Uploaded by Dilrabo Dilrabo

FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI

advertisement
FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI
REJA:
1. Falsafa mavzusi va falsafiy bilimlar mohiyati.
2. Dunyoqarash va uning tarixiy turlari.
3. Falsafa fanining predmeti.
4. Falsafaning asosiy funksiyalari. Falsafaning sohalari.
5. Asosiy falsafiy yo‘nalishlar.
6. Mustaqil O‘zbekistonda falsafa.
1. Qadimgi davrda falsafa barcha nazariy fikrlarni, ma’naviy hayotning hamma
tomonlarini qamrab oluvchi fikrlar tizimi sifatida Qadimgi YUnoniston va Rimda
er.avv. VII-III asrlarda paydo bo‘lgan. Agar falsafa so‘zining kelib chiqishi
(etimologiyasi)ga e’tibor bersak, falsafa Yunoncha «filio» - sevaman, «sofiya» donolik so‘zlaridan olingan bo‘lib, donolik, donishmandlik bilan shug‘ullanish deb
qaraladi. SHu ma’noda Donishmandlikning o‘zi nima?
Qadimgi Yunon faylasufi Diogen (e.o. 400-325) dan donishmand kim? - deb
so‘rashganda,
u:
«Haqiqiy
donishmand
xudodir,
biz
donishmandlikni
sevguvchilarmiz» - degan. Demak, donishmandlikni sevguvchilar donolik
tafakkuri bilan dunyoni, o‘zligini anglashga intiluvchilardir.
Grek mutafakkiri Geraklit (520-460) shogirtlariga murojaat qilib, “Do‘stim,
sen hali yoshsan, umringni bekor o‘tkazmay desang, falsafani o‘rgan”, deb
uqtiradi.
Sokrat (e.o. 470-399 y) o‘z – o‘zini erga urish tubanlashish, o‘zligini
anglash, o‘zligini Yuqori tutish esa donishmandlikdir degan.
Diogen Laertskiy (eramiz II asri oxiri - III asr boshlari) so‘zlariga qaraganda,
o‘zini birinchi marta faylasuf deb atagan kishi – Yunon mutafakkiri va olimi
Pifagordir. Faylasuflarning qanday ekanliklariga ta’rif berib, u shunday degan:
«Hayot o‘yinga o‘xshaydi: ba’zilar unga musobaqalashgani kelsa, ayrimlar
savdolashgani, eng baxtlilari esa tomosha qilgani keladilar; hayotda ham xuddi
shunday, ba’zilar qullar kabi shuhrat va boylikka o‘ch bo‘lib dunyoga keladi,
vaholanki faylasuflar - faqat haqiqat uchun keladi»1.
Bugungi kunda haqiqatni izlash faqat falsafagina taalluqli degan fikrga qo‘shilib
bo‘lmaydi. Faylasuf bo‘lmasdan ham fizika, tibbiyot, badiiy ijodda yoki kundalik
hayotda bilim va haqiqatga intilish mumkin. Biroq haqiqatni ongli izlash aynan
falsafadan boshlangan.
1 Диоген Лаэртский. О жизни, учениях и изречениях знаменитых философов. М., 1979. 334-б.
«Falsafa nima degani?» savolga javob izlash oson emas. Falsafaga tegishli
bo‘lmagan narsani aniqlash osonroq. Agar fanlar, aytaylik, botanika yoki
lingvistika
ta’riflarini
oladigan
bo‘lsak,
ulardagi
mavjud
farq,
odatda,
mashg‘ulotning asl mohiyatiga daxl qilmaydi. Hech bir botanik mutaxassisligi
fanining mavzusi - o‘simlik olami ekanligiga e’tiroz bildirmaydi. Har qanday
lingvist o‘z fanining mavzusi - til ekanligini tasdiqlaydi. Bir faylasufning ta’rifi
boshqasinikidan farq qilishi mumkin. Falsafaning ta’rifi shu qadar ko‘p va turlitumanki, ko‘pchilikda «O‘zi bir fan to‘g‘risida gap ketyaptimikin yoki yo‘qmi?»2
degan savol tug‘ilishi mumkin.
Ba’zi falsafiy tizimlarda falsafa oliy bosh ibtido yoki birinchi sabab to‘g‘risidagi
fan deb ta’riflanadi. Masalan, qadimgi Yunon faylasufi Arastu ta’limotida, u
«barcha mavjudotning ibtidosi va sabablari to‘g‘risidagi fan» deyilgan bo‘lsa, o‘rta
osiyolik mutafakkir Abu Ali Ibn Sino falsafani «mutlaq borliq to‘g‘risidagi oliy
fan» deb ta’riflagan.
Ba’zi ta’limotlarda falsafa «to‘g‘ri fikrlash orqali erishilgan bilim» (T.Gobbs),
umuman, «fanlarni ko‘rib muhokama qiluvchi» (G.V. Xegel) deb keng tasavvur
qilinsa, boshqalarida tor ma’noda, masalan, «fikrning mantiqiy oydinlashuvi»
(L.Vitgenshteyn) sifatida tushuniladi.
Umuman falsafani ifoda qilish mumkinmi? Nemis faylasufi G.V.Xegel (17701831) muayyan falsafa yagona jahon falsafasining - tarixiy bosqichlari, uni
shakllanish onlari va bir butun rivojlanishining mohiyatidir, deb hisoblagan.
Falsafaga berilgan eng oddiy va dastlabki ta’riflar: falsafa - bu dunyoqarash yoki
boshqacha aytganda: falsafaning mavzusi - «dunyo - inson» tizimidir.
2. Dunyoqarash nima? Hamma zamonlarda ham inson oldida uning atrof muhitga,
boshqa odamlarga, o‘z-o‘ziga nisbatan munosabatini belgilovchi savollar
ko‘ndalang turadi. Har birimiz unday yoki bunday tarzda ularga duch kelamiz.
