Uploaded by Akmal Alisherovich Raximov

023-18 лабаратория иши

advertisement
Laboratoriya ishi № 3.
Mavzu: Cisco Packet Tracer dasturida WAN tarmoqlarini loyihalash.
Statik va dinamik marshrutlash.
Ishdan maqsad: Cisco Packet Tracer dasturida global tarmoqlar, asosiy WAN protokollari
haqida nazariy ma`lumotlarni o`rganish. Global tarmoqni loyihalash,statik va dinamik
marshrutlash amaliy ko`nikmalariga ega bo`lish.
Vazifa 1.Statik marshrutlash.
Hub, switch, kompyuterlardan tuzilgan tarmoqni quramiz, va dinamik IP kiritamiz.
Aloqani tekshirib ko’ramiz:
Hub va switch orasida aloqa o’rnatamiz.
Aloqani tekshirib ko’ramiz:
Nazorat savollari.
• Tarmoq uskunalari va uning funksiyalari.
• TCP / IP protokoli to'plami.
• Turli xil Ethernet standartlari o'rtasidagi farq.
• Wi-fi tarmoqlari - ishlashning asosiy standartlari va tamoyillari.
• Shlyuzning maqsadi.
• Marshrutizatsiyalash
• OSI / ISO mos yozuvlar modeli.
Javoblar
Tarmoq uskunalari va ularning funksiyalari.
Asosiy kompyuter tarmoqlari tushunchalari
Kompyuterlar dunyosida tarmoqlar ma'lumot almashish maqsadida ikki yoki undan ko'p
hisoblash qurilmalarini bir-biriga bog'lash amaliyotidir. Tarmoqlar kompyuter uskuna va
kompyuter dasturlarining kombinatsiyasi bilan qurilgan.
Kompyuter tarmoqlari turlari
Tarmog'larni
bir
necha
geografik maydoniga qarab
usulda
turini
tasniflash
belgilaydi.Shu
mumkin.Bir
bilan
bir
usul
qatorda,
tarmoqning
tarmoqlar
ham topologiyaga yoki ular qo'llab-quvvatlaydigan protokollarning turlari bo'yicha tasniflanishi
mumkin.

Mijoz-server tarmoqlari

Tengdosh tarmoqlar

Hududiy tarmoqlarga kirish
Tarmoq uskunalari turlari
Uy kompyuter tarmog'ining qurilish bloklari orasida adapter, router va / yoki kirish
nuqtalari mavjud. Simli (va gibrid simli / simsiz) tarmoqlar turli xil kabellarni ham o'z ichiga
oladi. Nihoyat, keng ko'lamli korporativ tarmoqlar, odatda, maxsus kommunikatsiya maqsadlari
uchun boshqa zamonaviy jihozlardan foydalanadi.
Tarmoq tushunchasi va uning ahamiyati. Kompyuterlar umumiy ma'lumotalmashish va
umumiy masalalarni hal qilish uchun kompyuterlarni bir-biribilan bog'lash zarurati paydo
bo'ladi. Kompyuterlarni bir-biri bilan bog'lashda ikkixil usuldan foydalaniladi:
1. Kabel yordamida bog'lash. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan koaksial,o'ralgan juftlik
kabeli (UTP) yoki shisha tolali kabellar orqali maxsus tarmoq plataishlatilmoqda.
2. Simsiz boglanish. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan simsiz aloqa vositalariamalga
oshiriladi,
birgalikda
radio
to'lqinlar,
infraqizil
nurlar,
WiFi
va
Bluetooth
texnologiyalariishlatilmoqda.
Bir-biri bilan tashkil qilingan kompyuterlarning bunday majmuasi kompyutertarmog'ini
tashkil etadi.
Tarmoq - kompyuterlar, terminallar va boshqa foydalanish ma'lumotlarialmashishni
ta'minlaydigan aloqa kanallarining bilan o'zaro
bog'langan majmuasi.Kompyuterlararo ma’lumot almashishda nazorat ta'minlab qurilsa
bunday tarmoqlarkompyuter tarmoqlari deb ataladi.
Kompyuter tarmoqlarini boshqarish geografik joylashishi, masshtabi hamda
hajmiga qarab bir nechta turlarga ajratish mumkin, bo'lishi mumkin:
Lokal tarmoq - bir korxona yoki davolatdagi bir nechta yaqin binolarda
kompyuterlarni o'zaro bog'lagan tarmoq.
Mintaqaviy tarmoqlar - mamlakat, shahar, va viloyatlar darajasidakompyuterlarni va lokal
tarmoqlarni maxsus aloqa yoki telekommunikatsiya kanallariorqali o'zaro bog'lagan tarmoqlar.
Global tarmoqlar - doimiy butun dunyo kompyuterlarini, abonentlarini, lokal vahududiy
tarmoqlarini telekommunikatsiya (kabelli, simsiz, sun'iy yo'ldosh)aloqalari tarmog'i orqali
bog'lagan katta tarmoq.
Tarmoq orqali uzatiladigan axborotlarni uzoq masofalarga uzatish imkoniyati vujudga
keldi.Tarmoq axborotlarini uzatish, alohida ishlatilayotgan kompyuterlarni ishlatish,ishlashini
tashkil qilish, bitta masalani bir nechta kompyuter yordamida yechishimkoniyatlarini
beradi. Bundan tashqari har bir kompyuterni bilish, bir vazifanibajarishga ixtisoslashtirish va
kompyuterlarning resurslaridan (ma'lumotlari, xotirasi)foydalanish, butun dunyo kompyuterlarini
boshqarish birlashtirganInternet tarmog'iga bog'lanish mumkin.
TCP / IP protokoli to'plami.
