyot: “To’xta”; tafakkur: “Shaxmat”; ayyorlik “Mandan zo’r”; jasurlik
“Cho’nqa shuvoq ”.
Uy-ro’zg’or ishlariga xos harakat malakalarini shakllantiruvchi o’yinlar: “Supursupur”, “Qovun uzatish”.
Kasbiy ko’nikma va malakalarni shakllantiruvchi o’yinlar: “Burgut va burgutchalar”,
“Otishma”.
Nutq va talaffuzni shakllantiruvchi o’yinlar: “Kim oladi”, “Oq terakmi, ko’k terak”,
“Paxmoq kuchuk”, “Jamalak sochli xola”.
Hisob-kitob va tadbirkorlik qobiliyatlarini shakllantiruvchi o’yinlar: “Besh tosh”,
“Lyanka”, “Qirq tosh”.
Yilning turli fasllarida qo’llanadigan o’yinlar: “Varrak”, “Yomg’ir yog’aloq”,
“Chillak”, “Topishmoq top”, “Lyanka”, “Tez ayt”, “Yong’oq”.
Kunduz va tunda o’tkaziladigan o’yinlar : “Oq suyak”, “Cho’loq qarg’a”.
Suvda o’tkaziladigan o’yinlar: “Suvda quvlashmachoq ” , “Tez suzish”, “Suv ostida
suzish”.
Turli yoshda va kattalar o’rtasida o’tkaziladigan o’yinlar: “Quvlashmachoq”,
“Bekinmachoq”, “Bayroqcha uchun kurash”, “Kun va tun”, “Oq terakmi, ko’k terak”,
“Yong’oq o’yini”.
«Chillak» o’yini.
Maqsad: Bolalarni jismonan chiniqtirish, cho’plarni uzoqroq otishga o’rgatish, ularni ko’z
qiri bilan qancha chamalashga (masofa necha qadam chiqishini) va ularni ravon sanashga
o’rgatish hamda nafas rostlab yugurishni rivojlantirish.
Kerakli jihozlar: Bolalarga bu o’yinni o’ynash uchun 2 dona g’isht va tol daraxtidan qilingan 2
dona cho’p kerak bo’ladi.
O’yinning borishi: Birinchi bolalar qur’a tashlab, kim birinchi boshlashini kelishib oladilar. Keyin
2 dona g’ishtning orasini 20 santimetr uzoqlikda qo’yib o’yin boshlanadi. Birinchi bola 1 ta
cho’pni g’isht ustiga qo’yib, ikkinchi cho’p bilan pastdagi cho’pni ozgina yuqori ko’tarib
uzoqqa otadi. Cho’p tushgan joy chizib belgilanadi. O’yin boshlagan bola g’ishtdan cho’p
tushgan joygacha necha tayyoq chiqishini chamalab aytishi lozim. Agar cho’p tushgan joy bola
aytganidek 20 yoki 30 ta tayok chiqsa, bola shuncha ochko to’plagan bo’ladi. Agar tayoq tushgan
joy 20 yoki 30 ta chiqmasa, bola yutqazadi va o’yinni keyingi bolaga beradi. Bu o’yinni uch
kishi yoki to’rt kishi o’ynashi mumkin. Eng kam ochko to’plagan bola, masalan, 200, 300 yoki
1000, ochko to’plagan bo’lsa, shuncha joyni belgilab, chillak g’ishti turgan joydan 1000 cho’p
chiqadigan joygacha «zuv» so’zini bir nafasda to’xtamasdan aytib borishi kerak va cho’pni
o’sha joyga qo’yishi kerak.
«Kesak qo’ydi» o’yini
Maqsad: Bolalarning xotira, eslab qolish kabi xislatlarini shakllantirishga qaratilgan.
Kerakli jihozlar: Turli qirqma hajmdagi o’yinchoqlar, o’yinchi ko’zini bog’lash uchun ro’mol.
O’yinning borishi: O’yinda barcha bolalar qatnashishlari mumkin. O’rtada yerga bir qancha
predmetlar qo’yilgan bo’lib, bolalar diqqat bilan predmetlarni ko’rib oladilar va 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7
ketdi deb sanaydilar. «Ketdi» so’zi kimga taqalsa, shu qatnashuvchi ko’zini yumib turadi.
Onaboshi o’rtadagi biror predmetdan yonidagi bolalar etagigami, stul orqasigami yashirib
qo’yadi. Ko’zi yumilgan bola ana shu yashiringan predmetning nomini qaysi bolada ekanligini
topishi kerak. Topa olmasa, o’ynovchilarning talablariga binoan she’r, topishmoq aytib
beradi. O’yin yana boshqa o’ynovchining ko’zini yumishi bilan boshlanadi. O’yin shu tariqa
davom etadi.
«Qirq tosh» o’yini.
Maqsad: bolalarda masofani mo’ljal olishni o’rgatish, diqqatni taqsimlashga
o’rgatish.
Kerakli jihozlar:sport maydonchasi, koptoklar, toshchalar.
O’yinning borishi: O’yinni maysazorda, sport zalida maydonchalarda o’tkazish mumkin.
Start chizig’idan boshlab har qaysi bola uchun bir xil oraliqda doiralar belgilanadi. Har bir bola
tosh yoki bittadan latta koptokchani qo’lida o’ynab tayyorlanib turadi. Tarbiyachining
buyrug’i bo’yicha har qaysi bola belgilangan doirada yugurib borib toshni yoki koptokni
qo’yib, o’z joyiga qaytib keladi. Oxirgi o’yinchi toshni qo’yib qaytgandan keyin bolalar tartib
bilan yugurib borib, o’z toshlarini qaytarib olib ketadi. Qaysi guruh birinchi bo’lib o’z toshlarini
terib olib kelsa, o’sha guruh g’olib hisoblanadi.
«Qarmoqcha» o’yini.
Maqsad: Bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish,
diqqatni jamlab o’ynashga o’rgatish.
Kerakli jihozlar: O’yin uchun 3-4ta arqon kerak bo’ladi. Arqonning bir tomonida qum yoki
kepak solingan xaltacha bog’lab qo’yiladi.
O’yinning borishi: Hamma bolalar doira hosil qilib turadilar, boshlovchi doira o’rtasida turib
arqonchani o’z atrofida aylantira boshlaydi. Arqonni aylantirganda xaltacha baland
ko’tarilmasligi lozim. O’yinchining oyoqlariga xaltacha tegib ketmasligi uchun sakrab turadi.
Arqon uchida bog’langan xaltacha o’yinchining oyoq uchi tegsa u qarmoqqa ilingan
hisoblanadi. U doira o’rtasiga chiqadi va arqonni boshlovchi sifatida aylantiradi. O’yin oddiy
qiziqarli bo’lganligi uchun bolalar o’z mahoratlarini namoyish qila oladilar. O’rtadagi
o’yinchilar bu o’yinda uzoq turib qolmasligi uchun o’yinchini tezroq qarmoqqa ilintirib olishga
harakat qilinadi. Arqonni aylantirish tezlatiladi yoki pasaytiriladi, bu o’yin 5-6 yoshli bolalar
uchun mo’ljallangan.
Mavzu yuzasidan savollar
1. Harakat yo’nalishlardan “orqada, oldinda” kabi so’zlarning ma’nosini necha
yoshda tushunadilar?
2. Suvning necha darajali issiqligida suv quyib chiniqtirish boshlanadi?
3. “Standart” so’zining ma’nosi nima?
4. Bolalalarning asosiy faoliyat turini aniqlang.
5. Bolalar tarbiyasiga ta’sir etadigan o’yinning qanday omillari mavjud?
6. Umumrivojlantiruvchi mashqlarni sanab o’ting.
FOYDALANILGAN MANBALAR
1. K.D.Yarashev “ Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish” Toshkent Sino- 2002 yil
2. “ Maktabgacha ta’lim muasasalarida ta’lim – tarbiya jarayonini
rejalashtirish” mmxqtmoro’mm Toshkent – 2011
3. “Jismoniy tarbiya metodikasi” N.N.Jamilova.Toshkent- 2003yil
4. “ Maktabgacha tarbiya pedagogikasi” P.G.Samarukova Toshkent-1991 yil
5. “Interfaol o’qitish metodikasi” mmxqtmoro’mm.Toshkent-2009 yil.
3.3.2 Mavzu: Sog’lomlashtirish va chiniqtirish ishlari
(2 soat nazariy )
Reja:
1.Jismoniy mashqlar bilan birga amalga oshiriladigan chiniqtirish tadbirlari
7. Quyosh, suv va havo vannalarining chiniqtirishdagi o’rni
8. Suzish va unga o’rgatish tartibi
Mavzu:
Maqsad,
vazifalar:
O‘quv
jarayon
mazmuni:
O‘quv
jarayondan
kutiladigan
natija:
O‘quv
jarayon turi:
Sog’lomlashtirish va chiniqtirish ishlari
Jismoniy mashqlar bilan birga amalga oshiriladigan
chiniqtirish tadbirlari. Maktabgacha tarbiya muassasalarida
bolalarni chiniqtirish maqsadida havo vannalari, suv
muolajalari (artinish, suv quyish, dush, cho’milish) va quyosh
vannalaridan fondalaniladi. U yoki bu muolajaning har biri
alohida holda bola organizmining yetarlicha chiniqishini
ta’minlay olmaydi (masalan bolalarning har kungi artinishlari
va ayni paytda ularning ochiq havoda ko’p bo’lmasliklari).
1. Jismoniy tarbiya haqida tushuncha
2.Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlanishi
3.Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlanishini
amalga oshirishning o‘ziga xosligi
4.MTMda bolalarning jismoniy rivojlanishi va o’z-o’ziga
xizmat, gigiyena yo’nalishi.
Tabiiy omillardan kompleks foydalanish bolalarda tashqi
muhitning turli noxush ta’siriga (nam havo, yomg’ir, shamol,
qizish) nisbatan chidamlilik hosil qiladi. Chiniqtirish
tadbirlari jismoniy mashqlar bilan birgalikda olib borilganda
juda samarali bo’ladi: aktiv muskul ishi issiqlik
regulyatsiyasining takomillashuv jarayoniga va bu bilan
organizmning tashqi muhitga moslashuviga yordam beradi.
Chiniqish jarayonida organizmning jiddiy qayta qurilishi yuz
beradi va agar bola aktiv bo’lsa, u tabiiy va oson kechadi.
Bola uchun qiziqarli jismoniy mashqlar va o’yinlar bilan
birgalikda amalga oshiriladigan chiniqtirish tadbirlari
emotsional ko’tarinkilik uyg’otadi, oliy nerv markazlari
funktsiyasini oshiradi, ichki organlar ishini va modda
almashishini boshqaruvchi vegetativ nerv tizimga yaxshi
ta’sir ko’rsatadi.
Amaliy mashg‘ulot
O‘quv
jarayonini
tashkil etish
texnologiyasi:
O‘quv
jarayon
bosqichlari va
taqsimoti:
Kutiladigan
natijalar:
Shakl: guruhlarda ishlash
Metod: guruhlarda ishlash metodi
Vosita: dars ishlanmasi namunalari, ko‘rgazma, tarkatma.
Usul:og‘zaki, yozma, ko‘rgazmali, taqdimot.
Nazorat: Savollar va javoblar.
Baholash: individual baholash, o‘z o‘zini baholash, guruh
ishini baholash.
I. Tashkiliy qism – 5 minut.
II. Kichik ma’ruza metodidan foydalanish – 30 minut.
III. “Jismoniy tarbiya ” mashg‘uloti dars ishlanmasini
o‘rganish va tahlil qilish - 40 minut.
Guruhlar taqdimoti – 30 daqiqa
IV. Gigiyena yo’nalishi “Klaster va Venn diagramma” - 30
daqiqa
V-bosqich: mashg‘ulotni mustahkamlash -20 minut.
IV. Darsga yakun yasash – 5 minut.
O‘qituvchi
Tinglovchi
Yangi nazariy bilimlar
Yangi nazariy bilimlar olishadi.
beradi.
Axborot izlash, to‘plash va
Dars jarayonini
foydalanish ko‘nikmalari
maqsadli va oqilona
shakllanadi.
boshqaradi.
Tinglovchilar dars maqsadi,
Tinlovchilarga dars
o‘qitishning kutilayotgan
maqsadi, o‘qitishning
natijalari, darsni rejalashtirishda
kutilayotgan natijalari,
tizimli yondashuv, o‘qitishning
darsni rejalashtirishda
kutilayotgan natijalari tavsifi
tizimli yondashuv,
haqida bilib oladilar.
o‘qitishning
Mustahkamlaydi va o‘z-o‘zini
kutilayotgan natijalari
baholaydi hamda o‘zgalar
tavsifi haqida
faoliyatini tahlil qiladi.
tushuntiradi..
Yakka tartibda va kichik guruhda
Tingnlovchilarni kichik
ishlash ko‘nikmasi hosil bo‘ladi.
guruhlarga bo‘ladi va
Olingan bilimlarni tizimli bayon
topshiriq bilan
etadi.
tinishtiradi.
Ular asosiy harakatlar (yurish,
Qisqa vaqt ichida ko‘p
yugurish, sakrash, irg‘itish, ilib
ma’lumot to‘plashga
olish, emaklash, sirpanish); oyoq
yo‘naltiradi.
va tana uchun
Tinglovchilarga
umumrivojlantiruvchi mashqlar
samarali maqsad
(turli buyumlar yordamida va
mezonlari asosida
ularsiz) raqs mashqlari, saflanish
tuzilgan maqsadlarni
va qayta saflanish, harakatli
tahlil qilishni kichik
o‘yinlar, turli sport o‘yinlarining
guruhlarda ishlash
muhim xususiyatlarini egallash,
metodi orqali
sport mashqlari, rolikli konkida
Kelgusi
rejalar(tahlil,
o‘zgarishlar):
bajarishadi.
Bolalar jismoniy
tarbiyaning asosiy
mazmunini muntazam
ravishda bajarishlari
uchun turli usuldagi
mashqlar mavjudligi
tushuntiriladi.
O‘quv jarayonini tahlil
qiladi;
Mavzu bo‘yicha yangi
bilimlarga ega bo‘ladi;
Pedagogik mahoratini
oshirib boradi.
sayr qilish, velosipedda yurish,
suzish va boshqalardan tashkil
etishi haqida tushunchalar oladi.
O‘quv jarayoni yuzasidan berilgan
topshiriqlarni o‘z vaqtida
bajaradilar.
Harakatli o‘yin usullaridan
o‘rganib kelish;
O‘quv jarayoni yuzasidan
qo‘shimcha takliflar bildiradi
I-bosqich: Tashkiliy qism – 10 daqiqa
A) Salomlashish.
B) Tinglovchilar bilan tanishish, davomatni aniqlash, tinglovchilarni mashg‘ulot
jarayoniga tayyorlash. Kichik guruhlarga bo‘lish do‘stona kelishuv o‘rnatish.
II-bosqich: Mavzuga doir tinglovchilarning bilimini aniqlash- 15 minut.
Mavzuga doir tinglovchilarning dastlabki bilimlarini aniqlash. Mashg‘ulot mavzusi ,
maqsadi va kutilayotgan natijalarni bayon qilish
III-bosqich: Yangi mavzuga doir tinglovchilarning dastlabki bilimlarini aniqlash
uchun savollar:
Jismoniy mashqlar bilan birga amalga oshiriladigan chiniqtirish tadbirlari.
Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarni chiniqtirish maqsadida havo vannalari, suv
muolajalari (artinish, suv quyish, dush, cho’milish) va quyosh vannalaridan fondalaniladi. U
yoki bu muolajaning har biri alohida holda bola organizmining yetarlicha chiniqishini
ta’minlay olmaydi (masalan bolalarning har kungi artinishlari va ayni paytda ularning ochiq
havoda ko’p bo’lmasliklari).
Tabiiy
omillardan
kompleks
foydalanish
bolalarda
tashqi
muhitning turli noxush ta’siriga (nam havo, yomg’ir, shamol, qizish) nisbatan chidamlilik
hosil qiladi. Chiniqtirish tadbirlari jismoniy mashqlar bilan birgalikda olib borilganda juda
samarali bo’ladi: aktiv muskul ishi issiqlik regulyatsiyasining takomillashuv jarayoniga va
bu bilan organizmning tashqi muhitga moslashuviga yordam beradi. Chiniqish jarayonida
organizmning jiddiy qayta qurilishi yuz beradi va agar bola aktiv bo’lsa, u tabiiy va oson
kechadi. Bola uchun qiziqarli jismoniy mashqlar va o’yinlar bilan birgalikda amalga
oshiriladigan chiniqtirish tadbirlari emotsional ko’tarinkilik uyg’otadi, oliy nerv markazlari
funktsiyasini oshiradi, ichki organlar ishini va modda almashishini boshqaruvchi vegetativ
nerv tizimga yaxshi ta’sir ko’rsatadi.
Chiniqish shartli reflektorli jarayon sifatida muntazamlilikni talab qiladi.
Boshqaruvning yo’qligi, rejimning buzilishi natijasida muvaqqat bog’lanishlar so’nadi va
bola organizmining tashqi muhitga chidamliligini va turli noxush ta’sirlarga qarshilik
ko’rsatish qobiliyatini yo’qotadi.
Chiniqish jarayoni xilma-xil: u bir tomondan shifokor tavsiyasiga ko’ra maxsus
tadbirlar (havo, suv, quyosh vannalari) ni o’z ichiga oladi; ikkinchi tomondan kun tartibida
belgilangan sharoitning (xonani muntazam shamollatib turish, darchalarning ochiq turishi,
bolalar engil kiyimbosh va poyabzali, sayrning belgilangan muddatiga va bolalar harakat
aktivligi rejimiga rioya qilish, derazalari ochiq ayvonda uxlash) albatta mavjud bo’lishini
taqozo etadi. Bularning hammasi organizmning to’laqonli chiniqishini ta’minlaydi, unda
yoqimli o’zgarishlar paydo qiladi (nerv tizimning holati va funktsiyasini, modda
almashinishi jarayonini, qon tarkibini yaxshilaydi, nafas olishni chuqurlashtiradi,
psixikaning emotsional-ijobiy holatini vujudga keltiradi), sharoitni muqobillashtiradi va
bola xatti-harakatini bu sharoitga moslashtiradi.
Dastur chiniqtirish tadbirlarini barcha yosh guruhlarida bir yoshdan boshlab
qo’llanishni ko’zda tutadi. Unda chiniqtirish turlari, ularni o’tkazish vaqti, qancha davom
etishi belgilangan, vrach tavsiyasiga ko’ra bolalarga albatta individual yondashish kerakligi
ko’rsatilgan.
Harakat paytida qabul qilinadigan havo vannalari bolalar harakat faoliyati vaqtida
havoning terining yalang’och qismiga bevosita ta’sir etishini ta’minlaydi. Bunday havo
vannasining eng maqsadga muvofiq va tabiiy ko’rinishi ochiq havoda hamda deraza
darchalari ochiq xonalarda o’tkaziladigan ertalabki gimnastikadir. Bundan tashqari
ko’pincha katta va maktabga tayyorlov guruhlari bolalari havo vannasini vrach tavsiyasiga
ko’ra ochiq havoda va xonadagi jismoniy tarbiya mashg’ulotlari chog’ida oladilar.
Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari va ertalabki gimnastika havo vannasi sifatida o’ziga
xos xususiyatlarga ega. Ularni xonada o’tkazishda havo harakati asta-sekin har 2—3 kunda
kamaytirib boriladi, bolalar ham shunga qarab yengilroq kiyintiriladi. Bu vrach
ko’rsatmasiga ko’ra, bolalar sog’lig’ining ahvoli va ularning har biriga individual
yondoshgan holda amalga oshiriladi.
Mavjud tadqiqotlar, bolalar bog’chalari ish tajribalari bunday muntazam
mashg’ulotlarning natijasi yuqori bo’lishini tasdiqlaydi: bolalar sog’lig’i mustahkamlanadi,
shamollash va yuqumli kasalliklar kamayadi, ma’lum darajada chidamlilik hosil qilinadi.
Suv tadbirlari artinish, boshdan suv quyish, dush, cho’milish (suv havzalarida,
ko’lda) kabi muolajalardan iborat. Vrachning bolalarning individual xususiyatlari va
sog’lig’ini hisobga olib bergan tavsiyasi bu muolajalarni belgilash uchun asos bo’lib xizmat
qiladi. Suv muolajalarida bolaning aktiv bo’lishi maqsadga muvofiq va zarurdir. Birinchi
kichik guruhda aktivlikka undash asosan kattalardan bo’ladi, ular bolalarni harakatlarga
da’vat etadilar. Bola 3 yoshdan mustaqil harakat qilishga o’rgana boshlaydi.
Oyoq, qo’l uchlaridan markazga qarab uqalash harakatlaridan iborat artinishda
bolalar suvi siqilgan ho’l qo’lqoplar yordamida o’zlari harakat qilishga o’rganadilar. Doira
yoki yarim doira bo’lib turgan holda ular bir vaqtda ko’krak, elka va qo’llarni ishqalab
artadilar, shundan so’ng o’girilib qo’lqoplarini orqada turgan bolalarga beradilar va
ularning har biri o’rtog’ining orqasini ishqalaydi. Shunday qilib, bola artinish jarayonida
harakatda bo’ladi, sovuq qotmaydi va tarbiyachi rahbarligida zarur hayotiy ko’nikmaga
o’rganadi.
Boshdan suv quyish o’zining organizmga ko’rsatadigan ta’siriga ko’ra oldingi
tadbirlardan birmuncha kuchliroqdir. Suv oqimi badanni tozalaydi, muskullar tonusini
oshiradi, ular ishini aktivlashtiradi, nerv tizimni qo’zg’otadi, tetiklik holatini yuzaga
keltiradi. Bola oqayotgan suvga orqasi, ko’kragi, biqini, qorni, qo’llarini tutib aylanadi.
Bundan tashqari u suv oqimiga ko’ra harakat qilib, badaniga suv sochib ishqalashi mumkin.
Muolajadan so’ng barcha bolalar badanlarini tarbiyachi kuzatuvida yaxshilab artadilar.
Ko’pchilik bolalar muassasalarida muntazam chiniqtirishda vrach tavsiyasiga ko’ra
ertalabki gimnastikadan so’ng (ko’pincha tayyorlov guruhlarida) belgacha suv quyish joriy
qilinmoqda. Bolalar mustaqil yuvinadilar, bunda bo’yin, ko’krak, yelka va qo’llarini
ishqalaydilar, shundan so’ng badanlarini yaxshilab artadilar. Belgacha suv quyib yuvinish
turli sharoitda qo’llasa bo’ladigan juda qulay muolaja hisoblanadi, shuning uchun bolalarni
unga o’rgatish maqsadga muvofiqdir.
Cho’milish har kungi doimiy muolaja sifatida bola organizmini sog’lomlashtirish va
chiniqtirishning ajoyib vositasidir. Sovuq suv, ultrabinafsha nur omixtaligidagi toza havo,
bolalar harakati — bu vositalar butun bir kompleksi bola organizmiga, uning nerv tizimi,
emotsional-ijobiy holatiga favqulodda yaxshi ta’sir etadi.
Biroq, bu muolajaning samaradorligiga qaramay, undan juda ehtiyotkorlik bilan
foydalanish, bolalarni unga asta-sekin o’rgatish—dushdan oldin artinish va suvning
haroratini asta-sekin pasaytirib borish lozim. Bolalarda issiqlik regulyatori funktsiyasi
yetarli rivojlanmaganligi tufayli issiqlikning teri orqali tashqariga ko’plab chiqib ketishi
cho’milish paytida bolalarning harakat aktivligini taqozo etadi. Tarbiyachining suvda kichik
guruhchalar (6—8 kishi) bilan uyushtiradigan oddiy quvnoq o’yinlari bolalarda ijodiy
emotsiya uyg’otadi, muskul harakati esa issiqlik hosil bo’lishini kuchaytiradi. Buning
natijasida bola o’zini yaxshi sezadi, sovuq qotmaydi va suvdan cho’chimaydi. Chiniqtirish
maqsadidagi cho’milish dasturda o’rta, katta va tayyorlov guruhlari uchun tavsiya etiladi.
Suvga o’rgatishni tajriba ko’rsatganidek, 1,5—2 yoshdan boshlash maqsadga muvofiqdir.
Suvi sayoz joyda yurish, tosh terish, shishirilgan o’yinchoqlar bilan o’ynash, suv
sachratish kichkintoylarga o’zlari uchun yangi bo’lgan suv muhitini o’zlashtirishda yordam
beradi, ijobiy emotsiya uyg’otadi, jasurlikni tarbiyalaydi.
Cho’milish joyini sinchiklab tekshirish, 3—4 bolaning kattalarning hushyor
kuzatuvida bir vaqtda cho’milishi, vrachning barcha ko’rsatmalariga rioya qilish —bu
muolajalarni o’tkazishning majburiy shartidir. Cho’milish muddatini har bir yosh guruhi
uchun bolalar muassasasi vrachi belgilaydi. Bunda metereologik sharoit suv va havo
harorati, shamol, quyoshli yoki bulutli havo) va barcha bolalar organizmining chiniqqanlik
darajasi hisobga olinadi.
Suzish. Suzish havzalari bo’lgan muassasalarda bolalar kichik guruhdan boshlab
muntazam cho’miltiriladi va vrach rahbarligida suzishga o’rgatiladi; maxsus muassasalarda
bolalarni ilk yoshdan suzishga o’rgatiladi. Bolalarni ilk yoshdan suzishga o’rgatish
salomatlik uchun muhim va kishilar hayoti va faoliyatida katta ahamiyatga ega.
Quyosh vannalari. Quyosh bola organizmiga yaxshi ta’sir ko’rsatib, uning umumiy
holatini mustahkamlaydi, almashinish jarayonlarini yaxshilaydi. Ayniqsa bakteritsid
(bakteriyalarning rivojlanishini to’xtatadigan), antiraxit (nerv tizimning faoliyatini
yaxshilaydigan, modda almashinish jarayonini kuchaytiradigan, suyak muskul tizimni
mustahkamlaydigan), eritem (qon oqimini kuchaytiradigan va terini qizartirib, badanning
qorayishiga olib keladigan) ta’sirga ega bo’lgan ultrabinafsha nurlari juda foydalidir.
Quyoshning organizmga bunday rang-barang ta’siri juda ehtiyotkorlikni talab qiladi.
Quyosh vannasidan me’yorida foydalanmaslik tufayli bolalarda salbiy holatlar (qo’zg’alish
va uyquning buzilishi, tomirlarning keskin kengayishi, qon tarkibining yomonlashuvi va
boshqalar) yuz berishi mumkin. Shuning uchun bolalar muassasalarida quyosh vannalari
faqat vrach tavsiyasiga ko’ra, bolalarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda
o’tkazilishi zarur.
Ilg’or tajribalar shuni ko’rsatadiki, bolani tizimli chiniqtirishni ilk yoshdan boshlash
va uni bolaning bolalar muassasasidagi oxirgi kunigacha amalga oshirish kerak ekan.
