O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI FARG‘ONA VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI Maktabgacha ta‘lim muassasasi jismoniy tarbiya yo’riqchilariga fanni o’qitishda pedagogik texnologiyalar moduli bo‘yicha ma‘ruza matnlari MAJMUASI Farg‘ona- 2016 “MA’QULLAYMAN” O‘quv-metodik ishlar bo‘yicha prorektor:_____ O.Mamaziyayev “TASDIQLAYMAN” Farg‘ona VXTXQTMOI rektori: _______ N.Abdulaxatov Maktabgacha ta‘lim muassasasi jismoniy tarbiya yo’riqchilariga fanni o’qitishda pedagogik texnologiyalar moduli bo‘yicha ma‘ruza matnlari MAJMUASI Ushbu ma‘ruza matni Farg‘ona viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti “Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim” kafedrasining maktabgacha ta’lim jismoniy tarbiya yo’riqchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun tayyorlangan bo’lib, Xalq ta’limi tizimi maktabgacha ta’lim jismoniy tarbiya yo’riqchilari uchun mo‘ljallangan. Tuzuvchilar: O.Abobakirova- maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim kafedrasi o’qituvchisi. Taqrizchi: F.Akbarova – maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim kafedrasi o’qituvchisi. . Ushbu ma‘ruza matni Farg‘ona viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Ilmiy Kengashining 20 -yil dagi -sonli yig‘ilishida muhokama qilingan va o‘quv jarayonida foydalanich uchun tavsiya etilgan. 1 2 3 4 3.3.Maktabgacha ta’limda pedagogik texnologiyalar Ma’ruza seminar Harakatli o’yinlarni tashkil etish 2 2 va o’tkazish metodikasi Sog’lomlashtirish ва 2 2 chiniqtirish usullari Pedagogik texnologiya 2 2 tushunchasi, uning ta’riflari va metodikadan farqi. 2 Tа’limda innovаtsiya Bolaga 5 yo’naltirilgan Interfaol 5 strategiyalar. Jami: ta’lim. 6 Jami 4 4 4 2 4 4 12 18 M UN D A R I J A Mavzular № 1 2 Harakatli o’yinlarni mеtoдикаsи tashkil Bet etish va o’tkazish Sog’lomlashtirish ва chiniqtirish usullari 3 Pedagogik texnologiya tushunchasi, uning ta’riflari va metodikadan farqi. 4 Tа’limda innovаtsiya 5 Bolaga yo’naltirilgan ta’lim. Interfaol strategiyalar. 3.2.1 Mavzu:Harakatli o’yinlarni tashkil etish va otkazish metodikasi (2 soat nazariy ) Reja: 1. 2. 3. 4. Tarbiyachining o’yin jarayoniga rahbarlik qilish metodokasi Tarbiyachining bolalarga o’yin harakatlarini tushuntirishi. Harakatli o’yinlarni o’tkazishda bolalarda ijodni shakllantirish Harakatli o’yinlarga rahbarlik qilish metodikasi Mavzu: Harakatli o’yinlarni tashkil etish va otkazish metodikasi Tarbiyachining o’yin jarayoniga rahbarlik qilish metodokasini egallagan bo’lishi o’yinlarni muvaffaqnyatli o’tkazishning asosiy sharti hisoblanadi. Pedagog o’yin faoliyatiga rahbarlik qilar ekan, bolalarni asta-sekin va «sezdirmasdan» qiziqarli Maqsad, o’yin vazifalarini bajarishda mustaqillik va topqirlikka, yuzaga vazifalar: kelgan o’yin vaziyatida chaqqon va intilib harakat qilishga, o’rtoqlik yordami berishga, hamma uchun umumiy bo’lgan maqsadga erishishga va bundan quvonishga o’rgatib boradi. O‘quv jarayon mazmuni: O‘quv jarayondan kutiladigan natija: O‘quv jarayon turi: 1.Tarbiyachining o’yin jarayoniga rahbarlik qilish metodokasi 2.Tarbiyachining bolalarga o’yin harakatlarini tushuntirishi. 3.Harakatli o’yinlarni o’tkazishda bolalarda ijodni shakllantirish 4.Harakatli o’yinlarga rahbarlik qilish metodikasi Harakatli o’yinlarni tanlash va rejalashtirish dasturga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda har bir yosh guruhning sharoiti hisobga olinadi, chunonchi, bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishining umumiy darajasi, harakat ko’nikmalarining rivojlanishi, har bir bola sog’lig’ining ahvoli, individual tipologik xususiyatlari, yil fasli, rejim, o’yinni o’tkazish o’rni, shuningdek, bolalar qiziqishlarining o’ziga xos xususiyatlari. Amaliy mashg‘ulot Shakl: guruhlarda ishlash Metod: guruhlarda ishlash metodi O‘quv Vosita: dars ishlanmasi namunalari, ko‘rgazma, tarkatma. jarayonini Usul:og‘zaki, yozma, ko‘rgazmali, taqdimot. tashkil etish Nazorat: Savollar va javoblar. texnologiyasi: Baholash: individual baholash, o‘z o‘zini baholash, guruh ishini baholash. O‘quv I. Tashkiliy qism – 5 minut. jarayon II. Kichik ma’ruza metodidan foydalanish – 30 minut. bosqichlari va III. “Jismoniy tarbiya ” mashg‘uloti dars ishlanmasini taqsimoti: o‘rganish va tahlil qilish - 40 minut. Guruhlar taqdimoti – 30 daqiqa IV. Gigiyena yo’nalishi “Klaster “va “Venn diagrammasi” - 30 daqiqa V-bosqich: mashg‘ulotni mustahkamlash -20 minut. IV. Darsga yakun yasash – 5 minut. O‘qituvchi Tinglovchi Yangi nazariy bilimlar Yangi nazariy bilimlar olishadi. beradi. Axborot izlash, to‘plash va Dars jarayonini maqsadli foydalanish ko‘nikmalari va oqilona boshqaradi. shakllanadi. Tinlovchilarga dars Tinglovchilar dars maqsadi, maqsadi, o‘qitishning o‘qitishning kutilayotgan kutilayotgan natijalari, natijalari, darsni rejalashtirishda darsni rejalashtirishda tizimli yondashuv, o‘qitishning tizimli yondashuv, kutilayotgan natijalari tavsifi o‘qitishning haqida bilib oladilar. kutilayotgan natijalari Mustahkamlaydi va o‘z-o‘zini tavsifi haqida baholaydi hamda o‘zgalar tushuntiradi. faoliyatini tahlil qiladi. Tingnlovchilarni kichik Yakka tartibda va kichik guruhda guruhlarga bo‘ladi va ishlash ko‘nikmasi hosil bo‘ladi. topshiriq bilan Olingan bilimlarni tizimli bayon Kutiladigan tanishtiradi. etadi. natijalar: Qisqa vaqt ichida ko‘p Ular asosiy harakatlar (yurish, ma’lumot to‘plashga yugurish, sakrash, irg‘itish, ilib yo‘naltiradi. olish, emaklash, sirpanish); oyoq Tinglovchilar samarali va tana uchun maqsad mezonlari umumrivojlantiruvchi mashqlar asosida tuzilgan (turli buyumlar yordamida va maqsadlarni tahlil ularsiz) raqs mashqlari, saflanish qilishni kichik va qayta saflanish, harakatli guruhlarda ishlash o‘yinlar, turli sport o‘yinlarining metodi orqali muhim xususiyatlarini egallash, bajarishadi. sport mashqlari, rolikli kon’kida Bolalar jismoniy sayr qilish, velosipedda yurish, tarbiyaning asosiy suzish va boshqalar haqida mazmunini muntazam tushunchalar oladi. ravishda bajarishlari uchun turli usuldagi mashqlar mavjudligi tushuntiriladi. Kelgusi O‘quv jarayonni tahlil O‘quv jarayonni yuzasidan berilgan rejalar(tahlil, qiladi; o‘zgarishlar): Mavzu bo‘yicha yangi bilimlarga ega bo‘ladi; Pedagogik mahoratini oshirib boradi. topshiriqlarni o‘z vaqtida bajaradilar. Harakatli o‘yin usullaridan o‘rganib keladilar. O‘quv jarayoni yuzasidan qo‘shimcha takliflar bildiradi 1. I-bosqich: Tashkiliy qism – 10 daqiqa 2. A) Salomlashish. 3. B) Tinglovchilar bilan tanishish, davomatni aniqlash, tinglovchilarni mashg‘ulot jarayoniga tayyorlash. Kichik guruhlarga bo‘lish, do‘stona kelishuv o‘rnatish. 4. II-bosqich: Tinglovchilarning mavzuga doir bilimlarini aniqlash- 15 minut. 5. Tinglovchilarning mavzuga doir dastlabki bilimlarini aniqlash. Mashg‘ulot mavzusi , maqsadi va kutilayotgan natijalarni bayon qilish 6. III-bosqich: Yangi mavzuga doir tinglovchilarning dastlabki bilimlarini aniqlash uchun savollar: Tarbiyachining o’yin jarayoniga rahbarlik qilish metodokasini egallagan bo’lishi o’yinlarni muvaffaqnyatli o’tkazishning asosiy sharti hisoblanadi. Pedagog o’yin faoliyatiga rahbarlik qilar ekan, bolalarni asta-sekin va «sezdirmasdan» qiziqarli o’yin vazifalarini bajarishda mustaqillik va topqirlik ko’rsatish, yuzaga kelgan o’yin vaziyatida chaqqon va intilib harakat qilish, o’rtoqlik yordami berish, hamma uchun umumiy bo’lgan maqsadga erishishga va bundan quvonishga o’rgatib boradi. Harakatli o’yinlarni tanlash va rejalashtirish dasturga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda har bir yosh guruhning sharoiti hisobga olinadi, chunonchi, bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishining umumiy darajasi, harakat ko’nikmalarining rivojlanishi, har bir bola sog’lig’ining ahvoli, individual tipologik xususiyatlari, yil fasli, rejim, o’yinni o’tkazish o’rni, shuningdek, bolalar qiziqishlarining o’ziga xos xususiyatlari. Harakatli o’yinlar dastur talablariga muvofiq asta-sekin murakkablashtirib boriladi, bolalar ongining o’sishi, ular to’plagan harakat tajribasi, maktabga tayyorlash zaruriyatini hisobga olgan holda o’zgartirib turiladi. Bolalar bilan o’tkaziladigan barcha o’yinlar fazoda, o’yin vaziyatida mo’ljal olishni tarbiyalaydi. O’rta guruhlarda endi oddiy musobaqa usulidagi o’yinlarni individual («O’yinchoqni kim oldin olib keladi») tarzda ham o’tkazish mumkin. Bir tomondan juda tez harakat qilishga undovchi «Qim tezroq» topshirig’i o’yinga emotsional ruh bag’ishlaydi, ikkknchi tomondan bolalarni kollektivda o’z harakati uchun mas’uliyatni his qilishga o’rgatadi. Katta guruh bolalari uchun harakatli o’yinlar o’z mazmuni, qoidalari, rollarining miqdori, topshiriqni jamoa tarzda musobaqaga joriy etishga («Kimning qatori tezroq saflanadi») ko’ra murakkablashtiriladi. Kichik guruhlar musobaqalarida bolalarning jismoniy rivojlanish va individual xususiyatlari hisobga olinadi. Maktabga tayyorlov guruhi bolalari birmuncha murakkab harakatli o’yinlar, shuningdek, sport musobaqalaridan iborat komanda o’yinlarini, o’yin-estafetani, sport o’yinlarini o’ynaydilar. Bularning hammasi chaqqonlik, tezkorlik, chidamlilikning rivojlanishiga, harakat ko’nikmalarining takomillashuviga, axloqiy-irodaviy sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi, emotsional ko’tarinkilik uyg’otadi. O’yinni tashkil etish. O’yin o’zining mazmuni, o’yin topshiriqlarining navbatma- navbat bajarilishiga qarab barcha bolalar bilan bir vaqtda yoki kichik guruh (bu vaqtda bolalarning qolgan qismi boshqa faoliyat bilan band bo’ladilar) bilan o’tkaziladi. Harakatli o’yinlar ichida guruhning barcha bolalari bir vaqtda faol ishtirok etadigan o’yinlar («Chumchuqlar va avtomobil», «Qimning zvenosi tezroq saflanadi», «Ayyor tulki» va boshqalar) ham bor. Shu bilan birga harakatlarning navbatliligi asosiga qurilgan («Quvlashmachoqlar», «Kim lentani tezroq tortadi», «Xaltachalarni almashtirish» va hakazo) foydali va qiziqarli o’yinlar mavjud. Bu o’yinlar irodani tarbiyalashga yordam beradi, o’zini tuta bilishga o’rgatadi. Biroq bunday o’yinlarni noto’g’ri tashkil etilganda bolalar o’yin topshiriqlarini bajarish uchun uzoq vaqt navbat kutib qoladi. Kutib qolish, statik holatlarning bir xilligi, ayniqsa, kichik yoshdagi bolalarda qiziqishning, harakat reaksiyasi tezligining susayishiga olib keladi; katta yoshdagi bolalar arzimagan bahona bilan o’yindan chalg’iydilar, bu esa mazkur holning sabablarini hisobga olmagan tarbiyachida norozilik uyg’otadi. Bunday paytda o’yinda kichik guruh ishtirok qiladi va u uzoq davom etmaydi, bolalar aktiv bo’lib o’yin oxirigacha diqqat qiladilar. Shunday qilib, faqat o’yinni to’g’ri tanlashgina emas, balki uni juda katta samara beradigan darajada o’tkazish ham muhimdir. Amalda o’yinni tashkil etish usullarini doimo o’zgartirib turish mumkin: tarbiyachi o’yinlarning strukturasi va harakatlarning xarakteriga qarab o’yinlarni juda oqilona tashkil etishi va bunda umuman bolalarning butun faoliyatini ko’zda tutishi lozim. Bolalarni yangi o’yin bilan tanishtirish, uning mazmuni va qoidalarini tushuntirish tarbiyachidan puxta tayyorgarlikni talab etadi. Ayrim o’yinlarning mazmunini oldindan bo’ladigan suhbatlarda (o’yin o’tkaziladigan kun bo’lish shart emas) yoritish zarur, masalan, «Maymunlar va ovchilar», «Bo’ri jarlikda», «Kosmonavtlar», «Sayohatchilar» va hokazo o’yinlarda bo’lgani kabi, suhbatlar, rasmlarni ko’rib chiqish natijasida bolalarning bilimlari oydinlashadi, ularning tasavvurlari aniqlashadi, o’yin obrazlariga nisbatan munosabat tarkib topadi, ijodiy xayol o’sadi. O’yinlarni tushuntirish ularning turlariga ko’ra har xil o’tishi mumkin, biroq bu tadbir doimo emotsional jihatdan qiziqarli, bolalarni quvnoq o’yin faoliyatiga tayyorlaydigan, o’yinni tezroq boshlash istagini tug’diradigan va o’yin topshiriqlarini ishtiyoq bilan bajarishga undaydigan bo’lishi kerak. Tarbiyachi o’yin harakati izchilligini tushuntiradi, bolalar va o’yin atributlarining joylashish o’rnini (kichik va o’rga guruhlarda buyumlarnp mo’ljallab, katta guruhlarda esa mo’ljalga olmay ko’rsatadi) fazo terminologiyasidan foydalangan holda ko’rsatadi va qoidalarni aniqlashtiradi. Shundan so’ng pedagog bolalar tushuntirishlarni qanday qabul qilganliklarini tekshirish maqsadida jiddiy yoki hazil ohangda bir necha savollar beradi. Bolalar uchun mustaqil bajarilishi kerak bo’lgan o’yinning harakat va qoidalari tushunarli bo’lsa, shundagina o’yin quvnoqlik va uyushqoqlik bilan o’tadi. Musobaqada mavjud o’yinlarni o’tkazishda tarbiyachi o’yinni tushuntirayotib qoidalarni, o’yin usullarini, musobaqa shartlarini aniqlashtiradi. Bolalarni topshiriqlarni to’liq bajarishga harakat qilishlari va yaxshi uddalashlariga ishonch bildirgan holda ularni rag’batlantiradi. Bunday o’ynnlarda faqat tezkorlikka emas, balki harakatlarni sifatli bajarishga oid topshiriqlar berish ham tavsiya etiladi. («Kimning komandasi to’g’riroq yugura oladi», «Kimning komandasi to’pni tushirmaydi»). Harakatlarni maromida, to’g’ri bajarish bolalarga katta qoniqish, quvonchli kechinmalar birligini, ishonch va harakatlarni takomillashtirishga intilish hissini baxsh etadi. Tarbiyachi bolalarning jismoniy kamoloti va individual tipologik xususiyatlarini hisobga olgan holda musobaqalashgan kuchlari teng guruhlar — komandalarni birlashtiradi; o’ziga ishonchsiz, tortinchoq bolalarni aktivlashtirish maqsadida ularni jasur, faol bolalar bilan qo’shib qo’yadi. Tarbiyachi kichik guruhlarda o’yinchilar harakati va qoidalarni bevosita o’yinni o’tkazish jarayonida tushuntirishi mumkin. Tarbiyachi bolalar bilan o’ynar ekan, ular faoliyatini yo’naltiradi, o’yinda foydalaniladigan harakat signalini ajratib ko’rsatgan holda o’yin vaziyatiga emotsional ruh beradi, masalan, «Endi esa men qochaman... kim meni tezroq quvib etadi» («Quvib et» o’yini). Syujetli o’yinlar boshqa usullarni talab etadi. Tarbiyachining vazifasi bolalar ko’zi o’ngida o’yin vaziyatining ko’rgazmali manzarasini gavdalantirishdan, o’yin obrazlarini yorqin tasvirlashdan, bolalar tasavvuri va emotsiyalariga ta’sir etishdan, ularning ijodiy tashabbusini faollashtirishdan iboratdir. Tanish o’yinlarni takrorlaganda kichik guruhlarda asosiy rollar (bolalar — qushlar, tarbiyachi — toychoq bo’lganini) va joylar — bolalar uyalarini emotsional obrazli tarzda eslatish; «Qushchalar kimdan qochib inlariga uchib ketadilar? Ular kimdan cho’chishi mumkin?» kabi savollar berish mumkin. O’rta guruhda tanish o’yinni taklif etib, qoidalarni eslatib o’tish bilan cheklanish kifoya. (Masalan, boshlovchi «To’xta» degach — qimirlash mumkin emas). Boshqa bir holda bolalardan «Men bubenga urganimda nima qilish kerakligini kim aytadi?» deb so’rash mumkin (Taxminny javob: «O’z o’yinchog’i yoniga tez etib kelish kerak».) Katta guruhlarda o’yin mazmunini eslashni bolalarning o’zlariga taklif etish maqsadga muvofiqdir. Ulardan biri fazo terminologiyasidan foydalangan holda o’yinchilarning joylashish o’rnini belgilaydi, o’yin harakatlarining borishini bayon qiladi, ikkinchisi qoidalarni sanab beradi. Bunday usul bolalarda onglilik va mustaqillikning rivojlanishiga yordam beradi, asta- sekin pedagogning bevosita rahbarligisiz o’yin o’ynashga olib keladi. O’yinlarda rollarni bo’lish turlicha kechadi. Ba’zida tarbiyachi muayyan pedagogik vazifalarga amal qilib (yangi kelgan bolani rag’batlantirish yoki aksincha, namunali bola misolida botir bo’lish qanchalik muhim ekanligini isbotlash yoki bo’lmasa o’ziga ishongan bola iltimosini rad etib, bu rolni qo’rqoq, tortinchoq bolaga topshirish) boshlovchi tayin etishi yoki bolalarni xursand qilgan holda o’yinga o’zi kirishib, o’zi zimmasiga boshlovchi yoki oddiy ishtirokchi rolini oladi. Bunda u bolalardan «Bugun qaysi sanoq o’yinini tanlab olamiz?», «Kim sanashni xohlaydi?» deb so’raydi. Agar o’yinda boshlama bo’lsa, uni bolalardan biriga hikoya qilishni taklif etadi. Bularning hammasi bolalar tomonidan o’zlashtiriladi va mustaqil o’yin faoliyatida foydalaniladi. Shuningdek, tarbiyachi boshlovchi saylashni bolalarning o’ziga havola etishi va ulardan bu rolni mazkur bolaga nima uchun topshirilganligini tushuntirib berishlarini so’rashi mumkin. Kichik guruhlarda boshlovchi rolini tarbiyachining o’zi bajaradi va uni emotsional, jonli, obrazli tarzda bajaradi. Individual rol cheklangan fazo va uning muayyan yo’nalishi sharoitida asta-sekin bolaning o’ziga topshirilishi mumkin (masalan, «Qushchalar va avtomobil» o’yinida avtomobil xonaning belgilangan tomoniga, chumchuqlar turgan joyga yaqinlashmasdan harakat qilishi mumkin). O’yin jarayonida tarbiyachi bolalar harakati va o’zaro munosabatlari, ular tomonidan qoidalarning bajarilishi, yuklamalarni taqsimlashni kuzatib boradi, qisqacha ko’rsatmalar beradi, bolalarning emotsional — ijobiy holatini saqlab va boshqarib boradi. Qoidaning ayrim bolalar tomonidan buzilishi haqida (agar ular o’yinning borishiga ta’sir qilmasa) o’yinni qayta o’tkazishdan oldin gapiradi. O’yin tugagan zahoti uning yakunini chiqarish kerak emas: bolalarning tez harakatdan dam olishga asta-sekin o’tmasligi yurak faoliyati va butun organizmiga noxush ta’sir etadi. Tarbiyachi o’yinni baholashda uning ijobiy tomonlarini ta’kidlaydi, o’z rollarini muvaffaqiyatli bajargan, jasurlik, chidamlilik, o’zaro o’rtoqlik yordami ko’rsatgan bolalar nomini ataydi va qoidalarning buzilishi hamda bolalarning shu bilan bog’liq harakatini ko’rsatib o’tadi. Tarbiyachi katta guruhlarda bolalarni harakatli o’yinlarni mustaqil tashkil etishga tayyorlaydi, bunda o’yinlarning borishini va ayniqsa, qoidalarning bajarilishini hamda bolalar o’rtasidagi munosabatlarni kuzatib boradi. U bolalarga harakatli o’yin variantlarini, uning syujetini, qoidasini, o’yin harakatlarini o’zgartirgan holda o’ylab topish, keyinchalik yangi, o’zi o’ylab o’yin topish kabi ijobiy topshiriqlar beradi. Mustaqillikni rivojlantirish, tashkilotchilik malakasi va axloqiy hislarni tarbiyalash maqsadida katta yoshli bolalarga kichik guruhlarning birida o’yin o’tkazish topshiriladi. Dastlab ularga vazifalarni tarbiyachi taqsimlaydi, biriga (yoki ikkitasiga) kichkintoylarni uyushtirishni, boshqasiga o’yinni, uning qoidalarini tushuntirishni, uchinchisiga individual rol bajarishni («Quyonchalar va ayiq», «Chumchuqlar va avtomobil» va boshqalar) topshiradi, shundan so’ng bolalar bu vazifalarni mustaqil bajaradilar. O’yin kichik guruh tarbiyachisi kuzatuvi ostida o’tkaziladi. Harakatli o’yinlarni o’tkazishda bolalarda ijodni shakllantirishning keng imkoniyatlari yaratiladi, chunki o’yinlar hech qachon faqat avtomatlashtirilgan harakatlardangina iborat bo’lmaydi. Ijodiy tashabbus bolalarda kichik maktabgacha yoshda: dastlab ikki yoshda va rivojlangan darajasi uch yoshda namoyon bo’ladi. Kichik yoshli bolalarga mo’ljallangan harakatli o’yinlar repertuarida syujetli o’yinlar ustunlik qiladi: ular bolalarning atrof-muhit haqidagi tasavvurini aniqlashtiradi, ko’rgazmali harakat va ko’rgazmali obraz tafakkurining faollashishiga xizmat qiladi, xayolning vujudga kelishi va rivojlanishiga ta’sir etadi. Syujetli o’yinlarning shartli real vaziyati bolaga o’ziga tanish hayotiy obrazning qayta bajarishida yordam beradi. Bola harakatlarning o’zidan, qush va hayvonlarga taqlid qilishdan quvonadi: qushchadek parvoz qiladi, quyonchadek sakraydi, toychoqdek chopadi. Shuning uchun ham o’yin paytida kulgi, quvonchli xitoblar eshitilib turadi va o’yin jarayoni asosida endi bolaning oddiy ijrochilik faolligi, o’yin obraziga kirishga dastlabki urinishlari qaror topadi. Bolalar o’yin faoliyatining barcha yosh guruhlari, ayniqsa kichik guruhlarda ijodiy yo’nalganligi tarbiyachi rahbarligining o’ylangan emotsional obrazli metodikasi bilan belgilanadi. Uning vazifasi bolalarda asta-sekin tashqi hayotni, raqobat va muayyan o’yin vaziyatida ijodiy hamkorlik hissini aks ettiruvchi o’yin obrazlariga nisbatan ijobiy emotsional munosabatni shakllantirishdan iboratdir. Harakatli o’yinni muvaffaqiyatli o’tkazishda bolalarni o’yin mazmuni, personajlarning o’yin harakatlari va qoidalari bilan tanishtirish katta ahamiyat kasb etadi. Pedagog kichik yoshli bolalarning xususiyatlarini hisobga olgan holda tarbiyalanuvchilarda o’yin mazmunini idrok qilishda emotsional ishtiyoq, sabrsizlik bilan harakat qilish istagining yuzaga kelishiga yordam beruvchi muomala usullarini o’ylab topadi. Tarbiyachi o’zining kutilmagan favquloddaligi bilan xarakterlanadigan, o’yin faoliyatining boshlanishi va butun jarayoni uchun xos o’yin usullarini, o’yin syujetining qisqacha emotsional obrazli syujetini bayon etadi. Bu o’yin vaziyatini va o’yin personajlari xarakteristikasi hamda harakatini emotsional obrazli aniqlashtiradi, takrorlashda foydalaniladigan o’yin variantlarini tuzadi. Pedagog bu o’yinlarga ular syujetini saqlagan holda yangi personajlar, harakatlar kiritadi, vaziyatni o’zgartiradi (masalan, «Chumchuqlar va mushuk» o’yini va uning variantlari: «Chumchuqlar va avtomobil», «Chumchuqlar va toychoq» va h. k.). Aytib o’tilgan usullar turli o’yin vaziyatlarida ijodiy fikrlashni, chamalay bilishni, birmuncha murakkablashtirilgan harakatlarni idrok etishda ayrim yangiliklarni keltirib chiqarishi tufayli bolalarda qiziqishining paydo bo’lishiga va saqlanishga yordam beradi. Misollar keltiramiz: «Sichqonlar» o’yini oldidan bolalar qanday o’ynashlarini eshitish uchun tayyorlanganlarida eshik ortidan to’satdan miyovlash eshitiladi (bunda enaga tarbiyachiga yordam beradi). «Tashqarida nimadir miyovlayapti, deydi tarbiyachi, — sizlar tinchgina o’tiringlar, men nimaligini bilib kelaman». U eshikka yaqinlashadi va erkalab deydi: «Bu mushukvoy bizga mehmon bo’lib kelibdi». U eshikdan o’yinchoqni olib kiradi va bolalarga: «Bolalar qaranglar, qanday chiroyli mushukcha. U bilan salomlashinglar!» So’ng tarbiyachi bolalarga mushukchani silab, uning chiroyli ko’zlarini, quloqlarnni, uzun mo’ylovlarini, yumshoq, ipakdek yungini ko’rishga ruxsat beradi. «Mushukcha» siz bilan o’ynagani kelibdi». Tarbiyachi o’yinchoq mushukchani tizzasiga o’tkazadi va bolalarga murojaat etadi: Hozir men qanday o’ynashimizni tushuntiraman. Pishloq, yorma, no’xat, shirin mevalar saqlanadigan katta omborda sichqonlar paydo bo’libdi. Ular o’z inlaridan chiqib, barcha shirin narsalarni kemirib tashlabdilar. Shunda omborga mushukchani qo’yib yuborishdi. Mushuk sichqonlarni tutishga harakat qiladi. Tarbiyachi o’yinni syujetga muvofiq o’yin tafsilotini tushuntirgan, ohangni o’zgartirgan holda olib boradi, bolalar faoliyatini yo’naltiradi. Pedagog dastlab boshlovchi rolni bajaradi va ayni paytda bolalar bilan o’ynaydi. U xam mushuk, ham sichqon, ham chumchuqcha, ham avtomobil bo’la oladi. Tajriba shuni ko’rsatadiki, bolalar bunday holni sezmaydilar va berilib harakat qiladilar. Bolani kichik guruh yoshidan boshlab o’yin qoidalariga bo’ysunishga o’rgatish zarur. Buni qoida, rol va o’yin vaziyatiga asoslanadigan qilib amalga oshirish juda maqsadga muvofiqdir. Buning uchun harakatli o’yknga atributlar kiritiladi: bola ular yordamida rolga kiradi, rolda esa u, tabiiyki, qoidalarga bo’ysunadi. Shunday qilib, tarbiyachining emotsional obrazli metodik rahbarligi bolalar ijodiy faolligini rivojlantirishda katta rol o’ynaydi. Tarbiyachi bolalarning harakat tajribasini kengaytirgan, obrazli so’z bilan tasavvuriga ta’sir etgan holda har bir bolaning o’yindagi ijodiy ijrochilik faoliyatini rag’batlantiradi va yo’naltiradi. Mavzu yuzasidan test savollari 1. Maktabgacha ta’limga qo’yilgan Davlat talablarida 4 ta yo’nalish yana nechta bo’limlarga ajratib berilgan? A. 1-yo’nalish4ta; 2-yo’nalish2ta; 3-yo’nalish 2ta; 4-yo’nalish z ta. B.1-yo’nalish 4ta; 2-yo’nalish 4ta; 3-yo’nalish 4 ta; 4-yo’nalish 3ta. C.1-yo’nalish4ta; 2-yo’nalish4ta; 3-yo’nalish 4ta; 4-yo’nalish zta. D,1-yo’nalish2ta; 2-yo’nalish3ta; 3-yo’nalish 4ta; 4-yo’nalish zta. 2 Maktabgacha ta’limga qo’yilgan indikator”,”impressiv,ekspressiv”, “sensomotorika” yo’nalishlarda uchraydi? Davlat talablarida tushunchalari qaysi A.1,3-yo’nalishlarda hamda 2-yo’nalishda berilgan. B.Indikator 4-yo’nalishda, ”impressiv,ekspressiv” 3-yo’nalishda,”sensomotorika” 1yo’nalishda aniq berilgan. C.Barcha yo’nalishda berilgan. D. 1,4-yo’nalishlarda berilgan. 3. Maktabgacha ta’limga qo’yilgan Davlat talablarida bolalarning rivojlanish ko’rsatkichlari qanday berilgan? A. Talab, indikator, ta’limga yondoshuv va hayot havfsizligi B.Talab, ta’limga yondoshuv va hayot havfsizligi C. indikator, ta’limga yondoshuv va hayot havfsizligi D. Talab, indikator, hayot havfsizligi 4. Yirik motorikani rivojlantirich bo’limi qaysi talablarni o’z ichiga oladi? A. Bola o’z tanasini boshqara oladi. B. Bola o’zining tana a’zolarini boshqara oladi. C. Bola bir yo’nalishda maqsadli harakatlana oladi. D. Yurish,yugurish,emaklash,tirmashib chiqish,dumalatish,irg’itish va ilib olish 5. 2 – 3 yoshli bola balandligi qanday bo’lgan taxtalar ustidan yurib o’tadi? A. 10 – 15 sm B. 15 – 20 sm C. 20 – 25 sm D. 5 – 10 sm 1 A 2 B 3 A 4 D 5 C FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI : “Bolajon” dasturi. T., 2010 yil. Usmonxujaev T. “Sog’lom bola – el boyligi”. T., “Yangi asr avlodi” nashriyoti-2005 1. 2. yil. 3. Maktabgacha ta’limga qo’yiladigan Davlat talablari T., 2013 yil. 4.D.Sharipova, M.Toirova, S.Muxamedova “Agar bolam sog’lom bo’lsin desangiz” Toshkent “Ilm Ziyo” -2006 yil 5.K.Maxkamjonov “Farzanding sog’lom bo’lishini istasang ” T: O’zDAVJTI 1995 yil 3.3.1 Mavzu:Harakatli o’yinlarni tashkil etish va o’tkazish metodikasi (4 amaliy soat) Reja: 1. Harakatli o’yinlarning kompleks ta’lim-tarbiya jarayoni. 2.Harakatli o’yinlar nazariyasi va metodikasining yaratilishi 3. Bolalarning kuch va qobiliyatlarini o’stirishda milliy o’yinlar. Mavzu: Maqsad, vazifalar: O‘quv jarayon mazmuni: O‘quv jarayondan kutiladigan natija: O‘quv jarayon turi: O‘quv Harakatli o’yinlarni tashkil etish va otkazish metodikasi Harakatli o’yinlar muhim ahamiyatga ega bo’lgan kompleks ta’lim-tarbiya jarayonidir. Bu jarayonning asosini tashkil etuvchi bolalarning harakat faoliyati jismoniy rivojlanishga, harakat ko’nikmalari va jismoniy sifatlarning shakllanishiga, organizmning funksional faoliyatini oshirgan va emotsional quvnoqlik tuyg’ularini kuchaytirgan holda salomatlikni mustahkamlashga ijobiy ta’sir etadi. Harakatli o’yinlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari va metodlaridan biri sifatida yuqorida sanab o’tilgan vazifalarni samarali hal etishga yordam beradi. 1.Harakatli o’yinlarning kompleks ta’lim-tarbiya jarayoni. 