Uploaded by Вазира Шамуродова

SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH HAYOTIY

advertisement
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO‘JALIGINI
MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
Fan: Mutahasislika kirish
Kafedra: ”Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni
avtomatlashtirish va boshqarish”
REFERAT
MAVZU: SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH HAYOTIY
ZARURIYAT
Bajardi:
Jumanov Sh. _
Tekshirdi: Gaziyeva R.T.
TOSHKENT 2019
Rеjа:
1. Relelar xaqida umumiy tushunchalar
2. Ish printsipi bo‘yicha elektrik relelar uz navbatida quyidagi turlarga
bo’linadi.
3. Elektromagnitli relelar.
SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH
HAYOTIY ZARURIYAT
Malumki foydalanilayotgan suvning umumiy miqdori o‘tgan asrning 80 yillariga
nisbatan iliga 64 mlrd/ m dan o‘rtacha 51 mlrd/ m (o‘rtadagi farq — 13 mlrd. Metr ub)gacha
kamaytirildi;
Istiqlolgacha bo‘lgan davrda 1 gektar sug‘oriladigan maydonga 10-11 ming
metr kub suv ishlatilgan bo‘lsa, bugun bu ko‘rsatkich 6-7 ming metr kubni tashkil etadi;
— Jami sug‘oriladigan 4,3 mln. gektar yer maydonini suv resurslari bilan ta’minlashda 180
ming km sug‘orish tarmoqlari, 160 ming dona suv xo‘jaligi
inshootlari, shu jumladan 800
dan ortiq yirik gidrotexnik inshootlar, umumiy haj mi 19,2 mlrd/m bo‘lgan 55 ta suv
omborlari, yillik elektr energiyasining umumiy sarfi 8,2 mlrd.kVt quvvatga teng 1614 tanasos
stansiyalari,
4124
ta
tik
sug‘orish
quduqlari
faoliyat
ko‘rsatmoqda;
— O‘tgan asrning 80-90-yillarida 4,0 mln. gektar umumiy sug‘oriladigan yerlardan 2,0 mln.
gektari (50 foizi) da paxta yetishtirilgan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 1,2 mln.
gektarni yoki jami sug‘oriladigan maydonlarning 30 foizini tashkil etadi;
— Sholi maydonlari 180 ming gektardan 40 ming gektargacha kamaytirildi. Sug‘oriladigan
yerlarning boshqa qismini suvni kam talab qiladigan va inson yashashi uchun zarur
bo‘lgan boshoqli don, sabzavot-poliz va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari egalladi;
— Suv resurslarini ma’muriy boshqaruv tamoyilidan havzaviy boshqaruv tamoyiliga
o‘tkazilishi suvni samarali boshqarish va adolatli taqsimlash imkonini berdi.
Hozirda 10 ta irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, 63 ta irrigatsiya tizimlari va
magistral kanallari boshqarmalari faoliyat yuritib kelmoqda. Shuningdek, dehqon va fermer
xo‘jaliklari o‘rtasida suv munosabatlarini tartibga soluvchi 1501 ta Suv iste’molchilari
uyushmalari tashkil etildi. Suv, bu – hayot, taraqiyotning muhim bir qismi Ma’lumki,
respublikamiz hududida 11,47 km3 miqdorda ichki suv resurslari shakllanib, shundan 4,82
km3 – Amudaryo havzasiga, 6,65 km3 – Sirdaryo havzasiga to‘g‘ri keladi. Qolgan 80
foizdan ortig‘i esa, transchegaraviy suv resurslari hisobiga to‘ldiriladi. Umuman,
mamlakatimiz iqtisodiyotida jami ishlatilayotgan suvlarning 88 foizi qishloq xo‘jaligi
hissasiga to‘g‘ri keladi, qolgani – maishiy xizmat ko‘rsatish sohasi – 8 foiz, energetika – 1,5
foiz, sanoat – 2 foiz, baliqchilik– 0,5 foizni tashkil etadi. Bunday holat o‘z-o‘zidan mavjud
suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanishni tashkil etish, sug‘oriladigan yerlarning
meliorativ holatini yaxshilash, suv xo‘jaligi inshootlari texnik holatini yaxshilash va ularni
modernizatsiya qilish, suvni tejash texnologiyalarini keng ko‘lamda joriy etish, suv xo‘jaligi
tashkilotlarining texnik bazasini mustahkamlash, suv iste’molchilari uyushmalari faoliyatini
yanada yaxshilash, soha mutaxassislarining malakasini oshirishga qaratilgan islohotlarni
taqozo etadi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun tegishli huquqiy asoslar yaratilishi zarur
bo‘ladi.
Huquqiy asoslar va maxsus dasturlar.