Shundagina bu tadbir ko’nikma harakterini kasb etadi. Bunda pedagoglar, hamshiralar va
texnik xodimlar ishdagi uyushqoqlik, shuningdek ota-onalar bilan aloqa o’rnatish asosiy
shart hisoblanadi.
Ertalabki gigienik badantarbiya mashqlari
5─7 yoshdagi bolalani sog’lig’ini muhofaza qilish bo’yicha bilim,malaka va
ko’nikmalar
(jismoniy tarbiyaning sog’lomlashtirish va chiniqtirishdagi ahamiyati)
Ertalabki badantarbiya
va suv Har kuni kattalar nazoratida ertalabki
muolajalarining
sog’likni badantarbiya
mashqlarini
bajarish.
mustahkamlash
uchun,
kuchlilik, Badantarbiya mashqlarini ochiq havoda
chidamlilik, tezkorlik, irodalilik, tetiklik gilamcha ustida, yengil kiyimda
va yaxshi kayfiyat uchun ahamiyati. buyumlar bilan tugallash. Muayyan
Badantarbiya
mashqlarini bajarish izchillikda,
aniq,
shiddat
bilan
uchun zarur shart ─ sharoitlar muskullarni tarang holga keltirish,
to’g’risida
ma’lumotlar
ertalabki mashqlarni, qomatni
to’g’ri tutgan
badantarbiya mashqlarining majmuyi holda bajarish
to’g’risida tushuncha va mazkur yosh
guruhi uchun mashqlarni tanlash
Chiniqtirish
Chiniqtirish to’g’risida tushuncha. Xonada engil kiyimda
bo’lish,
Chiniqtirishning
tabiiy
omillari: fortochkani ochib qo’yish. Ertalabki
quyosh, havo va suv,
havo bilan badantarbiya mashqlarini har kuni har
chiniqtirishning asosiy turlari: yengil qanday havoda bajarish. Kiyim va
kiyimlarda, ochiq havoda
ertalabki poyabzalni mavsumga va mashq turiga
badantarbiya mashqlarini bajarish, sport muvofiq tanlash. Yuz, bo’yinni, qo’lni
o’yinlari, sayrlar, ko’ngilochar o’yinlar tirsakkacha sovuq suv bilan yuvish.
o’tkazish.Tanani
chiniqtirishning Badantarbiyadan so’ng darhol gubka
shamollashning
oldini
olishdagi yoki uy haroratidagi suvda ho’llangan
ahamiyati.
Suvning
chiniqtiruvchi kichikroq paxmoq sochiq bilan tana
ahamiyati. Suv muolajalari: yuvinish, a’zolarini artinish:
avval qo’llarni,
artinish, oyoqni yuvish, belgacha keyin esa ko’krak va orqani, undan
yuvish, dush qabul qilish, ochiq suv keyin badanni quruq sochiq bilan tana
havzasida cho’milish. Badanni ho’l qizarguncha, tezda quruq qilib artish.
sochiq bilan artishning chiniqtiruvchi Faqat
kattalarning
ruxsati
bilan
ahamiyati va uni o’tkazish tartibi. Suv cho’milish, kattalarning nazorati ostida
havzalarida
cho’milishning
asosiy cho’milishning asosiy qoidalariga rioya
qoidalari. Quyoshning chiniqtiruvchi qilish. Yalangoyoq yurganda oyoqni
ta’siri, quyosh vannalaridan foydalanish shikastlantirish
xavfi yo’q joylarda
qoidalari.
Yalangoyoq
yurishning yurish. Chiniqtirish qoidalarini ongli
chiniqtiruvchi
ahamiyati. ravishda bajarish
Chiniqtirishning
asosiy tamoyillari:
muntazamlik,
izchillik
bolaningn
sog’lig’i va
jismoniy rivojlanish
darajasini hisobga olish
Qomatni to’g’ri tutish ko’nikmasini tarbiyalash
Qad─qomat haqida tushuncha va Ertalabki
badantarbiya
mashqlarni
ta’rif. Yurak, o’pkaning me’yorida muntazam ravishda
bajarib turish.
ishlashi, butun a’zolarning uyg’un Badantarbiya
mashqlari tarkibiga
rivojlanishi uchun to’g’ri qomatning to’g’ri qomatni
shakllantiradigan,
ahamiyati.
Skeletning
tuzilishi yassitovonlikning
oldini oladigan
(umurtqa, ko’krak qafasi , suyaklar, mashqlarni kiritish (kattalar
bilan
bosh suyagi, qo’l va oyoq suyaklari) birgalikda) To’g’ri qomatni mustaqil
Ertalabki badantarbiya mashqlari , sport nazorat qilib borish qoidalariga rioya
o’yinlari, mehnatning to’g’ri qomatni qilish: orqa bilan devorga suyanib, tik
shakllantirish uchun ta’siri. Yurish turish, devorga elkani tekizib turish,
mashqlari
vaqtida
gavda holatini yurishda ana shunday holatni saqlash
nazorat qilib borish. Skeletni to’g’ri
holatda ushlab turishga yordam
beradigan
mashqlarni
bajarish,
mushaklarni
mustahkamlash, suyak
mushak, asab va boshqa tizimlarni
mashq qildirish va rivojlantirishda
badantarbiya hamda sport mashqlari va
jismoniy
mehnatning ahamiyati.
Mashg’ulotlar vaqtida gavdani to’g’ri
tutish va ishchanlik holati
Ertalabki badantarbiya mashqlari
3─ 5yoshdagi bolalani sog’lig’ini muhofaza qilish bo’yicha bilim,malaka va
ko’nikmalar
(jismoniy tarbiyaning sog’lomlashtirish va chiniqtirishdagi ahamiyati)
Badantarbiyaning
sog’likni Har kuni kattalar
nazoratida
saqlashdagi
ahamiyati. Ertalabki badantarbiya
mashqlarini
xonada,
badantarbiya
majmuyi to’g’risida darchalarni
ochib qo’ygan holda
ma’lumotlar, ertalabki badantarbiya bajarish. Ochiq havoda
esa sport
mashqlarining
majmuyi to’g’risida kiyimida, bosh kiyimida bajarish. Qo’l,
tushuncha va
mazkur yosh guruhi oyoq va gavda uchun mashqlarni aniq
uchun mashqlarni tanlash.
va izchillik bilan bajarish, qomatni
to’g’ri tutish
Chiniqtirish
Salomatlik
uchun
chiniqtiruvchi Har
kuni
ertalab
badantarbiya
tadbirlarning ahamiyati. Badanni ho’l mashqlarini bajarish, har qanday
sochiq bilan artish, oyoqni yuvish, ochiq ob─havoda
ham harakatli o’yinlar
suv havzalarida cho’milish qoidalari. o’ynash. Uyquga yotishdan oldin
Oyoqqa suv quyish, artinish qoidalari.
xonanai
shamollatish.
Har
kuni
oyoqlarni yuvish, sekin─asta
suv
haroratini pasaytirib borish.
Xona haroratidagi suvda ho’llangan
gubka yoki paxmoq qo’lqop bilan
dastlab qo’llarni, keyin oyoqlarni ,
ko’krakni qorin va orqani teskari
yo’nalishda teri qizarguncha artish.
Suv haroratini har kuni 1 gradusdan
pasaytirib borish
Qomatni to’g’ri tutish
Qomatni to’g’ri tutishning
sog’liq Qomat o’zgarishining oldini olishga
uchun ahamiyati. Qomatning buzilishi yordam beruvchi jismoniy mashqlarni
natijasida kelib chiqadigan kasalliklar muntazam ravishda
bajarish (
(kifoz, lardoz, skalioz) turlari va “qayiqcha”,”mushuk”,”
velosiped”,”
ularning oldini olish.
beshik”)
Mashg’ulotlar
vaqtida va
mehnat Stol atrofida o’tirganda, uyqu vaqtida
ko’nikmalarini egallashda gavdani gavdani to’g’ri tutish. Yurish, chopish
to’g’ri holatda tutish
vaqtida gavdani to’g’ri tutish, qo’lni
ikki yonda tutish, bosh birmuncha
ko’tarilgan holda oldinga qarash
Erta yoshdagi(1─3yosh) bolalarda shakllantiriladigan salomatlikni muhofaza qilishga
doir bilim, malaka va ko’nikmalar
Ertalabki badantarbiyaning sog’liqni Har kuni ertalab badantarbiya qilish.
mustahkamlashdagi
ahamiyati. Harakatlarni namunaga
muvofiq
Badantarbiya
uchun
zarur bajarish, badantarbiyani ochiq havoda
shart─sharoitlar haqidagi ma’lumotlar.
Ertalabki
badantarbiya
mashqlari
majmuyi to’g’risida
tushuncha va
maktabgacha yoshdagi guruhlar uchun
mashqlarni tanlab olish
yengil
kiyimda bajarish. Ertalabki
badantarbiya
mashqlarini
suv
muolajalari bilan tugallash (kattalar
ko’magida)
ertalabki
badantarbiya
mashqlarini aniq va izchil bajarish
Chiniqtirish
Chiniqtirishning
tabiiy
omillari: Yuz va qo’llarni yuvish, suvni
quyosh, havo va suv.
sachratmaslik,
sovundan
to’g’ri
Suv muolajalari: suv havzalarida foydalanish, yuz qo’llarni sochiq bilan
cho’milish, yuvinish, artinish.
artish. Yozda ochiq
havoda
iloji
boricha ko’proq bo’lish. Ochiq havoda
suv havzasida cho’milish (Gigiyena
talablariga amal qilgan holda)
Qomatni to’g’ri tutish
To’g’ri qomat haqida tushuncha. To’g’ri Kattalarning nazorati ostida jismoniy
qomatni shakllantiruvchi va oyoq kafti mashqlarni muntazam bajarish. To’g’ri
muskul guruhlarini mustahkamlashga qomatni
shakllantirish,
e’tibor berish. Yassioyoqlilikning oldini yassitovonlilikning oldini olishga imkon
olish. Qomatni
to’g’ri tutishni beradigan
mushaklar
guruhini
shakllantirish.
shakllantirish.
Mashg’ulotlarda
bir oz oldinga
engashib to’g’ri o’tirish, boshni haddan
tashqari quyi solmaslik, ko’krak bilan
stol chetlariga suyanmaslik, oyoqlarni
to’g’ri yoki o’tmas burchak ostida
bukib o’tirish
Mavzu yuzasidan test savollar
1. Harakat yo’nalishlardan “orqada, oldinda” kabi so’zlarning ma’nosini necha
yoshda tushunadilar?
A. 2- 3 yoshda
B. 3-4 yoshda
C.4-5 yoshda
D. 3-5 yoshda
2. “Standart” so’zining ma’nosi nima?
A. Ta’lim
B. Ta’lim – tarbiya
C. Tarbiya
D. Me’yor
3. Bolalalarning asosiy faoliyat turini aniqlang.
A. Mashg’ulot
B. O’yin
C. Mehnat
D. Kuzatish
4. Umumrivojlantiruvchi mashqlarni sanab o’ting.
A. Qo’l, yelka, gavda, oyoq harakatlari
B. Tana harakati
C. Sakrash
D. Yugurish
5. Umumiy madaniy gigiyenik ko’nikmalar deganda nimani tushinasiz?
A. Bolalarning toza, ozoda kiyinib yurishlari, kiyimlarning o’ziga mosligi, tirnoqlarning
olinganligi
B. Quyosh, suv, havo vannalari orqali organizmni chiniqtirich
C. kun tartibiga qat’iy rioya qilish, xonalarni ozoda, yorug’ bo’lishi, mebellarning bolalar
bo’yiga mosligi
D. Sog’lom va barkamol bo’lishi
1
A
2
D
3
B
4
A
5
A
FOYDALANILGAN MANBALAR
1.K.D.Yarashev “ Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish” Toshkent Sino- 2002 yil
2.“ Maktabgacha ta’lim muasasalarida ta’lim – tarbiya jarayonini rejalashtirish”
mmxqtmoro’mm Toshkent – 2011
3.“Jismoniy tarbiya metodikasi” N.N.Jamilova.Toshkent- 2003yil
4.“ Maktabgacha tarbiya pedagogikasi” P.G.Samarukova Toshkent-1991 yil
5.“Interfaol o’qitish metodikasi” MMXQTMORO’MM.Toshkent-2009 yil.
6.“Bolajon” tayanch dasturi.2010y.
7.Maktabgacha ta’limga qo’yilgan Davlat talablari.2013 y.
3.3.2 Mavzu: Sog’lomlashtirish va chiniqtirish ishlari
(2 soat amaliy )
REJA:
1.Maktabgacha ta’lim muassasalarida
chiniqtirish va
sog’lomlashtirishning
ahamiyati.
2.”Bolajon” dasturi asosida 2-3 yoshli bolalarning chiniqtirish va sog’lomlashtirish
jarayoni.
3.”Bolajon” dasturi asosida 3-5 yoshli bolalarning chiniqtirish va sog’lomlashtirish
jarayoni.
4.”Bolajon” dasturi asosida 5-7 yoshli bolalarning chiniqtirish va sog’lomlashtirish
jarayoni.
Mavzu:
Maqsad,
vazifalar:
O‘quv
jarayon
mazmuni:
O‘quv
jarayondan
kutiladigan
natija:
Chiniqtirishning sog’lomlashtiruvchi ahamiyati
Maktabgacha ta’lim muassasasida jismoniy rivojlantirish
bo’yicha kun tartibini tuzishda ovqatlanish, chiniqtirish,
jismoniy mashq va o’yinlarni tashkil etishda differentsial
yondashishga amal qilinadi. Bunda bolalarning o’ziga xos
yosh xususiyatlari hisobga olinadi. Tarbiyachi jismoniy
rivojlantirishda maktabgacha ta’lim muassasasida jismoniy
tarbiya dasturi talablariga asoslanadi. Shu bilan birga
tarbiyachi, shifokor, hamshira bilan kelishilgan holda oilada
bolalarni jismoniy tomondan to’g’ri tarbiyalash targ’ib
qilinadi.
1.Maktabgacha ta’lim muassasalarida
chiniqtirish va
sog’lomlashtirishning ahamiyati.
2.”Bolajon” dasturi asosida 2-3 yoshli bolalarning
chiniqtirish va sog’lomlashtirish jarayoni.
3.”Bolajon” dasturi asosida 3-5 yoshli bolalarning
chiniqtirish va sog’lomlashtirish jarayoni.
4.”Bolajon” dasturi asosida 5-7 yoshli bolalarning
chiniqtirish va sog’lomlashtirish jarayoni.
Maktabgacha ta’lim davrida bolalarni jismoniy tomondan
tarbiyalashning asosiy maqsadi bolalardagi turli ko’nikma
va
malakalarni
shakllantirish, ulardagi kuchlilik, tetiklik, chaqqonlikni
amalga oshirish,
ziyraklik kabi
jismoniy sifatlarni rivojlantirishdan iboratdir. Muntazam
ravishda o’tkaziladigan jismoniy mashg’ulotlar bolalarning
o’sish va rivojlanish jarayoniga ijobiy ta’sir qilib, ijodiy
imkoniyatlarini oshiradi.
O‘quv
jarayon turi:
O‘quv
jarayonini
tashkil etish
texnologiyasi:
O‘quv
jarayon
bosqichlari va
taqsimoti:
Kutiladigan
natijalar:
Amaliy mashg‘ulot
Shakl: guruhlarda ishlash
Metod: guruhlarda ishlash metodi
Vosita: dars ishlanmasi namunalari, ko‘rgazma, tarkatma.
Usul:og‘zaki, yozma, ko‘rgazmali, taqdimot.
Nazorat: Savollar va javoblar.
Baholash: individual baholash, o‘z o‘zini baholash, guruh
ishini baholash.
I. Tashkiliy qism – 5 minut.
II. Kichik ma’ruza metodidan foydalanish – 30 minut.
III. “Jismoniy tarbiya ” mashg‘uloti dars ishlanmasini
o‘rganish va tahlil qilish - 40 minut.
Guruhlar taqdimoti – 30 daqiqa
IV. Gigiyena yo’nalishi “Klaster va Venn diagrammasi” - 30
daqiqa
V-bosqich: mashg‘ulotni mustahkamlash -20 minut.
IV. Darsga yakun yasash – 5 minut.
O‘qituvchi
Tinglovchi
Yangi nazariy bilimlar
Yangi nazariy bilimlar olishadi.
beradi.
Axborot izlash, to‘plash va
Dars jarayonini
foydalanish ko‘nikmalari
maqsadli va oqilona
shakllanadi.
boshqaradi.
Tinglovchilar dars maqsadi,
Tinlovchilarga dars
o‘qitishning kutilayotgan
maqsadi, o‘qitishning
natijalari, darsni rejalashtirishda
kutilayotgan natijalari,
tizimli yondashuv, o‘qitishning
darsni rejalashtirishda
kutilayotgan natijalari tavsifi
tizimli yondashuv,
haqida bilib oladilar.
o‘qitishning
Mustahkamlaydi va o‘z-o‘zini
kutilayotgan natijalari
baholaydi hamda o‘zgalar
tavsifi haqida
faoliyatini tahlil qiladi.
tushuntiradi..
Yakka tartibda va kichik guruhda
Tingnlovchilarni kichik
ishlash ko‘nikmasi hosil bo‘ladi.
guruhlarga bo‘ladi va
Olingan bilimlarni tizimli bayon
topshiriq bilan
etadi.
tinishtiradi.
Ular asosiy harakatlar (yurish,
Qisqa vaqt ichida ko‘p
yugurish, sakrash, irg‘itish, ilib
ma’lumot to‘plashga
olish, emaklash, sirpanish); oyoq
yo‘naltiradi.
va tana uchun
Tinglovchilarga
umumrivojlantiruvchi mashqlar
samarali maqsad
(turli buyumlar yordamida va
mezonlari asosida
ularsiz) raqs mashqlari, saflanish
tuzilgan maqsadlarni
va qayta saflanish, harakatli
taxlil qilishni kichik
o‘yinlar, turli sport o‘yinlarining
Kelgusi
rejalar(tahlil,
o‘zgarishlar):
guruhlarda ishlash
metodi orqali
bajarishadi.
Bolalar jismoniy
tarbiyaning asosiy
mazmunini muntazam
ravishda bajarishlari
uchun turli usuldagi
mashqlar mavjudligi
tushuntiriladi.
O‘quv jarayonini tahlil
qiladi;
Mavzu bo‘yicha yangi
bilimlarga ega bo‘ladi;
Pedagogik mahoratini
oshirib boradi.
muhim xususiyatlarini egallash,
sport mashqlari, rolikli kon’kida
sayr qilish, velosipedda yurish,
suzish va boshqalardan tashkil
etishi haqida tushunchalar oladi.
O‘quv jarayoni yuzasidan berilgan
topshiriqlarni o‘z vaqtida
bajaradilar.
Harakatli o‘yin usullaridan
o‘rganib kelish;
O‘quv jarayoni yuzasidan
qo‘shimcha takliflar bildiradi
I-bosqich: Tashkiliy qism – 10 daqiqa
A) Salomlashish.
B) Tinglovchilar bilan tanishish, davomatni aniqlash, tinglovchilarni mashg‘ulot
jarayoniga tayyorlash. Kichik guruhlarga bo‘lish do‘stona kelishuv o‘rnatish.
II-bosqich: Mavzuga doir tinglovchilarning bilimini aniqlash- 15 minut.
Mavzuga doir tinglovchilarning dastlabki bilimlarini aniqlash. Mashg‘ulot mavzusi ,
maqsadi va kutilayotgan natijalarni bayon qilish
III-bosqich: Yangi mavzuga doir tinglovchilarning dastlabki bilimlarini aniqlash uchun
savollar:
Jismoniy rivojlanish
Maktabgacha ta’lim muassasasida jismoniy rivojlantirish bo’yicha kun tartibini
tuzishda ovqatlanish, chiniqtirish, jismoniy mashq va o’yinlarni tashkil etishda
differentsial yondashishga amal qilinadi. Bunda bolalarning o’ziga xos yosh
xususiyatlari hisobga olinadi. Tarbiyachi jismoniy rivojlantirishda maktabgacha ta’lim
muassasasida jismoniy tarbiya dasturi talablariga asoslanadi. Shu bilan birga
tarbiyachi, shifokor, hamshira bilan kelishilgan holda oilada bolalarni jismoniy
tomondan to’g’ri tarbiyalash targ’ib qilinadi.
Tarbiyachi ertalabki badantarbiya, jismoniy mashg’ulotlarni, o’yinlarni, salomatlik
kunini tashkil qilish usullarini mukammal bilishi shart. Jismoniy tarbiya bo’yicha
o’tkaziladigan tadbirlarda guruh tarbiyachi va musiqa rahbari bilan hamkorligi muhim
ahamiyat kasb etadi.
Bolalarning jismoniy tayyorgarligini tekshirish, mashg’ulotlarni tashkil qilishda
tozalik, gigiyena talablariga va xavfsizlik qoidalariga jiddiy rioya qilinadi.
Mashg’ulotlar ochiq havoda,
shu bilan birga maxsus jihozlangan sport zalida
o’tkaziladi.
Maktabgacha ta’lim davrida bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashning asosiy
maqsadi
bolalardagi
turli
ko’nikma
va
malakalarni
shakllantirish, ulardagi kuchlilik, tetiklik, chaqqonlikni amalga oshirish,
ziyraklik kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirishdan iboratdir. Muntazam ravishda
o’tkaziladigan jismoniy mashg’ulotlar bolalarning o’sish va rivojlanish jarayoniga
ijobiy ta’sir qilib, ijodiy imkoniyatlarini oshiradi.
Dasturda maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyalashning vazifalari
quyidagicha belgilanadi.
 jismoniy jihatdan baquvvat qilish;
 shaxsning ahloqiy tomondan ijodiy sifatlarini tarbiyalash;
 bolalarda maqsadga to’g’ri yo’naltirilgan harakatlarni faollashtirish uchun sharoit
yaratish;
 harakatlarning muhim hayotiy turlarini shakllantirish, yurish, yugurish, sakrash,
emaklash, o’rmalash, otish, ilib olish, suzish, velosipedda uchish, oyoq, qo’l, tana bosh
harakatlarini rivojlantirish, saflanish va qayta saflanish;
 o’yin harakatlarini kengaytirish va chuqurlashtirish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish:
chaqqonlik, epchillik, ziyraklik, irodalilik, sabr-qanoat, kuchlilik va boshqalar bilan
birga gavdani tik tutish malakasini oshirish;
 bola qomatini to’g’ri shakllantirishga ta’sir ko’rsatish va yassi oyoqlilik kasalligining
oldini olishga yordam berish;
 jismoniy mashq va o’yinlarning foydasi, asosiy gigenik talablar va qoidalar haqida
yetarli darajada tasavvur va bilimlar berish;
 faol harakatga qiziqishni tarbiyalash.
Jismoniy tarbiya dasturida har bir guruh uchun kundalik harakat tartibi ko’rsatilgan.
Bolalar jismoniy tarbiyaning asosiy mazmunini muntazam ravishda bajarishlari uchun
turli usuldagi mashqlar mavjud. Bular asosiy harakatlar (yurish, yugurish, sakrash,
irg’itish, ilib olish, emaklash, sirpanish); oyoq va tana uchun umumrivojlantiruvchi
mashqlar (turli buyumlar yordamida va ularsiz) raqs mashqlari, saflanish va qayta
saflanish, harakatli o’yinlar, turli sport o’yinlarining muhim xususiyatlarini egallash,
sport mashqlari, rolikli konkida sayr qilish, velosipedda yurish, suzish va boshqalardan
tashkil topadi.
Bolalarni xalqimizning eng buyuk an’analari ruhida tarbiyalash nihoyatda muhimdir.
O’zbek xalqi xuddi boshqa xalqlar kabi o’zining qadimiy an’anaviy o’yinlariga ega.
Ular asrlar mobaynida shakllanib va sayqal topib bizning bugungi kunimizgacha yetib
keldi. Dasturga zamonaviy harakatli o’yinlar qatoriga ana shunday o’zbek xalq milliy
o’yinlari ham kiritildi.
Shu bilan birga dasturda harakat sifatlarini rivojlantiruvchi, qomatni to’g’ri
shakllantiruvchi va yassi oyoqlilik kasalining oldini oluvchi maxsus mashqlar ham
tavsiya etiladi.
Jismoniy tarbiya bo’yicha bajariladigan ishni to’g’ri rejalashtirish va o’tkazish uni
samarali hal etishda nihoyatda muhimdir.
Kun davomida turli xildagi mashg’ulotlarni jismoniy mashq va harakatli o’yinlar bilan
qo’shib olib borilishi, bolaning to’g’ri harakatini ta’minlashiga yordam beradi.
Mashg’ulotlarda tavsiya etilayotgan dastur materiali o’tkaziladigan jismoniy
sog’lomlashtirish tadbirlari mustaqil mashqlar va o’yinlar uchun asos bo’ladi. Ta’lim
vazifasining asosi, jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida, tarbiyaviy va sog’lomlashtirish
vazifalari jismoniy sifatlarni o’stirish, bolalar organizmining ish qobiliyatini
takomillashtirish, uning ishga layoqatliligini oshirish orqali amalga oshiriladi.
Mashg’ulotlar to’g’ri tashkil etilsa, qiziqarli ibratli jihatlari oshirilsa, bolalar o’z
vaqtida dam olishlariga e’tibor berilsagina jismoniy mashqlarning samaradorligi
ortadi. Mashg’ulotda eng muhimi mashq va o’yinlarning to’g’ri taqsimlanishi, bunda
mashg’ulotning asosiy vazifasini ajrata olish lozim, uning mazmuni ko’zda tutgan
maqsadni hisobga olib, bola tanasining ma’lum qismlariga har tomonlama ta’sir
o’tkazish zarur. Shu jumladan, mashg’ulotlar unumdorligini oshirish maqsadida turli
mashqlarni bir-biri bilan bog’lash ham muhimdir.
Mashg’ulotni rejalashtirishda
harakat tartibini va takroriyligini vazifani to’g’ri
taqsimlash va bolalarni uyushtirishning eng aniq va oqilona usullari ko’zda tutiladi.
Bunga, avvalo, yetarli harakat faolligi va mashg’ulotlarning zichligini ta’minlash
orqali erishish kerak. Mashg’ulotlarni rejalashtirishda guruhning
sharoiti
mashg’ulotlar uchun zarur bo’lgan jihozlarning mavjudligi hisobga olinadi. Ochiq
havodagi mashg’ulotlar mazmuni yil fasllariga, ob-havoga muvofiq ravishda
tanlanadi. Mashg’ulotni rejalashtirish va o’tkazish usullari turlicha bo’lib, ular asosiy
harakat va o’yin mashqlari, bir qolipdagi mashg’ulotlardan tortib turli xildagi, ya’ni
harakatli o’yinlar, xalq o’yinlari, estafetalar, ochiq havoda o’tkaziladigan
mashg’ulotlarni o’z ichiga oladi.
