Uploaded by Farhod Samiev

3-MUS ISH Yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O‘rta Osiyo allomalari ilmiy merosining o‘rni (allomalarning ilmiy faoliyati misolida)

advertisement
Mavzu: Yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashda
O‘rta Osiyo allomalari ilmiy merosining o‘rni
(allomalarning ilmiy faoliyati misolida).
Reja:
1.O’rta Osiyo – sharqning yuksak ma’naviyat va yirik tafakkur
markazi.
2.O’zbekistonda XVI-XIX asrlar davri ma’naviyat va ma’rifati.
3. Jadidchilar faoliyati va ijodida, millat ozodligi uchun
kurash
Bajardi: MT104-guruh talabasi Shamsiddinova Gulbahor
O’rta Osiyo tarixiy voqealarga g’oyat boy o’lka bo’lishi bilan birga azaldan ilm-fan,
madaniyat va ma’naviyatning markazlaridan biri bo’lib kelgan. Bu o’lka dunyoga
ma’naviyat va ma’rifatning barcha sohalarida yuzlab, minglab jahonshumul ulug’ zotlar,
davlat arboblarini tarbiyalab bergan. Umumbashariyat ma’rifatparvarligini yaratishda
buyuk ajdodlarimiz bevosita ishtirok etganlar, uning taraqqiyoti va boyishiga ulkan
hissa qo’shganlar. O’rta Osiyoning madaniy merosi jahon madaniyati va ma’rifatining
zuviy ajralmas tarkibiy qismidir.Endilikda jahon ma’naviyati va ma’rifati saltanatida o’z
o’rinlariga ega bo’lgan ulug’larimizni teran anglash, o’rganish va ulug’lash vaqti keldi.
Afsuski, salkam 150 yillik mustamlakachilik, 70 yillik totatitar tuzum hukmronligi
davrida respublikamiz yosh avlodi, Islom Karimov aytganidek, «...necha yillar bizni
tariximizdan, dinmizdan, ma’naviy merosimizdan g’ofil etishga urindilar, - natijada ular
o’z xalqning tarixini, uning boy tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-falsafiy, axloqiy madagiyatidan
bahramand bo’lish, o’rganishdan mahrum bo’lib keldi».
Ajdodlarimiz e’zozlab kelgan, asrlar qa’ridan olib o’tilgan falsafiy-axloqiy pandnasihatlar, qadriyatlar ataylab, maqsadni ko’zlab yurgizilgan siyosat qurboni bo’ldi,
e’tibordan chetda qoldi. Bu esa yosh avlodning ma’naviyatiga salbiy ta’sir o’tkazdi.
Vaholanki, Islom Karimov «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» kitobida
ta’kidlanidek: «...o’tmishdagi allomalarning bebaho merosi qanchadan-qancha
avlodlarning ma’naviy-ruhiy ongini va turmush tarzini shakllantirgan edi va u hamon
ta’sir ko’rsatmoqda».
Mustaqillik tufayli o’rganish, tahlil etish imkoniyatiga ega bo’lgach, ona zaminimiz
ma’naviy merosini chuqurroq o’rganish biz yoshlarning vazifamiz, inchunun, o’z tarixini
bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi.
IX-XV asrlarni Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida shartli ravishda «Renessans»
(uyg’onish) davri deb atashadi. Ma’naviyat va ma’rifatning g’oyat gullabyashnashi bu davr uchun xarakterli bo’lgan. Bu davrda qomusiy ilm egalari,
ajoyib shoirlar, buyuk davlat arboblari etishib chiqqan. Dunyoviy fanlarning tez
sur’atlarda taraqqiy etishi keng tarjimonlik faoliyatiga ta’sir etdi. Bu jarayon,
ayniqsa halifa Ma’mun davrida (813-133 yy.) Bag’dodda «Bayt-ul-hikma»
(Donolar uyi) tashkil etilgan paytda tezlashdi. Yunon falsafasi va tabobati, hind
hisobi, al-ximiya va ilmu nujumga oid asarlar arab tiliga o’girildi. Bunda
Markaziy Osiyodan etishib chiqqan mutafakkirlar al-Xorazmiy, al-Farg’oniy, alFarobiy, Ibn Sino, al-Beruniy kabi mutafakkirlar ham katta rol o’ynadilar.
