Uploaded by dilnoza_erkinovna

orol boyi hududining ekologik vaziyatini landshaft dizayni vositvlari orqali yaxshilash tamoyillari.

advertisement
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI
“ARXITEKTURA” fakulteti
“LANDSHAFT DIZAYNI VA INTERYER” kafedrasi
5A 150901-”DIZAYN (turlari bo`yicha)” mutaxassisligi
magistranti
Yo`ldashev Muzaffar Botir o`g`lining
MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI
MAVZU: “OROL BO‘YI HUDUDINING EKOLOGIK
VAZIYATINI LANDSHAFT DIZAYNI VOSITVLARI
ORQALI YAXSHILASH TAMOYILLARI.”
Ilmiy rahbar:
dots. Z.X.Adilov
Magistrant:
M.B.Yo`ldoshev
TOSHKENT-2018
Mundarija
Kirish…………………………………………………………………………
I-bob. Orol bo`yi hududlari ekologik vaziyatini yaxshilashda landshaft
dizaynidan foydalangan holda ko`kalamzor hududlar tashkil etishning
nazariy metodologik asoslari
1.1.
Hududlarning
landshaft
qiyofasini
yaratish
obodonlashtirish-
ko’kalomzorlashtirish tushunchalarining asoslari, yashil o’simliklarning atrofmuhitni yahshilash, himoya qilish va qulay ekologik muhit yaratishdagi roli.
1.2. Turli hududlarda tashkil etilgan ko`kalamzor landshaftlar me’moriy,
badiiy-estetik qiyofasining iqlimiy, tabiiy-ekologik, sanitar va ijtimoiy omillarga
bog`liqligi .
1.3. Orol bo`yi hududlari landshaftlarini tashkil etishdagi qo`llaniladigan
zamonaviy tendensiyalarning asosiy yo’nalishlari va ularning iqtisodiy-ijtimoiy
rivojlanish bilan o’zaro bog’liqligi.
I- bob bo’yicha xulosa.
II- bob. Orol bo`yi hududlaridagi obodonlashtirilgan, ko`kalamzor
hududlar landshaft dizayni
yechimlari holati tahlili
va ularning
xususiyatlari.
2.1. Umumiy foydalanishga mo`ljallangan ko`kalamzor hududlar landshaft
dizayni tahlili.
2.2. Foydalanishi cheklangan ko`kalamzor hududlar landshaft dizayni tahlili.
2.3. Maxsus maqsadlarga mo`ljallangan ko`kalamzorlar landshaft yechimlari
tahlili.
II- bob bo’yicha xulosa.
III- bob. Orol bo`yi hududlari ekologik vaziyatinini yaxshilash uchun
hududlarni loyihalashtirishda landshaft dizayni yechimlaridan foydalanish.
3.1 Orol bo`yi ko`kalamzor hududlarini loyihalashtirishda landshaft-dizayn
yechimlaridan foydalanish hamda sho`rga, qurg`oqchilikka va turli gazlarga
chidamli o`simliklarni tanlashdagi muommolarni bartaraf etishning asosiy
yo’nalishlari va usullari.
3.2.
Orol bo`yiga yaqin joylashgan tumanlar
hududlarida an`anaviy va
zamonaviy landshaft dizayni uslublariga asoslangan ko`kalamzor hududlar
tashkil etish bo`yicha loyihaviy takliflar.
3.3. Orol bo`yiga yaqin joylashgan hududlarda landshaft tashkil etish
metodlarini rivojlantirish va takomillashtirish bo’yicha metodologik tavsiyalar.
III- bob bo’yicha xulosa.
Yakuniy xulosalar……………………………………………………………...
Adabiyotlar ro’yhati……………………………………………………………
Kirish.
Magistrlik
dissertatsiyasi
mavzusining
asoslanishi
va
uning
dolzarbligi. Orol dengizi va Orol bo‘yi hududi ma’muriy jihatdan O‘zbekiston
(Qoraqalpog‘iston) va Qozog‘iston hududida joylashgan. Orol dengizining
yarmidan ko‘proq qismi O‘zbekiston hududiga qarashli. Orolbo‘yi Amudaryo
va Sirdaryoning quyi qismi hamda Orol dengizi atrofidagi hududlarni,
shuningdek, dengiz sathining chekinishi natijasida uning shimoli-sharqiy va
janubiy qismida vujudga kelgan Orol cho‘lini o‘z ichiga oladi.
1911-1960-yillar davomida Orol dengiziga daryolardan yog‘in bilan
birga bir yilda, o‘rtacha 65 kub km suv kelib turgan; suv yuzasidan esa 66,10
kub, km suv bug‘langan. Shunday qilib, har yili dengiz 1 kub km 50 yil
davomida esa 50 kub, km suvni yo‘qotgan. Suv sathi ayniqsa, o‘tgan asrning 60yillaridan
boshlab
sug‘oriladigan
ekin
maydonlarining
kengaytirilishi,
Amudaryo va Sirdaryo suvlarining sug‘orishga meyoridan ko`p ishlatilishi
tufayli keskin kamaya boshlagan. Natijada dengiz suvining sho‘rlanishi 9-10 g/l
dan 70-84 g/l gacha ortdi. Hozirgi kunga qadar dengiz chuqurligining kamayishi
yiliga 80-110 sm ni tashkil etagan. Bu esa ichimlik suvi muammolarini keltirib
chiqardi. Orol dengizining asosiy suv manbai hisoblangan Amudaryo va
Sirdaryo suvlaridan tejamkolik bilan foydalanish zamon talabiga aylandi va
mamlakatimizda suv va suvdan foydalanish to`g`risida qonun qabul qilindi.
(O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993y.,
5-son, 221-modda; O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi,
1997y., 4-5-son, 126-modda; 1998 y., 9-son, 181-modda; 2000 y., 7-8-son, 217modda; 2001 y., 1-2-son, 23-modda; 2004 y., 1-2-son, 18-modda; O`zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari to`plami, 2007 y., 50-51-son, 512-modda; 2009 y.,
52-son, 555-modda; 2011 y., 1-2- son, 1- modda, 36- son, 365- modda;2013 y.,
18- son, 233- modda; 2014 y., 36- son, 452- modda)
1993-yil 28 sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 48 sessiyasida va
1995-yil 24 oktyabrdagi 50-sessiyasida Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari
vakillari jahon hamjamiyatini Orol va Orolbo’yini qutqarishda ko’mak berishga
chaqirdilar. 1996-yilda Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va
O’zbekiston ta’sisligida tashkil etilgan Orolni Qutqarish Xalqaro Jamg’armasi
(OQXJ) tuzildi.
O‘tgan 40 yil mobaynida qirg‘oq chizig‘i 80-100 km pasaygan. Buning
oqibatida 4,5 mln gektardan oshiqroq dengiz tubi ochilib qoldi.
Dunyo hamjamiyati tomonidan muammoga turlicha yechimlar taklif
qilingan. Shulardan biri 2003 -2005-yillarda Qozog‘iston tomonidan amalga
oshirilgan.
Kichik va Katta Orolni ajratib turuvchi damba qurilib, endi Sirdaryodan
oqib kelayotgan suv Kichik Orolda to‘plana boshladi. Suv sathi oshib, sho‘rlik
kamaydi. Biroq bu Orolning janubiy qismi zarariga bo‘lmoqda. Hozirgi kunda
Orol dengizi bo‘linishi natijasida uning sayoz kichik shimoliy qismining suvi
kuchsiz minerallashgan (8-13 g/l), birmuncha kattaroq sayoz sharqiy qismi
ancha kuchli sho‘rlangan (68-72 g/l).
Ayni paytda Orol masalasi global muammo sifatida butun dunyo olimlari
tomonidan o‘rganilmoqda. 2013-yilning iyun oyida Rossiya Fanlar Akademiyasi
Okeanologiya instituti direktor o‘rinbosari Pyotr Zavyalov Orol dengizi
ahvolining barqarorlasha boshlagani, qurish jarayoni esa sekinlashgani haqida
ma’ruza o`qidi. Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, suvning yuzasi kichrayib
ketgani uchun, bug‘lanish ham o‘z-o‘zidan kamaygan.
Shamol natijasida tuz va tuproq zarrachalaridan iborat chang havoga
ko‘tarilib, Tyanshan va Pomir Oloy tog‘ tizmalari cho‘qqilaridagi doimiy
muzliklarga ham yetib borib, u yerdagi muzliklarning erishini tezlashtirib
yuborgan hatto Arktika va Antarktida muzliklarigacha yetib borganligi olimlar
tadqiqotlarida
aniqlangan.
Tadqiqotlarga
qaraganda
Qoraqalpog‘iston
Respublikasidagi sug‘oriladigan maydonlarning har gektariga bir yil davomida
250 kg, ayrim hududlarda 500 kg gacha tuzli chang yog‘iladi. Qurigan dengiz
tubidan bir yil davomida 15 mln dan 75 mln tonnagacha chang ko‘tarilishi
mumkin. Tuzli chang Orolqumdan o‘nlab, hatto yuzlab km masofaga tarqalib,
tabiiy o‘tloqlar, vohalardagi ekinlar, bog‘lar, shaharlar va qishloqlar ustiga
yog‘iladi. Noqulay ekologik vaziyat qishloq xo‘jalik ekinlari hosilini va chorva
mahsulotlari etishtirishning keskin kamayishiga olib keldi. Orol dengizining
quriy boshlashi iqlimga ham ta’sir ko‘rsatdi, Iqlim yanada kontinentallashib,
qishki harorat o‘rtacha ikki gradusga pasaydi, yozgi harorat esa ikki gradusga
ko‘tarildi. Buning natijasida sovuq kunlar erta tushib, ekinlarning pishib yetilishi
kechika boshladi. Orol bo‘yi hududida vujudga kelgan ekologik tanglik aholi
salomatligiga ham ta’sir ko‘rsata boshladi. Aholi o‘rtasida yurak-qon tomir,
oshqozon- ichak, nafas olish organlari kasalliklari (o‘pka sili, astma, bronxit)
ko‘paydi. Hududda kam-qonlik kasalligi 60 yillarga nisbatan deyarli 20 marta
oshganligi kuzatilgan. Shuning uchun Orol bo`yi hududlarida sho‘rga,
qurg‘oqchilikka, zaharli gazlarga chidamli manzarali o‘simliklar orqali landshaft
dizayni yaratish bo’yicha kompleks yondashgan holda iqlimiy, ekologik muhitni
yaxshilash uchun xizmat qiluvchi tavsiyalar va funksional, badiiy-estetik
omillarni inobatga olib milliy va jahon talablariga javob beruvchi o’zida
landshaft dizayn loyihalashtirish bo’yicha zamonaviy tendensiyalarning eng
ilg’or yutuqlari qo’llangan
loyihaviy takliflar berish,
hozirgi kunning eng
muhim masalalaridan hisoblanadi. Bu esa yuqorida aytib o’tilgan barcha
muommo va kamchiliklarni hisobga olgan holda tadqiqot olib borishni taqozo
etib, ilmiy asoslangan
natijalarni taqdim etishni talab etadi va mavzuning
dolzarbligini asoslaydi.
Tadqiqot obyekti. Qoraqalpog‘iston respublikasi Orol bo`yi hududlari
aholi yashash markazlari.
Tadqiqot predmeti. Qoraqalpog‘iston respublikasi aholi yashash
markazlari istirohat bog`lari, hamda rekreatsion hududlari landshaftini tashkil
etish.
Ilmiy tadqiqotning asosiy maqsadi:
Jahon bog`-parkchilik san`ati
yutuqlari hamda, mustaqillik davrida yurtimizda vujudga kelgan landshaft
amaliyoti tajribalarini umumlashtirib, Orol bo‘yi hududlari landshaft qiyofasini
tashkil etish va shakllantirish, turli hiyobon va rekreatsion hududlar tashkil etish
orqali aholini sog‘lig‘ini yaxshilsh bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab
chiqishdan iborat.
Qo‘yilgan maqsad quyidagi vazifalarni belgilab oladi:
1. Jahon bog`-parkchilik san`ati yutuqlari hamda, mustaqillik davrida yurtimizda
vujudga kelgan landshaft amaliyoti tajribalarini o‘rganish va tahlil etish;
2.Sho‘rga, qurg‘oqchilikka, zaharli gazlarga chidamli manzarali o‘simlik
turlarini qo‘llagan holda mustaqillik davri landshaft amaliyoti tajribalarini tadbiq
etib ko‘kalamzor hududlarni tashkil etish yo‘llarini aniqlash;
3.Atmosferaga tuzlarni ko‘tarilishini va aholi yashash hududlariga kirib kelishi
havfini ko`kalamzor hududlar tashkil etish orqali oldini olish chora tadbirlarini
ishlab chiqish va tavsiyalar berish;
4.Sho‘rlanganlik darajasi 30-40% dan yuqori bo‘lgan ishlab chiqarish sanoati
hududi aholi yashash markazlari uchun yopiq turdagi rekreatsion zonalar va
parklar tashkil etish loyihasini ishlab chiqish
Ilmiy yangiligi. Hozirgi kunda glabal muammoga aylangan Orol dengizi
suv sathi kamayishi natijasida vujudga kelayotgan ekologik salbiy oqibatlarni
sharoitga (sho‘rga, qurg‘oqchilikka, zaharli gazlarga) moslashuvchan o‘simlik
turlaridan foydalangan holda hududning landshaft qiyofasini tashkil etish orqali
bartaraf etish chora tadbirlarini ishlab chiqish
Tadqiqotning asosiy masalalari. Orol bo‘yi aholi yashash markazlarida
landshaft dizayni muhitiga mos bo‘lgan, ixcham kompozitsiyali, iqtisodiy
tejamli, sayr etish va hordiq chiqarishga qulay, dizayni kuchli, aholi yashash
markazlari uchun bog`-parklar landshaft qiyofasi va rekreatsion hududlar
loyihasini ishlab chiqish, ularni tashkil etishga tadbiq etish, mamlakatimizning
Orol bo‘yi hududlari ekologik ahvolini yanada yaxshilash maslalarini ko‘rib
chiqadi.
Ilmiy tadqiqot ishidan kutilayotgan gipoteza. Orol bo‘yi hududlarida
aholi yashash markazlari landshafti, rekreatsion zonalar kabi ko‘kalamzor
hududlarni ko‘paytirish hisobiga vujudga kelgan salbiy ekologik vaziyatni
yaxshilash mumkin.
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005),
H.F.Shomurdov,
T.T.Rakhima, Sh.U.Saribayeva, B.A.Adilovlarning ilmiy maqolalari
Orol va orol bo`yi hududlarining ekologik ahvoli ularni yomonlashishi
sabablari, XX –asrning 60-yillari va hozirgi ekalogik vaziyatlar, flora fauna
dunyosi o`rtasidagi farqlar yo`qolib, yoki kamayib ketayotgan turlar tuproqning
kuchli sho'rlanishi oqibatida qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish bir necha
marta kamayib ketdi. Yerlarning sho'rlanishi, turar joylar, ma’muriy binolar va
asfaltlangan yo'llarga katta ziyon keltirmoqda. 1986-yilda 78 % turar joylar
foydalanishga yaroqsiz bolib qolgan. Bu halokat ichimlik suvlarni ifloslantirib,
aholi o'rtasida kasallikni kuchayishiga olib keldi. Amudaryo va Sirdaryo suvidan
foydalanishda yo‘l quyilgan qanday xatoliklar Orol bo'yida ekologik falokatni
keltirib chiqarganligini keltirib o`tiladi.
A.S.Uralov, L.A. Adilova “Landshaft arxitekturasi” Cho`lpon
D.U. Isamuhamedova, L.A. Adilova “Shaharsozlik asoslari va landshaft
arxitekturasi” Toshkent
L.A.Adilova “Landshaft arxitekturasi” I-II-qismlar o’quv qo’llanmasida
landshaft arxitekturasi nazariyasinig klassik va zamonaviy rivojlanishi hamda
talablari yoritilgan.
K.D.Raximov, A.S.Uralov “Sharq mamlakatlarining bog’-park san`ati”
qo’llanmada yaqin, O’rta va Uzoq sharq mamlakatlari: Misr, Ossuriya, Bobil,
Eron, Turkiya, Movaraunnahr, Shimoliy Hindiston, Pokiston, Xitoy va
Yaponiyaning qadimgi va o’rta asrlardagi, shuningdek, zamonaviy bog’-park
san`ati keng bayon etilgan, O’rta Osiyoning Amir temur va temuriylar davri
bog’-saroylari Shimoliy Hindistondagi Bobur va Boburiylar davri bog’-parklari
bilan qiyoslangan. “Chorbog’” uslubidagi O’rta Osiyo bog’lariga keng tavsif
berilgan.
Sattarova K.D, Talipov M.A. “Landshaft dizayni va floristikasi” o’quv
qo’llanmasida landshaft dizayni va floristikaning nazariy va amaliy asoslari
shahar, qishloq rekreatsiya, ishlab chiqarish, turar joy hududlari shuningdek,
bino va inshoatlarning yopiq va tashqi muhitlari landshaft arxitekturasi
obyektlari tarkibida bayon etiladi.
Gazonlar, klumbalar, gulzorlar, alpinariylar, rokariylar, miksborderlar,
toshloq bog’larni shakillantirish hamda qishqi bog’larni shakillantirish asoslari,
bog’, me`moriy va dekorativ shakillar barpo etishni o’z ichiga olgan arxitekturalandshaft dizaynining turli stillari ko’rib chiqiladi.
A.N.
Nig’matov
(2005)
va
boshqalar
ilmiy
ishlarida
yoritganlar.N.G.Xarin va M.P.Petrov (1976) tabiiy geografik va antropogen
jarayonlarning majmuasini e’tiborga olib cho’llanish hodisasiga bir muncha
to’liqroq va mazmundor ta’rif beradi. Ularning e’tirof etishicha, cho’llanish deb
tabiiy geografik va antropogen jarayonlar majmuasi arid o’lkalardagi
ekosistemalarning buzilishiga va organik hayotning barcha shakllarining
degredatsiyalanishiga olib kelishini tushunmoq lozim deydi. Bunday hodisalar
har bir hududning tabiiy-iqtisodiy potentsialining pasayishiga olib keladi.
Tadqiqotda qo‘llaniladigan metodikaning tavsifi.
-tadqiqot obyektlari kuzatuv, ekspert so‘rovlar, kuzatuv, rasmga olish,
arxitekturaviy analitik uslublari;
-tadqiqot obyektlari bo‘yicha tarixiy axborot manba ma’lumotlari, obyekt
bo‘yicha fotofiksasiyalar, obyekt hududlarining tahlil uslublari;
-tajribali landshaft dizayner-arxitektor va ekologlaridan olinadigan fikr hamda
mulohazalar;
Tadqiqotning nazariy ahamiyati: Tadqiqot natijasida landshaft dizayni
yoki landshaft arxitekturasi yo‘nalishlarining asosiy qismi hisoblangan “Aholi
yashash markazlari landshaft yechimi” va “Aholini sog‘lomlashtirish maqsadida
ko‘kalamzor va rekreatsion hududlar tashkil etish” boblariga cho‘l va sho‘rhok
hududlar uchun turli kompazitsion yechimlar va qo‘llash uchun qurg‘oqchilikka,
sho‘rga va zaharli gazlarga chidamli o‘simlik va daraxt turlari haqida
ma`lumotlar olishlari mumkin.
Ushbu ilmiy tadqiqot natijalaridan kelajakda shu sohada ilmiy ish bilan
shug’ullanuvchi tadqiqotchilar foydalanishi mumkin.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati:
Orol bo‘yi hududlari aholi yashash
markazlari hamda turli ochiq va yopiq turdagi rekreatsion hududlar tashkil
etishda foydalanish mumkin.
Ish tuzilmasining tavsifi. Magistirlik dissertatsiyasi kirish, asosiy qism,
xulosa va ilovalardan iborat bo‘ladi. Kirish qismida magistrlik dissertatsiyasi
mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi, tadqiqot obyekti va predmeti,
tadqiqot maqsadi va vazifalari, ilmiy yangiligi, tadqiqotning asosiy masalalari va
farazlari, tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi, tadqiqotda qo‘llanilgan
metodikaning tavsifi, tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati hamda
ish tuzilmasining tavsifi yoritilgan
Asosiy
qism
esa
uch
bobdan
tashkil
topib,
birinchi
bobda
Qoraqalpog‘iston respublikasi Ustyurt aholi va ishlab chiqarish sanoati hududi
aholisi yashash markazlari va rekreatsion hududlarining landshaft yechimining
hozirgi holati, ikkinchi bobda Orol bo‘yi, Ustyurt hududi aholi yashash
markazlari landshaftining takomillashtirilishiga ta’sir etuvchi omillar va
uchinchi bobda aholi yashash markazlari va o‘zaro bog‘langan rekreatsion
hududlarining landshaft yechimini tashkil etish va takomillashtirish bo‘yicha
takliflar beriladi.
I-BOB.
