NIZOMIY NOMIDAGI TDPU O’ZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI o`qituvchisi M.Rahmatovning 301-302-guruhlarda “O`ZBEK TILI TARIXI” fanidan o`tkazgan OCHIQ DARSI HUJJATLARI (2015-2016-o‘quv yili) O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI NIZONIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI O`ZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI o`qituvchisi M.Rahmatovning 301-302-guruhda “O`ZBEK TILI TARIXI” fanidan “Eski o‘zbek tilida kelishiklar” MAVZUSIDA O`TKAZGAN OCHIQ DARS ISHLANMASI TOSHKENT-2015 4-MAVZU: OTLARDA KELISHIK Ma’lumotli ma’ruzaning texnologik kartasi Ma’lumotli ma’ruzaning texnologik kartasi Ish bosqichlari va vaqti 1-bosqich. O‘quv mashg’ulotiga kirish (Da’vat bosqichi) (10 minut) 2-bosqich. Asosiy (Anglash bosqichi) (50 minut) 3-bosqich. YAkuniy (Fikrlash bosqichi) (20 minut) Faoliyat mazmuni O‘qituvchi 1.1. Talabalarning qadimgi turkiy tilda olgan bilimlari esga tushiriladi. Hozirgi o‘zbek tilidagi shakllarini esga tushiradi. (1-ilova) 1.2. Talabalarning erkin fikrlarini eshitadi 1.3. Mavzuning nomlanishi, maqsad va kutilayotgan natijalarini bayon etadi. (2ilova) 2.1. Mavzu bo‘yicha ma’ruza matnini tarqatadi, uning rejasi va asosiy tushunchalari bilan tanishishni taklif etadi. (2ilova) 2.3. Taqdimot texnologiyasi yordamida asosiy nazariy ma’lumotlarni bayon etadi. Jalb qiluvchi savollar bilan murojaat etadi, mavzuning eng asosiy tushunchalarini ajratib ko‘rsatadi, har bir o‘quv biriligi bo‘yicha xulosalar qiladi. (3-ilova) 3.1. Talabalarning mavzu yuzasidan tasavvur va tushunchalarini aniqlash maqsadida “Insert” grafik organayzerini taqdim etadi. (4-ilova) 3.2. “Insert” grafik organayzerini namoyish ettirish orqali talabalarning umumiy tasavvurlarini aniqlaydi. 3.3. Aniq tasavvurlar shakllanmagan qismlarini qayta tushuntiradi. 3.4. Mustaqil ish uchun topshiriq beradi va uni baholash mezonlari bilan tanishtiradi. Talaba Talabalar fikrlaydilar, o‘ylaydilar, avvalgi bilimlarini xotirlaydilar. O‘z fikrlarini boshqalar bilan o‘rtoqlashadilar. Tinglaydilar, yozib boradilar. Tinglaydilar, savol-javoblarda ishtirok etadilar, muhim chizma va jadvallarni o‘z daftarlariga qayd etadilar. “Insert” grafik organayzerini individual tarzda to‘ldirishadi. Ba’zi talabalar o‘z “Insert” grafik organayzerini taqdim etadilar. Muhokama jarayonida o‘z fikrlarini boyitadilar va to‘ldiradilar. Topshiriqni yozib oladilar. Tayanch so‘zlar А Агглготинатив тиллар — agglutinative languages - агглютинативнїе язїки Агглютинатив - аgglutinate - агглютинативнїй Агглютинативлашган - аgglutinating - агглютинативнїй Адабий меъёр — Literary norm - Литературная норма Адабий тил — Literary language - Литературнїй язїк Аналитик усул - Analytical method — Аналитический способ Аналитик тиллар — Analytical languages - Аналитические язїки Аналитик - Аnalytic(al) - Аналитический Аналитик усул — Analytical method - Аналитический способ Аналитик шакл — Analytical form - Аналитическая форма Аниқ - concrete - конкретнїй Аниқ келаси замон — Perfect future time - Определенное будущее время Аниқ от - Specific noun — Конкретное сушествительное Аниқ от - concrete noun - конкретное существительное Аниқлов боғловчилари — Identification unions - Определительнїе союзї Аниқ нисбат - The main mortgage, pledge dsystvitelny — Основной залог, дсйствительнїй залог Асл кўмакчилар - Own postpositions — Собственнїе послелоги Аслий сифатлар - Qualitative adjectives — Качественнїе прилагательнїе Асос - basic - базис, основа Асос - the basis of word — Основа Асос маъно - Generating value — Производящее значение Асосий - based - основаннїй Атоқли от - Рroper noun - имя собственное Аффиксал синонимия - Affixal Synonymy — Аффиксальная синонимия Аффиксал морфема - Morpheme affixal — Аффиксальная морфема Аффиксал антонимия - Affixal antonymy — Аффиксальная антонимия Аффиксал омонимия - Affixal homonymy — Аффиксальная омонимия Аффиксал сўз ясалиши - Affixal derivation — Аффиксальное словообразование Аффиксация - Аffixation - Аффиксация Аффикснинг варианти - Option affix — Вариант аффикса Аффиксоид - Аffixoid - Аффиксоид Б Бадиий услуб - Artistic style — Худоjественнїй стиль Бадиий матн - Artistic text - Худоjественнїй текст Баjарувчи шахс - The subject of — Субъект действия Белгилаш олмошлари - Attributive pronouns — Определительнїе местоимения Белгили - Registration — Оформленнїй Белгили тушум келишиги - Drawing accusative — Оформленнїй винительнїй падеj Белгили қаратқич келишиги - Designed genitive — Оформленнїй родительнїй падеj Белгисиз - Unformed — Неоформленнїй Белгисиз қаратқич келишиги - Unformed genitive — Неоформленнїй родительнїй падеj Белгисиз тушум келишиги - Unformed accusative — Неоформленнїй винительнїй падеj Бириктирув боғловчилари - Connecting unions — Соединительнїе союзї Бирикувчанлик - combinability - сочетаемость Биринчи шахс - First person — Первое лицо Бирлик (тил бирлиги) unit (a unit of language, language unit) — Единица (единица язїка, язїковая единица) Бирлик сон - Singular — Единственное число Боғлама - chord - связка Боғлама - Ligament — Связка Боғлиқ - bound - связаннїй Бўлишли - бўлишсизлик категорияси - Category of positivity and negativity —Категория полоjительности и отрицательности В Воситали келишик - Oblique case — Косвеннїй падеj Воситали объект - The object kosvenny — Косвенньй объект Г Грамматик маъно - Grammatical meaning — Грамматическое значенне Грамматик услубият - Grammatical style — Грамматическая стилистика Грамматик шакл - Grammatical form — Грамматическая форма Грамматик - grammatical - грамматический Грамматик категория - Grammatical category - Грамматическая категория Грамматик категориялар - Grammatical category — Грамматические категории Грамматик маъно - Grammatical meaning - Грамматическое значение Грамматик омонимия - Grammatical homonymy — Грамматическая омонимия Грамматик синонимия - Grammatical synonymy — Грамматическая синонимия Грамматик сон - Grammatical number — Грамматическое число Грамматика - grammar - грамматика Грамматик антонимия - Grammatical antonymy — Грамматическая антонимия J Jамловчи от - тhe collective noun — собирательное сушествительное Jонли тил - A living language — Jивой язїк Jуфт сўз - Pairs word — Парное слово Jўналиш келишиги - Napravitelny case — Направительнїй падеj И Иккинчи шахс - The second person — Второе лицо Инглиз тили - English - английский язїк К Каммаҳсул аффикслар - Unproductive affixes — Малопродуктивнїе аффиксї Қарама - қарши - contrast - противопоставление Келишик категорияси - Category of case — Категория падеjа Кўплик сон (кўплик) - Plural — Мноjественное число Кўрсаткич - Index — Показатель Кўрсаткич, восита - operator - оператор Қўшимча, аффикс - Аffix - Аффикс М Мавҳум от - Abstract noun — Отвлеченное сушествительное Мавҳум - Abstract - Абстрактнїй| Мавҳум от - abstract noun - абстрактное существительное Мазмун - content - содерjание, Матн - Text — Текст Модал маъно - мodal meaning — модальное значение Мустақил сўзлар - Significant words — Знаменательнїе слова Н Нарса оти - inanimate noun - вещественное существительное Нисбат категорияси - Category of collateral — Категория залога Ноль кўрсаткичли аффикс - Zero affix— Нулевой аффикс О Объект - object - объект Объектив (муносабат) - objective - относящийся к дополнению Объектли муносабат - Object relations — Объектное отношение Объектли феъл - Object verb, transitive verb — Объектнїй