Renessans – uyg’onish davri madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati mohiyat-e’tibori
bilan dunyoviy, gumanistik dunyoqarashi, antik davr madaniy merosiga
murojaat qilish, bamisoli uning qayta uyg’onishni anglatadi. Uyg’onish davri
namoyondalari qarashlari insonning cheksiz imkoniyatlariga, uning irodasiga,
aql-idrokiga ishonib qarashi bilan ajralib turadi.
Fanda Sharq va g'arb uyg’onish davri tushunchalari ishlatiladi. Ular umumiy,
o’xshash tomonlari bilan birga, ma’lum farq, o’ziga xos xususiyatlari jihatidan
ham ajralib turadi. Avvalo ular davr nuqtai nazaridan farqlanadi. Ilk Sharq
uyg’onish davri IX-XII asrlarni, so’nggi uyg’onish davri XIV-XV asrlarni o’z
ichiga olsa, g'arb uyg’onish davri XV-XVII asrlarni o’z ichiga olishi bilan
farqlanadi. g'arb uyg’onish davri uchun feodalizmga, dinga qarshi kurash xos
bo’lsa, Sharqda masalaning g’arbdagidek keskin qo’yilishini ko’rmaymiz.
Sharq va g'arb uyg’onishi uchun umumiy xususiyatlar antik davrga murojaat
qilish, uni qayta tiriltirish, tabiiy fanlar rivoji, fanda universallikni (qomusiylik),
gumanizmni targ’ib etish va boshqalarda namoyon bo’ladi.
O’rta Osiyoda tabiiy-ilmiy tafakkuri rivojining boshlanishi buyuk allomalar alFarg’oniy va al-Xorazmiylar nomi bilan bog’liqdir. Ularning har ikkovi ham
Bag’doddagi “Bayt-ul-hikma”ning etakchi ilm sohiblaridan sanalgan. 1998 yilda
al-Farg’oniy tavalludining 1200 yilligi yurtimizda keng nishonlandi. Uning vafoti 861
yildir. U mashhur falakkiyotshunos olim. Uning asosiy asarlari “Astranomiya va
astralyabiyaga kirish”, “Falakdan bo’ladigan sabablar”, “Astralyabiya fani
usullari”, “Osmon harakatlari va yulduzlar ilmi” va boshqalardir. Farg’oniyning
“Astranomiya asoslari” kitobi o’sha davrdagi astranomiya sohasidagi
bilimlarning qomusi bo’lgan. Unda qadimgi falakiyotshunoslik bilimlari, uning
qoidalari, usullari bayon qilingan. Asar XII asrdayoq lotin tiliga tarjima etilib,
ko’p asrlar davomida Evropada astronomiya bo’yicha qo’llanma, darslik sifatida
xizmat qilib kelgan. U Evropada al-Fraganus nomi bilan mashhur bo’lgan.
Al-Xorazmiy (780-850 yy.) Sharqning buyuk mutafakkiri, qomusiy olimdir. Uning
ilmu-nujum, geodeziya, geografiya va ayniqsa riyoziyot sohasidagi xizmatlari
beqiyosdir. U arab, hind, lotin, yunon, fors tillarini bilgan.
Xorazmiy bir qancha kitob va risolalarning muallifidir. Bulardan eng mashhuri
“Kitob al-jabr va al-muqobala” asaridir. Bu asar riyoziyotda yangi mustaqil fan –
algebraning vujudga kelishiga zamin bo’ldi. U tenglamalarni echishning ikki usulini –
al-jabr, ya’ni qarama-qarshi ishoralarni yagona musbat ishoraga keltirish va al-muqobala,
ya’ni bir hil hadlarni qarama-qarshi qo’yishni kashf qildi.
