Uploaded by husniddin8444

Yoqubova Mahliyo

advertisement
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ANDIJON IQTISODIYOT VA PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Kurs ishi Mavzusi: O’quvchilarni qo’llab quvvatlashda rag’batlantirish usullari.
Bajardi: Boshlang’ich ta’lim sirtqi 59-guruh talabasi “Yoqubova Mahliyo”
Tekshirdi: N.Valixonova
Andijon-2024
MUNDARIJA
I.
KIRISH................................................................................................................. 3
II. ASOSIY QISM .................................................................................................... 6
2.1 ABDULLA AVLONIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI......................... 6
2.2 “Turkıy Gulıston Yohud Axloq” asarıdagı «Komıl inson tarbıyasıga oıd
ilgarı surılgan g’oyalar» ........................................................................................... 15
2.3 Abdulla Avloniy komil insonlar tarbiyasi......................................................... 22
III. XULOSA .......................................................................................................... 33
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ........................................................ 35
2
I. KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. Hayot olamida, shubhasiz, tarbiya singari insoniyatga
ta'sirli narsa yo'qdir. Shu sababdan qadimdan mashhur donishmandlar tarbiya
to'g'risida qimmatli fikrlarni yozib qoldirganlar.
Yoshlar tarbiyasi, ularni ilmli va har tomonlama etuk qilib voyaga etkazish barcha
zamonlarda muhim vazifa hisoblangan. Mutafakkirlarimiz tomonidan yozib
qoldirilgan bunday nodir asarlar o'sib kelayotgan yosh avlodni salbiy illatlardan
asrab, axloqan pok, haqiqiy inson bo'lib etishishlariga undagan.
Ajdodlarimiz asrlar davomida sevib mutolaa qilgan “Pandnoma”, “Siyosatnoma”,
“Qobusnoma”, “Axloqi muhsiniy”, “Axloqi jaloliy”, “Axloqi nosiriy”, “Qonuni
hikmat”, “Nigoriston”, “Bahr al-ulum”, “Kachko'li sultoniy”, “Jovidoni xirad”,
“Bistu se hikmat”, “Hikoyoti dilpisand”, “Odob as-solihin”, “Turkiy “Guliston”
yoxud axloq” singari asarlar shular jumlasidandir. Ushbu nodir asarlarda avval
axloq-tarbiyaga oid biror so'z va tushunchani izohlab, keyin unga o'quvchi amal qilish
uchun naqliy va axloqiy dalillar keltiradi. Umuman ularning mazmun-mundarijasi,
ularda ilgari surilgan ilg'or g'oyalar bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan.
Xitoy donishmandi Syun-Szi “Chaqaloqlar hamma yerda bir xil yig'lashadi. Katta
bo'lganlarida esa turli qiliqlar qilishadi. Bu – tarbiyaning oqibati”, deb yozgan edi.
Olmon faylasufi Immanuil Kant o'z asarida “Inson faqat tarbiya orqali inson bo'ladi,
uning qandayligi tarbiyaning natijasidir”, degan fikrni bildiradi.
Tarbiyaga e'tiborsizlikning oqibati nimalarga olib kelishini o'z vaqtida Abdulla
Avloniy kuyunib, “Bugungi kunda jamiyatimizning yuzini qora qiluvchi pastkashlar,
yomonlar, beboshlar, o'g'rilar, giyohvandlar va nashavandlar... kecha tarbiyalariga
e'tibor berilmagan bolalardir”, deb yozib qoldiradi.
Inson ikki narsadan murakkabdur. Biri jasad, ikkinchisi nafsdur. Jasad ko‘z ila bor
narsalarni ko‘rur. Ammo nafs idrok ila yaxshini yomondan, oqni qoradan ayirur.
Jasadning ham, nafsning ham biror surati bordurki, yo yaxshi va yo yomon bo‘ladur.
Adabiyotshunos olim Abdurauf Fitrat “Xalqning harakat qilishi, davlatmand
bo'lishi, baxtli bo'lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo'lishi, zaif bo'lib xorlikka
3
tushishi, faqirlik jomasini kiyib, baxtsizlik yukini tortib e'tibordan qolishi, o'zgalarga
tobe va qul, asir bo'lishi bolalikdan o'z ota-onalaridan olgan
4
tarbiyalariga bog'liq. Bolalar axloqiy tarbiyani muhitdan oladilar, boshqacha qilib
aytganda, bolalar suvga o'xshaydi, suv idishning shaklini olganidek, bolalar ham
muhitning odob-axloqini qabul qiladilar”, deydi. Alixonto'ra Sog'uniy tarbiya
xususida shunday yozadi: “Yolg'iz insonga emas, barcha jonlik mavjudotlarda ta'limtarbiya ta'siri ko'z oldimizda ko'rilib, buning natijalari butun dunyoga tarqalib
turmoqda. O'qitish-o'rgatish buyon tursin, suhbat o'zi ham, suhbatdoshlarga o't bilan
suvdek tez o'tadi. Shuning uchun ham har kimga, suhbat yo'ldoshlariga qarab baho
beriladi
Kurs ishi maqsadi. A.Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq asarining ”
komil inson tarbiyasidagi o’rnini o’rganish
Kurs ishining vazifasi:

A.Avloniyning asarlarida axloqiy tarbiyani o’rganish;

A.Avloniy asarlarida komil inson tarbiyasi qanday olib berilishi kerakli haqida
o’rganish
Yuqoridagilardan shu narsa ma'lum bo'lmoqdaki, hamma vaqt tarbiyada butun ish
nafaqat ota-onalarga, balki go'zal axloq va ilmiy salohiyatga ega bo'lgan ustozmuallimlarning sa'y-harakatiga ham bevosita bog'liq. Bunda ishni tashkil qilish
shakllarinigina emas, ayni paytda, ishlashni to'g'ri yo'lga qo'yish shartlarini bilish ham
muhimdir. Har bir millatning o’z ma’naviy qiyofasi mavjud. Bugungi kunda har
tomonlama taraqqiy topib borayotgan jamiyatimizda ma’naviyatni yuksaltirish yuksak
vazifalardan biridir.
Kurs ishining predmeti: Xalq og’zaki ijodi .
5
II.
ASOSIY QISM
2.1 ABDULLA AVLONIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI
2.1.1 Abdulla Avloniyning hayot yo’li
XIX asr oxiri XX asr boshidagi oʻzbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan
biri maʼrifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobi Abdulla
Avloniydir. U 1878-yilning 12-iyulida Toshkentning Mergancha mahallasida,
toʻquvchi Miravlon aka oilasida dunyoga keldi. Bolaligi Mirobod mahallasining egribugri koʻchalarida, koʻpchilik qismini ruslar tashkil qilgan temir yoʻl ishchilari
bolalari orasida kechdi. Oʻqchidagi eski maktabda, soʻng madrasada oʻqidi (1885–
1886). Mustaqil mutolaa bilan shugʻullandi. Arab, fors, rus tillarini oʻrgandi.
Orenburg, Qozon, Tiflisda chiqib turgan gazeta-jurnallarni kuzatib bordi. Qisqa
muddat ichida u maʼrifatparvar sifatida tanildi va oʻlkadagi ijtimoiy-madaniy
harakatchilikning faol namoyandalaridan biriga aylandi.
Abdulla Avloniy pedagogik qarashlari bugungi kunda o`zbek milliy maktabini
yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Avloniy ijodiy merosini chuqur o`rganishga
qiziqish ortib bormoqda. U insonga xos xulqni ikkiga – yaxshi va yomonga ajratadi.
“Yaxshi xulqlar” deb nomlangan birinchi qismida u 31 fazilat, “Yomon xulqlar” deb
atalgan ikkinchi qismda esa 20 illatga ta`rif beradi. O`z mulohazalarini dalillash
uchun Qur`on oyatlari va hadislardan, shuningdek, Arastu, Suqrot, Ibn Sino, Sa`diy,
Mirzo Bedil singari mashhur mutafakkirlarning fikrlarini keltiradi. Har bir axloqiy
kategoriyaga o`z munosabatini bildirgach, o`sha fikrning mazmunini ifodalovchi bayt
yo biror maqol-hikmat ilova qiladi. Avloniy “axloq ulamosi”ning qarashlari asosida
insonlarning xulqlarini yaxshi va yomon xulqlarga ajratadi, bunga ularning nafs
tarbiyasini asos qilib oladi. U yaxshi xulqlarga fatonat, nazofat, shijoat, intizom,
vijdon, vatanni suymak kabi fazilatlarni kiritsa, g`azab, shahvat, jaholat, safohat kabi
illatlarni yomon xulqning belgilari deb biladi. Avloniyning ma`rifatparvarlik va
milliy uyg`onish g`oyalarini kuylagan dastlabki she`rlari o`zbek milliy uyg`onish
davri adabiyotining hamisha bebaho mulki bo`lib qoladi. U bu turkumga mansub
6
she`rlarida o`zbek mumtoz adabiyotidagi she`riy shakllarni katta ijtimoiy mazmun,
ma`rifatparvarlik g`oyalari, hajviy ruh va xalqona ohanglar bilan boyitdi. Abdulla
Avloniy bolalar uchun ham bir qancha she`r va masallar yozgan. Shoir bu asarlarida
maktab yoshidagi bolalarning fikr doirasini kengaytirish, ularda maktab va kitobga,
mehnatga, tabiatga, Vatanga muhabbat uyg`otishni maqsad qilib qo`ygan. Uning
ko`pgina she`rlari zamirida Vatanni sevish g`oyasi yotadi. Shoir bu she`rlarida
Vatanni sodda va samimiy misralarda tasvirlaganki, faqat o`sha 10-yillarning
o`rtalaridagina emas, balki bugungi maktab yoshidagi bolalar ham ulardan katta
estetik zavq olishlari mumkin. Darhaqiqat, shoir Vatan ta`rifini boshlab, “Tog`laridan
konlar chiqar, Erlaridan donlar chiqar… Havosi o`ta yoqumlik, Cho`llari bor toshlik,
qumlik, Toshkand emas, toshqand erur, Kesaklari gulqand erur”, deya bolalarda ona
diyorga katta mehr uyg`otishga erishadi. Ma`rifatchilik va ijtimoiy mavzu Avloniy
she`riyatida markaziy o`rin egallaydi. Shoir ilm-fanning fazilatlarini zavq bilan
kuylaydi. “Maktab”, “maorif”, “ilm”, “fan” kabi tushunchalar shoir she`rlarida
ezgulikning betim-sol ramzi, obrazi darajasiga ko`tariladi, “jaholat” va “nodonlik”
esa zulmat va yovuzlik timsoli sifatida talqin qilinadi. Abdulla Avloniyning
“Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi Islom” asari ham mavjud. Ushbu asar boshlang`ich
maktablarning o`quvchilariga mo`ljallangan. Bu asar birinchi marta 1910-yilda
Munavvarqori tomonidan Toshkentda Ilm bosmaxonasida bosilgan. Mustaqillik
yillarida esa Zokirxon Afzalov Shokirxon o`g`li tomonidan 1994-yilda “Fan”
nashriyotida
chop
etilgan.
