MakGahanning “O&#39

advertisement
MIRZO ULUG‘BEK NOMLI O‘ZBEKISTON
MILLIY UNIVERSITETI
O’ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI
KURS ISHI
Mavzu: MakGahanning “O’kuzdagi harbiy
harakatlar va Xivaning qulashi”
Bajardi: 1-kurs talabasi Abdiraximova D.
Qabul qildi: t.f.n. dots. Abdunazarov A.
Toshkent-2013
1
REJA
Kirish
I. Bob. MakGahanning hayoti va asarning yozilish tarixi
1.1. MakGahan jurnalist va tarixchi
1.2. Asarning tuzilishi va manbaviy ahamiyati
II.Bob. Asar mazmunining tahlili
2.1. Tarixiy manba sifatida
2.2.Etnografik manba sifatida
Xulosa
Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxati
Ilovalar
2
KIRISH
XIX asirda Rossiya tomonidanO’rta Osiyoni
bosib olinishini men xato deb bilaman1.
Bizga ma’limki kishilik jamiyatining har bir taraqqiyot jarayoni tarix fani
tomonidan
o’rganiladi
va
tadqiq
etiladi.
Zero,
yurtboshimiz
Islom
Abdug’aniyevich Karimov o’zlarining “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asarlarida:
“Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabini, o’zi tug’ilib voyaga yetgan
qishloq, shahar, xullasiki, Vatanining tarixini bilishni istaydi 2” deb ta’kidlaydilar.
Darhaqiqat insoniyat mana nech ming yillar davomida o’z o’tmishi, nasl-nasabi va
kelib chiqishini bilishga va uni o’rganishga intiladi. Bu ishda insonga tarix yordam
berad. Shuningdek, tarix kishilik jamiyati taraqqiyotining yaxlit mohiyatini
tafakkur orqali idrok etiladigan suvratdir yoki tafakkur orqali ongimizga mangu
chizilgan xotirot.3 Ushbu xotira eng avvalo yozma ma’lumotlar ya’ni manbalarga
tayanadi. Manba – bu o’zida ma’lum ma’lumotga ega yodgorlik tushuniladi.4 O’z
navbatida manbalar xususiyatiga ko’ra bir necha guruhga bo’linib, ularni ichida
yozma manbalar tarixiy manbalarning muhim va asosiy turidir.5 Yozma manbalar
kishilik jamiyatining turli rivojlanish bosqichlari haqida ma’lumot beruvchi vosita
sifatida biz bo’lajak tarixchilar uchun juda yuqori ahamiyat kasb etad.
Ushbu kurs ishi diyorimiz O’zbekistonning XIX asr tarixiga oid bo’lgan
manba – MakGahanning “O’kuzdagi harbiy harakatlar va Xivaning qulashi”
asarini o’rganishga bag’ishlangan bo’lib, ushbu asar o’z xususiyatiga ko’ra
O’zbekiston tarixi, aynan XIX asrning so’ngi choragida o’lkani Chor Rossiyasi
tomonidan istilo qilinishini yoritib beradi. Ushbu asarning muallifi AQSHlik
jurnalist MakGahan Yanuariy Aloiziy (MacGahan Januarius Aloysius)
Cолженицын А.И. На возврате дыхания. – М.: «Варгус». 2004. С. 467.
Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. – Т.: “Шарқ”. 1998. Б. 3.
3
ЖўраевН.Қ. Тарих фалсафасининг назарий асослари. – Т.: “МАЪНАВИЯТ”. 2008. Б. 23.
4
Madraimov A., Fuzailova G. Manbashunoslik. – T.: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashiriyoti”. 2008.
B.5.
5
O’sha joyda... – B. 5.
1
2
3
tomonidan bevosita Xivani chor qo’shinlari tomoninidan bosib olinish jarayonida
olib borilgan kundaligi asosida yozilgan. MakGahanning hayoti va uning asari
haqida batafsil ma’lumotlar bevosita quyida kurs ishining tarkibiy qismlarida
keltirilganligi uchun bu masalalarga to’xtalmasdan kurs ishi mavzusining
dolzarbligi, uning davriy chegarasi, maqsad, vazifasi va h.k.larga to’xtalishni lozim
topdim.
Mavzuning dolzarbligi. O’rganilayotgan mavzuning dolzarbligi shundaki,
O’zbekiston tarixining eng ayanchli va mudhish davrlaridan biri bo’lgan Rossiya
imperiyasi bosqini davrini yoritilishi hozirgi kundagi dolzab muammolardan biri
hisoblanadi. Bu tarixiy jarayon O’zbekiston tarixida muhim va dolzarb mavzu
bo’lganligi uchun uni har tomnlama va ob’yektiv o’rganish har bir tarixchi uchun
foydali va fan taraqqiyoti uchun muhimdir. Zero, biror-bir tarixiy jarayon yoki
voqea hodisani har tomonlama va ob’yektiv yoritish uchun ushbu jaroyonga
bag’ishlangan bir necha manbalarga murojat etish kerak.
Xivani Rossiya imperiyasi tomonidan istilo qilinishiga doir bir qator
manbalar mavjud. Mahalliy tarixchilar tomonidan yozilgan Ogahiyning “Shohid
ul-Iqbol”, Bayoniyning “Shajarayi Xorazmshoxiy” asarlarida shuningdek keng
ko’lamda rus tadqiqotchilar va bevosita yurish ishtirokchilarning xotira va
estaliklarida yoritilga.6 Lekin 1998 yil iyul oyid O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining e’lon qilingan qaroriga ko’ra, respublikamiz tarixchi olimlarining
oldida turgan dolzarb vazifalardan biri “mamlakatimiz va chet el olimlarining eng
qadimgidan hozirgi kungacha o’zbek xalqi tarixi bo’yicha amalga oshirgan
tadqiqotlarini tahlil qilish”7 ekanligi ko’rsatib o’tildi.
Yuqoridan kelib chiqqan holda biz bo’lajak tarixchilar nafaqat mahaliy va
rus manbalari balki horijlik tomonidan manbalarga ham e’tibor qaratishimiz lozim.
Zero, tarixni tahlil qilib uni ommaga yetkazib berishda uni ob’yektivligini
ta’minlash tarixchi olim oldida turgan birinchi darajali vazifadir. Bunga esa avvola
Гордеков Н.И. Хивинский поход 1873 года. Действия Кавказских отрядов. – СПб. 1883. // Романов Н.К.
Письма из Хивинского похода. – СПб. 1873. // Алиханов-Аварский М. Поход в Хиву. – СПб. 1873. //
Саранчов Е. Хивинская экспедиция 1873 г. – СПб. 1873. Терентьев М.А. Россия и Англия. – СПб. 1876.
Ломакин. Описание Хивинского похода. – СПб. 1874. va boshqalar.
7
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “Ўзбекистон Республикаси Фанлар Академияси Тарих
институти фаолиятини такомиллаштириш тўғрисида”ги Қарори. // Ўзбекистон овози. 1998 йил, 28 июль.
6
4
manbalarni bir-biriga solishtirish, ularni qiyosiy tahlil etish yo’li bilan erishish
mumkin. MakGahanninng ushbu asari O’zbekiston tarixini o’rganishdagi
ahamiyati yuqori bo’lganligi va o’zida bir nechta manbaviy xususiyatlarni
jamlaganligi uchun uni o’rganish bugungi kunda dolzarbdir.