2.Harakatli o’yinlar nazariyasi va metodikasining yaratilishi 3. Bolalarning kuch va qobiliyatlarini o’stirishda milliy o’yinlar. Harakatli o’yinlarni o’tkazishda erishiladigan sog’lomlashtirish samarasi bolalarning o’yin faoliyati jarayonida yuzaga keladigan va bola psixikasiga yaxshi ta’sir etadigan ijobiy emotsiyalar bilan uzviy bog’liqdir. Emotsional ko’tarinkilik bolalarda barcha uchun umumiy bo’lgan maqsadga erishishga intilish uyg’otadi va u vazifalarni aniq tushunishda, harakatlarning o’zaro mosligida, fazoda va o’yin sharoitlarida aniq mo’ljal olishda, topshiriqlarni tezlashtirilgan sur’atda bajarilishida ifodalanadi. Bolalarning maqsadga erishishga nisbatan kuchli ishtiyoqi va zavqli intilishi asnosida turli to’siqlarni yengib o’tishga yordam beruvchi irodaning roli oshadi. Amaliy mashg‘ulot Shakl: guruhlarda ishlash jarayonini Metod: guruhlarda ishlash metodi tashkil etish Vosita: dars ishlanmasi namunalari, ko‘rgazma, tarkatma. texnologiyasi: Usul:og‘zaki, yozma, ko‘rgazmali, taqdimot. Nazorat: Savollar va javoblar. Baholash: individual baholash, o‘z o‘zini baholash, guruh ishini baholash. I. Tashkiliy qism – 5 minut. II. Kichik ma’ruza metodidan foydalanish – 30 minut. III. “Jismoniy tarbiya ” mashg‘uloti dars ishlanmasini O‘quv o‘rganish va tahlil qilish - 40 minut. jarayon Guruhlar taqdimoti – 30 daqiqa bosqichlari va IV. Gigiyena yo’nalishi “Klaster va Venn diagrammasi” - 30 taqsimoti: daqiqa V-bosqich: mashg‘ulotni mustahkamlash -20 minut. IV. Darsga yakun yasash – 5 minut. O‘qituvchi Tinglovchi Yangi nazariy bilimlar Yangi nazariy bilimlar olishadi. beradi. Axborot izlash, to‘plash va Dars jarayonini maqsadli foydalanish ko‘nikmalari va oqilona boshqaradi. shakllanadi. Tinlovchilarga dars Tinglovchilar dars maqsadi, maqsadi, o‘qitishning o‘qitishning kutilayotgan natijalari, kutilayotgan natijalari, darsni rejalashtirishda tizimli darsni rejalashtirishda yondashuv, o‘qitishning tizimli yondashuv, kutilayotgan natijalari tavsifi o‘qitishning kutilayotgan haqida bilib oladilar. natijalari tavsifi haqida Mustahkamlaydi va o‘z-o‘zini tushuntiradi.. baholaydi hamda o‘zgalar Tingnlovchilarni kichik faoliyatini tahlil qiladi. Kutiladigan guruhlarga bo‘ladi va Yakka tartibda va kichik guruhda natijalar: topshiriq bilan ishlash ko‘nikmasi hosil bo‘ladi. tanishtiradi. Olingan bilimlarni tizimli bayon Qisqa vaqt ichida ko‘p etadi. ma’lumot to‘plashga Ular asosiy harakatlar (yurish, yo‘naltiradi. yugurish, sakrash, irg‘itish, ilib Tinglovchilarga samarali olish, emaklash, sirpanish); oyoq maqsad mezonlari asosida va tana uchun tuzilgan maqsadlarni umumrivojlantiruvchi mashqlar tahlil qilishni kichik (turli buyumlar yordamida va guruhlarda ishlash metodi ularsiz) raqs mashqlari, saflanish va orqali bajarishadi. qayta saflanish, harakatli o‘yinlar, Bolalar jismoniy turli sport o‘yinlarining muhim tarbiyaning asosiy xususiyatlarini egallash, sport mazmunini muntazam mashqlari, rolikli konkida sayr ravishda bajarishlari qilish, velosipedda yurish, suzish uchun turli usuldagi mashqlar mavjudligi tushuntiriladi. O‘quv jarayonini tahlil qiladi; Kelgusi Mavzu bo‘yicha yangi rejalar(tahlil, bilimlarga ega bo‘ladi; o‘zgarishlar): Pedagogik mahoratini oshirib boradi. va boshqalardan tashkil etishi haqida tushunchalar oladi. O‘quv jarayoni yuzasidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajaradilar. Harakatli o‘yin usullaridan o‘rganib kelish; O‘quv jarayoni yuzasidan qo‘shimcha takliflar bildiradi I-bosqich: Tashkiliy qism – 10 daqiqa A) Salomlashish. B) Tinglovchilar bilan tanishish, davomatni aniqlash, tinglovchilarni mashg‘ulot jarayoniga tayyorlash. Kichik guruhlarga bo‘lish do‘stona kelishuv o‘rnatish. II-bosqich: Mavzuga doir tinglovchilarning bilimini aniqlash- 15 minut. Mavzuga doir tinglovchilarning dastlabki bilimlarini aniqlash. Mashg‘ulot mavzusi , maqsadi va kutilayotgan natijalarni bayon qilish III-bosqich: Yangi mavzuga doir tinglovchilarning dastlabki bilimlarini aniqlash uchun savollar: Bola oddiygina narsalardan turli xil o’yinlar o’ylab topib, hammadan ko’ra yaxshiroq o’ynaydi. Uning hayolida yog’och bo’lagi yoki choynakning singan qopqog’i ertakdagi uy yoki mo’jazgina qo’lcha qiyofasida aks etishi mumkin. Masaru Ibuka Harakatli o’yinlar muhim ahamiyatga ega bo’lgan kompleks ta’lim-tarbiya jarayonidir. Bu jarayonning asosini tashkil etuvchi bolalarning harakat faoliyati jismoniy rivojlanishga, harakat ko’nikmalari va jismoniy sifatlarning shakllanishiga, organizmning funksional faoliyatini oshirgan va emotsional quvnoqlik tuyg’ularini kuchaytirgan holda salomatlikni mustahkamlashga ijobiy ta’sir etadi. Harakatli o’yinlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari va metodlaridan biri sifatida yuqorida sanab o’tilgan vazifalarni samarali hal etishga yordam beradi. Harakatli o’yinlarni o’tkazishda erishiladigan sog’lomlashtirish samarasi bolalarning o’yin faoliyati jarayonida yuzaga keladigan va bola psixikasiga yaxshi ta’sir etadigan ijobiy emotsiyalar bilan uzviy bog’liqdir. Emotsional ko’tarinkilik bolalarda barcha uchun umumiy bo’lgan maqsadga erishishga intilish uyg’otada va u vazifalarni aniq tushunishda, harakatlarning o’zaro mosligida, fazoda va o’yin sharoitlarida aniq mo’ljal olishda, topshiriqlarni tezlashtirilgan sur’atda bajarilishida ifodalanadi. Bolalarning maqsadga erishishga nisbatan kuchli ishtiyoqi va zavqli intilishi asnosida turli to’siqlarni yengib o’tishga yordam beruvchi irodaning roli oshadi. Harakatli o’yinlar bolalar tomonidan avval egallangan harakat ko’nikmalarini takomillashtirish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash metodi bo’lib xizmat qiladi. O’yin jarayonida bola o’z e’tiborini harakatni bajarish usuliga emas, balki maqsadga erishishga qaratadi. U o’yin shartlariga muvofiq harakat qiladi, bunda chaqqonlik ko’rsatadi va shu asnoda harakatlarni takomillashtiradi. Shuning uchun, masalan, «Bo’ri jarlikda» o’yini bolalar yugurib kelib uzunlikka sakrashni bilib olganlaridan keyin beriladi. Harakat faoliyati sifatida harakatli o’yin muayyan maxsus xususiyatlarga ega: u boladan signal va o’yinda to’satdan bo’ladigan o’zgarishlarga tezda javob berishni talab qiladi. O’yinda yuz beradigan turli vaziyatlar, harakatlar muskul tarangligi darajasining o’zgarishi zaruratini keltirib chiqaradi. Masalan «Tuzoq» o’yinida har bir bola boshlovchi harakatini diqqat bilan kuzatib borishi lozim: boshlovchi unga yaqinlashganda qaramaqarshi tomonga shitob bilan qochib o’tadi; o’zini xavfsiz sezgach, sekin harakat qilib, to’xtab turadi; boshlovchi yaqinlashganda yana harakatini tezlashtiradi. Deyarli har bir harakatli o’yinda harakatlar va bolalar harakatiga oid signallar mavjud. Bunday aktiv harakat faoliyati boladagi qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarini takomillashtirgan va muvozanatlashtirgan holda nerv tizimini mashq qildiradi, shuningdek kuzatuvchanlik, topqirlik, o’zgaruvchan atrof-muhitda mo’ljal olish qobiliyati, yuz bergan mushkul holatdan qutilish yo’lini topish, tezda qaror qabul qilish va uni amalga oshirish, botirlik, chaqqonlik, tashabbus ko’rsatish, maqsadga erishishning mustaqil usulini tanlashni tarbiyalaydi. Harakatli o’yinlar nazariyasi va metodikasining yaratilishi. Harakatli o’yinlarning kelib chiqishi qadim xalq pedagogikasiga borib taqaladi. Ilk yoshli bolalar oilalarda bolaning dastlabki harakati bilan bog’liq ovunmachoqlar, ermak o’yinlar yordamida tarbiyalanganlar. Undan kattaroq yoshdagi bolalar hayotida rang-barang harakat mazmuniga ega bo’lgan (o’z ichiga bolalarni rom qiluvchi o’yin boshlanmalari, xirgoyilari, sanashmachoqlarni oluvchi) xalq o’yinlari katta o’rin olgan. Bularning hammasi hozirga qadar badiiy jozibadorligini, tarbiyaviy ahamiyatini saqlab kelmoqda va qimmatli o’yin folklorini tashkil etadi. Bolalarning har tomonlama rivojlanishida o’yin asosiy faoliyat turi bo’lib hisoblanadi. Bola yoshligida qanchalik ko’p o’ynasa, bu uning maktabda yaxshi o’qishiga va keyinchalik mehnat faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. O’yin bu - bola faoliyatining yorqin turi, o’yin jarayonida uning irodasi, hissiyoti, ehtiyoji, qiziqishlari, ta’sirchanligi, ya’ni butun shaxsiyati shakllanadi. O’yin – buyumli va ijtimoiy voqelikdagi harakat qilish va uni anglashga qaratilgan jarayondir. Kichik yoshdagi bolalarga asosiy buyumlar bilan bajariladigan qiziqarli harakatlar bo’lsa, bola katta bo’lgan sari o’yindagi kattalar harakatlarini va munosabatlarini qayta aks ettirishga xizmat qiladi. Qadimdan o’zbek xalqi bolalariga turli xalq o’yinlarni o’ynatib, o’rgatib kelganlar va o’yinlar orqali uddaburonlik, chaqqonlik, topqirlik, mehr-shafqatlilik kabi fazilatlarni tarkib toptirib, mehnatga o’rgatib borganlar. O’yin nazariyasi ijtimoiy faoliyat hisoblanib, mehnatning tarixiy rivojlanish jarayonida paydo bo’ladi. O’yin doimo hayotni aks ettiradi, shuning uchun uning mazmuni ijtimoiy voqelikda o’zgarib turadi. O’yin maqsadga qaratilgan, o’ylangan ijodga yo’naltirilgan jarayondir. Shunga ko’ra ham ko’p o’ynagan bolalar keyingi faoliyatlarga o’tishga va mehnatga tayyorlanib turadilar. Harakatli o’yinlar mazmunida bola dunyoqarashini kengaytiruvchi va tasavvurini aniqlashtiruvchi ko’plab bilish materiali mavjud. Syujetli o’yinlar tematikasini odamlar hayoti, tabiat hodisalari, hayvonlar odatlariga oid ayrim epizodlar tashkil etadi. Bularning hammasi bolalar tomonidan o’ziga xos shartli o’yin tarzida aks ettiriladi («Sayohatchilar», «Uchuvchilar», «G’ozlar-oqqushlar», «Lochin va tovuq» va boshqalar). Biroq bola tashqi dunyoni to’g’ri idrok qilishi uchun (o’yinning barcha shartlariga rioya qilgan holda) obrazning to’g’ri xarakteristikasi va haqqoniy o’yin vaziyati zarur. Bu pedagog tomonidan o’yinni tushuntirishda emotsional tarzda bayon etiladi. Xalq o’yinlari buning ajoyib namunasi hisoblanadi. Ulardagi o’yin vaziyati bolani qiziqtiradi va tarbiyalaydi, ba’zi o’yinlarda uchraydigan dialoglar, personajlar va ular harakatlarini bevosita xarakterlaydi («Lochin va kurk tovuq», «G’ozlar-oqqushlar» va boshqalar). Syujetga ega bo’lmagan va faqat muayyan o’yin topshiriqlar shu tariqa tuzilgan o’yinlarda ham bolaning sensor qobiliyatini, tafakkurini, mo’ljal olishini rivojlantirishga yordam beruvchi ko’plab bilish materiallari mavjud («Kim o’zar», «To’p otish» va hokazo). Qoidalar katta tarbiyaviy ahamiyatga molik. Ular o’yinning borishini belgilaydi, bolalar harakat faoliyatini, ularning hatti-harakati, o’zaro munosabatlarini yo’lga soladi, axloqiy-irodaviy sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Qoida o’yinda muayyan sharoit yaratadi. Bunday o’yinda bola o’zida hosil qilingan sifatlarni namoyon qilmasdan turolmaydi. Masalan, bolalar «Ayyor tulki» o’yinida faqat tulki: «Men shu erdaman,»deganidan so’nggina doiradan chiqib, turli tomonlarga qochishlari mumkin. Bu qoida bolalarda diqqatni, o’zini tuta bilishni, chidamlilikni, berilgan signalga tezkor reaksiyani, fazoda mo’ljal olish ko’nikmalarini hosil qiladi. Qoidalarni og’ishmay bajarishni talab qilish maqsadga erishishdagi egoistik emotsiyalar va kayfiyatni ko’tarishga yordam beradi. «Qoida bola xatti-harakatini boshqaradigan va yo’naltiradigan birinchi talab hisoblanadi. O’yinlarda teran hissiyot, o’rtoqlik va mehr-muhabbatning dastlabki nishonalari paydo bo’ladi». Dastlab bolalar o’yin vazifalarini tezroq bajarish payida bo’lib, qoidalarni unutib qo’yadilar, bundan tashqari yutuqqa eng oson yo’l bilan erishishga intilish ham qoidani buzishga sabab bo’ladi. Bu o’z navbatida o’yinchilarda norozilik uyg’otadi, ziddiyat tug’diradi va bolalar o’rtasidagi munosabatni yomonlashtiradi. Har bir bolaning o’yin qoidasini anglashi va unga rioya qilishida kattalarning talabi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Asta-sekin tarbiyaviy ta’sir qilish tufayli bolalarning o’yin jarayoniga munosabati o’zgara boshlaydi, o’yin harakatlari va qoidalarini birmuncha aniq bajarishga qiziqish va intilish paydo bo’ladi. O’yin qoidalarini bajarmaslik sabablari ham o’zgaradi. Endi bolalar ularni atayin emas, tasodifan buzadilar. Biroq shu zahoti yo’l qo’yilgan xatoni tuzatishga harakat qiladigan bo’ladilar. Bolalarni qoidalarning ijtimoiy ahamiyatini anglashga chidam bilan tayyorlaydigan tarbiyachi rahbarligida ular halollik, adolatlilik, do’stlik, botirlik, o’zini tuta bilish, qat’iyatlilik, irodalilik kabi yaxshi sifatlarni shakllantirishning samarali vositasiga aylanadi. «Bola tomonidan asta-sekin o’zlashtiriladigan bunday hayotiy, muhim axloqiy sifatlar bola shaxsining ichki ma’naviy mulkiga aylanadi». Bularning hammasi qoidali, harakatli o’yinlarni bolalarni axloqiy tarbiyalashning ta’sirchan vositalaridan biri sifatida belgilashga asos bo’lib xizmat qiladi. O’yin faoliyatida diqqatni, idrokni rivojlantirish, mavjud tafakkur, tushuncha va mo’ljal olishni aniqlashtirish uchun qulay sharoit yaratiladi; o’yinlar ijodiy xayol, xotira, topqirlik, fikr yuritish aktivligini rivojlantirishga yordam beradi. Shunday qilib, harakatli o’yinlar bolaning aqliy rivojlanishiga yordam beradi. Bolalarning psixik jarayonlarini takomillashtirishda obrazli, emotsional holatlar katta ahamiyat kasb etadi, u bolalarda qiziqish uyg’otadi, xayolni jalb etadi, o’yin harakatlarini ijodiy bajarishga undaydi. O’yinda fazoni idrok etish o’zining asosiy formalarida namoyon bo’ladi: bevosita; hissiy bilish — sensor (hissiy-obrazli) va bilvosita (mantiqiy tafakkur, tushuncha). Masalan, bola tomonidan harakat yo’nalishini mustaqil tanlash va harakatni o’yin qoidasida qat’iy belgilangan yo’nalishda bajarish bir tomondan o’yin vaziyatini (bevosita idrok qilinadigan) va ko’rish-motor reaksiyasini (o’yin harakatlarini) darhol baholashni, ikkinchi tomondan o’z harakatlarini fazo o’yin muhitida anglash va tasavvur qilish hamda o’sha ko’rish-motor reaksiyasini namoyon etishni talab qiladi. Harakatli o’yinda bu ikki komponent o’zaro harakatda bo’ladi. Pedagog tomonidan ishlab chiqilgan o’yin qoidalari bola harakati uchun fazoda oldindan mo’ljal olishning zarur imkoniyatini yaratadi; ayni paytda o’yin vaziyatidagi to’satdan bo’ladigan o’zgarishlar (boshlovchi harakati yoki signallar bilan bog’liq ravishda) harakatlanishni buzadi va juda murakkab — bolalarning tezkor reaksiyasi hamda fazoda mo’ljal olishini talab qiladi («Ikki ayoz», «Sehrli tayoqcha», «Jasur bolalar», «Maymunlar va ovchilar» va hokazo o’yinlar). Bunday reaksiya boladagi o’z faoliyati va harakatlarini muayyan muhitga moslash qobiliyatining rivojlanganlik darajasi bilan belgilanadi. Bunda bolaga tarbiyachi yordam berishi lozim. Bunda tarbiyachi bolani astasekin o’yin vaziyati va qo’yilgan vazifaga erishish zaruratini hisobga olgan holda birmuncha muvaffaqiyatli harakat usulini topishga o’rgatadi. Masalan, aynan bir o’yinni katta va cheklangan fazoda o’tkazganda bola boshlovchidan tez va uzoqqa qochish usulidan foydalanadi yoki unga yaqin joyda turib chaqqonlik va abjirlik ko’rsatadi («Tuzoq», «Ayyor tulki» va hokazo). Atrof-muhitda mo’ljal olishga o’yin vazifasini bajarish yo’lida atayin yaratilgan to’siqlar ham yordam beradi («Chambarakdan o’tib bayroqcha tomon yugurish», «Bo’ri jarlikda», «Jasur bolalar» va hokazo). Bu bolalarda ma’qul harakat usulini masofani yetarlicha rivojlangan ko’z bilan baholash va harakatlarni bajarish vaqtini hisobga olishga tayangan holda mustaqil tanlash qobiliyatini hosil qiladi. Harakatli o’yinlar bolalarda oddiy vaqt mo’ljalini shakllantiradi.Ular quyidagilarda ifodalanadi: o’yin harakatlarining izchilligini tushunib olishda — avval, so’ng, bundan keyin, bundan oldin, barini bir vaqtda va hokazo kabi o’yin topshiriqlarini signalga ko’ra, bolalar uchun belgilangan muddat doirasida tez bajarishda, masalan, «Men beshgacha sanagunimcha siz bayroqchalardan birorta naqsh yasashingiz kerak», «Kim bubenga uch marta urguncha saflana oladi?» va boshqalar. Bu o’yinlarda bola fazoda mo’ljal olishni, harakatlar izchilligiga va ularga vaqt davomida amal qilishni mashq qiladi. O’yinlar mazmunini, butun o’yin vaziyatini, uning qoidalarini, personajlar harakati mustaqil tushuntirish; bolalarning joylashish o’rnini, o’yin atributlarini va harakat yo’nalishlarini fazoviy terminlarni ishlatgan holda ko’rsatish; o’tkazilgan o’yinga baxo berish bolalarning aqliy rivojlanishiga xizmat qiladi. Musiqa bolaga juda katta estetik ta’sir ko’rsatadi: u bolalarni ruhlantiradi, ularni umumiy bir kayfiyatga birlashtiradi, chiroyliroq harakat qilishga undaydi. Musiqani harakatli o’yinlarda qo’llash, avvalo, uning estetik tarbiyaviy rolini oqlashi lozim. Bunda bolalarning musiqa asarlari xarakteri va formasiga muvofiq harakat qilishlari muhimdir. Shuni hisobga olib, musiqani o’yinning faqat ayrim qismlariga joriy etish lozim. Masalan, «Quvlashmachoq» o’yinida barcha bolalar dastlab o’z harakatlarini musiqaga moslagan holda osongina tarqab chopib ketishlari mumkin. Musiqa asarining oxiri va shu bilan bog’liq ravishda uning tinishi quvlash harakatining boshlanishi uchun o’ziga xos signal bo’lib xizmat qiladi (buni maqsadga muvofiq hol deb hisoblash kerak, chunki bolalar ushlab olish vaqtida musiqani idrok qilmaydilar). Agar o’yin chog’ida «Ushla» degan og’zaki signal berilsa, bunday paytda harakat musiqaning tinishiga aniq mos kelishi lozim. Harakatli o’yinlarni o’tkazishda harakatlar go’zalligi va madaniyatini unutmaslik: diqqatni harakatlari birmuncha ifodali bolalarga qaratish, obrazni muvaffaqiyatli bera olganlarni rag’batlantirish kerak. Shunday qilib, harakatli o’yinlarda mujassamlashgan emotsional sog’lomlashtirish, bilish va tarbiyaviy komponentlarning butun kompleksidan foydalanish bolalarni har tomonlama tarbiyalash vazifalarini amalga oshirishga yordam beradi. Voqeaband o’yinlar Turli guruhlarda o’ynaladigan o’yinlar Harakatli QurishTeatrlashtirilgan Stol bosma Ta’limiy o’yinlar yasash o’yinlar o’yinlar o’yinlar o’yinlari Ilk yosh guruhi “O’rmondagi “Pufak” yig’ilish” “Sehrli quticha” “Uychada yashaydi?” kim “Sholg’om” “nima yo’q bo’ldi” Kichik guruh “Shifokor va “Chumchuqlar va “Qo’g’irchoqlar bemor” avtomobil” “Mashinalar mehmonda” uchun yo’l quramiz„ O’rta guruh “Ona echki “Uchdi-uchdi” “Mashinalar “Multiklaster ” va bolalari” “Ko’zboylag’ich„ uchun garajlar quramiz„ Katta guruh “Mehmon va “Oq terakmi, “Qurilishda” “ Bu harakatlar mezbon” ko’k terak” kimniki” Maktabga tayyorlov guruhi “Shifokor va “Tez ol, tez sol” “Uy “Eshit va bajar” bemor” quramiz” “Mevalar lotosi” “Ajoyib xaltacha” “Domino” “Ovozidan top” “Pazllar yig’amiz” “Joyiga qo’y” “Joy-joyiga “Bargidan qo’y” top” Turli guruhda o’ynaladigan milliy o’yinlar “Quvlashmachoq” “Kun va “Qirq tosh” “Quvib yet” “Sapalak” tun” “Nishonga ol” “To’p uchun kurash” “Tortishmachoq” “Besh tosh” “Lafta─lafta” “Ko’prik va mushuk” “Supursupur” “Oq terakmi,ko’k terak” “Xo’roz jangi” “Kurash” “G’ozlar─g’ozlar” “Cho’loq qarg’a” “Bekinmachoq” “Chir aylanma ” ”Arqon tortish” “Yong’oq o’yini” “Kim oladi” ”Ko’z boylash” “Suv to’kilmasin” “Chillak” “Oshkadi momo” “Yomg’ir “Danak yashirish” yog’oloq” ”Qo’lingni “Boshdan ber” do’ppini olish” Yosh avlodni har tomonlama kamol topgan, yetuk, jismoniy sog’lom, baquvvat qilib tarbiyalash hozirgi davrimizning eng muhim vazifalaridan biridir. Shunday ekan, kelajagimiz bo’lmish bolaning ilk yoshlik chog’idan boshlab ularning o’sishi va tarbiyasi bilan jiddiy shug’unlanish ta’lim –tarbiya usuli va vositalaridan unumli foydalanish joizdir. Tarbiya vositalari haqida gapirar ekanmiz, bolalar uchun eng sevimli va quvonchli vosita bo’lgan o’yinning o’rni beqiyosdir. Milliy o’yinlar bolalarning kuch va qobiliyatlarini o’stiradi, ularni hayotga tayyorlaydi. Xalq og’zaki ijodining boshqa janrlari kabi milliy harakatli o’yinlar ham uzoq tarix osha bizgacha yetib kelgan. Milliy o’yinlar orqali bolaning nutqi o’sadi, aqliy qobiliyati rivojlanadi, jismonan epchil va baquvvat bo’lib o’sishi ta’minladi. O’zbek milliy o’yinlari bolalarni iymonli, e’tiqodli, aqliy barkamol, sog’lom qilib tarbiyalashda yordam beradi. Xalq o’yinlari bolalarning estetik didini oshiradi, odobli, ahloqli qilib tarbiyalaydi. Ularning til boyligini, eslash qobiliyatini, ongini rivojlantiradi. Bolalar chek tanlash, sanash, qo’shiq, she’r aytish orqali chaqqon va ziyrak bo’lib o’sadi. O’zbekistonda tiklangan azaliy o’yinlar nafaqat mamlakat, balki boshqa davlatdan kelgan mutaxassislarni ham o’ziga maftun qilgan. 1996-yil Tayland poytaxti Bonkokda bo’lib o’tgan butun dunyo xalq o’yinlari festivalida O’zbekiston delegatsiyasining qatnashishi, o’zbek xalq o’yinlarining “Jahon milliy o’yinlari” guldastasida o’zining munosib o’rin olishida imkon yaratdi. O’zbek xalqi hayotida “Kurash”, “Uloq” kabi xalqaro darajaga chiqadigan o’yinlar kam emas. Ularni chuqurroq o’rganishimiz va kichkintoylar orasida targ’ib qilishimiz zurur. Bu borada xalq o’yinlarini (ko’plab turlariga bag’ishlangan olimpiyada, festival, bayramlar) o’tkazish bilan bir qatorda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga milliy qadriyatlarimizni o’rgatib borishimiz lozim. Xalq o’yinlarini sport amaliyotida qo’llash imkoniyatlari. Ma’lumki, yosh bolalarning sport bilan muntazam shug’unlantirishga jalb qilish tanlov asosida olib boriladi. Tanlov dasturining talablari bolaning bo’yi, og’irligi, gavdasini tuzilishi – qomati kabi belgilarni aniqlash va ularga baho berishdan iborat. Bundan tashqari tanlov psixologik va jismoniy qobliyatlarni sinash vositalari yordamida qilinadi. Mazkur sport natijalari u yoki bu sport turiga mos kelsa, bolani shu sport to’garagiga qabul qilish maqsadga muvofiq deb topiladi. Bu masalaga to’g’ri yondashish demakdir. Milliy harakatli o’yinlarni mashg’ulotlar davomida qo’llash bolalarda katta qiziqish uyg’otadi, ularni kayfiyati va boshqa ruhiy sifatlariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Milliy o’yinlarning mazmuni, mohiyati va maqsadga oid tasnifi. Tarixmizdan meros bo’lib qolgan o’zbek xalq milliy o’yinlari hayotga tadbiq etishga kengroq yo’l ochib berilishi, uni ommaviy tus oldirlishi, oilada, maktabgacha ta’lim muassasalarida, maktablarda, dam olish joylarida, har xil marosim va bayramlarda uni tashkillashtirish o’sib kelayotgan yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir etish muqarrardir. Milliy xalq o’yinlari qadim-qadim zamonlardan boshlab xalq marosimlarida, urf-odatlarda, mustaqil bir soha sifatida musobaqalarda, baxslarda keng qo’llangan bo’lib,ming yillar davomida rivojlanib, takomillashib kelgan. Milliy xalq o’yinlari ming yillar davomida bizgacha yetib kelgan. O’zbek milliy xalq o’yinlari “Otda chopish”, “Qiz quvlash”, “Uloq”, “Kamonda otish”, “Xo’roz jangi”, “Besh tosh”, “Sapalak”, “Jambalak xola”, “Kurash”, “Kim tez o’raydi”, “Chillak” kabi va boshqa o’yinlar orqali botirlik, epchillik, muvozanatni saqlash sifatlarini rivojlantirishda, hamda qaddi qomatni shakllantirish, ahloq-odob, ong, xotira, diqqat kabi xislatlarni sayqal toptirishda va albatta, sog’liqni mustahkamlashda eng samarali vosita bo’lib kelgan. Xalq milliy o’yinlari, jumladan, o’zbek milliy o’yinlari barcha xalq elatlari kashfiyotlari kabi (musiqa, kulolchilik, gilam to’qish asboblari, ashula va raqs va boshqalar) insoniyat tarixining turli ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlarida taraqqiy etgan o’ziga xos etno va filoontogenetik xususiyatlari asosida ixtiro qilingan va shakllanib kelgan. O’zbek xalq o’yinlari o’ziga xos urf-odatlardan, turmush sharaotlaridan, yashash iqlimi, tarixiy obidalar, atrof-muhit sharoitidan kelib chiqqan bo’lib, shularga yarasha jinsiga, yoshiga, salomatligiga ko’ra qo’llangan, lekin shu vaqtgacha aksariyat mutaxassislar o’zbek xalq o’yinlariga alohida tasnif (klassifikatsiya) va tavsif (xarakteristika) berishni ko’zda tutmaganlar yoki yetarli darajada ahamiyat bermaganlar. Ta’kidlash joizki, agar shunday tasnif va tavsif berilsa, o’zbek xalq o’yinlari va umuman xarakatli o’yinlar ancha yutiqqa ega bo’lgan bo’lar edi. Chunki har bir o’yinni tasnifini va tavsifini bilgan holdagina undan foydalanish zaruriyati ham, joyi ham to’g’ri belgilanadi. Ma’lumki, o’zbek xalq o’yinlari o’z ichiga harakat jihatidan har xil jismoniy sifatlarni rivojlantirishga yo’naltirilgan o’yinlarni qamrab olgan. Shu bois ularni yo’nallishlari bo’yicha ajrata bilish zarur deb topiladi. Demak, ularni tasniflash (klassifikasiyalash) katta ahamiyatga ega. O’zbek xalq o’yinlari klassifikatsiyasi. Hayotiy zarur harakat malakalarini shakllantiruvchi o’yinlar: osilish va osilib chiqish: “Maymunchalar”, “Oq ayiqlar”; yurish, yugirish: “Quvlashmachoq”, “Mokki”; “O’tirish-turish”, “Baqa”, “Tovuq va tulkilar”, “To’xtash-sakrash”, “Qarmoqcha”. Jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi o’yinlar: kuch:“Tortishmachoq”; tezkorlik: “Kun va tun”; epchillik: “To’p uchun kurash”, “Lapta”, “Qirq tosh”, “Besh tosh”; chidamkorlik: “Quvib yet”; egiluvchanlik: “Ko’prik va mushuk”, “Kurash”, “Sapalak”, “Xo’roz jangi”. Aqliy–ruhiy qobiliyatlari rivojlantiruvchi o’yinlar: diqqat: “Ta’qiqlangan harakat”; xotira “Daqiqa”; hissiyot: “To’xta”; tafakkur: “Shaxmat”; ayyorlik “Mandan zo’r”; jasurlik “Cho’nqa shuvoq ”. Uy-ro’zg’or ishlariga xos harakat malakalarini shakllantiruvchi o’yinlar: “Supursupur”, “Qovun uzatish”. Kasbiy ko’nikma va malakalarni shakllantiruvchi o’yinlar: “Burgut va burgutchalar”, “Otishma”. Nutq va talaffuzni shakllantiruvchi o’yinlar: “Kim oladi”, “Oq terakmi, ko’k terak”, “Paxmoq kuchuk”, “Jamalak sochli xola”. Hisob-kitob va tadbirkorlik qobiliyatlarini shakllantiruvchi o’yinlar: “Besh tosh”, “Lyanka”, “Qirq tosh”. Yilning turli fasllarida qo’llanadigan o’yinlar: “Varrak”, “Yomg’ir yog’aloq”, “Chillak”, “Topishmoq top”, “Lyanka”, “Tez ayt”, “Yong’oq”. Kunduz va tunda o’tkaziladigan o’yinlar : “Oq suyak”, “Cho’loq qarg’a”. Suvda o’tkaziladigan o’yinlar: “Suvda quvlashmachoq ” , “Tez suzish”, “Suv ostida suzish”. Turli yoshda va kattalar o’rtasida o’tkaziladigan o’yinlar: “Quvlashmachoq”, “Bekinmachoq”, “Bayroqcha uchun kurash”, “Kun va tun”, “Oq terakmi, ko’k terak”, “Yong’oq o’yini”. «Chillak» o’yini. Maqsad: Bolalarni jismonan chiniqtirish, cho’plarni uzoqroq otishga o’rgatish, ularni ko’z qiri bilan qancha chamalashga (masofa necha qadam chiqishini) va ularni ravon sanashga o’rgatish hamda nafas rostlab yugurishni rivojlantirish. Kerakli jihozlar: Bolalarga bu o’yinni o’ynash uchun 2 dona g’isht va tol daraxtidan qilingan 2 dona cho’p kerak bo’ladi. O’yinning borishi: Birinchi bolalar qur’a tashlab, kim birinchi boshlashini kelishib oladilar. Keyin 2 dona g’ishtning orasini 20 santimetr uzoqlikda qo’yib o’yin boshlanadi. Birinchi bola 1 ta cho’pni g’isht ustiga qo’yib, ikkinchi cho’p bilan pastdagi cho’pni ozgina yuqori ko’tarib uzoqqa otadi. Cho’p tushgan joy chizib belgilanadi. O’yin boshlagan bola g’ishtdan cho’p tushgan joygacha necha tayyoq chiqishini chamalab aytishi lozim. Agar cho’p tushgan joy bola aytganidek 20 yoki 30 ta tayok chiqsa, bola shuncha ochko to’plagan bo’ladi. Agar tayoq tushgan joy 20 yoki 30 ta chiqmasa, bola yutqazadi va o’yinni keyingi bolaga beradi. Bu o’yinni uch kishi yoki to’rt kishi o’ynashi mumkin. Eng kam ochko to’plagan bola, masalan, 200, 300 yoki 1000, ochko to’plagan bo’lsa, shuncha joyni belgilab, chillak g’ishti turgan joydan 1000 cho’p chiqadigan joygacha «zuv» so’zini bir nafasda to’xtamasdan aytib borishi kerak va cho’pni o’sha joyga qo’yishi kerak. «Kesak qo’ydi» o’yini Maqsad: Bolalarning xotira, eslab qolish kabi xislatlarini shakllantirishga qaratilgan. Kerakli jihozlar: Turli qirqma hajmdagi o’yinchoqlar, o’yinchi ko’zini bog’lash uchun ro’mol. O’yinning borishi: O’yinda barcha bolalar qatnashishlari mumkin. O’rtada yerga bir qancha predmetlar qo’yilgan bo’lib, bolalar diqqat bilan predmetlarni ko’rib oladilar va 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 ketdi deb sanaydilar. «Ketdi» so’zi kimga taqalsa, shu qatnashuvchi ko’zini yumib turadi. Onaboshi o’rtadagi biror predmetdan yonidagi bolalar etagigami, stul orqasigami yashirib qo’yadi. Ko’zi yumilgan bola ana shu yashiringan predmetning nomini qaysi bolada ekanligini topishi kerak. Topa olmasa, o’ynovchilarning talablariga binoan she’r, topishmoq aytib beradi. O’yin yana boshqa o’ynovchining ko’zini yumishi bilan boshlanadi. O’yin shu tariqa davom etadi. «Qirq tosh» o’yini. Maqsad: bolalarda masofani mo’ljal olishni o’rgatish, diqqatni taqsimlashga o’rgatish. Kerakli jihozlar:sport maydonchasi, koptoklar, toshchalar. O’yinning borishi: O’yinni maysazorda, sport zalida maydonchalarda o’tkazish mumkin. Start chizig’idan boshlab har qaysi bola uchun bir xil oraliqda doiralar belgilanadi. Har bir bola tosh yoki bittadan latta koptokchani qo’lida o’ynab tayyorlanib turadi. Tarbiyachining buyrug’i bo’yicha har qaysi bola belgilangan doirada yugurib borib toshni yoki koptokni qo’yib, o’z joyiga qaytib keladi. Oxirgi o’yinchi toshni qo’yib qaytgandan keyin bolalar tartib bilan yugurib borib, o’z toshlarini qaytarib olib ketadi. Qaysi guruh birinchi bo’lib o’z toshlarini terib olib kelsa, o’sha guruh g’olib hisoblanadi. «Qarmoqcha» o’yini. Maqsad: Bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish, diqqatni jamlab o’ynashga o’rgatish. Kerakli jihozlar: O’yin uchun 3-4ta arqon kerak bo’ladi. Arqonning bir tomonida qum yoki kepak solingan xaltacha bog’lab qo’yiladi. O’yinning borishi: Hamma bolalar doira hosil qilib turadilar, boshlovchi doira o’rtasida turib arqonchani o’z atrofida aylantira boshlaydi. Arqonni aylantirganda xaltacha baland ko’tarilmasligi lozim. O’yinchining oyoqlariga xaltacha tegib ketmasligi uchun sakrab turadi. Arqon uchida bog’langan xaltacha o’yinchining oyoq uchi tegsa u qarmoqqa ilingan hisoblanadi. U doira o’rtasiga chiqadi va arqonni boshlovchi sifatida aylantiradi. O’yin oddiy qiziqarli bo’lganligi uchun bolalar o’z mahoratlarini namoyish qila oladilar. O’rtadagi o’yinchilar bu o’yinda uzoq turib qolmasligi uchun o’yinchini tezroq qarmoqqa ilintirib olishga harakat qilinadi. Arqonni aylantirish tezlatiladi yoki pasaytiriladi, bu o’yin 5-6 yoshli bolalar uchun mo’ljallangan. Mavzu yuzasidan savollar 1. Harakat yo’nalishlardan “orqada, oldinda” kabi so’zlarning ma’nosini necha yoshda tushunadilar? 