Risolada
Odam
alayhissalomdan
Muhammad
alayhissalomgacha o`tgan payg`ambarlarning qissalari va zuhuri islom zikr etilgan.
Islom
tarixi
fanida
payg`ambarlar
tarixi,
payg`ambarimiz
Muhammad
alayhissalomning hayotlari va Islom dini tarixi, shuningdek, ilk xalifalik davri tarixi
uch bosqichda o`rganiladi. Nasiriddin Rabg`uziyning “Qissayi Rabg`uziy”, Alisher
Navoiyning “Tarixi anbiyo va hukamo” asarlari payg`ambarlar tarixiga oid bo`lsa,
Alixonto`ra Sog`uniyning “Tarixi Muhammadiy”si ikkinchi va Rizoud-din ibn
Faxrud-dinning “Xulafoi roshidin” asari uchinchi davrni o`z ichiga oladi. Abdulla
Avloniy asari mana shu uch davrni mujassamlashtirgan. Adibning asosiy ko`zlagan
7
maqsadi millat kelajagi bo`lgan bolalarni boshlang`ich sinfdanoq qisqacha bo`lsada
Islom tarixi bilan tanishtirish, diniy ma`rifatlarni oshirish, ularning qalblariga iymon
nurini singdirish bo`lgan. Abdulla Avloniyning bu asari tahsinga sazovordir. U
o`zbek xalqi madaniyati, ma`rifati bilan bir qatorda qo`shni afg`on xalqi ijtimoiysiyosiy hayotidа ham 1919-1920-yillarda muhim ro’l o`ynagan. Sho`ro hukumatining
Afg`onistondagi siyosiy vakili va konsuli vazifasini bajargan. Abdulla Avloniy
asarlar yozish bilan bir qatorda maktablar ochish, xalqni savodxon qilishi, o`zbeк
xotin-qizlarini o`qitish, o`qituvchilar va ziyoli kadrlar tayyorlash bilan shug`ullanadi.
U 1923-24-yillarda eski shahardagi xotin-qizlar va erlar maorif bilim yurtlari mudiri,
1924-29-yillarda Toshkent harbiy maktabida o`qituvchi, 1925-34-yillarda O`rta
Osiyo Kommunistik universiteti, O`rta Osiyo Qishloq xo`jaligi maktabida, O`rta
Osiyo Davlat universitetida dars beradi. Pedagogika fakultetining til va adabiyot
kafedrasi professori va mudiri bo`lib ishladi. U 1933-yilda o`zbek maktablarining 7sinfi uchun “Adabiyot xristomatiyasi” tuzib, nashr ettirdi. Abdulla Avloniy “Hijron”,
“Nabil”, “Indamas”, “Shuhrat”, “Tang-riquli”, “Surayyo”, “Shapaloq”, “Chol”,
“Ab”, “Chig`aboy”, “Abdulhaq” taxalluslari bilan tanqidiy va ilmiy maqola, 4000
misradan ortiq she`r ijod qilgan. Avloniy 1927-yilda “Mehnat qahramoni” unvoni
bilan taqdirlandi. 1930-yilda unga “O`zbekiston xalq maorifi zarbdori” faxriy unvoni
berildi. Hozirda mustaqil O`zbekistonimizda Abdulla Avloniy nomida bir qator
maktablar bor. O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bolalar adabiyoti bo`yicha uning
nomida mukofot ta`sis etgan. Toshkent ko`chalaridan biri, Respublika o`qituvchilar
malakasini oshirish markazi va mahallalardan biri uning nomida. Respublika
o`qituvchilar malakasini oshirish markazida Abdulla Avloniy muzeyi tashkil qilingan
XULQ
Inson ikki narsadan murakkabdur. Biri jasad, ikkinchisi nafsdur. Jasad ko‘z ila bor
narsalarni ko‘rur. Ammo nafs idrok ila yaxshini yomondan, oqni qoradan ayirur.
Jasadning ham, nafsning ham biror surati bordurki, yo yaxshi va yo yomon bo‘ladur.
Jasadning surati hammaga ma’lum bir narsadurki, har vaqt ko‘zga ko‘rinib turadur.
Ammo nafsning surati ko‘zga ko‘rinmaydurgan, aql ila o‘lchanadurgan bir
8
narsadurki, buni xulq deb atalur. Agar bir kishi yoshligida nafsi buzulub tarbiyasiz,
axloqsiz bo‘lib o‘sdimi, «Allohu akbar» bunday kishilardan yaxshilik kutmak yerdan
turub yulduzlarga qo‘l uzatmak kabidur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu
alayhi vasallam afandimiz: «Bir tog‘ning o‘rnidan ko‘chib ketganini eshitsangiz,
ishoningiz, ammo bir odamning xulqi boshqa bo‘ldi deb eshitsangiz ishonmangiz», –
demishlar.
Xulqi yomon yuz, ko‘zlidin na sud Yuz,
ko‘zli xulqni qilmas kashud.
Xulq mariziga davo istasang,
Marg davosin berilur qistasang.
Xulqi yomoning keturar ko‘p zarar,
Xulqing o‘zi boshingga kaltak urar.
Xulqi fano bo‘lsa degil alhazar,
Xor-u zalillikda qolur darbadar.
YAXSHI XULQ, YOMON XULQ
Axloq ulamosi insonlarning xulqlarini ikkiga bo‘lmishlar. Agar nafs tarbiyat topib,
yaxshi ishlarni qilurga odat qilsa, yaxshilikg‘a tavsif bo‘lub, «yaxshi xulq» agar
tarbiyatsiz o‘sub, yomon ishlaydurgan bo‘lub ketsa, yomonliqg‘a tavsif bo‘lub
«yomon xulq» deb atalur. Janobi Haq insonlarning asl xilqatda iste’dod va
qobiliyatli, yaxshi ila yomonni, foyda ila zararni, oq ila qorani ayiradurgan qilub
yaratmishdur. Lekin bu insondagi qobiliyatni kamolga yetkurmak tarbiya ila
bo‘ladur. «Qush uyasinda ko‘rganin qiladur». Inson javhari qobildur. Agar yaxshi
tarbiya topib, buzuq xulqlardan saqlanub, go‘zal xulqlarga odatlanub katta bo‘lsa, har
kim qoshida maqbul, baxtiyor bir inson bo‘lub chiqar. Agar tarbiyatsiz, axloqi
buzulub o‘ssa, Allohdan qo‘rqmaydurgan, shariatga amal qilmaydurgan, nasihatni
qulog‘iga olmaydurgan, har xil buzuq ishlarni qiladurgan, nodon, johil bir rasvoyi
olam bo‘lub qolur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram afandimiz: «Imoni komil bo‘lgan
kishilar yaxshi xulqli bo‘lurlar, sizning eng yaxshilaringiz xotunlariga yaxshilik
qilganlaringizdur», — demishlar.
9
Xudoning rahmat-u fayzi hama insonga yaksardur,
Va lekin tarbiyat birla yetushmak sharti akbardur.
Tug‘ub tashlov-la bo‘lmas bola, bo‘lg‘ay balo sizga,
Vujudi tarbiyat topsa, bo‘lur ul rahnamo sizga.
Temirchining bolasi tarbiyat topsa, bo‘lur olim,
Buzulsa xulqi, Luqmon o‘g‘li bo‘lsa, bo‘lg‘usi zolim.
Yomonlarga qo‘shuldi Nuhning o‘g‘li, o‘ldi beimon,
Yurudi Kahf iti xublar-la bo‘ldi oti inson.
TARBIYA
Tarbiya – «Pedagogiya», ya’ni bola tarbiyasining fani demakdur.
Ilmi axloqning asosi tarbiya o‘ldug‘indan shul xususda bir oz so‘z so‘ylaymiz.
Bolaning salomati va saodati uchun yaxshi tarbiya qilmak, tanini pok tutmak, yosh
vaqtidan maslakini tuzatmak, yaxshi xulqlarni o‘rgatmak, yomon xulqlardan saqlab
o‘sdurmakdur. Tarbiya qilguvchilar tabib kabidurki, tabib xastaning
badanidagi kasaliga davo qilgan kabi tarbiyani bolaning vujudidagi jahl maraziga
«yaxshi xulq» degan davoni ichidan, «poklik» degan davoni ustidan berub, katta
qilmog‘i lozimdur. Zeroki, «Hassinu axloqiko‘m» amri sharifi uzra xulqimizni
tuzatmakg‘a amr o‘linganmiz. Lekin xulqimizning yaxshi bo‘lishining asosiy panjasi
tarbiyadur. Axloqimizning binosining go‘zal va chiroyli bo‘lishiga tarbiyaning zo‘r
ta’siri bordur, ba’zilar «tarbiyaning axloqqa ta’siri yo‘q, insonlar asl yaratilishida
qanday bo‘lsalar, shunday o‘sarlar, tabiat o‘zgarmas», – demishlar.
Yomon xo‘ tuzalmaydi darmon ila,
Ipak o‘lmas ip, rangi alvon ila.
Boqing, bir daraxt mevasidur yomon,
Bo‘lur yaxshi payvand, parvo bilan.
Bilur har kishi aslini rangidan,
Va yokim ulangandagi zangidan».
10
Lekin bu so‘z to‘g‘ri emasdur. Chunki tarbiyaning axloqga, albatta, ta’siri
bo‘ladur. Oramizda masal borki, «sut ila kirgan, jon ila chiqar», mana bu so‘z
to‘g‘ridur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz:
«Beshikdan to mozorga borguncha ilm o‘rgan», – demishlar. Bu hadisi sharifning
ma’nosi bizlarga dalildur. Hukamolardan biri: – «Har bir millatning saodati,
davlatlarning tinch va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog‘lidur», – demish.
Shariati islomiyada o‘z bolalarini yaxshilab tarbiya qilmak otalarga farzi ayn, o‘z
millatining yetim qolgan bolalarini tarbiya qilmak farzi kifoyadur. Payg‘ambarimiz:
«Bolalaringizni yetti yoshida namozga o‘rgatingiz. Agar o‘n yoshida o‘qimasa
uringiz», – demishlar.
Har kishining dunyoda oromi joni tarbiyat,
Balki oxirida erur dorulamoni tarbiyat.
Tarbiyat hamroh etadur hur ila ruzvonlara,
Gar desam bo‘lmas xato jannat makoni tarbiyat.
Ey, Otalar! Jonlaringizdan suchuk farzandingiz,
G‘ayrat aylang o‘tmasun vaqt-zamoni tarbiyat.
Moyai zilli xumodur tarbiyatning soyasi,
Bizda anqo tuxmidek yo‘q oshyoni tarbiyat.