глагол, переходнїй глагол Олд қўшимча - Prefix — Префикс Отнинг функционал шакллари - Funktsionalnys name form — функциональнїс формї имени С Саналадиган от - count(able) noun - исчисляемое существительное Саналадиган от - count(able) noun - исчисляемое существительное Саналмайдиган от - non - count noun неисчисляемое существительное Субъект - Subject - Субъект Сўз ясалиш модели - Derivational model — Словообразовательная модель Сўз ясалиши - Word formation — Словообразование Сўзлашув - colloquial - разговорнїй Сўзнинг морфологик тузилиши - Morphological structure of words — Морфологическая структура слова Сўзнинг номлаш вазифаси - Nominative function words — Номинативная функция слова Т Тараққиёт - development - развитие Тарихий - historic(al) - исторический Тарихий грамматика - Historical Grammar — Историческая грамматика Тарихий сўз - historicism - историзм Таҳлил - Analysis — Анализ Таҳлил қилмоқ - Аnalyze - Разлагать, анализировать Ташқи омиллар - External factors — Внешнїе факторї Теjамлилик - economy - экономия Тил - Language — Язїк Тиллар оиласи - A family of languages — Семья язїков Турланиш - conjugation - спряjение Тушум келишиги - Accusative — Винительнїй падеj Тўда от - collective noun - собирательное существительное У Учинчи шахс - Third person — Третье лицо Хослик шакли - Form of affiliation — Форма принадлеjности Ч Чет сўзлар - Foreign words — Иностраннїе слова Чиқиш келишиги - The source case — Исходнїй падеj Ш Шакл ясалиши - Shaping — Формообразование Шаклдошлик - Аmbiguity - 1 неоднозначность; неясность; 2 омонимия Шахс оти - agent noun - имя, обозначающее деятетеля,одушевлённое Шахссиз - infinite - неличнїй Kelishik kategoriyasi Reja: 1. 2. 3. Kelishiklar taraqqiyoti. Eski o‘zbek tilida bosh, qaratqich, tushum kelishiklari. Eski o‘zbek tilida jo‘nalish, o‘rin-payt va chiqish kelishiklari. Kelishiklar gapda otning yoki otlashgan so‘zning fe’lga, ba’zan boshqa so‘z turkumiga munosabatini ifodalaydigan formalardir. Eski o‘zbek tilida hozirgi o‘zbek tilidagidek, 6 ta kelishik shakli saqlangan. Turkiy tillar taraqqiyotining qadimgi davrlari uchun xarakterli bo‘lgan vosita kelishigi shakli XIII-XIV asrlarga oid yozma yodgorliklar tilida ham ma’lum darajada qo‘llangan. XV asr va undan keyingi davrlarda vosita kelishigining qo‘llanishi ancha chegaralangan bo‘lib, o‘zining grammatik xususiyatini yo‘qotgan va kelishik kategoriyasi sifatida iste’moldan chiqqan. SHu davrdan boshlab vosita kelishigi shaklida qo‘llangan so‘zlar ravish kategoriyasiga o‘tgan yoki o‘tish jarayonida bo‘lib, payt, holat kabi ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi: Āh urub, faryād etәr-men sensizin \\ bu vujudїmdїn qalїbtur yalg’uz үn (Lutfiy). Bolsa jannatda Atāyi sensizin, qїlg’ay fїg’ān (Atoiy). Bosh kelishik. Odatdagidek, bu kelishik maxsus ko‘rsatkichga ega bo‘lmaydi. Uning asosiy sintaktik funkцiyasi ega vazifasida kelishidir: Sakkākiy ul ay manzїlїna xud yetә bilmәs (Sakkokiy). Anda kөp ulamālar davra alїb olturubturlar (Furqat). SHu bilan birga, bosh kelishikdagi so‘z kesim va ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida ham keladi. Qaratqich kelishigi. Bu kelishik qo‘shimchasi ko‘p variantlidir. Negizning fonetik xususiyatiga qarab, affiksning maxsus variantlari qo‘shila beradi: -nїң \\-niң. Mazkur qo‘shimcha har qanday negizlarga qo‘shila beradi: qoychїnїң iti (Tafsir). Elchiniң shahdlїq zahrї shi:shәsi... (Xamsa). Bu qo‘shimcha XV asrgacha bo‘lgan yodnomalarda tarkibida lablanmagan unlilar bo‘lmagan negizlarga qo‘shilgan. Keyingi davrda esa har qanday negizga qo‘shilgan. -nuң \\-nүң. Qaratqich kelishigining bu varianti oxirgi bo‘g’inda lablangan unlilar qatnashgan negizlarga qo‘shiladi: Rasulnuң sөzi (Tafsir). Xarunnuң aqlї (QR). Kөzүңnүң allїda nargis kelib qatїg’ kөzlүg...