OROL BO`YI HUDUDLARI EKOLOGIK VAZIYATINI
YAXSHILASHDA
HOLDA
LANDSHAFT
KO`KALAMZOR
DIZAYNIDAN
HUDUDLAR
FOYDALANGAN
TASHKIL
ETISHNING
NAZARIY METODOLOGIK ASOSLARI
1.1. Hududlarning landshaft qiyofasini yaratish obodonlashtirishko’kalomzorlashtirish tushunchalarining asoslari, yashil o’simliklarning
atrof-muhitni yaxshilash, himoya qilish va qulay ekologik muhit
yaratishdagi roli.
Bog`-parkchilik san`atining zamonaviy muammolarini tushinish va bartaraf
etishni uning rivojlanishi tarixiy tajribasini o`rganmasdan turib hal etib
bo`lmaydi.
Ko`kalamzorlashtirish
va
bog`-parkchilik
san`ati
rivojining
evolyutsiyasi jamiyat rivojining nisbiy iqlim, siyosiy, madaniy tarixiy, ijtimiyiqtisodiy, moddiy-texnik va boshqa sharoitlarning tavsifi bilan uzviy
bog`langan. Qadim zamonlardan to hozirgi davrgacha bog`-parkchilik
san`atining tayanch asosi o`simlikshunoslik va bog`dorchilik bo`lib sanalgan.
Madaniy landshaftlarning rivojlanish tarixi madaniyatning rivojlanishi bilan
bog`liq ravishda taraqqiy etgan. Dastlabki bog`lar issiq mamlakatlar: Misr,
Ossuriya, Bobil, Hindiston va ular bilan bir paytda Eron, Xitoy, Yaponiya va
shu kabi boshqa mamlakatlarda paydo bo`lib, issiq kunlarda quyoshning
nurlaridan himoyalanish uchun xizmat qilgan. Foyda olish, ehtiyojlarni
qondirish maqsadida oddiy polizchilik shaklida rivojlangan bog`dorchilikning
ilk bosqichi vaqt o`tib dekorativ bog`dorchilik bosqichiga o`tdi. Eng erta
madaniyat rivoji bosqichlarida, sug`orishning yetarlicha murakkab tizimlari
ishlab chiqilgan bo`lib, buning natijasida yarimcho`l va saxrolarda yam-yashil
vohalar, oazislar barpo etilgan.
Yashash muhitini bog`-parkchilik san`ati va landshaft dizayni vositalari
bilan yaxshilashning asosiy tajribalari bevosita insonning atrofiga bog`liq
bo`lmay, balki barcha hududlarga, shaharning mahalliy hududidan tortib
mamlakat va sayyora miqyosigacha taalluqlidir. Landshaft loyihalash muhitini
insonning bevosita o`rab turishidan shahar, qishloq muhitidan to mintaqaviy
maydonlarni landshaft-ekologik, landshaft-rekreatsion va landshaft-estetik
sifatlarga yaxshilashgacha bo`lgan maqsadni nazarda tutadi.
Shu sababdan loyihalashning turli darajalarida hududlarni landshaftli tashkil
etishning o`ziga xos xususiyatlarini aniqlash zarur:
- Landshaft dizayni darajasi – insonni bevosita o`rab turgan maydonlar
hisoblanib, ularga hiyobonlar, istirohat bog`lari, bulvarlar va sohillar, piyodalar
yuradigan va transport ko`chalar, turarjoy va dala hovli bog`lari, turli parklar,
binolar atrofidagi ko`kalamzor hududlar va shu kabilar kiradi. Bu yerda
landshaft
dizayneri
yoki
landshaft
arxitektori
maydonlarni
landshaft
elementlarini – yerni geoplastikasini, o`simliklar kompozitsiyasini, suv
qurilmalari va yerning qattiq qoplamalarini loyihalaydi, kichik arxitektura
shakllari, badiiy shakllar va installyatsiyalardan foydalangan holda hududning
estetik qiyofasini oshiradi. Umuman olganda landshaft dizayni va landshaft
arxitekturasi orasida aniq bir farq, aniq bir chegara yo`q. Biri bajargan vazifani
boshqasi ham bajarishi mumkin. Farqli tomoni landshaft arxitekturasi ko`proq
funksional xususiyatlarini rejalaydi, landshaft dizayni ham funsional taraflarini
hisobga oladi albatta, lekin ko`proq e`tiborni estetik qiyofani oshirishga yangi
g`oyalarni hayotga tadbiq etishga qaratadi.
- Landshaft arxitekturasining darajasi – parklar, dam olish zonalari va
bazalari, turistik majmualar, kurort majmualari va boshqa ochiq maydonlar
landshaftini loyihalashtiradi. Bu yerda landshaftni rejalashtirish masalalari bilan
bir qatorda, hududni landshaft rekreatsion tashkil etishi muhim o`rinni egallaydi,
ya`ni dam oluvchilarning landshaft loyihalash ob`ekti maydonida to`g`ri
taqsimlanishini, loyihaning mufassalligi darajasida landshaft dizaynining
yuqorida aytib o`tilgan vositalaridan foydalaniladi.
- Shaharning landshaft-rejalashtirish darajasi – landshaft loyihalash shahar
qurilishi tuzilmasi bilan jips bog`langan, shaharning landshaft-rejalashtirishi
unga ta`sir ko`rsatuvchi ijtimoiy, ekologik, estetik, funksional – rejalashtiruvchi
omillarni hisobga olishi kerak. Bu yerda landshaft arxitektori shahar muhitining
dizayni bilan shug`ullanmaydi, uning vazifalari ko`kalamzorlashtirilgan
fazolarning ishlab chiqarish – rejalashtirilishini tashkil etilishining muvozanatini
izlash, ochiq va qurilgan fazolar parametrlarining qulay munosabatlarini
aniqlash hisoblanadi. Mazkur ishning natijasi ko`kalamzorlashtirilgan fazolar
sistemasining asosiy vazifalarini ajratib, bir tekis taqsimlash va funksional
zonalarga ajratish, hamda shahar ochiq fazolarini landshaft-rekreatsion tashkil
etish
sxemasi
hisoblanadi,
shuningdek
shahar
fazolarining
ekologik
reabilitatsiya sxemalari, shaharni landshaft-estetik tashkil etish sxemalari,
gulzorli bezatilish sxemalari hisoblanadi.
- Region (mamlakat) ning landshaft-rejalashtirish darajasi – bu yerda
landshaft arxitektorining faoliyati iqtisodiy geografiya asoslarini, ekologiyani
tumanni rejalashtirishni, hududlarni landshaft rekreatsion tashkil etishni va
estetik rejalashtirishni bilmasdan turib kam samarali bo`ladi. Bugungi kunga
kelib O`zbekistonda landshaft rejalashtirish masalalari rayon rejalashtirish
sxemasining tarkibiy qismiga kiradi. Biroq ekologiyaning ortib borayotgan
muammolari tabiiy hamda yer resurslarini qo`riqlash muhofaza qilish zarurligi,
shuningdek buzilgan yerlarni tiklash va noqulay yerlarni o`zlashtirish landshaft
rejalashtirish muammolarini chuqur o`rganish zarurligini va ularni O`zbekiston
Respublikasining atrof muhiti barqarorligini yaxshilashga qaratilgan kasbiy
faoliyatning mustaqil turiga ajratilishi zarurligini ko`rsatadi. Landshaft
rejalashtirishida muhitning ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik va estetik qulayligini
oshirishda muhim rol o`ynaydi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning tub negizi,
aholi turmush darajasini oshirish, davlatimizning iqtisodiy-ijtimoiy gullab
yashnashidir. Ana shu maqsadlarda mamkatimizda barcha sohalarda ilm-fan,
sport, sog'liqni saqlash, kichik biznes, arxitektura-qurilish, ko'kalomzorlashtirish
va obodonlashtirish, ma'daniy-ma'rifiy sohalardagi yangiliklar va o'zgarishlar,
amalga oshirilayotgan ishlar diqqatga sazovordir.
Nafaqat shahar dam olish zonalari atroflarini ko'kalamzorlashtirish, balkim
qishloq va chetka tumanlarimiz hududlarida landshaft yechimlaridan unumli
foydalanish, mamlakatimiz aholisining mehnat va o’quv faoliyati, dam olishi
qulay bo’lishi uchun tabiiy sharoit yaratadi va insonning jamiyat taraqqiyotidagi
rolini mustahkamlaydi. Inson faoliyatining atrof muhit bilan aloqasini
mustahkamlab, ijtimoiy hayotdagi o’rnini barqarorlashtiradi.
Shahar va qishloq aholi yashash joylarining ko`kalamzorlar tizimi
foydalanilishi va mo`ljallanilgan maqsadlariga qarab 3 yirik guruhga bo`linadi:
- umumiy foydalanishga mo`ljallangan
- foydalanishi cheklangan
- maxsus maqsadlarga mo`ljallangan ko`kalamzorlar
Umumiy foydalanishga mo`ljallangan ko`kalamzorlarga umumshahar va
tuman markazlarining parklari, qishloq bog`lari, hiyobonlar, saylgohlar, shahar
maydonlari
va
ko`chalarining
ko`kalamzor
hududlari
va
piyodalar
ko`chalaridagi ko`kalamzorlar kirdi.
Foydalanishi cheklangan ko`kalamzorlarga turarjoylar hududlari, sanoat va
ishlab-chiqarish komplekslarida joylashgan ko`kalamzor hududlar kiradi.
Bularga qishloq turarjoy kvartallari va turarjoy oldi uchastkalari, maktablar,
bolalar bog`chalari, shifoxonalar, kollejlar, sport komplekslari, sog`lomlashtirish
muassasalari
hamda
korxonalar
va
jamoat
tashkilotlari
hududlaridagi
ko`kalamzorlar kiradi.
Maxsus maqsadlarga mo`ljallangan ko`kalamzorlarga esa ko`cha va
transport magistrallari bo`ylab joylashgan ko`kalamzorlar, sanitariya-himoya va
suv havzalari muhofaza qilish hududlari, stadionlar, o`rmon xo`jaliklari,
qabristonlar, gullar va ko`chatlar yetishtiruvchi xo`jaliklarning ko`kalamlari
kiradi. Aytib o`tilgan ko`kalamzorlar shahar va qishloqlar hududida muayyan bir
tartibda joylashib, zamonaviy shahar va qishloq ko`kalamzorlarning yaxlit
tizimini tashkil qiladi.
Shaharsozlik loyihalash me`yorlarida foydalanishi cheklangan va maxsus
maqsadlarga mo`ljallangan ko`kalamzorlar maydoni me`yorlanmaydi, faqat
umumiy foydalanuvchi ko`kalamzorlar hududigina me`yorlashtiriladi. Umumiy
foydalanuvchi ko`kalamlar o`z navbatida quyidagi guruhlarga bo`lingan:
- umumshahar ko`kalamlari
- turarjoy tumanlari ko`kalamlari
- qishloq aholi punktlari ko`kalamlari
Yangi tashkil etilgan aholi turarjoy hududlarida, qishloq va umumshahar
maydonlarida ko`kalamzor hududlarni me`yorlashtirish, uni tog`ri va rejali
tashkil etish ko`kalamzorlashtirish, obodonlashtirish masalalarining asosiy
e`tiborli tomonlaridan biri hisoblanadi. Ko`kalamlarni me`yorlash – bu aholi
yashash hududlarida bitta odamga to`g`ri keladigan yashil maydonni kv. metrda
me`yorlash. Bunday maydonlarni me`yorlash, me`yorlanayotgan hududning
katta-kichikligi va tabiiy-iqlim sharoitiga bog`liq bo`lib, agar qishloq
shaharchasi katta yoki yirik bo`lsa, bitta odamga to`g`ri keladigan umumiy
foydalanuvchi yashil hudud ham ko`proq, shaharcha yoki qishloq kichik bo`lsa,
bunday ko`kalamlar maydoni ham kichik bo`ladi.
Yashil maydonlar deganda daraxtlar, butalar, gulzorlar, maysazorlar yoki
yeryopar o`simliklar ekilgan maydonlar tushiniladi. Ularning atrof muhit
ekologik-gigiyenik holatini yaxshilashdagi ahamiyati xilma-xil va juda kattadir.
O’simliklar shamolning tezligini, issiqlik rejimini boshqarib turadi, havo
tarkibini xar hil chiqindilar va changdan tozalaydi. Bularning barchasi sog’lom
muhit barpo qilishga xizmat qiladi. Daraxt-buta o’simliklari shovqinni o’ziga
singdiradi va uni qaytaradi. Bu esa aholi yashash hududlarida, ayniqsa
muhimdir. Hiyobonlar, bog’lar, gulzorlar insonlarga estetik zavq bag’ishlaydi,
asab tizimini tinchlantiradi.
Daraxt va butalardan tashkil etilgan bog`-parklar hamda hiyobonlar
atrofimizdagi olamning o`ziga hos zaruriy tarkibiy qismi bo`lib, keskin
kontinental, issiq quruq iqlimimiz sharoitida atrof-muhit tabiiyligini saqlash va
uni sog`lomlashtirish vazifasini bajaradi. Yashil maydonlar havo harorati va
namligini mo`tadillashtiradi, daraxt va butalar bilan qoplangan yashil
maydonlarda havo harorati yilning issiq vaqtlarida atrof-muhit haroratiga
nisbatan 7-10o C gacha salqinroq, havo namligi esa 20-30% ko`p bo`lishini
ta`minlaydi.
Ayniqsa
bizning
issiq
iqlimli
mamalakatimiz
sharoitida
daraxtlarning bu xususiyatlari katta ahamiyatga ega.
Ma’lumki, daraxt va butalar havodagi karbonat angidridini o`ziga yutadi va
havoni kislorod bilan boyitadi. 1 gektar yashil ekinzor maydoni bir soat
mobaynida havodan 8 kg karbonat angidridni o‘zlashtiradi. Huddi shu xajmdagi
karbonat angidrid gazini 200 ta odam o‘pkasi nafas olish jarayonida ajratib
chiqaradi. Boshqacha aytganda, shaharda 1 ta inson nafas olishi uchun zarur
bo‘lgan mo‘tadil havo tarkibini 50 m2 maydondagi yashil ekinzorlar ta’minlab
beradi.
Ko‘p xajmdagi energetik ashyolarni o‘zlashtirilishi, sanoatning rivojlanishi
atmosfera havosining tarkibini buzilishiga sabab bo‘ladi, ba’zi xollarda esa
radiatsiya fonini o‘zgarishiga olib keladi. Sanoatning rivojlanib borishi va
avtomobillar sonining ko‘payishi xavoda zararli tutunlar va gazlarning
me’yordan ortib ketishiga sabab bo‘ladi. Yong‘in yonishidan hosil bo‘ladigan
tutunning tarkibiy qismi – kul va oltingugurt gazi bo‘lib, keyinchalik bu gaz –
H2SO4 ga aylanadi. Oltingugurt gazi va H2SO4 aerozoli yoki havodagi mayda
zarrachalari ko‘zning shilliq pardasi va nafas yo‘lini zaharlaydi. Yashil
massivlar
tepasidagi
havoda
oltingugurt
birikmalari
ochiq
maydonlar
havosidagiga nisbatan kam bo‘ladi. Ekinzorlar sanoat korxonalaridan chiqadigan
azot oksidlari, transport qatnovi jadal bo‘lgan ko‘chalardagi karbonat angidridi
gazini to‘planishini kamaytiradi.
Daraxt va butalarning fitonsidlik xususiyatlarini hisobga olmasdan ularning
sog‘lomlashtirish funksiyasini to‘la tasavvur etib bo‘lmaydi. O‘simliklar o‘zidan
organik birikmalar chiqaradi, ular zararli mikroorganizmlarni yo‘qotib, atrofmuhitga va inson organizmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shahar havosi tarkibida
ochiq daladagiga nisbatan ko‘p miqdorda kasallik tarqatuvchi mikroblar mavjud.
Hiyobon va istirohat bog‘larida ko‘chalardagiga nisbatan bakteriyalar miqdori
kam bo‘ladi.
Uchib yuruvchi fitonsidlar fraksiyalarining mikroorganizmlarga ta’siri
o‘simliklar tur tarkibiga chambarchas bog‘liqdir. Masalan qarag‘ay o‘rmonlarida
1 m3 havo tarkibida bakteriyalar soni 170 ta, qayinzorda – 1806, aralash
o‘rmonda (ninabargli va yaproqbargli) – 1400 tani tashkil etadi.
Umuman olganda, ignabargli va yaproqbargli daraxtlar majmuasi, ulardan
tuzilgan yashil kompozitsiyalar atmosfera havosini tozalashning eng yaxshi
vositasidir. Yaproqbargli va ignabargli daraxt va butalarni birgalikda ekish,
ulardan turli landshaft kompozitsiyalarini yaratish, bizning iqlim mintaqamizda
yaxshi samara beradi. Chunki ko`pincha ignabargli daraxtlar havoning nisbiy
namligiga talabchan hisoblanib, havo namligini saqlashda yaproqbargli daraxt
va butalarning roli kattadir. Birgalikda ular, bir-birlarining kamchiliklarini
to`ldirib, atrof-muhit musaffoligini ta`minlaydi.
Mamlakatimizda va xorijda olib borilgan ilmiy tadqiqotlarga asosan,
havoning elektor holati alohida gigienik ahamiyat kasb etadi. O‘simliklardan
tarqaladigan organik moddalar havoning ionlashuviga katta ta’sir ko‘rsatadi;
aynan inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan manfiy ionlar to‘planishini
ta’minlaydi. Iqlimning foydalilik darajasi havodagi manfiy ionlar jamlanishi
bilan belgilanadi, ular o‘z navbatida inson organizmining himoya xususiyatini
oshiradi.
Havoning yuqori ionlashuvi odamda, o‘rmonlarda, daraxt shox-shabbalari
ostida, shahardagi bog‘ va hiyobonlarda kuzatiladi. Ayniqsa, ionlar soni (1 sm3
havoda 1283 ta yengil ionlar) aralash daraxtzorlarda va qayrog‘och-bargli
daraxtzorlarda (1 sm3 havoda 1166 ta yengil ionlar) borligi aniqlangan.
Atmosfera
havosining
ionlar
bilan
to‘yinganligi
nafaqat
daraxtlarning
dendrologik tarkibiga, balki ekinzorlar yoshiga ham bog‘liqdir. Yosh
ekinzorlarda yengil ionlar soni, yoshi kattalariga nisbatan ko‘proq bo‘ladi. Havo
ionlashuvi darajasida daraxtlar va gulli o‘simliklardan ajralib chiqadigan
saqichsimon va xushbo‘y moddalarga ham bog‘liq. Gulzorlardagi havoning
ionlashuv darajasi ninabargli ekinzorlardagiga nisbatan 66% ga yuqori bo‘ladi.
Balandligi, shox-shabba shakli, shoxlanish xarakteri, koloriti bo‘yicha turli
xil bo‘lgan daraxtlar insonga nisbatan turli psixologik ta’sirga ega, unga
qo‘zg‘atuvchi yoki tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Baland, yo‘g‘on, qalin tana va baquvvat shoxlarga ega daraxtlar kuch va
mustahkamlikni ifodalovchi sifatida idrok qilinadi. Ingichka tana va shoxlar,
osilib tushgan, nozik shox-shabbalar
tashvish, nimjonlik, mo‘rtlik bilan
o‘xshatiladi. Daraxtlarning ba’zi shakllari odamlar faoliyatini kuchaytiradi,
boshqalari esa, aksincha, statik, sust xulq-atvorga sabab bo‘ladi.
Plastik san’at nazariyasida gorizontal chiziq tinchlantiruvchi hisoblanadi,
vertikal chiziq esa kuchayib boruvchi, yuksaluvchi dinamika baxsh etadi. Og‘ib
turgan taassurotni beruvchi, eng notinch qiya chiziq – eng dinamik hisoblanadi.
Shox-shabbaning shakli birinchi navbatda emotsional ta’sir beradi. Shoxshabba shaklining hamma xilma-xilliklarini bir qancha odatiy turlarga taqash
mumkin.
Shox-shabbaning konussimon shakli insonga harakatlantiruvchi ta’sir
ko‘rsatadi. U bu bilan inson tonusini, uning kayfiyatini ko‘tarib, mustahkam
muvozanat obrazini, yuqoriga intiluvchi obraz yaratadi (qoraqarag‘ay, tuya
daraxt).
Shox-shabbaning ustunsimon shakli vertikal siluet bo‘ylab nigohni
yuqoriga jalb qiluvchi sirtqi ko‘rinishga ega. Bunday shakl bilan hosil qilingan
o‘sib boruvchi dinamika yon chiziqlari to‘g‘ri, vertikal, deyarli parallel
bo‘lishiga qaramay, konussimon shakl dinamikasiga nisbatan anchagina
tinchlantiruvchi. Qator va guruhlarda joylashgan ustunsimon daraxtlar, odatda
tantanali (dabdabali, balandparvoz) taassurot beradi. Hissiyot va irodaning
garmonik birligiga yordam beradi (qora archa va terak).
