www.UzReferat.ucoz.net Mashhur yettiliklar Dunyoning yetti mo'jizasi 1. Misr ehromlari 2. Bobil osma bog'lari 3. Artemida ibodatxonasi 4. Galikarnas dahmasi 5. Zevs haykali 6. Rodosdagi haykal 7. Iskandariya mayog'i Yetti xazina 1. Sigir - ro'zg'orning qassobi va baqqoli 2. Asalari - oilaning tabibi 3. Ipak qurti - qizlarning sepi 4. Objuvoz - qozonning yog'i 5. Tegirmon - qorinning belbog'i 6. O'rmon - imorat "suyagi", qozon olovi 7. Tovuq - ham obiyovg'on, ham dori-darmon Hafta kunlari O'zbekcha: Juma, Shanba, Yakshanba, Dushanba, Seshanba, Chorshanba, Payshanba Arabcha: Yavmul-jum'a, Yavmus-sabt, Yavmul-ahad, Yavmul-isnayn, Yavmussalasa, Yavmul-arba'a, Yavmul-hamis Turkcha: Juma, Jumartesi, Pazar, Pazartesi, Sali, Charshamba, Pershembe Inglizcha: Friday, Saturday, Sunday, Monday, Tuesday, Wednesday, Thursday Forscha: Odina, Shanba, Yakshanba, Dushanba, Seshanba, Chahorshanba, Panjshanba Ruscha: Пятница, Суббота, Восскресенье, Понедельник, Вторник, Среда, Четверг Moddalarning yetti ko'rinishi 1. Qattiq holati 2. Suyuq holati 3. Gazsimon holati 4. Plazma holati 5. Neytron holati 6. Epiplazma holati 7. Fizik vakuum holati www.UzReferat.ucoz.net Yetti musiqa notasi 1. Do 2. Re 3. Mi 4. Fa 5. Sol 6. Lya 7. Si Yetti avlod 1. Farzand 2. Nevara 3. Chevara 4. Evara 5. Pannevara 6. Ovora 7. Begona Yetti iqlim 1. Ekvatorial 2. Subekvatorial 3. Tropik 4. Subtropik 5. Mo'tadil 6. Subarktik 7. Arktik Yetti rang 1. Oq 2. Sariq 3. Qizil 4. Qora 5. Ko'k 6. Yashil 7. Apelsin rang Yetti sayyora Qadimgi xalqlar yetti muqaddas sayyora inson hayotiga, taqdiriga, o'zaro harakatlariga bog'liq deb tushunganlar va shundan hafta kunlarini chiqarganlar. Quyosh va Oyni ham shunga kiritishgan. Ular: 1. Quyosh - Oftob, Shams, Xurshid, Mehr, Yashiq; Kuch-g'ayrat ramzi www.UzReferat.ucoz.net 2. Oy - Qamar, Moh, Anbar, Yalchiq; Dilbarlik ramzi 3. Mars - Mirrix, Bahrom, Ko'rkud; Jangu jadal timsoli. Greklarda urush xudosi 4. Merkuriy - Atorud, Hulkar, Surayyo, Orzu, Dabir; Aql-zakovat, donolik ramzi 5. Yupiter - Mushtariy, O'ngoy, Qoraqush, Burjis; Baxt ramzi 6. Venera - Zuhro, Cho'lpon, Sirius, Yildiriq, Nohid, Saqid; Sevgi ramzi 7. Saturn - Zuhal, Sekantir, Kronos; Dehqonchilik va hosildorlik ramzi Yetti mukammal fanlar Qadimgi va o'rta asr ta'lim tizimida ongni va mantiqni yuksaltiruvchi yetti fan mavjud edi. Ushbu fanlarni qadimgi yunon mutafakkirlari komillika eltuvchi yo'l deya ta'riflaganlar: 1. Grammatika 2. Mantiq 3. Ritorika 4. Geometriya 5. Arifmetika 6. Astronomiya 7. Musiqa Qadimgi greklarning yetti donishmandi Eramizdan avvalgi 6-7 asrlarda qadimgi Yunonistonda yashagan faylasuf va siyosatchilarning eng mashhurlari "yetti donishmandlar"dir: 1. Prienlik Bias (er.av. 6 asr) 2. Spartalik Chilon (er.av. 6 asr) 3. Linduslik Kleobulus (er.av. 6 asr) 4. Korinflik Periander (er.av. 585 yilda vafot etgan) 5. Maytilenlik Pittacus (er.av. 650-570) 6. Afinalik Solon 7. Miletlik Fales Yetti dengiz Qadimgi dengizchilar dunyoni 7 dengi o'rab turadi deb hisoblaganlar(okeanlarni ham kiritganlar): 1. Shimoliy Atlantika okeani 2. Janubiy Atlantika okeani 3. Shimoliy Tinch okeani 4. Janubiy Tinch okeani 5. Hind okeani 6. Arktika okeani 7. Janubiy okean www.UzReferat.ucoz.net Qadimgi Rimning yetti podshosi Afsonalarga ko'ra Rimni dastlab boshqargan 7 podsho er.av. 753 