Загрузил Зафар Эсанов

1-amaliy

реклама
1-Amaliy
MAVZU: Tezlik, zichlik, atmosfera bosimi, Arximed qonuni, tovush hodisalariga
oid masalalar.
1.1. Xarakatlanayotgan passajir poezdi vagondagi stolda lampa turibdi. Lampa: a)
stolga, b) relslarga, v) vagon poliga, g) telegraf simyog‘ochlariga nisbatan
xarakatlanmoqdami yoki tinch turibdimi?
1.2. Devor soatining yurishini kuzating: a) soat toshi, b) soat va minut strelkalari, v)
soat mayatnigi mexanik xarakatning qaysi turlariga kiradi?
1.3. Ish vaqtida quyidagi asboblarning xarakati qaysi turdagi xarakatga kiradi:
a) randa, b) dastarra, v) egov, g) charx tosh.
1.4. Bir minutda necha sekund bor? Bir sutka necha minut? Bir soat necha sekund?
Bir sutka necha sekund?
1.5. Sekundometr strelkalarining xolatiga qarab yurgizib yuborilgandan boshlab
qancha vaqt o‘tganligini hisoblang. SHu sekundomer bilan vaqtni qanday aniqlikda
o‘lchash mumkin?
1.6. Quyidagi xarakatlarni: a) soat strelkasi uchining siljishini, b) bir joyi keng,
ikkinchi joyi tor bo‘lgan ariq va anhordagi suv oqimini, v) stansiyaga yaqinlashib
kelayotgan poezd xarakatini, g) metropoliten eskalatorida chiqish va tushishni tekis
xarakat desa bo‘ladimi?
1.7. Jism 10 sekundda tekis xarakat qilib 600 m yo‘l bosib o‘tgan bo‘lsa, uning tezligi
qancha bo‘lishini hisoblang.
1.8. Tosh yo‘lning bosh uchastkasiga bu uchastkada avtotransportning eng katta
tezligi 30
км
dan ortmasligi kerakligini bildiruvchi belgi qo‘yilgan. SHofyor shu
соат
uchastkaning 1,8 km masofasini 4 minutda tekis xarakat bilan o‘tgan bo‘lsa, u
ko‘cha xarakati qoidasini buzganmi?
1.9. Bo‘ron vaqtida shamolning xarakati tezligi 30
90
м
ga etadi. SHamol yo‘nalishida
сек
км
tezlik bilan ketayotgan mototsiklchi ro‘paradan shamol ta’sirini sezadimi?
соат
1.10. Passajir poezdi Toshkent – YAngiyo‘l orasidagi 30 km masofani 26 minutda
bosib o‘tgan. Poezdning o‘rtacha tezligini
км
hisobida aniqlang.
соат
1.11. TU–104 reaktiv passajir samalyoti 1957 yil 27 oktyabrda Moskvadan
Petropavlovsk–Kamchatkagacha bo‘lgan 9000 km masofani 10 soat–u 20 minutda
uchib, dunyoda eng uzun ichki avialiniyani ochdi. Samolyotning ´rtacha tezligini
ani³lang
1.12. 2388
км
м
tezlikni
ga aylantiring.
сек
соат
1
1.13. Avtomobil Toshkentdan Toshkent dengizigacha borishda birinchi 30 km yo‘lni
15
м
o‘rtacha tezlikda bosib o‘tgan. Qolgan 18 km yo‘lni esa 0,5 soatda bosib
сек
o‘tgan. Avtomobilning butun yo‘l davomidagi o‘rtacha tezligini aniqlang.
1.14. Er Quyosh atrofida 30
км
o‘rtacha tezlik bilan xarakatlanadi. Er o‘z orbitasi
сек
bo‘ylab bir soatda taxminan qancha masofani bosib o‘tadi?
1.15. 1 kg massali jismning og‘irligi ekvatorda qancha keladi? 450 geografik kenglikda
– chi? Qutbda – chi?
1.16. 1 g vodoroda 3000000000000000000000000000 (31028) molekula bor. Vodorod
molekulasi massasini aniqlang.
1.17. Hajmlari teng bo‘lgan ikkita jismdan birining massasi ikkinchisinikidan 4 marta
katta. Bu jismlardan qaysi birining zichligi katta va necha marta katta?
1.18. Temir va alyuminiy sterjenlarning massalari va ko‘ndalang kesim yuzalari bir xil.
Sterjenlardan qaysi biri uzun va necha marta uzun?
1.19. Qirralari 1 m bo‘lgan qo‘rg‘oshin kubning massasi 11,3 t, qo‘rg‘oshinning
zichligi qancha ekan?
1.20. Massasi 461,5 g, hajmi 65 sm3 bo‘lgan bir bo‘lak metall qirqib olindi. Bu
metalning zichligini aniqlang. Bu qanday metall ekan?
1.21. Ichi bo‘sh menzurkaning massasi 240 g. Menzurkaga 75 sm3 suyuqlik quyilganda
uning suyuqlik bilan birga massasi 375 g bo‘lgan. Suyuqlikning zichligini toping.
1.22. Agar yog‘och g‘o‘laning massasi 150 kg bo‘lsa, uning hajmi qancha bo‘lishini
toping. YOg‘ochning zichligini 0,6
г
deb oling.
см 3
1.23. Poxol g‘aramlovchi mashinadagi poxolning hajmi 16 m3. Agar poxolning hajmiy
massasi 0,028
г
bo‘lsa, mashinadagi poxolning massasi qancha bo‘ladi?
см 3
1.24. Farxod va Sirdaryo GES larning qurilishida 14000 t po‘lat ishlatilgan. Bir
vagonning yuk ko‘tarishini 20 t deb qabul qilib, shu metallni tashib keltirish uchun
kerak bo‘lgan qilib, shu metallni tashib keltirish uchun sonini aniqlang. (Po‘latning
zichligi 7,8
г
).
см 3
2
Скачать