2. Suvning necha darajali issiqligida suv quyib chiniqtirish boshlanadi? 3. “Standart” so’zining ma’nosi nima? 4. Bolalalarning asosiy faoliyat turini aniqlang. 5. Bolalar tarbiyasiga ta’sir etadigan o’yinning qanday omillari mavjud? 6. Umumrivojlantiruvchi mashqlarni sanab o’ting. FOYDALANILGAN MANBALAR 1. K.D.Yarashev “ Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish” Toshkent Sino- 2002 yil 2. “ Maktabgacha ta’lim muasasalarida ta’lim – tarbiya jarayonini rejalashtirish” mmxqtmoro’mm Toshkent – 2011 3. “Jismoniy tarbiya metodikasi” N.N.Jamilova.Toshkent- 2003yil 4. “ Maktabgacha tarbiya pedagogikasi” P.G.Samarukova Toshkent-1991 yil 5. “Interfaol o’qitish metodikasi” mmxqtmoro’mm.Toshkent-2009 yil. 3.3.2 Mavzu: Sog’lomlashtirish va chiniqtirish ishlari (2 soat nazariy ) Reja: 1.Jismoniy mashqlar bilan birga amalga oshiriladigan chiniqtirish tadbirlari 7. Quyosh, suv va havo vannalarining chiniqtirishdagi o’rni 8. Suzish va unga o’rgatish tartibi Mavzu: Maqsad, vazifalar: O‘quv jarayon mazmuni: O‘quv jarayondan kutiladigan natija: O‘quv jarayon turi: Sog’lomlashtirish va chiniqtirish ishlari Jismoniy mashqlar bilan birga amalga oshiriladigan chiniqtirish tadbirlari. Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarni chiniqtirish maqsadida havo vannalari, suv muolajalari (artinish, suv quyish, dush, cho’milish) va quyosh vannalaridan fondalaniladi. U yoki bu muolajaning har biri alohida holda bola organizmining yetarlicha chiniqishini ta’minlay olmaydi (masalan bolalarning har kungi artinishlari va ayni paytda ularning ochiq havoda ko’p bo’lmasliklari). 1. Jismoniy tarbiya haqida tushuncha 2.Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlanishi 3.Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlanishini amalga oshirishning o‘ziga xosligi 4.MTMda bolalarning jismoniy rivojlanishi va o’z-o’ziga xizmat, gigiyena yo’nalishi. Tabiiy omillardan kompleks foydalanish bolalarda tashqi muhitning turli noxush ta’siriga (nam havo, yomg’ir, shamol, qizish) nisbatan chidamlilik hosil qiladi. Chiniqtirish tadbirlari jismoniy mashqlar bilan birgalikda olib borilganda juda samarali bo’ladi: aktiv muskul ishi issiqlik regulyatsiyasining takomillashuv jarayoniga va bu bilan organizmning tashqi muhitga moslashuviga yordam beradi. Chiniqish jarayonida organizmning jiddiy qayta qurilishi yuz beradi va agar bola aktiv bo’lsa, u tabiiy va oson kechadi. Bola uchun qiziqarli jismoniy mashqlar va o’yinlar bilan birgalikda amalga oshiriladigan chiniqtirish tadbirlari emotsional ko’tarinkilik uyg’otadi, oliy nerv markazlari funktsiyasini oshiradi, ichki organlar ishini va modda almashishini boshqaruvchi vegetativ nerv tizimga yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Amaliy mashg‘ulot O‘quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi: O‘quv jarayon bosqichlari va taqsimoti: Kutiladigan natijalar: Shakl: guruhlarda ishlash Metod: guruhlarda ishlash metodi Vosita: dars ishlanmasi namunalari, ko‘rgazma, tarkatma. Usul:og‘zaki, yozma, ko‘rgazmali, taqdimot. Nazorat: Savollar va javoblar. Baholash: individual baholash, o‘z o‘zini baholash, guruh ishini baholash. I. Tashkiliy qism – 5 minut. II. Kichik ma’ruza metodidan foydalanish – 30 minut. III. “Jismoniy tarbiya ” mashg‘uloti dars ishlanmasini o‘rganish va tahlil qilish - 40 minut. Guruhlar taqdimoti – 30 daqiqa IV. Gigiyena yo’nalishi “Klaster va Venn diagramma” - 30 daqiqa V-bosqich: mashg‘ulotni mustahkamlash -20 minut. IV. Darsga yakun yasash – 5 minut. O‘qituvchi Tinglovchi Yangi nazariy bilimlar Yangi nazariy bilimlar olishadi. beradi. Axborot izlash, to‘plash va Dars jarayonini foydalanish ko‘nikmalari maqsadli va oqilona shakllanadi. boshqaradi. Tinglovchilar dars maqsadi, Tinlovchilarga dars o‘qitishning kutilayotgan maqsadi, o‘qitishning natijalari, darsni rejalashtirishda kutilayotgan natijalari, tizimli yondashuv, o‘qitishning darsni rejalashtirishda kutilayotgan natijalari tavsifi tizimli yondashuv, haqida bilib oladilar. o‘qitishning Mustahkamlaydi va o‘z-o‘zini kutilayotgan natijalari baholaydi hamda o‘zgalar tavsifi haqida faoliyatini tahlil qiladi. tushuntiradi.. Yakka tartibda va kichik guruhda Tingnlovchilarni kichik ishlash ko‘nikmasi hosil bo‘ladi. guruhlarga bo‘ladi va Olingan bilimlarni tizimli bayon topshiriq bilan etadi. tinishtiradi. Ular asosiy harakatlar (yurish, Qisqa vaqt ichida ko‘p yugurish, sakrash, irg‘itish, ilib ma’lumot to‘plashga olish, emaklash, sirpanish); oyoq yo‘naltiradi. va tana uchun Tinglovchilarga umumrivojlantiruvchi mashqlar samarali maqsad (turli buyumlar yordamida va mezonlari asosida ularsiz) raqs mashqlari, saflanish tuzilgan maqsadlarni va qayta saflanish, harakatli tahlil qilishni kichik o‘yinlar, turli sport o‘yinlarining guruhlarda ishlash muhim xususiyatlarini egallash, metodi orqali sport mashqlari, rolikli konkida Kelgusi rejalar(tahlil, o‘zgarishlar): bajarishadi. Bolalar jismoniy tarbiyaning asosiy mazmunini muntazam ravishda bajarishlari uchun turli usuldagi mashqlar mavjudligi tushuntiriladi. O‘quv jarayonini tahlil qiladi; Mavzu bo‘yicha yangi bilimlarga ega bo‘ladi; Pedagogik mahoratini oshirib boradi. sayr qilish, velosipedda yurish, suzish va boshqalardan tashkil etishi haqida tushunchalar oladi. O‘quv jarayoni yuzasidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajaradilar. Harakatli o‘yin usullaridan o‘rganib kelish; O‘quv jarayoni yuzasidan qo‘shimcha takliflar bildiradi I-bosqich: Tashkiliy qism – 10 daqiqa A) Salomlashish. B) Tinglovchilar bilan tanishish, davomatni aniqlash, tinglovchilarni mashg‘ulot jarayoniga tayyorlash. Kichik guruhlarga bo‘lish do‘stona kelishuv o‘rnatish. II-bosqich: Mavzuga doir tinglovchilarning bilimini aniqlash- 15 minut. Mavzuga doir tinglovchilarning dastlabki bilimlarini aniqlash. Mashg‘ulot mavzusi , maqsadi va kutilayotgan natijalarni bayon qilish III-bosqich: Yangi mavzuga doir tinglovchilarning dastlabki bilimlarini aniqlash uchun savollar: Jismoniy mashqlar bilan birga amalga oshiriladigan chiniqtirish tadbirlari. Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarni chiniqtirish maqsadida havo vannalari, suv muolajalari (artinish, suv quyish, dush, cho’milish) va quyosh vannalaridan fondalaniladi. U yoki bu muolajaning har biri alohida holda bola organizmining yetarlicha chiniqishini ta’minlay olmaydi (masalan bolalarning har kungi artinishlari va ayni paytda ularning ochiq havoda ko’p bo’lmasliklari). Tabiiy omillardan kompleks foydalanish bolalarda tashqi muhitning turli noxush ta’siriga (nam havo, yomg’ir, shamol, qizish) nisbatan chidamlilik hosil qiladi. Chiniqtirish tadbirlari jismoniy mashqlar bilan birgalikda olib borilganda juda samarali bo’ladi: aktiv muskul ishi issiqlik regulyatsiyasining takomillashuv jarayoniga va bu bilan organizmning tashqi muhitga moslashuviga yordam beradi. Chiniqish jarayonida organizmning jiddiy qayta qurilishi yuz beradi va agar bola aktiv bo’lsa, u tabiiy va oson kechadi. Bola uchun qiziqarli jismoniy mashqlar va o’yinlar bilan birgalikda amalga oshiriladigan chiniqtirish tadbirlari emotsional ko’tarinkilik uyg’otadi, oliy nerv markazlari funktsiyasini oshiradi, ichki organlar ishini va modda almashishini boshqaruvchi vegetativ nerv tizimga yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Chiniqish shartli reflektorli jarayon sifatida muntazamlilikni talab qiladi. Boshqaruvning yo’qligi, rejimning buzilishi natijasida muvaqqat bog’lanishlar so’nadi va bola organizmining tashqi muhitga chidamliligini va turli noxush ta’sirlarga qarshilik ko’rsatish qobiliyatini yo’qotadi. Chiniqish jarayoni xilma-xil: u bir tomondan shifokor tavsiyasiga ko’ra maxsus tadbirlar (havo, suv, quyosh vannalari) ni o’z ichiga oladi; ikkinchi tomondan kun tartibida belgilangan sharoitning (xonani muntazam shamollatib turish, darchalarning ochiq turishi, bolalar engil kiyimbosh va poyabzali, sayrning belgilangan muddatiga va bolalar harakat aktivligi rejimiga rioya qilish, derazalari ochiq ayvonda uxlash) albatta mavjud bo’lishini taqozo etadi. Bularning hammasi organizmning to’laqonli chiniqishini ta’minlaydi, unda yoqimli o’zgarishlar paydo qiladi (nerv tizimning holati va funktsiyasini, modda almashinishi jarayonini, qon tarkibini yaxshilaydi, nafas olishni chuqurlashtiradi, psixikaning emotsional-ijobiy holatini vujudga keltiradi), sharoitni muqobillashtiradi va bola xatti-harakatini bu sharoitga moslashtiradi. Dastur chiniqtirish tadbirlarini barcha yosh guruhlarida bir yoshdan boshlab qo’llanishni ko’zda tutadi. Unda chiniqtirish turlari, ularni o’tkazish vaqti, qancha davom etishi belgilangan, vrach tavsiyasiga ko’ra bolalarga albatta individual yondashish kerakligi ko’rsatilgan. Harakat paytida qabul qilinadigan havo vannalari bolalar harakat faoliyati vaqtida havoning terining yalang’och qismiga bevosita ta’sir etishini ta’minlaydi. Bunday havo vannasining eng maqsadga muvofiq va tabiiy ko’rinishi ochiq havoda hamda deraza darchalari ochiq xonalarda o’tkaziladigan ertalabki gimnastikadir. Bundan tashqari ko’pincha katta va maktabga tayyorlov guruhlari bolalari havo vannasini vrach tavsiyasiga ko’ra ochiq havoda va xonadagi jismoniy tarbiya mashg’ulotlari chog’ida oladilar. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari va ertalabki gimnastika havo vannasi sifatida o’ziga xos xususiyatlarga ega. Ularni xonada o’tkazishda havo harakati asta-sekin har 2—3 kunda kamaytirib boriladi, bolalar ham shunga qarab yengilroq kiyintiriladi. Bu vrach ko’rsatmasiga ko’ra, bolalar sog’lig’ining ahvoli va ularning har biriga individual yondoshgan holda amalga oshiriladi. Mavjud tadqiqotlar, bolalar bog’chalari ish tajribalari bunday muntazam mashg’ulotlarning natijasi yuqori bo’lishini tasdiqlaydi: bolalar sog’lig’i mustahkamlanadi, shamollash va yuqumli kasalliklar kamayadi, ma’lum darajada chidamlilik hosil qilinadi. Suv tadbirlari artinish, boshdan suv quyish, dush, cho’milish (suv havzalarida, ko’lda) kabi muolajalardan iborat. Vrachning bolalarning individual xususiyatlari va sog’lig’ini hisobga olib bergan tavsiyasi bu muolajalarni belgilash uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Suv muolajalarida bolaning aktiv bo’lishi maqsadga muvofiq va zarurdir. Birinchi kichik guruhda aktivlikka undash asosan kattalardan bo’ladi, ular bolalarni harakatlarga da’vat etadilar. Bola 3 yoshdan mustaqil harakat qilishga o’rgana boshlaydi. Oyoq, qo’l uchlaridan markazga qarab uqalash harakatlaridan iborat artinishda bolalar suvi siqilgan ho’l qo’lqoplar yordamida o’zlari harakat qilishga o’rganadilar. Doira yoki yarim doira bo’lib turgan holda ular bir vaqtda ko’krak, elka va qo’llarni ishqalab artadilar, shundan so’ng o’girilib qo’lqoplarini orqada turgan bolalarga beradilar va ularning har biri o’rtog’ining orqasini ishqalaydi. Shunday qilib, bola artinish jarayonida harakatda bo’ladi, sovuq qotmaydi va tarbiyachi rahbarligida zarur hayotiy ko’nikmaga o’rganadi. Boshdan suv quyish o’zining organizmga ko’rsatadigan ta’siriga ko’ra oldingi tadbirlardan birmuncha kuchliroqdir. Suv oqimi badanni tozalaydi, muskullar tonusini oshiradi, ular ishini aktivlashtiradi, nerv tizimni qo’zg’otadi, tetiklik holatini yuzaga keltiradi. Bola oqayotgan suvga orqasi, ko’kragi, biqini, qorni, qo’llarini tutib aylanadi. Bundan tashqari u suv oqimiga ko’ra harakat qilib, badaniga suv sochib ishqalashi mumkin. Muolajadan so’ng barcha bolalar badanlarini tarbiyachi kuzatuvida yaxshilab artadilar. Ko’pchilik bolalar muassasalarida muntazam chiniqtirishda vrach tavsiyasiga ko’ra ertalabki gimnastikadan so’ng (ko’pincha tayyorlov guruhlarida) belgacha suv quyish joriy qilinmoqda. Bolalar mustaqil yuvinadilar, bunda bo’yin, ko’krak, yelka va qo’llarini ishqalaydilar, shundan so’ng badanlarini yaxshilab artadilar. Belgacha suv quyib yuvinish turli sharoitda qo’llasa bo’ladigan juda qulay muolaja hisoblanadi, shuning uchun bolalarni unga o’rgatish maqsadga muvofiqdir. Cho’milish har kungi doimiy muolaja sifatida bola organizmini sog’lomlashtirish va chiniqtirishning ajoyib vositasidir. Sovuq suv, ultrabinafsha nur omixtaligidagi toza havo, bolalar harakati — bu vositalar butun bir kompleksi bola organizmiga, uning nerv tizimi, emotsional-ijobiy holatiga favqulodda yaxshi ta’sir etadi. Biroq, bu muolajaning samaradorligiga qaramay, undan juda ehtiyotkorlik bilan foydalanish, bolalarni unga asta-sekin o’rgatish—dushdan oldin artinish va suvning haroratini asta-sekin pasaytirib borish lozim. Bolalarda issiqlik regulyatori funktsiyasi yetarli rivojlanmaganligi tufayli issiqlikning teri orqali tashqariga ko’plab chiqib ketishi cho’milish paytida bolalarning harakat aktivligini taqozo etadi. Tarbiyachining suvda kichik guruhchalar (6—8 kishi) bilan uyushtiradigan oddiy quvnoq o’yinlari bolalarda ijodiy emotsiya uyg’otadi, muskul harakati esa issiqlik hosil bo’lishini kuchaytiradi. Buning natijasida bola o’zini yaxshi sezadi, sovuq qotmaydi va suvdan cho’chimaydi. Chiniqtirish maqsadidagi cho’milish dasturda o’rta, katta va tayyorlov guruhlari uchun tavsiya etiladi. Suvga o’rgatishni tajriba ko’rsatganidek, 1,5—2 yoshdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Suvi sayoz joyda yurish, tosh terish, shishirilgan o’yinchoqlar bilan o’ynash, suv sachratish kichkintoylarga o’zlari uchun yangi bo’lgan suv muhitini o’zlashtirishda yordam beradi, ijobiy emotsiya uyg’otadi, jasurlikni tarbiyalaydi. Cho’milish joyini sinchiklab tekshirish, 3—4 bolaning kattalarning hushyor kuzatuvida bir vaqtda cho’milishi, vrachning barcha ko’rsatmalariga rioya qilish —bu muolajalarni o’tkazishning majburiy shartidir. Cho’milish muddatini har bir yosh guruhi uchun bolalar muassasasi vrachi belgilaydi. Bunda metereologik sharoit suv va havo harorati, shamol, quyoshli yoki bulutli havo) va barcha bolalar organizmining chiniqqanlik darajasi hisobga olinadi. Suzish. Suzish havzalari bo’lgan muassasalarda bolalar kichik guruhdan boshlab muntazam cho’miltiriladi va vrach rahbarligida suzishga o’rgatiladi; maxsus muassasalarda bolalarni ilk yoshdan suzishga o’rgatiladi. Bolalarni ilk yoshdan suzishga o’rgatish salomatlik uchun muhim va kishilar hayoti va faoliyatida katta ahamiyatga ega. Quyosh vannalari. Quyosh bola organizmiga yaxshi ta’sir ko’rsatib, uning umumiy holatini mustahkamlaydi, almashinish jarayonlarini yaxshilaydi. Ayniqsa bakteritsid (bakteriyalarning rivojlanishini to’xtatadigan), antiraxit (nerv tizimning faoliyatini yaxshilaydigan, modda almashinish jarayonini kuchaytiradigan, suyak muskul tizimni mustahkamlaydigan), eritem (qon oqimini kuchaytiradigan va terini qizartirib, badanning qorayishiga olib keladigan) ta’sirga ega bo’lgan ultrabinafsha nurlari juda foydalidir. Quyoshning organizmga bunday rang-barang ta’siri juda ehtiyotkorlikni talab qiladi. Quyosh vannasidan me’yorida foydalanmaslik tufayli bolalarda salbiy holatlar (qo’zg’alish va uyquning buzilishi, tomirlarning keskin kengayishi, qon tarkibining yomonlashuvi va boshqalar) yuz berishi mumkin. Shuning uchun bolalar muassasalarida quyosh vannalari faqat vrach tavsiyasiga ko’ra, bolalarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda o’tkazilishi zarur. Ilg’or tajribalar shuni ko’rsatadiki, bolani tizimli chiniqtirishni ilk yoshdan boshlash va uni bolaning bolalar muassasasidagi oxirgi kunigacha amalga oshirish kerak ekan. Shundagina bu tadbir ko’nikma harakterini kasb etadi. Bunda pedagoglar, hamshiralar va texnik xodimlar ishdagi uyushqoqlik, shuningdek ota-onalar bilan aloqa o’rnatish asosiy shart hisoblanadi. Ertalabki gigienik badantarbiya mashqlari 5─7 yoshdagi bolalani sog’lig’ini muhofaza qilish bo’yicha bilim,malaka va ko’nikmalar (jismoniy tarbiyaning sog’lomlashtirish va chiniqtirishdagi ahamiyati) Ertalabki badantarbiya va suv Har kuni kattalar nazoratida ertalabki muolajalarining sog’likni badantarbiya mashqlarini bajarish. mustahkamlash uchun, kuchlilik, Badantarbiya mashqlarini ochiq havoda chidamlilik, tezkorlik, irodalilik, tetiklik gilamcha ustida, yengil kiyimda va yaxshi kayfiyat uchun ahamiyati. buyumlar bilan tugallash. Muayyan Badantarbiya mashqlarini bajarish izchillikda, aniq, shiddat bilan uchun zarur shart ─ sharoitlar muskullarni tarang holga keltirish, to’g’risida ma’lumotlar ertalabki mashqlarni, qomatni to’g’ri tutgan badantarbiya mashqlarining majmuyi holda bajarish to’g’risida tushuncha va mazkur yosh guruhi uchun mashqlarni tanlash Chiniqtirish Chiniqtirish to’g’risida tushuncha. Xonada engil kiyimda bo’lish, Chiniqtirishning tabiiy omillari: fortochkani ochib qo’yish. Ertalabki quyosh, havo va suv, havo bilan badantarbiya mashqlarini har kuni har chiniqtirishning asosiy turlari: yengil qanday havoda bajarish. Kiyim va kiyimlarda, ochiq havoda ertalabki poyabzalni mavsumga va mashq turiga badantarbiya mashqlarini bajarish, sport muvofiq tanlash. Yuz, bo’yinni, qo’lni o’yinlari, sayrlar, ko’ngilochar o’yinlar tirsakkacha sovuq suv bilan yuvish. o’tkazish.Tanani chiniqtirishning Badantarbiyadan so’ng darhol gubka shamollashning oldini olishdagi yoki uy haroratidagi suvda ho’llangan ahamiyati. Suvning chiniqtiruvchi kichikroq paxmoq sochiq bilan tana ahamiyati. Suv muolajalari: yuvinish, a’zolarini artinish: avval qo’llarni, artinish, oyoqni yuvish, belgacha keyin esa ko’krak va orqani, undan yuvish, dush qabul qilish, ochiq suv keyin badanni quruq sochiq bilan tana havzasida cho’milish. Badanni ho’l qizarguncha, tezda quruq qilib artish. sochiq bilan artishning chiniqtiruvchi Faqat kattalarning ruxsati bilan ahamiyati va uni o’tkazish tartibi. Suv cho’milish, kattalarning nazorati ostida havzalarida cho’milishning asosiy cho’milishning asosiy qoidalariga rioya qoidalari. Quyoshning chiniqtiruvchi qilish. Yalangoyoq yurganda oyoqni ta’siri, quyosh vannalaridan foydalanish shikastlantirish xavfi yo’q joylarda qoidalari. Yalangoyoq yurishning yurish. Chiniqtirish qoidalarini ongli chiniqtiruvchi ahamiyati. ravishda bajarish Chiniqtirishning asosiy tamoyillari: muntazamlik, izchillik bolaningn sog’lig’i va jismoniy rivojlanish darajasini hisobga olish Qomatni to’g’ri tutish ko’nikmasini tarbiyalash Qad─qomat haqida tushuncha va Ertalabki badantarbiya mashqlarni ta’rif. Yurak, o’pkaning me’yorida muntazam ravishda bajarib turish. ishlashi, butun a’zolarning uyg’un Badantarbiya mashqlari tarkibiga rivojlanishi uchun to’g’ri qomatning to’g’ri qomatni shakllantiradigan, ahamiyati. Skeletning tuzilishi yassitovonlikning oldini oladigan (umurtqa, ko’krak qafasi , suyaklar, mashqlarni kiritish (kattalar bilan bosh suyagi, qo’l va oyoq suyaklari) birgalikda) To’g’ri qomatni mustaqil Ertalabki badantarbiya mashqlari , sport nazorat qilib borish qoidalariga rioya o’yinlari, mehnatning to’g’ri qomatni qilish: orqa bilan devorga suyanib, tik shakllantirish uchun ta’siri. Yurish turish, devorga elkani tekizib turish, mashqlari vaqtida gavda holatini yurishda ana shunday holatni saqlash nazorat qilib borish. Skeletni to’g’ri holatda ushlab turishga yordam beradigan mashqlarni bajarish, mushaklarni mustahkamlash, suyak mushak, asab va boshqa tizimlarni mashq qildirish va rivojlantirishda badantarbiya hamda sport mashqlari va jismoniy mehnatning ahamiyati. Mashg’ulotlar vaqtida gavdani to’g’ri tutish va ishchanlik holati Ertalabki badantarbiya mashqlari 3─ 5yoshdagi bolalani sog’lig’ini muhofaza qilish bo’yicha bilim,malaka va ko’nikmalar (jismoniy tarbiyaning sog’lomlashtirish va chiniqtirishdagi ahamiyati) Badantarbiyaning sog’likni Har kuni kattalar nazoratida saqlashdagi ahamiyati. Ertalabki badantarbiya mashqlarini xonada, badantarbiya majmuyi to’g’risida darchalarni ochib qo’ygan holda ma’lumotlar, ertalabki badantarbiya bajarish. Ochiq havoda esa sport mashqlarining majmuyi to’g’risida kiyimida, bosh kiyimida bajarish. Qo’l, tushuncha va mazkur yosh guruhi oyoq va gavda uchun mashqlarni aniq uchun mashqlarni tanlash. va izchillik bilan bajarish, qomatni to’g’ri tutish Chiniqtirish Salomatlik uchun chiniqtiruvchi Har kuni ertalab badantarbiya tadbirlarning ahamiyati. Badanni ho’l mashqlarini bajarish, har qanday sochiq bilan artish, oyoqni yuvish, ochiq ob─havoda ham harakatli o’yinlar suv havzalarida cho’milish qoidalari. o’ynash. Uyquga yotishdan oldin Oyoqqa suv quyish, artinish qoidalari. xonanai shamollatish. Har kuni oyoqlarni yuvish, sekin─asta suv haroratini pasaytirib borish. Xona haroratidagi suvda ho’llangan gubka yoki paxmoq qo’lqop bilan dastlab qo’llarni, keyin oyoqlarni , ko’krakni qorin va orqani teskari yo’nalishda teri qizarguncha artish. Suv haroratini har kuni 1 gradusdan pasaytirib borish Qomatni to’g’ri tutish Qomatni to’g’ri tutishning sog’liq Qomat o’zgarishining oldini olishga uchun ahamiyati. Qomatning buzilishi yordam beruvchi jismoniy mashqlarni natijasida kelib chiqadigan kasalliklar muntazam ravishda bajarish ( (kifoz, lardoz, skalioz) turlari va “qayiqcha”,”mushuk”,” velosiped”,” ularning oldini olish. beshik”) Mashg’ulotlar vaqtida va mehnat Stol atrofida o’tirganda, uyqu vaqtida ko’nikmalarini egallashda gavdani gavdani to’g’ri tutish. Yurish, chopish to’g’ri holatda tutish vaqtida gavdani to’g’ri tutish, qo’lni ikki yonda tutish, bosh birmuncha ko’tarilgan holda oldinga qarash Erta yoshdagi(1─3yosh) bolalarda shakllantiriladigan salomatlikni muhofaza qilishga doir bilim, malaka va ko’nikmalar Ertalabki badantarbiyaning sog’liqni Har kuni ertalab badantarbiya qilish. mustahkamlashdagi ahamiyati. Harakatlarni namunaga muvofiq Badantarbiya uchun zarur bajarish, badantarbiyani ochiq havoda shart─sharoitlar haqidagi ma’lumotlar. Ertalabki badantarbiya mashqlari majmuyi to’g’risida tushuncha va maktabgacha yoshdagi guruhlar uchun mashqlarni tanlab olish yengil kiyimda bajarish. Ertalabki badantarbiya mashqlarini suv muolajalari bilan tugallash (kattalar ko’magida) ertalabki badantarbiya mashqlarini aniq va izchil bajarish Chiniqtirish Chiniqtirishning tabiiy omillari: Yuz va qo’llarni yuvish, suvni quyosh, havo va suv. sachratmaslik, sovundan to’g’ri Suv muolajalari: suv havzalarida foydalanish, yuz qo’llarni sochiq bilan cho’milish, yuvinish, artinish. artish. Yozda ochiq havoda iloji boricha ko’proq bo’lish. Ochiq havoda suv havzasida cho’milish (Gigiyena talablariga amal qilgan holda) Qomatni to’g’ri tutish To’g’ri qomat haqida tushuncha. To’g’ri Kattalarning nazorati ostida jismoniy qomatni shakllantiruvchi va oyoq kafti mashqlarni muntazam bajarish. To’g’ri muskul guruhlarini mustahkamlashga qomatni shakllantirish, e’tibor berish. Yassioyoqlilikning oldini yassitovonlilikning oldini olishga imkon olish. Qomatni to’g’ri tutishni beradigan mushaklar guruhini shakllantirish. shakllantirish. Mashg’ulotlarda bir oz oldinga engashib to’g’ri o’tirish, boshni haddan tashqari quyi solmaslik, ko’krak bilan stol chetlariga suyanmaslik, oyoqlarni to’g’ri yoki o’tmas burchak ostida bukib o’tirish Mavzu yuzasidan test savollar 1. Harakat yo’nalishlardan “orqada, oldinda” kabi so’zlarning ma’nosini necha yoshda tushunadilar? A. 2- 3 yoshda B. 3-4 yoshda C.4-5 yoshda D. 3-5 yoshda 2. “Standart” so’zining ma’nosi nima? A. Ta’lim B. Ta’lim – tarbiya C. Tarbiya D. Me’yor 3. Bolalalarning asosiy faoliyat turini aniqlang. A. Mashg’ulot B. O’yin C. Mehnat D. Kuzatish 4. Umumrivojlantiruvchi mashqlarni sanab o’ting. A. Qo’l, yelka, gavda, oyoq harakatlari B. Tana harakati C. Sakrash D. Yugurish 5. Umumiy madaniy gigiyenik ko’nikmalar deganda nimani tushinasiz? A. Bolalarning toza, ozoda kiyinib yurishlari, kiyimlarning o’ziga mosligi, tirnoqlarning olinganligi B. Quyosh, suv, havo vannalari orqali organizmni chiniqtirich C. kun tartibiga qat’iy rioya qilish, xonalarni ozoda, yorug’ bo’lishi, mebellarning bolalar bo’yiga mosligi D. Sog’lom va barkamol bo’lishi 1 A 2 D 3 B 4 A 5 A FOYDALANILGAN MANBALAR 1.K.D.Yarashev “ Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish” Toshkent Sino- 2002 yil 2.“ Maktabgacha ta’lim muasasalarida ta’lim – tarbiya jarayonini rejalashtirish” mmxqtmoro’mm Toshkent – 2011 3.“Jismoniy tarbiya metodikasi” N.N.Jamilova.Toshkent- 2003yil 4.“ Maktabgacha tarbiya pedagogikasi” P.G.Samarukova Toshkent-1991 yil 5.“Interfaol o’qitish metodikasi” MMXQTMORO’MM.Toshkent-2009 yil. 6.“Bolajon” tayanch dasturi.2010y. 7.Maktabgacha ta’limga qo’yilgan Davlat talablari.2013 y. 3.3.2 Mavzu: Sog’lomlashtirish va chiniqtirish ishlari (2 soat amaliy ) REJA: 1.Maktabgacha ta’lim muassasalarida chiniqtirish va sog’lomlashtirishning ahamiyati. 