yildan 510 yilgacha hukmronlik qilganlar: 1. Romulus 2. Numa Pompilius 3. Tullus Hostilius 4. Ancus Marcius 5. Lucius Tarquinius Priscus 6. Servius Tullius 7. Lucius Tarquinius Superbus Qadimgi yaponlarning yetti xudosi Qadimda yaponlar baxt, boylik va uzoq umr keltirishi uchun 7 ta xudoni o'ylab topishdi. Bunga e'tiqod qilish 15 asrga kelib judayam kuchaydi. Ular: 1. Ebisu - baliq ovlash va savdo xudosi 2. Daikoku - boylik va qishloq ho'jaligi xudosi 3. Bishamonten - omad xudosi 4. Benzaiten - suv va musiqa xudosi 5. Hotei - moy xudosi 6. Fukurokuju - Abadiyat xudosi 7. Jurojin - Uzoq umr xudosi Yetti opa-ukalar Qaqimgi yunon miflariga ko'ra, Pleonlik Atlas bilan Okeanusning qizlari. Mifga ko'ra ular otalarining ayanchli taqdiridan yoki opalari Hyadesning o'limidan ranjib o'z jonlariga qasd qiladilar. Koinotdagi ba'zi yulduzlar ularning nomi bilan ataladi: 1. Electra 2. Maia 3. Taygete 4. Alcyone 5. Celaeno 6. Sterope 7. Merope Yetti qavat osmon Imom Buxoriy va Imom Muslimlardan rivoyat qilingan "isro va me'roj" haqidagi hadislarda payg'ambarimiz Muhammad s.a.v.ning Masjidul aqsodan osmonga ko'tarilganliklari haqida rivoyat qilinadi. Ushbu hadisga ko'ra, Rasululloh s.a.v. yettita osmondan o'tadilar va har bir osmonda quyidagi payg'ambarlar bilan uchrashadilar: www.UzReferat.ucoz.net 1. Birinchi osmon - Odam alayhissalom 2. Ikkinchi osmon - Iso va Yahyo alayhissalomlar 3. Uchinchi osmon - Yusuf alayhissalom 4. To'rtinchi osmon - Idris alayhissalom 5. Beshinchi osmon - Horun alayhissalom 6. Oltinchi osmon - Muso alayhissalom 7. Yettinchi osmon - Ibrohim alayhissalom Islomda iymondagi yetti farz 1. Allohga; 2. Allohning farishtalariga; 3. Allohning kitoblariga; 4. Allohning payg‘ambarlariga; 5. Oxirat kuniga; 6. Taqdirga, ya’ni yaxshilik ham, yomonlik ham Allohdan ekaniga; 7. O‘limdan keyin qayta tirilmoqqa ishonish. Injildagi yetti halok qiluvchi gunoh 1. Mag'rurlik 2. Baxillik 3. Ochko'zlik 4. G'azab 5. Yeb-to'ymaslik 6. Hasad 7. Dangasalik O'rta asrlarning yetti mo'jizasi 1. Rim kollizeyi 2. Iskandariya yer osti yo'llari 3. Buyuk xitoy devori 4. Avliyo Sofiya ibodatxonasi 5. Stonehenge 6. Piza minorasi 7. Nanjing budda ibodatxonasi Zamonaviy dunyoning yetti mo'jizasi Amerika fuqaro muhandislik jamiyati 20 asrda insoniyat tomonidan barpo etilgan quyidagi obidalarni zamonaviy dunyoning yetti mo'jizasi deb atadi. Ushbu ro'yxat dunyoning ko'zga ko'ringan arxitektorlari tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, unda binolarning texnik va ijtimoiyu jihatlari hisobga olingan: 1. Channel Tunnel (Angliya va Fransiyani bog'lovchi suv osti kanali) www.UzReferat.ucoz.net 2. CN Tower (Torontodagi teleminora) 3. Empire State Building (New York shahridagi osmono'par bino) 4. Golden Gate Bridge (San Franciscodagi ko'prik) 5. Itaipu Dam (Braziliya va Paragvaydagi to'g'on) 6. Netherlands North Sea Protection Works (Niderlandiya Shimoliy dengiz muhofazasi) 7. Panama Canal (Panama kanali) Dunyoning yangi yetti mo'jizasi National Geographicga ko'ra quyidagilar dunyoning yangi yetti mo'jizasidir: 1. Katta piramida (Misr) 2. Avliyo Sofiya ibodatxonasi (Turkiya) 3. Piza minorasi (Italiya) 4. Washington maqbarasi (AQSh) 5. Eyfel minorasi (Fransiya) 6. Toj Mahal (Hindiston) 7. Empire State Building binosi (AQSh) Boshqa manbaga ko'ra esa, quyidagicha: 1. Toj Mahal (Hindiston) 2. Buyuk Xitoy devori (Xitoy) 3. Kollizey (Rim) 4. Piza minorasi (Italiya) 5. Eyfel minorasi (Parij) 6. Pasxa orolidagi yodgorlik (Chili) 7. Chichin Itza piramidasi (Meksika) Bu ro'yxatlar eski jahon mo'jizalari kabi aniq bo'lmay, hali ham muhokama qilinmoqda. 