Ertalabki badantarbiya, sayrdagi jismoniy mashq va o’yinlarni mashg’ulotlarning
o’quv materialiga muvofiqlashtirish muhim. Kunning turli paytida bolalarning harakat
faolligini hisobga olish, shunga ko’ra, harakat ko’nikma va malakalarini
takomillashtirish uchun harakat sifatlarini o’stiradigan mashqlarning turli usullari
tavsiya etiladi.
Bolalarning mustaqil faoliyati tarbiyachining bevosita rahbarligida o’tadi. U har bir
bolaning o’yin va mashqlarni erkin tanlashiga harakat qiladi.
Tarbiyachi harakat faoliyatiga mos jihozni tanlash yo’li bilan bolalarning
tashkilotchilik qobiliyatini o’sishiga yordam beradi. Tarbiyachi (maktabgacha ta’lim
muassasasida va oilada amalga oshiriladigan ) jismoniy tarbiya jarayonining ketmaketligi va uzluksizligiga alohida e’tibor qaratadi. U bu ishni rejalashtirayotganda
bolaning o’ziga xos xususiyati, rivojlanishi, salomatligi, jismoniy o’sishi, qiziqishi,
qobiliyatlari hisobga olinadi. Jismoniy tarbiya dasturida har bir guruhdagi kundalik
harakatlar belgilangan.
Harakatning shakllanishiga yordam qilish, bolaning tevarak-atrofga ko’nikishini
ta’minlash, gavdaning tik xolatini saqlashga o’rgatish.
Bolalarni mustaqil o’yinlarda harakat faolligini boshqarishga yordam berish va unga
sharoit yaratish .
Harakatli o’yinlarni o’ynashga bo’lgan ehtiyojni hosil qilish.
Bolalarni tarbiyachining ko’rsatmasiga taqlid qilgan holda harakatni tushunib,
birgalikda harakat qilishga, o’z harakatini boshqalar harakati bilan solishtirishga
o’rgatish.
Harakat yo’nalishini o’zgartirish, yurish va yugurish vaqtida harakat xarakterini
signalga bog’lab olib borish. Bolalarni sakrash, joyidan uzoqqa sakrash, ikki oyoqlab
tirmashib, yumshoq yerga tushishga o’rgatish. Bolalarni emaklash, tirmashib chiqish
va to’p bilan harakat qilish bo’yicha mashq qildirish. Bu mashqlar bajarilayotganda
bolalarning gavdani to’g’ri va tovonni mustahkamlab tutishiga e’tibor berish.
Bolalarda jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga, shuningdek, ertalabki gimnastikaga
ijobiy emotsional munosabatni uyg’otish. Tarbiyachi tomonidan tashkil qilingan o’yin
mashqlari, harakatli o’yinlarda faol ishtirok etish. Tayyorlangan predmet va
o’yinchoqlardan mustaqil o’yinlarda harakat faolligini oshirishga o’rgatish.
2-3 yoshli bolalarning rivojlanish xususiyatlari
Bu davr o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bir yoshdan ikki yoshgacha bo’lgan davr
mobaynida bolaning nutqi va o’zgalar tomonidan aytilgan so’zlarni tushunish
qobiliyatlari jadal rivojlangan bo’lsa, 2-3 yoshga kelib, o’zgalar nutqiga taqlid qilish
jarayoni boshlanadi, bola musiqa, badiiy so’z ta’siriga tez beriladi.
Shuning uchun ham unga xuddi shu davrdan boshlab she’rlar aytish hamda raqsga
tushishni o’rgatish lozim. Ularda kattalarga jo’r bo’lib qo’shiq aytish, musiqaga
muvofiq harakat qilish, ohangni his etish ko’nikmasi shakllanadi.
Bu yoshdagi bolalarni bir joyga jamlaganda ular orasida o’zaro muloqotga kirishish
ko’nikmalari shakllana boshlaydi. Ta’lim- tarbiyaviy ishlar bolalarda shakllana
boshlagan xuddi ana shu ko’nikmalarni rivojlantirishga va ularni malakalarga
aylantirishga yo’naltirilmog’i lozim.
Chiniqtirish va sog’lomlashtirish.
Ertalabki badantarbiya. Har kuni ertalab badantarbiya qilish, harakatlarni
namunaga muvofiq bajarish. Badantarbiyani ochiq havoda, yengil kiyimda bajarish.
Ertalabki badantarbiya mashqlarini suv muolajalari bilan tugallash (kattalar
ko’magida).
Chiniqtirish. Yozda ochiq havoda iloji boricha ko’proq bo’lish. Kattalar nazorati
ostida kichik ochiq suv havzasida (basseynda) cho’milish (gigiena talablariga amal
qilgan holda).
Qomatni to’g’ri tutish. Kattalarning nazorati ostida jismoniy mashqlarni muntazam
bajarish. To’g’ri qomatni shakllantirish, yassitovonlilikning oldini olishga imkon
beradigan mushaklar guruhini shakllantirish.
Harakatlantiruvchi tartib. Har kungi sayrlarda ishtirok etish. Harakatli o’yinlarda
o’yinchoqlar va jismoniy mashqlarda sport anjomlari bilan faol ishtirok etishga
harakat qilish.
3-4 yoshli bolalarning chiniqtirish va sog’lomlashtirish.
Ertalabki badantarbiya. Bolalarni ertalabki badantarbiya vaqtida 4-5 daqiqa
davomida o’yin xarakteridagi mashqlarni bajarishga odatlantirish maqsadga
muvofiqdir. Tarbiyachiga taqlid qilib birgalikda harakat qilish ko’nikmasini o’stirish,
harakatli o’yinlarda ishtirok etishga hamda o’yin topshiriqlarini bajarishga o’rgatib
borish nazarda tutiladi.
 har kuni ertalab badantarbiya qilish.
 harakatlarni namunaga muvofiq bajarish.
 badantarbiyani ochiq havoda, yengil kiyimda bajarish.
 ertalabki badantarbiya mashqlarini suv muolajalari
bilan tugallash (kattalar
ko’magida). Ertalabki badantarbiya mashqlarini aniq va izchil bajarish.
Chiniqtirish. Bunda havo, quyosh, suvdan foydalangan holda chiniqtirish tadbirlari
amalga oshiriladi. Quyoshda chiniqtirish asosan ertalabki sayr vaqtida bolalarning
turli faoliyatlari jarayonida amalga oshiriladi. Quyoshda dastlab kun davomida 5
daqiqadan to 10 daqiqagacha bo’lishlari, so’ng, asta sekin 40-50 daqiqagacha
ko’paytirishlari mumkin.
Bolalarni yuz qo’llarini mustaqil yuvishga odatlantirish, suvni sachratmaslik,
sovundan to’g’ri foydalanish, badanini xo’l sochiqda artish, yoz oylarida ochiq
havoda iloji boricha ko’proq bo’lish, cho’milishga, dushdan foydalanishga o’rgatish.
Ochiq suv havzasida (basseynda) cho’milish (gigiyena talablariga amal qilgan holda).
Cho’milish davomiyligi 3-6 daqiqa. Cho’milish ertalabki sayrdan so’ng tushlikdan
oldin o’tkaziladi.
Qomatni to’g’ri tutish. Kattalarning nazorati ostida jismoniy mashqlarni muntazam
bajarish. To’g’ri qomatni shakllantirish, yassitovonlilikning oldini olishga imkon
beradigan mushaklar guruhini shakllantirish. Mashg’ulotlarda, bir oz oldinga
engashib, to’g’ri o’tirish, boshni haddan tashqari quyi solmaslik, ko’krak bilan stol
chetlariga suyanmaslik, oyoqlarni to’g’ri yoki o’tmas burchak ostida bukib o’tirish.
Harakatlantiruvchi tartib. Har kungi sayrlarda ishtirok etish. Harakatli o’yinlarda
o’yinchoqlar va jismoniy mashqlarda sport anjomlari bilan faol ishtirok etish.
Harakatli o’yinlar.
Yurish va yugurishga oid o’yinlar. “Qo’g’irchoqlarnikiga mehmonga ”,
“Yo’lakchadan, tayoqchadan hatlab o’t”, “Meni quvib yeting”, “Chumchuqlar va
avtomobil”, “Buyumni olib kel”, “Qushlar uchmoqda “ kabilar.
Emaklab o’ynaladigan o’yinlar. “Shaqildoqqacha emaklab bor”, “Maymunchalar”,
“Darbozaga tushur”
Irg’itish va ilib olish. “To’pni ilib ol darbozaga kirgiz”, “Savatchaga tashla, menga
irg’it” kabilar
Sakrab o’ynaladigan o’yinlar.
“Mening sho’x koptogim”, “Oq quyonim”,
“Ariqchadan sakrab o’t” kabilar.
4-5 yosh bolalarning rivojlanish xususiyalari.
Bola to’rt yoshga yetgach, uning jismoniy o’sishi bir muncha jadallashadi, bu davr
mobaynida bo’yi 105-108 sm gacha o’sadi, og’irligi esa 18-19 kg bo’ladi. Bu davrda
bolaning miyasi tez rivojlanadi. Katta yarim sharlar po’stlog’ining faoliyati
takomillashib boradi. Boladagi asosiy harakatlarning rivojlanishida jiddiy- sifat
o’zgarishlar sodir bo’ladi, ularni bajarishda tabiiylik ortib boradi, bolalarda qiyoslash
ko’nikmasi shakllanadi. Bu yoshdagi bolalarning nutqi ravon, xotirasi ancha teran,
mustaqil fikrlash darajasi bir qadar rivojlangan bo’ladi. Barcha harakat va faoliyatlarni
o’zi mustaqil bajarishga intiladi. Bu yoshda bola nihoyatda serharakat, o’yinqaroq,
o’ta qiziquvchan bo’ladi. U har qanday tadbirga bajonidil qatnashadi. Shuning uchun
ham ularni to’g’ri ovqatlantirish, o’z vaqtida uxlatish, salomatligini muhofaza qilish,
ruhiy holatini nazorat qilib borish, quvnoq kayfiyatda bo’lishini ta’minlash muhim
ahamiyatga ega. Ular bilan olib boriladigan mashg’ulotlarning mazmunini xuddi mana
shunga yo’naltirish maqsadga muvofiqdir.
Chiniqtish va sog’lomlashtirish.
Sog’lomlashtirish ishlari. Ertalabki badantarbiya vaqtida bolalarni yurish, sakrash
hamda qo’l va oyoq gavdaga mo’ljallangan mashqlarni faol bajarishga odatlantirish.
Sayr vaqtidagi harakatli o’yinlar davomida jismoniy tarbiya bo’yicha o’rgangan o’yin
qoidalariga rioya etishga undash, turli guruhlardagi rollarni bajarish ko’nikmalarini
o’stirish. Faslga qarab velosiped haydash, rolikli konki, chana uchish, milliy
kurashning ayrim usullarini o’rganish.
O’quv yili oxirida bolalar gavdani tik holda tutib, erkin yurish va yugurish gimnastika
devoriga chiqib tushishni hamda o’z ixtiyori bilan harakatli mashqlarni bajarishni
qo’llab-quvvatlash.
Har xil usullarda qo’l barmoqlari, tizza va oyoq panjalari, tovon va kaft, qorin
kabilarda emaklashni, turgan joyda sakrash, yerga yengil tushish, turgan joyda 70 sm
gacha sakrash, yerga chizilgan chiziq ustidan muvozanatni saqlagan holda chiziqdan
chiqmay yurish, safga bittadan, juft-juft bo’lib, tekis saflanishni hamda fazoda
chamalashni, ikki g’ildirakli velosiped uchish, o’ng va chapga burilishni bilishlari
kerak.
Ertalabki badantarbiya. Har kuni kattalar nazoratida badantarbiya mashqlarini
xonada, darchalarni ochib qo’ygan holda bajarish. Ochiq havoda esa sport kiyimida
bajarish. Qo’l, oyoq, gavda uchun mashqlarni aniq va izchillik bilan bajarish, qomatni
to’g’ri tutish.
Chiniqtirish. Har kuni ertalab badantarbiya mashqlarini bajarish, har qanday obhavoda ham harakatli o’yinlar o’ynash. Uyquga yotishdan oldin xonani shamollatish.
Har kuni oyoqlarni yuvish, sekin – asta suv haroratini pasaytirib borish. Xona
haroratidagi suvda ho’llangan gubka yoki paxmoq qo’lqop bilan dastlab qo’llarni,
keyin oyoqlarni, ko’krakni, qorin va orqani teskari yo’nalishda teri qizarguncha artish.
Suv haroratini har kuni
1 haroratdan pasaytirib borish.
Qomatni to’g’ri tutish. Qomat o’zgarishining oldini olishga yordam beruvchi
jismoniy mashqlarni muntazam ravishda
bajarish (“qayiqcha”, “mushuk”,
“velosiped”, “beshik”). Stol atrofida o’tirganda, uyqu vaqtida gavdani to’g’ri tutish.
Qo’lni ikki yonda tutish, bosh bir muncha ko’tarilgan holda oldinga qarash.
Harakatlantiruvchi tartib. Har kuni ertalab badantarbiya mashqlarini bajarish, to’p,
arqon, badminton o’ynash. Har kungi sayrlarda qatnashish, o’z tashabbusi bilan
harakatlantiruvchi amallarni bajarish. Harakatli o’yinlar va mashqlarda faol qatnashish.
Mas’uliyatli rolni bajarish, o’yin qoidalariga bo’ysunish, tezkorlikni, epchillikni
rivojlantirish. Bir necha harakatli o’yinlarning mazmuni va qoidalarini bilish, ularni
tashkil eta olish.
5-6 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari
Bu davrda bolaning bo’yi bu davrda 7-8 sm ga o’sadi. Uning oyoqlari gavdasiga
nisbatan tezroq rivojlanadi, og’irligi 20-22 kg ni tashkil etadi. Bolalarning umurtqa
suyaklari qotmaganligi tufayli tez qiyshayib qolishi mumkin. Shuning uchun ham
suyaklarning to’g’ri o’sishini ta’minlashga alohida e’tibor berish kerak. Ularning
yuragi chaqaloq yuragiga nisbatan 4-5 barobar kattalashgan, biroq muskullari hali
yetarli darajada mustahkamlanmagan bo’ladi. Olti yoshga yetganda miya
po’stlog’ining asab katakchalari rivojlanib, og’irligi va tashqi ko’rinishidan
kattalarnikiga yaqinlashadi. Shuning uchun ham bolaning asablariga juda ehtiyotkorlik
bilan munosabatda bo’lish talab etiladi. Uning talaffuzi aniq, nutqi ravon bo’lishini
ta’minlash kerak. Bolaning bu faoliyatida nuqson bo’lgan taqdirda uning oldini olish
choralarini ko’rish lozim. Bu yoshdagi bolalarning so’z boyligining rivojlanishiga
alohida e’tibor berish lozim. Ularning nutqidagi so’zlar bolaning fikr ifodalash
ehtiyojlarini to’la qondirishi kerak. Bu davrda bolalarning matematik tafakkuri,
hisoblash ko’nikmalari rivojlanishi lozim. Dastlabki iqtisodiy tushunchalarga ehtiyoj
seziladi. Bolaning faraz qilish qobiliyatini jadal rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish
maqsadga muvofiqdir.
Chiqtirish va sog’lomlashtirish.
Ertalabki gigienik badantarbiya mashqlari. Har kuni kattalar nazoratida ertalabki
badantarbiya mashqlarini bajarish. Badantarbiya mashqlarini ochiq havoda gilamcha
ustida, yengil kiyimda predmetlar bilan va ularsiz bajarish, mashqlarni suv muolajalari
bilan tugallash. Muayyan izchillikda, aniq, shiddat bilan muskullarni tarang holga
keltirish, mashqlarni, qomatni to’g’ri tutgan holda bajarish.
Chiniqtirish. Xonada yengil kiyimda bo’lish, derazaning kichik darchasini ochib
qo’yish. Ertalabki badantarbiya mashqlarini har kuni, har qanday havoda bajarish.
Kiyim va poyafzalni mavsumga va mashq turiga muvofiq tanlash. Yuz, bo’yin, qo’lni
tirsakkacha sovuq suv bilan yuvish. Badantarbiyadan so’ng darhol gubka yoki uy
haroratdagi suvda ho’llangan kichikroq paxmoq sochiq bilan tana a’zolarini artish:
avval qo’llarni, keyin badanni quruq sochiq bilan tana qizarguncha, tezda quruq qilib
artish. Faqat kattalarning ruxsati bilan cho’milish, kattalarning nazorati ostida
cho’milishning asosiy qoidalariga rioya qilish. Yalangoyoq yurganda oyoqni
shikastlantirish xavfi yo’q joylarda yurish. Chiniqtirish qoidalarini ongli ravishda
bajarish.
Qomatni to’g’ri tutish ko’nikmasini tarbiyalash. Ertalabki badantarbiya
mashqlarini muntazam ravishda bajarib turish. Badantarbiya mashqlari tarkibiga
to’g’ri qomatni shakllantiradigan, yassitovonlilikning oldini oladigan mashqlarni
kiritish (kattalar bilan birgalikda). To’g’ri qomatni mustaqil nazorat qilib borish
qoidalariga rioya qilish: orqa bilan devorga suyanib, tik turish, devorga yelkani
tekkizib turish, yurishda ana shunday holatni saqlash.
Harakat tartibi. Uzoq davom etadigan sayrlar va ekskursiyalarda ishtirok etish.
Badantarbiya daqiqalarini bajarish. Harakatli o’yinlarda faol qatnashish.
Mashg’ulotlardan tashqari harakatli o’yinlar o’ynash.
Harakatli o’yinlar.
Yugurib o’ynaladigan o’yinlar: “Quvlashmachoq”, “G’ozlar”, “Ayyor tulki”,
“Quyon uychasi”, “Oq terakmi – ko’k terak ”
Sakrash o’yinlari: “Nima baland”, “Yerda turma”, “Sakraydi-sakramaydi?”
Emaklashga oid o’yinlar: “Bayroqchaga kim birinchi yetadi”, “O’t o’chiruvchilar”
Irg’itishga doir o’yinlar: “Ovchilar va quyonlar”, “Xalqaga tushir”, “Koptokni urib
chiqar”, “Chillak”
O’yin estafetalar: “Nishonni mo’ljalga ol”, “To’siqli yo’lakcha”
Ermak o’yinlar: o’zbek xalq o’yinlari
Sport o’yinlari Basketbol, badmenton, futbol , xokkey.
6-7 yoshli bolalarda chiniqtirish va sog’lomlashtirish.
Ertalabki gigiyenik badantarbiya mashqlari. Har kuni ertalabki badantarbiya
mashqlarini bajarish. Badantarbiya mashqlarini ochiq havoda gilamcha ustida, yengil
kiymda buyumlar bilan va ularsiz bajarish, mashqlarni suv muolajalari bilan tugallash.
Muayyan izchillikda, aniq, shiddat bilan muskullarni tarang holga keltirish,
mashqlarni, qomatni to’g’ri tutgan holda bajarish.
Chiniqtirish. Xonada yengil kiyimda bo’lish, derazaning kichik darchasini ochib
qo’yish. Ertalabki badantarbiya mashqlarini har kuni, har qanday havoda bajarish.
Kiyim va poyafzalni mavsumga va mashq turiga muvofiq tanlash. Yuz, bo’yinni,
qo’lni tirsakkacha sovuq suv bilan yuvish. Badantarbiyadan so’ng darhol gubka yoki
uy haroratdagi suvda ho’llangan kichikroq paxmoq sochiq bilan tana a’zolarini artish,
avval qo’llarni, keyin badanni quruq sochiq bilan tana qizarguncha, tezda quruq qilib
artish. Faqat kattalarning ruxsati bilan cho’milish, kattalarning nazorati ostida
cho’milishning asosiy qoidalariga rioya qilish. Yalangoyoq yurganda oyoqni
shikastlantirish xavfi yo’q joylarda yurish. Chiniqtirish qoidalarini ongli ravishda
bajarish.
Qomatni to’g’ri tutish ko’nikmasini tarbiyalash.
Ertalabki badantarbiya
mashqlarini muntazam ravishda bajarib turish. Badantarbiya mashqlari tarkibiga
to’g’ri qomatni shakllantiradigan, yassitovonlilikning oldini oladigan mashqlarni
kiritish (kattalar bilan birgalikda). To’g’ri qomatni mustaqil nazorat qilib borish
qoidalariga rioya qilish, orqa bilan devorga suyanib, tik turish, devorga yelkani
tekkizib turish, yurishda ana shunday holatni saqlash.
Harakat tartibi. Uzoq davom etadigan sayrlar va ekskursiyalarda ishtirok etish.
Badantarbiya daqiqalarini bajarish. Harakatli o’yinlarda faol qatnashish.
Mashg’ulotlardan tashqari harakatli o’yinlar o’ynash.
Ochiq havodagi sport o’yinlari. Yugurib o’ynaladigan o’yinlar: “Tez ol, tez sol”,
“Predmetni almashtir”,“Boyqush”, “Kimning zvenosi tezroq to’planadi”, “O’z
sherigingni quvlab yet”, “Ko’z boylash”, “Xalqani kim tezroq g’ildiratib boradi?”
v.b.
Sakrab o’ynaladigan o’yinlar “Qurbaqa va qarqara”, “Qo’lga tushma”, “Bo’ri
xandaqda”
Irg’itib ilib olish o’yinlari “Kimning nomi aytilsa, o’sha koptokni ilib oladi”,
“To’xta”, “Eng mergan kim”, “Ovchilar va hayvonlar”
Ostidan o’tish va tirmashib chiqish o’yinlari: “Qushlarning uchib o’tishi”,
“Maymunlarni tutish”.
Ermak o’yinlar
“Ko’z boylash”, “Shnurni kim tezroq o’rab oladi?” “Quyonni
ovqatlantir”
O’zbek xalq o’yinlari: “Yerdan baland”, “Meni top”, “Qumli xaltachani chuqurga
tushir”, “Xo’rozlar”
Mavzu yuzasida savollar
1. Kichik guruhlarga xos bo’lgan xususiyatlarini belgilang?
2. Velosiped haydash necha yoshdan boshlanadi?
3. Xalq ta’limi vazirligining nechanchi sonli buyrug’ida asosan tarbiyachilar ish hujjati
yangilandi va ish hujjati nechtadan iborat bo’ldi?
4. Ertalabki soat necha qismdan iborat bo’ladi?
5. “Maktabgacha ta’limga qo’yiladigan Davlat talablari” asosida bolalar rivojlanishining
ko’rsatkich tahlili qachon o’tkaziladi ?
FOYDALANILGAN MANBALAR
1.K.D.Yarashev “ Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish” Toshkent Sino- 2002 yil
2.“ Maktabgacha ta’lim muasasalarida ta’lim – tarbiya jarayonini rejalashtirish”
mmxqtmoro’mm Toshkent – 2011
3.“Jismoniy tarbiya metodikasi” N.N.Jamilova.Toshkent- 2003yil
4.“ Maktabgacha tarbiya pedagogikasi” P.G.Samarukova Toshkent-1991 yil
5.“Interfaol o’qitish metodikasi” MMXQTMORO’MM.Toshkent-2009 yil.
6.“Bolajon” tayanch dasturi.2010y.
7.Maktabgacha ta’limga qo’yilgan Davlat talablari.2013 y.
Mavzu: Pedagogik texnologiya tushunchasi, uning ta’riflari va
metodikadan farqi.Pedagogik texnologiya turlari.
(2 ma’ruza)
Dars loyihasini ishlab chiqish (darsning texnologik xaritasi)
Mavzu
Pedagogik texnologiya tushunchasi, uning ta’riflari va metodikadan
farqi.
Darsning
Dars jarayonida tinglovchilarga pedagogik texnologiya va uning
maqsadi
va metodikadan farqli jihatlarini tinglovchiga yetkazib berish.
vazifalari
Dars mazmuni Pedagogik texnologiya tushunchasi, uning ta’riflari va metodikadan
farqi. Pedagogik texnologiya ta’rifi haqida. Pedagogik texnologiya
tushunchasining kelib chiqishi, uning sabalari, unga bo’lgan
ehtiyojlar.
O’quv fani va uni o’qitishning o’ziga xos hususiyatlariga muvofiq
bo’lgan pedagogik texnologiyani tanlash.
Pedagogik texnologiyaning rivojlanish omillari.
O’quv
Shakl:savol-javob, suhbat,
jarayonini
Metod:Klaster
tashkil
etish Vosita: video proektor, (didaktik) tarqatma materiallar,test savollari,
texnologiyasi
A-4 format qog’ozi, marker, darslik, ko’rgazma qurollar.
Usul:og’zaki, yozma, ko’rgazmali, taqdimot.
Nazorat: test savollari va javoblari.
Baholash: individual baholash, o’z o’zini baholash, guruh ishini
baholash.
Kutiladigan
O’qituvchi
Tinglovchi
natijalar:

Yangi nazariy bilimlar Yangi nazariy bilimlar olishadi.
beradi.
 Axborot izlash, to’plash va

Dars
jarayonini foydalanish
ko’nikmalari
maqsadli
va shakllanadi.
oqilona boshqaradi.
Tinglovchilarga
pedagogik
Tinglovchilarga
texnologiya tushunchasini beradi.
pedagogik
 Mustahkamlaydi va o’z o’zini
texnologiya
tushunchasini baholaydi
hamda
o’zgalar
beradi.
faoliyatini tahlil qiladi.
Tinglovchilarga pedagogik  Yakka tartibda va kichik guruhda
texnologiya
tushunchasi va ishlash ko’nikmasi hosil bo’ladi.
uning ta’riflarni slayd orqali  Olingan bilimlarni tizimli bayon
tushuntiradi.
etadi.
Qisqa vaqt ichida ko’p  Tinglovchilarda
pedagogik
Kelgusidagi
rejalar:
ma’lumot
to’plashga
yo’naltiradi.
Tinglovchilarga
pedagogik
texnologiya
tushunchasi uning ta’riflari
metodikadan
farqini
tinglovchilar klaster metodi
orqali bajarishadi.
Tinglovchilarda
pedagogik
texnologiya faniga qiziqish
uyg’otadi.
O’z ustida ishlash. Mavzuni
hayot
bilan
bog’lash.
Pedagogik mahoratni oshirish.
Yangi
pedagogik
texnologiyani
takomillashtirish.
texnologiya
faniga
qiziqish
uyg’onadi ijobiy munosabatlari
rivojlanadi.
O’z fikrini ravon bayon qiladi.
Mavzu
asosida
qo’shimcha
materiallar topadi, ularni o’rganadi.
Guruh fikrini tahlil qilib, bir
yechimga kelish malakasini hosil
qiladi.
