Загрузил Sobir Shokirov

ABU NASR FAROBIYNING ILMIY ME`ROSI

Реклама
ABU NASR FAROBIYNING ILMIY ME`ROSI
REJA :
Kirish
1. Abu Nasr Farobiyning hayoti yo`li
2. Abu Nasr Forobiyning ilmiy me`rosi
3. Farobiy Fozil davlat haqida
Xulosa
1
Kirish
Farobiynnig inson va jamiyat, ularning o`zaro ta`siri, davlat, siyosat, urush
va tmnchlik kabi masalalariga bag`ishlangan asarlari sirasiga «Fozil odamlar
shaxri» haqida kitob «Baxt saodatga erishish» haqida risola, «Fuqarolik
siyosati», «Jamiyatni o`rganish haqida», «Urush va tinch-totuv yashash haqida»,
«Davlat arboblari haqida hikmatlar» nomli asralarida inson, jamiyat, siyosat,
adolat, odob-axloq, ta`lim-tarbiya to`g`risidagi fikrlari bayon etilgan.
Farobiyning chuqur falsafiy kuzatishlariga e`tibor bersak, unda insonni faol
harakatda, yaratishda bo`lishi va uni tabiat bilan munosabatiga e`tibor bergan.
Jamiyat va inson yagonadir, jamiyat va davlat taraqqiyotini insonlar faoliyatisiz
tasavvur qilib bo`lmaydi. Jamiyatning kelib chiqishi va uning mohiyatini
o`rganuvchi maxsus fan zarurligini Farobiy chuqur xis qiladi. Jamiyatni
o`rganish insonni o`rganish demakdir. Odamlar rivojlanishlari va yaxshiroq
yashashlari uchun ular jamoaga birlashishga, majbur bo`ladilar. Shu tariqa
jamiyat zaruriyat taqdiri bilan vujudga keladi. Jamiyat o`z qonunlari asosida
rivojlana boshlaydi.
Farobiyning uqdirishicha, inson ijtimoiy mavjudotdir. U tabiiy ravishda
boshqa odamlar bilan o`zaro munosabatga kirishga intiladi, natijada ijtimoiy
faoliyat vujudga keladi. Jamiyat odamlarni birlashtirishi va ularga baxt-sodat
bag`ishlashi kerak. «Fozil odamlar shahri» nomli asarda davlat boshlig`ining
fazilatlari belgilab beriladi. Davlatni boshqaruvchi kishi sog`lom, jasur, aqlli va
ma`rifatparvar, adolatparvar bo`lishi, kishilar bilan muomala qilish, san`atini
chuqur bilishi va unga amal qilishi zarur.
Farobiy qarashlarinnig asosiy tamoyili bu adolatparvarlikdir. Ideal
shaharda ham adolat hamma narsadan ustun: hammaning tengligi, hamkorligi va
axilligi mana shu davlatni asosiy tayanchi va kelajak ravnaqidir. Farobiy
Sharqda birinchilar katorida davlatning Monarxiya shaklida cheklanib
qolmasdan uni bir necha kishi tomonidan boshqarish kerak degan xulosaga
keladi. CHunki bir insonda Farobiy talab kilgan o`n ikkita fazilat mujassam
bo`lmasligini aniq tushunib etgan mutafakkirdir.
2
Farobiy ko`plab xorijiy tillarni o`rganib, ular orkali Aflotun Arastu kabi
buyuk mutafakkirlarning ilmiy merosidan bahramand bo`ladi, U matematika,
meditsina kabi tabiiy fanlar bilan bir vaqtda filosofiya, logika, siyosat, davlat
haqidagi ijtimoiy fanlarning soxalari bilan ham shug`ullanadi va o`zining
yuzdan ortiq asarlarini yozib qoldiradi.
Farobiy kamtar, tartinchoq kishi bo`lib, mulki ham, boyligi ham
bo`lmagan. U umrini ilm sohalarini o`rganishga, kitoblar yozishga sarflagan
mutafakkir edi. U o`z vatanidan uzoqlashib ketishiga qaramasdan, o`z ona tili—
turkiy tilni unitmagan va o`z milliy kiyimida yurgan, milliy odatlarga rioya
qilgan. U o`zining yuksak ilmi bilan xammani hayratda qoldirgani uchun xam
xalq orasida «mua`limi soniy»,ya`ni «ikkinchi muallim» degan nom bilan
mashxur bo`lgan.
Farobiy bizga juda katta ijodiy meros qoldirgan. Bu asarlarning to`liq
ro`yxati bo`lmasada, ilmiy adabiyotlarda u 130-160 dan ortiq asarlar yaratgani
haqida fikrlar mavjud. Farobiy to`g`risida sharq adabiyotida turli-tuman
hikoya,afsonalar mavjud bo`lib, ularning barchasida mutafakkirning o`z
zamonasi fanning turli sohalari bo`yicha chuqur bilimga ega bo`lganligi haqida
va u juda ko`plab tillarni bilganligi haqida hikoya qilinadi.
Mutafakkirning ijodiy merosini o`rganish borasida olimlar samarali ijod
qilmoqdalar. Farobiyning kitoblarini ro`yxatini tuzish va undagi ijtimoiyfalsafiy, siyosiy fikrlarni o`rganish borasida Bayxaki, Al-Nadima, ibn Usaybi,
Dexxuzo, Umar Tarrux, Xorten, Diteritsi, Shteynshneyder, Brokkel’man,
Axmad Atin, M.M.Xayrullaev va boshqalar samarali mehnat qilganlar.
Farobiyning asarlari Leningrad, Moskva, Toshkent, Dushanbe, Baku, qozon,
Kair, Bayrut, Damashq, Stambul, Leyden, London, Parij, Madrid, N’yu-York,
Xaydarobod, Tehron va boshqa shaharlarning muzey va kutubxonalarida
saqlanib kelinmoqda.
3
Abu Nasr Farobiyning hayoti yo`li
Abu Nasr Farobiy – o’rta asr sharqining mashhur
mutafakkiri, qadimgi yunon falsafasining Sharqdagi eng yirik
davomchisi va targ’ibotchisidir. U Sirdaryo bo’yidagi O’tror
(Forob) shahrida 873 yilda tug’ilib, Shosh (Toshkent), Buxoro
shaharlarida o’qidi, so’ng xalifligining markazi Bag’dod shahriga borib, u yerda
ko’p yil istiqomat qildi. Yunon faylasuflarining asarlarini mutolaa qilish, turli
tillarni o’rganishbilan shug’ullandi. Umrining so’nggi yillarida Damashqda
yashadi. 950 yilda vafot etdi. U turli sohalarga oid ilmiy asarlar qoldirdi. U o’z
davrining faylasufi, musiqachisi, shoiri, qomusiy olimi sifatida shuhrat qozondi.
U “Aql haqidagi risola” “Falsafadan oldin nimani o’rganish kerak”, “Falsafa
manbalari”, “Masalalar manbalari” kabi 160 dan ortiq risolalar yaratdi.
Yaqin va O‘rta Sharqda «Ikkinchi muallim» deb nom qozongan Markaziy
Osiyolik mashhur olim Abu Nasr al-Forobiyning mantiq ilmiga qo‘shgan hissasi
beqiyosdir. Forobiy hali hech bir mutafakkir uddalay olmagan vazifani, ya’ni
Arastuning va umuman qadimgi grek mantig‘ini keng tinglovchilar o‘rganishi
uchun eng oddiy, tushunarli vosita va uslublarini ishlab chiqishga muvaffaq
bo‘lgan. Mantiq tarixchilarining ta’kidlashicha, Forobiy bu tavsiyalari bilan
Arastuning mantig‘iga o‘zgacha fayz kiritib, uning kitobxonlar orasidagi
mavqeini yanada ko‘tarilishiga erishdi.
Forobiyning mantiqqa oid asarlari jumlasiga «Isaguvchi» (kirish),
«Maqulot» (Kategoriya), «Ibora» (Hukm), «Qiyos» (Sillogizm), «Birinchi
analitika», «Burxon» (Isbotlash-ikkinchi analitika), «Djadal» (Munozara
«Dialektika»), «Safsata» (Sofistik raddiya), «Xitoba» (Ritorika), «She’r»
(Poetika), «Mantiq ilmiga kirish», «Aql haqida» «Sillogizm» va «Shartli
hukmlar» kabi kitoblarini kiritishimiz mumkin.
Forobiy o‘zining asarlarida mantiq ilmi, uning predmeti, tuzilishi,
vazifalari, fikrlash jarayonining bosqich va shakllari, mantiqiy qonunqoidalari,
usul hamda amallari haqida keng ma’lumotlar bergan.
4
Jumladan, mantiq fanining predmeti
va tushunchasining etimologiyasi
haqida gap ketganda, Forobiy qadimgi grek mutafakkirlariga murojaat qiladi.
Uning fikricha, greklar mantiqni uch ma’noda:
– fikrni til orqali ifodalovchi inson nutqi sifatida;
– inson intellekti yordamida zabt etiluvchi obyektlarga yo‘l
ko‘rsatuvchi so‘z sifatida;
– olamni bilish uchun insonga in’om etilgan ichki ruhiy kuch sifatida
tushunishgan.
