BIR YILDA NECHA KUN BOR 1 1 yilda necha kun bor? Vaqt haqida 1 yilda necha kun bor? ❓Shu savolni istalgan kishidan so'rasangiz 99,9% odam 365 kun deb javob beradi. Maqola mazmuni esa, bizda aslida necha kun mavjudligini ochib berishga harakat qiladi. Ro'yxat — hayotda nimagadir erishmoqchi bo'lganlar uchun va ulardagi mavjud bo'lgan foydali ish koeffitsiyentini oldindan aniqlab olish uchun maxsus tuzildi. Bir yilda 365 kun bor deb hisoblasak, Shundan 122 kun uyqu vaqti. O'rta xisobda 8 soat. • Bizda 243 kun qoldi. Har bir kishi ta'lim yoki ishga borish uchun yo'l yuradi. 1 kunda 1 soatini yo'l yurishga sarflaydi va bu 1 yilda 15 kun degani. • Bizda 228 kun qoldi. Kun davomida jami 2 soat taomlanishga sarflanadi desak, 1 yilda 30 kun ovqatlandik. • Bizda 198 kun qoldi. Hammom va unga ta'lluqli bo'lgan ishlar uchun 1 yilda minimum 8 kun sarflanadi. • Bizda 190 kun qoldi. Inson insoniy jamiyatda yashaydi, Demak suhbatlashish bor narsa, hech kim butun umrini ishga yoki ilmga 2 bag'ishlay olmaydi. Demak mavzudan tashqari jonli suhbatlar uchun 1 soatdan ketib qoldi. 1 yilda 15 kun. • Bizda 175 kun qoldi. Kiyim va ust-boshlaringizni kimdir olib bermasa kerak? O'zingizga mos kiyimlarni tanlash uchun, bozor yoki do'kon aylanish va xarid ishlariga 1 yilda 2 kun ketdi. • Bizda 173 kun qoldi. Ish va ta'limdan tashqari telefon qo'ng'iroqlarga javob berishga kuniga 4 minutdan sarflasak, 1 yilda 1 kun ketib qoldi (bu xisob normal odamlar uchun, kompotlar bundan mustasno). • Bizda 172 kun qoldi. Innovatsion jamiyatda internet bormagan joy qolmadi, uzoqdagi do'st va tanishlarimiz bilan ijtimoiy tarmoq yoki messenjerlar orqali, 1 yilda o'rta xisobda 14 kun lenta ko'rish va gaplashishga sarflaymiz (bu xisob normal odamlar uchun, kompotlar bundan mustasno). • Bizda 158 kun qoldi. Soch oldirish sartaroshxona (yoki salon) ishlariga 1 yilda 2 kun sarflanadi. • Bizda 156 kun qoldi. Hozirgi kunda smartfonsiz yashashni tasavvur qilish qiyin, smartfonda hech qanday amaliyotsiz, unga shunchaki qarab qo'yish, kunni yoki soatni aniqlash hamda oylik to'lovlarini to'lashga jami 1 yilda 1 kun vaqtimiz ketadi. • Bizda 155 kun qoldi. Issiq jonni istimasi bor, inson bir yilda o'rta xisobda 5 kun kasallikni boshidan o'tkazadi (mutloq sog'lom odamlar nazarda tutilgan, surunkali kasallar ko'proq sarflaydi). • Bizda 150 kun qoldi. 3 Mintalitetimizdagi juda "foydali" urf-odatlar sababidan, to'y hashamlar, kutilmagan xursandchiliklar sababidan 1 yilimizdan 6 kunni yo'qotamiz. • Bizda 144 kun qoldi. Shu jumladan do'stlar bilan choyxona davrasida 1 yilda 11 kun. • Bizda 133 kun qoldi. Ko'ngilsizliklar, Fors-major holatlari, kayfiyat tushishi, qisqa vaqtli tushkunlik sabablaridan, 1 yilda 15 kunni yo'qotamiz. • Bizda 118 kun qoldi. Davlat tomonidan berilgan rasman dam olish kunlari, (1 yanvar, 8 mart, 21 mart, 9 may, 2 ta hayit bayrami, 1 sentyabr, 1 oktyabr, 8 dekabr. Jami 9 kun. • Bizda 109 kun qoldi. Kim ham o'z tug'ilgan kunida mashaqqatni istardi? Yana 