Mavzuning davriy chegarasi. Mavzuning davriy chegarasi asosan bevosita
asarda yoritilgan 1873 yil bilan chegaralangan bo’lsada, asar ichidagi ma’lumotlar
shunigdek XVI asrgacha bo’lgan voqealarni yoritilishi bilan e’tiborga loyiqdir.
Bundan kelib chiqib uni yuqori chegarasining belgilash biroz qiyinroq. Demak,
mavzuning davriy chegarasini umumiy tarzada XVI asrdan XVIII asrning 1873
yiligacha deb olish mumkin.
Mavzuning o’rganilishi darajasi. Mavzuning o’rganilish darajasiga
keladigan bo’lsak, shuni alohida ta’kidlash mumkinki ushbu asar dastlab 1874
yilda Londonda ingliz tilida nashr etilgan bo’lib,8 1875 yilda asar Moskvada rus
tilida nashr etiladi. 9 Men kurs ishini yozish maqsadida o’tkazgan izlanishlarim
natijasida shuni aniqladimki asar shu paytgacha to’liq o’zbek tilida nash etilmagan.
Asarni bir qismini aniqrog’i uni ikkinchi va uchinchi qismlarining ba’zi
bo’limlarini filologiya fanlari nomzodi Ortiqboy Abdullayev tomonidan tarjima
qilinib nash etilgan.10 Ushbu asarning manbaviy ahamiyati va xususiyati yuzasidan
biron bir tadqiqot yoki izlanish olib borilganligi haqida ma’lumot uchramadi.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Kurs ishining asosiy maqsadi
O’zbekiston tarixini yoritishda muhim ahamiyat kasb etgan MakGahanning ushbu
asarini manbaviy jihatlarini o’rganish va uni tuzilishi va tarkibini tahlil qilishdan
iboratdir. Shuningdek, kurs ishida MakGahanning hayoti va faoliyati bir muncha
yoritiladi.
Asarda keltirilgan ma’lumotlarni qiyosiy tahlil orqali ko’rib chiqish va uni
tahlil qilish ham kurs ishini ustivor vazifasi hisoblanadi. Shuningdek, asar
mazmunining tahlili, uni manbaviy ahamiyatini yoritish, uni tarixiy, etnologik
J.A. Mac Gahan. Compagning on the Oxus and the Fall of Khiwa. — London: Sampson Low, 1874.
Мак-Гахан. Военные действия на Оксусе и падение Хивы. Соч.— М.: В Университетской типографии
(Катков и К°), 1875.
10
Мак Гаҳан. Хиванинг истило қилиниши. О.Абдуллаев таржимаси. // Жаҳон адабиёти. 1997 йил, № 2. Б.
175-180. // Мак Гаҳан. Хиванинг истило қилиниши. О.Абдуллаев таржимаси. – Т.: ТМИ босмаҳонаси. 2000.
8
9
5
manbaligini yoritish ham kurs ishining vazifalaridan biridir. Ushbu maqsad va
vazifalarni to’g’ri va ob’yektiv amalga oshirilishi masalani har tomonlama
yoritishga imkon beradi.
Manbaviy asosi. Kurs ishining manbaviy asosini asosan asarning 1875 yilgi
rus tilidagi Moskva nashri (Мак-Гахан. Военные действия на Оксусе и падение
Хивы. Соч.— М.: В Университетской типографии (Катков и К°), 1875.) va
2000 yili o’zbek tilida O.Abdullayev tarjimasidagi (Мак Гаҳан. Хиванинг истило
қилиниши. О.Абдуллаев таржимаси. – Т.: ТМИ босмаҳонаси. 2000.) nashri
tashkil etadi.
Shuningdek asarning qiyosiy tahlil etish jarayonlarida Bayoniyning
“Shajarayi Xorazmshoxiy” asaridan ham foydalanilgan. Ushbu manbalarga
tayangan holda biz hozirda ularni har tomonlama taxlil qilish yo’li bilan mavzuni
batafsil yoritish imkoniga egamiz.
Mavzuning amaliy ahamiyati. Mavzuning amaliy ahamiyati shundaki,
ushbu manbani o’rganish va uni tarixni yoitishda tadbiq etish Vatanimiz tarixini
o’rganish va o’qitishda keng qo’llanilishi mumkinligidadir. Zero, ushbu asarda
nafaqat 1873 yil voqeyalari balki undan ancha oldingi Xivaga qilingan yurishlar
ham batafsil yoritilgan. Ushbu ma’lumotlar ilmiy izlanishlar yoki ta’lim jarayonida
qo’llanilish va ilmiy muomilaga kiritilishi bizga Vatanimiz tarixini batafsil
o’rganish imkonini beradi.
Kurs ishining stukturasi. Kurs ishining strukturasi ya’ni tuzilishiga kelsak,
kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va
ilovalardaa iboratdir. Shuningdek, har ikki bob o’z navbatida bir necha bo’limlarga
bo’lingan bo’lib, birinchi va ikkinchi boblarda ularning soni ikkitadan iboratdir.
6
I. Bob. Mak Gahanning hayoti va asarning yozilish tarixi
1.1. Mak Gahan jurnalist va tarixchi
“O’kuzdagi harbiy harakatlar va Xivaning qulashi” asarning mualifi
MakGahan Yanuariy Aloiziy (MacGahan Januarius Aloysius)ning hayoti va
ijodiy faoliyati haqida gapirar ekanmiz, avvalo shuni ta’kidlashimiz joizki ushbu
shaxsning hayot yo’lini kuzatish jarayoni shunga amin bo’lamizki ushbu inson
hech qachon qiyinchiliklardan qo’rqmas va dovyurakligi bilan ajralib turgan.
Uning to’liq ismi MakGahan Yanuariy Aloiziy bo’lib, u 1844 yili AQSHda
tug’ilgan bo’lib, uning asosiy kasbi muhbirlik bo’lgan. U hayotini xavf ostiga
qo’yib asosan harbiy harakatlar olib borilayotgan joylardan xabarlar va
maqolalarni turli gazetalarga jonatib turgan. Uning 1870-1871 yildagi faransuzpruss urushida qatnashgan11 va kommuna kurashi davridagi bevosita voqea joyida
yozilgan hayotiy va qiziq maqolalari hammaning e’tiborini jalb etdi. U o’z
maqolalarini AQSHning
«New-York Herald» gazetasida nashr
etardi.
12
MakGahan zamonasining yetuk jurnalistlaridan bo’lib, u Yevropada birinchi bo’lib
jurnalistika sohasida keyinchalik keng qo’lanila boshlagan “intervyu olish” ya’ni
suhbat orqali ma’lumot olisg metodini kiritdi. U matbuotga o’zining Gambetto va
yana boshqa ko’plab siyosiy arboblar bilan suhbatini chop etardi. U 1872 yili
Rossiyaga keldi va rus ayoli Varvara Nikolayevna Yelaginaga uylanadi. U
Rossiyadaligida «New-York Herald»
gazetasi nashryoti unga Xivaga yurish
qilayotgan rus armiyasiga qo’shilib olish va harbiy muhbir sifatida urush
tafsilotlarini yoritishni taklif qiladi. U hech ikkilanmay bunga ko’nadi va
qo’rqmasdan butun boshli cho’lni kesib o’tib rus armiyasining asosiy qismiga Xiva
qamali boshlanishi oldidan yetib oladi. Yurish davomida u general Skoblev bilan
do’st bo’lib qoladi. Yurishdan qaytgach MakGahan yurish tafsilotlarini
Compagning on the Oxus and the Fall of Khiwa ya’ni “O’kuzdagi harbiy
Ломакин. Описание Хивинского похода. – СПб. 1874. C. 193.
