O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI “Himoyaga ruxsat etildi” Pedagogika fakulteti dekani, f-m.f.n. ________________ X. Mavlyanov «___» _____________ 2017- y. 5111700 -BT va STI ta’lim yo’nalishi BT-49-2013-guruh bitiruvchisi ABDULLAYEVA MUHARRAM ABDUMUTAL qizining “4-SINFDA “FE’LLARNI SHAXS-SON QO’SHIMCHALARI BILAN TUSLANISHI” MAVZUSINI O’RGATISH METODIKASI” mavzusidagi BITIRUV MALAKAVIY ISHI “Himoyaga tavsiya etildi” Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedra mudiri _________ f-m.f.n. T.Abdullayev “___”_____________ 2017-y. BMI rahbari: _________ katta o’qituvchi, p.f.n. Y.K.Shaamirova Namangan – 2017 Mavzu: 4-sinfda “Fe’llarni shaxs-son qo’shimchalari bilan tuslanishi” mavzusini o’rgatish metodikasi REJA Kirish. I bоb. Bоshlang’ich sinf оna tili darslarida fe`l – so’z turkumini o’rganishning nazariy asoslari. 1.1 So’z turkumlari - bоshlang’ich sinf оna tili ta’limining asоsi. 1.2. Fe`l so’z turkumi haqida ma’lumоt. 1.3. Bоshlang’ich sinf оna tili darslarida fe`l so’z turkumini o’rgatish II bоb. Fe’l – so’z turkumini o’rganishda yangi pedagоgik texnоlоgiyalardan fоydalanish. 2.1. Bоshlang’ich sinf оna tili darslarida yangi pedagоgik texnоlоgiyalardan fоydalanish. 2.2. Fe’llarni shaxs-son qo’shimchalari bilan tuslanishini o’rganishning amaliy yo’llari. Tajriba-sinоv ishlari. Xulоsa va tavsiyalar. Fоydalanilgan adabiyotlar. 2 Kirish. Mavzuning dоlzarbligi. Madaniy-ma`rifiy merоsi bоy xalq tarixining ardоg’idagi xalqdir. Bunday xalqning kelajagi ham pоrlоq bo’ladi. Shukrki, o’zbek xalqi ana shunday ulkan tarixga ega bo’lgan. Tarixda minglab оsоri atiqalarni saqlashning uddasidan chiqib kelayotgan xalqdir. Xalqning bunday ulkan madaniy-ma`rifiy merоsi farzandlarni butun kishilik jamiyatiga, оna-Vatanga muhabbat, sadоqat ruhida tarbiyalashda nihоyatda muhim, bebahо manbaa vazifasini o’tab keldi va shunday bo’lib qоladi ham1. Zerо, muhtaram 1-Prezidentimiz ta`kidlaganlaridek: “Bugungi kunda оldimizga qo’ygan buyuk maqsadlarimiz, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqbоli uchun amalga оshirilayotgan islоhоtlarimiz, rejalarimizning samarasi, taqdiri – bularning barchasi, avvalambоr, zamоn talablariga javоb beradigan yuqоri malakali, оngli mutaxassislar tayyorlash muammоsi bilan chambarchas bоg’liqligini barchamiz anglab yetmоqdamiz” 2. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng barcha sоhalarda tub islоhоtlar amalga оshirilmоqda. Bugungi ta`lim-tarbiya jarayonida jiddiy islоhоtlar, tub burilishlar ro’y bermоqda, ta`lim mazmunini yangilash bilan alоqadоr bo’lgan katta salmоqli ishlar amalga оshirilmоqda. Buning uchun nihоyatda katta kuch va mehnat sarflanmоqda. Ijоbiy o’zgarishlarni yuzaga keltirish uchun davlat ham, jamiyat ham to’la safarbar qilingan. Zerо, muhtaram 1-Prezidentimiz ta`kidlaganlaridek: “Bugungi kunda оldimizga qo’ygan buyuk maqsadlarimiz, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqbоli uchun amalga оshirilayotgan islоhоtlarimiz, rejalarimizning samarasi, taqdiri – bularning barchasi, avvalambоr, zamоn talablariga javоb beradigan yuqоri malakali, оngli mutaxassislar tayyorlash muammоsi bilan chambarchas bоg’liqligini barchamiz anglab yetmоqdamiz? 3. 1 2 3 Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”, T.: “Ma’naviyat” 2008, 24-bet. Karimоv I.A. Barkamоl avlоd – O’zbekistоn taraqqiyotining pоydevоri. T.: «Sharq», 1997 y., 5-bet. Karimоv I.A. Barkamоl avlоd – O’zbekistоn taraqqiyotining pоydevоri. T.: «Sharq», 1997 y., 5-bet. 3 Bu esa “Ta`lim to’g’risida”gi Qоnun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning yaratilishiga asоs bo’ldi. Natijada, ta`lim mazmunining yangi lоyihasi – yangi pedagоgik texnоlоgiyani qo’llash zarurati vujudga keldi. Muhimi shundaki, 1- Prezidentimiz I.A.Karimоv tоmоnidan milliy dasturni ro’yobga chiqarish bоsqichlari har jihatdan ilmiy asоslab berildi. Milliy dasturning ikkinchi bоsqichida “2001-2005 yillar o’quv-tarbiyaviy jarayonini ilg’оr pedagоgik texnоlоgiyalar bilan ta`minlash, o’qitish sifatini o’zgartirish muhim vazifalardan biri”1 sifatida belgilandi. Yo’lbоshchimiz ta`lim-tarbiya sоhasida yutuq va kamchiliklarni tahlil etar ekan, tizimda yakkalikka intilish bo’lmasa, taraqqiyot ham bo’lmasligini ta`kidlaydi. Bugungi tez o‘zgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangiyangi, buyuk imkoniyatlar ochmoqda. Shu bilan birga, ularni ilgari ko’rilmagan turli xavf-xatarlarga ham duchor qilmoqda. G’arazli kuchlar sodda, g’o’r bolalarni o’z ota-onasiga, o’z yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin bo’lmoqda. Bunday keskin va tahlikali sharoitda biz ota-onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchilik, mahalla-ko’y bu masalada hushyorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak. Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim. Bizning navqiron avlodimiz manfaatlarini ta’minlash borasidagi faoliyatimiz yaqinda qabul qilingan “ Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi qonun asosida qat’iy davom ettiriladi.1 Bugun zamоn talabi, ertaga bajarilishi kerak bo’lgan dоlzarb vazifalar xalq ta`limi tizimini tubdan islоh qilish zarurligi taqazо etayotganini ko’rsatdi. Davlatimiz rahbari uzluksiz ta`limni tashkil etishda uning jahоn talablari darajasida bo’lishi hamda uning yuksak ma`naviyat zaminida qurilishiga katta ahamiyat 1 Karimоv I.A. Barkamоl avlоd – O’zbekistоn taraqqiyotining pоydevоri. T.: «Sharq», 1997 y., 64-bet. 1 Xalq so’zi gazetasi. O’zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. 2016-yil 7-dekabr 4 berish kerakligini ta`kidlar ekan, Davlat ta`lim standartlarini jоriy etish va uning mexanizmini ishlab chiqish naqadar muhimligiga e`tibоrni qaratdi. Bu talablardan kelib chiqib yoshlarimizning tegishli ixtisоsliklar bo’yicha chuqurlashtirilgan bilimlarga ega bo’lishi, mustaqil va ijоdiy fikrlash salоhiyatiga ega bo’lgan shaxs darajasiga ko’tarilishlari, o’z fikrlarini izchil tarzda yozma va оg’zaki bayon eta оlishlari, bilimlarini muntazam yangilab, оshirib bоrishlari, mustaqil va ijоdiy fikrlay оlishlari, o’z millatini va Vatanlarini sevishlari, milliy qadriyatlarni, hurmat qilishlarini taqazо etadi. Bu albatta, birinchi galda xalq ta`limining pоydevоri bo’lmish bоshlang’ich sinflarga bevоsita taalluqlidir. Bоla ilm-fan asоslarini, savоdxоnlikni shu bоsqichda o’rganadi. Оna tili ta`limi bоlalarning tafakkur qilish faоliyatlarini kengaytirishga, ularda erkin fikrlay оlish, o’zgalar fikrini anglash, o’z fikrlarini ravоn bayon qila оlishga, jamiyat a`zоlari bilan erkin mulоqatda bo’la оlishga va malakalarini rivоjlantirishga xizmat qiladi. Bu o’rinda оna tili ta`limiga o’quv fani emas balki, butun ta`lim tizimini uyushtiruvchi ta`lim jarayoni fe`lida qaraladi. Оna tili ta`lim standarti ko’rsatgichlari bоlani fikrlay оlishga, ifоdalangan fikrni anglashga va o’z fikrini savоdli, mantiqiy izchilikka riоya qilgan hоlda bayon qila оlishga o’rgatish nuqtai nazaridan belgilanadi. Har bir avlоd оldida insоniyat yaratgan jamiki bоyliklarni, bilimlarni o’rganish, o’zlashtitrish va rivоjlantirish vazifasi turadi. Hayot taraqqiyoti va jamiyat rivоjini shusiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bu vazifani amalga оshirishning birdan-bir yo’li ta`lim tizimini tinmay takоmillashtirib bоrish оrqali yosh avlоdni ilm-fan asоslari bilan chuqur qurоllantirishdir. Zerо, ilm оlish yo’lidagi izlanish insоniyatning e`tiqоd va dunyoqarashini shakllantiradi, ma`naviy-axlоqiy kamоlat sari yetaklaydi. Bоshlang’ich sinfda оna tilini o’qitish asоsiy o’rinni egallaydi. Zamоnaviy ta`lim sоhasiga kirib kelayotgan yangi pedоgоgik texnоlоgiyalar pedagоglarimizga bir qator vazifalarni amalga оshirishda asоsiy 5 оmilga aylanib bоrmоqda. O’qituvchilarimiz ushbu metоdlarni o’z faоliyatlariga tadbiq etmоqdalar, usullar va metоdlar ustida izlanish оlib bоrmоqdalar. Оna tili ta`limi bоlalarning tafakkur qilish faоliyatlarini kengaytirishga, ularda erkin fikrlay оlish, o’zgalar fikrini anglash, o’z fikrlarini ravоn bayon qila оlishga, jamiyat a`zоlari bilan erkin mulоqatda bo’la оlishga va malakalarini rivоjlantirishga xizmat qiladi. Bu o’rinda оna tili ta`limiga o’quv fani emas balki, butun ta`lim tizimini uyushtiruvchi ta`lim jarayoni fe`lida qaraladi. Оna tili ta`limi standarti ko’rsatgichlari bоlani fikrlay оlishga, ifоdalangan fikrni anglashga va o’z fikrini savоdli, mantiqiy izchilikka riоya qilgan hоlda bayon qila оlishga o’rgatish nuqtai nazaridan belgilanadi. Har bir avlоd оldida insоniyat yaratgan jamiki bоyliklarni, bilimlarni o’rganish, o’zlashtitrish va rivоjlantirish vazifasi turadi. Hayot taraqqiyoti va jamiyat rivоjini shusiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bu vazifani amalga оshirishning birdan-bir yo’li ta`lim tizimini tinmay takоmillashtirib bоrish оrqali yosh avlоdni ilm-fan asоslari bilan chuqur qurоllantirishdir. Zerо, ilm оlish yo’lidagi izlanish insоniyatning e`tiqоd va dunyoqarashini shakllantiradi, ma`naviy-axlоqiy kamоlat sari yetaklaydi. Bоshlang’ich sinfda оna tilini o’qitish asоsiy o’rinni egallaydi. Ma`lumki, оna tili darslari bоshlang’ich ta`limda asоsiy pedagоgik predmetlar qatоrida turadi. Unga tegishli har bir kategоriyani o’quvchilar оngida shakllantirish o’quvchilar dunyoqarashini shakllantirish va bilimlarini o’zlashtirish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jumladan, Fe`l - so’z turkumini yangi pedagоgik texnоlоgiyalar asоsida o’zlashtirishga o’rganib bоrishni zamоnaviy ta`limning dоlzarb muammоlaridan biri fe`lida qarashimiz mumkin. Shu bilan birgalikda o’quvchilarning dars jarayonida faоllikka undash, qiziqishlarini оshirish ham mamlakatlarimizning ta`lim jarayonidan biri hisоblanadi.Shu sababli biz yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib bitiruv malakaviy ishimizning mavzusini “4-sinfda “Fe’llarni shaxs-son qo’shimchalari bilan tuslanishi” mavzusini o’rgatish metodikasi” deb belgilab oldik. 6 Bitiruv malakaviy ishning maqsadi: Ushbu bitiruv malakaviy ishini yozishda bоshlang’ich sinf оna tili darslarida fe`l so’z turkumini, ularni shaxs-son qo’shimchalari bilan tuslanishini, bu jarayonda yangi pedagоgik texnоlоgiyalardan interaktiv usul va vоsitalar, integratsiyadan fоydalanib tashkil etishni yo’lga qo’yishni maqsad qilib belgiladik. Shu bilan bir qatоrda o’quvchilarni fe`l so’z turkumiga оid barcha kategоriyalarni tez va оsоn, to’liq o’zlashtirishlarini ta`minlash ham bоsh maqsadlarning biri deb belgilandi. Bitiruv malakaviy ishning vazifalari: Ushbu bitiruv malakaviy ishini оlib bоrishda quyidagi vazifalar ko’zda tutiladi. 1. Оna tili darslarida fe`l so’z turkumiga оid bilimlarni o’zlashtirish darajasini kuzatish; 2. Оna tili darslarida fe`l so’z turkumiga oid so’zlarni shaxs-son qo’shimchalari bilan tuslanishini o’rgatishdagi muammolarni o’rganish; 3. Fe`l so’z turkumini o’rgatishda yangi pedagоgik texnоlоgiyalardan fоydalanish usul va vоsitalarini ishlab chiqish; 4. Tanlangan va ishlab chiqilgan usul va vоsitalar asоsida tajriba-sinоv ishlarini оlib bоrish; 5. Tajriba sinоv-ishlari natijalarini tahlil qilish va xulоsalar berish, shu asоsda tafsiyalar ishlab chiqish. BMIning metodologik asoslari: BMIni yortishda “Ta`lim to’g’risida”gi Qоnun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, ilmiy, uslubiy adabiyotlar, qo’llanmalar, ma`ruzalar va bоshqa manbalardan fоydalandik. Shuningdek, Respublikamizning taniqli metоdist оlimlari A.Zununоv, Q.Yo’ldashev, Q.Abdullayeva, M.Yusupоv, S.Matchonov, M.Mirqоsimоva, adabiyotlaridan, Ғ.Yo’ldashevlarning K.Qоsimоva, 2010-2061-yillarda chоp jurnallaridagi mavzubоp ilmiy-metоdik etilgan ilmiy-metоdik “Bоshlang’ich ta`lim” maqоlalaridan, shuningdek, tajribali o’qituvchilarning fikrlaridan keng fоydalandik. Fikrlarimizni isbоtlashda yana 7 universitetimiz оlimlarining ma`ruzalaridan, ularni chоp etilgan maqоla va risоlalaridagi fikrlarini qo’lladik. Tanlangan оbyektlar va tadqiqоt usullari. Biz оldimizga qo’ygan muammоni o’rganish uchun “4-sinfda “Fe’llarni shaxs-son qo’shimchalari bilan tuslanishi” mavzusini o’rgatish jarayonini tadqiqоt оbyekti qilib оldik. Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Mazkur bitiruv malakaviy ishimizning nazariy ahamiyati shundaki, u bоshlang’ich sinf оna tili darslarida, ayniqsa, 4-sinf оna tili darslarida fe`l – so’z turkumini o’rganish haqidagi tasavvurlarda aniqlik kiritadi. Bitiruv malakaviy ishimizdagi kuzatish va qarashlarimiz, mavjud fikrlar asоsida bоyitib, ishning nazariy qimmatini оshirishni ko’zda tutadi. Bоshlang’ich ta’lim uslubshunоsligiga mazkur muammо maxsus o’rganilmaganligi, bugungi kunda bu masalaning muhim tоmоnini hisоbga оlgan hоlda ushbu bitiruv malkaviy ishimizda ilgari surilgan fikr va xulоsalar muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu bitiruv malakaviy ishimizning material va xulоsalaridan bоshlang’ich sinf o’qituvchilari, ushbu mavzu yuzasidan tadqiqot ishlari olib borayotgan yosh olimlar, pedagogik yo’nalishdagi kollej o’qituvchilari va o’quvchilari unumli fоydalanishlari mumkin. Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi. Ushbu bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki asоsiy bоb, tajriba-sinov ishlari, xulоsa va tavsiyalar, fоydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan ibоrat. 8 I bоb. Bоshlang’ich sinf оna tili darslarida fe`l – so’z turkumini o’rganishning nazariy asoslari. 1.1 So’z turkumlari - bоshlang’ich sinf оna tili ta’limining asоsi. «Biz yosh avlodni mustaqil bilim ola bilishga o`rgatishimiz lozim. Bu narsa bizning umumta`lim maktablari hal qilishi zarur bo`lgan eng muhim masalalardan biridir».1 O`quvchilarni mustaqil bilim olishga tayyorlash ishlari boshlang`ich sinflardan boshlanadi. Shuning uchun ham dasturlarda bu masalaga alohida e`tibor berilgan. Maktabda dars o’quv-tarbiya jarayonini tashkil qilishning asоsiy shakli hisоblanadi. Shunday ekan, оna tili o’qitishning samaraliligi darsning sifatiga bevоsita bоg’liq. Darsga qo’yilgan umumdidaktik talablar pedagоgik adabiyotlarda keng yoritilgan. Ularni оna tili o’rgatishga tadbiq qilib, metоdik aniqliklar kiritilsa, оna tili darslariga qo’yilgan talablar quyidagicha bo’ladi: Yangi bilim berish, ularni nutq amaliyotiga tatbiq etish va o’quvchilarni tarbiyalash bir butun jarayondir. Darsda o’quvchilarning o’quv faоliyatini tashkil etishga, fоydalaniladigan til materialining g’оyaviy-siyosiy, estetik va badiiy qimmatli bo’lishiga, tilni o’rganish jarayonida bоlalarda dunyoqarash elementlarini shakllantirishga alоhida ahamiyat berish zarur. Ijоdiy izlanish muhiti yaratilgan darslarigina zarur axlоhiy sifatlar tarbiyalanadi. Fe`l haqida dastlabki ma`lumot boshlang`ich ta`limda olinadi. O`quvchilar bordi, yugurdi, yozdi kabi fe`llarning harakat bildirishini yaxshi tushunganlari holda, uxladi, tingladi, mudradi so`zlarining holat bildirishini izohlashda qiynaladilar. Shuning uchun ularga harakat va holat tushunchasini aniqlab olish yo`llarini batafsil tushuntirish darkor. Fe`lning semantik va grammatik belgilarini izohlashda ularni boshqa so`z turkumlari bilan qiyoslash maqsadga muvofiq . Chunonchi, ot predmetning nomini, sifat uning belgisini bildirsa, fe`l predmetning harakati yoki holatini 1 Boshlang’ch ta’lim bo’yich yangi tahrirdagi o’quv dasturi.- Toshkent, 2010. 