«TIKUV BUYUMLARI TEXNOLOGIYASI» FANIGA KIRISH. REJA: 1. Respublikamizda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida 2. Kiyim to’g’risida qisqacha ma'lumot. 3. Turli xil kiyimlarga qo’yiladigan talablar va ularning tasnifi. 4. Kiyimlarni tikishda zamonaviy texnologiyalarning ahamiyati 1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 dekabrdagi PF-5285 sonli “O‘zbekiston Respublikasida to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish choralari to‘g‘risida” gi Farmonlari va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan Harakat dasturini so‘zsiz bajarish bo‘yicha belgilangan ustuvor yunalishlardan kelib chiqqan holda, to‘qimachilik sanoati korxonalarini tizimli ravishda zamonaviy ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlash va modernizasiya qilish hisobiga mahsulotlar turlari va assortimentini kengaytirish, ishlab chiqarish va eksport hajmini keskin oshirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi. Tarmoqda 2017 yilda 250.5 mln. dollar investisiyalar o‘zlashtirilgan, 2018 yilda 548.1 mln. dollar va joriy yilda 769 mln. dollar, yoki 2016 yilga nisbatan qariyb 4 barobar ko‘p o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan. 2019 yil yanvar-iyun oylarida umumiy qiymati 338,0 mln. dollar bo‘lgan 31 ta to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati loyihalari ishga tushirilishi natijasida 7500 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi. Tarmoqda 2017 yilda 250.5 mln. dollar investisiyalar o‘zlashtirilgan, 2018 yilda 548.1 mln. dollar va joriy yilda 769 mln. dollar, yoki 2016 yilga nisbatan qariyb 4 barobar ko‘p o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan. 2019 yil yanvar-iyun oylarida umumiy qiymati 338,0 mln. dollar bo‘lgan 31 ta to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati loyihalari ishga tushirilishi natijasida 7500 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi. investisiyalar 900 800 700 600 500 400 769,1 300 548,1 200 100 250,5 0 2017 yil 2018 yil investisiyalar 2019 yil Jumladan, Buxoro viloyatida "BCT Cluster" MChJda yillik quvvati 9,2 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarish, Jizzax viloyatida "Aztekstil'" MChJda – 5,0 mln. kv.m. ip gazlama, Toshkent viloyatida "Vintage Denim" MChJda – 1,2 mln. dona djinsi mahsulotlari, Xorazm viloyatida "Xazarasp tekstil'" MChJda – 5,0 ming tonna ip kalava ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar amalga oshirildi. Natijada, 82,9 ming tonna ip kalava, 3,4 ming tonna trikotaj mato, 13,8 mln. kv.m. ip gazlama, 8,9 ming tonna momiq mato va 36,1 mln. dona tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlari yaratildi. Shu bilan birga yangi quvvatlarni ishga tushirish va ularni o‘zlashtirish natijasida yuqori qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi ham ko‘paygan. Masalan, trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish – 3.5 barobarga, paypoq mahsulotlari – 5.5 barobarga va tikuv mahsulotlari ishlab chiqarish esa 4.2 barobarga ko‘payadi. Soha korxonalari tomonidan 2017 yilda 1 mlrd.160.6 mln.dollarlik eksport amalga oshirilgan, 2018 yilda – 1 mlrd. 607.9 mln.dollarlik va joriy yilda 2.1 mlrd. dollarlik mahsulotlar eksporti bajarilishi rejalashtirilgan. 