Uploaded by Shaxzod3052

nutqi toliq rivojlanmagan bolalar bilish faoliyatining rivojlanish xususiyatlari (2)

advertisement
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ
ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
НИЗОМИЙ НОМИДАГИ
ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ПЕДАГОГИКА УНИВЕРСИТЕТИ
ДЕФЕКТОЛОГИЯ ФАКУЛЬТЕТИ
Ҳимояга рухсат этилсин
Дефектология касбий қайта
тайёрлаш курси раҳбари
________________
п.ф.н. доц. Л.Нурмухамедова
«____» __________ 2013 й.
Ҳимояга рухсат этилсин
«Коррекцион педагогика» кафедраси
мудири ____________
п.ф.н.,доц. Ш.М.Амирсаидова
«____» __________ 2013 й.
БИТИРУВ МАЛАКАВИЙ ИШИ
Логопедия мутахассислиги
Мавзу: Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar bilish faoliyatining rivojlanish xususiyatlari
Бажарди: Боботоева
Коррекцион педагогика
Илмий раҳбар: Пўлатова
Х.М
1
Тошкент-2013 йил
Mundarija
Kirish
I BOB. Muammoni о‗rganishni ilmiy-nazariy asoslari.
1.1
Muammoni о‗rganish yuzasidan pedagogik-psixologik va metodik adabiyotlar
taxlili.
1.2
Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar nutqining о‗ziga xos xususiyatlari.
II BOB. Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar bilish faoliyatining rivojlanish holatini
о‗rganish.
2.1. Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar idrokining psixologik rivojlanish mazmuni.
2.2. Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar bilish jarayonining tekshirish metodikasi.
2.3. Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar idrokini tekshirish natijalari.
III BOB. Maktabgacha tarbiya yoshidagi nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar bilish
faoliyatini rivojlantirish usullarini takomillashtirish (tavsiyalar berish).
3.1. Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar bilish faoliyatini turli faoliyatlarda
rivojlantirish.
Xulosa
Adabiyotlar rо‗yxati
2
Kirish
Prezidentimiz tomonidan 2012 yilni ―Mustahkam oila yili‖ deb e‘lon
qilinishi va Davlat dasturini ishlab chiqishi mazmunida yosh avlodni jismonan
sog‗lom, aqlan teran, ma‘naviy yetuk, ya‘ni xar tomonlma rivojlangan komil inson
bо‗lib yetishishiga jiddiy e‘tibor qaratilgan. Bu о‗rinda alxida yordamga muxtoj
bо‗lgan bolalarni sog‗lomlashtirish, ularni sog‗lom tengdoshlar qatoriga qо‗shish,
ijtimoiy moddiy jixatdan qо‗llab quvvatlash, mustaqil xayotga tayyorlash barcha
tengdoshlari qatorida ta‘lim tarbiya berish, korreksion pedagogik, psixologik
yordamni kо‗rsatish kabi masalalar davlat dasturida alohida qayd etilgan.
О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 21 yilligiga bag‗ishlangan
tantanali marosimida Respublika Prezidentining tashabbusi bilan 2014 yil ―Sog‗lom
bola yili ― deb nomlanishi bejiz emas. Prezidentimiz о‗z ma‘ruzalarida sog‗lom bola –
sog‗lom ota-ona oilasida vujudga keladi. Sog‗lom bola tug‗ilishida onaning 9 oy
davomida о‗z vujudidagi farzandini dunyoga keltirishda sog‗lom bо‗lishi,
shifokorlarning ona-bola sog‗ligi haqida qayg‗urishlari, onalik va bolalikni himoya
qilishlari, ish joylarida, oilada, sog‗lom muhitni yaratish kabi bir qancha vazifalarni
aytib о‗tdilar. 1
Har
tomonlama
rivojlangan
barkamol
inson
shaxsini
shakllantirish
davrimizning dolzarb muammolaridan hisoblanadi.
Vatanimizning kelajagi bugungi yosh avlodning ilmiy saloxiyati, iste‘dodi,
mustaqil fikrlashiga bevosita bog‗liqdir. Shuning uchun ham bilimdon, keng
dunyoqarashga ega barkamol va ma‘naviy yetuk shaxslarni tarbiyalab yetishtirish
vazifasi, davlatimiz siyosatining ustivor yо‗nalish darajasiga kо‗tarilgan.
1
О‗zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi 2014 yil. 3 b.
3
Prezidentimiz I.A. Karimov «Kelajak avlod haqida qayg‗urish, sog‗lom,
barkamol insonni, uning naslini tarbiyalab yetishtirishga intilish, bizning milliy
xususiyatimizdir.
Bizning ustivor siyosatimiz yosh avlodni aqlan teran, ma‘nan yetuk, jismonan
sog‗lom, har tomonlama rivojlangan komil, zukko inson qilib voyaga yetkazishdan
iboratdir. Bugungi kunda alohida yordamga muxtoj bolalar va о‗smirlarga nisbatan
g‗amxо‗rlik,
ularning
xuquqlarini
ijtimoiy
qо‗llab-quvvatlash,
ta‘lim-tarbiya
jarayonini bu bolalarning ehtiyojini va qobiliyatiga mos ravishda tashkil etish,
sog‗lom jamiyatga tenglashtirish ishlari о‗ta dolzarb masalalardan biridir‖.
О‗zbekiston Respublikasida alohida yordamga muxtoj bolalar va о‗smirlarning
ta‘lim mazmunini takomillashtirish masalalariga e‘tibori davlat tomonidan ortib
bormoqda. О‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ―Ta‘lim tо‗g‗risida‖gi va
―О‗zbekistonda nogironlarni ijtimoiy himoya qilish tо‗g‗risida‖gi qonunda о‗z
ifodasini topadi.
Alohida ta‘limga muhtoj bolalarni ilk yoshdan tashhis qilish , ta‘limga
tayyorlash, psixologik, tibbiy–pedagogik yordamlarni kompleks yо‗naltirilgan holda
sifatli tashkil etish, meyoriy–huquqiy hujjatlarni takomillashtirish,umumta‘lim davlat
standartlarini maxsus ta‘limning barcha yо‗nalishlariga moslashtirish ishlari jadal olib
borilmoqda. Xalqaro miqiyosda imkoniyati cheklangan bolalarga о‗z imkoniyat va
qobilyati darajasida maxsus yoki umuta‘lim muassasalarida ta‘lim berish, sog‗lom
tengdoshlari orasida integratsiyalash tajribalari О‗zbekistonda ham keng targ‗ibot
qilib kelinmoqda. Nutq faqat inson uchun xos bо‗lgan alohida va yuqori darajadagi
aloqa shaklidar. Nutqiy aloqa jarayonida kishilar fikr almashadilar va bir birlariga
ta‘sir etadilar. Nutqiy aloqa til orqali amalga oshiriladi. Til – bu fonetik, leksik va
gramatik vositalar sistemasidir. Gapiruvchi о‗z fikrini bayon etish uchun zarur
bо‗lgan sо‗zlarni tanlaydi, ularni til grammatikasi qoidalariga asoslanib bog‗laydi va
nutq a‘zolari artikulyatsiyasi orqali talaffuz etadi.
4
Odam nutqi tushunarli va ma‘noli bо‗lishi uchun nutq a‘zolarining xarakatlari
aniq va tо‗g‗ri bо‗lishi kerak.
Nutqdagi asosiy funksiyalarning buzilishi kishi faoliyatiga albatta sal‘biy ta‘sir
kо‗rsatadi, uning faolligini pasaytiradi, og‗ir ruxiy
kechinmalar kelib chiqishiga
sabab bо‗ladi. Masalan, ayrim sо‗zlarning notо‗g‗ri talaffuz etilishi kishini noqulay
vaziyatga solib qо‗yishi bilan birga uni atrofdagilar bilan muomala qilishda qiynab
qо‗yadi, u
gapirganda о‗z fikrini tо‗la anglata olmaydi Olimlar nutq nuqsonini
rivojlanmasligini turli aspektlarda tekshirib tadqiqot ishlarini olib borishgan.
Gapirmaydigan bolalarga tashxis qо‗yish va ular bilan korreksion ish olib borishni
tо‗g‗ri yо‗nalishini aniqlab beradi.
L.S.Vigotskiy tomonidan bolaning psixik va rivojlanishida ta‘lim va tarbiyaning
yetakchi roli haqidagi fikr ilgari surilgan. Ayni vaqtda neyrofizalogik tadqiqotlar
tufayli bu fikr rivojlandi va tasdiqlandi. Bola miyasiga qanchalik kо‗p doimiy va
xilma xil axborotlar oqimi kelsa, markaziy nerv tizimining funksional va anatomik
jihatdan yetilishi shunchalik tez sodir bо‗ladi. Alohida funksional tizimlar
rivojlanishini tezlashtirish imkoniyati muammosi xali tо‗liq о‗rganilmagan. Biroq,
kelayotgan axborat oqimi bolaning yoshi, jismoniy va psixik xolatiga mos ravishda
bо‗lishini hisobga olish lozim, chunki xar qanday ortiqcha yuklashlar markaziy nerv
tizimi xolatiga salbiy ta‘sir kо‗rsatish mumkin.
Klinik va psixolgo-pedagogik tekishirishlar, bu gurux bolalarida bilish
faoliyatining xarakterli kamchiliklari mavjudligini kо‗rsatdi. Bunday bolalarninig oliy
psixik
faoliyatlarini
tekshirish
jarayoni,
ularda
alohida
gnozis,
praksis
kо‗rinishlarining о‗choqli yetishmovchili mavjudligini kо‗rsatdi. Bu neyropsixologik
va elektro ensefalografik tarqiqotlarda tasdiqlangan. Xususan, geometrik shakllardan
nusxa olishdagi, rasm chizishdagi о‗ziga xos qiyinchiliklar, kо‗ruv-fazoviy
gnozisning shakllanmaganligini kо‗rsatadi.
5
Bu guruxdagi kо‗pgina bolalar umumiy motor kamchiligi bilan farq qiladilar,
ular bir harakat turidan ikkinchisiga qiyinchilik bilan о‗tadilar. U yoki bu harakatli
vazifalarni avtomatik tarzda bajara olmaydilar va hattoki oddiy ritmlarni ham amalga
oshirolmaydilar. Umumiy va oral praksisning buzilishi,
bunday bolalr uchun
xarakterdidir.
Kо‗rsatilgan buzilishlar odatda fonematik idorok buzilishi bilan uyg‗unlashadi.
Bunday bolalarda µissiy-irodaviy soµaning shakllanmaganligi aqliy ish
qobiliyatining pastligi, µissiy labillik, goµida µarakat qо‗zg‗aluvchanligi, yuqori
affektiv qо‗zg‗alish, kо‗pincha telbanamo qiliqlar va eyforiya turi bо‗yicha kо‗tarinki
kayfiyat ustunligi holati bilan birgalikda namoyon bо‗ladi.
Ularning ayrimlari uchun aksincha, yuqori darajadagi tormozlanganlik,
ishonchsizlik, sustlik, mustaqil emaslik xarakterlidir. Bu bolalr odatda lanj,
tashshabbussiz, kam harakat bо‗ladilar. Ularning faoliyati samarasiz xarakterga
egadir.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda nutqning tо‗liq rivojlanmasligi
masalasi yuzasidan R.YE. Levina, V.K.Orfinskaya, S.A.Kovshikov va boshqalar nutq
rivojlanishini turli yо‗nalishlarda aniqlab korreksion ishlar olib borish usullarini
kо‗rsatganlar.
N.N.Traugott
nutqni
rivojlantirishni
tashkil
etish;
R.YE.
Levina
―Gapirmaydigan bolalar nutqini о‗rganish‖; G.I. Jarenkova esa ―Nutqning tо‗liq
rivojlanmasligida
grammatik
tushunchalarning
egallashdagi
qiyinchiliklarni
aniqlaganlar.
Nutqning
tо‗liq
rivojlanmasligi
muammosi
yuzasidan.
Respublikasida
L.R. Mо‗minova ―Maktabgacha tarbiya yoshidagi
rivojlanmagan
bolalarda
korreksion-
pedagok
ishlar
О‗zbekiston
nutqi tо‗liq
sistemasini
ishlab
chiqqanlar(1991y); ―Nutqning fonetik va fonematik tomonidan buzilishi va uni
bartaraf etish yо‗llari‖ yuzasidan M.Y. Ayupova (1992y);
―Nutqning
rivojlanmasligini sabablarini ikki tillilik blingivizm‖ natijasi ekanligini о‗z
6
tadqiqotlarida YE.A.Babayeva kо‗rsatib bergan. 1991 yilda I.G.Veretennikova
«Tovushlar
talaffuzini
buzilishi»
natijasida
grammatik
komponentlarini
rivojlanmaganligini va kamchiliklarni korreksion ish yо‗llarini olib borilishi haqida
ilmiy izlanishlar olib borganlar.
X.M.Pо‗latova (1994) о‗z tadqiqot ishlarida ―Nutqning tо‗liq rivojlanmasligining
sababini lug‗at boyligini rivojlanmasligini aniqlab lug‗at faoliyatini faollashtirish
usullari‖ ni asoslab berganlar. Psixologiya fanida olimlar bilish faoliyatini
о‗rganishga
xissa qо‗shganlar. «Maxsus psixologiya» fanida Nutqi tо‗liq
rivojlanmagan bolalar bilish faoliyati keng о‗rganilmagan va tadqiqot ishlari olib
borilmagan. Maxsus adabiyotlarni yetarli darajada emasligi tadqiqot mavzuimizning
dolzarbligini bildiradi.
Tadqiqot maqsadi.
Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar bilish faoliyatini rivojlanish xususiyatlarini
о‗rganish (tavsiyalar berish).