Mazkur ta’riflarni to‘ldirgan holda, Forobiy mantiqqa «muayyan qonunqoidalar
asosida
insonning
fikrlash
intellektini
yo‘naltiruvchi
va
takomillashtiruvchi fan» deb ta’rif beradi. Ushbu ta’rifni yanada aniqlashtirsak,
Forobiy asarlarida mantiq fanlarning fani sifatida tafakkurning qonunqoidalarini o‘rganuvchi bosh fan, hatto san’at deb baholanadi. Faqat tafakkur
qonunlarigina bizga chin haqiqatni ochib bera oladi. Forobiyning ta’kidlashicha,
ularsiz fikrimiz qachon chin, qachon yolg‘onligini yoki qachon xatoga yo‘l
qo‘yganligimizni bila olmaymiz. Qolaversa, haqiqat zaminida yotgan qaramaqarshiliklar va ularning yechimlarini topa olmaymiz
Forobiyning asarlarida tushuncha, hukm va xulosa kabi tafakkur shakllari
juda keng, qamrovli va batafsil izohlanadi. Ayniqsa, sillogizm, uning paydo
bo‘lish asoslari, figura va moduslari ko‘p o‘rganilgan.
Forobiyning ta’riflashicha, tushuncha – universal tabiatga ega, hissiy idrok
qilinuvchi narsalar haqida bilim beruvchi kategoriya. Bundan tashqari,
Forobiyning mantiq tizimida tushunchani shakllantirishning usul va amallari,
turlari hamda ularning o‘rtasidagi munosabat masalalari ham keng o‘rin olgan.
Forobiy o‘z mantig‘ida sillogizmlar ta’limotiga katta e’tibor beradi.
Sillogizm ikki va undan ortiq o‘zaro bog‘langan asoslardan mantiqan kelib
chiquvchi xulosaning o‘ziga xos turi sifatida ta’riflanadi. Forobiy falsafa,
dialektika, sofistika, ritorika va poetika kabi besh sillogistik san’at turlarini
alohida ajratib ko‘rsatadi. Sillogizmning strukturasi haqida gap ketganda, uni
katta asos, kichik asos va natija kabilarga bo‘ladi.
5
Shuningdek, sillogizm terminlarini ham uchga ya’ni katta, kichik va o‘rta
terminlarga bo‘ladi hamda har biriga alohida ta’rif beradi.
Forobiyning mantig‘i haqida shuni aytishimiz mumkinki, uning xizmati
Arastuning mantig‘i bilan keng ilmiy jamoatchilikni tanishtirishga muvaffaq
bo‘lganligi, qolaversa, tarixda «arab mantiq maktabi» deb nom olgan yangi
yo‘nalishni vujudga keltirganligi bilan baholanadi.
Farobiyning ta’lim- tarbiya haqidagi qarashlarida insonparvarlik g’oylari
alohida o’rin tutadi. Uning o’qtirishicha, insonni baxt-saodatga eltuvchi jamoa
yetuk jamoa bo’la olishi mumkin. Komil insonni yaratish, uni baxt-saodatga
eltish har qanday davlat jamoa boshlig’ining vazifasi bo’lishi darkor.
Farobiyning ta’kidlashicha, insonni tarbiyalash ikki xil usul yordamida olib
borilishi lozim. Tarbiyalanuvchi ixtiyoriy ravishda zaruriy, aqliy va axloqiy
xislatlarni- bilimli bo’lishga, to’g’rilik va haqiqatni sevishga, jasur, do’stlarga
sadoqatli bo’lish singari fazilatlarni egallashga intilmog’I lozim. Bunday insoniy
fazilatlarga ega bo’lish uchun baxt-saodatga eltuvchi jamoa bo’lishi kerak.
Farobiy insonga xos hamda uning ma’naviy yuksalishida muhim ahamiyat
kasb etuvchi tafakkur va nutqning rivojlanishini ta’lim-tarbiyaning asosini
tashkil etuvchi muhim jarayon hisoblaydi.
Farobiy insonni dunyo tarqqiyotining eng mukammal va etuk yakuni deb
biladi. Shunga ko’ra u o’z asarlarida insonga tarbiya va ta’lim berish zarurligini
aytadi va bunda ta’lim-tarbiya usullaridan kutilgan maqsad masalalari asosiy
o’rinni egallashini qayd qiladi.
Ta’lim-tarbiya tabiat hodisalaridan foydalanish va bu yo’lda boshqa kishilar
bilan to’g’ri munosabatda bo’lib, jamiyatning ichki tartib qoidalarini to’g’ri
o’rganib, uning talablariga javob bera oladigan insonni kamol toptirish
zarurligini ta’kidlaydi.
Farobiy insonning ma’naviy hayotida, asosan, uning ikki tomoniga: aqliongiga va axloqiga (xulq-atvoriga) e’tibor beradi. Shuning uchun ta’lim-tarbiya,
uning fikricha insonni aqliy tomondan ham, axloqiy tomondan ham etuk
mukammal kishi qilib yetishtirishga qaratilmog’I lozim. Demak, ta’lim6
tarbiyaning birdan bir vazifasi- jamiyat talablariga to’la-to’kis javob bera
oladigan va uni bir butunlikda, tinchlikda, farovonlikda saqlab turish uchun
xizmat qiladigan ideal inson tayyorlashdir. “Ideal shahar aholi ilmining fikrlari”
hamda “Baxt-saodatga erishuv haqida” nomli risolalarida olimning bu fikrlari
aniq ifodalangan.
Olimning o’qtirishicha kimki eng go’zal va foydali kashf etish fazilatiga
ega bo’lsa, kashf etgan narsasi chindan ham o’zining va boshqalarning istagiga
muvofiq bo’lsa u xayrli va nafli bo’ladi.
Olim ta’lim faqat so’z va o’rganish bilan, tarbiya esa, amaliy ish, tajriba
bilan amalga oshirilishini aytadi va tarbiyani har bir xalq, millatning amaliy
malakalaridan iborat bo’lgan ish-harakat, kasb-hunarga o’rganishdan iborat deb
hisoblaydi.
Demak, Farobiy ta’lim va tarbiya berishni bir-biridan farq qiladi. Tarbiya
esa amaliy faoliyatida namoyon bo’ladi, yoshlarga u ma’lum ish-harakat, kasbhunar, odob orqali singdiriladi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida nazariy bilim bilan amaliy harakat-odat,malaka,
faoliyat birlashib boradi, yetuklik shu birlashuvning darajasiga qarab yuzaga
keladi.
Farobiy ta’lim-tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi yoki ta’lim oluvchi
shaxsga yakka holda yondashuvni uning tabiiy ruhiy va jismoniy xislatlarini
nazarga olish zarurligini ta’kidlaydi. U bu haqda shunday yozadi:”Bu barcha
tabiiy xislatlarni, ularni oily kamolotga yetkazish shu yoki kamolotga yaqin
bo’lgan darajaga ko’tarishga xizmat qiluvchi vosita yordamida tarbiyalashga
muhtojdir… Insonlar turli ilm, hunar, faoliyatiga mos yilligi va qobilyatligi bilan
tabiatan farq qiladilar, teng tabiiy xislatlarga ega bo’lgan odamlar esa o’z
tarbiyasi (malakalari) bilan tafovut qiladi.
Tarbiyasi jihatdan teng bo’lganlar esa, bu tarbiya natijalarining turlichaligi
bilan bir-birlaridan farq qiladilar.
Tarbiya jarayoni, Farobiyning fikricha tajribali pedagog, o’qituvchi
tomonidan tashkil etilishi, boshqarilib turilishi va ma’lum maqsadlarga
7
yo’naltirilishi lozim, chunki, “har biro dam ham baxtini va narsa hodisalarini
o’zicha bila olmaydi. Unga buning uchun o’qituvchi lozim”
Farobiy ta’lim-tarbiya berish usullari haqida shunday yozadi: “Amaliy
fazilatlar va amaliy san’atlar (kasb hunar va ularni bajarishga odatlantirish
masalasiga kelganda, bu odat ikki turli yo’l bilan hosil qilinadi: birinchi yo’l
qanoatbaxsh so’zlar, chorlovchi, ilhomlashtiruvchi so’zlar yordamida odat hosil
qilinadi va malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi g’ayrat, kasb intilish
harakatga aylantiriladi )
Ikkinchi yo’l (yoki ikkinchi usul)- majbur etish yop’lidir. Bu usulga gapga
ko’movchi qaysar shaharliklar va boshqa sahroi xalqlariga nisbatan ishlatiladi.
Chunki ular o’z istaklaricha, so’z bilan g’ayratga kiradiganlardan emasdir.
Ammo ulardan qaysi biriki, nazariy bilimlarni o’rganishga astoyidil kirishsa
hamda faoliyati yaxshi bo’lib, kasb-hunarlarini va juz’iy san’atlarini egallashga
intilishi bo’lsa, bunday odamlarni majbur etmaslik lozim, chunki maqsad ularni
fazilat egasi qilish kasb hunar axillarga aylantirishdir”
Tarbiya berish usul;I, Farobiyning fikricha, ikki turli bo’ladi “ Avvalgi
usul-san’atni o’z rag’batlari bilan o’rganuvchilarga ishlatiladigan usul. Ikkinchi
usul esa majburiy ravishda tarbiyalanuvchilarni tarbiyalash uchun ishlatiladigan
usul. Bolalar ustida turgan odam esa muallim bo’lib, u bolalarga tarbiya
berishda turli tarbiya usullarida foydalanadi”.
Farobiy bilimdon, ma’rifatli, yetuk odamlarning obrazini tasvirlab ekan,
bunday deydi:
“Har kimki ilm- hikmatni o’rganaman desa, uni yoshligidan boshlasin,
sog’ligi haqida qayg’ursin, yaxshi axloq va odobli bo’lsin, so’zning udasidan
chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan bo’lsin, barcha qonun-qoidalarni bilsin,
bilimdon va notiq bo’lsin, ilmli va dono kishilarni hurmat qilsin, ilm va axilli
ilmdan mol-dunyoni ayamasin, barcha mavjud, moddiy narsalar to’g’risida
bilimga ega bo’lsin”
Bu fikrlardan Farobiyning ta’lim-tarbiyada, yoshlarni mukammal inson
qilib tarbiyalashda, xususan, aqliy- axloqiy tarbiyaga aloxida e’tibor berganligi
8
ko’rinib turibdi uning etiqodicha, bilim, ma’rifat, holda kutilgan maqsadga
erishilmaydi va bola ham yetuk bo’lib yetishmaydi. Olim daraxtning yetukligi
uning mevasi bilan bo’lganidek, insonning barcha xislatlari ham axloq bilan
yakunlanishini aytadi.
