Загрузил Quvonchbek Ko'chimov

3-Mavzu. Metanol olish texnologiyasi. Reja Uglerod oksidi va vo

реклама
3-Mavzu. Metanol olish texnologiyasi.
Reja:
1.
Uglerod oksidi va vodorod asosidagi sintezlar.
2.
Metil spirtining xalq xo'jaligindagi ahamiyatli.
3.
Xom ashyolari va metanolning fizik-kimyoviy xususiyatlari.
4.
Ishlab chiqarish usullari, texnologik sxemasi.
1) Uglerod oksidi va vodorod asosidagi sintezlar. O'tgan asrlarda uglerod oksidi va vodorod
asosida organik moddalarni sintezlash keng yo'lga quyildi. CO va H2 lardan uglevodorod sintezi
birinchi marotaba Sabat'e ishlarida mal'um bo'ldi. U nikel' katta lizatori yordaminda metanni
sintezlagan edi. Bundan keyin Orlov, temirpalladiy katta lizatori qatnashuvida koks gazidan
etilenni sintezladi.
Uglerod oksidi va vodoroddan termodinamikaviy usulda hoqlagan molekuladagi va
hoqlagan tuzulishtagi uglevodorodni sintezlash mumkin.
Uglerod oksidi va vodoroddan to'yingan va to'yinmagan uglevodorodlarni kobalt'
katalizatori yordaminda sintezlash reaktsiyalarin quydagicha ko'rsatishimiz mumkin:
nCO  (2n  1) H 2  Cn H 2 n 2  nH 2 O
nCO  2nH 2  Cn H 2 n  nH 2 O
Temir katta lizatori qatishuvida pastdagi tenglama bilan ko'rsatiladi:
2nCO  (n  1) H 2  Cn H 2 n 2  nCO2
2nCO  nH 2  Cn H 2 n  nCO2
Temir kattalizatorinda CO2 ning foyda bo'lishina pastdagi reaktsiya sabab bo'ladi:
CO  H 2 O  CO2  H 2
Fisher va Tropsh izlanishlarinda, metallarning katta lizi natiyjasida, jarayonda
uglevodorodlar va kislorod tutgan birikmalar, shuning ichida metanolning da foyda
bo'ladiganligi aniqlangan. Ya'niy metall oksidi katta lizatorina ishqor qo'shilsa, yuqori atomli
spirtlar foyda bo'ladi:
4CO  8H 2
ZnO  KOH
 (CH 3 ) 2  CH  CH 2 OH  3H 2 O
Demak uglerod oksidi va vodoroddan har qil yo'nalishda, vaziyatda va katalizator turiga
qarab har qil moddalarni sintezlash mumkin. Ya'niy, nikel' katalizatori qatnashuvida 0,1 MPa
bosim va 160-200 0С darajada yeki uglerod atomidan ko'p bo'lgan alkanlar va alkenlerni, 200 0С
dan yuqori darajada metanni sintezlashga bo'ladi. Kobalt' katalizatori qatnashuvida, 0,1-1 MPa
bosim, 170-200 0С darajada chiziqli alkanlar va alkenler, temir katalizatorinda 2-3 MPa bosim va
200-250 0С darajada tarmoqlangan tuzulishka ega alkanlar, alkenler, shuningdek kislorod tutgan
organik birikmalarni ham sintezlashga bo'ladi. Simobli katalizator qatnashuvida bo'lsa yuqori
bosimda (50-150 MPa) va darajada (100-120 0С) yuqori molekulali parafinli uglevodorodlar
(molekulyar massasi 2*105 ) sintezlanadi.
Birinchi marotaba Fisher-Tropsh sintezi Germaniyada 1936 yili sintin (sintetik benzin)
ishlab chiqarish uchun realizatsiya qilingan. Keyinchalik, uglerod oksidi va vodoroddan sanoatta
keng ishlab chiqariluvchi mahsulotlar (metanol, suyuq alifatikalik uglevodorodlar, metan) sintezi
yo'lga quyildi.