2009 yilda O‘zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi
qonuniga suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining majburiyatlarini yanada
oshirish, ularning huquqiy maqomlari, vazifalarini aniq belgilashga qaratilgan o‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritildi. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligidan olingan ma’lumotga ko‘ra, ayni
paytda Suv Kodeksi loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Suv xo‘jaligi inshootlarini zamonaviylashtirishga davlat byudjetidan juda katta mablag‘
ajratilayotgani hech kimga sir emas. Respublika bo‘yicha har yili o‘n minglab kilometr
magistral kanallar, sug‘orish va nov tarmoqlari, qanchalab gidrotexnik inshootlar va
gidropostlar tozalanadi va ta’mirlanadi, texnik holati yaxshilanadi. Natijada, suvni tezkor
boshqarish va iste’molchilarga o‘z vaqtida kafolatli yetkazib berish imkoniyati yaratilib,
sug‘orish tarmoqlaridagi texnik va filtratsiyaga yo‘qolishlar sezilarli darajada kamayadi.
2007 yilda birinchi Prezidentimizning Farmoniga ko‘ra, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ
holatini yaxshilash Jamg‘armasi tashkil etilishi, 2008-2012 yillarga mo‘ljallangan
Davlat Dasturining qabul qilinishi, bu boradagi ishlar sifatini yangi bosqichga ko‘tardi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Jam g‘arma tomonidan 2008-2012 yillarda birgina kollektordrenaj tarmoqlarini qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash-tiklash ishlariga jami 750
mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ ajratilgan. Ush bu mablag‘ 3,56 ming km kol lektor-drenaj
tarmoqlari, 143 dona meliorativ nasos stansiyalari, 797 dona vertikal drenaj quduqlarini
rekonstruksiya qilish va qurish ishlariga, shuningdek, minglab kilometr zovur-drenaj
tarmoqlarini ta’mirlash va tiklash ishlariga, 1500 ga yaqin zamonaviy, yuqori unumli
meliorativ texnika va mexanizmlarni olib kelishga sarflangan. Eng asosiysi, mablag‘larning
maqsadli yo‘naltirilishi natijasida, 20-30 yildan buyon rejalashtirilayotgan bir qator yirik
meliorativ ob’ektlar qurilishi tugallanib, ishga tushirildi.
Sug‘oriladigan maydonlarning meliorativ holati yaxshilandi, kuchli va o‘rtacha sho‘rlangan
maydonlar hajmi kamaydi, yer osti sizot suvlari maqbul sathga tushirildi, o‘rtacha
hosildorlik paxtada 3-4, g‘allada 4-5 sentnergacha ko‘ paydi.
Suvni tejaydigan texnolo giya larning joriy qilinishi natijasida so‘nggi yillarda 6,0 ming
gektar maydonga tomchilatib sug‘orish tizimi qurilib muvaffaqiyatli ishlatilib kelinmoqda.
Egatga plyonka to‘shab va ko‘chma egiluvchan quvurlar yordamida sug‘orish texnologiyasi
3,0 ming gektarga yaqin maydonda qo‘llanilmoqda. Uning asosiy qismi paxta
maydonlaridir. Hukumatimiz tomonidan 2013-2017 yillarda qo‘shimcha 25 ming gektarda,
shu jumladan
yangidan barpo etiladigan bog‘-tokzorlar, sabzavot-poliz ekinlari
yetishtiriladigan yerlarda to‘liq tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilish rejalashtirilmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, bu borada amalga oshirilgan yangilanishlar mohiyati suv resurs lari
bilan bog‘liq butun jab hani modernizatsiya qilish or qali dunyo taraqqiyotiga uyg‘unlashuvi
bilan izohlanadi. Bunda xorijiy investitsiyalarni jalb etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Chet el investitsiyalarini jalb etish Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish,
sug‘orish va zax qochirish tizimlarini ta’mirlash-tiklash, suv xo‘jaligi inshootlari hamda
nasos stansiyalarni modernizatsiya qilishda sohaga Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki,
Islom taraqqiyot banki, Saudiya rivojlanish fondi, OPEK fondi, Quvayt fondi, Xitoy Xalq
Respublikasi Eksimbanki, Yaponiya, Shveytsariya, Germaniya kabi davlatlar hamda xalqaro
tashkilotlar va agentliklarning investitsiyalari keng jalb etilmoqda. Oxirgi 10 yilda soha
tizimini texnik
va texnologik qayta qurish, yangilash uchun umumiy qiymati 1,2 mlrd.
dollardan ortiq bo‘lgan 20 dan ortiq investitsion loyihalar amalga oshirildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Irrigatsiya va Drenaj bo‘yicha Xalqaro Qo‘mita, Butunjahon
Suv Kengashi, Suv Resurslarini Rivojlantirish va Boshqarish bo‘yicha Islom Davlatlar aro
Tarmog‘i, Yirik to‘g‘onlar bo‘yicha Xalqaro Komissiya kabi xalqaro tashkilotlarning teng
huquqli a’zosi hisoblanadi. Bugun ushbu uzviy va izchil xalq aro hamkorligimiz tufayli suv
resurslaridan samarali foydalanishdek o‘ziga xos tajribamiz jahon hamjamiyati tomonidan
global suv xo‘jaligi siyosatining shakllanishida qo‘llanilmoqda.