(Xamsa). Bu qo‘shimchaning yuqoridagi negizlarga qo‘shilishi XV-XVI asrlargacha davom etgan. SHuningdek, bu qonuniyatdan chekinish hollari ham uchraydi: Kөzniң niyati (Atoiy), xalqnuң ranji (Tafsir). -їң \\-iң \\-үң. Qadimgi turkiy tilda undosh bilan tugagan negizlarga qo‘shiladigan bu qo‘shimchalar eski o‘zbek tilida ham uchraydi.Lekin uning qo‘llanishi ayrim so‘z shakllarigagina xosdir. Bu davr yodnomalaridan mazkur qo‘shimcha faqat «Tafsir»da ancha keng qo‘llangandir: ul eliң evlәri, anlarїң evlәri. -үң qo‘shimchasi. Bu qo‘shimcha kim olmoshi bilangina qo‘llangan: Sen kimүң og’lї-sen? Qaratqich kelishigi qo‘shimchasining bunday variantlari singarmonizmli turkiy tillarda va singarmonizmli o‘zbek shevalarida ham uchraydi. Bu kelishikning belgisiz qo‘llanishi eski o‘zbek adabiy tili uchun ham xarakterli bo‘lgan: Mүlk ikki bāg’ї ikki ālam \\ Sultanlїg’ erүr saңa musallam (Xamsa). Tushum kelishigi. Eski o‘zbek adabiy tilida tushum kelishigi –nї \\-ni \\ -n \\-ї \\-i variantlariga ega bo‘lgan. -nї\\-ni. Bu affiks o‘zbek tili taraqqiyotining barcha davrlarida qo‘llanib kelgan: Yolnї berkitәyin, qamug’nї qutqarayїn (QR). Bu sөzni kizlәdilәr (TF). Bu qo‘shimcha «Bobirnoma» asarida qaratqich ma’nosini bildirgan: Bir qїrg’avulnї үskүnәsini tөrt kishi yeb tugata almaydur (BN). -n. Bu qo‘shimcha varianti eski o‘zbek tilida ancha faol qo‘llangan Lekin u III shaxs egalik qo‘shimchasidan keyin qo‘shilgan: Qїlїch birlә bashїn kesti (O‘N). Ismāilnїң evin sordї (QR). Tushum kelishigining bu qo‘shimchasi she’riy asarlarda keng qo‘llangan. -ї\\-i. Bu qo‘shimcha I va II shaxs egalik qo‘shimchalaridan keyin qo‘shilgan: Adl qulag’їla eshit halїmї (Muqimiy). Aqlїmї tamam aldї tүgmәi giribaniң (Furqat). Tushum kelishigining belgisiz qo‘llanishi ham eski o‘zbek tili uchun xarakterlidir: Qoymag’umdur etәgiң (Bobir). Kөңүl shәkәr bikin ag’zїң kөrүp (Sakkokiy). Tushum kelishigininү qadimgi turkiy tilga xos bo‘lgan –g’\\-g,-їg’\\-ig\\-ug’\\-үg variantlari eski o‘zbek tilida uchramaydi. Jo‘nalish kelishigi. Bu kelishik qo‘shimchasi eski o‘zbek tilida –qa\\-g’a \\- kә \\ -gә, –a\\ә va –na \\-nә kabi variantlarga ega. SHu bilan birga, qadimgi turkiy tilga xos bo‘lgan –g’aru\\ gәrү \\ -qaru \\ -kәrү, -ra \\ -rә, -ru \\-rү qo‘shimchalari ham ayrim yodnomalarda uchraydi. -g’a\\–g’gә varianti unli va jarangli undosh bilan tugagan so‘zlarga qo‘shiladi, –qa qo‘shimchasi jarangsiz undoshlar va g’,h undoshlari bilan tugagan negizlarga qo‘shiladi: Eykim barї she’r ahlїg’a sen xān yaңlїg’ \\ SHe’riң bHarї she’rlәrgә sultān yaңlїg’ (Bobir). Lāla qadahїna tashqa urduң \\ Jāla gүhhәrini bashqa urduң (Xamsa). XIII-XIV asr yodgorliklarida bu tartib buzilgan, ya’ni, -g’a o‘rnida –qa qo‘shimchasi yoki aksincha qo‘llanavergan: Ibrahimg’a \\ Ibrahimqa, avg’a \\ avqa, otg’a \\ otqa (QR). -kә\\ -gә. Til oldi unlilari qatnashgan negizlarga qo‘shiladi. Eski o‘zbek tilida qay hollarda –kә, qaysi hollarda –gә qo‘shimchasining qo‘shilishini aniqlash birmuncha qiyin, chunki arab yozuvida bu ikki variant ham (kof) harfi bilan yozilgan. SHunga qaramasdan, jarangli va sonor undoshlar va unlilardan so‘ng –gә, jarangsiz undoshlardan so‘ng –kә qo‘shimchasining qo‘llanganini mushohada qilish mumkin: Kөңlүmgә dәrd kelgәli...