Tadqiqot obyekti
5-6 yoshli maktabgacha tarbiya yoshidagi nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar.
Tadqiqot predmeti
Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar bilish faoliyatini rivojlantirish jarayoni.
Tadqiqot vazifalari.
-
Muammo yuzasidan pedagogik-psixologik va maxsus adabiyotlar tahlili.
-
Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar bilish faoliyatini rivojlanish xususiyatlarini
tekshirish.
-
Bolalar bilish faoliyatini tekshirish natijalarini jadvallarda ifodalash.
-
Nutqi
tо‗liq
rivojlanmagan
bolalar
bilish
faoliyatini
rivojlantirishni
takomillashtirish (tavsiyalar berish)
Tadqiqot metodlari
- Muammo bо‗yicha pedagogik-psixologik va maxsus adabiyotlar rо‗yhatini
tuzish ularni tahlil qilish;
7
-
Maxsus
maktabgacha
ta‘lim
muassasasi
logopedi
va
tarbiyachi
mashg‗ulotlarini kuzatish va tahlil qilish;
- Logoped tarbiyachi, ota-onalar va nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar bilan
suhbatlar о‗tkazish;
- Tajriba – sinovlarni о‗tkazish, natijalarini jadvallarda tahlil qilish (tavsiyalar
berish).
Tadqiqotning metodologik asosi
О‗zbekiston
Respublikasining
Konstitusiyasi
О‗zbekiston Respublikasi ―Ta‘lim tо‗g‗risida‖gi
(2012;
2013;
2014
yil),
Qonuni (1997yil), Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi, ―Milliy istiqlol g‗oyasi va mafkurasi‖, ―Ma‘naviyat haqidagi
g‗oyalari‖, Davlat ta‘lim standarti, Barkamol avlod davlat dasturi, I.A.Karimovning
barkamol avlod tarbiyasiga oid asarlari va nutqlari, Vazirlar Maxkamasi tomonidan
qabul qilingan Davlat Dasturlari,
О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorlari,
Sharq mutafakkirlarining ma‘naviyat va milliy о‗zlikni anglash komil insonni
tarbiyalash haqidagi falsafiy va axloqiy qarashlari, bolani jismonan va ruxan
tarbiyalash haqidagi asarlari tashkil etadi. L.S.Vigotskiyning birlamchi va ikkilamchi
nuqsonlarning nomoyon bо‗lishi haqidagi ta‘limoti; R.YE.Levina tomonidan ishlab
chiqilgan nutq nuqsonlarini taxlil qilish prinsiplari, nutqni о‗rganish va ontogenezda
nutqni egallash qonunlari tashkil etadi.
Bitiruv malakaviy ish. Kirish, II bob. Xulosa va adabiyotlar rо‗yxatidan iborat.
8
I Bob. Muammoni о„rganishni ilmiy-nazariy asoslari.
1.1.
Muammoni о„rganish yuzasidan pedagogik-psixologik va metodik
adabiyotlar taxlili.
Nutq buzilishlarini tahlil qilish tamoyillariga ta‘rif bergan dastlabki
tadqiqotchilardan biri R.YE.Levina hisoblanadi. Bundan oldin ham kо‗pchilik olimlar
nutq buzilishlari, ularning kelib chirqish sabablarini, bartaraf etish hamda fiqomulohazalar bildirganlar. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Yevropa tibbiyotining nutq
buzilishlarini о‗rganish borasida qо‗lga kiritgan muvaffaqiyatlarining katta ta‘siri
bо‗lib, A.Kusmaul nutq buzilishlarining dastlabki turlari haqidagi yig‗ilgan
tasavvurlarini tanqid ostiga oldi; ularni sistemalashtirdi, atamalarni tartibga keltirdi.
XX asr boshida chet ellik va rus tadqiqotchilari V.Oltushevskiy, G.Gutsman,
E.Freshels, S.M. Dobrogayevlarning ishlarida asos qilib olindi. Buning umumiy
tomoni kо‗p edi; etlopotogeneztik mezon bilan tо‗ldirilgan klinik yondashuv,
buzilishlarning alohida turlari bilan kasallikning u yoki bu patalogik shakli о‗rtasidagi
bog‗lanish, bunday xollarda nutq buzilishlari kо‗pincha u yoki bu kasallikning
alomati sifatida talqin qilinar edi, shuningdek, tasnif tili bunda lotin va grekcha sо‗z
yasovchi elementlaridan tashkil topgan atamalardan qо‗llanilgan. Tasniflar о‗rtasida
buzilishlarni guruhlashning turli prinsiplari, shuningdek, u yoki bu mezonni
tasniflashning muhimlik darajasiga bо‗lgan qarashlaridagi ayrim qarama-qarshiliklar
bilan bog‗liq nomutanosibliklar ham kuzatiladi.
Nutqiy sistema bosh miya a‘zolarining faoliyatiga asoslanadi. Ulardan har biri
nutq faoliyatining о‗ziga xos vazifasini bajaradi. A.R.Luriya miya faoliyatini uchta
funksional blokka ajratadi.
1-blok - bosh miya pо‗stlog‗i osti haqidagi bilimlarni о‗z ichiga oladi. U bosh
miya qatlami tonusining normalligi va uning tetiklik holatini
9
ta‘minlaydi.
2-blok - orqa miya qatlami katta yarim sharlari bо‗laklarni о‗z ichiga oladi,
tashqi dunyodan olingan sezgi axborotlarini qabul qiladi, qayta ishlaydi va saqdaydi.
U bilish jarayonining amalga oshiradigan asosiy miya apparati hisoblanadi. Uning
tuzilishi birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi doiralarga ajratadi. Birlamchi doira miya qatlamlarining proyeksion doiralaridir, uning neyronlari juda ham yuqori
darajada о‗ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ularda alohida sezgi a‘zolaridan sezgi
axborotlarini qabul qilish hodisasi yuz beradi. Miya qatlami apparatlarining birlamchi
doiralari ustidan ikkilamchi doiralar qurilgandir. Ular birlamchi doira orqali olingan
qо‗zg‗alishlarni tahlil qiladi. Ikkilamchi doiralar kabi о‗zining ixtisosiy modelligi
(kо‗rish, eshitish)ni saqlaydi. Birlamchi va ikkilamchi doiralar u yoki bu analizatorlar
(kо‗rish, eshitish)ning bosh miya qatlami birikmasini о‗zida namoyon etadi.
Uchlamchi doiralar analizatorlarning miya kqtlami bо‗linmalarini о‗zgartirish
doiralari hisoblanadi. Ular turli modallikda olingan sezgi axborotlarini tahlil, sintez,
integratsiya qilish vazifasini о‗taydi. Ularning faoliyati asosida sintezlarning beqaror
va tashqi darajasidan simvolik darajaga e‘tiborni qaratish munosabatlari murakkab
logik-grammatik sо‗zlar qurilish haqidagi bilimlar bilan ish kо‗rishga о‗tish sodir
bо‗ladi.
3-blok katta yarim sharlar qobig‗ining oldingi bо‗limlari (motor, motor oldi va
old frontal soxa) doirani о‗z ichiga oladi. Bu blok inson faoliyatining rejalashtirish,
moslashtirish va nazorat qilishni ta‘minlaydi. U, shuningdek, miya qobig‗i ostidagi
a‘zolar faoliyati barcha sistemalarning tonusi va tetik holatini ular faoliyati oldiga
qо‗yilgan vazifalarga muvofiq moslashtirishni amalga oshiradi. Nutq faoliyati barcha
bloklarning birgalikda ishlash natijasida vujudga keladi. Shu bilan birga har bir blok
nutq jarayonida alohida maxsus о‗ziga xos xususiyati bilan ishtirok etadi.
Tadqiqotchilar bolalardagi nutq buzilishlari tasnifi masalalarini ishlab chiqishda ikkita
yо‗nalishga ajraladilar. Birinchi yо‗nalish tarafdorlari nutq buzilishlarining umumiy
logopediyaga daxldor an‘anaviy nomenklaturasini saqlab qoldilar. Lekin uni yangi
10
mazmun bilan boyitdilar. Boshqa yо‗nalish tarafdorlari an‘anaviy bо‗lgan
nomenklaturani inkor etdilar va nutq buzilishlarining yangi guruhini tuzdilar.
Shunday qilib, nutq buzilishining ikki turi tibbiy-pedagogik va psixolo-pedagogik va
pedagogik turini R.YE.Levina asoslab berdi. Nutqning tо‗liq rivojlanmay qolishi turli xil murakkab nutqiy kamchilikdir, bunda nutq sistemasining tovush chiqarish va
ma‘noli tomonlariga taalluqli barcha komponentlarining shakllanish jarayoni buzilgan
bо‗ladi. Umumiy alomatlar sifatida quyidagilar qayd qilinadi; nutq rivojlanishining
kech boshlanishi, lug‗at boyligining kamligi, agrammatizm, talaffuzdagi nuqsonlar,
falmalar tuzilishidagi nuqsonlar. Nutqning bunday rivojlanmay qolishi turlicha
darajalarda aks etishi mumkin; nutqning yо‗qolishi yoki uning noaniq bog‗lanishsiz
holatidan mukammal holatigacha, lekin bunda fonetik va leksik grammatik
rivojlanmay qolish elementlari bо‗ladi. Bolada nutq vositalarining shakllanganlik
darajasiga qarab tо‗liq rivojlanmay qolishi uch darajaga bо‗linadi. P.K.Anoxin,
A.N.Leontyev, A.R.Luriya va boshqa olimlarning olib borgan tadqiqotlariga kо‗ra,
har qanday psixik funksiyalarning asosi alohida "markazlav" bо‗lmay, balki markaziy
asab sistemasining turli joylarida joylashgan murakkab funksiyalar tuzumi
hisoblanadi. Odam nutqi tushunarli va manoli bо‗lishi uchun nutq azolarining
harakatlari aniq va tо‗g‗ri bо‗lishi kerak. Qadimgi grek faylasufi va shifokori
Gippokrat bir qator nutq buzulishlarining sababini kо‗rsatib о‗ttan. Yana boshqa grek
faylasufi Aristotel nutq hosil bо‗lish jarayonini periferik nutq apparatining anatomik
tuzilishi bilan bog‗lab, anatomik tuzilishdagi kamchiliklarni nutq buzilishiga sabab
qilib kо‗rsatgan. Yuqoridagilardan shuni aytish mumkin-ki, antik davr olimlarining
tadqiqotlaridayoq nutq buzilishi sabablarini tushunishda ikki yо‗nalishga bо‗lishgan.
Birinchi yо‗nalish Gippokrat nuqtai-nazari bо‗lib, bosh miyaning jarohatlanishi nutq
buzilishlarining kelib chiqishiga sabab bо‗luvchi bosh omil ekanligi takidlangan.
Ikkinchi
yо‗nalish
Aristotelga
tegishli
bо‗lib,
periferik
nutq
apparatining
buzilishlarining sababi etib kо‗rsatilgan. Nutq buzilishlari etiologiyasida bosh miya
jarohatlanishining "о‗z о‗rni" borligini eramizdan 400 ming yil avval Gippokrat
11
tomonidan aytilgan bо‗lsa, bunga haqiqiy ilmiy tasdiq 1 1 - yilda fransuz shifokori
Pol Broka tomonidan bosh miyada nutq markazi mavjudligi va bu markaz
jarohatlanish buzilishini keltirib chiqaruvchi omillarni kо‗rsatib berilgandan sо‗ngina
berilgandir. Xuddi shunga о‗xshash kashfiyot yilda Vernike tomonidan ham amalga
oshirilgan. S.M. Dobrogayev nutq buzulishlari sabablari orsida quyidagilarni ajratib
kо‗rsatdi.
1. Oliy nerv faoliyati kasalliklari.
2. Anatomik nutq apparatida patalogik о‗zgarishlar.
3. Bolalikdan tarbiyaning yetishmasligi.
4. Organizmning umumiy nevropatik holati.
M.YE.Xvatsev nutq buzulishi sabablarini ichki va tashqi omillarga ajratadi.
Shu bilan birga organik (anatomik-fiziologik), (morfologik) funksional (psixogek)
ijtimoiy psixologik va psixo-nevrologik sabablarni ajratib kо‗rsatdi. Funksional
sabablarni M.YE.Xvatsev, I.P.Pavlov ta‘limoti orqali tushuntirdi. Bu talimot
markaziy nerv sistemasida qо‗zg‗alish va tormozlanish jarayonlarining о‗zaro
munosabatini buzilishi haqida bо‗lib, M.YE.Xvatsev bu orqali organik va funksional,
markaziy va periferik sabablarning о‗zaro munosabati mavjudligini takidlaydi.