2011 yilning may oyida Toshkent shahrida Butunjahon Suv Kengashi bilan hamkorlikda
«6-chi Umumjahon Suv Forumi sari – suv xavfsizligi yo‘nalishidagi hamkorlik harakatlari»
mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etgan 32 mamlakat va 20 dan ortiq xalqaro
nufuzli tashkilotlardan 400ga yaqin ekspertlar, olimlar va suv xo‘jaligi sohasidagi yetakchi
mutaxassislar tomonidan O‘zbekistonning transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish
borasida tutgan pozi tsiya si juda to‘g‘ri ekanligi yana bir bor e’tirof etildi.
Transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish holati
Afsuski, asosiy suv resurslarimiz transchegaraviy bo‘lgan Amudaryo va Sirdaryo
daryolarining zimmasiga to‘g‘ri kelishi va ularning yuqori oqimida joylashgan qo‘shni
davlatlarning suvni boshqarishdagi bir tomonlama xatti-harakatlari respublikamiz suv
ta’minotiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Jumladan, Tojikistonda va Qirg‘izistonda
qurilgan To‘xtagul, Nurek va Qayroqum yirik suv omborlarining irrigatsiya rejimidan
energetik rejimga o‘tkazilishi daryolar suv oqimining o‘zgarishiga sabab bo‘ldi.
– Ma’lumki, bunday GESlar energetik rejimda ishlaganda, yoz oyida daryo suvlari suv
omborida ushlanib qolinadi, qish faslida esa, elektr manbaini ishlab chiqarish uchun
yig‘ilgan suv chiqarib yuboriladi. Natijada, qish oylarida oqim bo‘y lab pastda joylashgan
mamlakatimizning ayrim hududlarini suv bosishi xavfi tug‘ilsa, yoz mavsumida sun’iy suv
taqchilligi yuzaga keladi
Shunday qilib, suv omboridan sutkalik suv chiqarilishidagi keskin o‘zgarishlar natijasida
kanallar qirg‘oqlari yuvilib, beton qoplamalari yemirilishiga, suvdan samarali foydalanish
darajasining pasayishiga, oxir-oqibat davlatlararo suv ta’minoti bilan bog‘liq mavjud
vaziyatning yanada taranglashuviga sabab bo‘lmoqda.
Amudaryo havzasi bo‘yicha: Nurek suv ombori Vaxsh daryosida joylashgan. Umumiy suv
sig‘imi 10,5 mlrd.m3 To‘g‘on balandligi esa 300 metrni tashkil etib, dunyodagi eng baland
to‘g‘on hisoblanadi. Vaxsh daryosi suv resurslarining tabiiy rejimi irrigatsion maqsadlarda
ishlatilishiga mos keladi.
Shunga qaramasdan, 1992 yillardan boshlab Nurek GESi suv ombori bilan birgalikda to‘liq
energetik rejimda ishlay boshladi. Suv ombori yozda to‘la hajm gacha suv to‘plab, qishda
barcha suv chiqarib yuboriladi. Masalan, suv kam bo‘lgan 2011 yilning yoz davrini eslaylik.
Amudaryoning quyi qismida qattiq suv tanqisligi yuzaga kelib, hatto chorva mollarini suv
bilan ta’minlashda katta qiyinchilik tug‘ildi. Vaholanki, bu paytda Nurek suv omborida
4,5 mlrd.m3 suv ushlanib qolindi. Bu bilan O‘zbekiston va Turk maniston uchun keladigan
daryoning suvi shuncha miqdorga sun’iy ravishda kamaytirildi! Shu tariqa, yuqoridagi ikki
davlatning sug‘orish mavsumida Amudaryodan har yili 4,0-4,5 mlrd.m3 kam suv olmoqda.
– Albatta, daryolarning tabiiy holatini sun’iy rejimga o‘zgartirish, nafaqat qishloq
xo‘jaligiga, balki respublika aholisini suv bilan ta’minlashga, suv bilan bog‘liq bo‘lgan atrof
muhitga qattiq salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi.
