Uploaded by Makset Karlibaev

1-tema

advertisement
1-mavzu. Montaj listi (qog‘ozdagi film) va uning tayyorlanishi
Reja:
1. Montaj listi ahamiyati.
2. Montaj jurnali bilan suratga olish maydonchasida ishlash.
3. Montaj listi orqali loyihani yi’g’ish.
Tayanch sо‘z va iboralar: Montaj listi, qog‘ozdagi film, indeks, shartli belgilar,
taymkod,USB hard, rejissyor assistenti, supervayzer.
Tasavvur qiling, butun smena davomida bir necha o’nlab, ba’zida yuzlab
kadrlar suratga olingan. Aktyorlar ijrosidagi ba’zi epizodlar bir nechta dublning
o’zida tayyor bo’lgan bo’lsa, boshqa holatlarda dubllar soni nihoyatda ko’payib
ketgan. Bundan tashqari ba’zi epizodlar kadrlarining davomi boshqa obyektlarda
davom ettirilishi kerak.
Tabiiyki, rejissyor kerakli dubllarni ajratib olishi, bir necha kunlik suratga olish
materiallarini kompyuterga kiritganida kadrlar izchilligini hosil qilishi uchun har bir
kadr yoki dubl haqidagi ma’lumotlar yozib boriladi.
Kinematografiya taraqqiyoti davomida suratga olish jarayoni ma’lumotlari
tizimli ravishda belgilab borilishi zarurati ma’lum bo’ldi va montaj listlari paydo
bo’lgan. Montaj listlari va montaj jurnalini yuritish rejissyor assistenti,
xlopushkachi yoki “skript supervayzer” (inglizcha “script supervisor” – yozuv
nazoratchisi) vazifasi hisoblanib, u suratga olish davomida proyekt nomi, sana,
operator va rejissyor ism-familiyasi, epizod (sahna), kadr, dubl tartib raqami,
taymkod yoki lavhaning kamera xotirasiga yozilganida paydo bo’ladigan fayl nomi,
ovoz yozish tartibi (sinxron/ovozsiz), aktyorlarning replikalari, voqea bayonini;
ba’zida obyekt nomi, ob-havo, kamera linzasi, ovoz fayllari nomini yozib boradi.
Yozuvlar qisqa, shartli belgilar asosida jadval ko’rinishida bo’ladi. Eski maktab
vakillari montaj jurnalini katta daftarlarga ro’yhat qilib, zamonaviy suratga olish
jamoalarida maxsus tayyorlangan jadvallarda yuritiladi. Montaj listi qanday
bo’lmasin, unda tayanch ma’lumotlari bo’lishi lozim.
Quyida eng soda montaj listini ko’rib chiqamiz: sarlavhada “18.03.2019-yil.
Ibrat hovlisi. Eksteryer. Kun.” deb yozilib, suratga olish kuni va obyekti ko’rsatiladi.
Pastroqda o’rtada rejissyor ssenariysida ko’rsatilgan epizod raqami yoziladi.
EPIZOD #34.
Pastda varaq ikkiga ajratiladi. Chap tarafda jadval asosida kadr va dubllar
haqida ma’lumot ketadi:
Umumiy plan.
Kadr va dubllar tartibi
Voqea izohi
1. S: (sinxron) 226-I (dubl tartibi
Ibrat hovlisi darvozaxonasi. Sobira
ko’pincha rim raqamida yoziladi.) Qo’qon aravada o’tirib, Ibrat berib
C003A001
(raqamli
kamerada yuborgan kitoblarni choyshab bilan
taymkodning o’rniga, fayl nomining o’rayapti. Aravakash otning jilovidan
o’zini ko’rsatish mumkin. Taymkod fayl
ma’lumotida
avtomatik
tarzda
ko’rsatiladi.)
2. S: 226-II C003A002
3. S: 226-III Brak (Rejissyorning dubl
haqidagi izohlarini yozib qo’yish kerak,
ba’zida muvaffaqiyatsiz dubl fayli
xotiradan
o’chirib
tashlanadi.)
C003A003
4. S: 226-IV C003A003 Saqlab
qo’yish.
5. S: 226-V C003A004
tutib turibdi. Ichkaridan chiqqan
Abbosxon tugunlarni aravaga ortib,
singlisi Latifaxonni tepaga chiqarib
qo’ydi. Akbar chiqib, aravakashga
shivirlab yo’lni tushuntiryapti.
Is’hoqxon Ibrat chiqib, duo qilib
yuziga fotiha tortadi. Arava yurib,
darvozaxonadan chiqib ketadi. Ibrat va
Akbar uning ortidan qarab turadilar.
IBRAT: Qani, end ishga. Qolgan
kitoblarni tezroq yashirish kerak.
Ibrat va Akbar hovliga kirib
ketadilar.
Film nomi, ijodkorlar va montaj jurnalini yuritayotgan assistent ism familiyasi
kabi umumiy ma’lumotlar yoki montajga o’tirganda yodda tutish lozim bo’lgan
boshqa ma’lumotlar varaq pastiga yoziladi.
Prodakshn turi, yaratilayotgan mahsulotga qarab montaj listi ham ba’zi
o’zgarishlarga uchrashi mumkin. Masalan ko’p kamerali murakkab suratga olish
jarayonida supervayzer faqat montaj jurnali bilan bo’lib, xlopushka vazifasini
boshqa odam bajaradi. Supervayzer har bir kamerada ko’ringan voqea, planlar
yirikligi, rejissyorlar izohi, aktyor improvizatsiyasi, yutuqlari, xatolari uning
muvaffaqiyatli kadrlari qaysi kameradan olinganidan tortib, yoritish uskunalaridagi
filtrlargacha yozib boradi.
Montaj listi filmning homaki (chernovoy) montajini yaratganda asosiy video
fayllarni tez ajratib olish, montaj davomida voqealar (epizodlar) izchilligini
o’rnatish, va kerakli kadrlar qachon, qanday fayl nomi bilan saqlangani, qaysi hard
diskda turgani kabi ma’lumotlarni olish va jarayonni tezlashtirishi bilan muhimdir.
Supervayzer montajchi, rejissyor bilan birga o’tirib shu jarayonni nazorat qilib
boradi.
Nazorat savollari:
1. Skript supervayzerning vazifalari nimadan iborat?
2. “Taymkod” deb nimaga aytiladi?
3. “Montaj listiga qanday ma’lumotlar kiritiladi?
4. Raskadrovka nima uchun chiziladi?
5. Montajning tasviriy tilini bilish nima uchun kerak?
Adabiyotlar
1. Ken Dancyger. The Technique of Film and Video Editing: History, Theory, and
Practice.2007, Elsevier Inc.ISBN 13:978-0-240-80765-2
2. Walter Murch. In the blink of an eye. 1995. ISBN -13 978-1879505230
3. Bordwell, David (2005). The Cinema of Einshtein. New York, NY: Routlenge.
ISBN0-4159-7365-1
4. Sokolov A. G. Montaj kino i telefilmov M.2000 y.
5. Sh.T. Xusanov. Montaj. Toshkent. Lesson Press nashriyoti, 2017y. ISBN: 9789943-466-30-2
Download