Umuman, Farobiy o’z davridagi yoshlarning ta’lim olishlari bilim
egallashlari, hunar o’rganishlari, faoliyat ko’rsatishlari, mehnat qilishlari
zarurligi xususida fikrlar bildirgan. Bu fikrlar hozirda ham ta’lim-tarbiyaga
g’oyat muhimdir.
ABU NASR FOROBIYNING ILMIY ME`ROSI
Abu Nasr Forobiy ta'lim – tarbiya masalasida xususan aqliy tarbiyaga,
ma'rifatli bo’lishga, aqlni mavjud bilimlar bilan boyitish, to’ldirishga katta
e'tibor bеradi. har qanday tarbiyani, xususan aqliy tarbiyani, ya'ni bilimlarni
o’rganishni inson yoshlikdan boshlashligi zarurligi to’g’risidagi fikrni Abu Nasr
Forobiy alohida qayd qiladi.
Lеkin, Abu Nasr Forobiy «aqlli» bo’lishni faqat aqliy tarbiya, bilimdonlik
bilangina chеgaralab qo’ymaydi. Abu Nasr Forobiy talqinida «aqllilik»
insonning butun faoliyati – uning bilimi, axloqi, odobi, harakatlari, qiladigan
ishlari majmuasi bilan o’lchanadi, ya'ni aqllilik barcha fazilatlarning bir butun,
yaxlit xolda muvofiqligidir.
Abu Nasr Forobiy ta'limotida axloqiy tarbiya ham aqlli, fazilatli inson
tarbiyalashning muhim shartlaridan bo’lib, aqliy tarbiya xususan, «Idеal shahar
aholisining fikrlari» asarida o’z ifodasini topadi. U qaysi tartibda axloqli qilib
tarbiyalash, xususan bolaning qaysi xislatlariga e'tibor bеrish kabi masalalariga
to’xtalib o’tirmaydi, balki idеal, axloqli insonning abstrakt obrazini yaratish
bilan, tarbiya sohasida shu obrazni namuna qilib olish zarur dеgan g’oyani olg’a
suradi. Abu Nasr Forobiy bu fazilatlar ichida ayniqsa donolikka, aqllilikka juda
katta e'tibor bеrgan.
9
Idеal inson tarbiyasida jismoniy va aqliy xislatlar muhim o’rin tutadi. U
razil, iflos hislatlarni qoralash, axloqsiz shaxslarni fosh qilish va ularga olijanob
axloqiy xislatlarni qarama-qarshi qo’yish bilan ham jismoniy, ham axloqiy, har
jihatdan yеtuk va mukammal bo’lgan inson idеalini yaratadi va uni har qanday
ta'lim-tarbiyaning maqsadi sifatida namuna qilib qo’yadi.
Forobiy asarlarida inson, inson tarbiyasi, jamiyat va davlat muammolarini
aks etirililgan. Erkin fikr yuritish, ya'ni xurfikrlilik g’oyalaridan ilhomlangan
o’rta asr faylasufi: Abu Nasr Forobiy inson borlig’i, xususan, uning tanasi bilan
joni jismi bilan uning insoniyligi, insoniyligi bilan u yashayotgan jamiyat
o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik, insonning insoniyligini namoyon qiluvchi
fazilatlar, xislatlar va ularning shakllanish jarayoni muammolarini nazariy
jihatdan ochib bеrishga harakat qildi. Jon va tananing o’zaro aloqadorligi
muammolari haqida fikr yuritgan Abu Nasr Forobiy qadimgi yunon faylasufi
Platonning insonning ko’chib yurishi haqidagi ta'limotiga qarshi chiqdi.
O’zining “Masalalarning mohiyati” (“O’yinul masail”) risolasida jon tanadan
oldin mavjud bo’lmasligi, bir tanadan boshqa tanaga ko’chib o’ta olmasligi
haqidagi g’oyani olg’a surdi.
Abu Nasr Forobiyning fikriga asosan, odamlarning tanasi paydo bo’lishi
bilan uning “oziqlantiruvchi quvvat”i vujudga kеladi. O’sha quvvat yordamida
inson tanasi hamisha oziqlanadi va shu jarayonda insonda sеzgi organlari paydo
bo’ladi. Inson sеzgi organlari tufayli his-tasavvur, xotira birlashib, xayol hosil
bo’ladi.
“Xayol quvvati” yordamida inson bilim, hunar egalaydi, faoliyat ko’rsatadi,
foyda-zararning farqiga boradi1.
Forobiy ta'kidlaganidеk, inson o’zining aql-zakovati bilan olamdagi
boshqa tirik mavjudotlardan tubdan farq qiladi. Undagi aql-zakovat (“Aqliy
quvvat”) borliqning turli-tuman ko’rinishlarining aksidir. Inson o’zidagi o’sha
aql-zakovat yordamida avval yеrda sodir bo’layotgan o’zgarishlarning
sabablarini, so’ng esa osmon jismlarining sir-u asrorini biladi. Insonning olam
1
Ал-Фараби. Социално – экономические трактаты. – Алма-Ата, 1973, стр. 34.
10
to’g’risidagi to’plagan bilimlari, ya'ni hayotligida yaratgan ma'naviy boyliklari
hеch qachon yo’q bo’lib kеtmaydi, balki “Dunyoviy aql”ni tashkil etadi. Inson
aqli olam sirlarini bilishda eng yuksak cho’qqiga ko’tarilganda, “dunyoviy aql”,
“dunyoviy ruh” bilan qo’shiladi. O’z navbatida, har bir kishining joni va aqli,
ya'ni “individual aql” va “individual jon”ning paydo bo’lishida, “dunyoviy ruh”,
“dunyoviy aql” hal qiluvchi rol o’ynaydi2. Forobiyning tushuntirishicha,
“dunyoviy ruh”, “dunyoviy aql”, “individual jon”, “individual aql” paydo
bo’lishi va rivojlanishining sababchisidir. “Individual jon”, “individual aql”
inson tanasining o’limi, yo’q bo’lishi bilan qo’yolib kеtmaydi, balki “dunyoviy
ruh”, “dunyoviy aql” ga qo’shiladi. Insonning joni va aqli abadiylikka kеtadi,
biroq hеch qachon qaytib kеlmaydi, qayta namoyon ham bo’lmaydi. Ular tanani
tark etgandan so’ng yana bir butun bo’lib, birlashadi, har bir jon va har bir aql
inson tanasida yashagan vatda orttirgan barcha ma'naviy narsalar to’planib,
hamisha barhayot, “dunyoviy ruh”, “dunyoviy aql”ni tashkil etadi.
Qadimgi yunon falsafasining o’tkir bilimdoni Platon, Aristotеl, Zеnon,
Epikur asarlarining mashhur targ’ibotchisi, “ikkinchi muallim”, “Sharq
Aristotеli” nomi bilan mashhur Abu Nasr Forobiy inson aqlining imkoniyatlari
chеksiz ekanligini isbotlab, o’rta asr musulmon olamida kеng tarqalgan faqat
mumtoz shaxslar – payg’ambarlarga xos karomatining sirlarini bilish yo’llari
haqidagi diniy-mifologik qarashlarga qarshi chiqdi.
Forobiy inson o’z taqdirini o’zi o’zgartira olmaydi, dеgan islom dini
qoidalariga qarshi borib, inson o’z taqdirini o’zgartirishi mukin dеgan g’oyani
ilgari surdi. Xususan, insonning baxt-saodatli bo’lishi ham o’zining qo’lida
ekanligini isbotlashga harakat qiladi. Baxt-saodatga erishish yo’llarini aniqlab
bеrishga intiladi. Uning fikriga ko’ra, inson baxt-saodatga erishmog’i uchun,
eng avvalo, baxt haqida bilimga ega bo’lmog’i, so’ngra baxtga erishish yo’llari
vositalarini bilmog’i darkor. Shuningdеk, inson baxt-saodatga erishmog’i uchun,
insonning insoniy fazilatlari mazmun va mohiyatini ham anglab olmog’i zarur.
Chunonchi, o’rta asrning mashhur insonshunos allomasining tushuntirishicha,
2
Xayrullayev.M.M. “Forobiy va uning falsafiy risolalari”,Тoshkent., 1963. 13-bet.
11
“fazilat” allaqanday mavhum tushunchaga emas, balki insonning inson bo’lib
kamol topish jarayonidagi amaliy ishlari bilan o’lchanadigan alohida ma'naviyaxloviy xususiyatidir. Fazilat insonning ezgulikka erishish borasidagi xulqatvori, xatti-harakatlarining ifodasidir. Forobiyning ta'kidlashicha, insonni
yaxshi xayrli ishlar qilishga, go’zal xulq-atvor sohibi bo’lishiga da'vat etuvchi
ma'naviy-axloqiy xususiyatlar, fazilatlar dеb ataladi. Insonni xunuk xulq-atvori,
xatti-harakatlariga da'vat etuvchi ishtiyoqlar razolat dеyiladi. Razolat insondagi
kamchiliklar yoki nokasliklarning ifodasidir.