2 Қаранг: Ойзерман Т.И. Проблемы историко-философской науки (Тарихий-фалсафий фанларнинг
муаммолари). М., 1982. 57-б.
Bizni o‘rab turgan dunyo nimadan tashkil topgan? Uni bilib bo‘ladimi va agar
bilish mumkin bo‘lsa, qay darajada? Insonni o‘zi nima? U qanday bo‘lishi kerak?
O‘limdan so‘ng bizni nima kutadi? Dunyoni nima boshqaradi? Dunyoda yovuzlik
muqarrarmi? Inson dunyoni o‘zgartira oladimi?
Mana
shunday
savollarga
javoblardan
inson
dunyoqarashi
shakllanadi.
Dunyoqarash - bu insonni o‘rab turgan dunyo va uning unda tutgan o‘rniga
nisbatan qarashlar majmuidir. Dunyoqarashning asosiy masalasi - «Men» (sub’ekt
dunyosi) va «Men - emas» (sub’ektga nisbatan tashqarida bo‘lgan dunyo)
o‘rtasidagi munosabatdir. Dunyoqarash dunyo to‘g‘risidagi umumiy g‘oyalar,
qarashlar, insonning dunyoda tutgan o‘rni, hayotiy yo‘nalishi, ishonch e’tiqodi,
ideali, bilim tamoyillari, o‘zi va boshqalarning hayotdagi o‘rnini belgilab olishi,
inson mohiyatini, o‘zligini anglashi haqidagi qarashlar tizimidir.
Dunyoqarashning tuzilishi dunyoni sezish, dunyoni idrok etish va dunyoni
tushunish kabi eng muhim elementlardan iborat.
Dunyoni sezish – bu o‘zini qurshagan dunyoni sezgilar yordamida hissiy idrok
etishdir. Bunda tuyg‘ular, kayfiyat dunyoni go‘yoki ranglarga bo‘yaydi, uning
obrazini sub’ektiv, sof individual sezgilar orqali aks ettiradi. Masalan, bemor
odamga haddan tashqari yorug‘ bo‘lib tuYulishi mumkin bo‘lgan nur, sog‘lom
odam uchun normal bo‘ladi; daltonik ranglar gammasini, ko‘rish qobiliyati normal
bo‘lgan odamga qaraganda butunlay boshqacha idrok etadi. Bundan dunyoni
sezishning har xil, xususan optimistik, pessimistik, fojeaviy tiplari kelib chiqadi.
Dunyoni idrok etish – bu atrof borliqni ideal obrazlarda tasavvur qilishdir.
Dunyoni idrok etish to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lishi, ya’ni borliqqa mos kelmasligi
mumkin. Bu holda borliq noto‘g‘ri tasavvur qilinadi yoki illYuziyalar, suv parilari,
alvastilar, kentavrlar haqidagi tasavvurlarga o‘xshash fantaziyalar paydo bo‘ladi.
Dunyoni tushunish – insonning va uni qurshagan dunyoning mohiyatini
aniqlash, shuningdek tabiatda Yuz beruvchi voqealar va jarayonlarning o‘zaro
aloqalarini tushunishga qaratilgan aqliy-bilish faoliyatidir.
Dunyoni sezish va qisman (elementar shakllarda) dunyoni idrok etish
nafaqat insonga, balki hayvonlarga ham xos bo‘lsa, dunyoni tushunish esa faqat
odamlarga xos xususiyatdir.
Har qanday dunyoqarash tarkibiga: bilim, baholash, e’tiqod va aqidalar kiradi.
Dunyoqarash turli shaklda mavjud bo‘lishi mumkin: kundalik, mifologik, diniy,
badiiy, falsafiy va ilmiy tusdagi tasavvurlar. Dunyoqarash shaxsiy ong va ijtimoiy
ong dalili tarzida bo‘lishi mumkin. Masalan, afsonaviy dunyoqarash to‘g‘risida
gapirganda biz muayyan shaxsning olam to‘g‘risidagi tasavvurlari emas, balki
qadimgi zamon jamoasi tasavvurlari haqida fikr Yuritamiz. yohud biz xristianlar,
musulmonlar, buddaviylar va boshqa diniy guruhlar dunyoqarashi to‘g‘risida
gapiramiz. SHu bois dunyoqarash shaxs, ijtimoiy guruh (diniy, milliy, yoshga oid,
jinsiy, kasbiy va b.), davlat, davlatdan tashqari tuzilmalar dunyoqarashi sifatida
ham bo‘lishi mumkin.
Tarixiy taraqqiyot turlari jihatidan: 1) afsonaviy (mifologik), 2) diniy, 3) falsafiy
qarashlardan va 4) fandan iborat.
1) Mifologiya (Yunoncha – metos naql, rivoyat logos fikr ta’limot degani) ibtidoiy ongda voqelikning xayoliy in’ikosidir. Mifologik dunyoqarashda olamning
kelib chiqishi, tuzilishi, tabiat va jamiyatning turli hodisa va voqealarini
umumlashtirib hayoliy shakllarda tasvirlanishidir. Mifologiya tabiat va ijtimoiy
turmushning shunday shaklini o‘zida xalq xayolan g‘ayritabiiy ongsizlarcha badiiy
qayta ishlab chiqqan.
Masalan: Gomerning «Iliada», hind eposi «Romayana», o‘zbek xalq eposi
«Alpomish» va boshqalar. Bulardan xalqning o‘tmishdagi ijtimoiy – iqtisodiy va
ma’naviy – hayoti, madaniyati, urf-odatlari, an’analari, ahloqiy, diniy, siyosiy
qarashlari va tasavvurlari o‘z ifodasini topgan. Bu rivoyat va afsonalarda ijtimoiy
ong shakllari to‘la shakllanmagan vaqtda ularning elementlari haqidagi
tasavvurlari shaklida o‘z ifodasini topgan.
