Загрузил Sobir Shokirov

Tashqi muhit texnologik tahlili ishlab chiqarish texnologiyasida o

Реклама
• Tashqi muhit texnologik tahlili ishlab chiqarish texnologiyasida o`zgarishlar,
boshqarishda va yangi tovar yoki xizmatlarni loyihalashda hisoblash
texnikasini qo`llash, aloqa vositalarida axborotni uzatish va uni tahlil
qilishni uqtirib o`tadi.
• Tashqi muhit tahlili yangi imkoniyatlar va xavf - xatarni oldindan ko`rish
maqsadida tashqi omillarni tahlil qilish, strategiyalarni ishlab chiqish uchun
qurol hisoblanadi, firma faoliyati uchun imkoniyatni va xavf - xatarni
aniqlashdir. Tashqi muhitni tahlil qilish - bu tahlilni uchta guruh omili
bo`yicha izlanish deb faraz qilish mumkin: iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy.
• Birinchi guruh - firmaga bir necha tashqi muhit sohasini ta`sirini o`z ichiga
oladi, iqtisodning umumiy holati, bozor, iste`molchilar, raqobat. Firma
faoliyatida strategik rejalashtirishni iqtisodiy muhitini joriy va prognozli
holati birinchi darajali ahamiyatga ega. Umumiy omillar bo`lmish inflyatsiyaning jadvalligi, axolining bandlik saviyasi, xalqaro to`lov
balanslari, valyuta kurslari, korxona to`lov qobiliyati va h.k. doimo nazorat
qilish va baholab borish zarur.
• Menejment va strategik rejalashtirish o`xshash vazifaga ega - firmani,
korxonani tashkil qiluvchi a`zolarini boshqarish asosini ta`min etishdan
iborat. U oliy rahbariyatning harakat va qarorlarning majmuasi bo`lib,
shunday korxona strategiyasini ishlab chiqishga yo`naltirilganki, uning
hozirgi davrda va asosan kelajakda samarali taraqqiyot topishiga imkon
yaratadi. Hozirgi bozor iqtisodiyotida hech qanday korxona, firma, ayniqsa,
korporatsiya joriy rejalar bilan cheklanib qolmasdan, balki o`zining
menejment strategik rejalarini, uslubi qimmat va murakkab jarayon
bo`lishiga qaramay uni o`z ichiga kiritadi.
• Dasturiy bayonotda firma faoliyati sohalari tovarlar ishlab chiqarish, maxsus
texnologiya nuqtai nazaridan yoki mijozlar doirasi, ularning istak va
ehtiyojlariga xizmat ko`rsatadigan bozor faoliyati tomonidan tavsiflanadi.
Firma dasturi asosida har bir bugungi firma rahbariyati uchun maqsad va
vazifalar darajalari belgilanadi, ularning ko`lami va vaqti aniqlab qo`yiladi.
Har bir menejer o`z oldiga qo`yilgan vazifalarni bajarish uchun javobgar
hisoblanadi. Bunday tizim (sistema) masalalarini hal etish usuli boshqarish
deyiladi.
1
Motivlashtirish Ruscha-o’zbekcha lug’atda motivasiya tushunchasi biror ish yoki
harakatning yuzaga kelishiga sababchi bo’lgan motivlar ,dalillar , isbotlar ,bahonalar ,vajlar
yoki sabablar majmui ma’nosida talqin etiladi. Bu tushuncha bevosita inson omili bilan
chambarchas bog’liqdir. Shu nuqtai nazardan:
Motivlashtirish –bu ruhiy omil bo’lib , shaxs faolligini manbai , sababi, dalili har xil
turli ehtimollardadir. U xodimlarni jonli mehnat faoliyatiga rag’batlantiruvchi kuchli vositadir.
Boshqacha qilib aytganda motivlashtirish –bu kishilar faoliyatini ruhiy yo’llar bilan
maqsadga muvofiq yo’naltirishdir. U muayyan ehtiyojni qondirish bilan bog’liq. Ehtiyoj esa
sabablarda namoyon bo’ladi.
Inson tirik jon sifatida ovqat yeyish ,uxlash , dam olib o’z kuchini tiklash , o’zini issiq –
soviqdan asrash ehtiyojlariga ega .Mazkur ehtiyojlar moddiy, ya’ni kiyim-kechak, oziq-ovqat
,turar joy va boshqalar shaklida ifoda etiladi.
Insonning moddiy ehtiyojlari bilan sotsial-ijtimoiy ehtiyojlari ham borki, bo’larga bilim
olish , madaniy saviyasini oshirish , malaka , mahoratga ega bo’lish va sog’lom hayot kechirib ,
uzoq umr ko’rish kiradi.