2004 yili UNESCO tomonidan dunyoning yangi yetti mo'jizasini aniqlash maqsadida internet-so'rov boshlangan bo'lib, u hali ham davom etmoqda. Natijalar 2006 yil 1 yanvarda e'lon qilinadi. Unga quyidagi nomzodlar qo'yilgan: 1. Avliyo Sofiya ibodatxonasi (Turkiya) 2. Akropol (Gretsiya) 3. Panathinaiko stadioni (Gretsiya) 4. Kolizey (Italiya) 5. Dodjey saroyi (Italiya) 6. Piza minorasi (Italiya) 7. Toj Mahal (Hindiston) 8. Potala ibodatxonasi (Tibet) 9. Algambra ibodatxonasi (Ispaniya) 10. Versal saroyi (Ftansiya) www.UzReferat.ucoz.net 11. Angkor-Vat saroyi (Kombodja) 12. Petr dahmasi (Iordaniya) 13. Kiotodagi qirol saroyi (Yaponiya) 14. Aahan federal sobori (Germaniya) 15. Barselonadagi Muqaddas oila sobori (Ispaniya) 16. Buyuk Xitoy devori (Xitoy) 17. Eski San'a shahri (Yaman) 18. Eyfel minorasi (Fransiya) 19. Ozodlik haykali (AQSh) 20. San-Fransiskodagi "Oltin darvoza" ko'prigi (AQSh) 21. Maya piramidasi (Meksika) 22. Sidney opera teatri binosi (Avstraliya) 23. Pasxa orolidagi yodgorlik (Chili) 24. Timbuktu shahri (Mali) 25. Empire State Building (New York) 26. Macho-Pichku qal'asi (Peru) 27. Kreml saroyi (Rossiya) O'rta asrlarning unutilgan yetti mo'jizasi 1. Abu Simbel dahmasi 2. Angkor Wat 3. Toj Mahal 4. Saint-Michel tog'i 5. Moai Statusi 6. Parfenon 7. Shwedagon budda ibodatxonasi Dunyoning yetti tabiiy mo'jizasi 1. Everest cho'qqisi 2. Katta Barrier rifi 3. Grand Canyon 4. Viktoria sahrsharasi 5. Rio de Janeiro bo'g'ozi 6. Paricutin vulqoni 7. Shimoliy ko'llar Dunyoning yetti suvosti mo'jizasi 1. Palau 2. Beliz Barrier rifi 3. Galapagos orollari 4. Shimoliy Qizil dengiz www.UzReferat.ucoz.net 5. Baykal ko'li 6. Katta Barrier rifi 7. Chuqur dengiz ventillari Dunyoning unutilgan yetti mo'jizasi 1. Big Ben soati 2. Eyfel minorasi 3. Gateway ustuni 4. Asvan to'g'oni 5. Guver to'g'oni 6. Mount Rushmore milliy memoriali 7. Petronas minorasi Dunyoning unutilgan yetti tabiiy mo'jizasi 1. Anhel sharsharasi 2. Fundy qo'ltig'i 3. Iguasu sahrsharasi 4. Krakatoa oroli 5. Fuji tog'i 6. Kilimanjaro tog'i 7. Niagara sharsharasi ARSHNING SOYASIDAGI YETTI KIMSA Abu Hurayra r.a. Payg’ambarimiz Muhammad s.a.v. dan shunday rivoyat qiladilar: “Yetti kishini Alloh taolo Arshning soyasida soyalantiradi: 1. Odil boshliqni; 2. Yoshlikdan Allohning ibodati bilan o’tgan kishini; 3. Yolg’iz holida Allohni eslab ko’z yosh to’kkan kishini; 4. Qalbi doim masjid bilan bog’langan kishini; 5. O’ng qo’li bilan bergan sadaqani chap qo’li bilmagan (ya’ni, maxfiy sadaqa qilgan) kishini; 6. Alloh yo’lida do’stlashgan ikki kishini; 7. Chiroyli ayol fahshga chorlaganda “Alloh taolodan qo’rqaman”, deb bosh tortgan kishini”. Mashhur yettiliklar: 1. Yetti xazina 2. Yetti mo‘’jiza 3. Yetti mahalla 4. Yetti pusht 5. Yetti go‘zal (Sharqning yetti malikasi yoki go‘zali) www.UzReferat.ucoz.net 6. Yetti malak 7. Yetti farishta 8. Yetti iqlim 9. Yetti chaqirim 10. Yetti kulcha 11. Yetti donishmand 12. Yetti kechayu yetti kunduz 13. Yetti karra 14. Yetti — ketdi 15. Yetti qatlam yer 16. Yetti