Forobiy insonlarni o’zaro hamkorlikka chaqiradi, dunyoda yagona bir
butun inson jamoasini tuzish haqida orzu qiladi. “Baxt-saodatga erishuv haqida
” risolasida kamolotga bir kishining yolg’iz o’zi (birovning yoki ko’pchilikning
yordamisiz) erishuvi mumkin emas. “Har bir inson o’z tabiati bilan shunday
tuzilganki – dеydi Forobiy, - u yashash va oliy darajadagi yеtuklikka erishmoq
uchun ko’p narsalarga muhtoj bo’ladi, u bir o’zi bunday narsalarni qo’lga kirita
olmaydi, ularga erishish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj to’g’iladi. Shu sababli
yashash uchun zarur bo’lgan, kishilarni bir-biriga еtkazib bеruvchi va o’zaro
yordamlashuvchi ko’p kishilarning birlashuvi orqaligina odam o’z tabiati
bo’yicha intilgan yеtuklikka erishuvi mumkin3. Bunday jamoa a'zolarining
faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va yеtuklikka erishuv uchun
zarur bo’lgan narsalarni еtkazib bеradi.
Abu Nasr Forobiy asarlari mazmuniga qarab4;
Falsafaning
umumiy
masalalariga,
ya'ni
bilimning
umumiy
xususiyatlari, qonuniyatlari va turli katеgoriyalariga bag’ishlangan asarlar:
«Substantsiya haqida so’z», («Kalom fi-l javhar»), «Masalalar manbai»
(«Uyunul masoil»), «Qonunlar haqida kitob» (Kitob fi-l navomis ) «Falak
harakatining doimiyligi haqida» («Kitob fi-l harakat al–falaka doimatun») va
boshqalarga,
Inson bilish faoliyatining falsafiy tomonlariga bag’ishlangan ya'ni
bilishning
3
4
shakllari
bosqichlari
usullari
haqidagi
Xayrullaеv M. Sharq rеnеssansi va Forobiy. Fan va turmush, Toshket. 1975, 239 –b
M’anaviyat yulduzlari. Toshkent. A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 2001 – yil. 74 – 84 – betlar.
asarlar:
12
Mantiq(logika)ning turli muammolariga doir asarlari ham shunga kiradi.
«Kattalarning aqli haqida so’z » («Kalom fi-l aql al - Kabir») «Yoshlarning aqli
haqida kitob»(«Kitob fi-l aql as-sahir»), «Mantiq haqida katta qisqartma kitob»
(«Kitob al-muxtasar al-kabir fi-l mantiq»),«Mantiqqa kirish kitobi» («Kitob almadxad
ila-l
mantiq»),
«Isbot
kitobi»(«Kitob
sharoit
al-
qiyos»),«Jon(rux)ningmohiyati haqida risola» («Risola fi mohiyat an-nafs») va
b.;
Falsafa va tabiiy fanlarning fan sifatidagi, tеmatikasi haqidagi asarlar:
«Ilmlarning kеlib chiqishi va tasnifi» («Kitob fi ixso al-ulum va at-tarif»,
qisqacha nomi «Ihso al-ulum»), «Falsafa tushunchasining ma'nosi haqida so’z»
(«Kalom fi ma'oniy ism al-falsafa»), «Falsafani o’rganishdan oldin nimani bilish
kеrakligi haqida kitob» («Kitob fi ashyo illati yaxtoju antallama kabl alfalsafa»), «Falsafaga izohlar» («Taolih fi-l xikmat») va b.;
Moddaning miqdori, fazoviy va xajmiy munosabatlarini o’rganishga
bag’ishlangan,
ya'ni
matеmatika
fanlari-arifmеtika,
gеomеtriya,
astronomiya va musiqaga oid asarlar: «Hajm va miqdor haqida so’z»
(«Kalom fi-l xiyz va-l miqdor»), «Fazo gеomеtriyasiga kirish haqidagi
qisqartma kitob» («Kitob al-madxal ila-l xandasat al-laxmiyati muxtasarsan»),
«Astrologiya qoidalari haqida muloxazalarni to’g’rilash usuli haqida maqola»
(«Maqola fi-il jihat al layati yassеxxu alayxo al-havl bi axkom an-nujum»),
«Musiqa haqida katta kitob» («Kitob ul Musiqa al-kabir»), «Musiqa haqida
so’z» («Kalom fi-l musiqiy»), «Ritmlar turkumlari haqida kitob» («Kitob ul fiixso-il-iho»), va b.;
Modda xossalari va turlarini, noorganik tabiatning, xayvonlar va
inson organizmining xususiyatlarini o’rganuvchi, yani tabiiy fanlar-fizika,
kimyo, optika, tibbiyot, biologiyaga bag’ishlangan asarlar: «Fizika usullari
haqida kitob» («Kitob fi usul ilm at-tabiat»), «Alkimyo ilmining zarurligi va uni
inkor etuvchilarga raddiya haqida maqola» («Maqola fi vujub sanoat alkimyo
va-r radd ala mubtiluрo»), «Inson a'zolari haqida risola» («Risola fi a'zo alinsoniya»), «hayvon a'zolari haqida so’z» («Kalom fi a'zo al-xayvon») va b.;
13
Tilshunoslik, shе'riyat, notiqlik san'ati, xattotlikka oid asarlar: «Shе'r
va qofiyalar haqida so’z» («Kalom fi shе'r va-l qavofi»), «Ritorika haqida kitob»
(«Kitob fi-l xitoba»), «Lug’atlar haqida kitob» («Kitob fi-l lug’at»), «Xattotlik
haqida kitob» («Kitob fi san'at al-kitobat») va b.;
Ijtimoiy-siyosiy hayot, davlatni boshqarish masalalariga, axloq,
tarbiyaga bag’ishlangan, ya'ni huquqshunoslik, etika, pеdagogikaga doir
asarlar: «Baxt-saodatga erishuv yo’llari haqida risola» («Risola fi-t tanbih ala
asbob as saodat») «Shaharni boshqarish» («Al siyosat al madaniyatiya»),
«Urush va tinch turmush haqida kitob» («Kitob fi famoyish va-l xurub»),
«Fazilatli xulqlar» («As-siyrat al-fazila») kabi turlarga bo’linadi.
Abu Nasr Forobiyning ilmiy mеrosi, umuman o’rta asr Sharqining
madaniy-ma'naviy hayotidan, tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-siyosiy masalalaridan juda
boy ma'lumot bеradi. Mutafakkir o’z asarlarini o’sha davrda Sharq
mamlakatlarida ilmiy adabiy til hisoblangan arab tilida yozadi.
Abu Nasr Forobiy shuningdеk arab va fors tillarida falsafiy mazmundagi
shе'rlar yozgan. Abu Nasr Forobiy asarlari XII-XIII asrlardayoq lotin, Qadimiy
yahudiy, fors tillariga, kеyinchalik boshqa tillarga tarjima qilinib, dunyoga kеng
tarqalgan. So’nggi asrlarda ko’chirilgan nusxalari ko’p mamlakatlarning
kutubxona va muassasalarida saqlanadi. Toshkеntda Bеruniy nomidagi
Sharqshunoslik institutida Qadimgi Sharq faylasuflari asarlaridan jami 107
risolani, jumladan, Abu Nasr Forobiyning 16 risolasini (arabcha) o’z ichiga
olgan
«Hakimlar
risolalari
to’plami»
(«Majmuat
rasoil
al-xukamo»
qo’lyozmalar fondi, 2385-in.)bor. Bu noyob qo’lyozma Abu Nasr Forobiy
asarlarini o’rganishda muhim ahamiyatga ega. To’plamdagi Abu Nasr Forobiy
risolalari 1975 yili qisman o’zbеk tiliga tarjima qilinib nashr etildi.
Abu Nasr Forobiy «Yulduzlar haqidagi qoidalarda nima to’g’ri va nima
noto’g’riligi to’g’risida» risolasida osmon jismlari bilan yеrdagi xodisalar
o’rtasidagi tabiiy aloqalarni, xususan, bulutlar va yomg’irlar paydo bo’lishining
quyosh issiqligi ta'sirida bug’lanishga sababiy bog’liqligin yoki Oy tutilishi,
yerning quyosh bilan Oy o’rtasiga tushib qolishiga bog’liq ekanini ko’rsatgan
14
edi. Bu bilan u osmon jismlariga qarab «fol ochuvchilar»ni fosh qildi. Abu Nasr
Forobiy arzon mеtallarni qimmatbaxo mеtallarga aylantirishga urinuvchilar
tanqid qilib, kimyoga tabiiy ilmarning bir qismi sifatida qaradi5.
Abu Nasr Forobiy tabiblik bilan bеvosita shug’ullanmagan bo’lsada
nazariy tibbiyotni yaxshi bilgan. Uning tibbiy qarashlari «Inson a'zolari haqida»
risolasida bayon qilingan. U inson a'zolarini, turli xil kasalliklar sababini,
ularning paydo bo’lish sharoitlarini aloxida-aloxida o’rganishni, organizmni
salomatligini tiklash uchun kеrakli oziq-ovqatlarga e'tibor bеrishni qayd etadi.
Insonning ruxiy va jismoniy xolati tashqi omillar muhit ta'siriga bog’liqligiga
e'tibor bеradi. Uning tibbiyot vazifasi, maqsadi haqidagi qarashlari Ibn Sinoning
bu haqidagi qarashlariga katta ta'sir ko’rsatadi.
Abu Nasr Forobiy dunyoqarashining shakllanishiga asosan Sharqning
Qadimgi ilg’or madaniyati an'analari, arab xalifaligiga qarshi xalq xarakatlari,
O’rta asr tabiiy-ilmiy tafakkur yutuqlari, Yunonistonning falsafiy mеrosi ta'sir
ko’rsatdi. Abu Nasr Forobiy avvalombor Aristotеl ta'limotini tiklash, asoslash va
ilg’or tomonlarini so’nggi ilmiy yutuqlar asosida rivojlantirishga harakat qilib,
“Sharq aristotеlizm” oqimini vujudga kеltirdi. Bu oqimning uslubi, muhim
masalalari, katеgoriyalarini ishlab chiqdi.
