Tasdiqlayman 3O7-DIUM rahbari Bochkaryova S.A ---------------- 2O16-yil MEHNAT TA’LIM O’QITUVCHISI AVEZMURATOVA NIGORANING OCHIQ DARS MAVZUSI: Zardo’zlikda ishlatiladigan naqsh turlari. Kartonga naqsh(gul) tushurish va qirqish. Ish o’rnini tashkil qilish. Mavzu: Zardo’zlikda ishlatiladigan naqsh turlari.Kartonga naqsh(gul ) tushirish va qirqish. Ish o’rnini tashkil qilish. Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga zardo’zlikda ishlatiladigan naqsh turlari. Kartonga naqsh (gul) tushirish va qirqish. Ish o’rnini tashkil qilish haqida ma’lumotlar berish. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka o’rgatish.Turmushdagi ehtiyojlar va ulardan foydalanishni tushuntirish. Texnika xavfsizligi qoidalari, ish o’rnini tashkil qilish qonun qoidalarini tushuntirish, sanitariya gigiyena talablariga to’liq rioya etishni o’rgatish. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilar tasavvurida zardo’zlikda ishlatiladigan naqsh turlari. Kartonga naqsh(gul)tushirish va qirqish. Ish o’rnini tashkil qilish haqida bilim, ko’nikma va malakalarini hosil qilish. Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi. Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol-javob, mustaqil ishlar bajarish, ko’rgazmali va boshqalar. Dars metodi: Guruhlarda ishlash, ”Klaster”, “B,B,B”, “Aqliy hujum”, “Kim chaqqon-u, kim epchil” metodlaridan joydalanish. Darsning jihozi:Tikuvchilik o’quv xonasi, mehnat ish qurollari va jixozlari, rasm va tarqatma materiallar, o’quv qurollari, test materiallari. Darsning borishi: I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish b) Davomadni aniqlash s) Darsga tayyorgarlik ko’rish d) O’quvchilar diqqatini darsga qaratish. II. Uyga vazifani so’rash: a) Savoi-javob o’tkazish 1. Zardo’zlik san’ati qachon va qaerda rivojlangan? 2. Zardo’zi tikish nechanchi sonli ignalar ishlatiladi? 3. Zardo’zlikda necha xil qaychilardan foydalaniladi? b) Topshiriqlarni tekshirish s) Amaliy mashg’ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish. III. Yangi mavzu bayoni: Xalq amaliy bezak san’atida,jumladan, zardo’zlikda ham naqshlar muhim o’rin tutadi.Chunki,zardo’zlik xaiq amaliy san’atining qo’l choklari orqali hosil qilingan naqshlar asosida badiiy ishlov berish turidir.”Naqsh” arabcha zo’z bo’lib , ’”gul”, “tasvir” degan ma’nolarhi anglatadi.Naqsh-qush, hayvon, o’simlik, novda va boshqa elementlarning ma’lum tartibda takrorlanishidan hosil qilingan bezakdir. Naqsh elementlari tabiatdan to’ridan -to’gri olinmasdan, qayta ishlash asosida hosil qilinadi.Qayta ishlash- o’simlik va xayvonot dunyosidagi tabiiy shakllarni ramziy shakllarga aylantirishdir. O”zbek xalq amaliy bezak san’atida ishlatiladigan naqshlar tuzilishiga ko’ra quyidagi to’rt guruxga ajratiladi: I. Islimi (o’simliksimon) naqshlar-egri shiziqli o’simlik elementlaridan iborat. II. Geometrik (girix) naqshlar to’gri chiziqli eiementlardan tashkil topgan. III. Murakkab (gulli girix) naqshlar-islimi va girix elementlarining chatishmasidan iborat. IV. Ramziy naqshlar (xayvon va odamzod olamidagi shakllarni qayta ishlab hosil qilingan naqshlar). KARTONGA NAQSH (GUL) TUSHIRISH VA QIRQISH. Zardo’zlik texnologiyasiga ko’ra islimi naqshlar guido’zi usulida, geometrik naqshlar zamihdo’zi usulida hosil qilinadi. Myrakkab naqsh turlarida esa ikkala tikish usulidan ham foydalaniladi. Guldo’zi tikish usullarida zar ip kartondan qirqilgangui naqshlari ustidan tikiladi. Qog’ozga chizilgan naqshlar kartonga axta usulida ko’chirilgan. Axta yordamida naqshlarni ko’chirishda yupqa shaffof