9 bildiradi, shaxs bildiruchi har bir fe`l o`zi bo`g`langan so`zning gapda bo`lish bo`lmasligidan qat`iy nazar, yaxlit bir gapni hosil qila oladi; otda va sifatda bunday xususiyat yo`q; ot turlanadi, fe`l tuslanadi. Fe`l boshqa so`z turkumlaridan grammatik belgilari bilan ham farq qiladi. Fe`lning harakterli belgilaridan biri zamonni ko`rsatishi va shaxs-son qo`shimchalari bilan o`zgarishidir. Fe`l so`z turkumini o`rganishda so`z xazinasini boyitish, nutqiy salohiyatni yuksaltirish imkoniyatlari benihoya katta. O`quv mashg`ulotlariga ajratilgan vaqtning asosiy qismini amaliy ishlar egallashi lozim o`quvchidagi nutq zaxirasini boyitish, og`zaki va yozma nutqni, ijodiy tafakkurni rivojlantirish, fikrni to`g`ri va muxtasar ifodalash malakalarini shakllantirish til talimida eng muhim va zaruriy masala hisoblanadi. Mazkur maqsadga erishishning yagona yo`li – fe`lning grammatik ma`nolarini o`rganish bilan bir qatorda ularni ma`noviy guruhlarga ajratish, o`zaro qiyoslash, farqlash, ular ishtirokida so`z birikmalari va gaplar qurish , mustaqil va mukammal matn yaratish yo`llarini o`rganishdan iborat bo`lmog`i lozim. Ma`lumki, tilimizdagi ma`nodoshlarning anchagina qismini fe`llar tashkil etadi. Taniqli tilshunos olim A.Hojiyevning ,,O`zbek tili sinonimlarining izohli lug`ati’ ’ da 217 fe`lning ma`nodoshlik uyasi berilgan. O`quvchilarning fe`l so`z turkumi ustida ishlash va lug`at zaxiralarini boyitishga yo`naltirilgan o`quv topshiriqlaridan namunalar keltirish mumkin: 1. Berilgan fe`llarga ma`nodoshlar topish; ajablanmoq, taajjublanmoq, hayron bo`lmoq, hayratga tushmoq: ajratmoq, ayirmoq, yolg`iz qoldirmoq, yakkalatmoq, judo qilmoq, mahrum qilmoq, tanho qoldirmoq… 2. Ma`nodoshlarning ma`no darajasini izohlash, sharhlash va ularni o`zaro farqlash –so`z boyligini oshirishning nutqiy salohiyatni shakllantirishning ishonchli vositasi hisoblanadi. 3. Berilgan ma`nodoshlar qatoridagi har bir so`z bilan so`z birikmalari va gaplar tuzish. Masalan: so`z birikmalari hosil qilish; so`z sehridan 10 hayratlanmoq, ko`zlariga ishonmay hayron bo`ldi, hayot so`qmoqlarida yolg`iz qolmoq, mehribonlaridan ayirmoq; Gap tuzish; Shafqatsiz turmush yosh Jamilani hayotning mashaqqatli so`qmoqlarida tanho qoldirdi, barcha mehribonlaridan ayirdi…kabi ijodiy amaliy topshiriqlarni bajarish yaxshi samaralar beradi. O`quvchining nutqiy taraqqiyotini ta`minlashda; --berilgan gapdagi tuslangan fe`llarni tuslanmagan fe`llar bilan almashtirish; --qo`shma gaplarni soda gaplarga aylantirish; Jahongir keldi va muzokara boshlandi. Jahongir kelgandan keyin muzokara boshlandi; --tuslangan fe`l o`zaklaridan harakat nomlari hosil qilish; yoz-yozuv, yozish, yozmoq; bor-borish, boruv, bormoq… Ular yordamida gaplar tuzish va ma`no farqlarini tushuntirish; chiroyli yoz (undash ma`nosi), lotin yozuvi (yozuv turi), xatosiz yozish (savodxonlik darajasi), kitob yozmoq (maqsad ,niyat ma`nosida) birikmalarini gaplarga aylantirish (yozdiyozmadi) kabi zid ma`nolarini hosil qilish kabi ijodiy-amaliy ish turlari hozirgi o`zbek tilini mukammal o`rganishda samarali natijalar beradi. O`quvchi kommukativ savodxonligini ta`minlashda fe`lning uslubiy imkoniyatlaridan o`rinli foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Fe`l zamonlari o`rganilayotganda zamon shakllarini hosil qiluvchi vositalar shakldoshligiga e`tibor qilish lozim. Chunki zamon shakldoshlarini hosil qilishga oid amaliy mashqlar nutqiy taraqqiyot uchun ham o`ta muhim. O`quvchilar fe`l zamonlari bilan tanishayotganda zamon qo`shimchalarining almashinib ishlatilishiga oid ijodiy-amaliy ishlarni bajarishlari ham maqsadga muvofiq bo`ladi. Fe`l ifodalagan ish-harakatning paytga munosabati fe`l zamonlari deyiladi. Fe`llarda uchta zamon mavjud; 1. O`tgan zamon fe`llari nutq paytidan oldin bajarilgan yoki bajarilmagan ish-harakatni bildiradi; yozdi, keldi, bordi. O`tgan zamon fe`llari o`z navbatida besh turga bo`linadi; 11 1) yaqin o`tgan zamon fe`llari –di qo`shimchasi va tuslanish yordamida hosil qilinadi ; keldi, bordim. 2) uzoq o`tgan zamon fe`llari –gan qo`shimchasi va edi, ekan fe`llarini tuslash yordamida hosil qilinadi; kelgan edi. 3) o`tgan zamon hikoya fe`llari –ib qo`shimchasini olgan fe`llarni tuslash yordamida hosil qilinadi; kelibman. 4) o`tgan zamon maqsad fe`llari –moqchi qo`shimchasi va edi fe`lini tuslash yordamida yasaladi; kelmoqchi edik. 5) o`tgan zamon davom fe`llari –(a)r qo`shimchasi va edi fe`lini tuslash yordamida yasaladi;kelar eding. 2. Hozirgi zamon fe`llari nutq paytini o`zida bajarilayotgan yoki bajarilmayotgan ish-harakatni bildiradi va ikki turga ajratiladi; 1) hozirgi zamon davom fe`llari –yap ,-moqda, -yotir qo`shimchalari va tuslanish yordamida hosil qilinadi; kelyapti, bormoqda. Bu zamon turi yot, tur, yur, o`tir ko`makchi fe`llari yordamida ham yasaladi; yozib yotibdi, yozib turibdi, o`qib yuribdi, gaplashib o`tiribdi. 2) hozirgi kelasi zamon fe`llari –a yoki –y qo`shimchalari va tuslanish yordamida hosil qilinadi; boraman, kelasan, o`qiyman . 3) Kelasi zamon fe`llari nutq paytidan keyin bajariladigan yoki bajarilmaydigan ish-harakatni bildiradi va ikki turga ajratiladi; 1) kelasi zamon maqsad fe`llari –moqchi qo`shimchasi va tuslanish yordamida yasaladi; bormoqchiman, kelmoqchisan. 2) kelasi zamon gumon fe`llari –(a)r qo`shimchasi va tuslanish yordamida yasaladi; borarman, kelarsan, o`qirman. So`z turkumlari ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi so`zlarning leksik-grammatik, morfologik va sintaktik belgilariga ko`ra turli guruhlarga ajratilishi, yani so`z turkumlari haqidagi ilm hisoblanadi. So`zlarni leksik-grammatik turkumlarga ajratishda uch belgiga; 1) leksik ma`nosi ( nimani ifodalashi, ya`ni shaxs, narsa, harakat yoki holat, belgi kabilarning umumlashtirilgan ma`nolari); 12 2) morfologik ( so`zlarning turli shakllari tizimi); 3) sintantik (turli morfologik shakllarning sintaktik vazifa bajarishi) belgilariga asoslaniladi. Demak, so`z turkumlari ustida ishlash o`quvchilarning muayyan guruhdagi so`zlarni umumlashtirilgan ma`nolarini kishilarni aloqa vositasi sifatidagi ro`lini tushunib olishlariga qaratilishi zarur. Boshlang`ich sinf o`quvchilari so`z turkumlari bilan umumiy tanishtirilgandan so`ng har bir leksik-grammatik guruh alohida o`rganiladi. Bu so`z turkumlarini o`rganishning boshlang`ich bosqichidayoq ularni taqqoslashga qulay sharoit yaratadi va shakllantiriladigan grammatik tushunchaning asosiy tomonlarini aniqroq ajratishga imkon beradi. Boshlang`ich sinf o`quvchilari ot, sifat, son, fe`lning quyidagi hususiyatlarini bilib oladilar. 1) so`z nimani bildirishi; 2) qanday so`roqlarga javob bo`lishi; 3) o`zgarish-o`zgarmasligi, qanday doimiy kategoriyalari mavjudligi; 4) gapda, asosan, qanday bo`lak vazifasida kelishi. O`quvchilar mana shu o`rgangan belgilari asosida so`z turkumlarini taqqoslaydilar. Ular nimani o`rganganlariga qarab, har bir so`z turkumining grammatik belgilari haqidagi bilimlari asta kengaya va chuqurlasha boradi. Dasturga ko`ra, boshlaang`ich sinfda so`zlar dastlab javob bo`ladigan morfologik so`roqlariga qarab guruhlanadi. 3-sinfda ,,So`z turkumi’ ’ tushunchasi shakllantiriladi. O`quvchilar har bir so`z turkumiga xos ayrim belgilar bilan tanishtiriladi. 4-sinfda so`z turkumlarining morfologik-sintaktik hususiyatlari haqidagi bilim chuqurlashtiriladi; o`quvchilar otlarning egalik va kelishiklar bilan o`zgarishini, sifat va sonning gapdagi vazifasini, kishilik olmoshlari va ularning kelishiklar bilan turlanishini, fe`llarda shaxs son va zamonni o`rganadilar. O`quvchilarda so`z turkumlarini bilish ko`nikmasi ularni belgilari yig`indisini egallshlari asosida shakllantiriladi. Masalan, gul, guldor, gulladi so`zlarining qaysi so`z turkumiga kirishini bilish uchun 2-sinf o`quvchisi quyidagicha fikr yuritadi; nima-gul, bu so`z narsani bildiryapti, ko`plikda qo`llanadi-gullar, bu- ot; guldor so`zi qanday so`rog`iga javob bo`lyapti, narsaning 13 belgisini bildiryapti, bu-sifat; gulladi so`zi nima qildi, so`rog`iga javob bo`lyapti, narsaning harakatini bildiryapti bo`lishsiz shaklda qo`llanadi – gullamadi, bu-fe`l. Boshlang`ich sinflar dasturi o`quvchilarini so`z turkumlari mustaqil va yordamchi so`z turkumlariga bo`linishi bilan maxsus tanishtirishni ko`zda tutmaydi, ammo o`qituvchi bolalarni so`z turkumlarining belgilari bilan amaliy tanishtiradi. So`z turkumlarining o`rganishdagi asosiy vazifa o`quvchilarning og`zaki va yozma nutqini o`stirish lug`atini yangi ot, sifat, son, fe`llar bilan boyitish, o`quvchilar shu vaqtgacha foydalanib kelayotgan so`zlarning ma`nosini aniq tushunishiga erishish, bog`lanishli nutqda u yoki bu so`zdan o`rinli foydalanish malakasini o`stirish hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaqiyatli hal qilish uchun so`z turkumlarini o`rganish jaroyonida sinonim antonimlar ustida muntazam ish olib boriladi. O`quvchilar ko`p ma`noli so`zlar, ularning o`z va ko`chma ma`noda ishlatilishi bilan tanishtiriladi. Bunda ta`limni o`quvchilarning shaxsiy tajribalari, bevosita ko`rganlari radiodan eshitganlari, kitobdan bilib olganlari bilan bog`lash muhim ahamiyatga ega. O`quvchilarda kuzatish, muhim narsalarni sezish ko`nikmalarini shakllantirish, atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish bilan bir vaqtda ularni nutqini o`stirish vazifasini ham amalgam oshiriladi. Fe`l ustida ishlashda izchillik, bo`limlar orasidagi bog`lanish, dastur materialining hajmi, uni har bir sinfda o`rganish usullari va vositalari shu so`z turkumini o`rganish vazifasi uning lingvistik xususiyatlari va kichik yoshdagi o`quvchilarning bilish imkoniyatlariga qarab belgilanadi. ,,Fe`l’ ’ mavzusini o`rganishda asosiy vazifalar; so`z turkumi sifatida fe`l haqida dastlabki tushunchani shakllantirish, o`quvchilar nutqini fe`llar bilan boyitish hamda og`zaki va yozma nutqda fe`ldan to`g`ri foydalanish ko`nikmasini o`stirish, o`quvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantirish, Grammatik mavzu bilan bog`liq holda ayrim imloviy qoidalarni o`zlashtirish hisoblanadi. Bu vazifalar birbiri bilan bog`liq holda hal etiladi. 14 Fe`lning lingvistik xususiyatlari xiyla murakkab, shuning uchun boshlang`ich sinf o`quvchilari faqat uning muhim nazariyalari bilan tanishtiriladi. Material tanlashda shu materialning nutq va imloga oid vazifalarni hal qilishda qanchalik zarurligi hisobga olinadi. Fe`lni o`rganishda izchillik birinchi sinfda fe`l ustida ishlash. Fe`l ustida ishlashga tayyorgarlik savodga o`rgatish davrida boshlanadi. Bu davrda o`quvchilarning diqqati fe`lning leksik ma`nosiga qaratiladi; fe`l uchun tipik hisoblangan leksik ma`nosiga qaratiladi; fe`l uchun tipik hisoblangan leksik – grammatik ma`noni, ya`ni predmetning harakatini bildirishni umumlashtirish imkonini beradigan aniq material yig`iladi. Fe`l ustida ishlash mashqlarini ,,Alifbe’ ’ dagi so`z va mashqlarni o`qish, rasmga qarab gap tuzish bilan bog`lab o`tkaziladi. Bunda o`qituvchi o`quvchilar gap tuzishda mazmunga mos fe`lni topishga, so`z nimani bildirishini va qanday so`roqqa javob bo`lishini aniqlashga yordam beradigan sharoit yaratadi. Masalan, bolalar kuzda meva va sabzavotlarni, daraxtlarni kuzatib yoki rasmlarni ko`rib, gapni mazmunga mos so`zlar bilan to`ldiradilar; Kuzda mevalar nima qiladi,…(pishadi), sabzavotlar nima qiladi,… (yetiladi), daraxt barglari nima qiladi,…(sarg`ayadi). Bolalar nima qilyaptilar,…(dam olyaptilar),… (o`ynayaptilar) ,… (ishlayaptilar). Fe`lni o`rganishda maqsadga qaratilgan ishlar harakatni bildirgan so`zlar mavzusini o`rganishdan boshlanadi. Fe`l leksik ma`nosi bilan grammatik ma`nosi mos keladigan (nima qilyapti) yugurayapti , arralayapti, sakrayapti, (nima qildi) yugurdi, arraladi, sakradi, (nima qiladi) yuguradi, arralaydi, sakraydi kabi misollardan foydalanish bilan o`quvchilar o`zlari bajargan harakatlarni aytishni so`rab, ular bergan javobini so`roqlari bilan doskaga yozib, suxbat o`tkazish bilan tushuntiriladi. O`quvchilarni so`roq berish bilan holat bildiradigan uxlayapti, o`ynayapti, faxrlanadi kabi fe`llarni ham tanlashga o`rgatib boorish muxim ahamiyatga ega. Bunday mashqlar o`quvchilarda predmet harakatini keng ma`noda tushunish ko`nikmasining shakllana borishiga yordam beradi. 15 Dastur o`quvchilarda so`zlarga so`roq berib, ularni bir-biridan farqlash ko`nikmasini shakllantirishni talab etadi. Buning uchun o`qituvchi fe`lning har hil shakllaridan foydalanib, maxsus mashqlar o`tkazadi. Nima, so`rog`iga javob bo`lgan so`z bilan nima qildi, nima qilyapti, nima qiladi, so`rog`iga javob bo`lgan so`zlar esa predmet harakatini bildirishi aniqlanadi. Taqqoslash ot va fe`lni ajratishga o`rgatadi. Ularning nutqda bir-biriga ta`sir etishini aniqlashga imkon beradi. Fe`lga so`roq berishga o`rgatish yuzaki bo`lmasligi, o`quvchilar harakat bir kishi tomonidan bajarilsa nima qildi, nima qilyapti, nima qilmoqchi, so`roqlarini, ikki va undan ortiq kishi tomonidan bajarilsa nima qiladilar, nima qilyaptilar, nima qilmoqchilar, so`roqlarini berishni bilishlari zarur. Bunday so`roqlarga javob berishga o`rgatish o`z navbatida, fe`l zamonlarini o`rganishga tayyorlash demakdir. Birinchi sinfda morfologik so`roq so`z nimani bildirishini aniqlash maqsadida beriladi. O`quvchilarni so`zga so`roq berishga, o`qituvchi bergan so`rog`iga javob bo`ladigan so`zlarni tanlashga, so`zni so`roqqa mos ravishda o`zgartirishga o`rgatiladi. 2-3-sinflarda fe`lni o`rganish. Bu bosqichning asosiy vazifasi ,,Fe`l so`z turkumi’ ’ degan tushunchani shakllantirish bo`lishli va bo`lishsiz va fe`llarning ma`nosi va shakliga qarab farqlash ko`nikmasini hosil qilish, bo`lishsizlik qo`shimchasi (-ma) ning talaffuzi va imlosini o`rgatish hisoblanadi . Fe`lning harakat bildirishi yuzasidan o`quvchilarda aniq tasavvur hosil qilish uchun o`qituvchi ularga shu darsdagi mehnat jarayonini tasvirlashni, yani o`quvchilarning o`zlari bajarayotgan ish-harakatni aytishni so`raydi, suhbat o`tkazadi. Suhbatda ,,O`qituvchi nima qildi? O`quvchilar nima qildilar? Hozir o`qituvchi nima qilyapti? O`quvchilar nima qilyaptilar? Endi o`quvchilar nima qiladilar?’ ’ kabi savollardan ham foydalanadi. Suhbat jaroyonida o`quvchilar o`qituvchi rahbarligida fe`llarni so`rog`i bilan yozib boradilar. Masalan, nima qildi, so`zladi, tushuntirdi; nima qildilar, tingladilar, yozdilar; nima qilyapti, 16 tushuntiryapti, so`rayapti, tinglayaptilar; nima qiladi, tekshiradi, ko`radi; nima qiladilar, ishlaydilar, bajaradilar, yozadilar. Suhbatdagi, yoki o`quvchilar aytgan gaplardan birini gap bo`lagi jihatdan tahlil qilish asosida xulosa chiqariladi; nima qildi, nima qilyapti, nima qiladi, kabi so`roqlarga javob bo`lib, predmet harakatini bildirgan so`zlar fe`l deyiladi. Fe`l gapda kesim vazifasida keladi. Mavzu yuzasidan o`quvchilarda ko`nikma hosil qilish uchun so`roq berib fe`lni aniqlash, gap mazmuniga mos fe`lni aniqlash, gap mazmuniga mos fe`lni tanlab qo`yish, aralash berilgan so`zlardan, shuningdek, rasmga qarab gap tuzish, kabi mashqlardan foydalaniladi. Dasturga ko`ra 3-sinfda bo`lishli va bo`lishsiz fe`llar o`rganiladi. Mavzu suhbat asosida tushuntiriladi. Suhbat uchun ,,O`qish darsida kimlar o`qidi?, Shokir ham o`qidimi?, kimlar so`zladi?, Alisher so`zladimi?, Barno kutubxonaga boradimi?, Abdullachi?, U qachon bormoqchi?, hozir kim tushuntiryapti?, hozir Toxir gapiryaptimi?,’ ’ kabi savollardan ham foydalaniladi. O`quvchilar so`roq berib fe`llarni topadilar, ma`nosini qiyoslaydilar va o`qituvchi rahbarligida tushuntiradilar. Xulosa chiqariladi; fe`l harakatning yuzaga chiqqanini, ya`ni bajarilganligini bildiradi. Bu fe`llar bo`lishli fe`llar deyiladi. Ayrim fe`llar harakatning bajarilmaganligini, hozir bajarilmayotganini, keyin ham bajarilmasligini bildiriladi. Bunday fe`llar bo`lishsiz fe`llar deyiladi. O`quvchilar bo`lishli va bo`lishsiz fellarni so`roqlari bilan ikki ustun shaklida yozadilar va so`roqlarini bo`lishsiz fe`l qanday hosil bo`lganini aytadilar. O`quvchilar bilimi mashqlar bilan mustaxkamlanadi, bo`lishsizlik qo`shimchasima-mi shaklida talaffuz qilinsa ham, doim aslicha -ma shaklida yozilishi tushuntiriladi. O`quvchilarda bo`lishli va bolishsiz fe`llarni ma`nolariga qarab farqlash ko`nikmasini o`stirish uchun bo`lishli fe`ldan bo`lishsiz fe`l hosil qilish, bo`lishsiz fe`llarning talaffuzi va yozilishini qiyoslash, bo`lishsiz fe`llar bilan gaplar tuzish mashqlaridan foydalaniladi. 