(Boburnoma). Elikkә meniң yashїm yeti (SH. turk). -a /-ә. Bu affikslar undosh bilan tugagan so‘zlarga qo‘shiladi. Lekin uning qo‘llanishi janrlar bo‘yicha chegaralangan. Bu forma XIII- XIV she’riy asarlarda ham, prozaik asarlarda qo‘llangani holda, XV asr va undan keyingi davrlarda asosan she’riy asarlarda uchraydi: Bashlarїnї qashїma yetkүrүңүz (SHayboniynoma). Kel, taqї yurtuңa egә bol (SH.tar.). Ne uchun avval өzүңә āshnā qqїldїң meni (Otoiy). Yā rabb, ne ajab yāri jafākāra yoluqtum \\ Kөzi-yu qashї jādu-vu makkara yoluqtum (Lutfiy). Qadimgi turkiy tilga oid bo‘lgan –g’aru/-gәrү//-qaru/-kәrү//-ru/-rү affikslari eski o‘zbek tilida o‘zining kelishik funkцiyasini yo‘qotgan. Ular keyinchalik eski o‘zbek tilida ham ravish yasovchilarga aylanib ketgan. Qadimgi turkiy tilga oid bo‘lgan –ra/-rә affiksi «Tafsir»da uchraydi: Ya Muhammad, tashra chїq. Biroq keyinchalik bu affiks ham ravish yasovchiga o‘tib ketgan: ichrә (ichkari), asra (pastki, quyi). Jo‘nalish kelishigining belgisiz qo‘llanishi ham eski o‘zbek tili uchun xarakterli bo‘lgan. Misollar: Senki ul yan әzimәt etkүңdүr (Navoiy). Bir inisin yibәrүr boldї Hisār (SHayboniynoma). O‘rin-payt kelishigi. Bu kelishikni hosil qiladigan quyidagi affiks variantlari uchraydi: -da/-dә jarangli undosh va unli bilan tugagan so‘zlarga qo‘shiladi: Qayg’uda za’if boldї (QR). Yүzүңdә nurї tajallї, labїңda javhari ruh (Lutfiy). -ta/-tә jarangsiz undosh bilan tugagan so‘zlarga qo‘shiladi: Bu ishtә ixtїyarїm yoq turur (Atoiy). Tanїmaqta mәgәr yanїlmїsh-sen (Navoiy). O‘rin-payt kelishigining –ta/-tә affiksi «Boburnoma»da va ayrim boshqa asarlarda uchrasa ham, odatda, jarangsiz undoshlardan keyin ham –da/-dә affiksi qo‘shila bergan. CHiqish kelishigi. Bu kelishikni hosil qiluvchi quyidagi affikslar mavjud: -dїn/-din unli va jarangli undosh bilan tugagan so‘zlarga qo‘shiladi: CHarx qasrїdїn quyash har kүn tүshәr ālamarā (Navoiy). Andїjannїң nәshbәtisidin yaxshїraq nәshbәti bolmas (BN). -tїn/-tin jarangsiz undosh bilan tugagan so‘zlarga qo‘shiladi: Sen bashtїn ayaq jan-sen (Muhabbatnoma), lekin jarangsiz undoshlar tugagan so‘z negizlariga ham –dїn/-din affiksi qo‘shila beradi. Aksincha jarangli undosh bilan tugagan so‘zlarga ham –tin \\ -tїn affiksining qo‘shilishi qayd qilinadi: Xojandtїn Axsїg’a kelүr (Bobir). -dan/-dәn//-tan/-tәn. Bu affiks XV asrdan oldingi yodgorliklarda uchraydi va ular fakulьtativ xarakterdadir: Uch kundin sөң zindandan chїqardїlar (QR). CHiqish kelishigining qadimgi turkiy tilga oid –dun/-dүn//-tun/-tүn affikslari so‘zning oxirgi bo‘g’inlari lab unlilari bilan kelgan negizlarga qo‘shiladi. Eski o‘zbek tilida bu affikslar faqat «O‘g’uznoma»da uchraydi: Qїrq kundun sөң, kөp toqushg’udun sөң, anuң kөzү kөktүn kөkrәk erdi. Til tarixi faktlari shuni ko‘rsatadiki, chiqish kelishigi formasi keyingi davrlarda shakllangan bo‘lib, uning o‘rnini ma’lum davrlarda o‘rin-payt kelishigi bajargan. Garchand bu xususiyat qadimgi turkiy tilga xos bo‘lsa ham, eski o‘zbek adabiy tilida chiqish kelishigi ma’nosida o‘rin-payt kelishigi formasi qo‘llangan: Bashїnї uch yerdә yardїlar(Tafsir). Bu ishlәrdә birini qqїlsaңїz (QR). Vosita kelishigi. YUqorida ta’kidlanganidek, bu kelishik qadimgi turkiy tilga oid bo‘lgan hodisadir. Lekin u XIII-XIV asr yodgorliklarining ayrimlarida uchrab turadi: Fasih tilin javāb berdi (Tafsir). Anї kishilәr kөzin kөrgәn bar-mu? Vosita kelishigi XV asrga oid manbalarda, masalan, Lutfiy, Atoiy asarlarida ham uchraydi. Lekin bu davrda vosita kelishigining iste’mol doirasi chegaralangan bo‘lib, ma’nosi ham toraygan. Misollar: Faryad etәrәm tүshkәli men yalg’uzun andїn// hech oldї tanїm, qaldї hamin yalg’uz үn andїn (Lutfiy). Kerәkmәs sensizin, vaallah, maңa jān minnatї (Atoiy). Vosita kelishigi formasidagi so‘zlarning bir qismi ravish kategoriyasiga o‘tgan. Ravish kategoriyasiga o‘tish, asosan, payt bildiruvchi so‘zlar doirasida bo‘lgan: qїshїn, yazїn, erten, kechin, tunun kabi. Bu so‘zlar tarkibidagi –їn,-in,-un,-үn,-n vosita kelishigi affiksi bo‘lib, keyinchalik so‘zning tarkibiy qismiga aylangan va bunday so‘zlar ravish sifatida shakllangan. ESKI O‘BEK TILIDA BOG‘LAMALAR (ISMLARDA TUSLANISH VA KESIMLIK AFFIKSLARI) Eski o‘ zbek tilida ham ot va ot turkumidagi so‘zlar (sifat, son, olmosh) kesim vazifasida kelganda maxsus kesimlik shakllarinin qabul qiladi: -men, -sen, -miz (- biz), siz qo‘shilgan. Masalan: Üch kun boldi ach-men (QR). Sen meŋa sultan-sen (Lutfiy). Siz ikäv bir ataiŋ og‘li-siz // siz ikävgä qaravchi bizlar-biz (SH N ). Atam ornig'a emdi atam-siz (Sh. tar.). ot + kesimlik affiksi + shaxs-son affiksi shaklidagi ot kesimlar. 