tanga 17. Yetti qaroqchi yulduzlar 18. Yetti qabila 19. Yetti qadam tashlab mehmonni kuzatish 20. Yetti og‘a-ini botirlar 21. Yetti oyda farzandning sut tishi chiqib, yetti yoshda doimiy tishga almashinuvi 22. Yetti qavat osmoni falak 23. Yetti fazilat 24. Yetti kishining biri — Xizr 25. Qo‘shnining yettidan bir haqi bor 26. Yetti uxlab tushimga kirmagan edi 27. Yetimning haqi yetti daryoni quritar 28. Yetti yoshdan yetmish yoshgacha 29. Yetti kishining xislati yetmish xil 30. Yetti qarich 31. Yetti buyuk davlat 32. Mushkulkushoddagi yettita mayiz 33. Yetti avlodga chiroq yoqib farzandlik bo‘ldim 34. Yetti unsur (yuz, qosh, ko‘z, qomat, xol, lab, soch) 35. Yetti jannatning eshigi ochiq 36. Yetti yot begona 37. Yetti mozorga yetti chilton chiroq yoqdim 38. Yetti haromdan hazar qil (nopoklik, andishasizlik, imonsizlik, o‘zgalar haqi, hayvoniy hirs, yolg‘onchilik, nafs balosidan) 39. Hasan Husan kamalagining yetti xil jilosi 40. Yetti xil manzara 41. Yetti o‘lchab bir kes 42. Yetti o‘lchamay, o‘ylamay, yetti mulohaza qilmasdan gapirilgan bir gap bir kun emas bir kun o‘zingga hukmron bo‘ladi. www.UzReferat.ucoz.net MISR EHROMLARI Qadimiy Nil vodiysi Liviya sahrosi bilan chegaradosh hududda, yam-yashil ekinzorlaru, finikiy palmalar o‘rnini sap-sariq qum tepaliklari egallaydigan joyda g‘ayritabiiy shamoildagi tog‘lar ko‘zga tashlanadi. Bu tog‘larning qorasi juda uzoqdan Fayum vohasidan bir necha o‘n kilometr uzoqlikdagi Qohira shahridan ham ko‘rinib turadi. G‘aroyib ko‘rinish, geometrik aniqlik, tarixiy jozibadorlik, qudratli ulug‘vorlik bularning barchasi Misr ehromlarida mujassam. Tadqiqotchi olimlar hozirgacha Nilning quyi oqimidan sahro qumlari ostida ming yillar davomida berkinib yotgan katta-kichik, zina shaklidagi yoki o‘ta tekis sirtga ega yuzga yaqin ehromlarni aniqladilar. Bu ulkan inshootlar Misrning minglab yillik tarixidan hikoya qiluvchi qadimiy poytaxti Memfis shahrini o‘rab turadi. Dunyoga dong‘i ketgan uchta egizak piramidalar ham qadimiy va afsonaviy poytaxt joylashgan tekislik — Gizada qurilgan. Siz ularni bilasiz. Bular, Xeops, Xefren va Mikeren ehromlaridir. Piramidalar orasida eng yirigi Xeops (yoki misrcha nomi Xufu) ehromi bo‘lib, u IV sulola vakillari orasida eng qudratli fir’avn Xufuga tegishlidir.Bu ulkan ehrom hozirgacha inson qo‘l mehnatining ulkan namunasi sifatida saqlanib turibdi. Ehrom asosi to‘rtburchak shaklda bo‘lib, yonlarning har birining uzunligi 227,5 metrga teng. Bu o‘lcham bir-biridan hatto bir barmoq kengligi darajasida ham farq qilmaydi. Demak, Xeops piramidasini to‘liq aylanib chiqishingiz uchun bir kilometrga yaqin yo‘l bosib o‘tishingizga to‘g‘ri keladi. Bu ulkan ehromning balandligi qurilgan paytida 146,5 metrga teng kelgan. Vaqt hakami qilichi ehrom cho‘qqisining ayni paytgacha qariyb 10 metrlik bo‘yini qirqdi. Hozir u 137 metrdir. Vaholanki, muqaddas kitoblarda qarg‘ishga uchragan fir’avnlar qabri XIX asrgacha inson qo‘li bilan bunyod etilgan dunyodagi eng baland inshootligicha qolgan. Balandlik jihatidan undan me’mor Eyfelning mahorati mevasi birinchi bo‘lib o‘zib ketdi. Gizadagi ehromlar ichida ulkanligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchisi fir’avn Xefrenga tegishli bo‘lib, u Xeops piramidasidan 40 yil keyinroq qurilgan. Bu ehrom asosi tomonlarining uzunligi 215 