2.”Bolajon” dasturi asosida 2-3 yoshli bolalarning chiniqtirish va sog’lomlashtirish jarayoni. 3.”Bolajon” dasturi asosida 3-5 yoshli bolalarning chiniqtirish va sog’lomlashtirish jarayoni. 4.”Bolajon” dasturi asosida 5-7 yoshli bolalarning chiniqtirish va sog’lomlashtirish jarayoni. Mavzu: Maqsad, vazifalar: O‘quv jarayon mazmuni: O‘quv jarayondan kutiladigan natija: Chiniqtirishning sog’lomlashtiruvchi ahamiyati Maktabgacha ta’lim muassasasida jismoniy rivojlantirish bo’yicha kun tartibini tuzishda ovqatlanish, chiniqtirish, jismoniy mashq va o’yinlarni tashkil etishda differentsial yondashishga amal qilinadi. Bunda bolalarning o’ziga xos yosh xususiyatlari hisobga olinadi. Tarbiyachi jismoniy rivojlantirishda maktabgacha ta’lim muassasasida jismoniy tarbiya dasturi talablariga asoslanadi. Shu bilan birga tarbiyachi, shifokor, hamshira bilan kelishilgan holda oilada bolalarni jismoniy tomondan to’g’ri tarbiyalash targ’ib qilinadi. 1.Maktabgacha ta’lim muassasalarida chiniqtirish va sog’lomlashtirishning ahamiyati. 2.”Bolajon” dasturi asosida 2-3 yoshli bolalarning chiniqtirish va sog’lomlashtirish jarayoni. 3.”Bolajon” dasturi asosida 3-5 yoshli bolalarning chiniqtirish va sog’lomlashtirish jarayoni. 4.”Bolajon” dasturi asosida 5-7 yoshli bolalarning chiniqtirish va sog’lomlashtirish jarayoni. Maktabgacha ta’lim davrida bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashning asosiy maqsadi bolalardagi turli ko’nikma va malakalarni shakllantirish, ulardagi kuchlilik, tetiklik, chaqqonlikni amalga oshirish, ziyraklik kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirishdan iboratdir. Muntazam ravishda o’tkaziladigan jismoniy mashg’ulotlar bolalarning o’sish va rivojlanish jarayoniga ijobiy ta’sir qilib, ijodiy imkoniyatlarini oshiradi. O‘quv jarayon turi: O‘quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi: O‘quv jarayon bosqichlari va taqsimoti: Kutiladigan natijalar: Amaliy mashg‘ulot Shakl: guruhlarda ishlash Metod: guruhlarda ishlash metodi Vosita: dars ishlanmasi namunalari, ko‘rgazma, tarkatma. Usul:og‘zaki, yozma, ko‘rgazmali, taqdimot. Nazorat: Savollar va javoblar. Baholash: individual baholash, o‘z o‘zini baholash, guruh ishini baholash. I. Tashkiliy qism – 5 minut. II. Kichik ma’ruza metodidan foydalanish – 30 minut. III. “Jismoniy tarbiya ” mashg‘uloti dars ishlanmasini o‘rganish va tahlil qilish - 40 minut. Guruhlar taqdimoti – 30 daqiqa IV. Gigiyena yo’nalishi “Klaster va Venn diagrammasi” - 30 daqiqa V-bosqich: mashg‘ulotni mustahkamlash -20 minut. IV. Darsga yakun yasash – 5 minut. O‘qituvchi Tinglovchi Yangi nazariy bilimlar Yangi nazariy bilimlar olishadi. beradi. Axborot izlash, to‘plash va Dars jarayonini foydalanish ko‘nikmalari maqsadli va oqilona shakllanadi. boshqaradi. Tinglovchilar dars maqsadi, Tinlovchilarga dars o‘qitishning kutilayotgan maqsadi, o‘qitishning natijalari, darsni rejalashtirishda kutilayotgan natijalari, tizimli yondashuv, o‘qitishning darsni rejalashtirishda kutilayotgan natijalari tavsifi tizimli yondashuv, haqida bilib oladilar. o‘qitishning Mustahkamlaydi va o‘z-o‘zini kutilayotgan natijalari baholaydi hamda o‘zgalar tavsifi haqida faoliyatini tahlil qiladi. tushuntiradi.. Yakka tartibda va kichik guruhda Tingnlovchilarni kichik ishlash ko‘nikmasi hosil bo‘ladi. guruhlarga bo‘ladi va Olingan bilimlarni tizimli bayon topshiriq bilan etadi. tinishtiradi. Ular asosiy harakatlar (yurish, Qisqa vaqt ichida ko‘p yugurish, sakrash, irg‘itish, ilib ma’lumot to‘plashga olish, emaklash, sirpanish); oyoq yo‘naltiradi. va tana uchun Tinglovchilarga umumrivojlantiruvchi mashqlar samarali maqsad (turli buyumlar yordamida va mezonlari asosida ularsiz) raqs mashqlari, saflanish tuzilgan maqsadlarni va qayta saflanish, harakatli taxlil qilishni kichik o‘yinlar, turli sport o‘yinlarining Kelgusi rejalar(tahlil, o‘zgarishlar): guruhlarda ishlash metodi orqali bajarishadi. Bolalar jismoniy tarbiyaning asosiy mazmunini muntazam ravishda bajarishlari uchun turli usuldagi mashqlar mavjudligi tushuntiriladi. O‘quv jarayonini tahlil qiladi; Mavzu bo‘yicha yangi bilimlarga ega bo‘ladi; Pedagogik mahoratini oshirib boradi. muhim xususiyatlarini egallash, sport mashqlari, rolikli kon’kida sayr qilish, velosipedda yurish, suzish va boshqalardan tashkil etishi haqida tushunchalar oladi. O‘quv jarayoni yuzasidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajaradilar. Harakatli o‘yin usullaridan o‘rganib kelish; O‘quv jarayoni yuzasidan qo‘shimcha takliflar bildiradi I-bosqich: Tashkiliy qism – 10 daqiqa A) Salomlashish. B) Tinglovchilar bilan tanishish, davomatni aniqlash, tinglovchilarni mashg‘ulot jarayoniga tayyorlash. Kichik guruhlarga bo‘lish do‘stona kelishuv o‘rnatish. II-bosqich: Mavzuga doir tinglovchilarning bilimini aniqlash- 15 minut. Mavzuga doir tinglovchilarning dastlabki bilimlarini aniqlash. Mashg‘ulot mavzusi , maqsadi va kutilayotgan natijalarni bayon qilish III-bosqich: Yangi mavzuga doir tinglovchilarning dastlabki bilimlarini aniqlash uchun savollar: Jismoniy rivojlanish Maktabgacha ta’lim muassasasida jismoniy rivojlantirish bo’yicha kun tartibini tuzishda ovqatlanish, chiniqtirish, jismoniy mashq va o’yinlarni tashkil etishda differentsial yondashishga amal qilinadi. Bunda bolalarning o’ziga xos yosh xususiyatlari hisobga olinadi. Tarbiyachi jismoniy rivojlantirishda maktabgacha ta’lim muassasasida jismoniy tarbiya dasturi talablariga asoslanadi. Shu bilan birga tarbiyachi, shifokor, hamshira bilan kelishilgan holda oilada bolalarni jismoniy tomondan to’g’ri tarbiyalash targ’ib qilinadi. Tarbiyachi ertalabki badantarbiya, jismoniy mashg’ulotlarni, o’yinlarni, salomatlik kunini tashkil qilish usullarini mukammal bilishi shart. Jismoniy tarbiya bo’yicha o’tkaziladigan tadbirlarda guruh tarbiyachi va musiqa rahbari bilan hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarning jismoniy tayyorgarligini tekshirish, mashg’ulotlarni tashkil qilishda tozalik, gigiyena talablariga va xavfsizlik qoidalariga jiddiy rioya qilinadi. Mashg’ulotlar ochiq havoda, shu bilan birga maxsus jihozlangan sport zalida o’tkaziladi. Maktabgacha ta’lim davrida bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashning asosiy maqsadi bolalardagi turli ko’nikma va malakalarni shakllantirish, ulardagi kuchlilik, tetiklik, chaqqonlikni amalga oshirish, ziyraklik kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirishdan iboratdir. Muntazam ravishda o’tkaziladigan jismoniy mashg’ulotlar bolalarning o’sish va rivojlanish jarayoniga ijobiy ta’sir qilib, ijodiy imkoniyatlarini oshiradi. Dasturda maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyalashning vazifalari quyidagicha belgilanadi. jismoniy jihatdan baquvvat qilish; shaxsning ahloqiy tomondan ijodiy sifatlarini tarbiyalash; bolalarda maqsadga to’g’ri yo’naltirilgan harakatlarni faollashtirish uchun sharoit yaratish; harakatlarning muhim hayotiy turlarini shakllantirish, yurish, yugurish, sakrash, emaklash, o’rmalash, otish, ilib olish, suzish, velosipedda uchish, oyoq, qo’l, tana bosh harakatlarini rivojlantirish, saflanish va qayta saflanish; o’yin harakatlarini kengaytirish va chuqurlashtirish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish: chaqqonlik, epchillik, ziyraklik, irodalilik, sabr-qanoat, kuchlilik va boshqalar bilan birga gavdani tik tutish malakasini oshirish; bola qomatini to’g’ri shakllantirishga ta’sir ko’rsatish va yassi oyoqlilik kasalligining oldini olishga yordam berish; jismoniy mashq va o’yinlarning foydasi, asosiy gigenik talablar va qoidalar haqida yetarli darajada tasavvur va bilimlar berish; faol harakatga qiziqishni tarbiyalash. Jismoniy tarbiya dasturida har bir guruh uchun kundalik harakat tartibi ko’rsatilgan. Bolalar jismoniy tarbiyaning asosiy mazmunini muntazam ravishda bajarishlari uchun turli usuldagi mashqlar mavjud. Bular asosiy harakatlar (yurish, yugurish, sakrash, irg’itish, ilib olish, emaklash, sirpanish); oyoq va tana uchun umumrivojlantiruvchi mashqlar (turli buyumlar yordamida va ularsiz) raqs mashqlari, saflanish va qayta saflanish, harakatli o’yinlar, turli sport o’yinlarining muhim xususiyatlarini egallash, sport mashqlari, rolikli konkida sayr qilish, velosipedda yurish, suzish va boshqalardan tashkil topadi. Bolalarni xalqimizning eng buyuk an’analari ruhida tarbiyalash nihoyatda muhimdir. O’zbek xalqi xuddi boshqa xalqlar kabi o’zining qadimiy an’anaviy o’yinlariga ega. Ular asrlar mobaynida shakllanib va sayqal topib bizning bugungi kunimizgacha yetib keldi. Dasturga zamonaviy harakatli o’yinlar qatoriga ana shunday o’zbek xalq milliy o’yinlari ham kiritildi. Shu bilan birga dasturda harakat sifatlarini rivojlantiruvchi, qomatni to’g’ri shakllantiruvchi va yassi oyoqlilik kasalining oldini oluvchi maxsus mashqlar ham tavsiya etiladi. Jismoniy tarbiya bo’yicha bajariladigan ishni to’g’ri rejalashtirish va o’tkazish uni samarali hal etishda nihoyatda muhimdir. Kun davomida turli xildagi mashg’ulotlarni jismoniy mashq va harakatli o’yinlar bilan qo’shib olib borilishi, bolaning to’g’ri harakatini ta’minlashiga yordam beradi. Mashg’ulotlarda tavsiya etilayotgan dastur materiali o’tkaziladigan jismoniy sog’lomlashtirish tadbirlari mustaqil mashqlar va o’yinlar uchun asos bo’ladi. Ta’lim vazifasining asosi, jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida, tarbiyaviy va sog’lomlashtirish vazifalari jismoniy sifatlarni o’stirish, bolalar organizmining ish qobiliyatini takomillashtirish, uning ishga layoqatliligini oshirish orqali amalga oshiriladi. Mashg’ulotlar to’g’ri tashkil etilsa, qiziqarli ibratli jihatlari oshirilsa, bolalar o’z vaqtida dam olishlariga e’tibor berilsagina jismoniy mashqlarning samaradorligi ortadi. Mashg’ulotda eng muhimi mashq va o’yinlarning to’g’ri taqsimlanishi, bunda mashg’ulotning asosiy vazifasini ajrata olish lozim, uning mazmuni ko’zda tutgan maqsadni hisobga olib, bola tanasining ma’lum qismlariga har tomonlama ta’sir o’tkazish zarur. Shu jumladan, mashg’ulotlar unumdorligini oshirish maqsadida turli mashqlarni bir-biri bilan bog’lash ham muhimdir. Mashg’ulotni rejalashtirishda harakat tartibini va takroriyligini vazifani to’g’ri taqsimlash va bolalarni uyushtirishning eng aniq va oqilona usullari ko’zda tutiladi. Bunga, avvalo, yetarli harakat faolligi va mashg’ulotlarning zichligini ta’minlash orqali erishish kerak. Mashg’ulotlarni rejalashtirishda guruhning sharoiti mashg’ulotlar uchun zarur bo’lgan jihozlarning mavjudligi hisobga olinadi. Ochiq havodagi mashg’ulotlar mazmuni yil fasllariga, ob-havoga muvofiq ravishda tanlanadi. Mashg’ulotni rejalashtirish va o’tkazish usullari turlicha bo’lib, ular asosiy harakat va o’yin mashqlari, bir qolipdagi mashg’ulotlardan tortib turli xildagi, ya’ni harakatli o’yinlar, xalq o’yinlari, estafetalar, ochiq havoda o’tkaziladigan mashg’ulotlarni o’z ichiga oladi. Ertalabki badantarbiya, sayrdagi jismoniy mashq va o’yinlarni mashg’ulotlarning o’quv materialiga muvofiqlashtirish muhim. Kunning turli paytida bolalarning harakat faolligini hisobga olish, shunga ko’ra, harakat ko’nikma va malakalarini takomillashtirish uchun harakat sifatlarini o’stiradigan mashqlarning turli usullari tavsiya etiladi. Bolalarning mustaqil faoliyati tarbiyachining bevosita rahbarligida o’tadi. U har bir bolaning o’yin va mashqlarni erkin tanlashiga harakat qiladi. Tarbiyachi harakat faoliyatiga mos jihozni tanlash yo’li bilan bolalarning tashkilotchilik qobiliyatini o’sishiga yordam beradi. Tarbiyachi (maktabgacha ta’lim muassasasida va oilada amalga oshiriladigan ) jismoniy tarbiya jarayonining ketmaketligi va uzluksizligiga alohida e’tibor qaratadi. U bu ishni rejalashtirayotganda bolaning o’ziga xos xususiyati, rivojlanishi, salomatligi, jismoniy o’sishi, qiziqishi, qobiliyatlari hisobga olinadi. Jismoniy tarbiya dasturida har bir guruhdagi kundalik harakatlar belgilangan. Harakatning shakllanishiga yordam qilish, bolaning tevarak-atrofga ko’nikishini ta’minlash, gavdaning tik xolatini saqlashga o’rgatish. Bolalarni mustaqil o’yinlarda harakat faolligini boshqarishga yordam berish va unga sharoit yaratish . Harakatli o’yinlarni o’ynashga bo’lgan ehtiyojni hosil qilish. Bolalarni tarbiyachining ko’rsatmasiga taqlid qilgan holda harakatni tushunib, birgalikda harakat qilishga, o’z harakatini boshqalar harakati bilan solishtirishga o’rgatish. Harakat yo’nalishini o’zgartirish, yurish va yugurish vaqtida harakat xarakterini signalga bog’lab olib borish. Bolalarni sakrash, joyidan uzoqqa sakrash, ikki oyoqlab tirmashib, yumshoq yerga tushishga o’rgatish. Bolalarni emaklash, tirmashib chiqish va to’p bilan harakat qilish bo’yicha mashq qildirish. Bu mashqlar bajarilayotganda bolalarning gavdani to’g’ri va tovonni mustahkamlab tutishiga e’tibor berish. Bolalarda jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga, shuningdek, ertalabki gimnastikaga ijobiy emotsional munosabatni uyg’otish. Tarbiyachi tomonidan tashkil qilingan o’yin mashqlari, harakatli o’yinlarda faol ishtirok etish. Tayyorlangan predmet va o’yinchoqlardan mustaqil o’yinlarda harakat faolligini oshirishga o’rgatish. 2-3 yoshli bolalarning rivojlanish xususiyatlari Bu davr o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bir yoshdan ikki yoshgacha bo’lgan davr mobaynida bolaning nutqi va o’zgalar tomonidan aytilgan so’zlarni tushunish qobiliyatlari jadal rivojlangan bo’lsa, 2-3 yoshga kelib, o’zgalar nutqiga taqlid qilish jarayoni boshlanadi, bola musiqa, badiiy so’z ta’siriga tez beriladi. Shuning uchun ham unga xuddi shu davrdan boshlab she’rlar aytish hamda raqsga tushishni o’rgatish lozim. Ularda kattalarga jo’r bo’lib qo’shiq aytish, musiqaga muvofiq harakat qilish, ohangni his etish ko’nikmasi shakllanadi. Bu yoshdagi bolalarni bir joyga jamlaganda ular orasida o’zaro muloqotga kirishish ko’nikmalari shakllana boshlaydi. Ta’lim- tarbiyaviy ishlar bolalarda shakllana boshlagan xuddi ana shu ko’nikmalarni rivojlantirishga va ularni malakalarga aylantirishga yo’naltirilmog’i lozim. Chiniqtirish va sog’lomlashtirish. Ertalabki badantarbiya. Har kuni ertalab badantarbiya qilish, harakatlarni namunaga muvofiq bajarish. Badantarbiyani ochiq havoda, yengil kiyimda bajarish. Ertalabki badantarbiya mashqlarini suv muolajalari bilan tugallash (kattalar ko’magida). Chiniqtirish. Yozda ochiq havoda iloji boricha ko’proq bo’lish. Kattalar nazorati ostida kichik ochiq suv havzasida (basseynda) cho’milish (gigiena talablariga amal qilgan holda). Qomatni to’g’ri tutish. Kattalarning nazorati ostida jismoniy mashqlarni muntazam bajarish. To’g’ri qomatni shakllantirish, yassitovonlilikning oldini olishga imkon beradigan mushaklar guruhini shakllantirish. Harakatlantiruvchi tartib. Har kungi sayrlarda ishtirok etish. Harakatli o’yinlarda o’yinchoqlar va jismoniy mashqlarda sport anjomlari bilan faol ishtirok etishga harakat qilish. 3-4 yoshli bolalarning chiniqtirish va sog’lomlashtirish. Ertalabki badantarbiya. Bolalarni ertalabki badantarbiya vaqtida 4-5 daqiqa davomida o’yin xarakteridagi mashqlarni bajarishga odatlantirish maqsadga muvofiqdir. Tarbiyachiga taqlid qilib birgalikda harakat qilish ko’nikmasini o’stirish, harakatli o’yinlarda ishtirok etishga hamda o’yin topshiriqlarini bajarishga o’rgatib borish nazarda tutiladi. har kuni ertalab badantarbiya qilish. harakatlarni namunaga muvofiq bajarish. badantarbiyani ochiq havoda, yengil kiyimda bajarish. ertalabki badantarbiya mashqlarini suv muolajalari bilan tugallash (kattalar ko’magida). Ertalabki badantarbiya mashqlarini aniq va izchil bajarish. Chiniqtirish. Bunda havo, quyosh, suvdan foydalangan holda chiniqtirish tadbirlari amalga oshiriladi. Quyoshda chiniqtirish asosan ertalabki sayr vaqtida bolalarning turli faoliyatlari jarayonida amalga oshiriladi. Quyoshda dastlab kun davomida 5 daqiqadan to 10 daqiqagacha bo’lishlari, so’ng, asta sekin 40-50 daqiqagacha ko’paytirishlari mumkin. Bolalarni yuz qo’llarini mustaqil yuvishga odatlantirish, suvni sachratmaslik, sovundan to’g’ri foydalanish, badanini xo’l sochiqda artish, yoz oylarida ochiq havoda iloji boricha ko’proq bo’lish, cho’milishga, dushdan foydalanishga o’rgatish. Ochiq suv havzasida (basseynda) cho’milish (gigiyena talablariga amal qilgan holda). Cho’milish davomiyligi 3-6 daqiqa. Cho’milish ertalabki sayrdan so’ng tushlikdan oldin o’tkaziladi. Qomatni to’g’ri tutish. Kattalarning nazorati ostida jismoniy mashqlarni muntazam bajarish. To’g’ri qomatni shakllantirish, yassitovonlilikning oldini olishga imkon beradigan mushaklar guruhini shakllantirish. Mashg’ulotlarda, bir oz oldinga engashib, to’g’ri o’tirish, boshni haddan tashqari quyi solmaslik, ko’krak bilan stol chetlariga suyanmaslik, oyoqlarni to’g’ri yoki o’tmas burchak ostida bukib o’tirish. Harakatlantiruvchi tartib. Har kungi sayrlarda ishtirok etish. Harakatli o’yinlarda o’yinchoqlar va jismoniy mashqlarda sport anjomlari bilan faol ishtirok etish. Harakatli o’yinlar. Yurish va yugurishga oid o’yinlar. “Qo’g’irchoqlarnikiga mehmonga ”, “Yo’lakchadan, tayoqchadan hatlab o’t”, “Meni quvib yeting”, “Chumchuqlar va avtomobil”, “Buyumni olib kel”, “Qushlar uchmoqda “ kabilar. Emaklab o’ynaladigan o’yinlar. “Shaqildoqqacha emaklab bor”, “Maymunchalar”, “Darbozaga tushur” Irg’itish va ilib olish. “To’pni ilib ol darbozaga kirgiz”, “Savatchaga tashla, menga irg’it” kabilar Sakrab o’ynaladigan o’yinlar. “Mening sho’x koptogim”, “Oq quyonim”, “Ariqchadan sakrab o’t” kabilar. 4-5 yosh bolalarning rivojlanish xususiyalari. Bola to’rt yoshga yetgach, uning jismoniy o’sishi bir muncha jadallashadi, bu davr mobaynida bo’yi 105-108 sm gacha o’sadi, og’irligi esa 18-19 kg bo’ladi. Bu davrda bolaning miyasi tez rivojlanadi. Katta yarim sharlar po’stlog’ining faoliyati takomillashib boradi. Boladagi asosiy harakatlarning rivojlanishida jiddiy- sifat o’zgarishlar sodir bo’ladi, ularni bajarishda tabiiylik ortib boradi, bolalarda qiyoslash ko’nikmasi shakllanadi. Bu yoshdagi bolalarning nutqi ravon, xotirasi ancha teran, mustaqil fikrlash darajasi bir qadar rivojlangan bo’ladi. Barcha harakat va faoliyatlarni o’zi mustaqil bajarishga intiladi. Bu yoshda bola nihoyatda serharakat, o’yinqaroq, o’ta qiziquvchan bo’ladi. U har qanday tadbirga bajonidil qatnashadi. Shuning uchun ham ularni to’g’ri ovqatlantirish, o’z vaqtida uxlatish, salomatligini muhofaza qilish, ruhiy holatini nazorat qilib borish, quvnoq kayfiyatda bo’lishini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Ular bilan olib boriladigan mashg’ulotlarning mazmunini xuddi mana shunga yo’naltirish maqsadga muvofiqdir. Chiniqtish va sog’lomlashtirish. Sog’lomlashtirish ishlari. Ertalabki badantarbiya vaqtida bolalarni yurish, sakrash hamda qo’l va oyoq gavdaga mo’ljallangan mashqlarni faol bajarishga odatlantirish. Sayr vaqtidagi harakatli o’yinlar davomida jismoniy tarbiya bo’yicha o’rgangan o’yin qoidalariga rioya etishga undash, turli guruhlardagi rollarni bajarish ko’nikmalarini o’stirish. Faslga qarab velosiped haydash, rolikli konki, chana uchish, milliy kurashning ayrim usullarini o’rganish. O’quv yili oxirida bolalar gavdani tik holda tutib, erkin yurish va yugurish gimnastika devoriga chiqib tushishni hamda o’z ixtiyori bilan harakatli mashqlarni bajarishni qo’llab-quvvatlash. Har xil usullarda qo’l barmoqlari, tizza va oyoq panjalari, tovon va kaft, qorin kabilarda emaklashni, turgan joyda sakrash, yerga yengil tushish, turgan joyda 70 sm gacha sakrash, yerga chizilgan chiziq ustidan muvozanatni saqlagan holda chiziqdan chiqmay yurish, safga bittadan, juft-juft bo’lib, tekis saflanishni hamda fazoda chamalashni, ikki g’ildirakli velosiped uchish, o’ng va chapga burilishni bilishlari kerak. Ertalabki badantarbiya. Har kuni kattalar nazoratida badantarbiya mashqlarini xonada, darchalarni ochib qo’ygan holda bajarish. Ochiq havoda esa sport kiyimida bajarish. Qo’l, oyoq, gavda uchun mashqlarni aniq va izchillik bilan bajarish, qomatni to’g’ri tutish. Chiniqtirish. Har kuni ertalab badantarbiya mashqlarini bajarish, har qanday obhavoda ham harakatli o’yinlar o’ynash. Uyquga yotishdan oldin xonani shamollatish. Har kuni oyoqlarni yuvish, sekin – asta suv haroratini pasaytirib borish. Xona haroratidagi suvda ho’llangan gubka yoki paxmoq qo’lqop bilan dastlab qo’llarni, keyin oyoqlarni, ko’krakni, qorin va orqani teskari yo’nalishda teri qizarguncha artish. Suv haroratini har kuni 1 haroratdan pasaytirib borish. Qomatni to’g’ri tutish. Qomat o’zgarishining oldini olishga yordam beruvchi jismoniy mashqlarni muntazam ravishda bajarish (“qayiqcha”, “mushuk”, “velosiped”, “beshik”). Stol atrofida o’tirganda, uyqu vaqtida gavdani to’g’ri tutish. Qo’lni ikki yonda tutish, bosh bir muncha ko’tarilgan holda oldinga qarash. Harakatlantiruvchi tartib. Har kuni ertalab badantarbiya mashqlarini bajarish, to’p, arqon, badminton o’ynash. Har kungi sayrlarda qatnashish, o’z tashabbusi bilan harakatlantiruvchi amallarni bajarish. Harakatli o’yinlar va mashqlarda faol qatnashish. Mas’uliyatli rolni bajarish, o’yin qoidalariga bo’ysunish, tezkorlikni, epchillikni rivojlantirish. Bir necha harakatli o’yinlarning mazmuni va qoidalarini bilish, ularni tashkil eta olish. 5-6 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari Bu davrda bolaning bo’yi bu davrda 7-8 sm ga o’sadi. Uning oyoqlari gavdasiga nisbatan tezroq rivojlanadi, og’irligi 20-22 kg ni tashkil etadi. Bolalarning umurtqa suyaklari qotmaganligi tufayli tez qiyshayib qolishi mumkin. Shuning uchun ham suyaklarning to’g’ri o’sishini ta’minlashga alohida e’tibor berish kerak. Ularning yuragi chaqaloq yuragiga nisbatan 4-5 barobar kattalashgan, biroq muskullari hali yetarli darajada mustahkamlanmagan bo’ladi. Olti yoshga yetganda miya po’stlog’ining asab katakchalari rivojlanib, og’irligi va tashqi ko’rinishidan kattalarnikiga yaqinlashadi. Shuning uchun ham bolaning asablariga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish talab etiladi. Uning talaffuzi aniq, nutqi ravon bo’lishini ta’minlash kerak. Bolaning bu faoliyatida nuqson bo’lgan taqdirda uning oldini olish choralarini ko’rish lozim. Bu yoshdagi bolalarning so’z boyligining rivojlanishiga alohida e’tibor berish lozim. Ularning nutqidagi so’zlar bolaning fikr ifodalash ehtiyojlarini to’la qondirishi kerak. Bu davrda bolalarning matematik tafakkuri, hisoblash ko’nikmalari rivojlanishi lozim. Dastlabki iqtisodiy tushunchalarga ehtiyoj seziladi. Bolaning faraz qilish qobiliyatini jadal rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Chiqtirish va sog’lomlashtirish. Ertalabki gigienik badantarbiya mashqlari. Har kuni kattalar nazoratida ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarish. Badantarbiya mashqlarini ochiq havoda gilamcha ustida, yengil kiyimda predmetlar bilan va ularsiz bajarish, mashqlarni suv muolajalari bilan tugallash. Muayyan izchillikda, aniq, shiddat bilan muskullarni tarang holga keltirish, mashqlarni, qomatni to’g’ri tutgan holda bajarish. Chiniqtirish. Xonada yengil kiyimda bo’lish, derazaning kichik darchasini ochib qo’yish. Ertalabki badantarbiya mashqlarini har kuni, har qanday havoda bajarish. Kiyim va poyafzalni mavsumga va mashq turiga muvofiq tanlash. Yuz, bo’yin, qo’lni tirsakkacha sovuq suv bilan yuvish. Badantarbiyadan so’ng darhol gubka yoki uy haroratdagi suvda ho’llangan kichikroq paxmoq sochiq bilan tana a’zolarini artish: avval qo’llarni, keyin badanni quruq sochiq bilan tana qizarguncha, tezda quruq qilib artish. Faqat kattalarning ruxsati bilan cho’milish, kattalarning nazorati ostida cho’milishning asosiy qoidalariga rioya qilish. Yalangoyoq yurganda oyoqni shikastlantirish xavfi yo’q joylarda yurish. Chiniqtirish qoidalarini ongli ravishda bajarish. Qomatni to’g’ri tutish ko’nikmasini tarbiyalash. Ertalabki badantarbiya mashqlarini muntazam ravishda bajarib turish. Badantarbiya mashqlari tarkibiga to’g’ri qomatni shakllantiradigan, yassitovonlilikning oldini oladigan mashqlarni kiritish (kattalar bilan birgalikda). To’g’ri qomatni mustaqil nazorat qilib borish qoidalariga rioya qilish: orqa bilan devorga suyanib, tik turish, devorga yelkani tekkizib turish, yurishda ana shunday holatni saqlash. Harakat tartibi. Uzoq davom etadigan sayrlar va ekskursiyalarda ishtirok etish. Badantarbiya daqiqalarini bajarish. Harakatli o’yinlarda faol qatnashish. Mashg’ulotlardan tashqari harakatli o’yinlar o’ynash. Harakatli o’yinlar. Yugurib o’ynaladigan o’yinlar: “Quvlashmachoq”, “G’ozlar”, “Ayyor tulki”, “Quyon uychasi”, “Oq terakmi – ko’k terak ” Sakrash o’yinlari: “Nima baland”, “Yerda turma”, “Sakraydi-sakramaydi?” Emaklashga oid o’yinlar: “Bayroqchaga kim birinchi yetadi”, “O’t o’chiruvchilar” Irg’itishga doir o’yinlar: “Ovchilar va quyonlar”, “Xalqaga tushir”, “Koptokni urib chiqar”, “Chillak” O’yin estafetalar: “Nishonni mo’ljalga ol”, “To’siqli yo’lakcha” Ermak o’yinlar: o’zbek xalq o’yinlari Sport o’yinlari Basketbol, badmenton, futbol , xokkey. 6-7 yoshli bolalarda chiniqtirish va sog’lomlashtirish. Ertalabki gigiyenik badantarbiya mashqlari. Har kuni ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarish. Badantarbiya mashqlarini ochiq havoda gilamcha ustida, yengil kiymda buyumlar bilan va ularsiz bajarish, mashqlarni suv muolajalari bilan tugallash. Muayyan izchillikda, aniq, shiddat bilan muskullarni tarang holga keltirish, mashqlarni, qomatni to’g’ri tutgan holda bajarish. Chiniqtirish. Xonada yengil kiyimda bo’lish, derazaning kichik darchasini ochib qo’yish. Ertalabki badantarbiya mashqlarini har kuni, har qanday havoda bajarish. Kiyim va poyafzalni mavsumga va mashq turiga muvofiq tanlash. Yuz, bo’yinni, qo’lni tirsakkacha sovuq suv bilan yuvish. Badantarbiyadan so’ng darhol gubka yoki uy haroratdagi suvda ho’llangan kichikroq paxmoq sochiq bilan tana a’zolarini artish, avval qo’llarni, keyin badanni quruq sochiq bilan tana qizarguncha, tezda quruq qilib artish. Faqat kattalarning ruxsati bilan cho’milish, kattalarning nazorati ostida cho’milishning asosiy qoidalariga rioya qilish. Yalangoyoq yurganda oyoqni shikastlantirish xavfi yo’q joylarda yurish. Chiniqtirish qoidalarini ongli ravishda bajarish. Qomatni to’g’ri tutish ko’nikmasini tarbiyalash. Ertalabki badantarbiya mashqlarini muntazam ravishda bajarib turish. Badantarbiya mashqlari tarkibiga to’g’ri qomatni shakllantiradigan, yassitovonlilikning oldini oladigan mashqlarni kiritish (kattalar bilan birgalikda). To’g’ri qomatni mustaqil nazorat qilib borish qoidalariga rioya qilish, orqa bilan devorga suyanib, tik turish, devorga yelkani tekkizib turish, yurishda ana shunday holatni saqlash. Harakat tartibi. Uzoq davom etadigan sayrlar va ekskursiyalarda ishtirok etish. Badantarbiya daqiqalarini bajarish. Harakatli o’yinlarda faol qatnashish. Mashg’ulotlardan tashqari harakatli o’yinlar o’ynash. Ochiq havodagi sport o’yinlari. Yugurib o’ynaladigan o’yinlar: “Tez ol, tez sol”, “Predmetni almashtir”,“Boyqush”, “Kimning zvenosi tezroq to’planadi”, “O’z sherigingni quvlab yet”, “Ko’z boylash”, “Xalqani kim tezroq g’ildiratib boradi?” v.b. Sakrab o’ynaladigan o’yinlar “Qurbaqa va qarqara”, “Qo’lga tushma”, “Bo’ri xandaqda” Irg’itib ilib olish o’yinlari “Kimning nomi aytilsa, o’sha koptokni ilib oladi”, “To’xta”, “Eng mergan kim”, “Ovchilar va hayvonlar” Ostidan o’tish va tirmashib chiqish o’yinlari: “Qushlarning uchib o’tishi”, “Maymunlarni tutish”. Ermak o’yinlar “Ko’z boylash”, “Shnurni kim tezroq o’rab oladi?” “Quyonni ovqatlantir” O’zbek xalq o’yinlari: “Yerdan baland”, “Meni top”, “Qumli xaltachani chuqurga tushir”, “Xo’rozlar” Mavzu yuzasida savollar 1. Kichik guruhlarga xos bo’lgan xususiyatlarini belgilang? 