Загрузил rushka96a

leontyev

реклама
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
ТОШКЕНТ МОЛИЯ ИНСТИТУТИ
СТАТИСТИКА ВА ЭКОНОМЕТРИКА КАФЕДРАСИ
СТАТИСТИКА
фанидан
езма иши
Леонтьев модели ва унинг
самарадорлиги
Бажарди:
ММС-61 гурух талабаси
Иминова Г
Текширди: Сайфуллаев С
Leontyev V.A
Matritsalar algebrasining elementlaridan foydalanish ko’p
iqtisodiy masalalarni echishning asosiy usullaridan biridir. Bu
masala ma’lumotlar bazalarini yaratish va ulardan foydalanishda
juda dolzarb bo’lib qoldi: ular bilan ishlashda deyarli barcha
axborot matritsa ko’rinishida saqlanadi va qayta ishlanadi.Ko’p
tarmoqli xo’jalik faoliyatining makroiqtisodiyoti alohida
tarmoqlar orasidagi balansni talab qiladi. Har bir tarmoq, bir
tomondan, ishlab chiqaruvchi bo’lib, ikkinchi tomondan esa
boshqa tarmoqlar ishlab chiqargan mahsulotni iste’molchisi
bo’ladi. Bunday hollarda tarmoqlar orasidagi boѓlanishlarni har
xil turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish orqali
hisoblashning ancha murakkab masalasi paydo bo’ladi.
Birinchi marta bu muammo matematik model ko’rinishida 1936
yilda AQShdagi 1929–1932 yillar iqtisodiy depressiyasining
sabablarini tahlil qilib ko’rishga uringan mashhur amerikalik
iqtisodchi V.Leontevning asarlarida bayon etildi. Bu model
matritsalar algebrasiga asoslanib, matritsalar tahlilining
apparatidan foydalanadi.Soddalik uchun xo’jalikning ishlab
chiqarish sohasi har biri o’zining bir jinsli mahsulotini ishlab
chiqaruvchi p ta tarmoqdan iborat deb hisoblaymiz. Har bir
tarmoq o’zining ishlab chiqarishini ta’minlash uchun boshqa
tarmoqlarning mahsulotiga muhtoj (ishlab chiqarish iste’moli).
Odatda ishlab chiqarish jarayoni ma’lum bir vaqt davrida qaraladi;
ko’p hollarda bunday birlik sifatida bir yil olinadi.Quyidagi
belgilashlarni kiritamiz:
• xi –i nchi tarmoq jami mahsulotining hajmi(uning yalpi ishlab
chiqarishi);
• xij –i nchi tarmoq mahsulotining j nchi tarmoqda xj hajmdagi
mahsulotniishlab chiqarish uchun sarflanadigan hajmi;
• yi— i nchi tarmoq mahsulotining noishlab chiqarish sohasida
o’zlashtirish(iste’mol) uchun mo’ljallangan hajmi, yoki yakuniy
iste’mol mahsuloti.
Unga fuqarolarning shaxsiy iste’moli, ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish,
davlat institutlarini ta’minlash va hokazolar kiradi.Turli sanoat
tarmoqlari boѓliqligining balans tamoyili shundan iboratki, i nchi
tarmoq yalpi ishlab chiqarishi ishlab chiqarish va noishlab chiqarish
sohalaridagi iste’mol hajmlarining yiѓindisiga teng bo’lishi kerak.
Eng sodda holda balans munosabatlari
ko’rinishga ega. (1)-tenglamalar balans munosabatlari deb ataladi.
Har xil tarmoqlar mahsuloti har xil o’lchovga ega bo’lgani uchun
bundan keyin qiymat balansini nazarda tutamiz.
(2)
(2) ega bo’lamiz. U holda (1) tenglamalarni
(3)
(3) tenglamalar sistemasi ko’rinishida yozish mumkin.Ishlab
chiqarilgan mahsulot hajmlarining ustun-vektori (yalpi ishlab
chiqarishvektori), yakuniy iste’mol mahsuloti hajmlarining ustunvektori (yakuniy iste’mol vektori) va bevosita xarajatlar
koeffitsientlari matritsasi
(4)
(4) larni kiritamiz. U holda (3) tenglamalar sistemasi matritsa
shaklida
(5)
(5) ko’rinishga ega. Odatda bu munosabat chiziqli tarmoqlararo
balans tenglamasi deb ataladi. Bu tenglama (4) matritsa ko’rinishdagi
ifodalanishning tavsifi bilan birga Leontev modeli deb
nomlanadi.Chiziqli tarmoqlararo balans tenglamasidan ikki maqsad
uchun foydalanish mumkin.
Скачать