1. Pedagogik texnologiya tushunchasi haqida.
O’tgan yillarimizga nazar tashlab, ularni sarhisob qilsak, mustaqilligimiz sharofatini
yanada chuqurroq anglaymiz. Biz ta’limda butunlay yangilanish, yangi jarayonga tom
ma’noda o’tish va unga moslashish davrini boshimizdan kechirmoqdamiz. «Ta’lim
to’g’risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» bizga eski usullardan voz
kechib ta’limning har bir qirrasigacha qayta qurish imkonini bergan bo’lsa, «2004-2009
yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi» esa qo’lga kiritilgan
imkoniyatlarni: takomillashgan davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari, davlat talablari,
yangi o’quv darsliklarini har tomonlama zamon talablariga mos jihozlangan maktablarda,
zamonaviy o’quv xonalarida amaliyotga joriy etish imkoniyatlarini keng ochib berdi.
Yangilangan ta’limda o’quvchining yuragidagi cho’g’ni alanga oldirish, uni har
tomonlama rivojlantirib, bilimdan-bilimga yetaklab olib chiqish uchun zamonaviy darslar
zarurdir.
Hozirgi paytda pedagogika fanida pedagogik texnologiyalar, ta’lim texnologiyasi,
o’qitish texnologiyasi iboralari tez-tez tilga olinmoqda. Bugungi kungacha pedagogik
adabiyotlarda, ta’lim muammolariga oid ma’ruzalar, rasmiy hujjatlarda «yangi pedagogik
texnologiya», «ilg’or pedagogik texnologiya», «zamonaviy ta’lim texnologiyasi» ga oid
tushunchalari hali ham bir qolipga tushirilmagan, entsiklapediyalarda izohlanganicha yo’q,
uning mazmunini yagona talqini ishlab chiqilmagan va shuning uchun iboraning bir-biridan
farqlanuvchi ko’pgina ta’riflari mavjud.
Pedagogik texnologiya - shunday bilimlar sohasiki, ular vositasida uchinchi ming
yillikda davlatning ta’lim sohasidagi siyosatida tub burilish yuz beradi, o’qituvchi faoliyati
yangilanadi, o’quvchi va talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehrmuhabbat, isonparvarlik tuyg’ulari tizimi shakllantiriladi.
Ma’lumotlilik asosida yotuvchi bosh g’oya ham tabiat va inson uzviyligini anglab
yetadigan avtoritar va soxta tafakkur yuritish usulidan voz kechgan, sabr-bardoshli,
qanoatli, o’zgalar fikrini hurmatlaydigan, milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar kabi
shaxsiy sifatlarni shakllantirishni ko’zda tutgan insonparvarlik hisoblanadi. Bu
masalaning yechimi qaysidir darajada ta’limni texnologiyalashtirish bilan bog’liqdir.
Dastlab "texnologiya" tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so’z texnikaviy taraqqiyot
bilan bog’liq holda fanga 1872-yilda kirib keldi va yunoncha ikki so’zdan - "texnos"
(techne) - san’at, mahorat, hunar va "logos" (logos) - fan so’zlaridan tashkil topib
"hunar fani" ma’nosini anglatadi. Biroq, bu ifoda ham, zamonaviy texnologik jarayonni
to’liq tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayon, har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan
foydalangan holda, operatsiyalarning muayyan ketma-ketlikda bajarilishni ko’zda tutadi.
Aniqroq aytadigan bo’lsak, texnologik jarayon - bu mehnat qurollari bilan mehnat
ob’ektlari (xom ashyo)ga bosqichma-bosqich ta’sir etish natijasida mahsulot yaratish
borasidagi ishchi (ishchi mashina)ning faoliyatidir. Ana shu ta’rifni tadqiqot mavzusiga
o’giradigan bo’lsak, ya’ni: Pedagogik texnologiya - bu o’qituvchi (tarbiyachi)ning ta’limtarbiya vositalari yordamida o’quvchi (talaba)larga muayyan sharoitda ta’sir ko’rsatishi va
bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxsiy sifatlarni
shakllantirish jarayonidir.
Yuqorida keltirilgan ta’rifdan ko’rinib turibdiki, pedagogik texnologiya tushunchasini
izohlashda texnologiya jarayoni asos qilib olindi. Aslini olganda ham, bu tushunchaga
berilgan ta’riflar pedagogik adabiyotlarda nihoyatda ko’pdir. Pedagogik adabiyotlarda
"texnologiya" atamasining xilma-xil ko’rinishlarini uchratish mumkin: "o’qitish
texnologiyasi", "ta’limli texnologiya", "ma’lumot texnologiyasi", "o’quv jarayoni
texnologiyasi" va hokazo. O’qitish texnologiyasi pedagogik texnologiyaga yaqin
tushuncha bo’lsa-da, aynan o’xshash ma’noni anglatmaydi, chunki u ma’lum predmet,
mavzu va savollar doirasidagi aniq o’quv materialini o’zlashtirish yo’lini muayyan
texnologiya atrofida ifoda etadi. U ko’proq xususiy metodika bilan bir qatorda turadi.
Pedagogik texnologiya esa ma’lumot texnologiyasini joriy etish taktikasini ifodalaydi
va "o’qituvchi - pedagogik jarayon o’quvchi (talaba)" funksional tizim qonuniyatlariga
tegishli bilimlar asosida quriladi.
Alohida qayt etib o’tish joizki, ayni vaqtda ta’lim texnologiyasi tushunchasini
mantiqiy-g’oyaviy jihatdan izohlash borasida yagona fikr mavjud emas. Pedagogik
adabiyotlarda 300 dan ortiq ta’riflar berilgan.
Yuqorida qayd etilganidek, pedagogik texnologiya nazariyasi o’tgan asrning ikkinchi
yarmidan boshlab asoslanib kelinayotgan bo’lsa-da, aynan “pedagogik texnologiya”
tushunchasiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. Xususan pedagog olim V.P.Bespalko
pedagogik texnologiyani “amaliyotga tatbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi”
deya ta’riflaydi hamda asosiy diqqatni o’quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga
qaratadi. N.F.Talzina esa pedagogik texnologiyaning “fan va amaliyot oralig’ida muayyan
tamoyillarni olg’a suruvchi metodlar ishlab chiqaruvchi, ularni izchil qo’llash kabi
masalalarni hal etishga yo’naltirilgan mustaqil fan” bo’lishi lozimligini qayd etadi va
hokazo.
2. Pedagogik texnologiyaning ta’riflari.
Hozirgi ta’lim-tarbiya sohasida keng rivojlanib borayotgan yo’nalishlardan biri
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llashdan iborat. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya
jarayoni katta avlod tomonidan o’z bilim va tajribalarini o’sib kelayotgan avlodga
o’rgatishdan iborat bo’lib, bu jarayonda asosan inson hayoti uchun zarur axborotlarni
avloddan avlodga uzatish amalga oshiriladi.
Pedagogik texnologiyaning har turli ta’riflari mavjud bo’lib, har bir ta’rif ma’lum
nuqtai nazardan yondashishni ifodalaydi. Ayrim asosiy ta’riflar va ularning sharxlarini
ko’rib chiqamiz.
Pedagogik texologiya-barkamol insonni shakllantirish faoliyati.
Texnologiya – biror ishda, mahoratda, san’atda qo’llaniladigan usullar, yo’llar
yig’indisi (Izohli lug’at).
Texnologiya – ishlov berish, ahvolni o’zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati,
metodlar yig’indisi (V.M.SHepel).
Pedagogik texnologiya – o’qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari,
yo’llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig’indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni
belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi: u pedagogik jarayonning
tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat (B.T.Lixachev).
Pedagogik texnologiya-o’qituvchi mahoratiga bog’liq bo’lmagan xolda pedagogik
muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o’quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir
(V.B.Bespalьko).
Pedagogik texnologiya-ta’limning rejalashtiriladigan natijalariga erishish jarayoni
tafsiloti (I.P.Volkov)
Pedagogik texnologiya-o’quv jarayonining o’quvchilar va o’qituvchi uchun so’zsiz
qulay sharoitlar ta’minlashni loyihalash, tashkil qilish va o’tkazish bo’yicha hamma
detallari o’ylab chiqilgan birgalikdagi pedagogik faoliyat modeli (V.M.Monaxov).
Pedagogik texnologiya-texnika resurslari, odamlar va ularning o’zaro ta’sirini
hisobga olgan holda ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo’yuvchi o’qitish va
bilimlarni o’zlashtirishning xamma jarayonlarini yaratish, qo’llash va aniqlashning tizimli
metodi (YuNESKO).
Pedagogik texnologiya-bu o’qitishga o’ziga xos yangicha (innovatsion)
yondoshuvdir. U pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalashi, texnokatik
ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko’chirilgan tasviri, ta’lim jarayoning muayyan
standartlashuvi hisoblanadi (B.L.Farberman).
O’qituvchining o’qitish (tarbiya) vositalari yordamida o’quvchilarga muayyan sharoit
va izchillikda ta’sir ko’rsatish hamda mazkur faoliyatning mahsuli sifatida ularda oldindan
belgilangan sifatlarni shakllantirish jarayoni (N.Saidahmedov).
Yuqorida keltirilgan ayrim ta’riflarning o’zaro har xilligidan ko’rinadiki, pedagogik
texnologiya tushunchasi ko’p qirrali bo’lib, unga pedagogik, psixologik, didaktik, tashkiliy,
iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa nuqtai nazalardan yondashish mumkin.
Pedagogik texnologiya-axborotlarni o’zlashtirish, ulardan amalda foydalanish,
ulardagi yangi ma’no-mazmunlarni hamda axborotlar orasidagi turli bog’liqliklarni ochish
orqali yangi axborotlar yaratishga o’rgatish jarayonidan iborat.
Pedagogik texnologiya-ta’lim metodlari, usullari, yo’llari hamda tarbiyaviy
vositalar yig’indisi: u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalari majmuidir.
Pedagogik texnologiya-ma’lumotlarni o’zlashtirish uchun qulay shakl va usulda
uzatish va o’zlashtirish jarayonidan iborat.
Demak, pedagogik texnologiya-insonga (ta’lim-tarbiya oluvchiga) oldindan
belgilangan maqsad bo’yicha ta’sir o’tkazish faoliyatidan iborat.
Pedagogik texnologiya o’quvchini mustaqil o’qishga, bilim olishga, fikrlashga
o’rgatishni kafolatlaydigan jarayondir.
Xulosa. Pedagogik texnologiya jarayonida o’qituvchi rahbarligida o’quvchi
mustaqil ravishda bilim oladi, o’rganadi, o’zlashtiradi.
Bu faoliyatni amalga oshirish uni tashkil qilish, olib borish, takomillashtirish, tahlil
qilish, tadqiq qilish, qiyoslash, umumlashtirish, xulosa chiqarish, boshqarish, nazorat,
baholash kabi jarayonlarni o’z ichiga oladi.
3. Pedagogik texnologiyaning rivojlanish tarixi.
Pedagogika fani tarixidan ko’rinib turibdiki o’qitish va kadrlar tayyorlashning yanada
mukammal metodlarini va usullarini izlash doimiy davom etib kelgan.
O’qitish - bu jamiyat taraqqiyoti uchun samarali pedagogning faoliyati yakunlanishi
bilan darhol ko’rinmasa ham har qanday boshqa faoliyat kabi ishlab chiqarish faoliyatidir.
Jamiyat tarixida iqtisodiy davrlar faqatgina nimalar ishlab chiqarilishi, kim
tomonidan qancha ishlab chiqarilishi, mehnatning qaysi vositalari bilan ishlab chiqarilishiga
qarab farq qilmaydi.
Ana shu nuqtai nazardan biz ijtimoiy tarixda mavjud bo’lgan “pedagogik rivojlanish
davr” larni ko’rib chiqamiz.
I. Individual pedagog, qo’l bilan ishlaydigan pedagogning pedagogik faoliyati davri
(qadimgi davrlardan boshlab XVII asrgacha);
II. Yozuv kitobi davri (XVII asrdan hozirgi davrgacha);
III. Audiovizual vositalar davri (XX asrning 50 yillari);
IV. O’qitishni boshqarishni avtomatlashtirish oddiy vositalari davri (XX asrning
70 yillari);
V. Zamonaviy hisoblash mashinalari asosida ta’limni boshqarishni
avtomatlashtirishda adaptiv vositalar davri (XX asr oxiri komp’yuterda o’qitish).
Dastlab XX asrning 20 yillarida “Pedagogik texnologiya” termini birinchi bor
pedagogika bo’yicha asrlarda tilga olingan. Shu vaqtning o’zida yana bir boshqa –
“pedagogik texnika” termini ham tarqaldi. U pedagogik entsiklopediyada 30 yillarda o’quv
mashg’ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga qaratilgan uslublar va vositalar sifatida
ifodalangan.
Bu tushuncha 1940 yillardan 50-yillar o’rtasigacha “ta’lim texnologiyasi” deb
qo’llanilib, o’quv jarayonida audiovizual texnika vositalaridan foydalanishni ifoda
qilgan.
60- yillar o’rtalarida bu tushunchaning mazmuni chet ellarda pedagogik nashrlarda va
xalqaro konferensiyalarda keng muhokama etildi, natijada ushbu sohada turli
mamlakatlarda (AQSH, Angliya, Yaponiya, Frantsiya, Italiya, Vengriya) uni talqin
qilishning ikki yo’nalishi belgilandi.
Birinchi yo’nalish tarafdorlari texnik vositalar va dasturlashtirilgan o’qitish
vositalarini qo’llash zarurligini ta’kidladilar.
Ikkinchi yo’nalish tarafdorlari esa o’quv jarayonini tashkil etish samaradorligini
oshirish va pedagogik g’oyalarni texnikaning keskin rivojlanishidan ortda qolishini
yo’qotishni muhim deb hisobladilar. Shunday qilib 1-yo’nalish “o’qitishda texnik
vositalar” sifatida belgilandi, 2-yo’nalish “o’qitish texnologiyasi” yoki “o’quv jarayoni
texnologiyasi” sifatida belgilandi.
70-yillarning boshlarida turli xildagi uskunalarini va o’quv vositalarini
modernizatsiyalashtirish zarurligi anglab yetildi. Bularsiz o’qitishning sifatliligi va
samaradorliligiga erishib bo’lmas edi. Keyinchalik bu muammo bilan ixtisoslashtirilgan
tashkilotlar va markazlar shug’ullana boshladi.
AQSHda 1971 yil – “Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar bo’yicha
AQSH Assotsiatsiyasi ” tuzildi. Hozirgi kunda mamlakat bo’ylab va Kanadada bu
kengashning
50 ta filiallari ish olib bormoqda. AQSHda 1961 yilda “Pedagogik
texnologiya” jurnali (Educational Technology), 1971 yilda esa – “Audiovizual o’qitish”
jurnali nashr etila boshlandi.
Angliyada 1967 yil – Pedagogik texnologiya bo’yicha Milliy kengash, 1964 yildan
boshlab “Pedaogik texnologiya va o’qitishni dasturlashtirish” jurnalini, 1971 yilda
“Pedagogik texnologiya” jurnalini nashr eta boshladi.
Yaponiyada - Pedagogik texnologiyalar muammolari bilan 4 ta ilmiy tashkilotlar
shug’ullanadi. 1967 yilda “Pedagogik texnologiyalar bo’yicha Milliy kengash” tashkil
etildi, uning filiallari 22 ta davlat universitetlarida joylashtirilgan. 1965 yildan boshlab
Yapon tilida har uch oyda “Pedagogik texnologiya” jurnali va ingliz tilida yiliga ikki marta
“Pedagogik texnologiyalar sohasida tadqiqotlar” jurnali nashr etildi. Yaqinda “Pedagogik
texnologiyalar bo’yicha umumyapon Markaziy kengashi” tashkil etildi, u muammolar
bo’yicha xalqaro aloqalar o’rnatish bilan ham shug’ullanadi.
Italiyada – 1971 yili pedagogik texnologiyalar bo’yicha Milliy markaz tashkil etildi
va “Pedagogik texnologiyalar” jurnali nashr etiladi.
Vengriyada – 1973 yili o’qitish texnologiyasi Davlat Markazi tashkil etildi.
O’qitish texnologiyasi bo’yicha Xalqaro seminarda (Budapesht, 1977) olim
S.G.Shapovalenko o’qitish jarayonining uchta texnologik printsiplarini ko’rsatdi:
1. Bilim va texnikani mukammal egallash.
2. Audiovizual materiallari fondi bilan tanishish.
3. Ulardan samarali foydalanish metodikasini bilish, shu jumladan ijodiy
yondashishi rivojlanishi ham.
Vengriya olimi L.Salai “o’qitish texnologiyasi” tushunchasiga rejalashtirish,
maqsadlarni tahlil qilish, o’quv tarbiyaviy ishlar jarayonini ilmiy tashkil etish,
samaradorligini oshirish maqsadida eng muhim vosita va materiallarni tanlashni kiritib
o’qitish jarayonini tashkil etuvchilarni doirasini ancha kengaytirdi.
XX asrning 80-yillarida zamonaviy pedagogik jarayonni, pedagogik texnologiyaning
mohiyatini yanada chuqurroq anglab yetishga urinishlar davom etdi.
Rossiya XX asrning 90- yillarida pedagogik texnologiyalar bo’yicha Markaz tashkil
etildi, “Maktab texnologiyasi”, “Ta’limda innovatsiyalar” jurnallari nashr etiladi.
O’zbekistonda 1997 yili kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilingandan
boshlab ta’lim tizimida, pedagogik nashrlarda pedagogik texnologiyalar muammolari
dolzarb tadqiqotchilik ob’ektlari sifatida ko’tarila boshlandi.
1999 yilda Respublika ta’lim Markazi qoshida pedagogik texnologiyalar bo’yicha
Markaz tashkil etildi. “Ta’lim texnologiyalari”, “Ta’lim muammolari” kabi jurnallar nashr
etila boshlandi, pedagogik texnologiyalar muammolari bo’yicha maqolalar “Xalq ta’limi”,
“Pedagogik ta’lim”, “Ta’lim va tarbiya” jurnallarida, “Ma’rifat”, “O’qituvchilar gazetasi”
va boshqa ilmiy-pedagogik nashrlarda bosilib chiqarilmoqda.
1994 yili pedagogik texnologiyalar muammolari bo’yicha 1-Respublika ilmiy-nazariy
konferensiyasi o’tkazildi, ma’ruzalar va hisobotlar materiallari maxsus to’plamda chop
etildi.
Pedagog
olimlar
U.Nishonaliev,
N.S.Saidahmedov,
N.N.Azizxodjaeva,
Ziyomuhammedov, O’.Tolipov, B.L.Faberman va boshqalar Respublikada pedagogik
texnologiyalar muammolari bo’yicha jiddiy tadqiqotlar olib bormoqdalar.
2000 yilda, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti qoshida
pedagogika fanlari doktori, professor N.N.Azizxodjaeva rahbarligi ostida innovatsion
texnologiyalar Markazi tashkil etildi, bu markaz zamonaviy pedagogik va innovatsion
texnologiyalar muammolari bo’yicha pedagogik kadrlar malakasini oshirish bilan
shug’ullanadi.
4. Pedagogik texnologiya turlari va asosiy yo’nalishlari.
Pedagogik texnologiya turlari
Pedagogik
Maqsadi
texnologiya
turi
Muammoli O’quvchilarning
bilish
faolligi
o’qitish
hamda
ijodiy
mustaqilligini
oshirish
Mujassamlashtirilgan
ta’lim
Modul
ta’limi
Shaxsning
xis
qilish
xususiyatlariga
maksimal
darajada
yaqinlashtirilgan ta’lim
jarayoni
tuzilmasini
yaratish
Ta’lim mazmunini
shaxsning
individual
ehtiyojlari va uning
bazaviy tayyorgarligi
darajasida
muvofiqlashtirish
Shaxs va uning
qobiliyatlarini
rivojlantirish
Mohiyati
Mexanizmi
O’quvchilarga ularda
bilimlar-ni
o’zlashtirish
borasidagi
faollikni
yuzaga
keltirishga
hizmat
qiluvchi
masalalarni maqsadga
muvofiq,
ketma-ket
berib borish
Mashg’ulotlarni
bloklarga
biriktirish
hisobiga
fanlarni
chuqur o’zlashtirishga
erishish
Tadqiqotchilik
metodlari, bilish
faoliyatiga
yo’naltirilgan
masalalarni
yechish
O’quvchilarning
individual
o’quv
dasturi
asosida
mustaqil ishlashlari
Muammoli yondashuvni
amalga
oshirishning
individual maromi
O’quv
jarayonini
shaxsning
ichki
imkoniyatlari va ularni
ro’yobga chiqarishga
yo’naltirish
O’quvchilarning
Turli
o’zlashtirish
Differenbo’yicha
tsiallashgan layoqati, qiziqish darajalari
va qobiliyatlarini majburiy
me’yor
ta’lim
Rivojlantiruvchi
ta’lim
O’quvchilar
ish
qobiliyati
dinamikasini
hisobga
oluvchi
ta’lim metodlari
O’quvchilar
faoliyatini
sohalarga
yo’naltirish
Individual
metodlari
turli
ta’lim
aniqlash
uchun (standart) dan kam
qulay sharoitlarni bo’lmagan hajmdagi
yaratish
dastur
materialini
o’zlashtirish
O’quvchilar
Bo’lajak
kasbiy
Faol
faolligini yuzaga faoliyatning predmetli
o’qitish
va ijtimoiy mazmuni(majmuaviy keltirish
ni modellashtirish
ta’lim)
Bilim, ko’nikma va O’quv
axborotlarini
O’yin
qayta
ishlash
va
texnologiya- malakalarni
o’zlashtirishning
o’zlashtirishga
lari
shaxsiy
faoliyat yo’naltirilgan mustaqil
tavsifida
bo’li- bilish faoliyati
shini ta’minlash
Faol
o’qitish
metodlari
O’quvchilarni
ijodiy faoliyatga
jalb
etishning
o’yin metodlari
Shuningdek , hozirda pedagogik texnologiyalarning boshqa yo’nalishlari ham
mavjud bo’lib, ulardan asosiylari empirik, kognitiv, evristik, kreaktiv, inversion,
integrativ, adaptiv, inklyuziv pedagogik texnologiyalardan iborat. Bu yo’nalishlarning
asosiy xususiyatlari quyidagicha:
Empirik - (tajriba)
• Sezgi a’zolari orqali bilim olish. Bu texnologiyada asosiy e’tibor sezgi a’zolarining
tabiiy rivojlanganlik imkoniyatlariga tayangan holda bilim berish va ularni yanada
takomillashtirib borishga qaratiladi.
Kognitiv-(bilishga oid)
• Atrofdagi olam to’g’risidagi bilimlar doirasini kengaytirish texnologiyasi. U
tabaqalash (tarkibiy qismlarga ajratib o’rganish) tafakkurini shakllantiradi, bilish
ehtiyojlarini rivojlantiradi.
Evristik –(haqiqatni topish)
• Yo’naltiruvchi savollar berish yo’li bilan ta’lim berish tizimi. Topqirlik, faollikni
rivojlantirishga xizmat qiluvchi, o’quv-izlanish ta’lim metodi. Optimallashgan (ko’p
variantlardan eng ma’qulini, mosini tanlash) tafakkurni rivojlantiradi.
Kreaktiv –(ijodiy)
• Tadqiqot xarakteriga, xususiyatiga ega bo’lib, o’quvchilarda maqsadga yo’naltirilgan
ijodiy tafakkurni jadal rivojlantiradi.
Inversion –(almashtirish)
• Axborotlarni turli tomondan o’rganish, o’rnini almashtirish xususiyatiga ega bo’lib,
tafakkur (fikrlash) tizimini shakllantiradi.
Integrativ – (yaxlitlash)
• Axborotlarni tashkil qiluvchi cheksiz ko’p kichik qismlarning o’zaro ajralmas
bog’liqligi ularning yaxlitligi, bir butunligi asosida yagona to’g’ri xulosani aniqlash.
Adaptiv – (moslashtirish)
• Axborotlarni o’rganish va ulardan foydalanish jarayonini o’rganish hamda o’rgatish
uchun qulaylashtirish, moslashtirish asosida kutilgan natijaga erishish.
Inklyuziv – (tenglik)
• O’qituvchi bilan o’quvchining o’zaro munosabatlarida tenglik asosida ta’lim tarbiya
jarayonini tashkil qilish. Shu bilan birga, imkoniyati cheklangan o’quvchilarni
sog’lom o’quvchilar bilan birgalikda o’qishni tashkil qilish pedagogik texnologiyasi.
Shunday qilib, avvaldan loyihalashtirilgan ta’lim-tarbiya jarayonining pedagogik
texnologiyasi o’zida metodlar tizimi, ta’lim metodik usullari, maqsad, vositalari, o’qituvchi
va o’quvchilarning birgalikda faoliyat ko’rsatish imkoniyatlari hamda yakuniy natijalariga
erishish borasidagi majmuani mujassamlashtiradi.
5. Pedagogik texnologiya tushunchasi bilan metodika orasidagi farq.
Hozirgi kunda o’qituvchilar pedagogik texnologiya haqida aniq tushuncha va
tasavvurlar birmuncha kamligi natijasida uni xususiy metodikalar bilan deyarlik teng
hisoblash hollari uchraydi. Aslida esa ular orasida jiddiy farqlar mavjud bo’lib, quyida ular
haqida qisqacha bayon qilinadi.
Metod - grekcha metodos so’zidan olingan bo’lib tatbiq qilaman, yo’naltiraman,
ilmiy asoslayman degan ma’noni anglatsa, metodika - grekcha so’z bo’lib tushuntirishning
yangi yo’lini topaman, qidiraman, izlayman degan ma’noni anglatadi.
Metodis olimlarimiz metodika fanini turlicha ta’riflaydilar biroq, ta’riflarning
umumiy mohiyati bir-biriga yaqinligini e’tirof etish mumkin.
Metodika - biror ishni maqsadga muvofiq o’tkazish metodlari, yo’llari majmuasidir
(1-ta’rif).
Metodika - o’quv jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar
majmuasidan iborat (2-ta’rif).
Metodika - fani ma’lum o’quv fanlarini o’qitish qonuniyatlarini tadqiq qiladi.
Masalan, tillar metodikasi, arfmetika metodikasi kabi alohida metodikalarga ajraladi. (3ta’rif).
Metodika - o’qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy
natijani kafolatlaydigan tadbirlar majmuasi, yig’indisidir. O’quv fanlarini o’qitish
qonuniyatlarini tadqiq qiladi (4-ta’rif).
Metodikaning pedagogik texnologiyadan farqini tushunish va amalda har ikkisidan
unumli foydalana bilish talab qilinadi.
Ular orasidagi ayrim farqlar quyidagicha:
O’qitish metodi uch xil. 1. An’anaviy metod (sakkiz qismga bo’linadi).
2. No’ananaviy metod (o’n qismga bo’linadi). 3. Umumiy o’qitish metodi (olti qismga
bo’linadi). Jami 24 ta o’qitish metodikasi bor.