Ushbu ma’lumotlar Брокгауз и Ефрон ensiklopediyasidan olingan bo’lib, keyini o’rinlarda ushbu mandan
olingan ma’lumotlarga quyidagi elektron manzil xavolasi beriadi. www.historiyxru/brokgauz&efron.ru
11
12
7
harakatlar va Xivaning qulashi” asarini Londonda nashr etadi. Ushbu asar 1874
yilda rus tilida nash etiladi. 13 Asar va uning nashri haqida batfsilroq keyingi
bo’limda keltirladi.
1874 yilida yozida u Piriney yarim oroliga yo’l oladi. U yerda u karlistlar
bilan bo’layotgan urush harakarlarini yoritish bilan shug’ullandi. MakGahan bu yer
karlistlar sardori don Karlos bilan to’qqiz oy birga bo’lib, ispan tillini mukammal
darajada o’rgandi. 1875 yili uinglizlarning “Pandora” kemasida qutub davlatlari
sari yo’l oldi. U o’zining sarguzashtlari haqida «Under the Northern Lights» ya’ni
“Qutub yog’dusi ostida” asarini yozdi. Asar 1876 yili Londonda nashr etildi. 1876
yili iyunida «Daily News» gazetasi nashryoti uni Bolgariyaga borib, rus-turk
urushida turklarni tinch aholiga nisbatan qo’layotgan vahshiyliklarini yoritishni
taklif etadi. U Skayler hamrohligida turklar tomonidan vayron etilgan butun
Bolgariya bo’ylab yurib tirik qolganlardan ma’lumot olar, ularning ayanchli
ahvolini borligicha o’z maqolalarida yoritar edi. Uning bu maqolalari 1876 yili
Londonda «Turkish atrocities in Bulgaria» ya’ni “Bolgariyadagi turk vahshiyligi”
nomi bilan alohida to’plam tarzida nashr etildi. Ushbu nashr 1877 yili “Турецких
зверствах в Болгарии” nomi bilan Sankt-Peterburgda rus tilida nashr etildi. Bu
nashr Bolgariyaning xalqaro maydonda tarafdorlarini ko’payishi va uni ozod
bo’lishiga sababchi bo’ldi.14
1877-1878 yillardagi rus-turk urushida u rus armiyasiga hamronlik qildi.
MakGahan birinchi jangning guvohi bo’ldi, Dunaydan kechuv jarayonida ishtirok
etdi. Oyog’ining singanligiga qaramay u general Gurko va general Skoblev
armiyasi bilan olg’a yurar edi. Urish davomida u to’rt marotaba bezgak kasalligiga
chalingan bo’lsa ham harbiy harakatlar teatrini tark etmadi. Uning bu davrga oid
maqolalarida rus armiyasining harbiy harakatlari batafsil yoritilgan bo’lib, uning
bu maqolaalridagi ma’lumotlar Shipka jangidan Plevnaning olinishigacha bo’lgan
voqeyalarni yoritgan edi. MakGahan 1878 yili Konstantinopol (Istanbul) yaqinida
13
14
www.historiyxru/brokgauz&efron.ru
www.historiyxru/brokgauz&efron.ru
8
tinchlik to’g’risida muzokaralar ketayotgan bir vaqtda terlama kasaligidan vafot
etadi.15
Zamondoshlari unga tarif berar ekan, uni hayotiy va qiziq hikoya qilish
qobilyatiga ega ekanligi, harbiy va siyosiy maqsadlarni keng va aniq chunishi,
qatiyatliligi bilan ajralib turishini ta’lidlashgan. Uning qo’rqmasligi unga urish
harakatlarini yaqindan kuzatish imkonini berar edi. Bu esa o’z navbatida uning
jang maydonidan yuborgan maqolalarini aniqligining garovi edi.
Shuningdek, MakGahan haqida, Xiva yurishida unga hamrohlik qilgan chor
qo’shini polkovnik Lomakin o’zining “Описание Хивинского похода” ya’ni
“Xiva yurishi tavsifi” nomli asarida quyidagi ma’lumotlarni keltiradi: “ 17 may
artileriya jangi bo’lgan kuni bizning lagerimizga g’aroyib bir odam keldi. U shu
tarzda bizning otryadda oxirigacha qolib zobitu askarlarning do’sti bo’lib qoldi. U
amerikalik Aloiziy Yanuariy bo’lib, “Nyu York Jerald” gazetasining muhbiri edi.
Fransiya Prussiya urushida ham qatnashgan Aloiziy garibaldichilarga ham asir
tushgan edi. U Turkistonga Amerika elchisi kotibi Skayler bilan Perov portigacha
keladi. Shu yerda Skayler uni tarjimon va qirg’iz yo’lboshlovchiga topshirib, o’zi
ortiga qaytib ketadi. Shu tarzda Aloiziy Qizil orqali polkovnik Novomilinskiy
otryadi joylashgan Xalata va Alti quduqg’iga kirib keladi. Ammo chet ellik
fuqarolarni ruxsatsiz otryadga qo’shish
mumkinmasligi to’g’risida qaror
bo’lganligi bois, uni ortga qaytarib yuborishadi. U topografik haritasi yo’qligi
uchun ortga qaytar ekan, Bozirgon to’qayidan chiqib, Aqqamishga kelib qoladi. Bu
yerda u bir guruh otliqlarni uchratadi. Otliqlar bizning artileriya otryadimizdan adi
va shu tarzda u bizga qo’shilib qoladi.” 16 Shunday qilib, MakGahanning rus
armiyasi tarkibidagi jurnalisitlik faoliyati boshlanadi.
Jurnalistlarga xos qiziquvchanlik MakGahanni Fransiya-Prussiya urishiga
shuningdek Chor Rossiyasining Xiva xonligiga qilgan yurishiga yetakladi. U jang
maydonolari ichra yurib, bo’layotgan qirg’inbarotlarni qog’ozga tushirardi. Uning
15
16
www.historiyxru/brokgauz&efron.ru
Ломакин. Описание Хивинского похода. – СПб. 1874. C. 193-194.
9
bu kuzatuvlari natijasida yuqorida ta’kidlangan “O’kuzdagi harbiy harakatlar va
Xivani qulashi” nomli kitob yozdi.17
MakGahanning ijod o’z davri uchun publistik ahamiyatga ega bo’lib, u o’z
davrini yetuk jurnalisti bo’lgan edi. Ammo yillar o’tishi bilan uning ijodi biz
tarixchilar uchun qimmatli manbaga aylandi. Uning asarlarida XIX asrning so’ngi
choragidagi Xiva, Ispaniya, Fransiya, Germaniya, Bolgariyaning tarixini yoritilgan
bo’lib, ushbu manbalarni tarixiy-limiy tahlil qilish biz tarixchilarning vazifasidir.
Zero, ushbu manbalarning tahlili bizga tarixni yoritishning yana bir qirrasini
ochadi. Bu esa uni yanada ob’yektiv jihatdan yoritilishiga olib keladi.