Shox-shabbaning sharsimon shakli daraxtlarga statik xarakter baxsh etadi
va sustkash ta’sir ko‘rsatadi. Bu daraxtlarning tashqi ko‘rinishi va shakli to‘liq
qoniqish holati taassurotini yaratadi. Bu to‘plangan kuch-quvvatni saqlovchi
omil. Aniq ifodalangan tashqi ko‘rinish va tugallangan shakl yaxshi ruhiy
muvozanatni tutib turadi, kuchlarni saqlashga yordam beradi (virginiya qora
archasi, qayrag‘och, doimiy yashil shamshod)
Gorizontal shox-shabbaga ega cho‘ziq va statik daraxtlarning soyabonsimon
shakli tinchlantiruvchi hisoblanadi. U himoya hissiyotini, daraxt tagidagi inson
ustidan homiylik qilish hissini yaratadi (qarag‘ay, eman).
SHox-shabbaning pastga egilib o‘sadigan shakli to‘liq sustkashlik
taassurotini, g‘amginlik va qayg‘uga moyil statik holatni yaratadi. Bu iroda va
intilish istaklarini to‘xtatuvchi, tinchlantiruvchi omil (tol, chetan, qayinning
egilgan shakllari va boshqalar).
Bitta tanali va buket-guldasta ko‘rinishidagi yoyiq (tarqoq) shox-shabbali
daraxtlar ham bor.
Ularning ko‘rinishi
hayajonlantiruvchi omillardan biri
hisoblanadi, o‘ziga ahamiyatni jalb qiladi, inson tasavvuriga ta’sir ko‘rsatadi.
1.2. Turli hududlarda tashkil etilgan ko`kalamzor landshaftlar
me’moriy, badiiy-estetik qiyofasining iqlimiy, tabiiy-ekologik, sanitar va
ijtimoiy omillarga bog`liqligi.
Yer yuzining turli burchaklaridagi mamlakatlarda, ularning shahar va shahar
atrofidagi, shahar tashqarisidagi dekorativ dam olish parklari, tabiatni muhofaza
qiluvchi milliy parklar, qo`riqxonalar, turli muhofaza zonalari ko‘pincha qulay,
obodonlashgan, go‘zal, ammo faqat ba’zi hollarda mustaqil kompozitsiyaviy
qiymatga ega bo‘lib, ko‘pincha bino va ansambllar ochiq obodonlashgan
muhitni yaratgan. Bu ulkan ko`kalamzor hududlar, bog`-parklar insoniyat va
tabiatni bir-biriga bog`lovchi va go`zal estetik qiyofa kasb etuvchi vosita bo`lib,
ularni tashkil etishda, iqlimiy, tabiiy ekologik, sanitar va ijtimoiy omillarni
hisobga olish lozim.
Ma`lum bir hududda ko`p yillar davomida kuzatilgan va tuproqning ustki
qatlami, suv, o`simliklar va boshqa shu kabilarga bog`liq bo`lgan ob-havoning
yil davomidagi tabiiy jarayonlari umumiy qilib iqlim deyiladi.
Iqlim geografik kenglik, dengiz sathidan balandligi, atmosferaning fizik
xususiyatlari majmuyi, uning harorati, namligi, shamol va yog`inlar orqali
aniqlanadi. Iqlim ta`sirida tuproq qatlami va o`simlik dunyosi shakllanadi.
Iqlimning hayvonot dunyosi, inson hayoti uning kundalik turmush tarziga ta`siri
katta.
Quruqlik, suv va quyoshning doimiy o`zgaruvchan o`zaro ta`siri ma`lum bir
hududning tabiiy- iqlimiy xususiyatlarini tashkil etadi va ob-havoning
o`zgarishiga bog`liq atmosfera holatini aniqlaydi. O`zgaruvchan jarayonlar
chastotasi quyosh energiyasi intensivligi va bu jarayonlarda qatnashuvchi
namlik darajasiga bog`liq bo`lib, namlik va quyosh iqlimning muhim tashkil
etuvchisidir.
Iqlim shakllanishida shamol va havo massalari oqimiga mehanik to`siq
sifatida xizmat qiluvchi relyefning baland pastligi ham yetarlicha ta`sir
ko`rsatadi. Shunung uchun ham baland tog`lar joylashgan hudud, iqlimiy
hududlarning chegarasi bo`lib xizmat qiladi. Havo harakatining asosiy prinsipi
bosim darajasining farqi hisoblanadi. Havo bosim yuqori bo`lgan hududdan,
bosim past bo`lgan hududga qarab harakatlanadi va bu bilan nisbiy muvozanat
o`rnatiladi.
Temperaturaning o`zgarishi, bosim va harakat farqlarini keltirib chiqaradi.
Bu holat dengiz bo`yidagi hududlarga hos bo`lib, kunduzlari yer suvdan ko`ra
tezroq qiziydi, bundan yer atrofidagi havo massasining zichligi kamayishi kelib
chiqadi va past bosimli hududni yuzaga keltiradi. Bu esa dengizdan sohilga
qarab esadigan shamollarga sababchi bo`ladi. Tungi paytda esa suv harorati
havo haroratidan baland bo`ladi va bunday havo harorati shamol yo`nalishini
o`zgartiradi.
Iqlimning shakllanishida reyefning ham o`rni kata. Chunki, havo huddi
moddiy nuqta kabi og`irlikka, massa va inersiyaga ega. Boshqacha qilib
aytganda, havo oqimi yo`nalishni o`zgartiruvchi biror to`siqqa duch kelguncha
ma`lum bir yo`nalishda harakatlanishga moyilligi mavjud. To`siqlar bilan
o`raglan joydagi shamolning tezligi, to`siqsiz hududdagi shamol tezligining 1/3
qismiga teng.
Aholi zich joylashgan hududlarda jumladan shaharlar markazida havoning
konsentratsiyasini kamaytiruvchi, ko`kalamzor hududlar, parklar barpo etish
maqsadga
muvofiqdir.
Chunki
shahar
markazlari
shamoldan
deyarli
izolyatsiyalangan bo`ladi.
Issiq hududlarda issiqlik bosimini yumshatish va biror hudud yoki binolarni
ventilyatsiyasini ta`minlash lozim bo`ladi. Buning uchun hududni to`g`ri
ko`kalamzorlashtirish lozim. Ana shundagina, harorat-radiatsiyasi va shamol
rejimini boshqarish mumkin. Shuni takidlash lozimki, shamol tezligi daraxt
shoxlari orasidan o`tayotganda pasayadi, daraxtning yirik tanasi orasidan
o`tayotganda esa oshadi.
Urbanizatsiya, ya`ni yirik shaharlarning o`sishi ekologiyaga salbiy ta`sir
ko`rsatadi va bu hol inson turmush faoliyatini muhitini rejalashtirish, hamda
tabiiy muhitni muhofaza qilish va qayta tiklash vazifalarini o`zaro bog`liq holda
hal qilishni taqazo qiladi. Hudud aholisining ishlashi va dam olishi uchun qulay
sharoitlarni yaratish, o`sha hudud holatiga maxsus e`tabor qaratishni, havo, suv,
tuproqning ifloslanish miqdorini pasaytirish, shovqin, tebranish, radiatsiya
darajasini kamaytirish va buning uchun ko`kalamzorlashtirish sharoitlarini
yaxshilashni talab etadi.
Amerikaning zamonaviy bog‘-parkchilik san`ati tajribalari
XIX asrning o`rtalari iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotning o`ziga hos davri
hisoblanib, g`arb dunyosining ulkan davlati – AQSH o`zining mustaqilligini
mustahkamlab, iqtisodiy imkoniyatlarini kuchaytirib bordi. AQSHda o`sib
brayotgan sanoat taraqqiyoti atrof-muhit va tabiatga tezkor sur`atlar bilan salbiy
ta`sir ko`rsata boshladi. O`rmonlarning kesilishi, yer osti qazilma boyliklarini
ayovsiz egallash, bizon podalarining ayovsiz qirilib borishi, daryo va ko`llarning
sanoat chiqindilari bilan ifloslanishi – bularning hammasi o`sha davrning
daxshatli voqealari bo`lib, insoniyatdan aql zakovatni ishlatishni talab qildi.
Ilk bor inson bilan tabiat uni o`rab turgan atrof muhit landshafti, tabiat
munosabatlarini boshqarish va yo`lga solish masalalari – hal qilinishi zarur
masala ekanligi namoyon bo`ldi. Shu tariqa XIX asr landshaft dizayni va bog`parkchilik san`atining yangi bosqichi shakllanishida o`ziga hos davr bo`ldi.
Landshaft arxitekturasi va dizaynidagi bu asosiy burilish eng avvalo Frederik
Lou Olmsted nomi bilan bog`liq bo`lib, u AQSHda XIX asr yarmining buyuk
siymosi, yozuvchi, jamoat arbobi, tadbirkor, sanoat dizayneri, zamonaviy
landshaft arxitekturasi va dizaynining haqiqiy ma`nodagi zamonaviy asoschisi
sifatida tanildi.
Frederik Lou juda serqirra ijodkor sifatida nom qozongan bo`lib, taxminan
500 ta istirohat parklarini loyihalashda faol qatnashdi va bu yo`nalishda ko`plab
yangiliklar qildi.
Frederik Lou landshaft arxitekturasi va dizaynining bir qator yo`nalishlari
asoschisi hisoblanib, tamoman yangi turdagi istirohat parklarini yaratdi.
Boston shahridagi ko`kalamzorlashtirishning birinchi yirik tizimini amalga
oshirdi
Chikago yaqinida “Riverside” (daryo bo`yi) nomli bog`-shahar loyihasida
asosiy vazifani bajardi.
Universitet shaharchalarini, Chikagodagi “Kolumbo” butun dunyo xalqaro
ko`rgazmasini, AQSH markazi – Vashingtonda Kapitoliy atrofi landshaft
loyihalarini ishlab chiqdi. Olmsted amalga oshirgan ishlarning son sanog`i yo`q.
Biroq eng muhimi shuki, u ilk bor milliy parklarni tashkil qilish g`oyasini ilgari
surdi va ularning dastlabkilarini yaratdi. AQSHdagi Yosemit vodiysidagi
“Maripoza” va “Niagara” sharsharasi shular jumlasidandir.
Nyu-Yorkdek rivojlangan shahar markazida qo`l tegizilmagan haqiqiy tabiat
landshafti yaratish – Markaziy park loyihasining asosiy g`oyasi edi.
Kompozitsion jihatdan parkning me`moriy rejasi avvalgi mavjud, tabiiy
peyzajni sun`iy shakllantirgan peyzaj bog`lardan farqli quyidagi g`oyalar bilan
ajralib turardi:
-
shaharlardagi mavjud peyzajlarni saqlab qolish;
-
ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
-
ularning eng muhim va qulay tomonlarini namoyish etish;
Biroq, bu g`oyalar park hududini foydali qismlarga bo`lishga, zarur yo`llarni
o`tkazishga, unda damolish uchun mo`ljallangan joylarni tashkil etishga halaqit
bermadi. Xususan, parkda “Moll” deb nomlangan mahobatli va tantanavor uch
qatorli hiyoban va bayramlar o`tkazish uchun “Terassa” tashkil etildi. Parkdagi
mavjud ko`llar shahar aholisi uchun ichimlik suvi zahirasi bo`lib xizmat qildi.
Markaziy park (Nyu-York)
AQSHning milliy parklari. Yovvoyi tabiatning eng jozibador manzaralari va
landshaftini maqsadli tarzda tomosha qilish, bu tomoshadan foyda ko`rish va
sayyohlar
harakatini
yo`lga
solish
g`oyasi
AQSHda
birinchi
tabiat
qo`riqxonalarini
–
Kaliforniyaning
Yosemit
vodiysida
va
“Maripoza”
daraxtzorlaridagi milliy parklarni yaratishga asos bo`ldi. Ana shunday
qo`riqxona qurilishidagi milliy parklarni loyihalash va ularda dam oluvchilar
uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berish, bog`-park loyihachilarining yangi
faoliyat sohasiga aylandi.
Buning natijasida AQSH milliy parklarining zamonaviy tizimi dunyoda eng
rivojlangan xizmat turlari qatoriga kirdi. Ushbu tizim asosan uch xil toifadagi
obyekt ko`rinishida bo`ldi. Ana shu uchta toifa milliy parklarning 23 xilini
o`zida birlashtirdi. Bular: milliy daryolar, milliy jang maydonlari, milliy
yodgorliklar, milliy tarixiy parklar, milliy qo`riqxonalar, milliy xarbiy parklar,
milliy dam olish hududlari, milliy dengiz bo`ylari va shu kabilar.
Milliy parklarning kattaligi 40 gektardan to 100, hatto 1000 kvadrat
kilometrgacha yetgan (1 kvadrat kilometr 100 gektar).
1916-yil AQSHda milliy parklar xizmatining maxsus muassasasi tashkil
etilib, unga 1980-yida umumuy maydoni 321495 kilometr kvadratga teng
bo`lgan 337 ta milliy parklar kirgan. Bundan tashqari AQSHda alohida
shtatlarning va hatto yuzlab shaxsiy parklar ham mavjud.
AQSH milliy parklari o`ta namunaviy tashkillashtirilganligi bilan ham
ajralib turadi. Ularda nafaqat avtomobil harakati, balki piyodalar harakati ham
keskin tartibga solingan.
Parklarning tabiiy boyliklari va manzarasini tomosha qilish va dam olish
uchun maxsus maydonchalar jihozlangan, kempinglar va mehmonxonalar
qurilgan. Hatto birgina mo`jaz “Shayton minorasi” deb nomlangan milliy parkda
ham barcha xizmat turlarini yaqqol ko`rish mumkin. Parkka kirish oldidan
tomoshabin u haqdagi barcha ma`lumotlarga ega bo`lishi mumkin. Sayyoh
mashinasini mahsus joyda qoldirib, o`zi orasta va qulay yo`laklar orqali parkni
tomosha qilishi, maxsus tashkil etilgan pikniklarda dam olishi mumkin.
Oxirgi
o‘n
yilliklar
davomida
tabiiy
landshaftlar
bo‘yicha
kommunikatsiyalar qurish yanada rivojlandi. Atrof tabiatini tomosha qilishga
mo‘ljallangan yo‘llar muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ob’ektlar hisoblanadi.
1930-yillarda AQSHda maxsus parkveylar paydo bo‘ldi. Milliy parklarda
tomosha yo‘llariga alohida e’tibor berildi. Tomoshaning qiziqarli nuqtalarida
avtomabil to‘xtash joylari, piyoda yo‘llari, suvga yaqin joylarda yurish uchun
maxsus yo‘laklar tashkil qilindi. AQSHdagi mashhur piyoda yo‘llarining eng
mashhuri qatorida Vashington tog‘idan Amikalola sharsharasigacha, Men
shtatida Djorjiya shtatigacha cho‘zilgan Appalach yo‘li hisoblanadi.
Xitoyning bog‘-parkchilik san`ati tajribalari
Xitoy bog`-parkchilik san`ati uzoq tarixga borib taqalib, boy o`tmishga ega.
Xitoy xalqi ilgaridan tabiatni sevgan, uning go`zalligini tushungan. Xitoy davlati
bog`-parkchilik san`ati ildizlari eramizdan avvalgi XII asrga borib taqaladi. Bu
mamlakat bog`lari to`g`risidagi yozma manbalar, rasmlar va boshqa tasvirlarda
bizgacha yetib kelgan ma`lumotlar uning tarixiy ildizlari naqadar chuqur
ekanligidan dalolat beradi.
XIII asrda Xitoyga Venetsiyalik Marko Polo borib keldi va u yerlar
to`g`risida shunday narsalar aytib berdiki, unga kamdan kam odam ishonardi.
Chunki Xitoy imteratorlari tashkil ettirgan bog`-parklar o`zining kompozitsion
g`o`zalligi, daraxt va butalarining rang barangligi, lanshaft qurilmalarining
o`ziga hosligi bilan birga huddi cheksizdek ulkan hududlarda tashkil etilgan edi.
1843-yili
yigirma
bir
yoshida
zamonaviy
bog`-parkchilik
san`ati
afsonalaridan biri Frederik Lou Olmsted Xitoy bo`ylab sayohat qiladi va bu
sayohat uning hayotida tub burilish bo`ladi. Hech mubolag`a emaski, Olmsted
o`zi loyihalagan bir necha yuzlab bog`-parklarni shu sayohatdan ilhomlanib
yaratgan bo`lsa ajab emas.
An`anaviy Xitoy bog`ida avvambor rangli toshlardan terilgan yo`laklar
ko`zga tashlanadi. Mo`jizakor naqshlar, gullar, baliqlar, tovuslar, ajdarlar tasviri
bilan almashinadi.
Ko`plab sharq mamlakatlarida inson va tabiat g`oyasi ilgari surilgan.
Xitoyning “Qo`shiqlar kitobi nomli” eposida imperator Ven Vang bunyod etgan
“Bilimlar bog`i” haqida gapiriladi. Eramizdan oldin XII asrda qurilgan bu bog`-
park 375 gektarni tashkil etgan. O`sha kitobda imperator Shi Hang Ti bunyod
etgan park hududi haqida ham ma`lumot berilgan bo`lib chegarasining uzunlugi
120-130 km ekanligi aytiladi. Ushbu suloladan bo`lgan Uang Ti miloddan
oldingi II asrda maydoni 3000 gektar keladigan ulkan peyzajli park bunyod
etadi. Bunday bog`larda ov qilib dam olishgan va hayvonot dunyosini ham
shakllantirganlar.
Bu bog`-parklar ancha katta hududlarda tashkil etilganligi, go`zal manzara,
so`lim mikroiqlim, dam olish hududlari tashkil etish bilan birga, tabiat
muvozanatini saqlash, suv zahiralari muhofazasi, daraxt va o`simliklar,
hayvonot olami uchun ham qulay sharoit yaratgan.
Xitoy bog`larining kompozitsion yechimlarida muntazam kompozitsion
rejali hajmiy fazoviy yechimlar kam ishlatilib, ular asosan erkin tabiiy, landshaft
va peyzaj uslublarida yaratilgan. Ularda tabiat elementlarini ideallashtirish,
tabiatning fusunkor peyzajlarini yanada takomillashtirish, ularga badiiy-estetik
ishlov berish an`analari yetakchi o`rinni egallagan.
Xitoy va Uzoq Sharq mamlakatlarida muntazam rejadan farqli o`laroq, park
qurilishi va dizayninig erkin tabiiy landshaft uslubi keng o`rin olgan. Bu esa,
o`sha mintaqa xalqlari diniy falsafasiga bog`liq bo`lib, bu falsafa o`z navbatida
tabiat kuchlarini ilohiylashuviga, inson va tabiat o`rtasidagi aloqadorlikni
kengroq tushinishga xizmat qiladi. Shu boisdan Uzoq Sharqning landshaft
dizaynerlari va bog`-parkchilik san`ati ustalari o`z ijodlarida ushbu tamoyilga
amal qilib, jonli erkin tabiat manzaralarini aks ettiruvchi milliy bog`larni
yaratgan.
Pekin yaqinida 330 ga hududga yoyilgan dunyoning mashhur parklaridan
biri Iheyuan bo`lib, yozgi saroy ma`nosini anglatadi. Parkning faqat beshdan bir
qismi quruqlik, tog`, adirlik va orollarga to`g`ri keladi, beshdan to`rt qismini suv
tashkil etadi. Bu parkning murakkab tarxi o`zida Xitoyning barcha tirik
Iheyuan parkining manzaralari
landshaftlari xususiyatini mujassamlashtirgan. Bu yerda Xitoyning diqqatga
sazovor joylari va eng chiroyli yerlarning nushalari keltirilgan. Iheyuan parkini
XVIII asrda Sin-Iyuan – “Toza suv oquvchi park” deb nomlashdi.
Pekinning markazida joylashgan Beyhay parki kompozitsion tuzilishi va
chiroyi jihatidan Iheyuan parkidan aslo qolishmaydi. Bu park Xitoy bog`parkchilik san`atining eski an`analarida yaratilgan bo`lib, umumiy maydoni 104
gektar shundan 54 gektarini ko`llar tashkil qiladi. Park kompozitsiyasida
markaziy o`rinni orol ko`rinishidagi, bir tomonda oq toshli perilali galereyalar
bilan o`raglan baland tog` egallaydi. Boshqa tomondan suv ustida “Besh ajdar”
pavilyon osilib tushgan. Tog`ning o`rta qismida grotlar o`rnatilgan, eng
yuqorisida esa terassalar, ibodatxonalar, pavilyonlar joylashgan.
Beyhay parki rejasi va umumiy ko`rinishi.
Xitoyning ko’plab shaharlarida rekreatsion hududlar namunali tashkil
etilgani bilan ham diqqatga sazovordir. Bularga misol qilib, o’zining Tibet
tog’lari, Gobi sahrosidagi tekisliklari, yam-yashil vodiylari, xizmat ko’rsatish
jihatidan jahondagi eng yaxshi kurort markazlari, dunyoga mashhur buddist
monastirlar, Himolay va Qoraqum orollari yonbag’ridagi ko’p sonli alpinizm
bazalarini keltirib o’tishimiz mumkin.
Ayniqsa, Buyuk Xitoy Devori bo`ylab sayr qilish va bu yerdan turib, butun
Xitoyni tomosha qilish uchun har yili juda ko`p sayyohlar tashrif buyuradi.