1 kun havoga uchdi. • Bizda 108 kun qoldi. Bir yilda 365 kun bor deb o'ylayotganlar endi hayol qilayotganlarini tushungan bo'lsa shu 365 kundan 52 kun yakshanba. Ya'ni dam olish kunidagi foydasiz ish koeffitsiyenti 25 kun deb olsak. • Bizda 83 kun qoldi. Foydasiz ilm. Ha, aynan foydasiz ilm bizning umrimizni ko'p qismini yeb yuboradi. Ishga va ta'limga ta'lluqli bo'lmagan keraksiz yangiliklar, keraksiz ma'lumotlar (futbol yangiliklari, sanatkorlar hayotini o'rganish), hayoti davomida qo'llamaydigan bilimlar. Na ishiga na diniga foyda keltirmaydigan bilimlar, sotib olmaydigan narsa (buyum, uy, mashina, texnika)lar haqidagi ma'lumotlarni 4 o'rganib chiqish vahokazo foydasiz bilimlar uchun 18 kun sarf bo'lib ketadi. • Bizda 65 kun qoldi. XULOSA Agar ta'lim oluvchi bo'lsangiz, asosiy diqqat markazingiz nimalarga sochilib ketayotganiga nazar soling. Sen ilmga bor-yoʻgʻingni bermaguningcha, u senga biror narsa bermaydi. (Abu Homid al-Gʻazzoliy) Agar siz startup (yangi biznes boshlovchi) bo'lsangiz rejangizdagi yangi appleni qachon qurishingizni, aniqlab oling. Biz odatda boy kishilarni ko'rolmaymiz. Ularni kechani kecha, kunduzni kunduz demay mehnat qilganini esa hisobga olmaymiz. Uyda yotib biror bir natijaga erishib bo'lmaydi buni esingizdan chiqarmang! (Shavkat Mirziyoyev) 5 O'zbekiston sharoitida (standart) normal hayot kechiruvchi inson sifatida 1 yilda necha kuningiz borligiga realroq nazar soling. 1 yilda 365 kun bormi yoki 65 kun? O'tayotgan 300 kunni qanday tejash har doim o'z ixtiyoringizda. Bu hayotda har bir insonga eng muhim 3 ta resurs berildi: • Kuch, energiya • Pul • Vaqt Misol uchun tugmachali telefondan ko'ra Smartfon tezroq qulayroq, va albatta narxi qimmatroq. Shu afzalliklar bilan vaqtni tejash uchun xizmat qilmasa, demak qulaylik va tezlikka sarflangan sarmoya to'g'ri sarmoya deyolmaymiz, undan ko'ra tugmachali telefon insonni umri uchun afzalroq bo'lib qoladi. Xulosa o'rnida aytadigan bo'lsak, aslida vaqtimizni tejashga xizmat qilishi kerak bo'lgan omillar (smartfon, internet v.h.k) noto'g'ri taqsimot bilan, aksincha uni isrof qilishimizga ham xizmat qilishi mumkin. Ey gʻofil, koʻp oʻylab foyda-yu mol, Umring sarmoyasin aylama poymol. (Saʼdiy Sheroziy) Xullas xulosani o'zingizda qoldirishdan avval, hayotimizdagi eng qimmat navotar (vaqt) haqidagi tarixda aytib o'tilgan muhim so'zlarni keltirib o'taman: Quyoshning har botishida bir parcha kamayishing bor. (Hasan Basriy) Odamzod hayoti tejalgan vaqtga qarab uzayadi. (F. Kolliyer) Agar sen molingning kamayganiga achinayotgan bo'lsang, umringning kamayotganiga yig'la! 6 (Surriy ibn Muflis) Inson boshiga tushishi mumkin bo‘lgan eng og‘ir yo‘qotish vaqtni boy berishdir. (Teofrast) Boy odamlarning eng katta siri shundan iboratki, ular boylik nima bilan o'lchanishini bilishadi. Boylik pul bilan o'lchanmaydi, boylik vaqt bilan o'lchanadi. (Robert Kiyosaki) Oʼtib ketgan kuningdan top-chi bir kun, Bugun qaytib kelurmi kechagi kun?! (Xusrav