Nutq buzilishlari sababi deganda - organizmga tashqi yoki ichki zararli
omilning ta‘sir etishi yoki ularning о‗zaro aloqasini tushunish mumkin, qaysiki, bu
nutq buzilishi xususiyatini aniqlaydi. Nutq buzilishining umumiy kо‗rinishi kо‗pchilik
olimlar va tadqiqotchilar har xil fikrlarida isbotladilar. Rivojlanish anomaliyasini
bartaraf etishda, tarbiya muhim rol о‗ynaydi. Chunki bola hayotining bu davri
psixologik rivojlanishining kо‗plab tomonlari, sensor va motor sohasining
shakllanishi uchun sinteziv hisoblanadi. Bu davrda ruhiy funksiyalar о‗zining optimal
rivojlanish yо‗lini о‗taydi, о‗zaro aloqalarda ham umuman ongda murakkab
tabaqalanish yuz beradi. Anomal bolalarni tabaqalashtirilgan tarzda tarbiyalash va
о‗qitish tizimining ilmiy asoslarini yaratish turli nutq nuqsonlarini har tomonlama
chuqur о‗rganishni talab etadi. N.A.Vlasova bо‗yicha ruhiy rivojlanishi erta
12
korreksiyalash muammosini ishlab chiqish va shu munosabat bilan maktabgacha
yoshdagi
barcha
toifadagi
anomal
bolalar
uchun
maktabgacha
tarbiya
muassasalarining tabaqalashtirilgan tarmog‗ini kengaytirish, bola hayotining dastlabki
yillaridan boshlab tarbiyalash va о‗qitishning korreksion tizimini yaratish maqsadida
kompleks eksperimental tadqiqotlar olib borishni tashkil etish defektologiyaning
yangi yо‗nalishlaridan biri bо‗lib, u anomal bolalar rivojlanishidagi kamchiliklarni
bartaraf etishning yо‗llarini izlash jarayonida shakllanadi. Bu yо‗nalish maktabgacha
yoshdagi bolalar bilan korreksion ish olib borishning tahminiy dasturini taklif etadi,
bunda ishlab chiqiladigan dastur faqat u yoki bu malaka va bilimlarni
shakllantirishgina emas, balki, bola uchun zarur bо‗lgan yangi bilim, funksiya
buzilishidan yetadigan zararni kamaytirishi, rivojlanishidagi umumiy anomaliyani
korreksiyalash vositalarini shakllantirish, ikkilamchi nutq buzilishlarining oldini olish
va bartaraf etishga kо‗maklashish zarur. Bir darajadan ikkinchi darajaga о‗tish yangi
til imkoniyatlarini paydo bо‗lishi, nutqiy faollikning oshishi, nutqning sabablilik
asoslarini о‗zgarishi va unga predmet-ma‘noli mazmunini о‗sishi, tо‗ldiruvchi
imkoniyatlarini shakllanishi bilan aniqlanadi. Bolaning individual siljishi tempi
birlamchi nuqsonning birligi va uning kо‗rinishi bilan belgilanadi.
Nonutqiy jarayonlarni tо‗g‗ri baholash nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar aniq
rivojlanishi qonuniyatlarini aniqlash va shu bilan birga ularning о‗rnini tо‗ldirishi
imkoniyatlarini aniqlash uchun zarurdir. Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalarni shunga
о‗xshash nutqiy rivojlanishi orqada qolgan bolalardan farq qilishi kerak. Shuni
nazarda tutish kerakki, nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalarda odatiy muddatlarda
kundalik sо‗zlashni nutqini tushunish, atrof-muhitga bо‗lgan xissiy tanlash
munosabati rivojlanadi. Nutqiy va ruhiy rivojlanish о‗rtasidagi aloqaning yо‗qolishi
diagnostik belgilardan biri bо‗lib xizmat qilishi mumkin.
Bu belgi bunday bolalarning ruhiy rivojlanishi odatda nutqiy rivojlanishdan
kо‗ra ancha о‗tib borishda namoyon bо‗ladi. Ularni ajratib turadigan narsa nutqiy
kamchiliklarga tanqidiy qarashlaridir. Nutqning boshlang‗ich patologiyasi nutqiy
13
intellekti meyordagidek ishlashga xalaqit qilib, ma‘lum darajada saqlanib qolgan
aqliy qobiliyatlari shakllanishini orqaga tortadi. Ammo sо‗zlashuv nutqi yuzaga
kelish va xususan nutqiy qiyinchiliklar yо‗qolib borishi bilan ularning intellektual
rivojlanishi
normaga
yaqinlashadi.
Nutqi
tо‗liq
rivojlanmaganlikni
nutqiy
rivojlanishini orqada qolishi kabi kо‗rinishlardan farq qilish uchun analizni chuqur
о‗rgatib chiqish va bolaning nutqiy kо‗nikmalarini tahlil qilib chiqish kerak bо‗ladi.
Anamnezda kо‗p hollarda markaziy nerv sistemasida katta buzilishlar haqidagi
ma‘lumotlar berilmaydi, bu esa motorli vazifalarda, ruhiy ta‘mirlanishlarida va
umuman xulqida katta saqlanish ta‘minlaydi. Faqatgina yengil tug‗ma jarohati
mavjudligi, bolaning ilk davridagi davomli somatik kasalliklar mavjud bо‗ladi:
noqulay nutqiy muhit ta‘siri tarbiyadagi xatoliklar, muloqotning yetishmasligi va
nutqiy rivojlanishi normal borishni sekinlashtiruvchi omillar qatoriga kiritishi
mumkin. Bunday xollarda, eng avval, nutqiy kamchilikni qaytarish dinamikasi о‗ziga
diqqatini qaratadi.
Nutqiy rivojlanishi ortda qolgan bolalarda nutqiy xatolar nutqi tо‗liq
rivojlanmagan bolalarga nisbatan tasodifiy hisoblanadi. Bunday bolalarda nutqiy
kо‗nikmalar hajmi normasi ortda qoladi, ularga о‗zidan kichik bо‗lgan bolalarga xos
xatoliklarga yо‗l qо‗yish odatdir. Yosh normativlardan ma‘lum darajadagi
cheklanishlarga (xususan, tovushlar doirasidan) qaramay, bolalar nutqi uning
kommunikativ vazifalarni ta‘minlaydi, ba‘zi hollarda esa aytarli tо‗la xulqning
boshqaruvchisi hisoblanadi. Ularda о‗z-о‗zidan (spontan) rivojlanishga intilish, ishlab
chiqilgan nutqiy kо‗nikmalardan erkin munosabatlarda foydalanish ancha aniq ifoda
etiladi, bu esa nutqiy kamchiliklarni maktabga chiqqunga qadar tо‗ldirib turish
imkonini beradi.
R.YE.Levina о‗zining tadqiqot ishlarida alohida nutqiy kamchiliklarning
kо‗rinishini ifodalash va til vositalari holatini hamda kommunikativ jarayonlarini aks
ettiruvchi bir qator kо‗rsatmalar bо‗yicha bolaning anomal rivojlanish holatini
tasavvur etishdan ilgari sо‗rilishiga imkon beruvchi materiallarni ishlab chiqdi.
14
Anomal nutqiy rivojlanishni bosqichma-bosqich dinamik tuzilishni о‗rganish asosida
past darajadagi rivojlanishdan yanada yuqoriga о‗tishni belgilovchi о‗ziga xos
qonuniyatlar ham ochib berildi. Har bir daraja о‗sha bog‗liq nutq komponentlarini
shakllanishni orqaga tortuvchi birlamchi va ikkilamchi nuqsonlarning namoyon
bо‗lishi ma‘lum nisbatlari bilan xarakterlanadi.
О‗yin olimlar tadqiqotlariga kо‗ra mehnat va о‗qish bilan birgalikda
faoliyatning asosiy turlaridan hisoblanadi.
Psixologlarning ta‘kidlalaricha, о‗yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari
shaxsning о‗zini о‗zi boshqarish, о‗z imkoniyatlarini amalga oshirishning
fundamental extiyojlariga tayanadi.
О‗yin ijtimoiy tajribalarni о‗zlashtirish va qayta yaratishga yо‗galgan
vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi va unda shaxsning о‗z imkoniyatlarini
amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi.
Ayrim hollarda esa bola о‗z о‗yinida oldin kattalar mehnatiga taqlid
qiladi,keyinchalik ularning mehnatida qatnashadi.О‗yin yosh avlodni mehnatga
tayyorlaydi.Bolalar о‗yinini bunday tushunish birinchi marta K.D.Ushinskiy
tomonidan ta‘riflab berilgan edi.U о‗z asarlarida bolalar о‗yinning mazmuni, ularning
hayotdan olgan taassurotlari bilan belgilanib, ular shaxsining shakllanishiga ta‘sir
etadi,deb yozadi. Bu fikrni P.F.Lesgaft ham tasdiqlab, bolalar о‗z о‗yinlarida tevarak
atrofdan
olgan
taassurotlarni
aks
ettiradilar,deydi.Bunday faoliyat
bolaning
rivojlanishida kata ahamiyatga egadir.
Bolalarning о‗yini nazariyasiga .A.Flerina, YE.I. Tixeyeva, YE.A.Arkin kabi
olimlar
asos
soldilar,
keyinchalik
R.Y.Lextman-Abramovich,
N.M.Aksarina,
A.P.Usova, D.V.Mendjeritskaya, R.I.Jukovskaya, T.A.Markova, S.L.Novosyolova,
YE.V.Zvorigina (21)
va boshqalarning tadqiqot ishlari bolalar о‗yini mavzusini
ishlab chiqishga bag‗ishlanadi.
A.V.Zaporojets bolalar о‗yinin ilk yoshdan boshlab kuzatib borishi natijasida
uni harakatga keltiruvchi sabablar, rivojlanish qonuniyatlari, har xil yosh
15
bosqichlarida bolalar о‗yinning о‗ziga xos tomonlari, mazmuni va tuzilishini
о‗rganish zarurligini ta‘kidlaydi.
О‗yin bola uchun haqiqiy hayotdir. Agar tarbiyachi bolalar о‗yinini oqilona
tashkil eta olsagina u ijobiy natijalarga erishish mumkin. A.P. Usava shunday degan
edi: ―Bolalar hayoti va faoliyatini tо‗g‗ri tashkil tashkil etish – ularni tо‗g‗ri
tarbiyalash demakdir. Bolalarni tarbiyalashda о‗yin shuning uchun ham samarali
natija beradiki, о‗yinda bola yashashni о‗rganmaydi., balki о‗z hayoti bilan yashaydi.
Bola nutqining tо‗g‗ri rivojlanishi nafaqat fonematik idrok va nutqning talaffuz
tomonining rivojlanish darajasi, balki, atrofdagilar nutqida hamda shaxsiy nutqda
sо‗zning tovush tarkibini farqlash imkoniyati bilan belgilanadi.Maktabgacha
tarbiya
yoshdagi
rivojlanuvchi
nutqning
asosiy
funksiyalaridan
biri
–
kommunikativ funksiya yoki muloqot funksiyasidir. Ilk bolalik chog‗idanoq bola
nutqdan muloqot vositasi sifatida foydalanadi. Muloqot kattalar va kattaning
ishtirokidagi aniq vaziyat bois yuzaga keladi. U yoki bu harakatlar va predmktlar
bois aniq vaziyatda muloqot etish vaziyatli nutq yordamiga amalga oshadi. Mazkur
nutq biron- bir faoliyat bilan bog‗liq ravishda yoki yangi predmetlar yoki voqeahodisalar bilan tanishish davomida yuzaga keluvchi savollarni, savollarga
javoblarni, ma‘lum talabalarni ifodalaydi.
Muloqot deganda о‗zaro munosabatlarning shakllanishi rо‗yobga chiqarilishi va
nomoyon bо‗lishini ta‘minlovchi infarmatsion ematsional va predmetli о‗zaro ta‘sir
jarayoni tushuniladi. Bola shaxsining shakllanishida muloqatning roli benihoya
kattadir. Muloqot jarayonida muayyan shaxsiy munosabatlar shakllanadi. Bolada
qanday shaxsiy sifatlarning tarkib topishi kо‗p jixatdan uning atrofdagilar bilan
bо‗lgan о‗zaro munosabati xarakterga bog‗liqdir.
16
1.2. Nutqi tо„liq rivojlanmagan bolalar nutq faoliyatining о„ziga xos
xususiyatlari
Nutqning tо‗liq rivojlanmaganligi muammosini ilk bor nazariy jihatdan
R.YE.Levina asoslab bergan. Nutqning tо‗liq rivojlanmaganligi deb, intellekti
normada
bо‗lgan
nutqning
fonetik-fonematik,
leksik-grammatik
tomondan
rivojlanmaganligiga aytiladi. Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalarda tovushlar talaffuzi
va ularni eshitib farqlash u yoki bu darajada buzilgan bо‗ladi, morfemalar sistemasini
о‗zlashtirish kо‗nikmalari yaxshi egallanmaydi. Lug‗at boyligi yosh normasidan ham
miqdor ham sifat kо‗rsatkichlari bо‗yicha orqada qoladi; bog‗lanishli nutq yetarlicha
rivojlanmaydi.
(V.K.Vorobyeva,
B.M.Grinshpun,
V.P.Gluxova,
R.YE.Levina,
G.B.Filicheva, G.V.Chirkina).(8)
Nutqning tо‗liq rivojlanmaganligi bolalarda nutqiy potologiyaning tobora
murakkab shakllari: alaliya, afaziya, shuningdek, rinolaliya, dizartriya, duduqlanish
xollarda - qachonki bir paytning о‗zida lug‗at boyligi yetishmasligi, nutqning
grammatik kо‗rilishi va fonetik-fonematik rivojlanishida nuqsonlar aniqlanganida
kuzatiladi.
Bunday
bolalarning
nutqiy
tajribasi
cheklangan,
til
vositalari
takomillashmagan bо‗ladi. Nutqiy muloqotga ehtiyoj yetarlicha qondirilmaydi.
Sо‗zlashuv nutqi, qashshoq, kam sо‗zli ma‘lum vaziyat bilan uzviy bog‗liq va shu
vaziyatdan tashqarida tushunchalarsiz bо‗lib qoladi. Bog‗lanishli monologik nutq
mavjud bо‗lmaydi yo katta qiyinchilik bilan rivojlanadi va sifat jihatdan о‗ziga xosligi
bilan xarakterlanadi. Nuqson tabiatining turlari har xil bо‗lishiga qaramay bunday
bolalarda nutqiy faoliyat tizimining buzilishini kо‗rsatuvchi bir xil belgilar mavjud
bо‗ladi. Eng asosiy belgilardan biri nutqni ancha kech shakllanishi hisoblanadi;
birinchi sо‗zlar 3-4 yoshda, ba‘zan esa, 5 yoshda paydo bо‗ladi. Nutqning
grammatikasi buzilgan va fonetik tuzilishi aniq emas. Birinchi qarashda unga aytilgan
gapni tushunish deyarli yaxshi hisoblanganida mazmunli (ekspressiv) nutqning ortda
qolishi ancha aniq kо‗rsatkich hisoblanadi. Bunday bolalarning nutqi tushunarli emas.