Ushbu bo’limga muhtasar qilib shuni aytish mumkinki, MakGahan o’zining
jo’shqin ammo qisqa hayoti (u vafot etganda 34 yoshda edi holos) davomida
o’zdan nafaqat yaxshi nom balki yirik tarixiy manbalar ham qoldirdi. Shuning
uchun biz uning hayot yo’li va ijodini o’rganar ekanmiz hech ikkilanmasdan uni
yetuk jurnalist va o’ziga xos tarixchi deb ta’kidlashimiz mumkin. Uning ilmiy
merosini esa biz o’rganib, tahlil qilib, ilmiy muomilaga kiritishimiz, qolaversa
omma e’tiboriga havola etishimiz lozim. Zero, har bir tarixiy manbani tahlil etilishi
va unga ob’yektiv yondashib ilmiy muomalaga kiritish orqaligina biz o’zimizning
haqqoniy tariximizni yarata olamiz.
17
Бекмуҳаммад У. Ғаройиб одам. // Ҳарбий ҳийлалар. – Т.: “Янги аср авлоди”. 2008. Б. 41-42.
10
1.2. Asarning tuzilishi va manbaviy ahamiyati
Bevosita asarning tuzilishi va unig manbaviy ahamiyati va xususiyatlariga
keladigan bo’lsak, avvalo asarning yozilish tarixiga to’xtalib o’tish lozim.
MakGahanning “O’kuzdagi harbiy harakatlar va Xivaning qulashi” nomli asari
mualifning 1873 yilgi yurish payitida olib borgan kundaliklari asosida dastlab 1874
yilda “Campaigning on the Oxus, and the fall of Khiva” nomi bilan ingliz tilida
Londonda, Sampson Low nashiryotida nashr etiladi. 18 Shu o’rinda tabiy savol
tug’iladi, nega AQSH fuqarosi bo’lgan MakGahan asari Rossiyaga aloqasi bo’lsa
ham aynan Londonda nashr etiladi? Bu savolga javobni tarixchi-kartograf Z.A.
Saidbobayev o’zinig monografiyasida boshqa bir amerika fuqarosining E.Skayler
asari misolida javob bergan. Uni ta’kidlashicha: “E.Skayler AQSH fuqarosi bo’lsada, o’z kitobini Yevropada nashr ettiradi. Chunki Angliya va Rosssiyaning O’rta
Osiyo masalasidagi raqobatchilik kurashi so’nmagan bir davrda Angliya hukumati
O’rta Osiyo haqidagi har qanday ma’lumotga diqqat bilan yondashar va bu borada
E.Skaylerning kitobi qimmatli manba ekanligini anglab, uni nashr etishga rozilik
bildiradi.”19
Demak yuqoridagi fikirga tayanadigan bo’lsak MakGahanning asarini
Londonda nashr etilishining bosh sababi bu hammon o’lkada davom etayotgan
ingliz-rus raqobati bo’lgan.
Bevosita asar tarixiga qaytadigan bo’lsak shuni alohida ta’kidlash mumkinki
asarning Yevropada mashhur bo’lib ketishi natijasida asar tez orada aniqrog’i 1875
yilda rus tiliga tarjima qilindi va 1875 yili 25 oktyabrda chor hukumati senzurasi
ruxsati bilan “Военные действия на Оксусе и падение Хивы” nomi
ostida Мoskvada Университетской типографии (Катков и К°) nashiryotida
nashr etildi.20
18
J.A. Mac Gahan. Compagning on the Oxus and the Fall of Khiwa. — London: Sampson Low, 1874.
Cаидбобев З.А. Европада Ўрта Осийга оид тарихий-картографик маълумотлар (XVI-XIX). – Т.: “ФАН”.
2008. Б.62.
20
Военные действия на Оксусе и падение Хивы. Соч. Мак-Гахана. — М.: В Университетской типографии
(Катков и К°), 1875.
19
11
Asar uch qisimdan iborat bo’lib, o’z navbatida ushbu qisimlar bir necha boblarga
bo’lingan. Asarnig birinchi qismi “Qizilqumdagi hayot” deb nomlanadi. Ushbu
qisim XXI bobdan iborat bo’lib, ular quyidagicha nomlanadi21 : I. От Волги до
Сыр-Дарьи. II. Казалинск. III. Форт Перовский. IV. Среди разбойников. V. На
пути. VI.Киргизский старшина. VII. Киргизский роман. VIII. Печальная ночь.
IX. Древний город. X. Иркибай. XI. Безводная степь. XII. Букан-Тау. XIII.
Домашний быт киргизов. XIV. Хала-Ата. XV. Ночное бегство. XVI. «Шах
королю!». XVII. Радушный прием. XVIII. Прошел сквозь строй! XIX. Ночь у
Оксуса. XX. «Un mauvais quart d'heure». XXI. Наконец-то! 22 Asarning bu
qismida asosan MakGahanning rus armiyasiga yetib olgunicha ko’rgan
kechirganlari yoritilgan. Volgadan Sirdaryogacha bo’lgan sayohat, Kazlinsk, FortPerovskda bo’lganlari qirg’izlarning ya’ni qozoqlarning23 hayoti, xo’jaligi va rus
armiyasiga yetib kelishi tasvirlangan. Bu voqeyalar asosan hozirgi Qozog’iston
hududida bo’lib o’tgan, faqatgina so’ngi boblarda Xiva xonligi to’g’risida
ma’lumotlar bor.
Asarning ikkinchi qismi bevosita Xivaning bosib olinishiga bag’ishlangan
bo’lib “Xivaning qulashi” deb nomlanadi. Ushbu qism XVII bobdan iborat bo’lib,
ular quyidagilar: I. Поход генерала Кауфмана от Ташкента. II. Переправа через
Оксус. III. Среди Хивинцев. IV. Сады. V. Хазар-Асп. VI. Оренбургский и
Киндерлинский
отряды.
VII.
Движение
соединенных
колонн.
VIII.
Вступление в город. IX. Предшествовавшие экспедиции против Хивы. X. Во
дворце. XI. Приключение в гареме. XII. Гарем при дневном свете. XIII.
Генерал фон-Кауфман и хан. XIV. Свидание с ханом. XV. Город Хива в 1873
году. XVI. Базар. XVII. Обед у Узбека. XVII. Два портрета Русских. —
Андрей Александрович. Иван Иванов.24 Asarning bu qismi o’lkamiz, xususan
Xivani Rossiya imperiyasi tomonidan zabt etilishi tarixini yoritish uchun juda
muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu qisimda nafaqat 1873 yil voqeyalari balki
Bob nomlarini 1875 yildagi rus nashri bo’yicha rus tilida berishni lozim topdim.
Мак-Гахан. Военные действия на Оксусе и падение Хивы. Соч.— М.: В Университетской типографии
(Катков и К°), 1875. http://militera.lib.ru/memo/0/one/usa/mcgahan
23
XIX asrda ruslar qozoqlarni qirg’izlar, qirg’izlarni eas qora qirg’izlar deb atashgan.
24
O’sha manba… http://militera.lib.ru/memo/0/one/usa/mcgahan
21
22
12
undan ancha oldingi Xivaga qilingan yurishlar ham batafsil yoritilgan. Shuningdek
ushbu qisimda XIX asr Xorazmning etnologik qiyofasi va madaniyati yorqin
tasvirlangan. Xazorasp, Xiva shaharlarini olinishi va ularning tuzilishi haqida,
bog’lar, bozor, o’zbek bilan bo’lgan tushlik yoritilgan. Harbiy harakatlar sof harbiy
jihatdan ikkala qo’shinning harakatlarini tahlil etgan holda yoritilgan.
