Termometriya (termo... va ...metriya) — amaliy fizika va metrologiyaning bir boʻlimi; trani oʻlchash usullari va vositalarini oʻz ichiga oladi. T.da amalga oshiriladigan oʻlchashlar, asosan, Xalqaro amaliy temperatura shkalasiga asoslanadi. T. oʻlchanayotgan temperatura diapazoni, oʻlchash aniqligi va sharoitiga qarab temperatura oʻlchashning yangi usullarini oʻrganadi; temperatura shkalalarini aniqlash, etalon va namunaviy oʻlchov asboblari, temperatura oʻlchaydigan barcha asboblarni tekshirish uning vazifasiga kiradi. temperatura oʻlchash usullari qoʻllanilayotgan asboblarning ishlash prinsipi, oʻlchanayotgan temperatura diapazoni, oʻlchash sharoitiga va kerakli aniklikka bogʻliq. Ular 2 guruh: kontakt usuli — termometriyaga va kontaktsiz usul — nurlanish T.si yoki pirometriyaga boʻlinadi. Kontakt usuli asosida muhit trasini oʻlchaydigan asbob shu muhit bilan traviy muvozanatda, yaʼni muhit bilan bir xil trada boʻlishi kerak. temperatura oʻlchaydigan barcha asboblar, asosan, sezgirlik elementi va u bilan bogʻliq boʻlgan oʻlchash asbobidan iborat. temperatura oʻlchashda yagonalik va aniklikni taʼminlash uchun temperatura birligining Davlat etaloni kelvindan foydalaniladi. temperatura qiymatlarini temperatura etaloni bilan solishtirib, namunaviy asboblarga beriladi va ularga qarab temperatura oʻlchaydigan ishlash asboblari darajalanadi va tekshiriladi. • Isitma — odam va issiq qonli hayvonlar organizmining qoʻzgʻatuvchi omillar (xususan, mikroblar)ga nisbatan maxsus reaksiyasi; himoyalanish usullaridan biri. Gavda temperaturasining koʻtarilishida namoyon boʻladi, koʻpgina kasalliklarda kuzatiladi. Gavda temperaturasining koʻtarilishi bilan oʻtadigan hamma kasalliklar qadimdan I. deb atalgan. I. hozir mustaqil kasallik deb hisoblanmasa ham, baʼzi kasalliklar hamon I. deb ataladi (mas, bezgak isitmasi, iskabtopar isitmasi, Ku isitmasi). I.ning infeksion va noin-feksion xillari farq qilinadi. I. yuqumli kasalliklarda ham, yuqumsiz kasalliklarda ham chiqaverishi mumkin Termometir turlari: TANA HARORATINI O’LCHASH Tana hroratini o’lchash 3 xil bo’ladi: 1) Qo’ltiq orasida o’chanadi 2) Og’iz bo’shlig’i(til osti)da 3) Ingichk ichakda o’lchanadi Qo’ltiq ostiga termometirni qo’yishdan avval yahshilab silkitiladi 35 C ga tushguniga qadar , keyin quruq holatda qo’ltiq ostiga 10 daqiqaga qo’yiladi. Til ostiga ham xuddi shunday termometirni qo’yishdan avval yahshilab silkitiladi 35 C ga tushguniga qadar va til ostiga 1 daqiqaga qo’yiladi. Ingichka ichakka anus sohasiga termometir 4-5 sm gacha qo’yiladi va 5 daqiqiadan keyin olinadi. Ingichka ichak harorati qo’ltiq osti haroratiga nisbatan 0,5-1 C yuqori bo’ladi.