Mifologik dunyoqarash, birinchidan, muayyan xalqning yoki jamoaning qarashlari,
ikkinchidan,
unda
jamiyatning
ma’lum
ma’naviy
madaniy
qadriyatlari
mujassamlashgan. Uchinchidan, unda tabiat va jamiyat bir butun borliqning
umumiy birligi, aloqadorligining dastlabki manzarasi o‘z ifodasini topgan.
Mifologiyaga shu narsa xoski, unda hamma narsa bir, yaxlit, ajralmasdir; tabiat
narsalari va hodisalari inson bilan ayni bir qonunlarga muvofiq yashaydi, inson
bilan bir xil sezgilar, istaklar, mayllarga ega bo‘ladi.
2) Diniy dunyoqarash. Dunyoqarashning tarixan ikkinchi shakli dindir. Din so‘zi
arabchadan tarjimada e’tiqod, ishonch, ishonmoq degan ma’nolarni anglatadi. Mif
kabi, din zamirida ham e’tiqod, tuyg‘ular va emotsiyalar yotadi. Garchi din
kurtaklari «aqlli odam» dunyoqarashi shakllanishining dastlabki bosqichlarida,
ya’ni taxminan 40-60 ming yil muqaddam paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, umuman
olganda u dunyoqarashning mustaqil shakli sifatida keyinroq, jumladan mif
ta’sirida insonning abstrakt fikrlash qobiliyati sezilarli darajada kuchaygan davrda
vujudga kelgan.
Diniy dunyoqarash odamlarning g‘ayritabiiy narsalar (xudolar, «oliy aql»,
qandaydir absolYut va sh.k.)ga bo‘lgan e’tiqodiga asoslanuvchi tegishli xulq-atvori
va o‘ziga xos harakatlaridir. Agar mifologiyada an’anaga, rivoyat qiluvchining,
ya’ni oqsoqolning obro‘siga e’tiqod kuchli bo‘lsa, dinda g‘ayritabiiy narsalarga
e’tiqod birinchi o‘rinda turadi, oliy kuchlar nomidan rivoyat qiluvchi ruhoniylar
obro‘si esa ikkinchi darajali rol o‘ynaydi.
3) Falsafiy dunyoqarash dunyoni, borliqni aqliy jihatdan umumlashtirib
tushuntiruvchi nazariy qarashlar tizimidir. U diniy dunyoqarashdan farqli ravishda
insonning aqliy intellektual faoliyatiga ko‘proq e’tibor beradi. Falsafiy
dunyoqarash - bu mantiqiy tahlil va umumlashtirishlar, mantiqiy muhokamalar va
xulosa chiqarishlar, mantiqiy asboblar va raddiyalar asosida nazariy fikr dunyoni,
borliqni tushunish, tushuntirish, baholash va izohlashdir. Falsafiy dunyoqarash
ko‘r-ko‘rona
e’tiqodlar,
hayoliy
obrazlar
to‘g‘risidagi
tasavvurlar
va
tushunchalarga emas, balki insonning borliqqa munosabati to‘g‘risidagi erkin,
tanqidiy va ayni vaqtda umumiy aqliy mushohadalarga, nazariy umumlashmalariga
asoslanadi. Falsafiy dunyo qarashda inson tabiatning bir qismi sifatidagina emas,
balki alohida o‘ziga xos borliq sifatida qaraladi.
Falsafiy dunyoqarash olamga, jamiyatga, insonga bo‘lgan eng umumiy qarashlar
tizimidir.
SHunday qilib, taxminan 2500 yil muqaddam dunyoqarashning uchinchi shakli –
falsafa paydo bo‘lishi uchun zarur shart-sharoit Evropa va Osiyoda: Hindiston,
Xitoy, Markaziy Osiyo va qadimgi YUnonistonda taxminan bir vaqtda avvalo
dunyoni oqilona anglash usuli sifatida vujudga keldi. Dunyoqarashning avvalgi
shakllari – mif va dindan farqli o‘laroq, falsafa dunyoni e’tiqod va tuyg‘ularga
tayanib emas, balki aql va bilimlarga tayangan holda tushuntiradi.
4) Fan dunyoqarash shakli. Bilimlarning o‘sishiga qarab har xil muammolar va
masalalar soni ham tinimsiz ko‘payib bordi. Bu jarayon fanning rivojlanish sur’ati
yanada jadallashuviga va u falsafadan yanada ko‘proq ajralishiga sabab bo‘ldi.
Biroq fan bilimning mustaqil sohasi, dunyoqarashning alohida shakli sifatida faqat
XVII-XVIII asrlarda to‘la shakllandi. Muayyan darajada shartlilik bilan shuni
aytish mumkinki, bu I.NYuton klassik mexanikaning asosiy qonunlarini ta’riflab,
shu tariqa tabiatshunoslikning asosiy bo‘limi – asoslari asrlar mobaynida
shakllangan, bosh tamoyillari esa bundan Yuz yilcha muqaddam, avvalo Galileo
Galiley tomonidan ta’riflangan klassik mexanikaning shakllanishiga yakun
yasaganidan keyin Yuz berdi.
Falsafa va fanning umumiy jihatlari shundaki, ular: 1) avvalo aqlga tayanadi va
oqilona bilimni yaratishga harakat qiladi; 2) o‘rganilayotgan ob’ektlar va
hodisalarning qonunlari va qonuniyatlarini aniqlashga qarab mo‘ljal oladi; 3)
kategoriyalar apparatini yaratadi, o‘zlari ilgari surgan qoidalarni asoslaydi, ularga
dalil-isbot keltiradi va yaxlit tizimlarni yaratishga harakat qiladi.