2.2.2 Avloniy tashkil etgan maktablar va darsliklar
XX asr boshlarida Turkiston madaniy hayotida yuz bergan eng muhim
oʻzgarishlardan biri maktab oʻquv ishlarida oʻzgarish boʻldi. Avloniy bu davrda
jadidchilik harakatiga qoʻshilib, Toshkentdagi jadidlarning faol ishtirokchilaridan
biri boʻlib tanildi. Avloniy 1904-yilda Mirobodda, soʻngroq Degrezliqda (1903–
11
14) xuddi shunday yangi usulda, yangicha maktab ochib, dars berdi va darsliklar
yozdi. 1909-yilda maktab maorif ishlariga yordam beruvchi “Jamiyati xayriya”
ochib, yetim bolalarni oʻqitdi. “Adabiyot yoxud milliy sheʼrlar” nomli toʻrt qismdan
iborat sheʼriy toʻplamining birinchi juzʼini nashr qildirdi. Munavvarqori,
Muhammadjon Podshoxoʻjayev, Tavallo, Rustambek Yusufbekov, Nizomiddin
Xoʻjayev, Shokirjon Rahimiy kabi taraqqiychilar bilan sheriklikda “Nashriyot”
(1914), “Maktab” (1916) shirkatlarini tuzdi. “Taraqqiy”, “Shuhrat” (1907), “Osiyo”
(1908), “Turon” (1917) gazetalarini chiqardi. 1918-yilda Turkiston Shurolar
hukumatining birinchi gazetasi “Ishtirokiyun”ning tashkilotchilaridan va uning
birinchi muharrirlaridan boʻldi. U sovet davrida turli masʼuliyatli lavozimlarda
xizmat qildi, qaysi vazifada ishlamasin ilm-maʼrifat tarqatish, taʼlim- tarbiya
masalalari bilan shugʻullanib keldi, bilim yurtlarida, oliy maktablarda oʻqituvchilik
qildi. 1930–34 yillarda Oʻrta Osiyo davlat universitetida (hozirgi ToshDU) kafedrani
boshqardi. U 1934-yilda vafot etdi. Avloniy 1927-yilda Mehnat Qahramoni unvoniga
sazovor boʻldi. Avloniy 30 yildan ortiqroq ijod qildi. 1916-yilgi mardikorlik
voqealarining, soʻng inqilobiy talotumlaru milliy ozodlik kurashlarining guvohi
boʻldi. Oʻtgan davr ichida, oʻzi taʼkidlaganidek, “oʻnlab sheʼr va maktab kitoblari,
toʻrt teatr kitobi” qoldirdi. Uning madaniyatimiz tarixidagi oʻrni haqida gap ketganda,
ikki jihatini alohida taʼkidlash zarur: pedagogik faoliyati va adabiy badiiy ijodi.
Uning pedagogik faoliyati, taʼlim- tarbiya haqidagi fikrlari XX asrning boshlarida
yangi bosqichga koʻtarilgan maʼrifatchilikning xususiyatlarini belgilashda muhim
manbalardandir. Avloniy maktabi gumanistik va erkin tarbiya asosiga qurilgan,
dunyoviy va ilgʻor ilm-fanni bolalarga oʻrgatishni oʻz oldiga asosiy vazifa qilib
qoʻygan, yoshlarni mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga aralasha olish
qobiliyatiga ega boʻlishini taʼminlaydigan haqiqiy xalq maktabi boʻldi. Adib bu
maktablar uchun darsliklar tuzdi. Uning avvalgi sinf shogirdlari uchun “Birinchi
muallim”i (1911) Oktyabr oʻzgarishigacha 4 marta, “Alifbedan soʻnggi oʻquv kitobi”
– “Ikkinchi muallim” (1912) 3 marta kayta nashr etilgan. Axloqiy didaktik
mazmundagi “Turkiy
12
Guliston yoxud axloq” darsligi (1913) XX asr boshlari ijtimoiypedagogik fikr
taraqqiyotida alohida oʻrin egalladi. Unda tarbiya va axloq masalalari birinchi
marotaba XX asrning talab va ehtiyojlari nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Avloniy
xulqlarni anʼanaviy yaxshi va yomonga ajratar ekan, mulohazalarini Gippokrat,
Platon, Aristotel, Saʼdiy Sheroziy, Bedil fikrlari bilan dalillagan holda
zamonaviylikni asosiy mezon qilib oladi. Adib Vatan muhabbatini uning uchun
kurashmoqni eng yaxshi insoniy xulqlardan hisobladi. Vatan – bu har bir kishining
tugʻilib oʻsgan shahar va mamlakati. Uni qadrlamoq, sevmoq, yashartmoq kerak.
Shoir Vatan va unga muhabbat deganda shuni tushungan edi. Tilga, madaniyatga
muhabbat esa, har bir kishining oʻz xalqiga boʻlgan muhabbatidir: “Har bir millatning
dunyoda borligʻini koʻrsatadurgon oyinai hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni
yoʻqotmak millatning ruhini yoʻqotmakdur”. Avloniy Hijron, Nabil, Indamas,
Shuhrat, Tangriquli, Surayyo, Shapaloq, Chol, Ab, Chegaboy, Abdulhaq taxalluslari
bilan sheʼr, hikoyalar va maqolalar yozgan. Shuni aytish kerakki, Avloniy ancha
murakkab hayot va ijod yoʻlini bosib oʻtdi. U adabiyotga gʻoyaviy kurashlar gʻoyat
keskinlashgan bir davrda kirib keldi. Hech ikkilanmasdan maʼrifat va taraqqiyot
uchun kurashishini maslak etib qabul qildi. Shoir sheʼriyati bilan tanishar ekansiz,
qiziq bir holga duch kelasiz. Unda birorta ishqiy sheʼr yoʻq. U ijtimoiy muammolarni,
el-yurt gʻamini muhimroq biladi. Xalq va Vatan baxtsizligi oldida har qanday
muhabbatni rad etadi. Oʻz ona diyorini bamisoli “yor kabi sevadi”. Butun mehrini
shunga bagʻishlaydi. Asrimiz boshlari Turkiston takdirida gʻoyat masʼuliyatli
boʻlgan, uning hayot mamot masalasi hal qilinayotgan bir payt edi. Buni Avloniy
davrning peshqadam ziyolisi, yirik maʼrifatparvar, jadidlar taʼlimotining faol
tarafdori sifatida tezda ilgʻab oldi. Dastlabki poetik asarlari “Adabiyot yoxud milliy
sheʼrlar” (I, II, III, GUjuzlar), “Maktab gulistoni” (1916), “Mardikorlar ashulasi”
(1917) kitoblarida va “Sabzavor” tazkirasi (1914) hamda vaqtli matbuot sahifalarida
chop etilgan asarlaridir. Ularda ilm-maʼrifat targʻib qilingan, jaholat va nodonlik, eski
tuzumning ijtimoiy-axloqiy asoslari qoralangan, ozod va baxtiyor zamon haqida
fikr yuritilgan. Shu jihatdan Avloniyning bu
13
davrdagi sheʼrlari Hamza, Anbar otin poeziyasiga ohangdoshdir. Avloniy barmoq
vaznini adabiyotda keng qoʻllagan. Milliy kuylarga moslab sheʼrlar yozgan va
poeziyaning imkoniyatlarini boyitgan. Avloniyning adabiyot oldidagi muhim
xizmatlaridan biri shu boʻldiki, u mardikorlik sheʼriyati deb atalgan yangi adabiy
hodisaning yaratuvchilaridan biri boʻldi. 1916-yilgi mardikorlik voqealarini
ifodalovchi “Bir mardikorning otasi oʻgʻliga aytgan soʻzlari”, “Onasining oʻgʻliga
aytgan soʻzlari”, “Afsus” kabi sheʼrlar yozdi. Ona yurtdan uzoq shimolning qorlimuzli yerlariga, front orqasidagi qora xizmatga olib ketilgan mardikorlarning
xayrlashuv manzaralarini, haqsizlikni yoritdi. Bu sheʼrlarning ohang va uslubi xalq
qoʻshiqlariga gʻoyat yaqin boʻlib, ular xalqimizning milliy uygʻonishida muhim oʻrin
tutdi. Avloniy 1917-yil fevral inqilobini xursandchilik bilan kutib oldi (“Qutuldik”,
“Yotma” sheʼrlari). Oktyabrga bagʻishlab “Hurriyat marshi” (1919), “Ishchilar
qulogʻiga” kabi sheʼrlar yozdi, yangi sotsialistik tuzumni ulugʻladi. Lekin koʻp
oʻtmay, rus sovet tuzumi eski chor tuzumining oldingidan battarroq shakli ekanligini,
sovet siyosati riyokorlik asosiga qurilganligini anglay boshladi. Jumladan, tantanavor
vaʼda qilingan erkinlikning berilmaganligi shoir ijodida gʻamgin tushkun
ohanglarning paydo boʻlishiga olib keldi (“Haftalik soatda” 1919). Shularga
qaramasdan Avloniy turli mavzularda sheʼrlar yozdi. 1919–20- yilgi Afgʻoniston
safariga doir “Afgʻon sayohati” kundaliklari esa mamlakatimizning yon qoʻshnimiz
bilan oʻzaro doʻstlik, totuvlik aloqalarining oʻrnatilishi tarixini oʻrganishda muhim
ahamiyatga ega. Avloniy oʻzbek teatrining asoschilaridan edi. U 1913-yilda
“Turkiston” teatr truppasini tuzdi. “Turkiston” oʻzining qatiy nizomini ham eʼlon
qilgan edi. Uning tashkilotchisi ham, gʻoyaviy- badiiy rahbari ham Avloniy edi.
Truppa “Zaharli hayot” (Hamza), “Baxtsiz kuyov (A. Qodiriy) kabi XX asr boshlari
oʻzbek dramaturgiyasining eng yaxshi namunalarini sahnalashtirgan, teatr
ozarbayjon dramaturglari asarlari (“Badbaxt kelin”, “Xoʻr-xoʻr”, “Jaholat”,
“Uliklar”, “Joy ijaraga olgan kishi”, “Man oʻlmisham”, “Layli va Majnun”, “Asli va
Qaram”) ni oʻzbekchaga tarjima qilib sahnaga qoʻygan. Avloniyning oʻzi Mallu
(“Layli va Majnun”), Fayziboy
14
(“Baxtsiz kuyov”), Aliboy (“Toʻy”), Boy (“Padarkush”) rollarini ijro etgan.
Avloniy “Advokatlik osonmi?” (1914), “Pinak” (1915) komediyalari, 1914–17
yillarda yozgan “Biz va Siz”, “Portugaliya inkilobi”, “Ikki sevgi” kabi fojeaviy
asarlari bilan oʻzbek dramaturgiyasining maydonga kelishi va teatrchilikning xalq
orasigatomir otishiga muhim hissa qoʻshdi. Advokat Davronbek orqali Turkistondagi
huquqsizlik, dunyodan xabarsizlikni fosh etdi. “Advokatlik osonmi?” degan asarida
bir qator koʻknori va qimorbozlar obrazini yaratib, maʼnaviy turmushning tuban bir
holga kelib qolganlini koʻrsatdi. Monarxiyaga qarshi kurash, bayrogʻi ostida kechgan
1910-yilgi Portugaliya inqilobi, 1909 yili Turkiyada yuz bergan “Yosh turklar”
inqilobi (“Ikki sevgi”) haqida yozib, adabiyotimizda mavzu va gʻoyalar koʻlamini
kengaytirdi. “Biz va Siz”da esa XX asr boshidagi Turkistonning eskilik va yangilik
borasidagi kurashini aniq taqdirlar misolida yoritib berdi. Avloniy asosiy ijodiy
faoliyatining eng sermahsul yillari 1917-yildagi Oktyabr toʻntarishiga kadar boʻlgan
davrga toʻgʻri keladi. Avloniy ijodi 60-yillarning oxiridan oʻrganila boshlandi.