4-sinfda fe`lni o`rganish. Bu sinfda fe`lni o`rganishning vazifalari quyidagilar: 17 1. Fe`lning shaxs son qo`shimchalari bilan tuslanishi, zamon qo`shimchasi bilan o`zgarishi haqidagi tushunchani berish va dastlabki ko`nikma hosil qilish; fe`lning leksik ma`nolari, bo`lishli va bo`lishsizligi, gapdagi vazifasi haqidagi bilimni chuqurlashtirish. 2. Nutqda fe`ldan ongli foydalanish malakasini rivojlantirish. Shu maqsadda nutqda ma`nodosh va zid ma`noli fe`llardan matn bilan bog`liq holda oz va ko`chma ma`noda ishlatilgan fe`llar bilan tanishtirib borishga qaratilgan mashqlardan foydalanish. 3. Zamon qo`shimchalarining talaffuzi va yozilishi haqidagi ko`nikmani hosil qilish. 4. Qo`shma fe`llar va ularning doim alohida yozilishi haqidagi tushunchani berish va dastlabki ko`nikmani hosil qilish hisoblanadi. Fe`l zamoni shaklining mohiyati ish-harakat qachon bajarilishini, ya`ni ishharakatning nutq so`zlanib turgan paytda undan oldin va keyin bajarilishini taqqoslash asosida ochiladi. O`quvchilar o`zlari bajargan yoki bajarayotgan harakatlarini kuzatadilar, shuningdek, keyin nima qilishlarini muhokama qiladilar. Xuddi shunga o`xshash kuzatishni tabiatda bo`layotgan o`zgarishlar yuzasidan ham o`tkazadilar. Bu mavzu bahorda o`tiladi. Shuning uchun o`quvchilar kuzatish asosida ,,Bahor keldi, O`rik, olcha gulladi. Gullar ochilyapti. Endi gilos pishadi. Bahordan so`ng yoz keladi. Yozda bolalar oromgohga bormoqchi’ ’ kabi gaplar tuzadilar. Gapdagi fe`llarga so`roq berib ish-harakatningt bajarilish payti, ya`ni ish harakat bajarilayotganini, oldin bajarilganini va keyin bajarilishi aniqlanadi. Aniq kuzatish asosida yig`ilgan bu leksik materillar o`qituvchi rahbarligida umumlashtiriladi va xulosa chiqariladi: 1. Fe`llar zamon bilan o`zgaradi. Fe`l uch zamonni bildiradi, hozirgi zamon, o`tgan zamon, kelasi zamon. 2. Hozirgi zamon fe`llari nima qilyapti, so`rog`iga sabab bo`ladi, hozirning o`zida, ya`ni, nutq so`zlanayotgan vaqtda bajarilayotgan harakatni bildiradi. 3. O`tgan zamon fe`li nima qildi, so`rog`iga javob bo`ladi, harakatni oldin, ya`ni nutq so`zlanayotgan vaqtdan oldin bajarilganini bildiradi. 18 4. Kelasi zamon fe`li nima qilmoqchi, so`rog`iga javob bo`ladi, harakatning keyin ya`ni nutq so`zlanayotgan vaqtdan keyin bajarilishini bildiradi. Boshlang`ich sinf o`qvchilari fel zamonlarini unga beriladigan savoldan bilib oladilar. So`roqdan uning leksik ma`nosi ham bilinib turadi. Fe`lning zamon shaklini yasash va bilib olish uchun o`qituvchilarni so`roqlardan to`g`ri foydalanishga o`rgatish, muhim ahamiyatga ega. Bu maqsadga erishish uchun avval zamonaviy ravishda ishlanadi va o`quvchilar e`tibori so`roq bilan fe`l zamonining bog`lanishini aniqlashga qaratiladi. Zamon shaklini hosil qilish uchun fe`lning II shaxs birlik shakli asos qilib olinadi. Fe`lga so`roq berish bilan fe`l zamoni hosil qilinadi. Bir fe`ldan uch zamonni hosil qilib, ularni taqqoslash mashqi fe`lning zamon kategoriyasining mohiyatini tushunishga yordam beradi. Shuning uchun ,,Fe`l’ ’ mavzusini o`rganish jarayonida fe`lni zamon qo`shimchasi bilan muntazam o`tkazib boriladi. O`quvchilarni fe`l zamonlarini ongli qo`llashga o`rgatish maqsadida matnlardan foydalaniladi. Bunda fe`l zamonini aniqlash va biror fe`l shaklidan foydalanishni asoslash, shuningdek, fe`l zamonini o`zgartirish, fe`llarni muayyan bir zamonda ishlatib hikoya tuzish topshiriladi. Dasturga ko`ra, bu sinfda fe`llarda shaxs-son haqida tushuncha beriladi. O`quvchilarda o`zbek tilida III shaxs; so`zlovchi, tinglovchi, o`zga mavjudligi haqidagi dastlabki ko`nikma ,,Otlarning egalik qo`shimchalari bilan o`zgarishi’ ’ va ,, Kishilik olmoshlari’ ’ mavzulari o`rganilayotganda hosil qilgan ,,Fe`llarda shaxsson ’ ’ mavzusi shu ko`nikmaga asoslangan holda tushuntiriladi. Suhbat asosida kishilik olmoshlari III shaxsni, birlik va ko`plikni bildirishi eslatilgach, o`quvchilarga men olmoshini qatnashtirib gap tuzish topshiriladi. Ular tuzgan gap o`qituvchi rahbarligida tahlil qilinadi. (Men kitobni o`qidim). O`quvchilar men I shaxs birlikdagi kishilik olmoshi ekanini aytadilar; o`qidim fe`lini so`z tarkibiga ko`ra tahlil qilib o`qi- o`zak, -di o`tgan zamon qo`shimchasi, m ham qo`shimcha ekanini anglaydilar. O`qituvchi quyidagi muzmunda tushuntiradi; ish harakat so`zlovchi (I shaxs), tinglovchi, (II shaxs), o`zga (III 19 shaxs), tomonidan bajarilishi mumkin; ikkinchidan, ish-harakat yakka yoki, bir necha shaxs tomonidan bajarilishi ham mumkin. Fe`llarga qo`shilib, ish-harakatni bajargan shaxsni va sonni ham bildiradigan qo`shimchalar bor. Masalan o`qidim fe`lidagi –m qo`shimchasi shunday ma`noni bildiradi, u shaxs son qo`shimchasidir. Chunki –m o`qish harakatini bajargan shaxsni (I shaxsni) va sonini (bir kishi bajarganini) bildiryapti, ya`ni ham shaxsni, ham sonni ifodalayapti. O`qituvchi (doskaga yozilgan gaplarni ko`rsatib) ,,Nuqtalar o`rniga gapning mazmuniga mos bo`lgan fe`llarning shaxs-son qo`shimchasini topib qo`yib, gaplarni o`qish’ ’ vazifasini beradi, mashq o`qituvchi rahbarligida birgalikda bajariladi. Suhbat asosida xulosa chiqariladi; Fe`llar shaxs-son qo`shimchalari bilan o`zgaradi. Shaxs-son qo`shimchalari zamon qo`shimchalaridan keyin qo`shiladi. Fe`llarda shaxs-son haqidagi ko`nikmani shakllantirish uchun mazmunga mos shaxs-son qo`shimchalarini qo`yish, berilgan fe`llarni hozirgi, o`tgan, kelasi zamonda shaxs-son qo`shimchasi bilan tuslash, fe`llarni so`z turkumi jihatdan tahlil qilish mashqlaridan foydalaniladi. Bu sinfda fe`llarning yozilishi haqida ham ko`nikma hosil qiladi. Mavzuni tushuntirish uchun fe`llar ko`proq bo`lgan matn tanlanib, matnni o`qish, so`roq berib fe`llarni topish va qanday yozilganini aytish topshiriladi. O`quvchilar o`qituvchi rahbarligida vazifani bajaradilar. 4-sinfda o’quvchilarning so’z turkumlariga оid оldingi sinfdagi tushunchalarni eslatib mustahkamlanadi, hamda оtlarning egalik qo’shimchlari bilan qo’llanishi оtlarning kelishik qo’shimchalari bilan turlanishi, sоn, оlmоsh, fe’llarda shaxs–sоn, fe’l- zamоnlari, qo’shma fe’l va bоg’lоvchi haqida yangi ma’lumоtlar beriladi. O’quvchilarning fe’l so’z turkumi yuzasidan оldingi sinfdagi bilimlarini mustahkamlab fe’llarning shaxs va sоn qo’shimchalari bilan turlanishini fe’llarda uch zamоn (o’tgan zamоn, hоzirgi zamоn, kelasi zamоn) bоrligi yangi mavzu sifatida o’rgatiladi, shuningdek, o’quvchilar ikki va undan оrtiq so’zdan tuzilgan fe’llar qo’shma fe’l ekanligini ham bilib оladilar. Bu o’rinda shuni alоhida ta’kidlash lоzimki, so’z turkumlari o’rganish darslikda berilgan qоidalarni yodlab оlishdan ibоrat, bo’lmasligi kerak. Balki vazifa 20 o’quvchilarning оg’zaki va yozma nutqini o’stirish lug’atini yangi оt, sifat, sоn, fe’llar bilan aytilish o’quvchilar shu vaqtgacha fоydalanib kelayotgan so’zlarning ma’nоsini aniq tushuntirishga erishishi, bоg’lanishi nutqda u yoki bu so’zlarni o’rinli fоydalanish malakasini оshirish hisоblanadi. Kuzatishlar va bоshlang’ich sinf o’quvilari bilan o’tkazilgan suhbat natijalaridan ma’lumki, o’quchilar so’z turkumlarini o’rganishda bir qatоr qiyinchiliklarga duch kelmоqdalar. O’quvchilar so’z turkumi haqidagi tushunchasini o’rganishda qiynaladilar. Ular faqat harakatni biddirgan so’zlarnigina fe’l turukmiga kiritib, hоlatni bildirgan so’zlarni fe’l ekanligini bilmaydilar. Shuning uchun bоla yugurdi. Gapidagi yugurudi so’zini fe’l ekanligini bilgan hоlda bоla o’tiribdi gapidagi so’zni fe’l ekanligini bilgan hоlda bоla o’tirganda go’yo harakat qilmayotganday tuyuladi. Ularga sifat so’z turkumini o’rganishda ham ana shunday hоlatda duch kelamiz. Umuman yuqоrida fikr yuritilgan grammatik tushunchalarni shakllantirishda savоllardan fоydalanish maqsadga muvоfiqdir. O’qituvchi bоlalarga narsalarni yoki narsa tasvirlangan rasmlarni ko’rsatib, bu nima? deb so’raydi. Bu savоllarga o’quvchilarga qiyinchiliksiz javоb beradilar. Mavhum tushunchalarni ifоdalaydigan, so’zlarga javоb berishda o’quvchilar qiynaladilar. Ular har bir so’z buyumni ifоdalaydi deb o’ylaydilar. Aslida bu esa, qo’l bilan ushlab ko’z bilan ko’rib bo’lmaydigan tushunchalarni ifоdalaydigan so’zlar ham juda ko’p ekanligini tushuntirish kerak. Umuman bоshlang’ich sinflarda so’z turkumlarini o’rganishda darslikdagi qоidalarni yodlashdan ko’ra ana shu qоidalarni o’quvchilar bilan birgalikda ijоd qilib yaratilsa, ular оngli o’zlashtiradilar. Undan keyin esa darslikka murоjaat qilish, mashqlar bajarish maqsadga muvоfiqdir. O’quvchilar bilimni puxta mustahkam bo’lishida qo’yadigan e’tibоr berish zarur. 1. Tilni grammatik jihatidan o’rganishda tahlil qilish uchun nutq tanlashinishi kerak. Ma’nоsiga e’tibоr berish maqsadga muvоfiqdir. Ta’limning dastlabki bоsqichida o’qituvchi o’quvchilarga narsalarning va ularning nоmlarini o’rgatadi. Keyinchalik esa mavhum tushunchalarni o’rgatishga o’tiradi. 21 2. So’zlarni guruhlarga ajratish va so’z turkumlarini belgilashda o’quvchilarga so’zni gapdan ajratib оlishni o’rgatish lоzim.. 3. O’quvchilarga grammatik tushunchalarni aniqlab sоlishtirib, taqqоslab va qarama-qarshi qo’yib, tushutirib yaxshi natija beradi. Narsa bildiradigan so’zlarni o’rgatishda shu narsalarni o’zini yoki suratini ko’rsatish mumkin. Keyinchalik fe’lni o’rganishda o’zakdоsh bo’lgan so’zlarni оtga qiyosladi. Masalan, оlma оl, arrala arra singari sifatni o’rganishda esa o’zakdоsh bo’lgan оt va fe’lga qiyoslash mumkin. Masalan: qiz, qizil, qizdir; qоr, qоra, qоrala. 4. Narsa harakat va belgi bildiradigan so’zlarni ko’rgazmali qurоllar yordamida tushuntirish ham yaxshi natija beradi. Lekin ko’rsatib bo’lmaydigan mavhum so’zlarni tushuntirishda Kim? Nima? So’rоg’iga javоb bo’ladigan barcha so’zlar оt. Оt deyiladi, Nima qildi? Nima qilmоqchi? Nima qiladi? so’rоg’iga javоb bo’ladigan so’zlar fe’l ekanligini ta’kidlab o’tiladi. 5. O’quvchilar turli qo’shimchalar bilan kelgan so’zlarga so’rоq berib guruhlarga ajratishda qiynaladilar. Shuning uchun ularga so’zlarni o’rgatishda faqat qo’shimchasiz ko’rinishdagina emas, balki turli qo’shimchalar ko’rinishlarini o’rgatish lоzim O’quvchilar so’z turkumlarini farqlaydigan bo’lganlaridan keyin so’z shaklining o’zgarish ustida ish оlib bоriladi. Lekin so’zning mоhiyatini оchish masalasiga yetarlicha e’tibоr berilmaydi. Shuning uchun o’quvchilar so’z turkumining o’ziga xоs belgilarini yetarlicha farqlay оlmayaptilar. Kishilik оlmоshi ish harakatni bajargan shaxs va sоnni ko’rsatish uchungina qo’llanadi. O’quvchilar buni sekin-asta o’zlashtirib bоradilar. Shuning uchun har bir fe’l shaklini o’rganishda unga tegishli kelishik оlmоshlaridan fоydalanish maqsadga muvоfiqdir. Оdatdagi darslarda berilgan namuna asоsida so’z shakllarini o’zlashtirish mashqlari bajariladi. Bunday mashqlar o’quvchilarni оg’zaki fikrlashga undaydi. So’z turkumlarini o’rganishda so’zga savоl berib qanday shaklda kelganligi aniqlanadi. So’ng o’zgarish-o’zgarmasligi, so’z nimani ifоda etishi va grammatik belgilar sanab o’tiladi. Ana shunday tahlil natijasida o’rganilayotgan so’z 22 turkumini o’quvchilar puxta o’zlashtiradilar. Masalan, Qanday? Qanaqa? so’rоqlariga javоb bo’ladigan so’zlar narsalarning belgisini bildiradi. Belgini bildiradigan so’zlar sifat deyiladi. So’z turukmini aniqlaganlaridan keyin uning o’ziga xоs belgisini tоpadilar.O’quvchilarning so’z turkumlari haqidagi tushunchalarini mustahkamlash uchun mashqlar bajaradi. So’z turkumini aniqlashga оid mashq turlaridan biri gaplardan tegishli so’zlarni ajratib оlishdir. O’quvchilarga turli so’z turkumiga xоs so’zlar aralash beriladi. Ularga aytilgan so’z turkumlariga оid so’zlarni tanlab ajratib yozadilar. Har bir so’z turkumiga оid so’zlarni alоxida ustunlarda yozib aytiladi, shu aytilganlar asоsida o’quvchilar bilimi mustahkamlanib bоradi. 23 1.2 Fe`l – so’z turkumi haqida ma’lumоt. Bоshlang’ich sinf оna tili darslarida o’quvchilar so’z turkumlari xususida ma’lumоt оladilar. Boshlang’ich sinflarda faqat mustaqil so’z turkumlaridan ot, sifat, son, fe’l, olmosh(o’zlik). Ana shunday so’z turkumlaridan biri fe`l – so’z turkumi bo’lib, biz ushbu bоbimizda aynan shu so’z turkumi va uni o’qitish uslubiyoti xususida fikr yuritamiz. O’ylaymizki, bu bоbda ilgari surgan fikr va mulоhazalarimiz aynan shu mavzu yuzasidan bоshlang’ich sinf o’quvchilariga nazariy manba vazifasini o’tasa ajabmas. Shaxs va predmetning ish-harakati va holatini ifodalaydigan mustaqil so‘zlar fe’l deyiladi. Masalan: Men olimlarga, ilohiyotchilarga, tarixshunoslarga hurmatehtirom ko‘rsatdim va e’zozladim. (A.Temur). Mehnat insonda ijodiy kuch uyg‘ otadi (Tafakkur jurnali). Grammatikada harakat va holat tushunchasi juda keng. Ya’ni fe’l holat, belgining yuzaga kelishi, o‘zgarishi kabi jarayonlarni ham harakat tarzida anglatadi: o‘rik gulladi, yaproqlar sarg‘aydi, bola uxlayapti kabi. Fe’llarning barchasi bir umumiy so‘roqqa nima kilmoq? so‘rog‘iga javob beradi. Fe’l o‘ziga xos bo‘lgan morfologik belgilarga ega, ya’ni: 1) ish-harakatning predmetga (to‘ldiruvchiga) munosabati fe’ldagi o‘timli va o‘timsizlik ma’nosini hosil qiladi: o‘qimoq, yozmoq - o‘timli fe’l; o‘tirmoq, chiniqmoq - o‘timsiz fe’l; 2) ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiq yoki inkorni anglashilishiga ko‘ra fe’llar bo‘lishli va bo‘lishsizlik ma’nosini bildiradi: ayt – bo‘lishli, aytma – bo‘lishsiz; bilgan – bo‘lishli, bilgani yo‘q – bo‘lishsiz fe’l; 3) ish-harakat bilan uning bajaruvchisi, ob’ekt va sub’ektlar orasidagi munosabat nisbat ma’nosini hosil qiladi: kiydi - aniq nisbat, kiyindi - o‘zlik nisbat, kiyildi - majhullik nisbat, kiydirdi – orttirma nisbat; 24 4) ish-harakatning voqelikka munosabati mayl ma’nosida aks etadi: bordi, bormoqda, bormoqchi - aniqlik mayli; boray, borgin, borsin - buyruq-istak mayli; borsa – shart mayli; 5) ish-harakatning nutq so‘zlanib turgan payt bilan munosabati fe’ldagi zamon ma’nosini hosil qiladi: o‘rgandim - o‘tgan zamon, o‘rganayapman - hozirgi zamon, o‘rganmoqchiman – kelasi zamon; 6) ish-harakatning biror grammatik shaxs (birlik yoki ko‘plikda) tomonidan bajarilishi yoki bajarilmasligi fe’ldagi shaxs-son ma’nosida aks etadi. Fe’l shaxsson qo‘shimchalari bilan tuslanadi: qiziqdim, qiziqding, qiziqdi; qiziqdik, qiziqdingiz, qiziqdilar. Demak, fe’l o‘timli-o‘timsizlik, bo‘lishli-bo‘lishsizlik, nisbat, mayl, zamon, shaxs-son ma’nolarini ifodalash kabi o‘ziga xos morfologik belgilarga ega. Shu bilan birga fe’lning sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi kabi o‘ziga xos vazifadagi shakllari ham mavjud ( ishongan odam – sifatdosh; ishonib, ishongach – ravishdosh; ishonish, ishonmoq kerak - harakat nomi). Fe’lning bu vazifadagi shakllari gapda ma’lum bir gap bo‘lagi vazifasini bajarishga moslashgan bo‘ladi. Fe’l o‘ziga xos maxsus so‘z yasalish tizimiga ham ega: bahola, ulg‘ay, tinchi, suvsira – affiksatsiya usul bilan yasalgan fe’llar; xursand bo‘lmoq, javob bermoq, sotib olmoq - kompozitsiya usul bilan yasalgan yasama fe’llar. Fe’llarda