Asarning uchinchi qismi “Turkman yurishi” (Туркменский поход) deb
nomlangan bo’lib, asarni o’zbek tiliga o’girgan O.Abdullayev esa “Turkmanlar
ustiga yurish” deb nomlagan. 25 Uchinchi qism XIV bobdan iborat bo’lib, ular
quyidagilar: I. Туркмены. II. Огнем и мечом. III. Резня. IV. Картина войны. V.
Стычка. VI. В промежутке. VII. Битва. VIII. После битвы. IX. Преследование.
X. Бегство. XI. Военная контрибуция. XII. Трактат. XIII. Россия и Англия в
Азии. XIV. Возвращение. 26 Ushbu qisimda asosan turkmanlar ustiga qilingan
yurish va ushbu yurish paytida yuz bergan vahshiyliklar, turkmanlarni qirg’in
qilinishi, janglar orasidagi bo’lgan voqealar, so’ngi janglar va sulh kelishuvi
shuningdek tovon masalalari yoritilgan. Shuningdek ushbu qismning so’ngi
boblarida o’lkadagi ingliz-rus raqobatiga ham to’xtalib o’tilgan. Asarning so’ngi
bobi yurishdan ortga qaytishga bag’ishlangan.
Shuningdek, asarga ikkita xarita ham kiritilgan bo’lib, ushbu xaritalarning
nusxalari kurs ishining ilova qismida berilgan. Ulardan biri “Xiva va uni atroridagi
cho’llar, Rossiya qo’shining operatsiyasi” deb nomlansa, ikkinchisi “Sharqiy
Turkiston va uning qo’shnilari” deb nomlanadi. Birinchi xaritada asosan Xiva
xonligi va uni atrofidagi cho’llar, shuningdek rus qo’shinlarining harakat
yo’nalishlari tasvirlangan.
Ikkinchi xaritada Sharqiy Turkiston va uni o’rab turgan o’lkalar Rossiya
imperiyasi, Qo’qon xonligi, Afg’oniston, Kashmir va Xitoy tasvirlangan. Ushbu
ikki xarita ham O’zbekiston tarixini kartografok jihatdan o’rganishda katta
ahamiyat kasb etishi bilan e’tiborlidir. Zero, ushbu xaritalar ancha anir va
mukammal tarzda zamonasining barcha imkonoyatlarini ishga solgan holda
Мак Гаҳан. Хиванинг истило қилиниши. О.Абдуллаев таржимаси. – Т.: ТМИ босмаҳонаси. 2000. Б. 54.
Мак-Гахан. Военные действия на Оксусе и падение Хивы. Соч.— М.: В Университетской типографии
(Катков и К°), 1875. http://militera.lib.ru/memo/0/one/usa/mcgahan
25
26
13
tuzilgan. Xususan, “Xiva va uni atroridagi cho’llar, Rossiya qo’shining
operatsiyasi” xaritasida rus qo’shining harakati harbiy-topografik harita asosida
belgilangan. Shuningdek, xaritada geografik nomlarning eskisi bilan yangisi
uyg’unlikda qo’llanilganligi e’tiborga molikdir. Ushbu xarita 1:6760000 geografik
miliya masshtabida berilgan bo’lib, ikkinchi xaritaga nisbatan aniqroq va
batafsilroqdir.
Shuningdek, yana asarning manbaviy ahamiyatiga qaytadigan bo’lsak, asar
avvalo biz uchun taixiy jarayonlani yoitib beruvchi manba hisoblanadi. Zero,
asarda batafsil ravishda Xivaning bo’ysindirilish jarayonidagi kurashlar yaqqol
ochib berilgan. Bu esa rus, keyinchalik sovet tarixchilarini “O’rta Osiyo Rossiya
tomonidan bosib olinmagan, blaki o’z ixtiyoriga ko’ra qo’shib olingan” degan
da’volarini puchga chiqaruvchi asosiy dalillardan biri bo’lishiga sababdir. Ularning
bu da’volariga yorqin misol tariqasida oliy o’quv yurtlari uchun 1982 yil
chiqarilgan SSSR tarixining 1-qismda O’rta Osiyoni bosib olinishi mavzusi “O’rta
Osiyo xalqlarini Rossiyaga qo’shib olinishi” 27 deb nomlanganligini ko’rsatish
kifoyadir. Ayni shu bobda 1873 yil voqeyalari ikkita gap28 bilan “yoritilganligi”
ham yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi.
Ushbu bobga qisqacha xulosa qilib shuni aytish mumkinki MakGahanning
“O’kuzdagi harbiy harakatlar va Xivaning qulashi” asari juda ulkan manbaviy
ahamiyatga ega asar hisoblanadi. U o’zida nafaqat tarixiy, balki etnologik va
toponomok manbaviy xususiyatlarni jamlaganligi diqqatga sazovordir. O’zida
etnologik va toponomik ma’lumotlarga ega ekanligi ushbu asarning ilmiy qiymati
va ahamiyatini yanada oshishiga sabab bo’ladi. Zero, hech qanday g’oyaviy va
siyosiy tasirlarga uchramay, aksincha ulardan holi yozilgan ushbu asar yanan
Xivani bosib olinishiga bag’ishlangan rus manbalaridan masalaga ob’yektiv
jihatdan, hech qanday millatchilik va shovinistik g’oyalarga berimay yozilganligi
bilan ustundir. Bu esa yana bir bir asarning manbaviy ahamiyati yuqori ekanligini
ko’rsatib beradi.
27
28
История СССР. Под. ред. Н.Е.Артемова. М.: Высшая школа. 1982. Ч.I. С. 320.
Bu haqidaqarang. O’sha asar... B. 323.
14
II.Bob. Asar mazmunining tahlili
2.1. Tarixiy manba sifatida
Endi bevosita asar mazmuning tahliliga o’tadigan bo’lsak, avvalo uni tarixiy
manba sifatida tahlil qilamiz. Bu tahlilning ob’yektivligini ta’minlash uchun biz
mahaliy tarixchilardan biri bo’lmish Muhammad Yusuf Bayoniyning “Shajarayi
Xorazmshohiy” asariga, hamda rus manbalari asosida o’z tadqiqotini olib borgan
tarix
fanlari
doktori,
proffesor
Xondamirzo
G’ulomovning
ilmiy
monagrafiyalariga 29 murojat etdik. Shu o’rinda men Bayoniyning “Shajarayi
Xorazmshohiy” asariga qisqacha tarif berib o’tishga qaror qildim.
Ushbu asar Xorazmning qadimgi zamonlaridan boshlab 1873 yilgacha taixiy
voqeyalarini o’z ichiga olish bilan bir qatorda, undan so’ngi davrlarda ya’ni 1873
yildan 1913-1914 yilgacha bo’lgan tarixiy voqealarni ham o’z ichiga oladi.30 1873
yilgacha bo’lgan voqeyalarni yoritishda Bayoniy Ogahiy va Munis asarlaridan
foydalangan bo’lsa, 1873 yildan boshlab 1914 yilgacha Xorazmda bo’lgan tarixiy
voqeyalar Bayoniy tomonidan yozilgan. Bu “Shajarayi Xorazmshohiy” asarining
qiymati ham asosan ana shu davr taixini yoritishdadir.
31
Asar 1911 yilda
boshlangan bo’lib, 1914 yili tugatilgan. 1958 yilgacha ushbu asarning dunyoda
yagona hisoblanib kelingan bu asarni 1954 yili O’zR FA akademigi prof.