2016 yilda 304 ta korxona mahsulotlarini eksport qilgan bo‘lsa, joriy yilda 800 ortiq korxona ekport bilan shug‘ullanmoqda Название диаграммы 2500 2000 1500 1000 500 0 2017 yil 2018 yil Ряд 1 2019 yil Столбец1 Столбец2 Korxonalarning eksport salohiyatini oshirish maqsadida yangi bozorlarni o‘zlashtirish, ayniqsa Yevropa Ittifoqi, MDX, Osiyo va Amerika qit'asi mamlakatlarida. Shu bilan birga mahsulot turlarini ko‘paytirish va tayyor mahsulotlarni eksportga yo‘naltirish maqsadida jaxondagi yirik brendlar («Adidas», «Reebok», «Nike», «IKEA», «Collin`s» va boshqa) xamkorlikni yo‘lga qo‘yish ishlari amalga oshirilmoqda. Umumiy sanoat mahsulotlarida xalq iste'moli mollarining 2016 yilda 46 % ni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda 60 % ni tashkil etib, 10 trln.349.3 mlrd. so‘mlik xalq iste'moli mollari ishlab chiqariladi. Xaridorgir korinishi Axborot Konstruksiya mukammalligi Kishi obraziga mosligi Utilitar Kiyim togrisida axborot Fiziologikgigienik Shaxs togrisida axborot Mikro iqlim qulayligi Himoyaviy Statika va dinamikada qulaylik Ishlab chiqarish ta'siridan Mexanik ta'sirlardan Tashqi muhit ta'siridan Kiyim funksiyasi Axborot - estetik Estetik Iqtisodiy korsatkich Konstruksiyaning ishlov berishga qulayligi Iste'molchiga oid sifat ko‘rsatkichlar Standartlash va unifi-kasiyalash ko‘rsatkichlari Ekspluatasion ko‘rsatkich Ergonomik ko‘rsatkich Estetik ko‘rsatkich Funksional ko‘rsatkich Ijtimoiy ko‘rsatkich Kiyim sifatini baholash ko‘rsatkichlari Texnik-iqsodiy sifat ko‘rsatkichlari I j t i m o i y ko‘rsatkichda buyumni ishlab chiqarish va sotishga muvofiqligini bildirgan ommaviy ehtiyojlarga mosligi, ya'ni tashqi va ichki bozorda iste'molchilarning kiyimga bo‘lgan ehtiyojlari tavsiflanadi. Mahsulot sifatini ta'minlashda ijtimoiy omillar roli ilmiy-texnik taraqqiyot va moddiy farovonlik o‘sgan sari oshaveradi. Korxonalarda maxsus tuzilgan ijtimoiy xizmatlar tashkiloti aholi ehtiyojini tahlil qilib, yangi mahsulot assortimentiga talablarni shakllantirishi kerak. Aks holda, mahsulot ko‘p chiqarilib, zarar ko‘riladi. F u n k s i o n a l ko‘rsatkichlar kiyimning asosiy vazifasiga, iste'molchining tashqi ko‘rinishiga va uning psixologik xususiyatlariga mosligini bildiradi. Shuningdek, kiyimning kiyib yuriladigan sharoitga mosligini va qulayligini, shaklini saqlashini va hokazolarni bildiradi. Kiyimning barcha xossalari uning vazifasiga bog‘liq holda tanlansa, kiyim insonning ehtiyojini qondira oladi. Ayni kiyimning vazifasi modelga, uning konstruksiyasiga va materiallariga qo‘yiladigan talablarni shakllantira oladi. E s t ye t i k ko‘rsatkichlar kiyimni shaxsiy iste'mol predmeti sifatida baholashda o‘ziga xos ahamiyatga ega. Estetik ehtiyoj, go‘zallik qonunlariga ko‘ra, insonning go‘zallikka va ijodga bo‘lgan talablarini bildiradi. Kiyim muayyan davrga xos yetakchi badiiy tarzlarga mos loyihalanadi. Kiyimning sifati yetakchi mezon ekanligini e'tiborga olib, uning shaklini yaqqol ko‘zga tashlanishi, kiyimning gazlama bilan bog‘liqligi hamda tanlangan ranglari va hokazolar nuqtai nazaridan moda talablariga muvofiqlik darajasini aniqlaydi. Kiyimning estetik ko‘rinishi barcha konstruktiv elementlarning (detallar simmetrik joylanishi, biriktiruvchi va bezatuvchi choklarning ravonligi, astarning sifati va buyumning rangiga mosligi va h.k) o‘ziga xos yechimi, ifodaliligi, buyumning haridorgir ko‘rinishini ta'minlaydigan elementlari majmuiga (firma savdo