Dexlaviy) Hasan Basriy rohmatullohi alayh shunday deganlar: Boshlanayotgan har bir kun shunday nido qiladi: “Ey odam bolasi, men yangi kunman, sening amalinga guvohman, mendan foydalanib qol, agar oʼtib ketsam qiyomat kunigacha qaytmayman”. Modomiki vaqt mavjud vositalarning eng qimmatlisi ekan, unda vaqtni talon-toroj qilish eng og‘ir gunohdir. B. Franklin Аli Tantoviy aytadilar: bir kuni shayx Jamol Qosimiy keraksiz narsalar bilan vaqtlarini zoe qilayotgan yigitlarning yonlaridan oʼtayotib afsus bilan: "Eh, qani endi vaqt sotilganida albatta shularning vaqtlarini sotib olgan boʼlardim", dedilar. Bugungi bir soat ertangi ikki soatga aylanadi. (T. Fuller) Umar ibn Аbdulaziz (rohmatullohi alayh) ishning koʼpligidan sal horgʼin koʼringanlarida yaqinlari u zotga achinganlaridan: "bu ishingizni ertaga qoldira qoling", deyishibdi. Shunda u zot: "bir kunning ishi ogʼir kelmoqdaku, ikki kunning ishi toʼplanib qolsa, qanday bajaraman" deb javob berdilar. 7 Zoe ketgan har bir daqiqa boy berilgan ish, boy berilgan foydadir. F. Chesterfild Har qanday tejamkorlik oxir-oqibatda vaqtni tejashdan iboratdir. K. Marks Kecha ertaga deding, zotan kechang bugundir. Sen uchun erta yo'q, Ertang bugundir. (Xoris Munzir) Mazkur maqolani e'tiboringizga havola qilish uchun 15 kun vaqt sarfladim. Aslida bu maqolani shogirdlarim uchun yozgandim, so'ngra boshqalarga ham foydali bo'lsin deb, ommaga taqdim qildim. Soham taqozosidan ko'plab shogirdlar tayyorladim, ulardan 450 dan ziyodi vaqtini qadrlamayotganini topgach, ushbu maqolani yozish zarurligini yaxshi tushundim. Ustozlarim eng avval vaqtni tejashni o'rgatishgani uchun, jamiyatimizdagi (menga bildirilgan) muammolarni o'rganib chiqqan holda bu maqolani ham to'liqroq holda foydalanishga topshirdim. Yuqorida keltirilgan yillik ro'yxatdan, qaysi bo'limlardan qancha vaqtni tejab qolish mumkinligini belgilab, yillik foydali ish koeffitsiyentingizni ko'paytirib olishingiz mumkin (agar aniq maqsadingiz bo'lsa). Chunki bu hayotda maqsadsiz odamdan ko'ra vaqtni isrof qiladigan kishini ko'rmadim. 8 Ko'pchiligimizda, yuqoridagi 1 yillik tejash qiyin bo'lgan narsalarni aytish oson, ammo bajarish qiyin degan savol tug'ilishi mumkin. Bu holatda tabiiyki amaliyotda qo'llash uchun ularga, ruhiyat kerak bo'ladi . . "Ruhiyatni chet el motivatorlardan ham olsa bo'ladiku" deyish ham mumkin, ammo ular o'zlari bajargan ishlari sizni haqiqatingizga (hayotingizdagi aksini topish) qiyin bo'lgani uchun yoki ular boshqa davlatdagi fantastik inson sifatida ko'ringani uchun, sizga kuchli ruhiyat berolmasligi mumkin. Chunki odatda inson o'ziga qiyoslay olgan kishini ortidan tezroq intilishga harakat qiladi. Sizdan 1000 km o'zib ketgan odamga yetish huddiki bajarib bo'lmas ishdek tuyiladi. Aynan shuning uchun, sizlarga vaqtni tejashga oz bo'lsada ruhiyat bag'ishlash uchun, minimal harakter namunasi bo'lib, ustozlarga quloq solib vaqtni tejab bajargan ishlarimni o'rtoqlashaman. Chunki har qanday suratdagi mavzuga asl