2. Velosiped haydash necha yoshdan boshlanadi? 3. Xalq ta’limi vazirligining nechanchi sonli buyrug’ida asosan tarbiyachilar ish hujjati yangilandi va ish hujjati nechtadan iborat bo’ldi? 4. Ertalabki soat necha qismdan iborat bo’ladi? 5. “Maktabgacha ta’limga qo’yiladigan Davlat talablari” asosida bolalar rivojlanishining ko’rsatkich tahlili qachon o’tkaziladi ? FOYDALANILGAN MANBALAR 1.K.D.Yarashev “ Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish” Toshkent Sino- 2002 yil 2.“ Maktabgacha ta’lim muasasalarida ta’lim – tarbiya jarayonini rejalashtirish” mmxqtmoro’mm Toshkent – 2011 3.“Jismoniy tarbiya metodikasi” N.N.Jamilova.Toshkent- 2003yil 4.“ Maktabgacha tarbiya pedagogikasi” P.G.Samarukova Toshkent-1991 yil 5.“Interfaol o’qitish metodikasi” MMXQTMORO’MM.Toshkent-2009 yil. 6.“Bolajon” tayanch dasturi.2010y. 7.Maktabgacha ta’limga qo’yilgan Davlat talablari.2013 y. Mavzu: Pedagogik texnologiya tushunchasi, uning ta’riflari va metodikadan farqi.Pedagogik texnologiya turlari. (2 ma’ruza) Dars loyihasini ishlab chiqish (darsning texnologik xaritasi) Mavzu Pedagogik texnologiya tushunchasi, uning ta’riflari va metodikadan farqi. Darsning Dars jarayonida tinglovchilarga pedagogik texnologiya va uning maqsadi va metodikadan farqli jihatlarini tinglovchiga yetkazib berish. vazifalari Dars mazmuni Pedagogik texnologiya tushunchasi, uning ta’riflari va metodikadan farqi. Pedagogik texnologiya ta’rifi haqida. Pedagogik texnologiya tushunchasining kelib chiqishi, uning sabalari, unga bo’lgan ehtiyojlar. O’quv fani va uni o’qitishning o’ziga xos hususiyatlariga muvofiq bo’lgan pedagogik texnologiyani tanlash. Pedagogik texnologiyaning rivojlanish omillari. O’quv Shakl:savol-javob, suhbat, jarayonini Metod:Klaster tashkil etish Vosita: video proektor, (didaktik) tarqatma materiallar,test savollari, texnologiyasi A-4 format qog’ozi, marker, darslik, ko’rgazma qurollar. Usul:og’zaki, yozma, ko’rgazmali, taqdimot. Nazorat: test savollari va javoblari. Baholash: individual baholash, o’z o’zini baholash, guruh ishini baholash. Kutiladigan O’qituvchi Tinglovchi natijalar: Yangi nazariy bilimlar Yangi nazariy bilimlar olishadi. beradi. Axborot izlash, to’plash va Dars jarayonini foydalanish ko’nikmalari maqsadli va shakllanadi. oqilona boshqaradi. Tinglovchilarga pedagogik Tinglovchilarga texnologiya tushunchasini beradi. pedagogik Mustahkamlaydi va o’z o’zini texnologiya tushunchasini baholaydi hamda o’zgalar beradi. faoliyatini tahlil qiladi. Tinglovchilarga pedagogik Yakka tartibda va kichik guruhda texnologiya tushunchasi va ishlash ko’nikmasi hosil bo’ladi. uning ta’riflarni slayd orqali Olingan bilimlarni tizimli bayon tushuntiradi. etadi. Qisqa vaqt ichida ko’p Tinglovchilarda pedagogik Kelgusidagi rejalar: ma’lumot to’plashga yo’naltiradi. Tinglovchilarga pedagogik texnologiya tushunchasi uning ta’riflari metodikadan farqini tinglovchilar klaster metodi orqali bajarishadi. Tinglovchilarda pedagogik texnologiya faniga qiziqish uyg’otadi. O’z ustida ishlash. Mavzuni hayot bilan bog’lash. Pedagogik mahoratni oshirish. Yangi pedagogik texnologiyani takomillashtirish. texnologiya faniga qiziqish uyg’onadi ijobiy munosabatlari rivojlanadi. O’z fikrini ravon bayon qiladi. Mavzu asosida qo’shimcha materiallar topadi, ularni o’rganadi. Guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini hosil qiladi. 1. Pedagogik texnologiya tushunchasi haqida. O’tgan yillarimizga nazar tashlab, ularni sarhisob qilsak, mustaqilligimiz sharofatini yanada chuqurroq anglaymiz. Biz ta’limda butunlay yangilanish, yangi jarayonga tom ma’noda o’tish va unga moslashish davrini boshimizdan kechirmoqdamiz. «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» bizga eski usullardan voz kechib ta’limning har bir qirrasigacha qayta qurish imkonini bergan bo’lsa, «2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi» esa qo’lga kiritilgan imkoniyatlarni: takomillashgan davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari, davlat talablari, yangi o’quv darsliklarini har tomonlama zamon talablariga mos jihozlangan maktablarda, zamonaviy o’quv xonalarida amaliyotga joriy etish imkoniyatlarini keng ochib berdi. Yangilangan ta’limda o’quvchining yuragidagi cho’g’ni alanga oldirish, uni har tomonlama rivojlantirib, bilimdan-bilimga yetaklab olib chiqish uchun zamonaviy darslar zarurdir. Hozirgi paytda pedagogika fanida pedagogik texnologiyalar, ta’lim texnologiyasi, o’qitish texnologiyasi iboralari tez-tez tilga olinmoqda. Bugungi kungacha pedagogik adabiyotlarda, ta’lim muammolariga oid ma’ruzalar, rasmiy hujjatlarda «yangi pedagogik texnologiya», «ilg’or pedagogik texnologiya», «zamonaviy ta’lim texnologiyasi» ga oid tushunchalari hali ham bir qolipga tushirilmagan, entsiklapediyalarda izohlanganicha yo’q, uning mazmunini yagona talqini ishlab chiqilmagan va shuning uchun iboraning bir-biridan farqlanuvchi ko’pgina ta’riflari mavjud. Pedagogik texnologiya - shunday bilimlar sohasiki, ular vositasida uchinchi ming yillikda davlatning ta’lim sohasidagi siyosatida tub burilish yuz beradi, o’qituvchi faoliyati yangilanadi, o’quvchi va talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehrmuhabbat, isonparvarlik tuyg’ulari tizimi shakllantiriladi. Ma’lumotlilik asosida yotuvchi bosh g’oya ham tabiat va inson uzviyligini anglab yetadigan avtoritar va soxta tafakkur yuritish usulidan voz kechgan, sabr-bardoshli, qanoatli, o’zgalar fikrini hurmatlaydigan, milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar kabi shaxsiy sifatlarni shakllantirishni ko’zda tutgan insonparvarlik hisoblanadi. Bu masalaning yechimi qaysidir darajada ta’limni texnologiyalashtirish bilan bog’liqdir. Dastlab "texnologiya" tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so’z texnikaviy taraqqiyot bilan bog’liq holda fanga 1872-yilda kirib keldi va yunoncha ikki so’zdan - "texnos" (techne) - san’at, mahorat, hunar va "logos" (logos) - fan so’zlaridan tashkil topib "hunar fani" ma’nosini anglatadi. Biroq, bu ifoda ham, zamonaviy texnologik jarayonni to’liq tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayon, har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda, operatsiyalarning muayyan ketma-ketlikda bajarilishni ko’zda tutadi. Aniqroq aytadigan bo’lsak, texnologik jarayon - bu mehnat qurollari bilan mehnat ob’ektlari (xom ashyo)ga bosqichma-bosqich ta’sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishchi (ishchi mashina)ning faoliyatidir. Ana shu ta’rifni tadqiqot mavzusiga o’giradigan bo’lsak, ya’ni: Pedagogik texnologiya - bu o’qituvchi (tarbiyachi)ning ta’limtarbiya vositalari yordamida o’quvchi (talaba)larga muayyan sharoitda ta’sir ko’rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxsiy sifatlarni shakllantirish jarayonidir. Yuqorida keltirilgan ta’rifdan ko’rinib turibdiki, pedagogik texnologiya tushunchasini izohlashda texnologiya jarayoni asos qilib olindi. Aslini olganda ham, bu tushunchaga berilgan ta’riflar pedagogik adabiyotlarda nihoyatda ko’pdir. Pedagogik adabiyotlarda "texnologiya" atamasining xilma-xil ko’rinishlarini uchratish mumkin: "o’qitish texnologiyasi", "ta’limli texnologiya", "ma’lumot texnologiyasi", "o’quv jarayoni texnologiyasi" va hokazo. O’qitish texnologiyasi pedagogik texnologiyaga yaqin tushuncha bo’lsa-da, aynan o’xshash ma’noni anglatmaydi, chunki u ma’lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi aniq o’quv materialini o’zlashtirish yo’lini muayyan texnologiya atrofida ifoda etadi. U ko’proq xususiy metodika bilan bir qatorda turadi. Pedagogik texnologiya esa ma’lumot texnologiyasini joriy etish taktikasini ifodalaydi va "o’qituvchi - pedagogik jarayon o’quvchi (talaba)" funksional tizim qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosida quriladi. Alohida qayt etib o’tish joizki, ayni vaqtda ta’lim texnologiyasi tushunchasini mantiqiy-g’oyaviy jihatdan izohlash borasida yagona fikr mavjud emas. Pedagogik adabiyotlarda 300 dan ortiq ta’riflar berilgan. Yuqorida qayd etilganidek, pedagogik texnologiya nazariyasi o’tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab asoslanib kelinayotgan bo’lsa-da, aynan “pedagogik texnologiya” tushunchasiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. Xususan pedagog olim V.P.Bespalko pedagogik texnologiyani “amaliyotga tatbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi” deya ta’riflaydi hamda asosiy diqqatni o’quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratadi. N.F.Talzina esa pedagogik texnologiyaning “fan va amaliyot oralig’ida muayyan tamoyillarni olg’a suruvchi metodlar ishlab chiqaruvchi, ularni izchil qo’llash kabi masalalarni hal etishga yo’naltirilgan mustaqil fan” bo’lishi lozimligini qayd etadi va hokazo. 2. Pedagogik texnologiyaning ta’riflari. Hozirgi ta’lim-tarbiya sohasida keng rivojlanib borayotgan yo’nalishlardan biri zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llashdan iborat. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o’z bilim va tajribalarini o’sib kelayotgan avlodga o’rgatishdan iborat bo’lib, bu jarayonda asosan inson hayoti uchun zarur axborotlarni avloddan avlodga uzatish amalga oshiriladi. Pedagogik texnologiyaning har turli ta’riflari mavjud bo’lib, har bir ta’rif ma’lum nuqtai nazardan yondashishni ifodalaydi. Ayrim asosiy ta’riflar va ularning sharxlarini ko’rib chiqamiz. Pedagogik texologiya-barkamol insonni shakllantirish faoliyati. Texnologiya – biror ishda, mahoratda, san’atda qo’llaniladigan usullar, yo’llar yig’indisi (Izohli lug’at). Texnologiya – ishlov berish, ahvolni o’zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati, metodlar yig’indisi (V.M.SHepel). Pedagogik texnologiya – o’qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo’llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig’indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi: u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat (B.T.Lixachev). Pedagogik texnologiya-o’qituvchi mahoratiga bog’liq bo’lmagan xolda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o’quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir (V.B.Bespalьko). Pedagogik texnologiya-ta’limning rejalashtiriladigan natijalariga erishish jarayoni tafsiloti (I.P.Volkov) Pedagogik texnologiya-o’quv jarayonining o’quvchilar va o’qituvchi uchun so’zsiz qulay sharoitlar ta’minlashni loyihalash, tashkil qilish va o’tkazish bo’yicha hamma detallari o’ylab chiqilgan birgalikdagi pedagogik faoliyat modeli (V.M.Monaxov). Pedagogik texnologiya-texnika resurslari, odamlar va ularning o’zaro ta’sirini hisobga olgan holda ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo’yuvchi o’qitish va bilimlarni o’zlashtirishning xamma jarayonlarini yaratish, qo’llash va aniqlashning tizimli metodi (YuNESKO). Pedagogik texnologiya-bu o’qitishga o’ziga xos yangicha (innovatsion) yondoshuvdir. U pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalashi, texnokatik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko’chirilgan tasviri, ta’lim jarayoning muayyan standartlashuvi hisoblanadi (B.L.Farberman). O’qituvchining o’qitish (tarbiya) vositalari yordamida o’quvchilarga muayyan sharoit va izchillikda ta’sir ko’rsatish hamda mazkur faoliyatning mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan sifatlarni shakllantirish jarayoni (N.Saidahmedov). Yuqorida keltirilgan ayrim ta’riflarning o’zaro har xilligidan ko’rinadiki, pedagogik texnologiya tushunchasi ko’p qirrali bo’lib, unga pedagogik, psixologik, didaktik, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa nuqtai nazalardan yondashish mumkin. Pedagogik texnologiya-axborotlarni o’zlashtirish, ulardan amalda foydalanish, ulardagi yangi ma’no-mazmunlarni hamda axborotlar orasidagi turli bog’liqliklarni ochish orqali yangi axborotlar yaratishga o’rgatish jarayonidan iborat. Pedagogik texnologiya-ta’lim metodlari, usullari, yo’llari hamda tarbiyaviy vositalar yig’indisi: u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalari majmuidir. Pedagogik texnologiya-ma’lumotlarni o’zlashtirish uchun qulay shakl va usulda uzatish va o’zlashtirish jarayonidan iborat. Demak, pedagogik texnologiya-insonga (ta’lim-tarbiya oluvchiga) oldindan belgilangan maqsad bo’yicha ta’sir o’tkazish faoliyatidan iborat. Pedagogik texnologiya o’quvchini mustaqil o’qishga, bilim olishga, fikrlashga o’rgatishni kafolatlaydigan jarayondir. Xulosa. Pedagogik texnologiya jarayonida o’qituvchi rahbarligida o’quvchi mustaqil ravishda bilim oladi, o’rganadi, o’zlashtiradi. Bu faoliyatni amalga oshirish uni tashkil qilish, olib borish, takomillashtirish, tahlil qilish, tadqiq qilish, qiyoslash, umumlashtirish, xulosa chiqarish, boshqarish, nazorat, baholash kabi jarayonlarni o’z ichiga oladi. 3. Pedagogik texnologiyaning rivojlanish tarixi. Pedagogika fani tarixidan ko’rinib turibdiki o’qitish va kadrlar tayyorlashning yanada mukammal metodlarini va usullarini izlash doimiy davom etib kelgan. O’qitish - bu jamiyat taraqqiyoti uchun samarali pedagogning faoliyati yakunlanishi bilan darhol ko’rinmasa ham har qanday boshqa faoliyat kabi ishlab chiqarish faoliyatidir. Jamiyat tarixida iqtisodiy davrlar faqatgina nimalar ishlab chiqarilishi, kim tomonidan qancha ishlab chiqarilishi, mehnatning qaysi vositalari bilan ishlab chiqarilishiga qarab farq qilmaydi. Ana shu nuqtai nazardan biz ijtimoiy tarixda mavjud bo’lgan “pedagogik rivojlanish davr” larni ko’rib chiqamiz. I. Individual pedagog, qo’l bilan ishlaydigan pedagogning pedagogik faoliyati davri (qadimgi davrlardan boshlab XVII asrgacha); II. Yozuv kitobi davri (XVII asrdan hozirgi davrgacha); III. Audiovizual vositalar davri (XX asrning 50 yillari); IV. O’qitishni boshqarishni avtomatlashtirish oddiy vositalari davri (XX asrning 70 yillari); V. Zamonaviy hisoblash mashinalari asosida ta’limni boshqarishni avtomatlashtirishda adaptiv vositalar davri (XX asr oxiri komp’yuterda o’qitish). Dastlab XX asrning 20 yillarida “Pedagogik texnologiya” termini birinchi bor pedagogika bo’yicha asrlarda tilga olingan. Shu vaqtning o’zida yana bir boshqa – “pedagogik texnika” termini ham tarqaldi. U pedagogik entsiklopediyada 30 yillarda o’quv mashg’ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga qaratilgan uslublar va vositalar sifatida ifodalangan. Bu tushuncha 1940 yillardan 50-yillar o’rtasigacha “ta’lim texnologiyasi” deb qo’llanilib, o’quv jarayonida audiovizual texnika vositalaridan foydalanishni ifoda qilgan. 60- yillar o’rtalarida bu tushunchaning mazmuni chet ellarda pedagogik nashrlarda va xalqaro konferensiyalarda keng muhokama etildi, natijada ushbu sohada turli mamlakatlarda (AQSH, Angliya, Yaponiya, Frantsiya, Italiya, Vengriya) uni talqin qilishning ikki yo’nalishi belgilandi. Birinchi yo’nalish tarafdorlari texnik vositalar va dasturlashtirilgan o’qitish vositalarini qo’llash zarurligini ta’kidladilar. Ikkinchi yo’nalish tarafdorlari esa o’quv jarayonini tashkil etish samaradorligini oshirish va pedagogik g’oyalarni texnikaning keskin rivojlanishidan ortda qolishini yo’qotishni muhim deb hisobladilar. Shunday qilib 1-yo’nalish “o’qitishda texnik vositalar” sifatida belgilandi, 2-yo’nalish “o’qitish texnologiyasi” yoki “o’quv jarayoni texnologiyasi” sifatida belgilandi. 70-yillarning boshlarida turli xildagi uskunalarini va o’quv vositalarini modernizatsiyalashtirish zarurligi anglab yetildi. Bularsiz o’qitishning sifatliligi va samaradorliligiga erishib bo’lmas edi. Keyinchalik bu muammo bilan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va markazlar shug’ullana boshladi. AQSHda 1971 yil – “Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar bo’yicha AQSH Assotsiatsiyasi ” tuzildi. Hozirgi kunda mamlakat bo’ylab va Kanadada bu kengashning 50 ta filiallari ish olib bormoqda. AQSHda 1961 yilda “Pedagogik texnologiya” jurnali (Educational Technology), 1971 yilda esa – “Audiovizual o’qitish” jurnali nashr etila boshlandi. Angliyada 1967 yil – Pedagogik texnologiya bo’yicha Milliy kengash, 1964 yildan boshlab “Pedaogik texnologiya va o’qitishni dasturlashtirish” jurnalini, 1971 yilda “Pedagogik texnologiya” jurnalini nashr eta boshladi. Yaponiyada - Pedagogik texnologiyalar muammolari bilan 4 ta ilmiy tashkilotlar shug’ullanadi. 1967 yilda “Pedagogik texnologiyalar bo’yicha Milliy kengash” tashkil etildi, uning filiallari 22 ta davlat universitetlarida joylashtirilgan. 1965 yildan boshlab Yapon tilida har uch oyda “Pedagogik texnologiya” jurnali va ingliz tilida yiliga ikki marta “Pedagogik texnologiyalar sohasida tadqiqotlar” jurnali nashr etildi. Yaqinda “Pedagogik texnologiyalar bo’yicha umumyapon Markaziy kengashi” tashkil etildi, u muammolar bo’yicha xalqaro aloqalar o’rnatish bilan ham shug’ullanadi. Italiyada – 1971 yili pedagogik texnologiyalar bo’yicha Milliy markaz tashkil etildi va “Pedagogik texnologiyalar” jurnali nashr etiladi. Vengriyada – 1973 yili o’qitish texnologiyasi Davlat Markazi tashkil etildi. O’qitish texnologiyasi bo’yicha Xalqaro seminarda (Budapesht, 1977) olim S.G.Shapovalenko o’qitish jarayonining uchta texnologik printsiplarini ko’rsatdi: 1. Bilim va texnikani mukammal egallash. 2. Audiovizual materiallari fondi bilan tanishish. 3. Ulardan samarali foydalanish metodikasini bilish, shu jumladan ijodiy yondashishi rivojlanishi ham. Vengriya olimi L.Salai “o’qitish texnologiyasi” tushunchasiga rejalashtirish, maqsadlarni tahlil qilish, o’quv tarbiyaviy ishlar jarayonini ilmiy tashkil etish, samaradorligini oshirish maqsadida eng muhim vosita va materiallarni tanlashni kiritib o’qitish jarayonini tashkil etuvchilarni doirasini ancha kengaytirdi. XX asrning 80-yillarida zamonaviy pedagogik jarayonni, pedagogik texnologiyaning mohiyatini yanada chuqurroq anglab yetishga urinishlar davom etdi. Rossiya XX asrning 90- yillarida pedagogik texnologiyalar bo’yicha Markaz tashkil etildi, “Maktab texnologiyasi”, “Ta’limda innovatsiyalar” jurnallari nashr etiladi. O’zbekistonda 1997 yili kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilingandan boshlab ta’lim tizimida, pedagogik nashrlarda pedagogik texnologiyalar muammolari dolzarb tadqiqotchilik ob’ektlari sifatida ko’tarila boshlandi. 1999 yilda Respublika ta’lim Markazi qoshida pedagogik texnologiyalar bo’yicha Markaz tashkil etildi. “Ta’lim texnologiyalari”, “Ta’lim muammolari” kabi jurnallar nashr etila boshlandi, pedagogik texnologiyalar muammolari bo’yicha maqolalar “Xalq ta’limi”, “Pedagogik ta’lim”, “Ta’lim va tarbiya” jurnallarida, “Ma’rifat”, “O’qituvchilar gazetasi” va boshqa ilmiy-pedagogik nashrlarda bosilib chiqarilmoqda. 1994 yili pedagogik texnologiyalar muammolari bo’yicha 1-Respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi o’tkazildi, ma’ruzalar va hisobotlar materiallari maxsus to’plamda chop etildi. Pedagog olimlar U.Nishonaliev, N.S.Saidahmedov, N.N.Azizxodjaeva, Ziyomuhammedov, O’.Tolipov, B.L.Faberman va boshqalar Respublikada pedagogik texnologiyalar muammolari bo’yicha jiddiy tadqiqotlar olib bormoqdalar. 2000 yilda, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti qoshida pedagogika fanlari doktori, professor N.N.Azizxodjaeva rahbarligi ostida innovatsion texnologiyalar Markazi tashkil etildi, bu markaz zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalar muammolari bo’yicha pedagogik kadrlar malakasini oshirish bilan shug’ullanadi. 4. Pedagogik texnologiya turlari va asosiy yo’nalishlari. Pedagogik texnologiya turlari Pedagogik Maqsadi texnologiya turi Muammoli O’quvchilarning bilish faolligi o’qitish hamda ijodiy mustaqilligini oshirish Mujassamlashtirilgan ta’lim Modul ta’limi Shaxsning xis qilish xususiyatlariga maksimal darajada yaqinlashtirilgan ta’lim jarayoni tuzilmasini yaratish Ta’lim mazmunini shaxsning individual ehtiyojlari va uning bazaviy tayyorgarligi darajasida muvofiqlashtirish Shaxs va uning qobiliyatlarini rivojlantirish Mohiyati Mexanizmi O’quvchilarga ularda bilimlar-ni o’zlashtirish borasidagi faollikni yuzaga keltirishga hizmat qiluvchi masalalarni maqsadga muvofiq, ketma-ket berib borish Mashg’ulotlarni bloklarga biriktirish hisobiga fanlarni chuqur o’zlashtirishga erishish Tadqiqotchilik metodlari, bilish faoliyatiga yo’naltirilgan masalalarni yechish O’quvchilarning individual o’quv dasturi asosida mustaqil ishlashlari Muammoli yondashuvni amalga oshirishning individual maromi O’quv jarayonini shaxsning ichki imkoniyatlari va ularni ro’yobga chiqarishga yo’naltirish O’quvchilarning Turli o’zlashtirish Differenbo’yicha tsiallashgan layoqati, qiziqish darajalari va qobiliyatlarini majburiy me’yor ta’lim Rivojlantiruvchi ta’lim O’quvchilar ish qobiliyati dinamikasini hisobga oluvchi ta’lim metodlari O’quvchilar faoliyatini sohalarga yo’naltirish Individual metodlari turli ta’lim aniqlash uchun (standart) dan kam qulay sharoitlarni bo’lmagan hajmdagi yaratish dastur materialini o’zlashtirish O’quvchilar Bo’lajak kasbiy Faol faolligini yuzaga faoliyatning predmetli o’qitish va ijtimoiy mazmuni(majmuaviy keltirish ni modellashtirish ta’lim) Bilim, ko’nikma va O’quv axborotlarini O’yin qayta ishlash va texnologiya- malakalarni o’zlashtirishning o’zlashtirishga lari shaxsiy faoliyat yo’naltirilgan mustaqil tavsifida bo’li- bilish faoliyati shini ta’minlash Faol o’qitish metodlari O’quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb etishning o’yin metodlari Shuningdek , hozirda pedagogik texnologiyalarning boshqa yo’nalishlari ham mavjud bo’lib, ulardan asosiylari empirik, kognitiv, evristik, kreaktiv, inversion, integrativ, adaptiv, inklyuziv pedagogik texnologiyalardan iborat. Bu yo’nalishlarning asosiy xususiyatlari quyidagicha: Empirik - (tajriba) • Sezgi a’zolari orqali bilim olish. Bu texnologiyada asosiy e’tibor sezgi a’zolarining tabiiy rivojlanganlik imkoniyatlariga tayangan holda bilim berish va ularni yanada takomillashtirib borishga qaratiladi. Kognitiv-(bilishga oid) • Atrofdagi olam to’g’risidagi bilimlar doirasini kengaytirish texnologiyasi. U tabaqalash (tarkibiy qismlarga ajratib o’rganish) tafakkurini shakllantiradi, bilish ehtiyojlarini rivojlantiradi. Evristik –(haqiqatni topish) • Yo’naltiruvchi savollar berish yo’li bilan ta’lim berish tizimi. Topqirlik, faollikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi, o’quv-izlanish ta’lim metodi. Optimallashgan (ko’p variantlardan eng ma’qulini, mosini tanlash) tafakkurni rivojlantiradi. Kreaktiv –(ijodiy) • Tadqiqot xarakteriga, xususiyatiga ega bo’lib, o’quvchilarda maqsadga yo’naltirilgan ijodiy tafakkurni jadal rivojlantiradi. Inversion –(almashtirish) • Axborotlarni turli tomondan o’rganish, o’rnini almashtirish xususiyatiga ega bo’lib, tafakkur (fikrlash) tizimini shakllantiradi. Integrativ – (yaxlitlash) • Axborotlarni tashkil qiluvchi cheksiz ko’p kichik qismlarning o’zaro ajralmas bog’liqligi ularning yaxlitligi, bir butunligi asosida yagona to’g’ri xulosani aniqlash. Adaptiv – (moslashtirish) • Axborotlarni o’rganish va ulardan foydalanish jarayonini o’rganish hamda o’rgatish uchun qulaylashtirish, moslashtirish asosida kutilgan natijaga erishish. Inklyuziv – (tenglik) • O’qituvchi bilan o’quvchining o’zaro munosabatlarida tenglik asosida ta’lim tarbiya jarayonini tashkil qilish. Shu bilan birga, imkoniyati cheklangan o’quvchilarni sog’lom o’quvchilar bilan birgalikda o’qishni tashkil qilish pedagogik texnologiyasi. Shunday qilib, avvaldan loyihalashtirilgan ta’lim-tarbiya jarayonining pedagogik texnologiyasi o’zida metodlar tizimi, ta’lim metodik usullari, maqsad, vositalari, o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikda faoliyat ko’rsatish imkoniyatlari hamda yakuniy natijalariga erishish borasidagi majmuani mujassamlashtiradi. 5. Pedagogik texnologiya tushunchasi bilan metodika orasidagi farq. Hozirgi kunda o’qituvchilar pedagogik texnologiya haqida aniq tushuncha va tasavvurlar birmuncha kamligi natijasida uni xususiy metodikalar bilan deyarlik teng hisoblash hollari uchraydi. Aslida esa ular orasida jiddiy farqlar mavjud bo’lib, quyida ular haqida qisqacha bayon qilinadi. Metod - grekcha metodos so’zidan olingan bo’lib tatbiq qilaman, yo’naltiraman, ilmiy asoslayman degan ma’noni anglatsa, metodika - grekcha so’z bo’lib tushuntirishning yangi yo’lini topaman, qidiraman, izlayman degan ma’noni anglatadi. Metodis olimlarimiz metodika fanini turlicha ta’riflaydilar biroq, ta’riflarning umumiy mohiyati bir-biriga yaqinligini e’tirof etish mumkin. Metodika - biror ishni maqsadga muvofiq o’tkazish metodlari, yo’llari majmuasidir (1-ta’rif). Metodika - o’quv jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar majmuasidan iborat (2-ta’rif). Metodika - fani ma’lum o’quv fanlarini o’qitish qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi, arfmetika metodikasi kabi alohida metodikalarga ajraladi. (3ta’rif). Metodika - o’qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan tadbirlar majmuasi, yig’indisidir. O’quv fanlarini o’qitish qonuniyatlarini tadqiq qiladi (4-ta’rif). Metodikaning pedagogik texnologiyadan farqini tushunish va amalda har ikkisidan unumli foydalana bilish talab qilinadi. Ular orasidagi ayrim farqlar quyidagicha: O’qitish metodi uch xil. 1. An’anaviy metod (sakkiz qismga bo’linadi). 2. No’ananaviy metod (o’n qismga bo’linadi). 