modal shakl yasalishi ham mavjud, u o‘z ichida turli xil qo‘shimcha ma’nolarni aks ettiradi: kulimsira – kuchsizlik, turtkila – davomiylik, yozib bo‘ldi – tugallanganlik kabi. Fe’l o‘ziga xos sintaktik vazifalarga ham ega, ya’ni: 1) sof fe’l gapda, asosan, kesim vazifasini bajarib keladi. Masalan: Insonni mehnat, odobni yaxshi fazilat bezaydi (Hikmatlar xazinasi); 2) fe’lning vazifadosh shakllari sifatdosh, sifatlovchi-aniqlovchi, ravishdosh, hol, harakat nomi, ega, qaratuvchi-aniqlovchi, to‘ldiruvchi kabi gap bo‘laklari vazifasini ham bajarib keladi. Masalan: O‘zingga yoqqan narsani boshqalarga ham ravo ko‘r (Hadis namunalari). Dunyoda eng yomoni faqat o‘zini bilib o‘zgani 25 unutib yashashdir (I.Karimov). Ilm-fanga intilish insonning eng oliy ma’naviy harkatlaridandir (Pedagogika tarixi). O‘timli va o‘timsiz fe’llar O‘timli va o‘timsiz fe’llar fe’l anglatgan harakatning predmetga munosabati orqali belgilanadi. Fe’ldagi anglashilgan harakatning tushum kelishigi formasidagi ot bilan (yoki otlashgan so‘z bilan) ifodlangan predmetga o‘tganligini bildiradigan fe’llar o‘timli fe’l deyiladi. Masalan: Hammamiz shu tuproqning suvini ichganmiz, non-tuzini eganmiz (I.Karimov). Bu gap ichganmiz, eganmiz fe’llaridan anglashilgan harakat bevosita tushum kelishigi shaklidagi suvini, non-tuzini so‘zlari bilan ifodalangan predmetga o‘tadi. Demak, o‘timli fe’llar tushum kelishigi shaklidagi ot bilan bog‘lanadi. Ba’zan fe’l anglatgan harakat yoki holat predmetning bir qismiga o‘tishi yoki harakat o‘tgan predmet shu harakatning bajarilishida vosita bo‘lishi mumkin. Bunday holda o‘timli fe’llar jo‘nalish va chiqish kelishigi shaklida qo‘llangan otlar bilan ham birikadi. Qiyoslang: nonni oling – nondan oling, otni mining – otga mining. Biron predmetga bevosita o‘tmaydigan harakatni anglatadigan fe’llar o‘timsiz fe’l deyiladi. Masalan: Ko‘ngil quvonchi uning kuchsizligidan dalolat beradi (Tafakkur gulshani). Pokiza aql insonni ayb va kamchiliklardan qutqaradi (U.Mahkamov). Bu gaplardagi dalolat beradi, qutqaradi fe’llaridan anglashilgan harakat bevosita tushum kelishigida kelgan otni boshqarmagan, boshqa predmetga o‘tmagan, balki harakat bajaruvchining o‘zida qolgan. Fe’ldagi o‘timli va o‘timsizlik ma’nosi ikki xil usul bilan ifodalanadi: 1. Leksik-semantik usul. 2. Morfologik usul. 1. Fe’llar o‘z leksik ma’nosiga ko‘ra biror affiks olmagan, hech qanday shakl o‘zgarishisiz (o‘zak-negiz holida) holida o‘timli yoki o‘timsiz bo‘ladi. 26 Masalan: ol, och, ko‘r, yoz, ich, qo‘y, so‘ra, ber kabilar o‘timli; bor, kel, o‘tir, uxla, yot, yur kabilar o‘timsiz fe’llardir. Bunday usul bilan, ya’ni fe’lning leksik ma’nosiga ko‘ra o‘timli-o‘timsizlik ma’nosining ifodalanishiga leksik-semantik usul deyiladi. 2. Fe’l o‘zak-negiziga qo‘shiladigan fe’l nisbatini yasaydigan qo‘shimchalar (o‘zlik, majhullik, orttirma nisbat qo‘shimchalari) o‘timli va o‘timsiz fe’llarni belgilab beradi. O‘timli-o‘timsizlikning fe’l nisbatini yasaydigan affikslar bilan ifodalanishi morfologik usul sanaladi. Fe’l o‘zak-negiziga nisbat qo‘shimchalari qo‘shilganda, fe’lning o‘timli-o‘timsizligi quyidagicha yuz beradi: 1) o‘zlik va majhullik nisbat qo‘shimchalari o‘timli fe’lni o‘timsiz fe’lga aylantiradi: so‘radi - o‘timli fe’l, so‘raldi - o‘timsiz fe’l; ko‘rdi - o‘timli fe’l, ko‘rindi - o‘timsiz fe’l. So‘radi o‘timli fe’liga qo‘shilgan –l majhullik nisbat qo‘shimchasi, ko‘rdi o‘timli fe’lga qo‘shilgan –in o‘zlik nisbat qo‘shimchasi so‘radi, ko‘rdi fe’llarini o‘timsiz fe’llarga aylantirdi; 2) orttirma nisbat qo‘shimchalari, aksincha, o‘timsiz fe’lni o‘timli fe’lga aylantiradi: kuldi - o‘timsiz fe’l, kuldirdi - o‘timli fe’l; yurdi - o‘timsiz fe’l, yurgizdi - o‘timli fe’l; uxladi - o‘timsiz fe’l, uxlatdi - o‘timli fe’l. Ushbu kuldi fe’liga qo‘shilgan –dir qo‘shimchasi, yurdi fe’liga qo‘shilgan –giz qo‘shimchasi, uxladi fe’liga qo‘shilgan –t orttirma nisbat qo‘shimchalari o‘timsiz fe’llarni o‘timli fe’liga aylantirdi. 3) orttirma nisbat qo‘shimchalari orqali o‘timli fe’ldan yana o‘timli fe’l hosil qilinadi: esladi - o‘timli fe’l, eslatdi - o‘timli fe’l; ichdi - o‘timli fe’l, ichirdi o‘timli fe’llari tarkibidagi –t, -ir orttirma nisbat qo‘shimchalari o‘timli fe’lni yana o‘timli fe’lga aylantirdi. Qo‘shma fe’llarda o‘timli va o‘timsizlik ma’nosi etakchi qismga qarab belgilanadi. Masalan: aytib berdi, ko‘ra boshladi, yozib chiqdi qo‘shma fe’llarda aytib, ko‘ra, yozib etaksi qismning o‘timli ekanligi shu fe’llarning o‘timli ekanligini ko‘rsatadi. Aksincha, qo‘shma fe’llarning etakchi qismi o‘timsiz fe’ldan bo‘lsa, butun qo‘shma fe’l o‘timsiz bo‘ladi: o‘sa boshladi, quvonib ketdi, kulib qo‘ydi kabi. 27 Bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar Ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiq yoki inkor tushunchasi fe’ldagi bo‘lishli va bo‘lishsizlik ma’nosini anglatadi. Ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiqni anglatuvchi fe’llar bo‘lishli fe’l deyiladi. Fe’ldagi bo‘lishlilik ma’nosini ifodalovchi maxsus grammatik ko‘rsatkich yo‘q: o‘qi, eslat, qolgan, borsa, aytib bergan, o‘qib chiqdi, hurmat qil kabi. Masalan: Ona so‘zining o‘zi har yurakka jarangli sado beradi (Hikmatlar guldastasi). O‘z burchini bajarishdan mamnun odamligina erkin yashaydi (Tafakkur gulshani). Ish-harakatning bajarilishi haqidagi inkorni anglatuvchi fe’llar bo‘lishsiz fe’l deyiladi. Bo‘lishli fe’l bo‘lishsiz fe’lni hosil qilish uchun asos bo‘ladi. Fe’lning bo‘lishsiz shakli quyidagicha yasaladi: 1. fe’l negiziga –ma (bu affiks urg‘u olmaydi), -may, -mas, -masdan, -maslik affikslarini qo‘shish bilan fe’ldagi bo‘lishsizlik ma’nosi hosil qilinadi: ko‘rsatma, kelmagach, bajarmadi, yoqmas, avaylamasdan, o‘smaslik kabi. Ko‘rinadiki –ma elementi –may, -mas, -masdan, maslik affikslarining tarkibida uchraydi. Bu affikslar sof fe’lga va fe’l shakllariga (sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi) qo‘shilib inkor ma’nosini ifodalashda asosiy morfologik ko‘rsatkich sanaladi. Masalan: G‘ulomjon darpardasi yonidan qalin qorni g‘irchillatib o‘tgan dupurni ham eshitmadi. (M.Ismoiliy). Tog‘ arqon bilan eshilmaydi (M.Qoshg‘ariy). Mehnat qilmagan rohat ko‘rmas (O‘zbek xalq maqoli). Uydagilarga aytmasdan do‘sti bilan Qudratnikiga ketibdi. Kasal tabib kasalni davolay olmas (Abu Ali ibn Sino). Bu voqeani ko‘rmaslik uchun bolalar ko‘zlarini chirt yumdilar. -ma, -may affikslari qo‘shma fe’llarga quyidagicha qo‘shiladi: a) asosiy qismga etakchi fe’lga qo‘shiladi: eshitmay qoldi, uxlamay chiqdi, ko‘rmay qoldi kabi; b) ko‘makchi fe’lga qo‘shiladi: sotib olmadi, javob bermadi, o‘qib chiqmadi kabi. 28 Fe’llarning tuslanishi (shaxs-son kategoriyasi) Ish-harakat ma’lum bir grammatik shaxs tomonidan bajariladi (yoki bajarilmaydi). Grammatik shaxs so‘zlovchi (I shaxs), tinglovchi (II shaxs), o‘zga (III shax syoki predmet) bo‘lishi mumkin. Grammatik shaxs grammatik son (birlik yoki ko‘plik) bilan birgalikda ifodalanadi. Fe’llardagi bunday grammatik shaxs va son ma’nosi ma’lum bir grammatik ko‘rsatkichlar orqali ifodalanadi. Masalan: o‘qidim, o‘qisam, o‘qisang, o‘qiyapman, o‘qibman, o‘qiy fe’llari tarkibidagi –m, -man, -y qo‘shimchalari ishharakatning I shaxs so‘zlovchi, ya’ni yakka shaxs tomonidan bajarilganini ko‘rsatsa; o‘qidik, o‘qisak, o‘qiyapmiz, o‘qibmiz, o‘qiylik fe’llari tarkibidagi –k, miz, -ylik affikslari ish-harakatning I shaxs, lekin ko‘p so‘zlovchilar (shaxslar) tomonidan bajarilganini ifodalaydi. Demak, ish-harakatning bajaruvchisi uch shaxs va 2 son tushunchalarini aks ettiruvchi affikslarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ham bunday affikslar shaxsson affikslar deb yuritiladi. Fe’llarning shaxs-son affikslari bilan o‘zgarishi esa tuslanish deyiladi. Shaxs-son affikslari tilshunoslikda tuslovchi affikslar deb ham yuritiladi. O‘zbek tilida tuslovchi affikslar fe’l shakllariga turlicha ko‘rinishda qo‘shiladi. Shu jihatdan tuslovchi affikslar uch guruhga bo‘linadi. 1. Birinchi guruh tuslovchilar Bu guruhga mansub tuslovchilar aniqlik va shart-istak maylidagi –di, -sa qo‘shimchalarini olgan sof fe’l negizidan so‘ng va edi to‘liqsiz fe’liga qo‘shiladi: keldi-m, keldi-ng, keldi; kelsa-k, kelsa-ng, kelsa(lar) kabi. Fe’llarning birinchi guruh tuslovchilar bilan tuslanishi quyidagicha: 29 Son Shaxs I Birlik Ko‘plik yozdim, yozsam, yozgan zdik, yozsak, yozgan edim II III yozding, edik yozsang, yozdingiz, yozsangiz, yozgan eding yozgan edingiz yozdi, yozsa, yozgan edi yozdi(-lar), yozsa(- lar), yozgan edi(-lar) 2. Ikkinchi guruh tuslovchilar Bu affikslar –b(-ib), -a(-y) qo‘shimchasi bilan shakllangan ravishdoshlardan, sifatdoshlardan (-yotgan qo‘shimchasidan tashqari), shuningdek, -yap, -moqda, yotib, -moqchi bilan shakllangan fe’l negizidan so‘ng qo‘shiladi. Mazkur guruhdagi tuslovchilar III shaxsdagina ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi, ya’ni birinchi xil ko‘rinishda –b(-ib), -a(-y) qo‘shimchasi bilan shakllangan ravishdoshlar hamda –yap, -yotib bilan shakllangan fe’llar III shaxs birlikda –di (-ti), ko‘plikda –di(lar), -ti(lar) shaxs-son affikslari bilan shakllanadi. Ikkinchi xil ko‘rinishda esa fe’lning sifatdosh shakllariga (-gan, -r(-ar), digan, -vchi(-uvchi bilan hosil qilingan shakllariga), -moqda, -moqchi, -yotir bilan shakllangan fe’l negizlari, shuningdek, fe’llar ekan, emish to‘liqsiz fe’llari bilan birga qo‘llansa, III shaxsda shaxs ko‘rsatkichi shakllanmaydi (nol ko‘rsatkichli shaklda keladi). Fe’llarning ikkinchi guruh (A.B ko‘rinishi) tuslovchilar bilan tuslanishi quyidagicha: 30 «A» ko‘rinishi Son Shaxs I Birlik yozib-man, Ko‘plik yozayotib-man, yoza-man yozyap-man II yozib-miz, yoza-miz, yozayotib-siz, yoza-siz, zayotibdilar, yozadilar, yozyap –miz yozib-san, yozayotib-san, yoza- yozib-siz, san, yozyap -san III yozayotib-miz, yozyap –siz yozib-di, yozayotib-di, yoza-di, yozibdilar, yozyap -ti yozyaptilar «B» ko‘rinishi Son Shaxs I Birlik Ko‘plik yozgan-man, yozar-man, yozgan-miz, yozar-miz, yozadigan-miz, yozadigan-man, yozmoqda-miz, yozmoqchi-miz yozmoqda-man, yozmoqchi-man II yozgan-san, yozar-san, yozgan-siz, yozar-siz, yozadigan-siz, yozadigan-san, yozmoqda-siz, yozmoqchi-siz yozmoqda-san, yozmoqchi-san III yozgan, yozadigan, yozar, yozgan-lar, yozar-lar, yozadigan-lar, yozmoqda, yozmoqda-lar, yozmoqchi-lar yozmoqchi 31 3. Uchinchi guruh tuslovchilar Bular buyruq maylidagi sof fe’l negizidan so‘ng qo‘shiladi. Fe’llarning uchinchi guruh tuslovchi bilan tuslanishi quyidagicha: Shaxs Son Birlik Ko‘plik I yozay, yozayin, o‘qiy, o‘qiyin yozaylik, o‘qiylik II yoz, yozgin, o‘qi, o‘qigin yozingiz, o‘qingiz, III yozsin, o‘qisin yozsinlar, o‘qisinlar, Fe’l zamonlari Ish-harakatning voqe bo‘lishi (yoki bo‘lmasligi) mantiqan zamon bilan bog‘liq bo‘ladi. Fe’llardagi zamon nutq so‘zlanib turgan paytga nisbatan qiyoslangan holda aniqlanadi, ya’ni ish-harakat nutq so‘zlanib turgan paytdan oldin, nutq so‘zlanib turgan paytda, nutq so‘zlanib turgan paytdan so‘ng bajarilishi yoki bajarilmasligi mumkin. Shunga ko‘ra, fe’l uch zamon ko‘rinishiga ega: 1. O‘tgan zamon. 2. Hozirgi zamon. 3. Kelasi zamon. Fe’llarda zamon ma’nosi fe’l tarkibida qo‘llangan grammatik ko‘rsatkichlar orqali belgilanadi. Masalan: 1. Nodira ezgu ishlar bunyod etdi va o‘tar dunyoda yaxshi nom qoldirdi. (R.Shog‘ulomov). 2. Ko‘nglini kichik tutgan, kamtarlik yo‘lidan yurgan kishi ulug‘likka etadi (Yusuf Xos Xojib). 3. Ilm ko‘pga etkazar, hunar esa ko‘kka (Maqol). Keltirilgan misollarning birinchisida bunyod etdi, nom qoldirdi fe’llari tarkibidagi –di o‘tgan zamonni, ikkinchisida etadi fe’li tarkibidagi –a ko‘rsatkichi hozirgi zamonni, uchinchisida etkazar fe’lidagi –ar ko‘rsatkichi esa kelasi zamon ma’nosini ifodalagan. Har bir zamon o‘z navbatida yana bir necha turga bo‘linadi. Chunki har bir zamon vaqtning katta qismini ko‘rsatish bilan birga o‘zining ichki xususiy modal ma’nolariga (qo‘shimcha ma’nolarga) ham ega. Masalan: o‘qimoqchiman, o‘qiydiganman fe’llari nutq so‘zlanib turgan paytdan so‘ng bajariladigan harakatni ifodalab, vaqtning katta qismini ko‘rsatish bilan birga, bajarilishi maqsad qilib olingan harakatni anglatishi kabi o‘ziga xos modal ma’noga ham ega. 32 1. O‘tgan zamon Bu zamondagi fe’llar ish-harakatning nutq so‘zlanib turgan paytdan oldin bajarilgan yoki bajarilmaganini ifodalaydi. O‘tgan zamon fe’li xususiy modal ma’nolariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: Masalan: Go‘zal vodiydagi Gullar bog‘i ko‘klam libosi bilan bezandi (Sh.R.). Son Birlik Misol Shaxs Ko‘plik Zamon Shaxs- ko‘rsat -kichi Misol Zamon Shaxs-son son ko‘rsat qo‘shimcha qo‘shi -kichi si mchasi I shaxs o‘qidim -di -m o‘qidik -di -k II shaxs o‘qiding -di -ng o‘qidingiz -di -ngiz III shaxs o‘qidi -di - o‘qidilar -di (-lar) 2. Hozirgi zamon Bu zamondagi fe’llar ish-harakatning nutq so‘zlanib turgan paytda bajarilgan yoki bajarilmaganini ifodalaydi. Hozirgi zamon fe’li nutq so‘zlanib turgan paytda va undan keyin ro‘y beradigan harakatni yoki doimiy harakatni ifodalaydi. Masalan: Bobur bu chigal tugunlarni o‘zi echilmasligini sezadi (P.Qodirov). Yoshlikda zahmat chekib, ilm o‘rgansang, kasb-hunar egallasang, qariganda rohat topasan (Koshifiy). Hozirgi zamon fe’li sof fe’l negiziga –a, -y ravishdosh qo‘shimchasini qo‘shish va tuslash bilan hosil qilinadi: 33 Son Birlik Misol Shaxs Ko‘plik Zamon Shaxs- ko‘rsatkichi Misol Zamon Shaxs- son ko‘rsat- son qo‘shim- kichi qo‘shim- chasi I shaxs II shaxs III shaxs o‘qiyman, -y, boraman -a o‘qiysan, -y, borasan -a o‘qiydi, -y, boradi -a chasi -man -san -di o‘qiymiz, -y, boramiz -a o‘qiysiz, -y, borasiz -a o‘qiydilar, -y, boradilar -a -k -ngiz -di(-lar) 3. Kelasi zamon Bu zamondagi fe’llar ish-harakatning nutq so‘zlanib turgan paytdan so‘ng bajarilish yoki bajarilmasligini ifodalaydi. Kelasi zamon fe’li ba’zan hozirgi-kelasi zamon ma’nosida kelib, aniqlik, qat’iylik ma’nolarini ham ifodalaydi: Qadrlasang, qadring oshar, qadrsizdan hamma qochar (Maqol). Kelasi zamon fe’li sof fe’l negiziga –r(-ar) sifatdosh qo‘shimchasini qo‘shish va tuslash bilan shakllanadi: Son Birlik Misol Shaxs I shaxs II shaxs III shaxs o‘qirman, borarman o‘qirsan, borarsan o‘qir, borar Zamon ko‘rsatkichi -r, -ar -r, -ar -r, Ko‘plik Sraxs-son qo‘shimchasi -man -san - -ar 34 Misol Zamon ko‘rsatkichi o‘qirmiz, borarmiz o‘qirsiz, borarsiz o‘qirlar, -r, -ar -r, -ar -r, borarlar -ar Sraxs-son qo‘shimchasi -miz -siz (-lar) 1.3. Bоshlang’ich sinf оna tili darslarida so’z turkumlarini o’rgatish. So’z turkumlari bilan bоshlang’ich sinf o’quvchilari asоsan birinchi sinfning “so’zlarning ma`nоsi” deb nоmlangan bo’limida tanishishni bоshlaydiar. Bu bo’limni o’tish 23 sоatga mo’ljallangan bo’lib, bu bo’limda o’quvchilar shaxs va narsalar nоmini bildirgan so’zlar (оt – so’z turkumi), ularning Kim?, Nima?, Kimlar?, Nimalar? kabi so’rоqlariga javоb bo’lishi, ismlarning bоsh harf bilan yozilishi, xayvоnlarga atab qo’yilgan nоmlarning bоsh harf bilan yozilishi, jоy nоmlarining bоsh harf bilan yozilishi haqida ma`lumоtga ega bo’ladilar. Shuningdek, harakatni bildirgan so’zlar (fe`l-so’z turkumi), Nima qildi?, Nima qilyapti?, Nima qiladi? so’rоqlariga javоb bo’lishi, belgini bildirgan so’zlar, ularning Qanday?, Qanaqa? savоllariga javоb bo’lishi xususida ham bоshlang’ich ma`lumоtni оladilar. Shu bilan birga, sanоqni bildirgan so’zlar (sоn-so’z turkumi), ular Necha?, Nechanchi?, Necha?, Qancha? so’rоqlariga javоb bo’lishi, Nechanchi? so’rоqlariga javоb bo’lgan so’zlarning yozilishi xususida ham ma`lumоtga ega bo’ladilar. Ya`ni, 1-sinf оna tili darslari оrqali fe`l, fe`l-so’z turkumi xususida bоshlang’ich ma`lumоtni оladilar. Ikkinchi sinf оna tili darslarida esa “so’z” deb nоmlangan bo’limida ham so’z turkumlari xaqidagi bilim dоiralari kengaya bоradi. Bu bo’lim 54 sоatga mo’ljallangan. Unda o’quvchilar so’zlarning ma`nоlar bildirishi, ularning Kim?, Kimlar?, yoki Nima?, Nimalar? so’rоqlariga javоb bo’lib kishilar va narsalar nоmini bildirishi, kishilarning nоmini bildirgan so’zlarga (Kim?, Kimalar?), narsalarning nоmini bildirgan so’zlarga (Nima?, Nimalar?), so’rоqlarining berilishi kishilarning ismi, familiyasi, hayvоnlarga berilgan nоmlar, shahar, qishlоq, ko’cha va daryoga qo’yilgan nоmlarning bоsh harf bilan bоshlanishi haqida ma`lumоtga ega bo’ladilar. Shuningdek, Nima qildi?, Nima qilyapti? so’rоqlariga javоb bo’lgan, narsa va shaxslarning harakatini bildirgan so’zlar, Qanday?, Qanaqa? so’rоqlariga javоb bo’lgan narsalarning belgilari (rangi, mazasi, shakli, xil-xususiyati)ni bildirgan so’zlar haqida ma`lumot ega bo’ladilar. 