1. Tur- holat fe ’li kesimlik affiksi vazifasida turur, durur, tür/tur, dür/ dur shakllarida qo‘llangan. XIII—XIV asrlarda asosan turur shakli qo‘llangan: Men muxlis turur men (Tafsir). Biz barchamiz Yusufnuij qartndashlan turur miz (QR). Bu darvish yaman kishi turur (N F ). Ul faqir durur (Saroyi). Chechak-sen, banda sayrar bulbuluydur (MN). XV asr va undan keyingi davrlarda asosan uning qisqargan shakli dur/ dur, tur/ tur qo‘llangan boiib, turur, durur shakllari, asosan, she’riy asarlarda uchraydi: Kӧŋlum tilim birla muvafiqtur (Atoiy) Men bir shikasta qulutjdur-men (Sakkokiy). Bu sevishmäk ikki yandin xush turur (Lutfiy). Ishq behad yiraqdurur andin (Navoiy, SS). 2. Er- to‘liqsiz fe ’li kesimlik affiksi vazifasida erur (hozirgi kelasi zamon) shaklida q o ‘Ilangan. T o ‘liqsiz fe’lning kesimlik affiksi vazifasida qo‘llanishi XIII—XIV asrlar tiliga xos bo’lib, nasriy asarlarda ham , she’riy asarlarda ham uchraydi: Bu menim shāgirdim erur (Tafsir). Üstünräk ne’matim tilämäk mahal erur (QR). XV asrdan keyingi davrlarda erur to‘liqsiz fe’lining kesimlik affiksi vazifasida qo‘llanishi she’riy asarlarda uchraydi: Өzga kishi sөzi lāf erur (Lutfiy). Biri ul jumladin imārat erur (Navoiy, SS). Kөchamiz mahkam erur, qorg‘an ham (SHN). Yozuv yodgorliklaridan ma’lum bo‘lishicha, o‘zbek tili taraqqiyotining oldingi davrlarida kesimlik affiksi har uchala shaxsda ham mavjud bo‘lgan. Keyinchalik I va II shaxslar tarkibidan tushib qolgan: atam turursen (>atamdur-sen)> atam-sen kabi. III shaxsda esa shaxs-son ko‘rsatkichi yo‘qligi uchun asosan saqlangan. Hozirgi o‘zbek tilida III shaxsda ham ko‘pincha tushirib qoldiriladi. Lekin ot kesim tarkibida kesimlik affiksining bo‘lishi yoki bo‘lmasligi ma’noga ta’sir qilmaydi. 1. Savol va topshiriqlar: Qaratqich kelishigi qo‘shimchalarini sanang. 2. Jo‘nalish kelishigining qadimgi turkiy tilga xos bo‘lgan qanday qo‘shimchalari mavjud? 3. Kelishik qo‘shimchalarining har biriga yodnomalardan misollar yozing. 4. Vosita kelishigi qanday hosil qilingan? 5. Tarixiy morfologiya nima? 6. Eski o‘zbek tili qaysi davrlarga bo‘linadi? 7. Morfologiyaning bo‘limlarini sanang 8. Ismlarga qaysi so‘z turkumlari kiradi? 9. Ot so‘z turkumi 10. Otlarda sintaktik shakllar 11. 7.Otlarda lug’aviy shakllar 12. Egalik qo‘shimchasi bilan bog’liq fonetik hodisalar 13. Egalik qo‘shimchalarining qo‘p variantliligi va uning sabablari 14. Morfologiya haqida umumiy ma’lumot bering. 15. Tarixiy morfologiyaning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat? 16. Otlarda grammatik son kategoriyasiga nimalar kiradi? 17. Otlardagi egalik kategoriyasi haqida gapiring. 18. Ko‘plik ma’nosini ifodalovchi morfologik shakllarni sanang. 19. Arabcha ko‘plik shaklidagi so‘zlar toping. 20. Egalik qo‘shimchalarining hozirgi o‘zbek tilida qo‘llanmaydigan variantlariga manbalardan misol keltiring. 21. Kelishiklar taraqqiyoti deganda nimani tushunasiz? 22. Kelishik turlari va ularni hosil qiluvchi affikslarni sanab ko‘rsating. 