Загрузил BABY Friend

1-dars

Реклама
Bismillahi rahmoni rahiym
Telegramda qanday mavzularda kanal yuritishdan foyda yo‘q?
Kanalingizda iloji boricha sizdan reklama sotib ola biladigan obunachilar yigʻishga
harakat qiling!
Telegramda biror-bir narsani sotish evaziga yaxshigina daromad qilsa boʻladi. Sizdan
sotib olishlari uchun esa sizda albatta katta yoshdagi, sotib olishga qurbi yetadigan
auditoriya bo‘lishi kerak.
Quyidagi mavzularda kanal yuritmaganingiz ma’qul:
➖ Memlar (havolalar, matnlar, rasmlar bilan keluvchi fikrlar, suhbatlar)
➖ Hazil-mutoyiba (yumor)
➖ Giflar (animatsion rasmlar)
➖ Mashinalar rasmlari va hokazo
Bu yerda odatda katta yoshli auditoriya kuzatilmaydi. Bunday kanallarda qimmatli
vaqtingizni bekorga sarflamang.
Bizning kanal https://t.me/m_group_online_school murojaat uchun
https://t.me/m_group_manajer
Kanalga yurib ketdigan tematika tanlash sirlari
Kanal ochishdan avval kanal uchun tematika tanlash muhim.
Nisha – Bozorning raqobatchilar tomonidan yetarli darajada ishlatilmagan qismiga
aytiladi. Ma`lum bir sohaning yo`nalishini tanlash – nishani tanlash deyiladi.
Masalan:
Yangiliklar – bu soha. Undagi Siyosiy yangiliklar, shou-biznes yangiliklari,
texnologiya yangiliklari – bu nisha.
Sizning tanlagan nishaga odamlarning ehtiyoji bo`lsa va raqobat kuchli bo`lmasa –
kanalingiz omadga erishish ehtimoli yuqori bo`ladi.
Yaxshilab e`tibor bersangiz, har bir sohaning hali egallanmagan nuqtalari (nisha) si
bor. Odamlarning ma’lum bir qismi aynan shu nuqtaga ehtiyojlari bor. O'sha bir
qism — sizning auditoriyangiz hisoblanadi.
Kanal tematikasini tanlash – eng muhim etaplardan biri . Agar sizda yaxshi nisha
bo`lsa, kontent zo`r bo`lmasa ham kanal yurib ketadi. Telegram kanal uchun
nishani izlash, biznesda nishani izlash bilan o`xshashib ketadi.
Asosiy g`oya – Kanalga ko`proq sifatli va pul to`lashga qurbi yetadigan
auditoriya (odamlar)ni jalb qilish.
Qanday kanal turlari bor ?
Nishani tanlashdan oldin, aynan qaysi yo`nalishdagi kanallar bilan
shug`ullanishimizni kelishib olaylik.
Kanal turlari:
1. Ma`lumot ulashuvchi – Yangiliklar OAV, fan-ta`lim kanallari va tematik
(biron mavzuga bag`ishlangan) kanallar. Obunachi o`zi uchun qimmatli
ma`lumotni – rasm, video, qo`llanma yoki maqola ko`rinishida oladi.
2. Ko`ngil ochar – Hajviy kanallar : gif, latifa, qiziqchilar. Miyaga hech qanday
bosim bermaydigan kanallar.
3. Savdo kanallari – Onlayn do`konlar, servislar, firmalar va boshqa
tashkilotlarning kanallari. Bu yerda turli xil tovarlar sotiladi, chegirmalar
haqida habar beriladi, xizmatlar reklama qilinadi yoki haridorlarga texnik
yordam beriladi.Savdo va ma`lumot ulashuvchi – O`z maxsulotlarini
