OZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kafedra: Kompyuter tizimlari Fan: O’rnatilgan tizimlar Topshiriq №1 Mavzu: Arduiono kontroller to’plamining tarkibini va imkoniyatlarini o’rnatish. Komyuterga Arduiono IDE ni o’rnatish. Yorug’lik diode. Arduino yordamida yorug’lik diodini o’chirib yoqish. Guruh: 216-18 Bajardi:Khaydarova Z Tekshirdi:Xoldorov Sh Toshkent-2021 Topshiriq №1 Mavzu: Arduiono kontroller to’plamining tarkibini va imkoniyatlarini o’rnatish. Komyuterga Arduiono IDE ni o’rnatish. Yorug’lik diode. Arduino yordamida yorug’lik diodini o’chirib yoqish. Ishdan maqsad: Arduiono kontroller to’plamining tarkibini va imkoniyatlarini haqida bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish. Komyuterga Arduiono IDE ni o’rnatishni o’rganish va svetofor ishlash mexanizminini tushunish. Nazariy qism. Arduino Uno - bu kontroller ATmega328 mikrokontrolleri asosida yaratilgan bo'lib, platforma 14 ta raqamli kirish/chiqish, (ulardan 6 tasi KIM (ШиротноИмпульсная модуляция) sifatida foydalanish mumkin), 6 analog kirish, 16MGsli kvarsli generator, USB porti, kuchlanish porti, ICSP porti va qayta yuklash tugmasidan iborat. 1-rasm. Arduino Uno ning tuzilishi "Uno" so'zi italyanchada bir degan ma'noni anglatadi. Bu bejis emas, Arduino Uno yaratuvchilari bu yangi kontroller Arduino kontrollerlar oilasida yangi burilish va yangi flagman yaratishga harakat qilishgan va buni uddalaganlar. Sababi, Arduino Uno Arduino kontrollerlar oilasidagi boshqalariga nisbatan ancha ixcham, qulay, tez, oddiy va albatta arzonroq hisoblanadi. Arduino Uno haqida qisqacha: Mikrokontroller ATmega328 Ishlash kuchlanishi 5V Kirish kuchlanishi(tavsiya etilgani) 7-12 V Kirish kuchlanishi(eng yuqori) 6-20 V Raqamli kirish/chiqish 14 ta(ulardan 6tasi KIM(Широтно-Импульсная модуляция) sifatida foydalanish mumkin) Analog kirish 6 ta Kirish/chiqish orqali o'zgarmas tok 40 mA 3.3 V kiritish uchun o'zgarmas tok 50 mA Flesh xotira 32 KB(ATmega328) undan 0.5 KB yuklovchi sifatida foydalaniladi Tezkor xotira 2 KB(ATmega328) EEPROM 1 KB(ATmega328) Chastota 16 MGs Bundan tashqari, Arduino Uno qurilmasi unga ulangan USB yoki tashqi manbadan kuchlanish olishi mumkin. Bunda, agar manba bir nechta bo'lsa, ulardan biri avtomatik tanlanadi. Arduino Uno kontrolleri asosi ATmega328 mikrokontrolleridan tashkil topgan. Millionlab odamlar o’zlarining loyihalari uchun Arduinodan foydalanadilar, masalan aqlli uy, mashina, maktab, bog’ yoki ko’ngilochar narsalarda. Platforma robototexnika doiralarida mashq qilish uchun juda mos keladi. Arduino platformasidan ro’yxatdan o’tish uchun www.tinkerdcard.com saytiga tashrif buyuramiz : 2-rasm. Saytdan pochta manzilini tanlash orqali ro’yxatdan o’tish. So’ng saytdan kerakli bo’limni tanlaymiz: 3-rasm. 4-rasm. Ish maydonining ko’rinishi. Amaliy qism. Svetoforning ishlash jarayonini ushbu platformada yaratish. Dastlab biz uchun kerak bo’lgan qurilmalarni tanlab olamiz : Arduino uno kontrolleri, maket plata, svetodiodlar, rezistorlar. So’ng