Y.G’.G’ulomov O’zR FA Abu Rayxon Beruniny nomidagi Sharqshunoslik
institutiga taqdim etgan edi. 1958 yili O’zR FA H.Sulaymon nomidagi
qo’lyoamalar institutidan bir qancha qo’l yozmalar sotib oldi. Ular bilan birgalikda
Bayoniyning “Shajarayi Xorazmshohiy” nomli asaridan yana bir nusxa mazkur
institut tomonidan qo’lga kiritildi.32 Ushbu asarning aynan 1873 yil voqeyalarini
batafsil yoritganligi bizga uni MakGahanni asarini solishtirma tarzda tahlil etish
29
Гуломов X.Г. Средняя Азия и Россия: истоки формирования межгосударственных отношений. – Т.:
“Университет”. 2005. // O’sha muallif. Дипломатические отношения государств Средней Азии с Россией в
XVIII – первой половине XIX века. – Т.: “Фан”, 2005.
30
Муниров Қ. Хоразмда тарихнаислик. – Т.: “Ғ.Ғулом”. 2002. Б. 56.
31
O’sha asar... B. 57.
32
Муниров Қ. Хоразмда тарихнаислик. – Т.: “Ғ.Ғулом”. 2002. Б. 59.
15
imkonini beradi. Bu ikki manbada o’xshashliklar bilan bir vaqtda bir birida
uchramas manbalar ham ko’p.
Endi bevosita tahlil jarayoniga o’tsak. Yuqorida ta’kidlangandek MakGahan
asarida nafaqat 1873 yil voqeyalari balki bundan bir necha asr oldin sodir bo’lgan
voqeyalar ham yoritilganli diqatga sazovordir. Xususan asarning ikkinchi
qismining “Xivaga avval qilingan yurishlar haqida” (“Предшествовавшие
экспедиции против Хивы”) deb nomlangan IX bobida Xivaga Rossiya
hukumatining rasmiy yurishlari va Yoyiq va Ural kazaklarining bosqinchilik
yurishlari haqidagi ma’lumoti diqatga sazovardir. MakGahanning bu haqida:
“ularning dastlabkisi Yoyiq yoki Ural kazaklari tomonidan uyushtirilagan edi”33
deb, shuningdek ularning umuiy soni beshta ekanligini va ularning barchasi
mag’lubiyat bilan tugaganligini, Kaufmanning yurishi oltinchi yurish ekanligini
ta’kidlaydi.34
Ushbu ma’lumotlar Bayoniyning “Shajarayi Xorazmshohiy” asarida ham o’z
aksini topgan bo’lib, Bayoniy bu haqida quyidagicha yozadi: “Ammo Rusiya
davlati mundin burun besh marotaba Xorazm ustiga askar yuborib, alarning
ba’zilari Xorazm yo’lida tashnalikdin qirilib, ba’zilari Xorazmga borib urishib,
qirilib, hanuzgacha aslo zafar topa olg’onlari yo’q erdi.” 35 Shuningdek, bu
gaplarning
tasdig’ini
X.G’ulomov
o’zining
monagrafiyasida
keltiradi.
36
Shuningdek, bu haqida N.I.Gorodekov o’z asarida ruslarning Xiva nisbatan
qarashlarini yozar ekan: “1869-yilga kelib Buxoro va Qo’qon xonliklari bizning
qurolimiz kuchini o’zlarida sinab ko’rishdi, ular o’zlarining hududlarini salmoqli
qismini yo’qotishdi va bo’ysunishdi. Qo’qon Xo’jant va Toshkentning olinishi
bilan Buxorodan uzilib qoldi, u esa o’z navbatida Samarqandni yoqotdi. Faqatgina
Xiva xonligi hali ham tegilmagan holda, 1717 va 1839 yillardagi yurishlarning
Мак Гаҳан. Хиванинг истило қилиниши. О.Абдуллаев таржимаси... Б. 44.
O’sha asar... B. 44-51.
35
Баёний. Шажарии Хоразмшохий. // Мерос. Таҳрир ҳайьати: Б.Аҳмедов ва бошқ. – Т.: Камалак. 1991. Б.
207.
36
Bu haqida qarang. Гуломов X.Г. Дипломатические отношения государств Средней Азии с Россией в XVIII
– первой половине XIX века. – Т.: “Фан”, 2005. C. 20-24.
33
34
16
omadsizligidan mag’rur tarzda turar edi” 37 deb ta’kidlaydi. Demak MakGahan
keltirgan ma’lumotlar to’g’ri ekanligi manbalar va ilmiy izlanishlar tomonidan
isbotlandi. Ammo MakGahan nafaqt bu yurishlarni sonini balki ularning qanday
kechganligi va qanday yakunlanganligi haqida ham ma’lumot beradi. Misol uchun
MakGahan 1873 yil yurishida 156 yil avval uyushtirilgan knyaz Aleksandr
Bekovich-Cherkasskiyning yurishiga to’xtalar ekan. Ushbu yurishni har jihatdan
ochib berishga harakat qilgan. Xususan MakGahan bu haqida quyidagilarni
keltiradi: “Ruslarning shundan keyingi Xivaga hujumi 1717 yilda Buyuk Pyotr
hukumronligi davrida Bekovich-Cherkasskiy tomonidan uyushtirildi... Xivada o’z
hukumronligini o’rnatish uchun qo’shin jo’natishga qaror qildi. Bekovich zudlik
bilan bu safar uchun 4000 kishilik armiya to’pladi.” 38 Uning bu ma’lumotlari
Bekovich-Cherkaskiy
ekspeditsiyasiga
bag’ishlangan
ko’plab
manba
va
adabiyotlar bilan bir xildir. Xususan ulardan biri X.G’ulomovning monagrafiyasida
ham yuqoridagi voqealar rus manbalariga ko’ra ta’kidlangan edi. 39 Shuningdek,
MakGahan ushbu ekspeditsiyani halokat sabablari haqida to’xtalar ekan,
Bekovichning shaxsiy hayotidagi fojea (ekspeditsiyaning dastlabki kunlari uning
xotini va ikki qizi Kaspiyda to’fonga uchrab halok bo’lishganligi haqidagi xabar
unga qattiq ta’sir qilgan edi) va yo’ldagi qiyinchiliklar natijasida Xivaga yetib
kelganda uni esi joyida bo’lmaganligini taxmin qiladi. Mak-Gahan bu holatni
quyidagicha bayon etadi: “Xonning rus qisimlarini kichik guruhlarga bo’lib
joylashtirish haqidagi g’alati taklifi har qanday boshqa odamda shubha uyg’otishi
mumkin edi, ammo Bekovichning bu payitga kelib esi joyida bo’lmagan bo’lsa
kerak... u nafaqat bu taklifda hech qanday shubhani ko’rmadi, balki polkovnik
Frankenburgga (Bekovich 1000 kishilik askarlari bilan oldinga ketganidan so’ng
ekspeditsiyaning asosiy kuchlariga boshlig’i sifatida tayinlangan shaxs) ushbu
taklifga amal qilib qo’shinlarni bo’lishga buyuradi, u uch martta bu buyruqni
bajarishdan bosh tortadi va shunda Bekovich to’rtinchi martta unga buyruq
Н. И. Гордеков. Хивинский поход 1873 года. Действия Кавказских отрядов. – СПб.: “Русская старина”.
1883. – http://www.vostlit.info.
38
Мак Гаҳан. Хиванинг истило қилиниши. О.Абдуллаев таржимаси... Б. 45-46.
39
Bu haqida qarang. Гуломов X.Г. Средняя Азия и Россия: истоки формирования межгосударственных
отношений. – Т.: “Университет”. 2005. C. 39-48.