sotibgina qolmay, qiziqarli va foydali ma`lumotlarni ulashadigan kanallar.
Kanal orqali daromad olishni hohlar ekanmiz, kanalni 2 xil yo`l bilan to`ldirishimiz
lozim:
1. Avtorlik kontenti – o`zingiz yozgan maqola yoki yasagan video. Hech qanday
ko`chirishlarsiz. Bunday kontent doim sifatli va obunachilarni ishonchini
oshishiga sabab bo`ladi. Avtorlik kontentini yaratish uchun siz shu sohada
erkin ekspert yoki shu sohaga tegishli tajribangiz bo`lishi kerak. Bu avtorning
shaxsiy brendi yoki istalgan personaj bo`lishi mumkin.
2. Ko`chirma kontent – bu sifat darajasidan eng pastda turadigan va original
bo`lmagan kontent. Ya`ni boshqa kanal/sayt/ijtimoiy tarmoqlardan olingan
video/rasm yoki maqolalar. Bunday kontent bilan kanalga 1 kunda 10 ta post
qo`shsangiz bo`ladi. Ko’chirma kontentdagi kanallarda sifatga emas songa
e’tibor beriladi. Kanallani dodasi misol.
Agar sizning aynan bir sohaga tegishli bilimingiz bo`lmasa ko`chirma kontent
orqali kanalni to`ldirishingiz mumkin.
Kanal nishasi
Kanal nishasi (yoki istalgan biznes nishasi) bu – Inson hayotida
uchraydigan, to`la yoki umuman qondirilmagan ehtiyojlariga va javobsiz
savollariga ega qismi.
Kanaldagi kontent esa shu savollarga javob, muammoni yechimi o`rnida bo`lishi
kerak. Abraham maslou (buyuk psixolog) inson ehtiyojlari piramidasini tuzib
chiqgan. Mazkur piramida, hayotimizda uchraydigan ehtiyojlarni ko`rsatadi. Bu
ehtiyojlar inson o`sishi va rivojlanishi davomida hosil bo`ladi.
Pastki uch daraja eng kenglari. Aynan shu yerda 80% odam qotib qolgan. Shuning
uchun ham mazkur uch yo’nalishga ega nishalarga talab ko`proq va auditoriyasi
katta. Boshqa tarafdan o`rta va yuqori darajadagi auditoriya kichik bo’lsa ham
aqlliroq va qimmatroq bo`ladi.
Qiziqishlar haqida unutmang
Agar avtorlik kontentini orqali kanalni to`ldirsangiz bu tematika sizga qiziq
bo`lishi va bu sohaga tegishli bilim/tajribangiz bo`lishi kerak.
Bu juda muhim. Asosiy vaqtingizni divanda o`tkaza turib, boks yoki futbol haqida
ajoyib kontent tayyorlashning iloji yo`q. Ayniqsa nokaut va nogdaunning farqiga
bormasangiz. Bu hazil albatta.
O`zingiz boshqa sohada faoliyat yurta turib, boshqa mavzuga judayam qiziqsangiz
bu o`zingizni ko`rsatish uchun ajoyib imkoniyat.
Kanalning asosiy g`oyasini tanlash
Muammo yechimi
Kanal tematikasi(mavzusi) ni tanlashda eng yaxshi strategiyalardan biri bu
muammolarni inobatga olish hisoblanadi. Kanaldagi kontent aniq bir muammoga
yechim berishi kerak.
Qo`rquv
Nishani tanlashning yana bir yo`li bu – qo`rquv va uni yengib o`tish asosida. Inson
qorquvlari bir biriga o`xshash va shu sabab unga barham berish uchun ham
kanalingizni qiziqish bilan o`qishadi.
Mana bir necha sabab:

Yolg`izlikdan qo`rqish Nisha : munosabatlar, sevgi

Nima haqida yozamiz: Hayotda sevgini izlab topish, munosabatlar
psixologiyasi, er xotinlik

Omadsizlikdan qo`rqish Nisha: ma’naviy kuchli bo’lish, o`z o`zini
rivojlantirish, shaxsiyatning o`sishi

Nima haqida yozamiz: Omadga erishish haqida, yanada samaraliroq bo`lish,
unumdor mehnat, barchasiga ulgurish, hurmatga erishish va h.k.

Kambag`al bo`lib qo`lish Nisha : Boylik

Nima haqida yozamiz: Investitsiyalar, pul tikish, biznes g`oyalar, pullarni
jamg`arish, moliyaviy bilim.
Nishalarni qayerdan izlash kerak ?
Birinchi navbatda sizning qiziqishlaringiz bu – nishalar. O`zingizni barcha hobbi
va qiziqishlaringizni yozib chiqing va ular ichidan qaysi birida yaxshiroq bilimga
egasiz yoki ega bo`lish istagidasiz, shuni aniqlang.
Avtorlik kontentining formulasi – O`z bilimlarimizni olamiz, qayta ishlaymiz va
kontentga aylantiramiz. Agar go`ya bo`lmasa, shu mavzuga aloqador maqola/kitob
o`qing, turli guruhlar va sahifalarga qo`shiling. Natijada yangi g`oyalar kelishni
boshlaydi.
Ijtimoiy tarmoqlar (youtube,vkontakte,facebook,telegram)da o`zingizga qiziq
bo`lgan kanallar/sahifalar/guruhlar ni kuzating. Ular qaysi mavzularga aloqador
postlar qoldirayotganini yozib chiqing. Shu ro`yhat asosida ham yangi kanal
g`oyasi paydo bo`lishi mumkin.
Yuradigan kanal tematikasining belgilari:
1. Proekt g`oyasiga o`xshash resurslar boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham bor
bo’lishi. Agar Youtube,Vkontakte,Odnoklasniki yoki facebookda shu mavzuga
o`xshash guruh yoki sahifalar bo`lsa, demak bu nishaning auditoriyasi katta,
shunchaki telegramgacha hali yetib kelmagan. Kanallani dodasi aynan shu
prinsip asosida ko`tarilib ketgan.
2. Monetizatsiya (Kanaldan daromad olish) aniqligi.Nimadir sotishingiz mumkin,
lekin hamma narsa emas.Faqat kanal mavzusiga oid mahsulotlarni.
Masalan, Tibbiyotga aloqador kanalda turli xil dorilar, ozdiruvchi preparatlar,
dorixonalar, xususiy klinikalar va doktorlar xizmatini reklama qilishingiz mumkin.Yoki
o'z mahsulotingizni sotishingiz mumkin.
Biznes haqida kanal bunday kanallar eng daromadli kanallar hisoblanadi.Chunki
bunday kanallarda bilim olishga, rivojlanishga, biznes boshlashga qiziqadiganlar
yig'ilgan bo'ladi.Bunday kanallarda siz infomahsulotlarni sotishingiz mumkin infomahsulot bu kurs, trening, qo'llanma, kitob bo'lishi mumkin.Yoki konsultatsiya
berishingiz mumkin.Faqat siz kuchli ekspert bo'lsangiz mijozlaringiz ko'p bo'ladi.30
minut maslahat va yordam berishingiz shuncha narx deb belgilaysiz.
Raqobatdoshlarning borligi. Agar siz tanlagan tematikada raqobatdoshlar bo`lsa,
demak mavzu odamlarga qiziq va unga talab bor.
Raqobatchilarning foydali tomoni, ularda saralangan obunachilar bor va siz ulardan
reklama sotib olish orqali obunachilarga ega bo`lishingiz mumkin.
Nimalarga e`tibor berish kerak ?
Raqobat judayam kuchli bo`lgan tematikalar – qizib ketgan deyiladi. Qizib ketgan
tematikada kanal ochib kuyib qolmang.
Agar telegramda siz tanlagan mavzudagi kanal bo`lmasa – bu yomon degani emas.
Balki bu nisha xali band emasdur va siz o`zingizni ko`rsatishingiz uchun ajoyib
imkoniyat paydo qilgan bo`lasiz. Bunday nishani tanlashdan oldin uni yuqoridagi
kriterialar orqali analiz qilish kerak.
Telegram marketologlari so`nggi izlanishlari orqali katta daromad keltiradigan
tematikalarni aniqlashdi.
Ularga: Kriptavalyuta, Biznes, Marketing, IT texnologiya va avtorlik bloglari
kiradi. Auditoriya kichik lekin aqlli odamlar.
End arzon reklama narxlari : Erotika, Hajviy, musiqa, foto va GIF larni jamlagan
kanallar. Auditoriya katta lekin sifatsiz.
Kanalning omadli chiqishi siz o`z auditoriyangiz bilan qanday ishlashingizga
bog`liq. Hamma oddiy usulda yozadigan yangiliklarni siz qiziqarliroq yoki
o’zgacha usulda yozishingiz mumkin.
Ilhom bag`ishlash uchun tayyor nishalar
Universal Nishalar:

Sayohatlar yoki boshqa shahardagi shaxsiy tajriba – O`zga yurtda uchratgan
qiziqarli holatlaringiz, madaniyati, mentaliteti, oshxonasi, qayerga borgan
yaxshi, mehmonhonalari va h.k.

Moliya – Moliyani boshqarish, jamg`arish, iqtisod qilish. Pul ishlash,
daromadni ko`paytirish, investitsiyalar

Sport – Yugurish, chang`i, skeytbord.

Kino – Filmlar taqdimoti, ularni tahlil qilish, shaxsiy fikringiz, to`plam/terma
lar, TOP ro`yhatlar, qiziqarli faktlar, teoriyalar (ayniqsa marvelniki)

Psixologiya – qiziqarli testlar, foydali maqolalar, kitoblardan iqtiboslar.
Shaxsiyatning o`sishi, qorquv va asabiylikdan halos bo`lish, depressiya

Buyuk shaxs rolini o`ynash. Garri potter @potter_live, Stalin @stalin_gulag

Savol-Javoblar : Savollar nashr qilish va ertasi kuni javobni aytish. Obunachilar
o`z fikrlarini maxsus botga yoki sizga jo`natishadi. @logicpuzzles, @mozgol

Obunachilar tomonidan yaraladigan kontent. Hayotiy hikoyalar, qiziqarli
voqealar. Obunachilar o`zlarida uchragan turli voqealarni botga yoki sizga
yuboradilar. Siz ularni kanalda chop etasiz.
Erkaklar uchun:

Video o`yinlar – PUGB, Dota2, CS:GO – kulguli yoki ajoyib vaziyatlar
videolavhasi yoki rasmi, o`yindagi sirli ma`lumotlar, faktlar, kodlar.

Komikslar – Komiks asosidagi kinolar (Qasoskorlar, O`rgimchak odam,
Betmen) – yangiliklar, treylerlar, tahlillar, tizer va fikrlar, intervyular

Bodibildiyg, trenajor zali – Foydali ozuqalar, natija beradigan mashq usullari,
xatoliklar, foydalar, maslahatlar

Ovchilik – baliq, qush yoki boshqa xayvonni ovlash haqida. Qurolni qayerdan
olish mumkin, yaxshi qurol, yomon qurol, savollar, qiziqarli holatlar

Sport – futbol, MMA, ko`cha janglari, Boks dan lavhalar, faktlar, qiziqarli
holatlar, tahlillar.
Ayollar uchun:

Yoga, Massaj – masaj qilish usullari, foydali maslahatlar, preparatlar

Onalik – bolani to`g`ri parvarish qilish, tarbiya, maktab, bog`cha haqida, ta`lim,
chegirmali maxsulotlar do`koni, pampers va h.k.

Hunar va Qobiliyat – Sartaroshlik, oshpazlikga aloqador barcha narsalar.