Nutqiy faollik yetarli emasligi kuzatiladi, yoshi ulg‗ayib borgan sari unga maxsus
17
ta‘lim berilmasa, keskin pasayib ketadi. Biroq bolalar о‗z nuqsoniga ancha tanqidiy
qaraydilar. Nuqsonli nutqiy faoliyat bolalarda sensorli, intellektual va affektiv
irodaviy sohalari shakllanishiga salbiy ta‘sir kо‗rsatadi. Diqqat-e‘tiborning yetarli
darajada mustahkam emasligi, uning boshqarish imkoniyatlari cheklanganligi
kuzatiladi. Bolalarda ma‘noli, mantiqiy xotirasi nisbatan saqlanib qolgan bо‗lsa ham,
ularning verbal xotirasi pasaygan eslab qolish maxsuldorligi zararlangan bо‗ladi, ular
murakkab kо‗rsatmalarni, topshiriqlarning ketma-ketlik tartibini va elementlarini
esdan chiqarib qо‗yadilar. Juda ham bо‗sh bolalarda esga olish faolligi past bо‗lishi,
idrok etish faoliyatining rivojlanish imkoniyatlarini cheklanganligi bilan tо‗ldiriladi.
Nutqiy buzilish va psixik rivojlanishning boshqa tomonlari о‗rtasidagi bog‗liqliq
tafakkurning о‗ziga xos xususiyatlarini keltirib chiqaradi. Bolalar о‗z yoshiga mos
fikrlash operatsiyalarini egallab olishni umumiy tо‗la shart-sharoitlarga ega bо‗lib
turib, ularda sо‗z mantiqiy tafakkur rivojlanishi ortda qoladi va bunday bolalar
maxsus о‗qitishsiz analiz-sintez, taqqoslash va umumlashtirishni egallashda
qiyinchilikka duch keladilar. Umumiy jismoniy xolsizlanish va logomotor
(harakatlanish) vazifalari sust rivojlanishi bilan birga harakatlarining rivojlanishida
ba‘zi bir ortda qolishlar ham ularga xosdir. Bular harakatni boshqarish yomonligi,
meyorli harakatlarni bajarishda ishoncheizligi, bajarish tezligi va chaqqonligining
pasayishi bilan ifoda etiladi. Eng katta qiyinchiliklar sо‗z kо‗rsatmalari bо‗yicha
harakatlarni bajarishda aniqlanadi. Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar normal
rivojlangan bolalardan topshiriqni bajarishda masofa vaqt, tafakkur kо‗rsatkichlarida
ortda qoladilar, xarakatlar ketma-ketlik tartibini buzib, uni tashkil etuvchi qismlarni
qoldirib ketadilar. Masalan: tо‗pni qо‗ldan-qо‗lga yumalatish, uni katta bо‗lmagan
masofadan uzatish, qо‗lni almashtirib tо‗pni yerga urish, chap va ung oyog‗ida
sakrash, musiqa eshitib ritmik xarakatlar bajarish.
Nonutqiy jarayonlarni tо‗g‗ri baxolash nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar atinik
rivojlanishi qonuniyatlarini aniqlash va shu bilan birga ularning о‗rnini tо‗ldirishi
imkoniyatlarini aniqlash uchun zarurdir. Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalarni shunga
18
о‗xshash - nutqiy rivojlanishi orqada qolgan bolalardan farq qilishi kerak. Shuni
nazarda tutish kerakki, nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalarda odatiy muddatlarda
kundalik sо‗zlashni nutqini tushunish, atrof-muhitga bо‗lgan hissiy tanlash
munosabati rivojlanadi. Nutqiy va ruhiy rivojlanish о‗rtasidagi aloqaning yо‗qolishi
diagnostik belgilardan biri bо‗lib xizmat qilishi mumkin.
Bu belgi bunday bolalarning ruhiy rivojlanishi odatda nutqiy rivojlanishdan
kо‗ra ancha о‗tib borishda namoyon bо‗ladi. Ularni ajratib turadigan narsa nutqiy
kamchiliklarga tanqidiy qarashlaridir. Nutqning boshlang‗ich patologiyasi nutqiy
intellekti meyordagidek ishlashga halaqit qilib, ma‘lum darajada saqlanib qolgan
akliy qobiliyatlari shakllanishini orqaga tortadi. Ammo sо‗zlashuv nutqi yuzaga
kelish va xususan nutqiy qiyinchiliklar yо‗qolib borishi bilan ularning intellektual
rivojlanishi
normaga
yaqinlashadi.
Nutqi
tо‗liq
rivojlanmaganlikni
nutqiy
rivojlanishini orqada qolishi kabi kо‗rinishlardan farq qilish uchun analizni chuqur
о‗rgatib chiqish va bolaning nutqiy kо‗nikmalarini tahlil qilib chiqish kerak bо‗ladi.
Anamnezda kо‗p hollarda markaziy nerv sistemasida katta buzilishlar haqidagi
ma‘lumotlar berilmaydi, bu esa motorli vazifalarda, ruhiy ta‘mirlanishlarida va
umuman xulqida katta saqlanish ta‘minlaydi. Faqatgina yengil tug‗ma jarohati
mavjudligi, bolaning ilk davridagi davomli somatik kasalliklar mavjud bо‗ladi:
noqulay nutqiy muhit ta‘siri tarbiyadagi xatoliklar, muloqotning yetishmasligi va
nutqiy rivojlanishi normal borishni sekinlashtiruvchi omillar qatoriga kiritishi
mumkin. Bunday xollarda, eng avval, nutqiy kamchilikni qaytarish dinamikasi о‗ziga
diqqatini qaratadi.
Nutqiy rivojlanishi ortda qolgan bolalarda nutqiy xatolar nutqi tо‗liq
rivojlanmagan bolalarga nisbatan tasodifiy hisoblanadi. Bunday bolalarda nutqiy
kо‗nikmalar hajmi normasi ortda qoladi, ularga о‗zidan kichik bо‗lgan bolalarga xos
xatoliklarga yо‗l qо‗yish odatdir. Yosh normativlardan ma‘lum darajadagi
cheklanishlarga (xususan, tovushlar doirasidan) qaramay, bolalar nutqi uning
kommunikativ vazifalarni ta‘minlaydi, ba‘zi xollarda esa aytarli tо‗la xulqning
19
boshqaruvchisi hisoblanadi. Ularda о‗z-о‗zidan (spontan) rivojlanishga intilish, ishlab
chiqilgan nutqiy kо‗nikmalardan erkin munosabatlarda foydalanish ancha aniq ifoda
etiladi, bu esa nutqiy kamchiliklarni maktabga chiqqunga qadar tо‗ldirib turish
imkonini beradi.
R.YE.Levina о‗zining tadqiqot ishlarida alohida nutqiy kamchiliklarning
kо‗rinishini ifodalash va til vositalari xolatini hamda kommunikativ jarayonlarini aks
ettiruvchi bir qator kо‗rsatmalar bо‗yicha bolaning anomal rivojlanish xolatini
tasavvur etishdan ilgari surilishiga imkon beruvchi materiallarni ishlab chiqdi.
Anomal nutqiy rivojlanishni bosqichma-bosqich dinamik tuzilishni о‗rganish asosida
past darajadagi rivojlanishdan yanada yuqoriga о‗tishni belgilovchi о‗ziga xos
qonuniyatlar ham ochib berildi. Har bir daraja о‗sha bog‗liq nutq komponentlarini
shakllanishni orqaga tortuvchi birlamchi va ikkilamchi nuqsonlarning namoyon
bо‗lishi ma‘lum nisbatlari bilan xarakterlanadi. Bir darajadan ikkinchi darajaga о‗tish
yangi til imkoniyatlarini paydo bо‗lishi, nutqiy faollikning oshishi, nutqning
sabablilik asoslarini о‗zgarishi va unga predmet-ma‘noli mazmunini о‗sishi
tо‗ldiruvchi imkoniyatlarini shakllanishi bilan aniqlanadi. Bolaning individual siljishi
tempi birlamchi nuqsonning birligi va uning kо‗rinishi bilan belgilanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni buyumlarning shakli, katta-kichikligi va rangi bilan
tanishtirish hamda ularda bu xossalarni tо‗g‗ri idrok qilish kо‗nikmalarini
rivojlantirish masalasi sensor tarbiya sohasiga kiradi. Bu tarbiya qanchalik tо‗g‗ri xal
qilinsa, bolalarning faqat aqliy tarbiyasigina emas, balki estetik, jismoniy va xatto
ahloqiy tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli bо‗ladi. YA‘ni bola umuman
samarali rivojlanib boradi.
Nutqning tо‗liq rivojlanmaganligini R.YE.Levina uch daraja bilan belgilaydi:
nutqiy aloqa vositalarning umuman yо‗q bо‗lishidan to fonetik-fonematik va leksikgrammatik jihatdan rivojlanmaganlik elementlariga ega bо‗lgan mukammal nutq
buzilishigacha.
20
Nutq tо‗liq rivojlanmaganlikning 1-darajasi nutqning bо‗lmasligi bilan
xarakterlanadi. Bunday bolalar nutqsiz bolalardir.4-6 yoshdagi bunday bolalarning
lug‗at boyligi kambag‗al, noaniq bо‗ladi.Nutqiy tovushga taqlid qilish, tovushlar
kompleksi bilan chegaralangan bо‗ladi.Narsa va hodisalarning farq qilmagan holda
ifodalash, sо‗zlarning kо‗p ma‘noga ega bо‗lishi xarakterli xususiyat hisoblanadi: ―tu
tu‖ mashina paravoz, samolyot, qayiq; ―taq‖- yiqildi, tushirib yubordi,sindirdi,buzdi.
Bu bolalarning passiv lug‗ati aktiv lug‗atiga nisbatan ancha boyroq lekin nutqni
tushunish pasaygan bо‗ladi, ular kо‗p sо‗zlarning ma‘nosini tushunmaydilar.
Tovushlar talaffuzida turg‗unlik bо‗lmaydi, tovushlar bir biri bilan almashtiriladi,
fonematik о‗quv buzilgan bо‗ladi. Nutq tо‗liq rivojlanmaganligining bu darajasiga
ega bо‗lgan bolalar uchun tovushlar analizi bо‗yicha berilgan topshiriqlar tushunarsiz
bо‗ladi.
Nutq tо‗liq rivojlanmaganlikning 2-darajasi dastlabki keng qо‗llaniladigan
odatdagi bо‗lishi bilan harakterlanadi.Bolalar oddiy jumlalardan foydalana biladilar,
ma‘lum lug‗at boyligiga ega bо‗ladilar. Ular narsalar, hodisalar, alohida belgilar
nomini ajrata oladilar. Lekin bunday bolalarda nutqning qо‗pol darajada
rivojlanmaganligi yaqqol ifodalangan bо‗ladi. Ular ikki-uch sо‗zdan iborat gaplardan
foydalanadilar. Lug‗at boyligi shu yoshga mos keladigan normadan kam bо‗ladi.
Umumlashtiruvchi sо‗zlarni bilmaslik kuzatiladi. Harakat, belgisini bildiruvchi
sо‗zlardan foydalanishda qiyinchiliklar kuzatiladi, predmet nomini va boshqa
belgilarni bilmaydilar. Kelishik formalarini chalkashtiradilar, fe‘l sonini ot soniga
moslashtira olmaydilar.
Nutqning fonetik tomoni shu yoshga mos keluvchi normadan orqada qoladi.
Shunday kamchilikka ega bо‗lgan bolalar bо‗g‗inlar о‗rnini almashtiradilar, undoshlar
ketma- ket keladigan tovushni qisqartiradilar.
Nutq tо‗liq rivojlanmaganligining 3-darajasi nutqda leksik grammatik va
fonetik-fonematik jihatdan rivojlanmaganlik elementlari kuzatiladi. Bolalar nutqqa
ega bо‗lgan holda kishilar bilan aloqa bog‗lay oladilar, lekin buni ota-ona ishtirokida,
21
ularning muayyan tushuntirishlari yordamida bajaradilar. Bunday bolalar uchun erkin
holda aloqada bо‗lish juda qiyin. Tovushlarni talaffuz qilishda ularni bir-biridan ajrata
olmaslik, tovushlar guruhini artikulyatsiya jihatdan osonroq bо‗lgan tovushlarga
almashtirish ba‘zi hollarda tovushlarni buzib talaffuz qilish bu bolalar uchun
xarakterlidir. Lug‗at xam orqada qolgan bо‗ladi, lug‗at boyligi analizida leksik
holatlarning о‗ziga xosligi kо‗rinadi. Tekshirishda gaplarda, sо‗zlarni oxirgacha
gapirmaslik kabi turg‗un grammatik xatolar kuzatiladi. Kо‗pchilik hollarda ular
qо‗shimcha qо‗shilish bilan sо‗z ma‘nosining о‗zgarshini tushunib etmaydilar.