Hozirda uning turli janrlardagi asarlaridan namunalar alohida kitoblar holida chop
etilgan.
2.2 “Turkıy Gulıston Yohud Axloq” asarıdagı «Komıl inson tarbıyasıga oıd ilgarı
surılgan g’oyalar»
2.2.1 Abdulla Avloniy. Turkiy Guliston yoxud axloq
Men bu asari nochizonimni birinchi maktablarimizning yuqori sinflarida ta’lim
bermak ila barobar ulug‘ adabiyot muhiblari, axloq havaskorlarining anzori oliylarina
taqdim qildim.
Har kun o‘luram shomg‘acha men g‘amga giriftor,
Har shab yonaram otasha parvona kabi zor.
Hech kimsa emas bu meni ahvolima voqif,
Men xastayamu millatim o‘lmish nega bemor.
AXLOQ
Insonlarni yaxshilikg‘a chaqirguvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilmdur.
Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar
15
ila bayon qiladurgan kitobni axloq deyilur. Axloq ilmini o‘qub, bilub amal qilgan
kishilar o‘zining kim ekanin, janobi haq na uchun xalq qilganin, yer yuzida nima ish
qilmak uchun yurganin bilur. Bir kishi o‘zidan xabardor bo‘lmasa, ilmni, ulamoni,
yaxshi kishilarni, yaxshi narsalarni, yaxshi ishlarning qadrini, qimmatini bilmas. O‘z
aybini bilub, iqror qilub tuzatmakg‘a sa’y va ko‘shish qilgan kishi chin bahodir va
pahlavon kishidur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram afandimiz: «Mezon tarozusiga
qo‘yiladurgan amallarning ichida yaxshi xulqdan og‘irroqi yo‘qdur. Mo‘min banda
yaxshi xulqi sababli kechasi uxlamasdan, kunduzlari ro‘za tutub ibodat qilgan
kishilar darajasiga yetar», – demishlar.
TARBIYANING ZAMONI
Emdi ochiq ma’lum bo‘ldiki, tarbiyani tug‘ulgan kundan boshlamak, vujudimizi
quvvatlandurmak, fikrimizi nurlandurmak, axloqimizi go‘zallandurmak, zehnimizi
ravshanlandurmak lozim ekan. Tarbiyani kimlar qilur? Qayda qilinur? degan savol
keladur. Bu savolga, «birinchi uy tarbiyasi. Bu ona vazifasidur. Ikkinchi, maktab va
madrasa tarbiyasi. Bu ota, muallim, mudarris va hukumat vazifasidur», – deb javob
bersak, bir kishi deyurki, «qaysi onalarni aytursiz, bilimsiz, boshi paqmoq, qo‘li
to‘qmoq onalarmi? O‘zlarida yo‘q tarbiyani qaydan olib berurlar», der . Mana, bu
so‘z kishining yuragini ezar, bag‘rini yondurar. Otasiga nima dersiz, desak , qaysi
ota? To‘ychi, uloqchi, bazmchi, do‘mbirachi, karnaychi, surnaychi, ilm qadrini
bilmagan, ilm uchun bir pulni ko‘zlari qiymagan, zamondan xabarsiz otalarni
aytursizmi? Avval o‘zlarini o‘qitmak, tarbiya qilmak lozimdur», – der. Mana bu
so‘zni eshitgach, umid qo‘llari qo‘ltuqg‘a urilur. Xayr, bo‘lmasa muallimchi desak,
«Qaysi muallim? Maqsadi pul, maslagi shuhrat, yuqori maktablarda o‘qumagan,
«usuli
ta’lim»
ko‘rmagan
muallimlarni
aytursizmi?
Avval
o‘zlari
dorilmuallimin»larda o‘qimaklari, so‘ngra dars bermaklari lozimdur», – der. Mana bu
so‘z insonni hayrat daryosiga g‘arq qilur. Mudarrislarga na dersiz desak, qaysi
mudarris? Matlablari osh, maqsadlari chopon, darslari beimtihon, isloh yaqinidan
yurmagan mudarrislarni aytursizmi? Bular o‘z vazifalarini bilub, nafslaridan kechub,
zamonga muvofiq ravishda darslarini isloh qilub, imtihon birla o‘qutmaklari
16
lozimdur», – der. Mana bu so‘z har kimni «Alisloh» demakga majbur qilur. Bo‘lmasa
hukumat-chi? desak, «xayr , hukumat hammaning otasidur. O‘z fuqarosining
bolalarini tarbiya qilmak lozim, shuning uchun bizning Rusiya hukumati o‘gay
bo‘lsak ham, har yerda bizlar uchun ham maktablar ochub, bolalarimizni tekin
o‘qitur. Lekin o‘zimiz ish bilmagan, yalqov, uyda onamiz tarbiyasi, otadan pul
tarbiyasi,
muallimdan
axloq
tarbiyasi,
mudarrisdan
funun
tarbiyasi
ko‘rmaganimizdan, hukumat maktablaridan ham o‘z hissalarimizni
ololmaymiz», – der. Mana bu so‘z bizlarni tarbiyadan mahrum, huquqning na
ekanin bilmaganlig‘imizni bildirur. Alhosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo
mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidur. Rasuli akram
nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz: «Insonlarning karami
dinidadur, muruvvati aqlindadur, hasabi axloqindadur», – demishlar.
Agar bir qushning yosh bolasin olib,
Bo‘lur tarbiyat birla yo‘lga solib.
Onasin olib asrag‘on birla rom,
Qilmas kishi sa’y qilsa mudom. Kerak
tarbiyat yoshlikdan demak, Ulug‘
bo‘lsa lozim kelur g‘am yemak. Egur
bemashaqqat kishi navdani,
To‘g‘unchi egur kuydirib kavdani.
BADAN TARBIYASI
Badanning salomat va quvvatli bo‘lmog‘i insonga eng kerakli narsadur. Chunki
o‘qumoq, o‘qutmoq, o‘rganmoq va o‘rgatmoq uchun insonga kuchlik, kasalsiz jasad
lozimdur. Sog‘ badanga ega bo‘lmagan insonlar amallarinda, ishlarinda,
ibodatlarinda kamchilik qilurlar. Maishatimizni rohatda bo‘lmog‘i jasadimizning
sog‘lom bo‘lmog‘iga bog‘lidur. Biz sihatimizni saqlamak ila amr o‘linganmiz,
shuning uchun vujudimizi hifzi-sihatga zid bo‘lgan yomon odatlar ila churitmakdan
saqlanmakligimiz lozimdur. Badan tarbiyasining fikr tarbiyasiga ham yordami
bordur. Jism ila ruh ikkisi bir choponning o‘ng ila terisi kabidur. Agar jism tozalik ila
17
ziynatlanmasa, yomon xulqlardan saqlanmasa, choponning ustini qo‘yib astarini
yuvub ovora bo‘lmoq kabidurki, har vaqt ustidagi kiri ichiga uradur. Fikr tarbiyasi
uchun mahkam va sog‘lom bir vujud kerakdur. Shuning uchun ota-onalar bolalari
kasal bo‘lgan zamon beparvolik qilmay, tezlik ila tabib yoki do‘xturga boqizmak
kerak. Imom Shofe’i hazratlari: «Ilm ikki xildur: biri badan ilmi, ikkinchi din ilmi»,
– demishlar. Bunga qaraganda eng avval hifzi sihat qoidalarini bilmak, salomatlikga
ters bo‘lgan narsalardan saqlanmak ila bo‘ladur.
Ichkulik, ko‘knor, nasha, afyun, taryok, chilim, nos, popirus kabi badanning
salomatlikig‘a zararli, og‘ulik, ba’zisi harom, ba’zisi makruh, ba’zisi isrof bo‘lgan
narsalardan qochmak, saqlanmak shariat, aql, hikmat yuzasidan lozimdur. Rasuli
akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz: «Har narsa ko‘p
ichganda mast qiladurgan bo‘lsa, man sizni aning ozginasidan ham nahy qilaman», –
demishlar.
Salomatlikni saqlov lozim ishdur.
Gunahdin saqla jisming yoz-u qishdur.
Kasal bo‘lsang, bo‘lur dunyo qorong‘u,
Maishat talx o‘lub hasrat chekishdur.
Harom-u shubhadan pok et o‘zingni,
Bu dunyo aysh-u ishratdan kechishdur.
Hama ishratchi hijronlikda ketdi,
Bu olamda bir ish ishlab ketishdur. Turkiy guliston yoxud axloq kitobi
FIKR TARBIYASI
Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko‘p zamonlardan beri taqdir qilinub kelgan,
muallimlarning diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir
vazifadur. Fikr insonning sharofatlik, g‘ayratli bo‘lishiga sabab bo‘ladur. Bu tarbiya
muallimlarning yordamiga so‘ng daraja muhtojdurki, fikrning quvvati, ziynati,
kengligi muallimning tarbiyasiga bog‘lidur. Dars ila tarbiya orasida bir oz farq bor
bo‘lsa ham, ikkisi bir-biridan oyilmaydurgan, birining vujudi birig boylangan jon ila
tan kabidur. Masalan: joy solinmagan yaxshi bir uyning ichida o‘tirmak mumkin
18
o‘lmadig‘i kabi, ichiga har xil yangi ashyolar to‘ldurub ziynatlangan eski imorat ham
o‘lturushga yaramaydur. Basharti o‘ltursa, insonlar:
«Eski uyga yangi zoldivor», «kir ko‘ylakka jun jiyak», «mis qozonga loy tuvoq»
deb hajv, kulgi qilurlar.
Fikr
agar
yaxshi
tarbiyat
topsa, Xanjar, olmosdan bo‘lur
o‘tkur.
Fikrning oyinasi olursa zang, Ruhi ravshan zamir o‘lur benur.
AXLOQ TARBIYASI
Axloq tarbiyasi: insonlarga eng muhim, ziyoda sharaf, baland daraja berguvchi
axloq tarbiyasidur. Biz avvalgi darsda tarbiya ila dars orasida farq bor, deduk, chunki
dars oluvchi-biluvchi, tarbiya oluvchi-amal qiluvchi demakdur. Shuning uchun
tarbiya qiluvchi muallimlarning o‘zlari ilmlariga omil bo‘lub shogirdlarga ham
bergan darslarini amal ila chaqushturub o‘rgatmaklari lozimdur. Bu ravishi ta’lim ila
berilgan dars va ma’lumot shogirdlarning diliga tez ta’sir qilub, mulloyi boamal
bo‘lurlar. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz:
«Eng yomon kishilar ilmiga amal qilmaydurgan kishilar», – demishlar. Agar tarbiya
qiluvchi muallim o‘zi olim bo‘lub amalsiz bo‘lsa, buning ham shogirdlarning
axloqiga zo‘r ta’siri bo‘ladur. «Domlaning o‘zi falon joyda falon ishni qildi. Ammo
bizlarga qilmanglar, haromdur, deb va’z etadur», deb fikr va xayollariga bo‘yla shak
va shubha tushub qoladur.