Xitoyda san`at va madaniyat ildizlari juda uzoq tarixga borib taqaladi. U
o`zining ko`plab tarixiy madaniy va etnografik markazlari bilan ham dunyoga
mashhurdir.
Ana shunday madaniyat markazlaridan biri, Gansu viloyatining shimoliyg’arbiy qismida Xitoyning asosiy madaniy va tarixiy markazlaridan biri –
Dunxuan “portlash” ma’nosini anglatadi. Ushbu shahar Takla-Makon cho’li
hududida joylashgan bo’lib, shaharga har yili bir necha million turistlar tashrif
buyuradi.
Bundan tashqari Li i Muao qishlog`idagi “Sanya” sun`iy tashkillashtirilgan
etnografik markazi Xitoy xalqining kundalik hayoti va bayramlarini o`zida
mujassam etgan milliy bog`. Unda Xitoy xalqining to`y marosimlari, milliy
raqslarini namoyish qilish uchun barcha shart sharoitlar mavjud bo`lib, bu yerga
ko`plab mahalliy va xalqaro turistlar tashrif buyurishadi.
Ushbu etnografik bog`da Xitoy xalqiing milliy uylari mavjud bo`lib,
mahalliy homashyodan an`anaviy uslubda qurilgan. Bu yerga tashrif
buyuruvchilar Xitoy madaniyati bilan yanada chuqurroq tanishishga musharraf
bo`lishadi.
“Sanya” etnografik markaz muzeyidagi diqqatga sazovor obyektlardan biri
bu ibodatxonalardir. Ibodatxonalar har bir turar joy majmuasi uchun alohida
qurigan bo`lib, uning interyeri eski muhitda qilingan. Unda tashkillashtirilgan
tabiiy muhit evaziga ibodatxonada qadimiy marosimlarni o`tkazish mumkin. U
yerdagi e`tiborga loyiq obyektlardan biri, an`anaviy qo`shiq va raqslarga
mo`ljallangan sahna va turli sohalarga mo`ljallangan etno-muzeylardir.
Qozog`istonning bog‘-parkchilik san`ati tajribalari.
Qozog’iston Respublikasi boshqa rivojlangan davlatlar qatorida arxitektura
va qurilish sohasidagi amaliy ishlari bilan Markaziy Osiyoda yetakchi
o’rinlardan birini egallamoqda. Mamlakatning suv resurslariga qaramasdan,
uning aksariyat qismi cho’l, ammo Qozog’istonda 8 ming dan ortiq kichik va
yirik daryolar mavjud. Ularning eng kattasi-Urals, Emba, Sirdaryo, Ishim, Ili,
Irtish va Tobol. Qozog’istonning eng yirik ko’llaridan biri – Balxash ko’li
o’zining mashhurligi va atrof landshaftining go`zalligi bilan landshaft dizaynini
boyitmoqda.
Qozog’iston poytaxti Astana sayyohlar uchun qulay dam olish maskanlariga
egadir. Aholisi va mehmonlari uchun qulay muhit yaratadigan zamonaviy
shahardir. U yerda turli parklar, bulvarlar, sayilgohlar, istirohat bog`lari
shaharga ko`rk bag`ishlamoqda. Bundan tashqari shahar markazlaridagi jamoat
binolari hududining ko`kalamzorlashtirish ishlari taqsinga sazovordir.
Ana shunday shahar ko’rkiga ko’rk qo’shib turgan jamoat binolaridan biri
me’moriy va landshaft kompozitsiyali muzey bo’lib, landshaft dizayni
elementlaridan
oqilona
foydalanilgan
chiroyli
landshaft
kompozitsiyasi
tuzilishga erishilgan. Aholiga va tashrif buyuruvchilarga birdek xizmat
ko’rsatayotgan bu “Birinchi prezident” muzeyi dam olishga kelgan turistlarni
ham birdek qiziqishlariga sabab bo`lmoqda.
Astana shahrining yana bir diqqatga sazovor joylaridan biri, Qozog`istonda
bugungi kunda birinchi va hozirgi kuda yagona etnografik bog`”Atamaken”
(Otamakon) bog`idir. Bu etnografik bog` Qozog`iston Respublikasi prezidenti
N. Nazarbayev tashabbusi bilan barpo etilgan bo`lib, 2001-yildan buyon faoliyat
yuritib keladi. Bu etnografik bog`ning asosiy me`moray g`oyasi Astana shahrini
kichik masshtabga solib ko`rsatishdan iborat. 1.7 gektar maydonni egallagan
ushbu etnografik bog` Qozog`iston Respublikasi maketi desak adashmagan
bo`lamiz. Ushbu kompleks dunyodagi boshqa etnografik parklardan shunisi
bilan farq qiladiki, u o`z ichiga Qozog`istonning 14 ta viloyati va ikki shahri
Astana va Almatani oladi. Unda nafaqat qozoq xalqining ijtimoiy-madaniy
qadriyatlari, sanoat binolari, balki Qozog`istonning tabiiy landshafti, fauna va
florasi bilan ham tanishish mumkin.
Qozog`istonning yana bir mega shahri Almatida ham dam olish uchun qulay
landshaft muhiti yaratilgan. Olma-Ota shahri mashhur “Olmaota” olma navining
vatani bo’lib, shahar hududining 8000 gektardan ortiq qismini bog’-parklar va
bulvarlar egallaydi. Bu esa o’sha hududda dam oluvchilar uchun qulay muhit
bo’lib xizmat qiladi. Hozirgi kunda shaharda dam oluvchilar e’tiborini
tortayotgan maskan bu – Almati prezident parki bo’lib, parkni yaratish 2001yilda boshlangan. Park hududi 54 gektar maydonga ega bo`lib, bu parkning
asosiy xususiyati uning o`simlik dunyosidadir. Parkning perimetri bo’ylab
daraxt va butalar guruhlari ekilgan bo`lib, u yerda eman, kashtan daraxtlaridan
ko`p foydalanilgan. Parkning asosiy darvozasi oldida o’simliklar kompozitsiyasi
parter tipida loyihalangan bo`lib, asosan maysa, yer yopar o`simliklar, gullar va
past bo`yli butalardan foydalanilgan.
Almata shahri yaqinida ko`plab milliy tabiat parklari barpo etilgan bo’lib,
uning hududida tabiiy zahiralar va tabiat qo’riqxonalari tashkil etilgan. Bu milliy
bog`lar Almata viloyati hududiga to`g`ri kelib, “Ile-Altay” (199703 ga) va
“Altin-Emel” milliy tabiat parki (161153 ga) 1996-yilda, “Charin” milliy tabiat
parki (127050 ga) 2004-yilda, “Kolsay ko`li” milliy tabiat parki (161045) 2007yilda, “Jongar-Alatus” milliy tabiat parki (356022 ga) 2010-yilda tashkil etilgan.
Hozirgi kunda Qozogistonda jami 12 ta milliy tabiat parklari tashkil etilgan
bo`lib, yana 3 ta park loyihalanmoqda. Bu ishlardan maqsad respublikadagi
ekotizimni sog`lomlashtirish, cho`llar o`sishini kamaytirish, dengiz, ko`l va
daryo bo`ylari muhofaza zonalarini tashkil etish, mintaqa flora va fauna
dunyosini saqlash kabi vazifalar bilan birga aholining hordiq chiqarishi uchun
tabiiy muhitlarni saqlash va ekoturizmni rivojlantirishhamdir.
Misol uchun hududi 182075 gektarni tashkil etuvchi Akmal va Shimoliy
Qozog`iston viloyatlari hududida joylashgan “Ko`kshetau” milliy tabiat parkini
olib qaraylik. Milliy parkning hududi, o`rmon dasht va cho`l hududiga ega
bo`lib, iqlimi keskin kontinental. Bu yerning flora va fauna dunyosi juda boy.
“Ko`kshetau” milliy tabiat parkida 17 ta turistik sayohat yo`nalishi mavjud
bo`lib, ulardan 12 tasi piyoda, 3 tasi sayohat avtobuslari, 2 tasi suv marshruti
orqali sayohat qilish tashkil etilgan. Bu yo`nalishlar marshruti milliy parkning
qiziqarli, diqqatga sazovor joylaridan o`tadi. Bular: tarixiy-arxeologik joylar,
respublika hududiga hos tabiat yodgorliklari va shu kabi joylar.
Milliy parkning kirish qismidan 6 ta sayohat qilish va dam olish
tashkilotlariga boriladi. Bular: “Imantau”, “Sharqona”, “Turpan” dam olish
bazalari, “Oq qayin” qisman dam oluvchilarni qabul qiluvchi va boshqa faoliyat
bilan ham shug`illanuvchi tashkilot, “Ko`lli” deb nomlanuvchi o`rmonchilar uyi
va ovchilar uyi. Bu yerga tashrif buyuruvchi mahalliy va horijiy sayyohlar, bu
yerda dam olishlari, hordiq chiqarishlari, o`rmonda sayr qilishlari va ov qilib
vaqtlarini maroqli, sermazmun va qiziqarli o`tkazishlari mumkin.
Hozirgi kunda Qozog`iston respublikasidagi milliy tabiat parklari hududi sal
kam 2.4 mln gektarni tashkil etadi.
Qozog’istonning daryo va ko’llarida taxminan 6000 turdagi o’simliklar,
500ga yaqin qush turlari, 178 turdagi hayvon, 49 turdagi ko’kda uchuvchi
qushlar, 12000 turdagi amfibiya va 100ga yaqin baliq turlari mavjud.
Mamlakatdagi ko’plab o’rmonlar shimoliy Tyan-Shan va Oltoy tog’larida
joylashgan. Qozog’iston tabiati o’zining archazor o’rmonlari bilan landshaft
arxitekturasida katta ahamiyatga ega. Shuningdek, tog’-yon bag’irlarida olma va
yong’oq daraxtlari o’sadi.
Qozog’iston cho’llarida qiziqarli va ajoyib tomosha qilishga arzigulik joylar
va tuzli ko’l mavjud bo’lib, bu yerdan qushlarning mingga yaqin turini topish
mumkin. Qozog’istonning Tengiz ko’lida dam oluvchilar dunyodagi eng noyob
va chiroyli qush turlaridan biri – pushti rang flamingolarni ham tomosha
qilishlari mumkin.
Bugungi kunda Qozog’iston mamlakati hududida qisman joylashgan Orol
dengizining ekoturizm, flora va faunasini saqlashga katta e’tibor qaratmoqda.
1.3.
Orol
bo`yi
hududlari
landshaftlarini
tashkil
etishdagi
qo`llaniladigan zamonaviy tendensiyalarning asosiy yo’nalishlari va
ularning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish bilan o’zaro bog’liqligi.
Aholining o`sishi va inson faoliyati sohalarining har tomonlama rivojlanishi
atrofimizdagi muhitning doimiy ravishda o`zgarib turishiga sabab bo`ladi.
Bunday o`zgarishlarning me`yoridan ortiqcha bo`lishi, global muammolarning
yuzaga keltiradi. Suv manbaalaridan noto`g`ri foydalanish, o`rmonlarning
keragidan ortiq darajada kesilishi, tabiatda muvozanatning buzilishi va cho`l
hududlarining o`sishiga sabab bo`lmoqda. Ayniqsa o`tgan asrning 60yillarigacha eng yirik yopiq suv havzalaridan biri bo‘lib hisoblangan hamda
mintaqa iqtisodining rivoji, sanoati, aholining ish bilan bandligi va barqaror
ijtimoiy infratuzilmaning shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo`lgan Orol
dengizi suv havzasining suv sathi keskin pasayib ketishi butun dunyo
hamjamiyatini tashvishga solmoqda. Orol bo‘yi hududi o‘zining xilma-xil
hayvonot va o‘simlik dunyosiga ega bo‘lib, ushbu havzada 38 turdagi baliq va
kamyob hayvonlar mavjud bo‘lgan. Jayronlar 1 million boshgacha yetib, flora
638 turdagi kamyob o`simliklarni tashkil etgan. Afsuski mavjud bo`lgan flora va
fauna turlarning juda ko`p qismi yo`q bo`lib ketdi.
2013-yilning 16-sentabrida O‘zbekiston Respublikasi va OQXJ(Orolni
Qutqarish Xalqaro Jamg‘armasi)ning amaldagi Prezidenti tashabbusi bilan BMT
Bosh Assambleyasi 68-sessiyasinig rasmiy hujjati tariqasida “Orolning qurishi
oqibatlariga barham berish va Orolbo‘yi ekotizimi halokatini oldini olish
tadbirlari Dasturi” tarqatildi.
Ushbu Dastur BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun tomonidan har tomonlama
qo‘llab-quvatlandi.
“Orolning qurishi oqibatlariga barham berish va Orolbo‘yi ekotizimi halokatini
oldini olish tadbirlari Dasturi” Orol muammosi oqibatlariga barham berish
bo‘yicha quyidagi muhim tadbirlarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi:
I. Orolbo‘yida yashash, aholi genofondini qayta tiklash va saqlash uchun
sharoit yaratish;
II. Suv resurslari boshqaruv tizimini takomillashtirish va undan tejamkorlik
bilan foydalanish. Orol dengizi akvatoriyasida tabiiy havzalar tizimi saqlash;
III Qurib borayotgan Orol dengizi o‘rnida daraxtzorlar tashkil etish va
ushbu mintaqani sahroga aylanishini oldini olish bo‘yicha keng ko‘lamda
tadbirlarni amalga oshirish;
IV. Bio xilma-xillikni saqlash, biologik resurslarni qayta tiklash, hayvonot
va o‘simlik dunyosini saqlash;
V.
Kelgusida
OQXJ(Orolni
Qutqarish
Xalqaro
Jamg‘armasi)ning
institutsional asoslarini takomillashtirish va ushbu tashkilot doirasida mintaqa
mamlakatlari hamkorligini mustahkamlash, shuningdek Orol fojeasi bilan bogliq
muammolarni hal etishga jahon hamjamiyatining etiborini qaratish;
Albatta o`zgarishlar birdan va o`z o`zidan yuz bermaydi – bu evolyutsion
jarayondir. Bu evolyutsion jarayonlarda jamiyatning rivojida landshaft dizayni
va arxitekturasining asosiy vazifasi: tobora kengayib borayotgan muhitni
rejalash, erroziyaga uchragan muhitlar landshaftini qayta tiklash va “yashil
arxitektura” dizayni
hamda hududni obodonlashtirish elementlari vositasida
uyg`unlashtirishdir. Bu ishlarni amalga oshirishda dunyo bog`-parkchilik san`ati
tajribalaridan foydalangan holda, landshaft tashkil etish, ko`kalamzorlashtirish
ishlarini olib borish maqsadga muvofiq.
Bizga ma`lumki zamonaviy landshaft dizayni va arxitekturasi uzoq tarixdan
shakillanib va rivojlanib kelayotgan bog`-park san`ati uning turli an`ana va
uslublarini, landshaft qurilmalarini va dizayn elementlarini o`z ichiga oladi.
Turli mintaqa va xalqlarda turlicha bo`lgan madaniy-ma`rifiy, iqlimiy, ijtimoiy
iqtisodiy
shart-sharoitlarda
bu
uslublar
o`sha
mintaqalarga
moslashib,
takomillashib, o`zgarib yangilanib kelmoqda. Masalan: odatiy gorizontal
ko`kalamzorlashtirishdan tashqari, tik (vertikal) ko`kalamzorlashtirish uslubi,
daraxt va butalarni tabiiy shaklda o`stirishdan tashqari, ularni qirtishlab turli
tuman sun`iy yashil shakllar berish (tapiar san`ati) va shu kabilar keng
qo`llanilmoqda. Biroq, daraxt va butalarni, gulzorlarni lanshaft shakillantirish
hamda ekishda zamonaviy bog`-park san`ati
va landshaft dizaynida keng
qo`llanilib kelinyotgan, uzoq tarixdan bizgacha yetib kelgan ikkita asosiy rejaviy
uslub mavjud. Birinchisi - tartibli muntazam uslub, uni adabiyotlarda (klassik)
mumtoz uslub deb ham yuritishadi, ikkinchisi – erkin uslub bo`lib, tabiat
ko`rinishidagi uslubdir. Zamonaviy bog`-parkchilik san`ati va landshaft
dizaynida yuqorida keltirilgan ikki xil rejaviy uslubdan tashqari, ularning
yig`indisidan yuzaga kelgan aralash uslubdan ko`p foydalanilmoqda. Bunda
bog`-parq funksional qismlarga bo`linib, ommaviy tashrif va tadbirlar
o`tkaziladigan hududlarda muntazam uslub, tinch dam olish va sayr qilish uchun
mo`ljallangan hududlarda erkin rejali landshaft uslubi qo`llaniladi.
Bizning asrimizga kelib zamonaviy landshaft dizayni va bog`-parkchilik
san`atida tabiat va inson ekologiyasini uyg`unlashtirish harakati shakllandi va bu
g`oya va yo`nalishda qator yangi bog`lar yaratilib, “Zamonaviy ekologik
bog`lar” nomini oldi. Yangi tashkil etilgan bog`-parklar, hiyobonlar, saylgoh,
rekreatsion ko`kalamzor hududlar, umuman olganda so`ngi paytlarda tashkil
etilgan madaniy landshaftlarning xususiyatlariga qarab, shu soha mutahassislari
ularni turli guruh va yo`nalishlarga ajratadilar. Bu haqda A.S.Uralov va
L.A.Adilovalarning
hammuallifligida
kitobida
ma`lumot
batafsil
yozilgan
berilgan.
Ular
“Landshaft
bu
arxitekturasi”
mavzuni
yoritishda
E.V.Zabelinaning 2005-yilda Moskvada chop etilgan “Поиск новых форм в
ландшафтной архитектуре” o`quv qo`llanmasini asos qilib olishgan bo`lib, bu
o`quv qo`llanma ikki qismga: zamonaviy bog`lar; “Art-landshaftlar” va ularning
turlariga bag`ishlangan edi. Zamonaviy bog`larni E.V.Zabelina quyidagi
guruhlarga bo`ladi:
- Loyihalanilayotgan joy tabiatining bir qismi tarzida yaratilgan bog`lar.
-
Loyihalanilayotgan
bino
muhandislik
tizimining
bir
qismi
sifatida
shakllantirilgan bog`lar.
- “Yashil arxitektura” tarzida, ya`ni bino va bog` mushtarakligida yaratilgan
bog`lar.
Loyihalanilayotgan joy tabiatining bir qismi tarzida yaratilgan bog`lar. Bu
guruhga kiruvchi bog`larda loyihalanilayotgan joy tabiatining go`zalligi, asosan,
ushbu joyga hos mahalliy o`simliklar landshafti hal qiluvchi kuchga ega bo`ladi.
Bunday bog`larda parvarishi qiyin, qo`shimcha energaiya va kuch talab
qiladigan, mazkur joyga hos bo`lmagan o`simliklar qo`llanilmaydi… bunday
bog`larda atrof muhit go`zalligi va mahalliy tabiat florasidan foydalanish
birlamchi ahamiyatga ega.
Bino muhandislik tizimining bir qismi tarzidagi bog`lar. Zamonaviy
arxitekturaning bugungi kundagi eng faol rivojlanayotgan yangi yo`nalishlaridan
biri – bu binolar tarkibida bog` tashkil etish va undan, ayni paytda, bino
muhandislik tizimining elementlaridan biri sifatida foydalanishdir. Bunday bog`
nafaqat estetik funksiyaga, balki boshqa vazifalarga: issiqlikni saqlovchi
qurilma, oqovqa suvlarni tozalash jarayonida qatnashuvchi, xonalarning
shamollatish tizimini takomillashtiruvchi, binoda mikroiqlim yararuvchi kabi
funksiyalarni ham bajarishga qaratilgan.
Yildan-yilga yirik shaharlarda qurilayotgan binoning qavatlari va tig`isligi
o`sib bormoqda. Yerning bahosi binoning bahosidan ham oshib borayotgan
bunday urbanistik taraqqiyot oqibatida shahar muhitida landshaft tashkil qilish
uchun ochiq muhitlar tanqisligi szilmoqda… Bunday sharoitda eng maqbul
yechimlardan biri Fransiyada amalga oshirilgan yangi ”yashil devorlar”
texnologiyasidir. Mazkur texnologiyaga ko`ra o`simliklar endi yerda emas, balki
binoning tashqi tik devorlarida o`sadi… “Yashil devorlar” endi quyosh nuri
tushuvchi baland binolarning interyerlarini ham bezamoqda. Xullas, mo`jaz
bog`lar, o`ziga xos gulzorlar endi nafaqat yerda, balki devorlarda bino fasadlari
va interyerlarida ham qishki bog`lar tarzida o`z o`rniga ega bo`lmoqda.
“Art-landshaftlar”. Hozirgi “Art-landshaftlar”ning hududi, aksari hollarda,
uncha kata bo`lmagan ochiq muhitlar hisoblanib, bog` ko`rinishiga ega.
Ularning ayrimlari butkul yangi texnikaviy g`oyalar ta`sirida shakllanib, binoga
sarflanadigan energiya turlarini samarali tejovchi va yopiq texnologik
jarayonlarga mo`ljallangan binolar zamonaviy muhandislik tizimining bir qismi
sifatida
foydalanilmoqda.