TCP\IP protokoli tarixi
Internet — dunyo bo'ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan minglab kompyuter
tarmoqlarining majmuidir. Internetda axborot almashish standart qoidalar asosida amalga
oshiriladi.Internetdagi ma'lumotlarni uzatish qoidalari protokollar (masalan, TCP/IP —
TRANSMISSON CONTROL PROTOKOL/INTERNET PROTOKOL) deb ataladi.TCP/IP
protokolining axborotni uzatish usuli quyidagicha: TCP protokoli axborotni paketlarga ajratadi;
IP protokoli orqali barcha paketlar qabul qiluvchiga uzatiladi va TCP protokoli
tomonidan barcha paketlarning qabul qilinganligi tekshiriladi; barcha paketlar qabul
qilingandan keyin TCP protokoli ularni tartibga soladi va yaxlit ko'rinishga keltiradi.
TCP/IP protokollari to'plami 1972 yilda Winton Serf boshchiligidagi ishlab chiquvchilar
guruhi tomonidan NCP (tarmoq boshqaruv protokoli) asosida yaratilgan. 1976 yilning iyul oyida
Vint Cerf va Bob Kahn birinchi marta uchta turli tarmoq orqali TCP yordamida ma'lumotlarni
uzatishni namoyish etdilar. Paket quyidagi yo'nalishda o'tdi: San-Fransisko — London – Janubiy
Kaliforniya
universiteti. Safariningoxirigakelib,paket
150
mingkmmasofanibosibo'tib,
bittabitniyo'qotmadi. IP alohida datagramlarni uzatish (qabul qilishni nazorat qilish) uchun
mas'ul edi.Zamonaviy Internet protokoli shu tarzda tug'ilgan.1 yanvar 1983 yilida ARPANET
yangi protokolga o'tdi. Bu kun Internetning rasmiy tug'ilgan kuni deb hisoblanadi.
TCP / IP - raqamli shaklda taqdim etilgan ma'lumotlarni uzatish uchun tarmoq modeli.
Model ma'lumotlarning manbasidan oluvchiga qanday ma'lumot uzatilishini tavsiflaydi. Model,
har biri qoida (transmissiya protokoli) bilan tavsiflangan to'rtta darajadagi ma'lumotlarning
o'tishini nazarda tutadi. Ma'lumotlarni uzatish muammosini hal qiladigan qoidalar to'plami
Internet asosidagi ma'lumotlar uzatish protokollari to'plamini tashkil etadi . TCP / IP nomi
oilaning ikkita eng muhim protokollaridan kelib chiqadi - Transmission Control Protocol (TCP)
va Internet Protocol (IP), ular birinchi bo'lib ushbu standartda ishlab chiqilgan va tavsiflangan.
1970-yillarda ARPANET tarmog'idan kelib chiqqanligi sababli DOD (Mudofaa vazirligi) modeli
deb ham nomlanadi.
TCP / IP stek darajalari TCP / IP protokollari to'plami to'rtta qatlamni o'z ichiga oladi: Ilova
qatlami, Transport qatlami, Internet qatlami (Tarmoq qatlami [6]), Bog'lanish qatlami (Tarmoqqa
kirish qatlami). Ushbu qatlamlarning protokollari OSI modeli funksiyalarini to'liq amalga
oshiradi. IP-tarmoqlaridagi barcha foydalanuvchilarning o'zaro aloqasi TCP / IP protokoli
stekasida qurilgan. Stek ma'lumotlar uzatishning fizik vositasidan mustaqil bo'lib, xususan simli
va simsiz tarmoqlar o'rtasida to'liq shaffof aloqani ta'minlaydi.
TCP / IP modeli bo'yicha protokollarni qatlamlash
Amaliy
(Dastur qatlami)
Transport
(Transport
qatlami)
HTTP, RTSP, FTP, DNS
TCP, UDP, SCTP, DCCP
(IP orqali ishlaydigan OSPF kabi RIP, marshrutlash protokollari tarmoq
sathining bir qismidir)
TCP/IP , IP
Tarmoq
(Internetwork)
(Internet qatlami) (ICMP va IGMP kabi yordamchi protokollar IP orqali ishlaydi, lekin ayni
paytda tarmoq sathiga tegishli; ARP - bu ma'lumotlar havolasi qatlami ustida
ishlaydigan mustaqil yordamchi protokol)
Tarmoqqa kirish
darajasi
(Network Access Ethernet, IEEE 802.11 WLAN, SLIP, Token Ring, ATM va MPLS, jismoniy
vositalar va ma'lumotlarni kodlash tamoyillari, T1, E1
Layer)
O‘tgan asr 80-yillarining birinchi yarmida va keyinchalik TCP/IP nomini olgan axborot
uzatish modeli protokoli yaratilgan. TCP/IP stek protokoli to‘rt pog‘onali tuzilishga ega bo‘lib,
har bir pog‘onada o‘zining protokollari mavjud. Bu protokol orqali adreslashdan nafaqat internet
tarmog‘i elementlarini adreslashni amalga oshirish mumkin, balki lokal tarmoqda ham
foydalanuvchilarga noyob adreslar berish mumkin. Adreslash orqali tarmoq foydalanuvchilari
bir-biridan farqlanadi va paketlar aniq belgilangan foydalanuvchiga yetib borishi kafolatlanadi.
Turli xil Ethernet standartlari o'rtasidagi farq.
Ethernet tarmog‘i
Birinchi mahalliy tarmoqlar paydo bo‘lgan vaqtdan beri yuzlab turli xil tarmoq
texnologiyalari yaratildi, lekin keng miqyosda tanilib, tarqalgan tarmoqlar bir nechagina xolos.
Taniqli firmalar bu tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlashlariga va yuqori darajada ularni ish faoliyatini
tashkiliy tomonlarini standartlashganiga nima sabab bo‘ldi. Bu tarmoq qurilma va uskunalarini
ko‘p ishlab chiqarilishi va ularning narxi pastligi, boshqa tarmoqlarga qaraganda ustunligini
ta’minladi. Dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqaruvchilar ham albatta keng tarqalgan
qurilma va vositalarga mo‘ljallangan mahsulotlarini ishlab chiqaradilar. Shuning uchun standart
tarmoqni
tanlagan foydalanuvchi qurilma va dasturlarni
bir-biri
bilan mos
tushishiga to‘liq kafolat va ishonchga ega bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda foydalaniladigan tarmoq turlarini kamaytirish tendensiyasi kuchaymoqda.