Abu Nasr Forobiy uchun dunyo quncha bo’lib, asta-sеkin o’zining rangbarang tomonlarini va bitmas-tuganmas boyliklarini tobora ko’proq namoyon
qilib ochila boradi. Borliqning bunday talqini tabiiy – ilmiy g’oyalarning yanada
rivojlanishi uchun kеng yo’l ochdi. Abu Ali Ibn Sino va mutafakkirlar
o’zlarining falsafiy qarashlarida shu borliq tizimi asosida ish olib bordilar.
Abu Nasr Forobiy fikricha, insonning bilishini, ruxiy qobiliyatlarini miya
boshqaradi, yurak esa barcha a'zolarni hayot uchun zarur bo’lgan qon bilan
ta'minlovchi markazdir, barcha ruxiy «quvvatlar», jumladan bilish qobiliyati
muayyan a'zoga bog’liq.
Abu Nasr Forobiy o’z davridayoq buyuk olim sifatida mashhur bo’lgan.
Sharq xalqlarida u haqida turli hikoya, rivoyatlar vujudga kеlgan. O’rta asr
5
M’anaviyat yulduzlari. Toshkent. A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 2001 – yil. 74 – 84 – betlar.
15
olimlaridan ibn Xallikon, ibn al-Qiftiy, ibn Abi Usabi'a, Bayhaqiylar o’z
asarlarida Abu Nasr Forobiy ijodini o’rganib, uning g’oyalarini rivojlantirganlar.
Xususan, ibn Rushd Abu Nasr Forobiy asarlarini o’rganibgina qolmay, ularga
sharhlar ham («Sillogizmga nisbatan al- Abu Nasr Forobiyning fikri», «Abu
Nasrning mantiqqa doir asarida ifodalangan fikrning bayoni», «Al Abu Nasr
Forobiy, xususan, uning «Organon», izohlariga turli sharhlari» va b.)
yozdi.Taraqqiyparvar insoniyat Abu Nasr Forobiy ijodiga hurmat bilan qarab,
uning mеrosini chuqur o’rganadi. Yevropa olimlaridan B.N. Shtrеnishnеydеr,
Karra dе Vo, T.U.Buur, R. Xammond, R. dе Erlanjе, F. Dеtеrittsi, G. Farmеr,
N.Rishar, G. Lеy, Sharq olimlaridan Nafisiy, Umar Farrux, Turkеr, M. Mahdi va
boshqalar Abu Nasr Forobiy mеrosini o’rganishga muayyan hissa qo’shdilar6.
Kеyingi yillarda uning ijodi va ta'limotiga bag’ishlangshan bir qancha
ta'limotlar, asarlar yuzaga kеldi.
R.Emеrson aytganidеk: “Taraqqiyotning chinakam bеlgisi – boylik emas,
shaharning kattaligi emas, hosilning mo’l-ko’lligi emas, balki shu o’lka bag’rida
tarbiya topgan inson qiyofasidir”.
Abu Nasr Forobiyning dunyoqarashi IX-X asrlarda erishilgan yutuqlar
yakuni dеyish mumkin. Uning ijtimoiy g’oyalari kеyinchalik mutafakkirlar: Abu
Rayxon Bеruniy, Ibn Sino, Ibn Rushd, Baxmanyor, Nizomiy Ganjaviy, Sa'diy,
Abduraxmon Jomiy, Alishеr Navoiy va boshqalar ijodini rivojlanishiga asos
bo’ldi.
Tarixdan
bizga
ma’lumki
Abu
Nasr
Forobiy
g’oyalari
orqali
Movarounnahrda sarbadorlar XIV asrning 60-yillarida o’z davlatini parpo
etganlar.
6
M’anaviyat yulduzlari. Toshkent. A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 2001 – yil. 74 – 84 – betlar.
16
FAROBIY FOZIL DAVLAT HAQIDA
Farobiy “Fozil shahar aholisning maslagi” risolasida jamiyat (“inson
jamoasi”)ning kelib chiqishi haqida bunday yozadi:
“Har bir inson tabiatan shunday tuzulganki, u yashar va oily darajadagi
yetuklikka erishmoq uchun ko`p narsalarga muhtoj bo`ladi, u bir o`zi bunday
narsalarni qo`lga kirita olmaydi, ularga ega bo`lish uchun insonlar jamoasiga
ehtiyoj tug`uladi…Bunday jamoa a’zolrining faoliyati bir butun holda,
ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur bo`lgan
narsaloarni yetkazib beradi. Shuning uchun inson shaxslari ko`paydilar va
yerning aholi yashaydigan qismiga o`rnashdilar, natijada, inson jamoasi
vujudga keldi”.
Farobiy talqinicha, insoniyat jamiati turli xalqlardan tashkil topgan bo`lib,
ular bir-birlaridan tillari, urf-odatlari, mamlakatlari, xususiyatlari bilan farq
qiladilar. Farobiy davlatning vazifasi baxt saodatga olib borishdir. Bu esa ilim
va yaxshi axloq yordamida qo`lga kiritiladi deb yozadi. Farobiy davlatlarni:
1. O`z aholisini baxt-saodatga yetkazuvchi fozil davlat (Al-Madina alfazila)larga.
2. boshqa xalqlarni bosib olib, ualrni qul sifatida foydalanadigan, o`z
boyligini, farovonligi shu tarzda ta’minlaydiga adolatsiz, johil davlatlar (AlMadina al-johiliya)larga bo`ladi.
Farobiy davlatni:
 Yetuk shaxslar (monarxiya).
 Yetuk hislatlarga ega bo`lgan bir necha shaxslar (aristokratiya).
 Saylangan shaxslar (demokratiya) yordamida boshqarish shakllarini
qayd etadi.
Farobiy “Fozil jamiyat va fozil shaxarlar (davlat) shunday bo`ladiki, shu
mamlakatning
aholisidan
bo`lgan
har
biro
dam
kasb-hunar
bilan
shug`ullanadi. Odamlar chin ma’nosi bilan ozod bo`ladilar… Ular orasida
turli yaxshi odatlar, zavq-lazzatlar paydo bo`ladi”, deydi. Farobiy bunday
17
fozil jamoani boshqaruvchi podsho, rahbarlarga ham ma’lum talablar qo`yadi.
U xal haqida doim g`amxo`rlik qilishi, boshqalar manfaatini o`z manfaatidan
qo`ya bilishi zarur. Bunday jamoani idora etuvchi yoki idora etuvchilar guruhi
o`zlarida muhim oltin xislatni ifodalashi kerak, ya’ni:

Adolatli bo`lish.

Dono bo`lish – bilimli bo`lish.

Qonunlarga rioya etishi.

Qonunlar yarat olishi.

Kelgusini oldindan ko`ra bilish.

Boshqalarga jamxo`r bo`lishi kerak.
Forobiy tahminan 941 yillardan boshlab Damashqda yashaydi. Shahar
chekkasidagi bog`da qorovul bo`lib ishlaydi va faqirona hayot kechirib, ilmiy
ish bilan shug`ullanadi. 943-967 yillarda esa Halabda yashaydi. 949-950
yillarida Misrda ham bo`lgan. So`ng yana Damashqga qaytib, shu yerda 950
yilda vafot etgan. Damashqdagi «Bob as – sag`ir» qabristoniga dafn qilingan.
Rivoyatlarga ko`ra Abu Nasrning hikmat falsafani o`qishiga bir kishi sabab
bo`lgan ekan. O`sha kishi unga Arastuning bir necha kitobini, shu yerda tura
tursin, keyin olib ketaman deb qo`yib ketgani sabab bo`lgan, deyishadi. Ittifoqo,
kitoblarga ko`zi tushib, ularning Abu Nasrning ko`ngliga ma`qul bo`lib qoladi
va o`qishga kirishadi natijada yetuk faylusufga aylanadi. Haqiqatdan ham Abu
Nasr Forobiy o`rta asr davri ilm – fani taraqqiyotiga katta hissa qo`shgan olim,
Forobiy tabiiy, ilmiy va ijtimoiy bilimlarning barcha sohalarida ilmiy ish olib
borgan. Forobiy o`zidan keyin juda boy ilmiy meros qoldirgan. Falsafa, musiqa,
filologiya va boshqa tabiiy, ilmiy bilimlarning turli sohalarida asarlar yaratgan.
Demak, Forobiy inson baxt – saodatga erishuvi uchun ularni baxtli – saodatli
qila oladigan jamoa rahbari bo`lishi kerak deydi. U fozil shaharni boshqaradigan
Hokim tabiatdan: 1 – sog` – salomat bo`lib, o`z vazifasini bajarishda hech
18
qanday qiyinchilik sezmaligi; 2 – tabiati nozik, farosatli; 3 – xotirasi
mustahkam, 4 – zehni o`tkir, 5 – o`z fikrini tushuntira oladigan notiq, 6 – bilimma`rifatga havasli, 7 – taom yeyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda
ochofat emas, aksincha, o`zini tiya oladiga bo`lishi (qimor yoki boshqa
o`yinlardan) zavq, huzur olishdan uzoq bo`lishi, 8 - haq va haqiqatni, odil va
haqgo`y odamlarni sevadigan, yolg`onni va yelg`onchilarni yomon ko`radigan, 9
– o`z qadrini biluvchi va oriyatli bo`lishi, 10 – mol dunyo ketidan quvmaydigan,
11 – adolatparvar, 12 – qatiyatli, sabotli, jur`atli, jasur bo`lishi muhimligini qayd
etadi. Forobiy bu fazilatlarni har bir yetuk insonda ko`rishni istaydi 7.