Ehtiyoj cheksiz va turli-tumandir. Uni quyidagi belgilar bo’yicha guruhlash mumkin:
1.Ahamiyatga qarab.
2.Tabaqalanishga qarab.
3.Tarixiyligiga qarab.
4.Qoniqish darajasiga qarab.
5. Tarqalish darajasiga qarab.
6. Shakllawnishiga qarab.
7. Qaytalanishiga qarab.
8. Qo’llanilishiga qarab
9. Jamiyatning munosabatiga qarab.
10. Iste’mol qilish usuliga qarab.
11. Yoshi va daromadi darajasiga qarab.
Alohida shaxs va jamiyat nuqtai nazaridan ehtiyojlarni qutidagicha guruhlash mumkin.
Motivlashtirish strategiyasi
Motivlashtirish strategiyasini tanlashda uchta yondashuv mavjud:
1. Rag’batlantirish va jazo strategiyasi, ya’ni, kishilarmukofot olishi uchun ishlaydilar:
* kim ko’p yaxshi ishlasa, unga yaxshi haq to’lanadi;
* kim undan ko’p ishlasa, shunchalik ko’p haq to’lanadi;
* kim sifatsiz ishlasa, u jazolanadi.
2. Ish orqali motivlashtirish: xodimga uni qoniqtiradigan ishni bersangiz bas, ijro etish
sifati yuqri bo’ladi.
3. Menejerlar bilan doimiy aloqada bo’lish strategiyasi:bo’ysunuvchilar bilan birga
maqsadni aniqlab olish, unga ijobiy aks aloqaga imkon berish, hattoki u to’g’ri yoki noto’g’ri,
yohud yanglishgan hollarda ham. Bu motivlashtirish modeli rahbar bilan xodim
o’rtasidagimunosabatni tahlil qilishva unga ustuvarlik berishga asoslanadi.
Amerikalik ruhshunos Abraxam Maslou XX asrning 40 yillarida o’zining ehtiyojlar
ustunligi nazariyasini yaratib, kishilar o’z motivlari jarayonida ehtiyoj va qiziqishning 5 turiga
tayanadilar dedi. Uning ehtiyojlar ierarxiyasi quyidagi ko’rinishga ega. (22-chizma).
Birinchi o’rindagi ehtiyojlar – bu bazis ehtiyojlar, ya’ni, yashashni ta’minlash uchun
zarur bo’lgan ehtiyojlar. A. Maslouning fikricha, inson, eng avvalo ana shu biznes ehtiyojlarni
qondirish uchun ishlaydi. Bazis ehtiyojlar, ya’ni, oziq-ovqatga, kiyim-kechakga, uy-joyga,
uyquga bo’lgan ehtiyoj qondirilsa, boshqa darajadagi ehtiyojlar ham asta-sekin ahamiyat kasb
etib boradi.
Masalan, xavfsizlikka, ya’ni tinchlikka, tartib, himoyaga bo’lgan ehtiyoj ham birlamchi
bosqichdagi ehtiyojning yangi darajasidagi zaruriyatdir. Biron ijtimoiy guruhda bo’lish, boshqa
kishilar bilan aloqaga kirishish ehtiyoji ierarxiyaning uchinchi bo’g’iniga kiradi. Bu guruhdagi
ehtiyojlarni sotsial ehtiyojlar deb ham yuritiladi.
2
Kommunikatsiya – bu kishilar o’rtasidagi o’zaro axborot almashinuvidir. Rahbarlar qilayotgan
hamma ishlar axborotlarning samarali almashishini talab qiladi. Yaxshi yo’lga qo’yilgan
kommunikatsiya ish muvaffaqiyatini ta’minlaydi. So’rovlar shuni ok’rsatadiki, 73 foiz
amerikalik, 85 foiz yapon, 63 foiz anglyalik rahbarlar, kommunikatsiya, qo’yilgan maqsadga
erishish yo’lidagi bosh to’siq deb hisoblaydilar. Yana bir boshqa so’rovga ko’ra 2000 turli
kompaniyaning 250ming hodimi korxonalarda axborot almashish eng qiyin masaladan biri deb
biladilar.
Umuman har bir rahbar 50 dan 90 foizgacha vaqtini kommunikatsiyaga sarflaydi. Shu
sababli shuni tasdiqlash mumkinki, menejer faoliyatining samaradorligi eng avvalo
kommunikatsiya samaradorligi, ya’ni:
 kishilar bilan yakkama – yakka suhbat olib borish qobilyati;
 telefonda so’zlasuv qoidalari;
 rasmiy hujjatlarni tuzish va o’qiy olish qobiliyati;
 majlislarda qatnashish madaniyati kabilarga bog’liq.