Sabablaridan bittasi shundan iboratki, mahalliy tarmoqlarda axborot uzatish tezligini 100 va
hatto 1000 Mbit/s ga yetkazish uchun eng yangi texnologiyalarni ishlatish va jiddiy, ko‘p
mablag‘ talab qiladigan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish kerak. Tabiiyki bunday ishlarni
faqat katta firmalar amalga oshira oladilar va ular o‘zi ishlab chiqaradigan standart tarmoqlarni
qo‘llab-quvvatlaydilar. Shuningdek, ko‘pchilik
foydalanuvchilarda
qaysidir
tarmoqlar
o‘rnatilgan va bu qurilmalarni birdaniga, batamom boshqa tarmoq qurilmalariga almashtirishni
xohlamaydilar. Shuning uchun yaqin kelajakda butkul yangi standartlar qabul qilinishi
kutilmaydi, albatta.
Bozorda standart lokal tarmoqlarning turli topologiyali, turli ko‘rsatkichlilari juda ko‘p,
foydalanuvchiga tanlash imkoniyati keng miqyosda mavjud. Lekin u yoki bu tarmoqni tanlash
muammosi baribir qolgan. Dasturiy vositalarni o‘zgartirishga qaraganda (ularni almashtirish juda
oson) tanlangan qurilmalar ko‘p yil xizmat qilishi kerak, chunki ularni almashtirish nafaqat ko‘p
mablag‘ talab qilishdan tashqari, kabellar yotqizilish va kompyuterlarni o‘zgartirish, natijada
butun tarmoq tizimini o‘zgartirishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Shuning uchun tarmoq qurilmasini
tanlashda yo‘l qo‘yilgan xatolik, dasturiy ta’minotni tanlashda yo‘l qo‘yilgan xatolikka nisbatan
ancha qimmatga tushadi.
Standart tarmoqlar o‘rtasida eng ko‘p tarqalgan tarmoq bu Ethernet tarmog‘idir. U birinchi
bo‘lib 1972-yilda Xerox firmasi tomonidan yaratilib, ishlab chiqarila boshlandi. Tarmoq loyihasi
ancha muvaffaqiyatli bo‘lganligi uchun 1980-yili uni katta firmalardan DEC va Intel qo‘lladilar
(Ethernet tarmog‘ini birgalikda qo‘llagan firmalarni bosh harflari bilan DIX deb yuritila
boshlandi). Bu uchta firmaning harakati va qo‘llashi natijasida 1985-yili Ethernet xalqaro
standarti bo‘lib qoldi, uni katta xalqaro standartlar tashkilotlari standart sifatida qabul qiladilar:
802 IEEE qo‘mitasi (Institute of Electrical and Electronic Engineers) va ECMA (European
Computer Manufactures Association). Bu standart IEEE 802.03 nomini oldi (inglizcha«eight oh
two dot three»).
IEEE 802.03 standartining asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilar: topologyasi – shina; uzatish
muhiti – koaksial kabel; uzatish tezligi – 10 Mbit/s; maksimal uzunligi – 5 km; abonentlarning
maksimal soni – 1024 tagacha; tarmoq qismining uzunligi – 500 m; tarmoqning bir qismidagi
maksimal abonentlar soni – 100 tagacha; tarmoqqa ega bo‘lish usuli –CSMA/CD, uzatish –
modulyatsiyasiz (monokanal).
Jiddiyroq qaralganda IEEE 802.03 va Ethernet orasida oz farq mavjud, lekin ular haqida
odatda eslanmaydi.
Ethernet hozir dunyoda eng tanilgan tarmoq va shubha yo‘q albatta va yaqin kelajakda
ham shunday bo‘lib qoladi. Bunday bo‘lishiga asosiy sabab, uning yaratilishidan boshlab
hamma ko‘rsatkichlari, tarmoq protokoli hamma uchun ochiq bo‘lganligi, shunday bo‘lganligi
uchun dunyodagi juda ko‘p ishlab chiqaruvchilar Ethernet qurilma va uskunalarini ishlab chiqara
boshladilar. Ular o‘zaro bir-biriga to‘liq moslangan ravishda ishlab chiqiladi, albatta.Dastlabki
Ethernet tarmoqlarida 50 Om li ikki turdagi (yo‘g‘on va ingichka) koaksial kabellar ishlatilar edi.
Lekin keyingi vaqtlarda (1990-yil boshlaridan) Ethernet tarmog‘ining aloqa kanali uchun
o‘ralgan juftlik kabellaridan foydalanilgan versiyalari keng tarqaldi. Shuningdek, optik tolali
kabellar ishlatiladigan standart ham qabul qilindi va standartlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.
1995-yili Ethernet tarmog‘ining tez ishlovchi versiyasiga standart qabul qilindi, u 100
Mbit/s tezlikdaishlaydi (Fast Ethernet deb nom berildi, IEEE 802.03u standarti),aloqa
muhitida
o‘ralgan juftlik yoki optik tola ishlatiladi.1000 Mbit/s tezlikda ishlaydigan versiyasi ham ishlab
chiqarila boshlandi (Gigabit Ethernet, IEEE 802.03z standarti).
Standart bo‘yicha «shina» topologiyasidan tashqari «passiv yulduz» va «passiv daraxt»
topologiyali tarmoqlar ham qo‘llaniladi. Bu turdagi tarmoqning turli qismlarini o‘zaro
ulash uchun repiter va passiv kontsentratorlardan foydalanish ko‘zda tutiladi (1–rasm).