ruhiyat olib kiradigan nuqtasi ham ustozlar ko'rsatmasini bugungi kundagi haqiqatini (natijalarni) topishdir. Agar bog'liqlik faqatgina tarixiy asar bo'libgina qolmay, mana shu real 9 (vaqt) hayotda bo'lsa, yana ham yaxshiroq effekt beradi. Muallif sizga qanchalik yaqin bo'lsa (Vatani, yoshi) shunchalik u erishgan natijaga yetishlik yaqin bo'lib ko'rinadi. *** Bugun maqola muallifi sifatida, sizga 1 qadam natijada turgan oddiy yosh o'zbek o'g'loni sifatida vaqtni tejashni jonlantirish uchun va bu ishda hayotingizga ruhiyat bag'ishlash uchun o'rgangan va amal qilganlarimni sizlarga to'la to'kis havola qilaman. Uzoq yillar oldin, ustozlardan doimiy ta'lim olib keldim va toqatim yetgancha vaqtni tejashga harakat qildim. Shunda "men umrimni yarmini isrof qilib yuborim, agar sizlar men qilgan xatolarni takrorlamasangiz, ko'proq natijaga erishishingiz mumkin" deb ham har doim shogirdlarimga takrorlaganman. Shunday ekan quyida yuqoridagi tejash mumkin bo'lgan o'rinlarni yarim natijasini ko'rib chiqamiz, ya'ni agar siz to'laligicha tejay olsangiz, 2 barobar ko'proq natijaga erishishingiz mumkin degani. Bu o'zim haqimdagi ro'yxat hammada birdek ijobiy his uyg'otmasligi mumkin, kim qanday tushunsa bu uning ichki dunyosi, ya'ni o'zining muammosidir. Turli xil g'arazli va qalb illatlariga boy insonlarni hisobga olmagan holda hammasini ro'y rost yozdim. Chunki ustozim Sayyid Rahmatulloh Termiziy darslaridan birida: "Odamlarning qalblariga mas'ul emassiz, sizning ishingiz yetkazish xolos" deganlar. Vaqtni tejashga harakat qilganimning yarim natijasi ro'yxati: 10 • 18 ta joyda (ishchi xodim bo'lib) ishladim. (Ba'zilari: Aholidan chiqindilarni yig'ishtirish, Matbuot gazeta sotish do'konchasi, mebel yig'ish, velosiped savdo, kompyuter ustasi, muharrirlik, mehrobuz vahokazo batafsil ro'yxati bor). • 19 dan ortiq ustozlardan ta'lim oldim (Javohir Nazarov, Bahrom Kalonov, Is'hoqjon Muhammad domla, Sayyid Rahmatulloh Termiziy. Hammalarini batafsil ro'yxati bor, qachon nima mavzuda va qancha vaqt ta'lim olganimgacha yozilgan). • Ta'lim olib bitirgan joylarim 4 ta. 4 ta hujjat (3 ta diplom 1 ta moskvadan sertifikat) bor. • Kompyuterda tez yozish bo'yicha 10 yillik tajriba hamda Sertifikat. 2015 yil Moskvada eng katta tez yozish maktabini bitirdim, maxsus sertifikat olganman (sertifikat mavjud). Tezlik: Soniyasiga 8 ta harf. • 3 ta til (Ingliz tili — sohamga yetarli, videodarslarni tushunadigan darajada; Rus tili — tushunadigan darajada. Turk tili — videodarsliklarni tushunadigan darajada. Arab tili — o'qiydigan darajada. • O'qigan kitoblarim 500 dan ortiq (asosan ruhiy tarbiya, qissalar, tarix, hol ilmi). • Audio darsliklar 700 dan ortiq. • Sohamda 15 yillik tajriba. • Sohamga doir 50 dan ortiq dasturlarni yaxshi o'zlashtirdim, bemalol o'rgata olaman. • 3 marta Moskvaga bordim. • Sport bo'yicha: 5 ta sport bilan shug'ullandim. 1. Qo'l jangi — rukapashniy boy 1 yil); 2. Boks — 1 yil; 3. Taekwondo — 1,5 yil; 4. JuJitSu — UFC brazil 1,5 yil; 5. 