Falsafa va fan o‘rtasidagi farq shunda namoyon bo‘ladiki: 1) falsafa doim u yoki
bu faylasuf nomi bilan bog‘lanadi, uning g‘oyalariga qo‘shilishi yoki qo‘shilmaslik
masalalariga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Fan esa, o‘z mohiyatga ko‘ra jamoa mehnati
mahsulidir; 2) falsafada (muayyan fandan farqli o‘laroq) yagona til va yagona
tizim mavjud emas. Bu erda fikrlar rang-barangligi me’yor sanaladi. Fanda esa
monizm hukm suradi, chunki hech bo‘lmasa fanning u yoki bu muayyan
sohasidagi asosiy tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar tizimiga nisbatan
yondashuvlar birligi mavjud bo‘ladi; 3) falsafa ilmiy bilimlar va dalillardan keng
foydalanadi, biroq uning uzil-kesil xulosalari ishonchli deb hisoblanishi mumkin
emas, asosan faylasuflarning sub’ektiv fikrlari va mulohazalariga asoslanadi. Fan
esa mohiyat e’tibori bilan isbotlangan va sinalgan bilimlar olishga harakat qiladi;
4) falsafiy bilimlarni tajribada sinash mumkin emas; 5) falsafa aniq prognoz bera
olmaydi, ya’ni u ishonchli bilimlarni kelajakka tatbiq etishga qodir emas, zero
unda bunday bilimlar yo‘q. Ayrim faylasuf falsafiy qarashlarning muayyan tizimi
yordamida faqat bashorat qilishi mumkin, lekin u olim kabi prognoz qilish yoki
modellashtirishga qodir emas.
3. Falsafa – bu nafaqat u yoki bu odam dunyoqarashining shakli, balki ijtimoiy ong
shakli, odamlar borlig‘i va bilishining umumiy tamoyillari, ularning dunyoga
munosabati aks etuvchi, tabiat, jamiyat va tafakkurning eng umumiy qonunlari
kashf etiluvchi va ta’riflanuvchi ma’naviy faoliyatdir. YA’ni bu dunyoga va
insonning undagi o‘rniga nisbatan qarashlarning umumiy tizimidir.
Insonda bilishga qiziqish uyg‘otadigan, mifologiya, din yoki fan javoblaridan
qoniqmagan insonning o‘ziga ma’lum bilimlar va tajribaga, muayyan e’tiqod,
ishonch va intuitsiyaga tayangan holda oqilona asoslangan javoblar berishga
harakat qiladigan, savollar tug‘diradigan har qanday ob’ektiv va sub’ektiv borliq
falsafaning predmeti hisoblanadi.
Falsafaning mavzu sohasi «dunyo-inson» tizimi hisoblanadi: a) «dunyo» tizimi, b)
«inson» tizimi va a) ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabat tizimi. Bu tizimlarning o‘zi
turli darajada tasavvur etilgan. «Dunyo» tushunchasida bir butun dunyo, uning
tarkibiy qismlari (megadunyo, makrodunyo, mikrodunyo; anorganik dunyo,
organik dunyo, ijtimoiy dunyo va hokazolar), ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va
o‘zaro munosabat tushuniladi. «Inson» tushunchasida alohida olingan shaxs, turli
darajadagi ijtimoiy jamoalar, bir butun jamiyat tushuniladi.
Falsafani «dunyo» va «inson» tizimidagi hamma narsa va «inson» ni «dunyo» ga
bo‘lgan
har
qanday
munosabati
qiziqtiravermaydi.
Falsafa
eng
avvalo
umumiylikka, «dunyo-inson» tizimidagi universal munosabatlarga yo‘nalgan.
Bularga ontologik (borliq haqida), gnoseologik (bilish haqida), aksiologik
(qadriyatlar haqida) va praksiologik munosabatlar kiradi. Bu munosabatlarning
umumiyligi ularning zarur tarzdaligini bildiradi. Insonlar qaerda va qanday davrda
yashamasinlar, albatta mana shu munosabatlar orqali atrof muhit bilan
bog‘liqdirlar: ular - shu dunyoning mahsuli, ular shu dunyoni o‘rganadilar, uni
baholaydilar va o‘zgartiradilar.
Qaysi falsafiy muammo - bosh, etakchi muammo ekanligi faylasuflarni hamisha
qiziqtirib kelgan. Ayrim faylasuflar buni Xudoni bilish, boshqalari - insonni bilish,
uchinchilari - dastlabki borliqni aniqlash, to‘rtinchilari - dunyoning qadriyatli
o‘lchovi va hokazolarni bilishda deb bilganlar. Falsafaning asosiy muammolari
mavjudmi, agar mavjud bo‘lsa, ular nimalardan iborat?
Barcha falsafiy muammolarni uchta asosiy guruhga taqsimlash va quyidagi
savollar bilan ifodalash mumkin:
1. Dunyo nima?
2. Inson nima?
3. Dunyo bilan inson o‘rtasidagi munosabatlar nimadan iborat?
Agar biz har qanday falsafiy muammoni oladigan bo‘lsak, u albatta mana shu
uchta falsafiy masaladan bittasiga dahldordir.
SHunday qilib, falsafaning markaziy masalasi bo‘lgan insonning dunyoga
munosabati uning mavzusi hamda inson tabiatida mavjud bo‘lgan dunyoqarashidan
kelib chiqadi. Bu erda, «dunyo-inson» tizimi to‘g‘risida gapirganda, «dunyo» va
«inson» ni ularaning o‘zaro qarama-qarshi tomonlarini qayd etuvchi juda keng
falsafiy tushuncha ekanligini nazarda tutish kerak. SHu bois mazkur kontekstda
ular «Men» va «Men – emas», «sub’ekt» va «ob’ekt», «makrokosmos» va
«mikrokosmos», «ichki dunyo» va «tashqi dunyo», «ruh» va «tabiat», «ong» va
«materiya», «tafakkur» va «borliq», «g‘oyaviy» va «moddiy» kabi turli davr
hamda har xil falsafiy tizimlarda insonning dunyoga nisbatan qarashlari aks
ettirilgan bo‘lib, ular binar oppozitsiyalarga tengdir.