metrdan, balandligi esa 136 metrdir. Ehrom cho‘qqisidagi qadimiy bezak namunasi oq bazalt qoplamasi qisman saqlanib qolgan. Uchinchi ehrom oldingi ikkitaga qaraganda ancha kichik. U fir’avn Mikeringa tegishli bo‘lib, ming yillar davomida o‘z nafisligini saqlab qola olgan. Bu kenja piramidaning tomonlarining uzunligi 108 metrdan, balandligi esa, 66,5 metrga (hozir 62 metr) teng bo‘lgan. Ehromlarning qurilish tarixi ming yillar davomida dahshatli mehnat afsonasining saqlanib qolishiga sabab bo‘lgan. Biroq ulardan hech birida bu ulkan tog‘larning nega qurdirilganiga aniq javob bo‘luvchi dalil yo‘q. Xo‘sh, Misr ehromlari nega qurilgan? Ehromlar devorlaridagi turli shakllardagi rasmlar bu savolga eng haqqoniy javob bera oladi. Biroq tabiatda uchrovchi turli jismlarni aks ettirgan jismlarning www.UzReferat.ucoz.net rasmlari ortida yashiringan sirlarni tushunuvchi mahalliy ziyolini ming yillar davomida saqlash mumkin emas, albatta. Biroq, ularning peshona terlari bu qulf uchun eng munosib kalit bo‘ladi. 1913 yilda bir guruh ingliz tadqiqotchilari Nilning quyi oqimidan noma’lum mutafakkir tomonidan yozilgan yunon-qadimiy misr tili lug‘ati o‘yib yozilgan taxtachani topib olishdi. Shu lug‘at tufayli ayni paytda qadimiy Misr aholisi so‘zlashgan tilning 20 foizini tushunish imkoni bor. Biroq biz bilishni xohlayotgan ehromlarning qurilish sababi qolgan 80 foizlik sirlar ostida yotibdi. Quyida shu kunga qadar piramidalarning bunyod etilish tarixi bilan bog‘liq ayrim tarixchi olimlarning fikrlari qayd qilingan: Mire Shokir xonim (Misr) — “Ehromlarda fir’avnlarning abadiy tirik turish xohishi saqlangan. Ularning mo‘miyolangan jasadlari, rasmlardagi quyosh farzandi fir’avn ekanligi to‘g‘risidagi tushunchalar — bularning barchasi yaqqol dalillardir.” Anri Fukua (Frantsiya) — “Nil daryosi qirg‘og‘ida yashovchi mahalliy xalqning asosiy turmush tarzi shu daryo bilan bog‘liq bo‘lgan. Buni oliy darajadagi hokimlar ham tushungan, albatta. Ehromlar yer sathi va quyosh nurining stabilligini saqlagan. Poytaxt yaqinida og‘ir massali tog‘lar toshqinlar mavsumidagi sel kelishini sezilarli miqdorda kamaytiradi.” U bu mulohazasini ehrom shaklida qurilgan dunyoning turli burchaklarida joylashgan boshqa inshootlar bilan davom ettiradi. Uning fikricha, Solomon orollarida va Yukatandagi qadimiy piramidalar ham xuddi ana shu maqsadlarda bunyod etilgan. Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, Solomon orollaridagi piramidadan afsonaviy shoh Sulaymonning butun boshli xazinasi topilgan (1863 yil). Biroq bu inshootni tadqiq qilishni istagan o‘ndan ortiq kashfiyotchilar toshlardan chiqadigan turli zaharli gazlar tufayli yarim yo‘ldayoq safarlariga nuqta qo‘yishga majbur bo‘lganlar. Biroq ingliz dengizchisi Godli Olgren shohning xazinasigacha yetib bora olgan edi. Yukatandagi piramida esa astronomik kuzatuvlar uchun qurilgan, degan taxminlar bor. Jeyson Gird (Buyuk Britaniya) — “Ehromlar strategik maqsadlarga xizmat qilgan. U orqali mahalliy aholi poytaxtdan qariyb yuz chaqirim naridagi dushmanning harakatlarini bemalol kuzatib tura olgan. Bundan tashqari ular qadimiy Misr qo‘shinining qudrati va madaniyatining buyukligini isbot qilish vositasi bo‘lgan.” Darhaqiqat, Ikkinchi jahon urushi davrida Birlashgan Qirollikning Afrikadagi havo hujumidan mudofaa tizimi ana shu