Forobiy o`zining fozil jamoasida odamlarni turli belgilarga qarab guruhlarga
bo`ladi. Bunda u, kishilarning diniy mashabiga, millatiga, irqiga qarab emas,
balki
tabiiy
hususiyatlariga,
qobiliyatlariga,
aqliy
iqtidoriga,
bilim
ko`nikmalariga e`tibor berishlik zarur deydi. U o`zning «Baxt saodatga erishuv
yo`llar haqida risola» asarida «Davlatning vazifasi insonlarni baxt – saodatga
olib borishdir, - deb yozadi. U, - bu esa ilm va yaxshi axloq yordamida qo`lga
kiritadi». Forobiy davlatni yetuk shaxs boshqarishi lozim daydi; ya`ni jamoani
idora etuvchi adolatli, dono bo`lishi, qonunlarga rioya etishi va qonunlar yarata
olishi, kelgusini oldindan ko`ra bilishi, boshqalarga g`amxo`r bo`lishi lozim
deydi.8
Forobiy ta`lim tarbiyaga bag`ishlangan asarlarida ta`lim – tarbiyaning
muhumligi, unda nimalarga e`tibor berish zarurligi, ta`lim – tarbiya usullari va
uslubi haqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv
to`g`risida», «Ixso – al - ulum», «Ilmlarning kelib chiqishi», «Aql ma`nolari
to`g`risida» kabi asrlarida ijtimoiy – tarbiyaviy qarashlari o`z ifodasini topgan.
Forobiy o`z ishlarida ta`lim – tarbiyani uzviy birlikda olib borish haqida
ta`lim bergan bo`lsa ham, ammo har birining insonni kamolga yetkazishda o`z
o`rni va xususiyati bor ekanligini alohida ta`kidlaydi.
Forobiy «Baxt – saodatga erishuv to`g`risida» asarida bilimlarni o`rganish
7
8
Markaziy Osiyo mutafakkirlarining Arab dunyosi va jahon madaniyati rivojiga qo’shgan hissasi. Sharq 1999
Markaziy Osiyo mutafakkirlarining Arab dunyosi va jahon madaniyati rivojiga qo’shgan hissasi. Sharq 1999
19
tartibi haqida fikr bayon etgan. Uning ta`kidlashicha, avval bilish zarur bo`lgan
ilm o`rganiladi, bu – olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni o`rgangach, tabiiy
ilmlarni, tabiiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmon haqidagi bilimlarni o`rganish
lozim. Undan so`ng, umuman, jonli tabiat o`simlik va hayvonlar haqidagi ilm
o`rganiladi, deydi.
Forobiy inson kamolotga yolg`iz o`zi erisha olmaydi. U boshqalar bilan
aloqada bo`lish, ularning ko`maklashuvchi yoki munosabatlariga muxtoj
bo`ladi. Uning fikricha tarbi jarayoni tajribali pedagog, o`qituvchi tomonidan
tashkil etilishi muhumdir. Chunki har bir odam ham baxtni va narsa hodisalarni
o`zicha bila olmaydi. Unga buning uchun o`qituvchi lozim.
Bunga Forobiy ta`lim – tarbiyani to`g`ri yo`lga qo`yish orqali erishish
mumkin, deydi. Chunki maqsadga muvofiq amalga oshirilgan ta`lim – tarbiya
insonni ham aqliy, ham axloqiy jihatdan komolga yetkazadi, xususan, inson
tabiat va jamiyat qonun-qoidalarini to`g`ri bilib oladi va hayotda to`g`ri yo`l
tutadi, boshqalar bilan to`g`ri munosabatda bo`ladi, jamiyat tartib qoidalariga
rioya etadi.
Demak, Forobiy ta`lim – tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga
javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni
tarbiyalashdan iborat deb biladi.
Forobiy ta`lim va tarbiyaga birinchi marta ta`rif bergan olim sanaladi.
Ta`lim – degan so`z insonga o`qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish;
tarbiya – nazariy fazilatni, ma`lum xunarni egallash uchun zarur bo`lgan xulq
normalarini va amaliy malakalarni o`rgatishdir, deydi olim.
Abu nasr Forobiy yana aytadi: «Ta`lim – degan so`z xalqlar va shaharliklar
o`rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o`rtasidagi tug`ma
fazilat va amaliy kasb hunar fazilatlarini birlashtirish degan so`zdir.
Ta`lim faqat so`z va o`rgatish bilangina bo`ladi. Tarbiya esa, amaliy ish
tajriba bilan, ya`ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalardan iborat bo`lgan
ish - harakat, kasb - hunarga berilgan bo`lishi, o`rganishidir»
Forobiy nazariy bilimlarni egallashga kirishgan har bir kishi xulq – odobda
20
ham qay darajada pok bo`lishi kerakligini «Falsafani o`rganishdan oldin nimani
bilish kerakligi to`g`risida»gi risolasida shunday ta`riflaydi: «Falsafani
o`rganihdan avval o`zingizni hirs-havaslardan shunday tozalashingiz lozimki,
sizda maishiy va shahvoniyat kabi notug`ri tuyg`ularga emas, balki kamolotga
bo`lgan hirs-havas qolsin.
Bunga xulq axloqni faqat so`zdagina emas, balki haqiqatda (amalda)
tozalash orqali erishish mumkin. Shunday so`ng xato va adashishdan saqlovchi,
haqiqat yo`lini tushunib olishga boshlovchi (notiq – so`zlovchi, fikrlash
ma`nosida) nafsini, jonini, ruhini tozalash zarur»
Forobiy axloqiy fazilatlar deganda bilimdonllik, donolik va mulohazali
bo`lish, vijdonlilik, kamtarlik, ko`pchilik manfaatini yuqori qo`yish, haqiqat,
ma`naviy yuksaklikka intil, adolatliylik kabi hislatlarni tushunadi. Ammo bu
hislatlarning eng muhumi har bir insonning bilimli, ma`rifatli bo`lishidir.
Shuning uchun ham Forobiy axloq tushunchasiga aql bilan uzviy bog`liq holda,
tafakkurga asoslangan axloq sifatida qaraydi. Bundan biz Forobiyning axloqni
xulq me`yorlari ifodasi sifatidagini emas, balki kishilarning aqliy faoliyatining
natijasi sifatida ham talqin etganligini ko`ramiz. Forobiy «Aql ma`nolari
haqida» risolasida aql masalasini tahlil qilib, aql bilish haqidagi ta`limotida
mantiq (logika) ilmi muhim o`rin tutadi deydi. U mantiq ilmi bilan grammatika
o`rtasidagi
mushtarakligini
qayd
etib,
mantiqning
aqlga
munosabati,
grammatikaning tilga munosabati kabidir. Grammatika odamlar nutqini
tarbiyalagani kabi, mantiq ilmi ham tafakkurni haqiqiy yo`lda olib borish uchun
aqlni to`g`irlab turadi deydi.
Forobiy «Muzika haqida katta kitob» degan ko`p jildi asari bilan o`rta
asrning yirik muzikashunosi sifatida ham mashxur bo`ldi. U muzikaga ilmini
nazariy, amaliy jihatdan yoritib, muzikani inson axloqini tarbiyalovchi sihat
salomatligni mustahkamlovchi vosita deb qaragan. Uning muzika sohasida
qoldirgan merosi muzika madaniyati tarixida muhim ahamiyatga molikdir.
Forobiyning ta`lim-tarbiya yo`llari, usullari vositalri haqidagi qarashlari
ham qimmatlidir. U insonda go`zal fazilatlar ikki yo`l – ta`lim va tarbiya yo`li
21
bilan hosil qilinadi. Ta`lim nazariy fazilatlarini birlashtirsa, tarbiya esa tug`ma
fazilat – nazariy bilimlar va amaliy kasb - hunar, xulq odob fazilatlarini
birlashtiradi. Ta`lim so`z va o`rganish bilan tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan
amalga oshiriladi, deydi. Har ikkalasi birlashsa yetuklik namoyon bo`ladi, ammo
bu yetuklik bilim va amaliy ko`nikmalarni qay darajada o`rganganligiga qarab
paydo bo`ladi, deb ko`rsatadi.
Forobiy ta`limda barcha fanlarning nazariy asoslari o`rganilsa, tarbiyada
ma`naviy – axloqiy qoidalar, odob me`yorlari o`rganiladi, kasb-hunarga oid
malakalar hosil qilinadi, deb uqtiradi.
Bu muhim vazifa tajribali tarbiyachilar tomonidan ta`lim-tarbiyaning turli
metodlari yordamida amalga oshiriladi. Forobiy ta`lim – tarbiya ishlarini ikki
yo`l bilan amalga oshirishni nazarda tutadi.
«Amaliy fazilatlar va amaliy san`at (kasb-hunar)lar va ularni bajarishga
odatlanish masalasi»ga kelganda, bu odat ikki yo`l bilan hosil qilinadi: bulardan
birinchisi – qanoatbaxsh so`zlar, chorlovchi, ilxomlantiruvchi so`zlar yordamida
odat hosil qilinadi, malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi g`ayrat, qasd-intilish
harakatga aylantiriladi.
Ikkinchi yo`l (yoki usul) – majbur etish yo`li. Bu usul gapga ko`nmovchi,
qaysar shaharliklar va boshqa sahroyi xalqlarga nisbatan qo`llaniladi. Chunki
ular o`z istaklaricha so`z bilan g`ayratga kiradiganlardan emaslar. Ulardan
birortasi nazariy bilimlarni o`rganishga kirishsa, uning fazilati yaxshi bo`ladi.