«Dunyo» – inson» muammosining mazmuni markaziy falsafiy muammo sifatida u
yoki bu tarixiy davrning etakchi yo‘nalishlari (tendensiyalari) mazmuni bilan
bog‘liqdir. Jamiyatda ustuvor muammolar o‘zgarganida mazkur muammo
mazmuniga nisbatan urg‘u, ta’kid ham o‘zgaradi. Bu urg‘ular u yoki bu tarixiy
davr faylasuflarining diqqat markazi nimaga qaratilganligining ifodasi hisoblanadi.
Boshqacha aytganda, «dunyo-inson» muammosi u yoki bu davr falsafiy tafakkuri
yo‘nalishini (paradigma) ifodalaydigan o‘z tarixiy shakllariga ega.
SHunday qilib, falsafa - bu ijtimoiy ongning o‘ziga xos shakli, nazariy
dunyoqarash turidir. Bunda insonning dunyoga bo‘lgan universal munosabatlari
(ontologik, gnoseologik, aksiologik va praksiologik) kategoriyalarning muayyan
tizimi orqali umumiylashgan shaklda aks etadi va inson madaniyati Yutuqlari
sintezlanadi. SHu bilan bir qatorda, falsafa umumnazariy, dunyoni yaxlitligi va bir
butunligicha o‘rganadigan fandir.
4. Falsafa bir necha funksiyalar (vazifalar) ni bajaradi. Ular orasida eng asosiylari:
1. Dunyoqarashlik funksiyasi. Falsafiy bilimlarning asosiy xususiyati bo‘lib,
insonni borliq, materiya, tabiat, jamiyat, inson, inson ongi va tafakkuri, insonni
dunyoning bilish haqidagi eng umumiy qarashlari bilimi bilan qurollantiradi.
2. Metodologik funksiyasi. Falsafa boshqa fanlardan farqli o‘laroq tabiat,
jamiyat va inson tafakkurining eng umumiy qonunlari haqidagi fandir. Falsafa
metodologiya sifatida tibbiyot ilmi taraqqiyotining konkret tarixiy sharoitlari bilan
qonuniyatli aloqasini tushunishga, ilmiy kashfiyotlar va ularning tadbiq etilishini
ijtimoiy qiymatini va umumiy istiqbolini chuqurroq a nglashga yordam beradi
3. Gnoseologik funksiyasi. Falsafa dunyoni bilish asosida uni o‘zgarishida
insonni faol faoliyat ko‘rsatishga undaydi. Falsafa amaliy va nazariy masalalarni
hal qilishda katta rol o‘ynaydi. Bularning barchasida falsafaning gnoseologik
funksiyasida namoyon bhladi.
4. Ijtimoiy funksiyasi. Falsafa insonning ijtimoiy tabiatini va mohiyatini
ochib berish bilan birga, u insonning tabiatga munosabatini, jamiyatning tabiat
bilan uzviy bog‘liqligini ko‘rsatib beradi, shuningdek insonning tabiatga
g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bhlishini o‘rgatadi.
5. Evristik funksiyasi (“evrika” grekcha so‘z bo‘lib, kashf etish, degan ma’noni
anglatadi) gnoseologik vazifasi bilan bog‘liq bo‘lib, tabiat, jamiyat va inson
tafakkuri
rivojlanishining
umumiy
yangi
qonuniyatlarini
kashf
etishni
xarakterlaydi.
6. Praksiologik funksiyasi falsafiy g‘oya va nazariyaning ijtimoiy hayotga amaliy
tatbiq etilishi bilan izohlanadi.
7. Integrativ funksiyasi fan bilan chambarchas bog‘liq. Real borliqning yangi va
yangi ob’ektlari va hodisalari inson nazariy tadqiqotlari sohasidan o‘rin olishi,
shuningdek ilgari ma’lum darajada anglab etilgan narsalar va hodisalarni yanada
chuqurroq o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj ilmiy bilim o‘z rivojlanishining dastlabki
bosqichlaridayoq tabaqalanishiga turtki beradi.
8. Tarbiyaviy funksiyasi. Bu funksiyasi kishining aqliy jihatdan kamol
topishida, nazariy tafakkurning qaror topishida, jamiyatning etuk kishisi bo‘lib
etishishida Yuksak g‘oyaviy mustahkam e’tiqod ruhida tarbiyalashda, ilmiy
dunyoqarashni qaror toptirishda muhim rol o‘ynaydi. Umuman falsafani o‘rganish
va chuqur egallash har bir bo‘lg‘usi mutaxassisning tafakkur doirasini va faol
hayotiy pozitsiyasini tarbiyalaydi.
Falsafa tafakkur rivojining buYuk Yutug‘i va insoniyat ma’naviy
Yuksalishining muhim omilidir. U kishilarning olamni bilishi, jamiyatning
Yuksalishi, odamlarning mahoratini namoyon qilishi, inson qadriyatlarining
Yuksaklikka ko‘tarilishi bilan bog‘liq.
Hozirgi zamon falsafasi doirasida ko‘pincha quyidagi mustaqil sohalarni
ajratishadi:
1. Ontologiya – (Yunoncha ontos-mohiyat, logos-tadqiqot, borliq uning
mohiyati, shakllari, asosiy tamoyillari va eng umumiy kategoriyalari haqidagi
ta’limot.
2. Gnoseologiya – (epistemologiya) (gnozis-bilish, logos – ta’limot) bilish
haqidagi, inson tafakkuri faoliyati qonunlarini o‘rganadi.