Ushbu farqlar haqidagi masala yuzasidan quyidagi fikrni eslash mumkin. «Aslida
zamonaviy ta’lim metodlari muqaddas qiziquvchanlikni hozircha batamom bo’g’ib
tashlamagani deyarli mo’jiza, chunki bu nozik nihol (ya’ni qiziquvchanlik) rag’batlantirish
yo’li bilan bir qatorda, eng avvalo, erkinlikni talab qiladi, bo’lmasa, u shubxasiz, mavh
bo’ladi» (A.Eynshteyn).
Bu yerda ta’lim metodlari qiziquvchanlikka yetarlicha erkinlik bera olmasligi nazarda
tutilmoqda. Pedagogik texnologiya esa bolaning qiziquvchanligini har tomonlama
rivojlantirishga qaratilgan.
Pedagogik texnologiya tushunchasi xususiy fanlar va mahalliy darajalardagi o’qitish
metodikalari tushunchasi bilan mos keladigan hollar xususiy darajadagi pedagogik
texnologiyalarga tegishli. Ular orasida faqat asosiy e’tiborni nimaga qaratilishida farqlar
mavjud.
Texnologiyalarda ko’proq protsessual, miqdoriy va hisob-kitob komponentlari
ifodalansa, metodikalarda maqsad, mazmun, sifat va variantli yo’naltiruvchi tomonlari
ko’proq ifodalanadi. Texnologiya metodikalardan o’zining qayta tiklanuvchanligi,
natijalarning turg’unligi, ko’plab «agar...»lar (agar o’qituvchi iste’dodli bo’lsa, agar bolalar
qobiliyatli bo’lsa, yaxshi ota-onalar bo’lsa... kabilar) yo’qligi bilan farq qiladi.
Ya’ni texnologiya tegishli tayyorgarlikka ega bo’lgan hamma mutaxasislar tomonidan
qayta tiklash va qo’llash mumkinligi bilan juda ham individual bo’lgan metoddan farq
qiladi.
Metod-biror harakatni amalga oshirish yo’li, usuli yoki ko’rinishidan iborat.
Bunda harakatni amalga oshirish yo’li deb, bajarilishi talab qilinayotgan faoliyat uchun
qo’llash mumkin bo’lgan bir nechta yo’llardan oldindan ko’zda tutilgan maqsadga muvofiq
ravishda tanlangan yo’lni aytiladi. Masalan, savod o’rgatish yo’llari: oilada o’rgatish,
maktabda o’rgatish, bog’chada o’rgatish, o’qituvchi yordamida o’rgatish, kitoblar,
kompyuter, ko’rgazma qurollar va boshqalar vositasida o’rgatish. Shunga o’xshash sanoqni,
arifmetik amallarni o’rgatishda ham yuqoridagiga o’xshash yo’llardan foydalanish mumkin.
Shu yo’llardan foydalanib harakatni amalga oshirishda turli usullar qo’llaniladi. Usul nima? Bu biror narsani, hodisani, jarayonni amalga oshirish tartibi.
Pedagogik texnologiya o’quv jarayoni, ya’ni o’qituvchining, o’quvchining faoliyati
bilan uning tarkibi, vositalari, usullari va shakllari bilan eng ko’p darajada bog’langanligi
bilan ajralib turadi.
Tayanch so’z va iboralar: Redogogik texnologiya, ta’lim jarayoni, sub’ekti, ob’ekti,
bilimni to’liq o’zlashtirish, tamoyil, dars qismlari, modulli ta’lim, muammoli ta’lim.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar:
1.YuNESKO tomonidan pedagogik texnologiyaga qanday ta’rif berilgan?
2.Texnologiya so’zi ta’lim-tarbiya jarayonida qanday ma’no anglatadi?
3. Dars jarayonidagi faol shaxs kim?
4. Ilg’or pedagogik texnologiyning asosiy parametrlarini sanang.
5. Innovatsion metodlar xususida nima deya olasiz?
Foydalanilgan adabiyotlar
1. J.Yo’ldoshev, S.Usmonov, “Pedagogik texnologiya asoslari”, T., 2004.
2. J.Yo’ldoshev, “Ta’lim yangilanish yo’lida”, T., 2000.
3. Ptiyukov V.Yu., “Osnov pedagogicheskoy texnologi”, M., 1999.
4. www.tests-tests.com
5.www.psiholog1.ru
6.uzedu.uz
7.www: ziyonet.uz
Mavzu: Pedagogik texnologiya tushunchasi, uning ta’riflari va
metodikadan farqi. Pedagogik texnologiya turlari
(2 amaliy mashg’ulot)
Dars loyihasini ishlab chiqish (darsning texnologik xaritasi)
Mavzu
Pedagogik texnologiya tushunchasi, uning ta’riflari va metodikadan
farqi. Pedagogik texnologiya turlari
Darsning
Dars jarayonida tinglovchilarga pedagogik texnologiya va uning
maqsadi
va metodikadan farqli jihatlarini tinglovchiga yetkazib berish.
vazifalari
Dars mazmuni Pedagogik texnologiya tushunchasi, uning ta’riflari va metodikadan
farqi. Pedagogik texnologiya ta’rifi haqida. Pedagogik texnologiya
tushunchasining kelib chiqishi, uning sabalari, unga bo’lgan
ehtiyojlar.
O’quv fani va uni o’qitishning o’ziga xos hususiyatlariga muvofiq
bo’lgan pedagogik texnologiyani tanlash.
Pedagogik texnologiyaning rivojlanish omillari.
O’quv
Shakl:savol-javob, suhbat,
jarayonini
Metod:Klaster
tashkil
etish Vosita: video proektor, (didaktik) tarqatma materiallar,test savollari,
texnologiyasi
A-4 format qog’ozi, marker, darslik, ko’rgazma qurollar.
Usul:og’zaki, yozma, ko’rgazmali, taqdimot.
Nazorat: test savollari va javoblari.
Baholash: individual baholash, o’z o’zini baholash, guruh ishini
baholash.
Kutiladigan
O’qituvchi
Tinglovchi
natijalar:

Yangi nazariy bilimlar Yangi nazariy bilimlar olishadi.
beradi.
 Axborot izlash, to’plash va

Dars
jarayonini foydalanish
ko’nikmalari
maqsadli
va shakllanadi.
oqilona boshqaradi.
Tinglovchilarga
pedagogik
Tinglovchilarga
texnologiya tushunchasini beradi.
pedagogik
 Mustahkamlaydi va o’z o’zini
texnologiya
tushunchasini baholaydi
hamda
o’zgalar
beradi.
faoliyatini tahlil qiladi.
Tinglovchilarga pedagogik  Yakka tartibda va kichik guruhda
texnologiya
tushunchasi va ishlash ko’nikmasi hosil bo’ladi.
uning ta’riflarni slayd orqali  Olingan bilimlarni tizimli bayon
tushuntiradi.
etadi.
Kelgusidagi
rejalar:
Qisqa vaqt ichida ko’p
ma’lumot
to’plashga
yo’naltiradi.
Tinglovchilarga
pedagogik
texnologiya
tushunchasi uning ta’riflari
metodikadan
farqini
tinglovchilar klaster metodi
orqali bajarishadi.
Tinglovchilarda
pedagogik
texnologiya faniga qiziqish
uyg’otadi.
O’z ustida ishlash. Mavzuni
hayot
bilan
bog’lash.
Pedagogik mahoratni oshirish.
Yangi
pedagogik
texnologiyani
takomillashtirish.
 Tinglovchilarda
pedagogik
texnologiya
faniga
qiziqish
uyg’onadi ijobiy munosabatlari
rivojlanadi.
O’z fikrini ravon bayon qiladi.
Mavzu
asosida
qo’shimcha
materiallar topadi, ularni o’rganadi.
Guruh fikrini tahlil qilib, bir
yechimga kelish malakasini hosil
qiladi.
Aqliy hujum. Maktabgacha ta’limda qanday pedagogik
texnologiyalar qo’llanilayapti?
Hozirgi kunda maktabgacha ta’limda M.Montessori sistemasi va IMEN texnologiya
deb tan olingandir. Bu pedagogik texnologiyalar bilan bir qatorda hozirgi kunda bolani
qo’llab-quvvatlash texnologiyalari – bola shaxsiga yo’naltirilgan ta’lim, o’yinli
texnologiyalar, ta’limning individuallashtirish texnologiyasi, interfaol ta’lim (bolalarni har
tomonlama faollashtiruvchi usullar), muammoli ta’lim, loyihali ta’lim texnologiyalari
maktabgacha ta’lim jarayoniga kirib kelmoqda.
Bu pedagogik texnologiyalardan foydalanishda bolalar yoshiga, ularning individual
xususiyatlariga alohida e’tibor beriladi. Masalan, bolani qo’llab-quvvatlash texnologiyalari.
"Bolani qo’llab-quvvatlash" deganda nimani tushunasiz? Bolani qo’llab-quvvatlash
texnologiyasi har bir ta’lim oluvchining individual xususiyatlariga mos keluvchi usullar va
vositalarni izlab topishga harakat qilishdir. Buning uchun psixodiagnostika usullaridan
foydalaniladi, bolalar faoliyatini turlicha tashkillaydilar, har xil o’qitish vositalarini
qo’llaydilar, ta’lim mazmuniga o’zgartirishlar kiritadilar. Shaxsni qo’llash texnologiyalari
o’zini eng to’la ifodasini chet elda gumanistik psixologiya yo’nalishidagi izlanishlarda
topgan. K.Rodjers agar pedagog quyidagilarni qo’llasa, u guruhda shaxsni individual
rivojlanishi uchun kerakli muhitni yarata oladi deb ta’kidlaydi:
- pedagog butun ta’lim jarayonida bolalarga bo’lgan ishonchini namoyish etib borishi
zarur;
- pedagog guruh va shaxsan har bir tarbiyalanuvchi oldida turgan maqsad va
vazifalarni aniqlashga yordam berishi kerak;
- ta’lim jarayonini tashkillashda pedagog bolani ichki motivatsiyasidan kelib chiqishi
kerak;
- pedagog bolalar uchun turli —tuman tajriba manbasi bo’lib, bolalar keragicha unga
murojaat qilishi nazarda tutiladi;
- bu sifatda u hamma bolaga bir xil yondashishi kerak;
- pedagog guruhdagi emotsional muhitni his etib va qabul qilish malakasini oshirib
borishi lozim;
- pedagog guruhdagi o’zaro fikr almashinuvini faol ishtirokchisi bo’lishi kerak;
- u o’z hissiyotlarini ochiq namoyish etadi.
- pedagog o’z — o’zini va o’z imkoniyatlarini yaxshi bilishi kerak;
«BBB» usuli. O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
«FSMU» usuli. O’tilgan mavzuni umumlashtirish.
Pedagogik texnologiyalarni mukammal bilishimiz va ulardan amaliyotda maromiga
yetkazib qo’llay olishimiz juda muhim.
Masalan, bolalar individual psixologik xususiyatlariga ko’ra har xil bo’ladi, lekin
ta’lim-tarbiya bitta dastur asosida olib boriladi, bitta dastur asosida olib borilar ekan deb,
hamma boladan bir xil natijani talab qilishimiz to’g’ri emas, qaysidir bola ba’zi narsalarni
oldinroq o’rgansa, ba’zilari keyinroq o’rganadi, kimdir amaliy bajarib tez o’rgansa, kimdir
boshqaning bajarganini ko’rib tez o’rganib oladi. Shu sababli bolalar bilan
ishlayotganimizda ularga individual tarzda munosabatda bo’lishimiz, har bir bolaning
yutug’ini ko’ra olishimiz va rag’batlantirishimiz, ularning yanada kuchli ishtiyoq bilan o’z
ustida ishlashiga turtki bo’ladi.
Pedagogik texnologiya tushunchasi, uning ta’riflari va metodikadan farqi
Pedagogik texnologiyalarning turlari
Bilardim
Bildim
Bilmoqchiman
Pedagogik texnologiyalarda didaktik o’yinlar texnologiyalari bolalar faoliyatini
faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular bolalar shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni
ro’yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda
katta ahamiyatga ega. Didaktik o’yinlarning asosiy turlari: intellektual (aqliy) va harakatli
hamda aralash o’yinlardan iborat. Bu o’yinlar ishtiroklarida aqliy, jismoniy, axloqiy,
psixologik, estetik, badiy, tadbirkorlik, mehnat va boshqa ko’nikmalarni rivojlantirishga
yordam beradi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida asosan bolalarda ta’lim olish motivlarini, ularning turli
yo’nalishdagi qobiliyat va qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini
ko’rsatadigan didaktik o’yinlardan foydalaniladi. Didaktik o’yinlar nazariy, amaliy,
jismoniy, rolli, ishchanlik va boshqa yo’nalishlar bo’yicha turlarga ajratiladi. Hozirda
kompyuter vositasidagi didaktik o’yinlar alohida o’ringa ega bo’lib bormoqda.
Didaktik o’yinlar o’quvchilarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, tadqiq qilish,
hisoblash, o’lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror
qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, axloq-odob o’rgatish, nutq o’stirish, til
o’rgatish, yangi bilimlar o’rgatish va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan
o’yinlarga ajratiladi.
Didaktik o’yinlardan amalda foydalanish orqali boshqa usullar yordamida erishish
qiyin bo’lgan ta’lim-tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish ko’zda tutiladi. Turli o’quv
fanlariga oid didaktik o’yinlar mavjud bo’lib, ular shu fanlarni sifatli o’rgatish maqsadlariga
xizmat qiladi.
Umumiy o’yinlar nazariyasiga ko’ra, mavjud barcha o’yin turlarini tasniflashda ularni
funktsional, mavzuli, konstruktiv, didaktik, sport va harbiy o’yinlarga ajratiladi. Bularning
orasida didaktik o’yinlar ta’lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirish imkoniyatini berishi
bilan alohida o’ringa ega. O’yinlar maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyat shakli
hisoblanadi. Bu esa pedagog va psixolog olimlar tomonidan shu yosh davridagi
o’yinlarning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatini o’rganish va yanada oshirish bo’yicha
tadqiqotlar olib borilishiga asos bo’ldi.
Natijada, oldingi asrning 60-yillari boshidan AQShda so’ngra boshqa g’arb
mamlakatlarida ishchanlik o’yinlari qo’llanila boshlandi. Ishchanlik o’yinlari tadqiqotchilari
bu usulni eng asosiy, samarali va tejamli ta’lim metodlaridan iborat deb ta’kidlaganlar.
Didaktik o’yinlarning yana bir turi-aqliy hujum usulini birinchi marta 1939 yilda
A.F.Osborn qo’llagan. Bu usulni g’oyalar banki deb ham nomlangan. U muammolarni
qo’yidagicha yechishga asoslanadi;
-muammoli vaziyat yaratish;
-g’oyalarni shakllantirish;
-eng yaxshi g’oyalarni tekshirish, baholash va tanlash.
Guruh ishtirokchilariga muammoni aniqlash va uni echish bo’yicha iloji boricha ko’p,
ba’zan, batamom kutilmagan g’oyalarni berish uchun eng qulay sharoit yaratilishi aqliy
hujum mashg’uloti samaradorligini belgilaydi. Bunda pedagogning mahorati hamda
o’quvchilarning belgilaydi. Bunda pedagogning mahorati hamda o’quvchilarning
tayyorgarliklari qanchalik yuqori ekanligi asosiy omil hisoblanadi.
Didaktik o’yin texnologiyalari amalga oshiriladigan ayrim noana’naviy
mashg’ulot shakllari:
Ishchanlik o’yini darsi- mashg’ulot mavzusi bo’yicha masalalarni hal etish
jarayonida bolalarning faol ishtirok etishini ta’minlash orqali yangi bilimlarni o’zlashtirish
mashqi.
Rolli o’yin mashg’uloti - mashg’ulot mavzusi bo’yicha masalalarni o’rganishda
bolalarga oldindan ma’lum rollarni taqsimlash va mashg’ulot jarayonida shu rolni
bajarishlarini tashkil etish asosida bilimlarni mustahkamlash darsi.
Teatrlashtirilgan mashg’ulot – mashg’ulot
mavzusi bilan bog’liq sahna
ko’rinishlari tashkil etish orqali mashg’ulot mavzusi bo’yicha chuqur, aniq ma’lumotlar
berish darsi.
Kompyuter mashg’uloti - tegishli mashg’ulot turi bo’yicha mashg’ulot mavzusiga
doir kompyuter materiallari (multimedia, virtual o’quv kursi va shu kabilar) asosida
o’tiladigan dars.
Yarmarka mashg’uloti – mashg’ulot mavzusini bo’laklar bo’yicha oldindan
o’zlashtirgan bolalarning o’zaro muloqot asosida guruhga qiziqarli tushuntirish orqali
o’tiladigan mashg’ulot.
Integral (integratsiyalashgan) mashg’ulot - bir nechta mashg’ulot turlariga doir va
integratsiyalash uchun qulay bo’lgan mavzular bo’yicha tashkil qilingan mashg’ulot bo’lib,
bolalarning turli mashg’ulot turlarga qiziqishlarini orttirib, ta’lim jarayonidagi faolliklarini
ta’minlaydi.
«Mo’jizalar maydoni» mashg’uloti - bolalar bilan o’tkaziladigan qiziqarli o’yin
bo’lib, turli savollarga belgilangan vaqt davomida to’g’ri javoblar topish va g’oliblarni
rag’batlantirish orqali bolalarda fikrlash, topqirlik, ziyraklik va bilimlarini kengaytirib
borish sifatlarini shakllantiradi.
Didaktik uyinlarini tanlashda ishtirokchilarning yoshi, bilimi va tarbiyalanganlik
darajasi hisobga olinadi. Har bir didaktik uyin mashg’ulotlariga o’ziga xos xavfsizlik
talablari qo’yiladi.bu xavfsizlik talablariga to’liq rioya qilinishi har bir tashkilotchining
doimiy e’tiborida bo’lishi lozim. Bundan tashqari har bir didaktik uyin uchun sarflanadigan
vaqt miqdorini to’g’ri belgilash va unga rioya qilishning o’ziga xos asoslarini bilish va
mashg’ulotning maqsadiga muvofiq qo’llash talab qilinadi. Didaktik uyin turlarini tanlash
mezonlari:
-ishtirokchilar tarkibi bo’yicha-o’g’il bolalar, qiz bolalar, o’smirlar, katta yoshdagilar
uchun o’yinlar;
-ishtirokchilar tarkibi bo’yicha-yakka, juftlikda, kichik guruh, katta guruh, guruh
jamoasi, raqobatdosh komandalar va ommaviy o’yinlar
-vaqt me’yori bo’yicha-mashg’ulot, mashg’ulot vaqtining reja bo’yicha ajratilgan
qismi, o’yin maqsadiga erishguncha, g’oliblar aniqlanguncha davom etadigan va boshqa
o’yinlar.
Har bir didaktik o’yin jarayonida o’ziga xos vositalar turlari qo’llaniladi va
mashg’ulot jarayonida ulardan to’g’ri, unumli va xavfsiz foydalanish lozim. Bu vositalarni
qo’yidagi turlarga ajratish mumkin
-kontselyariya tovarlari-turli o’lchamlardagi oq va rangli qog’ozlar, skotch, ruchka,
qalam, chizg’ich, elim va boshqalar.
-texnika,-proektor, mikrofon, kompyuter, televizor;
Maktabgacha ta’limda har bir bola ayrim turdagi didaktik o’yin mashg’uloti o’quv
materiallarini amalda qo’llash uchun tayyorlashini tashkil qilish metodik faoliyatining
ajralmas qismi hisoblanadi. Bunda bolalar o’z mashg’ulot turlari bo’yicha o’zlari tanlagan
mavzudagi mashg’ulotni eng maqsadga muvofiq didaktik o’yin turlaridan foydalanib
o’tkazish yuzasidan dars ishlanmasini tayyorlashlari va uning asosida metod birlashma
majlisida shu mashg’ulotni bayon qilib berishlari va tegishli muhokamalar o’tkazib
borishlari tavsiya qilinadi.
“Doira atrofida”
Boshlovchi bolalarni atrofiga chorlaydi. “Kelinglar bolalar doira bo’lib o’tiramiz.
Hammamiz bir-birimizga qarab o’tirishimiz nihoyatda yaxshi to’g’rimi? Endi hammamiz
navbat bilan gapirmasdan, jilmayib, bir-birimiz bilan bosh qimirlatib ko’zimiz yordamida
salomlashib chiqamiz.”
“Men va boshqalar”
Bu o’yinda guruh doira shaklida o’tiradi va har bir ishtrokchi o’z ismining bosh
harfiga bitta ijobiy sifat tuzadi. Masalan: birinchi ishtirokchi o’z ismi va sifatni aytadi –
Gulnoza go’zal; 2-ishtirokchi o’zidan oldingi va o’zining ismi va sifatini aytadi – Gulnoza
go’zal; Malika muloyim, 3-ishtirokchi o’zidan oldingilarning va o’zining ismi va sifatini
aytadi – Gulnoza go’zal, Malika muloyim, Maftuna maftunkor. O’yin shu tariqa davom
etadi va oxirgi ishtirokchi hammanikini aytib so’ng o’zinikini aytadi.
Agarda ishtirokchisifatni topishda qiynalsa, tarbiyachi bolalardan yordam berishini
taklif etadi. Bu trening xotirani mustahkamlaydi, guruhdagi psixologik muhitni to’g’ri
yo’lga qo’yishga yordam beradi. Bolalarning lug’ati ijobiy so’zlar bilan boyidi.
Eslatma: bu o’yin davomida bolalarning soni 10 tadan oshmasligi lozim.
“Klaster” o’yini
Maqsad: Klaster usulida transport turlarini guruhlash, ba’zi belgilariga qarab
umumlashtira olish, e’tiborli bo’lish.
Kerakli jihozlar: Turli transportlarning alohida – alohida rasmlar.
O’yinning borishi: Bolalarga turli xildagi transportlarning alohida-alohida rasmlari
to’plami beriladi. Bolalar transportlarni qaerda harakat qilishlariga qarab guruhlab
chiqadilar – erda yuradigan, osmonda uchadigan, suvda suzadigan.
“Nimaning bolasi?” o’yini
Maqsad: bolalarni hayvonot olami bilan yaqindan tanishtirish, ularning so’z boyligini
oshirish.
Kerakli jihozlar: Ot, toychoq, echki, uloqcha, qo’y, qo’zichoq, mushuk, mushukcha,
tuya, bo’taloq.
O’yinning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, hayvonlarning bolalariga onasini topishga yordam beramiz.
Qo’zichoq nimaning bolasi? ..... (qo’yning bolasi)
Toychoq .... (otning bolasi)
Uloqcha .... (echkining bolasi)
Mushukcha ..... (mushukning bolasi)
Bo’taloq ... (tuyaning bolasi)
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol uslublar ( innovatsion pedagogik va axborot
texnologiyalardan foydalanib, ta’limning samaradorligni ko’tarishga bo’lgan qiziqish,
e’tibor kundan- kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar qo’llanilganda
pedagoglar egallayotgan bilimlarni o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil
qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. Pedagog bu
jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga
sharoit yaratadi. Shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchi vazifasini bajaradi.
Bunday o’quv jarayonida pedagog asosiy figuraga aylanadi.
Pedagog olimlarning yillar davomida ta’lim tizimida
Nega o’qitamiz?
Nimani o’qitamiz?
Qanday o’qitamiz? degan savollarga javob izlash bilan bir qatorda
Qanday qilib samarali va natijali o’qitish mumkin?
degan savoliga javob beradilar. Bu esa olim va amaliyotchilarni o’quv jarayonini
texnologiyalashtirishga, ya’ni «O’qitishni ishlab chiqarishga oid aniq kafolatlangan natija
beradigan texnologik jarayonga aylantirishga urinib ko’rish mumkin» degan fikrga olib
keladi.
Bunday fikrning tug’ilishi pedagogika fanida yangi pedagogik texnologiya yo’nalishini
yuzaga keltiradi.
Bugungi kunda
ta’lim muassalarining
o’quv- tarbiyaviy
jarayonda pedagogik
texnologiyalardan foydalanishiga alohida e’tibor berilayotganligining asosiy sababi
quyidagilardir:
Birinchidan: pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi ta’limni amalga
oshirish imkoniyatining kengligida. «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash
milliy dasturida rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor
qaratilgan.
Ikkinchidan: pedagogik texnologiyalar o’quv-tarbiya
jarayoniga
tizimli faoliyat
yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi.
Uchinchidan: pedagogik texnologiya
pedagogni
ta’lim-tarbiya jarayonining
maqsadlaridan boshlab tashxis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha
bo’lgan texnologik zanjirni oldindan loyihalashtirib olishga undaydi.
To’rtinchidan: pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot usullarini qo’llashga
asoslanganligi sababli, ularning qo’llanilishi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablarini
amalga oshirishni ta’minlaydi.
O’quv- tarbiya jarayonida pedagogik jarayonni to’g’ri tashkil etilishi pedagogning bu
jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu
esa tinglovchilardan ko’p mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab qiladi.
Har qanday pedagogik texnologiyalarning o’quv- tarbiya jarayonida qo’lanilishi shaxsiy
jihatdan kelib chiqqan holda tinglovchini kim o’qitayotganligi va pedagog kimni
o’qitayotganiga bog’liq.
Pedagogik texnologiya
asosida o’tkazilgan mashg’ulotlar yoshlarning muhim
hayotiy yutuq va muammolarga o’z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini–oshirib,
ularni fikrlashga, o’z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi.
Hozirgi davrda sodir bo’layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi
muammoarni hal etish uchun yangi axborotni o’zlashtirish va o’zlashtirgan bilimlarini
o’zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin
fikrlaydigan shaxslarga aylanadi
Mavzu yuzasidan test savollari
1. Texnologiya – bu ...
A. grekcha ikki so‘zdan - «texnos»-hunar va «logos»-fan so‘zlaridan tashkil topib «hunar
fani» ma’nosini anglatadi;
B. o‘qituvchi tomonidan o‘qitish vositalari yordamida o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatish;
C. hunar fani;
D. san’at.
2. Pedagogik texnologiyaning maqsadi - …
A. yangiliklarni yetkazish;
B. o‘quvchi faolligini samarasini oshirishi;
C. kam kuch va vaqt sarflab yuqori natijaga erishish;
D. texnologiyalarni ishlab chiqish.
3. Pedagogik texnologiya metodikadan nima bilan farq qiladi?
A. uzluksizligi bilan;
B. tizimliligi bilan;
С. samaradorlikni yuqoriligi bilan;
D. texnologik xarakteri bilan.
4. Modul nima?
A. eng kichik tarkibiy bo‘lakni ifodalovchi tushuncha;
B. pedagogik texnologiyani tashkil qiluvchi, tarkibiy bo‘laklarni ifodalovchi tushuncha;
С. miqdorlar to‘plamini ifodalovchi tushuncha;
D. miqdorlar to‘plamini ifodalovchi tushuncha.
5. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar bo`yicha dars bosqichlarini belgilang.