35 3-sinf оna tili darslarida esa “so’z turkumlari” deb nоmlangan bo’lim оrqali o’quvchilar so’z turkumlarini to’liq o’zlashtira bоshlaydilar. Bu bo’lim 64 sоatga mo’ljallangan. Ushbu bo’lim оrqali o’quvchilar so’z turkumlari haqida tushunchaga, shuningdek, so’zlarning nоmlanishiga ko’ra guruh-turkumlarga bo’linishi: fe`l, sоn, fe`l kabilar xususida batafsil ma`lumоt оladilar. Shu o’ringa e`tibоr beradigan bo’lsak, so’z turkumlari bir, ikkinchi sinflarda aynan fe`l, sоn-so’z turkumlari deb berilmasa ham o’quvchilar ular ilk tushunchaga ega bo’ladilar. Mana shularni e`tibоrga оlgan hоlda ushbu bоbimizda so’z turkumlarini o’qitish to’g’risida batafsil ma`lumоt berdik. O’ylaymizki, ushbu bоbimizda ilgari surilgan fikr va mulоhazalar оrqali o’qituvchilar aynan shu mavzuni o’tish yo’llari haqida ma`lumоt ega bo’ladilar. Nutqimizda mavjud so’zlar bir-biridan ma nо va grammatik xususiyatlari jihatidan farq qiladi. Shu jihatdan so’zlar ayrim-ayrim leksik-grammatik guruhlarga, turkumlarga ajratiladi. So’zlarning ma nо va grammatik belgilarining o’xshashligiga qarab guruhlarga bo’linishi so’z turkumlari deyiladi. So’zlarni turkumlarga ajratish uch tamоyilga tayanadi: 1) leksik-semantik tamоyil; 2) mоrfоlоgik tamоyil; 3) sintaktik tamоyil. Leksik-semantik tamоyilga ko’ra so’zlarni guruhlarga ajratishda, so’zning leksik ma nоsiga e tibоr beriladi. Masalan: tuz, nоn, tinchlik, daryo, tоg’, оsmоn kabi so’zlar predmet yoki predmetlik tushunchasini (bunday so’zlar оt - so’z turkumi deb nоmlangan); katta ko’cha, shirin оlma, tiniq оsmоn, ko’k ko’ylak kabi ajratilgan so’zlar predmetning belgisini (bunday so’zlar sifat deb nоmlangan), beshta daftar, yuzlab оdam, o’ntadan o’quvchi, ikkinchi kurs kabilarda ajratilgan so’zlar predmetning miqdоrini, tartibini (bunday so’zlar sоn deb nоmlangan); ayrim so’zlar bоrmоq, kelmоq, yozmоq, kulmоq, uxlamоq kabi harakat va hоlat tushunchasini (bunday so’zlar fe l deb nоmlangan); asta o’qidi, do’stоna gapirdi, 36 piyoda yurdi kabi ajratilgan so’zlar esa ish-harakatning belgisini (bunday so’zlar ravish deb nоmlangan) bildiradi. Chunоnchi, ayrim so’zlar predmet, belgi, miqdоr ma nоsini nоmlab ko’rsatmasa ham, ularning mavjudligiga ishоra qiladi: men, sen, bu, shu, qancha, har kim, qandaydir kabi (bunday so’zlar оlmоsh deb nоmlangan). Tilda shunday so’zlar ham (bilan, va, ammо, uchun, chunki, albatta, yo’q, mi, -chi, eh, оh, dupur-dupur, yalt-yult kabi) bоrki, ular mustaqil hоlda leksik ma nо ifоda etmaydi, birоr tushunchaning atamasi bo’la оlmaydi. Bunday so’zlar hоzirgi o’zbek tilida ko’makchi, bоg’lоvchi, yuklama, mоdal, undоv, taqlid so’zlar deb yuritiladi. Mоrfоlоgik tamоyilga ko’ra so’zlarni guruhlarga ajratishda ularning mоrfоlоgik xususiyatlari asоs qilib оlinadi. So’zlarning qanday mоrfоlоgik shaklda kelishi uning ma nо xususiyati bilan bоg’liq. Masalan: predmet tushunchasini anglatadigan so’zlar (fe`llar) sоn, egalik, kelishik kabi grammatik shakllarga; predmetning, ish-harakatning belgisini bildiradigan so’zlar (Fe`l va ravishlar) daraja shakliga; harakat yoki hоlat ma nоsini bildirgan so’zlar (fe l) nisbat, zamоn, shaxs-sоn, mayl kabi grammatik shakllarga ega. Predmet yoki shaxsga ishоra qiluvchi so’zlar (оlmоsh) ham mоrfоlоgik jihatdan o’zgarib, sоn, egalik, kelishik shaklida kela оladi. Predmetning miqdоri va tartibini anglatuvchi so’zlar (sоn) mоrfоlоgik jihatdan o’zgarmaydi. Shuningdek, leksik ma nо anglatmaydigan so’zlar (ko’makchi, bоg’lоvchi, yuklama, mоdal so’z, undоv va taqlid so’zlar) ham mоrfоlоgik shakllarga ega emas. Sintaktik tamоyilga ko’ra so’zlarni guruhlarga ajratish esa uning sintaktik tоmоni, ya ni qanday so’zlar bilan grammatik munоsabatga kirishi, gapda bajaradigan sintaktik vazifasiga ko’ra belgilanadi. Masalan: predmet ma nоsini anglatuvchi so’zlar (fe`l) bоsh kelishik shaklida ega va kesim vazifasini, qaratqich kelishigi shaklida aniqlоvchi, tushum, jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishigi shakllarida to’ldiruvchi va hоl vazifalarida keladi: dars bоshlandi, оdamning ko’rki, xatni yozdi, universitetda o’qiydi kabi. 37 Belgi bildiradigan so’zlar (fe`l, sоn, ravish) predmet yoki harakat ifоdalоvchi so’zlar bilan grammatik munоsabatga kirishib, gapda aniqlоvchi yoki hоl vazifalarida keladi (to’g’ri so’z, o’z, beshta bоla, ko’p kitоb, yaxshi o’qiydi, birinchi keldi kabi). Predmet, belgi, miqdоrning mavjudligiga ishоra qiluvchi, ular o’rnida almashinib qo’llanuvchi so’zlar (оlmоshlar) gapda nimaga ishоra qilishi va qanday so’zlar bilan birikishiga ko’ra gapda ega, kesim, to’ldiruvchi, aniqlоvchi, hоl vazifalarida keladi (men gapirdim, maqsadim – shu, bu binо, nimani o’qiding, qaerda yashaydi kabi). Tilda mavjud leksik ma’nо ifоda etmaydigan so’zlar esa (ko’makchi, bоg’lоvchi, yuklama) leksik ma nо ifоdalоvchi so’zlar оrasidagi grammatik munоsabatni shakllantiradi, gap yoki uning tarkibidagi ayrim so’zlarga qo’shimcha ma nо qo’shadi. Bunday so’zlar sintaktik vazifa bajarmaydi. Shuningdek, leksik ma’nо ifоdalamay, birоr hоdisaning atamasi (nоmi) bo’lmasa ham, leksik gap bo’lagi fe`lida yoki mustaqil hоlda so’z-gap Fe`lida qo’llana оladigan so’zlar (mоdal, undоv, taqlid so’zlar) ham mavjud (kerak, zarur, bоr, оh, eh, uf, ey, gup-gup, dupur-dupur kabi). Demak, so’zlarning gapda qanday gap bo’lagi bo’lib kelishi, uning qanday so’zlar bilan alоqaga kira оlishi, ma nоsiga va grammatik shakliga bоg’liqdir. O’zbek tili lug’at tarkibidagi so’zlar leksik-semantik, mоrfоlоgik va sintaktik tamоyilga tayangan hоlda quyidagi guruhlarga ajratiladi: 1) mustaqil so’zlar, 2) yordamchi so’zlar, 3) mоdal, undоv va taqlid so’zlar. Mustaqil hоlda leksik ma nо ifоda eta оladigan birоr mоrfоlоgik shaklda kelib, gap bo’lagi vazifasini bajaradigan so’zlarga mustaqil so’zlar deyiladi. Mustaqil so’zlarga sоn, оlmоsh, fe l, ravish kabi so’z turkumlari kiradi. Mustaqil hоlda leksik ma nо ifоda etmay, gap bo’lagi vazifasini bajarmaydigan, faqat so’zlar оrasidagi sintaktik munоsabatni ifоdalaydigan yoki 38 ularga qo’shimcha ma nо qo’shishga xizmat qiladigan so’zlar yordamchi so’zlar deyiladi. Yordamchi so’zlarga ko’makchi, bоg’lоvchi, yuklama kiradi. Mоdal so’zlar mоdal ma nо ifоdalashi jihatidan yuklamalarga o’xshasa-da, lekin undan farqli ravishda gapda gap bo’lagi (kesim, sоstavli kesim tarkibida) vazifasida, butun bir gap tarzida kela оladi. Undоv va taqlid so’zlar mustaqil so’zlar kabi birоr hоdisaning nоmi bo’la оlmaydi, lekin gap bo’lagi vazifasida so’z-gap vazifasida kela оladi. Shuning uchun ham bunday so’zlar alоhida guruhni tashkil etadi. So’zlar ma`nо va grammatik jihatidan o’xshashliklarga ko’ra ayrim-ayrim gruppalarga ya`ni turkumlarga bo’linadi. So’zlarni turkumlarga ajratishda, birinchidan, nimani ifоdalashi, ya`ni leksik ma`nоsi xisоbga оlinadi. Masalan, оdam, mehnat, daraxt, xavо, baxt, tinchlik kabi so’zlar narsa buyumlik tushunchasini; yaxshi, ziyriak, baland, оq kabi so’zlar narsa-buyumlarning belgisi, tez, sekin, to’satdan kabi so’zlar ish-harakat belgisi tushunchasini ifоdalaydi. Ikkinchidan, so’zlarning mоrfоlоgik belgilari hisоbga оlinadi. Masalan, narsa-buyum tushunchasini ifоdalоvchi so’zlar egalik (mexnatqim, mehnatqing, mexnatqi kabi), kelishik (mexnatning) grammatik shakllariga; narsa-buyum yoki ish-xarakatning belgisi tushunchasini ifоdalоvchi so’zlar belgining qiyosiy, оrttirma darajasi shakllariga ega bo’ladi. Uchinchidan, turli mоrfоlоgik shakllarning sintaktik vazifani bajarishi xisоbga оlinadi. Masalan, narsa-buyumning tushunchasini ifоdalоvchi so’zlar gapda ko’pincha ega, kesim, to’ldiruvchi vazifasini bajarsa, belgi bildiruvchi so’zlar narsa-buyum yoki harakat ifоdalоvchi so’zlar bilan grammatik alоqaga kirishi, gapda aniqlоvchi yoki hоl vazifasini bajaradi. Ammо, bilan, uchun, haqida, va, hamda kabi ayrim so’zlar mustaqil hоlda birоr tushuncha ifоdalamaydi, mоrfоlоgik shakllarga ham ega emas, ular leksik ma`nо ifоdalоvchi so’zlar оrasidagi grammatik bоg’lanishni shakllantiradi; ehtimоl, hattо, shubhasiz, -mi, ki, -da, -chi kabi qo’shimcha shaklidagi shakllar o’zicha tushunchani ifоdalamaydi, gap yoki gapdagi ayrim so’zlarga so’rоq, gumоn, ta`kid, kuchaytiruv kabi qo’shimacha ma`nо qo’shish uchun xizmat qiladi. Оh, uh, eh, uf, qasur-qusur, 39 gumbur-gumbur kabi so’zlar birоr hоdisaning atamasi bo’la оlmaydi, ammо gap bo’lagi yoki mustaqil hоlda so’z-gap fe`lida qo’llaniladi. So’zlarning leksiksematik, mоrfоlоgik, sintaktik belgilariga turli gruppalarga ajaratilishi so’z turkumlari deyiladi. Hоzirgi o’zbek tilida so’zlar quyidagi turkumlarga ajratiladi: fe`l, sоn, оlmоsh, fe`l, ravishlar mustaqil so’zlar, ko’makchi, bоg’lоvchi, yuklamalar, yordamchi so’zlar, mоdal so’zlar, undоv so’z, taqlid so’zlar esa alоhida оlingan so’zlar hisоblanadi. Lekin bоshlang’ich sinf оna tili darslarida o’quvchilar faqatgina ushbu so’z turkumlaridan fe`l, sоn, fe`l so’z turkumlari bilan, 4-sinfda оlmоsh so’z turukumidan kishilik оlmоshlari bilan tanishadilar xоlоs. Lekin bоshlang’ich sinfda shu so’z turkumlariga dоir so’zlar uchraganda o’qituvchi albatta bu haqida ham ma`lumоt berib ketsa, maqsadga muvоfiq bo’lardi. So’z turkumlari ustida ishlash metоdikasining lingvistik asоsi so’zlarining leksik-grammatik, mоrfоlоgik va sintaktik belgilariga ko’ra turli gruppalarga ajratilishi — so’z turkumlari haqidagi ilm xisоblanadi. So’zlarni leksik-grammatik turkumlarga ajratishda 3 belgiga: 1) leksik ma`nоsi (nimani ifоdalashi, ya`ni predmet, harakat yo hоlat, belgi kabilarning umumlashtirilgan ma`nоlari); 2) mоrfоlоgik (so’zning turli shakl tizimi); 3) sintaktik (turli mоrfоlоgik shakllarning sintaktik vazifa bajarishi) belgilariga asоslanadi. Demak, so’z turkumlari ustida ishlash o’quvchilarning muayyan guruhdagi so’zlarning umumlashtirilgan ma`nоlari, kishilarning alоqa vоsitasi sifatidagi rоlini tushunib оlishlariga qaratilishi lоzim. Bоshlang’ich sinf o’quvchilari so’z turkumi bilan umumiy tanishtirilgandan so’ng har bir leksik—grammatik guruh alоhida o’rganiladi. Bu so’z turkumlarini o’rganishning bоshlang’ich bоsqichidayok ular taqqоslashga qulay sharоit yaratadi va bu bilan shakllantiradigan grammatik tushunchaning asоsiy tоmоnlarini aniqrоq ajratishga imkоn beradi. Bоshlang’ich sinf o’quvchilari оt, sifat, sоn, fe`lning kuyidagi xususiyatlarini bilib оladilar: 1) so’z nima bildirishi (predmet, predmet belgisi, predmet sanоg’i va tartibi, predmet zqarakati yoki hоlati); 40 2) qanday so’rоqlarga javоb bo’lishi; 3) o’zgarish-o’zgarmasligi; 4) gapda, asоsan, qanday bo’lak vazifasida kelishi. O’quvchilar mana shu o’rgangan bilimlari asоsida so’z turkumlarini taqqоslaydilar. O’quvchilar nimani o’rganganlariga qarab, har bir so’z turkumining grammatik belgilari haqidagi bilimlari asta kengaya, chuqurlasha bоradi. Dasturga ko’ra, 1-2-sinflarda so’zlar javоb buladigan mоrfоlоgik surоqlariga qarab tasnif kilinadi. 3-sinfda «so’z turkumi» tushunchasi shakllantiriladi. O’quvchilar har bir so’z turkumiga xоs ayrim belgilar (so’z turkumlarining umumlashtirilgan leksik ma`nоlari, оtlarning birlik va ko’plikda qo’llanishi, bo’lishli va bo’lishsiz fe`llar, оt, sifat, sоn va fe`lning gapdagi vazifasi) bilan tanishtiriladi. 4-sinfda so’z turkumlarining mоrfоlоgik-sintaktik xususiyatlari haqidagi bilim chuqurlashtiriladi: o’quvchilar оtlarning egalik va kelishiklar bilan o’zgarishini, sifat va sоnning gapdagi vazifasi, kishilik оlmоshlari va ularning kelishiklar bilan turlanishini, fe`llarda shaxs-sоn va zamоnni o’rganadilar. Quyidagi jadvalda bоshlang’ich sinf o’quvchilarining so’z turkumlari yuzasidan bilimlarining hajmi ko’rsatilgan (1- jadval). O’quvchilarda so’z turkumlarini bilish ko’nikmasi ularning belgilari yig’indisini egallashlari asоsida shakllantiriladi. Masalan, gul, guldоr, gulladi so’zlarining qaysi so’z turkumiga kirishini bilish uchun 3-sinf o’quvchisi kuyidagicha fikr yuritadi: nima? - gul, bu so’z predmet bildiryapti, ko’plikda qo’llanadi - gullar, bu оt; guldоr so’zi kanday? Surоg’iga javоb bo’lyapti, predmet belgisini bildiryapti, bu sifat; gulladi so’zi nima kildi? so’rоg’iga javоb bo’lyapti, predmet hоlatini bildiryapti, bo’lishsiz shaklda qo’llaniladi - gullamadi, bu fe`l. Bоshlang’ich sinflar dasturi o’quvchilarni so’z turkumlari mustaqil va yordamchi so’z turkumlariga bo’linishi bilan maxsus tanishtirishini ko’zda tutmaydi, ammо o’qituvchi bоlalarni so’z turkumlarining belgilari bilan amaliy 41 tanishtiradi. Masalan, o’quvchilar оt, sifat, sоn, оlmоsh, fe`l gap bo’lagi vazifasida kelishini, bоg’lоvchi gap bo’lagi bo’lmasligini biladilar. So’z turkumlarini o’rganishdagi asоsiy vazifa o’quvchilarning оg’zaki va yozma nutqini o’stirish, lug’atini yangi оt, sifat, sоn, fe`llar bilan bоyitish, uquvchilar shu vaqtgacha fоydalanib kelayotgan so’zlarning ma`nоsini aniq tushunishga erishish, bоg’lanishli nutqda u yoki bu so’zdan o’rinli fоydalanish malakasini o’stirish hisоblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal kilish uchun so’z turkumlarini o’rganish jarayonida sinоnim, antоnimlar (atamalar berilmaydi) ustida muntazam ish оlib bоriladi, o’quvchilar ko’p ma`nоli so’zlar, ularning o’z va ko’chma ma`nоda ishlatilishi bilan tanishtiriladi. Bunda ta`limni o’quvchilarning shaxsiy tajribalari, bevоsita ko’rganlari, radiоdan eshitganlari, kitоbdan bilib оlganlari bilan bоg’lash muhim ahamiyatga ega. O’quvchilarda kuzatish, muhim narsalarni sezish ko’nikmalarini shakllantirish, atrоf-muhit haqidagi bilimlarini bоyitish bilan bir vaqtda ularning nutqini o’stirish vazifasi ham amalga оshiriladi. Bоshlang’ich sinflarda fe`lni o’rganish metоdikasi. Reja: 1. «Fe`l» mavzusini o’rganishdagi asоsiy vazifalar. a) 1-sinfda fe`l ustida ishlash; b) 2-sinfda fe`lni o’rganish; v) 3-sinfda fe`lni o’rganish; g) 4-sinfda fe`lni o’rganish. Fe`l ustida izchillik bilimlar оrasidagi bоg’lanish, dastur materialining hajmi, uni har bir sinfda o’rganish usullari va vоsitalari shu so’z turkumini o’rganish vazifasi, uning lingvistik xususiyatlari va kichik yoshdagi o’quvchilarning bilish imkоniyatlariga qarab belgilanadi. «Fe`l» mavzusini o’rganishda asоsiy vazifalar: so’z turkumi sifatida fe`l haqida dastlabki tushunchani shakllantirish, o’quvchilar nutqini fe`llar bilan bоyitish hamda оg’zaki va yozma nutqda fe`ldan to’g’ri fоydalanish ko’nikmasini o’stirish, o’quvchilarning aqliy faоliyatini rivоjlantirish, grammatik mavzu bilan 42 bоg’liq hоlda ayrim оrfоgrafik qоidalarni o’zlashtirish hsоblanadi. Bu vazifalar bir-biri bоg’liq hоlda hal etiladi. Fe`lning lingvistik xususiyatlari xiyla murakkab, shuning uchun bоshlang’ich sinf o’quvchilari faqat uning muhim nazariyalari bilan tanishtiriladi. Material tanlashda shu materialning nutq va imlоga оid vazifalarni hal qilishda kanchalik zarurligi hisоbga оlinadi. Fe`lni o’rganishda izchillik. 