3. Umumiy o’qitish metodi (olti qismga bo’linadi). Jami 24 ta o’qitish metodikasi bor. Ushbu farqlar haqidagi masala yuzasidan quyidagi fikrni eslash mumkin. «Aslida zamonaviy ta’lim metodlari muqaddas qiziquvchanlikni hozircha batamom bo’g’ib tashlamagani deyarli mo’jiza, chunki bu nozik nihol (ya’ni qiziquvchanlik) rag’batlantirish yo’li bilan bir qatorda, eng avvalo, erkinlikni talab qiladi, bo’lmasa, u shubxasiz, mavh bo’ladi» (A.Eynshteyn). Bu yerda ta’lim metodlari qiziquvchanlikka yetarlicha erkinlik bera olmasligi nazarda tutilmoqda. Pedagogik texnologiya esa bolaning qiziquvchanligini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan. Pedagogik texnologiya tushunchasi xususiy fanlar va mahalliy darajalardagi o’qitish metodikalari tushunchasi bilan mos keladigan hollar xususiy darajadagi pedagogik texnologiyalarga tegishli. Ular orasida faqat asosiy e’tiborni nimaga qaratilishida farqlar mavjud. Texnologiyalarda ko’proq protsessual, miqdoriy va hisob-kitob komponentlari ifodalansa, metodikalarda maqsad, mazmun, sifat va variantli yo’naltiruvchi tomonlari ko’proq ifodalanadi. Texnologiya metodikalardan o’zining qayta tiklanuvchanligi, natijalarning turg’unligi, ko’plab «agar...»lar (agar o’qituvchi iste’dodli bo’lsa, agar bolalar qobiliyatli bo’lsa, yaxshi ota-onalar bo’lsa... kabilar) yo’qligi bilan farq qiladi. Ya’ni texnologiya tegishli tayyorgarlikka ega bo’lgan hamma mutaxasislar tomonidan qayta tiklash va qo’llash mumkinligi bilan juda ham individual bo’lgan metoddan farq qiladi. Metod-biror harakatni amalga oshirish yo’li, usuli yoki ko’rinishidan iborat. Bunda harakatni amalga oshirish yo’li deb, bajarilishi talab qilinayotgan faoliyat uchun qo’llash mumkin bo’lgan bir nechta yo’llardan oldindan ko’zda tutilgan maqsadga muvofiq ravishda tanlangan yo’lni aytiladi. Masalan, savod o’rgatish yo’llari: oilada o’rgatish, maktabda o’rgatish, bog’chada o’rgatish, o’qituvchi yordamida o’rgatish, kitoblar, kompyuter, ko’rgazma qurollar va boshqalar vositasida o’rgatish. Shunga o’xshash sanoqni, arifmetik amallarni o’rgatishda ham yuqoridagiga o’xshash yo’llardan foydalanish mumkin. Shu yo’llardan foydalanib harakatni amalga oshirishda turli usullar qo’llaniladi. Usul nima? Bu biror narsani, hodisani, jarayonni amalga oshirish tartibi. Pedagogik texnologiya o’quv jarayoni, ya’ni o’qituvchining, o’quvchining faoliyati bilan uning tarkibi, vositalari, usullari va shakllari bilan eng ko’p darajada bog’langanligi bilan ajralib turadi. Tayanch so’z va iboralar: Redogogik texnologiya, ta’lim jarayoni, sub’ekti, ob’ekti, bilimni to’liq o’zlashtirish, tamoyil, dars qismlari, modulli ta’lim, muammoli ta’lim. Nazorat uchun savol va topshiriqlar: 1.YuNESKO tomonidan pedagogik texnologiyaga qanday ta’rif berilgan? 2.Texnologiya so’zi ta’lim-tarbiya jarayonida qanday ma’no anglatadi? 3. Dars jarayonidagi faol shaxs kim? 4. Ilg’or pedagogik texnologiyning asosiy parametrlarini sanang. 5. Innovatsion metodlar xususida nima deya olasiz? Foydalanilgan adabiyotlar 1. J.Yo’ldoshev, S.Usmonov, “Pedagogik texnologiya asoslari”, T., 2004. 2. J.Yo’ldoshev, “Ta’lim yangilanish yo’lida”, T., 2000. 3. Ptiyukov V.Yu., “Osnov pedagogicheskoy texnologi”, M., 1999. 4. www.tests-tests.com 5.www.psiholog1.ru 6.uzedu.uz 7.www: ziyonet.uz Mavzu: Pedagogik texnologiya tushunchasi, uning ta’riflari va metodikadan farqi. Pedagogik texnologiya turlari (2 amaliy mashg’ulot) Dars loyihasini ishlab chiqish (darsning texnologik xaritasi) Mavzu Pedagogik texnologiya tushunchasi, uning ta’riflari va metodikadan farqi. Pedagogik texnologiya turlari Darsning Dars jarayonida tinglovchilarga pedagogik texnologiya va uning maqsadi va metodikadan farqli jihatlarini tinglovchiga yetkazib berish. vazifalari Dars mazmuni Pedagogik texnologiya tushunchasi, uning ta’riflari va metodikadan farqi. Pedagogik texnologiya ta’rifi haqida. Pedagogik texnologiya tushunchasining kelib chiqishi, uning sabalari, unga bo’lgan ehtiyojlar. O’quv fani va uni o’qitishning o’ziga xos hususiyatlariga muvofiq bo’lgan pedagogik texnologiyani tanlash. Pedagogik texnologiyaning rivojlanish omillari. O’quv Shakl:savol-javob, suhbat, jarayonini Metod:Klaster tashkil etish Vosita: video proektor, (didaktik) tarqatma materiallar,test savollari, texnologiyasi A-4 format qog’ozi, marker, darslik, ko’rgazma qurollar. Usul:og’zaki, yozma, ko’rgazmali, taqdimot. Nazorat: test savollari va javoblari. Baholash: individual baholash, o’z o’zini baholash, guruh ishini baholash. Kutiladigan O’qituvchi Tinglovchi natijalar: Yangi nazariy bilimlar Yangi nazariy bilimlar olishadi. beradi. Axborot izlash, to’plash va Dars jarayonini foydalanish ko’nikmalari maqsadli va shakllanadi. oqilona boshqaradi. Tinglovchilarga pedagogik Tinglovchilarga texnologiya tushunchasini beradi. pedagogik Mustahkamlaydi va o’z o’zini texnologiya tushunchasini baholaydi hamda o’zgalar beradi. faoliyatini tahlil qiladi. Tinglovchilarga pedagogik Yakka tartibda va kichik guruhda texnologiya tushunchasi va ishlash ko’nikmasi hosil bo’ladi. uning ta’riflarni slayd orqali Olingan bilimlarni tizimli bayon tushuntiradi. etadi. Kelgusidagi rejalar: Qisqa vaqt ichida ko’p ma’lumot to’plashga yo’naltiradi. Tinglovchilarga pedagogik texnologiya tushunchasi uning ta’riflari metodikadan farqini tinglovchilar klaster metodi orqali bajarishadi. Tinglovchilarda pedagogik texnologiya faniga qiziqish uyg’otadi. O’z ustida ishlash. Mavzuni hayot bilan bog’lash. Pedagogik mahoratni oshirish. Yangi pedagogik texnologiyani takomillashtirish. Tinglovchilarda pedagogik texnologiya faniga qiziqish uyg’onadi ijobiy munosabatlari rivojlanadi. O’z fikrini ravon bayon qiladi. Mavzu asosida qo’shimcha materiallar topadi, ularni o’rganadi. Guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini hosil qiladi. Aqliy hujum. Maktabgacha ta’limda qanday pedagogik texnologiyalar qo’llanilayapti? Hozirgi kunda maktabgacha ta’limda M.Montessori sistemasi va IMEN texnologiya deb tan olingandir. Bu pedagogik texnologiyalar bilan bir qatorda hozirgi kunda bolani qo’llab-quvvatlash texnologiyalari – bola shaxsiga yo’naltirilgan ta’lim, o’yinli texnologiyalar, ta’limning individuallashtirish texnologiyasi, interfaol ta’lim (bolalarni har tomonlama faollashtiruvchi usullar), muammoli ta’lim, loyihali ta’lim texnologiyalari maktabgacha ta’lim jarayoniga kirib kelmoqda. Bu pedagogik texnologiyalardan foydalanishda bolalar yoshiga, ularning individual xususiyatlariga alohida e’tibor beriladi. Masalan, bolani qo’llab-quvvatlash texnologiyalari. "Bolani qo’llab-quvvatlash" deganda nimani tushunasiz? Bolani qo’llab-quvvatlash texnologiyasi har bir ta’lim oluvchining individual xususiyatlariga mos keluvchi usullar va vositalarni izlab topishga harakat qilishdir. Buning uchun psixodiagnostika usullaridan foydalaniladi, bolalar faoliyatini turlicha tashkillaydilar, har xil o’qitish vositalarini qo’llaydilar, ta’lim mazmuniga o’zgartirishlar kiritadilar. Shaxsni qo’llash texnologiyalari o’zini eng to’la ifodasini chet elda gumanistik psixologiya yo’nalishidagi izlanishlarda topgan. K.Rodjers agar pedagog quyidagilarni qo’llasa, u guruhda shaxsni individual rivojlanishi uchun kerakli muhitni yarata oladi deb ta’kidlaydi: - pedagog butun ta’lim jarayonida bolalarga bo’lgan ishonchini namoyish etib borishi zarur; - pedagog guruh va shaxsan har bir tarbiyalanuvchi oldida turgan maqsad va vazifalarni aniqlashga yordam berishi kerak; - ta’lim jarayonini tashkillashda pedagog bolani ichki motivatsiyasidan kelib chiqishi kerak; - pedagog bolalar uchun turli —tuman tajriba manbasi bo’lib, bolalar keragicha unga murojaat qilishi nazarda tutiladi; - bu sifatda u hamma bolaga bir xil yondashishi kerak; - pedagog guruhdagi emotsional muhitni his etib va qabul qilish malakasini oshirib borishi lozim; - pedagog guruhdagi o’zaro fikr almashinuvini faol ishtirokchisi bo’lishi kerak; - u o’z hissiyotlarini ochiq namoyish etadi. - pedagog o’z — o’zini va o’z imkoniyatlarini yaxshi bilishi kerak; «BBB» usuli. O’tilgan mavzuni mustahkamlash. «FSMU» usuli. O’tilgan mavzuni umumlashtirish. Pedagogik texnologiyalarni mukammal bilishimiz va ulardan amaliyotda maromiga yetkazib qo’llay olishimiz juda muhim. Masalan, bolalar individual psixologik xususiyatlariga ko’ra har xil bo’ladi, lekin ta’lim-tarbiya bitta dastur asosida olib boriladi, bitta dastur asosida olib borilar ekan deb, hamma boladan bir xil natijani talab qilishimiz to’g’ri emas, qaysidir bola ba’zi narsalarni oldinroq o’rgansa, ba’zilari keyinroq o’rganadi, kimdir amaliy bajarib tez o’rgansa, kimdir boshqaning bajarganini ko’rib tez o’rganib oladi. Shu sababli bolalar bilan ishlayotganimizda ularga individual tarzda munosabatda bo’lishimiz, har bir bolaning yutug’ini ko’ra olishimiz va rag’batlantirishimiz, ularning yanada kuchli ishtiyoq bilan o’z ustida ishlashiga turtki bo’ladi. Pedagogik texnologiya tushunchasi, uning ta’riflari va metodikadan farqi Pedagogik texnologiyalarning turlari Bilardim Bildim Bilmoqchiman Pedagogik texnologiyalarda didaktik o’yinlar texnologiyalari bolalar faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular bolalar shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni ro’yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Didaktik o’yinlarning asosiy turlari: intellektual (aqliy) va harakatli hamda aralash o’yinlardan iborat. Bu o’yinlar ishtiroklarida aqliy, jismoniy, axloqiy, psixologik, estetik, badiy, tadbirkorlik, mehnat va boshqa ko’nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Ta’lim-tarbiya jarayonida asosan bolalarda ta’lim olish motivlarini, ularning turli yo’nalishdagi qobiliyat va qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini ko’rsatadigan didaktik o’yinlardan foydalaniladi. Didaktik o’yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchanlik va boshqa yo’nalishlar bo’yicha turlarga ajratiladi. Hozirda kompyuter vositasidagi didaktik o’yinlar alohida o’ringa ega bo’lib bormoqda. Didaktik o’yinlar o’quvchilarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, tadqiq qilish, hisoblash, o’lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, axloq-odob o’rgatish, nutq o’stirish, til o’rgatish, yangi bilimlar o’rgatish va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan o’yinlarga ajratiladi. Didaktik o’yinlardan amalda foydalanish orqali boshqa usullar yordamida erishish qiyin bo’lgan ta’lim-tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish ko’zda tutiladi. Turli o’quv fanlariga oid didaktik o’yinlar mavjud bo’lib, ular shu fanlarni sifatli o’rgatish maqsadlariga xizmat qiladi. Umumiy o’yinlar nazariyasiga ko’ra, mavjud barcha o’yin turlarini tasniflashda ularni funktsional, mavzuli, konstruktiv, didaktik, sport va harbiy o’yinlarga ajratiladi. Bularning orasida didaktik o’yinlar ta’lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirish imkoniyatini berishi bilan alohida o’ringa ega. O’yinlar maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyat shakli hisoblanadi. Bu esa pedagog va psixolog olimlar tomonidan shu yosh davridagi o’yinlarning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatini o’rganish va yanada oshirish bo’yicha tadqiqotlar olib borilishiga asos bo’ldi. Natijada, oldingi asrning 60-yillari boshidan AQShda so’ngra boshqa g’arb mamlakatlarida ishchanlik o’yinlari qo’llanila boshlandi. Ishchanlik o’yinlari tadqiqotchilari bu usulni eng asosiy, samarali va tejamli ta’lim metodlaridan iborat deb ta’kidlaganlar. Didaktik o’yinlarning yana bir turi-aqliy hujum usulini birinchi marta 1939 yilda A.F.Osborn qo’llagan. Bu usulni g’oyalar banki deb ham nomlangan. U muammolarni qo’yidagicha yechishga asoslanadi; -muammoli vaziyat yaratish; -g’oyalarni shakllantirish; -eng yaxshi g’oyalarni tekshirish, baholash va tanlash. Guruh ishtirokchilariga muammoni aniqlash va uni echish bo’yicha iloji boricha ko’p, ba’zan, batamom kutilmagan g’oyalarni berish uchun eng qulay sharoit yaratilishi aqliy hujum mashg’uloti samaradorligini belgilaydi. Bunda pedagogning mahorati hamda o’quvchilarning belgilaydi. Bunda pedagogning mahorati hamda o’quvchilarning tayyorgarliklari qanchalik yuqori ekanligi asosiy omil hisoblanadi. Didaktik o’yin texnologiyalari amalga oshiriladigan ayrim noana’naviy mashg’ulot shakllari: Ishchanlik o’yini darsi- mashg’ulot mavzusi bo’yicha masalalarni hal etish jarayonida bolalarning faol ishtirok etishini ta’minlash orqali yangi bilimlarni o’zlashtirish mashqi. Rolli o’yin mashg’uloti - mashg’ulot mavzusi bo’yicha masalalarni o’rganishda bolalarga oldindan ma’lum rollarni taqsimlash va mashg’ulot jarayonida shu rolni bajarishlarini tashkil etish asosida bilimlarni mustahkamlash darsi. Teatrlashtirilgan mashg’ulot – mashg’ulot mavzusi bilan bog’liq sahna ko’rinishlari tashkil etish orqali mashg’ulot mavzusi bo’yicha chuqur, aniq ma’lumotlar berish darsi. Kompyuter mashg’uloti - tegishli mashg’ulot turi bo’yicha mashg’ulot mavzusiga doir kompyuter materiallari (multimedia, virtual o’quv kursi va shu kabilar) asosida o’tiladigan dars. Yarmarka mashg’uloti – mashg’ulot mavzusini bo’laklar bo’yicha oldindan o’zlashtirgan bolalarning o’zaro muloqot asosida guruhga qiziqarli tushuntirish orqali o’tiladigan mashg’ulot. Integral (integratsiyalashgan) mashg’ulot - bir nechta mashg’ulot turlariga doir va integratsiyalash uchun qulay bo’lgan mavzular bo’yicha tashkil qilingan mashg’ulot bo’lib, bolalarning turli mashg’ulot turlarga qiziqishlarini orttirib, ta’lim jarayonidagi faolliklarini ta’minlaydi. «Mo’jizalar maydoni» mashg’uloti - bolalar bilan o’tkaziladigan qiziqarli o’yin bo’lib, turli savollarga belgilangan vaqt davomida to’g’ri javoblar topish va g’oliblarni rag’batlantirish orqali bolalarda fikrlash, topqirlik, ziyraklik va bilimlarini kengaytirib borish sifatlarini shakllantiradi. Didaktik uyinlarini tanlashda ishtirokchilarning yoshi, bilimi va tarbiyalanganlik darajasi hisobga olinadi. Har bir didaktik uyin mashg’ulotlariga o’ziga xos xavfsizlik talablari qo’yiladi.bu xavfsizlik talablariga to’liq rioya qilinishi har bir tashkilotchining doimiy e’tiborida bo’lishi lozim. Bundan tashqari har bir didaktik uyin uchun sarflanadigan vaqt miqdorini to’g’ri belgilash va unga rioya qilishning o’ziga xos asoslarini bilish va mashg’ulotning maqsadiga muvofiq qo’llash talab qilinadi. Didaktik uyin turlarini tanlash mezonlari: -ishtirokchilar tarkibi bo’yicha-o’g’il bolalar, qiz bolalar, o’smirlar, katta yoshdagilar uchun o’yinlar; -ishtirokchilar tarkibi bo’yicha-yakka, juftlikda, kichik guruh, katta guruh, guruh jamoasi, raqobatdosh komandalar va ommaviy o’yinlar -vaqt me’yori bo’yicha-mashg’ulot, mashg’ulot vaqtining reja bo’yicha ajratilgan qismi, o’yin maqsadiga erishguncha, g’oliblar aniqlanguncha davom etadigan va boshqa o’yinlar. Har bir didaktik o’yin jarayonida o’ziga xos vositalar turlari qo’llaniladi va mashg’ulot jarayonida ulardan to’g’ri, unumli va xavfsiz foydalanish lozim. Bu vositalarni qo’yidagi turlarga ajratish mumkin -kontselyariya tovarlari-turli o’lchamlardagi oq va rangli qog’ozlar, skotch, ruchka, qalam, chizg’ich, elim va boshqalar. -texnika,-proektor, mikrofon, kompyuter, televizor; Maktabgacha ta’limda har bir bola ayrim turdagi didaktik o’yin mashg’uloti o’quv materiallarini amalda qo’llash uchun tayyorlashini tashkil qilish metodik faoliyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Bunda bolalar o’z mashg’ulot turlari bo’yicha o’zlari tanlagan mavzudagi mashg’ulotni eng maqsadga muvofiq didaktik o’yin turlaridan foydalanib o’tkazish yuzasidan dars ishlanmasini tayyorlashlari va uning asosida metod birlashma majlisida shu mashg’ulotni bayon qilib berishlari va tegishli muhokamalar o’tkazib borishlari tavsiya qilinadi. “Doira atrofida” Boshlovchi bolalarni atrofiga chorlaydi. “Kelinglar bolalar doira bo’lib o’tiramiz. Hammamiz bir-birimizga qarab o’tirishimiz nihoyatda yaxshi to’g’rimi? Endi hammamiz navbat bilan gapirmasdan, jilmayib, bir-birimiz bilan bosh qimirlatib ko’zimiz yordamida salomlashib chiqamiz.” “Men va boshqalar” Bu o’yinda guruh doira shaklida o’tiradi va har bir ishtrokchi o’z ismining bosh harfiga bitta ijobiy sifat tuzadi. Masalan: birinchi ishtirokchi o’z ismi va sifatni aytadi – Gulnoza go’zal; 2-ishtirokchi o’zidan oldingi va o’zining ismi va sifatini aytadi – Gulnoza go’zal; Malika muloyim, 3-ishtirokchi o’zidan oldingilarning va o’zining ismi va sifatini aytadi – Gulnoza go’zal, Malika muloyim, Maftuna maftunkor. O’yin shu tariqa davom etadi va oxirgi ishtirokchi hammanikini aytib so’ng o’zinikini aytadi. Agarda ishtirokchisifatni topishda qiynalsa, tarbiyachi bolalardan yordam berishini taklif etadi. Bu trening xotirani mustahkamlaydi, guruhdagi psixologik muhitni to’g’ri yo’lga qo’yishga yordam beradi. Bolalarning lug’ati ijobiy so’zlar bilan boyidi. Eslatma: bu o’yin davomida bolalarning soni 10 tadan oshmasligi lozim. “Klaster” o’yini Maqsad: Klaster usulida transport turlarini guruhlash, ba’zi belgilariga qarab umumlashtira olish, e’tiborli bo’lish. Kerakli jihozlar: Turli transportlarning alohida – alohida rasmlar. O’yinning borishi: Bolalarga turli xildagi transportlarning alohida-alohida rasmlari to’plami beriladi. Bolalar transportlarni qaerda harakat qilishlariga qarab guruhlab chiqadilar – erda yuradigan, osmonda uchadigan, suvda suzadigan. “Nimaning bolasi?” o’yini Maqsad: bolalarni hayvonot olami bilan yaqindan tanishtirish, ularning so’z boyligini oshirish. Kerakli jihozlar: Ot, toychoq, echki, uloqcha, qo’y, qo’zichoq, mushuk, mushukcha, tuya, bo’taloq. O’yinning borishi: Tarbiyachi: Bolajonlar, hayvonlarning bolalariga onasini topishga yordam beramiz. Qo’zichoq nimaning bolasi? ..... (qo’yning bolasi) Toychoq .... (otning bolasi) Uloqcha .... (echkining bolasi) Mushukcha ..... (mushukning bolasi) Bo’taloq ... (tuyaning bolasi) Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol uslublar ( innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanib, ta’limning samaradorligni ko’tarishga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan- kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar qo’llanilganda pedagoglar egallayotgan bilimlarni o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. Pedagog bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi. Shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchi vazifasini bajaradi. Bunday o’quv jarayonida pedagog asosiy figuraga aylanadi. Pedagog olimlarning yillar davomida ta’lim tizimida Nega o’qitamiz? Nimani o’qitamiz? Qanday o’qitamiz? degan savollarga javob izlash bilan bir qatorda Qanday qilib samarali va natijali o’qitish mumkin? degan savoliga javob beradilar. Bu esa olim va amaliyotchilarni o’quv jarayonini texnologiyalashtirishga, ya’ni «O’qitishni ishlab chiqarishga oid aniq kafolatlangan natija beradigan texnologik jarayonga aylantirishga urinib ko’rish mumkin» degan fikrga olib keladi. Bunday fikrning tug’ilishi pedagogika fanida yangi pedagogik texnologiya yo’nalishini yuzaga keltiradi. Bugungi kunda ta’lim muassalarining o’quv- tarbiyaviy jarayonda pedagogik texnologiyalardan foydalanishiga alohida e’tibor berilayotganligining asosiy sababi quyidagilardir: Birinchidan: pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish imkoniyatining kengligida. «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Ikkinchidan: pedagogik texnologiyalar o’quv-tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi. Uchinchidan: pedagogik texnologiya pedagogni ta’lim-tarbiya jarayonining maqsadlaridan boshlab tashxis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha bo’lgan texnologik zanjirni oldindan loyihalashtirib olishga undaydi. To’rtinchidan: pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot usullarini qo’llashga asoslanganligi sababli, ularning qo’llanilishi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablarini amalga oshirishni ta’minlaydi. O’quv- tarbiya jarayonida pedagogik jarayonni to’g’ri tashkil etilishi pedagogning bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa tinglovchilardan ko’p mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab qiladi. Har qanday pedagogik texnologiyalarning o’quv- tarbiya jarayonida qo’lanilishi shaxsiy jihatdan kelib chiqqan holda tinglovchini kim o’qitayotganligi va pedagog kimni o’qitayotganiga bog’liq. Pedagogik texnologiya asosida o’tkazilgan mashg’ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muammolarga o’z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini–oshirib, ularni fikrlashga, o’z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi. Hozirgi davrda sodir bo’layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi muammoarni hal etish uchun yangi axborotni o’zlashtirish va o’zlashtirgan bilimlarini o’zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslarga aylanadi Mavzu yuzasidan test savollari 1. Texnologiya – bu ... A. grekcha ikki so‘zdan - «texnos»-hunar va «logos»-fan so‘zlaridan tashkil topib «hunar fani» ma’nosini anglatadi; B. o‘qituvchi tomonidan o‘qitish vositalari yordamida o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatish; C. hunar fani; D. san’at. 2. Pedagogik texnologiyaning maqsadi - … A. yangiliklarni yetkazish; B. o‘quvchi faolligini samarasini oshirishi; C. kam kuch va vaqt sarflab yuqori natijaga erishish; D. texnologiyalarni ishlab chiqish. 3. Pedagogik texnologiya metodikadan nima bilan farq qiladi? A. uzluksizligi bilan; B. tizimliligi bilan; С. samaradorlikni yuqoriligi bilan; D. texnologik xarakteri bilan. 4. Modul nima? A. eng kichik tarkibiy bo‘lakni ifodalovchi tushuncha; B. pedagogik texnologiyani tashkil qiluvchi, tarkibiy bo‘laklarni ifodalovchi tushuncha; С. miqdorlar to‘plamini ifodalovchi tushuncha; D. miqdorlar to‘plamini ifodalovchi tushuncha. 5. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar bo`yicha dars bosqichlarini belgilang. A. texnologik xarita, nazariya; B. nazariya, harakatli jarayon, amaliy jarayon; C. chaqiriq bosqichi, aqliy hujum, anglash bosqichi; D. anglash bosqichi, aqliy hujum,xulosa chiqarish. 1 A 1. 2. 3. 2 C 3 D 4 B 5 C Foydalanilgan adabiyotlar: J.G’.Yo’ldoshev, S.A.Usmonov. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish. «Fan va texnologiyalar Markazining bosmaxonasi». Toshkent – 2008. 130 bet. N.N.Azizxo’jaeva Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. “O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi” nashriyoti.Toshkent-2006. 159 bet. 64-70 betlar. R.J.Ishmuxamedov Ta’limda innovatsion texnologiyalar. T., Istedod, 2008.-180 bet. Mavzu: Ta’limda innovatsiya (2soat amaliy mashg’ulot) Reja 1.Interfaol usullar to’g’risida tushuncha 2.Interfaol usullarni MTM mashg’ulotlarida qo’llash 3. MTM mashg’ulotlarida interfaol usullardan foydalanishning afzallik tomonlari Dars loyihasini ishlab chiqish (darsning texnologik xaritasi) Mavzu Darsning maqsadi vazifalari Ta’limda innovatsiya “Interfaol” tushunchasi “interakt” “birgalikda harakat qilish bildiradi. Interfaol mashqlarda to’liq va va mahnosini rejalashtirilgan maqsadlar bo’ladi. Ushbu maqsadlardan biribilim berish jarayonida shunday yuqori darajadagi sharoit yaratish kerakki, unda bola va tarbiyachi bilim olish va mustaxkamlash jarayonini faollik jarayonga aylantirishi lozim. Faol usullarni qo’llashga yondoshgan bilim berish jarayoni guruhdagi barcha bolalarning anglash va fikrlash jarayonda ishtirok etishini hisobga olgan holda tashkil etiladi. Interfaol usullar o’zaro harakat, bolalarning faolligi, guruh tajribasiga tayanish,o’zaro munosabat tamoyillariga asoslanadi. Oshkoralik asosida bolalarning o’zaro harakati, dalillarining asosliligi, hamkorlikdagi bilimlar banki, o’zaro baholash va nazorat imkoniyati bilan belgilanadigan tahlimiy muloqot manbai yaratiladi. Dars mazmuni Interfaol mashq, rolli o’yin – bu xarakat orqali o’rgatish tajriba orttirishning eng samarali usulidir, bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishning qiziqarli shaklidir va bolalarga boshqalar shunday vaziyatlarda o’zlarini qanday his etganlarini tushunishga yordam beruvchi usuldir. Mashg’ulot turi: amaliy. Metod: interfaol, bahs-munozara, kichik mahruza, . Shakli: kichik guruhlarda ishlash. Jihoz:jadval, markerlar, vatman qog’ozi, qo’shimcha adabiyotlar, manbalar, Usul: og’zaki, yozma. Baholash: rag’bat. jami 160 daqiqa. Mashg’ulot bosqichlari va Tashkiliy qism – 5 daqiqa. O’quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi mashg’ulot qismlari uchun vaqt taqsimoti Uyga vazifa: Kutiladigan natijalar Yangi mavzuga doir ishtirokchilar bilimini aniqlash – 10 daqiqa. Yangi mavzu rejasi va bayoni – 100 daqiqa. Mashg’ulotni mustahkamlash – 40 daqiqa. Mashg’ulotga yakun yasash – 5 daqiqa. Keyingi o’tiladigan mashg’ulot mavzusiga tayyorlanish, mavzuga doir adabiyotlar bilan tanishish. O’qituvchi Tinglovchi Yangi amaliy bilimlar beradi. Dars jarayonini maqsadli va oqilona boshqaradi. Tinglovchilarga bugungi o’tiladigan yangi mavzu to’g’risida tushuncha beradi. Maktabgacha tahlim muassasalarida interfaol mashg’ulotlardan foydalanish va uning turlari haqida tushuncha beradi. Mavzu qisqa vaqt ichida tinglovchilar tomondan o’zlashtirilishiga erishiladi. Qisqa vaqt ichida ko’’ mahlumot to’’lashga yo’naltiradi. Tinglovchilar faolligini oshirish usullaridan foydalanadi Tinglovchilar tomonidan tarqatma materiallar asosida yozma, og’zaki axborotlarni mustaqil o’rganish, uni xotirada saqlash, boshqalarga yetkazishni o’rgatadi Yangi amaliy bilimga ega bo’lishadi. Ushbu mavzu asosida bilim va ko’nikmalarini shakllantirishadi va kengaytirishadi. Tinglovchilarda interfaol mashg’ulotlarni qo’llash bo’yicha qiziqishlarini oshirib boradi Mavzuga oid tarqatilgan materiallarni tinglovchilar tomonidan yakka va guruh holatida o’zlashtirib olishlariga sharoit yaratish Bahs-munozara orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o’zlashtirilgaligini nazorat qilish. Matn ustida ishlash orqali yangi bilimlar o’zlashtiriladi. Olingan bilimlarni tizimli bayon etadi. Mustahkamlaydi va o’z o’zini baholaydi hamda o’zgalar faoliyatini tahlil qiladi. Yakka tartibda va kichik guruhda ishlash ko’nikmasi hosil bo’ladi. Tinglovchilar interfaol mashg’ulotlarni tashkillay oladilar. Kelgusidagi rejalar O’z ustida ishlash. Mavzuni hayot bilan bog’lash. ‘edagogik mahoratni oshirish. Interfaol metodlarni takomillashtirish. Matn bilan mustaqil ishlashni o’rganadi. O’z fikrini ravon bayon qiladi. Mavzu asosida qo’shimcha materiallar to’adi, ularni o’rganadi. Guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini hosil qiladi. Bilamizki, “Kadrlar tayyorlash milliy dastur”ning uchinchi bosqichida “... tahlim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o’quvtarbiya jarayonini yangi o’quv-uslubiy majmualar, ilg’or ‘edagogik texnologiyalar bilan to’liq tahminlash” kabi dolzarb vazifalar ijobiy hal etilmog’i lozim ekan, maktabgacha tahlimda ham ilg’or ‘edagogik texnologiyalardan foydalanish kabi vazifalar qo’yilmoqda. Mazkur vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishida yana bir omilning mavjudligi, yahni, uzluksiz tahlim tizimi xodimlari, ‘edagog-o’qituvchilar tomonidan zamonaviy tahlim texnologiyalarining mohiyatidan xabardorliklari hamda ularni tahlim jarayonida samarali qo’llay olishlari, shuningdek, tahlim jarayonini tashkil etishga nisbatan ijodiy yondashuvning qaror to’ishi muhim ahamiyat kasb etar ekan, MTM tarbiyachilari ham tahlim-tarbiya jarayonida noanhanaviy shakllarning, ilg’or ‘edagogik texnologiyalarni, interfaol usullarni bilishi va amalda qo’llay olishi kerak. “Interfaol” tushunchasi “interakt” “birgalikda harakat qilish mahnosini bildiradi. Interfaol mashqlarda to’liq va rejalashtirilgan maqsadlar bo’ladi. Ushbu maqsadlardan biribilim berish jarayonida shunday yuqori darajadagi sharoit yaratish kerakki, unda bola va tarbiyachi bilim olish va mustaxkamlash jarayonini faollik jarayonga aylantirishi lozim. Faol usullarni qo’llashga yondoshgan bilim berish jarayoni guruhdagi barcha bolalarning anglash va fikrlash jarayonda