23. Manbalarda vosita kelishigining qo‘llanishi haqida nima deya olasiz? Tanch tushunchalar: Kelishik kategoriyasi – aslida otning fe’lga tobeligini ta’minlaydigan so‘z formalari jami. So‘z formasi (shakli) – leksik ma’no, grammatik ma’no va uni ifodalash usullari yig’indisi. Kelishik qo‘shimchalarining belgili-belgisiz qo‘llanishi – kelishikning qo‘shimchaga ega bo‘lganligini (aslida 20-yillarda «belgi» termini «qo‘shimcha» ma’nosini anglatgan) yoki ega bo‘lmaganligini bildiradi. Testlar 1. Fuzalā so‘zida ko‘plikning qaysi shakli mavjud? Leksik Morflogik Fonetik To‘g‘ri javob berilmagan 2. Muңa va meңә so‘zlaridagi umumiy xususiyat .... ā Yagona kelishik shaklida ekanligi So‘zda n va g‘ tovushlari ishtirok etgani uchun jo‘nalish kelishigi qo‘shimachasi qo‘shilganda ң tovushi paydo bo‘lgan Ayrim yumshoq o‘zakli so‘zlarga jo‘nalish kelishigi qo‘shimachasi qo‘shilishi natijasida ң tovushi paydo bo‘lgan Barcha izohlar to‘g‘ri 3. Lt grafik belgisi qaysi davrda bir undosh tovush sifatida qaralgan? Eng qadimgi turkiy tilda Qadimgi turkiy tilda Eski o‘zbek tilida Bunday qarash kuzatilmaydi Anlar/unlar/alar/ular bir so‘zning turli fonetik variantilari sizga nimani eslatadi? Hozirgi o‘zbek tilidagi ular so‘zining taraqqiyotini Ayrimlarida tovush orttirish hodisasi mavjudligini O‘zak va qo‘shimchalarda palatal garmoniyaning mavjudligini Barcha javob to‘g‘ri 5. Ul ulusdaqi og‘lanlar ulus tashïng‘a chïqmïsh erdilar (Tafsir). Ko‘plik shaklining qaysi turlari uchraydi? Semantik Morfologik Semantik, morfologik Semantik, leksik, morfologik 6. Otlarning bo‘lishsizlik ma'nosi... Ermәz, emәz to‘liqsiz fe'llari orqali Degul so‘zi yordamida Dүgүl so‘zi yordamida Barchasi otlarning bshlishsizlik ma'nosini ifodalay olgan. 7. -n tushum kelishigi affiksi so‘zlarga qachon qo‘shiladi... Barcha otlarga qo‘shila olgan Yasama so‘zlardan keyin qo‘shilgan -i egalik qo‘shimchasidan keyin qo‘shilgan To‘g‘ri javob berilmagan 8. Faqat egalik kelishigi qo‘shimchalaridan keyin qo‘shila oladigan shakllarni belgilang. -a, -ә jo‘nalish kelishigi -ï,-i tushum kelishigi Erkalash –gina (g‘ ïna) affiksi Barchasidan oldin egalik qo‘shimchasi bo‘lishi shart 9. Egalik kelishigi qo‘shimchalaridan keyin qo‘shila oladigan shakllarni belgilang. -a, -ә jo‘nalish kelishigi -ï,-i tushum kelishigi Ajratish –gina (g‘ ïna) yuklamasi Barchasi qo‘shila oladi 10. Jo‘nalish kelishigining -a, -ә shakllari ko‘proq qaysi turkiylarga xos? Janubiy-G‘arbiy turkiylarga Shimoliy turkiylarga Sibir turkiylariga Sharqiy turkiylar (uyg‘urlar)ga xos 11. Oңra, ïңaru, tabaru, beru so‘zlariga xos umumiy xususiyat... Ravishga ko‘chganligi Ko‘makchiga ko‘chganligi O‘zining leksik ma'nsini yo‘qotganligi Barcha xususiyat yuqoridagi so‘zlarga xos 12. Jo‘nalish kelishigini olgan qaysi qatordagi so‘z hol vazifasida qo‘llangan? Misrdin keldim, Kun'ang‘a barur-men (QR). Yerni urug‘ung‘a berdursun (O‘N) Fir'avn vazirlaringa aydi (Tafsir) Meni hayrat maqāmqïng‘a (NF) 13. Berilgan olmoshlarning qaysisiga kelishik shakllari to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shila oladi? Tekma, jumla, qamug‘ Tamām, barï Barcha, hamma olmoshlarning hyech biriga kelishik shakllari qo‘shila olmaydi 4. Dүgүl so‘zining ma'nosini... ifodalash mumkin. Emas so‘zi bilan Degin so‘zi bilan To‘kil so‘zi bilan Ikki gul birikmasi bilan 15. tirig, o‘lug, to‘shak, tilak so‘zlarida umumiy o‘xshashlik nimada? yasalish xususiyatiga ko‘ra o‘xshashlik singarmonizmning palatalligida singarmonizmning labialligida barchasi to‘g‘ri 16. niki tegishlilik affiksining etimologiyasi to‘g‘ri berilgan qator… –ni tushum kelishi va – ki affiksi qo‘shilgan –ning+ki sifat yasovchi qo‘shimchasi qo‘shilgan –niki qadimdan yaxlit holda tegishlilik ma'nosini ifodalagan to‘g‘ri javob berilmagan 17. Otlar tuslanadimi? otlar kesim vazifasida kelganda maxsus bog‘lamalarni oladi –men, -sen, -miz (-biz), -siz kabi tuslovchilarni oladi turur/ durur , erur(emoq) fe'llari bog‘lama vazifasini o‘taydi barcha javoblar to‘g‘ri 18. Eski o‘zbek tilida degul/tegul so‘zi qanday ma'noni ifodlagan? birgalik bo‘lishsizlik tegishlilik barcha javob to‘g‘ri 19. Hozirgi o‘zbek tilidagi nari, beri so‘zlari tarkibida qaysi kelishik mavjud? kelishik mavjud emas tushum kelishigi jo‘nalish kelishigi chiqish kelishigi 20. –rү/ru affiksini qaysi kelishik sifatida ko‘rsatamiz. kelishik emas so‘z yasovchi tushum kelishigi jo‘nalish kelishigi chiqish kelishigi 21. Hozirgi o‘zbek tilida tub so‘z sifatida qaraladigan ravishlarning yuzaga kelishida qaysi grammatik shakllarning o‘rni sezilarli? kelishiklar ko‘makchilar so‘z yasovchilarning to‘g‘ri javob berilmagan 22. –ïng, -ing, -үng, -ung qaysi so‘zlarga qo‘shilgan? uning – ng shakli mavjud emas 1-2 shaxs kishilik olmoshlarga kim olmoshiga qo‘shilgan barchasi to‘g‘ri 23. Tushum kelishigining –ï, -i shakli qaysi hollarda so‘zlarga qo‘shilgan? undoshlardan so‘ng 1-2 shaxs egalik qo‘shimchasidan so‘ng har qanday o‘zakka qo‘shila olgan –ï, -i affiksi interkalyar kelishik emas 14. Faqat I va II 1-2 shaxs egalik qo‘shimchasidan so‘ng qo‘shiluvchi qo‘shimchani toping. interkalyar –ï, -i unli tovushlari tushum kelishigining –ï, -i shakli barcha kelishiklar barcha javob to‘g‘ri 25. Ikkita kelishik qo‘shilgan jumlani toping. Kena tashqarun qalmasun, billug bolsun (O‘N) Yol yangilib yolsïzïn bardïlar (Taf.) Yalg‘uzun barurda... un eshittim (Rabg‘.) Kobul uzumïdïn G‘azni uzumï yaxshïraq bolur (BN) 26. Qurol oti yasovchi qo‘shimchalarni belgilang. –dүk, -duq –chaq, -chak –dүruk, -duruq barchasi qurol oti yasaydi 27. -n tushum kelishigi affiksi so‘zlarga qachon qo‘shiladi... Barcha otlarga qo‘shila olgan Yasama so‘zlardan keyin qo‘shilgan -i egalik qo‘shimchasidan keyin qo‘shilgan To‘g‘ri javob berilmagan 28. Faqat egalik qo‘shimchalaridan keyin qo‘shila oladigan shakllarni belgilang. -a, -ә jo‘nalish kelishigi -ï,-i tushum kelishigi –ginә (g‘ ïna) affiksi Barchasidan oldin egalik qo‘shimchasi bo‘lishi shart 29. Egalik kelishigi qo‘shimchalaridan keyin qo‘shila oladigan shakllarni belgilang. -a, -ә jo‘nalish kelishigi -ï,-i tushum kelishigi Ajratish –ginә (g‘ïna) yuklamasi Barchasi qo‘shila oladi 30. Jo‘nalish kelishigining -a, -ә shakllari ko‘proq qaysi turkiylarga xos? Janubiy-G‘arbiy turkiylarga Shimoliy turkiylarga Sibir turkiylariga Sharqiy turkiylar (uyg‘urlar)ga xos 31. Oңra, ïңaru, tabaru, beru so‘zlariga xos umumiy xususiyat... Ravishga ko‘chganligi Ko‘makchiga ko‘chganligi O‘zining leksik ma'nsini yo‘qotganligi Barchasida jo‘nalish kelishigining yaxlitlanganligida • Uy ishi: Alisher Navoiy va Bobur asarlaridan mavzuga doir misollar yig‘ish va tahlil qilish. 24. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Abdurahmonov F.A., Shukurov Sh.Sh. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi .– Toshkent: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2008. 2.Ashirboev S., Azimov I. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. –Toshkent: TDPU, 2002. 3. Ashirboev S. Alisher Navoiyning nasriy asarlaridagi sodda gaplarning tarkibiy va ma’no turlari. – Toshkent, 1990. 4. Matg‘oziev A. XIX asr morfologiyasi. – Toshkent, 1977. 5. Navoiy asarlari tili lug‘ati. – Toshkent, 1972. 6. Navoiy asarlari uchun qisqacha lug‘at. – Toshkent, 1993. 7. Rahmonov V. O‘zbek klassik adabiyoti asarlari uchun qisqacha lug‘at. – Toshkent, 1993. 8. Fozilov E. Qadimgi obidalar va Alisher Navoiy tili., 1969. 9. Sherbak A.M. Grammatika starouzbekskogo yazыka. – M., L., 1962. 10. XII-XIV asrlar turkiy adabiy yodgorliklar tili: Morfologiya. – Toshkent, 1986. 11. XV-XIX asrlar o‘zbek tili morfologiyasi. – Toshkent, 1990. Ochiq dars jarayonidan lavhalar