Boshqalari
esa
zamonaviy
notasviriy,
ya`ni
predmetsiz san`at ta`sirida shakllangan bo`lib, ana shunday san`at asarlarining
ko`rgazma bog`lariga aylanib bormoqda. Ta`kidlash joizki, bunday bog`larning
me`moray hududiy tuzilishi landshaft arxitekturasining o`tmishdagi ko`p asrlik
tajribasiga asoslangan holda shakllantirilmoqda. Biroq, bunday yangi bog`lar
o`zining g`oyaviy yaratilishi va mazmuni jihatidan, zamonamizning eng yangi
texnikaviy estetik yo`nalishidagi tasviriy san`at asarlarini ochiq muhitda
tomosha qilish, ulardan zavqlanish, tafakkur dunyosiga cho`mish va fikrlash
maqsadlariga mo`ljallangan bog`lardir.
Katta atraktsionli tematik parklar parklar AQSh va Yevropa mamlakatlarida
dastlab paydo bo`lgan bo`lsa, keyinchalik Osiyo mamlakatlari va Avstraliyada
ham tematik parkchilik san`ati keng tarqaldi. Bu borada Yaponiya, Xitoy,
Koreya, Singapur, Malayziya kabi davlatlardagi tematik parklarni misol qilib
keltirish mumkin. Statistik ma`lumotlarga qaraganda Janubiy Koreyaning Seul
shahrida joylashgan “Lotte world” tematik parki 2012-yili 6.5 milliondan ortiq
tashrif buyuruvchilarni qabul qilgan. U ikki qismdan iborat bo`lib, birinchisi
“Sehrli orol” deb nomlanadi. Bu yerda ochiq osmon ostida atraktsionlar relsli
yo`llar, savdo markazlari, mehmonxona, muzey va kino uylari, bu yerga tashrif
buyuruvchilarning xursandchiligiga xursandchilik qo`shmoqda. Ikkinchi qismi,
“Sarguzasht” deb nomlanuvchi parkning yopiq hududi bo`lib, u dunyodagi eng
katta yopiq park hisoblanadi.
Bu tematik yopiq hudud to`rt qavatdan iborat bo`lib, yer ostida, ya`ni
birinchi
qavatda
sarguzashtlariga
vikinglar,
hamrohlik
konkistadorlarni
qilishimiz
va
uchratishimiz,
shunga
Sinbadning
o`xshash
ko`plab
sarguzashtlarga guvoh bo`lishimiz mumkin. Ikkinchi qavatda Amerika tog`i
atrktsioni, uchunchi va to`rtinchi qavatlarda esa sayr qilish va rolikli konkida
uchish yo`llari mavjud . Bu yerda fontanlar, turli dekorativ binolar, korusellar,
mini atraktsionlar mavjud bo`lib ko`kalamzor hududlarni tashkil etishda ham
turli xil daraxt, buta, gullar va o`rmalab-chirmashib o`suvchi o`simliklardan
foydalangan holda, ajoyib kompozitsiya tashkil etilgan.
Bu parklarni tashkil etishda biz ochiq osmon ostida tashkil etilgan katta
atraktsionli parklar va mini atraktsionli yopiq park hududlariga ajratib
loyihalasak samarali bo`ladi. Tematik parkning loyihalanish uslubi jihatidan
hammasi bir xil, ya`ni bog`-park san`atining aralash uslubida loyihalanadi.
Landshaft qurilmalarining tuzilishi, tashkil etilishi jihatidan tematik parklar,
kopfunsional parklardan deyarli farq qilmaydi. Tematik parklarning boshqa
parklardan asosiy farqi, ulardagi bosh g`oya atrofiga birlashgan mavzu
qahramonlari va ularning olamini aks ettirilishi, parkning hamma hududida shu
dominantaga urg`u berilishidadir. Orol bo`yi hududlarida tashkil etiladigan
tematik park bosh g`oyasi sifatida “dengiz” ni, milliy obidalarimiz, binolarimiz
aks ettirilgan miniparklar tashkil etishimiz, o`zbek yoki sharq ertaklari, ularning
qahramonlarini aks ettirishimiz, ko`plab tashrif buyuruvchilarni ayniqsa
bolalarning qiziqishlariga sabab bo`ladi. Demak, loyihachi dizayner tematik
park loyihalashda asosiy o`rinni egallovchi bosh g`oyani to`gri tanlashi uning
ishi muvofaqiyatini ta`minlovchi birinchi va eng muhim omildir. Ana
shundagina parkka tashrif buyuruvchilar ko`p bo`ladi va ular ham vaqtlarini
sermazmun va maroqli o`tkazishadi.
I- bob bo’yicha xulosa.
Bir so`z bilan aytganda, bu kabi zamonaviy bog`-parkchilik san`ati
tajribalarini biz landshaft dizaynerlari o`z o`rnida qo`llay olishimiz lozim.
Xulosa qilib bu ishlarni amalga oshirishda quyidagilarga e`tabor qaratishimiz
lozim:
1. Hududlarni ko`kalamzorlashtirish me`yor qoidalarini yaxshi bilish va
landshaft tashkil etganda bir kishiga to`g`ri keladigan ko`kalamzor hududni
to`g`ri me`yorlashtirish;
2. Ko`kalamzor
hududlarni
tashkil
etganda
hududning
funksional
vazifalaridan kelib chiqqan holda o`simlik turlarini tanlash, va ularga shakl
berish;
3. Tashkil etilgan ko`kalamzor hududlarimizdagi daraxt va butalar turli
shakllarining insonga psixologik ta`sirini hisobga olish;
4. Ko`kalamzor hududlar uchun o`simlik turlarini tanlaganda, ularni foydali
xususiyatlari (havoni kislorod bilan boyitishi, namlikni me`yorlashtirishi, chang
va turli zaharli gazlarni bartaraf etishi, havoni ionlashtirishi, fitonsidligi…)
hisobga olish;
5. Dunyoning turli mamlakatlaridagi tashkil etilgan bog`-parklarni kuzatib
tahlil etib, loyiha ishlaridagi hisobga olingan omillarni aniqlash;
6. Dunyoning turli mamlakatlaridagi zamonaviy bog`-parkchilik san`ati
yutuqlarini o`rganib ko`kalamzorlar tashkil etishga tadbiq etish;
II- BOB. OROL BO`YI HUDUDLARIDAGI OBODONLASHTIRILGAN,
KO`KALAMZOR
HUDUDLAR
LANDSHAFT
DIZAYNI
YECHIMLARI HOLATI TAHLILI VA ULARNING XUSUSIYATLARI.
2.1. Umumiy foydalanishga mo`ljallangan ko`kalamzor hududlar
landshaft dizayni tahlili.
Umumiy
foydalanishga
mo`ljallangan
ko`kalamzorlarga
shahar
tashqarisidagi o`rmon-parklar, umumshahar va tuman markazlarining parklari,
qishloq bog`lari, hiyobonlar, saylgohlar, shahar maydonlari va ko`chalarining
ko`kalamzor hududlari, qirg`oq bo`yi ko`kalamlari va piyodalar ko`chalaridagi
ko`kalamzorlar kirdi.
Umumiy foydalanishga mo`ljallangan ko`kalamzor hududlar aholining
bayram va dam olish kunlarida vaqtini maroqli va sermazmun o`tkazishi, ruhiy
va jismoniy dam olib hordiq chiqarishi uchun eng yaxshi maskandir. Ayniqsa
bunday ko`kalamzor hududlarning estetik did va ilmiy asosda to`g`ri tashkil
etilgan bo`lishi, kishilarning dam olishlarini samarali bo`lishiga, parklar,
istirohat bog`lari, saylgoh, hiyobomlardagi ko`zni quvnatuvchi ko`m-ko`klik,
rang-barang anvoyi gullar isi kishi ruhiyatining ko`tarilishiga sabab bo`ladi.
Ko`pfunksional parklar va istirohat bog`lari, funksional hududlarga bo`linib,
turli yoshdagi bu yerga tashrif buyuruvchilarning istaklariga yarasha dam
olishlariga imkon yaratishi bilan birga, shahar yoki qishloq markazlari
ko`kalamzor tizimining yaxlit bir massivini ham tashkil etadi. Ular boshqa
ko`kalamzor massivlarga va shahar tashqarisidagi o`rmon-parklarga piyodalar
va avtomobil yo`llari ko`kalamzorlari, anhor bo`yi, kanallar qirg`oqlari
ko`kalamzorlari bilan birlashtiriladi.
Quyi-Amudaryo biosfera rezervati.
1- hududning haritadagi joylashuvi; 2- hududdgi diqqatga sazovor yodgorliklar; 3-4hududning Amudaryo qirg`ogidagi o`simliklarining landshaft qiyofasi; 5-Buxoro bug`usi;
Ana shunday shahar tashqarisidagi ko`kalamzor massivlardan biri “QuyiAmudaryo biosfera rezervati” bo`lib, Nukus shahrining hamda Chimboy
Taxtako`pir tumanlarining shimoli-sharqiy qismida joylashgan bo`lib, umumiy
maydoni 68717,7 ga hududni tashkil etadi. Ushbu rezervat 2013-yilda tashkil
etilgan bo`lib, Baday-to`qay milliy davlat qo`riqxonasi asosida tashkil etilgan
hamda hududi kengaytirilgan. Bu shakli jihatidan tuhumni eslatuvchi ulkan
hudud, Qorqalpog`istonning Amudaryo hamda Beruniy tumanlari hududining
bir qismini, quyi Amudaryoning o`ng qirg`og`i va Sulton Uizdak maqbarasi
hududlaridan tashkil topgan.
Ushbu hududni tashkil etishdan maqsad Quyi Amudaryo deltasidagi tabiiy
muhitni saqlash, o`rmon va to`qay o`simliklari va bu yerda yashovchi hayvonot
olami kamayib ketishini oldini olish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish,
hududning ijtimoiy-iqtisodiy holatni saqlash va madaniy boyliklarni himoya
qilish.
Hududning tabiiy estetik qiyofasi kishi zavqini oshiradi, ayniqsa bahor, yoz,
kuz paytlarida hudud tabiiy manzarasi kishini o`ziga jalb etmasdan qolmaydi.
Bu yerda o`simliklarning 167 dan ortiq turi mavjud bo`lib, shu hududning
ekomuhitini saqlashning muhim omilidir. Bu yerda 20 dan ortiq baliq turlari 58
dan ortiq sutemizuvchilar mavjud. Ayniqsa hozirgi kunda qizil kitobga kiritilgan
buxoro bug`usi bu yerda himoya ostida ko`paytirilmoqda, bu esa turistlar
ommasini o`ziga tortuvchi muhim sabablardan biri hisoblanadi.
Quyi-Amudaryo biosfera rezervati.
1-Buxoro bug`ulari o`tloqda; 2-rezervat hududidagi qalin daraxtzorlar massivi; 3-to`qay;
4-bug`ular ko`paytiriladigan mahsus hudud;
Umumiy
foydalaniladigan
ko`kalamzorlardan
yana
biri
madaniy
ko`kalamzor hududlar bo`lib, bunga Nukus shahridagi “Istiqlol” bolalar parkini
misol qilib ko`rsatishimiz mumkin. Bolalar parkining kirish qismida milliy
arxitekturamiz uslubida ishlangan arkali darvoza bo`lib, katta guldonlarda gullar
ikki tarafda qatorlatib ekilgan virgin archalari kishi etiborini jalb etadi. Bog`ning
asosoy kirish yo`lagi bo`ylab qatorlatib ekilgan yaproqbargli daraxtlar, uning
pastki yarusidagi rang-barang gullar va shu qator ritmiga aksent bo`lib turgan
yoritish chiroqlari kishida estetik ruh uyg`otadi.
Bolalar istirohat bog`ining ichki qismidagi ko`kalamzor hududlarda daraxt
va butalar, yo`laklar bo`ylab qatorlashtirilib, ko`kalamzor hududning o`rtalarida
gururhlar
shaklida
sadaqayrag`och,
foydalanilgan.
ekilgan.
mojjevelnik,
Bog`funksional
Bu
yerda
shamshod
hududlarga
tut
turlari
kabi
jiyda,
daraxt
bo`lingan
va
bo`lib,
qayrag`och,
butalardan
bu
yerda
bolalarning dam olishlari, yaxshi hordiq chiqarishlari uchun, turli atraktsionlar,
tematik hududlar, turli bayram tadbirlari tomosha joylari tashkil etilgan.
Istirohat bog`lari
1-2-rasmlar Nukus shahridagi bolalar istirohat bog`i; 2-4-rasmlar Beruniy shahridagi
markaziy istirohat bog`i;
Beruniy shahridagi istirohat bog`i ham, tashkil etilishi va arhxitekturasi
jihatidan o`zida milliyligimizni namoyish etadi. Bu yerdagi daraxt va butalar
parvarishi ancha mehnatni talab etsada, bog` mutasaddilari tomonidan kerakli
choralar amalga oshirib kelinmoqda.
Ko`chalardagi ochiq ko`kalamzor hududlar eng ko`p uchraydigan umumiy
foydalaniladigan
ko`kalamzorlardan
biri
bo`lib,
havoni
kislorod
bilan
boyitishda, qulay mikroiqlim yaratishda haroratni meyorda ushlashda ahamiyati
juda katta.
Nukus shahri ko`chalarining ko`kalamzorlari.
Qoraqalpog`iston respublikasining Orol bo`yiga yaqin hududlarida landshaft
tashkil etish ancha murakkab va uzoq vaqtni talab qiladigan ish. Shunday
bo`lsada ko`klamzorlashtirish ishlari mutasaddilari o`zlariga yuklatilgan ishlarni
sithidildan bajarishga harakat qilmoqdalar. Masalan, yuqorida Nukus shahri
ko`chalarining ko`kalamzorlashtirilishida, turar-joy binolari va avtomobil
yo`llari orasida tashkil etilgan, qatorlatib ekilgan baland daraxtlar massivi, qulay
ekologik muhit yaratishi bilan birga, turar-joy hududini changdan, shovqindan,
quyosh radiatsiyasidan saqlashda muhim ahamiyatga ega (3-rasm). Ko`chalarni
ko`kalamzorlashtirishda ignabargli va yaproqbargli daraxtlarni oralatib ekish
maqsadga muvofiq bo`ladi. Huddi ana shunday uslubdan yuqoridagi ko`chlarni
ko`kalamzorlashtirishda foydalanilgan.(2-rasm)
Suv bo`ylarini ko`kalamzorlashtirishga misollar
1-“Do`stlik” kanali qirg`oq bo`ylari umumir tasvirda; 2-“Do`stlik” kanali qirg`og`ida
joylashgan kafe va favvora; 3-kanal ustidan o`tuvchi yo`l ko`prik;
Alleyalar, bulvarlar tashkil etish aholi harakat yo`nalishida qulay muhit
yaratish ko`chalarni ko`kalamzorlashtirishda etiborga olinishi zarur bo`lgan
talablardan biridir. Ko`chalarda gulzorlar tashkil etish uchun, ko`kalamzor
hudud parter tipida tashkil etilishi lozim.
Suv bo`ylarida ko`kalamzorlar tashkil etish, nafaqat o`sha hududni estetik
qiyofasini oshirish obodonalashtirish uchun, balki yozning jazirama kunlarida
aholining suv bo`yida yaxshi hordiq chiqarishlari uchun yaxshi qulay
imkoniyatdir.
Masalan,
Nukus
shahridagi
“Do`stlik”
kanali
bo`yi
ko`kalamzorlashtirilib, u yerda kafe, muzqaymoq kiosklari, ajoyib favvoralar
barpo etilgan. Bu ko`kalamzor hududni bulvar deb ham atash mumkin, chunki
o`lchami jihatidan ko`kalamzor hudud bo`yi va eni 3:1 nisbatda, yoki undan
ortiq bo`lishi lozim. Bulvarning eni eng kamida 15 metr uzunlikda bo`lishi
lozim. Ushbu hududning ko`kalamzorlashtirilish uslubiga e`tibor berib qarasak,
o`zimizning “chorbog`” milliy uslubimiz yodga tushadi. Chunki asosiy yo`laklar
bulvar tomonlari markazlarini tutashtiruvchi, perpendikulyar chiziqlar asosida
loyihalangan. Yo`laklar tutashgan joyda esa turli minikafe, favvora, dam olish
uchun o`rindiqlar mavjud. Daraxt va butalar ham yo`laklar bo`ylab qatorlatib
ekilgan. Bu yerda ignabarglilardan virgin archasi turlari, g`arb tuyasining
ustunsimon shakllari ko`p ishlatilgan. Yer gazon bilan qoplanib, hamma yoqda
yashillik, kanaldagi suvning ovozi, hamda favvoradan otilgan suvning quyosh
nurida yarqirashi ajoyib manzara kasb etgan.
Bozor hududini ko`kalamzorlashtirishga misol (Nukus shahri)
Bozor hududini ko`kalamzorlashtirishda bozor binolari fasadini yopib
qo`ymaydigan darajada, ammo soya-salqin hudud yaratib beruvchi daraxt va
butalarni ham soliter yoki guruh kompozitsiyalariga asoslangan holda ekish
lozim. Qoraqalpog`iston hududida yaproq bargli daraxtlardan qayrag`och ko`p
ekilganligini kuzatishimiz mumkin. Yuqorida ko`rsatilgan bozor hududi
ko`kalamzorlarida mahalliy yeryopar o`simliklardan foydalanilgan. Bu albatta
iqtisodiy tomondan samarali va qulay mikroiqlim yaratishdagi samarasi ham
yuqori bo`ladi. Ammo ko`kalamzor hududda soya beruvchi daraxt juda kam
ishlatilgan, bu esa issiq kunlarda harid uchun kelgan kishilarga noqulaylik
tug`dirishi mumkin. Biz bu yerdagi mikroiqlimni yaxshilash va chang miqdorini
kamaytirish uchun bozorga kirish asosiy yo`l chekkalariga virgin archasi va
dekorativ tut (pastga egilib o`suvchi shakli) turlarini oralatib qatorlatib ekishni
tafsiya tavsiya etishimiz mumkin. Shuni takidlash joizki O`zbekistonda
o`sayotgan tut turlarining hammasi Orol bo`yi hududlarining sho`rlanish darajasi
o`ta kuchli bo`lmagan hududlarida o`sa oladi.
2.2. Foydalanishi cheklangan ko`kalamzor hududlar landshaft dizayni
tahlili.
Foydalanishi cheklangan ko`kalamzorlarga turarjoy hududlari, kvartallari va
turarjoy oldi uchastkalari, maktablar, bolalar bog`chalari, shifoxonalar, kollejlar,
sport komplekslari, sog`lomlashtirish muassasalari, ishlab chiqarish hududlari,
korxonalar va boshqa jamoat tashkilotlari hududlaridagi ko`kalamzorlar kiradi.
Yuqorida qayt etilgan hududlar bir-biri bilan memoriy-kompozitsion jihatlan
o‘zaro bog‘liq bo‘lsada, ularning landshaft tashkil etilishi turlicha bo‘ladi.
Shahar hududining asosiy qismini esa jamoat binolari tashkil etib, ular aholi
uchun zarur bo’lgan barcha sohalarda: ish, o’quv-tarbiya, hordiq, sog’liqni
tiklash va sport, xizmat faoliyatlarini olib borishida asosiy rolni o’ynovchi
o’quv-tarbiya muassasalari, sog’liqni saqlash va savdo-maishiy xizmat
ko’rsatish, ma’daniy xordiq va sport inshootlari, diniy muassasalardan iboratdir.
Shuning uchun jamoat binolari hududlarida landshaft dizayni yaratish bo’yicha
kompleks yondashgan holda iqlimiy, sanitar-gigienik,
ekologik muhitni
yahshilash uchun xizmat qiluvchi tavsiyalar va funksional, badiiy-estetik
omillarni inobatga olib loyiha ishlarini amalga oshirish lozim.
Orol bo`yiga yaqin bo`lgan aholi yashash hududlari ko`kalamzorlarini tahlil
etishda davom etar ekanmiz, ular orasidan yuqori saviyada tashkil etilgan turarjoy uylari va boshqa jamoat binolari ko`kalamzorlarini ko`rib chiqamiz. Birinchi
bo`lib Nukus shahrida yangi qurilgan, birinchi qavati savdo va maishiy-xizmat
ko`rsatish, yuqori qavatlari turar-joy uylari bo`lgan to`rt qavatli uylar
ko`kalamzorlarini tahlil etib chiqamiz. Uyning arxitektura yechimi jihatidan
zamonaviy va milliy uslublar uyg`unligida tashkil etilgan bo`lib, shahar ko`rkiga
ko`rk qo`shib turibdi. Bu ko`p qavatli uylar katta yo`l chetida joylashgan bo`lib,
avtomobil yo`li va turar-joy binosi orasidagi ko`kalamzor hudud eni ancha
kichik shu sababdan bu yerga daraxt ekib bo`lmaydi. Bizga ma`lumki, daraxtlar
binodan eng kamida 5 metr masofada ekilishi lozim. Masofa kamligi bois bu
ko`kalamzor hududimizga faqat buta va ko`p yillik o`t o`simliklar eka olamiz
holos. Bu esa bino oldidagi sun`iy qomlama va asfalt to`shamaning haddan ortiq
Nukusus shahrida yangi qurilgan ko`p qavatli turar-joy binolari
qizib ketishiga, ko`chadagi avtomobillar ovozi va boshqa shovqinlarni turar-joy
uylariga eshitilishiga sabab bo`ladi. Bizga ma`lumki, daraxt va butalar changni
o`ziga tortadi, quyosh radiyatsiyasini pasaytiradi, bu holatda bino fasadlarining
tez chang bo`lishi va quyosh nurida qizib ketish ehtimoli katta. Bunday
xatoliklarga yo`l qo`ymaslik uchun loyiha ishlarini amalga oshirish jarayonida,
bosh rejani me`yorlar asosida to`g`ri tashkil etish lozim.