37
17
yuborib, buyruq bajarilmasa uni harbiy sudga berishini ma’lum qiladi.”
40
Darhaqiqat Bekovichga bag’ishlangan ko’plab asarlarda uning xotini va ikki qizi
halokatga uchraganligi va xabar Bekovichning ruhiyatiga qattiq ta’sir etgani.
Shuning uchun u xonning taklifiga ishonib qo’shinni bo’lib tashlaganligi va
oqibatda rus armiyasi butunlay tor-mor etilishiga sabab bo’lganligi haqida
ma’limotlar bor. 41 Ushbu ma’lumotlardan kelib chiqib MakGahn rus tarixini
yaxshi o’rganganligini ta’kidlash mumkin.
Shuningdek,bevosita 1873 yil voqeyalarini yoritilishiga kleadigan bo’lsak,
MakGahanning bu borada keltirgan ma’lumotlari boshqa manbalar bilan deyarli
100 % to’g’ri kelishi uning tarixiy manbaviy ahamiyatini oshiradi. Bu so’zlarni
isboti sifatida birgina misolni keltirishni o’rinli deb bildim. MakGahan asarining
ikkiinchi qismining VII bobi “Birlashgan qo’shinlar harakati” deb nomlanadi.
Ushbu bobda
xususan shunday deyiladi: “Soniga o’q tegib yiqilgan turkman
qo’lga olindi. U og’riq azoblariga mardona chiqab, churq etmadi. Ammo ko’p
aldov suldovlardan keyingina ba’zi narsalarni aytib berdi. Uning gaplariga
qaraganda, armiya atrofida aylanib yurganlar 400-500 kishi bo’lib, xon tomonidan
Xo’jaylini mudofa qilishga yuborilgan 6000 otliq suvoriy tarkibidan ekan.
Otryadni asosiy qismi shaharni qo’riqlab qolibdi. 42 ”
Aynan shunday voqeya
bayoni “Shajarayi Xorazmshohiy” asarida ham mavjud. “Rusiya askari bulardin bir
zahmdorini tutib muloyimat bila debdurlar: “Agar sen bizlarga rost xabar bersang,
seni yuborurmiz”. Zahmdor debdur: “Xorazm xoni Xojaelining muzofati uchun
olti ming kishi yubordilar, besh yuz kishi davom Rusiya askarining atrofini
aylanib, fursat oxtarib yuribdirlar. Qolg’onlari Xojaelida urushg’a omoda bo’lib
turubdilar.”43 Bu voqealarning bayoni yana bir bor asarning tarixy manba sifatidagi
ahamiyati juda yuqori ekanligidan dalolat beradi.
Мак-Гахан. Военные действия на Оксусе и падение Хивы. Соч.— М.: В Университетской типографии
(Катков и К°), 1875. http://militera.lib.ru/memo/0/one/usa/mcgahan
41
Bu haqida qarang. Омаров О.Ю. Отважный исследователь Каспийского моря. – Махачкала. Даг.Кин.Изд.
1965. С. 44-45.
42
Мак Гаҳан. Хиванинг истило қилиниши. О.Абдуллаев таржимаси... Б. 31.
43
Баёний. Шажарии Хоразмшохий. // Мерос... Б. 212.
40
18
2.2.Etnografik manba sifatida
Yuqorida
ta’kidlangandek
MakGahanning
“O’kuzdagi
harbiy
harakatlar va Xivaning qulashi” asari nafaqat tarixiy balki etnografik manba
sifatida ham ahamiyatlidir. Zero, unda nafaqt urush harakatlari balki Xorazm
xalqining XIX asrning so’ngi choragidagi turmushi, xo’jaligi, moddiy va
ma’naviy madaniyati va boshqa ko’plar etnografik ma’lumotlar keltirilgan.
Xususan asarning ikkinchi qismidagi “Xivaliklar orasida” deb nomlangan 3
bobida Xorazm bozorini tasvirlash jarayonida juda ko’p etnologik
ma’lumotlar keltirilgandir. Ular quyidagilardir.
“Xivalilar bozorga un va sabzovot, tovuq, qo’y, tandirdan yangi uzilgan
non, pahmoq o’rik, va guruch choy, qand-qurslarlarni uyib tashlashgandi. Oq
tut mevasining esa hisobi yo’q edi.”44 Bu o’sha davrdagi Xorazm vohasining
asosiy yeguliklari va xo’jaligi haqida ahamiyatli ma’lumotdir.
Shuningdek, MakGahan asarida Xorazmliklarni tashqi qiyofasi va
kiyinishini ya’ni antropologiyasi va moddiy madaniyatini yoritadi. Bu haqida
u “Ularning ko’pchiligi o’rta bo’yli, oriq, chayir, qora soqol qo’ygan bo’lib,
ko’zlarida qandaydir yovuz ifoda bor edi. Bir vaqtlar oq matodan tikilgan
kamzullari hozir rangini ajratib bo’maydigan alfozga kelgan, chalvor va
ko’ylaklari bo’zdan to’qilgan. Ustidan yengi uzun xalat qiyishgandi.
Xivaliklarning mayda sariq va qo’ng’ir yo’-yo’l chiziqli xalatlari juda xunuk
bo’lib, buxoroliklarning yaltiroq, chiroyli to’nlariga aslo tenglashtirib
bo’lmas edi. Bozordagi odamlarning ko’pchiligi yalang oyoq, hammasining
boshida qora qoy terisidan tikilgan, og’irligi 6-7 funt keladigan katta qalpoq
bor.” 45 deydi. Uning bu kuzatuvlariga bergan fikrlari albatda nisbiydir.
Chunki AQSHda tug’ilib o’sgan va Yevropa davlatlarida yashagan odam
44
45
Мак Гаҳан. Хиванинг истило қилиниши. О.Абдуллаев таржимаси... Б. 14.
O’sha asar... B. 14.
19
uchun albatta O’rta Osiyo xalqlarining madaniyati o’zgacha ko’rinada.
Shuningdek u Xiva ayollaridan birini tasvirlar ekan bu haqida quyidagilarni
keltiradi. “U keksa kampir bo’lib, ko’rimsizgina Xiva cho’ponini kiygan edi.
Kiyimiga qarab, faqat boshidagi sallaga o’xshatib o’ralagan ro’moldan ayol
ekanligini ajratsa bo’lardi. Xiva ayollarining hammasi ana shu taxlitda
kiyinishardi.”46
Shuningdek u o’z asarining uchinchi qismida turkman xalqining
etnografiyasiga
bag’ishlangan
ma’lumotlarni
keltiradi.
Xususan,
uni
ta’kidlashicha “Xiva xonligida yashovchi turkmanlar olti qabilaga mansub:
1) 2500 uyli Imrali;
2) 3500 uyli Kodorlar;
3) 2000 uyli Qaradashlilar;
4) 1500 uyli Qora-Egeldilar;
5) 1500 uyli Amali-Igokenlar
6) 11000 uyli Yovmutlar;
Hammasi bo’lib, umumiy aholisi o’rata hisobda 110 000 jonni tashkil
etadi.”47
Yana turkmanlar to’g’risida ma’lumot berarkan MakGahan “o’q va
qilich kuchi bilan yovmutlar turkman qabilalari orasida eng ko’p va eng
kuchli bo’lgani uchun ruslarga zarba berishni mo’ljallagan edi. Ular 11000
uyli bo’lib, boshqa qabilalarning hammmasi yig’ilgahda shuncha chiqardi.” 48
deydi.