11 Stol tennis — 4 yil; Stol tennisi bo'yicha maktab va kollej birinchi raqamli raketkasi, hamda shahar va viloyat bosqichi darajasigacha. • 17 yoshimgacha 2000$, 19 yoshimgacha 5000$, 20 yoshimgacha 15000$ (kapital ko'rinishida emas, ishchi sifatida ishlab naqd pul) daromad topdim. • 22 ta joyga (yashash uchun) ko'chdim. Toshkentni o'zi hisoblangan. 2 marta uysiz ko'chada qoldim. • 4 ta boshlagan (startup) biznesim inqirozga yuz tutdi. (ro'yxati bor) • 4 ta sh'er yozdim (bitta she'rimni yozib bitirish uchun 6 oy vaqt ketdi) • 100 dan ortiq hikmatli so'z yozdim (ba'zisini yozib bitkazish uchun 9 yil vaqt kerak bo'ldi) • Ayni paytda Sayyid Rahmatulloh Termiziyning shogirdlariman. Oxirgi 5 yil ustozdan ta'lim oldim va shu vaqt oralig'ida ustoz lafzlaridan aytilgan 400 ta ilmiy ma'rifiy katta maqolalarni yozdim. • 100 dan ortiq o'z muallifligimdagi maqolalar yozdim. • Ayni paytda yozayotgan kitoblarim soni 3 ta. Hayatuddunya; Kechikkan kechinmalar hamda Jufti halolimga maktub asari. • Sohamga doir ishlardan: 2000 dan ziyod turli kompaniya va mijozlar uchun dizayn tayyorladim. (Najot Ta'lim va PDP logo brendi vahokazo) • Sohaga doir 50 ta shogird tayyorladim. Shulardan 30 tasi yonimda hali ham ta'lim olishmoqda. • Hozirda 3 ta brend va 1 ta holding kompaniya egasiman. Shulardan biri O'zbekistonda ilk bor ishga tushirilgan 12 "Frilansus.com — Frilanserlarni rivojlanish platformasi va milliy baholash tizimi"dir. Hozirda juda qisqa vaqtda 0,5 mlrd so'm pul aylanmasini amalga oshirgan muvaffaqiyatli loyihalardan. Kompaniya faoliyatiga 2 yildan oshdi. • Shuningdek, hozirda 250 dan ortiq kompaniyalarga xizmat ko'rsatayotgan dizayn studiyaga asos soldim. mazkur kompaniya faoliyatiga 4 yildan oshdi. Kompaniyada kadrlar soni 35-50 atrofida. • Kompaniya muvaffaqiyati uchun jami hisobda 70 000$ dan ko'proq sarmoya qildim. Shaxsiy daromadimni aytish shart emas deb o'ylayman. Chunki boylik topilgan mablag' bilan emas, tejab qolingan umr bilandir. • 30 yoshga to'lmadim. Yoqutlar topilar vaqtlar bilan Vaqtlar topilmas yoqutlar bilan. Bu gaplarni bu qadar batafsil aytishimni sababi, yuqorida aytib o'tganimdek, qo'limdan 500 ga yaqin shogirdlar o'tdi, ammo juda ko'plarini vaqtni qadriga yetmayotganliklarini ko'rdim. Ularga "nima uchun vaqt sen uchun qadrli emas?" desam, "mana qadrlayapmanku, o'rganyapmanku" deydi. Lekin kunining yarmidan ko'p qismi bekorchi foydasiz narsalar bilan o'tib ketayotgani o'ziga sezilmaydi. Chunki hammaning bosib o'tgan yo'li va olgan bilimlari bo'yicha o'z o'lchov birliklariga ega. Kimning nazdida vaqtni tejab, kimning nazdida vaqtni isrof qilayotganini bilishi uchun, asl vaqtni tejab o'tgan olimlarni hayotiga nazar solishi to'g'riroq bo'ladi. Shuning uchun mazkur maqoladan boshlang'ich xulosa chiqarib olgan bo'lsangiz, qolgan ma'lumotni vaqt haqida mo'tabar kitob 13 bo'lmish, "Ulamolar nazdida vaqtning qadri" kitobini o'qishni tavsiya beraman. Aziz vatandoshimiz Mavlaviy Domla Hindistoniy