ehromlar ustini imkon qadar tekislab, u yerda kuzatuv punktlari qurishgan. Don Marklar (Buyuk Britaniya) — “Ehromlar fir’avn munajjimlari uchun observatoriya vazifasini o‘tagan. Chunki aynan munajjim rohiblargina fir’avn va xudolar orasida vositachi bo‘lishgan-da. Keyinchalik podsholar xudoga yaqinlikdan umidvor bo‘lib, mo‘miyolangan tanalarini ehrom ichida dafn www.UzReferat.ucoz.net etishlarini so‘ragan.” Yana shunday fikrlar ham borki, uni eshitib beixtiyor og‘izning tanobi qochadi. Masalan, Kaliforniyalik (AQSh) misrshunos Alba Gunte ehromlar inson qo‘li bilan qurilmagan degan fikrda. Uning ta’kidlashicha, bunday ulkan inshootni qurish uchun hatto zamonaviy texnikalar ham ojizlik qiladi. Bu ehromlar o‘zga sayyoraliklar tomonidan qurib ketilgan. U o‘z fikrlarini davom ettirar ekan, ehromlarning nihoyatda pishiq reja asosida qurilgani, uning toshlari orasiga hatto igna tig‘i kirmasligi bilan fikrini isbotlamoqchi bo‘ladi. Piramidalarning ichida maxsus xonachalar bo‘lib, bu shaxsan quyosh o‘g‘lining o‘ziga atalgan. Chunki, fir’avn vafotidan so‘ng jasadi shu xonalardagi maxsus sarkofaglarda saqlangan. Biz mulohazalarimizni M. Shokir xonimning Xeops piramidasi bilan bog‘liq qaydlari bilan davom ettiramiz. “Ehromning ichiga beshta maxsus qurilgan yo‘lakchalar orqali kirish mumkin. Ammo ulardan faqat bittasigina sizni fir’avn qabri joylashgan xonasigacha olib borishi mumkin. Chunki bu yo‘lak bo‘ylab ancha keng yo‘lakka va undan chiqqan bir nechta yo‘laklarga duch kelasiz. Xullas, ehrom ichidagi yo‘lakchalarning “shoxchalashi” sizning fir’avn sarkofagigacha bormasligingiz uchun atay qurilgan. Sarkofag atrofidagi behisob boyliklarning talanishi mumkinligi me’morlarni o‘sha davrdayoq bezovta qilgan. Noto‘g‘ri yo‘lakchalarning oxiri yo‘q... Xuddi labirint singari ulkan ehrom ichida chiqish yo‘lini topa olmay halok bo‘lishingiz hech gapmas. (Kuzatuvlarim davomida chiqish yo‘lagini topa olmagan baxtiqaro odamlar suyaklariga ko‘p marta duch kelganman)”. Keng yo‘lakdan chiqqan yo‘lakchalardan biri sizni fir’avn qabriga, undan chiquvchi maxsus yo‘lak esa, siz aslida qidirayotganingiz tilladan qilingan taqinchoq va turli uy anjomlariga to‘la maxsus xonaga olib boradi. Qadimgi misrliklar odam o‘lganidan keyin shohning shoh, gadoning gado bo‘lib, boshqa dunyoda yashashda davom etishiga ishonganlar. Shuning uchun, fir’avn o‘zga dunyo darvozaboniga bir dunyo tillo taqinchoqlarini isbot qilib ko‘rsatgan va oldingi amalini o‘zga dunyoda ham davom ettirgan. Afsuski, odamzod hamisha boylikka o‘ch. Memfis shimolidagi zinasimon Joser piramidasi va sahro ichida qurilgan Shulek ehromidangina izlangan narsalar chiqqan. Gizadagi uchala ulkan piramidalarning hech biridan na mo‘miyolangan jasad va na boylik chiqdi. Aftidan, quruvchi me’morlar anchayin puxta bo‘lgan ko‘rinadi... MUHABBAT MAQBARASI Muhabbatga qo‘yilgan yodgorliklar barcha davrlarda sadoqat, sevgi va ulug‘vorlik ramzi bo‘lganligi bilan insoniyatni hayratga solib keladi. Odamzod paydo bo‘libdiki sevishga, sevilishga ishtiyoqi baland. Bundan ikki yarim ming yil ilgari yashagan Kariy satrapligi hokimi Mavsol ham shundaylardan edi. U singil-xotini (ba’zan, tug‘ishganlar o‘rtasidagi nikoh qadimgi Misr va Yunonistonda ham www.UzReferat.ucoz.net kuzatilgan) Artemissiyaga bo‘lgan ishqini ming yillar davomida