Kasb hunarlarni va juz`iy san`atlarni egallashga intilish bo`lmasa, bunday
odamlarni majbur etmaslik kerak. Chunki shahar xalqlariga tarbiya berishdan
maqsad – ularni fazilat egasi qilib va san`at ahllariga aylantirishdir
Abu Nasir Muxammad ibn Muxammad Farobiy (870-950) ilk o`rta asr
uyg`onish davrining buyuk namoyondasi, qomusiy ilm sohibidir. U O`tror
yaqinidagi Farob qishlog`ida tavallud topgan. Uning avlodlari qipchoq turk
qavmidan edi. Farobiy juda ko`p fanlar soxasida ilg`or g`oyalarni asoslab
bergani uchun unga «ikkinchi muallim» "muallimi soniy" (Arastu birinchi
muallim) muallimi avval degan faxriy nom berilgan edi.
22
Davrning siyosiy va huquqiy qarashlari chuqur taxlil qilib, o`zining
ijtimoiy siyosiy qarashlarini to`la asoslab bergan Farobiy Bag`dodlik
olimlarning eng peshqadami edi. U musiqadan tortib Astronomiyagacha ko`plab
fanlar sohasida kitoblar yaratib qoldirdi. Ayrim manbalarga ko`ra u arab, fors,
yunon kabi o`nlab tillarda gapira olgan va yoza olgan. U mashhur tarjimon Abu
Bashar Matta bilan xamkorlik qilib turgan.
Farobiy Movaraunnahrning ko`plab ilmiy va madaniy markazlarida
bo`lgan, ijod kildi manbalardan shu narsa aniqki, u O`tror, Talas, Shosh,
Samarqand, Buxoro, Xiva, Marv, Qobul, g`azna, Xirot, Bog`dod, Halem,
Damashq shaxarlarida bo`lgan.
Farobiy avvalambor, faylasuf olim edi. Ratsionalistik dunyoqarashga ega
bo`lgan Farobiy shunday yozgan edi: «Falsafani o`rganishdan oldin tabiat
haqidagi bilimlarni o`rganish kerak. CHunki tabiat haqidagi bilimlar odamlarga
juda yaqin va tushunarli, chunki inson tabiat bilan birgadir»9.
Farobiy yunon mutafakkirlarining ijodini qunt bilan o`rgandi, uning
ko`plab asarlariga sharxlar yozdi. Arastu va Aflotun ijodlaridagi mushtarak
tomonlarni topishga intildi.
Farobiy Arastuning «Metafizika», «Fizika» asarlariga hamda uning
mantiqqa bag`ishlangan asarlariga, Ptolomeyning asarlariga ilmiy sharhlar
yozdi. Farobiyning «Ikki faylasuf Arastu va Aflotunning yaxlit fikrlari haqidagi
kitob», «Arastu bilan Talen o`rtasidagi vositachilik», «Falsafa manbalari», «Aql
xaqida
traktat»,
«Falsafani
o`rganguncha
nimani
o`rganmok
kerak?»,
«Substantsiya», «Davlat xaqidagi traktat» kabi asarlarini alohida ko`rsatib o`tish
kerak.
Farobiynnig inson va jamiyat, ularning o`zaro ta`siri, davlat, siyosat, urush
va tmnchlik kabi masalalariga bag`ishlangan asarlari sirasiga «Fozil odamlar
shaxri» haqida kitob «Baxt saodatga erishish» haqida risola, «Fuqarolik
siyosati», «Jamiyatni o`rganish haqida», «Urush va tinch-totuv yashash haqida»,
9
Farobiy 1995 O`qituvchi
23
«Davlat arboblari haqida hikmatlar» nomli asralarida inson, jamiyat, siyosat,
adolat, odob-axloq, ta`lim-tarbiya to`g`risidagi fikrlari bayon etilgan.
Farobiyning chuqur falsafiy kuzatishlariga e`tibor bersak, unda insonni faol
harakatda, yaratishda bo`lishi va uni tabiat bilan munosabatiga e`tibor bergan.
Jamiyat va inson yagonadir, jamiyat va davlat taraqqiyotini insonlar faoliyatisiz
tasavvur qilib bo`lmaydi. Jamiyatning kelib chiqishi va uning mohiyatini
o`rganuvchi maxsus fan zarurligini Farobiy chuqur xis qiladi. Jamiyatni
o`rganish insonni o`rganish demakdir. Odamlar rivojlanishlari va yaxshiroq
yashashlari uchun ular jamoaga birlashishga, majbur bo`ladilar. Shu tariqa
jamiyat zaruriyat taqdiri bilan vujudga keladi. Jamiyat o`z qonunlari asosida
rivojlana
boshlaydi.
Farobiy qarashlarinnig asosiy tamoyili bu adolatparvarlikdir. Ideal
shaharda ham adolat hamma narsadan ustun: hammaning tengligi, hamkorligi va
axilligi mana shu davlatni asosiy tayanchi va kelajak ravnaqidir. Farobiy
Sharqda birinchilar katorida davlatning Monarxiya shaklida cheklanib
qolmasdan uni bir necha kishi tomonidan boshqarish kerak degan xulosaga
keladi. CHunki bir insonda Farobiy talab kilgan o`n ikkita fazilat mujassam
bo`lmasligini aniq tushunib etgan mutafakkirdir.
Farobiy ko`plab xorijiy tillarni o`rganib, ular orkali Aflotun Arastu kabi
buyuk mutafakkirlarning ilmiy merosidan bahramand bo`ladi, U matematika,
meditsina kabi tabiiy fanlar bilan bir vaqtda filosofiya, logika, siyosat, davlat
haqidagi ijtimoiy fanlarning soxalari bilan ham shug`ullanadi va o`zining
yuzdan ortiq asarlarini yozib qoldiradi.
Farobiy kamtar, tartinchoq kishi bo`lib, mulki ham, boyligi ham
bo`lmagan. U umrini ilm sohalarini o`rganishga, kitoblar yozishga sarflagan
mutafakkir edi. U o`z vatanidan uzoqlashib ketishiga qaramasdan, o`z ona tili—
turkiy tilni unitmagan va o`z milliy kiyimida yurgan, milliy odatlarga rioya
qilgan. U o`zining yuksak ilmi bilan xammani hayratda qoldirgani uchun xam
24
xalq orasida «mua`limi soniy»,ya`ni «ikkinchi muallim» degan nom bilan
mashxur bo`lgan.
Farobiy bizga juda katta ijodiy meros qoldirgan. Bu asarlarning to`liq
ro`yxati bo`lmasada, ilmiy adabiyotlarda u 130-160 dan ortiq asarlar yaratgani
haqida fikrlar mavjud. Farobiy to`g`risida sharq adabiyotida turli-tuman
hikoya,afsonalar mavjud bo`lib, ularning barchasida mutafakkirning o`z
zamonasi fanning turli sohalari bo`yicha chuqur bilimga ega bo`lganligi haqida
va u juda ko`plab tillarni bilganligi haqida hikoya qilinadi.
Mutafakkirning ijodiy merosini o`rganish borasida olimlar samarali ijod
qilmoqdalar. Farobiyning kitoblarini ro`yxatini tuzish va undagi ijtimoiyfalsafiy, siyosiy fikrlarni o`rganish borasida Bayxaki, Al-Nadima, ibn Usaybi,
Dexxuzo, Umar Tarrux, Xorten, Diteritsi, Shteynshneyder, Brokkel’man,
Axmad Atin, M.M.Xayrullaev va boshqalar samarali mehnat qilganlar.
Farobiyning asarlari Leningrad, Moskva, Toshkent, Dushanbe, Baku, qozon,
Kair, Bayrut, Damashq, Stambul, Leyden, London, Parij, Madrid, N’yu-York,
Xaydarobod, Tehron va boshqa shaharlarning muzey va kutubxonalarida
saqlanib kelinmoqda.
Farobiyning asarlari ko`plab olimlar uchun asosiy qo`llanmalardan biri
bo`lib xizmat qilib keldi. Abu Ali ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy, Navoiy, Jomiy,
Mirxond, Xondamir kabilar ko`plab jahon klassiklari bevosita undan
o`rganganlar. Uning asarlari faqat Sharqda emas, balki g`arbiy Evropa
mamlakatlarida ham keng tarqalgan.
Farobiyning ba`zi bir asarlari qadimiy yahudiy va lotin tillariga tarjima
qilingan bo`lib, ular ana shu tillarda bizlargacha etib kelgan. Uning asarlari
orasida hajmi, mazmuni va ma`nosiga ko`ra «Ideal shahar aholisining
qarashlari» degan asari muhim o`rinni egallaydi. Bu asar 37 bobdan iborat
bo`lib, unda jamiyat, davlat, shaxs haqidagi ijtimoiy-siyosiy qarashlar berilgan.
Farobiy Arastuning asarlariga, ya`ni logik asarlari («Birinchi analitika»,
«Ikkinchi analitika») ga, «Topika», «Kategoriyalar», «Etika», «Ritorika»,
«Metafizika», «Sofistika» va boshqa ko`plab asarlariga sharxlar yozgan.
25
Abu Nasr Farobiy o’z davrining qator ilmlarini chuqur o’rganib, turli
sohalarga oid ilmiy asarlar yozib qoldirgan. U o’z davrining birinchi faylasufi,
musiqachisi, shoiri, qomusiy olimi bo’lib nom qozondi. U «Aql haqidagi risola»,
«Falsafadan oldin nimani o’rganish kerak», «Substanstiya haqida», «Falsafa
manbalari», «Logikaga kirish», «Masalalar manbai» kabi 160 dan ortiq risolalar
yaratdi.