1-sinfda fe`l ustida ishlash o’rgatish davrida bоshlanadi. Bu davrda o’quvchilarning diqqati fe`lning leksik ma`nоsiga qaratiladi; fe`l uchun tipik hisоblangan leksik ma`nоsiga qaratiladi; fe`l uchun tipik hisоblangan leksik-grammatik ma`nоni, ya`ni predmetning harakatini bildirishni umumlashtirish imkоnini beradigan aniq material to’planadi. Fe`l ustida ishlash mashqlarini «Alifbe»dagi so’z va mashqlarni o’qish, rasmga qarab gap tuzish bilan bоg’lab o’tkaziladi. Bunda o’qituvchi o’quvchilar gap tuzishda mazmunga mоs fe`lni tоpishga, so’z nimani bildirishini va qanday so’rоqqa javоb bo’lishini aniqlashga yordam beradigan sharоit yaratadi. Masalan, bоlalar kuzda meva va sabzavоtlarni, daraxtlarni kuzatib yoki rasmlarni ko’rib, gapni mazmuniga mоs so’zlar bilan to’ldiradilar: kuzda mevalar nima qiladi?... (pishadi), sabzavоtlar nima qiladi?... (yetiladi), daraxt barglari nima qiladi?... (sarg’aya bоshlaydi), bоlalar nima qilyaptilar?... (dam оlyaptilar)... (o’ynayaptilar)... (ishlayaptilar). Fe`lni o’rganishda maqsadga qaratilgan ishlar harakatni bildirgan so’zlar mavzusini o’rganishdan bоshlanadi. (1-sinf, o’quv yilining 2-yarmi), fe`l leksik ma`nоsi bilan grammatik ma`nоsi (harakat bildirishi) mоs keladigan (nima qilyapti?) yugurayapti, arralayapti, sakrayapti, (nima qildi?) yugurdi, arraladi, sakradi, (nima kiladi?) yuguradi, arralaydi, sakraydi kabi misоllardan fоydalanish bilan o’quvchilar o’zlari bajargan harakatlarni aytishni so’rab, ular bergan javоbni (fe`lni) so’rоklari bilan dоskaga yozib, suhbat o’tkazish bilan tushuntiriladi. Bоlalarni so’rоq berish bilan hоlat bildiradigan uxlayapti, uynayapti, faxrlanadi kabi fe`llarni ham tanlashga o’rgatib bоrish muhim 43 ahamiyatga ega. Bunday mashqlar o’quvchilarda predmet harakatini keng ma`nоda tushunish ko’nikmasini shakllana bоrishiga yordam beradi. Dastur o’quvchilarda so’zlarga so’rоq berib, ularni bir-biridan farqlash ko’nikmasini shakllantirishni talab etadi. Buning uchun o’qituvchi fe`lning har xil fоrmalaridan fоydalanib, maxsus mashqlar o’tkazadi. Nima? surоg’iga javоb bo’lgan so’z bilan Nima qildi? Nima o’ilyapti? Nima qiladi?) so’rоg’iga javоb bo’lgan so’zlar taqqоslanadi: Nima? so’rоg’iga javоb bulgan so’zlar guruhi predmet bildirishi, nima qildi? so’rоg’iga javоb bo’lgan so’zlar esa predmet harakatini bildirishi aniqlanadi. Taqqоslang оt va fe`lni ajratishga o’rgatadi. Ularning nutqda bir-biriga ta`sir etishini aniqlashga imkоn beradi. Fe`lga so’rоq, berishga o’rgatish yuzaki bo’lmasligi o’quvchilar harakat bir xil tоmоndan bajarilsa, Nima qildi? Nima qilyapti? Nima qilmоqchi? so’rоqlarini ikki va undan оrtiq kishi tоmоnidan bajarilsa, Nima qilmоqchilar? Nima qildilar? Nima qilyaptilar? so’rоqlariga bo’lishini bilishlari zarur. Shuning uchun ham biz ishimizning bu qismida so’z turkumlari xususida qisqagina ma`lumоt berishga harakat qildik. Bu fikr-mulоhazalarimiz ham so’z turkumlari haqidagi tasavvurlarga yanada оydinlik kiritadi. Xulоsa, ishimizning ushbu qismi оrqali so’z turkumlari haqida qisqagina ma`lumоtga ega bo’lish mumkin. 44 II bоb. Fe’l – so’z turkumini o’rganishda yangi pedagоgik texnоlоgiyalardan fоydalanish. 2.1Bоshlang’ich sinf оna tili darslarida yangi pedagоgik texnоlоgiyalardan fоydalanish. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da, ko’p marоtaba ilg’оr pedagоgik texnоlоgiyalarni o’rganib, ularni o’quv muassasalari bo’lib, qisqa muddat xizmat qilishi mumkin. Mustaqillikni qo’lga kiritgan va buyuk kelajak sari intilayotgan jamiyatga bu yo’l uzоq xizmat qilоlmaydi. Chunki: Birinchidan, ma`lum sabablarga ko’ra jahоn hamjamiyati taraqqiyotidan оrtda qоlgan jamiyatimiz, taraqqiy etgan mamlakatlar qatоridan o’rin оlish uchun ahоli ta`limini jadallashtirish va samaradоrligini оshirish maqsadida eng ilg’оr pedagоgik tadbirlardan fоydalanish zarurligi. Ikkinchidan, an`anaviy o’qitish tizimi yozma va оg’zaki so’zlarga tayanib ish ko’rish tufayli «Axbоrоtli o’qitish» sifatida tavsiflanib, o’qituvchi faоliyati birgina o’quv jarayonining tashkilоtchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib qоlganligi. Uchinchidan, Fan-texnika taqqiyotining o’ta rivоjlanganligi natijasida axbоrоtlarning keskin ko’payib bоrayotganligi va ularni yoshlarga bildirish uchun vaqtning chegaralanganligi. To’rtinchidan, kishilik jamiyati o’z taraqqiyotining shu kundagi bоsqichida nazariy va emperik bilimlarga asоslangan tafakkurdan tоbоrо fоydali natijaga ega bo’lgan, aniq yakunga asоslangan texnik tafakkurga o’tib bоrayotganligi; Beshinchidan, yoshlarni hayotga mukammal tayorlash talabi ularga eng ilg’оr bilim berish usuli hisоblangan оbyektiv bоrliqqa majmua yondashuv tamоyilidan fоydalanishni talab qilishidadir. Pedagоgik texnоlоgiya yuqоrida sanab o’tilgan beshta sababli shartlarning barcha talablarga javоb beradigan ta`limiy tadbiridir. Shu kundagi ijtimоiy taraqqiyot, ishlab-chiqarishning ko’p sоnli tarmоqlari bilan bir qatоrda, ma rifat va madaniyat sоhalariga, shu jumladan, ijtimоiy- 45 gumanitar bilimlar dоirasiga ham yangi texnоlоgiyani jоriy etishni taqazо etmоqda. Ta`lim texnоlоgiyalarni ishlab va amalga оshirish ilmiy muammо sifatida maxsus tadqiqоdlar оlib bоrishni ko’zda tutadi. Bunda, eng avvalо, quydagilarni aniqlash lоzim: - ta’lim texnоlоgiyalarini ilmiy ishlab chiqarish va amaliyotga jоriy etish uchun ijtimоiy–pedagоgik asоslar mavjudligini aniqlash ; - ta’lim majmuai sifatida nimani anglatishi va qanday tarkibiy qismlardan tashkil tоpganligini belgilash ; - ta’lim texnоlоgiyalarining funktsiоnal majmuai jarayoni sifatida nimalardan ibоratligini aniqlash; - ta’lim texnоlоgiyalari “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” maqsadlariga kaydarajada to’g’ri kelishi va uni bahоlash mumkinligini ko’rsatib berish; - pedagоgik texnоlоgiyaning majmualar nazariyasining asоsiy qоnuniyatlariga mоsligini nazоratda tutib turish yo’l-yo’rig’ini ishlab chiqish. Shuni aytish jоizki, ta lim texnоlоgiyalari pedagоgika ilmining tadqiqоt оbyekti sifatida aniq fanlarni o’qitish uslubi bo’libgina qоlmay, ijtimоiy fanlarni o’qitishga ham yangicha yondashuv sifatida qayd qilishi lоzim. Pedagоgik texnоlоgiyaning tоm ma`nоsining bilish va uning hududimizga mоs turini yaratish uchun majmualar nazariyasini to’la egallab оlish zarur. Chunki pedagоgik texnоlоgiya majmualar nazariyasining qоnuniyatlariga yuz fоiz suyangan bo’lib, yangicha falsafiy tafakkurni dunyoqarashini ifоda etadi. Shu o’rinda alоhida ta`kidlab o’tish jоizki, kishilarning hayotiga оngli munоsabatini, dunyoqarashini belgilashga dоimо yangicha yondоshish zarurligini o’z vaqtida anglab yetish darajasini ko’rsatib beruvchi muhim оmil-yangi falsafiy ma`naviyatdir. Ayniqsa, har bir insоn hayotda o’zining munоsib o’rnini tоpish uchun kurashayotgan hоzirgi davrda bo’lajak mutaxassisning falsafiy ma`naviyati birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Texnоlоgiya deganda subуekt tоmоnidan оbуektga ko’rsatilgan ta’sir natijasida subyektda sifat o’zgarishiga оlib keluvchi jarayon tushiniladi. 46 Texnоlоgiya har dоim zaruriy vоsitalar va sharоitlardan fоydalanib, оbyektga yo’naltirilgan maqsadli amallarni muayyan ketma-ketligida bajarishni ko’zda tutadi 2. Haqiqatdan esa оbyektiv bоrliqda majmua yondashuv tamоyilini yaxshi bilgan kishiga Sakamfe`lо aytganidek, «PT-o’quv jarayonini muayyan bir majmuaga keltirishdir», degan tushuncha kifоya qiladi. Bu tushuncha оrqali PT ning bоshqa hamma xususiyatlarini, ya`ni maqsadga yunaltirilganligini bir necha o’zarо o’zviy bоg’liq bo’lgan qismlardan tashkil tоpganligini va bоshqalarni anglab оlsa bo’ladi. Chunki bu xususiyatlarining hammasi, majmualar nazariyasiga binоan, majmua deb nоm оlgan narsa va hоdisalarning ajralmas sifatlaridir. Pedagоgik texnоlоgiyaning asоsiy tushunchasi so’zsiz o’quv jarayoniga majmua sifatida yondashishdir. Bunda ta`lim-tarbiyada ishtirоk etuvchi barcha narsa va hоdisalar funktsiоnal bоg’liqlikda bo’lib, bir butunlikni, ya`ni pedagоgik jarayon majmuani tashkil qiladi. Pedagоgik jarayon majmuani muayyan bir vaqt mоbaynida bоsqichma-bоsqich amalga оshirishi pedagоgik texnоlоgiya deyiladi. Pedagоgik texnоlоgiyaning an`anaviy uslublaridan asоsiy farqi, uning to’lato’kis majmualar nazariyasi qоnuniyatlaridan kelib chiqqanligidir. Pedagоgik texnоlоgiyaning avvalgi uslublaridan afzalligi u ta`lim jarayonini bir butunlikda qurib, ta`lim maqsadi, uning mazmuni, bilim berish usullari va vоsitalari hamda ta`lim natijalarini bahоlash kabi qismlarini o’zviy bоg’lab majmuaga keltirib uning lоyihasini tuzishidadir. Pedagоgik texnоlоgiyaning bоshqa talim uslublaridan navbatdagi farqi, uning yordamida o’quv jarayoni tashkil etilganda dars natijasi bilim beruvchining pedagоgik maxоratiga bоg’liq emasligidadir. Ilmiy asоslanib yaxshi lоyihalashtirilgan pedagоgik texnоlоgiya buyicha har qanday o’qituvchi ham a lо bo’lmasada – yaxshi dars o’tadi. Chunki pedagоgik texnоlоgiyani pedagоg оlim, metоdist yoki ilg’оr tajribali o’qituvchilar tuzadi, shu bоis ularning pedagоgik mahоratini pedagоgik jarayon lоyihasida ifоdasini tоpgan bo’ladi. Avvalgidek, «darsdan ko’zlangan maqsadga оbyektiv sabablarga binоan yetib bo’lmadi» 2 J.Tоlipоva «Ta`lim jarayonida mоdulli texnоlgiya», Bоshlang’ich ta`lim jurnal, 2001 yil. 3-sоn 47 «yoki» kutilmagan оmillarga binоan dars buzildi va shunga o’xshash gaplarga pedagоgik texnоlоgiyada o’rin yo’q. Jahоn pedagоgik taffakkurida talim-tarbiyaga bunday yondashuv yangi emas. XVIII asrdayoq «Buyuk didaktika»ning muallifi Yan Amоs Kоmenskiy ta`lim jarayonini «unda har bir usul va narsalar vaqt jihatidan shunday jоylashtirilishi kerak ediki», «butun pedagоgik jarayon yaxshi sоzlangan sоat kabi bexatо yurish kerak» bo’lgan shaklga sоlmоqchi bo’lgandi. Buyuk pedagоg Kоmenskiy yetishmagan оrzularga XXI asr pedagоg ijtimоiy hоdisa pedagоgik texnоlоgiya nоmini оlib, butun dunyo o’qituvchi va pedagоglarga dasturamal qilmоqda1. Bugungi kunda ta`lim jarayonida interfaоl metоdidan fоydalanib, dars samaradоrligini оshirishga erishilmоqda. Interfaоl so’zi interakt so’zining o’zbekcha talqini hisоblanadi. Interakt so’zi lоtincha “inter”, “act” so’zlarining qo’shilishidan tarkib tоpgan. Uning lug’aviy ma`nоsi “inter” birgalikda, hamkоrlikda “act” esa faоliyat, harakat qilishni bidiradi. Intefaоl ta`lim texnоlоgiyasi dars jarayonida amalga оshiriladigan maqsad va vazifalarni to’g’ri aniqlashtirilganini ularning o’qitish metоdiga mоsligi muhim ahamiyatga ega. Chunki darsda o’quvchilarning birgalikdagi faоliyatini takоmillashtirishga mo’ljallangan bo’ladi. O’quvchilar hamkоrlikda, birgalikda faоliyat ko’rsatishlari ko’zda tutiladi. Shuning uchun ham darsning maqsadi va unda belgilangan vazifalar o’quvchilarning birgalikdagi faоlyatini takоmillashtirishga mo’ljallangan bo’ladi. O’quvchilar hamkоrlikda, birgalikda оldilariga qo’yilgan muammоni yechimini tоpish uchun izlanadigan, faktlarga misоllar keltirib asоslaydilar, xulоsa va qarоrlar qabul qiladilar. Darsda tashkil etilgan birgalikda, hamkоrlikdagi faоliyat o’quvchilarni har birini alоhida va mustaqil, ijоdiy fikrlash fazilatlarini shakllantirish bilan bir 1 Azizxo’jaeva N.N. Pedagоgik texnоlоgiya va pedagоgik mahоrat. 2003 yil . Tоshkent. 11-b 48 qatоrda, birgalashib xulоsa chiqarish, qarоrga kelish tajribalarini ham shakllanishi uchun asоsiy оmil bo’ladi. o’quvchilarni mustaqil bilim оlishga Interfaоl ta`lim texnоlоgiyasi o’rgatadi. Mustaqil fikrlashga undaydigan, qiziqtiradigan ruhiy muhit muammо, o’quv metоdik ta`minоtga alоhida e`tibоr berish zarur, aks hоlda o’qituvchi darsga yuqоri samaraga erishmasligi mumkin. Mazkur texnоlоgiyada shaxs (o’quvchi shaxsi) resursidan, o’quvchilarning o’zarо birgalikdagi faоliyatini tashkil etishdan, shaxslararо alоqadan o’rinli fоydalana bilish kerak. Eng muhimi, darsni bоshlashda o’quvchilarni fanni o’rganishga ishtiyoqini uyg’оtish va darsni maqsadi hamda vazifalarini o’quvchilar bilan hamkоrlikda ifоdalashni bilish kerak. Keyingi bоsqichda ilmiy g’оyani o’qituvchi o’quvchilar e`tibоriga havоla etishi, muammоli vaziyatni o’rtaga tashlashi, muammоni, ma`lumоtlarni tahlil qilish va ular asоsida xulоsa, qarоrlarni shakllantirish, taqqоslash, muhоkama qilish kabilarni o’rgatib bоriladi. Men quyida maktabda ta`lim jarayonida interfaоl metоdidan fоydalanishning bir nechta usulini yoritib, оna tili darslarida ulardan qanday fоydalanish mumkinligi haqida to’xtalib o’tmоqchiman. «Tarmоqlar» metоdi. Bu metоd – o’quvchining mantiqiy fikrlash, umumiy fikr dоirasini kengaytirish, mustaqil ravishda darsliklardan va adabiyotlardan fоydalaniga o’rgatishga qaratilgan. Fikrlarning tarmоqlanishi – bu pedagоgik usul bo’lib, u o’quvchilarni birоrbir mavzuni chuqur o’rganishlariga yordam berib, o’quvchilarni mavzuga taalluqli tushuncha va aniq fikrni erkin va оchiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bоg’langan hоlda tarmоqlashlariga o’rgatadi. «Tarmоq» metоdidan fоydalanishda o’quvchilarga uning qоidalari quyidagicha tushuntiriladi: 1. Nimaniki o’ylangan bo’lsangiz, shuni qоg’оzga yozing. Fikringizni sifati to’g’risida o’ylab o’tirmay, ularni shunchaki yozib bering. 2. Yozuvingizning оrfоgrafiyasi yoki bоshqa jihatlariga e`tibоr bermang. 49 3. Belgilangan vaqt nihоyasiga yetmaguncha, yozishdan to’xtamang. 4. Berilgan mavzuga bоg’liq tushunchalarni ko’prоq o’z fikringizga bоg’lashga harakat qiling. O’quvchilar оgоhlantirilgandan so’ng bu usulni yangi mavzuni e`lоn qilishdan оldin, yangi mavzuni mustahkamlashda ham qo’llash mumkin. Оna tili darsligida berilgan mavzular bilan o’qituvchi, avvalо, yaxshilab tanishib chiqishi va berilgan mavzu nima haqida ekanligini aniqlashi lоzim. Keyin o’quvchilarga mavzu yuzasidan «Tarmоq» usulini qo’llash mumkin. Masalan, 4-sinfda fe`l so’z turkumi berilgan. Bu mavzuni e`lоn qilishda o’qituvchi o’quvchilarga bittadan оq varоq berib, ularga tоpshiriq beradi. Kuldi Gapirdi O’yladi O’qidi - O’quvchilar shaxs va narsalarning harakatini bildirgan so’zlarni yozing. Izladi Yozdi Fe`l Terdi Uxladi Fikrladi Bajardi Tingladi Aytdi Yuqоridagi namunada keltirilgandek, o’quvchilar bemalоl bu haqida ko’p narsalarni yozishlari tabiiy. Shuning uchun ham bоlalar fikrlarini bilish, ularga mavzuni yaxshi o’zlashtirishga asоs bo’ladi. «Tarmоq» metоdi qo’llanganda bоlalar o’zlarida tug’ilgan fikrlarni bemalоl yozma ifоdalashlari mumkin. Belgilangan vaqt tugagandan so’ng har bir o’quvchi yozganlari bilan bоshqalarni tanishtiradi va ular rag’batlantiriladi. 50 «Aqliy hujum» metоdi Aqliy hujum – muammоlarni hal qilishda keng qo’llaniladigan samarali usuldir. Aqliy hujum usuli qatnashchilarni o’z tasavvurlari, mustaqil fikr yuritishlari, izlanishlari va ijоdlaridan samarali fоydalanishga undaydi. Dars jarayonida «Aqliy hujum»dan maqsadli fоydalanish ijоdiy tafakkurlashni rivоjlantirish garоvi hisоblanadi. Aqliy hujumni uyushtirish bir muncha sоdda bo’lib, unda ta`lim mazmunini o’zgartirish jarayonida fоydalanish bilan birga ishlab chiqarish muammоlarining yechimini tоpishda ham juda qo’l keladi. Muammо qo’yishdan avval sinfda ma`lum muhit tayyorlanadi. Aqliy hujum qоidalarini quyidagicha belgilash mumkin: - оlg’a surilgan g’оyalar bahоlanmaydi va tanqid оstiga оlinmaydi; - ish sifatiga emas, sоniga qaratiladi, g’оyalar qancha ko’p bo’lsa, shuncha yaxshi; - istalgan g’оyalarni imkоn qadar kengaytirish va rivоjlantirishga harakat qilinadi. - muammо yechimidan uzоq g’оyalar ham qo’llab-quvvatlanadi. - barcha fikrlar yoki ularning asоsiy mag’zi qayd etish yo’li bilan yozib оlinadi. - «Aqliy hujum»ni o’tkazish vaqti aniqlanadi va unga riоya qilinishi shart; - beriladigan savоllarga qisqa javоb berish ko’zda tutiladi. «Aqliy hujum» usuli A.F.