3. Praksiologiya - (praksis-faoliyat, logos-ta’limot) inson amaliy faoliyati
haqidagi ta’limot.
4. Aksiologiya – (aksios-qadriyat, logos-ta’limot) qadriyatlar inson faoliyati,
uning yo‘nalishi, umumiy ahamiyati.
5. Falsafiy antropologiya - inson to‘g‘risidagi ta’limot
6. Ijtimoiy falsafa – jamiyat to‘g‘risidagi ta’limot
7. Futurologiya (futurum –kelajaki va logos –ma’limot) – keng ma’noda kelajak
haqidagi ta’limot, tor ma’noda prognozlashtirish i prognostika so‘zlarining
sinonimi sifatida ishlatiladi.
8. Teosofiya (thes — xudo i sopha — donishmandlik, bilim) xudoni bevosita
bog‘lanish orqali bilish haqidagi ta’limot.
9. Mantiq – tafakkur qonunlari va shakllari to‘g‘risidagi ta’limot
10. Etika – axloq to‘g‘risidagi ta’limot
11. Estetika – go‘zallik to‘g‘risidagi ta’limot
12. Metodologiya - tafakkur usullari va metodlari haqidagi ta’limot.
SHuningdek tabiatshunoslik falsafasi, din falsafasi, huquq falsafasi, fan falsafasi,
texnika falsafasi, tarix falsafasi, madaniyat falsafasi, siyosat falsafasi, global
muammolar falsafasi kabi bugungi kunda mustaqil fan maqomini olish bilan
birbutun yo‘nalishlarga ajralgan. Ulaning har birining o‘z tushunish apparati
hamda muammoni hal qilishning o‘ziga xos usullari bor.
U yoki bu falsafiy fanning rivojlanish darajasi turlichadir. Ulardan ba’zilari
(masalan, ontologiya) falsafa ibtidosida vujudga kelgan bo‘lsa, boshqalari (global
muammolar falsafasi yoki texnika falsafasi) XX asr mahsulidir.
Falsafiy fanlarning mustaqilligi to‘g‘risida gapirganda, mustaqillikning o‘zini
nisbiyligini nazarda tutish kerak. Falsafiy fanlar bir-biridan uzilib qolgan emas,
ular o‘zaro yaqindan aloqada va o‘zaro bog‘liqdir. Ularning negiz mavzulari
ko‘pincha bir-biri bilan yondosh keladi: mantiq va bilish, bilish va din, din va
axloq, axloq va san’at va hakozo. Falsafiy fanlar ayniqsa, muayyan tizimlar va
oqimlar doirasida o‘zaro aloqador va o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. Masalan, Xegel
tizimida dialektika yoki ruh fenomenologiyasini tushunmay turib, na uning
mantig‘ini va na uning falsafa tarixini anglab bo‘ladi.
Falsafiy bilimlar tarkibida fanlarning ko‘p xilligi tabiiy tizimlilikka ega. SHuning
uchun falsafa haqida tizim sifatida gapirish mumkin. Falsafaning bir butunligi va
tizim xususiyatiga egaligi dunyoning bir butunligi va yaxlitligidan kelib chiqadi.
Umuman inson bilimining tizim tarzidaligi, uning o‘z tashkiliy tuzilishiga
yo‘nalganligi va falsafa predmetining tizimga xosligi shundan kelib chiqadi. Agar
biz Yuqorida keltirilgan falsafiy fanlarning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil
qiladigan bo‘lsak, unda ular orqali falsafa predmetining ko‘p qirraligi va naqadar
boy ekanligining ifodalanishini ko‘ramiz.
5. Turli falsafiy yo‘nalishlarni har xil asoslar: etakchi falsafiy muammolar (ibtido
muammosi, dunyoni bilish muammosi va boshqalar)ga munosabat, usul, mavzu
asosi, klassik meros va bashqalarga munosabat bo‘yicha guruhlashtirish mumkin.
Falsafiy yo‘nalishlar dunyo ibtidosining tabiati to‘g‘risidagi masalada u moddiy
yoki g‘oyaviy yagona substansiya – monizm, teng huquqli mustaqil (moddiy va
ruhiy) – dualizm, ko‘pchilik substansiyalardan iborat plYuralizm deb e’tirof
etiladiganlarga bo‘linadi. Falsafa tarixida dualizmning eng mashhur vakili fransuz
faylasufi R.Dekart (1596-1650), plYuralizmniki nemis faylasufi G. Leybnits
(1646-1716) bo‘lgan.
Monizm falsafa tarixida ikki: materialistik va idealistik shaklda mavjud.
Materializm ruhiy ibtidoga qadar ham va unga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud
bo‘lgan
tabiat,
moddiy
substansiya
birlamchiligidan
kelib
chiqadi.
Materializmning o‘zi turli xususiy tarixiy shakl va oqimlarga bo‘linadi: qadimgi,
hamma narsa tabiiy «unsurlar»dan biri, ya’ni suv (Fales), havo (Anaksimen), olov
(Geraklit) yoxud ularning qatori suv, havo, olov va tuproq (chorvaklarning
qadimgi hind maktabi, Empedokl), suv, havo, olov, tuproq va metallga (qadimgi
xitoy falsafasida) asoslangan deb tushunuvchi oddiy materializm; YAngi davr
metafizik materializmi (Gobbs, Lokk); antropologik materializm (L. Feyerbax);
dialektik materializm (K. Marks, F. Engels); ilmiy materializm (G. Feygl, J.
Smart); emerjentistik materializm (J. Margolis, M.Bunge) va hokazolar. Izchil
materializm (materialistik monizm), materializmning u yoki bu shaklda ilohiy
turtki – deizm yoki tabiat bilan olloh aynan bir – panteizm degan g‘oyani ilgari
suruvchi shakllar to‘g‘risida ham gapirish mumkin.