2) Metil spirtining xalq xo'jaligindagi ahamiyati. Metanol – kimyo sanoatida ko'p
qo'llaniladigan va ishlab chiqariladigan mahsulot bo'lib hisoblanadi. U plastmassalar, sintetik
tolalar, sintetik kauchiklar, yeritgichlar va.h. lar ishlab chiqarishida keng qo'llaniladi.
Uglerod oksidi va vodoroddan metanol sintezi birinchi marotaba 1923-yili Germaniyada
yo'lga quyildi. Metanol – asosan pastdagi xom ashyolardan sintezlanadi:
Xom ashyo turi
%
Tabiiy gazdan
71,6
Atsetilen sanoati sintez gazlaridan
15,7
Neftni qayta ishlash chiqindi gazlaridan
3,9
Qattiq yonilg'idan
8,9
Jarayonning fizik-kimyoviy asoslari. Metanol sintezi pastdagi tenglama da keltirilgan
qaytimli reaktsiyalarga asoslangan:
H  90,8кДж
CO  2H 2  CH 3OH :
CO2  3H 2  CH 3OH  H 2 O
 H   49 кДж
(1)
(2)
1 va 2 reaktsiyalar ekzotermikaviy bo'lib, hajmning pasayishi bilan yuradi. Demak
metanolning chiqimin maksimal darajaga yetkizish uchun jarayonni past darajada va yuqori
bosimda olib borish kerak bo'ladi.
3.1 jadval. Vodorod va uglerod oksidi molyar nisbati qatnasi 2:1 bo'lganda olinadigan
gaz aralashmasindagi metanolning miqdori:
Bosim,
MPa
Har qil darajada metanolning
molyar miqdori, %
Bosim,
MPa
300
350
5
10,5
-
7,5
-
10,0
Har qil darajada metanolning
molyar miqdori, %
300
350
25,0
66,0
31,9
4,9
30,0
75,5
40,4
26,3
8,2
40,0
86,0
55,5
15,0
40,8
16,0
50,0
89,6
66,7
20,2
54,0
24,0
3,1 jadvaldan ko'rinib turganidek, gaz aralashmasindagi metanolning miqdori bosimning
ortishi va temperaturaning pasayishi bilan o'sib boradi. Lekin reaktsiya tezligin oshirish uchun
bo'lsa, temperaturani ko'tarish kerak bo'ladi. Shuning uchun, qo'shimcha birikmalar: metan,
yuqori molekulali spirt, al'degidler, ketonlar va efirler foyda bo'lib ketmasligi uchun temperatura
optimal darajada ushlab turiladi.
Metanolning chiqimining temperaturaga boglikligi 3.1 – rasmda keltirilgan. Rasmdan
metanolning maksimal chiqimi 255-270 0S daraja oralig'inda bo'ladiganligin ko'rishimiz
mumkin.
3.1 – rasm. CO portsial bosimi 1,08 (1, 4 egri
chiziq); 0,47 (2, 5 egri chiziq); va 2 (3, 6 egri
chiziq) MPa bo'lganda metanolning
chiqimining darajaga g'әrazliligi. 1,2,3 –
kontaktlashish vaqti 0,29sek 4,5,6 –
kontaktlashish vaqti 0,10 sek.
Optimal temperatura intervali – katalizatorning aktivligiga, gaz aralashmasining hajmlik
tezligiga va bosimga qarab aniqlanadi. Past bosimli jarayonler (5-10 MPa) mis tutgan
katalizatorlar qatnashuvida 220-280 0С oralig'inda bo'ladi. Tsink-xromli katalizatorlar uchun
bosim yuqori bo'lib (20-30 MPa), daraja 350-400 0С oralig'inda bo'ladi.
Metanolning sinteziga bosimning ta'siri 3.2 – rasmda keltirilgan. Sanoatdagi sintezlashning
maksimal bosimi 40 MPa bo'lib topiladi. Sababi bundan yuqori bosimda qo'shimcha reaktsiyalar
yurishi mumkin va kompresslashka ketgan sarf yuqorilashi natiyjasida iqtsodiy ko'rsatkichlar
pastlab ketadi.
3.3.- rasmda 30 MPa bosimda metanol sintezinda unimdorlikka katalizatorning boglikligi
keltirilgan. Xom ashyoning yetkazib berilishi tezligi (podacha) ortishi bilan gaz aralashmasinda
metanol miqdori kamayadi, lekin gazning umumiy hajmi ortishi hisobidan katalizator ishlab
chiqarishning quvvatliligi ortadi.