Abu Nasr Farobiy birinchilardan bo’lib, o’z davri ilmlar klassifakastiyasini
yaratgan va unga bag`ishlab qator risolalar yozdi. U o’z davrida musiqa
masalalariga atab katta asar yozib, musiqa nazariyasining tafsilini berdi va
Sharqda keng tarqalgan nay, nog`ora, chang, rubob kabi qator Musiqa asboblari
ta’rifini yozib qoldirdi. Uning bu asari Sharq Musiqashunosligi tarixida
nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. U o’z davrining qomusiy olimi bo’lib,
riyoziyot, tibbiyot, arab grammatikasi, alximiya, falakkiyot, mantiqqa oid asarlar
muallifidir.
Lekin Farobiy avvalambor mashhur faylasuf – falsafaning eng muhim
masalalari bo’yicha qator asarlarning muallifi sifatida shuhrat qozondi. U
Sharqda qadim Yunon falsafasi ayniqsa, qadimgi dunyoning qomusiy olimi
Aristotelning asarlarini o’rganish, ularga sharhlar yozish, g`oyalarini targ`ib eti
shva yanada rivojlantirishga ulkan hissa qo’shdi. Aristotel «Birinchi muallim»
deb nom olgan bo’lsa, butun Sharqda Farobiy «Ikkinchi muallim» unvoniga
sazovor bo’ldi.
Farobiy o’z davrida ijtimoiy-siyosiy masalalar bo’yicha birinchi bo’lib
yirik asarlar yaratgan mutafakkirdir. U ijtimoiy hayotning turli masalalari,
ayniqsa, davlat tuzilishi va uni boshqarish, turli ijtimioiy nizolarning oldini olish
kabi hamda kamolotga erishgan ijtimoiy jamoani yaratish kabi ijtimoiy
masalalarni olg`a surdi. Etuk jamoani vujudga keltirish komil insonni yaratish
muammosini hal etish bilan bog`liq ekanligini birinchi bor O’rta asr sharoitida
Farobiy olg`a surdi. «Uning ideal shahar aholilarining raylari», «Ideal jamoa
haqida», «Baxt-saodatga erishuv to’g`risida» kabi mashhur asarlari shu
masalalarga bag`ishlandir.
26
XULOSA
Butun Sharqu-G`arb olamiga "Al-muallim-as-soniy", "Sharq Arastusi"
degan nomlar bilan mashhur alloma Abu Nasr Muhammad ibn Uzlug ibn
Tarxon al-Farobiy yoshligidan juda iste' dodli, zehni o`tkir, xotirasi kuchli
bo'lgan. Farobiy Eron va O`rta Osiyolik mutafakkirlar Nazzam, Ravandiy, arPoziy, arab olimlari Jahid, al-Kindiy, qadimgi yunon faylasuflari: Aristotel,
Platon, Suqrot, Galiley, Ginokrat ta"limotlarini chuqur o'rgandi. Farobiy Ibn
Sino, Beruniy Firdavsiy kabi mutafakkirlar singari oila ,farzand, uy-joy orzusini
ilmyo'lida qurbon qilib, butun umrini fanga bag'ishladi. Alllomaning "Fozil
odamlar shahri"deb nomlangan asari sharq ilmida, ma naviyatida yangi sahifa
ochdi, Farobiyni CTrta asrning buyuk
mutafakkiri nomiga sazovvor
qildi.Farobiy "Fozil odamlar shahri", "Baxt saodatga erishuv haqida","Baxt
saodatga erishish yo'llari haqida ko"rsatmalar","Shahar siyosati to`g`risida”
Buyuk kishilarning naqllaridan","Fazilat, baxt-saodat va kamolot haqida"kabi
asarlarida insonlarni eng oily kamolot va baxt-saodatga erishishlarining asosiy
vositalari va yo'llarini ilmiy asosda bay on etib bergan.
Farobiy yosh avlodni kamolga yetkazishda u yashayotgan jamiyatdagi
muhit, hayotiy tajriba, talim-tarbiyaning ta'sirivabu ta'sir natijasidaular
o'zlaridagi ijobiyyoki salbiy xislat-fazilatlarni namoyon qilishlarini aytadi.
"Insonlar tug"Uganda kamolotli bo"lib tug'imaydi, ularni orasida aslida farq
ham bo'lmaydi, ularning xulqi, faoliyati, hayoti o'xshash bo'ladi, keyinchalik esa
o'zgaradi, ya ni ijtimoiylashuv jarayonida jamiyatda odamlar ming yillardan beri
amal qilib kelayotgan qadiriyatlarni va me'yorlarni qabul qiladilar. Ularga
moslashadilar voqealar va muhit ta'sirida yaxshi yoki yomon odatlarni
o'rganadilar, shu bois odamlardagi xato va kamchilik, yutuq va muvaffaqiyatlar
ularda jamiyatda keyinchalik shakllanadi. Inson jamiyatdagi qarama qarshiliklarni o'ziga singdira boshlaydi, har xil mushkulotlarga duch keladi.
Inson faoliyatining adolatga yaqinligi yoki uzoqligi uning aqliga, xulqiga,
yashagan jamiyatiga bog'liq. Agar unda yomonlik fikrlari ozroq bo'lsa, adolatga
27
yaqin bo'ladi, agar ko'proq bo'lsa adolatdan, insofdan uzoqroq bo'ladi. Xulq
albatta insonning yaxshi yoki yomon xislatlarining nisbatiga bog'liqdir".
Jamiyatda adolat asosiy mezon bolsa, uning a'zolariham insof va diyonatli,
mehr-oqibatli bo"ladilar. Inson jamoasi to'g'risidagi talimotlning asosini
kishilarning ongli harakatini, xulq-odatlari, tabiy -mayillari, istak va
malakalarini, faoliyatlari va turmush darajalarini o'rganish masalalari tashkil
etadi.
Mutafakkirning fikricha fozil jamoaning har bir a'zosi fozil ya ni haqiqiy
inson bo'lishi kerak. Farobiy o'z qarashlarida insonning aqliy va axloqiy
jihatlariga alohida e'tiborini qaratadi va u "Fozil odamlar shahri asarida on ikki
tug'ma xislatni birlashtirgan kishigina axloqli inson bola olishini ta'kidlaydi.
Bular quyidagilar:
"Birinchidan bunday odamning barcha a'zolari mukammal taraqqiy etgan,
sog'lom bo'lish lozim;ikkinchidan, tez fahm so'zlovchining maqsadini tez
payqay oladigan bo'lsin; uchinchidan, xotirasi juda kuchli va mustahkam bo'lsin;
to'rtinchidan, zehni tez va o'tkir bo'lsin; beshinchidan nutqi ravon ,fikri teran
mulohazalarini yorqin bay on eta olsin; oltinchidan, bilish va o'rganishga
ishtiyoqi baland bo'lib, bilimlarini charchashni sezmasdan o'zlashtira olsin;
yettinchidan navsini tiya oladigan, qimor o'yinlaridan jirkanadigan bolsin;
sakkizinchidan haqiqatni sevadigan bo'lsin; to'qqizinchidan g'ururli va vijdonli
bo'lsin, oliyjanob ishlarga intilsin; о ninchidan mol-dunyo yig'ishga berilmasin;
o'n birinchidan adolatli bolsin, odamlarni adolatga targ'ib etadigan bolsin; on
ikkinchidan adolatli bo'lsin, ammo qaysar bo'lmasin, adolat oldida qaysarlik
qilib, o'zbilarmonlikka berilmasin, lekin har qanday adolatsizlik, pastkashlik
oldida lafzli bo`lsin, o'zi zarur deb bilgan narsasini amalga oshirishda qaf iylik
ko'rsatsin, qo'rqmas, jasur bo`lsin, qo'rqish va ojizlikni bilmasin".
Uning fikricha "fozil" inson barkamlol shaxs bolishi uchun manaviyaxloqiy jihatlardan xoli, ruhan, ma`nan va jismonan sog`lom bo`lishi lozim.
Haqiqiy inson aql idrok tufayli barcha ne'matlarga ega bo'ladi va adolatli
ijtimoiy hamkorlikka asoslangan fozil jamiyat barpo etadi.
28
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
I. O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti asarlari
1. SH.MIRZIYOYEV Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash
– yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi
2. SH.MIRZIYOYEV Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy
javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak
3. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat – еngilmas kuch. – Toshkеnt,
Ma'naviyat, 2008.
4. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kеlajak yo’q. – Toshkеnt,
O’zbеkiston, 1998.
II. ASOSIY ADABIYOTLAR
1.
Xayrullayеv M.M. Forobiy va uning falsafiy risolalari. Toshkent
2.
Xayrullaеv M. Ikkinchi muallim. G`G` Guliston.Tpshkent.1975,
.1963.
№9
3.
Xayrullaеv M. Uyg’onish davri va Sharq mutafakkiri. T.1971
4.
Xayrullaеv M. Sharq rеnеssansi va Forobiy. Fan va turmush,
Toshket. 1975, 239 –b
5.
Abu Nasr Forobiy. Risolalar. – Toshkеnt, Fan, 1975.
6.
Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. – Toshkеnt, Abdulla
qodiriy nomidagi xalq mеrosi nashriyoti, 1993.
7.
Abu Nasr Forobiy. Fazilat, baxt, saodat va kamolot haqida . –
Toshkеnt, Yozuvchi, 2001.
8.
Muhiddinova F. “Forobiy siyosiy – huquqiy ta’limotida qonun va
qonunchilikni takomillashtirish konsepsiyasi”. Toshkent,2005, 55-bet
9.
Abu Nasr Forobiy. Fazilat, baxt-saodat va kamolot
haqida.”Mutafakkir” xalqaro hayriya jamg’armasi. Toshkеnt ”Yozuvchi”.2002
,37-b.
10. www.ziyonet.uz
29
Скачать