ishtirok etishini hisobga olgan holda tashkil etiladi. Interfaol usullar o’zaro harakat, bolalarning faolligi, guruh tajribasiga tayanish,o’zaro munosabat tamoyillariga asoslanadi. Oshkoralik asosida bolalarning o’zaro harakati, dalillarining asosliligi, hamkorlikdagi bilimlar banki, o’zaro baholash va nazorat imkoniyati bilan belgilanadigan tahlimiy muloqot manbai yaratiladi. Interfaol o’qitish, bilish faoliyatini tashkil etishning maxsus turidir. Unda rejalashtirilayotgan maksadlar to’lik va anik bo’ladi. Inson interfaol o’qitish jarayonida : 10% o’qiganlarini, 20% eshitganlarini; 30% ko’rganlarini 40% ko’rgan va eshitganlarini; 70% ga’irganlarini; 90% shaxsan ga’irgan va bajarganlarini o’zlashtiradi. SHunday ekan, tarbiyachi bolaga bilim berishda yuqoridagilarni nazarda tutib, bolaga ham ga’irib, ham ko’rsatib, ham amalda bajartirsa, bolaning olgan bilimi xotirasida umrbod qoladi. Shu o’rinda Xitoy xalq maqolini keltirish mumkin. “ Menga ga’irsang, esdan chiqaraman, menga ko’rsatsang, eslab qolishim mumkin, menga o’zimga ishlashga imkoniyat bersang, shunda bu batamom meniki bo’lib qoladi”. Interfaol mashq, rolli o’yin – bu xarakat orqali o’rgatish - tajriba orttirishning eng samarali usulidir, bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishning qiziqarli shaklidir va bolalarga boshqalar shunday vaziyatlarda o’zlarini qanday his etganlarini tushunishga yordam beruvchi usuldir. Tabiiy sharoitlarda turli vaziyatlarda o’zini qanday tutish va boshqarish kerakligini, va o’zlashtirish imkoniyatini beradi. Aqliy xujum - muammolarni hal qilishda keng qo’llaniladigan anchagina mashxur usuldir. U bolalarni o’z tasavvurlari va ijodlaridan foydalanishga undaydi. U berilgan har qanday muammoga ko’’ sonli yechimlar to’ishda yordam beradi. Ushbu usulni birinchi bo’lib Aleks Osborn tomonidan “‘rikladnoe voobrajenie - ‘rintsi’i tvorcheskogo resheniya ‘roblem” nomli klassik kitobida tavsiya etgan. Ushbu usul ijodiy fikrlashni rag’batlantirish usuli sifatida keng ommaga tarqaldi. Mazkur usul bolalarni mashg’ulotlar jarayonidagi faolliklarini tahminlash, ularni erkin fikr yuritishga, rag’batlantirish hamda bir fikrlash orqali mavzu yuzasidan rang- barang g’oyalarni to’’lashdan iborat. SHuningdek, ijobiy vazifalarni hal etish jarayonining dastlabki bosqichida ‘aydo bo’lgan fikrlarni yengishga o’rgatish uchun xizmat qiladi. “Aqliy xujum”ni olib borish qoidalari : • Har qanday g’oya qabul qilinadi. • Taklif etilgan g’oyalarning tanqidi va muxokamasi man etiladi. Bu esa barcha fikrlarning og’zaki va boshqa shakllariga tegishlidir. • Har bir g’oya qanday taklif etilgan bo’lsa, shunday yoziladi. Boshqacha talqin qilish, umumlashtirish yoki inter’retatsiyaga yo’l qo’yilmaydi. • Taklif etilgan g’oyalarga qarama-qarshi g’oyalar ham qabul qilinadi va rag’batlantiriladi. • Mustaqil ijod olqishlanadi, kutilmagan eng ajoyib g’oyalar rag’batlantiriladi. • G’oyalar soni maqsad qilib belgilanadi. • Avval taklif etilgan g’oyalar ham qabul qilinib rivojlantiriladi va rag’batlantiriladi. • Vaqt chegaralari belgilanadi va unga qathiy amal qilinadi. Vaqt tugashi bilan g’oyalar to’’lanishi to’xtatiladi. Tarbiyachi tomondan fikrlar umumlashtiriladi va bolalar aytmagan fikr, tarbiyachi tomondan yangi mahlumot sifatida beriladi. Masalan, “O’zbekistonda chiqarilgan avtomobillar.” mavzusiga tarbiyachi albatta yangi fikr beradi. “Tabiat maydonchalari” mashqi. To’rtburchak shaklida 3 ta maydonchalar chiziladi va ushbu maydonchalarning mavzulari asosida bolalarga rasmli kartochkalar tarqatiladi. Xar bir bola yakka xolda kartochkasini tegishli maydonchaga qo’yib chiqadi, so’ng bolalar xamkorlikda ko’rib chiqib xatolari bo’lsa tuzatadilar va xulosa chiqaradilar. JONLI TABIAT. JONSIZ TABIAT. ER OSTI BOYLIKLARI Ushbu interfaol mashq orqali bolalar yakka xolda va hamkorlikda ishlashga o’rgandilar va tabiat haqidagi bilimlarini kengaytirib, mustahkamlab oladilar, bajargan ishlarini izohlash orqali bolalar nutqi rivojlanadi. “Kubiklar”- interfaol mashqi. “Kubiklar” mashqi mavzuga berilayotgan mahlumotlarni tahlil qilishni osonlantiradigan o’qitish usulidir. Ushbu usulni qo’llash uchun tarbiyachi tomonidan kub shaklida ishlangan vosita tayyorlanadi. Uning har bir tomoniga bolalarga beriladigan vazifani ifodalovchi bittadan ga’ tuziladi va rasmi yo’ishtiriladi. Tarbiyachi mashg’ulotda o’rganiladigan mavzu, asosiy hodisani nomlaydi va ushbu hodisa tayyorlangan kubikning har bir tomonidan aks ettirilgan to’shiriqlar bo’yicha tahlil qilib chiqadi. Kubning 6 ta tomoniga quyidagilar aksini to’ishi lozim: - tasvirlab bering - biror-bir boshqa hodisa bilan taqqoslang - tasavvurlar hosil qiling - tahlil qiling - tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi dalillar keltiring - qo’llanilishini ayting To’shiriqlar bolalar tomonidan og’zaki va rasm yo’ishtirish orqali bajariladi. SHundan so’ng ular birin-ketin savollarga bergan javoblarini aytib berishadi va juftliklarda muhokama qilishadi. Misol: Kom’g’yuter - tasvirlab bering: Bir necha qismlardan tarkib to’gan uskuna. Uning turli ko’rinishlari mavjud. ... - biror-bir boshqa hodisa bilan taqqoslang: televizor, ... - tasavvurlarni hosil qiling: kitob, ... - tahlil qiling: monitor, ‘rotsessor, ekran, ... - tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi dalillar keltiring: kom’g’yuter inson mehnatini yengillashtiruvchi va o’yin o’ynashga moslangan vosita, ularni qayta ishlash jarayonini ham osonlantiradi, .... - qo’llanilishini ayting: matnlarni kiritish, saqlash, yuborish, ... Ushbu usul orqali bolalarda maktabga tayyorgarligi, tasavvur qilish qobiliyati, lug’at boyligi, nutq rivojlanib boradi. “Galereya” metodi va uni amalga oshirish bosqichlari «Galereya» usuli kichik guruhlarda birdaniga bir nechta masalani muxokama qilish imkonini beradi. Bunda guruhning har bir ahzosi barcha taklif etilgan masalalar muhokamasida ishtirok etishi va o’z ulushini qo’shishi mumkin. 1-qadam. Masalani qo’yish. tarbiyachi har bir guruhga mahlum muammo yoki masalani beradi. 2-qadam. Har bir guruh o’z masalasi ustida ishlaydi. Masalalar ustida ishlash kichik guruhlarda amalga oshiriladi (odatda 5-10 minut). 3-qadam. Kichik guruhlar qo’shni guruhlar masalasi yechimini oxirigacha yetkazishga o’tish. Har bir kichik guruh o’z g’oyalarini yozgan katta varaqni olmasdan doira bo’ylab siljiydi. Variant sifatida guruh siljishi o’rniga doira bo’ylab ishlangan g’oyalar yozilgan katta varaqni uzatish mumkin, maktabgacha tahlimda ko’’roq rasmlardan foydalaniladi. 4-qadam. Qo’shni masalasi yechimini oxirigacha yetkazish. Har bir kichik guruh katta varaqqa yozilgan qo’shni guruh g’oyalarini o’rganadi; savol belgisi bilan rozi bo’lmaganlarni belgilaydi; qo’shni masalasi yechimi bo’yicha o’z g’oyalarini yozadi. 5 daqiqadan keyin guruhlar doira bo’ylab keyingi kichik guruhga o’tib, yana joylari bilan almashadi. 5-qadam. O’z masalasiga qaytish. Masaladan masalaga doira bo’yicha o’tishlar har bir kichik guruh o’zining dastlabki masalasiga qaytish bilan to’gallanadi. Guruhlar katta varaqlarida yig’ilgan g’oyalarni o’rganadilar. 6-qadam. ‘rezentatsiya va ish natijalari muhokamasi. Har bir guruh navbat bilan o’zlarining qog’oz varaqlarida yig’ilgan natajalar- g’oyalarni tushuntirish va sharhlar bilan taqdim etadi. Boshqa guruhlar ular ‘rezentatsiya qilayotgan guruh varag’iga yozgan g’oyalarni tushuntiradilar va sharhlaydilar. Masalan, maktabgacha tahlimda qo’llaniladigan mavzular : xasharotlar, mevalar, sabzavotlar, trans’ort vositalari, gullar, ertak qaxramonlari, suv xususiyatlari, tabiat xodisalari va hokazo. Bolalar nafaqat tayyor rasmlardan balki o’zlari rasm xam chizishlari mumkin. “G’oyalar tog’i” interfaol usuli. Bolalarni uchtadan kichik guruhga bo’lib olinadi. Har bir kichik guruhga uchburchak shaklidagi rangli kartonlar beriladi va ushbu kartonning burchaklariga har bir bola mavzuga oid rasm yoki a’’likatsiya yo’ishtiradi . Ish yakunida ushbu uchburchaklar doskaga ilinadi va shu tariqa “G’oyalar tog’i” tashkil bo’ladi. Qaerda bo’ldingiz nimalarni sotib oldingiz? o’yini. Hamma ishtirokchilar doira bo’lib o’tirishadi. Guruh ahzolaridan biri tarbiyachiga savol beradi: Qaerda bo’ldingiz? Tarbiyachi javob beradi: - Do’konda! - Nima sotib oldingiz? - Yel’ig’ich! Tarbiyachi yel’ig’ich bilan yel’ina boshlaydi va ro’’arasida o’tirgan ishtirokchiga xuddi shu savolni beradi. Guruhdagilarning barchasi birgalikda tarbiyachi kabi javob berishadi va javob berishlari bilanoq ular ham yel’ig’ich bilan yel’ina boshlaydilar. Navbatdagi ishtirokchi yana savol beradi va ‘edagog javob beradi: - Qaychi sotib oldim. El’ig’ichda yel’inish bilan birga tarbiyachi ikkinchi qo’lida qaychining xarakatini ko’rsatadi. Bu javob va harakat ham butun ishtirokchilar tomonidan takrorlanadi. Uchinchi bor tarbiyachi javob beradi: - Velosi’ed! U yel’ig’ich va qaychining harakatlariga oyog’i bilan velosi’ed haydayotgandek harakatni ham qo’shadi, guruh ahzolari ham shunday qiladilar. To’rtinchi bor so’ralganda tarbiyachi: - Qimirlovchi kreslo! – deb javob beradi. El’ig’ich, qaychi, velosi’edning harakatlari bilan birgalikda tarbiyachi qimirlay boshlaydi. Beshinchi bor: - Kakkuli soat! Yuqoridagi barcha harakatlarni bajargan holda tarbiyachi og’zi bilan «Ku-ku» lay boshlaydi. Guruh ahzolari har gal savollarga javob berishi bilanoq tarbiyachi bajarayotgan harakatlarni takrorlashga o’tishadi. Va nihoyat, tarbiyachi sotib olingan narsalar bilan uyga qaytadi. O’yin nihoyasiga yetadi! “Mevali salat” o’yini. Tarbiyachidan boshqa hamma ishtirokchilar doira bo’lib stulga yoki yerga chizilgan doirachalarga o’tirishadi. Tarbiyachi ularning har birini mevalar bilan nomlab chiqadi: a’elsin, limon, banan, ananas. Har bir meva uch-to’rt odamdan iborat bo’ladi. Keyin tarbiyachi mevalardan birining nomini aytadi, kimlar shu meva nomlariga ega bo’lsa joylarini almashtirishlari kerak. Kimga joy yetmasdan qolsa, o’sha odam o’yinni davom ettiradi. Agar o’rtadagi odam «Mevali salat» desa, barcha ishtirokchilar joy almashishlari kerak bo’ladi. “Menga yoqadilar…”o’yini. Bolalar doira shaklida o’tiradilar. O’yin quyidagicha kechadi: bolalardan biri doira markazida turadi va shunday deydi: «Menga ….deganlar yoqadi» yoki «Menga …..si borlar yoqadi» va bir qancha ishtirokchilarda mavjud bo’lgan belgini aytadi. Masalan, qora ‘oyafzal kiyadiganlar, oq ko’ylak kiyadiganlar, qo’shiq aytadiganlar, kechqurun idish-tovoq yuvadiganlar, mashg’ulotimizga kelganlar, sirg’asi borlar, qoshi borlar va h.k. Kimda kim aytilgan belgilarga ega bo’lsa, tezda o’rinlaridan turib joy almashishlari kerak bo’ladi. Bolalarga nisbatan stullar soni 1 ta kam bo’lib, joysiz qolgan bola o’yinni davom ettiradi. "TAKRORLANG!" mashqi. Bu mashq nafaqat yaxshi diqqatni, balki tezlikni ham talab qiladi. Ishtirokchilar soni cheklanmagan. Bolalar tarbiyachini to’g’risiga turishadi. Tarbiyachi: “Takrorlang” deb, so’z aytadi. Bolalar esa faqat “Takrorlang”dan keyingi so’zni takrorlashlari kerak. Masalan, Takrorlang-uy (bolalar takrorlaydi) Takrorlang-o’yinchoq (bolalar takrorlaydi) Meni orqamdan takrorlang-kino (hamma jim turishi kerak) Tarbiyachi asta-sekin o’yin tezligini oshirib bolalarni chalg’itishi kerak. Masalan, - Ga’iring-mushuk. Takrorlang-bufet. - Takrorlang-daryo. Ayting-ayiq. - Meni orqamdan takrorlang-kolbasa va hokazo. Mashqda xatolikka yo’l qo’ygan ishtirokchilar o’yindan chiqib ketadi. Kam xatolikka yo’l qo’ygan yoki xato qilmagan bola g’olib hisoblanadi. “IZQUVAR” mashqi. Bu mashqni ko’’roq o’g’il bolalar o’ynashni yaxshi ko’radilar. Mashq diqqatni jamlashni va xotirani yaxshilashga yordam beradi. Mashqda ishtirokchilar soni 7-10 tadan kam bo’lmasligi kerak. Tarbiyachi “Izquvar” bo’ladi. Tarbiyachi xonadan chiqib turadi. SHu vaqtda bola o’zlariga ranglar tanlashadi. “Izquvar” xonaga qaytib kirib quyidagi ga’lar bilan o’yinni boshlaydi: “Diqqat! O’g’irlik sodir etildi! Kulrang soat yo’qoldi. Soat "Ko’k"da bo’lsa kerak. "Ko’k" javob qaytaradi: "Yo’q soat menda emas. Soat "qizil"da. "qizil" esa boshqa rangni aytishi kerak va hokazo. O’yin ishtirokchilari ichida yo’q rang yoki aytilgan rang javob bermaguncha o’yin davom etadi. Yutkazgan "Izquvar" bo’ladi. "AYG’OQCHI" mashqi. Mashq diqqat va xotirani rivojlantiradi. Bitta ishtirokchi "Ayg’oqchi" bo’ladi va unga xonadan chiqib turish taklif etiladi. Bu vaqtda xonada qolganlar oralaridan bir bolani tanlashadi. SHundan so’ng "Ayg’oqchi" xonaga kiradi va barcha ishtirokchilarga teskari turadi va tanlangan bolaning tashqi qiyofasi bo’yicha savollar beradi. Savollar soni 1-3 tagacha bo’lishi mumkin. Savollarga javob olgandan so’ng "Ayg’oqchi" bolalar kimni tanlashganini aytib berishi kerak. Har bir bola "Ayg’oqchi" rolida bo’lib chiqishi tavsiya qilinadi. "SIRLI QATORCHA"o’yini. Bu o’yinda iloji boricha ko’’roq bolalar ishtirok etgani mahqul. Ishtirokchilar soni 5-7 nafardan kam bo’lmasligi shart. Tarbiyachi xonadan chiqib turadi, qolganlar esa hammaga tanish bo’lgan shehrdan bir qatorini tanlashadi. Keyin shu qatordagi so’zlarni bo’lib olishadi va qaysi so’zdan keyin qaysi so’z kelsa, o’sha tartibda turib olishadi. Tarbiyachi xonaga qaytib kiradi va bolalarga har xil savollar beradi. Bolalar esa savollarga javoban ular tanlagan so’zni javob qilib qaytarishadi. Tarbiyachi hammani so’zini bilgandan so’ng bu so’zlar qaysi shehrga tegishliligini to’ishi kerak, qaysi bolani aytgan so’zi shehrni to’ishga yordam bergan bo’lsa, o’sha bola boshlovchilik qiladi. "TELEGRAMMA" mashqi.. Mashq kichkina bolalar va ularning ota-onalariga ham qiziqarli. Ishtirokchilar soni 4-5 tadan kam bo’lmasligi kerak. Ishtirokchilar doira bo’lib, qo’l ushlashib turadi. Tarbiyachi doirani o’rtasiga turadi. Mashq quyidagi so’zlar bilan boshlanadi: "Men telegramma jo’nataya’man"-deb, doirada turgan bitta bolani ismini aytish kerak. O’sha bola o’zini yon tomonlarida turgan sheriklaridan bittasini boshlovchiga bildirmasdan qo’lini qisishi kerak. U bola esa keyingi ishtirokchini qo’lini qisishi kerak. Telegramma manziliga yetib bormaguncha davom etaveradi. Qo’l qisilayotganini tarbiyachi bilib qolsa, o’sha bola bilan o’rin almashadi. Telegramma manziliga yetib borganda, "Oldim" deyish kerak, bolalar boshlovchilikga almashib turadilar. “HARAKATNI UZATIB YuBOR”mashqi. Maqsad: kichkintoylarning diqqat- ehtibori va xotirasini rivojlantirish. Bolalar aylana bo’lib turadilar va ko’zlarini yumadilar. Tarbiyachi ham ular yonida turib, qandaydir harakatni (masalan, soch tarashni, qo’l yuvishni, ka’alak tutishni va boshqa) o’ylab to’adi. So’ngra qo’shni bolani "uyg’otadi" va harakatni ko’rsatadi, u bola esa keyingi bolani "uyg’otadi" va harakatni ko’rsatadi. SHunday qilib aylana bo’ylab oxirgi ishtirokchiga qadar o’yin davom etadi. O’yin barcha ishtirokchilar o’zlari istagan harakatlarini ko’rsatgunlaricha davom etadi. «Kimda nima?» o’yini O’yin bolaning xotira va diqqatini rivojlantirish, hamda ziyrakligini oshirishga yordam beradi. O’yin uchun oldindan rasmli kartochkalar tayyorlab qo’yiladi. O’yindan ko’ngilochar mashq sifatida ham foydalanish mumkin. O’yinda 4-5 bola ishtirok etadi. Bolalarning har biriga rangli rasm beriladi. Rasmlar bir xil mavzuda bo’lishiga ehtibor berish lozim. Masalan, gullar, mevalar, sabzavotlar va h.z. 1- o’yin turi: Bolalar bir qator turib olishadi. Birinchi bola o’zining ismi va qo’lidagi rasmda tasvirlangan narsani nomini aytadi. Ikkinchi bola birinchi bolaning ismi va narsa nomini takrorlab, so’ng o’zining ismi va qo’lidagi rasmda tasvirlangan narsaning nomini aytadi. O’yin shu tariqa oxirgi bolagacha davom etadi. 2- o’yin turi: Bolalar qolganlarga teskari qarab qo’llaridagi rasmlarni almashtirib olishadi. Qolgan bolalar nima o’zgarganini to’ishlari lozim. «DELG’FIN» o’yini. O’yin bolalarning diqqatini rivojlantiradi, ziyrakligini oshirishga yordam beradi. Tarbiyachining bir qo’li «suv sathi», ikkinchi qo’li «delg’fin» vazifasini bajaradi. Delg’fin okeandan yuqoriga qarab sakrab chiqqanda, bolalar bir marotaba cha’ak chalishlari kerak. Kim orqada qolsa yoki ikki marotaba cha’ak chalib yuborsa yoki umuman cha’ak chalmasa o’yin qoidasini buzgan hisoblanadi. SHu bola tarbiyachining biron-bir shartini bajarishi lozim. Masalan, qo’shiq kuylab berishi, shehr aytishi, raqsga tushishi mumkin. “TURLI OVOZLAR”o’yini. Maqsad: bolalarga o’zlarini namoyon qilishga yordam berish. Tarbiyachi o’yin oldidan mushuk, kabutar, kuchukcha va h.k.larning rasmi tushirilgan kartochkalar tayyorlaydi. Bolalar kartochkalardan birini tanlaydi va unda tasvirlangan jonivorning tovushiga taqlid qiladilar. Avval tovushni oddiy ohangda, so’ngra u tovushni qandaydir hissiyot bilan - g’azab, quvonch, mayinlik bilan ifodalab beradi, qolgan bolalar esa har bir bola qanday hissiyotni ifodalab berayotganligini to’ishlari kerak bo’ladi. “MEN JUDAYAM ZO’RMAN” o’yini. Maqsad: Bolalarda o’zini-o’zi yuqori bilishga yordam berish. Tarbiyachi bolalarga u aytgan so’zlardan bir necha so’zni takrorlashlarini aytadi. Har safar tarbiyachi so’zlarni turli xil ohangda, yahni ‘ichirlab, qattiq, judayam baland ovozda aytadi. SHu tariqa hamma bolalar birinchi bo’lib "MEN" so’zini, so’ngra "judayam", keyin "zo’rman" deb aytadilar. “Aytganimdek, qotib qol.” o’yini. Maqsad: bolalarda tez qaror qabul qilishni rivojlantirishga yordam berish. Bolalar xona bo’ylab yuradilar. Tarbiyachi ularga shunday deydi: "Hozir men sizlarga biror bir xayvonni nomini aytishim bilan sizlar unga taqlid qilasizlar. "1, 2, 3, qotib qol!" buyrug’ini berishim bilan sizlar harakatlanishdan to’xtab qolasizlar. Masalan: "ayiqchalar qotib qol!". Tarbiyachining buyrug’i bo’yicha bolalar ayiqcha holatida qotib qoladilar. Kichik guruhdagi bolalar uchun tarbiyachi holatlarni ko’rsatib beradi, kattalari esa o’zlari mustaqil o’ylab to’adilar. Katta va tayyorlov guruh bolalari nafaqat hayvonlarni balki boshqa narsa va xodisalarni ham ko’rsatishi mumkin. Savol va to’shiriqlar: 1.Bolalar shaxsan gapirgan va bajarganlarini necha foiz o’zlashtiradi? 2.“Interfaol” so’zining mahnosini ayting? 3. Qaysi usulda kichik guruhlarda birdaniga bir nechta masalani muxokama qilish imkonini beradi? 4."Ayiqchalar qotib qol!" tarbiyachining buyrug’i bo’yicha bolalar ayiqcha holatida qotib qoladilar. Bu buyruq qanday metodga tegishli? Nazorat uchun test nazorati 1. Pedagogik texnologiyaning qanday darajalari mavjud? A.Umumpedagogik, umumdidaktik daraja. B.Xususiy metodik daraja. C.Lokal yoki modulli daraja. D.A,B,C javoblar to’g’ri. 2. Pedagogik jarayon aspektlarini ko’rsating A.Nazariya, harakatli jarayon, amaliy jarayon. B.Texnologiya, loyiha tayyorlash, algoritm. C.Kompyuter, internet, videoaloqa. D.Texnologik xarita, nazariya. 3. Pedagogik texnologiya tarkibiga nimalar kiradi? A.Ta’limning mazmuni, maqsadi, konseptual asos. O’quv materialini o’zlashtirish sohasidagi o’qituBchining boshqaruv faoliyati. B.Ta’lim jarayonini tashkil etish, o’quBchilarning o’quv faoliyati shakllari va metodlari. C.O’qituvchi ishining metod va shakllari, ta’lim jarayoni diagnostikasi. D.Hamma javoblar to’g’ri. 4. Pedagogik texnologiya mezonlarini belgilang. A.Konseptuallik, tizimlilik. B.Samaradorlik qo’llanuvchanlik. C.Rejalilik, tizimlilik. D.A va B javoblar to’g’ri. 1 A 2 B 3 C Tayanch so’zlar: interfaol, metod, usul, o’yin, ‘edagogik texnologiya. 4 C Foydalaniladigan adabiyotlar: 1.J.G’.Yo’ldoshev, S.A.Usmonov. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish. «Fan va texnologiyalar Markazining bosmaxonasi». Toshkent – 2008. 130 bet. 2.N.N.Azizxo’jaeva Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. “O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi” nashriyoti.Toshkent-2006. 159 bet. 6470 betlar. 3.R.J.Ishmuxamedov Ta’limda innovatsion texnologiyalar. T., Istedod, 2008.-180 bet. 4.Pedagoglarning interfaol usullar yordamida tahlim berishi. 5. “Psixologik o’yinlar.” Toshkent 2009y. 6. “Rebyonok v detskom sadu” jurnali. 2003 yil. Mavzu: Bolaga mo’ljallangan ta’lim.Interfaol strategiyalar. (4 soat amaliy mashg’ulot) Reja: 1. Bolaga yo’naltirilgan ta’lim Bolaning ehtiyojlari va xohishlari. 2. Bolaga mo’ljallangan dastur falsafasi bilan tanishtirish 3. Dasturni ta’lim jarayoniga qo’llash orqali sifat samaradorligini oshirish 4. Bolaga yo’naltirilgan ta’limda nazorat Dars loyihasini ishlab chiqish (darsning texnologik xaritasi) Dars mazmuni Dars loyihasini ishlab chiqish (darsning texnologik xaritasi) Mavzu Darsning maqsadi va vazifalari Bolaga mo’ljallangan ta’lim. Interfaol strategiyalar. Bola shaxsiga yo’naltirilgan ta’limda maktabg ta’lim muassasasi muhitida bolalarning kognitiv (aqliy), nu muloqotchanlik, ijtimoiy-hissiy hamda jismoniy m rivojlanishiga sharoit yaratilishini ta’minlash juda muhi Bolaning rivojlanishiga sharoit nafaqat guruh xonalarida, muassasa hovlisida, yo’laklarida, o’yin maydonchalarida yaratilgan bo’lishi shart. Maktabgacha yoshdagi bolalar foliyati rang-barangdir. Ular hammadan ko’proq o’yinni yoqtiradilar. Chunki o’yin maktabgacha yoshdagi bolalar uchun asosiy va eng sevimli mashg’ulotdir. O’yin – bolalarning o’zaro munosabati yo’lga solidi, his-tuyg’usini rivojlantiradi, erkini mustahkamlaydi. Mashg’ulot turi: ma’ruza,amaliy. Metod: interfaol, bahs-munozara, kichik mahruza, . Shakli: kichik guruhlarda ishlash. Jihoz:jadval, markerlar, vatman qog’ozi, qo’shimcha adabiyotlar, manbalar, Usul: og’zaki, yozma. Baholash: rag’bat. Mashg’ulot jami 160 daqiqa. Tashkiliy qism – 5 daqiqa. bosqichlari Yangi mavzuga doir ishtirokchilar bilimini aniqlash – 10 daqiqa. va Yangi mavzu rejasi va bayoni – 100 daqiqa. mashg’ulot Mashg’ulotni mustahkamlash – 40 daqiqa. qismlari uchun vaqt Mashg’ulotga yakun yasash – 5 daqiqa. Keyingi o’tiladigan mashg’ulot mavzusiga tayyorlanish, mavzuga taqsimoti doir adabiyotlar bilan tanishish. O’quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi Uyga vazifa: Kutiladigan natijalar O’qituvchi Tinglovchi Yangi amaliy bilimlar beradi. Dars jarayonini maqsadli va oqilona boshqaradi. Tinglovchilarga bugungi o’tiladigan yangi mavzu to’g’risida tushuncha beradi. gurux xonasida rivojlantiruvchi muhit yaratish, haqida tushuncha beradi. Mavzu qisqa vaqt ichida tinglovchilar tomondan o’zlashtirilishiga erishiladi. Qisqa vaqt ichida ko’’ mahlumot to’’lashga yo’naltiradi. Tinglovchilar faolligini oshirish usullaridan foydalanadi Tinglovchilar tomonidan tarqatma materiallar asosida yozma, og’zaki axborotlarni mustaqil o’rganish, uni xotirada saqlash, boshqalarga yetkazishni o’rgatadi Yangi amaliy bilimga ega bo’lishadi. Ushbu mavzu asosida bilim va ko’nikmalarini shakllantirishadi va kengaytirishadi. Tinglovchilarni gurux xonasida rivojlantiruvchi muhit yaratish bo’yicha qiziqishlarini oshirib boradi Mavzuga oid tarqatilgan materiallarni tinglovchilar tomonidan yakka va guruh holatida o’zlashtirib olishlariga sharoit yaratish Bahs-munozara orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o’zlashtirilgaligini nazorat qilish. Matn ustida ishlash orqali yangi bilimlar o’zlashtiriladi. Olingan bilimlarni tizimli bayon etadi. Mustahkamlaydi va o’z o’zini baholaydi hamda o’zgalar faoliyatini tahlil qiladi. Yakka tartibda va kichik guruhda ishlash ko’nikmasi hosil bo’ladi. Tinglovchilar interfaol mashg’ulotlarni tashkillay oladilar. Kelgusidagi rejalar O’z ustida ishlash. Mavzuni hayot bilan Matn bilan mustaqil bog’lash. pedagogik mahoratni oshirish. ishlashni o’rganadi. O’z Interfaol metodlarni takomillashtirish. fikrini ravon bayon qiladi. Mavzu asosida qo’shimcha materiallar to’adi, ularni o’rganadi. Guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini hosil qiladi. Zamonaviy ta’lim jarayoni 2 xil yondashuvga 1.Tarbiyachilarga yo’naltirilgan ta’lim ko’proq 2. Bolaga yo’naltirilgan ta’lim –ko’proq o’rganishga qaratiladi. asoslanishi o’qitishga mumkin: qaratiladi. Ta’limdagi ikki yondashuvning farqli jihatlari Tarbiyachiga yo’naltirilgan ta’lim tartiblari Tarbiyachi o’qitayotgan narsa (bilim)ga diqqatni qaratadi Boshqaruv va tartibga diqqatni qaratadi Bolaga yo’naltirilgan ta’lim tartiblari Bolaning ehtiyoji, qiziqishi va individuallashuviga diqqat qaratiladi Bolaning tanlovi, mustaqilligi va ijobiy munosabatlari e’tiborga olinadi O’qitayotganda tarbiyalanuvchilarning xulqiga diqqatni qaratadi O’rganish tarbiyachidan bolaga “beriladi” O’rganish jarayonida ishtiroki ta’minlanadi bolaning faol O’rganish bola tomonidan amalga oshiriladi va tarbiyachi tomonidan ko’mak beriladi Interfaol strategiyalar ning ikkita muhum maqsadi bor: - Ta’lim olishda bolaning faol o’rni - Bolaning kattalar va tengdoshlari bilan muloqot o’rnatishi Inter faol strategiyalarga quyidagilar kiradi. Turli mashg’ulotlarni uyushtirganda bolalarni kichik guruhlarga bo’lish (muhitni bolalarni kichik guruhlarda birga ishlay oladigon qilib moslang) Bolalar o’rtasida hamkorlikni talab qiladigon mashg’ulotlardan foydalanish (biron narsani qurish) Doira shaklida o’tirib faktlar hodisalar bilan o’rtoqlashish Biror masalada fikr almashishlaridan oldin vaqt va imkoniyat berish Bir biridan o’rganish (vazifani bajarayotganda bolalar bir birlariga yordam berishlariga yo’l qo’yib berina) Muammoli vaziyatlarga birgalikda yechim izlash Bolalar bilan mavzuga doir loyihalar ishlab chiqish O’yin texnologiyalari O’yin, mehnat va o’qish inson faoliyatining asosiy turlaridir. O’yin ijtimoiy tajribaning qayta yaratish va o’zlashtirishga qaratilgan faoliyat turi bo’lib u orqali insonning o’z o’zini boshqarish ko’nikmalari rivojlanadi. O’yin shunday faoliyatki, uning natijasigina emas balki jarayonning o’zi ham insonga zavq bag’ishlaydi. O’yin faoliyati ijod uchun imkon beradi, his-tuyg’ularni kuchaytiradi. Quyidagi o’yinli texnologiyalar maqsadlari keltirilgan. O’yinli texnologiyalar maqsadlari 1. Didaktik: dunyo qarashni kengaytirish, bilish faoliyati bilimlarni amaliyotda qo’llash, ma’lum ko’nikma va malakalarni shakllantirish 2. Tarbiyaviy: ta’lim oluvchiga mustaqillikni irodani tarbiyalash: ma’lum munosabot axloqiy-estetik yo’nalishlarni shakllantirish: hamkorlik jamoa bilan birlashtirish tuyg’ularini tarbiyalash 3. Rivojlantiruvchi: diqqat, xotira, nutq tafakkur, taqqoslash ko’nikmalari, empatiya, refleksiya, optimal yechimlar izlab toppish ko’nikmalari, o’quv faoliyatiga nisbatan motivatsiyani rivojlantirish. 4. Ijtimoiylashtiruvchi: ta’lim oluvchilar ongiga jamiyatda qabul qilingan axloqiy me’yorlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni sindirish, muhitga moslashish, o’zo’zini boshqarish, muloqotga o’rnatish, psixoterapiya. O’yinli texnologiyalarning ba’zi konseptual asoslari 1. O’yinli texnologiyalarning psixologik mexanizmi shaxsning o’z-o’zini namoyish qilish, jamoada o’z o’rnini egallash, o’z-o’zini boshqarihga bo’lgan ehtiyojga asoslanadi. 2. O’yin hayot maktabi va rivojlantirish amaliyotidir. 