Tarmoqning bir qismi (segment) bo‘lib, shuningdek, bitta abonent ham segment bo‘lishi
mumkin. Koaksial kabellar shina segmentlariga ishlatiladi, to‘qilgan juftlik va optik tolali
kabellar esa passiv yulduz nurlari uchun ishlatiladi (bittali abonentlarni konsentratorga ulash
uchun). Asosiysi hosil qilingan topologiyada yopiq yo‘llar (petlya) bo‘lmasligi kerak. Natijada
jismoniy shina hosil bo‘ladi, chunki signal ularning har biridan turli tomonlarga tarqalib yana
shu joyga qaytib kelmaydi (halqadagi kabi). Butun tarmoq kabelining maksimal uzunligi nazariy
jihatdan 6,5 km ga yetishi mumkin, lekin amalda esa 2,5 km dan oshmaydi.
Fast Ethernet tarmog‘ida jismoniy «shina» topologiyasidan foydalanish ko‘zda tutilmagan,
faqat «passiv yulduz» yoki «passiv daraxt» topologiyasi ishlatiladi.Shuningdek, Fast Ethernet
tarmog‘ida tarmoq uzunligiga qattiq talablar va chegara qo‘yilgan. Paket formatini saqlab qolib,
tarmoq tezligini 10 baravar oshirilganligi tufayli tarmoqning minimal uzunligi 10 baravar
kamayadi (Ethernetdagi 51,2 mks o‘rniga 5,12 mks). Signalni tarmoqdan o‘tishining ikki hissalik
vaqt kattaligi esa 10 marotaba kamayadi.
Ethernet tarmog‘idan axborot uzatish uchun standart kod Manchester II ishlatiladi.Bu holda
signalning bitta qiymati nolga, boshqasi manfiy qiymatga ega, ya’ni signalni doimiy tashkil
qiluvchi qiymati nolga teng bo’lmaydi. Galvanik ajratish adapter, repiter va kontsentrator
qurilmalari yordamida amalga oshiriladi. Tarmoqning uzatish va qabul qilish qurilmalari boshqa
qurilmalardan
galvanik
ajralishi
transformator
orqali
va
alohidaelektr manbayi yordamida amalga oshirilgan, tarmoq bilan kabel to‘g‘ri ulangan.
Ethernet tarmog‘iga axborot uzatish uchun abonentlarga to‘liq tenglik huquqini beruvchi
CSMA/CD tasodifiy usul yordamida amalga oshiriladi.
Ethernet paketi quyidagi maydonlarni o‘z ichiga olgan:
8 bitni priambula tashkil qiladi, ulardan birinchi yettitasini 1010101 kodi tashkil qiladi,
oxirgi sakkizinchisini 10101011 kodi tashkil qiladi. IEEE 802.03 standartida bu oxirgi bayt kadr
boshlanish belgisi deb yurutiladi (SFD – Start of Frame Delimiter) va paketni alohida maydonini
tashkil qiladi.
Qabul qiluvchi manzili va jo‘natuvchi manzili 6 baytdan tashkil topgan bo‘lib standart
ko‘rinishda bo‘ladi. Bu manzil maydonlari abonent qurilmasi tomonidan ishlov beriladi.
Boshqarish maydonida (L/T-Length/Type) axborot maydonining uzunligi haqidagi
ma’lumot joylashtiriladi. U yana foydalanayotgan protokol turini belgilashi mumkin. Agarda bu
maydon qiymati 1500 dan kam bo‘lsa u holda axborotlar maydonining uzunligini ko‘rsatadi.
Agarda 1500
dan
katta
bo‘lsa
u
holda
kadr
turini
ko‘rsatadi.
Boshqarish maydoni dasturtomonidan ishlov beriladi.
Axborotlar maydoniga 46 baytdan 1500 baytgacha axborot kirishi mumkin. Agarda
paketda 46 baytdan kam axborot bo‘lsa, axborotlar maydonining qolgan qismini to‘ldiruvchi
baytlar egallaydi. IEEE 802.3 standartiga ko‘ra paket tarkibida maxsus to‘ldiruvchi maydon
ajratilgan (pad data), agarda axborot 46 baytdan uzun bo‘lsa to‘ldiruvchi maydon 0 uzunlikka
ega bo‘ladi. Nazorat bitlar yig‘indisining maydoni (FCS – Frame Chech Segvence) paketning 32
razryadli davriy nazorat yigindisidan iborat (CRC) va u paketning to‘g‘ri uzatilganligini aniqlash
uchun ishlatiladi.
Shunday qilib, kadrning minimal uzunligi 64 baytni (512 bit) tashkil qiladi (priambulasiz paket).
Aynan shu kattalik tarmoqdan signal tarqalishini ikki hissa ushlanish maksimal qiymatini 512 bit
oralig‘ida aniqlab beradi (Ethernet uchun 51,2 mks, Fast Ethernet uchun 5,12 mks).
Turli
tarmoq
qurilmalaridan
paketning
o‘tishi
natijasida
priambula
kamayishi
mumkinligini standart nazarda tutadi va shuning uchun uni hisobga olinmaydi. Kadrning
maksimal uzunligi 1518 bayt (12144 bit, ya’ni 1214,4 mks Ethernet uchun, Fast Ethernet uchun
esa 121,44 mks). Bu kattalik muhim bo‘lib, uni tarmoq qurilmalarining bufer xotira
qurilmalarining sig‘imini hisoblash uchun va tarmoqning umumiy yuklamasini baholashda
foydalaniladi.
10 Mbit/s tezlikda ishlovchi Ethernet tarmog‘i uchun standart to‘rtta axborot uzatish
muhitini aniqlab bergan:
10 BASE 5 (qalin koaksial kabel);
10 BASE 2 (ingichka koaksial kabel);
10 BASE-T (o‘ralgan juftlik);
10 BASE-FL (optik tolali kabel);
Uzatish muhitini rusumlash 3 elementdan tashkil topgan bo‘lib: «10» raqami, 10 Mbit/s uzatish
tezligini bildiradi, BASE so‘zi yuqori chastotali signalni modulyatsiya qilmasdan uzatishni
bildiradi, oxirgi element tarmoq qismini (segmentini) ruxsat etilgan uzunligini anglatadi: «5» —
500 metrni, «2» — 200 metrni (aniqrogi, 185 metrni) yoki aloqa yo‘lining turini: «T» – o‘ralgan
juftlik (twisted pair, витаяпара), «F» – optik tolali kabel (fiber optic, оптоволоконныйкабель).
