Uploaded by MUXR ABDURAIMOV

1

advertisement
Poligonometriya punktlarini tayanch punktlariga bog‘lash.
Poligonometriya yo‘llarini triangulyatsiya yoki yuqori klassli poligonometriya
punktlariga bog‘lash poligonometriya yo‘li tomonlariga direksion burchakni uzatish
va punktlar koordinatalarini hisoblash uchun bajariladi.
Bog‘lashning asosan uchta usuli bor:
1. Bevosita bog‘lash;
2. Yuqoridagi (belgi tepasidan) tayanch punktning koordinatalarini yerga
(pastga) ko‘chirish usuli bilan bog‘lash;
3. Uzoqdagi tayach (triangulyatsiya) punktlarga bog‘lash;
1. Bevosita bog‘lash
Bu usul poligonometrik yo‘l bevosita tayanch punktga tutashgan bo‘lsa va
tutash burchakni o‘lchash va tayanch punktlari va yo‘lning oxirgi (boshlang‘ich)
nuqtalari orasidagi masofani o‘lchash imkoniyati bo‘lsa, qo‘llaniladi. Bevosita
bog‘lash eng oddiy va ishonchli natijani beradi.
Bevosita bog‘lashda markazlashtirish va reduktsiya elementlarini hisobga olish
kerak. S punktdan A punktga direksion burchak quyidagicha bo‘ladi (1-rasm):
tgabosh =
у а  ус
ха  хс
Keyingi tomonlarning direksion burchaklari:
a1 = abosh ± 180 + β1
7.1-rasm
2. Yuqoridagi (belgi
tepasidan) tayanch punktning koordinatalarini
(pastga) ko‘chirish usuli bilan bog‘lash
yerga
Poligonometriya yo‘l nuqtasi tayanch punktiga yaqin, lekin unga teodolit
o‘rnatib
va
bevosita
tutashgan
yo‘q. Undan tashqari tayanch
burchakni va masofa o‘lchash
imkoniyati
punkti va poligonometriya nuqtasi orasidagi
masofani bevosita o‘lchash mumkin emas. Shuning uchun "belgi tepasidan
yerga koordinatalarni ko‘chirish" masalasi paydo bo‘ladi.
3. Uzoqdagi tayanch (triangulyatsiya) punktlarga bog‘lash
Konkret
sharoitdan
kelib chiqqan holda
bu
mumkin:
a) to‘g‘ri va teskari bitta yo‘nalishli kesishtirish.
b) to‘g‘ri va teskari ko‘p yo‘nalishli kesishtirish.
usulni har xil
bajarish
Download