Foydalanishi cheklangan ko`kalamzor hududlar
1 – 2 – ko`p qavatli turar-joy uylari ko`kalamzorlari; 3 – hokimiyat binosi (Beruniy tumani)
Orol bo`yiga yaqin tuman va shaharlar landshaftini tahlil etishda davom etar
ekanmiz takidlash joizki, Nukus shahrida ko`kalamzorlashtirish ishlari boshqa
tuman markazlariga qaraganda ancha salmoqlidir. Bu albatta tinimsiz parvarish
va mehnatning samarasidir. Biroq ko`p holatlarda ayniqsa katta hududlarni
ko`kalamzorlashtirishda,
parvarishi
qiyin
sharoitga
mos
bo`lmagan
o`simliklardan ko`ra, mahalliy manzarali o`simliklardan foydalanishimiz
maqsadga muvofiqroq bo`ladi.
Jamoat binolaridan biri bo`lgan hokimiyat hovli hududi ko`kalamzorlarini
tahlil etib chiqamiz (-rasm). Hokimiyat binosi hovli hududi parter tipidagi
landshaft yechimlaridan foydalanilgan bo`lib, ko`kalamzor hudud gazon bilan
qoplangan. O`simliklardan doimiy yashil shamshod, virgin archasi kabi
o`simliklar ekilgan. Bu butalarning, hududdagi gazonning manzaraviy holati
yetarli darajada yuqori emas. Parterning umumiy kompozitsiya yechimi milliy
chorbog` uslubimizga hos bo`lib, ajoyib kompozitsiyon yechimga ega. Biroq
tashkil etilishida ba`zi bir texnik xatoliklarga yo`l qoyilgan. Masalan, odatiy
me`yorlar bo`yicha landshaft tashkil etishda yo`laklar ko`klamzor hududdan
biroz baland bo`lishi lozim. Tahlil etayotganimiz, hokimiyat binosi hududi
oldidagi ko`kalamzor hududda esa aksincha, yo`laklar ko`kalamzor yashil
hududdan pastroq. Bu esa o`simliklar sug`orilgan paytda, suv yuqoridan pastga,
ya`ni yo`laklarga oqava suv oqib tushishiga sabab bo`ladi va landshaft
dizaynining estetik qiyofasi buziladi.
16-rasm. I.V.Savitskiy nomidagi davlat san`at muzeyi (Nukus shahri)
Nukus shahridagi davlat san`at muzeyi Arxitekturasi landshaftining tashkil
etilishi jihatidan mamlakatning har tomonlama namuna bo`la oladigan diqqatga
sazovor joylaridan biridi. Muzey binolari o`zida milliy arxitekturamizning
an`analarini jam etgan bo`lib, atrof ko`kalamzor hudud bilan yaxli ansambil
sifatida gavdalanadi. Muzey hovli hududida, qoplamalarida milliy ornamentlar
aks etgan yahlit maydon bo`lib, uning markazida ulkan favvora bu yerga tashrif
buyuruvchilarning jo`shqinligini oshiradi. Favvora yozning issiq jaziramasida
maydon sun`iy qoplamalari qizib ketmasligi va havodagi namlikning me`yorida
bo`lishi, qulay mikroiqlim yartilishidagi eng muhim omildir.
Muzey binolari oldi maydoni va unga yondosh ko`kalamzorlar parter
uslubida tashkil etilgan bo`lib, ko`kalamzor hudud gazon bilan qoplangan,
hudud chegarasi va yo`laklar bo`ylab, past bo`yli yaproqbargli va ignabargli
daraxtlar va yoritish chiroqlari o`rnatilgan. Yo`laklar eni to`rt metr bo`lib,
loyihalash ishlari me`yorlar asosida tashkil etilgan. Parter tipidagi ko`kalamzor
hudud
chetlaridagi
yo`laklar
landshaftida
baland
bo`yli
yaproqbargli
daraxtlardan foydalanilgan bo`lib yopiq muhitlar tarzida loyihalangan alleyalar
tashkil etilgan. Umumiy muzey hududi landshaft dizayni kompozitsiyasi
yechimida markaziy o`rinni diyametri 15 metrdan ortiq bo`lgan pog`onasimon
favvora egallaydi.
16-rasm. Nukus shahridagi FHDYo ko`kalamzor hududi.
Nukus
shahridagi
FHDYo
ko`kalamzor
hududi
landshaft
dizayni
yechimlarini tahlil etadigan bo`lsak, kompozitsiya markazida bino kirish
qismiga tomon yo`nalgan eni 8 metrga yaqin bo`lga asosiy yo`lak, yo`lak
chekkalarida pog`onasimon favvoralar, yo`lak bo`ylab qatorlatib ekilgan, virgin
archalari hamda yoritish chiroqlari e`tiborimizni tortadi. Ko`kalamzor hududda
shuningdek yaproqbargli daraxtlardan qayrag`och va tut turlarini uchratish
mumkin. Ko`klamzor hududga gazon ekilmagan bo`lib, shudgor holida turibdi.
Bu holat yoz paytlarida tuproqning qizishiga va qo`shimcha radiyatsiya
chiqishiga sabab bo`ladi. Albatta gazon ekish, ayniqsa unu parvarish etish,
ancha mashaqqatli va harajattalab ish. Chunki gazon mamlakatimiz iqlimiga hos
bo`lmagan, nam iqlimli davlatlardan keltirilgan ko`p suvni talab etuvchi yer
yopar o`simlikdir. Shunday qilib, masalaning holatini mahalliy yeryopar
o`simliklarni ekish, erta bahorda urug`larini sepish orqali hal etish mumkin. Bu
o`simliklar o`zlaridagi transpiratsiya jarayoni orqali tuproqning qizib ketishini
oldini olishadi. Albatta bu yeryopar o`simliklar doimiy yashil bo`lmay kuzda
sarg`ayishi mumkin. Demak bu yeryopar o`simliklarni kuzda tozalab olib yer
ag`darib qo`yiladi va erta bahorda urug`i sepiladi yoki kuzda to`kilgan
urug`lardan o`zi unib chiqadi. Agar shu jarayonni yo`lga qo`ya olsak noqulay
iqlim va ekologik sharoitlarda ko`kalamzorlashtirish ishlarini har tomonlama
samarali natijaga erisha olamiz.
16-rasm. Nukus shahridagi jamoat binolari ko`kalamzor hududi.
1 – “Turan” sport saroyi; 2 – Akademik litsey; 3 – Nukus olimpiya zahiralari kolleji; 4 –
Nukus shahridagi 1- o`rta maktab;
Jamoat binolari orasida o`quv muassalarini ko`kalamzorlashtirish alohida
mas`uliyat va sabr toqatni talab etidi. Chunki, ertamiz egalari bo`lgan yosh
avlodni har tomonlama sog`lom, aqliy barkamol, hayotga qiziqishi kata,
intiluvchan yoshlar etib tarbiyalash uchun, barcha shart sharoitlarni yaratib
bermog`imiz lozim. Bog`cha, maktab, akademik litsey, sport maktablari
hududini ko`kalamzorlashtirishda bolalar uchun zararsiz, tikansiz, allergik
kasalliklar keltirib chiqarmaydigan, zaharsiz daraxt, buta, ko`p yillik va bir yillik
gullar va o`t o`simliklardan foydalanishimiz lozim.
Nukus shahridagi “Turon” sport saroyi hamda akademik litsey hovli
hududini ko`kalamzorlashtirish, ancha namunali tashkil etilgan. Bu yerga
ekilgan daraxt va butalar hali yosh bo`lganligi bois yetarli darajada havoni
kislorod bilan boyita olmaydi va namlikni me`yorlashtira olmaydi. Bunday
vaziyatda hududda qulay mikroiqlim yaratish uchun ko`kalamzor hudud
dekorativ o`t o`simliklar va gullar bilan zich qilib lanshaft tashkil qilingan.
Bunda gullardan kanna turlari ko`p ishlatilgan.
16-rasm. Nukus vokzali manzarasi
Aeraport va vokzallarni haqli ravishda mamlakat yoki shaharlarning ostonasi
deb atash mumkin. Ziyorat uchun tashrif buyurgan mahalliy mehmonlar, chet el
sayyohlari birinchi bo`lib ostonadan kelishadi demakki birinchi tasavvur hosil
bo`lishida aeraport va vokzallarning ahamiyati katta.
U yerdagi xizmat
ko`rsatish darajasi yaxshi bo`lishi, yuqori estetik qiyofadagi arxitektura va
dizayn namoyon bo`lishi lozim.
Foydalanishi cheklangan ko`kalamzor hududlarni tahlil etishda davom etar
ekanmiz Nukus vokzaliga to`xtalib o`tishni joiz deb bildik. Nukus vokzali
binosi, rejasi va arxitekturasi bo`yicha o`zida milliy va zamonaviy uslublarni
birlashtirgan bo`lib, atrof muhitida tashkil etilgan ko`kalamzor hudud landshaft
dizayni yechimlari bilan yaxlit qiyofa kasb etadi.
Ko`kalamzor hudud kompozitsiyasi bino kompozitsiyasiga monand tarzda
o`zida milliyligimizni aks ettirib, bino oldi hududida sun`iy qoplamali maydon
maydon o`rtasida, kompozitsiya markazini tashkil etuvchi ulkan favvora bunyod
etilgan. Favvora ajoyib estetik qiyofa kashf etishi bilan birga funksional
ahamiyatga ham ega bo`lib, yozning jaziramasida havodagi namlikni
me`yorlashtirish orqali, ochiq maydon sun`iy qoplamalari qizib ketishi oldini
oladi. Hudud kompozitsiyasida yo`laklar milliy chorbog` uslubini namoyon
etgan holda o`zaro perpendikulyar kesishuvchi chiziqlar asosiga qurilgan.
Dizayn yechimlarida kichik arxitektura shakllari bilan bog`liq bo`lgan
landshaft qurilmalaridan, o`rindiqlar, chiqindi tashlash qutilari, gullar uchun
vazalar, yoritish chiroqlari, kiosklar loyihalangan. O`simliklardan ignabargli va
yaproqbargli daraxt va butalar parter tipida kompozitsiya qilingan bo`lib, yashil
hudud gazon bilan qoplangan. Daraxt va butalarga sharsimon va konussimon
shakillar berilib, umumiy yaxlit kompozitsiya tashkil etilgan.
2.3.
Maxsus maqsadlarga mo`ljallangan ko`kalamzorlar landshaft
yechimlari tahlili.
Maxsus maqsadlarga mo`ljallangan ko`kalamzorlarga esa ko`cha va
transport magistrallari bo`ylab joylashgan ko`kalamzorlar, sanitariya-himoya va
suv havzalari muhofaza qilish hududlari, stadionlar, o`rmon xo`jaliklari,
qabristonlar, gullar va ko`chatlar yetishtiruvchi xo`jaliklarning ko`kalamlari
kiradi. Aytib o`tilgan ko`kalamzorlar shahar va qishloqlar hududida muayyan bir
tartibda joylashib, zamonaviy shahar va qishloq ko`kalamzorlarning yaxlit
tizimini tashkil qiladi.
Transport magistrallari ko`kalamzorlari ko`kalamzorlashtirish tizimidagi
juda ham muhim o`rinni egallovchi yo`nalishlardan biri bo`lib, ekologiya va
atrof muhit tozaligini saqlashda ahamiyati juda katta. Ko`kalamzorlashtirish
ishlari to`g`ri tashkil etilgan transport magistrallari qoplamalari yozda juda qizib
ketib odamlarga noqulaylik tug`dirmaydi, aholiga ortiqcha shovqin, chang, va
zaharli
gazlarni
yetib
borishiga
yo`l
qo`ymaydi.
Magistral
yo`llar
ko`kalamzorlari eni kamida 10 metr qilib loyihalanib, yo`lning qarama-qarshi
yo`nalishlari orasiga hamdaraxt va butalar ekiladigan ko`kalamzor hudud tashkil
etilib atrofga alleyalar loyihalansa maqsadga muvofiq bo`ladi. Chunki, kunning
turli paytlarida darxatlar soya hosil qilib, quyosh nurining bir nuqtaga to`xtovsiz
tushishiga yo`l qo`ymaydi.
Agarda transport magistral yo`llari, yo`lakchalar, maydonlar bevosita tik
quyosh nurlari radiatsiyasi ta'sirida, quyosh botganidan keyin ham uzoq vaqt
davomida issiqlik chiqarib tursa, mikroiqlimga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Atrofmuhitning haddan tashqari qizishiga va havo haroratining ko'tarilishiga sabab
bo'ladilar. 65 °С gacha qizigan sun`iy qoplama issiqlik qaytarishi 0,48 kal/sm2
ni tashkil qilib, u intensiv tushayotgan tik quyosh radiatsiyasining yarmiga
tengdir. Yo`l qoplamalarining issiqlik qaytarish xususiyati juda muhim
ahamiyatga ega. Landshaft dizayn loyihalashtirish ishlarini amalga oshirishda
aynan materiallarning shu xususiyatlarini hisobga olish muhimdir.
Qoraqalpog`iston respublikasi Orol bo`yi hududlari transport yo`llari
ko`kalamzorlari tahlili uchun ko`kalmzorlashtirish ishlari samaraliroq tashkil
etilgan Nukus shahri transport yo`llari ko`kalamzor hududini tanlaymiz.
Magistral yo`llar ko`kalamzorlashtirilishida shaharlarga yaqin hududda
daraxt va butalar osti gazon bilan qoplangan biroq ko`p joylarda ochiq tuproq
holida turganligini kuzatishimiz mumkin.
Bu
albatta
yo`lqurilish
va
obodonlashtirish
xizmati
hodimlari
ishlamayotganligi uchungina emas, balki hudud iqlim va ekologik sharoitlariga
mos bo`lmagan yeryopar o`simliklar tanlanmaganligi uchun natija bermoqda.
Avtomobil yo`llari ko`kalamzorlari (Nukus shahri)
Yozning jazirama issiq kunlarida magistral yo`llar ko`kalamzor hududidagi
daraxt va butalar ostki qismi ya`ni yashil hududning faqat tuproqdan iborat
bo`lishi, uning qizishiga sabab bo`ladi. Chunki tuproqda o`simliklardagidek
transpiratsiya jarayoni bo`lmaydi, havoni salqinlashtirmaydi.
Maxsus maqsadlarga mo`ljallangan ko`kalamzorlar landshaft yechimlari
tahlil etishda davom etar ekanmiz, sanoat ishlab chiqarish zonalarining sanitar
himoya hududi tahliliga ham to`xtalib o`tishimiz lozim. Sanitar himoya hududlar
tahlilini Qo`ng`irot soda zavodi misolida ko`rib chiqamiz. Qo`ng`irot soda
zavodi yirik ishlab chiqarish kompleksi bo`lib, 2006-yilda ish boshlagan va
yiliga 100 ming tonna kalsiylashgan soda ishlab chiqarish imkoniyatiga ega edi.
2013- yilda 104 mln dollarlik investitsiya jalb etilib, zavodning ikkinchi navbati
ishga tushirildi va maxsulot ishlab chiqarish quvvati ikki barobarga oshdi.
Hozirda zavod mahsulotlari ichki bozorga yetkazib berilishi bilan birga,
Rossiya, Qozog`iston, Qirg`iziston va Turkmanistonga ham eksport qilinmoqda.
Shunday katta sanoat kompleksining sanitar himoya hududi ko`kalamzorlarini
tahlil etar ekanmiz, hududning hozirgi iqlim va ekologik sharoitida
ko`kalamzorlashtirish ishlarini namunali tashkil etish anchayin murakkab va
uzoq vaqtni talab etuvchi ish ekanligini takidlashimiz lozim. Ammo
ko`kalamzorlashtirish ishlarini ilmiy asoslarini ancha chuqurlashtirish zarurligi
kundek ravshan. Qoraqalpog`iston hududi tuproqlarining sho`rlanish darajasi
ancha yuqori bunday noqulay sharoitga qo`shimcha bo`lib, sanoat gazlari va
chiqindilari o`simlikni zararlasa qurib qolish ehtimoli juda katta. Bunday
bo`lmasligi uchun sho`rga, qurg`oqchilikka va zaharli gazlarga chidamli bo`lgan
o`simlik turlarini to`g`ri tanlash lozim.
16-rasm. Qo`ng`irot soda zavodi.
Sanitar himoya hududlar masofasining aholidan uzoqlik darajasiga qarab
beshta sinfga bo`linadi. Bunda me`yorlar bo`yicha:
- Sanoat obyektlari va ishlab chiqarishning I-sinfi – 1000 metr;
- Sanoat obyektlari va ishlab chiqarishning II-sinfi – 500 metr;
- Sanoat obyektlari va ishlab chiqarishning III-sinfi – 100 metr;
- Sanoat obyektlari va ishlab chiqarishning IV-sinfi – 50 metrga teng.
Qo`ng`irot
soda
zavodi
aholidan
yetarli
darajada
uzoq
bo`lsada
ko`kalamzorlashtirish ishlarida asosan virgin archasidan va bir yillik va ko`p
yillik o`t o`simliklardan ko`p foydalanilgan. Hovli hududidagi gazonning holati
qoniqarli emas.
Biroq bino atrofidagi mahalliy yeryopar iqlim sharoitiga mos o`simliklar
ko`m-ko`k bo`lib, yashnab turibdi. Daraxtlardan virgin archasiga qo`shimcha
sifatida ignabarglilardan, sharq biyotasi, kazax archasi, yaproqbarglilardan,
jiyda, chakanda, oddiy qayrag`och, nayzabargli zarang, seminova zarangi, oq tut
daraxti, tumberg zirki va shukabi daraxt va butalarni ekishni tavsiya etishimiz
mumkin.
16-rasm. Ishlab chiqarish sanoati hududi.
1 - 3 - Qo`ng`irot soda zavodi; 2 - Sanitar himoya hududining sxematik chizmasi;
Sharoitga mos daraxt butalarni ekkanimizda ularni guruh holida, qatorlatib
yashil devorlar tashkil etishimiz, daraxt va butalar massivlari, roshshalarini
tashkil etishimiz maqsadga muvofiq bo`ladi. Ana shunda sanoat hududidan
chiqayotgan turli gaz va chiqindilar aholi hududlariga yetib bormaydi.
Maxsus maqsadlarga mo`ljallangan ko`kalamzorlar landshaft yechimlari
tahlilida davom etar ekanmiz, yana bir yirik sanoat obyekti “Ustyurt gaz-kimyo
kompleksi” sanitar ko`kalamzor hududlariga to`xtalib o`tamiz.
16-rasm. Ustyurt gaz-kimyo kompleksi
1-3-gaz-kimyo kompleks ishlab chiqarish hududi; 2-ofis binosi;
Umumiy qiymati 4 milliard doliarlik loyiha yiliga 4.5 milliard kub metr
tabiiy gazni qayta ishlash hisobidan 3.7 milliard kub metr gaz, 300 ming
tonnadan ortiq politelin, 80 ming tonna polipropilen va boshqa shu kabi
mahsulotlar ishlab chiqarmoqda. Natijalardan ko`rinadiki ish hajmi juda katta,
zavod ishchilari uchun qulay muhit, ekologik toza sanitar normalar asosida
sharoit yaratish lozim. Ayniqsa zavod ishchilari uchun ishlab chiqarish
kompleksi yaqinida turar-joy uylari tashkil etilganligi, ko`kalamzorlashtirish
ishlarini mumkin qadar tezroq va iqlimiy, ekologik, sanitar omillarni hisobga
olgan holda tashkil etishni talab etadi. Ko`kalamzorlashtirish ishlarini amalga
oshirishda tuproqning tarkibini undagi sho`rlnish va boshqa kimyoviy
moddalarni hisobga olgan holda o`simlik turlarini to`g`ri tanlash lozim. Mavjud
ko`kalamzor hudud ahvoli hozircha talab darajasida emas.
Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati juda ko`p tarmoqli faoliyati bilan
mamlakatimizda alohida o`ringa ega. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23avgustdagi 243-son qarorida ”Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati
faoliyatini o`rmon xo`jaliklari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi davlat
qo`mitasi tashkil etish” bo`yicha qator vazifalar belgilab berildi. 2013-yilda
umumiy maydoni 68717,8 gektar bo`lgan, Quyi Amudaryo davlat biosfera
rezervati tashkil etildi. Shundan 11568,3 gektar maydoni rezervatning
qo`riqxona zonasi bo`lib, uning tarkibiy qismi quyidagilardan tarkib topgan.