A. texnologik xarita, nazariya;
B. nazariya, harakatli jarayon, amaliy jarayon;
C. chaqiriq bosqichi, aqliy hujum, anglash bosqichi;
D. anglash bosqichi, aqliy hujum,xulosa chiqarish.
1
A
1.
2.
3.
2
C
3
D
4
B
5
C
Foydalanilgan adabiyotlar:
J.G’.Yo’ldoshev, S.A.Usmonov. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni
amaliyotga joriy qilish. «Fan va texnologiyalar Markazining bosmaxonasi».
Toshkent – 2008. 130 bet.
N.N.Azizxo’jaeva Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. “O’zbekiston
Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi” nashriyoti.Toshkent-2006. 159
bet. 64-70 betlar.
R.J.Ishmuxamedov Ta’limda innovatsion texnologiyalar. T., Istedod, 2008.-180
bet.
Mavzu: Ta’limda innovatsiya
(2soat amaliy mashg’ulot)
Reja
1.Interfaol usullar to’g’risida tushuncha
2.Interfaol usullarni MTM mashg’ulotlarida qo’llash
3. MTM mashg’ulotlarida interfaol usullardan foydalanishning afzallik tomonlari
Dars loyihasini ishlab chiqish (darsning texnologik xaritasi)
Mavzu
Darsning
maqsadi
vazifalari
Ta’limda innovatsiya
“Interfaol” tushunchasi “interakt” “birgalikda harakat qilish
bildiradi. Interfaol mashqlarda to’liq va
va mahnosini
rejalashtirilgan maqsadlar bo’ladi. Ushbu maqsadlardan biribilim berish jarayonida shunday yuqori darajadagi sharoit
yaratish kerakki, unda bola va tarbiyachi bilim olish va
mustaxkamlash jarayonini faollik jarayonga aylantirishi lozim.
Faol usullarni qo’llashga yondoshgan bilim berish jarayoni
guruhdagi barcha bolalarning anglash va fikrlash jarayonda
ishtirok etishini hisobga olgan holda tashkil etiladi. Interfaol
usullar o’zaro harakat, bolalarning faolligi, guruh tajribasiga
tayanish,o’zaro munosabat tamoyillariga asoslanadi. Oshkoralik
asosida bolalarning o’zaro harakati, dalillarining asosliligi,
hamkorlikdagi bilimlar banki, o’zaro baholash va nazorat
imkoniyati bilan belgilanadigan tahlimiy muloqot manbai
yaratiladi.
Dars
mazmuni
Interfaol mashq, rolli o’yin – bu xarakat orqali o’rgatish tajriba orttirishning eng samarali usulidir, bilim va ko’nikmalarni
o’zlashtirishning qiziqarli shaklidir va bolalarga boshqalar
shunday vaziyatlarda o’zlarini qanday his etganlarini tushunishga
yordam beruvchi usuldir.
Mashg’ulot turi: amaliy.
Metod: interfaol, bahs-munozara, kichik mahruza, .
Shakli: kichik guruhlarda ishlash.
Jihoz:jadval, markerlar, vatman qog’ozi, qo’shimcha adabiyotlar,
manbalar,
Usul: og’zaki, yozma.
Baholash: rag’bat.
jami 160 daqiqa.
Mashg’ulot
bosqichlari va Tashkiliy qism – 5 daqiqa.
O’quv
jarayonini
tashkil etish
texnologiyasi
mashg’ulot
qismlari
uchun
vaqt
taqsimoti
Uyga vazifa:
Kutiladigan
natijalar
Yangi mavzuga doir ishtirokchilar bilimini aniqlash – 10 daqiqa.
Yangi mavzu rejasi va bayoni – 100 daqiqa.
Mashg’ulotni mustahkamlash – 40 daqiqa.
Mashg’ulotga yakun yasash – 5 daqiqa.
Keyingi o’tiladigan mashg’ulot mavzusiga tayyorlanish,
mavzuga doir adabiyotlar bilan tanishish.
O’qituvchi
Tinglovchi
 Yangi amaliy bilimlar beradi.
 Dars jarayonini maqsadli va
oqilona boshqaradi.
 Tinglovchilarga
bugungi
o’tiladigan
yangi
mavzu
to’g’risida tushuncha beradi.
Maktabgacha
tahlim
muassasalarida
interfaol
mashg’ulotlardan foydalanish
va uning turlari haqida
tushuncha beradi.
Mavzu qisqa vaqt ichida
tinglovchilar
tomondan
o’zlashtirilishiga erishiladi.
Qisqa
vaqt
ichida
ko’’
mahlumot
to’’lashga
yo’naltiradi.
Tinglovchilar faolligini
oshirish
usullaridan
foydalanadi
Tinglovchilar
tomonidan
tarqatma materiallar asosida
yozma, og’zaki axborotlarni
mustaqil
o’rganish,
uni
xotirada saqlash, boshqalarga
yetkazishni o’rgatadi
Yangi amaliy bilimga ega
bo’lishadi.
Ushbu mavzu asosida bilim va
ko’nikmalarini shakllantirishadi
va kengaytirishadi.
Tinglovchilarda
interfaol
mashg’ulotlarni
qo’llash
bo’yicha qiziqishlarini oshirib
boradi
Mavzuga
oid
tarqatilgan
materiallarni
tinglovchilar
tomonidan yakka va guruh
holatida o’zlashtirib olishlariga
sharoit yaratish
Bahs-munozara orqali tarqatma
materiallardagi matnlar qay
darajada
o’zlashtirilgaligini
nazorat qilish. Matn ustida
ishlash orqali yangi bilimlar
o’zlashtiriladi.
Olingan bilimlarni tizimli bayon
etadi.
Mustahkamlaydi va o’z o’zini
baholaydi
hamda
o’zgalar
faoliyatini tahlil qiladi.
Yakka tartibda va kichik
guruhda ishlash ko’nikmasi
hosil bo’ladi.
Tinglovchilar
interfaol
mashg’ulotlarni
tashkillay
oladilar.
Kelgusidagi
rejalar
O’z ustida ishlash. Mavzuni
hayot bilan bog’lash. ‘edagogik
mahoratni oshirish. Interfaol
metodlarni takomillashtirish.
Matn bilan mustaqil ishlashni
o’rganadi. O’z fikrini ravon
bayon qiladi. Mavzu asosida
qo’shimcha materiallar to’adi,
ularni o’rganadi. Guruh fikrini
tahlil qilib, bir yechimga kelish
malakasini hosil qiladi.
Bilamizki, “Kadrlar tayyorlash milliy dastur”ning uchinchi bosqichida “... tahlim
muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o’quvtarbiya jarayonini yangi o’quv-uslubiy majmualar, ilg’or ‘edagogik texnologiyalar bilan
to’liq tahminlash” kabi dolzarb vazifalar ijobiy hal etilmog’i lozim ekan, maktabgacha
tahlimda ham ilg’or ‘edagogik texnologiyalardan foydalanish kabi vazifalar qo’yilmoqda.
Mazkur vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishida yana bir omilning mavjudligi, yahni,
uzluksiz tahlim tizimi xodimlari, ‘edagog-o’qituvchilar tomonidan zamonaviy tahlim
texnologiyalarining mohiyatidan xabardorliklari hamda ularni tahlim jarayonida samarali
qo’llay olishlari, shuningdek, tahlim jarayonini tashkil etishga nisbatan ijodiy
yondashuvning qaror to’ishi muhim ahamiyat kasb etar ekan, MTM tarbiyachilari ham
tahlim-tarbiya jarayonida noanhanaviy shakllarning, ilg’or ‘edagogik texnologiyalarni,
interfaol usullarni bilishi va amalda qo’llay olishi kerak.
“Interfaol” tushunchasi “interakt” “birgalikda harakat qilish mahnosini bildiradi.
Interfaol mashqlarda to’liq va rejalashtirilgan maqsadlar bo’ladi. Ushbu maqsadlardan biribilim berish jarayonida shunday yuqori darajadagi sharoit yaratish kerakki, unda bola va
tarbiyachi bilim olish va mustaxkamlash jarayonini faollik jarayonga aylantirishi lozim.
Faol usullarni qo’llashga yondoshgan bilim berish jarayoni guruhdagi barcha bolalarning
anglash va fikrlash jarayonda ishtirok etishini hisobga olgan holda tashkil etiladi. Interfaol
usullar o’zaro harakat, bolalarning faolligi, guruh tajribasiga tayanish,o’zaro munosabat
tamoyillariga asoslanadi. Oshkoralik asosida bolalarning o’zaro harakati, dalillarining
asosliligi, hamkorlikdagi bilimlar banki, o’zaro baholash va nazorat imkoniyati bilan
belgilanadigan tahlimiy muloqot manbai yaratiladi.
Interfaol o’qitish, bilish faoliyatini tashkil etishning maxsus turidir. Unda
rejalashtirilayotgan maksadlar to’lik va anik bo’ladi.
Inson interfaol o’qitish jarayonida :
10% o’qiganlarini,
20% eshitganlarini;
30% ko’rganlarini
40% ko’rgan va eshitganlarini;
70% ga’irganlarini;
90% shaxsan ga’irgan va bajarganlarini o’zlashtiradi. SHunday ekan, tarbiyachi
bolaga bilim berishda yuqoridagilarni nazarda tutib, bolaga ham ga’irib, ham ko’rsatib, ham
amalda bajartirsa, bolaning olgan bilimi xotirasida umrbod qoladi.
Shu o’rinda Xitoy xalq maqolini keltirish mumkin. “ Menga ga’irsang, esdan chiqaraman,
menga ko’rsatsang, eslab qolishim mumkin, menga o’zimga ishlashga imkoniyat bersang,
shunda bu batamom meniki bo’lib qoladi”.
Interfaol mashq, rolli o’yin – bu xarakat orqali o’rgatish - tajriba orttirishning eng
samarali usulidir, bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishning qiziqarli shaklidir va bolalarga
boshqalar shunday vaziyatlarda o’zlarini qanday his etganlarini tushunishga yordam
beruvchi usuldir.
Tabiiy sharoitlarda turli vaziyatlarda o’zini qanday tutish va boshqarish kerakligini,
va o’zlashtirish imkoniyatini beradi.
Aqliy xujum - muammolarni hal qilishda keng qo’llaniladigan anchagina mashxur
usuldir. U bolalarni o’z tasavvurlari va ijodlaridan foydalanishga undaydi. U berilgan har
qanday muammoga ko’’ sonli yechimlar to’ishda yordam beradi.
Ushbu usulni birinchi bo’lib Aleks Osborn tomonidan “‘rikladnoe voobrajenie - ‘rintsi’i
tvorcheskogo resheniya ‘roblem” nomli klassik kitobida tavsiya etgan. Ushbu usul ijodiy
fikrlashni rag’batlantirish usuli sifatida keng ommaga tarqaldi. Mazkur usul bolalarni
mashg’ulotlar jarayonidagi
faolliklarini tahminlash, ularni erkin fikr yuritishga,
rag’batlantirish hamda bir fikrlash orqali mavzu yuzasidan rang- barang g’oyalarni
to’’lashdan iborat. SHuningdek, ijobiy vazifalarni hal etish jarayonining dastlabki
bosqichida ‘aydo bo’lgan fikrlarni yengishga o’rgatish uchun xizmat qiladi.
“Aqliy xujum”ni olib borish qoidalari :
•
Har qanday g’oya qabul qilinadi.
•
Taklif etilgan g’oyalarning tanqidi va muxokamasi man etiladi. Bu esa barcha
fikrlarning og’zaki va boshqa shakllariga tegishlidir.
•
Har bir g’oya qanday taklif etilgan bo’lsa, shunday yoziladi. Boshqacha talqin qilish,
umumlashtirish yoki inter’retatsiyaga yo’l qo’yilmaydi.
•
Taklif etilgan g’oyalarga qarama-qarshi g’oyalar ham qabul qilinadi va
rag’batlantiriladi.
•
Mustaqil ijod olqishlanadi, kutilmagan eng ajoyib g’oyalar rag’batlantiriladi.
•
G’oyalar soni maqsad qilib belgilanadi.
•
Avval taklif etilgan g’oyalar ham qabul qilinib rivojlantiriladi va rag’batlantiriladi.
•
Vaqt chegaralari belgilanadi va unga qathiy amal qilinadi. Vaqt tugashi bilan g’oyalar
to’’lanishi to’xtatiladi.
Tarbiyachi tomondan fikrlar umumlashtiriladi va bolalar aytmagan fikr, tarbiyachi tomondan
yangi mahlumot sifatida beriladi. Masalan, “O’zbekistonda chiqarilgan avtomobillar.”
mavzusiga tarbiyachi albatta yangi fikr beradi.
“Tabiat maydonchalari” mashqi.
To’rtburchak shaklida 3 ta maydonchalar chiziladi va ushbu maydonchalarning
mavzulari asosida bolalarga rasmli kartochkalar tarqatiladi. Xar bir bola yakka xolda
kartochkasini tegishli maydonchaga qo’yib chiqadi, so’ng bolalar xamkorlikda ko’rib chiqib
xatolari bo’lsa tuzatadilar va xulosa chiqaradilar.
JONLI TABIAT.
JONSIZ TABIAT.
ER OSTI
BOYLIKLARI
Ushbu interfaol mashq orqali bolalar yakka xolda va hamkorlikda ishlashga o’rgandilar va
tabiat haqidagi bilimlarini kengaytirib, mustahkamlab oladilar, bajargan ishlarini izohlash
orqali bolalar nutqi rivojlanadi.
“Kubiklar”- interfaol mashqi.
“Kubiklar” mashqi mavzuga berilayotgan mahlumotlarni tahlil qilishni osonlantiradigan
o’qitish usulidir.
Ushbu usulni qo’llash uchun tarbiyachi tomonidan kub shaklida ishlangan vosita
tayyorlanadi. Uning har bir tomoniga bolalarga beriladigan vazifani ifodalovchi bittadan ga’
tuziladi va rasmi yo’ishtiriladi.
Tarbiyachi mashg’ulotda o’rganiladigan mavzu, asosiy hodisani nomlaydi va ushbu hodisa
tayyorlangan kubikning har bir tomonidan aks ettirilgan to’shiriqlar bo’yicha tahlil qilib
chiqadi. Kubning 6 ta tomoniga quyidagilar aksini to’ishi lozim:
- tasvirlab bering
- biror-bir boshqa hodisa bilan taqqoslang
- tasavvurlar hosil qiling
- tahlil qiling
- tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi dalillar keltiring
- qo’llanilishini ayting
To’shiriqlar bolalar tomonidan og’zaki va rasm yo’ishtirish orqali bajariladi. SHundan
so’ng ular birin-ketin savollarga bergan javoblarini aytib berishadi va juftliklarda
muhokama qilishadi.
Misol:
Kom’g’yuter
- tasvirlab bering: Bir necha qismlardan tarkib to’gan uskuna. Uning turli ko’rinishlari
mavjud. ...
- biror-bir boshqa hodisa bilan taqqoslang: televizor, ...
- tasavvurlarni hosil qiling: kitob, ...
- tahlil qiling: monitor, ‘rotsessor, ekran, ...
- tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi dalillar keltiring:
kom’g’yuter inson mehnatini
yengillashtiruvchi va o’yin o’ynashga moslangan vosita, ularni qayta ishlash jarayonini ham
osonlantiradi, ....
- qo’llanilishini ayting: matnlarni kiritish, saqlash, yuborish, ...
Ushbu usul orqali bolalarda maktabga tayyorgarligi, tasavvur qilish qobiliyati, lug’at
boyligi, nutq rivojlanib boradi.
“Galereya” metodi va uni amalga oshirish bosqichlari
«Galereya» usuli kichik guruhlarda birdaniga bir nechta masalani muxokama qilish
imkonini beradi. Bunda guruhning har bir ahzosi barcha taklif etilgan masalalar
muhokamasida ishtirok etishi va o’z ulushini qo’shishi mumkin.
1-qadam. Masalani qo’yish. tarbiyachi har bir guruhga mahlum muammo yoki masalani
beradi.
2-qadam. Har bir guruh o’z masalasi ustida ishlaydi. Masalalar ustida ishlash kichik
guruhlarda amalga oshiriladi (odatda 5-10 minut).
3-qadam. Kichik guruhlar qo’shni guruhlar masalasi yechimini oxirigacha yetkazishga
o’tish. Har bir kichik guruh o’z g’oyalarini yozgan katta varaqni olmasdan doira bo’ylab
siljiydi. Variant sifatida guruh siljishi o’rniga doira bo’ylab ishlangan g’oyalar yozilgan
katta varaqni uzatish mumkin, maktabgacha tahlimda ko’’roq rasmlardan foydalaniladi.
4-qadam. Qo’shni masalasi yechimini oxirigacha yetkazish. Har bir kichik guruh katta
varaqqa yozilgan qo’shni guruh g’oyalarini o’rganadi; savol belgisi bilan rozi
bo’lmaganlarni belgilaydi; qo’shni masalasi yechimi bo’yicha o’z g’oyalarini yozadi. 5
daqiqadan keyin guruhlar doira bo’ylab keyingi kichik guruhga o’tib, yana joylari bilan
almashadi.
5-qadam. O’z masalasiga qaytish. Masaladan masalaga doira bo’yicha o’tishlar har bir
kichik guruh o’zining dastlabki masalasiga qaytish bilan to’gallanadi. Guruhlar katta
varaqlarida yig’ilgan g’oyalarni o’rganadilar.
6-qadam. ‘rezentatsiya va ish natijalari muhokamasi. Har bir guruh navbat bilan o’zlarining
qog’oz varaqlarida yig’ilgan natajalar- g’oyalarni tushuntirish va sharhlar bilan taqdim
etadi. Boshqa guruhlar ular ‘rezentatsiya qilayotgan guruh varag’iga yozgan g’oyalarni
tushuntiradilar va sharhlaydilar. Masalan, maktabgacha tahlimda qo’llaniladigan mavzular
: xasharotlar, mevalar, sabzavotlar, trans’ort vositalari, gullar, ertak qaxramonlari, suv
xususiyatlari, tabiat xodisalari va hokazo.
Bolalar nafaqat tayyor rasmlardan balki o’zlari rasm xam chizishlari mumkin.
“G’oyalar tog’i” interfaol usuli.
Bolalarni uchtadan kichik guruhga bo’lib olinadi. Har bir kichik guruhga uchburchak
shaklidagi rangli kartonlar beriladi va ushbu kartonning burchaklariga har bir bola
mavzuga oid rasm yoki a’’likatsiya yo’ishtiradi . Ish yakunida ushbu uchburchaklar
doskaga ilinadi va shu tariqa “G’oyalar tog’i” tashkil bo’ladi.
Qaerda bo’ldingiz nimalarni sotib oldingiz? o’yini.
Hamma ishtirokchilar doira bo’lib o’tirishadi. Guruh ahzolaridan biri tarbiyachiga savol
beradi:
Qaerda bo’ldingiz?
Tarbiyachi javob beradi:
- Do’konda!
- Nima sotib oldingiz?
- Yel’ig’ich!
Tarbiyachi yel’ig’ich bilan yel’ina boshlaydi va ro’’arasida o’tirgan ishtirokchiga xuddi shu
savolni beradi. Guruhdagilarning barchasi birgalikda tarbiyachi kabi javob berishadi va
javob berishlari bilanoq ular ham yel’ig’ich bilan yel’ina boshlaydilar. Navbatdagi
ishtirokchi yana savol beradi va ‘edagog javob beradi:
- Qaychi sotib oldim.
El’ig’ichda yel’inish bilan birga tarbiyachi ikkinchi qo’lida qaychining xarakatini
ko’rsatadi. Bu javob va harakat ham butun ishtirokchilar tomonidan takrorlanadi.
Uchinchi bor tarbiyachi javob beradi:
- Velosi’ed!
U yel’ig’ich va qaychining harakatlariga oyog’i bilan velosi’ed haydayotgandek harakatni
ham qo’shadi, guruh ahzolari ham shunday qiladilar.
To’rtinchi bor so’ralganda tarbiyachi:
- Qimirlovchi kreslo! – deb javob beradi.
El’ig’ich, qaychi, velosi’edning harakatlari bilan birgalikda tarbiyachi qimirlay boshlaydi.
Beshinchi bor:
- Kakkuli soat!
Yuqoridagi barcha harakatlarni bajargan holda tarbiyachi og’zi bilan «Ku-ku» lay
boshlaydi.
Guruh ahzolari har gal savollarga javob berishi bilanoq tarbiyachi bajarayotgan harakatlarni
takrorlashga o’tishadi. Va nihoyat, tarbiyachi sotib olingan narsalar bilan uyga qaytadi.
O’yin nihoyasiga yetadi!
“Mevali salat” o’yini.
Tarbiyachidan boshqa hamma ishtirokchilar doira bo’lib stulga yoki yerga chizilgan
doirachalarga o’tirishadi. Tarbiyachi ularning har birini mevalar bilan nomlab chiqadi:
a’elsin, limon, banan, ananas. Har bir meva uch-to’rt odamdan iborat bo’ladi. Keyin
tarbiyachi mevalardan birining nomini aytadi, kimlar shu meva nomlariga ega bo’lsa
joylarini almashtirishlari kerak. Kimga joy yetmasdan qolsa, o’sha odam o’yinni davom
ettiradi. Agar o’rtadagi odam «Mevali salat» desa, barcha ishtirokchilar joy almashishlari
kerak bo’ladi.
“Menga yoqadilar…”o’yini.
Bolalar doira shaklida o’tiradilar. O’yin quyidagicha kechadi: bolalardan biri doira
markazida turadi va shunday deydi: «Menga ….deganlar yoqadi» yoki «Menga …..si borlar
yoqadi» va bir qancha ishtirokchilarda mavjud bo’lgan belgini aytadi. Masalan, qora
‘oyafzal kiyadiganlar, oq ko’ylak kiyadiganlar, qo’shiq aytadiganlar, kechqurun idish-tovoq
yuvadiganlar, mashg’ulotimizga kelganlar, sirg’asi borlar, qoshi borlar va h.k. Kimda kim
aytilgan belgilarga ega bo’lsa, tezda o’rinlaridan turib joy almashishlari kerak bo’ladi.
Bolalarga nisbatan stullar soni 1 ta kam bo’lib, joysiz qolgan bola o’yinni davom ettiradi.
"TAKRORLANG!" mashqi.
Bu mashq nafaqat yaxshi diqqatni, balki tezlikni ham talab qiladi. Ishtirokchilar soni
cheklanmagan. Bolalar tarbiyachini to’g’risiga turishadi. Tarbiyachi: “Takrorlang” deb,
so’z aytadi.
Bolalar esa faqat “Takrorlang”dan keyingi so’zni takrorlashlari kerak.
Masalan, Takrorlang-uy (bolalar takrorlaydi)
Takrorlang-o’yinchoq (bolalar takrorlaydi)
Meni orqamdan takrorlang-kino (hamma jim turishi kerak)
Tarbiyachi asta-sekin o’yin tezligini oshirib bolalarni chalg’itishi kerak. Masalan,
- Ga’iring-mushuk. Takrorlang-bufet.
- Takrorlang-daryo. Ayting-ayiq.
- Meni orqamdan takrorlang-kolbasa va hokazo.
Mashqda xatolikka yo’l qo’ygan ishtirokchilar o’yindan chiqib ketadi. Kam xatolikka yo’l
qo’ygan yoki xato qilmagan bola g’olib hisoblanadi.
“IZQUVAR” mashqi.
Bu mashqni ko’’roq o’g’il bolalar o’ynashni yaxshi ko’radilar. Mashq diqqatni jamlashni va
xotirani yaxshilashga yordam beradi. Mashqda ishtirokchilar soni 7-10 tadan kam
bo’lmasligi kerak.
Tarbiyachi “Izquvar” bo’ladi. Tarbiyachi xonadan chiqib turadi. SHu vaqtda bola o’zlariga
ranglar tanlashadi.
“Izquvar” xonaga qaytib kirib quyidagi ga’lar bilan o’yinni boshlaydi: “Diqqat! O’g’irlik
sodir etildi! Kulrang soat yo’qoldi. Soat "Ko’k"da bo’lsa kerak.
"Ko’k" javob qaytaradi: "Yo’q soat menda emas. Soat "qizil"da.
"qizil" esa boshqa rangni aytishi kerak va hokazo.
O’yin ishtirokchilari ichida yo’q rang yoki aytilgan rang javob bermaguncha o’yin davom
etadi. Yutkazgan "Izquvar" bo’ladi.
"AYG’OQCHI" mashqi.
Mashq diqqat va xotirani rivojlantiradi. Bitta ishtirokchi "Ayg’oqchi" bo’ladi va unga
xonadan chiqib turish taklif etiladi.
Bu vaqtda xonada qolganlar oralaridan bir bolani tanlashadi. SHundan so’ng "Ayg’oqchi"
xonaga kiradi va barcha ishtirokchilarga teskari turadi va tanlangan bolaning tashqi
qiyofasi bo’yicha savollar beradi.
Savollar soni 1-3 tagacha bo’lishi mumkin. Savollarga javob olgandan so’ng "Ayg’oqchi"
bolalar kimni tanlashganini aytib berishi kerak.
Har bir bola "Ayg’oqchi" rolida bo’lib chiqishi tavsiya qilinadi.
"SIRLI QATORCHA"o’yini.
Bu o’yinda iloji boricha ko’’roq bolalar ishtirok etgani mahqul. Ishtirokchilar soni 5-7
nafardan kam bo’lmasligi shart.
Tarbiyachi xonadan chiqib turadi, qolganlar esa hammaga tanish bo’lgan shehrdan bir
qatorini tanlashadi.
Keyin shu qatordagi so’zlarni bo’lib olishadi va qaysi so’zdan keyin qaysi so’z kelsa, o’sha
tartibda turib olishadi.
Tarbiyachi xonaga qaytib kiradi va bolalarga har xil savollar beradi. Bolalar esa savollarga
javoban ular tanlagan so’zni javob qilib qaytarishadi.
Tarbiyachi hammani so’zini bilgandan so’ng bu so’zlar qaysi shehrga tegishliligini to’ishi
kerak, qaysi bolani aytgan so’zi shehrni to’ishga yordam bergan bo’lsa, o’sha bola
boshlovchilik qiladi.
"TELEGRAMMA" mashqi..
Mashq kichkina bolalar va ularning ota-onalariga ham qiziqarli. Ishtirokchilar soni 4-5
tadan kam bo’lmasligi kerak.
Ishtirokchilar doira bo’lib, qo’l ushlashib turadi. Tarbiyachi doirani o’rtasiga turadi.
Mashq quyidagi so’zlar bilan boshlanadi:
"Men telegramma jo’nataya’man"-deb, doirada turgan bitta bolani ismini aytish kerak.