Xuddi shuningdek 100 Mbit/s tezlik bilan ishlovchi Fast Ethernet uchun ham standart uch
turdagi uzatish muhitini belgilab bergan:
100 BASE – T4 (to‘rttali o‘ralgan juftlik);
100 BASE – Tx (ikkitali o‘ralgan juftlik);
100 BASE – Fx (optik tolali kabel).
Bu yerda «100» soni uzatish tezligini bildiradi (100 Mbit/s), «T» — harfi o‘ralgan juftlik
ekanini ko‘rsatadi, «F» — harfi optik tolali kabel ekanini anglatadi. 100BASE-Tx va 100BASEFx rusumidagi kabellarni birlashtirib 100BASE-X nom bilan yuritiladi, 100BASE-TX larni esa
100BASE-T debbelgilanadi.
Bu yerda biz aytib o‘tishimiz kerakki, Ethernet tarmog‘i optimal algoritmi bilan ham,
yuqori
ko‘rsatkichlari
bilan
ham
boshqa
standart
tarmoq
ko‘rsatkichlaridan
ajralib
turmaydi. Lekin yuqori standartlashtirilganlik darajasi bilan, texnik vositalarini juda ko‘p
miqdorda ishlab chiqarilishi bilan, ishlab chiqaruvchilar tomonidan kuchli qo‘llanishi sharofati
tufayli boshqa standart tarmoqlardan Ethernet tarmog‘i keskin ajralib turadi va shuning uchun
ham har qanday boshqa tarmoq texnologiyasini aynan Ethernet tarmog‘i bilan solishtiriladi.
Wi-fi tarmoqlari - ishlashning asosiy
standartlari va tamoyillari.
Wifi texnologiyaning sanoat nomi ma'lumotlarni simsiz uzatish va standartlar guruhiga
kiradi IEEE 802.11... Hozir 4 ta asosiy standart tatbiq etildi va ulardan foydalanildi.
Wi-Fi tarmoqlari, bu: 802.11a, 802.11b, 802.11g va 802.11n, yaqinda loyiha loyihasi
maqomidan chiqib ketdi. Xalqaro tashkilot Wi-Fi uskunalarini ishlab chiqish va sertifikatlash
bilan shug'ullanadi.WECA (Simsiz Ethernet Muvofiqligi Alliance yoki qisqacha Wi-Fi Alliance)
1999 yilda tashkil etilgan. Bu kompyuter uskunalari va simsiz Wi-Fi qurilmalari, hozirda 320
dan ortiq korxona, shu jumladan: Cisco, 3Com, Nokia va boshqalar. Alyansning vazifasi - ushbu
tashkilotga a'zo bo'lgan ishlab chiqaruvchilarning simsiz tarmoq qurilmalarining bir xil mahalliy
tarmog'ida birgalikda ishlash imkoniyatlarini sinash va amalga oshirish, shuningdek, simsiz
tarmoqlar uchun dunyo standarti sifatida 802.11 tarmoqlarini joriy etish va rivojlantirish. Olti
oyda bir marta alyans "muvofiqlik tahlili" ni tashkil qiladi, ushbu tadbirda ishlab chiqaruvchilar
muhandislari o'zlarining tarmoq qurilmalari alyansda ishtirok etadigan boshqa kompaniyalarning
qurilmalari bilan to'g'ri ishlashga qodirligini tasdiqlaydilar. Wi-Fi logotipi bo'lgan tarmoq
uskunalari standartlarga muvofiq sertifikatlangan va o'zaro muvofiqliksinovlaridan o'tgan.
Wi-Fi tarmoqlarini tashkil etish turi
Tarmoqning ushbu tashkil etilishi bilan barcha qurilmalar kirish nuqtasiga (Access Point)
ulangan.Kirish nuqtasi yo'riqnoma, kompyuter yoki Wi-Fi adapteriga ega boshqa qurilma bo'lishi
mumkin.Kirish nuqtasi hostlar o'rtasida ma'lumot almashishda o'ziga xos vositachi vazifasini
bajaradi.Boshqacha qilib aytadigan bo'lsak, agar bitta qurilma boshqasiga nimanidir
o'tkazmoqchi bo'lsa, unda birinchi qurilmadan kirish nuqtasiga, so'ngra kirish nuqtasidan
ikkinchi qurilmaga o'tish mavjud. Kirish nuqtasining ikkinchi muhim vazifasi simsiz va simli
tarmoqlarni birlashtirishdir. Ushbu funktsiyadan tashqari, kirish
nuqtasi qurilmaning
autentifikatsiyasini ta'minlaydi va tarmoq xavfsizligi siyosatini amalga oshiradi.