go‘zalligi bilan avlodlarni lol qoldiruvchi maqbara timsolida abadiylashtirmoqchi bo‘ladi. Tarix otasi Gerodot yozadi: ”Kariy poytaxti Galikarnasda shunday maqbara borki, uning go‘zalligi va haybati qarshisida Ellada me’morlari tang qoladilar”. Kariy mamlakati ma’lum vaqt Fors imperiyasi tarkibidagi satrapliklardan biri bo‘lgan. Hozirgi Turkiyaning sayyohlarni o‘ziga jalb qiladigan so‘lim Bodrum shahri bu podsholikning Galikarnas nomli poytaxti edi. Miloddan avvalgi 377-yili shohlik tizgini Mavsolga otasidan meros qoldi. Ko‘pgina tarixchilarning guvohlik berishlaricha, shoh Mavsol o‘ta qattiqqo‘l va berahm hokim bo‘lgan. Uning davrida oddiy fuqaroga nisbatan shafqatsizlik avj olgan. Davlatni ko‘chmanchi bosqinchilardan mudofaa qilish maqsadida Mavsol Kariy tarixidagi eng kuchli armiyani tuzishga erishgan. Bu mamlakatning Fors imperiyasidan amalda mustaqil bo‘lishiga imkon berdi. Armiyani ta’minlash uchun albatta davlat xazinasi doim to‘la bo‘lishi lozim. Shuni nazarda tutib, hokim turli o‘lponlar joriy qilib, Kariy xalqini ularni oyma-oy to‘lab turishga majbur qilgan. Gerodotning yozishicha, Mavsol davrida xalq soch solig‘igacha to‘lagan ekan. Poytaxt Osiyo va Yevropani bog‘lab turuvchi savdo yo‘lida joylashgan edi. Bu esa galikarnasliklarni shohning turli soliqlari tufayli vujudga kelishi muqarrar bo‘lgan qashshoqlikdan saqlab qolgan. Qisqa vaqt ichida shahanshoh g‘aznasi misli ko‘rilmagan darajadagi boylikka to‘ldi. Shunda shoh o‘zi va xotini Artemissiyaning muhabbatlarini ifoda etuvchi maqbara qurdirishga ahd qiladi. Agar davr nuqtai nazaridan e’tibor beradigan bo‘lsak, Mavsol qurdirgan maqbaraning Gerodotning “Tarix” kitobidagi yetti mo‘’jizalar orasidan joy olgan Artemida ibodatxonasidan keyin qurilganini ko‘rish mumkin. Ahamiyatlisi shundaki, har ikkala bino ham Kichik Osiyoda va ikkalovi ham sevgini ulug‘lab bunyod etilgan. Go‘zallik va muhabbat ma’budasi Artemidaga atab qurilgan ibodatxona me’morlari shoh Mavsol tomonidan yollanib, Galikarnas maqbarasi qurilishi va bezagida ham ishtirok etishadi. Elladalik tarixchi Gerodot o‘z mamlakatining go‘zal binolarini boshqa xalqlarnikidan ustun qo‘yishi tabiiy. Biroq o‘zida to‘la sharqona me’morchilik uslublarini jamlagan Galikarnas maqbarasi go‘zalligi oldida u ham tan beradi. Maqbara o‘sha davrda urf bo‘lgan forsiy qurilish uslubidagi poydevor ustida qad ko‘targan. Ma’lumotlarga qaraganda, maqbara qurilishi Mavsol tug‘ilmasidan ancha oldin boshlangan. Biroq rimlik va yunon tarixchilari Galikarnas maqbarasini qurishda shaxsan shohning o‘zi bosh-qosh bo‘lganligini ta’kidlashadi. Qariyb oltmish metr balandlikdagi maqbara uch qavatdan iborat edi. Kvadrat shaklidagi binoning birinchi qavatida shaxsan Mavsol va Artemida uchun atalgan sag‘ana joylashgan. Sag‘ana joylashgan maqbara qavatining umumiy maydoni esa 5000 kvadrat metrni balandligi esa 20 metrni tashkil qilgan. Maqbaraning bu qismi to‘laligicha oq marmardan qadimgi forsiy uslubda bezaklangan bo‘lib, faqat shiftdagina yunonistonlik mashhur me’mor www.UzReferat.ucoz.net Skopasning ijod mahsuli aks etgan. Hozirgacha turli rivoyatlarga sabab bo‘lib kelayotgan qavat shiftidagi tasvirlarda ellinlarning jangchi ayol — amazonkalar bilan jangi haqidagi afsona “Amazonamaxiya” o‘yib tushirilgan. Rimlik tarixchi Pliniy bergan ma’lumotlarga