O’sha bola o’zini yon tomonlarida turgan sheriklaridan bittasini boshlovchiga bildirmasdan
qo’lini qisishi kerak. U bola esa keyingi ishtirokchini qo’lini qisishi kerak.
Telegramma manziliga yetib bormaguncha davom etaveradi.
Qo’l qisilayotganini tarbiyachi bilib qolsa, o’sha bola bilan o’rin almashadi. Telegramma
manziliga yetib borganda, "Oldim" deyish kerak, bolalar boshlovchilikga almashib
turadilar.
“HARAKATNI UZATIB YuBOR”mashqi.
Maqsad: kichkintoylarning diqqat- ehtibori va xotirasini rivojlantirish.
Bolalar aylana bo’lib turadilar va ko’zlarini yumadilar. Tarbiyachi ham ular yonida turib,
qandaydir harakatni (masalan, soch tarashni, qo’l yuvishni, ka’alak tutishni va boshqa)
o’ylab to’adi. So’ngra qo’shni bolani "uyg’otadi" va harakatni ko’rsatadi, u bola esa
keyingi bolani "uyg’otadi" va harakatni ko’rsatadi. SHunday qilib aylana bo’ylab oxirgi
ishtirokchiga qadar o’yin davom etadi. O’yin barcha ishtirokchilar o’zlari istagan
harakatlarini ko’rsatgunlaricha davom etadi.
«Kimda nima?» o’yini
O’yin bolaning xotira va diqqatini rivojlantirish, hamda ziyrakligini oshirishga yordam
beradi. O’yin uchun oldindan rasmli kartochkalar tayyorlab qo’yiladi. O’yindan
ko’ngilochar mashq sifatida ham foydalanish mumkin.
O’yinda 4-5 bola ishtirok etadi. Bolalarning har biriga rangli rasm beriladi. Rasmlar bir xil
mavzuda bo’lishiga ehtibor berish lozim. Masalan, gullar, mevalar, sabzavotlar va h.z.
1- o’yin turi: Bolalar bir qator turib olishadi. Birinchi bola o’zining ismi va qo’lidagi
rasmda tasvirlangan narsani nomini aytadi. Ikkinchi bola birinchi bolaning ismi va narsa
nomini takrorlab, so’ng o’zining ismi va qo’lidagi rasmda tasvirlangan narsaning nomini
aytadi. O’yin shu tariqa oxirgi bolagacha davom etadi.
2- o’yin turi: Bolalar qolganlarga teskari qarab qo’llaridagi rasmlarni almashtirib olishadi.
Qolgan bolalar nima o’zgarganini to’ishlari lozim.
«DELG’FIN» o’yini.
O’yin bolalarning diqqatini rivojlantiradi, ziyrakligini oshirishga yordam beradi.
Tarbiyachining bir qo’li «suv sathi», ikkinchi qo’li «delg’fin» vazifasini bajaradi. Delg’fin
okeandan yuqoriga qarab sakrab chiqqanda, bolalar bir marotaba cha’ak chalishlari kerak.
Kim orqada qolsa yoki ikki marotaba cha’ak chalib yuborsa yoki umuman cha’ak chalmasa
o’yin qoidasini buzgan hisoblanadi. SHu bola tarbiyachining biron-bir shartini bajarishi
lozim. Masalan, qo’shiq kuylab berishi, shehr aytishi, raqsga tushishi mumkin.
“TURLI OVOZLAR”o’yini.
Maqsad: bolalarga o’zlarini namoyon qilishga yordam berish.
Tarbiyachi o’yin oldidan mushuk, kabutar, kuchukcha va h.k.larning rasmi tushirilgan
kartochkalar tayyorlaydi. Bolalar kartochkalardan birini tanlaydi va unda tasvirlangan
jonivorning tovushiga taqlid qiladilar. Avval tovushni oddiy ohangda, so’ngra u tovushni
qandaydir hissiyot bilan - g’azab, quvonch, mayinlik bilan ifodalab beradi, qolgan bolalar
esa har bir bola qanday hissiyotni ifodalab berayotganligini to’ishlari kerak bo’ladi.
“MEN JUDAYAM ZO’RMAN” o’yini.
Maqsad: Bolalarda o’zini-o’zi yuqori bilishga yordam berish.
Tarbiyachi bolalarga u aytgan so’zlardan bir necha so’zni takrorlashlarini aytadi. Har safar
tarbiyachi so’zlarni turli xil ohangda, yahni ‘ichirlab, qattiq, judayam baland ovozda aytadi.
SHu tariqa hamma bolalar birinchi bo’lib "MEN" so’zini, so’ngra "judayam", keyin
"zo’rman" deb aytadilar.
“Aytganimdek, qotib qol.” o’yini.
Maqsad: bolalarda tez qaror qabul qilishni rivojlantirishga yordam berish.
Bolalar xona bo’ylab yuradilar. Tarbiyachi ularga shunday deydi: "Hozir men sizlarga biror
bir xayvonni nomini aytishim bilan sizlar unga taqlid qilasizlar. "1, 2, 3, qotib qol!"
buyrug’ini berishim bilan sizlar harakatlanishdan to’xtab qolasizlar. Masalan: "ayiqchalar
qotib qol!". Tarbiyachining buyrug’i bo’yicha bolalar ayiqcha holatida qotib qoladilar.
Kichik guruhdagi bolalar uchun tarbiyachi holatlarni ko’rsatib beradi, kattalari esa o’zlari
mustaqil o’ylab to’adilar. Katta va tayyorlov guruh bolalari nafaqat hayvonlarni balki
boshqa narsa va xodisalarni ham ko’rsatishi mumkin.
Savol va to’shiriqlar:
1.Bolalar shaxsan gapirgan va bajarganlarini necha foiz o’zlashtiradi?
2.“Interfaol” so’zining mahnosini ayting?
3. Qaysi usulda kichik guruhlarda birdaniga bir nechta masalani muxokama qilish imkonini
beradi?
4."Ayiqchalar qotib qol!" tarbiyachining buyrug’i bo’yicha bolalar ayiqcha holatida qotib
qoladilar. Bu buyruq qanday metodga tegishli?
Nazorat uchun test nazorati
1. Pedagogik texnologiyaning qanday darajalari mavjud?
A.Umumpedagogik, umumdidaktik daraja.
B.Xususiy metodik daraja.
C.Lokal yoki modulli daraja.
D.A,B,C javoblar to’g’ri.
2. Pedagogik jarayon aspektlarini ko’rsating
A.Nazariya, harakatli jarayon, amaliy jarayon.
B.Texnologiya, loyiha tayyorlash, algoritm.
C.Kompyuter, internet, videoaloqa.
D.Texnologik xarita, nazariya.
3. Pedagogik texnologiya tarkibiga nimalar kiradi?
A.Ta’limning mazmuni, maqsadi, konseptual asos. O’quv
materialini
o’zlashtirish
sohasidagi o’qituBchining boshqaruv faoliyati.
B.Ta’lim
jarayonini
tashkil
etish,
o’quBchilarning
o’quv
faoliyati
shakllari va metodlari.
C.O’qituvchi
ishining
metod
va
shakllari,
ta’lim
jarayoni
diagnostikasi.
D.Hamma javoblar to’g’ri.
4. Pedagogik texnologiya mezonlarini belgilang.
A.Konseptuallik, tizimlilik.
B.Samaradorlik qo’llanuvchanlik.
C.Rejalilik, tizimlilik.
D.A va B javoblar to’g’ri.
1
A
2
B
3
C
Tayanch so’zlar: interfaol, metod, usul, o’yin, ‘edagogik texnologiya.
4
C
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1.J.G’.Yo’ldoshev, S.A.Usmonov. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga
joriy qilish. «Fan va texnologiyalar Markazining bosmaxonasi». Toshkent – 2008. 130
bet.
2.N.N.Azizxo’jaeva Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. “O’zbekiston
Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi” nashriyoti.Toshkent-2006. 159 bet. 6470 betlar.
3.R.J.Ishmuxamedov Ta’limda innovatsion texnologiyalar. T., Istedod, 2008.-180 bet.
4.Pedagoglarning interfaol usullar yordamida tahlim berishi.
5. “Psixologik o’yinlar.” Toshkent 2009y.
6. “Rebyonok v detskom sadu” jurnali. 2003 yil.
Mavzu: Bolaga mo’ljallangan ta’lim.Interfaol strategiyalar.
(4 soat amaliy mashg’ulot)
Reja:
1. Bolaga yo’naltirilgan ta’lim Bolaning ehtiyojlari va xohishlari.
2. Bolaga mo’ljallangan dastur falsafasi bilan tanishtirish
3. Dasturni ta’lim jarayoniga qo’llash orqali sifat samaradorligini oshirish
4. Bolaga yo’naltirilgan ta’limda nazorat
Dars loyihasini ishlab chiqish (darsning texnologik xaritasi)
Dars
mazmuni
Dars loyihasini ishlab chiqish (darsning texnologik xaritasi)
Mavzu
Darsning maqsadi
va vazifalari
Bolaga mo’ljallangan ta’lim.
Interfaol strategiyalar.
Bola shaxsiga yo’naltirilgan ta’limda maktabg
ta’lim muassasasi muhitida bolalarning kognitiv (aqliy), nu
muloqotchanlik, ijtimoiy-hissiy hamda jismoniy m
rivojlanishiga sharoit yaratilishini
ta’minlash juda muhi
Bolaning rivojlanishiga sharoit nafaqat guruh xonalarida,
muassasa hovlisida, yo’laklarida, o’yin maydonchalarida
yaratilgan bo’lishi shart.
Maktabgacha yoshdagi bolalar foliyati rang-barangdir. Ular
hammadan ko’proq o’yinni yoqtiradilar. Chunki o’yin maktabgacha
yoshdagi bolalar uchun asosiy va eng sevimli mashg’ulotdir. O’yin
– bolalarning o’zaro munosabati yo’lga solidi, his-tuyg’usini
rivojlantiradi, erkini mustahkamlaydi.
Mashg’ulot turi: ma’ruza,amaliy.
Metod: interfaol, bahs-munozara, kichik mahruza, .
Shakli: kichik guruhlarda ishlash.
Jihoz:jadval, markerlar, vatman qog’ozi, qo’shimcha adabiyotlar,
manbalar,
Usul: og’zaki, yozma.
Baholash: rag’bat.
Mashg’ulot jami 160 daqiqa.
Tashkiliy qism – 5 daqiqa.
bosqichlari
Yangi mavzuga doir ishtirokchilar bilimini aniqlash – 10 daqiqa.
va
Yangi mavzu rejasi va bayoni – 100 daqiqa.
mashg’ulot
Mashg’ulotni mustahkamlash – 40 daqiqa.
qismlari
uchun vaqt Mashg’ulotga yakun yasash – 5 daqiqa.
Keyingi o’tiladigan mashg’ulot mavzusiga tayyorlanish, mavzuga
taqsimoti
doir adabiyotlar bilan tanishish.
O’quv
jarayonini
tashkil etish
texnologiyasi
Uyga vazifa:
Kutiladigan
natijalar
O’qituvchi
Tinglovchi
 Yangi amaliy bilimlar beradi.
 Dars jarayonini maqsadli va oqilona
boshqaradi.
 Tinglovchilarga bugungi o’tiladigan
yangi mavzu to’g’risida tushuncha
beradi.
gurux xonasida rivojlantiruvchi muhit
yaratish, haqida tushuncha beradi.
Mavzu qisqa vaqt ichida tinglovchilar
tomondan o’zlashtirilishiga erishiladi.
Qisqa vaqt ichida ko’’ mahlumot
to’’lashga yo’naltiradi.
Tinglovchilar faolligini oshirish
usullaridan foydalanadi
Tinglovchilar
tomonidan
tarqatma
materiallar asosida yozma, og’zaki
axborotlarni mustaqil o’rganish, uni
xotirada
saqlash,
boshqalarga
yetkazishni o’rgatadi
Yangi amaliy bilimga
ega bo’lishadi.
Ushbu mavzu asosida
bilim va ko’nikmalarini
shakllantirishadi
va
kengaytirishadi.
Tinglovchilarni
gurux
xonasida rivojlantiruvchi
muhit yaratish bo’yicha
qiziqishlarini
oshirib
boradi
Mavzuga oid tarqatilgan
materiallarni
tinglovchilar tomonidan
yakka va guruh holatida
o’zlashtirib olishlariga
sharoit yaratish
Bahs-munozara
orqali
tarqatma materiallardagi
matnlar qay darajada
o’zlashtirilgaligini
nazorat qilish. Matn
ustida ishlash orqali
yangi
bilimlar
o’zlashtiriladi.
Olingan
bilimlarni
tizimli bayon etadi.
Mustahkamlaydi va o’z
o’zini baholaydi hamda
o’zgalar faoliyatini tahlil
qiladi.
Yakka tartibda va kichik
guruhda
ishlash
ko’nikmasi hosil bo’ladi.
Tinglovchilar
interfaol mashg’ulotlarni
tashkillay oladilar.
Kelgusidagi
rejalar
O’z ustida ishlash. Mavzuni hayot bilan Matn bilan mustaqil
bog’lash. pedagogik mahoratni oshirish. ishlashni o’rganadi. O’z
Interfaol metodlarni takomillashtirish.
fikrini ravon bayon
qiladi. Mavzu asosida
qo’shimcha materiallar
to’adi, ularni o’rganadi.
Guruh fikrini tahlil qilib,
bir yechimga kelish
malakasini hosil qiladi.
Zamonaviy
ta’lim
jarayoni
2
xil
yondashuvga
1.Tarbiyachilarga
yo’naltirilgan
ta’lim
ko’proq
2. Bolaga yo’naltirilgan ta’lim –ko’proq o’rganishga qaratiladi.
asoslanishi
o’qitishga
mumkin:
qaratiladi.
Ta’limdagi ikki yondashuvning farqli jihatlari
Tarbiyachiga yo’naltirilgan ta’lim
tartiblari
Tarbiyachi
o’qitayotgan
narsa
(bilim)ga diqqatni qaratadi
Boshqaruv va tartibga diqqatni
qaratadi
Bolaga yo’naltirilgan ta’lim
tartiblari
Bolaning
ehtiyoji,
qiziqishi
va
individuallashuviga diqqat qaratiladi
Bolaning tanlovi, mustaqilligi va ijobiy
munosabatlari e’tiborga olinadi
O’qitayotganda
tarbiyalanuvchilarning
xulqiga
diqqatni qaratadi
O’rganish tarbiyachidan bolaga
“beriladi”
O’rganish jarayonida
ishtiroki ta’minlanadi
bolaning
faol
O’rganish bola tomonidan amalga
oshiriladi va tarbiyachi tomonidan
ko’mak beriladi
Interfaol strategiyalar ning ikkita muhum maqsadi bor:
- Ta’lim olishda bolaning faol o’rni
- Bolaning kattalar va tengdoshlari bilan muloqot o’rnatishi
Inter faol strategiyalarga quyidagilar kiradi.
 Turli mashg’ulotlarni uyushtirganda bolalarni kichik guruhlarga bo’lish (muhitni
bolalarni kichik guruhlarda birga ishlay oladigon qilib moslang)
 Bolalar o’rtasida hamkorlikni talab qiladigon mashg’ulotlardan foydalanish (biron
narsani qurish)
 Doira shaklida o’tirib faktlar hodisalar bilan o’rtoqlashish
 Biror masalada fikr almashishlaridan oldin vaqt va imkoniyat berish
 Bir biridan o’rganish (vazifani bajarayotganda bolalar bir birlariga yordam
berishlariga yo’l qo’yib berina)
 Muammoli vaziyatlarga birgalikda yechim izlash
 Bolalar bilan mavzuga doir loyihalar ishlab chiqish
O’yin texnologiyalari
O’yin, mehnat va o’qish inson faoliyatining asosiy turlaridir. O’yin ijtimoiy
tajribaning qayta yaratish va o’zlashtirishga qaratilgan faoliyat turi bo’lib u orqali insonning
o’z o’zini boshqarish ko’nikmalari rivojlanadi. O’yin shunday faoliyatki, uning natijasigina
emas balki jarayonning o’zi ham insonga zavq bag’ishlaydi. O’yin faoliyati ijod uchun
imkon beradi, his-tuyg’ularni kuchaytiradi. Quyidagi o’yinli texnologiyalar maqsadlari
keltirilgan.
O’yinli texnologiyalar maqsadlari
1. Didaktik: dunyo qarashni kengaytirish, bilish faoliyati bilimlarni amaliyotda qo’llash,
ma’lum ko’nikma va malakalarni shakllantirish
2. Tarbiyaviy: ta’lim oluvchiga mustaqillikni irodani tarbiyalash: ma’lum munosabot
axloqiy-estetik yo’nalishlarni shakllantirish: hamkorlik jamoa bilan birlashtirish
tuyg’ularini tarbiyalash
3. Rivojlantiruvchi: diqqat, xotira, nutq tafakkur, taqqoslash ko’nikmalari, empatiya,
refleksiya, optimal yechimlar izlab toppish ko’nikmalari, o’quv faoliyatiga nisbatan
motivatsiyani rivojlantirish.
4. Ijtimoiylashtiruvchi: ta’lim oluvchilar ongiga jamiyatda qabul qilingan axloqiy
me’yorlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni sindirish, muhitga moslashish, o’zo’zini boshqarish, muloqotga o’rnatish, psixoterapiya.
O’yinli texnologiyalarning ba’zi konseptual asoslari
1. O’yinli texnologiyalarning psixologik mexanizmi shaxsning o’z-o’zini namoyish qilish,
jamoada o’z o’rnini egallash, o’z-o’zini boshqarihga bo’lgan ehtiyojga asoslanadi.
2. O’yin hayot maktabi va rivojlantirish amaliyotidir.
3. O’yinga kirishishga insonning yosh xususiyatlari ta’sir ko’rsatadi.
Mashg’ulot jarayonida o’yin ta;lim oluvchilarni o’quv jarayoniga undovchi vosita
vazifasini bajaradi. Bunda:
- Ta’lim maqsadi o’yin sharti sifatida qo’yiladi,
- O’quv faoliyati o’yin qoidalariga bo’ysunadi.
- O’quv materiallari o’yin orqali taqdim etiladi.
- Bellashuv elementlari olib kiriladi.
- Didaktik masalaning yechilishi o’yin natijasi bilan bog’lanadi.
O’yinlar qoidasi “qat’iy” yoki “ qat’iy bo’lmagan” oldindan qabul qilingan yoki o’yin
davomidan tuziladigan bo’lishi mumkin
Shakllari bo’yicha o’yinlarni quyidagi turlarga ajratidh mumkin.
- Bayramga asoslangan o’yin.
- Folklorga asoslangan o’yin.
- Teatr o’yinlari.
- O’yinli mashqlar .
- O’yin so’rovnomalar, testlar, savollar.
- Intermadiyalar.
- Bellashuv.
- Syurpriz.
- Karnaval.
- Kim oshdi savdosi (auksion) va boshqalar.
O’yin strukturalari quyidagi bosqichlaridan iborat:
- Maqsad qo’yish.
- Rejalashtirish.
- Maqsadni amalga oshirish.
- Natijalar tahlili.
Mavzu: bu bolalar o’ynayaptilarmi?
4 yoshli bolalar guruhi, 6 ta bola yarim doira shaklida stullarga o’tkazilgan va
oldilariga tarbiyachi o’tiribdi. Orqada harflar yozilgan rangli g’ishtlar qo’yilgan stul turibdi.
Tarbiyachi bolalarni birma-bir stul yoniga chaqirib, ulrdan shu g’isht orqali soda so’zlar
tuzishni so’raydi, va yaxshilab ko’rsatib, ulardan qaytadan bajarishlarini muloyim oxangda
so’raydi. Bolalar uddalashlari bilan ularni maqtab joylariga o’tkazadi. Bolalar tarbiyachidan
mamnunlar
Mavzu: bu bolalar o’ynayaptilarmi?
4 yoshli bolalar guruhi badiiy adabiyot burchgida bir qiz va bola birga o’yiribdi. Umda
rasmlar kam, matnlar ko’p joyni egallagan. Bola kitobni o’qiyotgandek tahlil qiladi. Qiz
unga kitobni teskari ushlaganini aytib, kitobni to’g’rilaydi. Bola hammaga ma’lum ertakni
“o’qiydi” ammo qizcha uning xatosini aytib, o’zi uni to’g’rilab o’qiydi. Boshqa bola xonaga
kirib kelib ularni tinglaydi. Bola yangi kelgan bolaga rasmlarni ko’rsatadi va varaqlab
qizcha to’xtagan joyidan boshlab “o’qiydi”. Bola diqqatini ularni eshitishga qaratadi v a
ular bilan ikkita ertakni tugatgunlaricha 15 daqiqa o’tiradi.
Mavzu: bu bolalar o’ynayaptilarmi?
Keng sahna, musiqa yangrab turibdi, 20 nafarcha 4 yoshli bola ota-onalariga o’yin
ko’rsatish uchun yig’ilishgan. Bolalar ota-onalar jamoasi tomonidan taqdim etilgan chiroyli
kiyimlar kiyib olishgan. Har bir bolaning o’z roli bor: fermer fermerning xotini, sholg’om,
qo’shni, sigir, ot, it, mushuk, va sichqon. Boshqa bolalar bog; mevalari va sabzovotlar
bo’lib kiyinishgan, musiqa tarbiyachi pionino yonida o’tirib, musiqa chaladi. Musiqa
bolalar xatti-harakatlariga qarab chalinadi. Bola so’zlarni sedan chiqarsa masiqa
tarbiyachisi sekin unga aytib turadi. Bola ularni qaytarishga uyalib ketadi va biroz pauzadan
keyin sahna davom etadi. Ko’plab bolalar o’yinga kirishib ketishgan bo’lsa-da, gul va
karam o’zlarinig raqslarini boshlaydi. Shunda musiqa tarbiyachisi ularni o’z ro’llariga
qaytaradi. Karam borib uy yoniga o’tadi.
Mavzu: Bu bolalar o’ynayaptilarmi?
4 yoshli bolalar bilan to’la guruh xonasi, tarbiyachi xonaga katta bo’sh karton quti olib
keladi va pazandachilik burchagiga qo’yadi. U yerda ikkita qiz va ikkita bola o’ynaydi.
Tarbiyachi xozirgina bolalarga kata sholg;om haqaida ertak aytib bergandi. Song bolalarga
birin ketin ro’l tanlashadi, kimdir fermer, boshqasi sholg’omdir. Fermer kata qutini o’z uyi
deb faraz qiladi. Hammalari quti ichiga lirib olishgach, tarbiyachini chaqirib, ular nimalar
qilishganini aytib berishadi.
O’yinning kuchi
O’yin faoliyati bola hayotining asosiy mazmunini tashkil etadi, u mehnat va ta’lim bilan
uzviy aloqada bo’lgan holda yetakchi foliyat sifatida namoyon bo’ladi. Tadqiqotchilar
o’yinning ahamiyati, qadri, uning shartliligi xamda, ijtimoiy xulqni shakllantirishda,
shaxsning jamiyatdagi o’z o’rnini belgilab olishi, uning muomala chog’idagi xattiharakatlarini aniqlab olishi hamda miyaning keying o’rganiladigon mavzuga
tayyorlanishida juda kata ahamiyatga ega ekanligi takidlaydilar.
Tug’ilganidan boshlab yoshgacha bo’lgan darda, yani bolaning aqliy qobilyatlari jadal
rivojlanayotgan davrda o’yin juda muhim ekanligini alohida uqtiradilar
O’yin-inson o’zligini namoyon qilishi uning takomillashuvi, usulidir. U maktabgacha
yoshdagi bolalar hayotining asosini tashkil qiladi. O’yinda shaxsdagi mavjud barcha jihatlar
ishga tushadi. Bola harakat qiladi, gapiradi, o’ylaydi, o’yin davrida bolaning xayoli, xotirasi
faol ishlaydi, ta`sirchanlik va iroda sifatlari namoyon bo’ladi.
O’yin bolalikning hamrohi.
O’yin muhimdir. Bolaga yo’naltirilganmaktabgacha ta’lim muassasasi. Joan Moyer,
1999.
Akademik muvaffiqiyatga erishish uchun qilinayotgan siquv va bugungi bolalarning
o’yinga bo’lgan ehtiyoji ortib ketdi. Degan ikkita xato tushuncha maktabgacha ta’lim
muassasalarida “boshlang’ich ko’nikmalar”ga qat’iy urg’u berilishiga sabab bo’ldi. Ilk
davrlardagi rivojlanishining asosiy manbai o’yin xisoblanadi bolaning mukammal
rivojlanishi o’yin orqali amalga oshiriladi. O’yin bolaning ilm o’rganish jarayonida, ayniqsa
intelektual o’sishida bugungi kunda eng muhim vositachi qolmoqda, ayniqsa maktabgacha
ta’lim muassasalarida. Buning ustiga eng so’ngi ilmiy tekshuruvlar o’yin orqali
o’rganilmagan bilim tez yoddan ko’tarilgani tasdiqlaydi. O’yin nafaqat materiallar va
jihozlardan foydalanishdan tashkil topgan balki sovodxonlik va fikrlar xilma-xilligini
shakllantirishda foydalaniladigon so’zlar va fikrlardan iborat. Bundan tashqari o’yin
muommo yechishko’nikmasini shakllantirishga undab ijodkorligini rivojlantiradi. Ijtimoiy
va hissiy rivojlanishlar ham o’yin orqali amalga oshiriladi, o’yin umumiy rivojlanishni
ta’minlaydi, faollashtiradi.
Lawrence Frankning (1964) fikrlari bugundi kungacha o’z axamiyatini yo’qotmagan:
“bolami mustaqillik bilan tanishtirishga undaydigon, mustaqil o’rganishga yo’naltiradigon
va dunyoni faol kashf qilishga chorlaydigon o’yin konsepsiyasi bolaning umumiy
rivojlanishini kafolatlaydi… bu ta’lim tizimining qadriyatlarimizni va shaxsning mukammal
rivojlanishga qo’ahmoqchi bo’lgan g’ayratimizning tarjimasidir.”(73-bet)
Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilari soha mutaxassislarining quyidagi gaplariga
qo’shilyaptilar: bolaga yo’naltirilgan mashg’ulotlar, bolaning har tomonlama yani to’rtta
kategoriyasining hammasini qamrab olishi zarur.
Bola shaxsini rivojlantirishda didaktik o’yinlarning ahamiyati
Maktabgacha yoshdagi bolalar foliyati rang-barangdir. Ular hammadan ko’proq
o’yinni yoqtiradilar. Chunki o’yin maktabgacha yoshdagi bolalar uchun asosiy va eng
sevimli mashg’ulotdir. O’yin – bolalarning o’zaro munosabati yo’lga solidi, his-tuyg’usini
rivojlantiradi, erkini mustahkamlaydi.
