Загрузил Abduvokhid Isakov

Glossariy chiroyli yozuv

реклама
GLOSSARIY
1. Metodika – grekcha “metodos”so’zdan olingan bo’lib, “usul”, “uslub”, “o’qitish” degan
ma’noni bildiradi.
2. Savod o’rgatish metodikasi - pedagogika fanida jiddiy masala hisoblanib elementar
o’qish va yozishga o’rgatishdir.
3. O’qish va yozish - Nutq faoliyatining turi bo’lib, maktabda o’qitish elementar o’qish
va yozishga o’rgatishdan boshlanadi.
4. O’zbek tili yozuvi - Fanimatik yozuv hisoblanib 1993 – yil 2 – sentabrdagi “lotin
yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida” gi qonunga muvofiq
o’zbek tili yozuvi uchun lotin grafikasi asos qilib olindi.
5. Mufrodod - Harflarni nusxaga qarab alifbo tartibida katta-katta qilib yozish.
6. Murakkab ot - Harflarni bir biriga qo’shib yozish.
7. Muqatto ot - bayt, qita va ruboiylarni ko’chirib yozish mashqi.
8. Tutuq belgi - Tovush bildirmaydigan belgi.
9. Matn - Bir nechta gaplardan iborat bo’lib, nisbatan kichik voqeylikni ifodalovchi til
birligi.
10. Nutq o’stirish - lug’atni boyitish so’z birikmasi bog’lanishli hikoya tuzish.
11. Sintez - o’quvchi so’zni analiz qilish bilan uni leksik ma’noga ega bo’lgan bir
butunlik sifatida anglashi.
12. Analiz - so’z sintez qilinganda uning tovush tarkibiga diqqatning jalb etilishi.
13. Ma’nodosh so’zlar - talaffuzi yozilishi har xil bo’lgan bir umumiy so’zlardir.
14. Lug’atni faollashtirish - ma’nosi tushuniladigan ammo nutq faoliyatida
ishlatilmaydigan nofaol lug’atdagi so’zlarni faol lug’atga o’tkazish.
15. Leksika - Tilda mavjud bo’lgan barcha so’z va iboralarning yig’indisi.
16. Leksikalogiya - Lug’at tarkibidagi so’zlarning nutqda ma’no ifodalash xususiyati
qo’llanish faolligi boyib borishi
17. Ichki nutq - o’z fikrini ovoz bilan eshittirib bayon qilishdan oldin o’ylab olish.
18. Tashqi nutq - Tovushlar yordamida eshittirilib yoki grafik belgilar bilan yozish.
19. Nutq - Kishi faoliyatining turi, til vositalari asosida tafakkurni ishga solishdir
20. Til - aloqa vositasi.
21. To’g’ri yozish - So’zning harf tovush tarkibini Grammatik shakllarini buzmasdan
so’zning tovush yoki bo’g’nini tushurib qoldirmay boshqa tovushni qo’shmay
so’zga urg’uni to’g’ri qo’yib o’qish hisoblanadi.
22. Tez o’qish - o’qilayotgan asar mazmunini o’zlashtirishni matn mazmunini ongli
idrok etadigan o’qish turidir.
23. Ongli o’qish - O’quvchilarning zarur ongli tajribasiga so’zning leksik ma’nosini
gapda so’zlarning bog’lanishini tushunishga va bir qator metodik shartlarga bog’liq
o’qish turi xisoblanadi.
24. Ichda o’qish - Tovushga asoslangan lekin unda ovozsiz o’qiladi.
25. Shivirlab o’qish - Yarim ovoz bilan o’qishdir.
26. Ovozli o’qishdir – ovozga asoslangan bo’lib, unda ta’lim jarayonida
keng
foydalaniladi.
27. She’r - ohang jihatdan ma’lum bir tartibga solingan his tuyg’u ifodasi sifatida
vujudga kelgan hayajonli ritmik nutqdir.
28. Maqol - turmush tajribalari zaminida tug’ulgan va xalq donoligini ifodalagan qisqa
ko’pincha she’riy shakldagi hikmatli so’zlar chuqur ma’noli ifodalardir.
29. Orfografiya - yunoncha so’z bo’lib “to’g’ri yozuv” degan ma’noni bildiradi.
41
30. Yozuv daftari - Sinfda o’rganilgan harflarni uyda mashq qilish uchun alohida
mo’ljallangan daftardir.
31. Alifbe - birinchi o’quv kitobi bo’lib, uni ishlab chiqishda didaktikaning umumiy
mezonlariga amal qiladi.
32. Izohli o’qish - o’ylashga, his qilishga, asarni to’liq idrok qiishga, o’qilganning
mazmunini o’zlashtirishga olib keladigan o’qishga aytiladi.
33. Mantiqiy o’qish - matnni tog’ri, tushunib, tez meyorda o’qish.
34. Ijodiy o’qish - Badiiy asarni izohli o’qishga yaqin bo’lgan metodlardan biridir.
35. Izlanish metodi - bu metod asardagi voqea va tafsilotlar asosida o’quvchilarga
savol–javob berish asosida
o’quvchilarga savol- topshiriqlar tuzishda keng
qo’llaniladigan usuldir.
36. Analitik bosqich - o’zni bo’g’in harf tomonidan tahlil qilish va bo’g’inlab o’qish
malakasini shakllantirish.
37. Sintetik bosqich - so’zni ko’rish orqali idrok qilish va uning talaffuzi so’z
ma’nosini anglash bilan asosan mos keladi.