BAYT
Minbar uzra jilva aylab va’z etarlar qilma deb, O‘zlarin xilvatda ko‘rsang oni
qilmoqda emish. Ichma suv derlar biza oltun-kumush asbobda, Bilsamiz maqsudlari
qo‘ltuqg‘a urmoqda emish.
YAXSHI XULQLAR
Yaxshi xulq: bir qismi o‘z nafsimizga, bir qismini bir-birimizga qarshu ishlatmak
uchun kerakli bo‘lgan yaxshi xulqlar: fatonat, diyonat, islomiyat, nazofat, g‘ayrat,
riyozat, qanoat,shijoat, ilm, sabr, hilm, intizom, miqyosi nafs, vijdon, vatanni
19
suymak, haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, hayo, idrok va zako, hifzi lison, iqtisod,
viqor,xavf va rajo, itoat, haqshunoslik, xayrixohlik, munislik, sadoqat, muhabbat va
afvdur. Mana bu yozdig‘imiz yaxshi xulqlar aql va shar’i sharifga muvofiq. Alloh
taolo ham bandalar qoshida maqbul va mu’tabardur. Emdi bu yaxshi xulqlarni qo‘lga
olmak uchun ota-ona, muallim ustodlarimiz hazratlarining
hikmatli nasihatlarini jon qulog‘i birla tinglab, doim xotirda tutmoq, axloqi yaxshi
kishilar birla ulfat bo‘lmak, axloqi buzuq yomon kishilardan qochmak lozimdur.
Bizim shariati islomiyada «axloqi hasana» – yaxshi xulqlar ila xulqlanmak, har
narsaga ibrat ko‘z ila boqub, xulqini tuzatmak vojibdur. Rasuli akram nabiyyi
muhtaram sallollohu alayhi vasallam: «Islomiyatda buzuqlik yo‘qdur, buzuqlikni
ustiga oluv ham yo‘qdur. Islomiyatda eng mu’tabar kishilar yaxshi xulq egalaridur»,
– demishlar.
BAYT
Yaxshi birla yursa, har kim maqsudi hosil bo‘lur,
Yursa nodonlar ila, bir kun borib qotil bo‘lur.
Kattalar qilgan nasihatni kichiklar olmasa,
Oqibat xulqi buzuq bir beadab johil bo‘lur.
FATONAT
Fatonat aql egasi bo‘luv demakdir. Aql insonlarning piri komili, murshidi
yagonasidur. Ruh ishlovchi, aql boshlovchidur. Inson aqli ila din va e’tiqodini
mahkam qilur, shariat hukmlariga bo‘yunsunar. Aqlsiz jinni kishilar bularga bo‘yun
qo‘ymas, shariatdan tashqari ishlarni ham qilur. Janobi Haq insonni hayvonlardan
so‘z va aql ila ayirmishdur. Hayvonlar o‘zlariga bo‘laklar tarafidan keladurgan zulm
va jabrlarni shox, tish, tumshuq, tirnoqlari ila qaytarurlar. Lekin inson janobi Haq
tarafidan berilmish aql va idroki soyasida o‘ziga keladurgan zarar va zulmlardan
saqlanur. Yer yuzidagi hayvonlarni asir qilub, bo‘ynidan boylab, iplarining uchini
qo‘llariga bergan insonlarning aqlidur. Ilm insonlarning madori hayoti, rahbari
najotidur. Ilm o‘rganmak, olim bo‘lmak uchun maktabga kirmak, muallimdan ta’lim
olmak lozim. Aqlsiz kishilar na maktabga kirar va na muallimni bilar. Rasuli akram
20
nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz: «Ey insonlar! Aqlingizga
tavoze’ qilingiz. Siz janobi Haq buyurgan va qaytargan narsalarni aqlingiz ila
bilursiz», – demishlar. Hukamolardan biri: «Agar aqlingni qo‘li nafsingni jilovini
ushlasa, sani yomon yo‘llarga kirmoqdan saqlar. Har narsa ko‘p bo‘lsa, bahosi arzon
bo‘lur, aql esa ilm va tajriba soyasida qancha ko‘paysa, shuncha qimmatbaho bo‘lur»,
– demish.
Aqldek zebo sifatni ko‘rdi Haq, insonga eb,
Oqil insonlar bilan berdi jahon-olamga zeb.
Aql nuri birla to‘ldi dunyoga ilm-u hunar,
Aqlsiz inson qachon bilg‘usidur naf’-u zarar?
Aqlsizlar bilmagaylar din nadur, dunyo nadur?
Bo‘lmasa aqli bilurmi farz ila sunnat nadur?
DIYONAT
Diyonat alloh huzurina yaqin qiladurgan muqaddas e’tiqoddurki, olamda mundan
suyukli narsa yo‘qdur Din va e’tiqodi salomat bo‘lmagan kishilar haqni botildan,
foydani zarardan, oqni qoradan, yaxshini yomondan ayira olmas, munday kishilardan
na o‘ziga va na boshqa kishilarga, va na millatga tariqcha foyda yo‘qdur. Din janobi
Haq tarafidan bandalari uchun qurilmish to‘g‘ri yo‘ldurki, banda dunyo va oxiratda
bu yo‘l ila sohili salomatga chiqar. Din ulamolari diniy kitoblarda Alloh taologa
ibodat qilishning yo‘l va qoidalarini bayon qilmishlar. Ibodat ikki turli bo‘ladur: Biri
tan ibodati, ikkinchisi ruh ibodati. Tan ibodati tahorat, namoz, ro‘za, zakot, haj kabi
amallardurki, bularning har birini o‘z vaqtida shariatga muvofiq ravishda minnat
qilmasdan, riyo qilmasdan dilni poklab, niyatni xolis qilub, shavq va zavq ila ado
qilmoq lozimdur. Ruh ibodati qalb ila ado qilinadurgan ibodatdurki, e’tiqodni
mahkam, dilni pok qilub, Qur’on, Hadis, fiqh kabi diniy kitoblar oqilganda jon
qulog‘i ila tinglab asarlanmakdur. B ir kishi tan ibodatini qilub, ruh ibodatini
qilmasa, yo ruh ibodatini qilib, tan ibodatini qilmasa o‘z vazifasini ado qilmagan
bo‘ladur. Aql din ila, din amal ila, amal taqvo ila kamol topar. Din insonlarning
dilidan saxovat, marhamat, shafqat, ulfat, muruvvat eshiklarini ochub, saodat va
21
salomat bo‘stoniga olib borur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi
vasallam afandimiz: «Allohni ko‘z oldingda ko‘rub turgandek ibodat qil, zeroki, san
oni ko‘rmasang ham, albatta, Ul sani ko‘radur, nafsingni o‘lgan hisob et», –
demishlar.
BAYT
Pok qilgil diningni, imoningni,
Qul huvar-rahmon omanno bih.
Diningni yoqmasun havas zinhor,
Va qino rabbano azoban-nor.
ISLOMIYAT
Islomiyat butun insoniyatdur. Insoniyat esa yaxshi xulqdan iboratdur . Islomiyatni
rasuli akram sallollohu alayhi vasallam afandimizning yolg‘uz o‘zlari butun dunyo
yuziga yaxshi xulqlari soyasida tarqatdilar. Sahobalar ham Payg‘ambarimizning
orqalaridan ergashub, mahkam e’tiqodlari, yaxshi axloqlari, pok qalblari, o‘tkir
shijoatlari ila yer yuzuni titratdilar. Kundan kun islomiyatning shavkat va quvvati
ortdi. Olamga madaniyat, ma’rifat, musovot, adolat urug‘lari Arabiston yarim
orolidan yoyildi. Buning sababi sahobalardagi metin e’tiqod, buzulmas ittifoq, sof
qalb, yaxshi amal, xolis niyat, tuganmas g‘ayrat, go‘zal axloq edi. Har narsaning ofati
o‘ldig‘i kabi zamonlarning o‘tuvi ila islomiyatning ittifoqina ko‘z tegdi.
Musulmonlar orasiga tafriqa tushdi.
2.3 Abdulla Avloniy komil insonlar tarbiyasi
Abdulla Avloniy o’zining «Turkiy guliston yoxud axloq» nomli asarida komil
insonlar haqida shunday deydi: «Yaxshi fazilatlarni o’ziga kasb qilib olgan insonlar
yaxshi insonlar deyilur». Avloniy yaxshi insonlar deganda odamlarga yaxshilik qila
oladigan, kamtar, saxiy, mehnatkash, mehr-shafqatli, bilmdon, o’zgalar uchun
qayg’uradigan mard insonlarni ko’zda tutsa, «Yomon insonlar deb, yomonlik
fazilatlari yaxshilik fazilatlaridan ustun turadigan insonlarga aytiladi», deydi.
A.Munavvarovning «Pedagogika» o’quv qo’llanmasida axloq quydagicha tarif
berilgan: Axloq, xulq va atvor suzlari arbacha bo’lib, ular o’zbek tilida ham o’z
22
ma’nosida ishlatiladi. Ayrim adabiyotlarda axloq kishlarning xar bir jamiyatga xos
xulq normalari majmui, deyilsa boshqalarida esa, axloq ijtimoyi ong shakllaridan biri,
sotsial tartib-qoida bulib, bu tartib-qoida ijtimoiy xayotning istisonsiz
soxalarida
kishilarning
xatti-xarakatini
tartibga
xamma
solish funksiyasini bajaradi
deyiladi. Abdulla Avloniy axloq haqida bergan tarifi: Insonlarni yaxshilikg’a
chavqruguvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilmdur
Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va
misollar ila bayon qiladurgan kitobni axloq deyilur.
«Yaxshi xulq» deb agar nafs tarbiyat topib,yaxshi ishlarni qilurga odat qilsa,
yaxshilikqa tavsif bulishga aytiladi. .
«Yomon xulq» agar tarbiyasiz usib, yomon ishlaydurgan bulur ketsa, yomon
tavsif bo’lish aytiladi.
HILM
Hilm deb bo‘lar-bo‘lmas ishga achchig‘lanmaydurgan, arslon yurakli,
yumshoq tabiatli bo‘lmoqni aytilur. Hilm insonlarning tab’idan xusumat, adovat,
g‘azab, hiddat kabi yomon xulqlarni yo‘q qiladurgan har kimcha maqbul bir sifatdur.
Hilm ilmi axloq yuzasidan insonga eng kerakli narsadur.
Nafsning rohati, qalbning matonati, fikrning salomati, vijdonning halovati
halim tabiat bo‘lmoq ila hosil bo‘lur. Chunki halim kishilar har qancha quvvat va
qudrat sohibi bo‘lsa ham, o‘zidan ojiz kishilarga shiddat ila muomala qilmas.