Shuning uchun ta’lim tarbiya berish jarayoniga o’yin elementlarining muaommoli
holatlarining kiritilish va darslarni jonlantiradi
Didaktik o’yinlar ta’limiy xarakterga ega bo’lib bolalar bilimining
mustahkamlanishiga va kengayishiga ularning umumiylashtirishiga tizimga solishga
yordam beradi. Ta’lim va tarbiya berish jarayonida har xil didaktik o’yinlardan: og’zaki,
stol ustida xarakatli, ijodiy xayolan sayohat o’yin viktorinada foydalanish muaommoli
xolatlar chiqarish, yechimini toppish, natijaga erishish, mashg’ulot samorodorligini oshiradi
Didaktiv o’yinlarning xususiyatlari shundaki, ta’limga a’loqador masalalar
mashg’ulot jarayonida o’yin asosida uning qoidalariga muvoffiq tarzda olib boriladi, bola
o’ynar ekan u nimanidir o’rganishi haqida o’ylab o’tirmaydi. Lekin o’yin jarayonida
nimanidir o’rganadi. Didaktiv o’yin mazmuni ta’limni muhim qismi sifatida kiritilgan
bo’ladi. Didaktik o’yin bolalarning aqliy qobilyatini o’stiradi. Bola o’yin jarayonida
faollashadi. O’yin vazifalari diqqatni jamlashni, o’yin mazmunini anglashni talab qiladi.
O’yin bolani talim tarbiya olishga zarur ko’nikmalar hosil qilishga undaydi. Didaktik
o’yinlarni bolalarning ma’naviy va axloqiy kamolotiga ularning mukammal inson bo’lib
kamol topishida tarbiyaviy ta’sir qudratiga ega. O’yin timsolida bolalar jamoa bo’lib
yashashga uyushqoqlikkka birgalikda ijod qilishga, ishlashga va mustaqillikka o’rganadilar.
Didaktik o’yinlar bolalarning aqliy faoliyatini ongini o’stirishga ularning fikrlash
tashabbuskorligini oshirishga xizmat qiladi.
Bolalarning his-tuyg’ularini shakllantirishga ayniqsa, ularning sezgi a’zolarini
(sezish, ko’rish, tinglash, va boshqalar) faoliyatini oshirishga yordam beradi. Uning idroki
zehni xotirasi, irodakisini mustahkamlab boradi. Diqqati va topqirligi oshib boradi, olgan
bilimlarining o’z faoliyatida mehnat o’yin jarayonida sinab ko’rish ishtiyoqi paydo bo’ladi.
Didaktik o’yinlardan asosan bolalarning aqliy faoliyatini rivojlantirihga ta’sir etuvchi
vosita foydalanish bilan bir qatorda nutq o’stirish, atrof-muhit bilan tanishtirish, hisoblash
ko’nikmalarini hosil qilish.
Ekologik va estetik tarbiyani amalga oshirishda keng qo’llaniladi. Bolalar bilan
o’tkaziladigon har bir didaktik o’yin ularda aniq bilimga narsa va buyumlarga qiziqish
uyg’otish bolalar diqqatini jalb qila olishi mumkin. Bolalar oldiga qo’yilgan bolalar
tushunchasiga mos bo’lmasa, ularni qiynab qo’ysa, u vaqtda o’yin o’z qiymatini yo’qotadi.
Bolalar qiziqmagach vazifa bajarilmaydi, maqsadga erishilmaydi.
Didaktik o’yinda bevosita takrorlash metodlaridan foydalanish lozim. Bundan
maqsad ayrim muammolarni hal qilishdir, ya’ni mashg’ulotlarda faol qatnashgan bolalar
bilan sust, loqayd bolalarni ham o’yinga jalb qilib olingan bilim va ko’nikmalarni
takomillashtirishdan iboratdir.
Ta’limning o’yin jarayonini ayniqsa, ochiq havoda amalga oshirish bolalarda
kuzatuvchanlik va ijodgarlikni rivojlantirib va ularni ranglarni, shakllantirib, katakichikligini, hidni, ta’mni, aniqlashda qobilyatini taraqqiy ettirishga o’rgata boradi.
Jisminoy mashqlar o’tkazish chog’ida ham turli she’riy yoki topishmoqli o’yinlardan
foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bolalarda mustaqil bajarish malakaviy ko’nikmalarini hosil qilish ularning zehnini
ostirish, tez hisoblash ko’nikmalarini rivojlantirish ijodiy fikr maxsulini o’stirish
qiziqishlarini oshirish maqsadida mashg’ulotlarni zamonaviy usullarda foydalanib o’tish
davr talabidir.
Mavzuli nutq o’stirish, atrof-olam bilan tanishtirish mehnat mashg’ulotlarida
sahnalashtirish
“o’yin
musobaqalar”
“teatrlashtirish”
“Sayohat”
“Konsert”
mashg’ulotlaridan foydalanish samarali natija beradi.
Shunday qilib,
- O’yin bolalarning mustaqil faoliyati bo’lib unda bolaning ruhiyati namoyon bo’ladi.
- O’yin maktabgacha yoshdagi bolalar hayotini tashkil etish shaklidir.
- O’yin bolalarning har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir
- O’yin bolalarga ta’lim tarbiya berishning metod usulidir.
Bolalar uyini o’zining mazmuni xususiyati va tashkiliy jihatlariga egadir.
O’yin bolalarning jismoniy jihatdan tarbiyalashda maktabgacha talim muassasasi ishida
katta o’rin egallaydi. O’yinda yosh organizmga xos bo’lgan talab va ehtiyojlar
qondiriladi. Hayotiy faollik ortadi birdamlik, tetiklik, quvnoqlik tarbiyalanadi. Shuning
uchun ham bolalarni jismoniy tarbiyalashda o’yin munosib o’rin egallaydi.
Bolaga yo’naltirilgan ta’limda rivojlantiruvchi muhitning ahamiyati
Muhit MTMda bolani o’rab turgan, uning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadigan
hamma narsalarni, shu jumladan, binolarning rejalashtirilishi va o’lchamlari, hovlidagi
o’yin maydonchasi, guruhdagi mebel, materiallar, jihozlar, o’yinchoqlarni o’z ichiga oladi.
Bola shaxsiga yo’naltirilgan ta’limda maktabgacha ta’lim muassasasi muhitida
bolalarning kognitiv (aqliy), nutq va muloqotchanlik, ijtimoiy-hissiy hamda jismoniy motor
rivojlanishiga sharoit yaratilishini
ta’minlash juda muhimdir. Bolaning rivojlanishiga
sharoit nafaqat guruh xonalarida,
balki muassasa hovlisida, yo’laklarida, o’yin
maydonchalarida ham yaratilgan bo’lishi shart.
Xona va bino – bu bolaning rivojlanishi uchun muhim bo’lgan ichki omillardir, o’yin
maydonchalari, muassasaning atrofi esa tashqi omillar bo’lib xizmat qiladi.
Bola shaxsini rivojlantirishga yo’naltirilgan o’quv muhiti ta’lim-tarbiya jarayonida
bolaning yoshi, psixologik, fiziologik xususiyatlarini to’liq hisobga olgan holda eng qulay
shart-sharoitlarni ta’minlashga xizmat qiladi.
Rivojlantiruvchi muhitda o’yin markazlari
Guruhdagi barcha materiallar va jihozlar sohalar bo’yicha tartibga solinishi lozim. Bu
bolalar o’yinlari va ishlarining yanada qulay uyushtirilishiga yordam beradi. Bu sohalar
o’yin markazlari deb nomlanadi. Har bir guruhda quyidagi markazlar bo’lishi maqsadga
muvofiqdir:
Санъат
Қурилиш
Пазандалик
Саҳналаш
тириш
Очиқ
майдонча
Адабиёт
Табиатшу
нослик
Қум ва сув
Математика
/манипулятив
ўйинлар
Мусиқа
Bolaga yo’naltirilgan muhitning talablari
 Bolaning sog’ligini qo’llab-quvvatlashga mos: yorug’likning yetarli bo’lishi, toza
havo, toza joy va issiq xona
 Bolani noo’rin hodisalardan xavfsiz saqlaydigan joy
 Harakat, tajriba va kashf qilishga rag’bat ko’rsatish, ya’ni MTM hududining barcha
joylarida bunga imkon bo’lsin. Masalan: o’yin maydonchasida suv va qum bilan tajribalar
o’tkazish, koridorda turli o’simliklarning o’sishini kuzatish,
 Guruhdagi barcha jihoz va qo’llanmalar bolaning bo’yi yetadigan darajada bo’lishi va
bola ulardan bemalol foydalana oladigan bo’lishi kerak,
 Bolalar o’rtasida hamkorlik va muloqotga rag’bat bildirish (kichik guruhlarga bo’linib
va juft bo’lib ishlashlari, o’yinlar o’ynashlariga sharoit yaratilgan bo’lishi kerak),
 Tegishlilik hissi, xavfsizlik va erkinlik hissi,
 Turli madaniyatlar mavjudligini his qildirish,
 Xonani bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydigan qismlarga bo’ling va u
yerda: o’yinchoqlar, konstruktsiyalar, belgilar, raqamlar, so’zlar va x.k. bo’lsin.
 Mebel bolaning jismoniy holatiga va erkin harakatlana olishiga to’siq bo’lmaydigan
qilib joylashtirilgan bo’lsin, bola o’ziga tegishli mebelni bemalol harakatlantira olsin,
nogironlarga mos mebel ham bo’lishi kerak.
 Tarbiyachi va bolalarga ham qulay bo’lishi
 Bolaning idrok etish qobiliyatini rivojlantiruvchi va ijod qilishga undovchi turli shakl
va rangdagi materiallar bilan ta’minlash
 Iloji boricha juda ko’p narsalarni bitta joyga ilib qo’ymaslik, bu bolaning jismlarni
ajratib olishiga halaqit beradi
 Bolaga erkin tanlash imkoniyatini berish va mustaqil qaror qabul qilishga undash
 O’z tengdoshlari bilan munosabatga kirishishiga yordam berish
 Kundalik qilinadigan ishlarni biror jadvalda bola ko’ra oladigan va tushunadigan
holatda ilib qo’yish. Buni so’zlar hamda simvollar bilan tasvirlash.
 Ota-onalar va maktabgacha ta’lim muassasasi o’rtasida iliq munosabatni
shakllantiruvchi muloqotni o’rnatishga imkon beruvchi muhitni yaratish. Bolalarning,
oilasining fotosuratlarini ilib qo’yish, bolalar va onalar birga shug’ullanishlari uchun xona
ajratish va h.
Xrestomatiya
Muhitni baholash: nimadan boshlash kerak?
Atrofga qarang. Bizning jamiyatda bolalar o’yinga o’z xohishlari bilan kirishmoqdalarmi?
Ular ko’chada va bozorlarda o’ynaydilarmi? Ular ko’chada o’ynashni yoqtiradilarmi yoki
bino ichidami? Biz bir ish boshlashni qaror qilishimizdan avval muhitning o’zini baholab
olishimiz kerak.
Ota onalar, vasiylar va pedagoglar quyidagi savollarni ko’rib chiqishlari lozim:
 Mening farzandim (bola) jamoa bo’lib o’ynaydimi? O’ynasa, qanday (faol,
passiv va h.k. . )?
 Uning faol o’yinini men rag’batlantiramanmi yoki qarshilik ko’rsatamanmi?
 Men bolalarni (farzandimni) kerakli o’yin materiallari bilan ta’minlaymanmi?
 Uy yoki maktabgacha ta’lim muassasasi bola o’yini uchun bexatar joy
hisoblanadimi?
 Kun davomida bolalar o’ynashi uchun joy yetarlimi?
 Ota onalar (pedagoglar) o’yin materiallari va zaxiralari bilan qiziqadilarmi?
 Bolaning o’yindagi o’sishini men baholaymanmi?
Shu tariqa jamiyatning zaxiralarini ham baholash lozim, masalan : ko’cha va binolarda
o’yin muhitining majudligini.
Hayotiy zarur qobiliyatlar:
• O’zgarishlarni qabul qilish va amalga oshirish;
• Tanqidiy fikrlash;
• Tanlashni amalga oshirish;
• Muammolarni qo’yish va hal etish;
• Ijodni, fantaziyani va ixtirochilikni namoyon etish;
• Odamlar, jamiyat, mamlakat, atrof-muhit to’g’risida g’amho’rlik qilish.
Bu juda muxim!
• Har bir bola uchun ta’lim olish sharoitini individuallashtirish;
• Tanlash imkoniyatini berish, faollashtiruvchi markazlarni tashkillashtirish;
• Oilaning ishtiroki.
Dasturning “Uch kiti”
• Konstruktivizm-bolalar olamni shaxsan o’zlari tushungan holda konstruktsiya
qiladilar yoki ko’radilar;
• Ilg’or ta’lim-har bir bola rivojlanishi uchun sharoit yaratish;
• Rivojlantirishning o’ziga xosligini hisobga olish-har bir bola noyob va yagonadir;
“ Baxtli bolalik” qo’shig’i
Bolalarni sevamiz
Ularga o’rgatamiz
Tanqidiy fikrlashni
Muammo hal qilishni
Ota va onalarni
Ta’limga jalb etamiz
Ijodkor, loqayd emas
Bola tarbiyalaymiz
Dunyoning rivoji bu
Zo’r g’oya ixtirodir
Bilib qo’y har bir bola
Yagona va noyobdir
Menga baliq bersangiz,
Men bir kun to’q bo’laman
Menga baliq tutishni o’rgatsangiz,
Men butun umr to’q bo’laman.
Xitoy xalq hikmatli so’zi.
Bola rivojlanishiga yagona yondashuv
 Bola to’laqonli shaxs sifatida
Butun dunyoda, bolaning rivojlanishiga dominant yondoshuv yagonadir. Bola yaxlitlik
sifatida qaraladi, tanasi, aqli, hissiyoti va ijodkorligini inobatga olgan xolda. Shu bilan birga
shaxsiy tarixi va ijtimoiy kelib chiqishi ham1.
Bu rivojlanish nazariyasi dunyoning barcha davlatlarida turli ilmiy ishlarda ko’rib
chiqilgan.
Ilmiy tadqiqotlar bolaning rivojlanishi va ovqatlanishidagi sifat, e’tibor berish, va albatta,
o’qitish orasida bog’liqlik borligini ko’rsatdi. Aniq qilib aytadigan bo’lsak, 0-6/7 yosh
bolalar orasidagi rivojlanishda, muhim narsalar bu:
 Jismoniy, aqliy, ijtimoiy, hissiy va ruhiy baholash yoshi kattaroq bolalardan kattalarning
rivojlanish fazasi turlicha bo’ladi va o’zining ritmi, bosqichlari va ko’rsatmalari bilan
farq qiladi.
 Zamonaviy jamiyatlarda, bolaning jismoniy, aqliy, bilishi(idrok etishi) va ijtimoiy hissiy
ko’nikmalari progressiv transformatsiyalar bilan bog’liq. Transformatsiyaga
qobiliyatlarning rivojlanishi, qanchalik rivojlanganligi, muloqot, o’ynash va o’rganish
kiradi. Bu davr bola ota-onasi, aka-ukasi, tengdoshlari bilan muloqotga eng muhtoj davr
hisoblanadi;
Moss, P., Petrie, P. (2002), From Children’s Services to Children’s Spaces: public provision, children and childhood. London:
Routledge Falmer.
1
 Bolaning rivojlanishi juda hissiyotli bo’ladi, shuning uchun ovqatlantirishda ota-onaning
mehri kam bo’lsa, yoki e’tiborsizlikka yo’l qo’yilsa, bolaning rivojlanishiga zarar yetadi
 Xoh ichkarida bo’lsin, xoh tashqarida bo’lsin, bolaning harakatlanishini cheklab
qo’yadigan muhit bo’lmasligi kerak hamda xavfsiz bo’lishi kerak.
 Minglab tamoyillar haqida gapirishimiz mumkin, lekin aynan bittasi to’g’ri degan
tushuncha yo’q, chunki bola yashagan davr, sharoit, oila, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va
bir qancha yana hos faktorlar mavjud.
Ilk
davrlardagi
aralashuv
bolaning
aqliy
va
jismoniy
faoliyatidagi
kamchiliklarini bartaraf etadi.
Xulosa shundan iboratki, biz, ilm fan, bolaning dastlabki olti yoshi uning keyingi
rivojlanishi uchun juda muhim davr ekanligiga qo’shilamiz.
 Bola rivojlanishiga yagona yondashuv deganda nimani tushunamiz?
Bola haqidagi umumiy tushunchada insoniyatning barcha sohalardagi yutug’i va
rivojlanishi o’zaro bog’liq.
Atrof muhit bilan muloqotga kirib, bola xam shu muhitga aralashganini tushuna boshlaydi.
Har bir bolaning atrof muhitni “ishg’ol qilishi” uning murakkab bosqichlarni bosib
o’tayotganligini bildiradi. Bunga harakatlar, hissiyotlar va jarayonlar kiradi.
Barcha rivojlanish doiralari bir-biriga bog’liq. Ya’ni bitta doiradagi rivojlanish ikkinchi
doiraga ta’sir qiladi. Shuning uchun ham har bir doiraga to’g’ridan-to’g’ri va aniq murojaat
qilinsa, o’rganish oson va tajriba orttirish oson kechadi. Bola rivojlanishining bosqichlari
turli xildir, ya’ni bir bola bir holatda tez rivojlansa, ikkinchisi boshqa bir holatda tez
rivojlanadi. Har bir rivojlanish doirasining o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Bir
doiradagi maqsadlarga erishib, o’z-o’zidan ikkinchi doiraning maqsadlariga ta’sir qilamiz.
Masalan, agar bir jismni bola o’zi mustaqil yeya olsa, unga yordam berib, biz motor
ko’nikmalari, ko’z-qo’l muvofiqligi, e’tibor, hissiy ta’sirlar bilan o’zaro munosabatlarga
kirishishni (qo’llab-quvvatlash, maqtov, o’ziga ishonch) til va lug’at (taomning nomi,
idishlarning nomi) rivojlantiramiz. Xuddi shu tarzda tilni qay darajada o’rganganligi bolaga
kattalar va tengdoshlar bilan munosabatga kirishishga yoki kirisha olmasligiga sabab bo’la
oladi.
Mazkur sohani chuqurroq o’rganishdan asosiy maqsad uni kategoriyalarga bo’lishdir.
Aslini olganda esa shuni doimiy ravishda esda tutish lozimki, rivojlanayotgan hamma
sohalar o’ta muhim hisoblanib bir-birini o’zaro to’ldirib boradi. Hech qaysi soha
mustaqil ravishda rivojlana olmaydi va har bir ko’nikma sodda bo’ladimi yoki murakkabmi,
boshqa ko’nikmada o’z ifodasini topadi.
Rivojlanish doiralarining o’zaro bog’likligidan tashqari, integratsiya yondoshuvi
ham bola rivojlanishiga taalluqi hamma sektorlarni o’zaro bir-biriga bog’lab yuboradi, ular:
ta’lim, e’tibor va himoyadir.
Bolalarda mayda qo’l motorikasini rivojlantirish
Bolalarning mayda qo’l motorikasini rivojlantirish ular tafakkurining kuchli
rivojlanishiga zamin tayyorlashi ko’p psixolog va pedagoglar tomonidan ta’kidlab o’tilgan.
Masalan, M.I.Koltsova, Ye.I.Isenina, A.V.Antakova-Fomina va boshqalar mayda qo’l
motorikasining rivojlanganligi bolalar nutqini shakllanishida ijobiy ta’sir ko’rsatadi deb
ta’kidlasalar. P.Losev mayda qo’l motorikasi va barmoqlar harakatini mutanosibligi
bolalarni maktabgacha yoshda to’g’ri rivojlanishining eng muhim masalalardan biridir, deb
hisoblaydi.
N.S.Jukova, Ye.M.Mastyukova, T.B.Filecheva, S.I.Bot va boshqalarning maxsus
adabiyotlarida bo’lsa, mayda qo’l motorikasini rivojlantirish yo’llari orqali nutqida nuqsoni
bo’lgan bolalarning nutqini to’g’ri shakllantirishga yo’naltirilgan usullar berilgan.
Shuningdek, M.Montessorining didaktik materiallari ham, aynan sensorika va
motorikani rivojlantirishga qaratilgan hamda eng, avvalo, bolaga uning o’z yoshiga mos
motorika va sensorika orqali ruhiy shakllanishiga yordam beradi. Didaktik maqsadlarga
qaratilgan motorika umumiy, hissiy, nutqiy va ijtimoiy rivojlanishga ta’sir etadi.
Bola rivojlanishiga yagona yondфshuv
 Bola to’laqonli shaxs sifatida
Butun dunyoda, bolaning rivojlanishiga dominant yondoshuv yagonadir. Bola yaxlitlik
sifatida qaraladi, tanasi, aqli, hissiyoti va ijodkorligini inobatga olgan holda. Shu bilan birga
shaxsiy tarixi va ijtimoiy kelib chiqishi ham2.
Bu rivojlanish nazariyasi dunyoning barcha davlatlarida turli ilmiy ishlarda ko’rib
chiqilgan.
Ilmiy tadqiqotlar bolaning rivojlanishi va ovqatlanishidagi sifat, e’tibor berish, va albatta,
o’qitish orasida bog’liqlik borligini ko’rsatdi. Aniq qilib aytadigan bo’lsak, 0-6/7 yosh
bolalar orasidagi rivojlanishda, muhim narsalar bu:
 Jismoniy, aqliy, ijtimoiy, hissiy va ruhiy baholash yoshi kattaroq bolalardan kattalarning
rivojlanish fazasi turlicha bo’ladi va o’zining ritmi, bosqichlari va ko’rsatmalari bilan
farq qiladi.
 Zamonaviy jamiyatlarda, bolaning jismoniy, aqliy, bilishi(idrok etishi) va ijtimoiy hissiy
ko’nikmalari progressiv transformatsiyalar bilan bog’liq. Transformatsiyaga
qobiliyatlarning rivojlanishi, qanchalik rivojlanganligi, muloqot, o’ynash va o’rganish
kiradi. Bu davr bola ota-onasi, aka-ukasi, tengdoshlari bilan muloqotga eng muhtoj davr
hisoblanadi;
 Bolaning rivojlanishi juda hissiyotli bo’ladi, shuning uchun ovqatlantirishda ota-onaning
mehri kam bo’lsa, yoki e’tiborsizlikka yo’l qo’yilsa, bolaning rivojlanishiga zarar yetadi
 Xoh ichkarida bo’lsin, xoh tashqarida bo’lsin, bolaning harakatlanishini cheklab
qo’yadigan muhit bo’lmasligi kerak hamda xavfsiz bo’lishi kerak.
 Minglab tamoyillar haqida gapirishimiz mumkin, lekin aynan bittasi to’g’ri degan
tushuncha yo’q, chunki bola yashagan davr, sharoit, oila, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va
bir qancha yana xos faktorlar mavjud.
Moss, P., Petrie, P. (2002), From Children’s Services to Children’s Spaces: public provision, children and childhood. London:
Routledge Falmer.
2
Ilk
davrlardagi
aralashuv
bolaning
aqliy
va
jismoniy
faoliyatidagi
kamchiliklarini bartaraf etadi.
Xulosa shundan iboratki, biz, ilm fan, bolaning dastlabki olti yoshi uning keyingi
rivojlanishi uchun juda muhim davr ekanligiga qo’shilamiz.
 Bola rivojlanishiga yagona yondoshuv deganda nimani tushunamiz?
Bola haqidagi umumiy tushunchada insoniyatning barcha sohalardagi yutug’i va
rivojlanishi o’zaro bog’liq.
Atrof muhit bilan muloqotga kirib, bola ham shu muhitga aralashganini tushuna boshlaydi.
Har bir bolaning atrof muhitni “ishg’ol qilishi” uning murakkab bosqichlarni bosib
o’tayotganligini bildiradi. Bunga harakatlar, hissiyotlar va jarayonlar kiradi.
Barcha rivojlanish doiralari bir-biriga bog’liq. Ya’ni bitta doiradagi rivojlanish ikkinchi
doiraga ta’sir qiladi. Shuning uchun ham har bir doiraga to’g’ridan-to’g’ri va aniq murojaat
qilinsa, o’rganish oson va tajriba orttirish oson kechadi. Bola rivojlanishining bosqichlari
turli xildir, ya’ni bir bola bir holatda tez rivojlansa, ikkinchisi boshqa bir holatda tez
rivojlanadi. Har bir rivojlanish doirasining o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Bir
doiradagi maqsadlarga erishib, o’z-o’zidan ikkinchi doiraning maksadlariga ta’sir qilamiz.
Masalan, agar bir jismni bola o’zi mustaqil yeya olsa, unga yordam berib, biz motor
ko’nikmalari, ko’z-qo’l muvofiqligi, e’tibor, hissiy ta’sirlar bilan o’zaro munosabatlarga
kirishishni (qo’llab-quvvatlash, maqtov, o’ziga ishonch) til va lug’at (taomning nomi,
idishlarning nomi) rivojlantiramiz. Xuddi shu tarzda tilni qay darajada o’rganganligi bolaga
kattalar va tengdoshlar bilan munosabatga kirishishga yoki kirisha olmasligiga sabab bo’la
oladi.
Mazkur sohani chuqurroq o’rganishdan asosiy maqsad uni kategoriyalarga bo’lishdir.
Aslini olganda esa shuni doimiy ravishda esda tutish lozimki, rivojlanayotgan hamma
sohalar o’ta muhim hisoblanib bir-birini o’zaro to’ldirib boradi. Hech qaysi soha
mustaqil ravishda rivojlana olmaydi va har bir ko’nikma sodda bo’ladimi yoki murakkabmi,
boshqa ko’nikmada o’z ifodasini topadi.
Rivojlanish doiralarining o’zaro bog’likligidan tashqari, integratsiya yondoshuvi
ham bola rivojlanishiga taa’lluqli hamma sektorlarni o’zaro bir-biriga bog’lab yuboradi,
ular: ta’lim, e’tibor va himoyadir.
Nazorat uchun savollar:
1.Bola rivojlanishiga yagona yondoshuv deganda nimani tushunamiz?
2. Shaxsning rivojlanishi qanday jarayon?
3. Shaxsning rivojlanishi uchun zarur omillar.
4. Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning o’rni.
Tayanch so’zlar: bolaga yo’naltirilgan ta’lim, interfaol, metod, usul, o’yin, pedagogik
texnologiya.
FOYDALANILGAN MANBALAR
1. Z.A.Raxmonqulova va boshqalar. Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar xodimlarini o’qitish
bo’yicha seminar modullari. Toshkent - 2010.
2. N.N.Azizxo’jaeva "Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” O’zbekiston yozuvchilar
uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti. Toshkent-2006.
3. Internet saytlari materiallari.
4.Bolaga yo’naltirilgan ta’lim dasturi.T.2010 y
5.Bolaga yo’naltirilgan ta’lim dasturini tashkil etish.2012 y
Download