Daryoda yozgi
oqim va suv sathining keskin o‘zgarishi ekotizimning izdan chiqishiga, chunonchi,
daryoning quyi oqimida mavjud ko‘plab baliq turlarini yo‘qolib ketishiga ham olib
kelmoqda. Bunday holat suv taqchil bo‘lgan 2000, 2001, 2008 yillarning vegetatsiya
mavsumida ham yaqqol kuzatilgan. Yirik GES va suv omborlarini qurish bilan bog‘liq
masalalar Transchegaraviy daryolar hisoblangan Amudaryo va Sirdaryoning yuqori
oqimlarida yirik gidroenergetik ob’ektlarning qurilishi, Osiyo mintaqasida shundoq ham o‘ta
nozik bo‘lgan ekologik vaziyatni va suv ta’minotidagi muvozanatni buzib, ekologik
inqirozni, ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Birinchi
Prezidentimizning 2010 yil 20 sentyabrda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMTning «Ming yillik
rivojlanish maqsadlari»ga bag‘ishlangan yig‘ilishida bu mavzuda g‘oyat tashvishlanib qilgan
nutqi ko‘pchiligimizning
yodimizda. Bu bejiz emas. Chunki, yirik gidroenergetik inshootlarning seysmik yuqori
bo‘lgan zonalarda qurilishi kelgusida texnogen avariyalar natijasida misli ko‘rilmagan
halokatlarni keltirib chiqarishi ehtimoldan holi emas. O‘tgan yillarda minglab insonlarning
halokatiga sabab bo‘lgan Yaponiyaning Fukusima AESida, Rossiyaning SayanoShushensk GESidagi texnogen avariyalar yoki Xitoyning Xenan provinsiyasidagi Bantsyao
va Shimantan suv omborlarining buzilishi oqibatida yuzaga kelgan ayanchli va o‘ta og‘ir
vaziyatlar bunga yaqqol misoldir. Qo‘shni davlatlar manfaatlariga xizmat qilishiga
qaratilgan transchegaraviy suv resurs - larining tabiiy oqimi va rejimini o‘zgartirishga doir
xatti-harakatlar nafaqat xalqaro suv huquqlarining me’yorlariga zid, balki insonlarga va
tabiatga nisbatan bo‘lgan umum insoniy tamoyillarga ham qarama-qarshidir. Shu o‘rinda
qator savollar tug‘iladi: nimaga asoslanib transchegaraviy dar yolarning tabiiy gidrologik
rejimi o‘zgartiriladi? Sun’iy ravishda hosil qilingan suv tan qisligi hamda aholi punktlari,
ekin va chorva mollari maydonlari suv bosishining zararini kim qoplaydi? Shubhasiz, dunyo
hamjamiyati tomonidan transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish borasida ishlab
chiqilgan va qabul qilingan xalqaro hujjatlar bu savollarga javob berishi mumkin. 2007
yildan buyon O‘zbekiston BMT doirasida qabul qilingan «Transchegaraviy suv oqimlari va
xalqaro ko‘llarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida»gi hamda «Xalqaro suv
oqimlaridan kema qatnovisiz foydalanish huquqlari to‘g‘risida»gi konvensiyalarga a’zo
bo‘lgan. Ushbu hujjatlarda barcha davlatlarning manfaatlari birdek hisobga olingan bo‘lib,
uning asosiy ta moyil laridan biri, bu transchegaraviy suv resurslaridan adolatli va oqilona
foydalanish hamda qo‘shni davlatlarga «zarar yetkazmaslik» hisoblanadi. Ushbulardan kelib
chiqib, shuni ta’kidlash lozimki, O‘rta Osiyo davlatlari o‘rtasida transchegaraviy suv
oqimlaridan foydalanish mintaqadagi barcha davlatlarning manfaatlarini hi sobga olgan
holda, xalq aro huquq me’yorlari va konvensiyalarning tamoyillari asosida tashkil etilishi,
transchegaraviy daryolarda yirik inshootlar qurilishi, albatta xal qaro xolis ekologik va
texnik ekspertizadan o‘tkazilishi hamda qo‘shni davlatlar bilan kelishilgan holdagina amalga
oshirilishi, aholi sonining keskin sur’atlar bilan oshishi, ehtiyojlarning kun sa yin ortishi
hamda iqlim o‘zgarishining ta’siri natijasida suv resurslarining yildan yilga kamayib
ketayotganini hisobga olib, suv resurslari birinchi navbatda, ichimlik va sanitariya
maqsadlariga, so‘ng qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga va ekologik holatni
barqaror lashtirishga va shundan keyin boshqa ehtiyojlarga berilishi kerak.
Xulosa qilib aytganda
Azaldan ota-bobolarimiz
suvni har tochisini muqaddas ne’mat bilib,uning har
tomchisidan sammarali va tejamli foydalanishgan.Chunki suv resurslarning miqdori va sifati
jamiyatning barqaror ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishini muhim ommilaridan biri
hisoblangan. Shuning uchun Suvni asrab avaylash kerak Suv bu hayot, uni asrab avaylab
kelajak avlotga yetkazaylik.
Download