ko‘ra, maqbara qurilishida Skopasdan tashqari Leoxar, Briaksid va Timofey kabi Peloponnesning mashhur me’morlari ham ishtirok etishadi. Xuddi shu tarixiy shaxslar Aleksandr Makedonskiy davrida ham saltanatning bunyodkorlik ishlarida faol qatnashganlar. Bahaybat ustunlar bilan o‘ralgan ikkinchi qavatda esa, qurbonlik maydoni bo‘lgan. Bu yerda mahalliy aholi va aslzodalar ma’bud va ma’budalariga atab qurbonliklar qilishgan. Maqbaraning uchinchi qavatida marmar ehrom joylashgan bo‘lib, uning oftob nurida jilolanishi bir necha chaqirim naridan ham ko‘ringan. Aslida bu ehrom shoh Mavsol va xotini Artemissiyaning to‘rt otli aravadagi haykallarini ko‘tarib turishga xizmat qilgan. Haykallarda g‘alaba tantanasi aks ettirilgan bo‘lsa kerak, chunki ko‘pchilik tarixchilar arava suvoriylarining (shoh va xotini) jangdan qaytayotgandagi mag‘rur turganini tasvirlaganlar. Maqbara haybatli sher haykallari bilan o‘ralgan. Bino Galikarnasning eng so‘lim joyida bog‘-rog‘lar orasida joylashgan. Hayratlanarlisi, Mavsol sag‘anasi yoki Galikarnas maqbarasi o‘n sakkiz asr mobaynida qad ko‘tarib turgan. O‘n oltinchi asr boshlaridagi zilzila tufayli Bodrumdagi bu g‘aroyib me’moriy obida ulkan talofat ko‘radi. Aslida oddiy zilzilalar shunday qudratli binoni avlodlar yodidan ko‘tarilish darajasida kunpayakun qilmaydi. Ma’lumotlarga qaraganda, 1522 yilda usmonli sulton Sulaymon Rodosga yurish qilishga hozirlik ko‘radi. Xavfni sezgan orol magistri(hokimi) o‘z ritsarlarini to Yevropadan yordam kelguncha, qit’aga — Mezina(Galikarnasning XVI asrdagi nomi)ga sulton qo‘shinlarini o‘tkazmay turish uchun yuboradi. Bu yerda jangchilar mudofaa istehkomi qurish uchun xarsang toshlar yig‘adilar. O‘sha paytdagi jangchilar qo‘mondonining qaydlaridan harbiy istehkom uchun aynan Galikarnas maqbarasining zilziladan qolgan toshlaridan foydalanganliklarini ko‘rish mumkin. Qo‘mondon bu qoldiqlarning qanday binoga tegishli bo‘lganini tasavvur ham qila olmagan. Biroq u bu sirli joydagi go‘zallikni bir olam zavq bilan hikoya qiladi. Muhabbatga atab qurilgan maqbara qoldiqlari hozir mahalliy dehqonlarning uy devorlari bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘n sakkizinchi asrda ba’zi ingliz tarixchi olimlari Mavsol sag‘anasidan topilgan ayrim haykal bo‘laklarini Londonga Britaniya muzeyiga olib ketganlar. Topish imkoni bo‘lgan qolgan qoldiqlar esa Istambuldagi tarix muzeyida saqlanayotir... Shoh Mavsol nega bu maqbarani aynan xotini uchun qurdirdi? Vaholanki, o‘sha paytda sag‘ana atalishi mumkin bo‘lgan xilqatlar ko‘p edi-ku (ma’bud va ma’budalar, xudolar, harbiy salohiyatini ko‘z-ko‘z qilish yoki o‘zi uchun)?! Rimlik tarixchi Avl Gelliyning yozishicha, turli soliqlari va shafqatsizligi tufayli xalqining nafratiga duchor bo‘lgan shohni faqat xotini Artemissiyagina sadoqat bilan sevgan. Uning qayd qilishicha, 24 yillik hokimlikdan so‘ng Mavsol boqiy www.UzReferat.ucoz.net dunyoga rixlat qilgach, Artemissiya Kariyni yana ikki yil muvaffaqiyat bilan boshqarib turgan. Zamondoshlari uni mohir sarkarda va siyosatchi sifatida eslashadi. Maqbaraning bitmay qolgan tepa qismi ham shoh Mavsol o‘limidan so‘ng xotini tomonidan bitkaziladi. Xuddi shu sag‘ana tufayli rimliklar va ulardan so‘ng butun nasoro olami maqbarani “mavzoley” deya atay boshlashdi. http://www.178maktab.ucoz.net/referat/