Idealizm ruh va ong birlamchiligidan, shaxsiy ong (sub’ektiv idealizm) yoki
shaxsdan tashqari ruhning mutlaq g‘oyaligi (ob’ektiv idealizm)dan kelib chiqadi.
Xitoy faylasufi Van YAn-Min (1472-1528), ingliz episkopi D. Berkli (1685-1753),
«esse-percipl» (lat. mavjud bo‘lmoq - demak idrok qilinadi) prinsipini ilgari surgan
nemis faylasufi I.Fixte (1762-1814) sub’ektiv idealizmning yirik namoyandalari
edilar. Empiriokrititsizm, neopozitivizm, neokantchilik va boshqa qator falsafiy
maktablar sub’ektiv idealizm prinsiplariga asoslangan. Qadimgi hind falsafasidagi
braxmanizm va vedantizm, Yunon faylasufi Aflotun (er.av.427-347 yillar), xitoy
faylasufi CHju Si (1130-1200), nemis faylasuflari SHelling (1775-1854), Xegel
(1770-1831), neotomizm kabilarning falsafiy tizimlari ob’ektiv idealizmga
mansubdir.
Agar dunyoni bilish mumkinligi to‘g‘risidagi masalani oladigan bo‘lsak, undagi
faylasuflar haqiqiy bilimga erishish mumkinligini e’tirof etuvchi va uni inkor
qiluvchilarga bo‘linadi. Uni inkor qiluvchilar yo‘nalishi agnostitsizm degan nom
oldi va D.YUm (1711-1776) hamda I.Kant(1724-1804) bu yo‘nalishning taniqli
vakillaridir. Agnostitsizm elementlari hozirgi tizimlar (neopozitivizm, kritik
realizm) da ham uchraydi. Haqiqatga erishish mumkinligini e’tirof etuvchilar
orasida bilish (sensualizm), idrok (ratsionalizm), diniy vahiy yoki so‘fiy his qilish
(irratsionalizm) kabi yo‘nalishlarni ham ajratish mumkin. Sensualizm va ratsionalizmning ham materialistik, ham idealistik shakllari mavjud.
Falsafiy yo‘nalishlarni bilish usullariga ko‘ra, empirizm, ratsionalizm va
irratsionalizmga bo‘lish mumkin.
Dialektika (tafakkur metodini narsa va hodisalarni o‘zaro bog‘liqlikda va
rivojlanishda deb qarovchi)yoki metafizika (tafakkur metodini narsa va hodisalar
umumiy bog‘liqlikdan tashqarida, o‘z-o‘zidan sifat jihatidan rivojlanmaydi deb
qarovchi) mavqeiga ega faylasuflar ham farqlanadi.
Falsafiy yo‘nalishlar asosiy mavzusi bo‘yicha nisbatan tor ixtisoslashishga,
masalan, gnoseologiya, antropologiya, aksiologiya, ontologiya muammolari
kabilarga mo‘ljallangan oqim va maktablarga bo‘linadi. Masalan, «lingvistik
falsafa» tabiiy tilni tahlil qilishga (J.Ostin, J.Uizdom, P.Stroson), «texnika
falsafasi»
hozirgi
dunyodagi
texnika
fenomeniga
(A.Xuning,
F.Rapp),
«istoritsizm» maktabi esa (V. Diltey, R. Kollingvud) tarixiy bilim muammolariga
yo‘naltirilgan va hokazolar.
Falsafiy yo‘nalishlar klassik merosga munosabat bo‘yicha ilgarigi klassik tizim
g‘oyalarini tiklab, rivojlantirishga yo‘naltirilgan neoklassik oqim (neokantchilik,
neotomizm, neoxegelchilik va boshqalar), ularni to‘liq qaytadan ko‘rib chiqish va
ularni rad etishga asoslangan antiklassik oqim (pozitivizm, nitssheanchilik,
tasavvuf) va tanqidni sintezlash va klassik meros an’analarini davom ettirishga
yo‘naltirilgan neoklassik oqim (marksizm, ekzistensializm va boshqalar)ga
bo‘linadi.
6. O‘zbekistonning mustaqillikni qo‘lga kiritganligi, mamlakatda olib borilayotgan
islohotlar faylasuflar oldiga zaruriy ravishda yangi muammolarni qo‘ymoqda.
Milliy mustaqillik g‘oyasini va yangi mafkurani shakllantirish bilan bog‘liq
ravishda O‘zbekiston faylasuflari oldida muhim vazifalar ko‘ndalang bo‘lmoqda.
Jamiyatda mafkuraning tutgan o‘rni va mavqei, uning ma’naviy-axloqiy
yangilanishi, yangi ijtimoiy eng Yuksak orzu va qadriyatlarning qaror topishi,
uyg‘un barkamol avlod tarbiyasi haqidagi ijtimoiy ongni shakllantirish g‘oyasi o‘z
aksini O‘zbekiston Respublika Prezidenti I.A.Karimovning asarlarida3, rasmiy
nashrlarda4,
adabiyotlarda
olimlarning
topmoqda.5
tadqiqotlarida,
ijtimoiy-siyosiy
SHakllanayotgan
milliy
masalalarga
istiqlol
doir
mafkurasining
«mustaqillik», «kelajagi buYuk davlat», «bozor», «huquqiy davlat», «demokratik
jamiyat», «ma’rifatli jamiyat», «umuminsoniy qadriyatlar», «uyg‘onish», «davlat
islohotchi sifatida» kabi tushunchalarimizni ochib berishga qaratilgan birinchi
qadamlar qo‘yildi.