KOrxona (tashkilot) kommunikatsiyasi – bu o’ta murakkab, ko’p basqichli tizim bo’lib, o’z
tarkibiga nafaqat tashkilot ichidagi shuningdek, uning tashqarisidagi axborot almashinuvini ham
oladi(34-chizma).
Tashkilot – bu davlat nazorati va boshqaruvchi ostidagi ob’ekt bo’lib, u o’zidan yuqori
tegishli tashkilotlarga (makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga)turli hisobotlar, ma’lumotlar
berib turadi.
Tashqi kommunikatsiya – bu tashkilot bilan tashqi muhit o’rtasidagi axborot
almashuvidir. Tashqaridan keladigan axborotlar, jumladan yuqori boshqaruv organlari,
hokimiyat, vazirlik, qumitalar, Vazirlar Mahkamasi, Prezident devoni axborotlari bunga misol
bo’ladi.
Ichki kommunikatsiya deganda korxona ichidagi bo’limlar o’rtasidagi, korxona ichki
faoliyatini yurgizish uchun zarur bo’lgan axborot almashinuvi tushuniladi.
Rahbar va bo’ysunuvchi o’rtasidagi kommunikatsiya – bu tashkilotda eng ko’p
uchraydigan axborot almashuvidir.
Normal kommunikatsiya – bu rahbar atrofidagi shov-shuvlar, rahbarning xizmatga doir
bo’lmagan shaxsiy aloqalari, norasmiy kanallar bilan axborot almashuvlari kiradi.
Kommunikatsion jarayon – bu ikki va undan ortiq odamlar o’rtasidagi axborot almashish
jarayonidir, bu jarayonda to’rtta bazaviy unsure qatnashadi:
 axborotni jo’natuvchi;
 axborotni o’zi (xabar);
 aloqa kanali, ya’ni axborotni uzatish vositasi;
 axborotni qabul qiluvchi.
1. Axborotni tanlash va g’oyani sharllantirish. Bu bosqichda axborotni qabul qiluvchiga
qanday topshiriqni, qaysi g’oyani berish to’g’risida fikrlaydi va uni shakllantiradi.
2. Axborotlarni kodlashtirish va axborot (xabar)ni shakllantirish. Bu yerda axborotni
jo’natuvchi o’zining g’oyasini grafik va chizmalarda, yozma ovozda yoki tasvirda
kodlashtiradi.
3. Aloqa qilish kanalini tanlash va ahborot(habar)ni uzatish.
Kodlashtirish bilan bir qatorda axborotni uzatuvchi kommunikasiyaga muvofiq ravishda
uzatish kanalini tanlaydi. Shunday kanallar turkumiga: pochta, telefon, telefaks, electron
pochta, kompyuter shaxobchasi va boshqalar kiradi.
4. Dekodlashtirish va axborotni qabul qilish. Dekodlashtirish deganda uzatilayotgan
xabarni, axborotni qabul qiluvchi fikrini o’tkazish, belgilarda ifodalash tushuniladi.
5. Axborotni talqin qilish va javobini shakllantirish. Bu bosqichda axborot uzatuvchi
bilan axborotni qabul qiluvchi o’z o’rnilari bilan almashinadilar. Axborotni qabul
qiluvchi olgan axborotni talqin qiladi va javobini shakllantiradi.
6. Javobni uzatish. Shakllantirilgan javob tanlab olingan kanal orqali axborotni
uzatganda qaytib uzatiladi va shu bilan kommunikatsion jarayon tugaydi.
3
Mahsulot tannarxi, sintetik ko’rsatkich bo’lib, uning o’zgarishiga ishlab chiqarish
resurslaridan samarali foydalanish; yangi texnika va texnologiyani ishlab chiqarishga tatbiq
etish; mehnat, ishlab chiqarishni, boshqarishni takomillashtirish kabilar ta’sir ko’rsatadi.
Ishlab chiqarish bilan bog`liq korxonalarning ishlab chiqarish xarajatlari; savdo-sotiq,
vositachilik va hokazolar bilan bog`liq korxonalarning muomala xarajatlari aniqlanadi. Ishlab
chiqarish yoki muomala xarajatlari tarkibi, ularni qonunlar asosida tartibga solish, – soliq tizimi
xususiyati bilan bog`liqdir.