Handmade – qo`l bilan yasalgan turli anjomlar, tikish, bichish, chizmachilik
haqida
Qanday mavzuni tanlamagan ma`qul:
1. Bu sohada siz hech narsani tushunmaysiz, na tajriba va na bilim bor.
2. Nisha judayam tor. Masalan : bosh kiyimlarga aloqador kanal judayam tor,
undan ko`ra imidj va stilga aloqador kanalda obunachilarni ko`proq jalb qilsa
bo`ladi.
3. Sizda jam bo`lgan auditoriyani monetizatsiya qilishni bilmaysiz. Ya`ni ularga
qaysi maxsulotni reklama qilishni. Asosan prikol kanallarda shunaqa.
Qizib ketgan nishalar
Ba`zi nishalarga katta mablag` bilan kiriladi. Ularda raqobat judayam kuchli,
obunachilar aylanishi ham tez. Kirgan obunachi ertaga chiqib ketadi. Agar sizda
mablag` ko`p, bilim esa yetarli bo`lsa unda olg`a. Aks xolda, mazkur resurslarni
yig`ishingiz kerak.
Agar sizda qiziqarli va avtorlik kontenti bo`lsa istagan nishaga kirishingiz mumkin.
Xulosa:
Raqobat kuchli va kuchsiz, keng va tor, ommabop va maxsus, qimmat va arzon
nishalar bor. Tematikani yaxshi yoki yomon deb bo`lmaydi, chunki uni omadli
bo`lishiga bir necha faktorlar jamlanmasi ta`sir qiladi. Lekin, tematika tanloniga
qattiq e`tibor bilan kirishish kerak va bozorni yaxshilan analiz qilish lozim.
Sizga birinchi uchragan variantga yopishib ketmang. O`zingizga qiziq bo`lgan va
obunachilar bilan o`z tajribangizni ulashishni hohlagan tematikangizda kanal
ochishga harakat qiling.
Uyga vazifa:
Sizga qiziq bo`lgan kamida 3 ta mavzuni tanlang
Ulardan qaysi biri eng eng eng qiziq bo`lsa, shu kanalni ijtimoiy tarmoqlarda
analogi bormi yo`qmi tekshiring
Tanlagan mavzuingiz bo`yicha raqobatchilarni o`rganing
Raqobatdosh kanallardan sizning qaysi tomoningiz ustun va qaysi pozitsiyalarda
ularga o`ring berib qo`yayotganingizni aniqlang
Kanalingiz jamiyatning qaysi muammosiga barham yoki savoliga javob berishini
aniqlang.
Oxirgi to`xtam: Kanal qaysi tematikada ochilishini bloknotga yozib qo’ying
Telegramda kanal yaratish va uni taxrirlash
1. Telegram dasturiga kiramiz, bosh sahifani barmog'imiz bilan o'ng tomonga
suramiz. Ekraningizda telegram funksiyalari paydo bo'ladi. Agar sizning
telegramingiz ruscha bo'lsa, funksiyalar orasida Создать канал, agar inglizcha
bo'lsa New Channel tugmasini bosamiz.
Kanal yaratish
2. Paydo bo'lgan sahifada kanalimiz nomini kiritamiz. (Unutmang kanal nomi
odamlarni o'ziga jalb qiladigan darajada yozilishi kerak misol uchun: "Telefon
bozori" emas "️Telefon bozori" . Yani smayllar bilan ishlov beramiz).
Redaktor 1
3. Kanal nomini yozganimizdan keyin, pastidagi ikkinchi qatoriga kanal haqida
malumot yozmaiz misol uchun "Ushbu kanalda siz mobil telefonlaringizni arzon
sotishingiz va arzonaga sotib olishingiz mumkin. Murojaat uchum admin:
@bu_yerga_yuser_manzilingizni_yozasiz. Kanalni taxrirlab bo'lgach, Ushbu ✔️
tugmani bosamiz.
Redaktor 2
4. Ekraningizda kanalga kontaktingizdagi odamlarni qo'shish sahifasi paydo
bo'ladi. Va o'zingiz hohlagan odamlarni tanlab qo'shing. ✔️tugmasini bosing.
Odam qo'shish
Endi kanalingiz tayyor.
Bizning kanal https://t.me/m_group_online_school murojaat uchun
https://t.me/m_group_manajer
Скачать