Uploaded by Адхам

Nosirov A 108 A TARIX

advertisement
MAVZU
DAVLAT RAMZLARI
REJA
1
2
3
• O`zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog`i
• O`zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi
• O`zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi
O‘zbekiston bayrog‘i (rasmiy atalishi: O‘zbekiston
Respublikasining Davlat bayrog‘i) — Oʻzbekiston
gerbi va Oʻzbekiston madhiyasi kabi O‘zbekiston
Respublikasining rasmiy davlat ramzi sanaladi. 1991yil 31-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi o‘z
mustaqilligini e'lon qilganidan so‘ng 1991-yilning 18noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy
kemngashning VIII sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat bayrog`i toʻgʻrisidagi qonun qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi
matoda aks etgan bo‘lib, uchta asosiy gorizontal rangdor bo‘laklarga
bo‘lingan. Ular: yorqin moviy, oq, yorqin yashil. Bu bo‘laklar orasini ikkita qizil
rangdagi gorizontal chiziqlar ajratib turadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ramzi mamlakat hududida ilgari
mavjud boʻlgan gʻoyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos boʻlgan eng yaxshi
anʼanalarni davom ettirgan holda respublika tabiatiga xos xususiyatlarni,
xalqimizning milliy va madaniy oʻzligini ham aks ettiradi.
Bayroqdagi havorang — zangori osmon va musaffo suv ramzidir. Moviy —
havorang Sharqda azaldan qadrlanadi, vaqtida buyuk Amir Temur ham oʻz
bayrogʻiga bu rangni tanlagan.
Oq rang — tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat oʻz yoʻlida baland
dovonlardan oshib oʻtishi kerak. Bayroqdagi oq rang Oʻzbekiston Respublikasi
tanlagan yoʻlning musaffo va charogʻon boʻlishi uchun yaxshi niyat ramzidir.
Qizil yoʻllar — bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch,
hayot ramzidir.
Yashil rang — serneʼmat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun
dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda; uning
ramzi ham yashil rangdir.
Yarimoy — Oʻzbekiston xalqining koʻp asrlik anʼanalariga muvofiq keladi.
Yarimoy va yulduzlar musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir.
Bayroqdagi 12 yulduz tasviri mukammallik belgisidir.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Gerbi — Oʻzbekiston Respublikasi rasmiy
davlat ramzi. 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan. Davlat gerbi — davlat
mustaqilligining ramzlaridan biridir.
Davlat gerbi dumaloq koʻrinishga ega boʻlib, bu shaklning soʻl
tomoni rizq-roʻzimiz timsoli — bugʻdoy boshoqlaridan, oʻng
tomoni esa oʻzbekning dongʻini dunyoga taratgan bebaho
boyligimiz — chanoqlari ochilgan gʻoʻza shoxlaridan
iborat chambarga oʻralgan,
uzoqdagi togʻlar va daryolar manzarasida
gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi, ayni
paytda bu Oʻzbekistonning serquyosh mamlakat ekanligini ham
bildiradi. Gerbning yuqori qismida esa Oʻzbekiston ozodligining
ramzi sifatida sakkizburchak yulduz, uning ichki
qismida yarimoy va yulduz ma`nosi mamlakat aholisining ko`p
qismi islom diniga etiqod qilishi, markazida — baxt va
erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Xumo qushi tasvirlangan.
Gerbning pastki qismida Oʻzbekiston Respublikasi davlat
bayrogʻini ifoda etuvchi chambar tasmasiga „Oʻzbekiston“ deb
yozib qoʻyilgan.
"Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi" haqidagi
qaror 1992-yilning 10-dekabrida Oʻzbekiston
Respublikasining Yuqori Kengashinig 11-chaqirigʻida qabul
qilingan. Ushbu madhiya 1992-yildan hozirgi paytgacha
Oʻzbekiston Respublikasining madhiyasi hisoblanadi.
Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla
Oripov soʻzi, Oʻzbekiston xalq bastakori Mutal
Burhonov musiqasi.
Serquyosh, hur o‘lkam, elga baxt, najot,
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Oltin bu vodiylar — jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!
Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu bo‘l obod!
Oltin bu vodiylar — jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
E`TIBORINGIZ UCHUN
RAHMAT
Download