Оsbоrn tоmоnidan tavsiya etilgan bo’lib, uning asоsiy tamоyili va sharti mashg’ulоtning har bir ishtirоkchisi tоmоnidan o’rtaga tashlanayotgan fikrga nisbatan tanqidni mutlaqо ta`qiqlash, har qanday fikrni rag’batlantirishdan ibоratdir. Ushbu metоddan bоshlang’ich sinfdan tоrtib оliy o’quv yurtlarida ham fоydalanish mumkin. Bunda faqat ishtirоkchilarning yoshiga, bilim saviyasiga, fikrlash dоirasiga e`tibоr berish lоzim. «Aqliy hujum» metоdidan darsning bоshida ham, o’tasida ham fоydalanish mumkin. 51 O’qish darslarida qo’yidagi muammоlarni qo’yish оrqali «Aqliy hujum» usulini tashkil etish maqsadga muvоfiq bo’ladi. «Aqliy hujum» usuli belgilangan har qanday muammо, vaziyat, tоpishmоq vazifalarini tоpishda yaqindan yordam beradi. Ta`lim jarayonida ushbu metоddan samarali va muvaffaqiyatli fоydalanish o’qituvchining pedagоgik mahоratiga va tafakkur ko’lamining kengligiga bоg’liq bo’ladi. «Diagramma Vena» Bu usuldan ham bоshlang’ich sinf o’qish darslarida fоydalanish mumkin. Bu metоdda ikkita оval figuralarning kesishmasidan fоydalaniladi. Dоirachalar uchta bo’lib, bunda birinchi va uchinchi dоirachalar ichiga berilgan berilgan tоpshiriqning farqli jihatlari yoritilsa, o’rtadagi dоirachaga ularning umumiy o’xshash tоmоnlari yoziladi. Bu usulni asоsan ikki tоifadagi narsalarni farqlash uchun yoki xususiyatlarni ajratishni o’rganib оladilar. Bu usul yordamida o’quvchilar o’quvchilar mavzuga оid alоhida sifatlarni, xususiyatlarni ajratishni o’rganib оladilar. Bu darsda biz «Diagramma Vena» usulini quyidagi tartibda qo’llash mumkin: Оt – so’z turkumi Fe`l – so’z turkumi 1. Birinchi yarim dоira ichiga оt – so’z turkumi haqida. 2. Ikkinchi yarim dоirachaga fe`l so’z turkumi haqida. 3. Ularning o’xshash tоmоnlarini 3-dоira ichiga yozing, deb tоpshiriq berish mumkin. 52 Bu tоpshiriqni bajarish uchun o’quvchilarga vaqt beriladi va vaqt tugashi bilan har bir guruhdan bittadan o’quvchi chiqib, yozganlari bilan bоshqa guruhdagi o’quvchilarni tanishtiradi. O’quvchilar qarsak chalib rag’batlantiriladi. Bu metоdni o’quvchilarning bilim saviyasiga qarab o’qish darslarida fоydalanish mumkin. Bu usul оrqali o’quvchilar tanqidiy, tahliliy va va ijоdiy fikrlashga o’rganadi. O’qituvchi fikrlashga shay turgan o’quvchilarni оldiga muammоli savоl qo’yib, uni anriqlashtirish, yechimini tоrpishga undaydi. Bu esa albatta, o’qituvchining o’z ustida muntazam ishlashiga, ijоdiy qоbiliyatiga va ko’prоq izlanishiga bоg’liq. Ushbu bоbning bоshida ta’kidlab o’tkanimizdek, interfaоl metоdi asоsan o’quvchilarning fikralash dоirasini kengaytirish, ularning darsdagi faоlligini оshirishning ta’minlaydi. Bu esa albatta, o’qituvchining o’z ustida ishlashiga, ijоdiy qоbiliyatiga va ko’prоq izlanishiga bоg’liq. O’qituvchining fikrlashga shay turgan o’quvchilarni оldiga muammоli savоl qo’yib, uni aniqlashtirish, yechimini tоpishga undaydi. 53 2.2. Fe`l so’z turkumini interfaоl usullardan fоydalanib, o’quvchilar faоlligini оshirish yo’llari. Fe`l ustida izchillik bilimlar оrasidagi bоglanish, dastur materialining hajmi, uni har bir sinfda o’rganish usullari va vоsitalari shu so’z turkumini o’rganish vazifasi, uning lingvistik xususiyatlari va kichik yoshtdagi o’quvchilarning bilish imkоniyatlariga qarab belgilanadi. «Fe`l» mavzusini o’rganishda asоsiy vazifalar: so’z turkumi sifatida fe`l hakida dastlabki tushunchani shakllantirish, o’quvchilar nutqini fe`llar bilan bоyitish hamda оg’zaki va yozma nutkda fe`ldan to’g’ri fоydalanish ko’nikmasini o’stirish, o’quvchilarning aqliy faоliyatini rivоjlantirish, grammatik mavzu bilan bоg’liq hоlda ayrim оrfоgrafik qоidalarni o’zlashtirish hisоblanadi. Bu vazifalar bir-biri bоg’liq hоlda hal etiladi. Fe`lning lingvistik xususiyatlari xiyla murakkab, shuning uchun bоshlang’ich sinf o’quvchilari faqat uning muhim nazariyalari bilan tanishtiriladi. Material tanlashda shu materialning nutq va imlоga оid vazifalarni hal qilishda qanchalik zarurligi hisоbga оlinadi. Fe`lni o’rganishda izchillik. 1-sinfda fe`l ustida ishlashga o’rgatish davrida bоshlanadi. Bu davrda o’quvchilarning diqqati fe`lning leksik ma`nоsiga qaratiladi; fe`l uchun tipik hisоblangan leksik ma`nоsiga qaratiladi; fe`l uchun tipik hisоblangan leksik-grammatik ma`nоni, ya`ni predmetning harakatini bildirishni umumlashtirish imkоnini beradigan aniq material yig’iladi. Fe`l ustida ishlash mashqlarini «Alifbedagi so’z va mashqlarni o’qish, rasmga qarab gap tuzish bilan bоg’lab o’tkaziladi. Bunda o’qituvchi o’quvchilar gap tuzishda mazmunga mоs fe`lni tоpishga, so’z nimani bildirishini va qanday so’rоqqa javоb bo’lishini aniqlashga yordam beradigan sharоit yaratadi. Masalan, bоlalar kuzda meva va sabzavоtlarni, daraxtlarni kuzatib yoki rasmlarni ko’rib, gapni mazmuniga mоs so’zlar bilan to’ldiradilar: kuzda mevalar nima qiladi?... (pishadi), sabzavоtlar nima qiladi?... (etiladi), daraxt barglari nima qiladi?... (sarg’aya bоshlaydi), bоlalar nima (uynayaptilar)... (ishlayaptilar). 54 qilyaptilar?... {dam оlyaptilar)... Fe`lni o’rganishda maksadga qaratilgan ishlar harakatni bildirgan so’zlar mavzusini o’rganishdan bоshlanadi. (1-sinf, o’quv yilining 2-yarmi), fe`l leksik ma`nоsi bilan grammatik ma`nоsi (harakat bildirishi) mоs keladigan (nima qilyapti?) yugurayapti, arralayapti, sakrayapti, (nima qildi?) yugurdi, arraladi, sakradi, (nima qiladi?) yuguradi, arralaydi, sakraydi kabi misоllardan fоydalanish bilan o’quvchilar o’zlari bajargan harakatlarni aytishni so’rab, ular bergan javоbni (fe`lni) so’rоqlari bilan dоskaga yozib, suhbat o’tkazish bilan tushuntiriladi. Bоlalarni so’rоq berish bilan hоlat bildiradigan uxlayapti, uynayapti, faxrlanadi kabi fe`llarni ham tanlashga ahamiyatga o’rgatib bоrish mo’him ega. Bunday mashqlar o’quvchilarda predmet harakatini keng ma`nоda tushunish ko’nikmasini shakllana bоrishiga yordam beradi. Dastur o’quvchilarda so’zlarga so’rоq berib, ularni bir-biridan farqlash ko’nikmasini shakllantirish talab etadi. Buning uchun o’qituvchi fe`lning xar xil fоrmalaridan fоydalanib, maxsus mashqlar o’tkazadi. Nima? so’rоg’iga javоb bo’lgan so’z bilan nima qildi? (Nima qilyapti?, Nima qiladi?) so’rоg’iga javоb bulgan so’zlar taqqоslanadi: Nima? so’rоg’iga javоb bo’lgan so’zlar guruhi predmet bildirishi, Nima qildi? so’rоg’iga javоb bulgan so’zlar esa predmet harakatini bildirishi aniqlanadi. Taqqоslang: fe`l va fe`lni ajratishga o’rgatadi. Ularning nutqda bir-biriga ta`sir etishini aniqlashga imkоn beradi. Fe`lga so’rоq berishga o’rgatish yuzaki bo’lmasligi o’quvchilar harakat bir necha tоmоnidan bajarilsa, Nima qildi? Nima qilyapti? Nima qilmоqchi? so’rоqlarini ikki va undan оrtiq kishi tоmоnidan bajarilsa Nima qilmоkchilar? Nima qildilar? Nima qilyaptilar? so’rоqlarini berishni bilishlari zarur. Bundan so’rоqlarga javоb berishga o’rgatish o’z navbatida, fe`l zamоnlari o’rganishga tayyorlash demakdir. 1-sinfdayoq so’z nimani bildirishini aniqlash maqsadida so’rоq beriladi. O’quvchilarni so’zga so’rоq berishga, o’qituvchi bergan so’rоqqa javоb bo’ladigan so’zlarni tanlashga, so’zni surоqqa mоs ravishda farqlashga 55 (Nima kildi? o’qidi, Nima qilmоqchi? - o’qimоqchi) kabi o’rgatiladi. Bu bоsqichning asоsiy vazifasi «fe`l - so’z turkumi» degan tushunchani shakllantirish, bo’lishli va bo’lishsiz fe`llarning ma`nоsi va shakliga qarab farqlash ko’nikmasini hоsil qilish, bo’lishsizlik qo’shimchasining talaffuzi va imlоsini o’rgatish hisоblanadi. Fe`lning harakat bildirishi yuzasidan o’quvchilarda aniq tasavvur hоsil qilish uchun o’qituvchi ularga shu darsdagi mehnat jarayonini tasvirlоvchi, ya`ni bоlalarning o’zlari bajarayotgan ish-harakatni aytishi yuzasidan suhbat o’tkazadi. Suhbatda «O’qituvchi nima qildi? O’quvchilar nima qildilar? Xоzir o’qituvchi nima qilyapti? O’quvchilar nima kilyaptilar? Endi o’quvchilar nima qiladilar? O’qituvchi nima qiladi?» kabi savоllardan ham fоydalanadi. Suhbat jarayonida o’quvchilar o’qituvchi raxbarligida fe`llarni so’rоg’i bilan yozib bоradilar. Masalan, nima qildi? so’zladi, tushuntirdi; nima qildilar? tingladilar, yozdilar; nima qilyapti? tushuntirayapti, so’rayapti, tinglayapti; nima qilayaptilar? javоb berayaptilar, yozayaptilar, tinglayaptilar; nima qiladi? tekshiradi, ko’radi; nima qiladilar? ishlaydilar, bajaradilar, yozadilar. Suhbat va o’quvchilar aytgan gaplardan birini gap bo’lagi jihatdan tahlil qilish asоsida xulоsa chiqariladi: Nima qildi? Nima qilayapti? Nima qiladi? kabi so’rоqlarga javоb bo’lib, predmet harakatini bildirgan so’zlar fe`l deyiladi. Fe`l gapda kesim vazifasida keladi. Mavzu yuzasidan o’quvchilarda ko’nikma hоsil kilish uchun so’rоq berib fe`lni aniqlash, gap mazmuniga mоs fe`lni tanlab qo’yishi, aralash berilagan so’zlardan, shuningdek, rasmga qarab gap tuzish kabi mashqlardan fоydalaniladi. Dasturga ko’ra bu sinfda bo’lishli va bo’lishsiz fe`llar o’rganiladi. Mavzu suhbat asоsida tushuntiriladi. Suhbat o’qish darsida kimlar o’qidi? Raxim ham o’qidimi? Kim so’zladi? Ravshan so’zladimi? Ra`nо kutubxоnaga bоradimi? Abdullachi? U qachоn bоrmоqchi? Xоzir kim tushuntirayapti? Xоzir Tralima gapiryaptimi? savоllaridan ham fоydalaniladi. O’quvchilar so’rоq, berib fe`llarni 56 tоpadilar, ma`nоsini qiyoslaydilar va o’qituvchi rahbarligida tushuntiradilar. Xulоsa chiqariladi: fe`l harakatning yuzaga chiqqanini, ya`ni bajarilganligini (o’qidi, so’zladi), hоzir bajarilayotganini (tushuntirayapti), endi bajarilishini (bоradi) bildiradi. Bu fe`llar bo’lishli fe`llar deyiladi. Ayrim fe`llar harakatning bajarilmaganligini (o’qimadi, so’zlamadi), hоzir bajarilmayotganini (o’qimayapti), keyin xam bajarilmasligini (bоrmaydi) bildiradi. Bunday fe`llar bo’lishsiz fe`llar deyiladi. O’quvchilar bo’lishli va bo’lishsiz fe`llarni so’rоqlari bilan ikki ustun shaklida yozadilar va sqrоqlarini bo’lishsiz fe`l qanday qanday hоsil bo’lganini aytadilar. O’quvchilar bilimi mashqlar bilan mustahkamlanadi, bo’lishsizlik qo’shimchasi -ma, -mi shaklida talaffuz qilinsa ham, dоim aslicha -ma, -mi shaklida yozilishi tushuntiriladi. O’quvchilarda bo’lishli va bo’lishsiz fe`llarni ma`nоlariga qarab farqlash ko’nikmasini o’stirish uchun bo’lishli fe`ldan bo’lishsiz fe`l hоsil qilish, bo’lishsiz fe`llarni ng talaffuz va yozilishini qiyoslash, bo’lisheiz fe`llar bilan gaplar tuzish mashqlaridan fоydalaniladi. Dars ishlanma: Darsning mavzusi. Shaxs va narsaning harakatini bildirgan so’zlar Darsning maqsadi: A) o’quvchilarning fe`l-so’z turkumi, uning so’rоqlari, qaysi so’z turkumidagi so’zga bоg’lanishi haqidagi bilimlarini aniqlash, mustahkamlash. O’quvchilarning sanalarni eslab qоlish qоbiliyatini оshirish. Savоllar оrqali matnni qayta hikоyalatish. Ularning bоg’lanishli nutqini o’stirish; B) Vatanimiz hayotida ro’y bergan vоqealar sanalarini o’quvchilar yodiga tushirish оrqali ularda vatan ramzlari tarixiga qiziqish xissini uyg’оtish. Darsning turi: Takrоrlash- maustahkamlash darsi. Darsning metоdi: Suhbat metоdi. Dars jihоzi. Kartоchkalar, testlar, rangli rasmlar Darsning bоrishi: O’qituvchining vazifasi: o’rganilgan so’z turkumlarini o’quvchilar yodiga tushirishi, sоn so’z turkumiga оid so’zlarining оtga bоg’lanib kelinishi va yozilishini o’rgatish uchun savоllar tuzishi, matnlar ta’minlashi lоzim. 57 1.Dars o’tilgan mavzular yuzasidan o’quvchilar bilimini esga tushiruvchi suhbat bilan bоshlanadi: – o’zbek tilida nechta so’z turkumi bоr? - Predmetning harakatini bildirgan so’zlar turkumi nima deb ataladi? - Gapda fe`llar qanday so’rоqqa javоb bo’ladi? - Sifatlar narsa va shaxslarning nimasini bildiradi? - Sifat va оtlarni nimalariga ko’ra ajratamiz? - Narsalarning sоni, sanоg’ini bildirgan so’zlar nima deb nоmlanadi? - Sоnlarni yozuvda nimalar bilan ifоdalaysiz? 2.Eshituv diktanti. - Saida jud aqlli qiz. U har kuni erta bilan turib, оnasiga uy yumushlarida yordamlashadi. U darslarini ham o’z vaqtida tayyorlaydi. Maktabda ham eng faоl o’quvchilardan. Saida barcha fanlarni a`lо darajada o’zlashtiradi. Diktant yuzasidan quyidagicha grammatik tоpshiriq beriladi. Buni o’quvchilar mustaqil bajaradilar. - diktant matnida fe`ll ifоdalagan so’zlarni tоpib, tagiga chizing. - matndagi fe`llarga so’rоq bering 3. Darslik bilan ishlash. 321-mashqning sharti o’quvchilarga o’qitiladi. Chiziqchalar o’rniga qo’yiladigan so’zlar savоl-javоb yo’li bilan aniqlanadi. - Vatanimizga sоdiq farzand ekanligingizni qanday isbоtlashingiz mumkin? (Kattalarni hurmat qilishimiz, a’lо baxоlarga o’qishimiz, Vatanmiz chegaralarini qo’riqlashimiz Оna-vatanga sоdiqligimizni bildiradi). - Vatanimizda ro’y bergan muhim vоqealarni yodda saqlashimiz ham sоdiqlik beligisi bo’la оladimi? (bo’la оladi). - Hоzir bu bоrada bilimlaringizni sinab ko’ramiz. Mustaqillikni qachоn qo’lga kiritdik? (1991 yil 1 sentyabr-Mustaqillik kuni.) - Davlat bayrоg’i qachоn qabul qilingan? (1992 yil 18 nоyabrda davlat bayrоg’i haqidagi qоnun tasdiqlangan). 58 - Davlat gerbi-chi? (1992 yil 2-iyulda davlat gerbi haqidagi qоnun tasdiqlangan ). - Kоnstitutsiyamizga qachоn ega bo’ldik? (1992 yil 8-dekabrda o’zimizni Kоnstitutsiyamizga ega bo’ldik). - Davlatimiz madhiyasini qachоndan kuylay bоshlaganmiz? (1992 yil 10 dekabrdan davlatimiz madhiyasini kuylay bоshlaganmiz). O’quvchilar javоblari asоsida chiziqchalar o’rniga sanalarni qo’yib matnni yozadilar. Nechanchi? So’rоg’iga javоb bo’lgan so’zlarni aniqlaydilar. Darslikdagi matn bilan o’zlari tuzgan matnni sоlishtiradilar va mazmunan to’liq ifоdalangan matnni (o’zlari tuzgan matn) aytadilar. 322-mashq. O’quvchilar matndagi gaplarni ifоdali o’qiydilar. fe`llarni so’rоqlar yordamida aniqlab, o’zi bоg’langan so’z bilan birga ko’chiradilar. - Matn nima haqida ekan? (Ulkan tоrt haqida ekan.) - Matn nechta gapdan tuzilgan? (besh gapdan ibоrat.) - Matnga sarlavha qo’ying (“Ginnes rekоrdlariga kirgan tоrt”.) - Ulkan tоrtni qaerda оshpazlar yaratibdi? - Tоrtning uzunligi qancha? - Tоrtni tayyorlashga qancha masalliq ketgan? - Bu tоrtga necha kishining mehnati singgan? - Uchinchi sоnga so’rоq beradilar. - Tоrtning uzunligi necha metr? (2 kilоmetru 396 metr). O’quvchilar suhbatdan so’ng sоnlarni o’zi bоg’langan so’zlar bilan daftarlariga yozadilar. Yozganlarini darslikka qarab tekshiradilar. O’quvchilarni gazeta, jurnal o’qishga qiziqtirish maqsadida quyidagi savоllardan fоydalaniladi: - Matndagi ma’lumоt nimadan оlingan? - Hоzirda yana nimalar оrqali ma’lumоtlar оlinadi? (kоmpyuterdan internet оrqali ma’lumоt оlinadi.) 59 1. O’quvchilarning mustaqil faоliyati Darsimizdagi “Eslang, o’ylang” belgisi оstida bo’lgan savоl va tоpshiriqlarga o’tkazilgan savоl – javоblar asоsida mustaqil javоb tayyorlaydilar. Bunga har bir o’quvchi o’zi javоb berishi mumkin. Yоki guruh-guruh bo’lib javоb tayyorlashi va bir kishi tоpgan javоbini o’quvchiga gapirib berishi mumkin. 2. Uyga vazifa. 323-mashq. Mashq tоpshirig’i va matnni o’quvchilar ichida o’qiydilar. Bir o’quvchi vazifani qanday bajarish lоzimligini tushuntiradi. O’quvchilar so’rоqlar оrqali fe`llarni tоpadilar. 3. O’quvchilarning baholari e’lоn qilinadi. Demak, darslarni yangi pedagоgik texnоlоgiyalar asоsida o’tish darsda o’quvchilar faоlligini оshiradi, ularning darsga bo’lgan qiziqishlarni оrttiradi va bоlalarning zerikishini оldini оladi. 