qurilmalarni sozlab quyidagi ko’rinishda ulab olamiz: 5-rasm. Dastur kodi: const int Qizil_chiroq = 4; // port 4, Qizil chiroq const int Sariq_chiroq = 3; // port 3, Sariq chiroq const int Yashil_chiroq = 2; // port 2, Yashil chiroq const int TIMEOUT_Qizil = 3000; // Qizil chiroq yonish vaqti const int TIMEOUT_Sariq = 2000; // Sariq chiroq yonish vaqti const int TIMEOUT_Yashil = 3000; // Yashil chiroq yonish vaqti const int TIMEOUT_FLASH_Yashil = 500; vaqti void setup() { // Barcha chiroq portlar o'rnatiladi, OUTPUT pinMode(Qizil_chiroq, OUTPUT); pinMode(Sariq_chiroq, OUTPUT); pinMode(Yashil_chiroq, OUTPUT); // Chiroqlarning dastlabki qiymatini o'rnatish digitalWrite(Qizil_chiroq, LOW); digitalWrite(Sariq_chiroq, LOW); digitalWrite(Yashil_chiroq, LOW); } // Yashil chiroqning o'chib yonish void loop() { // Yashil chiroqni yoqamiz digitalWrite(Yashil_chiroq, HIGH); // Yashilni yoqish delay(TIMEOUT_Yashil); // kutamiz // Yashil chiroqni 3marta yonib o'chiramiz for (int i=0; i<3; i++) { digitalWrite(Yashil_chiroq, LOW); delay(TIMEOUT_FLASH_Yashil); digitalWrite(Yashil_chiroq, HIGH); delay(TIMEOUT_FLASH_Yashil); } // Endi yashil chiroqni o'chiramiz va Sariq chiroqni yoqamiz digitalWrite(Yashil_chiroq, LOW); digitalWrite(Sariq_chiroq, HIGH); delay(TIMEOUT_Sariq); // sariq chiroqni o'chiramiz digitalWrite(Sariq_chiroq, LOW); // Endi qizil chiroqni yoqamiz digitalWrite(Qizil_chiroq, HIGH); delay(TIMEOUT_Qizil); // Qizil chiroqni o'chirmasdan turib sariq chiroqni yoqamiz digitalWrite(Sariq_chiroq, HIGH); delay(TIMEOUT_Sariq); // Sariq va qizil chiroqlarni o'chiramiz digitalWrite(Yashil_chiroq, LOW); digitalWrite(Qizil_chiroq, LOW); } Xulosa Ushbu laboratoriya mashg’ulotida biz Arduiono kontroller to’plamining tarkibini va imkoniyatlarini haqida bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldik va komyuterga Arduiono IDE ni o’rnatishni hamda svetofor ishlash mexanizminini o’rgandik. Men ushbu laboratoriya mashg’ulotida Arduino Uno dan foydalandim. Chunki, u ixcham , qulay va ko’plab funksiyalarni bajara olar ekan. Laboratoriya mashg’ulotining amaliy qismida svetoforning ishlash jarayonini yaratdim, bunda men platformada 3ta svetodiod, 3ta qarshilik, Arduino uno kontrolleri,maket plata qurilmalarini tanlab olib sozlab, bir biriga uladim va har bir svetofor ishlash mexanizmi ishlash jarayoni kodini yozib dasturni ishga tushirdim . Shunday qilib, Arduino kichik hajmdagi proyektlarni yaratishda hamda robototexnikada foydalanish uchun mo’ljallangan plata hisoblanar ekan. Uning bir qancha turlari mavjud. Jumladan , Arduino Uno, Arduino Mega, Arduino Leonardo, Arduino Ethernet , Arduino RS232, Arduino Diecimilia, Arduino Pro, Arduino Nano , Arduino Esplora, Arduino Due va hokazolar. Bular qo’llanilish imkoniyatlari bilan bir-biridan farq qiladi . Masalan, Arduino Uno kichik proyektlar, ko’p bo’lmagan modullarni bajara oladi, Arduino Mega esa Uno ga nisbatan ancha keng vazifalarni boshqara olish imkoniyatiga ega.