Fikri salomat kishilarning qalbi halim, tab’i karim o‘lur. Zeroki, vujudimizdan
paydo bo‘ladirgan afol va harakotimizning manbayi havas va orzudur. Bu
havas va orzuga faqat hilm ila g‘olib kelurmiz va bu vasila ila to‘g‘ri yo‘lga kirub,
yaxshi xulq sohibi, din va millat xodimlaridan bo‘lurmiz. Dunyoda chin inson
bo‘lmak uchun
havasning
bermaydirgan,
qo‘liga
nafsning
jilovini
bo‘lar-bo‘lmas narsalardan achchig‘lanmaydurgan,
sovuqqonli, yumshoq tabiatli, muloyim so‘zli, halim va sabrli bo‘lmak lozimdur.
Zotiga, hilmiyati mavsuf qilsa har kishi, Ikki olamda bo‘lur rohat, halovatda
23
ishi. Rasuli akram nabiyyi
muhtaram afandimiz: «Alhilmu sayyidal
axloq – Hilm xulqlarning sayyididur», – demishlar. Suqrot hakim: «Shiddat ila
muomala qilgan kishilarga man viqor va halimlik ila muqobila qilurman, chunki
hilm shiddatni, xusumatni past qilur. Lekin kishini ojiz va xorlik darajasiga
tushuradurgan halimlikdan man bezor», – demish.
Bu so‘zga qaraganda saxovatning ifroti isrof o‘ldig‘i kabi o‘rinsiz yerda hilm
iste’mol qilmak insonning viqor va e’tiborini poymol qilur. Shuning uchun hilmiyat
hududidan – chegarasidan chiqmay, g‘azab, hiddat kabi yerlarda hilm iste’mol qilub,
nafsning haroratini past qilmolidur. Lekin tepsa tebranmaydurgan, turtsa ting
etmaydigan bo‘lub, g‘ayrat, shijoat o‘rinlariga ham muloyimlik ishlatuv halimlik
hududidan oshub, bo‘shlik, anqovlik dunyosiga chiqmakdur. Bunday halimlikdan
qochmak, hazar qilmak kerak.
Halimlikni qilsang agar ixtiyor,
Bo‘lur xalqi olam sanga do‘st-u yor.
Bo‘lur mevalik shoxni boshi past,
Halim o‘lg‘usi oqili hushyor.
HAQQONIYAT
Haqqoniyat deb ishda to‘g‘rilik, so‘zda rostlikni aytilur. Inson bo‘stoni salomatga,
gulzori saodatga haqqoniyat yo‘li ila chiqar. Insoniyatning ildizi o‘lan rahmdillik,
haqshunoslik, odillik kabi eng yaxshi sifatlarning onasi haqqoniyatdur. Janobi
Haqning shu nomi muborakini muqaddas bilgan kishi hech vaqt haqqoniyatdan
ayrilmas, chunki haqqoniyat nuri qaysi dilda jilvagar o‘lsa, janobi Haqning tavfiqi
rabboniysi shu dilda nash’u namo qilur. Aql egalari, vijdon sohiblari har vaqt
ko‘rgan, qilgan va bilganlarini, haqiqatni va to‘g‘risini so‘zlar. Ishda to‘g‘rilik
birovning nafsiga, moliga xiyonat qilmov, so‘zda to‘g‘rilik har vaqt rost
so‘zlamaklikdur. Rostlig‘ haqning rizosini topar, To‘g‘ri yo‘lda yo‘q bo‘lurmu
hech chopar? Bizim shariati islomiyada agar bir kishining haqiga bo‘hton qilinub,
qilmagan ishni qildi deb so‘z so‘ylansa, bilgan kishi rostini so‘zlab, shul kishini
oqlamak vojibdur.
24
INTIZOM
Intizom deb qiladurgan ibodatlarimizni, ishlarimizni har birini o‘z vaqtida tartibi
ila qilmakni aytilur. Agar yer yuzida intizom bo‘lmasa edi, insonlar bir daqiqa
yasholmas edilar. Janobi Haq yer-u osmonlarni, oy va yulduzlarni, inson va
hayvonlarni, qurt va qushlarni shunday bir nizom ila tarbiyat berib yaratmishdurki,
aql bilmakdan, qalam yozmakdan, til so‘zlamakdan ojizdur. Dunyoga kelgan
payg‘ambarlarning har birlari din va shariatlarini tarbiyat va nizom ila yurutmishlar.
Xususan, islom dini mukammal ravishda tartib va nizomni rioya qilmishdur. Va bu
soyada ozgina zamonda islom urug‘lari butun dunyo yuziga yoyilmishdur. Islom
davlatlarining barposi nizom va intizom ila o‘ldig‘i kadi barbod va inqirozi ham tartib
va nizomsizlik ila bo‘lmishdur. «Xayr, o‘tkan ishga salovat». Alhosil, har bir
millatning taraqqiy va taoliysi ishlarini vaqtida nizomdan chiqarmay tartibi ila
yurutmakg‘a bog‘lidur. Shogirdlar maktab va madrasalardagi zamonga muvofiq
ravishda qurilmish, nizom va tartiblarni rioya qilmaklari loz imdur. Chunki tartib va
nizomni rioya qilmagan kishilarning ishlari hamma vaqt notamom, o‘zlari parishon
bo‘lurlar. Ammo ishlarini tartib uzra yurutgan kishilarning ishlari yerida, o‘zlari tinch
va rohatda umr o‘tkarurlar. Hozirgi zamonda bizning Turkiston boylarining ishlari
to‘xtab, sinuvlarining birinchi sababi ishlarini axloqsiz, bilimsiz, musrif, yalqov
kishilarga topshiruvlari ila barobar o‘zlarining zamonga muvofiq tartib va nizomdan
xabarsizliklarining
yemushidur.
Payg‘ambarimiz:
«Kasblarning
ortug‘roqi
xiyonatsiz, yolg‘onsiz qilg‘on savdo va tijorat ila bandaning o‘z qo‘li birlan ishlagan
ishidur», – demishlar.
Buyuk jadid bobolarimiz yo‘lidan borgan holda hozirgi ta’lim va tarbiya tizimida
ham bir qancha islohotlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, Vazirlar mahkamasining
“Tarbiya” fanini bosqichma- bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida 422-sonli konsepsiyasi tasdiqlanishi fikrimiz dalili bo‘ladi.
Tarbiya darsligining asosiy vazifasi yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol
qilib tarbiyalash ya’ni komil inson tarbiyalashdir. Komil insonlarni tarbiylashda esa
25
buyuk ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy me’roslarni o‘qib, o‘rganish, ulardan dars
jarayonida dan unumli foydalanish, o‘quvchilarda o‘z ajdodlaridan faxrlanish
tuyg‘usini shakllantirish hozirgi davr talabi hisoblanadi. Buning uchun esa maktab
darsliklarga buyuk bobokolonlarimizning asarlaridan parchalar kiritish, hadislardan
namunalar keltirish kerak. Ayniqsa buyuk pedogog Abdulla Avloniyning “Turkiy
Guliston yoxud axloq” asari hozirgi kun boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun
dasturamal bo‘lib hizmat qiladi. “Tarbiya” darsliklariga ushbu asarlardan parchalar
kiritilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki, bu asardan parcha boshlang‘ich sinf
“Tarbiya” darsliklarining muqovasida uchraydi, holos. Bu haqida prezidentimiz
Sh.M.Mirziyoyev 2020-yil 30-sentyabr kuni o‘qituvchi va murabbiylar kuniga
bag‘ishlangan nutqida alohida to‘xtalib o‘tgan: “Hammamizga ayonki, bugungi
murakkab globallashuv davrida jamiyatimizda milliy g‘oya va mafkuraviy
immunitetni kuchaytirish, yoshlarimizni turli zararli g‘oya va tahdidlardan asrash,
ularni o‘z mustaqil fikriga ega, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalash
har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu sababli biz birinchi marta
umumta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini joriy etmoqdamiz. Ma’rifatparvar
bobomiz Abdulla Avloniyning asriy qadriyatlarimiz asosida yaratgan “Turkiy
Guliston yoxud axloq” asari sharqona tarbiyaning noyob qo‘llanmasi sifatida bugungi
kunda ham o‘zining qadri va ahamiyatini yo‘qotgan emas. Biz “Tarbiya” fanining
nazariy asoslarini ishlab chiqishda mana shunday bebaho asarlardan samarali
foydalanishimiz zarur”[2,4].
Sharq ta’lim-tarbiyasida ilmni targ‘ib etish, xulq-odob qoidalari islomiy
prinsiplarga asoslangan, ta’limiy-axloqiy asarlardagi mundarijalarning o‘xshashligi
ular tayangan ma’naviy zaminga bog‘liqdir. Shunday qimmatbaho asarlar ta’sirida
yozilgan “Turkiy Guliston yoxud axloq” asari axloqiy va ta’limiy tarbiyaviy asardir.
Abdulla Avloniy pedagog sifatida bola tarbiyasining o‘rni haqida fikr yuritib: “Agar
bir kishi yoshligida nafsi buzulib, tarbiyasiz, axloqsiz bo‘lib o‘sdimi, Ollohu akbar,
bunday kishilardan yaxshilik kutmoq yerdan turub yulduzlarga qo‘l uzatmak
kabidur”,[3,2] — deydi. Uning fikricha bolalarga tarbiya berishni yoshlikdan
26
atrofidagi kishilar g‘oyat katta ahamiyatga ega. Abdulla Avloniy pedagogikaga
“Pedagogiya”, ya’ni “bola tarbiyasining fanidir”, deb ta’rif berdi. “Tarbiyaning
zamoni” bo‘limida tarbiyani yoshlikdan berish zarurligini, bu ishga hamma birdek
mas’ulyat bilan yondashishi kerakligini uqtiradi. “Bolaning salomati va saodati uchun
yaxshi tarbiya qilmak, tanini pok tutmak, yosh vaqtidan maslakini tuzatmak, yaxshi
xulqlarni o‘rgatmak, yomon xulqlardan saqlab o‘sdurmakdur. Tarbiya qilguvchilar
tabib kabidurki, tabib xastaning badanidagi kasaliga davo qilgan kabi tarbiyani
bolaning vujudidagi jahl maraziga “yaxshi xulq” degan davoni ichidan, “poklik”
degan davoni ustidan berub, katta qilmog‘i lozimdur”[3,3] degan fikrlari bilan tarbiya
qiluvchilarni ya’ni, ota-ona, muallimlar, tarbiyachilarni tabiblarga o‘xshatadi .
“Alhosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat yo falokat masalasidur”[3,5] degan fikrlari bilan esa tarbiya bir kishining ishi
emasligi, balki, butun jamiyatning ishi ekanligi, bu borada hamma birdek javobgar
ekanligini, tarbiya masalasida befarqlik qilinsa alal oqibat bu jamiyat falokatiga sabab
bo‘lishini uqtiradi. Bundan tashqari bolaning fikrini erkin bayon eta olishi, tabiyali va
bilimli bo‘lishi uchun badan tarbiyasi muhum ekanligini aytib o‘tadi: “Badan
tarbiyasining fikr tarbiyasiga ham yordami bordur. Jism ila ruh ikkisi bir choponning
o‘ng ila terisi kabidur. Agar jism tozalik ila ziynatlanmasa, yomon xulqlardan
saqlanmasa, choponning ustini qo‘yib astarini yuvub ovora bo‘lmoq kabidurki, har
vaqt ustidagi kiri ichiga uradur. Fikr tarbiyasi uchun mahkam va sog‘lom bir vujud
kerakdur”[3,5]. Abdulla Avloniyning fikricha bolaning sog‘lom fikrlay olishi uchun
o‘qituvchilar, jismonan sog‘lom qilib tarbiyalashda ota-onalarni mas’uldir.