Xorazmiy “Sind Hind”, “Ziji Xorazmiy”, “Astrolyabiya bo’yicha risola”, “Quyosh
soati haqida risola”, “Erning shakli haqida kitob”, “Trigonometrik jadvallar”,
“Musiqa bo’yicha risola”, “Tarix haqida” va boshqa asarlarning muallifi. Uning
buyuk xizmatlaridan biri Evropa va Yaqin Sharq ilmini qadimgi hindlarning o’nlik
tizimi bilan tanishtirish bo’ldi. Uni Evropada “Algaritmus” deb yuritganlar.
Sharq falsafiy, ijtimoiy, axloqiy fikri rivojini Abu Nasr Farobiysiz (873-950) tasavvur
etish qiyin. U “Sharq Aristoteli”, “Ikkinchi muallim” degan unvonga sazovor
bo’lgan mutafakkirdir. Sharqda qadim Yunonistonning eng mashhur faylasufi Aristotel
“Birinchi muallim” deb yuritilgan. Farobiy ko’p tillarni bilgan qomusiy olimdir. U
yaratgan asarlarning umumiy soni 160 ta bo’lib, uni ikki guruhga ajratish mumkin:
1) qadimgi Yunon faylasuflari va tabiatshunoslarini – Aristotel, Platon, Evklid,
Galen va boshqalarning ilmiy merosini tarjima qilish, sharhlash, targ’ib qilish va
o’rganishga bag’ishlangan asarlar; 2) o’rta asr fanining tabiiy, ijtimoiy-falsafiy
sohalariga oid risolalar. Masalan, “Aristotelning “Metafizika” asariga izoh”,
“Aristotelning “Osmon sistemasi” kitobiga izoh”, “Aristotelning “Etika” kitobiga sharh”,
“Substanstiya haqida so’z”, “Masalalar manbai”, “Qonunlar haqida kitob”, “Bo’shlik
haqida kitob”, “Musiqa haqida so’z”, “Fozil odamlar shahri” va boshqalarni ko’rsatish
mumkin.
Jahon madaniyati va ma’rifatiga
katta hissa qo’shgan, Sharq va
Evropada “Shayx-ur-rais –
olimlar boshlig’i” unvoniga ega
bo’lgan alloma Abu Ali ibn
Sinoning (980-1037) ilmiy merosi
biz uchun bebaho xazinadir. U
o’z umri davomida 450 dan ortiq
asarlar yaratgan. Uning “Tib
qonunlari” nomli 5 jilddan iborat
kitobi asrlar davomida Sharq va
Evropada medistina bo’yicha
asosiy qo’llanma bo’lib xizmat
qilib kelmoqda.
Ibn Sino yoshligida zo’r mehnat, izlanish, g’ayrat bilan ilmlarni o’rganishga
kirishgan. U bu haqida shunday yozadi: “Uyquga ketgan vaqtimda ham
o’ngimdagi masalalarni ko’rardim. Shu holatda ko’p masalalar tushumda
menga ayon bo’lardi... shu zaylda hamma ilmlarni, mustahkam egallay
oldim. Insonning imkoniyat darajasida egallaydigan darajada bilimni
egallab oldim. Aristotelning “Metafizika”sini “qirq bir marta qayta
o’qidim”. U menga hatto yod bo’lib ham qoldi. Lekin shunday bo’lishiga
qaramay, men uni va uning maqsadlarini tushuna olmasdim”, - deb yozadi
u tarjimai holida. Ibn Sino bu muammoni Farobiyning Aristotel
“Metazifika”siga yozgan sharhini o’qib hal qiladi.