Shuningdek u turkmanlar haqida “bu xalq o’z yurtida osoyishta va
farovon turmush kechirgan urushlar ham juda olisda – rus yoki forslarning
chegaralarida bo’lardi. Atrofi bepayon qum sahrolari bilan o’ralagan bu
kichik voha aholisi Tinch okeanning janubiy qismida yangi kashf etilgan
Мак Гаҳан. Хиванинг истило қилиниши. О.Абдуллаев таржимаси... Б. 27.
O’sha asar... B. 55.
48
Мак Гаҳан. Хиванинг истило қилиниши. О.Абдуллаев таржимаси... Б. 58.
46
47
20
orollarda istiqomat qiluvchilar kabi tashqi dunyodan mutlaqo uzilib qolgan
edi. Ammo ularning oromi buzildi, urush alangasi tinch, beg’am
xonadonlarni o’z dahshatli domiga tortdi. Bepayon tashqi dunyo bilan
tanishihs bu baxtiqarolar uchun juda qimmatga tushdi...”49 deydi MakGahan.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash mumkinki ushbu asar nafaqat tarixiy
balik etnologik ma’lumotlarga ega asar bo’lib, uni ob’yektiv jihatdan tahlil
etish bizga ya’ni tarixchi olimlarga O’rta Osiyo xalqlarining etnologiyasi
haqida bir qancha ma’lumot berishi mumkin.
49
Мак Гаҳан. Хиванинг истило қилиниши. О.Абдуллаев таржимаси... Б. 66-67.
21
Xulosa
Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki mazkur O’zbekistonning XIX
asr tarixiga oid bo’lgan manba – MakGahanning “O’kuzdagi harbiy
harakatlar va Xivaning qulashi” asarining tahlili chog’ida asarning
O’zbekiston tarixini o’rganishdagi ahamiyatining yuqori bo’lganligi va
o’zida bir nechta manbaviy xususiyatlarni jamlaganligini imkon qadar ochib
berishga harakat qilindi.
Shuningdek, kurs ishida MakGahanning jo’shqin ammo qisqa hayoti (u
vafot etganda 34 yoshda edi holos) davomida o’zdan nafaqat yaxshi nom
balki yirik tarixiy manbalar ham qoldirganligi. Shuning uchun biz uning
hayot yo’li va ijodini o’rganar ekanmiz hech ikkilanmasdan uni yetuk
jurnalist va o’ziga xos tarixchi deb ta’kidlashimiz mumkinligi. Uning ilmiy
merosini esa biz o’rganib, tahlil qilib, ilmiy muomilaga kiritishimiz,
qolaversa omma e’tiboriga havola etishimiz lozimligi isbotlandi.
Xulosa qilib yana shuni aytish mumkinki MakGahanning “O’kuzdagi
harbiy harakatlar va Xivaning qulashi” asari juda ulkan manbaviy ahamiyatga
ega asar hisoblanadi. U o’zida nafaqat tarixiy, balki etnologik va toponomok
manbaviy xususiyatlarni jamlaganligi diqqatga sazovordir. O’zida etnologik
va toponomik ma’lumotlarga ega ekanligi ushbu asarning ilmiy qiymati va
ahamiyatini yanada oshishiga sabab bo’ladi. Zero, hech qanday g’oyaviy va
siyosiy tasirlarga uchramay, aksincha ulardan holi yozilgan ushbu asar yanan
Xivani bosib olinishiga bag’ishlangan rus manbalaridan masalaga ob’yektiv
jihatdan, hech qanday millatchilik va shovinistik g’oyalarga berimay
yozilganligi bilan ustundir. Bu esa yana bir bir asarning manbaviy ahamiyati
yuqori ekanligini ko’rsatib beradi. Biz esa o’z navbatida ushbu va boshqa
asarlarnio’rganish va taqhlil etish orqali o’zimizning boy tariximizni bilamiz,
22
anglaymiz va kelajak avlodlarga qoldiramiz. Chunki har bir inson, jamiyat,
davlat va millat uchun o’z tarixini bilish suv va havodek zarurdir. Zero,
yurtboishimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: “O’z tarixini bilmaydigan,
kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo’q”.50
50
I. Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat. 2008. – B.4.
23
Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxati
Ozbekiston Respublikasi hukumat qarorlari va Prezident asarlari:
1.
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “Ўзбекистон
Республикаси Фанлар Академияси Тарих институти фаолиятини
такомиллаштириш тўғрисида”ги Қарори. // Ўзбекистон овози. 1998
йил, 28 июль.
2.
Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. – Т.: “Шарқ”. 1998.
3.
Karimov. I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat.
2008.
Manbalar
4.
Мак-Гахан. Военные действия на Оксусе и падение Хивы. Соч.— М.:
В Университетской типографии (Катков и К°), 1875.
5.
Мак Гаҳан. Хиванинг истило қилиниши. О.Абдуллаев таржимаси. –
Т.: ТМИ босмаҳонаси. 2000.
6.
Баёний.
Шажарии
Хоразмшохий.
//
Мерос.
Таҳрир
ҳайьати:
Б.Аҳмедов ва бошқ. – Т.: Камалак. 1991.
7.
Ломакин. Описание Хивинского похода. – СПб. 1874. C. 193.
8.
Н. И. Гордеков. Хивинский поход 1873 года. Действия Кавказских
отрядов. – СПб.: “Русская старина”. 1883. – http://www.vostlit.info.
Adabiyotlar
9.
Бекмуҳаммад У. Ғаройиб одам. // Ҳарбий ҳийлалар. – Т.: “Янги аср
авлоди”. 2008.
24
10. Гуломов X.Г. Средняя Азия и Россия: истоки формирования
межгосударственных отношений. – Т.: “Университет”. 2005.
11. Гуломов X.Г. Дипломатические отношения государств Средней Азии
с Россией в XVIII – первой половине XIX века. – Т.: “Фан”, 2005.
12. ЖўраевН.Қ.
Тарих
фалсафасининг
назарий
асослари.
–
Т.:
“МАЪНАВИЯТ”. 2008.
13. История СССР. Под. ред. Н.Е.Артемова. М.: Высшая школа. 1982. Ч.I.
14. Madraimov A., Fuzailova G. Manbashunoslik. – T.: O’zbekiston
faylasuflari milliy jamiyati nashiriyoti”. 2008.
15. Муниров Қ. Хоразмда тарихнаислик. – Т.: “Ғ.Ғулом”. 2002.
16. Омаров О.Ю. Отважный исследователь Каспийского моря. –
Махачкала. Даг.Кин.Изд. 1965. С. 44-45.
17. Cаидбобев З.А. Европада Ўрта Осийга оид тарихий-картографик
маълумотлар (XVI-XIX). – Т.: “ФАН”. 2008.
18. Cолженицын А.И. На возврате дыхания. – М.: «Варгус». 2004.
19. www.historiyxru/brokgauz&efron.ru
25
Ilovalar
MakGahanning “O’kuzdagi harbiy harkatlar va Xivaning
qulashi” asariga ilova qilgan xaritalaridan biri.
26
MakGahanning “O’kuzdagi harbiy harkatlar va Xivaning
qulashi” asariga ilova qilgan xaritalaridan biri.
27
MakGahanning 1875 yildagi surati.
MakGahan.
Rus-turk urishi davridagi gravyura
28
AQSHning NewLexington qabristoidagi MakGahan qabri
Qabr ustiga “Bolgariya haloskori” deb yozilgan
29
Download