Tumanlarning
nomlanishi
Amudaryo tumani
Avvalgi yer foydalanuvchilar
Qipchoq o`rmon xo`jaligi
“Mangli dombik” f/x
–
Tuman bo`yicha jami
Baday-to`qay davlat
qo`riqxonasi
Beruniy o`rmon xo`jaligi
Beruniy tumani
qirg`oqhimoya to`g`on va
ko`lnazorati inshooti
boshqarmasi
Tuman bo`yicha jami
Qo`riqxona hududi bo`yicha jami
Beruniy tumani
Yer hududlari
maydoni (ga)
3536,5
71,4
Yer maydonlari
kategoriyasi
O`rmon hududi fondi
Qishloq xo`jalik
yerlari
Zahira yerlari
279,4
3887,3
6462,1
Tabiat qo`riqxonasi
1201,4
17,5
O`rmon hududi fondi
Suv fondi yerlari
7681,0
11568,3
Qolgan 57149,5 gektar yer maydoni buffer zonasi va o`tish zonasidan
iborat. Bu yerga odamlar hudud tabiatini ko`rish undan zavq olish uchun tashriif
buyurishlari mumkin. Bu yerda daraxtlardan tol turlari, to`rang`a teragi, aryan
teragi, qizil eriyantus, hushbo`y ferulla va turli xil boshqa gullar va butalarni
uchratishimiz mumkin.
Hayvonlardan Buxoro bug`usi – “hongul“, bo`rsiq,
tulki, tipratikan, chiyabo`ri, quyon, to`ngiz kabilarni ko`rishimiz mumkin.
3.1Yashil o'simliklarning sovutish effekti asosan ularning bug'lanish uchun
katta miqdordagi energiyani (quyosh radiatsiyasini) sarf qilishi va havoning
nisbiy namligini ko'paytirishi bilan ifodalanadi. Bu jarayon ilmiy tilda
transpiratsiya deb nomlanadi. Ko'pchilik o'simliklar o'zlarining yuqori
transpiratsiya
qobiliyatlari
tufayli
yuqori
havo
haroratlariga
chidamli
hisoblanadilar. Aynan issiq iqlimli cho'l va voha zonalarida aynan transpiratsiya
qobiliyati katta bo'lgan o'simliklarni tanlash muhimdir.
Turli xil o'simlik turlari barglarning fiziologik tuzilishi, shox-shabbasining
tuzulishi, hajmi va boshqalarga qarab, quyosh nurlarini, aks qaytarishi , yutushi
yoki o'tkazishi mumkin. Katta bargli daraxtlar havo haroratini kamaytirishda
eng yaxshi natijalarni beradilar. Issiq va quruq iqlimli cho'l va voha zonalarida
havo haroratini pasaytirib mikroiqlimni hosil qilishda kashtan, eman, katta
bargli jo'ka, doimiy go'zal katalpa, lola daraxtidan foydalanish tavsiya etiladi.
Daraxtlar va butalar
ekilganlik zichligi, barglarining joylashuvi va shox-
shabbasi shakliga qarab albedosi 8-46% atrofida o'zgaradi. Eng katta albedoli
daraxtlar issiqlik energiyasidan yaxshiroq himoyalaydi va ularni qo'llash katta
amaliy ahamiyatga ega. Barg qancha kichik bo'lsa, u shuncha kam issiqlik
radiatsiyasini aks qaytaradi. Ignabargli daraxtlar albedosi yaproq bargli
daraxtlarning albedosiga qaraganda ancha pastdir.
Cho'l va voha zonalari uchun o'simliklar turlarini tanlayotganda ularning
shaffoflik darajalari yuqori bo'lgan daraxtlar tavsiya qilinadi. Barglar daraxt
yuzasi bo'ylab
mozaika tarzida (ketma-ketlikda) joylashib, bir-birini
soyalatmaydi. Agar barglar zich tartibda joylashib, uzluksiz yuza hosil qilsalar,
ularning aks qaytarish qobiliyati oralari bo'sh joylashgan barglarnikidan ko'ra
ko'payadi. Daraxtlar va butalar barglari shox-shabbaning shaffofligi yuqori
bo'lganligi tufayli ko'proq quyosh radiatsiyasini o'tkazadilar. Bu esa atrofmuhitning
ko'proq isishiga sabab bo'ladi. Zich va shaffof bo'lmagan shox-
shabbali daraxt va butalar qordan, quyoshdan, changdan, shovqindan va
shamoldan samarali himoya qiladi. Eman, kashtan, o'tkir bargli zarang, qrim
jo'kasi aynan shaffoflik darajasi kam bo'lganligi tufayli aynan cho'l va voha
zonalarida tavsiya etiladi.
Hududlarni memoriy landshaft tashkil etishda ko‘pincha ikki usul
qo‘llaniladi. Birinchisi mikrorayon bog‘ining yaxlit holida shakllantirilishi
bo‘lsa, ikkinchisi turar joy hududi bo‘ylab ko‘kalamzorlar massivi teng tarzda
tarqatib joylashtiriladi.
Birinchi holatda mikrorayon bog‘i aholining kundalik dam olishiga
mo‘ljallanadi. Bunda, turar joy hududi zich joylashadi va uning atrofi yengil
ko‘kalamzorlashtiriladi.
Ikkinchi holatda butun mikrorayon hududida turar uylar hovlilari, piyodalar
va avtomobil yo‘llari chekkalari hamda turar uylarning tashqi hududlari
ko‘kalamzorlashtiriladi. Mikrorayon bog‘i, tabiatan mavjud yashil hududda
barpo etiladi yoki mikrorayon o‘rtasida qurilishga yaroqsiz jarli maydon bo‘lsa,
uni ko‘kalamzor hududga aylantirish orqali shaklantiriladi. Turar joylar hududi
zich joylashmagan holatda har bir ko‘kalamzorlashtirilgan hovlida aholining
dam olishi uchun yashil maydon tashkil etilishi mumkin. Jamoat markazi yon
atrofidagi kengaytirilgan hududda yashil maydon tashkil etilib, u aholi hordiq
chiqarishi uchun xizmat qiladi. Agar mikrorayon hududida bog‘ tashkil etilsa, u
yerda tabiiy ko‘rinishga ega bo‘lgan suniy ko‘l shakllantirilishi mumkin.
Shuningdek, mikrorayon turar uylari hovlisida ham hovuzchalar barpo etilib,
bolalar va kattalar dam oladigan ushbu hududlarning mikroiqlimini yaxshilashga
hamda mikrorayon hududining estetik ko‘rinishini boyitishga xizmat qiladi.
Mikrorayon hududida alleyalar, hiyobonlar, bulvarlar ham tashkil etilishi
mumkin. Ko‘kalamzor hududlar, odatda, ham soya-salqin beruvchi baland
o‘suvchi daraxtlardan, turli davrlarda gullaydigan butalardan, yer yopma
o‘simliklardan hamda gulxonalardan iborat bo‘ladi. Ko‘kalamzor hududlarning
landshaft dizayni zerikarli bo‘lmasligi lozim. Buning uchun yoritgich
moslamalari, o‘rindiqlar, haykaltaroshlik namunalari, turli ko‘rinishdagi
favvoralar, yer yopma materiallar, kichik memoriy shakllardan unumli
foydalanish lozim bo‘ladi. O‘simliklarning turlicha joylashtirilishi orqali ham
go‘zal kompozitsiyalar yaratish mumkin. Uylar oralig‘idagi hovlilarda bolalar
maydonchalari, kattalar uchun dam olish hududlari, vaqtinchalik avto to‘xtash
joylari va kir yuvish maydonchalari barpo etiladi.
Hovlilardagi landshaft dizayni elementlari kamtarona ko‘rinishga ega
bo‘ladi. Ammo jamoat maydoni hududida tashkil etilgan ko‘kalamzor
hududlarda landshaft dizaynining eng so‘nggi yutuqlari asosida go‘zal
kompozitsiyalar shakllantiriladi. Kompozitsiya elementlarning shakli va
mohiyati hududning xarakteridan kelib chiqqan holda tanlanadi.
Mikrorayonning turar joy hududi eng katta maydonni egallaydi va uning
umumiy manzarasini belgilab beradi. Turar joy hududi bir nechta turar joy
guruxlaridan tashkil topadi.
Mikrorayon aholisining ko‘p qismini bolalar va
o‘smirlar tashkil etishini hisobga oladigan bo‘lsak, turar joy guruhlari orasida
bolalar maydonchalari katta hududni egallaydi. Ushbu maydoncha bolalarning
faol hordiq chiqarishi uchun barpo etilgan attraksionlardan, dam olishga
mo‘ljallangan o‘rindiqlardan, qumli o‘yin maydonchalaridan hamda qisman
soya beruvchi yashil hududlardan tashkil topadi.
SHuni takidlash joizki, mikrorayonning barcha ko‘kalamzor hududlari
yagona landshaft kompozitsiyasiga asoslangan ko‘rinishda shakllantirilishi
lozim. Hovlilar yaxshi nisbatlarga ega bo‘lishi hamda uylar derazasidan
qaraganda jozibali manzarani kuzatish imkoniyati yaratilishi kerak. Hovli
maydonlari yorug‘ va keng bo‘lmog‘i lozim. Chunki tor va uzun hovlilar
insonning kayfiyatini tushiradi va ulardan unumli foydalanish mushkul bo‘ladi.
Hovlilarning dunyo tomonlariga va magistral ko‘chalarga nisbatan
to‘g‘ri
joylashtirilishi juda muhimdir. Aks holda hovlilar unchalik quyoshli bo‘lmaydi,
ular sershovqin va shamollar ta’sirida bo‘ladi.
Turar joylar hovlisini mayda ko‘kalamzor uchastkalariga bo‘lib tashlash
yaramaydi. Bu erda tantanavor ko‘rinishdagi gulxonalar, og‘ir monumental
kichik shakllarning joylashuvi ham noo‘rin. Hovlilarda dabdaba va simmetrik
ko‘rinishlar ham qo‘llanmasligi kerak. Ekiladigan daraxtlar va o‘simliklar turi 35 tadan ortmagani maqul. Bunday hududlarda arzon mahalliy o‘simlik turlaridan
foydalanish lozim bo‘ladi. O‘simliklar juda zich va binolarga taqamasdan
joylashtirilishi kerak. Ba’zan 1 ga yer maydoniga 70-80 dona daraxt ekish
kifoya qiladi. (2)
Mikrorayon hududida uy bilan avto yo‘lak oralig‘ida yashil maydoncha
mavjud bo‘ladi. Ushbu maydoncha har bir xonadon sohibi tomonidan uning
xoxishi, didi imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tashkillashtiriladi. Bu esa uy
oldi maydonlarining turlicha, ko‘p hollarda, nihoyatda hunuk holatda namoyon
bo‘lishiga olib keladi. Shu sababdan bu maydonchalarda 1-2 ta daraxt yoki buta
ekib er yuzasini gazon yoki boshqa turdagi er yopma o‘simliklar yordamida
bezash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Umuman olganda, shaharlar ko‘kalamzor
tizimining uchta hududiy darajada, yani makro-, mezo- va mikro- darajalarda
ko‘rib chiqish zarur va bu tizimda mikrorayon ko‘kalamzor hududining o‘z o‘rni
va ahamiyati borligini unutmaslik kerak.
II- bob bo’yicha xulosa.
Issiq va quruq iqlimli Orol bo`yi hududlarida jamoat binolarining landshaft
dizayni tashkil etish va landshaft kompozitsiya yechimlarini takomillashtirib
mikroiqlimni yaxshilash shahar aholisi, bu yerga tashrif buyuruvchi mehmonlar,
sayyohlar oqimi va ularning mehnat faoliyati, dam olish, savdo va maishiy
xizmatlardan foydalanish, ta’lim va tarbiya jarayonining samarasini va sifatini
oshirishga xizmat qiladi.
Shunday qilib, masalaning holati, amaldagi shaharlarni rejalashtirish,
qurish
bo'yicha qoidalar, uslubiy tavsiyalar va ko'rsatmalar cho'l va voha
zonalarida
jamoat
binolarining
hududlarini
landshaftini
tashkil
etish
rejalashtirishni takomillashtirishni talab qiladi.
Issiq va quruq iqlimli cho'l va voha zonalarda jamoat binolarining landshaft
dizayni tashkil etish va landshaft kompozitsiya yechimlarini takomillashtirib
mikroiqlimni
yaxshilash shahar aholisi, mehmonlari, sayyohlarning mehnat
faoliyati, dam olish, savdo va maishiy xizmatlardan foydalanish, ta’lim va
tarbiya jarayonining samarasini va sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Ikkinchi bob bo`yicha xulosa qilib aytganda, Orol bo`yi hududlariga yaqin
joylashgan aholi turar joylari ko`kalamzorlari tahlili quyidagi xulosa fikrlarni
paydo qildi:
1. Jamoat joylari, avtotransport yo`llari ko`kalamzorlari tashkil etishda
yaproqbargli va ignabargli daraxtlarni ketma ket tarzda ekish maqsadga
muvofiq;
2. Ko`kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etishda umumfoydalaniladigan
kata hududlarda landshaft tashkil etishda alohida parvarish talab etiladigan
o`simliklardan foydalanmaslik lozim;
3. Ko`kalamzorlashtirishda ignabarglilardan: virgin archasi, sharq biotasi,
g`arb tuyasi (o`rta sho`rlanishga), yaproqbarglilardan: qayrag`och turlari,
sadaqayrag`och turlari, tut turlari, jiyda, shumtol kabi o`rta sho`rlanishga
chidamli o`simliklardan foydalanish kerak
4. Shahar markazlari, alohida diqqatga sazovor hududlar (tarixiy joylar,
turistik markazlar va hk.) landshaftini tashkil etishda introduksent daraxt va
butalar bilan birga yerdagi sho`rni kamaytirish xususiyatiga ega bo`lgan
o`simliklarni (shumtol) birgaklikda guruh holida yoki qator oralatib ekish lozim;
III- BOB. OROL BO`YI HUDUDLARI EKOLOGIK VAZIYATININI
YAXSHILASH
UCHUN
HUDUDLARNI
LOYIHALASHTIRISHDA
LANDSHAFT DIZAYNI YECHIMLARIDAN FOYDALANISH.
3.1 Orol bo`yi ko`kalamzor hududlarini loyihalashtirishda landshaftdizayn yechimlaridan foydalanish hamda sho`rga, qurg`oqchilikka va turli
gazlarga chidamli o`simliklarni tanlashdagi muommolarni bartaraf
etishning asosiy yo’nalishlari va usullari.
Mintaqamiz ajoyib tabiatli serquyosh va shu bilan birga chang miqdori ham
ko`p. Bunday noqulay muhitni bartaraf etishda yashil ko`kalamzor hududlarni
to`g`ri
va
me`yorlar
asosida
tashkil
etishning
ahamiyati
katta.
Respublikamizning Farg`ona vodiysi, Toshkent shahri, Toshkent, Jizzax,
Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarining tog`li va tog` oldi hududlari
o`simliklar o`sishi uchun eng qulay joylar hisoblanib, u yerda landshaft tashkil
etish nisbatan ancha oson. Qolgan hududalar yarim cho`l, cho`l va arid hududlar
hisoblanib, landshaft tashkil etishda, hududlar iqlimiga mos chidamli manzarali
o`simliklarni tanlashni talab etadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi geografik joylashuvi jihatidan, Qizilqum
sahrosining shimoliy-gʻarbiy qismini, Ustyurt platosining janubiy-sharqiy
qismini, Amudaryo deltasini, Orol dengizi o`rnida hosil bo`lgan janubiy Orol
ko`li va ulkan Orolqum sahrosining asosiy qismini egallaydi.
Maʼmuriy-hududiy qurilishi 14 tumandan iborat bo`lib,
№
Tuman nomi
Tuman
markazi
1
Amudaryo tumani
Mangʻit (shahar)
2
Beruniy tumani
Beruniy (shahar)
3
Chimboy tumani
Chimboy
4
Ellikqalʼa tumani
Boʻston
5
Kegeyli tumani
Kegeyli
6
Moʻynoq tumani
Moʻynoq
7
Nukus tumani
Oqmangʻit
8
Qanlikoʻl tumani
Qanlikoʻl
9
Qoʻngʻirot tumani
Qoʻngʻirot
10 Qoraoʻzak tumani
Qoraoʻzak
11 Shomanoy tumani
Sho'manoy
12 Taxtakoʻpir tumani
Taxtakoʻpir
13 Toʻrtkoʻl tumani
Toʻrtkoʻl
14 Xoʻjayli tumani
Xoʻjayli
Tumanlar hududi tuproqlari
Qoraqolpog’iston hududi juda og’ir iqlimiy muhitda joylashganligi, Orol
dengizining tobora qurib borishi sababli ahvol yildan yilga yomonlashmoqda.
Bunday sharoyitda atrof muhitning ifloslanishidan saqlashning choralaridan biri
imkon qadar bor imkoniyatlardan foydalangan holda hududni muntazam
ko’kalamzorlashtirishni amalga oshirishdan iborat. Bizga malumki havo
tarkibini tozalab mo’tadil holda saqlashda o’simliklarning ahamiyati katta.
Hududning tupoq qatlami juda sho’r, yer osti sizot suvlarining yaqin bo’lganligi
sababli daraxtlar juda sekin o’sadi va ko’plab hollarda qurib qoladi. Bunday hol
lanshaft tashkil etishda birqancha qiyinchiliklar tug’dirishi mumkin lekin bu
degani umuman ko’kalamzorlashtirishning iloji yo’q degani emas. Buning
uchun bizdan mehr, parvarish e`tibor talab qilinadi va bunda bizga ilm fan
texnika taraqqiyoti yordam beradi. Tuproq sho’r, sho’r yerda manzarali
o’simliklarni o’stirib bo’lmaydi deymiz. To’g’ri lekin hozirgi kunda
bog’dorchilikda
tuproqsiz
holatda
ham
o’simliklarni
yetishtirish
“gidroponika”(gidro-suv, yunonch ponos-mehnat, ishlash) usuli mavjud. Shu va
shu kabi usullarni ko’kalamzorlashtirishda gazon qoplamalari bilan qoplash
uchun qo’llanilsa maqsadga muvoffiq bo’lardi.
Bunday o`simliklarga: qayrag`och, sadaqayrag`och, tut turlari, saksovul
turlari, cherkez turlari, chogon, boyalich, yulg`un shuningdek, qandim turlari,
juzg`un turlari, bundan tashqari sho`rlanish darajasi kam bo`lgan qumli
hududlarida: akatsiya turlari, jiyda, shumtol turlari, glidichiya, uksus daraxti,
ignabargli daraxt va butalardan: qirim qarag`ayi, virgin archasining chidamli
navlari, sharq biotasi va shu kabilar kiradi. Bu kabi iqlim sharoitiga mos
o`simliklar orqali kompozitsiyalar tuzib, turli xil bog`-park va istirohat bog`lari,
saylgoh, hiyobonlar tashkil etishimiz mumkin. Bu bog`-parklarni tashkil etishda,
bog`-parkchilik san`atining aralash uslubidan foydalanish maqsadga muvofiq
bo`lib, parkning kirish qismi, ommaviy tashriflar, sport va shu kabi hududlari
muntazam uslubda, parkning tinch dam olish qismi, tematik zonalari,
velosipetda aylanish uchun mo`ljallangan hududlari peyzaj uslubda loyihalanishi
tavsiya etiladi. Parkning funksional zonalari bo`yicha loyihalashda o`simlik
kompozitsiyalari ham turlicha tashkil etiladi. Masalan: muntazam uslubda
loyihalanayotgan qismlarda ochiq muhitlar tashkil etilib, shakl berilgan
o`simliklar qatorlashtirib, yashil muhitlar peremetri bo`ylab, yoki simmetrik
tarzda ekiladi. Bunday funksional hududlarni loyihalashda bir yillik va ko`p
yillik gul o`simliklardan keng foydalaniladi. Ulardan turli xildagi klumbalar,
gulli hoshiyalar, rabatkalar tashkil etishda foydalaniladi. Qurg`oqchilika va
sho`rga chidamli gul o`simliklariga: rayhon turlari, staxis, selloziya, zinnia,
portulak, kannaning past bo`yli navlari va shu kabilar kiradi.
Qoraqolpog’iston hududida bir necha yillardan buyon iqlimlashyirilib
kelinayotgan “katalpa (catalpa)” daraxtiga to’xtalib o’tamiz. Hududda ob-havo
qishda sovuq, yozda issiq bo’lishiga qaramasdan yaxshi ko’rsatkichlarni
ko’rsatmoqda. Katalpa ko’kalamzorlashtirishda kamdan kam qo’llanilishiga
qaramasdan judayam ajoyib manzarali daraxt, uni yo’llar atrofi landshaftida
qo’llash yuqori ko’rsatkichli natija beradi. Bu barglari yapaloq yurak shaklida
ajablanarli darajada katta hajimli diyametri 20 sm, chiroyli hushboy hidli gulga
ega. Yaxshi muhitda balandligi 10m diyametri 6m gacha yetishi mumkin.