Mahsulot partiyasiga qilingan xarajatlar tannarx deyiladi. Mahsulot birligiga qilingan
xarajat tannarx darajasi deyiladi.
Korxona xarajatlarini quyidagi tartibda o’rganish mumkin:
To’g`ri va egri.
Shartli doimiy va shartli o’zgaruvchan.
Iqtisodiy elementlari bo’yicha va kalkulastiya moddalari bo’yicha.
I. To’g`ri xarajatlar mahsulot ishlab chiqarish bilan to’g`ridan-to’g`ri bog`liq bo’lib
(material, xomashyo, mehnat xarajatlari), aniq mahsulot turiga kiritiladi va texnik hisoblash
orqali taqsimlanadi.
Egri xarajatlarni ayrim aniq mahsulot uchun hisoblash mumkin bo’lmay, barcha
faoliyatga taalluqli bo’ladi. Masalan, boshqaruv xarajatlari, issiqlik, elektr energiyasi, ijara va
h.k.lar. Amaliyotda bunday xarajatlar umumxo’jalik xarajatlari deyiladi, ishchi kuchiga to’g`ri
xarajatlarni konversion xarajatlar deyiladi.
II. Shartli o’zgaruvchan xarajatlar deganda, ishlab chiqarish mahsulot miqdori o’zgarishi
natijasida unga mutanosib ravishda to’g`ridan-to’g`ri o’zgaradigan xarajatlar tushuniladi.
Masalan, xomashyo 10 mahsulot birligiga bir xil, 12 tasiga esa boshqacha.
Shartli o’zgarmas doimiy xarajatlar mahsulot hajmi o’zgarishiga bog`liq holda
o’zgarmaydigan xarajatlar kiritiladi. Masalan, ijara to’lovi.
III. Iqtisodiy elementlar bo’yicha guruhlashda har bir elementga, aniq resurs turi xarajatlari
kiritiladi.
Mahsulot tannarxini tashkil etuvchi xarajatlarga quyidagi iqtisodiy elementlar kiritiladi:
moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqindi qiymati chegiriladi);
ish kuchi qiymati xarajatlari;
ijtimoiy ajratmalar;
asosiy fond amortizastiyasi;
boshqa xarajatlar.
Qaytariladigan chiqindi – xomashyo, material qoldiqlari, ishlab chiqarish jarayonida paydo
bo’lgan yarim fabrikat va moddiy resurs qoldiqlaridir. Bular ishlab chiqarish jarayonida o’z
iste’mol sifatini to’la yoki qisman yo’qotadi. Shuning evaziga ishlab chiqarishda qisman
ishlatilishi yoki ishlatilmasligi mumkin.
Iqtisodiy elementlar bo’yicha xarajatlarni guruhlash barcha xarajatlarda mehnat xarajati
salmog`ini aniqlashga va bu salmoq korxonalar, tarmoq bo’yicha, dinamikada qanday
o’zgarishlar bo’layotganini o’rganishga imkon beradi.
Kalkulyastiya moddalari bo’yicha guruhlash aniq mahsulotga qilinayotgan xarajatlar va
ularning tannarxini hisoblashga mo’ljallangan.
Mahsulot ishlab chiqarish bilan bog`liq xarajatlarga to’la ishlab chiqarish xarajatlari
deyiladi. Mahsulot ishlab chiqarilgan so’ng, uning sotish xarajatlarini ham inobatga olish lozim.
Mahsulot ishlab chiqarish bilan bog`liq bo’lmagan xarajatlar noishlab chiqarish xarajatlari
deyiladi. Noishlab chiqarish xarajatlariga: reklama, ilmiy izlanishlar, kredit bo’yicha foizlar
to’lash, mahsulotni saqlash va tashish xarajatlari kiradi.
Ishlab chiqarish xarajatlari bilan noishlab chiqarish xarajatlari – mahsulotning to’la
tannarxini shakllantiradi.
Pirovard iste’molchiga tovarni etkazib berish bilan bog`liq, muomala jarayonidagi
umumiy xarajatlar tarkibi:
4
qo’shimcha xarajatlarga (muomala sohasida ishlab chiqarish jarayonini davom ettirish
bilan bog`liq xarajatlar – saralash, saqlash, tashish, qadoqlash);
sof xarajatlar (egalik huquqini almashtirish, ya’ni mahsulotni sotish, sotuvchilardan
boshqa xizmatlarni saqlash xarajatlari, kredit foizlarini to’lash xarajatlari, reklama xarajatlari va
boshqa)ga bo’linadi.