Wi-Fi texnologiyasi hozirgi kunga kelib kompyuter olamida eng perspektiv kompyuter
tarmoqlaridan biri hisoblanadi.Wi-Fi (Wireless Fidelity) — ingliz tili so’zlaridan tashkil topgan
bo’lib, «simsiz bog’lanish» ma’nosini anglatadi.Wi-Fi texnologiyasi raqamli ma’lumotlarni
radiokanallar orqali jo’natish turlaridan biridir.Ushbu texnologiya yaratilishida avvalo korporativ
foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, kabelli tarmoqni o’rnini egallashi bashorat
qilingandi. Bizga ma’lumki kabelli tarmoqli kompyuter tarmog’ini yaratish uchun bir necha
ming kabel tarmog’ini qo’lda o’rnatish hamda maxsus tarmoq topologiyasini o’rnatish talab
qilinadi. Wi-Fi radiochastotalarning qisqartirilgan boshqaruv chastotalarida ishlovchi simsiz
ma’lumot almashinish standartlashtirilgan texnologiyasi. Odatda Wi-Fi tarmog’i orqali
WLAN(Wireless Local Area Network — Simsiz Lokal Tarmoq) tarmoqlar yaratiladi. Ushbu
tarmoqda yuqori radioto’lqinlar orqali aloqa tashkil qilinuvchi hamda ma’lumot almashinishini
ko’rish mumkin bo’ladi.Bu tizim kabelli tarmoqni kengayishi yoki unga alternativ sifatida bitta
ofis, butun bir bino yoki bir maydon territoriyasida ishlatiladi.Wi-Fi texnologiyasi minglab kabel
tarmog’ini tushirish kabi mablag’li jarayon uchun mablag’laringizni tejash bilan birga,
o’rnatishni oddiyligi esa murakkab texnik o’rnatish jarayonlariga vaqtni iqtisod qilinishini bu
tarmoqni boshqa tarmoqlardan ustun qilib qo’yadi. Simsiz tarmoqlar radiochastotalardan
foydalanishiga sabab radioto’lqinlar bino yoki umuman ofislardagi devor yoki shunga o’xshagan
to’siqlardan ham o’tib ketaveradi va umuman hech narsa unga to’siq bo’la olmaydi(masofadan
tashqari albatta!). Simsiz tarmoqlar o’z-o’zidan kabelli tarmoqlardan ishonchliroq hisoblanadi.
Ko’pchilik WLAN tarmoqlarini diapazoni yoki qoplash maydoni 160 metrni tashkil qiladi, bu
albatta uning yo’lidagi to’siqlarning qanaqaligiga va qanchaligiga bog’liq bo’ladi. Ushbu
tarmoqni ishlash tezligi kabelli tarmoq bilan tenglashashi ham mumkin va undan bir necha
barobar yuqori ham bo’lishi mumkin. Bu albatta qaysi standartidan foydalanishga ham bo’gliq
bo’ladi.
Shlyuzning maqsadi.
Shlyuz - bu telekommunikatsiya tarmoqlari uchun telekommunikatsiyalarda ishlatiladigan,
bir diskret tarmoqdan ikkinchisiga ma'lumotlarning o'tishini ta'minlaydigan tarmoq apparati
qismidir. Shlyuzlar marshrutizatorlardan yoki kalitlardan ajralib turadi, chunki ular bir nechta
tarmoqlarni ulash uchun bir nechta protokol yordamida aloqa qilishadi va ochiq tizimlarning
o'zaro bog'lanish modelining (OSI) yetti qatlamidan har qandayida ishlashi mumkin.
Shlyuz atamasi, shuningdek, standart shlyuz yoki yo'riqnoma kabi shlyuzning vazifalarini
bajarish uchun tuzilgan kompyuter yoki kompyuter dasturiga bemalol murojaat qilishi mumkin.
Tarmoq shlyuzi protokollarni bir turdagi fizik muhitdan boshqa fizik muhit (tarmoq)
protokollarga o'zgartiradi. Masalan, mahalliy kompyuterni Internetga ulashda odatda tarmoq
shlyuzi
ishlatiladi.Tarmoq
konvertatsiya qilishdir.
shlyuzining asosiy vazifasi
protokolni
tarmoqlar
o'rtasida
Router - bu apparat tarmog'i shlyuzining misollaridan biri.
Marshrutizatsiyalash
Marshrutlash masalalari hamma marshrutizatorlarda va tarmoqning oxirgi tugunlarida
joylashtirilgan marshrutlash jadvalini tahlil qilish asosida yechiladi. Marshrutlash jadvalini
tuzish bo'yicha asosiy ish avtomatik tarzda bajariladi, lekin qo'l yordamida tuzatish va qo'shish
imkoni nazarda tutilgan.
Marshrutlash jadvali avtomatik tarzda qurish uchun marshrutizatorlar maxsus xizmat
protokoliga muvofiq tarkibiy tarmoq topologiyasi to'g‘risida axborot almashib turishadi. Bunday
turdagi protokollar marshrutlash protokollari (yoki marshrutlovchi protokollar) deyiladi.
Marshrutlash protokollarini (Masalan RIP, OSPF, NLSP), tarmoq protokollaridan (masalan: IP,
IPX) farqlash kerak. Ikkalasi ham OSI modelining tarmoqli daraja vazifalarini bajarishadi.
Ularni paketni har xil turdagi tarkibiy tarmoqmanzili egasiga yetkazib berishadi. Lekin shu
vaqtdan birinchilari ichida faqat xizmat axborotini yig‘ib uzatishadi, ikkinchilari esa kanal
darajasi protokollari kabi foydalanuvchilar axborotini uzatish uchun mo'ljallangan. Marshrutlash
protokollari tarmoq prtokollarini transport vositasi sifatida ishlatishadi. Marshrutlash protokollari
paketlari yo'nalish axborotlari bilan almashganda, tarmoq darajasi hattoki transport darajasi
paketlarining ma'lumotlar maydonida joylashtiriladi. Shuning uchun, paketlarni joylashtirish
nuqtai nazaridan marshrutlash protokollarini rasmiy tarmoq darajaga nisbatan yuqoriroq darajada
deb qaralishi kerak.
Marshrutizatorlar paketlarning borishi to'g‘risida qaror qilishi uchun manzil jadvallariga
murojaat qilishida, ularning ko'priklar va kommutatorlar bilan o'xshashligini ko'rish mumkin.
Ammo ular ishlatadigan manzil jadvallarining tabiati juda farqqiladi. MACmanzillar o'rniga
marshrutlash jadvalida intertarmoq ulanadigan tarmoqraqami ko'rsatiladi. Marshrutlash
jadvalining ko'priklar manzil jadvalidan boshqa farqi bo'lib, ularni tuzish usuli hisoblanadi.