3.2 rasm. 350 0S darajada H2 : CO = 2 : 1 molyar
3.3 – rasm. 30 MPa bosimda mahsulotning
nisbatta metanolning chiqimina bosimning ta'siri.
chiqimina katta lizatorning ta'siri
Metanol ishlab chiqarishning texnologik sxemasi. Uglerod oksidi va vodoroddan metanol
sintezlash bir qatar operatsiyalarni o'z ichiga oladi. Bunda gazlar dastlab temir va oltingugirt
birikmalaridan tozalanadi. Reaktsiyaning boslang'ich temperaturagacha qizdiriladi va metanol
sintezi reaktoriga yuboriladi. Kataliz zonasidan chiqayotganda gazlardan metanol sintezlana
boshlaydi va reaktsiyadan sovuqlik foyda bo'lishi sababli jarayonga bir bo'lagi qaytarilib,
aralashmani sovutish uchun xizmat etadi.
3.4 – rasm. Metanol sintezi funktsional sxemasi.
3.5 – rasmda biriktirilgan nasadkali kolonnali deb nomlangan yuqori bosimda sintezlash
agregat sxemasi keltirilgan.
3.5 – rasm. Nasadkali kolonna bilan ta'minlangan sintezlash agregati sxemasi. 1, 2 – fil'trlar
(yog'li va ko'mirli); 3 – sintez kolonna; 4 – sovutgich kondensator; 5 – separatorlar; 6 –
kompressor; 7 – yig'uvchi (sbornik).
Bu texnologik sxemaning 3.4 – rasmdagi sxemadan farqi, sintezlash bosqichlari keltirilgan
va qo'shimcha sintez kolonnasi va yig'uvchi ko'rsatilgan. Bunda 32 MPa bosimgacha siqilgan
gaz dastlab yog'li 1 va ko'mirli 2 fil'trlarda fil'trlanib, aylanma (tsirkulyatsion) gaz benen
aralashtiriladi. Aralashtirilgan gaz tor doira (kol'tsodan) o'tib sintez kolonnasiga 3 keladi va
quburlar oralab kolundaning pastgi qismiga keladi (3.6 - rasm). Illiqlik almastirgishda gaz 330 –
340 0S gacha qizdirilib, kolundaning tepa qismiga qarab harakatlanadi va besh qatlamli katta
lizatordan o'tadi.
3.6 – rasm. Metanol sintezi kolonnasi. 1 –
illiqlik almastirgish; 2 – sovuq baypas yuli ; 3
– elektr qizdirgich; 4 – katta lizatorlar.
Temperaturani ushlab turish maqsadida katalizatorning har bir qatlamiga (oqirgisidan
boshqa) ma'lum miqdorda sovuq aylanma gaz berib turiladi. Kata lizatorning beshinchi
qatlamiga keyin gaz illiqlik almashtirgichga junatilib, 300 - 385 0С dan 130 0С gacha sovutiladi.
Keyin «qubur ichida truba» deb nomlangan kondensator sovutgichta (3.5 - rasm) sovutiladi. Bu
joyda gaz 30-35 0С gacha sovutilib, sintez mahsuloti kondensatsiyalanadi. Tayyor mahsulot –
metanol separatorda 5 ajratilib, yig'uvchiga 7 va undan rektifikatsiyaga yuboriladi. Gaz bo'lagi
ikkilamchi separatorga 5 kelib, metanol tomchilarin olib qolish maqsadida kompressor 6
yordaminda siqilib, sintez jarayonina qaytariladi.
Tekshirish uchun savollar.
1. Metanolning qo'llanish sohalarin aytib bering?
2. Metanol sintezi uchun qo'llaniladigan gazlardi sintezlashning funktsional sxemasin
ko'rsating?
3. Metanolni sintezlash bosqichlarining kimyoviy reaktsiyalarin yozib bering?
4. Metanol sintezi mexanizmini tushintirib bering?
5. Metil spirti katta lizatorlari qanday bo'lishi kerak?
Скачать