8.2. Mahsulot tannarxini kalkulyastiya moddalari bo’yicha o’rganish
Ishlab chiqarish xarajatlari bo’yicha ma’lumotlar hajmi haqidagi hisobotda iqtisodiy
elementlari mavjud davr mobaynidagi barcha xarajatlarni, jumladan, mahsulot ishlab chiqarish
faoliyati bilan bog`liq bo’lmagan xarajatlarni ham qo’shgan holda ko’rsatiladi. Mahsulot ishlab
chiqarishga haqiqiy qilingan xarajatlar miqdorini aniqlash uchun, mahsulot tannarxi, pirovard
ishlab chiqarish umumiy xarajatlari, buxgalteriyaya hisoboti ma’lumotlari maxsus hisoblashlar
yordamida tuzatish kiritiladi.
Tuzatish jarayonida umumiy ishlab chiqarish xarajatlaridan noishlab chiqarish xarajatlari
(sostial – maishiy ob’ektlarni saqlash xarajatlari) chegiriladi, ikkinchidan, xarajatlar qoldig`i
buxgalteriyaya hisobi mablag`lari qoldig`iga (kelajak hisobot davr xarajatlari, tugallanmagan
ishlab chiqarish qoldig`i o’zgarishiga) tuzatish kiritiladi.
Shunday korrektirovkalar natijasida tovar mahsuloti tannarxini puldagi ifodasi kelib
chiqadi.
Hisoblab chiqilgan tovar mahsuloti tannarxining puldagi ifodasi iqtisodiy elementlarini
kalkulyastiya moddalari bo’yicha guruhlash va ikkilamchi guruhlash yordamida kerak bo’lgan
holda alohida mahsulot turlari bo’yicha taqsimlanishi mumkin. Bu esa, alohida mahsulot
turlarining hajmi bo’yicha (tayyor mahsulot, chetga bajarilgan ishlar, xizmatlar hajmi) har birlik
mahsulot turi tannarxini hisoblash imkonini beradi.
Ayrim mahsulot birligining tannarxi kalkulastiya deyiladi.
Iqtisodiy amaliyotda quyidagi kalkulastiya turlari mavjud:
me’yoriy kalkulastiya;
smeta kalkulastiya;
hisobot kalkulastiya.
Normativ kalkulastiya korxona faoliyatida takomillashgan texnologik jarayonlardan,
xomashyo va materiallardan foydalanish natijasida erishilgan progressiv me’yor va normativlar
asosida hisoblanadi. Me’yoriy kalkulastiya ishlab chiqarishni boshqarishda eng mukammal
etalon tariqasida qaralib, bunda haqiqiy mahsulot tannarxni shu etalonga yaqinlashtirish va
buning evaziga mahsulot birligiga tannarxni pasaytirish va foydani oshirishga erishish ko’zda
tutiladi.
Smeta kalkulastiya qandaydir vaqt oralig`iga (yil, choraklik, oy) mo’ljallangan bo’lib,
material, mehnat va boshqa resurslardan foydalanish imkoniyatlarini inobatga olgan holda
hisoblanadi.
Smeta kalkulastiyalaridan quyidagi holatlarda foydalaniladi:
ayrim mahsulot turlari bo’yicha jo’natish baho darajasini izohlash uchun (baho tarkibiga
kiritiladigan, mahsulot tannarxiga, rentabellik me’yoriyi bo’yicha qo’shiladigan foyda miqdori);
korxonani material, mehnat va moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyojini aniqlash uchun;
smeta kalkulastiyasini hisoblash kalkulastiyasi bilan taqqoslab, ishlab chiqarishni
boshqarish holatini aniqlashda.
Hisobot kalkulastiyasi korxona buxgalteriyayasi tomonidan tuzilib, undan nafaqat smeta
kalkulastiyasi bilan qiyoslashda, balki ishlab chiqarishda turli xil resurslardan rastional
foydalanishni moliyaviy nazorat etishda ham foydalaniladi (bunday nazoratni korxona smeta –
moliyaviy nazorati deyiladi).
Bu kalkulastiyalar bir-biri bilan qiyoslanadigan bo’lishi uchun ularni tuzishda bir xil
kalkulastiya moddalari nomenklaturasidan foydalanish zarur.
Ishlab chiqarishning tarmoq xususiyatlarini hisobga olgan holda aniq xarajat moddalari
nomenklaturasi ishlab chiqiladi (masalan, sanoat mahsuloti ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun,
albatta, kalkulastiyada xomashyo va asosiy materiallar xarajati ko’rsatiladi).
5
Скачать