Ibn Sino umrining ko’p qismini sarsonlikda o’tkazishga qaramay –
matematika, astranomiya, fizika, kimyo, biologiya, farmakologiya, psixologiya,
filologiya, falsafa va tabobat sohasida barakali ijod qilgan mutafakkirdir.
Uning asarlaridan 100 tachasi bizgacha etib kelgan, xolos. Ular qatoriga o’rta asr
ilmining barcha muhim sohalarini o’z ichiga olgan, xususan – mantiq, fizika,
matematika, metafizikani to’liq qamrab olgan “Kitob ash-shifo”, 20 tomdan iborat
“Kitob ul-insof”, “Donishnoma”, “Lison ut-tayr”, “Solomon va Ibsol”, “Hayy ibn
Yaqzon” kabi asarlari kiradi. U o’zining falsafiy-axloqiy asarlarida hukmdorlarni
qonunsizliklarga qarshi kurashishga, xalqning talablariga quloq solishga, adolat
yuzasidan ish yuritishga chaqiradi. Adolatni inson xatti-harakatining eng yaxshi
bezagi deb ko’rsatadi.
Uning fikricha, yaxshilik donolikda, donolik esa hodisalarni bilish orqali
qo’lga kiritiladi. Bilim, ma’rifat inson hayotining ajralmas tomonidir.
Ibn Sino “Solomon va Ibsol” qissasida rostgo’ylik, sadoqat, pok muhabbat,
irodaning makr ustidan g’alabasini tasvirlaydi.
Mutafakkir kishilarni do’stlik va haqiqatga, do’stlikning qadriga etishga
chaqiradi. Insonni esa olamdagi mavjudotlar ichida eng buyuk zot, deb
qaraydi.
Shunday qilib, Ibn Sino o’rta asr Sharq va Evropa madaniyati va ma’rifati
taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko’rsatdi.
2.XVI-XIX asrlarda O’rta Osiyo xalqlari ma’naviy-ma’rifiy tafakkur taraqqiyoti
ikki yo’nalishda bordi. Birinchisi O’rta Osiyoning o’zida ro’y berdi. Ikkinchisi
Hindistonda Boburiylar davridagi O’rta Osiyolik mutafakkirlarning ijodida
namoyon bo’ldi (Bobur, Humoyun, Akbar, Shohjahon va boshqalar).XVII
asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrning boshlarida O’rta Osiyo ma’naviyma’rifiy qarash rivoji Boborahim Mashrab (1653-1711) nomi bilan chambarchas
bog’liq. Mashrabdan boy ma’naviy badiiy meros qolgan. Mashrab o’sha vaqtda
Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida tarqalgan tasavvufning qalandarlik
oqimiga e’tiqod qilib, o’zining isyonkorona she’rlari bilan jamiyatdagi
adolatsizlikka qarshi kurash olib borishga harakat qilgan. O’z g’azallarida
axloqiy, ma’naviy poklikka erishish, hayotdagi illatlarga qarshi kurashni
kuylaydi.
U o’zi yashagan davr hokimlaridan adolatni kutadi. Hatto ularga murojaat
qilib, xalq to’g’risida g’amxo’rlik qilishni, ularning arz-dodiga quloq solishni
so’raydi. Mashrab kishilarni boylikka hirs qo’ymaslikka, o’zgalarga yaxshilik
qilishga, sahiylikka, halol bo’lishga, o’z mehnati evaziga yashash, nafsni
tiyishga chaqiradi.
Mashrab o’z ijodida xulq-odob masalalariga katta e’tibor berib, odamlarni
yaramas hatti-harakatlardan, takabburlik va yolg’on so’zlashdan saqlanishga
undaydi. Uning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashida farzandning ota-onani
hurmat qilishi, ularni yuksaklikka ko’tarish g’oyasi muhim o’rin tutadi.