xitoy qogozi naqshlaridan yuzaga qo’yilib, o’lchab olinadi va shu yuzaga mos axta tayyorlanadi,ya’ni haqshning yarim yoki chorak qismi (agar naqsh simmetrik bo’lmasa’ u holda naqsh butun holatda) qogozga yumshoq qora qalam bilan chiziladi. Shaffof qogoz simmetrik o’qlar bo’icha ikki to’rt va undan ortiq bo’laklarga buklanadi. Buklangan qogoz Yostiqcha ustiga qo’yiladi va naqsh chiziqlari ustidan igna bilan teshib chiqiladi. Teshilgan nusxa aniq va ravshan ko’rinishi uchun teshikchalar opaligi naqsh nusxasining yirik yoki maydaligiga qarab belgilanadi. Nusxa qancha mayda bo’lsa, teshikchalar oraligi shuncha yaqin bo’lishi kerak. Shundan so’ng shaffof qogoz yoyib yuboriladi va butun naqsh nusxasi hosil bo’lgani ko’zga tashlanadi.Nusxa naqsh tushiriladigan nusxasi kerakli yuzaga o’tadi.Xqka izlari o’chib ketmasligi uchun darhol uning ustidan qalam yoki mo’yqalam bilan yurgiziladi. Xoka tayyorlashda maydalangan pista ko’mir kukuni yupqa mato yoki ikki qavat dokaga solinib xalta holida tugiladi. Endilikda zardo’zlikda bu usulni bir oz o’zgartirgan qoida qo’llaydilar. Ular gazeta bo’yogi bilan solyarka moyini aralashtirib yumshoq lattaga shimdiradilar. Axta tushirilgan yupqa shaffof xitoy qogozi “KALKA” ham deyiladi) naqsh tushirilgan karton yuzasi qoyiladi va ustidan buyum bostirib qo’yiladi.Sababi , axta surilib, naqsh nusxasi sifati buzulmasligi kerak.So’ng moy shimdirilgan latta naqsh nusxasi ustidan sekin-asta yurgiziladi. Shundan so’ng naqsh nusxasi karton ustiga mayda-mayda yog doglari shaklida hosil bo’ladi. Xokadan ko’ra moyli lattaning afzalliklari shundaki, uning izlari tezda o’chib ketmaydi. Naqshlarni qirqishda oddiy qaychilardan foydalanish qiyin bo’ladi. Shuning uchun o’ziga xos tuzilishga ega bo’lgan tuyaburun qaychidan foydaliniladi. Bu qaychining tuzilishi haqiqatdan tuyaning bo’yniga o’xshab ketadi. Bunday qaychi bilan naqsh qirqayotganda qaychi kartonning tagida turadi. Qirqayotganda asosan qaychini emas, balki naqsh kompozisiyasi tushirilgan kartonni yurgizish kerak, shundagina qaychi bilan qirqayotgan chiziqlar tekis chiqadi. Naqshlarni qirqish avvalo ichini “kovlab olishdan” boshlanadi. Chunri gullarning ichi eng kichik qirqiladigan yuzalar hisoblanadi. Bu yuzalar qirqib olingach, so’ng ular atrofidagi nokerak yuzalar qirqib olinadi. Gullarni qirqayotganda qirqish chiziqlariga e’tibor berish kerak, aks holda, ularning ko’rinishi buzilishi mumkin, bu esa zardo’zi buymining sifatiga katta ta’sir etadi. ISH O’RNINI TASHKIL QILISH. Zar tikish qulay bo’lishi, tikuvchini charchartmasligi ushun , ish o’nini to’gri tashkil etish’ mehnat qilishning muayyan qoidalariga rioya etish kerak. Asbob va moslamalar qo’yiladigan stol ustidagi ishga yoruglik chap tomondan tushadigan holatda turishi kerak. Agar stolda yashikcha bo’lsa, unda ip maxsus xaltada,asboblar yashikchada turadi. Gavda holatiga ahamiyat berib,bukchaymay, boshni juda pastga tegmasdan o’tirish kerak. Ish vaqtida gavda bir oz oidinga engashgan bo’lishi, ko’z bilan ish o’rtasidagi oraliq 25-3o smdan oshmasligi lozim. V. YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH Mustahkamlash uchun savollar: I. ”Naqsh” so’zini ma’nosini tushuntirib bering. 2. O’zbek xalq amaliy bezak san’atida ishlatiladigan naqshlar tuzilishiga ko’ra qanday guruhlarga ajratiladi? 3. Kartonga naqsh gui qanday usulda tushiriladi? VI.DARSNI YAKUNLASH VA O’QUVCHILARNI BAHOLASH Tikuvchilik xonasini tartibga keitirish. UYGA VAZIFANI E’LON QILISH. Mavzu bo’yicha berilgan barcha ma’lumotlarni o’qib o’rganib kelish.