rahmatullohi alayhi nomi bilan dunyoga tanilgan olimning boboustozlari boʼlmish, hindistonlik ulugʼ olim Аbdulhay alLaknaviy rahimahulloh, umrlari davomida islomiy ilmlarning qariyb barcha sohalari boʼyicha 150 ga yaqin asar yozib qoldirgan. Lekin alloma Abdulhay Laknaviy rahmatullohi alayh 39 yoshida vafot etdi. Bu hikoyani maqola so'ngida aytishimni boisi, Toshkentga kelishimdan avval vodiyda tahsil olgan ustozim Abu Muhammad Lutfulloh(imom domla)ning boboustozlari Mavlaviy Domla Hindistoniy rahmatullohi alayh bo'ladilar. TAVSIYA Vaqtni tejashni eng birinchi sababi, ustozni lozim tutishdir. Har doim ustozlar, sizni xato qilib yillab bosib o'tadigan yo'lingizni qisqartirib berishadi. Har bir ustozim, har bir xato qilishim mumkin bo'lgan 5-10 yillik xatolarni tejab berishlari sababidan, aslida yo'qotishim kerak bo'lgan juda uzoq yillik umrni tejab qoldim. Natijalarim kattalar uchun kichik, kichiklar uchun qishloqdan Toshkentga ish qidirib 14 kelgan yosh yigit uchun normal natija deb o'ylayman. Albatta bularning barchasi ustozlar sababidandir, ularni (hammalarini) yaxshi ko'raman va butun hayotim davomida ularni haqqiga duodaman. Hozirgi kunda "hamma narsani o'zim o'rgandim" deb ko'krak kerib yuradiganlarni ko'p uchratyapmiz. Aslida o'sha insonni chaqaloqlik paytida cho'lni o'rtasiga qo'yib, 50 yildan keyin xabar olsangiz, gapingizni ham tushunmaydi-yu, hamma narsani ustozlardan o'rganib, o'zim o'rgandim deydi... Naqadar noshukrlik naqadar nonko'rlik! * Aziz o'quvchi, ushbu maqolani yozib bitirishim uchun menga 15 kun vaqt kerak bo'ldi. Shu vaqt oralig'ida xonamga hech kimni kiritmadim va ishim qolib ketishi sababidan taqriban 1900$ zarar qildim. Hamda Alloh taolo menga bergan ne'matlarning eng qimmati va qadrlisi (hech qachon qaytib kelmaydigan) 15 kunlik umrimni ushbu maqolani yozishga sarf qildim. O'ylaymanki, bu maqola sizlarga kelgusi hayotingizda ko'plab vaqtlaringizni tejashga turtki bo'ladi. Biling, bugun sizga bir ilm tuhfa etildi, mana shu ne'matni qadriga qanchalik yetsangiz, Alloh taolo sizga ne'matlarini yanada ziyoda qilib beradi. Zero kitoblarda aytildi: Bu hayotning mohiyati shundaki: Qadr-qimmatning qadriga yetgan kishigina qadr topajak. Qadrsizlangan har bir narsa zavol topajak. (Xoris Munzir) Vaqtni tejashga doir ustozlarimdan o'rgangan bilimlarni eng muhimlari 3 tadir: 15 • Oldingda doim (yetishing mumkin bo'lgan) aniq maqsading bo'lsin. • (O'sha) maqsad sari vaqtni tejagan holda jiddiy harakat qil. • Bardavom bo'l va sabr qil. Natija va muvaffaqiyat — Allohdan. So'zimni bir unutilmas hikmat bilan yakunlayman: Tarixda iz qoldirib mashhur boʻlgan kishilarni hammasi ham buyuk ishlar qilishgan emas, balki ular shunchaki vaqtdan yutishgan. Lekin vaqtdan yutishning oʻzi buyuk ishdir! (Xoris Munzir) Аlloh taolodan oʼtkazayotgan kunlarimizni xayr-barakali qilishini, bugunimizni kechamizdan, ertamizni esa bugunimizdan afzal qilishini soʼraymiz. Muallif: Rahimjon Gaziyev (kompyuter ustasi). 16