Katalpa bignoniya oilasiga mansub bo’lib, taxminan 11 turi mavjud. Ularning
ayrimlarining vatani shimoliy Amerika bo’lsa, boshqalariniki esa Xitoy
hisoblanadi. Bizda
bu daraxtning oddiy katalpa (catalpa bignonioides), va
muhtasham katalpa (catalpa speciose) kabi turlarini uchratishimiz mumkin.
Rasmda ko’rib turganimizdek judam chiroyli estetik ko’rinishga ega.
Arxitekturaviy kompazitsiya yaratishda bu daraxt judayam qulay va kutilgan
natijalarni bera oladi ayniqsa muntazam kompazitsiyada, ritmik ko’rinishlarda
qo’llanilsa bo’ladi. Bundan tashqari kompazitsiyada dinamik shakllarni
ifodalashda ham yaxshi samara beradi. Ranglarda kantrast ko’rinishlarni
yaratishda bir qancha imkoniyatlar beradi.
Dukkakli tikonli do`lana (Боярышник колючий Pauls Scarlet) - unchalik
katta bo’lmagan daraxt sharsimon ko’rinishga ega bo’lib, balandligi 4-6mgacha
o’sishi mumki. Barglari mayda to’q yashil rangli yaltiroq. Sergulli toq qizil
rangda bo’lib juda chiroyli ko’rinishga ega. Qadimiy daraxt V-VI asrlardan
buyon mavjud. Tabiyatan baquvvat daraxt ifloslangan havoli yerlarda ham
o’sishi, tuproq tanlamasligi Qoraqalpog’iston hududiga juda qo’l keladi.
Bu daraxt inson solamatligi uchun foydali bo’lib, Evropa meditsinasida
XIX asirda qo’llanila boshlagan. Daraxtdan tayyorlangan preparat gipertonik
hastaliklarda, aterosklerozda, nerv yo’li hastaliklarida, yurak muskullarini
baquvvatlashtirishda qo’llaniladi.
Ko’chalar va bog’-parklar ko’kalamzorlarida foydalanish maqsadga
muvofiq bo’ladi.
Dukkakli lar oilasiga mansub bu darxtning yana bir turi dumoloq
ko’rinishli (боярышник однопестичный,Compasta) juda pastbo’yli, sekin
o’suvchi; 10 yilda daraxt shoxlari diyametri 1mga yetadi. Havo tarkibi va tuproq
tanlamaydi kichik ko’chalar landshaftida foydalanilsa bo’ladi.
Viloyatlar
T/r
Grunt sho`rlanganligi %
Kuchsiz
1
Qoraqalpog`iston
Respublikasi
2
Andijon
3
Buxoro
4
Jizzah
5
O`rtacha
Kuchli
O`ta kuchli
-
27,3
37,4
35,3
43,9
32,9
16,2
7
30,7
7,6
4,2
17,5
38,6
29,1
14,8
Qashqadaryo
25,6
51,8
15,1
7,5
6
Navoiy
19,9
52,1
20,9
7,1
7
Namangan
58,1
26
9,2
6,7
8
Samarqand
50,8
39,7
7,7
1,8
9
Surxondaryo
73
21,1
4,2
1,7
10
Sirdaryo
-
59,9
25,6
14,5
11
Toshkent
71,3
22,5
4,4
1,8
12
Farg`ona
27,9
35,6
22,2
14,3
13
Xorazm
-
59,1
28,1
12,8
57,5
Tarqalish
regioni
Namuna
olish
chuqurligi, m
SiO2
Al2O3
45-58
51
48- 55
52
11-13
12
10-13
12
52 - 61
57
9 -12
11
3-5
4
6-22 53 - 55
54
2-8 48 - 54
11 -13
12
Amudaryoning
Orololdi deltasi
1-4
Amudaryoning
Xorazm deltasi
BuxoroQorako`l
suv
havzasi
Zarafshon suv
havzasi
1-3
Qashqadaryo
botiqligi
Surxondaryo
botiqligi
Farg`ona
botiqligi
O`zbekiston
bo`yicha o`rtacha miqdor
Kimyoviy tarkibi, %
Fe2O3
CaO
MgO K2O
+
Na2O
1-5
52
1-30 49 - 53
51
1-9 52 - 54
53
1-30 51 - 57
54
SO3
CO2
Yig`in
-disi,
%
3-5
4
3–4
3,5
3-4
3
3–5
4
0-1
0,5
0 -3
1,5
8 -10
9
7 -10
8,5
98
8 -13
11
2-4
3
3-4
3,5
0-2
1
5-8
6,5
97
4 - 4,2
4
11-12
11,5
2-3
2,5
2-3
2,5
1-2
8-9
8,5
96
10 -12
11
4-5
4,5
10-12
11
2,6-3,4 3 - 5
3
4
95
10 -12
11
4 - 5 11 -13
12
4,5
4,2 10 5,3
13 11
5
4 - 5 11-12
11,5
4,5
7-9
8
7 -11
11 -12
11
11 -12
11,5
8 -10
10-13
8
11
3 -5 10 -13
4
11,5
1,5
0,4 - 3
2
2,6-3,4 3 - 3,5 0,1 - 2
3
3,5
1
95
9
7 -10
8,5
98
2,5 - 4 0,5 - 2 6,5 - 9
1
8
3,5
97
2,8 - 3 - 4
4,1 3,5 3,5
2,5-4
3
97
1,4 - 3
2
3.2. Orol bo`yiga yaqin joylashgan tumanlar hududlarida an`anaviy va
zamonaviy landshaft dizayni uslublariga asoslangan ko`kalamzor hududlar
tashkil etish bo`yicha loyihaviy takliflar.
Yuqorida o`rganib chiqilgan ko`kalamzorlashtirishning zamonaviy uslublari,
landshaft dizayni kompozitsiyalari tahlili,
Bu bog`-parklarni tashkil etishda, bog`-parkchilik san`atining aralash
uslubidan foydalanish maqsadga muvofiq bo`lib, parkning kirish qismi,
ommaviy tashriflar, sport va shu kabi hududlari muntazam uslubda, parkning
tinch dam olish qismi, tematik zonalari, velosipetda aylanish uchun
mo`ljallangan hududlari peyzaj uslubda loyihalanishi tavsiya etiladi. Parkning
funksional zonalari bo`yicha loyihalashda o`simlik kompozitsiyalari ham
turlicha tashkil etiladi. Masalan: muntazam uslubda loyihalanayotgan qismlarda
ochiq muhitlar tashkil etilib, shakl berilgan o`simliklar qatorlashtirib, yashil
muhitlar peremetri bo`ylab, yoki simmetrik tarzda ekiladi. Bunday funksional
hududlarni loyihalashda bir yillik va ko`p yillik gul o`simliklardan keng
foydalaniladi. Ulardan turli xildagi klumbalar, gulli hoshiyalar, rabatkalar
tashkil etishda foydalaniladi. Qurg`oqchilika va sho`rga chidamli gul
o`simliklariga: rayhon turlari, staxis, selloziya, zinnia, portulak, kannaning past
bo`yli navlari va shu kabilar kiradi.
Parkning peyzaj uslubida loyihalangan hududlari ko`kalamzor hududini
tashkil etishda yopiq va yarim ochiq muhitlarni shakllantirish lozim, bunda
daraxt va butalardan tuzilgan turli xil guruhlar, roshsha va massivlardan
foydalanish kerak. Bunday hududlarda gul o`simliklaridan kam foydalanamiz,
daraxt va butalar esa maysazorlar fonida bo`ladi. Maysazorlarni tashkil etishda,
sho`rga va qurg`oqchilikka chidamli mahalliy yeryopar o`simliklardan
foydalanamiz. Parkning peyzaj qismi uchun turli past bo`yli, mahalliy
manzarali, gullovchi buta va ko`p yillik o`simliklardan miksborderlar tashkil
etishimiz, parkimiz tinch dam olish qismining estetik xususiyatlarini yanada
kuchaytiradi.
3.3. Orol bo`yiga yaqin joylashgan hududlarda landshaft tashkil etish
metodlarini rivojlantirish va takomillashtirish bo’yicha metodologik
tavsiyalar.
Ayniqsa, markaziy Osiyo mamalakatlarini tashvishlantirib kelayotgan hozirgi
zamonning eng yirik global ahamiyatga ega, ekologik fojealaridan biri - Orol
dengizi muammosinig ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar oqibatlari
mintaqaning barqaror rivoji, kelajak avlodlarining sog`lom turmush-tarzi,
atrofidagi muhitning ekologik jihatdan yomonlashishiga olib kelmoqda. Bu
muammolarni hal etishda landshaft dizayni va arxitekturasining maqsadi, Orol
bo`yi hududlari landshaftini tashkil etishni takomillashtirish, zamonaviy
agrotexnik yutuqlar, yangi texnik va texnologik imkoniyatlardan foydalangan
holda, ko`kalamzorlashtirish ishlarini ilmiy asosda olib borish orqali yashash
muhitining
ekologik,
estetik
va
funksional
sifatlarini
uyg`unlashtirish
hisoblanadi.
Biz Orol bo`yi hududlari landshaftini tashkil etishda, tajribada sinalgan
zamonaviy bog`-parkchilik san`ati yutuqlaridan foydalanishimiz maqsadga
muvofiqdir. Ayniqsa katta hududlarni loyihalashda “Loyihalanilayotgan joy
tabiatining bir qismi tarzida yaratilgan bog`lar” tajribasidan foydalanib Orol
bo`yining iqlim sharoitiga mos mahalliy manzarali o`simliklardan foydalanib
milliy parklar tashkil etgan holda, bu yerga tashrif buyuruvchi mehmonlar uchun
zamonaviy dizayn yechimlariga ega bo`lgan estetik go`zal va qulay muhit
yaratishimiz lozim. Albatta “yashil qurilish” uzoq muddatni talab etadigan
jarayon hisoblanadi. Bu uslub iqtisodiy tomondan foydaliligi bilan birga,
ekologik vaziyatni mo`tadillashtirishda ham juda samaralidir. Bunda biz
mahalliy manzarali o`simliklardan turli xil shamol yo`lini to`suvchi yashil
to`siqlar, turli chang-tuzlarni havoga ko`tarilishini oldini olish uchun roshshalar,
Orolqum sahrosi va aholi yashash hududlari orasida ekologik himoya
ko`kalamzor hududlarini tashkil etishimiz maqsadga muvofiqdir. Bundan
tashqari tashkil etilgan ko`kalamzorlar o`sha yerdagi tuproqlarning melirativ
holatini yaxshilashga xizmat qiladi, ko`kalamzorlar hosil qilgan mikroiqlim bu
yerda parvarishi nisbatan qiyinroq bo`lgan o`simliklarning o`sishiga yordam
beradi.
Orol bo`yi hududlaridagi tuproqning sho`rlanish darajasi kuchliroq
hududlarda bog`-parklar tashkil etishda foydalanishimiz mumkin bo`lgan
sharoitga mos o`simlik turlari juda kam. Bunday vaziyatda tashkil etiladigan
ko`kalamzorlarning estetik qiyofasi yuqori darajada bo`lishi ancha qiyin. Ushbu
holat uchun yechim, “Loyihalanilayotgan bino muhandislik tizimining bir qismi
sifatida shakllantirilgan bog`lar” va yopiq oranjereyalardir. Bunday bog`larni biz
shahar va tuman markazlaridagi ma`muriy va jamoat binolari, o`quv ta`lim
muassasalari, bog`chalar va kasalxonalar hududi uchun qo`llashimiz maqsadga
muvofiq. Aholi turar joylari hovli hududlarida huddi qishki bog`lar
ko`rinishidagi yopiq bog`larni tashkil etsak ularning salomatligi uchun juda
foydali bo`ladi, ularning qishki bog`lardan farqi tashqarida qishning izg`irinli
sovug`i emas noqulay ekologik sharoit bo`ladi. Ayniqsa maktab va bog`cha
hududlarida ichki bog`lar yoki yopiq oranjereyalar tashkil etishimiz havoni
tozalash, haroratni me`yorida saqlash, estetik qiyofa tashkil etish bilan birga, bu
yerga ekilgan turli mintaqalarga hos bo`lgan o`simliklar o`quvchi yoshlarning
botanika bog`lari sifatida faoliyat yuritib, ularni tabiatga oshno qilishda muhim
ahamiyatga ega. Bu esa yoshlarni vatanparvarlik, fidoiylik, tabiatga mehr
g`oyalari bilan tarbiyalash yurtini sevishga o`rgatish, vatani uchun xizmat qila
oladigan komil inson bo`lib yetishishida yordam beradi.
“Art-landshaftlar” g`oyasini yurtimizning Orol bo`yi hududlariga tatbiq
etish, ularni ko`paytirish, aholining madaniy hordiq chiqarishi, qiziqarli va
mazmunli dam olishi bilan birga, chet el sayyohlarini o`zimizga jalb etishimiz
uchun muhim omillardan biridir. Hududi jihatidan katta va hamma uchun birdek
qiziqarli art-landshaftlar bu – tematik parklardir.
Tematik parklar – ajoyib hordiq chiqarish, ma`naviy dam olish, vaqtni
mazmunli o`tkazish uchun oilaviy dam olish maskanidir. Ular odamlarning
oilaviy hordiq chiqarishi bilan birga, milliardlab dollorlar aylnib turadigan
turistlik biznesining segmenti hisoblanadi.
Orol bo`yi hududlarining landshaftini tashkil etishda zamonaviy agrotexnik
yutuqlar va texnik texnologik kashfiyotlardan foydalanish, ko`kalamzor
hududlarini energiya bilan ta`minlashning samarali usullarini tadbiq etish
bugungi kunning dolzarb masalasidir. Bizga ma`lumki Orol bo`yi hududlari
tuproqlari tarkibidagi sho`rlanish yuqori darajada. Bunday holatda biz
sho`rlanishga chidamli o`simliklar bilan birga tuproq tarkibidagi sho`rlanishni
kamaytiruvchi o`simliklarni ham ekishimiz mumkin. Bu orqali park yoki
ko`kalamzor hududlarimizdagi o`simlik turlarini ko`paytirish imkoniyatiga ega
bo`lamiz. Suv tarkibini yaxshilash uchun biz azolla, pistia, Eichhornia kabi
suvning tarkibidagi turli zaharli moddalar, tuzlar, sanoat chiqindilarini o`ziga
totib, suvni tozalovchi, shu bilan birga juda chiroyli manzarali ko`rinishga ega
bo`lgan suv o`simliklaridan foydalanamiz.
Parklar tashkil etishda, parkning kirish va ommaviy tashriflar hududlarida
landshaftni chiroyli kompozitsiyali va rang barang chiqishida, mahalliy,
introduksent manzarali daraxt va butalardan tashqari, mavsumiy bir yillik va
ko`p yillik gullardan ham foydalanamiz. Bu manzarali gul va o`t o`simliklari
anchagina katta maydonlarga ekilib, ularni doimiy ravishda parvarish qilish,
sug`orib turish lozim bo`ladi. Bunday holatda samarali hamda ishchi kuchi va
suv resurslaridan tejamli foydalanish imkonini beruvchi “aqlli bog`lar”
texnologiyasini qo`llashimiz maqsadga muvofiq. Ya`ni bunda o`simliklarni
sug`orish, parkning yoritilishi, fontanlardagi nasoslarning ishlashi, yong`indan
havfsizlik
tizimi
va
shu
kabi
ishlar
hammasi
avtomatlashtirilib,
kompyuterlashtiriladi va bosh serverdan boshqariladi. Masalan, manzarali gul
o`simliklarni kunlik sug`orish ishlarini olib qaraylik, bizda avtomatlashgan tizim
har kuni ertalab o`simliklar qatori bo`ylab joylashtirilgan maxsus shlanglar
orqali tomchilatish usulida gullarni sug`oradi. Bunda juda kam quvvatli mini
nasoslar avtomatlashtirilgan server yordamida har kuni bir vaqtda ishlaydi.
Fontanlar ishlash tizimi ham shunga o`xshash bo`lib, ular avtomatik tarzda
ertalab ishga tushirilib, kechki payt fontan nasoslari ishlashdan to`xtatiladi.
Yoritish tizimi ham parkimizning muhim funksional xizmat ko`rsatish
tizimlaridan biri bo`lib, ularni tashkil etishda zamonaviy texnik yutuqlardan
foydalanishimiz lozim. Park yoritgichlarining quyosh nuridan energiya
yig`uvchi va nur yo`q paytda (kechki payt), o`zidan yorug`lik taratuvchi mahsus
energiya samarador turlarini o`rnatishimiz lozim. Parkning yoritish tizimi ham
asosiy serverga ulangan bo`lib, keraksiz paytda energiyani tejash maqsadida,
yoritgichlarning bir qismi o`chirib qo`yiladi. Nasoslar, yong`in havfsizlik tizimi,
turli havfsizlik kameralarining ishlashi uchun, garchi ular energiya samarador
texnologiyalar asosida ishlangan taqdirda ham anchagina energiya talab etiladi.
Orol bo`yi hududlari uchun parkni elektr tok energiyasi bilan ta`minlanish
muammoning eng samarali yo`li quyosh va shamol energiyasidan foydalanish.
Quyosh va shamol energiyasidan foydalanishda hududi katta bo`lgan parklarda,
quyosh batareyalari va shamol parraklari uchun alohida hudud ajratilib, hududga
yaqin joyda energiyani yig`ib hamda tarqatib beruvchi qurilmalar joylashgan
bino ham loyihalanadi. Bu hudud ochiq muhit shaklida tashkil etilib, daraxtlar,
soyasi tushmaydigan darajada masofada ekilishi lozim. Qurilmalar joylashgan
bino esa chirmashib o`suvchi o`simliklar, yoki yashil to`siqlar orqali parkka
tashrif buyuruvchilar ko`zidan pana qilinadi. Bunday energiya to`plash
vazifasini bajaruvchi hududlarni parkning tinch dam olish hududi tarkibida
loyihalash maqulroq, chunki tinch dam olish hududi uchun park umumiy
hududining katta qismi ajratiladi. Hududi biroz kichik parklar yoki istirohat
bog`larini loyihalashda quyosh batareyalari yoki shamol parraklarini alohida
hudud ajratib loyihalash shart emas. Quyosh energiyasi yig`uvchi qurilmalarni
parkdagi bino tomlari, turli ko`shklar (besedka), quyoshdan himoyalovchi tentlar
qoplamasi sifatida loyihalashimiz mumkin. Shamol orqali tok energiyesi
yig`uvchi shamol parraklarini, parkning tinch dam olish hududi uchun dekorativ
landshaft qurilmasi sifatida loyihalashimiz kerak, faqat bu qurilmaga yaqin
yo`laklar, suhbat ko`shklari (besedka) undan qurilma balandligidan ikki barobar
katta masofada joylashishi maqsadga muvofiq bo`ladi.
III- bob bo’yicha xulosa.
Yakuniy xulosalar
Bir so`z bilan aytganda ko`zda tutilgan chora tadbirlarning amalga
oshirilishi,
Orol
bo`yi
hududlari
landshaftini
tashkil
etish
va
ko`kalamzorlashtirish borasida samarali natijalarga erishishimizga yordam
beradi. Ayniqsa uning moddiy texnik bazasini zamonaviylashtirishimiz
energiya tejamli texnika va texnologiyalarni qo`llagan holda turli parklar,
istirohat bog`lari, hiyobon, saylgohlar barpo etishimiz, hudud ekologik
vaziyatini yaxshilash bilan birga, qulay mikroiqlim yaratish, aholining bayram
va dam olish kunlarini maroqli va sermazmun o`tkazishida yordam beradi.
Adabiyotlar:
1. A. S. Uralov, L. A. Adilova. Landshaft arxitekturasi. Cho`lpon nomidagi
nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent – 2014. 382b
2. Н. Я. Крижановская. Основы ландшафтного дизайна. Ростов-на-Дону
«Феникс» 2005. 205 стр.
3. V. L. Shuls, R. Mashrapov. Oʻrta Osiyo gidrografiyasi. T. 1969.
4. Dosaxmetov A. O. Aholi yashash joylarini ko`kalamzorlashtirish.
Ma`ruzalar matni. Toshkent, ToshDAU, 2001.
5. Adilova L.A. Landshaft arxitekturasi II-qism. Toshkent. 2009
6. Arianson L. Jemchujina sadovo-parkovogo iskusstvo. Jil. i kommun.
xozyaystvo. 1979, № 8 st. 20
7. Rubsov L.I. Proektirovanie sadov i parkov. M., Stroyizdat, 1979
8. Dobronravova E.A., Sulaymonova SH.M. Landshaft dizayni. Ukuv
kullanma, 1-kism. Toshkent, 2012
9. Mixaylov S., Kuleeva L. Osnovы dizayna. Kazan, 1999
10. Ojegov S.S., Uralov A.S., Raximov K.J. Landshaft arxitekturasi va
dizayni.2003.
11.
Download