Abdulla Avloniy “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarida inson xulqlarini yaxshi
xulqlar va yomon xulqlarga ajratadi va bir-biriga qarshi qo‘yadi: “Yaxshi xulq: bir
qismi o‘z nafsimizga, bir qismini bir-birimizga qarshu ishlatmak uchun kerakli
bo‘lgan yaxshi xulqlar: fatonat, diyonat, islomiyat, nazofat, g‘ayrat, riyozat, qanoat,
shijoat, ilm, sabr, hilm, intizom, miqyosi nafs, vijdon, vatanni suymak, haqqoniyat,
nazari ibrat, iffat, hayo, idrok va zako, hifzi lison, iqtisod, viqor,xavf va rajo, itoat,
haqshunoslik, xayrixohlik, munislik, sadoqat, muhabbat va afvdur”. Yomon xulqlar:
27
Insonlarni saodati abadiyadan mahrum qiladurgan, janobi Haq qoshida va xalq
nazarida mazmum, hayoti jovidonimiz uchun masmum bo‘lgan axloqi
zamimalar: g‘azab, shahvat, jaholat, safohat, hamoqat, atolat, hasosat, rahovat,
anoniyat,
adovat, namimat, g‘iybat, haqorat, jibonat, hasad, nifoq, tama, zulmdur”[3,6-25].
Abdulla Avloniy o‘z ona tilini mukammal bilish, har bir so‘zni o‘z o‘rnida
ishlatish, milliy adabiy tilning taraqqiysi uchun jonkuyarlik qilish zarur, deydi: “Har
bir millatning dunyoda borligini ko‘rsataturg‘on oynai hayoti: til va adabiyotidur.
Milliy tilni yo‘qotmoq millatning ruhini yo‘qotmoqdur. Hayhot! Biz Turkistonliklar
milliy tilni saqlamoq, bir tarafda tursin kundan-kun unutmoq va yo‘qotmoqdadurmiz
Tilimizning yarmiga arabiy, forsiy ulangani kamlik, bir chetiga rus tilini
yopishtirmoqdadurmiz. Durust, rus tilini bilishimiz kerak, lekin o‘z yerinda ishlatmoq
va so‘zlamoq lozimdur. Zig‘ir yog‘i solub, moshkichiri kabi qilub, aralash-quralash
qilmoq tilning ruhini buzadur. ...Bobolarimizga yetushg‘on va yarag‘on muqaddas til
va adabiyot bizga ham kamlik qilmas. O‘z uyimizni qidirsak va axtarsak,
yo‘qolganlarini ham topamiz. Yo‘qolsa yo‘qolsin o‘zi boshimga tor edi”, - deb
Yevropa qalpog‘ini kiyub, kulgi bo‘lmoq zo‘r ayb va uyatdur”. Avloniy so‘zlashuv
odobiga ham alohida e’tibor beradi. U so‘zning inson qadr-qimmatini belgilashdagi
mohiyatiga yuqori baho berib: “So‘z insonning daraja va kamolini, ilm va fazlini
o‘lchab ko‘rsatadurgan tarozusidir. Aql sohiblari kishining tilidagi fikr va niyatini, ilm
va quvvatini, qadr va qimmatini so‘zlagan so‘zidan bilurlar” , — deydi.
Ilmiy tadqiqot ishida o‘rganilgan ilmiy, pedogogik va badiiy manbalar tahlili va
amalyotdagi
holatni
o‘rganish
shundan
dalolat
berdiki
boshlang‘ich
sinf
o‘quvchilarining “Ona tili va o‘qish savodxonligi” hamda “Tarbiya” darsliklariga
A.Avloniyning “Turkiy Guliston yoxud axloq” asaridan hamda hadislardan namunalar
kiritish kerakligi, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga birinchi sinfdanoq iqtisodiy ta’lim
va iqtisodiy tarbiya berib borish, ona tilini mukammal o‘rgatish, maktab darsliklarida
hadislardan namunalar kiritish dolzarb muammolar ekanligi aniqlandi. Bunda bir
qancha adabiyotlar, maqolalar, maktab darsliklari, maktablardagi ta’lim jarayonlari,
28
internet manbalari o‘rganib chiqildi. Ilmiy, pedogogik va badiiy manbalar tahlili va
amalyotdagi holatni o‘rganishdan kelib chiqib quyidagi taklif va tavsiyalar berildi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashda A.Avloniyning “Turkiy Guliston
yoxud axloq” asaridan keng foydalanish, darsliklarda hamda darsdan tashqari
mashg‘ulotlarda ushbu asardan namunalar keltirish. Binobarin, bu asar boshlang‘ich
sinf o‘quvchilarini ma’naviyatini o‘stirishda muhum manba hisoblanadi.
O‘tkazilgan
so‘rovnomalar
natijalaridan
kelib
chiqib,
boshlang‘ich
sinf
o‘quvchilariga ona tilini mukammal o‘rgatish, keyingi o‘rinlarda chet tillarini
o‘rgatish;
Nafaqat o‘quvchilarni balki o‘qituvchilarga ham A.Avloniyning “Turkiy Guliston
yoxud Axloq” asarini o‘qishlari kerakligi; (Tadqiqot natijasida 42 % o‘qituvchini bu
kitob haqida bilmasligi aniqlandi)
Boshlang‘ich sinf “Ona tili va o‘qish savodxonligi” hamda “Tarbiya” darsliklariga
hadislardan namunalar keltirish;
Boshlang‘ich sinf “Ona tili va o‘qish savodxonligi”
hamda “Tarbiya”
darsliklarida
keltirilgan tarbiyaviy hikoyalarni hadislar bilan dalillash;
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga 1-sinfdanoq iqtisodiy bilimlar berib borish, buni
darsliklarga kiritish;
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ilmiy-metodik tavsiyalar hamda nazariy bilimlar
bilan qurollantirish. Semenar treninglar o‘tkazish. Chunki, boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarini ma’naviyatini shakllantirishda ular asosiy kuch hisoblanadi.
Oliy o‘quv yurtlarida o‘qiyotgan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini
tarbiyaviy
faoliyatga
tayyorlashda
ularning
sharq
mutaffakirlari
asarlarini
o‘rganishlariga alohida e’tibor berish.
Abdulla Avloniy pedogogika soxasiga ulkan hissa qo‘shdi. Yosh avlodni
tarbiyalashda yo‘lida butun umrini ma’rifatga bag‘ishladi. Uning pedagogik
qarashlarida insonning o‘z Vataniga tiliga bo‘lgan muhabbat, tarbiyasi, ma’rifati
jamiyat rivoji uchun xizmat qilish kerakli yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ayniqsa, uning
29
“Turkiy Guliston yoxud axloq” asari yosh avlodni tarbiyalashda juda katta ahamiyatga
molikdir. Axloqiy-didaktik yo‘nalishda yozilgan ushbu noyob va mukammal bu kitob
har tomonlama yetuk, sog ‘lom fikrli kelajak avlod va zamonaviy pedagoglarni
tarbiyalashga xizmat qildi. Bu asarda mutafakkir vatanparvarlik, ona tliga muhabbat,
do ‘stlik, vijdoniylik, hilmlilik, aql, jaholat, g‘azab kabi xislat va illatlar haqida fikr
yuritadi va xulosalar chiqaradi. Abdulla Avloniy ushbu asarida zamonaviy
pedagogikaning nazariy va amaliy asoslarini yaratdi va asar zamonaviy pedagoglar
tayyorlashga, darslik, qo‘llanmalar yaratilishiga asos bo‘ldi. Zero, bu inson
pedagogika fanining asoschisidir. Uning pedagogika, tarbiya haqidagi fikrlari bugungi
kunda ham muhim hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, Avloniy ijodiy merosi ma’naviy-ma’rifiy tarbiya
g’oyasining targ’ibotchisidir. Uning asarlarida ilgari surilgan ta’lim-tarbiyaga
oid fikrlar milliy ma’naviyatimiz rivojlanishida qimmatli bir manba bo’lib xizmat
qiladi. Bu ulug’ adib ijodi, amaliy faoliyati bugungi kun yoshlarimiz uchun ibrat
maktabi, desak adashmaymiz.
“Himmat shunday bir olijanob fazilatdurki, insoniyatning koni, yaxshi xulq
sohiblari karim sifatlik, rahm tabiatlik bo‘lur. O‘z jinsining avlodidan har vaqt
yordamini ayamas. Xayr-u saxovatlik ishlardan o‘zini tortmas. Pul va molini millat
yo‘lida sarf etmakdan qizg‘anmas, olihimmat kishi soyasi latif, mevasi laziz daraxt
kabidurki, bu soyaga yaqin bo‘lgan kishilar har vaqt foydalanurlar”, – Avloniy fikrini
davom qildirib, olihimmat insonlarda vijdon mavjuddir degan g‘oyani ilgari suradi.
Saxiylikning qarama-qarshisi baxillikdir. Abdulla Avloniy “Ikkinchi muallim”
asarida “Baxillik” hikoyasini keltirgan. Unda baxil kishining hech qachon bog‘i
ko‘karmas- ligini ta’kidlaydi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Abdulla Avloniyning pedagogik asarlari
vositasida talabalarni axloqiy tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar mavjud
Hozirgi shiddat bilan rivojlanyotgan Uchinchi renessans davrida mamlakatimiz
intellektual salohiyatga ega, erkin fikrlay oladigan, o‘quvchilarga ta’lim berish
jarayonida ularga tarbiya ham bera oladigan, ya’ni ta’lim va tarbiyani birgalikda olib
30
borish malakasiga ega, yuksak ma’naviyatli, o‘z tarixidan xabardor oliy ma’lumotli
zamonaviy o‘qituvchilarga muhtoj. Shu bilan bir qatorda, aynan shunday zamonaviy
o‘qituvchilarni tayyorlashni boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan boshlamoq maqsadga
muvofiq. Mamlakatimizning kelajagi esa har tomonlama yetuk, erkin fikriga ega
yoshlar qo‘lida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2020-yil 30sentyabrdagi o‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan nutqida pedogoglarga
alohida ishonch bildirdi: “Men yangi O‘zbekistonni – obod va farovon, demokratik
mamlakatni barpo etishda siz, muhtaram pedagoglarni, professor-o‘qituvchilarni
o‘zim uchun eng katta kuch, tayanch va suyanch, deb bilaman. Sizlarning hal qiluvchi
ahamiyatga ega bo‘lgan faoliyatingizni qo‘llab-quvvatlash, sizlar uchun munosib
mehnat va turmush sharoiti yaratib berishni Prezident sifatida o‘zimning muqaddas
burchim, deb hisoblayman”
Xalqni ma’rifatli qilish uchun qayg‘urgan jadidlar o‘sha davrning turli johil, o‘z
manfaatlari yo‘lida hech nimadan qaytmaydigan kimsalarining tuhmat-malomatlariga
duchor bo‘ldilar. Xalqini savodli qilish uchun shirin jonlarini fido qilgan, butun
umrlarini Vatanimiz ozodligi va xalqimiz baxt-saodati yo‘lida sarf qilgan buyuk jadid
ma’rifatparvarlarining ilmiy- ma’rifiy, adabiy-badiiy merosini o‘rganishimiz va
kelajak avlodga o‘rgatishimiz davr talabidir. Zero, bugungi shiddat bilan
rivojlanayotgan Uchinchi Renessans davrida jadidlar ilgari surgan ta’lim va tarbiya
muammosi har doimgidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Buyuk jadid bobolarimiz yo‘lidan borgan holda hozirgi ta’lim va tarbiya tizimida
ham bir qancha islohotlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, Vazirlar mahkamasining
“Tarbiya” fanini bosqichma- bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida 422-sonli konsepsiyasi tasdiqlanishi fikrimiz dalili bo‘ladi.