Ko'prik jadvalini qurish paytida, u orqali o'tayotgan tarmoqning oxirgi tugunlari bir-biriga
yuborayotgan axborot kadrlarini passiv kuzatib turganda, marshrutizatorlar o'z tashabbuskorligi
bilan maxsus xizmat paketlari bilan almashadi va intertarmoqdagi tarmoqlar, marshrutizatorlar
va ushbu tarmoqlarning marshrutizatorlar bilan aloqasi to'g‘risida qo'shnilariga xabar beradi.
Odatda, aloqaning nafaqat topologiyasi hamda o'tkazish qobiliyati va xolati hisobga olinadi. Bu
marshrutizatorlarga tarmoq konfiguratsiyasining o'zgarishlariga tezroqmoslashishga hamda, o'z
holli topologiyali tarmoqlarda paketlarni to'g‘ri uzatishga imkon beradi.
Marshrutlash protokollari yordamida marshrutizatorlar u yoki bu darajadagi tavsilotli
tarmoq aloqalarining xaritasini tuzadilar. Ushbu axborot asosida tarmoqning har bir raqami
uchun yo'nalish maqul bo'lishi maqsadida, ushbu tarmoqqa yo'naltirilayotgan paketlar keyingi
marshrutizatorning qaysi biriga uzatilishi to'g‘risida qaror qabul qilinadi. Ushbu qaror natijalari
marshrutlash jadvaliga kiritiladi. Tarmoq konfiguratsiyasi o'zgarganda jadvaldagi ayrim yozuvlar
bekor qilingan bo'lib qoladi. Bunday hollarda xatto yo'nalish bo'yicha yuborilgan paketlar yo'lda
to'xtab qolishi yoki yo'qolishi mumkin.
Marshrutlash protokoli qanchalik jadval ichidagilarini tarmoqning real holatiga moslashtira
olishiga butun tarmoqning ishlash sifatiga bog‘liq bo'ladi.
Marshrutlash protokollari marshrutlash jadvalini qurish usullari.
Eng yaxshi yo'nalishni tanlash usuli va o'z ishining boshqa xususiyatlari bilan farqlanib
turuvchi xar xil algoritmlar asosida qurilishi mumkin.
Ma'qul yo'nalish tanlashning yuqorida aytib o'tilgan misolida, boshlanish tugunidan to
oxirgi
tugungacha
bo'lgan
marshrutizatorlarning
butun
ketma–
ketligiemas,
faqat
keyingi(yaqindagi) marshrutizator aniqlangan. Ushbu yondoshishga muvofiq marshrutlash
taqsimlangan sxema bo'yicha bajariladi, xar bir marshrutizator yo'nalishining faqat bitta
qadamini tanlash mumkin, butun yo'nalish esa, ushbu paket o'tgan xamma marshrutizator
ishining natijasidan kelib chiqadi. Marshrutlashning bunday algoritmlari bir qadamli deyiladi.
Bunga qarama– qarshiko'p qadamli yondoshish xam mavjud. Bu manbadan (Source Routing)
marshrutlash deyiladi.
Bunga muvofiq, tugun – manbaa tarmoqqa yuborilayotgan paketda, u orqali o'tadigan
xamma oraliq marshrutizatorlari haqida to'la yo'nalish berilgan. Ko'p qadamli marshrutlash
ishlatilganda marshrutlash jadvalini qurish va taxlil qilish zaruriyati qolmaydi. Bu tarmoqdan
paketning o'tishini tezlashtiradi, marshrutizatorlarni yuklanishdan to'ldiriladi, lekin bunda oxirgi
tugunlarga katta yuklanish tushadi. Bu sxema xisoblash tarmoqlarida bugun taqsimlangan bir
qadamli marshrutlashga nisbatan juda kam qo'llaniladi. Lekin IP protokolining yangi versiyasida
klassik bir qadamli marshrutlash bilan bir qatorda, manbadan marshrutlashga xam ruxsat
beriladi.
Bir qadamli algoritmlar marshrutlash jadvalini tuzish usuliga qarab uchta sinfga bo'linadi:
- fiksatsiya qilingan (yoki statik) marshrutlash algoritmi;
- oddiy marshrutlash algoritmi;
- adaptiv (yoki dinamik) marshrutlash algoritmi
Fiksatsiya qilingan marshrutlashda, marshrutlash jadvalidagi hamma yozuvlar statik
hisoblanadi. Tarmoq adminstratorining o'zi qaysi marshrutizatorlarga u yoki bu manzilli
paketlarni uzatish kerakligini hal etadi va utilit (route OC Unix yoki Windows NT)lar yordamida
marshrutlash jadvaliga muvofiq yozuvlar kiritadi. Jadval, odatda, yuklash jarayonida tashkil
etiladi.Keyinchalik
uning
ichidagisi
qo'l
bilan
tuzatilmaganiga
u
o'zgartirilmasdan
ishlatiladi.Bunday tuzatmalar masalan, agar tarmoqda qaysi bir marshrutizator ishdan chiqsa
uning vazifalarini boshqa marshrutizator bajargan holda kerak bo'ladi.
Ikki xil yo'nalish jadvali bor. Birinchisi, bir yo'nalishli jadval, unda har bir manzil egasi
uchun bitta yo'l, ikkinchisi, ko'p yo'nalishli jadval, bunda har bir manzil egasi uchun bir nechta
alternativ yo'llar belgilangan.Ko'p yo'nalishli jadvalda yo'nalishlarning bittasini tanlash huquqi
berilgan.Ko'pincha bu yo'l asosiy xisoblanadi, qolganlari esa rezerv.Tushunarliki,
fiksatsiyalangan marshrutlash algoritmi, uning qo'l usuli bilan marshrutlash jadvalini tuzishi
faqat oddiy topologiyali kichikroqtarmoqlarda qo'llash mumkin.Lekin ushbu algoritm katta
tarmoq magistrallarida ishlash uchun samarali ishlatilishi mumkin, chunki magistralning o'zi,
magistralga ulangan tarmoq osti kelayotgan paketlarning eng yaxshi yo'llari bo'lgan oddiy
tuzilishga ega bo'lishi mumkin.