belgisi, yorliq, qadoqlashga) bog‘liq bo‘ladi. E r g o n o m i k ko‘rsatkichlar buyumning insonga moslashganlik darajasini bildiradi. Bu ko‘rsatkich kiyim inson qomatiga va uni kiyish sharoitiga, statika(harakatsiz holati) va dinamika(harakat holati)da uning ayrim (antropometrik) harakteristikalariga hamda psixo-fiziologik o‘ziga xos xususiyatlariga mosligini, shuningdek, gigienik va hokazo darajasini aniqlaydi. E k s p l u a t a s i o n ko‘rsatkichlar. Qator sanoat mahsulotlari kabi kiyimga ham muhim ekspluatasion ko‘rsatkich bo‘lgan «ishonchlilik» xosdir. Eksplutasiya davrida kiyimning ishonchlilik ko‘rsatkichi detallarning shakl saqlovchanligi, chidamliligi, choklarning pishiqligi bilan harakterlanadi E k s p l u a t a s i o n ko‘rsatkichlar. Qator sanoat mahsulotlari kabi kiyimga ham muhim ekspluatasion ko‘rsatkich bo‘lgan «ishonchlilik» xosdir. Eksplutasiya davrida kiyimning ishonchlilik ko‘rsatkichi detallarning shakl saqlovchanligi, chidamliligi, choklarning pishiqligi bilan harakterlanadi. Kiyimning texnik-iqsodiy sifat ko‘rsatkichlari. Texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlar konstruksiyaning texnik jihatdan mukammallik darajasini, ishlab chiqarish va iste'molchi harajatlarini hisobga olgan holda kiyimni loyihalash va texnologik usullarini bildiradi. Texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlar ikkinchi darajada standartlash va unifikasiyalash, konstruksiyaning ishlov berishga qulaylik darajasi va tejamlilik ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan. S t a n d a r t l a sh va u n i f i k a s i ya l a sh ko‘rsatkichlari modellarning konstruktiv va texnologik jihatdan bir-biri bilan bog‘lanish darajasini ko‘rsatadi. K o n s t r u k s i ya n i n g i sh l o v b ye r i sh g a q u l a y l i k ko‘rsatkichi mahsulotni yaratish, ishlab chiqish va foydalanish bosqichlarida barcha mehnat, vaqt hamda boshqa vositalarning sarf - harajatlarini kamaytirishga qaratilgan, ya'ni ishlov berishga qulay bo‘lgan konstruksiya shakli sodda, ishlov berishda kam mehnat talab qiladigan, zamonaviy texnologik jarayonlarni qo‘llashga imkon beradigan va bichishda rejali bo‘lishi kerak. I q t i s o d i y ko‘rsatkichlar iste'molchiga va ishlab chiqarishga oid talablarni o‘zaro bog‘lab, mahsulotni konstruksiyalash, ishlab chiqarishda texnologik ishlarni tayyorlash va ishlov berish hamda foydalanish jarayonlaridagi sarf-harajatlarni bildiradi. Tikuvchilik sanoatiga mansub bo’lgan potokli yig’ish ishlab chigarish sharoitida kiyim dеtallarini biriktirish tеxnologiyasi muhim o’ringa ega. Tikuv buyumlarining sifatini oshirish uchun optimal biriktirish usullari, ularning paramеtrlari va zarur ishlov bеrish usullarini o’rnatishga, shuningdеk kiyimdan kafolatlangan foydalanish muddatini oldindan aniqlashga imkon bеruvchi sifatli birikuv ko’rsatkichlarini prognoz qilish usullari katta ahamiyatga ega. Kam opеratsiyali tеxnologiya, tashkiliy va tеxnologik uskunalar, mеxanizatsiya xamda avtomatlashtirishning eng yangi vositalaridan foydalanish bir xil tеxnologik opеratsiyalarning bitta ish joyidagi maksimal kontsеntratsiyasiga ko’maklashadi, bu esa ko’chiriladigan ishlarni bartaraf etish xisobiga qo’l mеhnati xarajatlarini axamiyatli darajada qisqartirishda, bir vaqtning o’zida bir xillikni va toliqishni pasaytirishda ish o’rinlarini maxsuslashtirishga imkon bеradi.