1- Bob yuzasidan xulosa
Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar nutqining о‗ziga xos xususiyatlari yuzasidan
pedagogik psixologik adabiyotlar taxlili nutq rivojlanmasligining kelib chiqish
ontogneziga bog‗liqliligi va nutqning rivojlantirish yо‗llarining shart-sharoitlari
xaqidagi ma‘lumotlarini adabiyotlar taxlili kо‗rsatdi. Bola nutqining rivojlanishi
nerv sistemasidagi jaroxat о‗choqlargi bog‗liqligi va ularni nutqning barcha
komponentlarini
ta‘sir
xususiyatlari
nutq
rivojlanmasligining
darajalarida
kо‗rsatilgan. Nutqning rivojlanishi tafakkur rivojlanishi bilan bog‗liq bо‗lganligi
sababli , bola nutqidagi barcha nutq komponentlarining qay darajada rivojlanishiga
bog‗liqdir. Bu komponentlarni rivojlanishi bolaning nerv sistemasini о‗sishi,
ta‘lim- tarbiyaning tо‗g‗ri olib borilishi bilan bog‗liq bо‗ladi. Bolaning nutqi
tevarak- atrof va undagi kishilar mehnati о‗rtoqlari va kattalar bilan muloqot
asosida rivojlanib boradi. Har qanday nutq nuqsonlarida korreksion ishlarning olib
borilishi kabi nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar nutq faoliyatini faollashtirishda
bilish
faoliyatlarini
rivojlantirishning
axamiyati
kattadir.
Chunki
bilish
faoliyatlarni rivojlantirmasdan turib nutqni rivojlantirish katta qiyinchiliklarga olib
keladi. Muammoning dolzarbligi nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar bilish
faoliyatini xolatini о‗rganish va korreksion ishlarni tо‗g‗ri olib borishdan iboratdir.
22
II BOB. Nutqi tо„liq rivojlanmagan bolalar bilish faoliyatining rivojlanish
xolatini о„rganish
2.1. Nutqi tо„liq rivojlanmagan bolalar idrokining psixologik rivojlanish
mazmuni.
Psixologik nuqtai nazardan insonning bilish jarayonlariga diqqat, sezgi, idrok,
xotira, tafakkur xayol kabi jarayonlar kirib insoning bolalikdan rivojlanishi
mobaynida ushbu jarayonlar ham turli faoliyatlarda rivojlanib boradi.Bilish
jarayonlari kechishining eng muhim xususiyati uning tanlaydigan, yо‗naltirilgan
tusdaligidan iborat. Tevarak atrofdagi olamning kо‗plab ta‘sirlari orasidan kishi
hamisha nimanidir idrok etadi, nimanidir faraz qiladi, nima haqidadair fikr yuritadi,
о‗ylaydi. Ongning bu xossasisini uning diqqat kabi xususiyati bilan о‗zaro bog‗liq
deb
hisoblashadi.
Diqqat bilish jarayonlaridan farqli о‗laroq, о‗zining alohida
mazmuniga ega emas, u barcha bilish jarayonlarining
individning hissiy aqliy
jо‗shqin jixatidir. Diqqat
yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini
taqozo etadigan tarzda ongning yо‗naltirilganligi va bir narsaga qaratilganligidir.
Diqqat sezgi , xotira, tafakkur va harakat jarayonlarida namoyon bо‗lishi mumkin.
Bog‗chagacha tarbiya yoshidagi bolalarning diqqati nixoyatda beqaror bо‗lishi bilan
harakterlanadi. Masalan, bolaga yangi о‗yinchoq bersangiz о‗yinchoqni juda qiziqib
kо‗ra boshlaydi, lekin ayni shu paytda yana bir boshqa о‗yinchoqni kо‗rsatilsa,
birinchi о‗yinchoqni tashlab ikkinchiga talpinadi. Bu yoshdagi bolalar diqqatining
beqarorligi fiziologiya nuqtai nazaridan ularda xali tormozlanish protseslarining
kuchsizligi bilan bog‗liqdir. Ilk bolalik davridagi bolalar diqqatining g‗oyat beqaror
bо‗lishi turmush tajribalarining juda ozligi bilan ham bog‗liqdir. Bog‗cha yoshidan
boshlab bolalarda ixtiyoriy diqqat rivojlana boshlaydi. Biroq, kichik yoshdagi bog‗cha
bolalarida ixtiyorsiz diqqat ustunlik qiladi. Kichik yoshdagi bog‗cha bolalarida kun
sayin paydo bо‗ladigan yangi-yangi qiziqishlar о‗yin faoliyatining xilma -xil bо‗la
borishi ularda ixtiyorsiz diqqatni asta- sekin takomillashtirib boradi.
23
Bola xotirasining nutqning о‗sishi juda katta axamiyatga ega . Bu davrda bola narsa
va xodisalarni faqat bevosita kо‗rish orqali emas, balki shu narsa va hodisalarning
nomlari orqali idrok qila oladigan bо‗ladi. Bundan tashqari ham ular kattalardan
sо‗rab, bilib olish, eshitish orqali ham, о‗z xotiralarini boyitadilar. Kichik yoshdagi
bolalar dastavval mexanik ravishda ya‘ni , ma‘nosiga tushunmasdan esda olib
qolaveradi. Buning о‗ziga xos jixti bor. Birinchidan bolalarda turmush tajribasi juda
oz bо‗ladi, ular kо‗p narsani xali mutlaqo bilmaydilar, lekin xayotda tо‗qnash
kelganlari sababli eslarida olib qoladilar. Ikkinchidan, bolalar asab tizimining
plastikligi, ya‘ni, juda egiluvchanligi kattalarnikidan xam ustunroq bо‗ladi. Ana shu
sababli bolalarga mexanik esda olib qolish xech qanday qiyinchilik tug‗dirmaydi.
Bolalarda ma‘nosiga tushunib esda olib qolish ham juda erta rivojlanana boshlaydi.
Masalan, ilk bolalik davridagi о‗zlari yoqtirgan xikoyalarning ayrim qahramonlarini
yaxshi kо‗radilar, ba‘zilarini yomon kо‗radilar. Umuman hikoyalarning mazmuni
bolalarga ta‘sir qilib ularda ma‘lum tuyg‗u- xissiyotlarni uyg‗otadi, bu esa bolalar
hikoyaning mazmunini tushunayotganliklaridan darak beradi.
Bolalar xotirasini rivojlanishida kattalarning nutqi bolalar bilan bо‗ladigan muloqati
katta rol о‗ynaydi. Xotirani rivojlanishi bog‗cha yoshidagi bolalarda ularning ta‘limtarbiyasida amalga oshiriladi.
Tafakkur bolaning bog‗cha yoshidagi davridan juda tez rivojlana boshlaydi.
Buning sababi, birinchidan, bog‗cha yoshidagi bolalarda turmush tajribasining
anchagina kо‗payishi, ikkinchidan bu davrda bolalar nutqining nisbatan yaxshi о‗sgan
bо‗lishi, uchinchidan esa, bog‗chada harakatlar qilish imkoniyatiga ega bо‗lishidir.
Bog‗cha yoshidagi bolalar о‗zlaring mustaqil harakatlari davomida atrofidagi turli xil
narsalar bilan bevosita taqqoslash, analiz qilish va nihoyat umumlashtirish kabi fikr
qilish jarayonlarini vujudga keltiradi va takomillashtiradi. Bog‗cha yoshidagi
bolalarda xar xil soxalarga doir savollarning tug‗ilishi ular tafakkurining
shakillanayotganligidan darak beradi. Shuning uchun bolalarning savollariga doimo
axamiyat bilan qarash kerak. Bola о‗z savoliga javob topa olmasa yoki katta odamlar
24
savoliga axamiyat brmasalar, undagi qiziquvchanlik, sinchkovlik susaya boshlaydi.
Lekin bog‗cha yoshidagi bolalarning hamma savollarigi javob berish qiyin, chunki
ular о‗zlari xali mutlaqo tushunmaydigan narsalar va hodisalar xaqida xam savol
beraveradilar.
Odatda har qanday tafakkur jarayoni biron narsaga tushuna olmasdan, biron narsadan
taajublanish,hayron qolish natijasida hosil bо‗ladi. Juda kо‗p ota- onalar va ayrim
tarbiyachilarga ortiqcharoq savol bersalar, ularni ―kо‗p maxmadona bо‗ma‖, Sen
bunday gaplarni qayerdan о‗rganding‖ – deb jerkib tashlaydilar.
Bolalar beradiga savollarning juda qiziq bо‗lishiga bir necha sabablar bor. –
Birinchidan, bog‗cha yoshidagi bolalao , tevarak – atrofdagi narsa va xodisalarni
qanday bо‗lsa, shandayligicha yani yaxlit xolda xuddi rasmdagidek aks ettiradilar.
- Ikkinchidan ularda katta odamlardagidek idrok qiladigan narsa va hodisalarni
chuqur analiz va sintez qilish xususiyati xali о‗smagan bо‗ladi.
- Uchinchidan ularda turli tabiat va jamiyat xodisalarga doir ilmiy tushunchalar
xali tarkib topmagan bо‗ladi.
- Tо‗rtinchidan, ularning turmush tajribalari juda oz bо‗ladi.Bog‗cha yoshidagi
bolalarning beradigan savollridan ular tafakkurining konkret obrazli xarakterga
ekanligi ham kо‗rinib turadi.Masalan, bolalar quydagi savollarni berishadi:
―Bulutlar nega yuradi?, Osmon katta –mi? yoki yer katta-mi?.
- Ayrim bolalar xaddan tashqar kо‗p savollar beradilar. Boshqa bolalar esa xech
qachon savol bermaydilar.
Nutqiy buzilish va psixik rivojlanishning boshqa tomonlari о‗rtasidagi bog‗liqliq
tafakkurning о‗ziga xos xususiyatlarini keltirib chiqaradi. Bolalar о‗z yoshiga mos
fikrlash operatsiyalarini egallab olishni umumiy tо‗la shart-sharoitlarga ega bо‗lib
turib, ularda sо‗z mantiqiy tafakkur rivojlanishi ortda qoladi va bunday bolalar
maxsus о‗qitishsiz analiz-sintez, taqqoslash va umumlashtirishni egallashda
qiyinchilikka duch keladilar. Umumiy jismoniy xolsizlanish va lokomoter
(harakatlanish) vazifalari sust rivojlanishi bilan birga harakatlarining rivojlanishida
25
ba‘zi bir ortda qolishlar ham ularga xosdir. Bular harakatni boshqarish yomonligi,
meyorli harakatlarni bajarishda ishonchsizligi, bajarish tezligi va chaqqonligining
pasayishi bilan ifoda etiladi. Eng katta qiyinchiliklar sо‗z kо‗rsatmalari bо‗yicha
harakatlarni bajarishda aniqlanadi. Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar normal
rivojlangan bolalardan topshiriqni bajarishda masofa vaqt, tafakkur kо‗rsatkichlarida
ortda qoladilar, xarakatlar ketma-ketlik tartibini buzib, uni tashkil etuvchi qismlarni
qoldirib ketadilar.
Nonutqiy jarayonlarni tо‗g‗ri baxolash nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar atipik
rivojlanishi qonuniyatlarini aniqlash va shu bilan birga ularning о‗rnini tо‗ldirishi
imkoniyatlarini aniqlash uchun zarurdir. Bolalarda bilish faoliyatlarini rivojlanishi
tevarak-atrof, kishilar mehnati va bola yashayotgan muhitdagi barcha predmetlar va
narsalarni bilish, о‗rganish orqali ularning idroklari rivojlana boradi.
Idrok –inson analizatori yoki analizatorlar sistemasiga bevosita ta‘sir etuvchi
narsa va hodisalarning butunligicha yoki ularning turli xususiyatlari о‗zaro
aloqasining shakllanish jarayonidir.
Idrok turli sezgilar asosida shakllanadi.
Psixologiyada idrok quyidagilarga ajratiladi: kо‗ruv, eshituv, taktil, tam bilish
va hid bilish sezgilari kabilar.
Idrokning barcha turlarida harakatlagish sezgirligi muhim о‗rin tutadi, biroq
bularni inson kо‗pincha idrok etmaydi. Idrok etishda nutq katta rol о‗ynaydi.
Narsa va hodisalarning sо‗zlar bilan ta‘riflanishi ular orasidagi mavjud о‗zaro
aloqa ta‘minlanishini abstrakqiyasi va umumlashtirilishi idrok etayotganlarning
mazmunini ochishga yordam beradi. Idrokning obyektiv faoliyati inson faoliyatining
ilgarilanganligidir. Shu bilan birga faoliyat, amaliyot idrokning rivojlanishiga
harakatlarning tо‗g‗ri va tо‗la aks etishiga yordam beradi. Nutqi tо‗liq rivojlanmagan
bolalar о‗ziga xos hususiyatlargsha ega bо‗lib, ularda nutqning rivojlanmasligi
natijasida eshituv va nutq zonalarining zararlanishi natijasida idrok rivojlanishi nutqi
tо‗liq rivojlanmagan bolalarda sust rivojlanadi. Ular atrof muhitdagi narsa va
26
hodisalarni kо‗ra biladilar, ularni farqini, ulardagi о‗zgarishlarni bilsalarda nutq orqali
tushuntira bera olishda qiynaladilar.
Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalarda kо‗ruv idroqi о‗ziga xos xususiyatga ega.
Kо‗rish analizatorlari atrof olam haqidagi turli xil axborotlarni olishga yordam beradi.
Eksperimental psixologshik usullarning ishlab chiqqanligi tegishli ahamiyat kasb
etadi. Kо‗rish orqali idrok etish juda murakkab ish bо‗lib bu jarayonda kо‗pgina
qо‗zg‗atuvchilar kо‗zga о‗z tasirini kо‗rsatadi. Idrok etishda analiz qanchalik aniq
bо‗lsa, sezish shunchalik tо‗la, kuchli, aniq bо‗lib, ular qо‗zg‗atuvchilarda
defferensial aks ettiriladi.
2.2. Nutqi tо„liq rivojlanmagan bolalar bilish jarayonining xolatini tekshirish
metodikasi.
Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalarning bilish faoliyatini rivojlanish darajasini
tekshirish uchun biz 5-6 yoshdagi bolalarni psixologik tekshirishda qо‗llaniladigan
metodikalardan foydalangan holda tekshirdik. Eksperimental tekshirish jarayonida
nutqi tо‗liq rivojlanmagan
Bunda idrok
bolalarning idrok va xotira xususiyatlarini о‗rgandik.
xususiyatlarini о‗rganish maqsadida quyidagi metodikalardan
foydalandik:
1-topshiriq: «Kesma rasmlarni birlashtirish» metodikasi.
Bu metodika orqali idrokning rivojlanish darajasi, kо‗ruv – fazoviy analiz va
sintezi, kurgazmali-harakatli tafakkurning shakllanganligi tekshirildi.
Jixoz: tо‗liq va kesma rasmlar tо‗plami. Rasmlar uchtaga, tо‗rttaga kesilgan.
О‗tkazish usuli: Tekshiruv о‗tkazuvchi bolaga kesma rasm qismlarini kо‗rsatib,
unda qanday predmet tasvirlanganligini aytmaydi. Sо‗ng kо‗rsatma beriladi: rasmni
tо‗liq qilib yig‗ib ber. Agar bola topshiriqni tushunmasa, tо‗liq rasm shakli
kо‗rsatiladi va kо‗rsatma qayta takrorlanadi yoki kesma rasm yig‗ilib yana qismlarga
ajratiladi.
27
Agar bu yordam samarasiz bо‗lsa, bolaga rasm qismlaridan tо‗liq rasmni yig‗ish
ketma-ketligi taxminiy yо‗naltirish orqali о‗rgatiladi. Shundan sо‗ng boladan ushbu
rasmni yana bir bor yig‗ib berish sо‗raladi va boshqa variant taklif etiladi.
2. «Yetishmaydigan qismlarni aniqlash» metodikasi.
Ushbu metodika idrok hamda ixtiyoriy diqqatni tekshirishga mо‗ljallangan.
Jixoz: Buyumlarning ba‘zi bir qismlari chizilmagan rasmlar.
О‗tkazish usuli: tekshiruvchi bolaga rasmni kо‗rsatadi, sо‗ng «Mana bu rasmni
kо‗ryapsanmi? Diqqat bilan qarab, rasmdagi buyumning yetishmaydigan qismini
topishga harakat qilib kо‗rchi». Agar bola yetishmaydigan qismni topishga qiynalsa
yо‗naltiruvchi savollar berilishi mumkin. Masalan, «Bu faysi hayvon?», «Uning
nechta oyog‗i bor?» va xokazo. Bola topshiriqni bajarsa, о‗nga aniqlashtiruvchi savol
beriladi,ya ‗ni, yetishmaydigan qismning nomi sо‗raladi. Undan sо‗ng keyingi
rasmlar kо‗rsatiladi.
3. Xotira xususiyatlarini о„rganishga doir metodikalar:
1.«Eslab qolish va nuqtalarni qо‗yish»
Jixoz: Sakkizta kichik katakchalarga bо‗lingan va nuqtalar qо‗yilgan kartochkalar.
Nuqtali kartochkalar shunday yig‗ilgan bо‗lishi kerakki, ustunning eng yuqorisida
ikkita nuqtali kartochka,pastida esa tо‗qqizta nuqtali kartochka bо‗lishi kerak. Qolgan
kartochkalar esa yuqoridan pastga tomon nuqtalar soni ortib boruvchi ket-ketlikda
yig‗iladi.
О‗tkazish usuli: Bola quyidagicha topshiriq beriladi: «hozir sen bilan bita о‗yin
о‗ynaymiz.
Men
senga
nuqtalar
chizilgan
kartochkalarni
navbatma-navbat
kо‗rsataman, keyin sen о‗zing bо‗sh kataklarga nuqtalarni - kartochkalardagi
nuqtalarni qayerda qurgan bо‗lsang, qsha yerga qо‗yib chikasan». Sо‗ng bolaga
ustunning boshidan boshlab barcha kartochkalar kо‗rsatiladi. Kartochkalarni
kо‗rsatishning orasidagi vaqt 2-3 soniya bо‗ladi. Kо‗rsatilgan har bir kartochkadan
keyin kurilgan nuqtalarni bо‗sh kataklarga 15 soniya ichida qо‗yish sо‗raladi.
28
Bolaning diqqat - hajmi hoxlagan kartochkalarning birida
tо‗g‗ri qо‗yilgan
nuqtalarining soni bilan belgilanadi. Bunda nuqtalari eng kо‗p mikdorda xatosiz
qо‗yilgan kartochka olinadi. Natijalar ballarda baxolanadi.
4. Uzoq muddatli xotirani tekshirish.
Ushbu metodika uzoq muddatli xotirani tekshirishga mо‗ljallangan.
Bolaga quyidagicha topshiriq beriladi: Hozir men bir qator sо‗zlarni о‗qiyman,
sen esa shu sо‗zlarni yaxshilab eslab qolishga harakat qil. Tayyorlandik. Diqqat bilan
eshit: ―stol‖, ―sovun‖, ―odam‖, ―kitob‖, ―bulut‖, ―palto‖, ―bolta‖, ―stul‖, ―daftar‖,
―sut‖.
Yuqoridagi sо‗zlar qatori bir necha bor о‗qib beriladi. Tekshiruv takroran о‗n
daqiqadan keyin yoki uch kundan sо‗ng о‗tkaziladi.
Olingan natijalar taxlili: uzoq muddatli xotiraning koeffitsenti ushbu formula
orqali hisoblanadi.
S=V/A*100%,
bu yerda;
A-о‗qilgan sо‗zlarning umumiy mikdori, V – xotirada qolgan
sо‗zlarning mikdori, S – uzoq muddatli xotiraning koeffitsenti.
5. Mantiqiy va mexanik xotiraning rivojlanganlik darajasini о„rganish.
О‗tkazish usuli: Bolaga ikki qator sо‗zlar takdim etiladi. Birinchi qatordagi
sо‗zlarning orasida mazmuniy aloqa bо‗ladi, ikkinchi qatordagi sо‗zlarning orasida
esa hech qanday aloqa bо‗lmaydi. Eksperiment о‗tkazuvchi bolaga о‗rganilayotgan
qatordan о‗n juft sо‗zlarni о‗qib beradi (juftliklarni о‗qish orasidagi vaqt besh
soniya). О‗n soniyadan sо‗ng chap qatordagi sо‗zlar о‗qiladi. Tekshiruvchi esa bola
tomonidan eslab qolingan sо‗zlarni о‗ng qatorning yarmiga yozadi.
Olingan natijalarning taxlili: Mantiqiy xotiraning koeffitsenti quyidagi formula
bо‗yicha hisoblanadi.
S=A/V
bu yerda,
A
- birinchi qatordagi sо‗zlarning mikdori, V – bola eslab qolgan
sо‗zlarning mikdori, S – mantiqiy xotiraning koeffitsenti.
29
Mexanik xotiraning koeffitsenti– S xuddi yuqoridagi formula asosida hisoblanadi.
Biz nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar bilish faoliyatini qay darajada
rivojlanganligini quyidagi mezonlar asosida belgilab bordik.
Topshiriqni bajarilishini baxolash mezonlari.
5 ball – topshiriqni tо‗liq bajardi.
4 ball – topshiriqni yordam asosida bajardi.
3 ball – topshiriqni bajara olmadi.
2.3. Nutqi tо„liq rivojlanmagan bolalarning bilish jarayonining holatini
о„rganish natijalari.
Biz tadqiqot ishimizni Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi 368- maxsus
maktabgacha tarbiya muassasida о‗tkazdik.
Biz nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalarning idrok va xotirasini rivojlanganlik
holatini о‗rgandik. Buning uchun «Kesma rasmlarni birlashtirish», «Yetishmaydigan
qismlarni topish», «Nuqtalarni tо‗g‗ri qо‗yish», «Juftliklarni eslab qolish», «Uzoq
muddatli xotira» kabi metodikalardan foydalandik.
Tadqiqotimizda jami 10 ta nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar ishtirok etishdi.
Ulardan 6 tasi о‗g‗il, 4 tasi qiz bola.
Biz bilish faoliyatini psixologiyada qо‗llaniladigan metodikalar orqali
tekshirdik. Tekshirish III bosqichda olib borildi.
1-Bosqichda bolalar tarbiyalanayotgan guruh logopedlari tarbiyachi, ota onalar
bilan suxbat olib bordik. Biz bolalarni rivojlanishini va xujjatlarini о‗rgandik.
2-Bosqichda Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar bilish faoliyatini turli xildagi
metodikalar asosida tekshirdik.
3-Bosqichda tekshirish natijalarini jadvallarda ifodalab kerakli tavsiyalarni berdik.
30
Tekshirish jarayonida shu narsa ma‘lum buldiki, nutqi tо‗liq rivojlanmagan
bolalarning deyarli barchasida psixik jarayonlarning, xususan, idrok, diqqat xotira va
tasavvurlarining rivojlanishida kamchiliklar mavjud ekan.
«Kesma rasmlarni birlashtirish» bо‗yicha topshiriqni jami 10 ta (100%)
boladan 30% (3 ta) tо‗liq ravishda, 60% (6 ta) yordam asosida bajardi, 10 % (1 ta)
bola esa kesma rasmlarni tо‗g‗ri birlashtira olmadi.
«Yetishmaydigan qismlarni aniqlash» da esa 10 ta (100%) boladan 50%
(5 ta)
topshiriqni bajara oldi, 30 %(3 ta) bola esa yо‗naltiruvchi savollardan sо‗ng
yetishmaydigan qismlarni aniqladi. Bolalarning 20
%
(2ta) kо‗mak bilan ham
topshiriqni bajara olmadilar.
«Nuqtalarni tо‗g‗ri qо‗yish» bо‗yicha topshirig‗imizni jami 10 ta (100%) boladan
30 % (3 ta) bolalar amalga oshirdilar, 40% (4 ta) bolalar esa yordam bilan bajardilar,
30 % (3 ta) bolalar esa topshiriqni qoniqarsiz darajada bajardilar.
«Juftliklarni eslab qolish» bо‗yicha berilgan topshiriqni 60%
(6 ta) bolalar
mustaqil ravishda takrorlay oldilar, 40% (4 ta) bolalar esa kо‗mak bilan bajardilarar.
«Uzoq muddatli xotirani tekshirish» metodikasi bо‗yicha berilgan vazifalarni
jami bolalarning (100%) 50% (5 ta) bolalar deyarli tо‗liq takrorlay oldilar, qolgan 30
% (3 ta) blalarning natijalari juda past bо‗ldi. Ular berilgan jami 12 ta sо‗zdan bor
yо‗g‗i ikkita yoki uchtasini eslay oldilar, 20 % (2 ta) bolalar esa topshiriqni bajara
olmadilar.
31
Nutqi tо„liq rivojlanmagan bolalar bilish faoliyatini psixologik metodikalar
asosida tekshirish natijalari.
1-jadval.
№
1
3
tо„liq
Yordam
vazifani
soni(%)
bajardi
asosida
bajara
5 ball(%)
bajardi–
olmadi – 3
4ball(%)
ball (%)
Topshiriqlar
Kesma
rasmlarni 10
birlashtirish
2
Bola
Yetishmaydigan
ta 30%
60%
10 %
50%
30 %
20 %
ta 30 %
40 %
30 %
40%
-
30%
20 %
(100%)
qismlarni 10ta
aniqlash
(100%)
Nuqtalarni tо‗g‗ri qо‗yish
10
(100%)
4
Juftliklarni eslab qolish
10
ta 60%
(100%)
5
Uzoq
muddatli
xotirani 10
tekshirish
ta 50%
(100%)
II Bob bо„yicha xulosa
Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalao ruhiyatini rivojlanishi nuqsoning qay
darajada bо‗lishiga bog‗liq . Olimlar nutqning tо‗liq rivojlanmasligining klinik
kо‗rinishida bolalarda kuzatiladigan serebrastenik sindromlarni ya‘ni , nerv psixik
toliqish , xissiy turug‗unsizlik, faol diqqat xotira funksiyalarning buzilishi
kо‗rinishlarda namoyon bо‗ladi.
Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalarda giperqо‗zg‗aluvchanlik, umumiyhissiy va
harakat notinchligi belgilari kо‗rinishlari bilan va boshqa hollarda tormozlanganlik ,
lanjlik, passivlilik ustunligi kuzatiladi. Bolalarda harakat buzilishi sindromlarda
mushaklar tonusining о‗zgarishi muvozanat va harakatlar koordinatsiyasi bо‗ziladi.
32
Bolalarda nutqning rivojlanmasligi tafakkur rivojlanmasligiga olib keladi,
shuning bilan birga, nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalarning markaziy nerv
sistemasidagi kichik zararlanishlar ham bilish faoliyatiga ham salbiy ta‘sir kо‗rsatadi.
Ularning idroki ya‘ni, 5- 6 yoshdagi bolalar bilish faoliyatlaridagi sezgi, xotira,
diqqat, tafakkur va nutqning rivojlanmasligi yoki orqada qolishi nerv sistemasining
rivojlanishiga va uning xususiyatlariga bog‗liqdir.
Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar bilish jarayonlarini tekshirish metodikasi va
tekshirish natijalari bolalarni ta‘lim- tarbiya olishga va korreksion ishlarni har bir
bolaning yoshiga mos ravishda savod о‗rgatish orqali ularning atrof - olamga bо‗lgan
munosabatlarda va nutqni rivojlantirishni bog‗liq bо‗lgan barcha koreksion ishlarda
ularning bilish faoliyatlari rivojlantiriladi.
33
III BOB. Maktabgacha tarbiya yoshidagi nutqi tо„liq
rivojlanmagan bolalar bilish faoliyatini rivojlantirish usullarini takomillashtirish
(tavsiyalar berish).