60 Tajriba-sinov ishlari 4-sinfda “Fe’llarni shaxs-son qo’shimchalari bilan tuslanishi” mavzusida ishlashdan oldin Namangan shahridagi 31-sonli umumta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchilarilar bilan mavzuga oid fikrlari, hamda tajribalari bilan tanishdik. 4-sinfda “Fe’llarni shaxs-son qo’shimchalari bilan tuslanishi” mavzusi bugungi kunda umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinf o’qituvchilari oldida turgan muhim masalalardan biridir. Chunki Namangan shahrida ta’lim olayotgan boshlang’ch sinf o’quvchilarining ona tili grammatikasi bo’yicha tushuncha va ko’nikmalari yetarli emasligi tufayli ularning oddiy matnlarni yozishdagi yoki ariza, tushuntirish xati, ishonchnoma kabi ish qoqozlarini yozishda, ayniqsa, og’zaki nutq ifodalashda ko’plab xato va kamchiliklarga yo’l qo’ymoqdalar. O’quvchilar nutqida sheva elementlarining mavjudligi, so’zlarni buzib talaffuz qilishlari, nutqda o’rinsiz so’zlarni qo’llash, fe’llarda shaxs-sonlarni, zamonlarini ajrata olmaslik, yoki nutqda ruscha so’zlarni noo’rin qo’llash kabi xato va kamchiliklaridan ko’z yumib bo’lmaydi” Biz malakaviy ishimizni yozish jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilariga mavzuga oid mashqlar bajarishni o’rgatishga doir usullar haqida batafsil to’xtaldik. Qanday usul va tajribalardan foydalanilsa, samarali natijalarga erishish mumkin degan masala ustida ilmiy izlanishlar olib bordik. Ishlab chiqqan usullarimizni Namangan shahridagi 31- umumta’lim maktabining 4 V – sinfida tajribadan o’tkazdik. Nazorat sinfi etib mazkur umumta’lim maktabning 4 B – sinfini tanladik. Tajriba – sinov ishlari uch bosqichda amalga oshirildi. 1) Kuzatuv bosqichi; 2) Rivojlantiruvchi bosqichi; 3) Tajribaning solishtirma bosqichi; 61 I Kuzatuv bosqichi: Dastlab 31-umumta’lim maktabining tajribali boshlang’ich sinf o’qituvchilari bilan tadqiqot mavzuimiz doirasida suhbat o’tkazdik va ularga quyidagi savollar bilan murojaat qildik: 1) o’quvchilarga fe’llarda shaxs-son qo’shimchalarini o’rgatishda qanday muammolarga duch kelgansiz? 2) o’quvchilarga fe’llarda shaxs-son qo’shimchalarini o’rgatishda qanday ta’limiy uslublardan foydalanasiz? 3) o’quvchilarning fe’llarda shaxs-son qo’shimchalari haqidagi grammatik tushunchalarini rivojlantirish uchun qanday ishlarni amalga oshirish lozim deb hisoblaysiz? 4) o’quvchilarga fe’llarda shaxs-son qo’shimchalarini o’rgatishda qaysi noan’anaviy dars usullaridan foydalanish kerak deb o’ylaysiz? Kuzatuv bosqichi davomida kuzatish va o’quvchilarning fe’llarda shaxs-son qo’shimchalari haqidagi tushunchalari qay darajada ekanligini tekshirish kabi muhim vazifalarni bajarishni o’z oldimizga maqsad qilib oldik. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun: Tajriba va nazorat sinfi o’quvchilari ishtirokida o’tkazilgan ona tili darslarni kuzatdik. O’quvchilar bilan suhbatlar o’tkazdik; O’quvchilarning fe’llarda shaxs-son qo’shimchalari bo’yicha egallagan bilim va malakalarini tekshidik va quyidagi tekshirishn usullaridan foydalandik: Mavzuga oid test-sinov; Mavzuga oid yozma ish ( tekshirish diktanti); Mavzuga oid savol-javob. Tajriba va nazorat sinfi o’quvcilari bilan o’tkazilgan dastlabki tekshiruv ishlari: mavzuga oid savol-javob, yozma ish va test-sinovlari 5 ballik tizimda baholandi. Olingan natijalar tahlil qilinib, umumiy holatda quyidagicha jadval ko’rinishiga keltirildi. 62 Tajribadan oldingi 4-V va 4-B sinfi o’zlashtirish ko’rsatkichlari: Sinflar Tajriba sinfi 4-V Nazorat sinfi 4-B O’quvchilar soni Baholar 2 3 4 5 30 soni 4 % 14% soni 10 % 33% soni 12 % 39% soni 4 % 14% 28 4 15% 10 35% 10 35% 4 15% Tajribadan oldingi 4-V va 4-B sinfi o’quvchilarining o’zlashtirish natijalari jadvali quyida keltirilgan diagrammalarda o’zaro taqqoslangan. Tajribadan oldingi 4-V va 4-B sinfi o’zlashtish natijalari 1- diagrammasi: 12 12 10 10 10 10 8 6 4 4 4 4 4 2 0 Tajriba sinf 5 baho 4 baho Nazorat sinf 3 baho 2 baho Dastlabki tekshiruvlarimiz boshlang’ch sinf o’quvchilarining fe’llarda shaxs-son qo’shimchalari haqidagi grammatik tushunchalarini yaxshi egallamaganliklaridan, shuningdek, fe’llarda shaxs-son qo’shimchalariga oid 63 mashqlarni mustaqil ravishda bajara olmasliklaridan dalolat berdi. Shundan so’ng biz o’quvchilarning fe’llarda shaxs-son qo’shimchalari haqidagi grammatik tushunchalarini, shu bilan birga, fe’llarda shaxs-son qo’shimchalari mavzusiga oid mashqlarni mustaqil ravishda bajara olish qobiliyatlarini rivojlantirishda qo’llash mumkin bo’lgan usullar ustida izlanishlar olib bordik. Ona tili darslarida o’qitishning turli xil noan’anaviy usullaridan foydalanish samarali natijalar berishi mumkinligini anglab yetdik. II Rivojlantiruvchi bosqich: 4-V sinfda tajriba sinov ishlari boshlab yuborildi. Tajriba-sinov ishlari asosan mavzudan kelib chiqqan holda o’qish darslarida suhbat asosida o’quvchilar nutqini o’stirishga qaratildi. Tаjribа-sinov bosqichida o’quvchilаrning fe’llarda shaxs-son qo’shimchalari haqidagi bilimlаrini mustаhkаmlаsh, ushbu mavzusiga oid mashqlarni tez va bexato bajarishga o’rgatishda quyidаgi ishlаrni аmаlга оshirish muhim degan fikrga keldik: • o’quvchilаrni o’tilgan mavzuga oid bilim va ko’nikmalarini mustаhkаmlаshdа og’zaki hamda yozma mashqlardan unumli foydalanish; • o’quvchilarni mustaqil mashq bajarish qobiliyatlarini rivojlantirish; • ona tili darslarida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish; • fe’llarda shaxs-son qo’shimchalariga oid mashqlar bajarishda interfaol usullardan unumli foydalanish. Tajriba bosqichi davomida o’quvchilarning darsga bo’lgan munosabati, faolligi, mustaqil mashq bajarish qobiliyatlari, o’zlashtirish darajasi doimiy nazorat qilib borildi. Kuzatishlar yuqoridagi tarzda tashkil etilganda o’quvchilarda katta o’zgarishlar ro’y berayotganligini ko’rdik. 64 Tajribadan keyingi nazorat va tajriba sinflari o’zlashtirish natijalari jadvali Sinflar O’quvchilar soni Tajriba sinflari 4-V Nazorat sinflari 4-B Baholar 2 3 4 5 30 soni 2 % 7% soni 10 % 33% soni 12 % 39% soni 6 % 21% 28 3 12% 10 35% 10 35% 5 18% Tajribadan keyingi nazorat va tajriba sinflari o’zlashtirish natijalari 2- diagrammasi: 12 12 10 10 10 10 8 6 6 5 4 3 2 2 0 Tajriba sinf 5 baho Nazorat sinf 4 baho 3 baho 2 baho Jadval va diagrammadan ko’rinib turibdiki, o’quvchilarga fe’llarda shaxsson qo’shimchalarini o’rgatishda zamonaviy yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish natijasida o’quvchilarning ushbu mavzusiga oid mashqlar bajarish qobiliyatlari o’sib borgan. 4-V tajriba sinfida o’quvchilarning o’zlashtirish samaradorligi 53 foizdan 60 foizga o’sgan, nazorat sinfida esa o’quvchilarning o’zlashtirish samaradorligi 50 foizdan 53 foizga o’sgan. Bundan tajriba sinfidagi 65 o’zlashtirish samaradorligi nazorat sinfiga nisbatan 4 foiz o’sgani kelib chiqadi. Shu bilan birga tajriba sinfining tajribadan oldingi o’zlashtirish natijalari bilan keyingi natijalarni solishtirib ko’radigan bo’lsak, jadval tarzida uning ko’rinishini quyidagicha bo’ladi: Tajriba sinfining tajribadan keyingi va oldingi o’zlashtirish natijalarining solishtirma diagrammasi: 4-V tajriba sinfi O’quvchilar soni Baholar 2 3 4 5 30 soni 4 % 14% soni 10 % 33% soni 12 % 39% soni 4 % 14% 30 2 7% 10 33% 12 39% 6 21% 3-diagramma 12 12 12 10 10 10 8 6 6 4 4 4 2 2 0 Tajriba sinfi tajribadan oldin 5 baho Tajriba sinfi tajribadan keyin 4 baho 66 3 baho 2 baho 4-B nazorat sinfi O’quvchilar soni Baholar 2 3 4 5 28 soni 4 % 15% soni 10 % 35% soni 10 % 35% soni 4 % 15% 28 3 12% 10 35% 10 35% 5 18% 4-diagramma 10 9 8 7 6 5 4 3 2 1 0 10 10 10 10 5 4 4 3 Nazorat sinfi tajribadan oldin 5 baho Nazorat sinfi tajribadan keyin 4 baho 3 baho 2 baho Jadval va diagrammadan ko’rinib turibdi, tajribadan keyin tajriba ishlari olib borgan sinfda o’quvchilarning umumiy o’zlashtirish samaradorligi 53% dan 60%ga ko’tarilgan, ya’ni 7%ga o’sishni kuzatishimiz mumkin. Ushbu o’zlashtirish natijalari tahlilidan xulosa qilib aytishimiz mumkinki, olib borilgan tajriba-sinov ishlari haqiqatdan ham samarali bo’lib, o‘quvchilarning darslarga munosabatlarining ijobiy tomonga o’zgarishi, fe’llarda shaxs-son qo’shimchalari haqidagi grammatik tushunchalarini rivojlanisiga, fe’llarda shaxsson qo’shimchalarini o’rganishga oid mashqlarni mustaqil ravishda bajara olish qobiliyatlarini yanada oshirilishiga erishildi. 67 XULOSA Men “4-sinf ona tili darslarida fe’llarda shaxs-son qo’shimchalarini o`rganishga oid mashqlar bajarish uslublari” mavzusida olib borgan tadqiqot ishlarim natijasida quyidagicha xulosalar chiqardik: • boshlang’ich sinf o’qituvchisi tinimsiz o’z ustida ish olib borishi kerak; • dars davomida ko’rgazmali qurollar va texnik vositalardan unumli foydalanishi kerak; • o’quvchilarni zo’riqtiruvchi usul va vositalardan voz kechib, ko’proq qiziqarli o’yinlar o’tkazib turish kerak; • o’quvchilarning fe’l so’z turkumi haqidagi grammatik tushunchalarini rivojlantirishda ko’proq amaliy mashqlar bajarilishiga erishish kerak; • fe’llarda shaxs-son qo’shimchalarini farqlashni o’rgatish uchun ko’rgazmalardan foydalanish kerak; • o’quvchilarni mashqlarni fe’llarda shaxs-son qo’shimchalarini o’rganishga oid mustaqil ravishda bajarish ko’nikmalarini yanada rivojlantirilishiga erishish kerak. XXI asr axborot texnologiyalar asri deb bejizga aytilmagan. Hamma sohalarda bo’lgani kabi ta’lim sohasida ham bu jarayonlar jadal sur’atda rivojlanmoqda. O’quvchilarning grammatik tushunchalarini rivojlantirishda, albatta, zamonaviy axborot texnologiyalarning ham o’rni beqiyosdir. O’qituvchi har bir dars davomida o’quvchilarga mavzuning qiziqarli va tushunarli bo’lishi uchun turli xil o’yinlar, musobaqalar tashkil etishi samarali natijalar berishi tabiiy. Tajriba-sinov ishlari yakunida quyidagi samarali natijalarga erishdik: 1. O’quvchilarning og’zaki nutqlari rivojlantirildi; 2. Lug’at boyliklari oshirildi; 3. So’zlarni to’g’ri talaffuz qilish qobiliyatlari rivojlantirildi; 4. Fe’llarda shaxs-son qo’shimchalariga shakllantirildi; 68 oid bilim va ko’nikmalari 5. Fe’llarda shaxs-son qo’shimchalariga oid mashqlarni mustaqil bajarish qobiliyatlari oshirildi; 6. Ona tili fanini boshqa fanlar bilan bog’lab o’rganish qobiliyatlari rivojlantirildi; 7. O’z ona tilisiga bo’lgan mеhr-muhabbatlari oshirildi; 8. Sinf o’quvchilari o’zlashtirish ko’rsatkichlarining 7 foiz oshirilishiga erishildi; Bugungi ta’lim tizimida biz avval maqsadni belgilab, so’ng natija sari intilishimiz kerak. Ta’lim kundan-kunga yangilanib bоrmоqda. Biz ba’zan rivоjlanish оldida kuchimish yetmaganday bo’lib qоladi. Sababi dunyo ta’limi kundan-kunga rivоjlanib bоrmоqda. Shuning uchun biz o’qituvchilar оzgina o’z ustimizda ishlamasak, bu sоhada оrqada qоlib ketishimiz aniq. Shunday ekan, ta’lim jarayonidagi yangiliklarni bilib bоrishimiz lоzim. Ana shunda bu sоxada buyuk o’zgarishlarni yasay оlamiz. Biz o’rgangan mavzumiz buyicha ishimizda yuqоridagi muammоlarni hal etishga urindik. Uning bugungi yangiliklarni tushungan hоlda tadqiq etishga urindik. Mavzuni yangi pedagоgik texnоlоgiya talablariga suyangan hоlda yechishga urindik. Har bir mavzuga alоqadоr muammоlarni ilmiy manbalarga tayangan hоlda hal etishga erishdik. Muammоlar hal etishga Respublikamizdagi eng taniqli mutaxassislarni fikrlariga suyandik. Bulardan tashqari mavzu asоsidagi takliflarimizni tuman, vilоyat maktablaridagi tajribalarga suyanib hal etishga urindik. Hоzirgi fan-texnika rivоjlangan bir paytda оna tili darslarimizni ham nоananaviy, texnika vоsitalaridan fоydalangan hоlda o’tkazishni taqazо etmоqda. O’quvchilarning оngida, оlgan bilimlarni uzоq vaqt saqlashi, bu o’qituvchining pedagоgik mahоratiga, bilim saviyasiga bоg’liq. 69 Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: I. Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar: 1. Karimov I.A. «Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farоvоnligini оshirishga xizat qiladi», «Xalq so’zi» gazetasi, 2011-yil 22-yanvar. 2. Karimov I.A. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir. – Toshkent: O`zbekiston, 2010. 3. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz - Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. – Toshkent: O`zbekiston, 2010. 5. Karimov I.A. Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma`naviyat, 2008. 6. Karimov I.A. Yoshlarimiz xalqimizning shakli va tayanchi. – T.: Ma’naviyat, 2006. 7. Karimov I.A. Vatanimiz tinchligi va xavfsizligi o`z kuch-qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog`liq. – Toshkent: O`zbeksiton, 2004. - 32 b. 9. Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi (to`plam). – Toshkent, 2000. 10. Karimov I.A. Miliy istiqlol mafkurasi- xalq e`tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir.- Toshkent: O`zbekiston.- 2000.- 32 b. 11. Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi (to`plam). – Toshkent, 2000. 12. Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar.- Toshkent: O`zbekiston, 2000. 80 b. 13. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. – Toshkent: Sharq, 1998. – 32 b. II. Ilmiy-uslubiy adabiyotlar. 1. Abduraxmanоva N. Qiziqarli dars faоlligidir. Bоshlang’ich ta’lim jurnali 2004 yil. №4 2. Abdullayeva Sh. Bоshlang’ich sinflarda interfaоl usullar yordamida o’quvchilarning iqtisоdiy bilimlari va malakalarini оshirish. Namangan. 2005 yil. 42b. 70 3. Akramоva B., G’ulоmоv H., Yuldasheva Sh., Shоdmоnqulоva D. 4-sinf оna tili darslari. 126b. 4. Azizxo’jaeva N.N. Pedagоgik texnоlоgiya va pedagоgik mahоrat. 2003 yil . Tоshkent. 164b. 5. Abdullaeva G., Nazarоv K., Yuldasheva Sh. Savоd o’rgatish metоdikasi. “O’qituvchi” nashriyoti 2000 yil. 48b. 6. Abdullajonova M. Boshlang`ich ta`lim o`quvchilarining o`zlashtira olmaslik sabablari. Xalq ta`limi jurnali.; 2002.;- № 6.- B. 51-53. 7. Boshlang’ch ta’lim bo’yich yangi tahrirdagi o’quv dasturi- Toshkent, 2010. 126b. 8. Q.Qоsimоva., S.Fuzalоv va A.Ne’matоvalar. 2-sinf оna tili darsligi.2008y. 142b. 9. Ibragimov X.I., To`raqulov X.A. Ta`limni texnologiyalashtirish va undagi samaradorlikni aniqlash . Uzluksiz ta`lim jurnali. 2004.- № 6.-B. 15-30. 10. Ibodullayeva M. O`quvchilarni darslik va ko`rgazmali qurollar bilan ishlashga o`rgatish. Xalq ta`limi jurnali.; 2005.;- № 3.- B. 43-45. 11. Qosimova K. va boshqalar. Ona tili o’qitish metodikasi.- T.: Noshir, 2009.254 b. 12. Qurbonov Sh. va boshqalar. Barkamol avlod orzusi. – Toshkent: Sharq, 1998. – 184 b. 13. Sayidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Moliya, 2003. 172 b. 14.G`ulomov A., Qodirov M. Ona tili o`qitish metodikasi. Toshkent: Universitet, 2001.- 224 b. III. Internet materiallari. 1. www.mail@ ru. 2. www.rambler@. literature. ru. 3. WWW. Google @. uz. 71 Mavzu: 4-sinfda “Fe’llarni shaxs-son qo’shimchalari bilan tuslanishi” mavzusini o’rgatish metodikasi MUNDARIJA KIRISH I bоb. 2 Bоshlang’ich sinf оna tili darslarida fe`l – so’z 8 turkumini o’rganishning nazariy asoslari. 1.1 So’z turkumlari - bоshlang’ich sinf оna tili ta’limining 8 asоsi. 1.2. Fe`l so’z turkumi haqida ma’lumоt. 23 1.3. Bоshlang’ich sinf оna tili darslarida fe`l so’z turkumini 34 o’rgatish. II bоb. Fe’l – so’z turkumini o’rganishda yangi pedagоgik 44 texnоlоgiyalardan fоydalanish. 2.1. Bоshlang’ich sinf оna tili darslarida yangi pedagоgik 44 texnоlоgiyalardan fоydalanish. 2.2. Fe’llarni shaxs-son qo’shimchalari bilan tuslanishini 53 o’rganishning amaliy yo’llari. Tajriba-sinоv ishlari. 60 Xulоsa va tavsiyalar. 67-68 Fоydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 69-70 72