O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi jihatlarini tadqiq qilishni davom ettirish
hozirgi zamon talabidir. Falsafa O‘zbekistonda yashovchi xalqlarning milliy
xususiyatlari va yashash tarzining o‘ziga xosligini, mintaqada vujudga kelgan
muayyan-tarixiy sharoitni hisobga olgan holda umumiy tushunchalar, insoniyat
taraqqiyotining umumiy mantig‘i, ijtimoiy-siyosiy guruhlar, u yoki bu siyosiy
g‘oyalar va davlatlarning amaliy faoliyatlaridan kelib chiqib tanqidiy ravishda
idrok etishi lozim.
3 Кармиов И.А. Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва
тараққиёт кафолатлари. –Т.: Ўзбекистон, 1997
4 Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунчалар ва қоидалар. –Т., 2000.
5 Ҳ.Пўлатов. Ўзбек мафкураси: ўзбек миллий уйғониш мафкураси ҳақида. Т., Мулоқот, 1991, №6,7.
У.Абилов. Миллий ғоя: маънавий омиллар. –Т., Маънавият, 1999.
Ijtimoiy borliqning hozirgi zamondagi tub masalalarini, jumladan: birlamchilik
nuqtai nazaridan yangi qurilayotgan jamiyatda shaxs manfaatlari bilan davlat
manfaatlarini o‘zaro munosabatini jiddiy nazariy tadqiq qilish kutilmoqda. An’ana
va urf-odatlarni tiklash siyosati ularni to‘la yoki qisman faollashtirishni bildirishi
lozimmi yoki Yuqmi va ularni tanlab olish qoidasi qanday bo‘lmog‘i lozim?
An’analar va yangiliklarni, muhofazakorlik va harakatchanlikni, eski va yangi
o‘rtasidagi tafovutni qanday muvofiqlashtirish mumkin? Qanday qoidalarga
tayangan holda kam sonli aholi (irqiy, diniy va boshqa jihatlardan) huquq va
manfaatlari muammolarini hal qilishning imkoni bormi? YAngi jamiyatda SHarq
va G‘arb qadriyatlari qanday o‘zaro munosabatda bo‘ladilar? O‘tish davrida davlat
nazorati bilan fuqarolik jamiyatini barpo qilish jarayonining nisbati qanday
bo‘ladi? Haqiqiy va soxta ozodlik nimani bildiradi? Davrimizning bu va boshqa
dolzarb masalalari oddiy xususiyatga ega bo‘lmasdan, o‘zining ahamiyati jihatidan
mamlakatimiz faylasuflaridan kasbiy va fuqarolik mas’uliyatini talab qilib,
mualliflar tarafidan noyob falsafiy qarashlarni vujudga keltirishni taqozo qiladi.
Falsafiy tadqiqotlarning muammoviy maydonini yanada kengaytirish vazifasi
ko‘ndalang
turibdi.
Hozircha
respublikada
qadriyatshunoslik,
falsafiy
antropologiya, din falsafasi, texnika falsafasi, komparativtika falsafasi va
hokazolarga
bag‘ishlangan
jiddiy
tadqiqottlar
kam.
Afsuski,
hozirgacha
respublikamizning dunyo falsafiy jamiyatidan ajralib qolganligi saqlanib, falsafiy
aloqalar G‘arb mamlakatlari va sharq davlatlari olimlari orasida ham, Mustaqil
Davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari bilan ham zaifdir. SHuningdek, mumtoz va
zamonaviy falsafiy adabiyotni o‘zbek tiliga hamda vatanimizning eng yaxshi
falsafiy tadqiqotlarini chet tillarga6 tarjima qilishning aniq maqsadga yo‘naltirilgan
tizimini joriy etish muhimdir.
Mustaqillik yillarida respublikada «Ta’lim to‘g‘risidagi qonun» va «Kadrlar
tayyorlash buyicha milliy dastur» doirasida oliy o‘quv Yurtlarida falsafiy fanlarni
6 Қ.Хоназaров. Фалсафанинг ва бизнинг фалсафамизнинг йўли. «Правда Востока», 2001
o‘qitishning mazmuni tubdan o‘zgardi. YAngi darslik adabiyotlar nashr
etilmoqda7.
Respublika olimlari jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy taraqqiyotining
hozirgi bosqichi talablariga muvofiq keladigan yangi avlod darsliklarini vujudga
keltirishga kirishdilar. Biroq ko‘p hollarda falsafani o‘qitish ma’lum darajada
soddalashtirilgan qoliplarda qolib ketmoqda. Zamon taqozosiga ko‘ra, falsafa
o‘qituvchilarining kasbiy malakasini oshirish, o‘qitish uslub va vositalarini
takomillashtirish yo‘li bilan asosiy maqsadga erishish, ya’ni jahon falsafiy
tafakkurini barcha tub mohiyatini har bir talabaga etkazib, ularni mulohaza
Yuritishga o‘rgatish imkoniyatini vujudga keltirishdir. Zamonamizning bu va
boshqa
dolzarb
masalalari
o‘zining
ahamiyati
jihatidan
mamlakatimiz
faylasuflaridan kasbiy va fuqarolik mas’uliyatini talab qiladi.
7 «Основы философии». Т., 2004, Э.Юсупов. «Фалсафа». Т., 2005, «Фалсафа» Т., 2005
A D A B I YO T L A R:
Davronov Z., Shermuhamedova N., Qahharova M., Nurmatova M., Husanov B.,
Sultonova A. Falsafa. -Toshkent: TMU, 2019.
SHermuxamedova N.A. Falsafa -Toshkent: Noshir, 2012.
SHermuxamedova N.A. Falsafa. 2-nashr. Toshkent: Noshir, 2020.
Axmedova M. Falsafa. Tahriri ostida. - Toshkent.UFMJ, 2006.
Mamashokirov S. va boshqalar. Falsafa. O‘quv qo‘llanma. O‘zbekiston, 2005.
Tulenov J.,Tulenova G.,Tulenova K.Falsafa. Darslik. - Toshkent. Fan va
texnologiya, 2016.
Download