Oddiy marshrutlash
algoritmlarida marshrutlash
jadvali
umuman
ishlatilmaydi,
yoki
marshrutlash protokollarisiz ko'riladi.Oddiy marshrutlashning uch turi mavjud.
- tasodifiy marshrutlash, bunda paket dastlabki yo'nalishidan tashqari, tasodifiy uchragan
bitta yo'nalishga yuboriladi;
- ko'chki marshrutlash, bunda paket keng ogohlantirilgan holda, dastlab yo'nalishdan
tashqari, hamma imkonli yo'nalishlar bo'yicha yuboriladi.
- oldingi tajriba bo'yicha marshrutlash, bunda yo'nalishni tanlash jadval bo'yicha bajariladi,
lekin jadval kiruvchi portlarda paydo bo'luvchi paketlarning manzil maydonlarini tahlil qilish
yordamida, ko'prik negizida quriladi.
Eng ko'p tarqalgani, adaptiv (yoki dinamik) marshrutlash algoritmi xisoblanadi.Bu
algoritmlar tarmoq kofiguratsiyasi o'zgargandan so'ng marshrutlash jadvalining avtomatik
yangilanishini
ta'minlaydi.Adaptiv
algoritmlar
asosida
qurilgan
protokollar
hamma
marshrutizatorlarga aloqalar konfiguratsiyalarining hamma o'zgarishlarini operativ ko'rib chiqib,
tarmoqdagi aloqalar topologiyasi axborotni yig‘ishga imkon beradi. Adaptiv marshrutlashda
marshrutlash jadvalida, odatda ushbu yo'nalish qancha amaliy bo'lib qolish vaqti oralig‘i
to'g‘risida axborot bor. Bu vaqt yo'nalish hayotining vaqti (Time To Live, TTL) deyiladi.
Adaptiv algoritmlar odatda, taqsimlangan xarakterga ega, bu tarmoqda topologik axborotni
yig‘ib, umumiylashtiruvchi qandaydir ajratilgan marshrutizatorlar yo'qligi bilan ifodalanadi: bu
ish xamma marshrutizatorlar orasida taqsimlangan.
OSI / ISO mos yozuvlar modeli.
1977-1984 yillarda mutaxassislar "Reference Model of Open Systems Interconnection" (OSI)
deb nomlangan tarmoq arxitekturasi modelini ishlab chiqdilar. OSI modeli tizimlarning o'zaro
ta'sirining turli darajalarini belgilaydi, ularga standart nomlarni beradi va har bir qatlam qanday
funktsiyalarni bajarishi kerakligini belgilaydi. OSI modeli yaratishda to'plangan katta tajribaga
asoslangan
holda
ishlab
chiqilgan kompyuter
tarmoqlari,
asosan
globalmiqyosdaqo’llanilgan.Ushbu modelning to'liq tavsifida 1000 dan ortiq sahifalar mavjud.
"Ochiqtizimlarningo'zaroaloqasiuchuntavsiyaetilganmodel" atamasiko'pinchaadabiyotlarda
"ISOModel" nomiostidauchraydi / OSI ”debnomlanib,
ISOningshakllanishigaqo'shganhissasinita'kidladi. Ba'zi bir professional tarmoq dasturchilari
uchun ushbu model ideal tarmoq arxitekturasini aks ettiradi
OSI mos yozuvlar modeli, 1984 yilda nashr etilgan, ISO tomonidan yaratilgan tavsifli
kontur edi.Ushbu mos yozuvlar modeli asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchilarga butun dunyo
bo'ylab ko'plab kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan turli xil tarmoq texnologiyalari va
uskunalari o'rtasida yuqori darajadagi o'zaro va samaraliroq o'zaro ishlashni ta'minlaydigan
standartlar to'plamini taqdim etdi.
Hozirgi vaqtda OSI ma'lumot bazasi foydalanuvchilarni tarmoq ishlash tamoyillari va tarmoq
orqali ma'lumotlarni yuborish va qabul qilish mexanizmlari haqida ma'lumot berishda eng yaxshi
vosita hisoblanadi.
ISO / OSI modeli tarmoq strukturasining umumiy ko'rinishini yaxshi aniqlangan, o'zaro
bog'liq modullarda tashkil qilish uchun qatlamlardan foydalanadi.Tarmoqda, qatlamlarga
bo'lingan holda, har bir qatlam atrofdagi qo'shni qatlamlarga nisbatan ma'lum bir funktsiyani
yoki xizmatni bajarishga xizmat qiladi.Har bir daraja, go'yo qo'shni birini quyi darajadan tepaga
oqishi mumkin bo'lgan ortiqcha ma'lumotlardan himoya qiladi.Yaxshi ishlab chiqilgan daraja
uning ishlashining barcha xususiyatlarini haddan tashqari darajada yashirishi kerak.Ushbu
qoidalar asosida aniq belgilangan interfeysga ega funktsional modullar tarmog'ini yaratish
mumkin.
Terminal xabar bilan bir qatorda, tarmoq mutaxassislari tomonidan almashinuv
protseduralarida
ma'lumotlar
birliklarini
ko'rsatadigan
boshqa
atamalar
mavjud.ISO
standartlarida Protocol Data Unit (PDU) umumiy atamasi turli qatlamlarning protokollari
muomala qilinadigan ma'lumotlar birliklariga murojaat qilish uchun ishlatiladi. Ma'lum
darajadagi ma'lumotlar bloklarini belgilash uchun ko'pincha maxsus nomlar ishlatiladi: paket
(packet), datagram (datagramm), segment (segment).
OSI modeli ikkita asosiy protokol turini ajratib turadi. Protokollarda ulanish o'rnatilishi
bilan,ma'lumotlarni almashishdan oldin, jo'natuvchi va qabul qiluvchi avval ulanish o'rnatishi va,
ehtimol, ma'lumotlar almashinuvida foydalanadigan ba'zi protokol parametrlarini tanlashi kerak.
Muloqotni tugatgandan so'ng, ular uzilishi kerak.
Download