Xususan, farzanddan otaning rozi bo’lishi lozimligi, aks holda yomon
oqibatlarga olib kelishi haqida yozadi. Mashrab ijodidagi bunday g’oyalarning
mustaqil O’zbekiston yoshlarini ma’naviy kamolga etkazishda ahamiyati katta.
XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrning boshlarida ijod qilgan O’rta Osiyolik
mutafakkirlardan biri Mirza Abdulqodir Bedildir (1644-1721). Undan juda boy
ma’naviy meros qolgan. Unga Sharq Gegeli degan unvon, tavsif berilganki, bu
uning zamonasining hamda Sharqning buyuk va yuksak ma’naviyat-ma’rifat egasi
bo’lganligini ko’rsatadi.
Bedil o’z asarlarida avvalo inson haqida, mirishkor dehqon haqida alohida mehr,
hurmat va ehtirom bilan gapiradi. U insonni irqiy, milliy va diniy e’tiqodlaridan
qat’iy nazar hurmat va ehtiromga sazovor oliy zot deb biladi. Bu haqida shunday
deydi: “Har kimki, hazrati insonni sajdaga sazovor demasa, u mal’undir”. Qanday ajoyib
fikr. Ushbu fikr har qanday davr uchu ham adolatli va oliyjanobdir. Inson borliqning,
olamning toji. Inson o’z baxtini o’zi yaratadigan zot deb qaraydi. “Odam abadiy yashashi
mumkinmi?” – degan savolga mutafakkir ijobiy javob beradi.
Bedil insonga ikki xil abadiylik xosligini aytadi. Birini umumiy abadiylik – hamma
narsaga, shu jumladan odam tanasiga ham xos moddiy abadiylik.
Ikkinchis xususiy abadiylik – o’z faoliyati, mehnati, yaxshi ishi bilan insonlarga
manfaat etkazgan kishilarga xos. Bedil tiriklining ma’nosini – daraxt o’tkazish, ekin
ekish, ularni parvarishlash, bechoralarga xayr-sahovat ko’rsatish, ojizlaroga yo’l
ko’rsatish, bemorlarni borib ko’rish va boshqalardan iborat deb qaraydi.
Insonning abadiyligini belgilovchi omillardan biri ilmdir deydi mutafakkir. Inson
umrining boqiyligi, adabiyligi haqidagi bunday qarashlar tahsinga sazovor. Zero,
tarixda abadiy nomi qolgan ma’naviy tirik siymolar faqat ilm-ma’rifat va o’zlarining
yaxshi ishlari bilan o’z nomlarini abadiyatga muhrlab ketganlar. Ular yoqqan ilmma’rifat shamlari mnecha asrlar bo’yicha insoniyat yo’lini yoritib kelmoqda va yana
necha asarlar yoritgusidir. Bunday siymolar qatoriga dunyoviy va diniy ilmlar
sohiblari kiradi.
XVII-XIX asrlar ma’naviyati va ma’rifati rivojida Turdi, Huvaydo, Gulhaniy,
Mahmur, Nodirabegim, Uvaysiy, Munis Xorazmiy, Ogahiy, Feruz va boshqalarning
o’rni va roli ham beqiyosdir.
XIX asrda O’rta Osiyoda ma’naviyat va ma’rifat rivoji Ahmad Donish (1827-1897)
ijodi va ma’rifatparvarlik faoliyati bilan chambarchas bog’lanib ketganligini
alohida qayd etish lozim. U inson turli fanlarni egallab, dunyo sirlaridan voqif
bo’la oladi, deydi.
“Biz – dunyoni gullab-yashnatish uchun, er osti boyliklarini topish uchun,
dunyoning ajoyib sirli tomonlarini tadqiqetish uchun, uning hamma qit’alarini va
aholisini bilish uchun tug’ilganmiz”deydi Ahmad Donish. U ilmni, ma’rifatni
rivojlantirish, xalqni savdoxon qilish orqali qoloqlikdan qutilish mumkin deb
ma’rifatparvarlik g’oyalarini ilgari suradi. O’zbek ma’rifatchiligi Muqumiy, Furqat,
Avaz O’tar, Zavqiy va boshqalar ham alohida o’rin tutadi.