38. Intonatsiya - urg’u, nutq tempi va ritmi, pauza, ovozning past balandligining
yig’indisidir.
39. Ekskursiya darsi - bolalarda tabiatga mehr uyg’otadigan, uni sevish va tabiat
ehsonlarini asrash hissini tarbiyalovchi dars turidir.
40. Tanlab o’qish - bunda o’quvchi matnning berilgan vazifaga mos qismini o’qiydi.
41. Grafik tasvirlash - o’quvchilar matnni puxta o’rganib chuqur anglab unga mos rasm
chizishi.
42. So’z bilan tasvirlash - manzarani so’z yordamida aniq qayta tiklash.
43. Hikoya - ko’pincha kishi hayotida bo’lgan epizotni tashkil etadi.
44. Masal - ahloqiy, saterik va kesatish mazmunini hikoyali aks ettirgan she’riy, nasriy
asardir.
45. Latifa - xalq og’zaki ijodining ommaviy janrlarning biri bo’lib, nozik, mayin, kinoya
qochiriqlar ishtirok etuvchi kulguli, kichik hajmli hikoyadir.
46. Tez aytish - ma’lum so’zni, so’z birikmasini yoki tovushni to’g’ri talaffuz qilishga uni
boshqa tovushlardan farqlashga o’rgatadigan janr hisoblanadi.
47. Bayon qilish metodi - o’qituvchi bayon qilishdan oldin o’quvchilarning
o’rganilayotgan mavzu yuzasidan bilimlarni aniqlash.
48. Tekshiruv diktantlari – o’quvchilarning bilim ko’nikma va malakalarini nazorat
qilishga qaratilgan diktantdir.
49. Gaplarni yoyish - buning uchun gapninng qaysi bo’lagi yoyishni talab qilishi
aniqlanadi.
50. So’zlari aralash berilgan gaplarni tiklash - gapning asoslari tiklanadi, so’ng so’roq
yordamida ikkinchi darajali bo’laklari aniqlanadi.
51. Uzluksiz matindan gaplarni ajratish - mashq ongli bo’lishi uchun har bir gapning bosh
bo’laklarini va so’z birikmalarini ajratish lozim.
52. O’zak morfema - so’zda albatta qatnashadigan va leksik ma’no anglatadigan
morfema.
53. Afiksal morfema - mustaqil holda ma’no anglatmaydi so’zning leksik va
Grammatik ma’noli shakllanishi uchun xizmat qiladigan morfema.
54. Insho rejasini tuzish - reja har qanday og’zaki yoki yozma hikoya qilishning
zaruriy pog’onasi uning loychasidir
42
55. Rasm asosida insho - maktabda tez-tez o’tkaziladi. Chunki rasm bolalar nutqiy ijodini
tasavvurini boyitishga xizmat qiladi.
56. Tanlab hikoya qilish va bayon - tanlab hikoya qilish matndan tor mavzuga,
o’qituvchining topshirig’iga oid qismini qayta hikoyalashdir.
57. Qisqartirib qayta hikoyalash va bayon- matin mazmunini qayta hikoyalash va bayon
yozish murakkab mantiqiy usullardan foydalanishni talab qiladi.
58. Bayon - o’qib berilgan umumiy matin mazmunini ma’lum tayyorgarlikdan so’ng
yozma qayta hikoyalashdir.
59. Imloviy malaka – ongli nutuq faoliyatining avtomatlashgan komponentidir.
60. Ko’chirib yozuv - ko’rib idrok qilingan so’z gap yoki matnini yozma shaklda
ifodalashdir.
61. Diktant - eshitib idrok qilingan so’z gap matnni yozishdir.
62. Ta’limiy diktantlar - bilim berishga yo’naltirilgan diktantlar.
63. So’z yasovchi qo’shimchalar - So`zning leksik ma`nosini Shakllantirish uchun xizmat
qiladigan affikslardir.
64. Shakl yasovchi qo’shimchalar - So’zlarni grammatik jihatdan shakllantirib turli
gramatik ma’nolarni ifodalovchi affikslardir.
65. Deduksiya metodi - O’quvchi tayyor qoida, ta’rif bilan tanishadi va uning
mohiyatini til dalillari asosida ochadi.
66. Induksiya metodi - O’quvchilar o’quvchi tavsiya etgan til dalillarini kuzatadi,
tahlil qiladi va shu asosida xulosa va
ta’riflar keltirib chiqariladi.
67. Bayon qilish metodi - o’qituvchi bayonni kuzatib, tinglab borishiga, faol bo’lishga
undaydigan metoddir.
68. Ta’limiy talab - har bir dars o’quvchiga qandaydir bilim berishi lozim.
69. Tarbiyaviy talab - har jihatdan komil shaxsni tarbiyalash demakdir.
70. Didaktik talab - bu o’qituvchiga darsni tashkil qilishni aniqlab olishga yordam
beradi.
71. Psixologik talab - o’quvchilarning psixologik xususiyatlarini yaxshi bilgan
o’qituvchigina to’la qonli dars uyushtirishi mumkin.
72. Gigiyenik talab - bu o’quvchilar salomatligi haqida qayg’urish demakdir.
73. Til - barcha tomonlari o’zaro dialetik bog’lanishda va birlikda bo’lgan murakkab ko’p
qirrali hodisa.
74. Sinfdan tashqari o’qish bosqichlari - savod o’rgatish davriga to’g’ri keladi.
43
Скачать