Tarbiya darsligining asosiy vazifasi yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol
qilib tarbiyalash ya’ni komil inson tarbiyalashdir. Komil insonlarni tarbiylashda esa
buyuk ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy me’roslarni o‘qib, o‘rganish, ulardan dars
jarayonida dan unumli foydalanish, o‘quvchilarda o‘z ajdodlaridan faxrlanish
tuyg‘usini shakllantirish hozirgi davr talabi hisoblanadi. Buning uchun esa maktab
31
darsliklarga buyuk bobokolonlarimizning asarlaridan parchalar kiritish, hadislardan
namunalar keltirish kerak. Ayniqsa buyuk pedogog Abdulla Avloniyning “Turkiy
Guliston yoxud axloq” asari hozirgi kun boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun
dasturamal bo‘lib hizmat qiladi. “Tarbiya” darsliklariga ushbu asarlardan
Abdulla Avloniyning ta'lim-tarbiya sohasidagi qarashlari o'zbek xalqining ruhiyati,
turmush tarzi, milliy qadriyatlari bilan chambarchas bog'langanligi adibning boy
pedagogik merosi ta'lim-tarbiya masalalarini rivojlantirish, uni o'quvchilar qalbida
shakllantirishda axloqiy va ma 'naviy barkamol tarbiyalashda milliy maktab va
qimmatbaho manba bo'lib xizmat qilganini o'rganib chiqish davr talabiga aylanmoqda.
Har bir millatning o'z ma'naviy qiyofasi mavjud. Bugungi kunda har tomonlama
taraqqiy topib
borayotgan
jamiyatimizda ma'naviyatni yuksaltirish
yuksak
vazifalardan biridir. Ma'naviyatimizni yanada rivojlantirishda esa millatimiz tarixini,
ma'naviy qiyofasini o'zida badiiy aks ettirgan tarixiy badiiy hamda ilmiy asarlarning
ahamiyati va o'rni beqiyosdir. O'zbek adabiyotida bunday asarlar juda ko'p. Ular yosh
avlodni barkamol qilib voyaga yetkazishda muhim ahamiyatga ega.Bu jihatdan,taniqli
o'zbek adibi Abdulla Avloniyning maktab uchun yaratgan to'rt qismdan iborat
"Adabiyot yoxud milliy she'rlar" hamda "Birinchi muallim", "Turkiy guliston yoxud
axloq", "Ikkinchi muallim", "Maktab gulistoni" kabi darsliklari ham xarakterli bo'lib
hisoblanadi.Bu asarlardagi mukammal fikrlarning g'oyaviy to'liqligi, ta'lim-tarbiya
tizimiga va tushunchalariga doir fikrlarning ilmiy-nazariy asoslanganligi yuqoridagi
fikrlarimiz dalilidir. Shuningdek, Abdulla Avloniy ijodiy merosi bilan ilk
darsliklarning mukammal yaratuvchisi sifatida ham gavdalanganligi,asarlaridagi
ta'lim va tarbiyaga doir tushunchalarning, g'oyaviy-badiiy mushohadalarning tadqiq
qilinganligi, qolaversa,mavzuning dolzarbligi ma'rifatparvar adib, serqirra ijodkor
Abdulla Avloniyning ijodida bugungi kunning eng muhim masalasi-ta'lim va
tarbiyaga doir fikrlarning dalili hikoyalar, she'riy lavhalar misolida yoxud majoziy
xarakterga ega hikoyatlar asosida ochib berilishi asnosida ko'zga tashlanadi.
32
III.
XULOSA
Yuqoridagi fikrlardan ma’lum bo`ldiki, sharq
murafakkirlari o`zlarining
pedagogik qarashlari bilan o`z davrlaridan ancha ilgarilab ketganlar. Ularning bu
qarashlari bir necha asrlardan beri ajdodlarimiz tafakkurini boyitib kelmoq da va
hozirgi kunda ham ular o`z qiymatini yo`q otgani yo`q Ular bizning ma’naviy
qadriyatimizdir. Shunga ko`ra mutafakkirlarning o`lmas marosi oilada bolalarning
ma’naviy ahloq iy tarbiyalashning muhim omili bo`lib qoladi. Abdulla Avloniy
o’zining «Turkiy guliston yoxud axloq» nomli asarida komil insonlar haqida shunday
deydi: «Yaxshi fazilatlarni o’ziga kasb qilib olgan insonlar yaxshi insonlar deyilur».
Avloniy yaxshi insonlar deganda odamlarga yaxshilik qila oladigan, kamtar, saxiy,
mehnatkash, mehr-shafqatli, bilmdon, o’zgalar uchun qayg’uradigan mard insonlarni
ko’zda tutsa, «Yomon insonlar deb, yomonlik fazilatlari yaxshilik fazilatlaridan ustun
turadigan insonlarga aytiladi», deydi. A.Munavvarovning «Pedagogika»4 o’quv
qo’llanmasida axloq quydagicha tarif berilgan: Axloq, xulq va atvor suzlari arbacha
bo’lib, ular o’zbek tilida ham o’z ma’nosida ishlatiladi. Ayrim adabiyotlarda axloq
kishlarning xar bir jamiyatga xos xulq normalari majmui, deyilsa boshqalarida esa,
axloq ijtimoyi ong shakllaridan biri, sotsial tartib-qoida bulib, bu tartib-qoida ijtimoiy
xayotning istisonsiz xamma soxalarida kishilarning xatti-xarakatini tartibga solish
funksiyasini bajaradi deyiladi. Xulosa o`rnida aytish mumkinki , badiiy adabiyotda
inson his-tuyg`usini, ichki kechinmalarini ifodalovchi asarlar nazarda tutiladi.
Ma`lumki, hayotda turli voqea-hodisalar ro`y beradi. Lirik asarlarda ana shu turmush
lahzalari ta`sirida shaxs qalbida paydo bo`lgan kechinmalar ifodalanadi. Ana shu
xususiyati bilan lirika eposdan farqlanadi. Chunki bunday asarlarda bosh maqsad
sodir bo`lgan hayotiy voqeani emas, balki ana shu voqeaga nisbatan ichki munosabat
tarzida ifodalanuvchi ruhiy taassurotlarning namoyon bo`lishini izohlaydi. Shuning
uchun lirik asarlarda aks etgan voqea bayonini aynan emas, nisbiy tushunish lozim.
Hozirgi shiddat bilan rivojlanyotgan Uchinchi renessans davrida mamlakatimiz
intellektual salohiyatga ega, erkin fikrlay oladigan, o‘quvchilarga ta’lim berish
jarayonida ularga tarbiya ham bera oladigan, ya’ni ta’lim va tarbiyani birgalikda olib
33
borish malakasiga ega, yuksak ma’naviyatli, o‘z tarixidan xabardor oliy ma’lumotli
zamonaviy o‘qituvchilarga muhtoj. Shu bilan bir qatorda, aynan shunday zamonaviy
o‘qituvchilarni tayyorlashni boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan boshlamoq maqsadga
muvofiq. Mamlakatimizning kelajagi esa har tomonlama yetuk, erkin fikriga ega
yoshlar qo‘lida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2020-yil 30sentyabrdagi o‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan nutqida pedogoglarga
alohida ishonch bildirdi: “Men yangi O‘zbekistonni – obod va farovon, demokratik
mamlakatni barpo etishda siz, muhtaram pedagoglarni, professor-o‘qituvchilarni
o‘zim uchun eng katta kuch, tayanch va suyanch, deb bilaman. Sizlarning hal qiluvchi
ahamiyatga ega bo‘lgan faoliyatingizni qo‘llab-quvvatlash, sizlar uchun munosib
mehnat va turmush sharoiti yaratib berishni Prezident sifatida o‘zimning muqaddas
burchim, deb hisoblayman”[1,3].
Xalqni ma’rifatli qilish uchun qayg‘urgan jadidlar o‘sha davrning turli johil, o‘z
manfaatlari yo‘lida hech nimadan qaytmaydigan kimsalarining tuhmat-malomatlariga
duchor bo‘ldilar. Xalqini savodli qilish uchun shirin jonlarini fido qilgan, butun
umrlarini Vatanimiz ozodligi va xalqimiz baxt-saodati yo‘lida sarf qilgan buyuk jadid
ma’rifatparvarlarining ilmiy- ma’rifiy, adabiy-badiiy merosini o‘rganishimiz va
kelajak avlodga o‘rgatishimiz davr talabidir. Zero, bugungi shiddat bilan
rivojlanayotgan Uchinchi Renessans davrida jadidlar ilgari surgan ta’lim va tarbiya
muammosi har doimgidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
34
IV.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
4.1 Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan
birga quramiz. - T.: “O‘zbekiston”, 2017 yil. - 488 b.
4.2 Mirziyoyev Sh.M. ”Erkin va faravon, demokiratik O’zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz’’ T.O’zbekiston nashiriyoti 2016 yil
4.3 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021-yillarda maktabgacha
ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. T:2016y. 29-dekabr.
4.4 A.Mavlonova, B.Normurodova. “Tarbiyaviy ishlar metodikasi”. O’quv
qo’llanma. Toshkent, “FAN” 2008 y.
4.5 Mavlonova R.A., To’raev O.T., Xasanboeva O, Xoliqberdiev K.M. –
«Pedagogika» T., «O’qituvchi » – 1998.
4.6 Ismoilova Z. Tarbiyaviy ish metodikasi – T. Istiqlol, 2003.
4.7 Shodmonova Sh., Tilobova N. “Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti” o’quv
predmetidan ta’lim texnologiyasi – T.TDIU, 2006.
4.8 Mirkosimov M. Maktabni boshqarishning nazariy va pedagogik asoslari.
”O’qituvchi”, 1996
4.9 Milliy maktab poydevorini yaratish yo’lida. Jamoa – Toshkent, 1990
4.10 Didaktika T. Fan – 1997.
4.11 Lixachev B.T. Pedagogika – M.: VLADOS, 2003
4.12 www.fayllar.org
4.13 www.arxiv.uz
4.14 www.ziyonet.uz
4.15 www.pedagog.uz
35
Download