3.1.
Nutqi tо„liq rivojlanmagan bolalar bilish faoliyatini о„yinlarda
rivojlantirish.
Maktabgacha
tarbiya
yoshdagi
bolalarda
predmetlarning
mazmun
va
moxiyatidan ajralmas bо‗lgan biror bir belgisiga asoslanadilar. Biroq bolalar predmet
shaklini ajratib mavxumlashtirishni tez bajara olmaydilar. Ular geometrik shakllarni
idrok qila turib, odatda biror bir predmet bilan о‗xshatadilar (kvadratni kо‗pincha
―Deraza‖. ―Kubikni‖, aylanani , g‗ildirakni ―Koptok‖ deb kabi nomlaydilar. Bolalar
duch kelgan shaklni farqlashga extiyoj sezadilar. Ular kо‗pincha predmetni nimaga
о‗xshashi va ularda mavjud tushunchalar orsidagi boshqa turli shakllardan nimasi
bilan farqlanishini aniqlashga urinishadi.
Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalarni kо‗ruv fazoviy analiz sintez va
kо‗rgazmali – harakatli tafakkurning
sust rivojlanganligini biz kesma rasmlarni
qismlarini yig‗ishda qiyinchilik kuzatildi. Metodika bir necha marta takrorlanganda
ham rasmlarni joy – joyiga qо‗yishda xatolarga yо‗l qо‗ydilar. Bundan kо‗rinib
turibdiki bolalarning diqqatining tarqoqligi va idrokning
Bilishga doir ruhiy jarayonlar sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur,
shuningdek nutqni rivojelantirish aqliy tarbiyaning muhim vazifasidir.
Tevarak atrofni bilish sezgi va idrokdan boshlanadi. Ularning rivojlanganlik
darajasi qanchalik yuqori bо‗lsa, borliqni bilib olish imkoniyati shunchalik kо‗p
bо‗ladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda ongli ravishda eslab qolish qobiliyati
tarkib topadi, xotira xajmi kengayadi; vazifa ixtiyoriy diqqatni mashq qildirish uni
foydali bilimlar bilan boyitishdan iborat. Bolalarda bilish faoliyatini rivojlanishida
xayol ijodiy faoliyat uchun zarurdir, shuning uchun uni bog‗cha yoshidan boshlab
rivojlantirib borish katta ahamiyatga ega. Maktabgacha tarbiya yoshining dastlabki
34
bosqichlarida bolalarda tasavvur xayoli bо‗ladi. Hayotiy tajribaning ortib borishi va
tafakkurning rivojlanishi bilan ijodiy hayol tarkib topadi. Bolalar bilish faoliyati
tevarak atrof tabiati kishilar mehnatini kо‗ra bilishlari va maktabgacha tarbiya
muassasasida tarbiyachining va logopedning olib borgan mashg‗ulotlarida ularni har
tomonlama bilish faoliyatlari rivojlantiriladi ulardagi kamchiliklar korreksiyalanadi.
Bolalarning bilish faoliyatlaridan idrok, xotira, diqqatni turli xildagi didaktik о‗yinlar
asosida rivojlantiriladi.
“О„xshashini olib kel” о„yini
О‗yining maqsadi: Narslarning nomini eslab qolishga о‗rgatish orqali bolalarning
lug‗atini boyitish.
О‗yin uchun jihozlar: Turli о‗yinchoq va buyumlar, shu buyumlarning rasmi aks
ettirilgan kartochkalar. Katochkalar bunday vaqtda juft bо‗lishi ham mumkin.
Buyumlar о‗rniga kartochkalardan foydalanish ham tavsiya etiladi.
О‗yinni о‗tkazish: Bu о‗yinni uch xil variantda о‗ynash mumkin.
I.
Variant. Juft kartochkalarning bir nusxasini xonaning har yeriga tarqatib
qо‗yiladi. Bolaga kartochkaning ikkinchi nusxasi beriladi. Bola qо‗liga olgan
kartochkada nimaning rasmi aks ettirilgan bо‗lsa, oldin uning nomini shaklini aytadi.
Sо‗ng bolaga kartochkalardan xuddi shuning о‗ziga о‗xshashini topib kelish vazifasi
beriladi. Bola
qо‗lidagi kartochkaning о‗xshashini topib kelganidan keyin uni
bolalarga qо‗rsatadi va nomini yana bir bor takrorlaydi.
II.
Variant. Bolaga kartochka kо‗rsatiladi va orqasini о‗girib qо‗yiladi. Bola
kо‗rib esida qolgan bо‗yicha kartochkaning о‗xshashini topib olib keladi
va u haqda sо‗zlab beradi.
III.
Variant. Kartochkalar о‗rnida buyumlardan foydalaniladi. Buyumlarga
qarab ularning rasmlari yoki rasmlarga qarab topish vazifasi beriladi. Har
ikki variantda ham birinchisidan singari buyumning nomini qayta ayttirish
usuli qо‗llaniladi.
35
“О„xshaydimi- о„xshamaydimi” о„yini
O‗yining maqsadi: Bolalarning narsalarning tuzilishi, tashqi ko‗rinishi haqida
tushunchalarni mustahkamlash, so‗z boyligini orttirish va idrok qilishga o‗rgatish va
so‗zlab berish qobilyatini o‗stirish.
O‗yin uchun jixozlar: Ikkita uy jihozlari, ikkita o‗yinchoq, ikki xil gulning rasmi
va boshqalar.
1.“Kim chaqqon”. Bolalarga istalgan biror matndagi ko‗p uchraydigan
xarflarni, masalan, ―o‖ yoki ―e‖ harflarni tez va aniq belgilab chiqish tavsiya etiladi.
Testning muvaffaqiyatli bajarilishi, bajarilish vaqti, xatolar soni va belgilanmay
qoldirilgan xatolar soni bilan baxolanadi. Bu ko‗rsatkichlar qanchalik kam bo‗lsa, test
shunchalik yaxshi bajarilgan bo‗ladi. Bunda bolani rag‗batlantirish va uni
qiziqtirishlarni oshirishga erishish kerak.
Diqqatni ko‗chuvchanligi va taqsimlanishi mashq qildirish uchun vazifani
o‗zgartirish kerak. Bunda, bitta harfni vertikal chiziq bilan boshqasini gorizantal
chiziq bilan uchirish yoki o‗qituvchining ishorasi bilan shu harflarni o‗chirishda
o‗rnini almashtirish mumkin. Masalan, bir hafrni o‗chirish, ikkinchi harfni tagiga
chizish, uchinchi harfni doira ichiga olish va x.k. Bunday mashqlarning maqsadi –
odatiy harakatlarni avtomatisizm darajasiga yetkazish, aniq bo‗ysuntirilgan, aniq
maqsadni aniqlash. Mashqlar davomiyligi bolaning yoshiga qarab belgilanadi. (kichik
maktab yosh – 15 min; o‗smirlar uchun 30 minutgacha).
2. “Diqqatni jamlash.” Atrofdagi narsa buyumlarda tana orgonlarida yoki
fikrlarda o‗tkzilishi mumkin. Diqqatni jamlash mashqlarning har bir minutdan yarim
soatgacha vaqt ajratiladi. Vaqt belgilanib, kerakli holat tanlanadi va muskullari
bo‗shashtiriladi. So‗ng diqqatni jamlash ob‘ekti tanlanadi. Agar mashq davomida
diqqat boshqa narsalarga chalg‗iy boshlasa, asabiylashmasdan, tushkunlikka
tushmasdan, diqqatni yana kerakli ob‘ektga qaratiladi. Mashq uchu belgilangan vaqt
davomida kishi diqqatining chalg‗ishi uch martadan oshmasligi muhim xisoblanadi.
36
3. “Pashsha”. Mashqni o‗tkazish uchun 3x3 shaklidagi to‗qqizta katakli o‗yin
maydoni chizilgan. Taxta va plastilin bo‗lagi zarur bo‗ladi. Plastilin o‗rgatilgan
pashsha vazifasini bajaradi. Taxta vertikal holatda turg‗izilib, qatnashuvchilarga
o‗yinning borishi tushuntiriladi; pashshani bir katakdan boshqasiga o‗tishi uchun
―o‗ngga, chapga, yuqoriga, pastga‖ kabi buyruqlar beriladi. O‗yin boshida ―pashsha‖
markaziy katakda joylashdi. Buyruqlarni qatnashchilar navbatma-navbat beradilar.
O‗yinchilar pashshani diqqat bilan kuzatib, ―pashsha‖ ning o‗yin maydonidan chiqib
ketishiga yo‗l qo‗ymasliklari kerak. O‗yin davomida kimdir buyrug‗i bilan xato qilsa
yoki ―pashsha‖ maydondan chiqib ketsa, ―to‗xta‖ buyrug‗i berilib, ―pashsha‖ni yana
markaziy katakka qaytarilib, o‗yin boshidan boshlanadi. ―Pashsha‖ o‗yinni
qatnashchlaridan diqqat bilan berilib o‗ynashini talab qiladi. Mashq yaxshi
o‗zlashtirilganidan so‗ng uni yanada murakkablashtirish mumkin. Buning uchun
maydondagi kataklar sonini 4x4 qilib oshirish mumkin. Yoki ―pashsha‖lar sonini
oishirish mumkin. Bunda har bir pashshaga buyruqlar alohida qilib beriladi.
4. “Kuzatuvchanlik”. Bolalarga yuz martalab ko‗rgan maktab hovlisini uyidan
maktabgacha bo‗lgan yo‗lni eslab to‗liq tasvirlab berish vazifasi beriladi. Bu vazifani
kichik maktab yoshidagi bolalar og‗zaki bajaradilar. Sinfdoshlari ularning
kamchiliklarini to‗ldiradilar.
O‗smirlar bu vazifani yozma bajaradilar, keyin o‗zaro va shuningdek, tabiiy sharoit
bilan solishtiradilar. Bu o‗yinda bolaning ko‗ruv xotirasi va diqqatining bog‗liqligi
aniqlanadi.
5. “Tuzatish”. Logoped qog‗ozga ba‘zi harflarni tushirib qoldirgan va harflarni
o‗rnini almashtirilgan bir nechta gap yozadi. O‗quvchi bu matnni bir marta o‗qish
davomida xatolarni rangli qalam bilan to‗g‗irlash kerak. So‗ng u varaqni ikkinchi
o‗quvchi olib, qoldirib ketgan xatolarni boshqa rangdagi qalam bilan to‗g‗irlaydi. Bu
musobaqani juft bo‗lib o‗tkazish ham mumkin.
6.“Barmoqlar”. Qatnashuvchilar o‗rindig‗larida doira hosil qilib o‗tiradilar.
Qo‗llarini tizzalariga qo‗yib bir-biriga chalishtirib bosh barmoqlarini erkin
37
qoldiradilar. ―Boshlang‖ ishorasi bilan bosh barmoqlarini bir-b iri atrofida sekin-asta
ma‘lum tezlikda va bir yo‗nalishda aylantira boshlaydilar. Bosh barmoqlari bir-biriga
tegib ketmasligi muxim. Shu harakatda diqqatni jamlanadi. ―To‗xta‖ ishorasi bilan
to‗xtatiladi.
Mashqning davomiyligi 5-15 minut, ba‘zan qatnashuvchilar o‗zlarini g‗alati xis
qiladilar: barmoqlari ko‗payib yoki kamayib qolgandek, harakat yo‗nalishi
o‗zgargandek.
Kimdir o‗zini kuchli bezovta xis qiladi. Bu qiyinchiliklar diqqat ob‘ektining
odatdagidek bo‗lmaganligidan kelib chiqadi.
7. “Selektor” mashqni bajarish uchun qatnashchilardan bir kishi ―qabul
qiluvchi‖ etib tayinlanadi. Qolganlar ya‘ni ―uzatuvchilar‖ning har biri turli sonlardan
boshlab, turli yoo‗nalishlarda ovoz chiqarib sanaydilar. ―Qabul qiluvchi‖ esa qo‗lida
tayyoqqa tutib, jimgina eshitadi. U har bir ―uzatuvchiga‖ navbatma-navbat
to‗g‗rilanib eshitilishi kerak. Agar u qaysidir ―uzatuvchi‖ni eshitish qiyin bo‗lsa
qo‗lidagi tayyoq bilan balandroq ―ishora‖sini beradi. Agar eshitish oson bo‗lsa,
tovushni pasaytirish mumkin. ―Qabul qiluvchi‖ ma‘lum muddat ishlagandan so‗ng
tayyoqchasini boshqa qatnashchiga beradi va o‗zi ―o‗zgartiruvchi‖ga aylanadi. O‗yin
davomida tayyoqcha hamma qatnashchilarni aylanib chiqadi.
8. “Eng hushyor”. О‗quvchilar yarim doira shaklida turishlari kerak. Bir
o‗yinchi oldingi chiqib bir necha daqiqada o‗yinchilar joylashish tartibini eslab
qolishi kerak. So‗ng o‗rtoqlariga teskari o‗tirib turib, qatnashchilarning joylashishi
tartibini aytib chiqadi. O‗yin davomida har bir qatnashchi shu mashqni bajaradi. Kim
xato qilmay aytsa, o‗sha holib bo‗ladi. Hohlagan bolasini diqqat bilan ko‗rib olishni
taklif qiladi. So‗ngra ko‗zini yumib, shunday tasvirlansiniki, qogan bolalar kim
to‗g‗risida gapirilayotganini fahmlasinlar.