Ma’rifatparvarlik g’oyalari Maxmudxo’ja Behbudiy, Munavvar qori, Abdulqodir
Shakuriy, Ishoqxon Ibrat, Abdulla Avloniy, Abdurrauf Fitrat, Abdulhamid
Cho’lpon, Abdulla Qodiriylar kabi jadidchilar faoliyati va ijodida, millat ozodligi
uchun kurash bilan bog’lanib ketganligini alohida qayd etish lozim.
Jadidchilik aslida ma’rifatparvarlik harakatining ko’rinishidir. Ma’rifatning lug’aviy
ma’nosi bilim demakdir. Ma’rifatni hayotgan singdirish esa maorif tizimi orqali
amalga oshiriladi. Ma’rifat bilim va madaniyatning mazmuni bo’lib, maorif esa
ushbu mazmunni yoyish qurolidir. Ma’rifat asosan umumiy va o’rta maxsus bilim
beruvchi maktab va o’quv yurtlarida amalga oshiriladi. Ma’rifat tushunchasi
maorif tushunchasidan keng bo’lib, bilim va madaniyatni yoyish va
yuksaltirishning barcha turlarini va shakllarini o’z ichiga oladi. Insoniyatning bir
jamiyatdan ikkinchi jamiyatga o’tishi ma’rifatparvarlikdan boshlanadi.
Jadid so’zi arabchadan yangilanish, yangi usul ma’nolarini anglatadi. U yangi,
zamonaviy maktab, matbuot, milliy taraqqiyot usullari, yo’llari va
tarafdorlarining umumiy nomi. Jadidchilikning asosiy g’oya va maqsadlari
quyidagilardan iborat: Turkistonni o’rta asrchilik, feodal qoloqlik,
xurofotlardan tozalash, millatni zamonaviy taraqqiyot yo’liga olib chiqish,
milliy davlatni bunyod etish, konstitustion, parlament va prezident idora
usulidagi ozod jamiyatni qurish, turkiy tillarga davlat maqomini berish, milliy
qo’shin tuzish va h.k.lardan iboratdir.
Turkistondagi jadidchilik harakati milliy-ozodlik kurashi jarayonida yuzaga
kelgan tarixiy ijtimoiy harakatdir. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida bu
harakatning tarixiy ahamiyati katta bo’lgan, bu davrda jamiyatning ma’naviy
inqirozi chuqur ildiz otgan bo’lib, milliy madaniyatni ko’tarmay, umuminsoniy
qadriyatlarni o’zlashtirmasdan turib, ma’rifat, tarbiyaviy ishlarni keng yo’lga
qo’ymasdan turib ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy taraqqiyotga erishish mumkin
emas edi. Jadidchilar millatni qoloqlik, hurofot botqog’idan oilb chiqish uchun
harakat qilishi bilan birga shariatga qat’iy rioya qilish orqali maktab va
madrasalarda ta’lim berish tizimini dunyoviy bilimlar berish asosida isloh
qilish g’oyalarini ilgari surganlar va buni amalda ko’rsatib berganlar.
Jadidchilik harakati milliy uyg’onish va milliy ong yuksalishida katta ahamiyat
kasb etgan.
Shunday qilib, O’rta Osiyo xalqlarining ma’naviy va ma’rifiy qarashlari
xalqimizning boy ma’naviy merosining ajralmas qismi sanaladi. O’rta Osiyo
xalqlari ma’naviy va ma’rifiy qarashlarida inson va uning fazilatlari, ta’limtarbiya, axloq muammolari markaziy o’rinni egallab keldi. Unda komil inson
muammosi o’ziga xos ravishda o’z ichimini topganligini alohida qayd
etishimiz mumkin.
E’tiboringiz uchun rahmat
Download