3. O’yinga kirishishga insonning yosh xususiyatlari ta’sir ko’rsatadi. Mashg’ulot jarayonida o’yin ta;lim oluvchilarni o’quv jarayoniga undovchi vosita vazifasini bajaradi. Bunda: - Ta’lim maqsadi o’yin sharti sifatida qo’yiladi, - O’quv faoliyati o’yin qoidalariga bo’ysunadi. - O’quv materiallari o’yin orqali taqdim etiladi. - Bellashuv elementlari olib kiriladi. - Didaktik masalaning yechilishi o’yin natijasi bilan bog’lanadi. O’yinlar qoidasi “qat’iy” yoki “ qat’iy bo’lmagan” oldindan qabul qilingan yoki o’yin davomidan tuziladigan bo’lishi mumkin Shakllari bo’yicha o’yinlarni quyidagi turlarga ajratidh mumkin. - Bayramga asoslangan o’yin. - Folklorga asoslangan o’yin. - Teatr o’yinlari. - O’yinli mashqlar . - O’yin so’rovnomalar, testlar, savollar. - Intermadiyalar. - Bellashuv. - Syurpriz. - Karnaval. - Kim oshdi savdosi (auksion) va boshqalar. O’yin strukturalari quyidagi bosqichlaridan iborat: - Maqsad qo’yish. - Rejalashtirish. - Maqsadni amalga oshirish. - Natijalar tahlili. Mavzu: bu bolalar o’ynayaptilarmi? 4 yoshli bolalar guruhi, 6 ta bola yarim doira shaklida stullarga o’tkazilgan va oldilariga tarbiyachi o’tiribdi. Orqada harflar yozilgan rangli g’ishtlar qo’yilgan stul turibdi. Tarbiyachi bolalarni birma-bir stul yoniga chaqirib, ulrdan shu g’isht orqali soda so’zlar tuzishni so’raydi, va yaxshilab ko’rsatib, ulardan qaytadan bajarishlarini muloyim oxangda so’raydi. Bolalar uddalashlari bilan ularni maqtab joylariga o’tkazadi. Bolalar tarbiyachidan mamnunlar Mavzu: bu bolalar o’ynayaptilarmi? 4 yoshli bolalar guruhi badiiy adabiyot burchgida bir qiz va bola birga o’yiribdi. Umda rasmlar kam, matnlar ko’p joyni egallagan. Bola kitobni o’qiyotgandek tahlil qiladi. Qiz unga kitobni teskari ushlaganini aytib, kitobni to’g’rilaydi. Bola hammaga ma’lum ertakni “o’qiydi” ammo qizcha uning xatosini aytib, o’zi uni to’g’rilab o’qiydi. Boshqa bola xonaga kirib kelib ularni tinglaydi. Bola yangi kelgan bolaga rasmlarni ko’rsatadi va varaqlab qizcha to’xtagan joyidan boshlab “o’qiydi”. Bola diqqatini ularni eshitishga qaratadi v a ular bilan ikkita ertakni tugatgunlaricha 15 daqiqa o’tiradi. Mavzu: bu bolalar o’ynayaptilarmi? Keng sahna, musiqa yangrab turibdi, 20 nafarcha 4 yoshli bola ota-onalariga o’yin ko’rsatish uchun yig’ilishgan. Bolalar ota-onalar jamoasi tomonidan taqdim etilgan chiroyli kiyimlar kiyib olishgan. Har bir bolaning o’z roli bor: fermer fermerning xotini, sholg’om, qo’shni, sigir, ot, it, mushuk, va sichqon. Boshqa bolalar bog; mevalari va sabzovotlar bo’lib kiyinishgan, musiqa tarbiyachi pionino yonida o’tirib, musiqa chaladi. Musiqa bolalar xatti-harakatlariga qarab chalinadi. Bola so’zlarni sedan chiqarsa masiqa tarbiyachisi sekin unga aytib turadi. Bola ularni qaytarishga uyalib ketadi va biroz pauzadan keyin sahna davom etadi. Ko’plab bolalar o’yinga kirishib ketishgan bo’lsa-da, gul va karam o’zlarinig raqslarini boshlaydi. Shunda musiqa tarbiyachisi ularni o’z ro’llariga qaytaradi. Karam borib uy yoniga o’tadi. Mavzu: Bu bolalar o’ynayaptilarmi? 4 yoshli bolalar bilan to’la guruh xonasi, tarbiyachi xonaga katta bo’sh karton quti olib keladi va pazandachilik burchagiga qo’yadi. U yerda ikkita qiz va ikkita bola o’ynaydi. Tarbiyachi xozirgina bolalarga kata sholg;om haqaida ertak aytib bergandi. Song bolalarga birin ketin ro’l tanlashadi, kimdir fermer, boshqasi sholg’omdir. Fermer kata qutini o’z uyi deb faraz qiladi. Hammalari quti ichiga lirib olishgach, tarbiyachini chaqirib, ular nimalar qilishganini aytib berishadi. O’yinning kuchi O’yin faoliyati bola hayotining asosiy mazmunini tashkil etadi, u mehnat va ta’lim bilan uzviy aloqada bo’lgan holda yetakchi foliyat sifatida namoyon bo’ladi. Tadqiqotchilar o’yinning ahamiyati, qadri, uning shartliligi xamda, ijtimoiy xulqni shakllantirishda, shaxsning jamiyatdagi o’z o’rnini belgilab olishi, uning muomala chog’idagi xattiharakatlarini aniqlab olishi hamda miyaning keying o’rganiladigon mavzuga tayyorlanishida juda kata ahamiyatga ega ekanligi takidlaydilar. Tug’ilganidan boshlab yoshgacha bo’lgan darda, yani bolaning aqliy qobilyatlari jadal rivojlanayotgan davrda o’yin juda muhim ekanligini alohida uqtiradilar O’yin-inson o’zligini namoyon qilishi uning takomillashuvi, usulidir. U maktabgacha yoshdagi bolalar hayotining asosini tashkil qiladi. O’yinda shaxsdagi mavjud barcha jihatlar ishga tushadi. Bola harakat qiladi, gapiradi, o’ylaydi, o’yin davrida bolaning xayoli, xotirasi faol ishlaydi, ta`sirchanlik va iroda sifatlari namoyon bo’ladi. O’yin bolalikning hamrohi. O’yin muhimdir. Bolaga yo’naltirilganmaktabgacha ta’lim muassasasi. Joan Moyer, 1999. Akademik muvaffiqiyatga erishish uchun qilinayotgan siquv va bugungi bolalarning o’yinga bo’lgan ehtiyoji ortib ketdi. Degan ikkita xato tushuncha maktabgacha ta’lim muassasalarida “boshlang’ich ko’nikmalar”ga qat’iy urg’u berilishiga sabab bo’ldi. Ilk davrlardagi rivojlanishining asosiy manbai o’yin xisoblanadi bolaning mukammal rivojlanishi o’yin orqali amalga oshiriladi. O’yin bolaning ilm o’rganish jarayonida, ayniqsa intelektual o’sishida bugungi kunda eng muhim vositachi qolmoqda, ayniqsa maktabgacha ta’lim muassasalarida. Buning ustiga eng so’ngi ilmiy tekshuruvlar o’yin orqali o’rganilmagan bilim tez yoddan ko’tarilgani tasdiqlaydi. O’yin nafaqat materiallar va jihozlardan foydalanishdan tashkil topgan balki sovodxonlik va fikrlar xilma-xilligini shakllantirishda foydalaniladigon so’zlar va fikrlardan iborat. Bundan tashqari o’yin muommo yechishko’nikmasini shakllantirishga undab ijodkorligini rivojlantiradi. Ijtimoiy va hissiy rivojlanishlar ham o’yin orqali amalga oshiriladi, o’yin umumiy rivojlanishni ta’minlaydi, faollashtiradi. Lawrence Frankning (1964) fikrlari bugundi kungacha o’z axamiyatini yo’qotmagan: “bolami mustaqillik bilan tanishtirishga undaydigon, mustaqil o’rganishga yo’naltiradigon va dunyoni faol kashf qilishga chorlaydigon o’yin konsepsiyasi bolaning umumiy rivojlanishini kafolatlaydi… bu ta’lim tizimining qadriyatlarimizni va shaxsning mukammal rivojlanishga qo’ahmoqchi bo’lgan g’ayratimizning tarjimasidir.”(73-bet) Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilari soha mutaxassislarining quyidagi gaplariga qo’shilyaptilar: bolaga yo’naltirilgan mashg’ulotlar, bolaning har tomonlama yani to’rtta kategoriyasining hammasini qamrab olishi zarur. Bola shaxsini rivojlantirishda didaktik o’yinlarning ahamiyati Maktabgacha yoshdagi bolalar foliyati rang-barangdir. Ular hammadan ko’proq o’yinni yoqtiradilar. Chunki o’yin maktabgacha yoshdagi bolalar uchun asosiy va eng sevimli mashg’ulotdir. O’yin – bolalarning o’zaro munosabati yo’lga solidi, his-tuyg’usini rivojlantiradi, erkini mustahkamlaydi. Shuning uchun ta’lim tarbiya berish jarayoniga o’yin elementlarining muaommoli holatlarining kiritilish va darslarni jonlantiradi Didaktik o’yinlar ta’limiy xarakterga ega bo’lib bolalar bilimining mustahkamlanishiga va kengayishiga ularning umumiylashtirishiga tizimga solishga yordam beradi. Ta’lim va tarbiya berish jarayonida har xil didaktik o’yinlardan: og’zaki, stol ustida xarakatli, ijodiy xayolan sayohat o’yin viktorinada foydalanish muaommoli xolatlar chiqarish, yechimini toppish, natijaga erishish, mashg’ulot samorodorligini oshiradi Didaktiv o’yinlarning xususiyatlari shundaki, ta’limga a’loqador masalalar mashg’ulot jarayonida o’yin asosida uning qoidalariga muvoffiq tarzda olib boriladi, bola o’ynar ekan u nimanidir o’rganishi haqida o’ylab o’tirmaydi. Lekin o’yin jarayonida nimanidir o’rganadi. Didaktiv o’yin mazmuni ta’limni muhim qismi sifatida kiritilgan bo’ladi. Didaktik o’yin bolalarning aqliy qobilyatini o’stiradi. Bola o’yin jarayonida faollashadi. O’yin vazifalari diqqatni jamlashni, o’yin mazmunini anglashni talab qiladi. O’yin bolani talim tarbiya olishga zarur ko’nikmalar hosil qilishga undaydi. Didaktik o’yinlarni bolalarning ma’naviy va axloqiy kamolotiga ularning mukammal inson bo’lib kamol topishida tarbiyaviy ta’sir qudratiga ega. O’yin timsolida bolalar jamoa bo’lib yashashga uyushqoqlikkka birgalikda ijod qilishga, ishlashga va mustaqillikka o’rganadilar. Didaktik o’yinlar bolalarning aqliy faoliyatini ongini o’stirishga ularning fikrlash tashabbuskorligini oshirishga xizmat qiladi. Bolalarning his-tuyg’ularini shakllantirishga ayniqsa, ularning sezgi a’zolarini (sezish, ko’rish, tinglash, va boshqalar) faoliyatini oshirishga yordam beradi. Uning idroki zehni xotirasi, irodakisini mustahkamlab boradi. Diqqati va topqirligi oshib boradi, olgan bilimlarining o’z faoliyatida mehnat o’yin jarayonida sinab ko’rish ishtiyoqi paydo bo’ladi. Didaktik o’yinlardan asosan bolalarning aqliy faoliyatini rivojlantirihga ta’sir etuvchi vosita foydalanish bilan bir qatorda nutq o’stirish, atrof-muhit bilan tanishtirish, hisoblash ko’nikmalarini hosil qilish. Ekologik va estetik tarbiyani amalga oshirishda keng qo’llaniladi. Bolalar bilan o’tkaziladigon har bir didaktik o’yin ularda aniq bilimga narsa va buyumlarga qiziqish uyg’otish bolalar diqqatini jalb qila olishi mumkin. Bolalar oldiga qo’yilgan bolalar tushunchasiga mos bo’lmasa, ularni qiynab qo’ysa, u vaqtda o’yin o’z qiymatini yo’qotadi. Bolalar qiziqmagach vazifa bajarilmaydi, maqsadga erishilmaydi. Didaktik o’yinda bevosita takrorlash metodlaridan foydalanish lozim. Bundan maqsad ayrim muammolarni hal qilishdir, ya’ni mashg’ulotlarda faol qatnashgan bolalar bilan sust, loqayd bolalarni ham o’yinga jalb qilib olingan bilim va ko’nikmalarni takomillashtirishdan iboratdir. Ta’limning o’yin jarayonini ayniqsa, ochiq havoda amalga oshirish bolalarda kuzatuvchanlik va ijodgarlikni rivojlantirib va ularni ranglarni, shakllantirib, katakichikligini, hidni, ta’mni, aniqlashda qobilyatini taraqqiy ettirishga o’rgata boradi. Jisminoy mashqlar o’tkazish chog’ida ham turli she’riy yoki topishmoqli o’yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bolalarda mustaqil bajarish malakaviy ko’nikmalarini hosil qilish ularning zehnini ostirish, tez hisoblash ko’nikmalarini rivojlantirish ijodiy fikr maxsulini o’stirish qiziqishlarini oshirish maqsadida mashg’ulotlarni zamonaviy usullarda foydalanib o’tish davr talabidir. Mavzuli nutq o’stirish, atrof-olam bilan tanishtirish mehnat mashg’ulotlarida sahnalashtirish “o’yin musobaqalar” “teatrlashtirish” “Sayohat” “Konsert” mashg’ulotlaridan foydalanish samarali natija beradi. Shunday qilib, - O’yin bolalarning mustaqil faoliyati bo’lib unda bolaning ruhiyati namoyon bo’ladi. - O’yin maktabgacha yoshdagi bolalar hayotini tashkil etish shaklidir. - O’yin bolalarning har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir - O’yin bolalarga ta’lim tarbiya berishning metod usulidir. Bolalar uyini o’zining mazmuni xususiyati va tashkiliy jihatlariga egadir. O’yin bolalarning jismoniy jihatdan tarbiyalashda maktabgacha talim muassasasi ishida katta o’rin egallaydi. O’yinda yosh organizmga xos bo’lgan talab va ehtiyojlar qondiriladi. Hayotiy faollik ortadi birdamlik, tetiklik, quvnoqlik tarbiyalanadi. Shuning uchun ham bolalarni jismoniy tarbiyalashda o’yin munosib o’rin egallaydi. Bolaga yo’naltirilgan ta’limda rivojlantiruvchi muhitning ahamiyati Muhit MTMda bolani o’rab turgan, uning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadigan hamma narsalarni, shu jumladan, binolarning rejalashtirilishi va o’lchamlari, hovlidagi o’yin maydonchasi, guruhdagi mebel, materiallar, jihozlar, o’yinchoqlarni o’z ichiga oladi. Bola shaxsiga yo’naltirilgan ta’limda maktabgacha ta’lim muassasasi muhitida bolalarning kognitiv (aqliy), nutq va muloqotchanlik, ijtimoiy-hissiy hamda jismoniy motor rivojlanishiga sharoit yaratilishini ta’minlash juda muhimdir. Bolaning rivojlanishiga sharoit nafaqat guruh xonalarida, balki muassasa hovlisida, yo’laklarida, o’yin maydonchalarida ham yaratilgan bo’lishi shart. Xona va bino – bu bolaning rivojlanishi uchun muhim bo’lgan ichki omillardir, o’yin maydonchalari, muassasaning atrofi esa tashqi omillar bo’lib xizmat qiladi. Bola shaxsini rivojlantirishga yo’naltirilgan o’quv muhiti ta’lim-tarbiya jarayonida bolaning yoshi, psixologik, fiziologik xususiyatlarini to’liq hisobga olgan holda eng qulay shart-sharoitlarni ta’minlashga xizmat qiladi. Rivojlantiruvchi muhitda o’yin markazlari Guruhdagi barcha materiallar va jihozlar sohalar bo’yicha tartibga solinishi lozim. Bu bolalar o’yinlari va ishlarining yanada qulay uyushtirilishiga yordam beradi. Bu sohalar o’yin markazlari deb nomlanadi. Har bir guruhda quyidagi markazlar bo’lishi maqsadga muvofiqdir: Санъат Қурилиш Пазандалик Саҳналаш тириш Очиқ майдонча Адабиёт Табиатшу нослик Қум ва сув Математика /манипулятив ўйинлар Мусиқа Bolaga yo’naltirilgan muhitning talablari Bolaning sog’ligini qo’llab-quvvatlashga mos: yorug’likning yetarli bo’lishi, toza havo, toza joy va issiq xona Bolani noo’rin hodisalardan xavfsiz saqlaydigan joy Harakat, tajriba va kashf qilishga rag’bat ko’rsatish, ya’ni MTM hududining barcha joylarida bunga imkon bo’lsin. Masalan: o’yin maydonchasida suv va qum bilan tajribalar o’tkazish, koridorda turli o’simliklarning o’sishini kuzatish, Guruhdagi barcha jihoz va qo’llanmalar bolaning bo’yi yetadigan darajada bo’lishi va bola ulardan bemalol foydalana oladigan bo’lishi kerak, Bolalar o’rtasida hamkorlik va muloqotga rag’bat bildirish (kichik guruhlarga bo’linib va juft bo’lib ishlashlari, o’yinlar o’ynashlariga sharoit yaratilgan bo’lishi kerak), Tegishlilik hissi, xavfsizlik va erkinlik hissi, Turli madaniyatlar mavjudligini his qildirish, Xonani bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydigan qismlarga bo’ling va u yerda: o’yinchoqlar, konstruktsiyalar, belgilar, raqamlar, so’zlar va x.k. bo’lsin. Mebel bolaning jismoniy holatiga va erkin harakatlana olishiga to’siq bo’lmaydigan qilib joylashtirilgan bo’lsin, bola o’ziga tegishli mebelni bemalol harakatlantira olsin, nogironlarga mos mebel ham bo’lishi kerak. Tarbiyachi va bolalarga ham qulay bo’lishi Bolaning idrok etish qobiliyatini rivojlantiruvchi va ijod qilishga undovchi turli shakl va rangdagi materiallar bilan ta’minlash Iloji boricha juda ko’p narsalarni bitta joyga ilib qo’ymaslik, bu bolaning jismlarni ajratib olishiga halaqit beradi Bolaga erkin tanlash imkoniyatini berish va mustaqil qaror qabul qilishga undash O’z tengdoshlari bilan munosabatga kirishishiga yordam berish Kundalik qilinadigan ishlarni biror jadvalda bola ko’ra oladigan va tushunadigan holatda ilib qo’yish. Buni so’zlar hamda simvollar bilan tasvirlash. Ota-onalar va maktabgacha ta’lim muassasasi o’rtasida iliq munosabatni shakllantiruvchi muloqotni o’rnatishga imkon beruvchi muhitni yaratish. Bolalarning, oilasining fotosuratlarini ilib qo’yish, bolalar va onalar birga shug’ullanishlari uchun xona ajratish va h. Xrestomatiya Muhitni baholash: nimadan boshlash kerak? Atrofga qarang. Bizning jamiyatda bolalar o’yinga o’z xohishlari bilan kirishmoqdalarmi? Ular ko’chada va bozorlarda o’ynaydilarmi? Ular ko’chada o’ynashni yoqtiradilarmi yoki bino ichidami? Biz bir ish boshlashni qaror qilishimizdan avval muhitning o’zini baholab olishimiz kerak. Ota onalar, vasiylar va pedagoglar quyidagi savollarni ko’rib chiqishlari lozim: Mening farzandim (bola) jamoa bo’lib o’ynaydimi? O’ynasa, qanday (faol, passiv va h.k. . )? Uning faol o’yinini men rag’batlantiramanmi yoki qarshilik ko’rsatamanmi? Men bolalarni (farzandimni) kerakli o’yin materiallari bilan ta’minlaymanmi? Uy yoki maktabgacha ta’lim muassasasi bola o’yini uchun bexatar joy hisoblanadimi? Kun davomida bolalar o’ynashi uchun joy yetarlimi? Ota onalar (pedagoglar) o’yin materiallari va zaxiralari bilan qiziqadilarmi? Bolaning o’yindagi o’sishini men baholaymanmi? Shu tariqa jamiyatning zaxiralarini ham baholash lozim, masalan : ko’cha va binolarda o’yin muhitining majudligini. Hayotiy zarur qobiliyatlar: • O’zgarishlarni qabul qilish va amalga oshirish; • Tanqidiy fikrlash; • Tanlashni amalga oshirish; • Muammolarni qo’yish va hal etish; • Ijodni, fantaziyani va ixtirochilikni namoyon etish; • Odamlar, jamiyat, mamlakat, atrof-muhit to’g’risida g’amho’rlik qilish. Bu juda muxim! • Har bir bola uchun ta’lim olish sharoitini individuallashtirish; • Tanlash imkoniyatini berish, faollashtiruvchi markazlarni tashkillashtirish; • Oilaning ishtiroki. Dasturning “Uch kiti” • Konstruktivizm-bolalar olamni shaxsan o’zlari tushungan holda konstruktsiya qiladilar yoki ko’radilar; • Ilg’or ta’lim-har bir bola rivojlanishi uchun sharoit yaratish; • Rivojlantirishning o’ziga xosligini hisobga olish-har bir bola noyob va yagonadir; “ Baxtli bolalik” qo’shig’i Bolalarni sevamiz Ularga o’rgatamiz Tanqidiy fikrlashni Muammo hal qilishni Ota va onalarni Ta’limga jalb etamiz Ijodkor, loqayd emas Bola tarbiyalaymiz Dunyoning rivoji bu Zo’r g’oya ixtirodir Bilib qo’y har bir bola Yagona va noyobdir Menga baliq bersangiz, Men bir kun to’q bo’laman Menga baliq tutishni o’rgatsangiz, Men butun umr to’q bo’laman. Xitoy xalq hikmatli so’zi. Bola rivojlanishiga yagona yondashuv Bola to’laqonli shaxs sifatida Butun dunyoda, bolaning rivojlanishiga dominant yondoshuv yagonadir. Bola yaxlitlik sifatida qaraladi, tanasi, aqli, hissiyoti va ijodkorligini inobatga olgan xolda. Shu bilan birga shaxsiy tarixi va ijtimoiy kelib chiqishi ham1. Bu rivojlanish nazariyasi dunyoning barcha davlatlarida turli ilmiy ishlarda ko’rib chiqilgan. Ilmiy tadqiqotlar bolaning rivojlanishi va ovqatlanishidagi sifat, e’tibor berish, va albatta, o’qitish orasida bog’liqlik borligini ko’rsatdi. Aniq qilib aytadigan bo’lsak, 0-6/7 yosh bolalar orasidagi rivojlanishda, muhim narsalar bu: Jismoniy, aqliy, ijtimoiy, hissiy va ruhiy baholash yoshi kattaroq bolalardan kattalarning rivojlanish fazasi turlicha bo’ladi va o’zining ritmi, bosqichlari va ko’rsatmalari bilan farq qiladi. Zamonaviy jamiyatlarda, bolaning jismoniy, aqliy, bilishi(idrok etishi) va ijtimoiy hissiy ko’nikmalari progressiv transformatsiyalar bilan bog’liq. Transformatsiyaga qobiliyatlarning rivojlanishi, qanchalik rivojlanganligi, muloqot, o’ynash va o’rganish kiradi. Bu davr bola ota-onasi, aka-ukasi, tengdoshlari bilan muloqotga eng muhtoj davr hisoblanadi; Moss, P., Petrie, P. (2002), From Children’s Services to Children’s Spaces: public provision, children and childhood. London: Routledge Falmer. 1 Bolaning rivojlanishi juda hissiyotli bo’ladi, shuning uchun ovqatlantirishda ota-onaning mehri kam bo’lsa, yoki e’tiborsizlikka yo’l qo’yilsa, bolaning rivojlanishiga zarar yetadi Xoh ichkarida bo’lsin, xoh tashqarida bo’lsin, bolaning harakatlanishini cheklab qo’yadigan muhit bo’lmasligi kerak hamda xavfsiz bo’lishi kerak. Minglab tamoyillar haqida gapirishimiz mumkin, lekin aynan bittasi to’g’ri degan tushuncha yo’q, chunki bola yashagan davr, sharoit, oila, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va bir qancha yana hos faktorlar mavjud. Ilk davrlardagi aralashuv bolaning aqliy va jismoniy faoliyatidagi kamchiliklarini bartaraf etadi. Xulosa shundan iboratki, biz, ilm fan, bolaning dastlabki olti yoshi uning keyingi rivojlanishi uchun juda muhim davr ekanligiga qo’shilamiz. Bola rivojlanishiga yagona yondashuv deganda nimani tushunamiz? Bola haqidagi umumiy tushunchada insoniyatning barcha sohalardagi yutug’i va rivojlanishi o’zaro bog’liq. Atrof muhit bilan muloqotga kirib, bola xam shu muhitga aralashganini tushuna boshlaydi. Har bir bolaning atrof muhitni “ishg’ol qilishi” uning murakkab bosqichlarni bosib o’tayotganligini bildiradi. Bunga harakatlar, hissiyotlar va jarayonlar kiradi. Barcha rivojlanish doiralari bir-biriga bog’liq. Ya’ni bitta doiradagi rivojlanish ikkinchi doiraga ta’sir qiladi. Shuning uchun ham har bir doiraga to’g’ridan-to’g’ri va aniq murojaat qilinsa, o’rganish oson va tajriba orttirish oson kechadi. Bola rivojlanishining bosqichlari turli xildir, ya’ni bir bola bir holatda tez rivojlansa, ikkinchisi boshqa bir holatda tez rivojlanadi. Har bir rivojlanish doirasining o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Bir doiradagi maqsadlarga erishib, o’z-o’zidan ikkinchi doiraning maqsadlariga ta’sir qilamiz. Masalan, agar bir jismni bola o’zi mustaqil yeya olsa, unga yordam berib, biz motor ko’nikmalari, ko’z-qo’l muvofiqligi, e’tibor, hissiy ta’sirlar bilan o’zaro munosabatlarga kirishishni (qo’llab-quvvatlash, maqtov, o’ziga ishonch) til va lug’at (taomning nomi, idishlarning nomi) rivojlantiramiz. Xuddi shu tarzda tilni qay darajada o’rganganligi bolaga kattalar va tengdoshlar bilan munosabatga kirishishga yoki kirisha olmasligiga sabab bo’la oladi. Mazkur sohani chuqurroq o’rganishdan asosiy maqsad uni kategoriyalarga bo’lishdir. Aslini olganda esa shuni doimiy ravishda esda tutish lozimki, rivojlanayotgan hamma sohalar o’ta muhim hisoblanib bir-birini o’zaro to’ldirib boradi. Hech qaysi soha mustaqil ravishda rivojlana olmaydi va har bir ko’nikma sodda bo’ladimi yoki murakkabmi, boshqa ko’nikmada o’z ifodasini topadi. Rivojlanish doiralarining o’zaro bog’likligidan tashqari, integratsiya yondoshuvi ham bola rivojlanishiga taalluqi hamma sektorlarni o’zaro bir-biriga bog’lab yuboradi, ular: ta’lim, e’tibor va himoyadir. Bolalarda mayda qo’l motorikasini rivojlantirish Bolalarning mayda qo’l motorikasini rivojlantirish ular tafakkurining kuchli rivojlanishiga zamin tayyorlashi ko’p psixolog va pedagoglar tomonidan ta’kidlab o’tilgan. Masalan, M.I.Koltsova, Ye.I.Isenina, A.V.Antakova-Fomina va boshqalar mayda qo’l motorikasining rivojlanganligi bolalar nutqini shakllanishida ijobiy ta’sir ko’rsatadi deb ta’kidlasalar. P.Losev mayda qo’l motorikasi va barmoqlar harakatini mutanosibligi bolalarni maktabgacha yoshda to’g’ri rivojlanishining eng muhim masalalardan biridir, deb hisoblaydi. N.S.Jukova, Ye.M.Mastyukova, T.B.Filecheva, S.I.Bot va boshqalarning maxsus adabiyotlarida bo’lsa, mayda qo’l motorikasini rivojlantirish yo’llari orqali nutqida nuqsoni bo’lgan bolalarning nutqini to’g’ri shakllantirishga yo’naltirilgan usullar berilgan. Shuningdek, M.Montessorining didaktik materiallari ham, aynan sensorika va motorikani rivojlantirishga qaratilgan hamda eng, avvalo, bolaga uning o’z yoshiga mos motorika va sensorika orqali ruhiy shakllanishiga yordam beradi. Didaktik maqsadlarga qaratilgan motorika umumiy, hissiy, nutqiy va ijtimoiy rivojlanishga ta’sir etadi. Bola rivojlanishiga yagona yondфshuv Bola to’laqonli shaxs sifatida Butun dunyoda, bolaning rivojlanishiga dominant yondoshuv yagonadir. Bola yaxlitlik sifatida qaraladi, tanasi, aqli, hissiyoti va ijodkorligini inobatga olgan holda. Shu bilan birga shaxsiy tarixi va ijtimoiy kelib chiqishi ham2. Bu rivojlanish nazariyasi dunyoning barcha davlatlarida turli ilmiy ishlarda ko’rib chiqilgan. Ilmiy tadqiqotlar bolaning rivojlanishi va ovqatlanishidagi sifat, e’tibor berish, va albatta, o’qitish orasida bog’liqlik borligini ko’rsatdi. Aniq qilib aytadigan bo’lsak, 0-6/7 yosh bolalar orasidagi rivojlanishda, muhim narsalar bu: Jismoniy, aqliy, ijtimoiy, hissiy va ruhiy baholash yoshi kattaroq bolalardan kattalarning rivojlanish fazasi turlicha bo’ladi va o’zining ritmi, bosqichlari va ko’rsatmalari bilan farq qiladi. Zamonaviy jamiyatlarda, bolaning jismoniy, aqliy, bilishi(idrok etishi) va ijtimoiy hissiy ko’nikmalari progressiv transformatsiyalar bilan bog’liq. Transformatsiyaga qobiliyatlarning rivojlanishi, qanchalik rivojlanganligi, muloqot, o’ynash va o’rganish kiradi. Bu davr bola ota-onasi, aka-ukasi, tengdoshlari bilan muloqotga eng muhtoj davr hisoblanadi; Bolaning rivojlanishi juda hissiyotli bo’ladi, shuning uchun ovqatlantirishda ota-onaning mehri kam bo’lsa, yoki e’tiborsizlikka yo’l qo’yilsa, bolaning rivojlanishiga zarar yetadi Xoh ichkarida bo’lsin, xoh tashqarida bo’lsin, bolaning harakatlanishini cheklab qo’yadigan muhit bo’lmasligi kerak hamda xavfsiz bo’lishi kerak. Minglab tamoyillar haqida gapirishimiz mumkin, lekin aynan bittasi to’g’ri degan tushuncha yo’q, chunki bola yashagan davr, sharoit, oila, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va bir qancha yana xos faktorlar mavjud. Moss, P., Petrie, P. (2002), From Children’s Services to Children’s Spaces: public provision, children and childhood. London: Routledge Falmer. 2 Ilk davrlardagi aralashuv bolaning aqliy va jismoniy faoliyatidagi kamchiliklarini bartaraf etadi. Xulosa shundan iboratki, biz, ilm fan, bolaning dastlabki olti yoshi uning keyingi rivojlanishi uchun juda muhim davr ekanligiga qo’shilamiz. Bola rivojlanishiga yagona yondoshuv deganda nimani tushunamiz? Bola haqidagi umumiy tushunchada insoniyatning barcha sohalardagi yutug’i va rivojlanishi o’zaro bog’liq. Atrof muhit bilan muloqotga kirib, bola ham shu muhitga aralashganini tushuna boshlaydi. Har bir bolaning atrof muhitni “ishg’ol qilishi” uning murakkab bosqichlarni bosib o’tayotganligini bildiradi. Bunga harakatlar, hissiyotlar va jarayonlar kiradi. Barcha rivojlanish doiralari bir-biriga bog’liq. Ya’ni bitta doiradagi rivojlanish ikkinchi doiraga ta’sir qiladi. Shuning uchun ham har bir doiraga to’g’ridan-to’g’ri va aniq murojaat qilinsa, o’rganish oson va tajriba orttirish oson kechadi. Bola rivojlanishining bosqichlari turli xildir, ya’ni bir bola bir holatda tez rivojlansa, ikkinchisi boshqa bir holatda tez rivojlanadi. Har bir rivojlanish doirasining o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Bir doiradagi maqsadlarga erishib, o’z-o’zidan ikkinchi doiraning maksadlariga ta’sir qilamiz. Masalan, agar bir jismni bola o’zi mustaqil yeya olsa, unga yordam berib, biz motor ko’nikmalari, ko’z-qo’l muvofiqligi, e’tibor, hissiy ta’sirlar bilan o’zaro munosabatlarga kirishishni (qo’llab-quvvatlash, maqtov, o’ziga ishonch) til va lug’at (taomning nomi, idishlarning nomi) rivojlantiramiz. Xuddi shu tarzda tilni qay darajada o’rganganligi bolaga kattalar va tengdoshlar bilan munosabatga kirishishga yoki kirisha olmasligiga sabab bo’la oladi. Mazkur sohani chuqurroq o’rganishdan asosiy maqsad uni kategoriyalarga bo’lishdir. Aslini olganda esa shuni doimiy ravishda esda tutish lozimki, rivojlanayotgan hamma sohalar o’ta muhim hisoblanib bir-birini o’zaro to’ldirib boradi. Hech qaysi soha mustaqil ravishda rivojlana olmaydi va har bir ko’nikma sodda bo’ladimi yoki murakkabmi, boshqa ko’nikmada o’z ifodasini topadi. Rivojlanish doiralarining o’zaro bog’likligidan tashqari, integratsiya yondoshuvi ham bola rivojlanishiga taa’lluqli hamma sektorlarni o’zaro bir-biriga bog’lab yuboradi, ular: ta’lim, e’tibor va himoyadir. Nazorat uchun savollar: 1.Bola rivojlanishiga yagona yondoshuv deganda nimani tushunamiz? 2. Shaxsning rivojlanishi qanday jarayon? 3. Shaxsning rivojlanishi uchun zarur omillar. 4. Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning o’rni. Tayanch so’zlar: bolaga yo’naltirilgan ta’lim, interfaol, metod, usul, o’yin, pedagogik texnologiya. FOYDALANILGAN MANBALAR 1. Z.A.Raxmonqulova va boshqalar. Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar xodimlarini o’qitish bo’yicha seminar modullari. Toshkent - 2010. 2. N.N.Azizxo’jaeva "Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti. Toshkent-2006. 3. Internet saytlari materiallari. 4.Bolaga yo’naltirilgan ta’lim dasturi.T.2010 y 5.Bolaga yo’naltirilgan ta’lim dasturini tashkil etish.2012 y