9.“Adashib qolgan hikoyatchi”. О‗quvchilar doira shaklida turib oladilar,
olib boruvchi baxs mavzusini aytadi. Biron bir ishtirokchi mavzuni ochib bera
boshlaydi, keyin esa tasodifiy assotsiatsiyalarga tayanib mavzudan chetga chiqa
38
boshlaydi. U bir mavzudan ikkinchi mavzuga, undan yana boshqasiga o‗tib ketadi. U
o‗zining hikoyasini iloji boricha chalkashtirib yuborishga harakat qiladi. Buni
qatnashchilar kuzatib turishlari kerak. Chunki so‗z bshqa ishtirokchiga o‗tkazib
yuborilishi mumkin. Kimga so‗z tegsa u bu bilan chalkash hikoyani oxiridan boshiga
qarab echishi kerak. U olib boruvchi boshlangan mavzuga olib borishi kerak. Keyin
o‗zi hikoyani chalkashtirib aytib beradi va h.k.
10. Minora quramiz
Agar Sizda turli o‗lchamdagi kublar bo‗lsa, bolangiz bilan quyidagi o‗yinni
o‗tkazing. Shunday qilingki, bola o‗zi qurayotgan minorasi mustahkam, pishiq
bo‗lishi uchun pastki g‗ishti yirik bo‗lishi shartligini tushunsin. Minora balandlashgan
sari g‗ishtchalari ham maydalashib borishi lozimligini anglagan bola o‗z minorasini
aynan shunday quradi. Bolaga minora qurish jarayonida har safar g‗ishtchalarning eng
yirigini olishni o‗rgating. Ularni taqqoslash uchun bir — biriga qo‗yib ko‗rish kerak.
Minorani haqiqiy g‗ishtcha — kublardan qurib bo‗lgach, karton g‗ishtlardan ham shu
tartibda yasashga o‗tish mumkin. Agar bolaga qo‗g‗irchoq berib, u minoragacha yoki
zinapoyaga qanday qilib ko‗tarila olishini ko‗rsatsangiz, bolaning qiziqishini yanada
orttirgan bo‗lasiz. Undan tashqari bola
39
Xulosa
Biz tomondan olib borilgan ―Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar bilish faoliyatini
rivojlanish xususiyatlarini‖ о‗rganish mavzusidagi tadqiqot ishimiz yuzasidan
metodik adabiyotlarni va tadqiqot ishlarini yetarli emasligi mavzuimizni dolzarbligini
bildiradi. Tekshirishlar shuni kо‗rsatadiki:
- Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar bilish jarayonlarini qay darajada
rivojlanganlik qobiliyatlarini berilgan metodikalar orqali tekshirganimizda;
- Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar kesma rasmlarni joylashtirishda logoped
yordami asosida 6 ta bola qiyinchiliklar bilan bajardilar. Bundan kо‗rinib turibdiki
bolaning idrok qilish qobiliyatini sust rivojlanganligini guvohi bо‗ldik.
-Juftliklarni eslab qolish metodikasida 4 ta bola logoped yordamida topshiriqni
bajardilar. Bu bolalarda ixtiyorsiz diqqatni tarqoqligi va jamlanmaganligi ma‘lum
bо‗ldi.
Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalarda uzoq muddatli xotirani maqsadida logoped
yordamida 3 ta bola qiyinchiliklar bilan 10 ta sо‗zdan 4 ta sо‗zni aytib bera oldi.
Tekshirish natijalariga asoslangan holda nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalarning
bilish faoliyatini sust rivojlanganligini ularga faqat kо‗rgazmali materiallar orqaligina
kо‗rsatib suralganda bajara olishlari ma‘lum bо‗ldi. Chunki ulardagi nutq
komponentlarining rivojlanmasligi bilish faoliyatiga ham salbiy ta‘sir kshrsatishini
guvohi bо‗ldik.
- Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar nutqini rivojlantirish orqaligina ularning
bilish faoliyatlarini ham rivojlantirish mumkin ekan.
40
Foydalanilgan adabiyotlar rо„yhati
1.
Karimov I.A. ―О‗zbekiston Mustaqillika erishish ostonasida‖ T
―О‗zbekiston‖ – 2011.
2.
―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ T, 1997.
3.
―Ta‘lim tо‗g‗risidagi qonun‖ T., 1997.
4.
Karimov I. A. ―О‗zbekiston XXI – asrga intilmoqda‖ T,
―О‗zbekiston‖ 2000.
5.
Karimov I. A. ―Yuksak ma‘naviyat yengilmas kuch‖, T.
―Ma‘naviyat‖, 2008.
6.
О‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Toshkent 2012y.
7.
Karimov I.A. ―Barkamol avlod orzusi‖ Sharq nashiriyoti matbaa
konserni Toshkent – 1999.
8.
Karimov I.A. ―Bizdan ozod va obod vatan qolsin‖ Toshkent –
1996.
9.
Karimov I.A. ―Buyuk maqsad yо‗lidan og‗ishmaylik‖ Toshkent –
1991.
10.
Karimov I.A. ―О‗zbekiston XXI asr bо‗sag‗asida havfsizlikka
tahdid barqarorlik shartlari va taraqqiyoti kafolatlari‖
Toshkent – 1997.
11.
Ayupova M. Y. ―Logopediya‖ Toshkent – 2007.
12.
Asmalov A.G. ―Psixologiya lichnosti‖ M. 1990.
13.
Annaneva A.B. Vospitatelyu o psixologii i psixogigiyene
obsheniya, (Kniga dlya uchitelya i roditeley) M.,1987.
14.
Belyakova L.L., Garkusha YE. L., Sravnitelnoye psixolog –
pedogogicheskoye issledovaniye doshklnikov s obshim
nedorazvitem rechi i normalno razvitoy rechY. M. 1991.
15.
Vigotskiy L. S., Pedogogicheskaya psixologiY. M,1990.
16.
Volkova L. S., Shaxovskaya S.N. Logopediya, M. 1998.
41
17.
Volkova L.S. LogopediY. M. 1989.
18.
Venger L.A., Pilyugina E.G., Venger N.B. Vospitaniye sensornoy
kulturi rebenka. Moskva, «Prosvesheniye» 1988.
19.
Vigotskiy L.S. «Mishleniya i rechi» Moskva – 1992.
20.
Vlosovets T. V.. ―Osnovi logopedii s praktikumom po
zvukoproizeosheniyu‖ Moskva, ―Akademiya‖,1992.
21.
Garkusha Y.F., ―Sistema korreksionnix zanyatiy vospitatelya v
detskom sadu dlya detey s narusheniyami rechi‖ Moskva – 1992.
22.
Yefimenkova L. N. Formirovaniye rechi u doshkolnikov. M. 1985.
23.
Zaporojets A.V. «Psixologo – pedogogicheskiye problemi
doshkolnogo vospitaniya» Moskva – 1988.
24.
Kashe G. A. «Podgotovka k shkole detey s nedostatkami rechi».
Moskva 1989.
25.
Kashe G.A., Filicheva T.B. «Programma obucheniya detey s
nedorazvitiyem fonematicheskogo stroya rechi». Moskva 1984.
26.
Korreksion rivojlantiruvchi ta‘lim – tarbiyaning mazmuni
usullari va shakllari. (ilmiy metodik tо‗plam) Toshkent – 2008.
27.
Lopuxina I.S. ―Stixi i uprojneniya dlya razvitiye rebenka‖
Moskva – 1992.
28.
Lisina M. I. Obsheniye s vzroslimi u detey pervix semi let
jizni . problemi obshey, vozrastnoy i pedogogicheskoy
psixologii M., 1987.
29.
Luriya A.R. ―Osnovi neyropsixologiya» Moskva – 1997.
30.
Libivskaya V. L. ―Spetsialnaya psixologiya‖ M., 2004.
31.
Mо‗minova L. R. ―Tutilib gapiruvchi о‗smirlar uchun qо‗llanma‖
Toshkent – 1987.
32.
Mо‗minova L. R. ―Bolalarni logopedik tekshirish va о‗qitish‖
Toshkent – 1992.
42
33.
Mо‗minova L .R. ―Logopediya‖ Toshkent – 1994 y.
34.
Mо‗minova L. R. ―Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar nutqini
rivojlantirishning korreksion pedogogik asoslari‖
Avtoreferat.
35.
Mо‗minova L. R. ―Bolalarni logopedik tekshirish va о‗qitish‖
Toshkent – 1992.
36.
Maxsus ta‘limning uzlusiz tizimi va mazmunini
modernizatsiyalashtirish – defektologiyaning dolzarb
muammolari. Respublika ilmiy – amaliy anjumanining
maqsadlar tо‗plami. Toshkent 2011.
37.
Mironova S. A. ―Razvitiye rechi doshkolnikov na
logopedicheskix zanyatiyax‖. Moskva 1991.
38.
Mejikovskaya M.B., Skripchenko M.P. «Logopedicheskiye zanyatiya v
spetsializirovannix detskix sadax» Tashkent. «Ukituvchi» 1989.
39.
Pavlova O.S. ―Narusheniye kommunikativnogo akta u detey s
obshim nedorazvitiyem rechi‖. M., 1998.
40.
Pо‗latova X. M. ―Logopedik ritmika‖ (Ma‘ruza matn) Toshkent
2012.
41.
Povaleyeva I. A. ―Korreksiya zaikaniye v igrovix treningax‖
Peterburg 1994
42.
Rozengart G. L. ―Rech i razvitiye vospriyatiye v rannem vozraste‖.
M., 1998.
43.
Rikova N. A. ―Logopedicheskaya ritmika‖ Moskva – 2000 .
44.
Soloviva L.G. ―Osobennosti kommunikativnoy deyatelnosti
detey s obshim nedorazvitiyem rechi‖ DefektologiY. 1996 №1.
45.
Seliverstov V. I. «Zaikaniye u detey» Vladivostok 2000.
46.
Tumakova G. A., Oznokomleniye doshkolnikov so zvuchashim
slovom. Moskva – 1991.
43
47.
Tkachenko T. A. ―Yesli rebenok ploxo govorit‖ S P b, 1997.
48.
Usanova O.N. «Pedogogicheskoye izucheniye detey narusheniyami v
mediko – pedogogicheskix kommisiyax» M., 1987.
49.
Fomicheva M. F. ―Vospitaniye u detey pravilnogo
proiznosheniya‖ M.,1989.
50.
Filicheva T. B., Vaskova L.S., Chirkina G.V., Muminova L.R.,
Ayupova M.Y. «Logopediya»
51.
Filicheva T. B., Tumanova T.V. ―Uchis govorit provilno‖
Moskva 1993.
52.
Filicheva T.B., Chirkina G. V. ―podgotovka k shkole detey s obshim
nedorozvitiyem rechi v usloviyax spetsiaolnogo detskogo sada‖.
Moskva 1991.
53.
Filicheva T. B. Tumanova T.V. ―Deti s obshim nedorazvitiyem
rechi‖. Moskva 1999.
54.
Filicheva T. B. ―Deti s fonetiko – fonematicheskim
nedorozvitiyem rechi‖ (Vospitaniye i obucheniya) Moskva 1999.
55.
Filicheva T. B., Cheveleva N.A., Chirkina T. V. ―Osnovi
logopedii‖. Moskva 1989.
56.
Filicheva T. B., Cheveleva N.A. ―Logopedicheskaya rabota v
spetsialnom detskom sadu‖. Moskva 1987.
57.
Formirovaniye gormanichno razvitogo pokoleniya v sovremennix
usloviyax. Sbornik nauchno – metodicheskix statey. Chast 17.
Tashkent 2010.
58.
Xrestomatiya po logopedii. 1 tom. Moskva 1997.
59.
Xrestomatiya po logopedii. 2 tom Moskva 1997.
60.
Shvayko G. S. Igri i igroviye uprojneniya dlya razvitiya rechi.
Moskva 1989.
61.
Eydemiller E. G., Yustitskix V.V. ―Semeynaya psixoterapiya‖
44
Sank-Peterburg 1990
62.
Yusupova P., «Maktabgacha tarbiya pedogogikasi» Toshkent,
О‗qituvchi – 1993.
63.
Yusupov B. ―Umumiy psixologiya‖ 3 – nashr, T. ―О‗qituvchi‖ 1992
45
Tayanch sо„zlar
1. Adaptatsiya – Adaptation
2. Artikulyatsiya – Articulftion
3. Assimetrik xolat – Asymmetrical positional
4. Differensatsiya – Differtntiation
5. Innervatsiya – Innervations
6. Kompleks – Complex
7. Korreksiya –Correction
8. Mayda motorika – Fine motor skiles
9. Massaj –Massage
10.Metodik tavsiyalar – Guidelines
11.Nafas mashklari – Breather
12.Nutkiy negitivizm – Voice of negativism
13.Nukson – Anomaly
14.Nutkiy nafas – Speech brething
15.Tibbiy psixologik pedogogik yordam
16.Ijtimoiy moslashuv – Social adaptation
17.Ijtimoiy reabilitatsiya – Social rehaabilition – Sotsialnaya rebilitatsiY.
18.uyin – Game
19.Ijtimoiy muammoli vaziyat – Socia prodlem situation
20.Mulokot – Communication
21.Tavsif – Characteriration
22.Inklyuziya –Inclusion
23.inklyuziv ta‘lim – Inclusive Education
24.Integratsiya – Integration
25.predmetli faoliyat – object oriented fctivity 26.Korreksion tarbiyaviy ish – Corrective trainind work
27.Shaxs – Personality.
46
28.Munosabat – Ratio
29.Pedagogik jarayon – Redadodical process 30.Metod – Method
31.Pedagogik faoliyat – Teaching activities 32.Metodika – Methodology
33.Interfaol metod – The interactive method
34.Psixika – Mind – Psixika.
35.Ijtimoiylashuv – Socialization
36.Bilish faoliyati 37.Nutk –Speech
38.Ekspressiv nutk – Txpressive speech
39.Xususiyat – Properties.
40.Defektologiya – Defectology
47
Download